Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 2.04 The True Face of Allah

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 2 - Islomdagi Alloh kim?

2.04 - Allohning haqiqiy yuzi



2.04.1 - Kalomga qarshi ruhi

Musulmonlar Qur’onni Muxammad yozmaganligini tasdiqlamoqda. Islom dinshunoslari Qur’onda 75% Eski Ahddan olib o‘zgartirgan qonunlar va hikoyalar borligini qabul qilmaydilar. Aksincha, ular Alloh Muxammadga vahiy orqali bergan deb, katta ishtiyoq bilan Qur’onni himoya qilishadi. Qur’ondagi har bir gap, ularning ishonchi bo‘yicha, batamom Allohning, xato qilmaydigan Parvardigorning so‘zidir.

Tavrot va Injil kitoblaridan olingan hamma gaplar nisbiy hisoblanadi. Musulmonlar bu ikkita kitobni Qur’on bilan to‘qnashuv bo‘lmaguncha, Allohdan tushgan deb qabul qiladilar. Qur’on bilan rozi bo‘lmaydigan Kalomdagi so‘zlarni ular soxta va bekor hisoblaydilar. Bu vahiylar bir-biriga qarshi chiqib, bir-birini soxta qilib chiqaradi. Ammo bu bilan islom Uchbir Xudoni rad etgani uchun o‘ziga hukm keltiradi.

Islom dini masihiylikdan keyin kelganligini biz esimizdan chiqarmasligimiz kerak. O‘sha zamonda Muxammad Yangi Axddagi Masih haqida eshitib, bildi. U Masihga qisman ishondi, ammo o‘zining hayotiga tegishli muhim narsalarni rad etdi. Shuning uchun Qur’onda biz Iso Masih bokira qizdan tug‘ilishini ko‘ramiz, ammo Qur’on Uning Muqaddas Ruhdan paydo bo‘lganini rad etadi. Muxammadga ko‘ra, Maryamning O‘g‘li Xudoning Kalomi orqali yo‘qdan paydo bo‘ldi. Islomda Masih bu faqatgina katta mo‘jizalarni qilgan oddiy payg‘ambardir. U ko‘rlarni ko‘zini ochdi, moxovlarni pokladi, o‘liklarni tiriltirdi. Xochda esa o‘lmadi, Alloh Masihni olib osmonga ko‘tardi va u haligacha osmonda. Qur’on bo‘yicha tirik Masih bu islom ta’limotining bir qismidir. Bu va narigi dunyoda Masih islom dinini qabul qilmagan yaxudiylarni va masihiylarni mahkum qiladigan hakam qilib ko‘rsatilgan. Muxammad Masihni buyuk mo‘jizalarni ko‘rsatgan bir mashhur payg‘ambar deb tavsiflagan. Hatto o‘zidan (Muxammaddan) buyukroq deb atalgan! Ammo bu sharaflarga qaramay, islomda Masihning Xudoligi, erga kelgan maqsadi va kechiruvchi qoni rad etiladi. Qur’on bo‘yicha Iso Xudoning O‘g‘li emas va hech qachon xochda o‘ldirilmagan.

Barcha musulmonlar uchun Qur’ondagi Iso Masih o‘ziga xos xira oyna kabidir, ular haqiqiy Masihga o‘sha xira oyna orqali qaraydilar. Islomdagi Masih bu bizning Najotkorimizni va Uning najotini soxta standartlar orqali o‘lchaydigan masihdir. Ammo Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan taraqqiyotlar va o‘zgarishlar tufayli biz musulmonlarning Masih haqidagi qarashlariga to‘qnash, chunki musulmonlar bilan suhbatlarda Masih boshida va oxirida bo‘lyapti.

Qur’onda Masih muhimligini hisobga olsak ham, sharaflangan inson qilib ko‘rsatilgan taqdirda ham, biz tan olishimiz kerakki, Xudo er yuziga yagona O‘g‘lini yuborganidan 600 yil o‘tib, endi Muxammadga, O‘g‘lim yo‘q, deb aytish uchun Jabroil farishtani Makkaga yubormagan bo‘lardi! Rabbimiz Iso Masihning Otasi hech qachon O‘ziga qarshi chiqmaydi. Bundan tashqari Xudo-Ota O‘g‘lini erga yuborib, odamzod uchun xochda o‘lganini ham hech qachon rad qilmaydi. Agar islom dinida Muxammad haqiqatdan vahiy olgan bo‘lsa, o‘sha vahiyni Muqaddas Ruhdan olmagan, boshqa ruhdan olgan. Xudo aldamaydi.

Yangi Ahd islomga nisbatan qanday munosabat qilishni o‘rgatadi. Havoriy Yuhanno o‘z maktubida shunday degan: “Odam vujudi bilan dunyoga kelgan Iso Masihni tan olmovchi har qanday ruh Xudodan emas... Bu - dajjolning ruhi...” (1 Yuhanno 2:18-23; 4:1-6). Shuning uchun biz kamtarlik bilan islom bu dajjolning ruhi deb qabul qilishimiz kerak. Muxammad Iso haqida ko‘p eshitgan, ammo xochga mixlangan Xudoning O‘g‘lini rad etdi.

Bundan biz shunday xulosa chiqarishimiz mumkin. O‘zini Alloh deb atayotgan va Muxammadga vahiy berayotgan ruh Rabbimiz Iso Masihning Ruhi emas. Aksincha bu yolg‘on ruh o‘ziga “Alloh”, ya’ni eski arab tilidagi Xudo degan ismni niqob qilib, o‘zini Xudo deb atamoqda. Ammo u Xudo emas. Islomdagi Alloh bu shaytoniy nopok ruh bo‘lib, hozirgi kunlargacha katta hokimiyat bilan diniy qiyofa orqali yuradi. (Yuhanno 8:30-48).

2.04.2 - Islom - Umumiy qullik

Islom o‘zining ergashuvchilariga kuchli diniy ishtiyoq bera olishini biz bilamiz. Bu sajda qilish dini, xayrli ishlar orqali oqlanishga va Alloh nomi uchun hatto qurbonlikka chaqiradigan dindir. Sanoqsiz musulmonlar Allohning nomini tasdiqlash va dunyoga tarqatish uchun hayotlarini janglarda qurbon qilgan.

Ammo diniy ishtiyoq birovga najot bermaydi. Injil bizga o‘rgatadi: “Kimki Xudo O‘g‘liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O‘g‘ilga ishonmagan odam esa hayot ko‘rmay, Xudoning g‘azabiga uchraydi” (Yuhanno 3:36). Islom dini esa Xudo O‘g‘lini rad etadi, natijada bu din haqiqatdan tashqarida bo‘ladi. Islom dini odamni Xudoga olib bormaydi, chunki hech kim Ota oldiga Isodan boshqa yo‘l bilan bora olmaydi (Yuhanno 14:6).

Bu ruhiy masalalar masihiylarni boshqa imonsiz odamlar ichida, ayniqsa musulmonlar ichida xizmat qilishga chaqiradi. Nahotki biz, masihiylar, bugungi kunda shunchalar yaxshi yashayapmizki, hatto dunyodagi 800 million musulmonlarning ruhiy nochorligi bizni ularga Xushxabarni aytish uchun uyg‘otmasa? Agar sizda biron islomiy davlatga borishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, musulmonlar uchun duo qilishingiz mumkin, yoki birodarlarni yuborish yordamiga qatnashishingiz mumkin. Balki siz yashayotgan joyda musulmon talabalarga yoki xodimlarga Iso haqida gapirishingiz mumkin. Bir necha yosh yoki yoshi katta masihiylarni musulmon davlatlarga borishini va xizmat qilishini eshitish bu har bir jamoatni uyg‘onishi uchun belgidir. Najot topgan imonlilar boshqalarni najot topishini istashi kerak. Agar jamoatda imonlilar elchilikka katta xohish bildirmasa, unda o‘sha jamoatdagilarning o‘zlari najot topganmi yoki yo‘qmi, Muqaddas Ruhdan tug‘ilganmi yoki yo‘qmi, deb savol berishimiz kerak.

Masih hamisha yuqolganlarni izlab, ularga najot bermoqchi. Jamoat Uni qoldiryaptimi? Yoki Ishayo payg‘ambarga o‘xshab Xudoning chaqiruvini eshitib,: “Men shu erdaman, mana, yuborgin meni!” (Ishayo 6:8) deydigan odam bormi?

Musulmon davlatlariga missiya orqali kirish qiyin bo‘lsa ham, missiyadan tashqari yoki missiya ichida boshqa turdagi xizmat qilishga imkoniyatlar bor: mutaxasis, talaba yoki turist sifatida.

Masalan, neft sohasidagi qobiliyatli masihiyda arab davlatlarda shaxsiy hayoti orqali xizmat qilishga zo‘r imkoniyatlari bor. Ammo mutaxassislik orqali yosh masihiy odamlar qiyinchiliklarga duchor bo‘ladilar.

Kimki musulmonlar ichida xizmat qilaman desa, islom ruhi har bir masihiy missiyaga qarshiligini, bilishi kerak. Taxminan har bir islom davlatida, musulmonlarni xochga mixlangan Xudo O‘g‘liga imon keltirishi taqiqlangan. Islom bu nafaqat din, balki madaniyat va ba’zida uni hukumat deb qabul qilishimiz kerak. Shuning uchun shunday davlatlarda musulmonlarga Iso haqida guvohlik berish bu hukumatga qarshi chiqish hisoblanadi va shuning uchun jazoga tortiladi. Ammo biz avvalo Xudoga bo‘ysunishimiz kerak, odamlarga emas.

Bugun missiya xizmati oldimizga kelgan. 10 milliondan ziyodroq musulmonlar Evropaga kelib yashayaptilar, o‘qiyaptilar va ishlayaptilar. Taxminan 2 milliondan ziyodroq musulmonlar Shimoliy Amerikada yashaydilar. Kim ularga Masih haqida gapiradi? Kim ularga amaliy muammolar hal qilish yo‘lini ko‘rsatadi? Kim ularni kechki ovqatlanishga yoki choyga taklif qiladi? Biz musulmon ishchilari yoki talabalar uchun duo qilib turamizmi? Biz ularni yaxshi ko‘ramiz, agar biz ular uchun ibodat qilib tursak! Agar siz ularning tilini bilmasangiz, har xil tashkilotlardan masihiycha kitoblar va disklar sotib olib, musulmonlarga berishingiz mumkin.

Musulmonlarga Iso nomi bilan xizmat qilishga tayyor bo‘lgan masihiylar bir narsaga duch keladilar – ba’zi musulmonlarning yuraklari xushxabarga qattiq bo‘ladi. Musulmonlar bolalikdan Masihga nafratlanish bilan o‘sadi. Shuning uchun ularda xuddi xushxabarga immunitet borga o‘xshaydi. Islomning rad etadigan ruhi ularni hammasini qisib qo‘ygan. Iso Masih ta’sir qilmasa, hech bir musulmon odam chin yurakdan imonga kelmaydi.

Islom dunyosida missiya xizmati boshqa davlatlardan farq qiladi. Oldin Masih haqida eshitmagan halqlarga Uni qabul qilish osonroq. Shuning uchun musulmonga islom ruhidan va uning har xil amaliy urf-odatlardan ajralib, chin yurakdan Isoni sevish – bu hayotdagi juda katta qadam. Agar musulmon odam o‘zidan voz kechmasa va o‘z xohishi bilan islomni qoldirmasa, u “ruhiy shizofreniya”dan (ruhiy narsalarga chanqoqlik) azob chekib islomga qaytadi.

Musulmonlarga xizmat qilishni istaydigan har bir masihiy Xudo uni bu xizmatga chaqiryaptimi yo‘qmi, ibodat qilib so‘rashi kerak. Xayoliy harakatlar uzoqqa olib bormaydi. “Chunki bizning kurashimiz o‘tkinchi basharga qarshi emas, balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlarga, hokimlaru hokimiyatlarga, bu qorong‘i dunyoni boshqarayotgan ruhiy hukmronlarga qarshidir” (Efesliklarga 6:12). Faqat Iso bizning himoyamiz va bizning kuch-quvvatimiz. Faqat U uzoq muddatli hosil keltiradi. Musulmon davlatlarda xizmat qilayotgan har bir elchi (missioner) o‘zini xochlangan Masihga topshirishi kerak, chunki faqat U bag‘ishlangan odamlarni qaerga borishini va kimga xushxabar aytish kerakligini ko‘rsatadi. Mag‘rurlik va rasmiy masihiychilikni qoldirib, biz o‘zimizni Muqaddas Ruhga bo‘ysundirib, musulmonlarga elchi bo‘lib borishlari kerak. Ular endi o‘z haqini qoldirib, o‘z chaqiruviga ishonishlari kerak. Rabbimiz aytganday, “Zero Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni qutqarish uchun kelgan” (Matto 20:28).


2.04.3 - Jamoatga va masihiylarga nisbatan ko‘payib ketayotgan qarshilik (zidlik)

Hozirgi kunlarda islom uyg‘onishi bilan islomiy davlatlarda masihiylarga nisbatan bosim ko‘payapti. Oldin bir necha marta quvg‘inga tushgan mahalliy jamoatlar haligacha turibdi. Bugun minglab masihiylar Iroq, Suriya, Iordaniya, Isroil va Misr davlatlaridan boshqa joylarga ko‘chib ketmoqchilar, chunki ular o‘zlari va farzandlari uchun islomiy davlatlarda kelajakni ko‘rmayaptilar. Ayniqsa, siyosiy tartibsizlik paytlarida, masihiylar alohida davlat bo‘lib ajralib chiqmoqchilar, deb ko‘p bora gumon qilingan va ba’zilarga qattiq bosim o‘tkazilgan. Masalan, Misrda 1981 yilda sakkizta Kopt jamoatlarining ruhoniylarini boshqa ellikta cho‘pon bilan birga hibsga olishgan. 1979 yilda esa Iroqda ham shunga o‘xshagan voqeyalar bo‘lgan.

Ammo Livanga o‘xshagan masihiy harakatlarni biz rad etolmaymiz. U erda sharqdagi masihiylar qo‘llariga qurol olib, ularni xo‘r qilmasligi uchun va ikkinchi toifali odamlar deb hisoblanmasligi uchun o‘zlarini va ozodligini himoya qilishgan. Yaqin Sharq davlatlarida masihiylar 1350 yil davomida shu ahvolga kelgan.

“Biz jamoatlarimizni azob-uqubatga tayyorlashimiz kerak”, dedi Marokash davlatidagi bir kichik guruh oqsoqoli, chunki musulmonlarning mahalliy masihiylarga nisbatan niyatlarini tushundi. U o‘zi Masih uchun qamoqda olti oy o‘tirgan.

Ammo masihiy oilada tug‘ilib, o‘sgan va ilk asrlardan beri mavjud bo‘lgan mahalliy jamoatlarga qatnashgan masihiylar, ularda ham bu musulmon davlatlarda yashashga haqi borligini ko‘pincha tushunmaydilar. Vaqtida Muxammad, ular “ahli kitob” deb, masihiylarga nisbatan chidamli bo‘lgan. Ammo islom dinini qoldirgan va Isoga ishongan insonlarga nisbatan rahmdillik yo‘q edi. Allohning qonuni bo‘yicha, bunaqa musulmonlarni jazolash kerak, chunki Alloh unga sig‘ingan odamlarni o‘z holiga qo‘yibqo‘ymaydi.

Bugun bir necha islom davlatlarda imonga kelgan yangi masihiylar va jamoatlar yashirincha uchrashib turadilar. Buning sababi shuki, ba’zi musulmonlar g‘arb va sharqdan ta’sirlanib, Masihga endigina imonga kelganlarga nisbatan liberal, ya’ni erkin qaraydilar. Ba’zi vaziyatlarda agar oila a’zolaridan kimdir imonga kelsa, oila bunga chidashi mumkin. Kamdan-kam voqealarda oila buni to‘xtatishga harakat qilish mumkin.

Lekin ko‘pincha agar islom davlatida hokimiyat yoki diniy fanatlar biror joyda yig‘ilayotgan masihiylar haqida eshitsa, darrov quvg‘in qilishni boshlaydilar. Islom dunyoda ko‘payotgani uchun kelajakda ko‘p imonlilar katta xaflikka duchor bo‘lishini kutishimiz mumkin. Agar ruyhatga olingan jamoatlar shunday bosimga duchor bo‘lsalar, unda masihiylarga ko‘proq bosim o‘tqaziladi. Ularni balki katta ruhoniylar oldida islomga qaytishga majbur qilishi mumkin. Lekin agar ular rozi bo‘lmasa, ularni davlat qonuni bilan jazolashi mumkin. Bu masala Misr hukumatining parlamentiga buni qonuniy rasmiylashtirish taklifi keldi. Hozirchagacha ko‘p liberal (ya’ni ko‘ngilchan) musulmonlar Qur’on buni talab qilayotganiga qaramasdan, bunga qarshi chiqdilar.

Yuhanno 15:21-16:4 oyatlarda Iso aytgan so‘zlar hozirgi paytlarda ham muhim bo‘lib qolyapti: “Odamlar sizlarga neki qilsalar, Mening nomim uchun qiladilar; chunki Meni Yuborganni tanimaydilar. Agar Men kelib ularga aytmaganimda edi, ularda gunoh bo‘lmas edi. Endi bo‘lsa gunohlari uzrsiz qoldi. Mendan nafratlangan Otamdan ham nafratlangan bo‘ladi. Agar Men ular orasida boshqalar sira qilmagan ishlarni namoyon qilmaganimda edi, ularda gunoh bo‘lmas edi. Endi bo‘lsa ishlarimni ko‘rdilar-u, Mendan ham, Otamdan ham nafratlandilar... Sizlarni ibodatxonadan haydab yuboradilar. Hatto shunday zamon keladiki, sizlarni o‘ldirayotgan har bir kishi bu bilan Xudoga xizmat qilyapman, deb o‘ylaydi. Bu ishlarni Otamni ham, Meni ham tanimaganlari uchun qiladilar...” Shoul Damashq shahriga ketayotganda, Iso unga ko‘rinib: "Nega mening jamoatimni quvg‘in qilyapsan?” demadi, balki “Nega Meni quvg‘in qilyapsan?” dedi. Bu Isoga ishongan har bir musulmonga dalda: quvg‘inga duchor bo‘lgan odam yolg‘iz emas, Iso u bilan birga quvg‘in bo‘ladi va har bir sodiq shogirdga kuch beradi.

Xudoning yagona O‘g‘lini rad etgan va 2000 yil oldin xochga mixlagan ruh hali ham islomda tirik. Bu ruh xochda mixlangan Isoni rad etadi, nafratlanadi va Masihga ishongan har bir odamga qarshi chiqadi. Bag‘ishlangan musulmon, men haqiqiy Xudoga sajda qilaman, deb o‘ylaydi va butun hayoti bilan uni hurmat qiladi. Ammo Masih orqali islomdagi Xudo qanaqaligini biz bilamiz: bu Xudo emas, bu er yuzi aholisining olti qismidan bittasini adashtirib, o‘z nazoratiga olgan bir jin. Nimaiki bo‘lmasin, Iso Masih har bir musulmonni sevadi. Rabbimiz O‘z taxtida o‘tirib, bitta barmog‘ini qimirlatishi bilan jinlarni xaydashi mumkin. Isoga kelayotgan har bir musulmon uchun umid qilishimiz mumkin, chunki Isoning va’dasi bor: “Agar Xudoning O‘g‘li seni ozod qilsa, haqiqatdan ozod bo‘lasan“ (Yuhanno 8:36).

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)