Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.12 Tenth Commandment: Do Not Covet Your Neigbor's House

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.12 - O’ninchi Amr: Qo’shningizni Uyiga Havas Qilib, Ko’z Olaytirmang



Qo’shningizni uyiga havas qilib, ko’z olaytirmang. Qo’shningizni xotinini, qulini yoki cho’risini, molini yoxud eshagini, unga qarashli biror narsani orzu qilmang. (Chiqish 20:17)


4.12.1 - Zamonaviy vasvasalar

Televizor ko’radigan har bir inson oldi-sotdi vavasasiga tushadi. Siz ajoyib narsalarni sotib olishga, sug’urta kompaniyalari bilan bitim tuzishga, yoqimli hidli atirlar, kiyimlar va sport moshinalarini sotib olishga shoshilarsiz. Bularning soni davom etaveradi va yana etaveradi va siz hech qachon bu oldi-sotdi ishlarini Isoning oddiy:”O’zingizdan voz keching! Ozingizdagi bor narsa bilan qanoatlaning!” – degan ta’kidini taqdim qilganini eshitmagansiz. Ular har doim, “hamma narsani orzu qiling va sizda yo’q hamma narsani sotib oling” – deydi.

Gazeta kichkina bola qulog’ini oyinchoqlar, ayiqchalar, ko’p hayvonlar, mashinalar va o’yinlarga cho’zganini ko’rsatdi. Bu kichkina bola nimani xohlagan bo’lsa berilgan. U xohlagan hech narsa kafolatlanmagan. Qanday bechora bola! Jamiyat uni hafsalasi pir bo’lmaguncha va uning bolalik dunyosi cho’kib ketmagunigacha uni muhtoj qilmadi.

Rivojlangan jamiyatdagi odamlar o’ninchi amrga qarshilik ta’sirini ostiradirlar. Masalan, er-xotin yildan yilga ishlab o’zlari xohlagan uyni quradilar. Ular haddan tashqari ko’p ishlaydilar, agar ona ish topsa bolalarini pulini rad qilib o’zini-o’zi kiyintiradi. Ular yanada tetiklanish umidida boshqa kuch olish uchun haddan tashqari kofe ichadilar. Ichki bo’shliq va qarzlar to’plami va oila jangi natija to’ri bo’ladi. Nimaga? Chunki oila ularga kerak bo’lmagan narsalarga ko’p pul sarflaydilar va ular sarflagan pul ularga keladigan kirimdan ko’p bo’ladi.


4.12.2 - Mulkni O’zlashtirish Mumkinmi?

Iso:”Agar inson butun dunyoni egallab olsayu-yu, o’z jonidan mahrum bo’lsa, bundan unga nima foyda?! Inson o’z joni evaziga qanday to’lov bera oladi?!” (Matto 16:26) - deydi. U yana aytgan:”Kim o’z jonini asrab qolmoqchi bo’lsa, uni yo’qotadi. Kim Men uchun va Xushxabar uchun jonini bersa, jonini asrab qoladi” (Mark 8:35). Urush paytida bitta bomba bir soniya ichida sakkizta tarihiy binoni vayron qiloladi va oxiri hamma narsa kulga aylanadi. Million qochoqlar hamma narsalarini yo’qotganlar. Kommunistik davlatlarida haligacha hammada uylari yoki hech narsasi yo’q insondan ham mablag’i yomonlashib borgunigacha, solig’i kvartira ijarasidan ham ko’p to’lashlari kerak bo’lgan mulklari bor. Xudo bizni o’zida yangilashni va narsalarni Uni tasavvurida ko’ra olishimizni xohlaydi. Ruhiy haqiqat mulklardan ko’ra qadrliroqdir.

Merosni bo’lmoqchi bo’lganlar, pul va mulk tufali qarindoshlar orasida hafagarchiliklar bo’lishini bilishlari kerak. Iso:”Kim siz bilan da’volashib, ko’ylagingizni olmoqchi bo’lsa, unga to’ningizni ham berib yuboring” – degan (Matto 5:40). Pavlus bizga olishdan ko’ra berish baxtiyorligi kattaroqligini aytadi! Bu har doim Isoga ergashishdagi yo’naltiruvchi qonunimiz bo’lishi kerak. Boshqalarning mulkini olib qo’yish noto’g’ridir. Kimdir xujjatlarni yo’q qilib tashlasa yoki kimnidir soddaligidan foydalansa Xudoning g’azabiga loyiqdir, Xudo yetim va otasizlarning Himoyachisidir.


4.12.3 - Odamlarni Aldash

O’ninchi amr mulkka eglik bilan chegaralanib qolmasdan u yana kasbdoshlarni, xizmatkorlarni yoki do’stlarni vasvasaga solishni ham taqiqlaydi. Ishchilar boshliqlarini hafa qilmasliklari kerak yoki ishlari qiyinligi biz ularni qarshi chiqishlariga dalda berishimizga huquq bermasligi kerak. Buning o’rniga ular qayerda yashamasinlar, bizni qanchalik ustun ekanimizni farqi yo’q yoki yashash joylarini o’zgartirish imkoniga ega bo’lsalar ham, biz ularni u yerda qolishga chaqirishimiz kerak. Biz ham birodarlar uchun, yoki hech qanday marhamat olib kelmaydigan kasbdoshlarga marhamat bo’lishi uchun o’ninchi amrga jamoatda, jamiyatda, maktabda va hayriya joylarida amal qilishimiz kerak.

Agar kimdir oilani ishlariga aralashib yoki erni yoki xotinni Xudo birlik oilasi bilan marhamatlagan oilani tashlab ketishga vasvasa qilgasa jiddiy javob berishi kerak bo’ladi. Hiyonat qilish, yoki chuqur tushunmaslik, yoki hatto qattiq kelishmovchiliklar hech qachon bunday og’riqli qadamni oqlay olmaydi. Isonining O’zi aytadi, “Xudo birlashtirganni bandasi ajiratmasin”. Agar kimdir birortasini uyini buzmoqchi bo’lsa yoki nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqaga jalb qilsa, u hozirni o’zidayoq tavba qilishi kerak, munosabatini o’zgartirib o’zining oilasi uchun javobgarlik olishga tayyor bo’lishi kerak. Shunda uning shaxsiy hayoti ma’noli bo’ladi va gunohning hamma turlarini rad qilishni va yomon ko’rishni o’rganadi. U shaytonning bir kechaga turmush o’rtoqni o’zgartirish, nikohdan dam olish yoki boshqalar bilan bo’lish fikrlarini makoni bo’lmaydi. Buning o’rniga u har qanday gunohdan haqqatdan ham o’zini tutib olishda Muqaddas Ruh kuchida yashaydi, Muqaddas Ruhsiz hech narsa qilolmaysiz.


4.12.4 - Bizning Tanaviy Xohishimiz Nimaga Sabab Bo’ladi?

O’ninchi amr biz vasvasaga tushadigan aniq bir odamlar va narsalar haqida gapiradi. Bugun biz ro’yxatga: moshinalar, musiqa asboblari, kir yuvish mashinasi, holodilniklar va jimjimador kiyimlarni qo’sha olamiz. Odam boshqalarda bor narsalarga ega bo’lishga moyildir. O’sib borayotgan yashash tarzi, aslida vayron bo’lyatgon va kambag’alikka olib keladigandir. Rivojlangan davlatlar ularni hatto qarzni to’lolmaydigan katta qarzga kirib ketishga sabab bo’ladigan jiddiy loyihani boshladilar. Ular hozir ishlatilmaydigan zamonaviy stanoklarni sotib olganlar, chunki uni hech kim tuzatishni yoki buzilgan qismlarini joylatishni bilmaydi. Masihning havoriylari ularda bori bilan qanoatlanish nimaga mihimligini va jonni va tanani buzadigan qarzni ko’payishidan ozod bo’lishni bilardilar. Bundan tashqari Iso aytdi:”Ammo sizlarning orangizda bunday bo’lmasin. Aksincha, orangizda kim katta bo’lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. Orangizda kim birinchi bo’lishni istasa, sizlarga qul bo’lsin” (Matto 20:26-27). Iso ibodat qilganidek bizning dunyomizning hamma qadrini tiklash uchun keldi:“Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, go’daklarga ma’lum etganing uchun Senga shukronalar aytaman. Ha Ota, bu Sening ezgu xohishing edi… Ey holdan toyganlar, og’ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. Mening bo’yinturug’imni taqib olinglar, mendan o’rganinglar. Chunki men yumshoq ko’ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. Axir, Mening bo’yinturug’im qulay, yukim yengildir” (Matto 11:25-30).

Pavlus Korinfdagi ibodatxonaga tegishli faqat bir necha boylar va muhim odamlarga Xudo hamma mag’rur va o’zini katta oladiganlarni yo’q qilib yuboradi deb yozgan. Hayot maqsadni o’zgartirish va yurakni yangilash birinchi jamoatlar a’zolariga yangi ma’nolarni bergan.

O’ninchi amr bizni yovuz va yomon harakatlarimizni taqiqlamasdan, yashirin maqsadlarimizni ham hukm qiladi. Sud bir odamning aniq o’lchamdagi jinoyatlarini hukm qiladi, lekin odamni yuragini faqatgina Xudo ko’radi. Hatto biz o’zimizning yuragimizni mukammal tushunmaymiz. Biz ba’zida nimaga do’stlarimiz bunday yoki unday qilganiga tushunolmaymiz. Ba’zida biz o’zimizga o’zimiz topishmoqmiz. Muqaddas Kitob aytadi:“Egamiz ko’rdiki, yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham ko’p ekan. Ularning ko’nglida faqat qabih niyat bor ekan” (Ibtodo 6:5). Agar biz o’zimizni Isoning muqaddasligiga qarshi tekshirsak qanchalik nopok va buzuqligimizni ko’ramiz. “Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan mahrumdir” (Rimliklarga 3:23). Bu hatto hayotning davom etayotgan oqimida o’z yo’lida harakat qiladigan bolada ham ko’rinadi. Bolalar bir-birini aldaydi va ularni hayotidagi nasldan o’tadigan gunohini ko’rganimizda biz “bollar gunohkor emas” degan yolg’on nazariyani rad qilamiz. O’sayotgan bola xohishini mashq qiladi va qaysar va hudbin (egoist) bo’lishi mumkin. Albatta, qabixlikni o’ylash va bajarish orasida farq bor. Hech kim vasvasadan qochib qutilmaydi, lekin siz butun yuragingiz bilan qarshi turishingiz kerak. Doktor Martin Lyuter: ”Men qushlarni boshim ustidan uchishlarini taqiqlolmayman, lekin sochimga in qurushlariga yo’l qo’ymayman” – degan. Biz vasvasaga boshidan qarashimiz, qarshi turib undan g’olib kelishimiz kerak. Pavluz ko’pincha Grek ifodada “bu fikr menda hech qachon bo’lmasin!” – deb yozadi. Yoqub maktubi asl vasvasani ifodalab beradi. Birinchi bobda vasvasa Xudodan emasligini, Xudo hech kimni vasvasaga solmasligini yozadi. Agar kimdir vasvasaga tushsa u o’zining tanasi va qoni xohishi evaziga tushgan bo’ladi. „Ehtirosga berilganda, aldanganda u gunohni tug’adi; va gunoh esa yetilib o’limga sabab bo’lishi“ aniqdir. Havoriy davom etib aytdi:“Ey sevikli birodarlarim aldanmanglar! Har bir ne’mat, har bir mukammal hadya yuqoridan, samoviy nurlar Otasidan tushadi. Unda xech qanday o’zgarish yo’q, o’zgaruvchan ko’lanka ham yo’q. Xudo haqiqat kalomi orqali bizga hayot bag’ishladi, chunki O’z yaratganlari orasida birinchi o’rinni egallashimizni xohladi“ (Yoqub 1:16-18).

Masihiy imonlilar Xudoning So’zidagi xohishlarini, maqsad va kunlik harakatlarini tartibga solishlari kerak. Nopok fikrlardan g’olib kelish Isoga va Uning abadiy inoyatiga berishimizga bog’liqdir. Biz ishonch bilan:”Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgin” (Matto 6:13) – deb ibodat qilamiz. Masihiylar Isoning qoni orqali gunohlari aniq kechirilgan va ularga berilgan Isoning adolatiga suyanadiganlardir. Shuning uchun Muqaddas Ruh ularni fikrlarini va munosabatlarini muqaddaslagani uchun ular ataylab(bilib turib) gunoh qilmaydilar. Iso bizning yuragimizdagi o’ylarimizdan g’olib Rab bo’lishni xohlaydi. Iso bizning hayotimizdagi jangni boshqarishni xohlaydi va bizga g’alaba beradi. Bu biror shaxsga yoki xalqqa qarshi muqaddas jang emas, aksincha o’zimizning katta menligimizga, bizdagi qabih xohishlarimizga va tashqaridan bizga hujum qiladigan vasvasalarga qarshidir. Kelinglar nima ibodat qilyotganimizga ishonib ibodat qilaylik, “Ey barhayot Rabbiy va qudratli Najotkor. Meni qutqarganing uchun Senga raxmat. Iltimos yana gunoh qilishimga yo’l qo’yma, aksincha undan halos qilgin va mendagi yomonlikdan asra. Iltimos shaytonga menda tayanch topishiga yo’l qo’yma. Rabbiy menga Egalik qil va menda abdiy yasha. O’z qoning bilan meni o’ylarimni mukammal tozala va Ruhing bilan butunlay muqaddasla, Sendan iltimos bu mening xohishim va orzuim”.


4.12.5 - Yangi Yurak va Yangi Ruh

Biz o’zimizdagi qabihliklarimizga qarshi jangga chiqar ekanmiz, Isoning: ”yomon yurakdan yomonlik chiqadi” – deganda nima demoqchi ekanligini anglab yetamiz. Shunday qilib, bu faqatgina qabih ishlardan himoyalanish ma’nosini bildirish yoki ayrim gunohlarga qarshi jang emas, balki bundanda ko’proq bajaradigan ishlar bor. Bizga toza vijdon, pok ong, va yangi yurak kerak. Shuning uchun kelinglar Isodan ichimizdagi Muqaddas Ruhda U O’zini maqsadini bajarshini so’raylik, toki bizning har bir ruhuy hududimizni, jonimizni va tanamizni butunlay muqaddaslasin. Faqatgina bizning tanamiz emas, balki ruhimiz va jonimiz ham qabihdir. O’ninchi amrni maqsadi eski odamni yangidan tug’ilishi va o’ylari va munosabatlarini ruhiy yangilanishidir. Yeremiyo Payg’ambar qo’zg’olonchi xalq uchun qayg’urdi va buyuk ilohiy va’da oldi: ”Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo’ladi: Mening qonunimni odamlarning ichiga solib qo’yaman, qonunimni yurak lavhalariga yozaman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo’ladilar. Shunda odamlar bir-biriga: ”Egamizni tanib biling”, deb aytmaydigan bo’lishadi. Chunki ularning hammasi – kattasidan tortib kichigigacha Meni biladigan bo’ladi. Men ularning ayblarini kechiraman, gunohlarini hech qachon esga olmayman.” Egamizning kalomi shudir. (Yeremiyo 31:33-34).

Xudo Hizqiyo payg’ambarga ham huddi shunday bir xil va’dani ochib berdi: “Sizlarga yangi yurak berib, qalbingizni yangi ruhga to’ldiraman. Bag’ringizdagi tosh yurakning o’rniga yumshoq, muloyim bir yurak beraman. Ichingizga O’z Ruhimni solaman. sizlar farmonlarimga rioya qiladigan, qonun-qoidalarimni bitta qoldirmay bajaradigan bo’lasizlar“ (Hizqiyo 36:26-27). Shoh Dovud bu bahsoratlardan 30 yil oldin quyidagi tavba ibodatini qilgan:

Rahm qilgin menga, ey Xudo, sodiq sevging, cheksiz shafqating ila itoatsizligimni olib tashlagin. Yuvib tashla barcha ayblarimni, poklagin gunohlarimdan. Ha, o’zimni itoatsizligimni bilaman, gunohim turar ko’z o’ngimda mudom. Senga, yolg’iz Senga qarshi gunoh qilganman, Sening oldingda qabihliklar qilganman, shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan, qoralaganingda doimo to’g’ri bo’lib chiqasan. Mana, gunohkor bo’lib tug’ilganman, onam qornidayoq gunohkor edim. Ha, inson yuragida Sen istaysan haqiqatni, qalbimning to’rida o’rgatgin donolikni. Pokla meni issop o’ti ila, toza bo’layin, yuvgin meni, qordan ham oq bo’layin. Yana eshitay shodlik, quvonch xabarin, Sen ezgan suyaklarim yana quvonsin. Gunohlarimdan chetga ol ko’zlaringni olib tashla ayblarimni. Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, ichimda to’g’ri ruhni yangilagin. Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma. Najoting shodligini menga qaytargin, itoat etishga menda istak uyg’otgin. Shunda itoatsizlarga Sening yo’llaringni o’rgataman, gunohkorlar qaytib keladilar Senga. Qon to’kkanim uchun kechir meni, ey Xudo, najot berganingni sevinch ila kuylar tilim, ey najotkorim Xudo! Lablarimni ochgin, ey Rabbiy, og’zim Seni madh aylasin. Qurbonlikni Sen xohlamaysan, qurbonlik kuydirganimda ham Sen xush ko’rmagan bo’larding. Senga ma’qul qurbonligim ezilgan ruhdir, ezilgan, tavba qilgan yurakni Sen rad etmagaysan, ey Xudo (Zabur 51:3-19).

Kim bu Dovudning namunali ibodatidek ibodat qilsa Xudodan aniq javob oladi. Iso:“Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, hech qachon zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo’ladi” (Yuhanno 8:12) – degan bu payg’ambarlikni bajo keltirdi. Iso yana:”Men – tok, sizlar – novdasizlar. Agar Menda bo’lsangizlar va Men sizlarda bo’lsam, ko’p hosil berasizlar. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar” (Yuhanno 15:5) – degan.

Iso xizmatini boshida Yahudiy boshliqlaridan biri Nikodimga aniq qilib shunday dedi:”Sizga chinini aytayin: suvdan va Ruhdan tug’ilmagan bironta odam Xudoning Shohligiga kirolmaydi (Yuhanno 3:5). Butrus bu va’dani Hosil bayrami kunida:”Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga cho’minglar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda sizlar Muqaddas Ruhni in’om qilib olasizlar” (Havoriylar 2:38) – deb 3,000 ta odamni oldida tasdiqladi.


4.12.6 - Ruhiy Jang

Muqaddas Ruh bizda yashashi bizga vasvasa kelmaydi degani emas. Aksincha ruh tanaga qarshi va tana Ruhga qarshi kurashadi, Pavlus bu achchiq jangni shunday tasvirlaydi:“…Ruh orqali o’sha tabiatning qilmishlariga chek qo’yinglar …” (Rimliklarga 8:13). Efesliklarga 4:22-24 da Pavlus:”Eski o’zligingizni bir chetga olib qo’yinglar; ya’ni ilgarigi turmushingizga oid, aldovchi ehtiroslar bilan borayotgan eski, yomon tabiatingizni soqit qilinglar. Buning o’rniga yangi fikrga , ruhga ega bo’linglar. Xudoga munosib suratda, haqiqiy solihlik va muqaddaslik bilan yaratilgan yangi tabiatni o’zlashtiringlar” – deb maslahat bergan. Eski o’zlikni bir chetka olib qo’yish, hamma gunoh qilish xohishlarimizni abadiy rad qilish deganidir. Yangi tabiatni o’zlashtirish, Iso bizni asl xudbinligimizdan g’olib kelishga yordam bergani uchun Isoni yangi libosdek o’rab olishimiz kerak.

Bu jangda biz muqaddas hayotda yashashni qidirganimiz kabi g’oliblik qiyinchiligini boshdan kechiramiz. Keyin yana biz darrov o’rnimizdan turishimiz va Isoga burilib gunohlarimizni ochiq tan olishimiz kerak. Qachonki bizning mag’rurligimiz va o’zimizga-ishonishimiz sinsa, biz yana Iso bilan birlashamiz va kuchsizligimizda Uni kuchini ko’ramiz. Faqatgina shu qabihliklarimizdan g’olib kelish va Xudoda yetuklikka yetishish yo’lidir. Muqaddas Kitob:”Xudo Ruhining yetakchiligida yashaydiganlarning hammasi Xudoning farzandlaridir” (Rimliklarga 8:14) – deydi. Iso Masihga tegishli bo’lganlar endi hukm qilinmaydilar. Pavlus ruhiy jangda ishtrok etuvch har bir odamga Rimliklarga 8:1-2 da: “Hayot ato etuvchi Ruhning qonun-qoidasi Iso Masih orqali meni gunohdan va o’limga yetaklaydigan qonundan ozod qildi” – deb taskin beradi. Iso Masihdagi hayotning Ruh qonuni uchun Iso meni gunoh va o’lim qonunidan ozod qildi. Eski Ahd bizni yomon maqsad va harakatlarimizni qonun jazosiga qo’yganda, Yangi Ahd bizni umumiy gunohimiz to’g’risida chuqurroq tushuncha beradi va shu bilan bir paytda Iso Masih orqali Xudoning solihlik inoyatini qabul qilishga undaydi. U bizni ongimizni va xohishimizni yangilash uchun Muqaddas Ruhni qabul qilishni ta’minlaydi. Musoning qonunlari bizni yiqilishdan ogohlantiradi, lekin Iso bizga butunlay oqlanish va Uning amrlarini bajarish uchun Xudo ruhi kuchini beradi. Eski Ahd hayotimizdagi yomon harakatlarimizning natijasida kelib chiqadigan tartibsizliklarni ko’rsatsa, bizning samoviy Otamiz ayblanish, jazo yo’q ilohiy oqlanishni beradi! Iso allaqachon to’lovni to’lab bo’ldi! Bizning oqlanishimizga qo’shimcha Xudo biz gunohdan g’alaba qozonishimiz uchun bizga yordam beradi. Xudo Uch Birligi bizni Uning solihligida bizning gunohlarimizdan ozod qiladi va Uning doimiy yashovchi sevgisining kuchi g’alabasida bizni yetaklaydi.


4.12.7 - Islom va Shahvoniy Hirs

Islom qonunni bajarilishi imon orqali oqlanish yoki Ruh orqali tanada g’alaba qozonishni bilmaydi. Qur’on:“Inson ojiz qilib yaratilgandir” (Niso surasi 4:28) – deydi. Shu asnoda Islom aybni Ollohga to’ntaradi. Shuning uchun Muhammad mo’minlarga ularning yonidagi to’rt xotinlari vasvasaga tushishiga qaramasdan cho’rilariga uylanishga ruxsat bergan (Niso surasi 4:25). Muhammadning o’zi asrab olgan o’g’li Zaydning xotiniga uylangan. Shu nikohga binoan Muhammad Zaydning xotiniga uylanish va unga turmushga chiqishga rozi boshqa ayyollarga uylanishi mumkinligi to’g’risidagi maxsus ochiqlikni Ollohdan olgan (Ahzob surasi 33:37, 50-51).

Yana Qur’on bir necha marta Olloh O’zi xohlagan kimsani yo’ldan ozdiradi va O’zi xohlagan kishiga hidoyat qilishini ochib beradi (Ibrohim surasi 14:4, Fotir surasi 35:8). Bu suralarga binoan insonni o’zida ko’p javobgarlik yo’q bo’lib chiqyabdi.

Muqaddas urushda o’g’irlash va urushning yo’qolgan narsalarini talon taroj qilish juda muhim bo’lgan. Ba’zida jangchilar jangni yo’qatib qo’yishardi, chunki ular qoldiqlarni to’plashga va uyga olib borishga oldindan olib ketilar edilar. Ba’zida urushdagi o’ljalarni bo’lishish ustida shafqatsiz tortishuvlar bo’lar edi. Narsaga ro’julik va shahvoniylikka moyillik Musulmonning hayotida ko’pincha asosiy ro’lni o’ynaydi. Unga Musulmon boshliqlarining hayotidagi ko’rinib turgan xurmat va dabdabalik Ollohni inoyatini tastiqlaydi. Isoning kamtarligi va ezguligi Islomga begonadir.

Bundan tashqari qasdning to’lovini olmagungacha qonli qasd Islomda taqiqlanmagan. Muhammad dushmanlarini o’ldirish uchun shaxsiy choparlarini yuborgan. Agar Islomni qabul qilgan bo’lsa insonni o’zlik xohishlari yaxshilanmaydi, Isoni najotkorligiga ishonmasa hamma narsa o’zgarishsiz qolaveradi. Musulmon uchun Xudoga Ota sifatida ishonish kechirib bo’lmaydigan gunohlardan biridir. U o’zini savob ishlari bilan qutqarishi kerak. Yaxshi ishlar asosiy harakatlar emas, aksincha imonni tan olish, besh mahal nomoz o’qish, Ramazon oyida ro’za tutish, kambag’allarga ushr berish, Makkani ziyorat qilish, Qur’onni yodlash va Islomni tarqatishdagi muqaddas jangda jang qilish kabu diniy majburyatlarni bajarishdir. Musulmon uning yuragi qanday yangilanishini aniq bilmaydi. Yangi ijod ular uchun mumkin bo’lmagan narsa, chunki Islomda Muqaddas Ruhni aniqligi noaniqdir (Al-Isro surasi 17:85). Musulmon Muqaddas Ruh Xudoning Ruhidan yaratilgan Jabroil farishtadir deb tushunadi. U Xudoning ichidan chiqqan Ruh emas, deydilar. Shuning uchun Islom madaniyati va ravnaqi bashariy tabiatni keltirib chiqaradi. Ruhning samarasi: sevgi, sevinch va tinchlik Islomda rad qilinadi, chunki xochga Mixlangan Isoni inoyati orqali gunohlarni kechilishi rad qilinishga asoslanadi.

Insonga yahsash tarzini o’zgartirmay yashashni davom etishi mumkinligi uchun Musulmon bo’lish osondir. Agar kimdir Afrika va Osiyoda Islomni qabul qilsa ko’p xotinlikni davom ettiradi. Tanaviy va boylikka ro’ju hatto jannatda ham va’da qilinadi: yeyish, ichish va jinsiy aloqalar. Musulmonga abadiylik hech narsa emas, aksincha boylikka ro’ju muhumdir (Voqea surasi 56:16-37). Ollohni o’zi Islom jannatida bo’lmaydi. U yerda yo Olloh bilan aloqa, yoki munosabat umidi, yoki ruhiy yangilanish, yoki Islomdagi insonni o’zligiga qarshi jang bo’lmaydi. Islom Eski Ahdni saviyasidan ahloqiy va ruhiy uzoq va qadr-qimmatda Yangi Ahdga taqqoslab bo’lmaydigandir.


4.12.8 - Masih Bizning Yagona Umidimiz

Biz boshqadan yaxshiroq Masihiyman deb aslida Masihiy bo’lmagan odamni birorta Musulmon yoki Yahudiyni xurmatsizlik qilishiga yo’l qo’ymayotganimizga amin bo’lishimiz kerak. Yolg’iz Masih orqali biz solih va muqaddas hayotda yashashga solihlik va kuch olamiz. Iso tok va biz mag’rurlikdan uzoqlashgan Unga mahkam ulangan novdalarimiz va Uning Ruhini mevalarini keltira olamiz. Biz Isosiz hech qanday savob ish qilolmaymiz. U bizning Namunamizdir.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 11:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)