Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 3.01 Introduction

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 3 - Adashganlarning ibodati

3.01 - Kirish



Osiyo va Afrikadagi ko‘p odamlar har xil xudolarga (butlarga) qanchalik ko‘p duo qilishini rivojlangan davlatlardagi odamlar hatto tassavur ham qila olmaydilar. Induslar, buddistlar, yaxuydilar, musulmonlar va boshqa dinga sig‘inuvchilar o‘z diniga haligacha chin yurakdan e’tiqod qiladilar. Ko‘pincha, ular qat’iy belgilangan vaqtlarda duo qiladilar. Duo ular uchun tabiiy narsa. Agar ibodat (duo) qilmasalar, bu ular uchun zaiflashish hisoblanadi.

Insonning qadriyatlari va madaniyati uning duo qilishida aks etadi. Shu sababdan duo qiladigan odamni ko‘rganimizda, biz unga hurmat bilan munosabat qilamiz.

Ham musulmonlarda, ham masihiylarda o‘zilarining muhim ibodatlari bor: musulmanlar uchun – Fotixa surasi, masihiylar uchun – Rabbimiz ibodati. Kelinglar, biz bu ikkita duo xazinalarini solishtiramiz va bu orqali ushbu ikkita dunyo dinlarini nima birlashtirishini va nima ajratib turishini tushunishga harakat qilamiz.

Fotiha (1 Surasi)
1 Shafqatli va muruvvatli Alloh nomi bilan. 2 Allohga, dunyolarning Hukmronga maqtovlar bo‘lsin: 3 Rahm-dil, mehr-shafqatli, 4 Oxiratdagi hukmdor. 5 Biz Senga sajda qilamiz va Sendan iltijo qilamiz. 6 Bizni to‘g‘ri yo‘llar bilan olib borgin, 7 inoyat berganlarining yo‘llar bilan olib bor; ular ustiga tushgan g‘azabing yo‘llari bilan yoki adashganlarning yo‘llari bilan emas.


3.01.1 - Islom dinining asosiy surasi: Fotiha

Fotihaning ma’nosi “Ochilishi” yoki “Qo‘rg‘on ochilishi” deb hisoblanadi, chunki bu sura Qur’onda birinchi bo‘lib keladi. Bu sura to‘g‘ridan‑to‘g‘ri Alloh tomondan ilxomlangan va 1350 yil oldin Muxammadga nozil qilingan deb hisoblanadi. O‘sha paytdan boshlab, bu sura juda ko‘p musulmonlar tomonidan takrorlab kelinadi.

Fotiha duosi Ko‘r’ondagi qat’iy buyurilgan duolardan biri hisoblanadi. Musulmonlar uni noyob va muqaddas deb xisoblaydilar. Ammo bu duoni faqat arab tilida aytish kerak, hatto davlat tili boshqa bo‘lsa ham. Fors, turk, urdu, indoneziya yoki suaxili tillarga qilingan tarjimasi xisobga olinmaydi va mumkin ham emas.

Qur’onning 114 surasi arab tilida yozilgan va bu til Allohning tili hisoblanadi. Qur’onni to‘g‘ridan‑to‘g‘ri tarjima qilishi taqiqlangan, chunki bunda arab she’riy tilining chiroyi, chuqurligi va kuchi yo‘qoladi. Shuning uchun Qur’onning asl arab tilidan qilingan tarjimasi Qur’onni talqin qilish yoki izohlash deb hisoblanadi.

Taxminan 80 foiz musulmonlar arab tilida gapirmaydi. Shu sababdan Fotiha duosi asl arab tilida aytilganda, ular nima haqida duo qilayotganini bilmaydilar. Ammo ular Qur’onning asosiy duosi aytilayotganiga ishonadilar.

Shariat (Islom qonuni) bo‘yicha besh mahal namoz o‘qiganda, musulmonlar Fotiha surasini bir kunda 17 marta takrorlaydi. Shu yo‘sinda bu sura musulmonlar uchun ko‘proq “jafokashlik”ni aks ettiradi. Rabbimizning ibodati masihiylar uchun unday emas. Ushbu suradagi sajda, muhtojliklar va umidlar har bir musulmon odamning dunyoqarashini shakllaydi.

Er yuzida Fotiha duosi besh marta o‘qiladi. Erimiz aylangani va quyoshga bog‘lik bo‘lgani uchun Fotiha surasi sharqda Indoneziyaning 11000 orolidan g‘arbdagi Atlas tog‘largacha; shimolda Rossiya dashtlardan janubdagi Afrikagacha o‘qiladi. Bu duo hatto Evropaga va Amerikaga chet elliklar orqali ham kirib kelgan.


3.01.2 - Masihiylarning asosiy duosi: Rabbimiz ibodati

Rabbimiz ibodati Matto 6:9-13 va Luqo 11:2-4 kitoblari bo‘yicha Isoning shogirdlari Undan Yangi Ahd ruhida qanday duo qilish kerak degan savoliga javobidir. Boshida bu ibodat Iso va Uning shogirdlari tomondan aramiy va ibroniy tillarida aytilgan. Keyin Muqaddas Kitob grek tiliga tarjima qilindi, hozirgi paytda esa 2000dan ortiq tillarda mavjud. Juda ko‘p tillarga tarjima qilingan bo‘lsada, Rabbimiz ibodati o‘zining tirikligini, ruhini va qudratini yo‘qotilmagan.

Deyarli hamma masihiy jamoatlarda Rabbimiz ibodati imonni e’tirof etish uchun o‘rgatiladi, chunki ushbu ibodatda Injil ta’limoti ochib berilgan. Ko‘p masihiylar, Rabbimiz ibodatida Injilning mag‘zi mujassamlashgan, deb xisoblaydilar – bu ibodat Muqaddas Kitobning eng qadrli xazinasidir.

Rabbimiz ibodati butun dunyoni aylanadi. Ushbu ibodat faqat mahsus duo paytlarida yoki jamoat xizmati vaqtida aytilibgina qolmay, uni har bir inson hohlangan paytda, bir o‘zi yoki boshqalar bilan aytishi mumkin.

Rabbimiz ibodati:
9 Bizning Osmondagi Otamiz! Sening muqaddas noming ulug‘lansin. 10 Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, erda ham Sening irodang bajo bo‘lsin. 11 Bugungi rizqimizni bergin. 12 Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham gunohlarimizni kechirgin. 13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgan. Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuxrat to abad Senikidir. Omin. (Matto 6:9-13)


3.01.3 - Fotiha surasi va Rabbimiz ibodatining umumiy tuzilishi

Fotiha surasining va Rabbimiz ibodatini ichki strukturasi va namunasi bir biriga o‘xshaydi. Ularni qulay qilib to‘rtta qismlariga bo‘linish mumkin:

a) Ochilish yoki kirish qismi
b) Sajda va Osmon Shohligi uchun iltijo qilish
c) Kundalik muhtojliklar
d) Vasvasaga tushmasligi uchun iltijolar

Biz ikkita ibodatni tekshirib, yuqoridagi to‘rtta qism bo‘yicha solishtirib ko‘ramiz. Keyin biz musulmonlar va masihiylarning bu ibodatlarga qarashini va har bir qismi haqida muhokama qilamiz.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)