Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.13 Conclusion: The Law and the Gospel

Previous part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.13 - Xulosa: Qonun va Muqaddas Kitob



Diniy ulomo bir kuni Isodan:”Amrlarning eng muhimi qaysi” – deb so’radi. Iso unga Qonunlar 6:5 va Levilar 19:18 dagi oyatlarga asoslanib:”Egang Xudoni butun qalbing, jonu diling bilan, butun vujuding bilan sevgin va o’zgani o’zing kabi sevgin” – deb javob berdi.

Bu so’zlar bilan Iso O’nta Amrni aniq xulosaladi. O’nta Amrni birinchi qismi bizni Xudo bilan munosabatimizni va Uni bizni Yaratguvchimiz, Najotkorimiz va Yupatuvchimiz deb tan olishimizni ifodalaydi, ikkinchi qismi bizni birodarga nisbatan munosabatimizni ko’rsatadi va unga shartsiz xizmat qilishga undaydi.

Iso xudojo’y odamning savoliga uyatga qo’yadigan salbiy javob bermadi. Iso unga nimadan saqlanish kerakligi haqida gapirmadi. Aksincha Iso uni quvonchli qonunni ijobiy bajarishga yo’naltirdi. U bizni hammamizni nima qilishimiz kerakligini lo’nda qilib aytdi. Ikkala amrlar bitta shiorda: “pok sevgi bilan Xudoni va odamlarni sevishda” xulosalanadi. Kelinglar o’zimizni Xudoni qanchalik sevishimizni va aslida biz qanchalilik do’stlarimiz hatto dushmanlarimizni sevishimizni tekshiraylik. Shunda biz qanchalilik O’n Amrni bajaryotganimizni ko’ra olamiz.


4.13.1 - Biz Xudoni Sevamizmi?

Xudoga sevgi eng to’liq va kechiktirib bo’lmaydigan amrdir, shuning uchun agar biz Xudoni haqiqatdan sevsak o’zimizga vaqt, pul va o’zimiz uchun rejalar bo’lmaydi. Biz Undan ruhni, jonni va tanani qabul qildik; bizning xohshimiz, orzuimiz va umidimiz Uning sivgisi bilan shakllangan va to’lgan. Kelinglar muqaddas Yaratguvchi va gunohlar uchun to’lov to’lagan Qutqaruvchi bizning hayotimizni markazi bo’lsin. Hech narsa Undan muhim emas. U bizning Unga bo’lgan butun, mukammal sevgimizni kutadigan rashkchi Xudodir. U boshqaga buni bo’lishishga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun biz o’zimizdan shunday savollarni so’rashimiz kerak:Xudo bizni sevganidek va haligacha sevayotganidek Xudoni sevyapmizmi? Qanchalik biz haqiqatdan ham Uni sevamiz? Biz Uni his-tuyg’ularimiz bilan, o’ylarimizda sevyapmizmi, Uni Xohish Irodasini bilib olishimiz uchun Uni So’zini yaxshilab o’rganyapmizmi va bizni Uning yordami bilan to’ldirishi uchin Uni qidiryapmizmi? Keling biz yashayotgan yangi hayotdagi bizga berilgan Uning inoyati uchun Uni butunlay olqishlaylik. Nima qilsak ham va nima qilishdan o’zimizni tiysak ham Xudoni sharaflaylik, bizning ko’p gunohlarimizni Iso Masihning tekin to’lovni ta’minlashi orqali mutloq kechirim uchun Unga minnatdor bo’laylik. Kelinglar quvonch, tinchlik va yuraklarimizga bergan yupanch Ruh uchun Uni olqishlaylik. Bizning sevgimiz yetarli sevgi emas. Biz har doim Xudoni butun qalbimiz va jonimiz bilan sevmaymiz. Shuning uchun bizga Rabbimizning yordami kerak, hatto Uni kerakli darajada sevishimiz uchun. Havoriy Pavlus Xudo bizning ibodatlarimizga qanday javob berishini shunday ko’rsatadi:”…Bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudo sevgisiga to’lib toshadi” (Rimliklarga 5:5b). Bizning samoviy Otamiz Ozining sevgisini berdi, shuning uchun biz Uni chindan seva olamiz. Muqaddas Ruh bizda yashaganidek Uning sevgisi bizni to’ldiradi.


4.13.2 - Birodarimizni O’zimiz Kabi Sevamizmi?

Ruh atrofimizdagi odamlarni Xudoning ko’zlari bilan ko’ra oladigan qiladi. Kelinglar shuning uchun Isoning inoyati haqida guvohlik beraylik, Uning gunohkorlar uchun to’lov tolaganini tushuntiraylik. Agar biz ularni o’zimiz kabi sevsak ular uchun ibodat qilamiz va ularga xizmat qilamiz. Agar och qolsak ovqat topish uchun hamma imkoniyatni qidiramiz. Agar qo’rqsak qochishka harakat qilamiz. Agar charchasak dam olamiz. Shunga o’xshab Isoning sevgisi ochligimizni to’ydiradi, ezilish va holdan to’yishlarni tetiklantiradi. Iso hammani sevdi, shuning uchun O’zini biz bilan tenglashtirdi. U bizlarning birimiz bo’ldi. Iso shohlarning Shohi Hukm kunida izdoshlaridan nima so’rashini oldindan bizga ko’rsatdi:”Shundan keyin Shoh o’ng tomonidagilarga aytadi: – Ey Otamning barakasini olganlar, kelinglar! Shohlikni meros qilib olinglar! Bu shohlik olam yaratilgandayoq sizlar uchun tayyorlab qo’yilgan. Axir, Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Changagan edim, Menga ichimlik berdingizlar. Musofir edim, uyingizdan boshpana berdingizlar. Yalong’ach edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Menga g’amho’rlik qildingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko’rdingizlar. Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar: – Yo Rabbiy! Qachon Sizni och holda ko’rib, ovqat beribmiz?! Qachon chanqaganingizni ko’rib, biron narsa ichiribmiz?! Musofir ekaningizni ko’rib, uyimizdan boshpana beribmiz? Yalong’och ekaningizni ko’rib, kiyintiribmiz? Kasal yoki zindonda bo’lganingizda qachon Sizni yo’qlab boribmiz? Shoh ularga shunday javob beradi: – Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo’lasiz” (Matto 25:34-40).

Iso O’zining shaxsida Xudoning sevgisini va odamni sevgisini birlashtiradi. Agar biz Isodan so’rasak Uning sevgisida muxtojlarga xizmat qilganimizdek Xudoga xizmat qila olishimizga yordam beradi. Biz Xudoga o’zimizni qutqarish uchun xizmat qilmaymiz, chunki biz allaqachon qutqarilganmiz, biz Xudoga va odamlarga bajonidil va o’z xohishimiz bilan xizmat qilamiz. Bizning sevgimiz Musulmon o’ylaganidek savob ishlarimiz orqali o’zligimizga asoslangan emas, balki hamma uchun Iso Masihda amalga oshgan najotga asoslangandir.


4.13.3 - Chuqurroq Ma’no

Iso Masihimiz orqali najot xushxabari bizni Muso qonunini chuqur ma’nosiga olib boradi. Boshqa so’z bilan aytganda O’n Ilohiy Amr bizni o’zimizni halok qilishdan ogohlantiradi va bizning baxtimizni himoya qiladi. Iso boy odamga shunday dedi:”Abadiy hayotga ega bo’lishni istasang, Xudoning amrlariga rioya qil” (Matto 19:17). Xudoning amrlarida yuradigan va yashaydigan xalq orqali shubhasiz har yo’lda marhamat bo’ladi.

Lekin biz qonunda mashq qilsak u bizni mag’rurligimizni va taqvadorligimizni titroqqa soladi. Qonun boshqaruv ko’rsatgich emas, aksincha bizning Xudoga umumiy bag’ishlovimizdagi maqsadimiz va gunohdan ajiralishimizdir. Xudo ko’p marta:”Muqaddas bo’linglar zero Men muqaddasdirman” – degan. Xudo sohta xudojo’ylikdan yoki boshqa dinlar kabi o’zini o’ta dindorlikdan qoniqmaydi. Buni o’rniga U bizni o’zgartirishni va bizning bo’ysunmasliklarimizni (qaysarliklarimizni) so’zda va harakatda Ozining surati tomon yangilashni xohlaydi. Iso bizga:”Osmondagi Otangiz barkamol bo’lgani kabi, sizlar ham barkamol bo’linglar” – deb buyurgan (Matto 5:48). U bizni osmondagi Otamiz bizga nisbatan bo’lgani kabi dushmanlarni sevishga va muhtojlarga mehribon bo’lishga yo’naltiryapdi.


4.13.4 - Qonun Bizni Halok Bo’lishimizga Sabab Bo’ladimi?

Agar kimdir muqaddas Xudoning talabini tushunsa va sodiqlik bilan bo’ysunishga harakat qilsa, u qo’rqadi va:”Kim Xudo sevganday seva oladi? Va Kim Xudo muqaddas bo’lganday muqaddas bola oladi?” – deb so’raydi. Qonun bizni sirlarimizni oshkor qiladi; yuzumizni oldiga muqaddaslik ko’zgusini qo’yadi va gunohkorligimizni ochib tashlaydi. Qonun gunohkorlarni o’zidan-qoniqishini tartibga soladi va ularning uyqisirashlaridan uyg’otadi. Xudoning hukmi hamma uchun abadiy jazodir. Agar kimdir qonunni butunlay bajarsa va uning bittasiga amal qilmasa hammasini buzgan bo’ladi.

Agar kimdir uning hayotidagi O’n Ilohiy Amrning nurida kunlik hayotidagi katta va kichik butlarni borligini tekshirsa, qancha ko’p marta Xudoning ismini suiiste’mol qilyotganini va Shabbat kuniga rioya qilmayotganini o’ylasa, u ancha vaqtlar oldin Xudo tomonidan aytilgan abadiy o’limga mahkumligini tushunadi. Agar kimdir o’zini Masihning pokligiga qarshi o’lchasa, u sinadi, xulosa qilib aytganda qonunning maqsadi hamma odamlarni halok bo’lishidir.

Qonun bizni davomiy tavbaga olib brish uchun bizni nopokliklarimizni ochib beradi. Qonun bizni o’zimizga ishonganligimizni va g’ururimizni sindiradi. Shunga qaramasdan biz muqaddas Xudo oldida qo’rquvda turamiz va o’zimizga ishonganligimizga asoslanib emas, aksincha Uning buyuk rahmdilligi uchun hukm qilinmasligimizni bilamiz. Biz faqatgina qonunning asosini qabul qilolamiz holos, chunki biz Masihiy sifatida boshqa qonun ostida emas, aksincha Isoning inoyati ostidamiz!

Iso Yahyo cho’mdiruvchini oldiga keldi va gunohlarini tan olib Iordan daryosida suvga cho’mganlardan shogirdlar tanladi. Iso qonunnga rioya qiladiganlarni va o’zini xudojo’y ko’rsatadiganlarni tanlamadi. Buning o’rniga Iso gunohlarini tan olib Xudoning hukmidan qochganlarni, eski hayotidan voz kechib uni suvga cho’mish bilan o’lim oldiga qo’yganlarni tanladi. Iso ularni ruhan ko’tara oldi va qonun hukmidan ozod qildi. Endi ular chin dildan tavba qildilar, Iso ularni Jalila tog’ining tepasiga olib ketdi va ularni O’ziga shogird qildi. Qonun o’z vazifasini bajarib bo’ldi. Endi Qonun-beruvchi Iso shaxsan qaytib keldi va Unga ishonuvchilarni gunohini O’ziga oldi. Iso Unga ergashib Uni ulug’laydiganlarni boshqaradigan qonun talabini amalga oshirdi. Xudo biz bilandir. Komil Xudo mukammal bo’lmagan inson uchun keldi. Gunohkorni jazolagan Qozi – Najotkorga aylandi.


4.13.5 - Iso Qonunni Bajardi

Iso Musoning qonunini nima qildi? U hech kim bajara olmagan qonunni mutlaqo bajardi. U kamtarlik va mohiyatni qoldirdi. Pul Isoni boshqarishiga yo’l qo’ymadi. U har doim Otasini ulug’ladi. Iso Otaning ismini ulug’ligini 168 martadan ko’proq aytib o’tdi. Faqat Ota Xushxabari Iso hayotining markazidir. Otaning sevgisi va O’gilning sevgisi Iso:”Men va otam birmiz. Ota Menda, Men esa Otadadirman” – deb aytganidek birlikda mujassamdir. Iso:”Meni ko’rgan Otani ko’rgan boladi” – deb aytganidek, Otaning sevgisi va muqaddasligi Isoda gavdalanadi.

Qur’on Maryam surasi 19:32 sida: Iso Onasini sevdi va unga bo’ysunib har doim u bilan birga bo’ldi – deydi.

Iso dushmanlarini sevdi va ularni haqoratlamadi, aksincha ularga haqiqatni gapirdi. U Dovuddek yoki Muhammaddek uylanmadi. U gunohkorlar va soliqchilar bilan birga yedi va ularni tavbaga olib keldi. Uni oti yo’q edi va U Quddusga kiryotganda do’stlaridan eshakni qarzga berib turishlarini so’radi. Iso so’zda va amalda gunohsiz, muqaddas hayot kechirdi. Yolg’on, shaxvoniy hirslar, nafs yoki yashirin harakatlar Isoning muqaddasligi va komilligini biror marta ham buzmadi. U gunoh qilmadi, dushmanlarini va O’zini ularga tenglashtirgan hamma odamlarni sevdi. Iso ko’plarni hayoti uchun to’lov to’lashini U bilardi. Uning hamma gunohkorlar uchun najot beruvchi o’limi qonunning butunlay amalga oshganini bildiradi:“Kim o’z jonini do’stlari uchun fido qilsa, bundan ortiq sevgi yo’q” (Yuhanno 15:13).

Iso hamma odamlar uchun qonunni hamma talablarini bajarish uchun Xudoning Muqaddas Ruhida tug’ildi. U Xudoning Qo’zisidek o’lishga tayyor bo’ldi. U gunohni mutlaqo olib tashladi va Pavlus:”Masih esa – Qonunning oxiridir. Masihga e’tiqod qilgan har bir gunohkorni Xudo oqlaydi” (Rimliklarga 10:4) – deb yozganidek Iso qonunning oxiridir. Isoning boshqalar uchun azob chekib o’lgan o’limi orqali najot topganlarni qonun ayblamaydi, chunki ular qonunning bosimidan ular ozoddirlar. Ular Iso bilan qonun uchun o’lganlar. Endi, kimnidir Iso ozod qilsa u shubhasiz ozoddir va muqaddas Xudoning g’azabi unga tushmaydi. Isoning izdoshlari allaqachon oqlanganlar va qiyomatdagi qo’rqinchli hukmdan (so’roq-savoldan) aybsiz o’tadilar. Masih faqat bitta hadya bilan Masih O'zining poklanganlarini kamolotga yetkazdi.

Isoni inkor etadiganlar hukm kunida Uni oldida turadilar va tog’larga:”Ustimizga qulang, taxtda o’tirgan Siymodan va Qo’zining g’azabidan bizni asrang” (Vahiy 6:16; Luka 23:30) – deydilar. Kimdir Xudo Qo’zisi tomonidan kechirilishni rad etsa qonun ostida qoladi va qonun hukmi bo’yicha hukm qilinadi.

Hatto Muhammad o’zi va izdoshlari ochun jannatga borishni kafolatini ta’minlay olmagan, aksincha u har bir Musulmon uning savob ishiga binoan do’zahga kirishi kerakligini va bir muncha vaqt issiq olovda vaqt o’tkazishini Xudoning g’azabli hukmiday tan olgan (Maryam surasi 19:71). Birorta Musulmon uchun najot umidi yo’q, ularning umidi qonunga quriladi va ularning birortasi uni mukammal bajara olmaydi. Iso aytadi:”Kimki Xudo O’g’liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O’g’ilga ishonmagan odam esa hayot ko’rmay, Xudoning g’azabiga uchraydi” (Yuhanno 3:36).

Masihiylar kim? Ular Musulmonlardan yaxshiroqmi va qolganlar adashganlarmi? Masihiylar hamma gunohlarini tan olib ular uchun haqiqatdan afsuslanganlardir. Ular ruhiy siniqdirlar va kim va nima bo’lganliklarini esdan chiqarmaydilar. Ularning g’ururi Xudo O’g’lining to’kkan qoni orqali tugagan, ular Iso orqali abadiy hayot qabul qilganlar


4.13.6 - Bizdagi Masihning Qonuni

Rabbiyni ulug’lang! Iso, qonunni Bajaruvchi, Uning shogirdlarini qiyinchiligini oldi va ularning ongida ilohiy qonunni yozdi va ularning yuragiga Muqaddas Ruhini berdi. Oqlangan bo’lib ular na qonunsiz yashaydilar yoki qonunga qul bo’lmaydilar. Iso:”Sizga yangi amr beryapman, bir biringizni seving; Men sizlarni sevganimdek siz ham bir biringizni sevinglar; agar siz boshqalarni sevsangiz Mening shogirdim ekanligingiz bilinadi” – deb aytganidek Iso shogirdlari yuragiga yangi tartibni qo’ydi. Bu amrda Iso O’n Ilohiy Qonunni xulosa qildi va ularni bajarib bo’ladigan qildi. Rimliklarga 13:10da Pavlus:”Sevuvchi kishi o’zgaga yomonlik qilmaydi. Shunday qilib, sevish – butun Ilohiy Qonunni bajo keltirish bilan barobardir” – deb yozgan.

Isoning ajoyib amri Iso shogirdlariga uni bajarishga ruhiy kuch bergani uchun qo’ruvga sabab bo’lmadi. Tavrotni yaxshi bilgan o’qimishli Pavlus:”Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o’limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi” (Rimliklarga 8:2) – deb haqiqatni ochadi. Isoning shogirdlaridagi Ilohiy Ruhning samaralari: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat, mehribonlik, sahiylik, ishonch, muloyimlik va o’zini tuta bilishdir (Galatiyaliklarga 5:22; Efesliklarga 5:9). Masihlar boshqa qonun ostida emasdirlar. Ular qonunsiz odamlar emas, chunki Isoning qonuni ularda yashaydi va shu bilan bir paytda uni bajarishga Iso kuch bag’ishlaydi.


4.13.7 - U Masihni Voizlik Qilishga Undaydi

Masihning sevgisi inoyatda qutqarilib boshqa o’zlari uchun emas, balki hamma uchun tekin bo’lgan Masihning solihligida yashochilarga yo’ldosh bo’ladi. Odamlarga Iso haqida aytish, shu bilan birga Uni ulug’lash va xizmat qilish Isoning sevgisi bizda ekanligini birinchi natijasidir. Isoning shogirdlari butun dunyo bo’ylab yurib qonun va Xushxabarni voizlik qildilar. Xushxabar Iso bizning yuragimizning ko’zlari oldidaligini tasvirlaganda, qonun insonyatni gunohkorligini va hukmga va lanatga loyiqligini isbotlaydi. Xushxabar bizga Isoning inoyati bizni qonun hukmidan qutqarishini aytadi. Iso ilohiy adolat talablarini bizni o’rnimizga bajardi va Uning cheksiz mehribonchiligi tufayli bizga O’zining solihligini kafolatladi. Shuning uchun biz adashish va umidsizlikni minnatdorchilik bilan abadiy umidga berib boramiz. Biz Musulmonlarga shuningdek Yahudiylarga ham:”Qayg’urmanglar, axir, Egamiz tufayli topgan sevinchingiz najot qo’rg’oningizdir” – deb ruhlantiramiz (dalda beramiz) (Naximiyo 8:10).

Tushuning va biling sizning najotingiz siz uchun tayyordir! Faqat uni qabul qilsangiz bo’ldi! Siz qonun lanatiligi ostida yashagandek boshqa qayg’uda bo’lmaysiz, va Masihga ishonganga do’zah kuchga ega emas. Iso har qanday lanatilik, ayblov va Xudoning g’azabini O’ziga oldi. “Egamiz najotkorimizdir” (Yeremiyo 23:6). Unga keling! Unga ishoning! U bilan birlashing! U haqiqiy qonundir. Uning qoni bizni hamma gunohlarimizni tozalaydi. U bizga tirik sevgini beradi, Xudoni va hamma odamlarni sevishga kuch beradi. Sevuvchi kishi o’zgaga yomonlik qilmaydi. “Sevish – butun Ilohiy Qonunni bajo keltirish bilan barobardir” (Rimliklarga 13:10).


Nazorat Savollari

Aziz O’quvchi:
Agar siz bu kitobni diqqat bilan o’qib chiqqan bo’lsangiz, siz quyidagi savollarga oson javob bera olasiz. Biz sizga sizning harakatingiz uchun boshqa kitobni jo’natishga xursandmiz. Iltimos o’zingizni to’liq ism sharifingizni va E-mail adresingizni va u bilan javobingizni yozib yuboring.

  1. O’n Ilohiy Qonunni Muqaddas Kitob izohlari bilan yozing.
  2. Nimaga Masihiylar O’n Ilohiy Amrni xurmat qilishadi va bo’ysunishadi?
  3. Boshida Xudo O’zini “Men har doim bor bo’lgan Xudoman” deb ochganini chuqur ma’nosi nima?
  4. Olloh va Elohim ma’nolarining farqi nimada?
  5. Isriolliklarni qullik uyidan chiqishini ruhiy ma’nosi qanday?
  6. “O’n Ilohiy Amr inoyat orqali najot topish yo’liga kuchli to’siqdir.” Tushuntiring.
  7. Jamiyatingizdagi zamonaviy budlarni ro’yhatini tuzing.
  8. Uch Birlik to’g’risida Eski Ahd nima deydi?
  9. Masihning Xudoligi haqida Qur’on oyatlari nima deydi?
  10. Masihning tasviri Uning izdoshlarida qanday ko’rina oladi?
  11. Xudoning ismini suiste’mol qilishga misollar keltiring.
  12. Qanday ibodatlar shubhali bo’ladi?
  13. Isroil farzandlarini orasida ota-onasini lanatlaganga qanday jazo bor edi?
  14. Xudoning kuniga rioya qilsak qanday marhamat o’rib olamiz?
  15. Xudoning kuniga qanday yo’l bilan to’g’ri rioya qilinadi?
  16. Nimaga Masihiylar ulug’lashni haftaning birinchi kuni o’rniga haftaning oxirgi kuniga almashtirdilar? O’zgarish nimaga asoslidir (sabablidir, qonuniydir)?
  17. Ota-onani xurmat qilish uchun qanday marhamat bor?
  18. Agar ota-onangiz Masihning Xushxabariga qarshi bo’lsa nima qilasiz?
  19. Dunyodagi birinchi jinoyat qaysi bo’lgan? U nimaga sabab bo’lgan?
  20. Oltinchi amrga binoan harbiylarning javobgarligi qanday?
  21. Zinodan odam o’zini qanday saqlay oladi?
  22. Yangi Ahdning nurida nokoh imtiyozlari qaysilar?
  23. Nimaga Dovud, “Ey Xudo, menda yangi yurak yaratgin” – deb ibodat qiladi?
  24. O’girlikning zamonaviy turlari bor. Ularni ro’yhatini tuzing.
  25. Ilk Masihiylar mablag’lari bilan nima qilganlar? Havoriy Pavlus ularga yordam berish uchun nima qilgan?
  26. Havoriy Pavlus o’girlikni to’g’irlash uchun qanday chorani taklif qilgan?
  27. Yoqub bizni tavbaga olib boradigan uchta taklifni bergan. Ularni ayting.
  28. Biz shahvoniy hirs gunohidan qanday qochamiz?
  29. Biz yangi yurak va yangi ruhni qanday qabul qila olamiz?
  30. O’n Ilohiy Amr nimada xulosa qilinadi?
  31. Biz qanday Xudoni butun qalbimiz bilan va boshqalarni o’zimiz kabi seva olamiz?
  32. Nimaga biz boshqa qonun osatida emas, aksincha Isoning inoyati ostidamiz?

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 11:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)