Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 2.03 Allah in the Light of the Christian Faith

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 2 - Islomdagi Alloh kim?

2.03 - Alloh Masihiylik nuqtai nazarida



Islom dini ko‘p asoslarga ega bo‘ldi va masihiylik, induizm, kommunistik davlatlar va afrika mamlakatlarining madaniyati tomon mustahkam qadam tashlab, oxirgi o‘n yil ichida chegaralarini kengaytirdi. Biz, masihiylar musulmonlarni ko‘rib, ularni tushunishga harakat qilganimizda, musulmonlarning ko‘pi chin dildan Allohga ishonadi va sodiqlik bilan xizmat qilishini unutmasligimiz kerak.

Ammo bu islom dinining nimaligini unutish degani emas: biz barbir islom haqidagi haqiqatni bilishimiz kerak. Musulmonlarga nisbatan hurmat ko‘rsatib, biz sevgi orqali Qur’on bilan Yangi Ahdni taqqoslashimiz kerak, chunki Injil orqali biz qanday yashashini o‘rganamiz. Agar kimdir Allohning 99 ismlarni olib, Kalomdagi Xudoning ismlar bilan solishtirsa, bu ismlar birbiriga o‘xshash emasligini ko‘rishi mumkin. Shuning uchun agar musulmon “Sizlarning Xudoingiz bilan bizning Xudoimiz bir” desa, bu odam yoki Alloh bilan Iso Masih haqiqatan kimligini bilmaydi yoki ataydan tub farqlarni e’tiborga olmayapti.


2.03.1 - Alloh -- Uchbirlik emas

Yangi Ahddagi XudoOta, XudoO‘g‘il va XudoMuqaddas Ruhga ishonishni musulmon odam aqliga sig‘dira olmaydi va bu unga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Agar kimki Xudo yonida Unga teng turgan birov shaxs, do‘st yoki Unga o‘xshagan boshqa Xudo bor desa, islom dinida bu juda katta gunoh hisoblanadi (xuddi masihiylikda Muqaddas Ruhni xafa qilish gunohidek). Shuning uchun islom dinining imone’tiqodi binoan Alloh yagona noyob Xudo bo‘libgina qolmay, balki Masihning va Muqaddas Ruhning Xudoligini ra’d etadi.

Arab tilida Alloh so‘zi bu o‘rganishga to‘g‘ri keladigan so‘z. Al-lo-hu degan gapni bitta so‘z deb tushunish mumkin. Bu erda “Al” so‘zi eski ivrit (yahudiy) tilidan “qudratli va qodir Xudo” degan ma’noni bildiradi. Yana islomdagi Alloh yahudiylarning Ellohum degan nomga o‘xshaydi. Bu erda bu so‘zni Al-loh-hum deb o‘qish mumkin. Ammo yaxudiylarnig Ellohum so‘zida (hum) qo‘shimchasi ko‘plikni bildirsa, Alloh(hu) nomi faqat birlik bildiradi. Shuning uchun islomdagi Alloh hamisha birni bildiradi va hech qachon uchbirlikni tan olmaydi, hatto bu birlik to‘liq bo‘lsa ham. Masihiylar Uchbir Xudo haqida uchta alohidagi shaxslar emas, uchta bir bo‘lgan shaxslar haqida gapirsa ham, musulmonlar barbir bu fikrini rad etadi. Ular uchun Alloh hech qachon Uchbir Xudo bo‘lmaydi, Alloh faqat bitta shaxsga egadir.


2.03.2 - Alloh -- Ota emas

Musulmonlar yoki yahudiylar bilan suxbatlashganda, Yangi Ahddagi Isoning Xudo haqida Ota degan so‘zlarini diqqat bilan o‘rganishimiz kerak. To‘rt Xushxabarda Ota so‘zi 164 marta uchraydi. Iso Xudoni Ota deb, sharqdagi yagona Xudoga bo‘lgan e’tiqodga “ruhiy revolyutsiya” keltirgan. Masih uzoq, qudratli, notanish va kech kim tushuna olmaydigan yoki qo‘rqinchli, yaqinshlashning imkoni yo‘q haqamni ham va’z qilmagan. Iso Eski Ahddagi Xudoning pardasini ochib, Xudoning haqiqatda qanaqaligini – Uning Ota ekanligini namoyon qildi. U bizga Ellohum, Yaxve yoki Yohuva, qudratli Xudoga yoki muqaddas Uchbirlikka sajda qilishga o‘rgatmagan. Balki yangi so‘z berdi – bizning Otamiz. Bu orqali Masih biz arzimaydigan sharafga bizni loyiq ko‘rdi. U orqali biz Xudoning farzandlari bo‘ldik va aynan ana shu munosabatni Muxammad qat’iyan rad etgan (Moida surasi 5:18).

Har bir odam vaqt topib Iso “Xudo” degan nomni ishlatgan voqealar bilan Iso “Ota” so‘zini aytgan hodisalarni solishtirsa, hayron bo‘ladi. Iso begonalar bilan, jinlar va dushmanlar bilan gapirganda, U yashirin, qudratli va qodir Xudo haqida gapirgan. Ammo O‘zining yaqin shogirdlari bilan birga o‘tirganda, U Xudo haqida sir tutilgan narsalarni – O‘z Otasi namoyon qilib gapirdi. Bu so‘zlar uchun oliy ruhoniy Kayafa Isoni kufrlik qilyapti deb, Uni mahkum qildi: “Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki, bizlarga ayt: Xudoning O‘g‘li – Masih Senmisan?” (Matto 26:63). Kayafa Xudoni “Ota” deyishni istamadi, chunki yaxudiylar uchun bu kufrlik hisoblanadi. Shuning uchun u Isodan “Sen Xudoning O‘g‘limisan?” deb so‘radi. Bu so‘zlar orqali u Xudoning Otaligini bildirmoqchi edi. Masih uning (Kayafaning) so‘zlarini tasdiqladi. Xochda mixlanganda, Isoning birinchi so‘zlari: “Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar” bo‘lgan. Ammo Ota O‘zining yuzini yopib, shu paytda Hakam bo‘lib, O‘g‘lini hukm qildi. Iso faryod qildi: “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo‘yding?” Ammo mixlangan Iso azob chekayotgan paytda ham Xudoning Otaligini unutmagan va o‘layotganda: “Ota! Ruhimni Sening qo‘llaringga topshiryapman.

Ota degan nom – bu Xudoning eng sir tutilgan vahiyi bo‘lib, masihiylar imonining o‘zgarmas (shubhasiz) asosidir. Xudo Yangi Ahdda O‘zini bizga Ota qilib namoyon qildi. Yuhanno shunday degan: “Qaranglar, Otamiz bizni bolalarim deb, qanday buyuk bir muhabbat ko‘rsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning bolalarimiz...” (1 Yuhanno 3:1).

Islom Muqaddas Uchbirlikni va Xudoning Otaligini rad qilganligining sababi shuki, ular Xudoning kimligini va Uning tabiatini tushunmaydilar. Muxammad yashayotgan paytlarda bir arab mazhabi Uchbirlik – Ota, Iso va Maryamdan iborat, deb ta’lim bergan. Har bir masihiy Muxammad bilan bu fikrga qo‘shilmaydi. Afsus, islomda Muqaddas Ruhning qudrati orqali bokira qiz Maryam tomonidan Isoning tug‘ilishini ruhiy ma’noda emas, balki jismoniy yoki jinsiy ma’noda tushunadilar. Musulmon uchun bu kufrlik, chunki buni ular Alloh Maryam bilan aloqada bo‘lib o‘g‘il keltirdilar, deb tushunadi. Xudoning ruhiy Otaligini ular aqliga sig‘dira olmaydilar. Ular uchun Alloh bu bir buyuk, uzoq va sirli Xudodir. Ular Xudoning yaqinligini, Ota ekanligini Iso orqali bizga oshkor qilganini bilmaydilar va qadrlamaydilar.


2.03.3 - Allohda o‘g‘il yo‘q!

Masihning O‘g‘il ekanligi – bu musulmonlarni g‘azablantiradigan yana bir masala. Ular Allohdan tashqari boshqa hech kimni yuksaltirishni va muqaddas hisoblashni xohlamaydilar. Ular o‘ylaydilarki, agar xudo ikkita bo‘lsa, ular birbiriga qarshi chiqishlari mumkin. Axir o‘g‘il hamisha otaga qarshi chiqish mumkinku, deb fikr qiladilar. Faqat Alloh qudratlidir. Qur’on Allohni eng yuskak va eng ayyor zot deb ataydi (Xashr surasi 59:23 va Imron surasi 3:54). Isoning muloyimligi va mehribonligi hamda O‘zini rad etishi islomda zaiflik hisoblanadi. Xudo “Men yuragimda muloyim va kamtarinman” yoki “O‘g‘il O‘zio‘zidan hech narsa qila olmaydi” yoki “Ota mendan buyukroqdir” deb gapirgan oyatlarni isbot deb qabul qiladi.

Musulmon uchun Uchbirlik sir bo‘lib qoladi. O‘g‘il (ya’ni Iso) er yuzida yashaganda, Otani ulug‘lagan. Bugun esa Muqaddas Ruh O‘g‘ilni ulug‘laydi. Ota O‘g‘lini yuksaltirib, O‘zidan o‘ng tomonga o‘tkazdi. O‘g‘il esa O‘z qoni orqali sotib olgan jamoatini qurish uchun, uni Muqaddas Ruhga topshirdi. Isoning “Menga osmonda ham, erda ham butun hokimiyat berilgandir” degan so‘zalri musulmon odamga kufr bo‘lib eshitiladi. Agar bu haqiqat bo‘lsa, demak Allohning qo‘lida boshqa qudrat qolmadi. Islomn ruhi mag‘rurlik ruhidir. Shuning uchun musulmon odam Masihning xarakteridagi muloyimlik va noziklikni tushunmaydi.

Xudo O‘g‘lini tan olish ham Allohning hokimiyatiga hujum deb hisoblanadi. Chunki Alloh kimni xohlasa, qachon xohlasa va qaerda xohlasa, uni kechiradi. U uchun qo‘zi, vositachi yoki xoch kerak emas. Islomda Alloh hammasini o‘zi qilaveradi, shuning uchun unga xochga mixlangan Masih kerak emas, deb ishonadilar.

Agar Masih – Xudo O‘g‘il ekanligini Muxammad rad etganda, bu tarixdagi xochga mixlash hodisasini rad etish bo‘lardi. Shuning uchun ikkilanmasdan u shunday dedi: “mixlangan odam Iso bo‘lmagan” (Niso surasi 4:157). Agar Alloh Isoni mixlashga ruhsat bergan bo‘lsa, demak Muxammad ham Makkada quvg‘inga duchor bo‘lib, sharmandali o‘lim ko‘rish kerak edi. Lekin buning o‘rniga u qudratli Allohga yopishdi, chunki Alloh o‘zining qudrati bilan payg‘ambarlarni himoya qiladi. Islomda Masihning xochi bu Allohning kuchsizligini bildiradi.

Hamma gunohkorlarni o‘lim orqali jazolashga talab qiladigan Xudoning muqaddasligi va xuddi shu gunohkorlarni sevib, ularga najot berishni istaydigan Xudoning mehri orasidagi farq musulmonlar uchun qorong‘udir. Alloh gunohkorlarni sevmaydi (Qur’onda Baqara surasi 2:190 dan boshlab 24 marta yozilgan qoida), ammo faqat undan qo‘rqadiganlarni kechiradi (Imron surasi 3:76). Shu sababdan musulmonlardan hech biri, Alloh u uchun jannatda joy tayyorladimi yoki uni do‘zaxdagi keng darvozalar kutyaptimi, ularni nima kutayotganligini ular bilmaydilar.

Islom mixlangan Xudo O‘g‘lini tan olmaydi. Islomda odamzod uchun gunohni yuvadigan Xudo Qo‘zisining qurbonligi degan tushuncha yo‘q. Shuning uchun musulmonlardan hech kim gunohlardan oqlanishni tushunmaydi; ular inoyat ichida yurmasdan, o‘z gunohlari ichida yuradi. Imonimizning ikkinchi e’tiqodi musulmonlar tomondan rad etiladi. “Masih orqali najot topish” degan tushuncha va fakt islomda joy olmaydi. Haqiqqiy Najotkor ularning nazaridan yashirilgan.


2.03.4 - Alloh bu Muqaddas Ruh emas

Islom nafaqat Ota va O‘g‘ilni rad qiladi, balki Muqaddas Ruh bu Xudo emas, bu faqatgina farishtalar va jinlarga o‘xshab yaratilgan bir ruh, deb ishonadi. Muqaddas Ruh bu Maryam va Muxammadga xabarlarni etkazgan Jabroil farishta, deb hisoblanadi. Xudo Ruh bo‘lib Masih qiyofasida kelib, bugun imonlilar orasida yashayotgani islomdagi ham sunna, ham shia musulmonlari uchun sir bo‘lib qolyapti. So‘fiylar – islomdagi mistik (g‘ayritabiy kuchlarga ishonch) oqim, Alloh odamlar ichida yashaydi deb umid qilib yuradi, ammo ular xochning gunoh yuvadigan hodisa ekanligini va faqatgina shu orqali Xudo odamlar ichida yashashi mumkinligini rad etadilar.

Musulmonlar Muqaddas Ruhni va Uning odamlar ichida yashashini tan olmasligini aytish lozim. Shuning uchun, ular Isoni Rabbim deb ayta olmaydi (1 Korinfliklarga 12:3; Rimliklarga 8:9).

Agar Muqaddas Ruh odam ichida yashamasa, o‘sha odamda ibodatiga javob olaman, najotga ega bo‘laman degan jasorat va abadiy hayot erishishga aniq umid bo‘lmaydi. Musulmon bilan ruhiy suhbat o‘tkazadigan har bir odam, ulardan ko‘plari dindor bo‘lib yuirshini va Allohdan mehr kutishini ko‘rish mumkin. Ammo islomda najot uchun haqiqiy jasorat yo‘q.

Musulmon odam shunday deyishi mumkin: “Nimaga Alloh, o‘zini ikki oyog‘li, bir-birining ustiga chiqib, bir-birini o‘ldiradigan chumolilarning g‘amini eyishi kerak? Alloh hamma ibodatlarni eshitish darajasidan buyukroqdir. Albatta, u xohlagan ibodatiga javob berishi mumkin, ammo u nimaiki xohlasa qilaveradi.” Abadiy Ota har bir farzandining faryodini eshitishi haqidagi tushuncha hamda Xudo bilan shaxsiy munosabat islom dinida yo‘q. Musulmonlar Allohning farzandlari emas, ular uning bandalari.

Agar siz musulmon odamdan uning gunohlari kechirilgan yoki yo‘qligini so‘rasangiz, u eng ijobiy javobni beradi: “Agar Alloh xohlasa!” bo‘ladi. Ammo musulmonlardan hech kim bu aniq Allohning irodasimi yo‘qmi bilmaydi. Boshqa tomondan biz, masihiylar, shunday guvohlik berishimiz mumkin: “Ha, Xudo hamma gunohlarimizni kechirgan, chunki Uning O‘g‘li Iso bizning ayblarimizni olib, xochga mixlangan.” Yupatuvchi, Muqaddas Ruh yuragimizda biz oqlanganimizni va Xudoning oilasiga qabul qilganimizni tasdiqlaydi (Rimliklarga 8:16; Efesliklarga 2:18-22).

Bo‘lmasa, qanday qilib ba’zi masihiy dinshunoslar: “Islomdagi Alloh masihiylik va iudaizmdagi Xudoga o‘xshaydi!”, deyishadi. Nahotki ular Yangi Ahdda: “Kim Xudoning O‘g‘liga ega bo‘lsa, hayotga egadir. Kim Xudoning O‘g‘liga ega bo‘lmasa, hayotga ega emas” degan so‘zlarni o‘qimagan bo‘lsalar? (1 Yuhanno 5:12). Agar odam o‘zini xoch nuqtai nazaridan ko‘rmasa, unda abadiy hayot yo‘q. “Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin.” (Yuhanno 3:16).

Biz tan olishimiz kerakki, agar Muqaddas Ruh odamning hayotida bo‘lmasa, unda abadiy hayot yo‘q. Hech qanday musulmon unda abadiy hayot borligiga amin bo‘lmaydi, chunki u Masihni, ya’ni “Hayotni” qabul qilmagan. U uchun faqatgina hukm va jazo qoladi, ammo Masihga ergashuvchilar esa Isoning o‘limi tufayli jazodan qutuladi (Yuhanno 3:18).


2.03.5 - Allohda sevgi yo‘q

Ikkala dinda ham Xudoning Shaxs ekanligi solishtiriladi. Biz Xudo sevgi ekanligini bilamiz. Islomda esa Alloh rahmdil deb ataladi. Siz shunday savol berishingiz mumkin: “Nahotki Qur’onda eng ko‘p uchraydigan Allohning ismi sevgini bildirmasa? Nahotki rahm-shafqatlik bilan sevgi bir bo‘lmasa?” Mumkin, bu o‘rnakli misol rahmdil bilan sevgi so‘zlarining farqini ko‘rsatadi. Agar kuyov kelinga: “Men senga rahmim kelgani uchun uylanmoqchiman!” desa, qizning reaktsiyasi qanday bo‘ladi? U bunday yigitdan qochib ketishi aniq! Ammo agar u: “Seni sevaman, shuning uchun uylanmoqchiman” desa, hammasi joyiga tushadi.

Alloh ismining ma’nosi hatto rahmdil bo‘lsa ham, u barbir ulug‘, yuksaltirilgan va yagona bo‘lib qolaveradi, Alloh muhtoj bandalariga birozgina yordam berishi mumkin, xolos. Hatto rahmdillik ko‘rsatayotganda ham, u barbir uzoq va begona bo‘lib qolaveradi.

Bizning Xudoimiz esa sevgi bilan bizning darajamizgacha tushib, Iso Masih qiyofasida erga keldi. U qul qiyofasida keldi, o‘zini eng past darajagacha tushirdi, aybimizni va hukmni O‘ziga oldi. Biz, gunohkorlar uchun Uning qurbonligi bu abadiy muqaddas sevgisidir.

Biz uzoq va begona Xudoga ishonmaymiz, balki Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhdagi Xudoga ishonamiz. U esa bizga najot berishga ikkilanmadi va ichimizda maskan qildi. Biz hatto shunday deyishimiz mumkin: “Hozirgi Xudo oldingi ism bilan yashamaydi, chunki Iso erga kelgandan keyin o‘zgarishlar bo‘ldi. Hozir Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh bor.” Natijada, Uchbir Xudoni rad qilayotgan har bir kishini ko‘rib, biz, haqiqiy Xudo yashirilganligining belgisi o‘sha kishidir, deb ayta olamiz.


2.03.6 - Sizlar ularni mevasidan bilasizlar

Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhdagi Xudodan islomdagi Alloh mutlaqo farq qilgani uchun, ikki e’tiqodning hayot tarzi, madaniyati va odobahloqi birbiriga to‘g‘ri kelmaydi.

Islomdagi ber necha qoidalardan biri, bu butun g‘oyalar qonun va adolatdan iborat, degan qoidadir. Hayot to‘liq qonun orqali amal qiladi va qonun ostida qoladi. Gunoh jazoni talab qiladi. Eski Ahddagi so‘zlar Qur’onda ham takrorlanadi: “Biz unda ularga jongajon, ko‘zgako‘z, burungaburun, quloqqaquloq, tishgatish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik” (Moida surasi 5:45; Chiqish 21:23,24).

Masihning ta’limoti esa sevgiga asoslanib, U O‘z shogirdlariga boshqa qoidani o‘rgatdi: “Lekin men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar… Shunda siz osmondagi Otamizning o‘g‘illari bo‘lasizlar...” (Matto 5:44-45).

Osmondagi Otamiz hamma odamlarni Masih o‘limi orqali shartsiz kechirgani uchun, masihiy odobahloq va hayot tarzi odamlarni shartsiz kechirish printsiplari asosida qurilgan. Iso bizni: “Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham gunohlarimizni kechirgin” deb ibodat qilishga o‘rgatgan (Matto 6:12). Ibodatdagi so‘zlarni shunday so‘zlar bilan davom ettirdi: “Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi” (Matto 6:15).

Masihiylikda Xudoning sevgisi va shartsiz inoyati hayotning muhim tarzi bo‘lgan. Islom dinida esa hayotni boshqaradigan narsalar bu qonun va adolat. Musulmonlarning har kungi gapi quyidagilardan iborat: “Men haqdorman” (so‘zma-so‘z ma’nosi “Haq men tomonda”), “sen noto‘g‘ri yo‘ldasan” (ya’ni “Sen adashayapsan”). To‘g‘rilik haqida gapirganda musulmonlar egilmaydilar, chunki bironta odamga yon berish adolatsizlik hisoblanadi.

Shu sababdan har bir gunoh yoki hato javobgarlikka tortiladi va jazoga loyiq bo‘ladi. Agar gunoh kechirilmagan bo‘lsa, adolat o‘z ishini qilish kerak. Biz Eski Ahdda to‘kilgan qon erdan faryod qilishi haqida o‘qiymiz (Ibtido 4:10). Masalan, qotillikning oqibati va qasosi bor. Islomda qon olish orqali qasd qilish bu Allohning qonunidir. Biror jinoyatchini yoki xatoni kechirish islom dinida noto‘g‘ri bo‘ladi. Eski Ahdda kechirish faqat qurbonlik va qon to‘kish orqali bo‘lgan. Musulmonlar nima uchun Xudo qurbonlik keltirishni talab qilayotganini tushunmaydilar. Yoki Iso O‘zini bir marta va butun odamzod uchun qurbonlikka keltirib, adolatli Xudoni qondirganini tushunmaydilar. O‘limga loyiq bo‘lgan insonlar uchun U muqaddas qonini to‘kdi. Ammo, islomda Iso orqali Xudo inson bilan munosabat qurishni istayotganini rad etgani uchun, qon to‘kish islomda hali ham qolyapti. Shartsiz kechirish islomda adolatsizlik deb hisoblanar ekan, inoyat adolatni bekor qilmaydi, balki adolat inoyatdan ustunroq bo‘ladi. Islom davlatlarida bo‘lgan odamlar “Tinchlik Uyi” nimaligini biladi, chunki ko‘p vaqt davomida o‘sha erlarda hamisha qon tukilgan paytlarni biladi. O‘sha joylarda odamlar birbirining yoki oilaning izzatini ushlash uchun bir-biri bilan urishib, faqat qon to‘kkan.

Yaqin Sharq davlatlarida urush kamdan kam o‘zaro kelishuv bilan to‘gaydi. Er uchun huquq, suvlar va quduqlar uchun huquqlar hamisha tiklanishi kerak. Agar kelishuvga erishilmasa, yuragida tinchlikni yo‘qotadilar. Isroil Sinay tog‘larining 99.99% Misrga qaytarganda, misrliklar shunday degan: “O‘sha tog‘lardagi toshlarni ham bizlarga qaytaringlar.”

Bu huquqlarga qaratilgan munosabat orqali islomiy davlatlar va qabilalar orasida ko‘p biz tushunmaydigan janglar bo‘lyapti. Masalan, Eron va Iroq bir-birining neft nasoslarini yo‘q qilishdi. Anvar Sadat esa (70 yillardagi Misr prezidenti) Isroil bilan tinchlik saqlash bitimiga qo‘l qo‘ygani uchun, otib tashlashdi. O‘n yil davomida Livan davlatida fuqarolar urushi davom etgan. Suriyada alavitlar (shia musulmonlar) va Musulmonlar Birodarligi (sunna musulmonlar) bir-birini o‘ldirib tashlayaptilar. Kadaffi (Liviya sobiq prezidenti) neft boyligi orqali Chad davlatini egalamoqchi bo‘lgan va Marokash davlatining tinchligini buzmoqchi bo‘lgan. Islom ruhi bu betinch ruhi. Ismoil haqidagi Eski Ahd bashorati chin haqiqat ekan: “...uning qo‘li hammaga qarshi, hammaning qo‘li ham unga qarshi ko‘tarilgay. U barcha qarindoshlari bilan qarama-qarshilikka borib turajak” (Ibtido 16:12).

Musulmonlarnining adolat va qonunga ta’sirchan xavotirligi ularning Alloh haqidagi ta’savuriga bog‘liq. Qur’onda yozilgan musulmonlar o‘zilarni qurollar bilan himoyalashi kerak, Muqaddas Urushlar orqali qon to‘kib yurish kerak va islomni qoldirib Masihni Xudoning o‘g‘li deb qabul qilgan musulmonni o‘ldirishlari kerak (Moida surasi 5:9). Islomdagi Xudo bu qasos oladigan Xudodir va qonunni buzganga rahmsiz hakam bo‘ladi. Musulmonlarning shunday qonunchilik fikrlashi Alloh o‘zidan hamda o‘ta ketgan mag‘rurligidan va qasos xohishidan keladi.


2.03.7 - Oila instituti

Nikoh va oilaga nisbatan musulmonlarning munosabati shu qadar o‘zgarganki, masihiylikdagi va islomdagi Xudo bir deyish bema’nilik bo‘lardi.

Islom bo‘yicha Muxammad Allohdan har bir musulmonga qonunan to‘rtta xotin olish mumkinligi haqida vahiy olgan (Niso surasi 4:3). Ba’zi musulmon maktablarining talqin etishi bo‘yicha musulmonlarga vaqtinchalik oila qurishga ham ruhsat berilgan. Masalan, sayohat qilayotgan musulmon har xil joylardan o‘ziga ma’qul bo‘lgan xotinlar hamda ularning xizmatkor ayollaridan xotinlikka olishlari mumkin (Niso 4:3-34).

Albatta hozirgi zamonda faqatgina badavlat musulmonlar bir necha xotinlar olishlari mumkin, chunki bunaqa erkak har bir xotiniga teng darajada oziq-ovqat, kiyim va sovg‘alar etkazishi kerak. U farzandlariga ham xuddi shunday munosabat qilishi kerak. Agar musulmon odam bir necha xotin olgan bo‘lsa, u albatta har bir uyni ta’minlashi kerak. Tashqaridagi odam bunday uyda sodir bo‘layotgan nafrat, rashk va hasadlarni tasavvur ham qilolmaydi.

Tug‘ilish nazorat qilinayotgan bugungi kunlarda zamonoviy islom dinshunoslar Niso surasi 4:3 ni boshqacha talqin qilishadi. Ular, bu oyatda Alloh musulmonlarga bir xotin olishga buyruq bergan, chunki erkaklar to‘rtta xotin olishga imkoniyati yo‘q edi.

Zamonaviy olimlar nimaiki yozayotgan bo‘lsa, barbir islomda ayolning o‘rni erkakdan pastroq. Nikohdagi ayolni o‘rgatish bu erkakning javobgarligi. Bo‘ysunmagan ayol bilan erkak yotog‘ini uzoqlashtirishi mumkin yoki urishga haqi bor (Niso surasi 4:34). Sudlashish paytda bir erkakning guvohligi ikkita ayollar guvohligiga teng (Baqara surasi 2:282). Bolalar faqat otalarga tegishli. Hammaga ma’lumki, ona bolalarni ma’lum bir yoshgacha tarbiyalaydi, lekin keyin bolalar otalarga tegishli. Islom izohlashi bo‘yicha bu hammasi Allohning Qur’onda yozilgan farmonlaridir.

Ko‘p islom davlatlarida xotindan ajralish oson. Agar bu oddiy g‘azab sababidan bo‘lgan bo‘lsa, erkak boshqatdan ayolga uylanishi mumkin. Keyin agar erkak ikkinchi marta ayoldan ajralsa, unda boshqatdan unga uylanishga haqi bor. Lekin agar erkak uchinchi marta ajrashsa, bu vaziyatda boshqa uylanishga haqi yo‘q toki ayol boshqa erkakka tegib, yana ajrashmasa. Faqat shu vaziyatda ayol birinchi turmush o‘rtog‘iga tegishi mumkin (Baqara surasi 2:229,230).

Bu qonun orqali turgan chorasizlikni biz tushunmaymiz. Ayol erkak uchun turmush rafiqasi emas, faqatgina qandaydir bir narsa, maqsadlariga erishish vositasi bo‘ladi. Buning sababi, islomning insonga bo‘lgan dunyo qarashi: inson Xudo suratida yaratilmagan, u faqatgina qul. Shu sababdan xotin bilan erkak bir darajada turmaydi, faqat xizmatkorlardan ozgina yuqoriroq bo‘ladi. Ayol bu erkakning dalasi, nimani istasa o‘shani ekaveradi (Baqara surasi 2:223).

Erkakning ustunroq turishi hatto jannatgacha etib borgan. Allohga sodiq bo‘lib qolgan musulmonni keyingi ajoyib hayot qutmoqda – soya va salqinlik beradigan daraxtlar, shirin mevalar, toza daryolar; unga xizmat qilayotgan bir necha qizlar va yigitlar. Musulmonning xotinlari haqida Qur’on juda kam gapiradi (Rahmon surasi 55:54; Vaqia surasi 56:15-22,34-35,72).

Masihiylik nikohga butunlay o‘zgacha qaraydi! Ayollar ham Xudoning suratida yaratilgan, faqat erkaklar emas. Ruhiy munosabatlarida ham ular birbiriga nisbatan teng. Bir xotin olish (monogamiya) bu ayolning o‘rni bo‘lgan dunyo qarashdir. Oilada ayol rafiqa, sherik va hayotdagi muammolarni bir hal qiladigan madadkor bo‘ladi. Masih bir xotinli nikohlarni tasdiqladi va ajralishga qarshi bo‘lib chiqdi (Mark 10:6-12).

Havoriy Pavlus ayollarni chin yurakdan itoatkor bo‘lishga buyurdi, bu bo‘ysunish jamoatni Masihga bo‘ysunishiga o‘xshashi kerak. Masih O‘z jamoati uchun hayotini qanday bergan bo‘lsa, erkaklar ham o‘z hayotini xotin va bolalar uchun qurbonlikka berishi tayyor bo‘lishlari kerak (Efesliklar 5:22-25).

Bunday ruhiy printsiplar masihiycha hayotning hamma taraflariga ta’sir qilishi kerak. Masihiycha madaniyatning siri bu Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhning orasidagi sevgisidir. Islomda hayotning hamma taraflari qonunga asoslangan diktator Alloh printsiplaridan iborat. Shuning uchun islom va masihiylik bu ikkita har xil e’tiqod bo‘lib, Alloh va Uchbir Xudo orasida ham farq bor.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 09:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)