Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 1 Great Commission

This page in: -- Arabic? -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Kirundi -- Russian -- Somali -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhba

1 - RABIMIZ ISO MASIHNING BUYUK TOPSHIRIG’I

Masihiylar nega o'z e'tiqodlarini musulmonlar bilan bo'lishishlari kerak? Matto 28: 19-20 da Iso Masihning shogirdlariga bergan buyuk topshirig'iga nazar tashlab, ushbu xizmatni nima uchun va qanday qilish kerakligini tushunasiz. Masihning buyuk topshirig'i bu erda Muhammadning izdoshlariga Islomni yoyish uchun maqtashlari bilan farq qiladi.


1.01 -- Titel
1.02 -- Chaqiruv: Boringlar, barcha halqlarni o’rgatinglar
1.03 -- Yeru osmondagi butun hokimiyat
1.04 -- Shunday ekan, boringlar!
1.05 -- Xizmatdagi Ruxiy rahnamolik
1.06 -- Biz nima taklif qilishimiz mumkin?
1.07 -- Barcha xalqlar
1.08 -- Islomning buyuk topshirigi
1.09 -- Muqaddas Uch Birlika cho’mdirilish amri
1.10 -- Cho’mdirilish – bizning ximoya va xavfsizligimiz garovi
1.11 -- Chomdirilish – qudratli Xudo bilan birlashish
1.12 -- Masihning amirlarini saqlamoq
1.13 -- Men sizlarga amir etganlarimni, barchasini bajaringlar!
1.14 -- Masih Qonunlarining maqsadi
1.15 -- Muhammadning qonuni
1.16 -- Muhammad qonuni va Iso qonunining yashirin maqsadi
1.17 -- Zotan, Men sizlar bilan!
1.18 -- Barcha xalqlarni o’rgatinglar
1.19 -- Dunyoning oxirigacha!
1.20 -- Olloh musulmonlar bilan bo’lyabdimi?
1.21 -- Isoning buyuk tipshirigidagi to’rtkara “BARCHA”
1.22 -- Savolnoma


1.01 -- Rabimiz Iso Masihning Buyuk Topshirig’i va Islomning Unga Javobi

“Shogirdlar Isoni ko’rganlari zahoti, Unga sajda qildilar, bazilari esa ikkilanib qoldilar. Iso kelib, ularga dedi: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho’mdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o’rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman. Omin”.
(Matto 28:17-20)

1.02 -- Chaqiruv: Boringlar, barcha halqlarni o’rgatinglar

Xochga Mihlangan va Qayta tirilgan dunyoni Xudo bilan yarashtirganidan sung, U qutqarilishni barchaga va har erda O’z shogirdlari orqali taklif qilmoqda. Odamzotning barcha gunohlarini xochda poklab, o’lim va do’zahning G’olibi O’zining imonli izdoshlarini chaqirdi, shuningdek U xaqida haligacha ikkilanayotganlarni, va Uning qutqarilishini barcha xalqlarga elon etish xokimligini ularga berdi. Uning barcha shogirdlari vasvasa soatida Uni yolg’iz qoldirishdi. Ularning xech biri qayta tirilgan Masihning xizmatchisi bulishga, loyiq bolmagan. Faqat Uning chaqiruvi ularga Uning inoyatining elchilari bo’lish huquhini berdi.

1.03 -- Yeru osmondagi butun hokimiyath

Masih O’z izdoshlariga, Uning Samoviy Otasi Unga farishtalar va odamzotning ustidan butun xokimlik va kuchni, koinotdan to zarachlargacha berganini ochib berdi (Vahiy 5:1-14).

Qanday qilib Qudratli Xudo, O’z O’g’liga bor xokimiyatni berishga jurat qildi? U tomonidan g’alayon va isyon bo’lishidan U qorqmadimikin? Ota O’z O’g’lini yahshi bilgan. U bilgan, Iso yuragidan solih vs kamtar. U mag’rurlanmadi, aksincha O’zini noloyiq bo’lgan gunohkorlar uchun qurbonlika berdi. Masih doimo O’z Otasini olqishlaydi, xudi shunday Muqaddas Ruh xam doimo O’g’ilni olqishlaydi. Bizning Xudo – kamtar Xudo. Shu sababli Ota O’g’liga osmon va erdagi bor xokimiyatni berdi.

Islomni o’zga ruh bosharadi. Quronda ikki xudo bo’lmasligi xaqida gapiriladi, chunki ular o’z aro raqobat qilishi muqarrar (Al-Muminun surasi 23:91). Usmon imperiyasi davrida, sultonning o’limidan so’ng, uning barcha o’g’illarini, e’ng kuchli va idrokligidan tashqari, o’ldirishgan, taxt uchun o’z aro ichki nizolardan saqlanib qolish maqsadida. Qarshilik ruhi islomda ustunlik qiladi, chunki Ollohning guzal 99 isimlaridan biri bo’lgan “magrur, takabbur” (Al-Xashr surasi 59:23).

Iso e’sa o’zi bilan buning toliq aksini namoyon etmoqda. U O’z xokimiyatidan erdagi soliqlar va harbiy qoshinlar bor xokimiyatga asos solish uchun foydalanmadi. Aksincha, Uning oldiga kelayotganlarni, U kasallarni shifolagan, jinga chalinganlardan yovuz ruhlarni haydagan, o’liklarni tiriltirgan, gunohlarni kechirgan va Uni kutayotganlarga va Unga ibodat qilayotgan shogirdlariga Muqaddas Ruhni yogdirgan. U ruhiy Shohlik qurushni boshlagan, U etiborini O’z shogirdlarining ruhiy yangilanishiga jamladi. Uning ismi “Iso” bor va Uning erga kelish maqsadi: “U O‘z xalqini gunohlardan qutqaradi.” bolib qolmoqda (Matto 1:21).

1.04 -- Shunday ekan, boringlar!

Qudratlidan bor xokimiyatni olgandan song, Iso O’z shogirdlariga, o’rinlaridan turib dunyoga borishlarini buyurdi. Uning cheksiz xokimiyatiga ishonib, ular qorqishni bas qilib, yangi yollar bilan borishlari kerak edi. Iso bizni Uning ortidan borishni o’rgatadi! U bizni shahsiy xayot charxpalagimizdan sugurib olmoqchi, o’zimizning atrofimizda aylanishni bas qilishimiz uchun. U bizni “Men” dan ozod qilishni istaydi va bizlarning nigohlarimizni yaqinlarimizga qaratishni. U bizlarni birodarlarimiz oldiga yubormoqda. Iso bizning xizmatimiz faqat kichik gruhlar va jamoatlarimiz bilan chegaralanib qolmasligini xoxlaydi, aksincha adashganlarning oldiga borishimizni, axir Mehribon Chopon shunindek 99 solihni qoldirib va yo’qolgan bir qozini qidiradi, uni nihoyat topmaguni qadar (Luqo 15:4-7).

1.05 -- Xizmatdagi Ruxiy rahnamolik

Kim Isoga bo’yinsunishni istasa, Uning ruhiy rahnamoligiga muhtoj. Ehtimol, surashingiz mumkin: “Kimning oldiga boray? Mening tanishlarim yo’q!” Xudo javob beradi: “So’ranglar, va sizlarga beriladi” (Matto 7:7; luqo 11,9-13; Mark 11,24). Biz, Undan Muqaddas Ruh tomonidan yurak va aqillari tayorlab qo’yilgan, izlayotgan musulmonlar bilan uchrashishni so’rash imtiyoziga egamiz.

Kim bunday odamni topsa, biroq, unga o’z fikrini bog’lashi kerak emas, aksincha u nima o’ylayabdi va his qilayotganini bilishi kerak va nima xaqida qayg’urayotganini bilish kerak. Xatto shunda xam, biz unga tayor echimlarni taklif qilishimiz kerak emas, bundan oldin Isodan, bu odamga U nima deyishni xoxlayotganini so’rashimiz kerak. Biz Undan kerakli vaqtda, u yoki boshqa odamga shahsan atalgan, to’gri so’zlarni berishini so’rashga xaqlimiz. Biroq Iso bizga nima deyishimiz kerakligani korsatgandan so’ng, biz buni unga albatta aytishimiz kerak va Isoni o’ziga, biz etkazgan, Uning so’zlari, bu izlayotgan odamda ishlayotgani, javobgarligini qo’yib berishimiz kerak.

O’zingizni tekshiring! O’z ichingizdagi chaqiruvni eshitmoqdamisiz, qoshningiz, hamkasbingiz, ayolingiz, bolalaringiz, yoki xar qanday boshqa odam bilan, Iso xaqida gaplashishga? Iso bilan Uning siz uchun irodasi va amrini o’rganib chiqing. Isoga itaotkor bulish shijaotingizda o’zingizni chetga olmang. Agar siz hijolatchilik yoki qorquvni xis qilayotgan bulsangiz, u xolda Undan sevgi va kuch surang, ozingizdagi bu xisiyotlarni engish uchun! Sizning, Muqaddas Ruh boshqaruvidagi guvohligingizni, kop odamlar kutmoqda, o’zingizga buni tasavur qiling! Ammo sizning avvaldan qilingan ibodatingiz kopincha muhimroq, guvohlikdan xam koprpq.

1.06 -- Biz nima taklif qilishimiz mumkin?

Kim uni odamlar eshitishini istasa, ular g’ayriixtiyoriy izlayotgan narsani, ularga taklif qilishi kerak. Yaxshi ustoz, o’z shogirdlaridan kora ko’proq biladi, va ular bilmaydigan, ammo o’rganishni istagan, narsani biladi. Ular undan mushakbozlikga o’xshagan so’zlarni quyilib kelishini kutmaydi, ularning ustozi o’rgatayotganiga mos ravishda yashashini, ko’rishni istaydi. Shunda ular uning atrofida to’planadilar va uni tinglaydilar.

Masihiylar imonsizlarga, bu odamlarda yoq narsani taklif qilaoladilar. Masihiylar Xudoni, o’z O’tasiday bilishadi, Isoni Najodkor va Muqaddas Ruhni – o’zining Yupatuvchisi. Xudo O’z inoyati tufayli bizlarni oqladi. U bizlarga O’z Ruhini sovg’a qildi. U bizda tinchlik va abadiy quvonch yaratmoqda. U bizlarga O’z fidoyi sevgisini yo’g’dirdi (Rimliklar 5:5) va xayot mazmunini bizlarga berdi. U bizlarga O’z abadiy xaqiqatini ochib berdi (Yuhanno 14:6) va kelajakga umid taqdim qildi. U bizga O’zining abadiy qo’li bilan tegindi. Shuning uchun biz o’z ichki murakabligmizni unitib va ibodat bilan Xudo biz uchun nima qilganligini guvohlik qilishimiz kerak. Bizda duny’oga taklif qilishimiz mumkin bo’lgan narsa bor, unda bu narsa yo’q, bu faqat Msihning izdoshlarida bor, bu aynan: Xudoning Qozisidan bo’lgan abadiy xayot. Bu bilan o’z yaqinlaringiz bilan bolishing!

1.07 -- Barcha xalqlar

Isoning amri xayotga noyob missionerlik xarakatini chaqirdi, keying 2000 yil davomida, davometayotgan. Boshida uning elchilari O’rta er dengizi va Eronda xushxabar aytishgan. So’ng qutqarilish xaqidagi xabar Ovropa va Markaziy Osiyoga surildi, shuningdek Xitoyga xam. Amerika va Xindistonga dengiz yo’li ochilishi bilan, qayta tirilgan Xudo O’zining guvoxlariga dunyodagi barcha mamlakatlarga yo’l ochdi. Bugun Ibroximning farzandlari, yahudiylar va musulmonlar, Iso tomon bolish yo’ki bo’lmaslik, tanlovi oldida yuzma yuz turmoqda. Xushhabar xattoki komunistik mamlakatlarga kirib bormoqda, Xitoy va xozirda parchalanib ketgan CCCP kabi. Biroq biz doyimo yo’dimizda tutmogimiz shart, shu kunga qadar odamzotning faqat uchdan bir qismigina o’zini masihiy deb ataydi. Dunyoning ko’p axolisi o’z Najodkorini xali tanimaydi. Xali ko’p narsa qilish kerak! Biz qo’l qovushtirib o’tira olmaymiz. Masihning xar bir izdoshi, butun dunyo xizmatiga o’zining mexnatini bir qismini kiritishga chaqirilgan.

1.08 -- Islomning buyuk topshirigi

Masihiylik – dunyoda yagona joshqin din emas. Quron ikki bor buyuradi:

“Fitna (shirk) yo’q bo’lgunicha va din butunlay Allohga bo’lgunga qadar ular bilan urishingiz! Agar (kufr)dan qaytsalar, albatta, Alloh ularning ishlarini ko’rib turuvchidir” (Anfol surasi 8:39; al-Baqara 2:193).

وَقَاتِلُوهُمْ حَتَّى لاَ تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ الدِّينُ كُلُّهُ لِلَّهِ (سُورَةُ الأَنْفَالِ 8 : 39)

Quronda 100 ortiq oyatlar musulmonlarni “jihod” urushida ishtirok etishga chaqiradi. Siz buni unda o’qishingiz mumkin: “Alloh mo’minlardan jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi: Alloh yo’lida jang qilib, o’ldiradilar va oldiriladilar” (Tavba surasi 9:111).

إِنَّ اللَّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنْفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُمْ بِأَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ (سُورَةُ التَّوْبَةِ 9 : 111)

Afsuski, masihiylarda xam diniy urushlar va qurollangan mustamlakaga aylantirish xarakatlari xam o’rin olgan. Bunday jinoyi qo’lanmalar, biroq, Iso Masihning amriga mutlaqo zid, O’z o’rnida Butrusga dedi: “Qilichingni qiniga solib qo’y! Qilich kotarganlarning hammasi qilichdan halok bo’ladi” (Matto 26:52).

Tarihda islom tarqalishiningning ikkita katta to’lqini malum: birinchi istilo tahminan yuz yil davom etgan, uning davrida Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Eron va qisman Markaziy Osiyo bosib olingan.

Ikkinchi tolqin mug’ullarning tajovuzi bilan kirib kelgan. Chingiz Xonning avlodlari o’zlarining tajavuzkor urushlarini diniy oqlanishi tarzida islomni qabul qilganlar. Ular o’zlariga Markaziy Osiyoning katta qismini qaram qilganlar va o’zlarining boshqaruvini Xitoy, Shimoliy Xindiston, Mesopotamiya va Rossiya ustidan o’rnatganlar. Usmoniy turklar, ularning qarindoshlari, 1453 yili Konstantinipolni bosib olishgan va Venani ikki bora muvafaqiyatsiz qamal qilishgan. Bolqon va Yaqin Sharqdagi keskinlik va muamolar – bu, asosan, yaqin 400 yil davomida mavjud bo’lgan, Usmon imperiyasining (shahonshohligi) parchalanishidan keying, xal etilmagan baxislar.

Islom tarqalishning uchinchi to’lqini 1973 yilda neftning narx – navosi osishi bilan bog’liq va mana chorak asirdan bu yon barcha qitqalarda xarakatlanmoqda: Avval xechqachon buncha musulmonlar Reformasiya (keng diniy jamiyatchi – siyosiy xarakat) mamlakatlarida yashamagan, bugungi kunda u erda yashayotganlarga nisbatan! Masihiylar yana qancha, kopmadaniyatli jamiyat xaqidagi tushlarni ko’rib, uhlaydilar?

Ayrim musulmonlar islom – chidamkor, tinchlik sevar din deya takidlaydi. Qurondagi ko’p oyatlar o’zaro xurmat va xayirli ishlarda musaboqlashmoqa chaqiradilar (Al-Baqara surasi 2:256; Al-Maida 5:48; Al-Ankabut 29:46 va x.k.). Aslida, bu suralar Quronda turadi, ammo ular Muhammad va uning izdoshlari kamchilik bo’lgan vaqitga tegishli. Bu chidamkorlika chaqiruvlar nihoyat huquqiy bekor qilingan va Ollohning, musulmonlarni qurolli kurashga islom dushmanlarini qaram qilishga chaqiruvi, yangi amirlari bilan almashtirib qoyilgan (Al-Baqara surasi 2:191; Al-Tauba9:4,29 va x.k.). Shariyatga muvofiq, bu chidamkorlik xaqidagi ilk oyatlar eskirgan va boshqa kuchga ega emas. Biroq bu bekor qilingan oyatlarni musulmon bolmagan davlatlarda yashovchi kam sonli musulmonlar tomonidan qo’laniladi va takidlaydlanadi. Muhammad bir necha bor malum qilgan: Urush – bu yo’lgon! Islomning butun dunyo vazifasi xaqiqatga asoslanmagan, aksincha xiylada. Olloh o’zini barchadan kura xiylakorroq deb atamoqda (Al-Imron surasi 3:54; Al-Anfal 8:30)!

1.09 -- Muqaddas Uch Birlika cho’mdirilish amri

Iso Xudoning notayin yoki havoyi nuqtayi nazariga o’rgatmagan. U anglab bo’lmas buyuk va uzoqdagi Ollohni vaz qilmagan! Xudoning O’g’li to’rta Xushxabarda 187 marotaba O’z Otasining ismini bizga ochib berdi va Muqaddas Ruhni bizga berdi, U xaqiqiy Xudo bolib namoyon bo’ladi. Iso guvohlik berdi: “Men va Otam – birmiz” (ikkita emas)! (Yuhanno 10:30; 17:21-22). U cho’mdirilishni barchaga vaz qilishni, O’z shogirdlariga amir qildi, kimki gapirilayotgan uch xil xudolar xaqida emas, aksincha bir Xudo xaqidagi, Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh bo’lgan, Xushxabarning vaziga ishonsa. Bu uchovi mukammal ruhiy birlikda xozir bo’ladi, bu xaqida Iso aytganiday: “Men Otada, Ota esa Menda” (Yuhanno 14:10-11).

Quron sharxlovchilarini xilma-xil tasdiqlashiga ko’ra, Muhammad, ajablanarsiz, masihiylarning chomdirilishini tilga olgani va uni “ularning bo’yog’i” (al-sibgat) deb nomlagan. U Arabiston yarim orolidagi masihiylar boshqa odamlardan farq qilishini ko’rgan. Ular o’g’ilik qilmagan, boshqalar ustidan mag’rirlik qilmagan, ulardan xar biri bir xotinga ega bo’lgan, ular kamtar bo’lgan va xatoki o’z dushmanlarini sevgan (Al-Imron surasi 3:55; Al-Maida 5:66,82; Al-Anam 6:90; Yunus 10:94; Al-Naxl 16:34; Al-Xadid57;27; Al-Saf 61:14 va x.k.). Muhammad bu fazilatlarni suvga cho’mish payitida ularning ruhiy yangilanishiga bog’lagan, Xushxabarning tasiraga va ularning Xudo bilan kuchli axdiga (Al-Maida 5:110; Maryam 19:88; Al-Axzab 33:7).

Ammo Muhammad Masihning ilohiyligiga va Muqaddas Ruhga qarshi qizg’in munozaralarda qatnashgan. Uning ikki yoqlama va salbiy etiqodi: "Allohdan o’zga iloh yo’q!"ligini bildiradi. Shuning uchun Isoning Ota Xudo, O’g’il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho’mdirish haqidagi amri, musulmonlarning qulog’iga shakkoklikday boradi. Injilda bo’lgani kabi, Islomda Muqaddas Ruh yo’qligi sababli, Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh haqida hech narsa malum emas va bo’lishi ham mumkin emas (1 Korinfliklar 12: 3; Rimliklar 8: 15-16).

1.10 -- Cho’mdirilish – bizning ximoya va xavfsizligimiz garovi

Pavlus shunday yozadi: "Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Xudoning mehr–muhabbati va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor bo‘lsin!" (2 Korinfliklar 13:13). Suvg’a cho’mish bizga Xudo bilan shaxsiy aloqa qilish va Muqaddas Uch Birlikda chuqur xavfsizlikni beradi. Suvga cho’mish orqali biz Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhga chomganmiz. Xudoning O’zi bizning himoyamizdir. Kim sevgida bolsa, Xudoda boladi, va Xudo unda. Biz Xudoning qurol-aslahalarini kiyib, Xudoda kuchli bo’lishimiz kerak, shunda yovuz shayton bizning ustimizdan xokimlik kelolmaydi (1 Yuhanno 4:16; Efesliklar 6: 10-17 va x.k).

Islomdagi sufiylar o’zlarining dinlarida Ollohning mavhum tushunchasi bilan qanoatlanmaydilar va Islomni jannatga yoki dozaxga olib boruvchi oldindan belgilab qo’yilgan buzg’unchi ikkilamchi taqdiridan doimiy qo’rquvda bo’ladi. Ular uzoq, qudratli va erishib bo’lmaydigan Ollohga meditatsiya o’z-o’zini bilish orqali erishishga harakat qiladilar, uni tushunishga, unga kirishga yoki hatto o’zlarida aks ettirishga harakat qiladilar. Shu sababli ular ko’pincha nopok ruhlar tasiriga tushishadi. Islomda Olloh uzoq va o’rganib bo’lmas, shuning uchun issiq-sovuqning barcha turlari musulmon muhitiga osonlikcha kirib boradi. Islomda najot yo’q. Faqat Ollohning qoidalariga so’zsiz bo’ysunishga chaqiruv bor xolos, u “kimni xohlasa adashtiradi va xohlaganini to’gri yo’lga soladi” (Al-Anam 6:39; Ar-Raad 13:27; Ibrohim 14:4; Al-Nahl 16:93; Fatir 35:8; Al-Muddassir 74:31). Alloh musulmonlar bilan ahd tuzmaydi. U ularni eng yaxshi xolatda, o’zining quli deb biladi. U na Ota, na Qutqaruvchi va na Yupatuvchi. Uning irodasiga bo’ysunmagan har bir kishini yakson qiladi (Az-Zumar surasi 39:4; Al-Xudjurot 49:14 va x.k.). Unga itoat etishga tayyor bo’lgan kishi sunnatni Allohga sodiq qulning itoatkorlik belgisi sifatida qabul qiladi. Islomdagi sunnat masihiylarning cho’mdirishning o’rnini bosishning turi.

1.11 -- Chomdirilish – qudratli Xudo bilan birlashish

Iso Masihning havoriylari Iordan daryosida suvga cho’mdiruvchi Yahyoning cho’mdirilishini qabul qilishdi. Ular ochiq, Xudo oldida gunohlari va no’loyiqliklarini tan olishdi. Oxir oqibat, Iso ularga Muqaddas Ruhning qudrati bilan cho’mdirilishlarini vada qildi, U siz ular kuchsiz, qo’rqoqligicha qolishadi va Unga xizmat qila olmaydilar (Havoriylar 1: 4-8; Yuhanno 1: 33-34).

Semit (bir-birigs yaqin tillar gruhi) tillarida "El" yoki "Xudo" so’zi kuch va quvvat degan manoni anglatadi. E’lohim - uning ko’plik shakli, "kuchli Xudolar" deb tarjima qilinishi mumkin. Biroq, Islomda "Alloh" so’zi yakka turadi va: U kuchdir! manosini anglatadi. Ushbu arabcha ism chin ma’noda Xudoning uchbirligini anglatmaydi.

Iso Unga osmonda ham, erda ham butun hokimiyat berilganligini guvohlik bergan. U shuningdek, Muqaddas Ruh bu Xudoning kuchidir, deb aytdi. Bizning Xudoyimiz uchkara kuchlidir! Kimki Uning ismiga cho’msa va imon bilan bu imtiyozni qabul qilganda, Xudoning qudrati bilan birlashadi va gunoh o’limidan, ruhiy hayotga o’tadi. U Xushxabar bilan, gunoh va qonunsizlikda o’lgan boshqalarni uyg’otish xolatiga qodir. Pavlus bu sir haqida ochiq-oydin guvohlik bergan: “Men Xushxabardan or qilmayman, chunki Xudoning kuch–qudrati bo’lgan bu Xushxabar orqali unga ishonganlarning hammasi qutqariladi” (Rimliklar 1:16).

Butrus o’zining vazidan hayratda qolgan yahudiylarga murojaat qildi: “Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga cho‘minglar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda sizlar Muqaddas Ruhni in’om qilib olasizlar” (Havoriylar 2:38).

Kimki imon bilan suvga cho’mish orqali Xudoning qudratiga birlashgan bo'lsa, Xudoga, boshqa o'z kuchida xizmat qilmaydi, balki Rabbiyning kuchida xizmat qiladi va ibodat qilganida yanada kuch oladi, xar safar so’raganida (Ishayo 40:29-31).

1.12 -- Masihning amirlarini saqlamoq

Arab mamlakatlarida "Xudoning so’zini saqlash" iborasi uni yo’dlashni anglatadi. Kop musulmonlar Quronni toliq yo’ki qisman yoddan bilishadi. Bazan ular bizdan nega Xudoyimizni sevmasligimizni va Uning so’zlarini saqlamasligimizni so’rashadi! Ular uchun vahiyni yo’d olish, ularni Xudoga bo’lgan sevgilarining isbotidir. Qaysi masihiy Xushxabarlardan birini yoki hatto Togdagi vazni yoddan biladi? Bazilarimiz katta qiyinchilik bilan 23 yoki 103 Zaburlarni, baxtiyorlik amrlarini yoki 1-Korinfliklarning 13-bobini eslaymiz. Masihiylar ko’p "o’ylaydi", lekin kam "biladi"! Musulmonlar ko’pincha ko’p bilishadi, ammo "ulardagi bilim o’ylamaydi"! Biz haddan tashqari oqilona madaniyatimizni kopincha qayta korib chiqqanimizda tavba qilishimiz kerak va nafaqat Xudoning so’zini eshitishimiz, balki uni saqlashimiz xam kerak (Luqo 11:28). Kimki o’z ongini Kalomning asosiy misralari bilan toldirsa, o’z qalbi uchun buyuk kuchga ega bo’ladi.

Biroq, bilimlarni shunchaki saqlash etarli emas. Iso aniq aytadi: “Agar Meni sevsangizlar, amrlarimga amal qilasizlar” (Yuhanno 14:15). Qay bir amirlar Masihning amirlari? Biz inoyat, oqlanish, kechirim, marhamat va Isoning O’zi haqida fikir yuritishga o’rgandik. Ammo biz Uning qonunlarini juda kam o’rganamiz. To’rt Xushxabarni diqqat bilan o’qiganlar, ularda Masihning 1000 ga yaqin to’gri va qisman amrlarini topadi. Ulardan bazilari masihiylar orasida mashxur bo’lgan: “Dushmanlaringizni yaxshi ko’ringlar. Sizlarni quvgin qilganlar uchun ibodat qilinglar” (Matto 5:44-47). "Kechiringlar, Xudo ham sizni kechirgandek" (Matto 6: 12,14-15) "Xukum qilmanglar, maxkum bo’lmaysizlar" (Matto 7:1-5)

Masihni qabul qilish har bir kishi uchun majburiydir. Biroq, agar biz Masihga ergashishni istasak, hayot tarzimizni o'zgartirishimiz kerak. “Hech kim poklanishsiz Xudovandni ko'rolmaydi” (Matto 5:8; 1Salonikaliklar 4:3; 1Yuhanno 3:1-3).

Agar kimki Masihning amrlarini o’zi bajarmasa, ularga boshqa – birovlarni o’rgatishga jurat eta oladi? Isoning chaqiruvi, Uning So’zlarini bajarish va uni kundalik hayotimizda saqlash, bu birinchi navbatda o’qituvchilarga, voizchilarga va xizmatchilarga qaratilgan tavba qilishga chaqiruvdir. Rabbimiz bizdan quruq so’zlarni eshitishni xohlamaydi, biroq biz boshqalarni o’rgatayotgan narsalarimizga amalda qilayotganimizni ko’rishni isttaydi. Aks holda, biz o’z harakatlarimiz bilan o’z so’zlarimizni rad etamiz!

1.13 -- Men sizlarga amir etganlarimni, barchasini bajaringlar!

Iso dedi: “Men sizlarga amir etganlarimning barchasini, bajarishga ularni o’rgating”. Bu qisqa “barchasi” so’zidan nafas qisiladi. Iso bizga amir etgan barcha narsani kim yoddan biladi? Kim doimo Uning amirlarini “barchasini” o’z oldida tutadi? Kim bu amirlarni bolalariga, yoshlar guruhlariga va jamoatga o’rgatadi? Kim Masihning qonunini so’z bilan, xatti-harakati va fikirlari bilan aniq bajarmoqda? Hech kim bularning barida mukammal emas. Barchamiz Isoning bu so’zlari oldida maglubyatga uchraymiz. Hatto oramizdagi eng muqaddas kishimiz ham boshini egib, eshitila - eshitilmas: "Rabbim, menga rahm qiling!" deya oladi. Haqiqatan ham Isoning amrlari borasida mulohaza yuritayotganda, ularning oldida biz o’zimizni juda ayanchli xolda xis qilamiz. Masih deydi: ”Osmondagi Otangiz barkamol bo‘lgani kabi, sizlar ham barkamol bo‘linglar” (Matto 5:48). “Xayirli ish qilayotgan yo’q, bironta xam yo’q” (Zabur 13:2-4; Rimliklar 3:19-23; 7:8-8:4 va x.k.).

Biz Masihning xizmatchilari, Uning oqlovchi inoyatida yashamoqdamiz va Uning Qoni orqali xar kuni poklanishga muhtojmiz. Kim ibodat bilan 1 Yuhanno 1:7 – 2:6 o’qisa, unda Rabbiyning bu amirlarini batafsil bayonini topadi.

1.14 -- Masih Qonunlarining maqsadi

Iso bizni O’z Otasining saviyasigacha kotarishni istaydi. Uning maqsadi shundaki, Yaratuvchining dastlabki irodasi inson xayotida amalga oshihsi: “Shunday qilib, Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini, Erkagu ayol qilib yaratdi ularni” (Ibtido 1:27). Shu vaqtgacha faqat Iso ayta olgan xolos: “Meni ko’rgan Otani ko’rgan” (Yuhanno 14:9). Biroq U barcha shogirdlarini, O’z siymosiga o’zgartirishni istaydi.

Qadimgi Ahdda Xudo buyurdi: “Muqaddas bo’ling, chunki Men muqaddas” (Levilar 11:44; 19:2). U Yagona andoza va U tomondan barcha chaqirilganlarning ruhiy maqsadi.

Yangi Ahdda Iso amir qiladi: “Men sizlarni sevganday, siz xam bir-biringizni seving!” (Yuhanno 13:34). Shu tariqa U O’zining sevgisini biz uchun andaza qilmoqda. Isoning o’zi biz uchun qonun bo’lib namoyon bo’lmoqda. Pavlus ezmoqda, biz Isoga yangi ijodday burkanmogimiz yoki kiyinib olmogimiz kerak. Biz Unga burkannib olishimiz kerak. Bizda “Masihda” bo’lishga imtiyozimiz bor. Bu ibora Yangi Axdda 175 marotaba uchratiladi. Pavlus bu sirni quydagi sozlarda umumlashtiradi: “Binobarin, kim Masihga tegishli bo‘lsa, u yangi ijoddir. Eski hayot o‘tib ketdi, yangisi kirib keldi” (2 Korinfliklar 5:17-21).

1.15 -- Muhammadning qonuni

Isoning: "Sizlarga buyurganlarimning barchasiga, ularni amal qilishga o’rgat" so’zlarini, bazi o’zgartirishlar bilan Quronda ham topish mumkin! Biroq, Masihning qonuni va Muhammad qonuni o’rtasida katta farq bor. Garchi islom huquqining to’rtta maktabi rahbarlari shariat uchun asos sifatida 500 ga yaqin Quron oyatlarini tanlagan bo’lsalar-da, ularning ko’plarini mazmunidan daxshatga tushish mumkin:

«Mening dushmanlarimni va o’zingizning dushmanlaringizni do’st tutmanglar va ularga rahim shafqat ko’rsatmanglar» (Al-Mumtaxana surasi 60:1)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لاَ تَتَّخِذُوا عَدُوِّي وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَاءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِمْ بِالْمَوَدَّةِ
(سُورَةُ الْمُمْتَحَنَةِ 60 : 1)

«O’zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to’rttami nikoxlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo’rqsangiz bittani (oling) yoki qo’lingizda mulk bo’lganlard bilan kifoyalaning» (al-Niso surasi 4:3)

فَانْكِحُوا مَا طَابَ لَكُمْ مِنَ النِّسَاءِ مَثْنَى وَثُلاَثَ وَرُبَاعَ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلاَّ تَعْدِلُوا فَوَاحِدَةً
(سُورَةُ النِّسَاءِ 4 : 3)

«Bosh ko’tarishlaridan xavf qilingan ayollarga esa nisbatan ularga, vaz – nasixat qiling, (agarda bu yordam bermasa), yotoqlarida hijron qiling, (agarda bu xam yordam bermasa u holda) ularni kaltaklang». (an-Niso surasi 4:34)

وَاللاَّتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ
(سُورَةُ النِّسَاءِ 4 : 34)

«(Olloh Muhammadga buyurdi:) Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan va tozalaysan» (at-Tauba surasi)

خُذْ مِنْ أَمْوَالِهِمْ صَدَقَةً تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِمْ بِهَا (سُورَةُ التَّوْبَةِ 9 : 103)

«O’g’ri erkak va o’g’ri ayolning qo’llarini kesinglar. Bu ularning qilmishiga jazo…» (al-Maida surasi 5:38)

وَالسَّارِقُ وَالسَّارِقَةُ فَاقْطَعُوا أَيْدِيَهُمَا جَزَاءً (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 38)

Harkim, Muhammadning qonunini Masihning qo’nuni bilan solishtirsa, bu ikki qonunda mutlaqo xar-xil ruh xarakatlanayotganini tushunib etadi. Muhammadning qonunida sevgi yo’q, Xudo bilan yarashish yo’q, o’rin bosar qurbonlik yo’q va Xudoning muqaddasligi yo’q, umumiy andoza kabi.

Yakuniy natijada, Muhammad o’z qo’nunining mazmuni bo’lmoqda. Uning xayoti (sunnat) islom qonunining qatiyan tuzilishida ikkinchi manbasi qilib olingan. Xar bir musulmon, 70 xarbiy yurishlarda qatnashib va 12 xotinga ega bo’lgan, Muhammad yashaganday yashashi shart. Aks xolda u asil musulmon emas.

1.16 -- Muhammad qonuni va Iso qonunining yashirin maqsadis

Islom qonunining oxirgi maqsadi, shariyatning, islom davlati tomonidan boshqariladigon, islom jamiyatining (umma) farovonligi. Islom dini imon va siyosatni bir biridan ajratmaydi. U faqat shariyatga asoslanib xarakat qilaoladi xolos. Boshqa tomondan shariyat faqat islom mamlakatida ishlaydi. Islomning maqsadi diniy davlat bo’lgan va bo’lib qolmoqda. Islomning xarqanday bo’shqa turi yashay olmaydigan turkumiga tegishli.

Masih esa e’lon qildi: “Mening Shohligim bu dunyodan emas” (Yuhanno 18:34-35). Uning jamoati – U tomonidan xalqlar ichidan chaqirilgan odamlar, Uning erdagi Ruhiy Shohligining vakillari xisoblanadi. Uning shogirdlarining o’z – aro ruhiy munosabati Uning abadiy Shohligining boshlanishi xisoblanadi (Yuhanno 13:34-35). Ular erning tuzi va dunyoning nuri bolishga chaqirilganlar. Masih qonunining maqsadi diniy masihiy davlat qurish emas, aksincha Uning izdoshlarini Uning amirlariga itoatkor, o’z ibrati va o’z xayoti bilan, jamiyatga va davlatga tasir etib va ularni ichkaridan o’zgartiruvchi shogirdlarga tubdan o’zgartirmoq.

1.17 -- Zotan, Men sizlar bilan!

Agar Iso Masihning elchisi, o’z ichida afsuslanib va ozining nochorligini, kuchsizligini anglab etib, buni Rabbiyga etirof etsa, u holda Iso unga gapirmoqda: “Menga qara! Men shuerda! Men tirik! Men seni tark etmayman! Men seni sevaman va senga yordam beraman! Men seni chuqur qarilikgacha ko’tarib boraman!”

Aytishlaricha, bir kuni Iso o’z izdoshlaridan biriga nam qumdagi ikki poy izni korsatib, izoh bergan: “Qara, Men hamma vaqt sen bilan yonma – yon yurganman”. Qachonki xavfli dovon oldida bir poy iz yoqolib qolganda, tush koruvchi tana – madomad bilan hitob qildi: “Nega sen meni eng katta muhtojligimda tark etding?” Sunda Rabbiy sevgi bilan unga javob berdi: “Xayotingdagi eng og’ir damda Men seni o’z qo’llarimda kotarib borganman”. Masihning sevgisi biz o’ylagandan xam ancha yuqori. U O’z izdoshlarini ishontirmoqda: “Hech kim ularni Mening qo’limdan tortib ololmaydi!” (Yuhanno 10:28). Qudratli Xudoning mavjudligi va Uning har erda hozirligi, Uning bizni oramizda o’zgarmas bor bo’lishi, bizni mustahkam imonga chorlaydi.

1.18 -- Barcha xalqlarni o’rgatinglar

Bugungi kunda minglab xorijiy missionerlar, ko’p mamlakatlarda yana xam ko’proq mahaliy masihiylar, sadoqat bilan Rabbiy Iso Masihga xizmat qilishmoqda, hatto masihiylikka qarshi ruh boshqaradigan viloyatlarda ham. Kopincha jamoatlar yoqib yuborilmoqda, faol masihiylar esa soxta ayblovlarga, tahdidlar va taqiblarga duch kelmoqdalar. Ularning bazilari qochishmoqda, bazilari azob – uqubatlarga uchramoqdalar. Ularning ko’plari esa yashirin ishlashga majbur. Qo’rquv doimiy ravishda ularning harakatlarini to’xtatishga harakat qilmoqda.

Ammo Iso bizni ishontirmoqda: "Sizni quvgin qilayotgan birinchi navbatda Meni quvgin qilmoqda!" Tananing biron bir qismidagi og’riq, tana his qilmasdan avval va unga tasir ko’rsatishdan oldin, miyaga boradi. Masih Jamoatning Boshi sifatida birinchi navbatda O’z shogirdlarining taqib qilinayotganini his qiladi, hatto ular o’zlari bunga duch kelishlaridan oldin (Havoriylar 9: 4-5). Hech birimiz yolg’iz emasmiz. Rabbiyning Qozisi azob - uqubat yolida biz bilan oxirigacha boradi. Bugun dunyoda Masih uchun ko’p azob-uqubatlar chekilmoqda va Uning ismiga biz o’ylaganimizdan ham ko’proq maqtovlar ko’tarilmoqda.

1.19 -- Dunyoning oxirigacha!

Chomdirilishda Iso bizga vada berdi, bizning xayotimizning xar bir laxzasida birga bo’lishga, biz Unda qolayotganimizda va Unga xizmat qilayotganimizda. Xattoki buyuk xavf vaqtida va o’lim soatida U bizni tark etmaydi. U dedi: “Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?” (Yuhanno 11:25-26). Iso bizni qarigunimiz qadar ko’tarib boradi va biz bilan qoladi, xattoki biz bu dunyoni tark etkanimizdan kegin xam (Zabur 22:4-6).

1.20 -- Olloh musulmonlar bilan bo’lyabdimi?

Quronda bir voqea tasvirlanmoqda, Muhammad Makkadan Madinaga qochganda. U g’orda yashirinib va Abu – Bakirga degan: “Haqiqatdan Olloh biz bilan!” Bundan so’ng taqib qilinayotgan musulmonlar anchagina o’zlarini yahshi his qildilar (At-Tauba surasi 9:40).

Avfsuski, Muhammadni tinchlantirgan, Olloh, haqiqiy Xudo emas, chunki u Quronda 17 marotaba, unda o’g’il yo’qligini va Masih xechqachon xochda o’lmaganligini tasdiqlamoqda (al-Niso surasi 4:157). Iso Masihning Otasi musulmonlar bilan birga emas. Ular Isoning qutqaruvchi qurbonligini inkor etadilar va Jabroil (Gavriil) deb nomlangan, nomalum ruh "muqaddasdan bolgan ruh" deb davo qiladilar. Musulmonlarni boshqaradigan va ularni masihiylikka qarshi nafratga kishanlovchi ruh Uch Birlikdagi Xudo emas, chunki Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhdan boshqa Xudo yo’q.

1.21 -- Isoning buyuk tipshirigidagi to’rtkara “BARCHA”

Tirik Iso shogirdlariga osmondagi va erdagi BARCHA kuchlar Unga berilganiga ishontirmoqda. Shuning uchun ular BARCHA xalqlarga borib talim berib, Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga chomdirishlari kerak. Ular suvga cho’mgan shogirdlariga BARCHA amrlarini bajarishga o’rgatishlari kerak; U O’z elchilariga dunyoning oxirigacha BARCHA kunlar davomida ular bilan birga bo’lishga vada berdi.

Iso bizni to’rtkara “BARCHA” ga ishonishga va Uning barcha to’rtta amrlarini bajarishga undaydi. U bizga Uning amrlarini bajarishda yordam beradi va O’z shogirdlaridan birontasini dunyoning oxirigacha yolgizlikda qoldirmaydi, kunlarning birontasi xam qolmaganda, biz Uni, Uning boricha ko’ramiz.

1.22 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. O’z o’limi va qayta tirilishidan so’ng Iso dunyoga nima taklif qilmoqda?
  2. Iso Masihning elchisi sifatuda xizmat qilishga kim loyiq?
  3. Nega Iso hatto shubxalanayotgan shogirdlarini xam Uning buyuk topshirig’ini bajarishga chaqirdi?
  4. Iso erdagi va osmondagi barcha xokimiyatni oldi. Bu nimani anglatadi?
  5. Nima uchun Samoviy Ota Isoning barcha xokimiytni olganidan song Unga qarshi isyon ko’tarishidan qo’rqmadi?
  6. Nega Iso shogirdlariga “boringlar” deb buyurdi, hech narsa qilmasdan, o’tiringlar deyishni o’rniga?
  7. Bizning guvohligimizni kutayotgan odamni qanday topish mumkin va u bilan qanday gaplashishimiz kerak?
  8. Qanday qilib biz atrofimizda shogirdlarni to’plashimiz mumkin? Bizni tinglovchilarga nimani taklif qilishimiz mumkin?
  9. Nega Masihning buyuk topshirigi bizni hatto Ismoil va Yoqubning bolalariga yuboradi? Ushbu samoviy strategiyadan qaysi davlatlar va dinlar mustasno?
  10. Zamonaviy dunyo aholisining necha foizi o’zini masihiy deb ataydi? Bu nimani bizga anglatadi?
  11. Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho’mish qanday manoni anglatadi?
  12. Muqaddas Uch Birlikning birligi Rabbimizning buyuk topshirig’ida qanday namoyon bo’lmoqda?
  13. Masihga xizmat qilishda qanday qilib kuch va rahbarlikni olish mumkin?
  14. Nega suvga cho’mish va qayta tugilish masihiy hayotning boshlanishi, balki uning yakuni emas?
  15. Imonsizlarga xushxabar aytish va imonlilarga talim berish o’rtasida qanday farq bor? Musulmonlar bilan suhbatda buni qanday hisobga olish kerak?
  16. Suvga cho’mgan imonlilarga qanday mavzularni o’rgatishimiz kerak?
  17. To’rt Xushhabarda Masihning nechta amrlarini topish mumkin? Ularning qaysi birlari musulmonlar uchun muhimdir?
  18. Faqatgina imon orqali oqlanish (Rimliklarga 5.1) va inom inoyati sifatida, imonda bo’ysunish orqali yaxshi ishlarga bo’lgan zarurat (Yoqub 2.14-26) o’rtasidagi qanday farq bor?
  19. Yangi Ahdda yagona qonun andozasi kim?
  20. Nima uchun Isoning buyuk topshirig’idagi uchinchi amr har bir ustozni, solih va xizmatchini, agarda o’ziga nisbatan halol bo’lsa, magrurligini yakson qiladi?
  21. Nima uchun Iso: «Zotan, Men sizlar bilanman», - deb vada bergan?
  22. Nima uchun Iso hamma joyda va har erda doim biz bilan birga bo’lishga, agar biz Unga xizmat qilsak, vada beradi?
  23. Musulmonlar nimaga asoslanib Masih (Iso) Alloh bilan birgaligiga ishonadilar?
  24. Nima uchun musulmon odam ikki Xudo qanday qilib bir-birlari bilan abadiy tinchlikda yashashi mumkinligini tasavvur qila olmaydi? Nega masihiy bunga ishonishi mumkin?
  25. Musulmonlarning buyuk topshirig’ini yozib chiqing (Quron suralari va oyatlariga ishora bilan) va uni masihiylarning buyuk topshirig’i bilan solishtiring.
  26. Islomni tarqalishining uchta to’lqinini ayting. Bugungi kunda dunyo aholisining necha foizini musulmonlar tashkil etadi? #Mamlakatingizda nechta musulmon istiqomat qiladi?
  27. Musulmonning boshqa dinlarga mansub kishilarga nisbatan bag’rikengligi nimani anglatadi va bu bag’rikenglikning chegarasi qayerda? Qachon u bag’ri keng bulmasligi kerak?
  28. Nima uchun Muhammad Muqaddas Uch Birlikning birligini rad etgan?
  29. Quron masihiylikdagi suvga cho’mish haqida nima deydi?
  30. Muhammadning qonuni (shariat) va Xushhabardagi Masih qonuni o’rtasidagi asosiy farq nimada?
  31. Islom qonunining maqsadi va Masih qonunining maqsadi nimada?
  32. Musulmon odam uchun, Muhammad, islom qonunining andozasi deganda nimani bildiradi?
  33. Nega Muhammad o’z izdoshlariga: “Zotan, men dunyo oxirigacha har doim sizlar bilan bo’laman”, deb vada bera olmagan?
  34. Masihning buyuk topshirig’idagi to’rtkarra "BARCHA" degani nimani anglatadi?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 10:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)