3.06 - Xulosa
Muxammad shaytonning yolg‘onlarini bilmadi. U o‘zini Allohga topshirdi va bu bilan o‘zini yovuz ruhga topshirib, arab tilida Xudo degan ism o‘zlashtirib oldi. O‘zini Alloh qilib ko‘rsatganda, shayton hamma musulmonlardan faqat unga sajda qilishni va Xudoning O‘g‘lini rad qilishni istaydi. Isoni rad qilgani uchun va unga sajda qilayotganlarga u baraka, hokimiyat, farovonlik va bu dunyoda baland lavozimlarni va’da beradi. Fotiha duosi o‘qiydiganlarning yuraklarida Masihga qarshi kuchni o‘rnatadi. Rabbimizning ibodati – bu musulmonlar aytgandek “Adashganlarning ibodati” emas; ammo Fotiha duosi o‘zi shunaqa ibodat bo‘ladi. Hatto Fotiha surasi xudojo‘ylik va odillik taassurotini bersa ham, haqiqatda musulmonlarni Masih najotidan har kun uzoqlashtiradi va ularni Xudodan qo‘rqinchli ravishda va haqiqatdan ham ajralishiga olib boradi.
Ammo Iso bu dunyoga yo‘qolganlarni topishga va qutqarishga kelgan. Shuning uchun hamma musulmonlarga to‘liq va beg‘araz najot taklif bermoqda. Hamma gunohlaridan tavba qilish kerak va o‘zlarni gunohkor deb tan olishi kerak. Isodan najotini so‘rab, o‘z xohishi bilan islomdan voz kechish kerak va o‘shanda Iso Masihga, Xaloskorga imon keltirib abadiy hayotga ega bo‘ladi. Iso esa uni Otaga olib keladi, toki u haqiqiy Xudoni bilib unga sajda qilsin va og‘zi bilan: “Sen mening Otamsan, Sening Isming hayotimda ulug‘lansin!” deb yolvorish kerak.
Biz, Uning inoyatini qismi bo‘lganlar, Rabbimiz ibodatini shakllantirib, musulmonlar uchun ham ibodat qilishimiz kerak, toki ular ham abadiy hayotga ega bo‘lsin; Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh oldiga kelsin. Kelinglar bittama‑bitta ularni Xudo oilasiga chaqiraylik, toki ular ham Otaning bag‘riga kelsinlar.
SAVOLLAR
Hurmatli kitobxon,
Agar siz bu kitobni diqqat bilan o‘qigan bo‘lsangiz, siz islomdagi va masihiylarning ikkita asosiy ibodatlarni to‘g‘ri tushundingizmi yo‘qmi, buni tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
- Al-Fotiha degan so‘z nima bildiradi?
- Bir kunda necha marta bag‘ishlangan musulmonlar Fotihani o‘qiydi?
- Bu ikkita ibodatni to‘rt qismga qanday bo‘lishimiz mumkin? Har bir qismiga qanday nom berishimiz mumkin?
- Islomda Alloh kim hisoblanadi? Alloh bilan osmondagi Otaning nima farqi bor?
- Islom so‘zi nima bildiradi? Qay darajada islom sig‘inish (sajda) dini hisoblanadi?
- “Dunyolarning Parvardigori” degan so‘zlar musulmonlarga uchun qanaqa oqibatlar keltiradi?
- Nima uchun Oxirat kuni islomda eng yuqori nuqta hisoblanadi?
- Osmondagi Otamizni er yuzida qanday ulug‘lash va e’zozlash mumkin?
- “Sening Shohliging kelsin” degan so‘zlar siz uchun qanaqa ma’noni bildiradi?
- Osmondagi Ota uchun va boshqalar uchun qanaqa?
- Islomdagi osmonga qaratilgan iltijolar bilan Rabbimizning ibodati qanday farq qiladi?
- Musulmon odam qanday Allohga amaliy xizmat qiladi?
- Musulmon odam Xudovanddan nimani kutadi?
- Fotiha surasida qanaqa iltijo aytilmagan?
- Nima uchun Iso shogirdlariga bir kunlik rizq so‘rashni o‘rgatadi?
- Rabbimiz ibodatida “biz” degani nima bildiradi?
- Qaysi noyob iltimos bizni hamma kamchiliklardan ozod qiladi?
- Gunohlaringiz kechirildimi, yo‘qmi, qaerdan bilasiz?
- Nima uchun musulmonlar gunohlari kechirilgan yoki kechirilmaganiga ishonchi komil emas?
- Gunohlarimizni kechirgin, degan so‘zlarda “biz” so‘zi nimani bildiradi?
- Ibodatda “kabi” degan so‘zning amaliy ma’nosi qanaqaligi esingizdami?
- Nima uchun musulmon odam ko‘pincha dushmanlarining xatolarni kechirmaydi? Nima uchun bugungi kunlarda ham islom dinida qasos ishlatiladi?
- Nima uchun zinokor ayolni Iso oqladi?
- Nima uchun siz boshqalarga hammasini kechirishingiz kerak?
- Xudo sizni qanday sevgan bo‘lsa, dushmaningizni shunday seva olasizmi? Qanday?
- Islomda to‘g‘ri yo‘l deganda nima nazarda tutiladi?
- Nima uchun qonun hech qachon uning ostida yuradigan odamni oqlanmaydi?
- Islomda “inoyat” degan so‘z nima ma’no bildiradi? Xushxabarda qanaqa ma’nosi bor?
- Musulmon olimlar bo‘yicha Allohning g‘azabi kimning ustida?
- Fotiha duosi bo‘yicha nima uchun masihiylar yo‘qolgan deb hisoblanadi?
- Osmondagi Otamizdan vasvasaga duchor qilmagin deganimizda qaysi ma’noda gapiramiz?
- Oqlash va muqaddas qilish so‘zlar orasida qanaqa farqi bor?
- Nima uchun najot topgan imonlilar osmondagi Otadan yovuz shaytondan xalos qilgin deb iltijo qiladi?
- Nima uchun Iso shaytonni yovuz deydi?
- Rabbimiz ibodati nuqtai nazarida siz qaerda turibsiz?
- Fotiha surasi va Rabbimiz ibodatini solishtirganimizda nimani o‘rgandingiz?
Bu savollarga javoblaringizni alohida bir varaqqa izohlab yozing. Agar siz savollarning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsangiz, biz sizni aloqa orqali Injil o‘qish kursiga ro‘yhatga olamiz, toki siz ishonch, umid va sevgida o‘zingizni yanada mustahkamroq qiling. Javoblarda ismingiz va manzilingizni to‘liq yozishni unutmang. Javoblaringizni ushbu manzilga yuboring:
GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY