Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.01 Introduction: The All-Importance of the Ten Commandments
This page in: -- Afrikaans -- Arabic? -- Armenian? -- Azeri? -- Bulgarian? -- Cebuano? -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Gujarati? -- Hebrew -- Indonesian -- Norwegian? -- Polish? -- Russian -- Serbian? -- Spanish? -- Tamil -- Turkish? -- UZBEK -- Yiddish? -- Yoruba

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.01 - Kirish: O’nta Ilohiy Amrni ahamyatliligi


Dehlidan Kashmirdagi Serinagarga uchib borayotgan samalyot yo’lovchilari tez orada shimoliy Hindiston tekisliklarigacha yengil tumani ko’tarilyotgan, qor bilan o’ralgan ajoyib Himalay tog’ini ko’radilar. Minoradek tog’lar chuqur va sayoz vodiylarga bo’linadi. Ba’zi tog’larning uchlari bulutlar bilan qoplangan. Eng baland tog’ 8,000 metr va eng pasti 5,000 metr.

Serinagarga qo’ngach, mehmonlar u yerning g’aroyib va aralashib ketgan dinlari va madaniyati bilan tanishtiriladilar. Bu yerda Hindu, Butda, Yahudiylik diniga sig’inuvchilar, Masihiylar, Musulmonlar va dahriy (ateistlar) birga yashashadi. Ma’bad, ibodatxonalar, masjidlar va ommani o’ziga jalb qiladigan e’lonlar uchun musobaqa doskasi bor edi. Beshta har xil millatga mansub millatlar bu yerda dunyoning bir kichik burchagida uchrashishar edilar – Hindiston, Pokiston, Avg’oniston, Rossiya, Xitoy va Kashmirning qishloq va shaharlarida sayr qilib yurgan shu tillarda gapiruvchilar ham ular bilan uchrashishlari mumkin. Aslida 1991yilgacha davom etgat qonli fuqorolik urushi bu chiroyli vodiyni vayronaga aylantirgan edi.

Bu yerda dunyo buyuk dinlarining urf odati va qonuni, hokimyatning siyosiy maqsadlari Himalay tog’ining qatoridek chuqur ta’surotli edi. Lekin ko’pgina yozuvlar, ibodatxona xizmati marosimlari va diniy qonunlar Himalay tog’ining eng yuqori cho’qqi minorasi kichik tog’larga namuna bo’lganidek yo’l ko’rsatar edi.

Insoniyat tarixidagi shunday buyuk cho’qqilardan biri O’n Ilohiy Amr. Bir haqqoniy Xudo, cho’pon Muso bilan gaplashdi, unga O’zining maqsadini ochdi va O’zining noyob amrlarini tosh lavhasiga yozdi. Isroilliklar Sinay tog’ida Xudo O’zining amrini bu imon qahramoni orqali tuzgan shu imon qahramonini juda katta hurmat bilan eslashadi. Uning amrlarini 3,300 yildan hozirgi kungacha sinagogalarda (ma’bad) o’qishadi.

Masihiylar ham O’n Ilohiy Amrni o’zlarini imonlarining o’zgarmas asosi deb biladilar. Iso aniq aytgan: ”Yeru osmon tugamaguncha va taqdir etilgan hamma narsa amalga oshmaguncha, Tavrotdan ‘na bir harf, na bir nuqta’ o’chadi. (Matto 5:18).

Musulmonlar Musoni Xudo bilan gaplashgan “Kalomulloh” deb atashadi. Ular Musoni Xudoning xabarchisi va nafaqat diniy balki siyosiy obro’ga ega siyosiy etakchi deb hisoblashadi. Muso ular uchun tarixdagi buyuk kishilardan biri bo’lib qoldi.

Muso insoniyatga taqdim etgan O’n Ilohiy Amr Eski Ahd davrida eng asosiy o’rin egaladi va hozirgi kunga qadar insoniyatning asosi bo’lib qoldi. Kimki bu qonunlarni o’qib-o’rgansa, qalbida saqlasa va ularni boshqalarga o’rgatsa dono bo’ladi. Kimki bu amrlarga etiborsizlik bilan qarasa va esdan chiqarsa odobsiz, buzuq bo’ladi; bundaylar yiqiladi va yo’q bo’lib ketadilar. Kimda kim bunday taqdirga duch bo’lishni istamasa bu amrlarni qunt bilan o’rganishi kerak.

O’nta Ilohiy Amrni o’qib o’rganish Kashmirda muhim bo’lib qoldi chunki qadimgi dunyo dinlari hozirgi zamonaviy dunyo qarashlar bilan duch keldi va hayotning har bir kuni Eski Ahtdagi Xudoning qo’nunlariga teskari yashashga majbur qilyabdi. Bu kitob ‘Dunyoning cho’qqisida turgan’ yosh odamlar bilan suhbat va munozara uchun yaratilgan. Har bir diniy asosga ega bo’lgan yosh odam o’z hayoti davomida haqiqatni izlaydi, va O’n Ilohiy Amrni bugungi kun uchun aqlan qidiradi. Kimki bular haqida o’ylab fikirlasa har kunlik hayotiga foydali bo’ladigan doimiy farosatni qabul qiladi.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)