Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.05 Third Commandment: Do Not Take the Name of God in Vain
This page in: -- Afrikaans -- Arabic? -- Armenian? -- Azeri? -- Bulgarian? -- Cebuano? -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Gujarati? -- Hebrew -- Indonesian -- Norwegian? -- Polish? -- Russian -- Serbian? -- Spanish? -- Tamil -- Turkish? -- UZBEK -- Yiddish? -- Yoruba

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.05 - Uchinchi Amr: Egangiz Xudoni ismini bekorga chaqirmang



“Egangiz Xudoni ismini bekorga chaqirmang, kim Uni ismini bekorga chaqirsa, o’shani jazosiz qoldirmaydi.” (Chiqish 20:7)


4.05.1 - Xudoning Ismi

Inson uni Yaratguvchisiz yashay olmaydi. U Xudoning suratida yaratilgan lekin Xudoni qoldirdi. Shundan beri u bu dunyoning cho’lida o’zini yo’qotgan uyini qidirib va uni yashiringan man’basini topishni juda ham xohlab sang’ib yuribdi. Odam insonning gapirmaydigan qo’rquvlari va kuchli xohishlarni aks ettiradigan yuzlab sovuq, yovuz yuzli o’rindosh butlarni yasadi. U juda ko’p pullarni himoya qilmaydigan sehrgarlik, xiromantiya (qo’lga qarab fol ochish) va munajjimlar bashoratiga sarflaydi. Musulmonlar izzat ehtirom bilan osmondan tushgan ruhiy hurmatli qora toshni o’padilar. Buddistlar ruhiy savodsiz ishonuvchilarga befarqlik bilan kulayotgan oltin haykal Buddani ulug’laydilar.

Xudoning O’zi haqidagi aniq ochig’likdan: ”Men Iegova (ma’nosi ‘Men borman’)”, odamlar izlanishlaridan to’xtashi kerak. Xudo yonayotgan butada ko’rinib O’zini aniq ochib berishi va Ismini e’lon qilishi tarixiy hodisa bo’lgan. Eski Ahd va Yangi Ahdda Xudoning ochig’liklari har tomonlama bor. Muqaddas Kitob bizga Xudoning Uch Birligini aniqlab beradigan 686 ta ismlar beradi. Semitik tilda har bir xususiyat boshqacha nomda berilgan. Shunday qilib Xudo faqatgina solih bo’lib qolmasdan barcha solihliklarda jamlangan Solihdir. U faqat muqaddas bo’lib qolmasdan, muqaddaslikkka to’la Muqaddasdir. Bu har bir nom Uning shuhratining nuridir. Shu asnoda Iegova nomida ham shunday ma’nolar bor. (Eski Ahdda 6,828 ta) bu nom Qudratli Madadkor, Muqaddas, Nuqsonsiz, Tarix Xudosi, hech qachon va yana hech qachon sodiqligidan o’zgarmaydigan Xudo ma’nolarini beradi.


4.05.2 - Yangi Ahddagi Xudo

Yangi Ahdda Xudo Nosiralik Iso qiyofasida keldi. Farishtalar, payg’ambarlar va hamma imonlilar ‘Isoni Xudoligini’ tan oladilar va rozilar. Iso O’zini ulug’lamadi aksincha osmondagi Otasini izzat hurmat qildi. U bizga: ”Osmondagi Otamiz, Sening muqaddas Noming ulug’lansin” – deb ibodat qilishni o’rgatdi. Bu ibodatda Uning Nomi hamma nomlardan yuqori sharaflanyapdi, ulug’lanyapdi va muqaddaslanyapdi. Xudoning Otaligi Iso Masih orqali ekani haqidagi ochiqlik bizni Xudo haqidagi bilimimizni yuqori darajaga ko’tardi.

Iso Masih itoatkor edi. U o’limi orqali Muqaddas Xudoni hamma gunohkorlar bilan yarashishini amalga oshirdi. “Ana shu sababdan Xudo Uni juda yuksaltirdi, Unga har qanday ismdan yuqori ismni ato etdi, toki Isoning ismi tilga olinganda ko’k, yer va yer ostidagi borliq jon tiz cho’ksin va har bir til Otamiz Xudo sha’niga Iso Masihni Rabbim deb ochiq tan olsin” (Filippiliklarga 2:9-11)

Muqaddas Ruh Isoning asl ismini hozirgacha ulug’layapdi va bizga: “U Xudodir” – deyapdi. Shu bilan bir vaqtda Muqaddas Ruh bizga Xudoning Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh birligini bizga aytyapdi. Sevgi birligi Otamizning borligini mukammal tasvirlaydi. Dovud allaqachon vahiy eshitgan: ”Xudovand mening Rabbimga aytdi, ”yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunumcha Sen Mening o’ng tomonimda o’tirib turgin”” (Zabur 109:1)


4.05.3 - Xudo Ismini bilish nimani bildiradi?

Biror kishi begona shaharga kelsa u yerdagi yashovchi biror odamni manzilini bilsa xursand bo’ladi. U do’stiga qo’ng’iroq qilib unga yo’l ko’rsatishini va yordam so’raydi. Xudoning nomini bilgan va Uni ‘telfon raqamini’ saqlagan inson baxtlidir (Zabur 49:15): ”Og’ir kunlarda Meni chaqirgin, Men senga najot beraman, Sen esa Meni ulug’laysan.” Bizning osmondagi tirik Xudomiz hech qachon uxlamaydi va bizning telefon qo’ng’irog’imizni g’ayrat bilan kutadi.

Bizning Muqadas Xudo bilan har bir kutilmagan uchrashuvimiz bizning gunohimizni, yolg’izligimizni va adashganligimizni yaqqol fosh etadi. Uning buyuk ulug’vorligi bizning sayoz ma’naviyatimizni fosh qiladi va haqiqiysi uchun yolg’on insonparvarligimizni ko’rsatadi. Uning ezguligi bizga gunohimizni tan olishga dalda beradi va Uning kamtarligi bizni zaharli g’ururimizni fosh etadi. Xudoning ismini bilish, singan odamlarni Xudo bilan shaxsan munosabat qilishiga imkoniyat yaratadi.

Bizni Xudoga bo’lgan imonimizda o’sishimiz “Men Rabbiy sening Xudoyingman” – deb aytgan uchinchi amrda tomir yoyishimizga yordam beradi, ‘sening’ degan so’z qaratqich kelishigini ko’rsatadi Xudo O’zini yaratganlari, gunohkorlar, bosar tusarini bilmaydiganlar va kuchsizlar bilan tenglashtiradi. U O’zining sodiqligi va himoyasi bilan, ularni ishontiradi. Yangi Ahdga binoan U bizni Iso bosh bo’lgan Xudoning oilasi bilan bog’layabdi va biz uning ruhiy tanasi a’zosi sifatida ishlayabmiz. Ota Xudo farzandlari bilan bitta ruh va bir aql bilan bu yovuz naslni qutqarish uchun ular orqali ishlashni xohlaydi. Xudo O’zining mehrida ularga Unga ishonish va Uning nomi bilan harakatlanish hokimyatini beradi.


4.05.4 - Xudoning Ismini bekorga chaqirish

Biz Muqaddas Kitobdagi Xudoning vahiylari, ochig’liklari chuqur ta’sir qilgan dunyoda yashaymiz. Shunga qaramasdan oz odamlar butun yuraklari bilan Xudoga ishonishadi. Agar odam Xudoning huzurida mahkam turmasa, itoat qilmasa u Xudoning ismini chaqirishni to’xtatadi. Bunday odamlar qadrsiz pullarni to’layotganday Xudo bilan befarq munosabatda bo’lishadi. Hatto qaytadan tug’ilgan Masihiylar ham o’zlarining bekorchi gaplari bilan Muqaddas Ruhni hafa qilib qo’yadilar. Ular Xudo Ismini gapirishda o’ylamay ish tutadilar. Uchinchi amr bizni Xudo ismini bekorga gapirishdan ogohlantiryapdi va saqlayabdi.

Iliq (na issiq, na sovuq) Masihiylar doim fikrlamasdan, ‘Voy Xudo’ va hakazolarni aytishadi. Ular telfon raqam terib unga javob bergani yugurib kelinganda gapirmaydigan, telfon o’ynaydigan yosh bolalarga o’xshaydilar. Albatta keyin qayta qayta shu narsani davom ettirishsa qo’ng’iroq qilinyotgan odam jahli chiqib bezovta qilayotgan telfonni eshitishdan to’xtaydi. Biz Xudoni chaqirganimizda U bizni eshitadi. Nima deb o’ylaysiz Uni ismini gapirganingizdachi? Agar Uni ismini o’ylamay ishlatsangiz bu Xudoning ko’z o’ngida hayotingiz qanchalik oz bo’lishini ko’rsatadi.


4.05.5 - Musulmonlar Olloh ismini aytishi

Musulmon oqlanish va ishonchga kirish, solih va sodiq bo’lish umidida Olloh ismini ko’p marta aytadi deb taxmin qilinadi. Musulmon Olloh ismini ko’p aytsam gunohlarim kechiriladi deb ishonadi. Bu tushuncha Olloh ismini bekorga aytish daxlsiz qism bo’lib, ulug’lashning sayoz shaklini o’sishini berdi. Shu nuqtai nazarda Musulmon Olloh bilan shaxsan munosabatga ega emasligini tushunish muhim. Uning Ollohga gapi xuddi xizmatchi qo’rqinchli xo’jayiniga qiynalib javob beryotganiga va xo’jayini uni eshityotgan yoki eshitmayotganini bilmaydiganga o’xshaydi.

Bundan tashqari kunlik nomozlar aytib turiladi. O’rtacha musulmon besh mahal nomozida Fotiha surasini sekin yoki eshittirib o’n yetti marta aytishi kerak. Dunyodagi yuz million musulmonlar hatto ulardan 80 million Musulmon Arab tilini tushunmasa ham Fotiha surasini Arabtilida o’qishi kerak. Afsuski ba’zi odamlar va ibodat xonalardagi ulug’lashlar xizmatlari davomida Xudoning Ibodati ham o’ylanmasdan, fikr qilinmasdan qaytariladi.


4.05.6 - Shubhali nomozlar, ibodatlar va foydasiz dalillar

Marosimlarini o’ylamasdan nafaqat Musulmonlar qaytarishadi, balki sanoqsiz Masihiylar ham xuddi ona bolasiga alla aytayotganidek ibodat qilishadi. Xudodan javob kutmasdan qanday Uni chaqirishga yoki biznes yoki boshqa narsalarni o’ylab qanday ibodat qilishga jur’at eta olamiz? Masalan agar bizda davlat boshlig’i bilan uchrashish imkoniyati tug’ilsa oldindan har bir aytadigan so’zimizni o’ylab va aytishdan oldin fikrlamaymizmi? Yoki Xudo biz uchun odamdan muhimroq emasmi? Agar odam o’ylamasdan ibodat qilsa Xudoni pisand qilmagan bo’ladi.

Xudo So’zini o’rganuvchi olimlar ba’zan uchinchi amrni buzib ko’rsatadilar va Muqaddas Kitobni o’rganganlarida va hatto ba’zi ilmiy tajribalarni Xudoning ishtrokisiz muhokama qilganlarida, Xudoning ajoyib xususyatlarini muhokama qilib Muqaddas Ruhni hafa qiladilar. Xudo tushuncha va yoki narsa emaski biz U haqida betaraf gaplar gapirolmaymiz. U biz bilan har doim birga bo’luvchi tirik shaxs. U bizni suhbatlarimizni eshitadi va uzoqdan turib fiklarimizni biladi. Shuning uchun har qanday ilohiy o’rganishlar Xudodan qo’rqish va Uning hurmatini shubhasiz yo’qqa chiqarib uchinchi amrni buzilishiga olib kelyabdi.


4.05.7 - Xudo Ismini xato ishlatish

Kim Xudoning So’zini ataylab buzsa, mazxara qilsa yoki hazil qilsa holiga voy! Ular hamma nomdan yuqori Ismni haqorat qilishyabdi va Unga qo’rquv va hurmat ko’rsatishmayabdi. Shuning uchun Xudoning So’zi ustidan kulayotganlarga qo’shilmasligimiz kerak. Buning o’rniga mazxaralovchilarni ogohlantirishimiz va Xudoning tarafini olishimiz kerak. Kitob va kino yozuvchilar diniy chuqur ta’sirli so’zlarni biladilar va asarlarida ishlatadilar. Lekin ular ‘gunoh’, ’do’zax’ yoki ‘o’lim’ shunga o’xshash adabiy so’zlarni olmaydilar, ular bu so’zlarni dunyoviy so’zlar bilan to’ldiradilar. Ularning so’zlari o’zlariga qaytadi va hukm qiladi.

Odamlar ko’pincha boshqalardan xafa bo’lishadi va g’azablanib Xudo, Olloh va Iso so’zlari bilan la'natlashadi. Ular la'natilik va diniy dalilllar haqida o’ylamasdan so’kadilar yoki gapiradilar. Bir kun cho’pon g’isht teruvchini oldidan o’tib ketayotganida g’isht teruvchi uni la'natlab so’kayotganini eshitib qoldi, shunda cho’pon undan: ”Siz har doim shunday baland ibodat qilasizmi?” – deb so’radi. U odam: ”Men ibodat qilmayotgan edim” – deb javob berdi. Shunda cho’pon: ”Lekin Men Xudoning ismini aytyotganingizni eshitdim va U albatta sizga javob beradi” – dedi. Ishchining niyati shu tarzda to’xtatildi.

Juda ko’p odamlar la'natilik so’zlarini bemalol boshqalarga hatto qarindoshlariga qarshi ishlatadilar. Chuqur hasad mana shu so’zlar ketida yotadi. Iso bunday la'natiliklarni qotillik bilan tenglashtiradi chunki ular insondagi Xudoning suratini haqorat qiladilar.


4.05.8 - Xudoning ogohlantirishi: Dahshatli ja’zo

Uchinchi amr: ”Xudo ismini bekorga ishlatgan odamni jazosiz qoldirmaydi” - deb jiddiy ogohlantiryapdi. Bu ogohlantirishga qaramasdan ba’zi odamlar yomon ishlarini yopishga Xudo ismini aytadilar va nohaqliklarini oqlash uchun ataylab Uni nomini ishlatadilar. Yolg’onini va ikkiyuzlamachiligini yopish uchun Xudo Ismini aytgan odamni holiga voy! Odamlar bugungi kunda boshqalarga qattiq ishonadi chunki hatto Xudo nomi bilan bir- birini la'natlab turganda ham haqiqatni aytmaydi. Iso bizga la'natlashni mutlaqo taqiqlab: ”Sizlarning so’zingiz faqat ‘ha’ yoki ‘yo’q’ bo’lsin. Bundan ortig’i shaytondandir” – dedi. (Matto 5:37) Agar biz la'natlasak va yolg’on gapirsak faqat odamlarga emas Xudoning O’ziga gapirgan bo’lamiz. Yolg’on qasam Xudoning Ismini bekorga chaqirma deyilgan ogohlantirishga qarshi uchinchi amrga to’g’ri keladi. Shuning uchun Muqaddas Kitob: ”Xudodan qo’rqish donolikni boshidir” – deydi. Biz hammamiz gunoh qilishda Xudodan qo’rqishimiz kerak.

Xudo kim Uni bilib turib og’ir paytda Uni chaqirmasdan yoki Uni javobini yoki boshqaruvini kutmasdan buning o’rniga Xudo Ismini bekorga ishlatadigan folbinlar oldiga borib o’tmish, hozirgi payt va kelajakni aytib berishini talab qiladiganlarni yomon ko’radi (Qonunlar 18:9). Xudo: ”Agar biror odam Menga bevafolik qilib, arvoh chaqiruvchiga va folbinga maslahat solsa, Men o’sha odamga qarshi chiqib, uni xalq orasidan yo’q qilib yuboraman” – deydi (Levilar 20:6). Bu ham o’lim bilan aloqador va ulardan xabar olishni man qiluvchi taqiqlovdir. Bunday gunohlar muhokamasiz odamni Xudodan ajiratadi va uning yuragini shayton va uning ruhlariga ochadi. Xudoning nazarida xudosizlik, ishonsizlik fahshu zino bilan tengdir. Bu kishi xotiniga bevafolik qilib xotinini pullarini fohishalarga sarf qilgandek yomondir. Xudo bunday ishlarni ‘ruhiy bevafolik’ (Levilar 20:6) deyishi hayron qolarli emas va bunday odamlar ‘shayton va fahshu zino avlodlaridir’.

Afrika va Osiyodagi odamlar o’zlarini shaytondan himoya qilish uchun tumor taqadilar. Bu narsaga ishonadilar va bunga ko’p pul to’laydilar. Ular yana savdo omadli bo’lishi uchun va er-xotinlar orasida sevgini chaqirish uchun ‘tumor xatlarini’ yozadilar. Xalq haqiqatdan Xudoni bilish uchun bu irm-sirimlar bilan shug’ullanmayabdilar. Ba’zi davlatlarda sehr jodu, irm-sirim va qora magiyalarni televizorda ko’rsatadilar. Biz Masihiylar bu ko’rsatuvlar va o’rgatishlar sodda tomashabinga shaytoniy hujum bo’lishini tushunishimiz kerak. Bu bilan ular do’zax darvozalarini ochishdan boshqa hech narsa qilmayabdilar. Xudo bu hamma xavflar bizni shubhasiz Xudodan ajratish mumkinligi uchun bularga umuman qarshi bo’lishimizni ogohlantiryabdi. Faqat Iso bu qullikdan odamlarni ozod qiloladi. Munajjimlar bashoratini o’qish, xiromantiya va ruhi yordamida sehrgarlik bilan havoga ko’tarilishlar do’zohga ozgina qolganlikni bildiradi. Hindiston mehmon xonalarida taqdirini aytib beruvchi ko’p folbinlar har bir mehmonni taqdirini aytib beray deb kutishadi. Yana ular nayza bilar sanchilgan shayton ko’zini ifoda etadigan ko’z rasmini chizadilar. Ba’zilari moshinalariga tumor osib qo’yadilar, uylariga ot taqasini va falokatni haydashi uchun chirigan daraxtni saqlaydilar. Bunday odamlar samoviy Otalarining himoyasidan ko’ra qorong’ulik kuchiga ishonadilar. Shu mashg’ulotlar tufayli ular bu narsalarning qulidirlar.


4.05.9 - Xudoga shak keltirish (kufrlash)

Ba’zi odamlar Xudo Ismini gapirishda Xudo va Uning Masihini ataylab la'natlab bosar tusarlarini bilmay qoladilar. Ular o’zlarini Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhga qarshi bo’luvchilar bilan tenglashtiradilar. Shayton Xudoning eski dushmanidir. Xudoni haqoratlash shaytonga samarali, do’zaxdan chiqadigan yomon so’zlar oqimining shaklidir. Agar kimdir Iso Ismi haqoratlangan uzun xatni o’qigan bo’lsa u yuzida do’zax nafasini sezadi. Biz Levilar 24:14-16da: ”Shakkokni qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar. Shak keltirganini eshitganlarning hammasi qo’lini uning boshiga qo’yishsin, keyin butun jamoa uni toshbo’ron qilsin. Isroil xalqiga shu gapimni aytib qo’y: ”Meni qarg’agan har qanday odam jazoga tortilsin. Men, Egangizga shak keltirgan odamning jazosi o’limdir. Butun jamoa uni toshbo’ron qilsin. Shakkok, musofir yoki Isroil xalqidan bo’lishidan qat’iy nazar, o’ldirilsin” – deyilganini o’qiymiz.

Biz gapiryotganimizda yoki shakokni hukm qilayotganimizda kamtar va e’htiyot bo’lishimiz kerak. Shayton egallab olgan odamlar Xudoga xizmat qilyapmiz deb o’ylab ko’r bo’ladilar, aslida ular Xudo va Uning Masihi bilan urushyabdilar. (Yuhanno 15:19-21; 16:1-3). Xudojo’y aqlli ulomolar Isoni kufrlikda ayblab o’limini talab qildilar. Bu ulamolar ruhiy namunali etakchilar bo’lishni o’rniga Isoni tirik Xudoning yolg’iz O’g’li deb tan olmadilar. Xudoga bo’lgan intilishlarida Xudoga va Uni moylangan Masihiga shak keltirdilar. Ular Isoni yuziga tupirdilar va boshiga urdilar. Qadimiy odamlarning yetakchilari ularning Xudosi oralarida ekanligini tushunmadilar va qabul qilmadilar. Ko’plari hali ham Uni rad qilishyotgani achinarli.

Yoqubning o’g’illariga o’xshab Musulmonlar ham agar xochga mixlangan Masihga ishonishsa Xudoga shak keltirgan bo’ladi deb oylaydilar. Ular Yahudiylarning uzrsiz jirkanch merosiga ega bo’lib Xudoning Uch Birligiga ishonishga qarshi jang qilyabdilar. Ular xochga mixlangan Xudoning O’g’li Isoga tinmasdan hasad qilishlarini yashiradilar. Lekin ular Ota Xudo, O’g’il va Muqaddas Ruhga qarshi kufrlarini Uch birlik ta’limotiga qarshi hasadlari orqali ochib, ifodalab beradilar. Boshqa tomondan Hindu dini Isoni xudolardan biri sifatida alohida hurmat ko’rsatib Uni rad etadilar.

Ba’zi yiqilgan, imondan qaytgan Masihiylar shayton tomonidan kufrlarini juda chuqurlashtiryabdilar. Ulug’lash paytida ular yovvoyi juftlarni ushlaydilar va hatto shaytonga qon so’yib qurbonlik keltiradilar. Ular shaytonni ulug’lagandek so’zda va ma’noda Xudoning Ibodatini buzadilar va taqlid qiladilar. Bu qorong’ulik kuchi ataylab Xudoning Isodagi najotini rad etgan har bir odamga qanday kelishidir.

Lekin Isoda do’zaxdan qutilish imkoni bor. Bizning Yaxshi Cho’ponimiz: ”Mening qo’ylarim ovozimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. Men ularga abadiy hayot beraman, ular hech qachon halok bo’lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo’limdan tortib ololmaydi. Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo’lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. Men va Otam – birmiz” (Yuhanno 10:27-30) – deb aytgan.

Yahudiylar uchinchi amrga yaqindan e’tibor berishni xohlaganlarki shu sababdan Uning qudratli ismini xato yoki e’tiborsiz aytib qo’yishdan qo’rqqanlar. Biz hammamiz Yahudiycha to’rt-harfli ‘YHWH’ Xudo ismini bilamiz, bu Xudo Iegova (“Men borman”) degani. Muqaddas xususiyatlariga ko’ra Yahudiylar eramizdan avvalgi 300 yilgi Yahudiylar Muqaddas Yozuvni o’qishganda noto’gri gapirishdan o’zlarini tiyganlar va ‘Adonay’ so’zi almashtirilgan. ‘Jehovah’ so’zi ‘YHWH’ undosh harflarining ichidagi ‘Adonay’ sozining unli harflarining birlashishining natijasida paydo bo’lgan inson yaratgan so’zdir. Bu eramizdan keyingi 1520 yigacha yaratilmagan. Asl ism va talafuz umumiy fikr qilinib ‘Iegova’ (“Men borman”) bo’ldi.

Bizda savol tug’ilishi mumkin: Biz umuman Xudo Ismini aytolamizmi? Hukm bo’lmaslik uchun qanday qilib biz Xudo Ismini aytolamiz?


4.05.10 - Xudoning Ismini to’g’ri aytish

Uchinchi amr bizni Xudoning ismini to’g’ri ruh bilan aytishimizni taqiqlamayapdi. Bu yerda: ”Agar siz imon bilan, sevgi bilan va minnatdorchilik bilan Xudo ismini ishlatsangiz, Xudo ismini bekorga ishlatgan bo’lmaysiz” – degan va’da berilgan. Xudo imoningiz guvohligini kechirim vositasi qilib qo’llaydi va hayotingizning yangi Do’sti bo’ladi. Bizning xohish va irodamizga ko’ra Uning ismini sehrli kuch sifatida ishlatolmaymiz. Tirik Xudo ismi orqali O’zining xohish irodasi va rejalari uchun ishlatadi. Havoriy Butrus: ”Nosiralik Iso Nomi bilan, tur va yur” – degan. Butrus keyinroq odamlarning oq soqoli va etakchisi bo’ldi, “Nosiralik Isoning ismi orqali u odam hammani ko’zi oldida turib ketdi” (Havoriylar 3:6,16; 4:10). Biz bilimimizni Isoning Ismida va kuchida chuqurlashtirishimiz kerak. Xudo So’zini o’rganuvchi mashxur ilohiyotchi olim Shlatter butun Yangi Ahdni Yunon tilidagi matnini butun yuragi bilan o’rgandi, lekin umrini oxirida ‘Biz Isoni bilamizmi?’ deb nomlangan kitob yozdi. Biz yuzaki Iso haqida gapirishdan ko’ra Xudoyimizni yaxshi bilishimiz kerak. Ibodat qilib Uning So’zida chuqurroq o’saylik. Bizni har bir so’z o’ylantirsin va shunda Xudo bizning qalbimizda chuqur tomir otayotgan Uning so’zi orqali gapiradi.

Agar biz Eski va Yangi Ahddan butun bobni va oyatlarni yod olsak Iso haqida yaxshiroq guvohlik berishga yordam beradi, chunki Xudoning So’zi kuchli bo’lib bizga Muqaddas Ruhning donoligini beradi. Bundan tashqari imonlilarning guvohliklari va Xudoning etuk farzandining tavsiyanomalari bizning imonimizni mustahkamlaydigan Xudoning ismini va Uning ishlarini yaxshiroq tushunishimizni ilhomlantira oladi. Agar biz Xudoning So’zlarini muntazam tarzda o’qib o’rgansak biz xursand bo'lamiz va do’stlarimiz imonimizning guvohligidan xursand bo’ladilar.

Biz Xudoning So’zini eshitganimizda biz boshqa yolg’iz emasmiz aksincha Rabbimizni ko’proq va ko’proq bilamiz. U bizga Muqaddas Kitob orqali gapiradi, biz esa ibodatlarimizda Unga javob beramiz. Biz Yaratguvchimiz bilan hamma gunoh, kasallik, muammo va g’am alam to’g’risida gaplasha olish imtiyoziga egamiz va U bizni eshitadi. Uning maslahati doktor va ruhshunoslarnikidan yaxshiroq. U moylangan Isoning o’limi uchun bizning gunohlarimizni butunlay kechiradi va bizda yashovchi Muqaddas Ruh orqali abadiy hayotning kuchini bizga beradi.


4.05.11 - Xudoni butun qalbimiz va ongimiz bilan ulug’laymiz!

Biz haqiqatdan ham Xudoni ulug’lab va samimiy yuragimiz bilan minnatdor bo’lamizmi? Bizning qudratli Ota Xudomiz, bizning Najotkorimiz Uning yagona O’g’li va bizning kuchimiz va abadiy Yupatuvchi Muqaddas Ruhni eslaylik va minnatdor bo’laylik. Titroq va qo’rquv bilan Xudoni ulug’lashni o’rniga, biz umidlarini marhamatlagan va butunlay shayton qulligidan sotib olgan Uning ishlarida quvonchga to’lgan Uning bolalaridek ulug’lashimiz kerak; Biz boshqa gunohda o’limga ega emasmiz aksincha abadiy Masihda tirikmiz. Shunday qilib siz xor bilan qo'shiq aytolmasangiz o’zingiz aytishingiz mumkin agar lablaringiz bilan ham aytolmasangiz yuragingizda kuylashingiz mumkin. Agar kimdir Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhga ibodatni yoki quvonchli ulug’lashlarini ishonch bilan aytsa ular qudratli Xudoni hurmat qilgan va ulug’lashlari orqali Uni mamnun qilgan bo’ladilar.

Agar kimdir Xudoni bilmasa yoki uning yuragi tosh bo’lsa yoki yashirin gunohning aybidan vijdoni qiynalsa, unda havoriy Butrusning maslahatiga quloq tutsin: ”Egamizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi” (Havoriylar 2:21). Bizda Otamiz Xudo bilan Iso Masih orqali to’g’ridan to’g’ri gaplashish imtiyozimiz bor va U bizga javob beradi. Xudo bizga yaqin kelgandek biz ham Unga yaqin boramiz. Xudoning ismi ‘Bizning Otamiz’ ma’nosi bizga samoviy marhamatlar tayyorlab qo’yilganini bildiradi. Isoning Ismi do’zax asoslarini titratadi chunki U gunohni, o’limni va shaytonni yengdi. Muqaddas Ruh Xudo O’g’lini sharaflaydi chunki Uning ismida U abadiy hayot va Xudoning noyob kuchini beradi. U yana bizga xavfsizlik, poklik, quvonch va tinchlikni beradi. Hatto quyosh o’zining sanoqsiz nurlarini kundan kunga yerga jo’natganidek bizning Uch Birlik ismiga ega Xudomiz inoyat ustiga inoyatni bizni ustimizga yog’diradi. Kim Otaga minnatdor bo’lmaydi yoki O’g’ilni ulug’lamaydi va Muqaddas Ruh kuchi bilan ibodat qilmaydi? O’zingizni Xudoyingizning yupatuvchisi Muqaddas Ruhga oching keyin Xudo sizning ibodatlaringizga qanday haqiqatdan ham javob berishini o’rganasiz. Ota orqali qabul qilinadigan olqishlaringizni Isoga bering. U sizni sevgani, shayton qulligidan sotib olgani va abadiy hayot berilgani uchun Undan minnatdor bo’ling.


4.05.12 - Imon to’g’risida boshqalarga guvohlik

Kim yuragi minnatdorchilik bilan to’lgan bo’lsa jim turoladi? Kim najotga erishib Xudo hamma odamlarni qutqarilishini xohlashini bilib turib sir saqlay oladi? Yo’qolganlarni topish bizning tanlovimiz emas Xudoning bizga: ”Boringlar Xushxabarni hammaga aytinglar” - deb bergan buyrug’idir. Isoning g’olibligi va Uning buyukligi e’lon qilinishi kerak. Havoriy Butrus: ”Dilingizdagi umid haqida sizdan har bir so’ragan kishiga javob berishga doim tayyor bo’linglar” – deb aytgan (1 Butrus 3:15).

Iso ham bizni ogohlantirib: ”Kimda-kim insonlar oldida Meni tan olsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni tan olaman. Biroq, kim insonlar oldida Meni inkor etsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni inkor etaman” – degan (Matto 10:32-33).

Pavlus Xudo dushmanlarining hujmidan charchaganda, Xudo unga kechasi ko’rinib shunday dalda berdi: ”Qo’rqma lekin tinmay gapiravergin” – dedi. Men sen bilan birgaman, hech kim senga qo’l tegizib yomonlik qilmaydi, chunki bu shaharda ko’p odamlarim bor” (Havoriylar 18:9-10). U Pavlusga: ”Seni o’z millating va boshqa xalqlar qo’lidan xalos qilaman. Majusiylarning ko’zlarini ochib, ularni zulmatdan nurga va shaytonning hokimyatidan Xudoga qaytarish uchun seni yuboraman, toki ular Menga imon keltirib, gunohlari kechirilsin va Xudo azizlariga nasib etadigan abadiy merosga noil bo’lsinlar ” – dedi. (Havoriylar 26:17-18)

Iso tirilgan kechada qo’rqib eshiklarini berkitib olgan shogirdlariga Iso ilohiy hokimyat berdi: ”Otam Meni yuborganidek, Men ham sizlarni yuboryapman.” Iso buni aytib ularga puflab: ”Muqaddas Ruhni olinglar,” – dedi. Kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi” (Yuhanno 20:21-23). Agar siz bu oyatlarni yodlasangiz va qalbingizda fikrlasangiz, siz imonsizlar va majusiylar qarshiliklari orasida xushxabar aytish usulining eng yaxshi va samarali yo’lining kuchi va boshqaruvini qabul qilasiz.


4.05.13 - Xudoning Nomi bilan xizmat qilish

Xudo bizga Kalomi orqali gapirganda biz ibodatlarimizda, ulug’lashlarimizda do’stlarimiz va dushlarimiz oldida Uni tan olishimizda Unga javob beramiz, shunda bu Ismning hokimyatini amalga oshiramiz. Iso ismi bilan havoriylar kasallarni tuzatdilar, shayton, yomon ruxlarni haydadilar, o’liklarni tirilltirganlar va Isoning O’zi So’zi orqali dengizdagi bo’ronni tinchitgan. Beshta nonni mingtaga ko’paytirgan. Gunohlariga tavba qilgan gunohkorlarni kechirgan va abadiy hayoti bilan marhamatlagan. Iso: ”Mening Otam shu kungacha O’z ishini qilib kelmoqda, Men ham O’z ishimni qilyapman” – dedi (Yuhanno 5:17). Biz nafaqat Uning Ismini aytamiz balki U bizning kuchsizliklarimiz orqali ham ishlaydi. Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh imonlilarning yuragida yashasa Xudo uning hayoti orqali mo’jizalar yaratadi va hayron qoldiradi. Xudoning bolalarini qanday bo'lishini farqi yo’q kichkinami kattami Xudo O’z ishlarini amalga oshiradi.

Hamma to’g’ri va samarali guvohlik imonlining hayotiga asoslangan bo’ladi: Biz Xudoni bir vaqtni o’zida ham marhamatlaymiz, ham itoat qilamiz. Muqaddas Ruh bizga muqaddas yashashni va oqlanishni o’rgatadi chunki Uning O’zi muqaddasdir. Iso bizga Xudoning Ibodatidagi birinchi so’zlarni ibodat qilishni o’rgatdi, ‘muqaddaslanish’ Xudoning ismi bizning so’zimiz va bizning harakatlarimizda bo’lishi kerak. Agar bizning hayotimiz Xudoning qudratini rad qilsa va asl insoniylikni ko’rsatmasa bizning ibodatlarimiz yolg’on va guvohligimiz noto’g’ri bo’ladi.

Aslida biz o’z xohishimizga qarshi gunoh qilamiz, shuning uchun Muqaddas Zotning huzurida ojizliligimizcha qolaveramiz. Bizning gunohlarimiz Xudoning ko’z o’ngida hech narsaga arzimaydi va biz noto’g’ri xati-harakatlarimiz bilan Uni hafa qilishimizni har doim yodda tutishimiz kerak. Lekin Muqaddas Ruh har bir tavba qilgan odamda yashaydi, uni yupatadi va Isoning qoni hamma gunohdan tozalashini aytadi (1 Yuhano 1:19). Otaning So’zi imonga ega bo’lishga va Uch Birlikdagi Xudo ismida yashashda ruxlantiradi, dalda beradi. Biz Uning uzoq azoblari va buyuk sevgisi tufayli oqlanamiz.

Siz haqiqatdan ham Xudoning Ismini bilasizmi va tushunasizmi? Uning muqaddas Ismi sizning tilingizdami? Xudoning Ruhi sizning qalbingizda yashayabdimi? Endi va faqat endi siz Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh bilan hurmat va sevgi bilan tog’ri yo’lda gaplasha olasiz. Xudo sizni Uning ismini bekorga ishlatishingizdan asrasin va Uni butun hayotingizda quvonch bilan ulug’lashingizda boshqarsin.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)