Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 3.05 Requests for Protection Against Falling into Temptation

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 3 - Adashganlarning ibodati

3.05 - Vasvasaga Tushmaslik uchun iltijolar



3.05.1 - Bizni to‘g‘ri yo‘l bilan olib borgin

Musulmon odamning fikri ulug‘ Allohga va uning oxiratdagi hukmga qaratilgan. Alloh o‘ziga musulmon odamni qulga o‘xshab xizmat qilishni xohlaydi, toki bu odam shunday xizmat qilib abadiy mukofot olsin. Omadli va islomga to‘g‘ri keladigan hayotga ega bo‘lish uchun musulmon Allohdan madad izlaydi. U hayoti islom shariat bo‘yicha o‘tishi uchun har kun rohnamolik so‘raydi. U tushunmaydiki gunohkorligini va uning tabiati buzuqligini. Musulmon bo‘lgani uchun u o‘zini to‘g‘ri yo‘lda yuribdi deb o‘ylaydi va qanday bo‘lsa Alloh uni qabul qiladi. Ishonchi komil bo‘lishi uchun, u to‘g‘ri yo‘lda yurishi uchun va donolik uchun so‘raydi.

Fotiha surasida “yo‘l” uchun so‘zi arab tilida yangi yoki begona hisoblanadi. So‘zning tomiri ko‘proq lotin tilidan kelib, Rim davrida Sharqdan Rimgacha toshlardan tergan yo‘llar ma’noga o‘xshaydi. Bu yo‘llar sayohat qilish uchun oson bo‘lgan. Otga bog‘langan arava bilan tez chopsa bo‘lar edi va bu karvon tuyalardan ancha tezroq edi. Muxammadning orzusi bir “keng yo‘l”dan yurib, osongina va to‘g‘ri jannatga borish edi.

Muxammad Najotkor Iso orqali abadiy hayotga, tor va keskin yo‘llar haqida bilmagan; u ham o‘limga va hukmga olib boradigan keng va oson yo‘llarni ham bilmagan. Uning hayotidan ham ko‘rinadiki, u shahvatni rad qilish kerakligi haqida ham bilmagan, chunki unda o‘n uchta xotin va bir necha kanizaklari bo‘lgan. Xochni ko‘tarib yurish u uchun bir begona fikr bo‘lgan. Uning ergashadigan odamlariga maqul bo‘lgan, shavhat bilan yashashga ruxsat beradigan dinni yaratdi. Majusiylar uchun bir necha xotin olib musulmonlikka o‘tish muammo bo‘lmagan, chunki islom bu imtiyozni bergan. Muqaddas janglarda (jihad) qatnashuvchilarga badavlat mukofotlar tayyorlangan edi, chunki ular Allohning g‘olib yordamchilari xisoblanar edi.

Musulmon uchun bir to‘g‘ri yo‘l – bu islom va shariat, ya’ni islom qonuni. Aslida hayotning hamma sohalarida musulmon odam Allohni markazga qo‘yadi: sajda qilayotgan paytda, oilada, meros qabul qilayotganda, iqtisodiy masallarda, qullar bilan munosabatda, jangga chiqqanda va boshqa millatlar bilan shartnomalar qilganda. Har bir narsa Muxammad yozuvlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Har bir odam o‘sha qonun ichida yashaydigan omadli hayotga bu dunyoda va keyingi dunyoda umidvor bo‘ladi. Islom dinida madaniyatning hamma tomonlari islom ruhi bilan yoyilgan. Bu musulmon odamning ishonadigan jannat yo‘lidir.

Ammo jannat yo‘li islom qonuni orqali deb ishonadigan musulmon juda qattiq adashadi. Hech kim qonunni bajara olmaydi. Chunki ishonchi bilan yuradigan, hamma namozlarni unutmaydigan, vaqtida ro‘za tutadigan va hamma diniy soliqlarni to‘laydigan musulmon yo‘q. Har bir odam yoki oilasida yoki boshqa musulmonlar bilan munosabatda xato qilgan. Qonun musulmonni qutqarmaydi, balki shafqatsiz jazolaydi. O‘z hayotini Shariatga bog‘laydigan hamma musulmonlarni o‘zlari bu qonun tufayli hukm qilinadi va to‘g‘ri do‘zaxga tashlanadi. Bundan kattaroq xato yo‘q.

Shu sababdan musulmon odamning ibodati: “Xudovand, meni to‘g‘ri yo‘lga olib bor” bo‘lish kerak, chunki Muxammad o‘zi haqida yo‘l, haqiqat va hayot demagan. U o‘zi uch marta Allohdan gunohlarini kechirishga so‘radi. Har bir musulmon Masihga yo‘l topish kerak, chunki U tavba qilgan va ishongan har bir insonni kechiradi hamda unga O‘z xarakterini beradi.


3.05.2 - Inoyat topganlarning yo‘lida

Fotiha Allohga xizmat qiladigan va u uchun kurashadiganga qonunli “katta yo‘lni” ko‘rsatadi. Yangi Ahdda ko‘p uchraydigan “inoyat” degan so‘zi bu erda paydo bo‘ladi, faqat boshqa ma’no bilan.

Arab tilidan inoyat degan so‘zi “barakali, qulay, oson va yaxshigina hayotni kechirish” deb bildiradi. Ayub bu erda juda yaxshi namuna. Uning hayotiga ter kasalik va boshqa qiyinchiklar kelganda, Ayub sinovdan o‘tdi. Xudo unga shifo berdi va ko‘proq uylar, mollar va yana farzandlar berdi. Ayub Xudoga sodiq qolgani uchun inoyat yomg‘irini his qildi. Islomda ishonch erdagi va osmondagi barakalar bilan bog‘liq. Kimki shunaqa imon bilan yursa, besh marta namoz o‘qisa, Ramazon kunlarida ro‘za tutsa bu hayotda va keyingi hayotda baraka topadi. Ammo kim kambag‘al, kar, farzandsiz, qamoqda o‘tirgan va boshqa qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan bo‘lsa, aniq Allohning g‘azabini ko‘ryapti, chunki islom qonunlarni bajaraolmadi.

Musulmon bir kunda 17 martagacha: “Parvardigor, meni to‘g‘ri yo‘llar bilan olib bor, inoyat topganlar yo‘li bilan olib bor” deb duo qiladi. Bu so‘zlar orqali u to‘g‘ri yo‘l bilan yuradi deb umid qiladi. Allohdan xushyorlikni so‘raydi, toki jannatdagi rohat hayotiga aniq ega bo‘lish uchun. Islom musulmonga har voqea uchun hayot sug‘urtani va’da beradi – bu kelajakda bo‘ladi va abadiy bo‘ladi. Shuning uchun musulmon harakat qiladi o‘sha “sug‘urtani” buzmaslikka. Islom uning hayotning mazmuni bo‘lgani uchun, u albatta dinni himoya qiladi va asraydi.


3.05.3 - Sening g‘azabing ostida yuradiganlarning, adashganlarning yo‘lida emas

Fotiha surasi musulmonga maqsadli hayotni ko‘rsatadi. Fotiha hayotni himoya qilish uchun, itoatsizlikdan va do‘zaxdan asrash uchun Allohga bir necha marta o‘rgatadi. Musulmon ayniqsa Allohga uni boshqa din yolg‘onlardan asrasin deb ibodat qiladi, chunki bu yolg‘onlar faqat Allohning g‘azabini keltiradi va qondirmaydigan tashnalik joyiga olib boradi.

Fotihaning oxirgi ikkita iltijosini haqiqiy musulmonlar so‘raydilar, toki Allohdan va islomdan bilib yoki bilmasdan qaytmasligini so‘raydilar. Bu ikki tomonli iltijolar musulmon odamning ishonch kurashiga‑quvvat berish kerak deb ishonadilar.

Qur’on izohlovchilari al-Djalalayn, va boshqa katta islom izohlovchilari bu ikkita iltijolar bo‘yicha amin bo‘ladi. Ularning tahlili bo‘yicha Allohning g‘azabi yaxudiylar ustida, chunki ular Xudoning amrlarini qabul qilgan, lekin rioya qilmagan. Xudovand ular bilan ahd qilgan, ammo ular ahdni buzdilar. Qur’on bo‘yicha ularni Xudo va’da bergan erga olib bordi, lekin yo‘lda ular boshqa xudolarga (ya’ni butlarga) sajda qildi. Musulmonlar aytadiki, Allohning g‘azabi shu sababdan ularning ustiga to‘kildi. Shuning uchun ular va’da bergan erdan xaydaldi, va Oxiratgacha butun dunyo bo‘ylab quvg‘in qilinib yuradilar. Ba’zi musulmonlar fikr qiladiki, Alloh yaxudiylarni va butun Isroilni musulmon davlatlar orqali qirib tashlash uchun Falastin davlatida yig‘ildi. Islom ishonchi bo‘yicha Eski Ahddagi halq kechayu kunduz Parvardigor Hukm qiluvchining g‘azabi ostida yuradi.

Lekin kim yo‘ldan uzoqlashib ketdi? Islom ishonchi bo‘yicha bu masihiylar. Buning eng mukammal isboti – musulmonlar “Adashganlarning ibodati” deb ataydigan Rabbimiz ibodatidir. Masihiylar Xudoni “bizning Otamiz” deb chaqiradi. Iso Masihni Xudoning O‘g‘li deb ishonadilar va ular ichida Muqaddas Ruh bor deb aytadi. Musulmonlarning ko‘zida bu uch barovar shakl keltiradigan kufrlik va bu hech qechirilmaydi (Sura al-Imran 3:116). Musulmon buni o‘ylab jirkanadi. Ularning fikricha bo‘yicha: Uchbirlik Xudoga ishonadigan birinchi amr “Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang” (Chiqish 20:3). Bu jinoyatni qilgani uchun, odam o‘zini islom ishonchiga qarshi qo‘yib qo‘yadi. Musulmonlar fikr qiladiki, yaxudiylar o‘zilari Muso qonunni qabul qilgandan keyin, ular qonunga rioya qilmadi va shuning uchun Allohning g‘azabi ular ustidan turibdi. Undan keyin masihiylarning taqdiri undan ham battarroq bo‘ladi. Bu taqdir bir cho‘lda quruqligidan jon beradigan taqdirga o‘xshaydi. Ular hamisha haqiqatni va najotni izlab topmagani uchun abadiy do‘zahda yashaydi.

Psixologiyada tajribali odam Fotiha surasining oxirgi ikkita iltimosi bilan hayron bo‘ladi. Har kun 17 marta takror qiladigan musulmon o‘zining yuragini bilib qattiq qilyapti. Musulmonlar Muso qonunidan qochgan yaxudiylardan va ayniqsa soxta ta’limotga o‘tgan masihiylardan asrashni Allohdan so‘raydilar. Bu duo orqali ular hech qanaqa gunohni tan olmaydi; ular O‘nta Amrlarini rad qilib, Allohdan Iso Masih qonidan asrasin deb iltijo qiladi. Yaxshi musulmon o‘z bolalarini uch xudolardan asrash uchun o‘rgatadi va yana bittasi xochda o‘ldi deb tarbiya beradi. Shuning uchun musulmon farzandlarini ushbu yolg‘onlarga ishonmasligini o‘rgatadi, bo‘lmasa ular do‘zaxga ketadi deb tarbiya beradi.

Fotiha nafaqat islom dinining asosiy duosi; lekin ham yuraklarini Masihning najotiga nisbatdan qatiq qiladigan yo‘l. Xudojo‘ylikka ko‘rsatadigan tabiy yo‘li ko‘rinsa ham, aslida bu Masihga qarshi duosi. Qur’onning birinchi Surasi abadiy hayotga yo‘l bermaydi.

Fotiha surasi bilan Rabbimiz ibodatini taqqoslash bizga insonning ibodatlari, ro‘za tutishi va xudojo‘ylik qutqarmaydi deb ko‘rsatadi. Balki biz ibodatdan charchagan rivojlangan davlatlarning fuqarolar kambag‘al davlatlardagi ibodatlarini mahoratli liturgik (ya’ni, uzoq va chiroyli) ibodatlar deb xisoblaymiz. Ammo biz esimizdan chiqarmasligimiz kerak, dinlar asosida Masihdan o‘zoqlaydigan kuchlar bo‘lib, xochda mixlangan Xudoning O‘g‘liga qarshi chiqib, ergashuvchilarga xayrli ishlar orqali, odamning yo‘lini ko‘rsatadi. Abadiy hayotga inson o‘zining harakatlari, itoatkorligi va shaxsiy qurbonliklari orqali ega bo‘ladi deb odamlarni fikrlashga o‘rgatadi. Oqibatda Masih najoti − bu insonga taklif beradigan sovg‘asini katta va jiddiy xato deb hisoblanadi va qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Masihiylikdan tashqari hamma dinlar qonunga asoslanadi va bajarishga majbur qiladi. Faqat Masih tekin va farovon inoyatni Unga ishongan har bir odamga beradi. Bu islomning Masih xushxabariga qarshi ko‘rsatadigan tabiati.


3.05.4 - Bizni vasvasaga duchor qilmagin

Har bir masihiy Yoqub maktubidan biladiki, Xudo insonni vasvasaga solmaydi, ammo har bir inson o‘zining ehtirosi tufayli vasvasaga duchor bo‘ladi (Yoqub 1:13). Iso bizni Otadan vasvasaga duchor qilmasligi uchun so‘rashga o‘rgatganda, U shogirdlari muqaddas bo‘lishi uchun gapirgan – ya’ni, gunohlari uchun tavba qilganlar va ishonganlar. Har bir insonni o‘zining xarakterida kamchiliklari, o‘ziga tegishli gunohlari va eski odatlari bor. Agar ular diqqat bilan tekshirilsa, kutmagan kamchiliklar va yovuz kuchlariga yo‘l beradigan zanjirlar bo‘lib chiqadi.

Vasvasadan himoyani so‘raganimizda, biz Osmondagi Otamizdan tana ehtiroslarini va nafslarini qaytarmasligi uchun so‘raymiz. Bizni o‘rgatishini, tarbiya berishini va sevgi kuchi orqali g‘alaba qilishini Otamizdan so‘raymiz, toki biz Xudoni qoldirmay, bizga bergan kuch−qudratda yashaylik. Iso Masihning qoni orqali bizning gunohlarimiz yuvildi va bizni muqaddas qildi. Rabbimiz Masihga imonimizdan tashqari buyukroq oqlaydigan odillik boshqa yo‘q. Biz tomondan qolgan qadamlarimiz − bu Uning inoyatida mustahkamroq bo‘lish, Muqaddas Ruhning mevalarini o‘zimizda rivojlantirish va Otamizning nomiga isnod keltirmaslik.

Iso cho‘lda bo‘lganda, vasvasaga solindi. Shayton darov Unga qarshi chiqmadi, ammo 40 kun ro‘za tutishini va ibodat qilishini kutdi. Shayton Isoni yashirmasdan Xudoning O‘g‘li deb chaqirsa ham, Uning ilohiyligidan shubhalandi. Buni bahona qilib, Iso xochga borish o‘rniga, undan ko‘ra odamzodga non bersin deb vasvasaga soldi. Hatto bu voqeadan ko‘rinadiki, diniy harakatlar odamni qutqarmaydi ham, xafsiz qilmaydi ham. Shayton ataylab diniy odamlarga xujum qiladi, toki ular qonunni o‘zi harakati bilan bajarsin. Bundan tashqari yuraklariga shubha soladi va tana ehtiroslarini qo‘zg‘atadi. Shaytonning birinchi maqsadi bizning Osmondagi Otamizga xuddi bizning birinchi ota−onamiz Odam Matto va Momo Havo dek ishonchimizni so‘saytirish. Agar bunga kuchi etsa, keyin bizni sekin Xudodan uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, yuraklarimizda tartibsizlik va o‘zimiz xohishimiz bilan itoatsizlik qilishga bizni tortadi. Iso O‘zi xohishi orqali bizning vasvasalarimiz uchun azob chekdi va g‘olib chiqdi. Biz ham U bilan yurishimiz lozim, bir daqiqaga ham Xudoning inoyatidan shubha qilmasligimiz kerak, toki biz Uning abadiy sevgisidan uzoqlashmaylik.

Agar maqsadimiz amrlarini buzish bo‘lsa, xarakterdagi kamchiliklarimiz va biz yaxshi ko‘rgan gunohlarimiz bo‘lsa, biz bularning manbalaridan voz kechishimiz kerak, chunki ba’zan bu narsalar Xudoning Ruhiga to‘sqinlik qiladi. Iso: “Kimda-kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va xochini ko‘tarib, orqamdan yursin”, deb bekorga aytmagan (Matto 16:24; Luqo 9:23).

Xudoning inoyatida yurish og‘ir ruhiy qiyinchiliklar olib keladi. Biz islom dinida jihod talab qilgandek, atrofdagilarga qarshi kurashmaymiz, aksincha, o‘z‑o‘zimizga qarshi bo‘lgan doimiy kurashni boshimizdan o‘tkazamiz. Biz ichimizdan chiqib keladigan vasvasa ovozlariga qarshi turishimiz, Isoga yugurushimiz va o‘zimizni Uning nurida tekshirishimiz kerak. Agar biz osmondagi Otamizdan bizni vasvasalardan himoya qilishini kamtarlik bilan so‘rasak, U bizni mustahkamlaydi. Otamiz kulfat bizni to‘liq egallab olishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki hech kim bizni Uning qo‘lidan judo qilolmaydi (Yuh. 10:29). O‘zini bo‘ysundirgan har bir masihiyning hayotida Otamizning inoyati g‘alaba qiladi.


3.05.5 - Ammo yovuz shaytondan xalos qilgin

Hech kim o‘zini shaytondan donoroq va kuchliroq deb o‘ylamasin. Hech qanacha inson shaytonni o‘zi kuchi bilan tushuna olmaydi va enga olmaydi. U kuchli va yolg‘onning otasidir. Shuning uchun Iso ibodatda vasvasaga soluvchidar va uning hiylasidan xalos qilish uchun Otamizdan yolvorishimiz kerak deb o‘rgatgan. Xudoning farzandlari ayniqsa Isoga imon keltirgandan keyin himoyaga va ozod qilishida muhtojdir. Masihga xizmat qiladiganlar va haqiqiy quvg‘inga duchor bo‘lganlar biladi, “Ota, meni qutqargin!” degan so‘zlar nima anglatishini biladilar.

Afsus ko‘p odamlar shaytonni jiddiy qabul qilmaydi va uni kichiraytiradi. Ammo bugungi kunda parapsixologiya mashxurroq bo‘lgani uchun, biz ko‘p afsona yolg‘onlarni orqada qoldirib ketdik. Bu yo‘nalish juda xafli bo‘lyapti, chunki ko‘proq odamlar yovuz ruhlarni va o‘liklarining ruhlarni chaqiradi (spiritizm, folbinlik). Televizor orqali odamlar bunday narsalarni ko‘p ko‘radilar. Biz xushyor va tetik bo‘lib turishimiz kerak, toki yovuz kuchlar ham bizni egallamasin. Muqaddas Kitob aytadiki, butun dunyo yovuzlik bilan qoplandi (1 Yuhanno 5:19). Iso Pavlusga ko‘zlarini ochgan sababi shu edi: halqlarning ko‘zlarini ochish, toki ular qorong‘ilikdan nurga, shaytondan Xudo tomonga o‘tsinlar (Havoriylar 26:15-18). Bu xushxabarga qarshi chiqqan inson, shayton va do‘zax yo‘q deb yuradi; u sodda, jiddiy emas va Xudoning Kalomiga itoatsiz inson.

Shaytonning yolg‘onlari albatta ma’qul ko‘rinish mumkin, ammo zehnni o‘tmas va ruhan ko‘r qiladi. Gumanizm (ya’ni insonni markazga quyib, Xudo yo‘q degan nazariyasi) odam yaxshi va to‘g‘ri rivojlanish uchun unga faqat yaxshi ma’lumot kerak deb ishonadi. Bu orqali insonga Xudo kerak emas va qaytadan tug‘ilish shart emas degan fikr bo‘ladi. Dinlar va boshqa sektalar o‘zlarning ergashuvchilariga hayrli ishlar va qurbonlar orqali najot topish mumkin deb o‘rgatadi va bu orqali Isoga ishonishga ular qarshi bo‘ladi. G‘arbdagi va Sharqdagi materializm (ya’ni narsaparastlik) odamlarga to‘liq va farovon hayotni soxta qilib qo‘rsatadi, jannat faqat erda bo‘ladi deb va’da beradi, ammo narsaparastlik odamda jon yo‘q deb aytadi va Xudoga intilishni yo‘q qiladi. Bundan tashqari yashirgan yoki ochiq folbinlik narsaparastlik bilan birga yurib, odamlarga shifo topishni, mo‘’jizalarni va boshqalarni qorong‘ilik kuchlar orqali ko‘rsatadi. Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhni rad qilish, Uchbir Xudoga ishonganlarni quvg‘in qilish – bu aniq Masihga qarshi chiqqan yovuz ruhlarning hokimligi.

Ushbu shaytoniy kuchlardan bizga qanaqa imkoniyatlar berilgan va qanday biz bu vasvasalardan, Isodan uzoqlashmasligi uchun qanday qutqarishimiz mumkin? Muqaddas Kalom 175 marta aytadikim, “Masihda” Yangi Ahd qurgan imonlilar panohi ostida yuradi. Ular Masihning himoyasi ostiga ko‘chirilgan va hammaga gunohlardan ozod bo‘lish imtiyoz berilgan. Endi muqaddas inoyat orqali ular xarakter kamchiliklardan o‘tib ketish mumkin, ammo ular Xudoda ishonchli mahkamlik bor deb tushunadi va u erda imonli o‘zini xafsiz his qiladi. Masihga ergashadigan odam Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhda abadiy hayot kechiradi (Matto 18:19; Yuhanno 17:21-23).

Bir Afrikalik xushxabarchi o‘z farzandlariga yuqoridan tug‘ilishni hikoya tariqasida aytib beradi. Ularga shunday dedi: “Men ko‘mko‘k dalada yurgan edim. Bir payt orqamda bir guvullagan tovushni eshitdim va qaraganimda men tomonga kelayotgan bir katta qora ho‘kizni ko‘rdim. Men tez qochishni boshladim. Ho‘kiz ham yugirishni boshladi. Nafasim qisishni boshladi va u menga yaqinlashayotganini xis qildim, hatto uning nafasini orqamda eshitdim. Bir payt oldimda bir katta ochiq reshyotkali korobkani ko‘rdim. O‘ylamasdan men ichiga sakradim. Hali ichiga tushmasdan, men korobka ichida yana bir temirli korobkani ko‘rdim; uning ichida yana bir korobkani ko‘rdim. Pastga tushganimda to‘g‘ri markaziga, ya’ni uchinchi korobkani ichiga tushdim. Ho‘kiz kelib, shohlarni ichiga kiritmoqchi bo‘ldi, ammo tashqaridagi temirlar unga yo‘l bermagan. Lekin men xafsizlikda edim, chunki uch qatlamli korobka meni yashxi qutqargan.” Keyin xushxabarchi davom etgan: “Xuddi shunday, ruhiy ma’noda biz Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh ichiga cho‘mdirish orqali payvandlanganmiz. Endi esa dushmanning kuchi bizni enga olmaydi.

Hech kim o‘zini shaytondan qutqarmaydi va himoya qila olmaydi. Hech kim o‘z‑o‘zini gunoh botqoqligidan chiqara olmaydi. Shaytonning zanjirlardan ham ozod qila olmaydi. Najot topish uchun har birimizga qudratli, Xudoning talabi bo‘yicha mukammal Najotkor kerak. Ammo biz: “Ota, meni qutqar!” deb yolvorishimiz kerak, chunki Xudo hech kimni najot topishga majbur qilmaydi. Masihga imon keltirganda, biz boshqa dinlarni, ideologiyani, gumanizm, materializm va folbinliklarni rad qilishimiz kerak. Ishonchimiz Xudoning O‘g‘liga to‘liq va yagona Unga bag‘ishlangan bo‘lish kerak. Qanday yaxshi! Osmondagi Otamizdan shaytondan qutqarishini yolvorganimizda, o‘sha paytda gunoh, o‘lim va yovuz kuchlardan G‘alaba biz tomonda turadi. Kim Isoga chin yurakdan ishonsa, o‘zini Unga topshirsa, Isoning hokimiyatini hayotida his qiladi va abadiy xafsizlikda bo‘ladi.

Juda ko‘p masihiylar ham Masih bilan, ham dunyo bilan yashamoqchi bo‘lib, muommo qiladi. Buninng ilojisi yo‘q. Hech kim bir oyog‘i bilan mashinaga o‘tirib, mashinani yurgizganda, ikkinchi oyog‘ini tashqarida qoldirmaydi. U parchalab ketadi. Masihda butun hayoti bag‘ishlamaganlar bilan shunga o‘xshagan narsa bo‘ladi. Yoki siz butun Masih ichida bo‘lasiz, yoki dunyoda qolasiz, lekin ikkovisi bo‘lmaydi.

Rabbimizning ibodatida oxirgi so‘zi bu yovuz shayton. Iso bizga nafaqat yangi, ajoyib Xudoning ismini oshkor qildi; u ham shaytonni va uni kimligini ko‘rsatdi. Shayton aslida yovuzlik va, yomonlikning manbai bo‘ladi. U yovuzlikka to‘la. Xudoga qarshi chiqqan vasvasachi. Odamlarni Xudodan uzoqlashtirishga maqsad qo‘ygan yolg‘onchi. U o‘zi Xudo deb atalashni istaydi. Butun dunyo unga sajda va xizmat qilishni istaydi. Bizni ham o‘ziga o‘xshagan vijdonsiz va yovuz insonlar qilmoqchi. Iso cho‘lda shaytonga “yagona Xudoga sajda qil va Unga xizmat qil” deganda, shaytonga tavba qilish uchun imkoniyat bergan edi. Ammo shayton o‘zini Xudoning O‘g‘li oldida tiz cho‘kmadi; Xudoning oldida Unga qarshilik qildi. Shayton Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhga buysunmadi, shuning uchun yana qarshi chiqdi va qochdi.

Iso vasvasaga solinganda, boyliklardan, hokimiyatdan va dunyoning sharafidan voz kechdi, buni o‘rniga U bizning gunohlar uchun Xudoning hukmini O‘ziga olishga qaror qildi va xochgacha bordi. Odamzodni Ota-Xudo bilan yarashtirdi va xochda azob chekkani uchun hukumni man qildi. Uning kamtarligi, muloyimligi va Otaga itoatkorligi shaytonni engishga imkoniyat berdi. Isoning ishonchi, Otaga nisbatdan sevgisi va umidi tebranmadi; hatto xochning oxirgi paytida, Ota Uni biz uchun qoldirib ketganda, U sodiq qoldi. Iso O‘zining dushmanlarni sevgan va ular uchun duo qilgan, Otaga sodiq bo‘ldi va bu orqali U shaytonni engdi. Demak, biz yovuz shaytondan qo‘rqmasligimiz kerak. Iso G‘olib, U bizning tomonda turibdi. Biz Uning himoyasidamiz.

Agar biz Rabbimiz ibodatiga umumiy nazar bilan qarasak, ibodatdagi iltijolar, Bizning osmondagi Otamiz!, degan so‘zlar bilan, shaytondan xalos qilgin, degan so‘zlar orasida turadi va bu fikr odamning mushkul ahvoldagi holatiga nur kiritadi: biz ezgulik va yovuzlikning o‘zaro doimiy kurashi o‘rtasida yashaymiz. Biz o‘rtada turganimiz uchun ikki kuch kurashib, bizni ikki tomonga tortmoqchi bo‘ladi. Qaysi tomonga tortishga ruhsat beramiz? Qaysi tomonga biz harakat qilamiz? Masih sizni kutadi, chaqiradi va Otaga yumshoqlik bilan olib boradi. Siz Uning muhabbatiga javob beryapsizmi?

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:18 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)