Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 2.02 Allah in the Thoughts and Lives of Muslims

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 2 - Islomdagi Alloh kim?

2.02 - Alloh musulmonlarning fikrlarida va hayotlarida



2.02.1 - Butun dunyo bo‘yicha islom e’tiqodi

Musulmon odamning Alloh bilan munosabati har kunlik besh mahal namoz o‘qishida ko‘rinadi. Bu islomdagi shartli ustunlardan bittasi hisoblanadi. Bu sajda davomida musulmon Alloh oldida 34 marta egiladi. Tuban tushib yotgan va ibodat qilayotgan musulmonni ko‘rgan odam taassurotda qoladi. Musulmon odamning egilishi “ISLOM” so‘ziga eng to‘g‘ri keladigan talqin qilish namunasi bo‘ladi, chunki bu so‘z “taslim bo‘lish, buysunish va zabt etish” degan ma’nolarni beradi. Bu so‘zlar xudojo‘ylik ma’nosiga egadek tuyuladi va musulmonning to‘liq Allohga buysunishini tavsiflaydi.

Kun bo‘yi Alloh oldida 34 marta sajda qilayotgan musulmonni ko‘rgan odam u haqida “bu odam erkin emas” degan fikrga keladi. Endi u o‘ziga tegishli emas, chunki uning hayot mazmunini va fikrlashini Alloh yo‘naltiradi va ta’sir qiladi. Hatto arab tilidagi diniy xizmat (namoz), joynamoz va namozxon so‘zlari bitta so‘zdan kelib chiqqan. Bu so‘z “qul” degan ma’noni bildiradi. Islomga binoan har bir inson Allohning bandasi (quli) bo‘ladi. Hech kim erkin emas. Hech kim o‘zi uchun yashamaydi. Har bir inson o‘zining Yaratuvchisiga tegishli. U sajda qilish va har doim shartsiz xizmat qilish yaratilgan.

Agar erdan koinotga uchib va u erdan odamzodga bitta ulkan teleskop orqali qarashga imkoniyat bo‘lganda, biz butun er bo‘yicha kuni bilan millionlab besh mahal muk tushib, sajda qilayotgan musulmonlarini ko‘rishimiz mumkin edi.

Tongda, qorong‘ida, saharda musulmonning namozi Fillipin davlatida boshlanadi. Keyin sajda to‘lqini Indoneziya, Malayziya, Bangladesh, Hindiston, keyin Eron va Turkiya davlatlarida o‘tadi. Oxirda bu to‘lqin Evropaga etib keladi va aynan shu paytda Xitoydagi musulmonlar uchun namozning ikkinchi mahali boshlanadi. Xindistondagi va O‘rta Osiyodagi 45 million musulmonlar ikkinchi mahal namozni yakunlayotgan paytda, kunduz soat uchda uchinchi namoz mahali Uzoq Sharqda boshlanadi. Ushbu sajda qilishlar to‘lqini ketma-ket bo‘lib, musulmonlar hayotini islom madaniyatiga shakllantiradi. Amerikaning sharqida tong otishi bilan, Nil daryosidagi (ya’ni Misr) musulmonlar tush vaqti, jazirama issiq paytida namoz orqali sajda qiladilar, Pokistonda esa erkaklar masjidlarda yana namoz uchun yig‘iladi. Quyoshning botishidan ikki soat o‘tib, musulmonning oxirgi namoz vaqti etib keladi. Shu payt ko‘yoshning nurlari Ganga daryosi yaqinida sajda qilayotgan musulmonlarning yuzlariga tushadi. Makkaga ziyoratga borgan musulmonlar esa, bu paytda Kaba qora tosh oldida sajda qiladi. O‘sha onda ikkinchi mahal namoz to‘lqini Marokashning Atlas tog‘larida yashayotgan sodiq musulmonlargacha etib keladi, birinchi mahal namozi esa o‘sha paytda Amerikadagi Rokki tog‘lariga etib keladi.

Ushbu besh mahal namoz to‘lqinlari dunyodagi millionlab musulmonlarni Allohga sajda qilish uchun birlashtiradi. Islom – bu juda qattiq hurmat va sajda qilish dini. Ko‘p musulmonlar o‘zlarini 17 marta namoz o‘qishga tarbiyalash uchun bajonidil va katta hurmat bilan duo qiladilar.

Tongda muazzinlar minoralardan radiokarnay orqali odamlarni namozga chaqiradi: “Turinglar namozga! Omad uchun turinglar! Namoz uxlashdan afzalroqdir!”

Agar masihiylar ibodat qilishni o‘ylamasa va musulmonlar uchun muntazam duo qilib turmasa, musulmonlarning masihiy elchilariga hamda charchagan masihiylikka qarshi chiqishlariga hayron bo‘lmasalar ham bo‘ladi.

Minoralardagi chaqiruvda bitta muhim dav’at bor, bu “Omad uchun turinglar!” degan so‘zlar. Allohga xizmat qiladigan odam mukofot olish uchun xizmat qiladi. Namozlarni vaqtida o‘qiydiganlar bu dunyoda va narigi dunyoda barakalarni kutadi. Allohga o‘zini bag‘ishlab, uning buyuruqlarga buysunib, ko‘p barakalarga ega bo‘lish mumkin deb ishonadi musulmonlar. O‘zlarini hatto jannatga loyiq deb ishonadilar. Musulmonlar, rahmshafqat qilib qutqargani uchun Allohga shukr qilishni so‘z bilan emas, balki ishlar va duolar o‘qish bilan ko‘rsatish kerak, deb hisoblaydilar. Shu sababdan, islom – bu o‘z harakati bilan poklikka dav’at qiladigan din bo‘lib, odamlarni xayrli ishlarga chaqiradi va bu orqali najotga erishishga umid beradi.

Islomda ibodat bu ixtiyoriy (ko‘ngilli) harakat emas, bu bir majburiy, odamning burchi va qonun deb, hisoblanadi. Ba’zan Saudiya Arabistonida odamlarni masjidlarga kirishga majbur qiladigan politsiyachilarni ko‘rish mumkin. Musulmonlarning iltifotsizligi uchun Allohning qahri davlatga tushmasin deb, ular bunga majbur qiladilar. Islom – bu Alloh buyruqlari ostidagi din. Islomda hayotning hamma sohalariga doir har xil qoidalar bor. Alloh bu narsalarning hammasini ustida, markazida deb, ishonadilar.

Islomda pok bo‘lishga qattiq intiladilar. Namoz o‘qishidan oldin har bir musulmon tahorat qilishiga majburdir: qo‘llarni tirsakkacha, oyog‘larni, og‘zini, yuzini va hatto sochlargacha yuvishi kerak. Har bir odam Allohga duo qilish uchun uning oldida pok bo‘lib turish kerak deb biladi. Agar odam to‘liq tahorat qilmagan bo‘lsa, uning namozi qabul qilinmaydi. Ammo masihiylar, bu marosimlar odamning yuragini va ongini poq qilmaydi deb biladilar. Ammo kuniga besh marta tahorat qilishini ko‘rib, musulmonlar uchun poklik juda muhim deb tushunish mumkin.

Musulmonlarning asosiy duosi, Fotiha surasida shunday so‘zlar bor: “Bizni to‘g‘ri yo‘l bilan olib bor, sen barakat bergan odamlarning yo‘llari bilan olib bor, g‘azabing ostida yuradigan odamlarning g‘azabi bilan emas, sendan qochib yurgan odamlarning yo‘llari bilan emas” (Fotixa surasi 1:23). Ushbu nola so‘zlari musulmon odamning Allohni etaklovida va unga bog‘liq bo‘lish istagini ifoda etadi. Masihiylar uchun buni rad etish noto‘g‘ri va mag‘rurlik bo‘ladi, chunki musulmonlar haqiqatdan Allohga sodiq bo‘lib, xizmat qilishni istaydilar. Hattoki ularning intizomi, samimiyati va duo qilishda doimiyligi biz uchun ko‘p namuna bo‘lish mumkin. Har bir musulmon shubhasiz Xudoga chin yurakdan xizmat qilishga intiladi. Duolarda musulmon odam Allohni chaqiradi. U izzat ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, Alloh uchun urushga borishga tayyor va o‘zini Allohga to‘liq bag‘ishlaydi. Eski Ahdda Xudo har bir samimiy duoni eshitadi deyilgan (Ibtido 21:17; 16:7-14). Hatto bu duo musulmondan kelsa ham.


2.02.2 - Allohning 99 nomlari

Musulmon odamning fikri bo‘yicha Alloh kim? U ular uchun kim bo‘ldiki, ular unga shunchalar sig‘inadi?

Tarixda yozilishicha, Muxammad Makka va uning atrofidagi shaharlarda butlarga, hayqalchalarga va boshqa tasvirlarga sig‘inadigan halqlarga nisbatan rahmsiz jang qilgan. U qat’iylik bilan shunday o‘rgatar edi: “Alloh yagona! Boshqa xudolar yo‘q!” muxammad yagona Xudo borligi haqida Arabiston tomonda yashaydigan yaxudiylardan eshitgan, chunki Rim davrida ba’zi yaxudiylar quvg‘inga tushib, o‘sha joylarga qochgan. Yaxudiylardan ta’sirlanib, Muxammad Eski Ahdda payg‘ambarlar qanday butparastlikka qarshi chiqqan bo‘lsa, xuddi shu singari butun Arabiston erlarini butparastlikdan ozod qildi (Ixlos surasi 112:1-4).

Islom aqidasining birinchi yarmida Alloh yagonaligi va Allohdan tashqari boshqa xudolarni tan oladigan dinlar bilan islom dini orasida aniq chegara qo‘yiladi. Millionlab musulmonlar har kuni “Alloh yagona va undan boshqa xudo yo‘q!” deb e’tirof etadilar. Bu shohidlik islom dinining mag‘zi hisoblanadi. Kimki bunga so‘zsiz rozi bo‘lmasa, musulmonlarning nazarida butparast hisoblanadi. Har bir din, agar bu bilan rozi bo‘lmasa, musulmonlar tomonidan so‘zsiz rad qilinadi.

Muxammad faqatgina Allohning noyobligini emas, balki Allohning turli ismlarni tavsif qilgan. Islom dinshunoslari Qur’onda yozilgan Allohning hamma fikrlarni va ishlarini “Allohning 99 eng go‘zal ismlari”ga umumlashtirdilar. Bu ismlar Qur’onda bir xil tartibda uchramaydi. Ba’zi ismlar yuz martalab uchraydi, ba’zi ismlar birikki marta, boshqa ismlarni esa ko‘rinmaydigan holda uchraydi. Arab tilida hamma sifat so‘zlarni ot so‘zi deb tushunish mumkin, shuning uchun Alloh haqida Qur’onda ko‘rsatgan sifatlarni ham uning ismi deb tushunish mumkin.

Agar kimki harakat qilib, Allohning ismlarini muhimligi va sodir bo‘lish darajasi bo‘yicha tartibga solsa, o‘sha inson Muxammadning fikrlash va o‘ylash darajasiga yaqinlashadi. Alloh hamma narsani bilguvchi va uning donoligiga chegara yo‘q. U hamma narsani tushunadi va hamma narsani qamrab olgan. U hamma narsaga qodir va uning qudratini chegarasi yo‘q. Qudrati qurishga ham, buzishga ham etadi. Shuning uchun u benuqson va hamma narsadan yuksak bo‘lishga loyiq, buyuk va beo‘lchov, mahobatli va hamma narsaga qodir. Hech kim unga teng kelmaydi. U tirik, abadiy, cheksiz, behad, birinchi va oxirgi, yagona va chiroylikka beqiyosdir. Shuningdek,u maqtashga loyiq va ajoyib, muqaddas, nur va tinchlik beruvchi. U haqiqatan mavjud va hamma narsaga poydevor. Alloh O‘z so‘zi orqali hech narsadan hamma narsani yaratgan.

Alloh butun mavjudotga hayot beradi va butun mavjudot uning oldiga yana qaytadi. U hayot beradi va o‘lim keltiradi (Araf surasi 7:44). U o‘likni tiriltiradi va butun olamni birlashtiradi. U yuksaltiradi va past qiladi. Alloh himoya qiladi va hujum qiladi. U yo‘lga soluvchi va vasvasaga soluvchi. Kimni xohlasa xalos qiladi, kimni xohlasa hukm qiladi (Araf surasi 7:44, Anfal 8:27, Nahl 16:35, Insan 76:32).

Bundan tashqari uni rahmdil va mehr-shafqatli deydi, lekin barbir u qasos oluvchi. U hamma narsani muntazam yozib boryapti, shuning uchun oxiratda hukm qilayotganda uni hech kim pora orqali sotib olmaydi va u bilan bahs qilolmaydi. U eng odil hakam va hukm qilayotganda har bir inson qilgan ishiga yarasha oladi.

Uning haybatli qudrati omadli “eshikni” ochishi mumkin, yoki inson tomondan reja qilingan voqeyalarga to‘siq qo‘yishi mumkin. Hamma narsa va har bir inson uning qo‘lida. U eshiklarni ochadi va yopadi. Hech narsa uning irodasisiz bo‘lmaydi. Unga o‘rtakashlik kerak emas. Hamma narsa unga bog‘lik. U musulmonlarga nisbadan iltifotli va sabr-toqatli, sodiq va mehr-shafqatli. Hamma hadyalarni va qobiliyatlarni u beradi. U odamzodga rizqu ro‘zini beradi. Uning qo‘lida hamma narsa bo‘lgani uchun, boshqa odamlarni boy qilishga kuchi etadi. Uni maqtayotganlarni himoya qiladi. Bunday insonlarga marhamat qiladi va unga sajda qilayotganlarni barakalaydi.

Gunohlardan tavba qilganlarni Alloh tan oladi va kechiradi, chunki u kechuruvchidir. Musulmonlarga nisbatan u mehribondir va ular bilan yaxshi munosabat quradi. Ammo, Allohning mehribon hislatlari shaxsan menga qaratilgan yoki Allohning g‘azabi meni nobud qiladi, deb hech bir musulmon ayta olmaydi. Ko‘pincha Allohning ismlarini odamlar dilida fikr qilib yuradilar. Ular ismlarning aniq ma’nosini tushunmaydilar. Allohning qahrli va qo‘rqinchli xislatlari odamlarning yuraklarida vahima keltirib chiqaradi, shu sabab ular qonunlarga bo‘ysunishga harakat qiladilar. Agar biron odamning hayotida qashshoqlik yoki kasallik bo‘lsa, musulmonlar buni Allohdan jazo deb qabul qiladilar. Xuddi shunday qilib, badavlat va hayotida omad ko‘rgan odamni musulmonlar hurmat qiladi, chunki buni Allohga ishonib, unga bo‘ysunib yurgan odamga kelgan Allohning barakasi deb qabul qiladilar. Arabistondagi ba’zi musulmonlar shunday deydilar: “Allohga 1300 yildan beri sodiq bo‘lganimiz uchun u bizni neft bilan barakaladi.“

Agar bizga Allohning ismlarini tushunmasdan, musulmon odamga murojaat qilib: “Menga aytingchi Alloh kim? Uning ismlari haqida nima deb o‘ylaysiz?” deb savol bersak, ko‘pincha u sizga qarab, qo‘llarini ko‘tarib “Alloh bu Alloh!” deb javob beradi. Bu degani, Allohni isbotlab yoki tavsiflab bo‘lmaydi degani. Odam faqat unga ishonish kerak bo‘ldi, degan javob eshitishingiz mumkin. U javobini “Allohu akbar!” deb tugatishi mumkin.

Keyingi gaplarda biz qisqa qilib, har kuni millionlab aytiladigan, musulmonlarning aqidasini ko‘rsatmoqchimiz. “Allohu akbar!” deb, Xomeynining inqilobchi askarlari hayoti nobud bo‘lishini bilsa ham, bombalar yashirilgan dalaga yugurib borishga tayyor edilar. Har kuni radiokarnay orqali bu so‘zlar qirq marta takrorlanadi. Bu sadolar do‘konlar, uylar, maktablar va tashkilotlar uzra yangraydi. Ammo bu to‘liq gap emas. Bu faqatgina bir gapning parchasi. Bu gapning ma’nosi doimo tarjima qilinayotgandek “Alloh buyukdir” yoki “Alloh eng buyukdir” emas. Bu so‘zning to‘g‘ridanto‘g‘ri tarjimasi “Alloh buyukroqdir!” degan ma’noni beradi. Eshituvchi har bir odam gapning qolgan qismini o‘zi tugatish kerak: Alloh hamma faylasuflardan donoroqdir, hamma chiroyli narsalardan chiroyliroqdir, eng kuchli odamlardan, qurollardan kuchliroqdir va biz biladigan eng buyuk narsalardan buyukroqdir. Alloh noyobdir, tekshirib bo‘lmaydigan va tushunib olmaydigan – uzoq, cheksiz va noma’lum Xudodir. U haqida bilmoqchi bo‘lsak, fikrlarimiz etarli bo‘lmaydi, u haqida fikrlasak, hatto noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki Allohni tushunib bo‘lmaydi. U bizni faqat tushunadi. Biz uning oldida faqatgina bandalarmiz. Bizning vazifamiz unga bo‘ysunish.

Evropa va Amerikada mashxur bo‘lgan ratsionalizmga, ya’ni ong bilan qarashga Islom dini qarshi bo‘lib chiqadi. Uzoq vaqt davomida islom dinshunoslari Allohni so‘zlar va falsafa orqali ta’riflab bo‘lmaydi deyishgan. Allohni va uning shaxsiyatini tushunishga va o‘rganishga hatto xohish ham bo‘lmagan (Al-Raad surasi 13:13).

Agar biz buni tushunsak, muhim fikrni anglaymiz. Bu fikrni bir islom dinshunos al-G‘azali aytgan. U “Allohning 99 ismlari” haqida ko‘p vaqt davomida mulohaza qildi. Nihoyat, shunday dedi: “...bu ismlar bir tomondan qandaydir ma’noga ega, ammo boshqa tomondan esa hech narsani anglatmaydi”. Allohning ismlarida bir ism boshqa ismga qarshi bo‘lib chiqadi va ma’nosi ba’zan takrorlanadi. Hech kim Allohni tushuna olmaydi. Bag‘ishlangan musulmonlar faqat notanish va juda olisda bo‘lgan Allohga sajda qiladilar. Uning oldida ular qo‘rqib va izzat qilib, hamda hamma qonunlarga qattiq bo‘ysunib yuradi.


2.02.3 - Islom – Allohni markazga qo‘yadigan madaniyat

Agar bu fikr hayotda amalga oshsa, buning qanaqa oqibatlari qanday bo‘ladi? Buyuk va hamma narsani qamrab oluvchi Xudoning surati musulmonning uydagi, o‘qishdagi, ishdagi va siyosatdagi har kunlik hayotini belgilab beradi. Ibtido 1:27 da shunday deyiladi, “Shunday qilib Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini, erkagu ayol qilib yaratdi ularni”. Buning ma’nosi shuki, odamlar dinda Xudoni qanday tushunsalar, madaniyatini ham o‘shanga asoslanib, o‘shandan namuna olib quradilar.

Masalan, islom dinida, oilada er va xotin teng emas, deb hisoblanadi. Oilada ayolning fikri oila bo‘yicha muhim emas, deb ishonadilar. Uyda erkak bosh bo‘lib, hamma qarorlarni o‘zi qabul qiladi va hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlaydi. Qonun bo‘yicha uning bolalari faqat unga tegishli bo‘ladi. U oilani ta’minlaydi, non va kiyim-kechak etkazib turadi, pul masalalarini faqatgina u hal qiladi. Uning xotini hayotda tengdosh emas va ko‘pincha faqat uning jismoniy xohishlarini qondirish uchun berilgan deb hisoblanadi. Ba’zan xotin faqat dunyoga farzand keltirish uchun berilgan deb hisoblanadi. Albatta, istisnolar ham bor va ba’zan gumanizmdan ta’sir olib, xotinlariga imkoniyat va hokimiyat beradigan vijdonli va ta’sirchan arablar ham uchraydi. Masihiy dunyo ham ma’lum darajada arablarning urf-odatlariga ta’sir qilgan. Lekin umuman aytganda, islom bu erkakning dunyosi, ayollarning o‘rni esa ko‘proq orqa tomonda. Buni ko‘chalarda, masjidlarda, kafelarda ko‘rish mumkin. Xomeyni o‘z vaqtda ayollarni eski vaqtlardagi islom bo‘yicha tutish kerak degan qonuonlar chiqargan.

Ba’zan musulmon otalar bitta o‘g‘il va uch qizga ega bo‘lsa, bu haqida “Menda bitta farzand va uchta qiz bor” deb gapiradilar. Hayotning hamma sohalarida erkak ayoldan ustun turgani ko‘rinadi. Erkak boshqaruvchi bo‘lib, ko‘chma ma’noda “uyning egasi” bo‘lib hisoblanadi.

Shu vaqtgacha maktablarda muallim ko‘p huquqlarga ega bo‘lib, talabalar ustidan hokimlik qilib, qattiq nazorat qilgan. Ular o‘qitadigan mavzularni tushuntirib bermasdan, faqat yodlashni majbur qilgan. Sinfda darslar o‘tgan darslarning mavzularini takrorlashdan boshlangan. Darsni yodlamagan har bir o‘quvchi jazolanardi.

Ko‘p islom maktablarida dars mazmunini tushunish, mustaqil fikrlash va xarakterni o‘stirish ta’lim tizimining maqsadi emas; ammo ko‘proq passiv tarzda o‘stirish va bo‘ysunishga ko‘proq urg‘u beriladi. Bu juda ham islom dinining nazariyasiga o‘xshaydi. Musulmon odamga Qur’on haqida tanqidiy muhokama qilishga taqiqlanadi. U passiv tarzda yozilgan narsalarni qabul qilib, faqat yodlash kerak. Shuning uchun islom ta’siri musulmon odam intuitiv ravishda har kuni Alloh qonunlariga bo‘ysunadi. (Injilni yodlagan nechta masihiylarni bilasiz? Ammo musulmonlar ichida Qur’onni to‘liq yoki ko‘p qismini yod olganlar bor).

Islom davlatlarida ta’lim usullari va fikrlash namunalari Alloh tomondan Muxammadga berilgan vahiyga asoslanadi. Ya’ni inson aktiv va javobgar bo‘lishga chaqirilmagan, ammo taqdir deb, o‘zini bag‘ishlash kerak. Shuning uchun musulmon odam o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olmaydi, chunki yoshligidan u o‘z irodasini va fikrini Allohni markazga qo‘yib yashaydigan jamiyat ichida o‘sgan.

Musulmon davlatlaridagi siyosiy tizimda halqni boshqarish uchun demokratiya shakli eng ma’qul shakl bo‘lib hisoblanmaydi. Buning o‘rniga halq sulton va boshliqlarga qarab, ularni Alloh boshqaryapti deb qabul qiladi. Islomiy dunyoda qattiq qo‘l, islom orqali jang qiladigan va tartib olib kelgan boshqaruchilar hamisha olqishlangan va ular bilan faxrlanishgan.

Arab maktablarida g‘ayrioddiy ism-sharifga ega bolalarni ko‘rish mumkin. Masalan, Bismark, Stalin, de Gol va Nasser, chunki bu bolalarning ota-onalari ularni bir kun kelib, o‘sha tarixiy odamlardek bo‘lsin deb, umid va niyat qilgan. Ko‘chada: “Gitler hali maktabdagi to‘lovlarni to‘lamagan”, degan gaplarni eshitish juda dahshatli. Bu degani Gitler ismli bolaning otasi o‘g‘lining maktab to‘lovlarni to‘lamaganligini bildiradi!

Podshohlar, diktatorlar, sultonlar va xalifalar, ularning har biri qattiq ko‘l hukmdorlar bo‘lgan. Xushmuomalalik va o‘zaro kelishuv islomda zaiflik va qo‘rqish deb hisoblanadi. Shuning uchun bir necha yillar oldin tarixdagi Jamol Abd alNasr va Oyatulla Xomeyni sharq davlatlarida ustun odalmar bo‘lgan. Agar Nasir arab sotsializm printsiplarini islom dini bilan birlashtirmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, Xomeyni esa undan ham uzoq bormoqchi bo‘lgan. U Allohning shohligini barcha shia (islomning ichki bo‘linishi natijasida kelib chiqqan yo‘nalish) davlatlarida o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Xomeynining eng katta maqsadi faqatgina masihiylarni yo‘q qilish, yoki o‘zining halqini kapitalistik va kommunistik printsiplaridan xalos qildirish bo‘lmagan. U islom dinini ustun qilib qo‘yishni xohlagan, chunki bu sistema Alloh hayotning har bir sohada markazi bo‘ladi. Davlat mullalarga hokimiyat bergandan keyin, hamma narsalar Alloh nomida qilingan va bir necha yillar orasida qadimgi shohlar davrida bo‘lganidan ko‘proq odamlar o‘lgan. Islom revolyutsiyasiga qarshi chiqqan odamlar umuman odamlar deb hisoblanmagan. Xomeyni hatto shunday degan: “Fors davlatlarida hali odam o‘ldirmagan – faqat hayvonlar qoldi!”

Islom ruhi boshqa xudolarni Alloh oldida tan olmaydi. Shuning uchun islom aslida elchilikka (missionerlik) maqsadlangan va toki hamma odamlar islom dinini qabul qilmaguncha to‘xtamaydi. Bu missiyaga qaratilgan fikr “Allohdan tashqari boshqa Xudo yo‘q” degan islom e’tiqodiga asoslangan. Er yuzida faqat islom dini orqali tinchlik bo‘ladi.

Oldin islom strategiyasi bo‘yicha dunyo ikkiga bo‘lingan: Tinchlik (Dar as-Salom) uyi (sahni) va Jang uyi (Dar al-Harb). Faqat islom davlat dini bo‘lgan va shariatga rioya qilgan davlatlarda tinchlik bo‘lgan, deb hisoblaydi musulmonlar. Jang uyi esa Allohni tan olmagan xalqlar ichida bo‘lar ekan. Bir necha oylar oldin ba’zi sharq davlatlarida “Aslim! Taslam!” degan yozuvlar bilan broshyuralar (varaqalar) tarqatilgan. Buni ma’nosi: islomni qabul qilgin, o‘shanda quvg‘in bo‘lmaysan, balki tinch hayot kechirasan. Islom dinida elchilik bu nafaqat odamlarni ongiy ishontirish emas; bu erda har turli usullar – iqtisodiy, siyosiy va hatto jihod, ya’ni “muqaddas jang” ham ishlatiladi! Qur’on Allohga ergashuvchilarni o‘sha jangga va g‘alabaga chaqiradi.

Ammo biz, masihiylar, tarixda Sharq tomonga qaratilgan Salb yurishlarini tan olishimiz kerak, chunki bu orqali “qonli izlar” qoldirilgan. Tarixdagi bu voqealar musulmonlarning fikrida, masihiylar – tajovuzkor, degan narsani qoldirgan, biroq hamma “muqaddas janglar” Isoning ta’limiga qarshi chiqadi, chunki Iso o‘zi shunday degan: “Yovuzga qarshilik ko‘rsatimanglar! Qilichingizni joyiga qo‘yinglar! Dushmanlaringizni sevinglar!” Masih hech qachon shogirdlarini diniy janglarga chaqirmagan; aksincha kuch ishlatishga ruhsat bermadi. Muxammad esa Makka bilan butun Arabiston yarim orolini bosib olmaguncha, bir necha marta janglarda qatnashgan. Islom dini qilich orqali kengaygan! Diniy jang (qur’onda “jihad” deyiladi) islom dinida to‘g‘ri Allohdan kelgan buyruq hisoblanadi, bu shunchaki odamlarning shaxsiy talqini emas. Shuning uchun islomda diniy jang imkoniyatlari hali bor. Buni e’tiborsizlik qilish kerak emas (Al-Baqara surasi 2:245).

Islom dinini tushunishni xohlaydigan odam fikrlash tarzini o‘zgartirish kerak. Islom dini bu insonning faqatgina fikri, qalbi va diliga qaratilgan oddiy din emas. U butun madaniyatni egalab oladi, jamiyatning hamma sohalariga kirib boradi – farzand tarbiya qilish, oilaviy hayot, iqtisodiyot va siyosat – hamma narsaning markazida Alloh turadi. Bu erda hech qanday ajralish yo‘q: podshohning taxti va ma’bad, siyosat va din orasida chegaralar qo‘yilmaydi. Aslida halq tomondan norozichiliklar va siyosiy to‘ntarilishlar masjidlardan boshlanadi. Ko‘pincha, juma kunlardagi masjid ichida xutbalar odamlarning imoniga nasihat qilish uchun berilmaydi, balki halqni siyosiy norozichilikka chaqiradi. Bu odamlarni jalb qilish uchun Alloh nomidan qilinadi.

Ana bunday islom dinida Alloh ko‘rsatiladi. Hech narsa Alloh nazoratidan chetda qolmaydi. U hamma narsadan ustundir. O‘z ixtiyori bilan itoat qilmaydigan har bir odamni ayyorona yoki siyosat yo‘li, moddiy yoki kuch ishlatish yo‘li bilan Allohga olib keladilar. Islom dini bu Allohga tobe bo‘lish dinidir. Islom diniga ishonch qo‘ygan odamdan butun hayotini Allohga topshirish talab qiladi va Qur’on uning fikrlarini, yurish-turishini nazorat qiladi.

Bir kuni arablar Muxammadga shunday deyishgan: “Biz Allohga ishonamiz!” U esa shunday javob berdi: “Sizlar hayotingizni Allohga to‘liq topshirmagungizcha, unga ishonamiz demanglar!” (Al-Xujrat surasi 49:14).

Islom bu totalitar (ya’ni, qattiq qo‘l) din bo‘lib, hech qanaqa “ismlar” bilan murosa qilmaydi. Islom tarixi bir necha bor Qur’onning faol g‘oyasini ko‘rsatadi, ushbu g‘oya Evropa, Fors va Hind davlatlaridan Islom davlatlariga kirib kelgan g‘oyalarni siqib chiqardi, buning oqibatida qonunqoidasi juda ko‘p bo‘lgan din paydo bo‘ldi. Buning yakuniy maqsadi er yuzida Allohning hukmronligi paydo bo‘lishi edi.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)