Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 3 Bible not Corrupted
This page in: -- Arabic? -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Kirundi -- Russian -- Somali -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet -- Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

3 - Muqaddas Kitob Buzilmaganligini, Qanday Tushuntirish Kerak?

Musulmonning Masihy bo'lishiga to'sqinlik qiladigan birinchi asosiy to'siq bu ularning Muqaddas Kitob buzilganligi haqidagi haqoratdir. Bu haqiqatan ham Qur'on ta'limotimi va siz qanday qilib musulmonga Muqaddas Kitobga bo'lgan ishonchni oshirishda yordam bera olasiz? Ushbu savollar Eski Ahd, Yangi Ahd, sog'lom fikr, Qur'on va sizning shaxsiy guvohligingiz asosida hal qilinadi.



Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

3.01 -- Muqaddas Kitob Buzilmaganligini, Qanday Tushuntirish Kerak?

3.02 -- Kirish

Ko'pgina musulmonlar Muqaddas Kitobga shubha bilan qarashadi va u buzilgan deb da'vo qiladilar. Ovropaliklar musulmonlarning ko'z o'ngida, mehnatsevar odamlar va ularning jamiyatida adolatli qonunlar mavjud. Biroq, o'zlarini imonlilar deb ataydigan va xudojo'yligi bilan ajralib turadigan, bazilari havoyi qasrlarni qurayotgan odamlardir. Ular Tavrot, Zabur va Xushxabarning ishonchga loyiq kitoblar ekanligini tasavvur qiladilar. Ehtimol, bundan oldin shunday ham bo'lgandur, deydi ular. Muqaddas Kitobning bugungi nashrlari e'sa hammasi buzilgan. Masihiylar, ularning fikriga ko'ra, afsonalar va yolg'onchiliklarning ortidan borib, buyuk yanglishmovchilikda turmoqdalar.

Muqaddas Kitobning 66 kitoblariga qarshi musulmonlarning ishonchsizlok kayfiyati qaerdan kelgan? O'z ayblovlarini oqlash uchun, ular qanday dalillardan foydalanmoqda?

3.03 -- Qur'onning Tavrotga hujumlari

Bu savollarga javoblar Qur'onning 10 oyatida mavjud. Ular musulmonlarni shubhalarida mustahkamlaydilar. Madinadagi yahudiylarning bir oqsoqolini nikoh sadoqatini buzganlikda ayblanishi haqida, tarih hikoya qiladi. Yahudiylar zino qilish gunohi uchun jazo haqidagi Tavrot oyatlarini musulmonlardan yashirdilar, oqsoqolni toshbo'ron qilinishdan qutqarib qolish uchun. Muhammadning fikriga ko'ra, Qur'onning ba'zi bayonotlarida, Alloh bu yahudiylarga, musulmonlardan Tavrotning sirlarini va qoidalarini yashirganlari uchun, quydagini gapirmoqda:

Mening oyatlarimni oz (arzon) bahoga sotmang
(Al-Baqara surasi 2:41)

وَلاَ تَشْتَرُوا بِآيَاتِي ثَمَناً قَلِيلاً (سُورَةُ الْبَقَرَةِ 2 : 41)

Haqni botilga aralashtirmang va o’zingiz bilib turib haqni berkitmang.
(Al-Baqara surasi 2:42)

وَلاَ تَلْبِسُوا الْحَقَّ بِالْبَاطِلِ وَتَكْتُمُوا الْحَقَّ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ (سُورَةُ الْبَقَرَةِ 2 : 42)

Va holbuki, ulardan bir guruhlari Ollohning kalomini e’shitar e’dilar va so’ngra uni tushunganlaridan keyin bilib turib buzar e’dilar.
(Al-Baqara surasi 2:75)

وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلاَمَ اللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُ مِنْ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ (سُورَةُ الْبَقَرَةِ 2 : 75)

Kitobni o’z qo’li bilan yozib, so’ngra uni arzon bahoga sotish uchun: “Bu Ollohning huzuridan” deydiganlarga halokat bo’lsin!\\ (Al-Baqara surasi 2:79)

فَوَيْلٌ لِلَّذِينَ يَكْتُبُونَ الْكِتَابَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَذَا مِنْ عِنْدِ اللَّهِ لِيَشْتَرُوا بِهِ ثَمَناً قَلِيلاً (سُورَةُ الْبَقَرَةِ 2 : 79)

Va, albatta, ulardan bir gruhlari bilib turib haqiqatni berkitadilar.
(Al-Baqara surasi 2:146)

وَإِنَّ فَرِيقاً مِنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ (سُورَةُ الْبَقَرَةِ 2 : 146)

E’y ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?!
(Al-Imron surasi 3:71)

يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَلْبِسُونَ الْحَقَّ بِالْبَاطِلِ وَتَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 71)

Ulardan bir gruhlari borki, sizlar kitobdan bo’lmagan narsani kitobdan deb o'ylashingiz uchun, kitobni tillarini burib o’qirlar.
(Al-Imron surasi 3:78)

وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقاً يَلْوُونَ أَلْسِنَتَهُمْ بِالْكِتَابِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ الْكِتَابِ وَمَا هُوَ مِنَ الْكِتَابِ (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 78)

Yhudiy bo’lganlardan kalimalarni o’z joyidan buzib-o’zgartiruvchilar bor.
(An-Niso surasi 4:46)

مِنَ الَّذِينَ هَادُوا يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَنْ مَوَاضِعِهِ (سُورَةُ النِّسَاءِ 4 : 46)

Ahdlarini buzganlari uchun ularni la’natladik va qalblarini qatiq qildik. Ular kalimalarni o’z o’rnidan o’zgartirdilar. O’zlariga e’slatma bo’lgan narsadan ko’p nasibani unutdilar.
(al-Maida surasi 5:13)

فَبِمَا نَقْضِهِمْ مِيثَاقَهُمْ لَعَنَّاهُمْ وَجَعَلْنَا قُلُوبَهُمْ قَاسِيَةً يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَنْ مَوَاضِعِهِ وَنَسَوْا حَظّاً مِمَّا ذُكِّرُوا بِهِ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 13)

Va: “Biz nasorolarmiz” deganlarning ham ahdnomasini oldik. Bas, ular o’zlariga e’slatma bo’lgan narsadan ko’p nasibani unutdilar.
(al-Maida surasi 5:14)

وَمِنَ الَّذِينَ قَالُوا إِنَّا نَصَارَى أَخَذْنَا مِيثَاقَهُمْ فَنَسَوْا حَظّاً مِمَّا ذُكِّرُوا بِهِ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 14)

Ushbu 10 oyatni Arab tilida tahlil qilishda sakkizta tarixiy haqiqatni topish mumkin:

  • Yahudiylarning "hammasi" emas, balki ularning kichik bir qismi Muhammadni chalg'itishga harakat qildilar (Al-Baqar suralari 2:75,146; Al Imron 3: 78).
  • U erda, to'g'ri nasihat qilingan odamlar bor edi (Al-Niso surasi 4:46), lekin ular adolatni yashirish uchun, qonunni bir qismini yolg'on so'zlar bilan y'opib qo'ydilar (Al-Baqara surasi 2:42; Al Imron 3:71).
  • Ular Muqaddas Kitobdagi matnlarni Muxammadga anglab bo'lmaydigan qilib tarjima qildilar va ularning mollarini sotib olishdan oldin, unga o'z kitobidan hammasini ochib bermaganlar (Al-Baqara surasi 2:41,79).
  • Ularning o'ziga og'irlik qiladigan, ayrim nizomlarni undan yashirdilar, agar da aniq bir holatlarda Muhammad va uning tarafdorlari ishga habardor qilingan (Al-Baqara surasi 2:42,146; Al Imron 3:71).
  • Ba'zi so'zlarga boshqa ma'no berish uchun, unli yoki diakritik (harif ustidagi yoki ostidagi belgi) belgilarni o'zgartirganlar (Al-Baqara suralari 2:75; Al-Niso 4:46; Al-Maida 5:13).
  • Ular Tavrotning ba'zi qismlarini tushunib bo'lmaydigan qilib o'qidilar, shuning uchun hech kim aytilgani tushuna olmadi (Al Imron surasi 3:78).
  • Ulardan ba'zilari muqaddas kitoblarni o'z qo'llari bilan yozganlar, ularni Xudodan olganliklarini, aytishib (Al-Baqara surasi 2:79).
  • Ular o'zlarining Yozuvlaridan bo'lgan, ularning xotirasida qachonlardir bo'lgan, ko'plab misralarni unutdilar (Al-Maida surasi 5:13) Muhammad, shuningdek, masihiylarni Xudoga va Uning vahiylariga sadoqatsizlikda ayblagan (Al-Maida surasi 5:13).

Ushbu ayblov moddalaridan ma’lym bo’ladiki, Muhammad Madinadagi yahudiylarning ozchilik qismi bilan birinchi navbatda tartib muammolari paydo bo'lganligi ayon bo'ladi. Yahudiylarning katta qismiga Qur'ondagi bu ayiblovlar dahil qilmaydi. Ular Tavrotni buzmadilar va uni yashirmadilar. Butun dunyodagi yahudiylar bugungi kunda ham, muqaddam bo'lgani kabi, buzilmagan, Tavrotning asl matniga ega.

Tavrotning barcha qismini boshidan oxirigacha yahudiylarning qaysidir bir guruhi tomonidan soxtalashtirilganligini ta'kidlaydigan, Qur'onda bironta ham matn yo'q. Muhammad faqat bir nechta so'zlar bekitib qo'yilgan, noto'g'ri talafuz qilingan yoki boshqa unlilar bilan ta'minlangan deb da'vo qiladi. Tavrotning haqiqiylig yig'indisi hech qaerda Qur'on tomonidan shubha ostiga qo'yilmaydi!

Na yahudiylar, na masihiylar Muqaddas Kitob matnlarining cheksiz ko'pligini yoddan aytishga qodir emasdilar. Ko'pincha ular faqat o'zlarining fikrlarini, tajribalarini va Injil matnlarini talqinnini bayon qillar e'dilar. Musulmonlar So'zning tovushida vahiyni e'shitib, insonning Xudoga bo'lgan sevgisining isboti sifatida ko'rishadi. Ular yahudiylar yoki masihiylar orasida bunday sevgini topa olmayabdilar. Muhammad, e'sa, Muqaddas Kitobning talqini bilan emas, balki Vahiy matnining so'zma-so'z e'shitilishi bilan tanishishni, song uni yodlab olishni xohlagan.

Yuqorida Qur'ondagi oyatlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, musulmonlarning Tavrot soxtaligiga bolgan shubhalari asossiz. Bundan tashqari, Qur'onning hech bir matni Injilni buzilgan yoki qalbakilashtirilganligi haqida gapirmaydi, chunki Muhammad masihiylarning sadoqati va taqvodorligini bilgan va hurmat qilgan.

3.04 -- Musulmonlar Muhammadning ismini Muqaddas Kitobda izlaydilar

Musulmon bo'lgan ba'zi yahudiylar va arab masihiylarida bir fikrga paydo bo'ldi: axir, Muqaddas Kitobning kitoblarida Muhammadning ismini oldindan aytib berishlari va eslashlari kerak, agar u, o'zini o'zi e'lon qilgan day – payg'ambarlarning muhri? Muhammadga nisbatan Iso Qur'on sahifalaridan undan keyin Ahmad ismli elchi kelishi haqida gapiradi (As-Saff surasi 61:6).

O'shandan beri musulmonlar yahudiylar va masihiylarni o'zlarining Muqaddas Kitoblaridan Muhammad ismini yoki uning "Ahmad" ma'nodoshini olib tashlaganlikda gumon qilishadi.

Shu bilan birga, Muqaddas Kitobning barcha va'dalarini sinchkovlik bilan o'rganish boshlandi, hech bo'lmaganda, Muhammadga biron bir joyda ishora borligini bilish uchun. Muhammadning Muqaddas Kitobda eslatib o'tilish haqidagi taxminlar atrofida ko'plab nashrlar va spekulyativ mavhum tushunchalar mavjud. Ko'pincha Qonunlar 18:15,18 keltiriladi. Bu erda Muso o'z xalqiga shunday deydi: Payg'ambarni sening orangdan, birodarlaringizdan, men kabi, Rabbiy, sening Xudoying tiklaydi unga quloq soling! Musulmonlar ilhomlanib: "Bu va'da qilingan payg'ambar Muhammaddir", dedi. Lekin ular u Isroil xalqidan kelib chiqishligi kerakligiga e'tibor bermadi. Agar ulardan Muhammadni isroillik yoki yahudiy deb hisoblasharmikin deb, so'rasalar, ular g'azab bilan rad javobini beradilar!

Qayta va qayta ular Hushhabardagi mavjud Isoning eng mashhur va'dasini yordam sifatida olishadi: Yupatuvchi, Otam Mening nomimda yuborgan, Muqaddas Ruh, sizga hamma narsani o'rgatadi (Yuhanno 14:16,17,26). Musulmon tadqiqotchilari va'da qilingan Yupatuvchi - Muhammad ekanligini ta'kidlaydilar! Ular yunoncha "paracletos" (Yupatuvchi) so'zini o'rganib, unli harflarini o'zgartirib, uni "perikletos" ga aylantirdi, ya'ni "hurmatli, yuksak hurmatga sazovor" (Arab. "Muhammad") manosini anglatadi. Agar ba'zilari Muhammadning ismini Paracletosga o'zgartirishda masihiylarni ayblashsa, unda biz ularga unli tovushlarni o'zgartirganini ko'rsatishimiz mumkin! Biroq, Agar biz bu tadqiqotchilardan Muhammadni "Masih" ning elchisi deb hisoblasharmikin deya so'rasak, biz bunga g'azabli rad javobini eshitamiz. Yuhanno 16:7da Yupatuvchini aynan Iso yuborishi yozilgan. Bunday savol Islom Muhammadni Yupatuvchiga aylantirishga urinayotgan kuchidan mahrum qiladi.

3.05 -- Musulmon ilohiyotshunoslarining Muqaddas Kitobga qarshi hukmi

Islom mutaxasislari va Quron sharhlovchilari, Muhammadning o'limidan bir necha asr o'tgach, Muqaddas Kitobni va Qur'onni taqqoslab, har ikkala kitobda ham hech bir jumla, shakli yoki mazmunida mos kelmasligini aniqladilar. Buning natijasida paydo bo'lgan tashvishlar, Muqaddas Kitob va Qur'on o'rtasidagi barcha kelishmovchiliklarning sababi Muqaddas Kitobni soxtalashtirilganligi mug'ombirona-soddalik bilan arz qilinishi orqali echildi. Qur'on shunday qilib, Muqaddas Kitobning haqiqiyligini belgilaydigan andaza bo'lib qoldi. Islomning fikriga ko'ra, ikkala kitob ham osmondagi asl Kitobdan kelib chiqadi va so'zma-so'z ongiga singdirish orqali berilgan. Ikkala kitob o'rtasidagi aniq farqinig namoyon bo'lishi Tavrot va Hushhabarning soxtaligini dalilidir. Ushbu qaror asosida Islom o'zining Muqaddas Kitobga qarshi mohiyatini aniqlayotganini tushunishimiz kerak. Qur'on ruhi musulmonlarning ommaviy aldanishiga sabab bo'ladi.

3.06 -- Janob Dedatning zaharli zarbasi

Muqaddas Kitobga Islomning to'rtinchi hujumi Janubiy Afrikada yashovchi hindistonlik musulmon janob Dedat va uni tarafdorlarining hujumidir. U Qur'on bilan bog'liq bo'lmagan manbalardan Muqaddas Kitobning noto'g'ri ekanligini isbotlovchi dalillarni yig'di. Bu ovropalik xudosizlar, kommunistlar, manfaatparastlar va e'rkin ilohiyotshunoslardir. Uning Muqaddas Kitobning noto'g'riligi dalillari ko'pincha Qur'onga ham tegadi. Shunga qaramay, uning shubhali dalillariga qaramasdan, neft ishlab chiqaruvchi davlatlarning islomiy hukumatlari uni moliyaviy qo'llab-quvvatlamoqda, chunki u dunyoning barcha besh qismida ko'p sonli masihiylar orasida Muqaddas Kitobga bo'lgan ishonchni susaytirdi.

Boshqalar bilan bir qatorda, janob Dedat Masih o'zining hikmatli bashoratini aytayotganda, yolg'on gapirganini takidlaydi: Yunus nahang baliqning qornida bo'lganiday, Inson O'g'li ham uch kechayu kunduz yer bag'rida bo'ladi (Matto.12:40; Mark 8:11-12; Luqo 11:29-32). Janob Dedat piching qilib, Masih tobutda juma kunining ohiridangina hali quyosh botishidan oldin boshlab, yakshanba kuni quyosh chiqishiga qadar yotganini ta'kidlaydi. Va bu faqat bir yarim kun va ikki kechani tashkil etadi, lekin hech qanday holatda uch kunduz va uch kecha emas! Bundan aniqki, Iso notayin payg'ambar, takidlaydi Dadat.

Ko'p masihiylar janob Dedatning bu da'lilariga qarshi qanday e'tiroz bildirishni bilishmaydi va boshini e'gan holda orqaga chekinishadi. Bu holda, javob quyidagicha: yahudiy urf-odatiga ko'ra, kunning biron bir qismida sodir bo'lgan ish butun kun uchun qilingan hisoblanadi. Iso juma kuni dafn qilingan. Va butun e'htirosli juma kuni uning o'limi kuni deb hisoblanadi. Xuddi shu tarzda, uning tirilishi haftaning to'liq birinchi kuniga to'g'ri keladi.

Shu tarzda janob Dedat xochni, Masihning tirilishini va Uning Xushxabarini shubha ostiga qo'yishga harakat qiladi. U Muqaddas Kitobni tanqid qilishni o'z ichiga olgan erkin ilohiyotshunoslarning ko'plab matnlarini to'plab, bu ma'lumotlardan foydalanib, masihiy - dinshunoslar o'zlari ham Muqaddas Kitobning bexatoligiga ishonmasliklarini isbotlashga harakat qilmoqda. Ushbu masihni-yomon ko'ruvchining yuqumli kasalligi Afrika, Osiyo va dunyoning boshqa qismlarida millionlab odamlarni zaharlantiqmoqda. Uning maktablari ko'plab tillarda ikki avlod davomida sezilarli darajada katta muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.

3.07 -- Muqaddas Kitobning haqiqyligiga susaygan ishonch

Faqat masihiylar emas, ammo aynan Muqaddas Kitobga bo'lgan ishonchlarida susaygan musulmonlar, bizni ajablantirmasligi kerak. Muhammadning izdoshlariga Iso Masih orqali najod erishish mumkinligini etkazishga urinayotgan har bir kishi, ularda Muqaddas Kitobga bo'lgan ishonchni uyg'otish yo'llarini topishi kerak, aks holda barcha urinishlar foydasiz. Tsintsendorf (1700-1760) grafi fon Nikolay Ludvigning qo'shig'i, bu haqiqatni musulmonlar orasida ishlashda ham tasdiqlaydi:

Rabbiy! Sening So'zing, qimmatbaho sovg'a,a,
Bu xazinani men uchun saqlab qo'ygin.
Men uni afzal ko'raman
Barcha boyliklardan ko'ra.
Agar So'zing qiymatini yo'qotsa,
Imon nimani ustida tura oladi?
Menga minglab dunyo kerak emas,
Faqat Sening so'zing.

(Nemis protestant (G'arbiy Ovropada 16-asrdan boshlab katolitsizmdan ajrab chiqqan turli masihiy mazhablarining umumiy nomi) qo'shiqlari, EKG 436)

Musulmonlarga Muqaddas Kitobning haqiqatini isbotlashga urinayotgan har bir kishi o'z ixtiyorida ko'plab dalillar bilan birga beshta oshib toshayotgan manbalarga ega:

  1. Qadimgi Ahdning Xudo So'zining haqligi haqidagi shahodati;
  2. Qadimgi va Yangi Ahdning Iso Masih va Uning Havoriylari tomonidan haqiqiyligini tan olish;
  3. Muqaddas Kitobning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli xil, dunyoviy (Muaddas Kitobga asoslanmagan, dunyoviy) manbalar;
  4. Qur'onning Tavrotni xudojo'yligi va Xushxabarning haqiqiyligi haqida ijobiy guvohliklari;
  5. Xudo Kalomining amal qiluvchi kuchi haqida shaxsiy tajriba.

3.07.1 -- Qadimgi Ahdning Tavrot va Payg'ambarlarning soxta emasligi haqida guvohliklari

Musulmonga Xudoning O'z So'zini ustida bedor bo'layotganini tushuntirishni istagan kishi, quydagi misralar haqida yaxshilab o'ylab chiqib va ular bilan musulmon do'stlari bilan bo'lishishi kerak.

● Yeremiyo 1:11-12: Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib, shunday dedi: Ey Yeremiyo, nimani ko‘ryapsan? Bodom shoxini, — deb javob berdim men. To‘g‘ri ko‘rding, — dedi Egamiz. — Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi*. Aytgan so‘zlarimni* Men tez orada bajo keltiraman.
Payg'ambarga Xudo Kalomining haqiqiyligi va to'g'riligi kafolati berilgan edi, chunki RABBIY O'z Kalomi ustida bedor bo'ladi. Abadiy Mavjud uxlamaydi va mudramaydi, balki O'z xalqi ustidan bedordir va O'z So'zini buzilishiga yo'l qo'ymaydi. Xudo Kalomining maqsadi aslida so'z emas, balki uning ishlashi va namoyon bo'lishi. RABBIY uni amalga oshishi uchun O'z Kalomi ustidan bedordir. Hech kim Xudoning qudratini cheklamaydi va U aytganini bajarishiga, Unga to'sqinlik qilmaydi.

● Qonunlar 4:2 da: Men sizlarga aytayotgan amrlarga hech narsa qo‘shmanglar, hech narsa olib ham tashlamanglar. Men sizlarga berayotgan Egangiz Xudoning amrlariga rioya qilinglar.
Xudoning qonunlarini va va'dalarini ongli ravishda yoki hech bo'lmaganda tasodifan o'zgartirishga, o'z fikrlarini qo'shishga yoki unga yoqmagan taqiqlarni o'chirib tashlashga kim jur'at qiladi? Rabbiyning O'zi Muso orqali O'z So'zini aniq va o'zgartirmasdan saqlab qolishni, uni yodlab o'rganishni va kundalik hayotda ijro etishni buyuradi. Muqaddas Kitob o'zi haqiqiyligini himoya qiladi. Islomdagi payg'ambarning so'zi Allohning so'ziga tengdir. Ularning orasida farq yo'q. Ollohning elchisi katta obroga ega. Tavrot ostida musulmonlar ko'pincha butun Qadimgi Ahdni tushunadilar.

● Hikmatlar 30:5-6 Kitobida biz o’qiymiz: Xudoning har bir so‘zi haqiqatdir, O‘zi esa Unga umid bog‘laganning qalqoni. Uning so‘zlariga qo‘shma, U jazolasa, yolg‘oning fosh etilsa nima qilasan?
Oltin olovda qanday tozalansa, shu kabi Xudoning Kalomi Xudoning muqaddasligi kuchi bilan tozalangan. Shuning uchun, u behatto, sof va abadiy. Rabbiy bizga o'z so'zlari orqali " ilohiy qurol - aslahalar " ni taklif qilmoqda (Efesliklar 6:10-20). Rabbiyning so'zida kim mustahkam o'rnamagan bo'lsa, ruhiy kuchga ega emas. Xudo, o'z falsafasi, psixologiyasi, tabiiy bilimlari yoki boshqa din va madaniyatlardan olingan haqiqatlarni Muqaddas Kitobning vahiysi deb ataganlarning yolg'onlarini fosh qiladi va jazolaydi. "Xudo Kalomining telbaligi" bu dunyoning donoligiga qaraganda kuchliroqdir (1 Korinfliklar 1:18-29).

● Psalm 32:4 The word of the Lord is right and true; he is faithful in all he does.
The texts of the Bible contain authentic truth, even if Muslims and liberal Christians deny this fact. The indication of the truth of God's word lies in what God does. His word is not only true, but it will do what He says. The 333 promises in the Old Testament fulfilled in the New Testament, prove the truth of the Old Testament in a unique way. In the entire world there is no book that contains a self-justification of its truth, like the Bible. The Lord does what He says! The Qur'an teaches the predestination of all things. The inevitable fulfilment of the promises of the Old Testament in the New Testament is an eye-opener for many Muslims, corresponding to their understanding of determinism.

● Zabur 118:89; Kaloming, ey Egam, to abaddir, U samolarda mustahkam turadi (Ishayo 40:8; 1Butrus 1:25). "Abadiy" so'zining benihoyat kengligini tasavur qilsangiz, bu va'daning cheksizliini va ahamiyatini his qilishingiz mumkin. Bizning hayotimiz qisqa. Xudoning Kalomi esa, to'fonli dengizdagi qoya kabi, abadiy va qat'iy turibdi. Shveytsariyaning Shafhausen shahri yaqinidagi Boden ko'lidan oqib tushayotgan Ren sharsharasining jo'shqin suvining markazida, kunduzi va kechasi turgan xarsang toshdan mustahkamroq. Xudoning Kalomi - bu bizning davrimiz bilan tutashayotgan abadiyatdir. Yerning barcha qit'alarini va milliardlab galaktikalarni boshqaradigan Uning So'zi o'zining ichida kuchga ega. Uning qonunlari, Uning va'dalari, shuningdek, ko'plab imonlilarning guvohligi va tajribasi Uning sodiqligini tasdiqlaydi. Ba'zi yahudiylar va musulmonlar Xudo Kalomining boshlang'ich Kitobi uning vahiylari bilan osmonda ekanligiga ishonishadi. Hech kim birvaqtlar Qudratli Xudo tomonidan aytilgan so'zini zaiflashtiradi yoki o'zgartira olmaydi.

Zabur 18:8-9 da Dovudning hayotida Xudo Kalomining buzilmaganligi haqiqatini boshdan kechirgan guvohligini o'z ichiga olgan:

Egamizning qonuni mukammaldir,
Bizga yangi kuch ato etadi,
Egamizning farmonlari ishonchlidir,
Soddalarga donolik beradi.
Egamizning buyruqlari to‘g‘ridir,
Qalblarni shodlikka to‘ldiradi,
Egamizning amrlari ravshandir,
Ular ko‘zlarga nur beradi.

Ushbu matnda keltirilgan Xudoning So'zidagi to'rtta ta'rif haqida fikr yuritib: qonun - mukammal, vahiy - to'g'ri, buyruqlar - adolatli, amr - yoruq, inson Muqaddas Kitob soxta bo'lmagan haqiqiy kitobligini chuqur his qilib ishonadi va bu haqda musulmonlarga aytishi mumkin.

Ishayo Kitobi 55:10-11 yahudiylarga, hindularga, buddoyilarga, musulmonlarga, erkin va o'taketgan mutaassiblarga Rabbiy so'zini etkazayotgan, barcha xushhabarchilarni ruhlantiradi:
Osmondan qor, yomg‘ir yog‘adi. Ular osmonga qaytmay, yerni sug‘oradi, Toki yer o‘simlik o‘stirsin, Ekkani don, yegani non bersin. Mening og‘zimdan chiqqan so‘z shunday bo‘ladi, Menga bo‘m–bo‘sh qaytib kelmaydi. Mening xohish–irodamni o‘sha so‘z bajaradi, Qaysi niyatda yuborsam, O‘shani bajo qiladi.
Muqaddas Kitobda mavjud bo'lgan Xudoning So'zi nafaqat haqiqiy va soxta emas, balki kuch va qudratga to'la. U nima uchun tayinlangan bo'lsa, shuni bajarishga qodir. Islomdagi vahiy sifatida So'zning bu xususiyati noma'lum. Muqaddas Kitobdagi So'z ijodiy, shifo beruvchi, kechiruvchi, tasalli beruvchi va yangilantiruvchi kuchiga ega. Ko'p yahudiylar bu haqda bilishadi va Tavrot kitoblarini buyuk ehtirom bilan ehtiyot qiladilar. Ularning ko'pchiligi Qadimgi Ahdning kitoblarining haqiqiyligi va kuchiga bo'lgan ishonchini o'z hayotlari bilan aks ettirganlar.

3.07.2 -- Yangi Ahdda Muqaddas Kitobning haqiqiyligini tasdiqlovchi misralar

Matto 5:17-18 Iso Masihning muhim yo'l ko'rsatuvchi so'zidir. Bu Uning Qadimgi Ahddagi vahiyga bo'lgan munosabatini belgilaydi: Meni, Tavrot yoki payg‘ambarlarning bitiklarini* bekor qilgani kelgan, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. Sizga chinini aytayin: yeru osmon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta o‘chadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi.
Xudoning O'g'li Qadimgi Ahd vahiyning haqiqiyligi bu asoslangan muhim bayonot bilan kafolatlaydi. Iso oldingi vahiylarni bekor qilish va ularni yangi yoki eng yaxshilari bilan almashtirish imkoniyatini istisno qiladi. Qur'on esa, bunga aksincha, 240 bekor qilingan, bo'shqa kuchga ega bo'lmagan oyatlarni o'z ichiga oladi.
Iso Masih qonun va payg'ambarlar o'z ijrosini, Uning ta'limotida, hayotida, mo'jizalarida, o'limida va qayta tirilishida, Ruhning yog'ilishi va Uning qayta kelishida amalga oshganligini aytadi. Rabbiy Iso Qadimgi Ahdning vahiylarini hurmat qilgan, chuqurlashtirgan, ijro etgan va ular bo'yicha yashagan.
Va kelajakda Iso dunyoning oxirigacha Qadimgi Ahdni barcha kitoblarining haqiqiyligini kafolatlaydi. Har bir musulmon Muqaddas Kitobdagi hech qanday chiziq yoki nuqta yo'qolmasligiga ishonch hosil qilishi mumkin, ammo aniq ijobat bo'ladi. Iso Masihning bu obro'li bayonoti Muhammad va uning izdoshlarining barcha ayblovlarini rad etadi.

● Masihning keyingi so'zi Matto 24:35 - Uning Xushxabarini va Yangi Ahdning barcha Yozuvlarini ko'chmas mohiyatini kafolatlaydi: Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.
Iso na optimist (hayotga ijobiy qarash nuqtayi nazari), na pessimist (kelajakga umidsiz qaraydigan kishi) bo'lib namoyon bo'lmaydi, balki realchidir (shart-sharoitlarni aniq hisobga oluvchi). U bizga osmon va kichik erimiz o'tishi, dunyoni yaxshilash va tabiatni saqlab qolish uchun barcha insoniy sa'y-harakatlar behuda bo'lishida bizni ishontirmoqda. Bizning Rabbimiz tirik ekan, Uning So'zi ruh va kuch bilan to'la, Uning Xushxabari – hatto buyuk shovqin bilan narsalar yo'q bo'llib ketsa ham - o'tmaydi. U bizga ishonish va umid qilishni "Balki nomlaringiz osmonda yozilganidan xursand bo'linglar!" (Luqo 10:20) deb rag'batlantirdi. Uning So'zidan qayta tug'ilgan barcha va Muqaddas Ruhni qabul qilgan har bir kishi, ko'chmas abadiy hayotni o'z ichida olib boradi.

Luqo 1:1-4 Iso Masihning so'zlarini va uning ishlarini etkazishda Xushxabarchilarning aniqli va sinchkovlik bilan bajarishni ko'rsatadi. Yunon shifokori Luqo uning Xushxabarini qanday tuzganini aytadi: Hurmatli Teofilus! O‘zingizga ma’lumki, ko‘p odamlar oramizda Xudoning qilgan ishlari tafsilotini yozishga kirishganlar. Bu voqealarni yozishda ular bo‘lib o‘tgan hodisalarni boshidan ko‘rgan va ularni bizga yetkazgan odamlarning so‘zlarini asos qilib olganlar. Shuning uchun men ham hammasini boshidan sinchiklab tekshirganimdan keyingina, bu voqealarning tafsilotini tartib bilan sizga yozib berishga qaror qildim, toki sizga o‘rgatilgan ta’limotning haqiqiyligiga o‘zingiz ishonch hosil qiling.
Ba'zi musulmonlar Qur'onning kelib chiqishini tasavvur qilganlariday, Injil osmondan tayyor kitoblar sifatida tushmagan. Aksincha, masihiy bo'lgan yunon shifokori Masihning so'zlarini to'plagan va ishonchli guvohlarni so'rab surishtirib yozib olgan va shuning uchun So'z xizmatchilari deb nom olganlar.
Shifokor sifatida, Luqo Maryam erini bilmagan holda bolani qanday tug'ganini bilishni xohladi va shuning uchun u bu voqealar haqida undan hurmat bilan so'radi. Balki Maryam Farishta Jabroil Yahyo Chomdiruvchi tug'ilishini xabar qilganligini unga aytib bergan (Luqo 1:5-24). U Nosira shahrida unga Jabroil huzur bo'lganini (Luqo 1:25-56) va tug'ilishning batafsil tarihi xaqida (Luqo 2:1-21); shuningdek, ma'badda Isoning boshlanishi haqida (Luqo 2:22-40) va o'n ikki yoshli Iso ma'badga tashrif buyurgani haqida unga gapirib berdi (Luqo 2:41-52).
Yunon shifokori boshqa Xushhabarlarda mavjud bo’lmagan Isoning ko’plab masalalari va hikoyalarini yig’gan: adashgan qo’zi haqida (Luqo 15:1-7), darbadar o’g’il haqida (Luqo 15:11-32), rahimdil samariyalik haqida (Luqo 10:25-37), boy va Lazar haqida (Luqo 16:19-31), o’n mo’hovning shifo topishi haqida (17:11-19), Luqo farziy va soliq eg’uvchi haqida masalni eshitdi (18:9-14), Iso va Zakkayni uchrashuvi qay tarzda bo’lganini yozgan (19:1-10), va Isoni Isroil haqida to’kan ko’z yoshlarini be etibor qoldirmadi (19:41-44), Luqo, Maryam va Martaning tarihini qayd etgan (10:38-42), Isoning ketidan borgan shogird qizlarni ismi haqida habar berdi (8:1-3), va bo’lishi mumkin ularning sharofati bilan Isoning uch hoch chaqiriqini yozib olishga muvofiqt bo’lgan (23:34,43,46).
Uni qayta Tirilgan, emmauslik shogirdlari bilan qay tarzda uchrashgani (24:13-35) va sarosimaga tushgan shogirdlarini U qay tarzda ularga Kalomni tushunib etishlari uchun onglarini ochib pand nasihat bergan (24:44-49). So’ngra u Isoni osmonga ko’tarilishini hikoya qiladi (Luqo 24:50-52; Havoriylar 1:1-14) va Muqaddas Ruhni to’kilib berilishi (2:1-47) qiziqtirar edi.
Shifokor Luqo bo'lmagada, biz Xushxabarning ko'plab muhim matnlarini bilmagan bo'lar edik. U esa o'zining ikkita kitobini Antioxiyada masihiy bo'lgan Rim xizmatchisi Teofil uchun yozgan. Tirilgan Rabbiy "ajnabiy" Luqoni tarixiy voqealarni tasvirlashda sinchkovlik bilan yig'ish va mas'uliyatli ishni qilishga undadi. Uning Xushxabari Ruhga to'la, Ruhda yozilgan va Ruhda tasvirlangan. Iso o'zi ibroniy tilida o'qish va yozishni bilsa-da, hech qanday kitob yozmagan. Lekin hamma narsani eshitgan va ko'rgan Uning guvohlari buni qat'iy ishonch bilan va sadoqat bilan qildilar.

Yuhanno 1:14 musulmonlar bilan suhbatda yaxshi yordamdir: Kalom inson bo‘ldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga to‘lgandi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik. Bu ulug‘vorlik Otadan kelgan yagona O‘g‘ilga mansub edi.\\ Yuhanno Iso nafaqat Xudoning Kalomini e'lon qilganini, balki O'zi bu So'z ekanini angladi! Uning So'zlari va ishlari o'rtasida hech qanday farq yo'q edi. U begunohligicha qoldi. Xudoning Kalomi yaratilish, shifolash, kechirim, tasalli va yangilanishda U orqali namoyon bo'ldi. Xudoning irodasi va kuchi Masihda aniq ayon bo'ldi. Iso Masihning shaxsida tasvirlangan Xudoning Kalomi Xudoning butun haqiqatini ifodalaydi. Barcha va'dalar Unda "ha" va "omin" dir! Shuning uchun biz "din" ga emas, balki "Shaxs"ga ishonamiz. Biz faqat Xudoning Kalomiga emas, balki shaxsan Isoga ishonamiz! U o'zgarmagan. Kitobni qalbakilashtirish va yo'q qilish mumkin. Iso abadiy qoladi. U Xudoning Kalomidir. Qur'on bir necha marta (5 marta) bu haqiqatni tasdiqlaydi. Biz musulmonlar uchun bu ochiq eshikni tan olishimiz va undan foydalanishimiz va Isoni Xudo Kalomining mujassamligi deb etirof etishimiz kerak.

Yuhanno 16:13 “Haqiqat Ruhi kelib, sizlarni to‘liq haqiqat sari boshlaydi”.
Kashmirning sobiq musulmonlaridan biri bu matnni o'qib, hayajonlandi. Uning savoli quydagicha edi: "Sizda haqiqat Ruhi bormi?" Fikrlashni davom ettirib, u shunday dedi: "Agar siz haqiqat Ruhini olgan bo'lsangiz, yolg'on gapirolmaysiz. Agar siz o'ylamasdan yolg'on gapirgan bo'lsangiz, unda haqiqat Ruhi sizni yolg'onni tan olishga majbur qiladi. Bu Ruh yolg'onga toqat qilmaydi". Kashmirlik, javob kutmasdan, davom etdi: "Agar haqiqat Ruhi ularda harakat qilsa, masihiylar Muqaddas Kitobni hech qachon buzolmaydilar. Bu Haqiqat Ruhi bunga yo'l qo'ymaydi".
Mana bu erda muammo! Musulmonlar yahudiylarni va masihiylarni Muqaddas Kitobni buzishda gumon qiladilar, chunki Islomda haqiqat Ruhi yo'q. Islom to'rt holatda yolg'onga rasmiy ravishda ruhsat beradi: muqaddas urushda, ikki musulmonni yarashtirish maqsadida, eridan xotiniga va xotiniga eriga nisbatan. Hatto shoshma-shosharlik bilan aytilgan qasam bekor qilinishi mumkin (Al-Taxrim surasi 66:1-2). Alloh Islomda o'zini xamadan xam eng ayyor deb ataydi (Al-Imron surasi 3:54; Al-Niso 4:132; Al-Anfal 8:30). Qur'on ruhi ayyor bo'lsa, musulmonlar boshqalarni ayorlikda gumon qilishining nimasi ajablanarli? Musulmonlarga Muqaddas Kitob buzilmaganligini isbotlashni istagan kishi birinchi navbatda ular uchun va o'zli uchun haqiqat Ruhini so'rashi kerak. Aks holda, haqiqat, sodiqlik va ishonchlilik ular uchun begona tushunchalar bo'lib qoladi.

Yuhanno 17:17 - Oliy ruhoniy ibodatida Masih eng qisqa shaklda bizga Muqaddas Kitobning haqiqiyligi haqidagi buyuk haqiqatni xitob qilib ochib beradi: Sening Kaloming bor haqiqatdir!
Bu ibora - ta'limot emas, voizlik emas, guvohlik emas. O'g'il va Samoviy Ota o'rtasidagi muloqotda bayon etilgan, u Xudo Kalomining haqiqiy mohiyatini tasvirlaydi. Muqaddas Kitob tanqidchilari nimaki gapirmasin, erkin ilohiyotchilar, masihiylarga qarshi bo'lgan musulmonlar yoki manfaatparastlik kayfiyatidagi kommunistlar bu haqiqatga urilib chilparchin bo'ladi. Ular harqanday dalillarni, yolg'onchiliklarni va hiyla-nayranglarni taqdim etmasinlar, Otasiga ma'lum qilayotgan O'g'lining guvohligi oldida hamma narsa kuchini yo'qotadi: Sening Kaloming bor haqiqatdir!
"Haqiqat" so'zi semit tilida "qonun va huquq" degan ma'noni anglatishi mumkin! U holda bu ibora shunday eshitiladi: Sening Kaloming barcha qonunlar, ko'rsatmalar va sudlarni, ammo shuningdek, biz uchun o'rin bosuvchi Masihning Qurbonligi va qutqarilini ham o'z ichiga olgan. Muqaddas Kitob qoidalariga mustasno yoki qarshi yashayotgan isyonchidir. Sening So'zingni to'g'ri saqlagan esa oqlanadi va yangilanadi. Sening So'zing bizning hayotimiz, kuchimiz va umidimizdir. Rabbiyning har bir xizmatchisi xizmat uchun falsafa, partiya dasturlari va tasavvufdan ozod bo'lgan asosga ega: abadiy mustahkam haqiqat Xudoning Kalomi. Bu haqiqat - Masih, Ota So'zining mujassamligi.

Vahiy 22:18-19 - musulmonlar uchun yozilgan ogohlantirish mavjud: Bu kitobning bashorat so‘zlarini eshituvchi har bir kishini ogohlantiraman: kimda–kim bu so‘zlarga biror narsa qo‘shsa, Xudo ham o‘sha kishining jazosiga bu kitobda yozilgan balolarni qo‘shadi. Kimda–kim bu kitobdagi bashorat so‘zlaridan birortasini chiqarib tashlasa, Xudo ham o‘sha kishini bu kitobda yozilgan hayot daraxtidan va muqaddas shahardan benasib qiladi.
Musulmonlar bu ogohlantirishning ma'nosini qamrab olishi mumkin: Xudoning Kalomiga biror narsa qo'shigin va Xudo abadiylikda azoblaringa eng og'ir yaralarni qo'shadi. Agar sen Xudoning kalomidan biror narsa olsang yoki sir tutsang, Xudo senga osmonda tayyorlagan marhamatini kamaytiradi yoki umuman olib qo'yadi. Bu ilohiy tahdiddan xulosa qilish kerak bo'lgani quyidagicha: kim bunchalar ahmokki Xudo Kalomini buzish bilan shug'illanishga, keyin esa abadiy azob-uqubatlarga va zararga dosh berish uchun? Xudodan qo'rqqan yahudiy ongli ravishda Tavrotni va sodiq masihiy Hushhabarni qalbakilashtirishini aqilga sig'dirib bo'lmaydi. Agar u kofir va xudosiz bo'lsa, u holda, u umuman yahudiy va masihiy ham emas, balki yolg'on otasining o'g'li (Yuhanno 8:37-45).
Qadimgi va Yangi Ahdlarda Muqaddas Kitobning haqiqiyligi va to'g'riligini isbotlovchi misralir yana bor. Ularni faqat masihiy nuqtai nazaridan emas, balki musulmonlar uchun nimani anglatishini tushunishga harakat qilish kerak. Muqaddas Kitob o'zi o'zini himoya qiladi va oqlaydi. Biz musulmonlarga sevgi bilan u haqida haqiqatni aytishga qodir bo'lish uchun uning ovozini tinglashga mashq qilamiz.

3.07.3 -- Inson idroki va Qumronning o'ramli xatlari Muqaddas Kitobning haqiqiyligiga guvohlik bermoqda

Ilm-fanga ishonadigan musulmonlar soni o'sib bormoqda. Ular Qur'on tomonidan bog'lab qo'yilgan fikrlash qolipidan ozod bo'lmoqdalar. Ular bilan ba'zan mazmunan gaplashishga va ularni tanqidiy fikrlashga undashaga muyassar bo'linadi. Bu erda quyidagi savollar yordam berishi mumkin: Kim? Nima? Qachon?

Birinchi savol: Muqaddas Kitobni kim buzgan? Yahudiylar yoki masihiylar? Ko'pincha javob quydagicha: yahudiylar! Biz javob beramiz: agar yahudiylar Tavrot va Payg'ambarlarni o'zgartirganda, masihiylar jim turardi deb o'ylaysizmi? Bir-birini o'rtasida bahs olib borayotgan ikkita diniy oqimning mavjudligi, Qadimgi Ahd kitoblarini biron bir tomondan, maxfiy yoki ochiq-oydin tarzda soxtalashtirishni imkonsiz qilib qo'yadi. Agar da, kutilganiga qaramay, Tavrotni qalbakilashda masihiylarni ayblansa, shubhasiz sobitqadam ibroniylar Xudoni dinini tahqir qiluvchilarga qarshi safarga ko'tarilishlari muqarrar edi. Xudojo'y ibroniylar esa erkin ibroniylarga qarshi to'siqlarga chiqishga tayyor edilar, faqat xarqanday vositalar bilan Xudo Kalomini himoya qilish uchungina.

Tavrotni sohtalashtirish qachon yuz bergan bo'lishi mumkin? Agar javob Muhammaddan "oldin" deb aytilsa, Muhammad Qur'onda 136 marta Musoni, Ibrohimni 69 marta, iblisni 68 marta (shayton), Isroilni 47 marta, Sulaymonni 17 marta va Dovudni 16 marta eslaydi. Qur'on ko'p marta Tavrot hikoyalarini va uning Allohdan ta'sir o'tkazishni to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita tasdiqlaydi. Muhammad o'zining va'z faoliyatining birinchi 15 yilligida Tavrotni Xudoning haqiqati deb qabul qilgan. Lekin u ibroniy tilini bilmas va uni Arab tiliga tarjima qilib beruvchi kishilarga tobe edi. Bu odamlar unga Muqaddas Kitobning asl matnini emas, balki Mishna (sobitqadam yahudiylikning diniy buyruqlari) va Talmudning (yahudiylarning qonun qoydalar kitobi) hikoyalari va qonunlarini etkazganlar.

Agarda musulmonlardan biron biri Muqaddas Kitobni, Muhammadning Madinada so'ngi yillarida yashagan vaqtida, sohtalashtirilganini takidlashi holatida, unga Muqaddas Kitob undan oldin: yunon, lotin, arman, suriya, xaldey, kopt, habashiston va boshqa tillarga tarjima qilinganini javob qilish mumkin. Har bir tilda yuzlab agar minglab bo'lmasa qo'l yozma qo'lyozmalari mavjud edi. Barcha tillardagi bu Muqaddas Kitoblarni kim to'plashi holatida o'lishi mumkin edi, keyin ma'lum so'zlarni ayrim sahifalarda o'zgartirish uchun? Muhammad davrida Muqaddas Kitobning keng tarqalishi matnlarni soxtalashtirishni imkoni yo'q qilar edi!

Muqaddas Kitobda aniq nima va qanday boblar buzilgan bo'lishi mumkin? Hech bir musulmon bu savolga qoniqarli javob bilmaydi! Ularning aksariyati Tavrot parchasi bilan tanish emas. Shuning uchun – asl, haqiqiy Muqaddas Kitob bizning qo'limizda deb e'lon qilamiz. Biz musulmonlar taklif qiladigan o'sha qo'lyozma topilmalarni diqqat bilan o'rganishga tayyormiz. Ayni paytda, biz Muqaddas Kitob soxtalashtirilmaganligini gapirish huquqini saqlab qolmoqdamiz. Uning haqiqiyligini va to'g'riligini isbotlash bizga emas, yo'q, musulmonlar aksini isbotlashayversin, agar qo'llaridan kelsa, chunki ular bahslarni qo'zg'atuvchilar. Ular Muqaddas Kitobning yahshilangan asl nusxasini keltirmasdan oldin, biz ularga o'zimizning eng yaxshi ravishda saqlangan asl matnining nusxasini berishga tayyormiz.

Janob Dedat 19-asrning yuz yilligida ovropalik xudosizlaridan topilgan buzg'inchi dalillari yordamida Muqaddas Kitobni masxara qilishga urindi. Uning dalillarining aksariyati ilmiy jihatdan eskirgan. Musulmonlar orasida missionerlik ishi uchun nafaqat Dedat kitoblarini o'qish, balki Janubiy Afrikalik advokat Gilkrist kabi masihiylik himoyachilarining javoblarini ham, Muqaddas Kitob tanqidchilariga munosib javob berish uchun o'qish kerak.

Yangi Ahdning yunon nashri ba'zi hollarda qadimgi qo'lyozmalarda matn farqlari mavjud bo'lsa, asl manbaga murojaat qiladi. O'qimishli musulmonlar bu murojaatlardan foydalanadilar, matin farqidan foydalanganlariday, o'z ayblovlarini tuzish uchun. Ahir aynan shu juda ko'plab havolalar, Muqaddas Kitob matnlarining tarjimasiga ko'plab tadqiqotchilar - avlodi, ilohiyotshunoslar va tilshunoslarning qanday halollik, sadoqat va g'ayrat bilan munosabatda bo'lganligiga guvohlik beradi. Ular matnning yagona boshlang'ich ifodasini yaratishga intilmaganlar, balki haqiqat uchun barcha farqlarni hisobga olganlar. Dunyodagi hech bir kitob Yangi Ahd kabi ishonchli dalillarga ega emas, chunki uning matni 1500 dan ortiq qo'lyozmalar bilan tasdiqlangan.

Qur'on bilan vaziyat boshqacha! Muhammadning o'limi vaqtida Qur'onning sezilarli farqlari bo'lgan, o'nlab turlari mavjud edi, bu esa xalifalar qo'shinlari orasida shafqatsiz nizolarni keltirib chiqarar edi. Shu munosabat bilan xalifa Usmon Zaydu b. Tabitga Qur'onning yagona nashrini yaratishga va boshqa barcha mavjud asllarni yoqib yuborishga buyruq berdi!! Bugungi kunda musulmonlar ihtiyorida Muhammadning Quroni emas, balki Usmon tomonidan nashr etilgan Qur'on. Shialar qayta va qayta Usmonning Qur'oni qalbakilashtirilgan deb da'vo qiladilar.

Ishayoning Qumrondan qo'lyozmasi
Muqaddas Kitob matnining to'g'riligi masalasida O'lik dengizdagi badaviylarning Qumrondagi topilmalari alohida ahamiyatga ega. Ishayoning qo'lyozmasi hayratlanarli darajada yaxshi holatda topilgan. Olimlar bu qo'lyozma M.T. gacha 150-100 yillarga tegishli ekanligini tahlil qildilar va aniqladilar. Miloddan avval bu topilmadan oldin, eng qadimgi Tavrot nusxasi, ya'ni M. tug'ilganidan kegin 875-ga tegishli hisoblanilgan.

Ishayo kitobining Qumrandagi topilmasidan so'ng, o'tgan 1000 - yillar davomida ko'chirib yozish vaqtida xatolik tasodifan, yashirincha kirib qolganmi yoki yo'qmi va ongli ravishda soxtalashtirishga urinish bo'lgan - bo'lmaganligini aniqlash imkoniyati paydo bo'ldi. Ko'rsatilgan vaqt oralig'i Muhammadning hayoti va islomning paydo bo'lishini o'z ichiga oladi. Shu tariqa, soxtalashtirish bilan bog'liq ayblovlarga javob topish mumkin bo'lar edi.

Ishayo qo'lyozmasini qayta yozishda juda ko'p xatolar qilingan. Har bir xato tegishli so'z yoki harf ostida uchta nuqta bilan belgilangan va yuqori qismida to'g'ri harf yozilgan. Matn o'chirilmagan. Har bir narsa har qanday nigoh uchun tushunarli edi. Xulosa qilishda, barcha matnlarning harflari asl nusxada va yozib olingan nusxada hisoblab chiqilgan va bu har qanday farq yo'qolgunga qadar amalga oshirilgan! Qumron g'orlarida topilgan Ishayo qo'lyozmasining mavjudligi har qanday samimiy musulmonni o'ylanishga va jim bo'lishga majbur qilishi kerak edi.

Muqaddas Kitobning haqiqiyligi haqidagi barcha bahslarda Qur'on Xushxabarning soxta ekanligi haqida hech qaerda gapirmayotganligini esdan chiqarmaslik kerak. Muhammad masihiylarni hurmat qilgan, chunki ular uni aldashmagan va unga ayyorlik qilmagan. Musulmonlarni xijolatga solmaslik uchun bu haqiqatni xushmuomalalik bilan, ehtimol savol shaklida taqdim etish kerak.

3.07.4 -- Qur'on Muqaddas Kitobning begunohligi haqida nima deydi?

Muqaddas Kitoblarga ega bo'lgan yahudiy va masihiylar dastlab juda hurmat qilgan, ularning arab tiliga tarjima qilingan og'zaki guvohliklarini esa, Qur'onga kiritgan. Arablarning payg'ambari hech qachon Tavrot va Injilni o'z tilida o'qimagan, chunki bu kitoblar hali arab tiliga tarjima qilinmagan edi. Faqatgina Madinada Islom diniy davlati tuzilgandan so'ng, yahudiylar va masihiylar tomonidan tan olinishi, roziligi va itoatkorligini kutgan Muhammad mustaqil bo'lishni istagan har bir kishiga qarshi og'zaki hujumlarini boshladi. Uni payg'ambar deb tan olmaganlarni esa, u ta'qib qilgan, quvib chiqardilar, yahudiylarni esa qirib tashlagan. Masihiylar nisbatan dastlab beshikast qutildilar, chunki habashistonliklar ta'qiblari vaqtida musulmonlarni yashirganlari uchun.

Muhammad yahudiylar va masihiylarni Islomga moyil qilishga harakat qilgan paytdan boshlab Qur'onning ko'plab ijobiy so'zlari bizgacha etib keldi. Ularni Muhammad Muqaddas Kitobning benuqsonligiga qat’iy ishonganini, musulmonlarga ko'rsatish uchun ishlatish mumkin.

● Al-Moida surasi bir qator shunday oyatlarni o'z ichiga oladi. Madinada yashagan yahudiylar Muhammadni, shaharning hukmdori va oliy hakami sifatida, o'z xalqi orasida sodir bo'lgan zino bilan bog'liq murakkab masalani hal qilishga undashga harakat qilishdi. Ammo Tavrotni va uning ko'rsatmalarini o'qimagan Muhammad bu erda tuzoq borligiga shubha bilan qaradi. Uni kulgili holatda yoki johil sifatida ko'rsatishga urinishayotgan va bu bilan birga, bu hikoyada ishtirok etganni uchun qavm qabilasining qasosini unga olib kelishga harakat qilishmoqda deb o'yladi (Al-Moida surasi 5:42). Shuning uchun u ishni yahudiy oqsoqollariga qaytarib, quyidagi qiziqarli tushuntirishlarni qo'shib qo'ydi (Al-Moida surasi 5: 43-45):

43. Oldilarida Tavrot, unda Allohning hukmi bo‘lgani holda Sizdan hukm so‘rab, so‘ngra (ya’ni, hukm qilganingizdan keyin qanday) yuz o‘girib ketadilar-a? Ular hech mo‘min emaslar!

وَكَيْفَ يُحَكِّمُونَكَ وَعِنْدَهُمُ التَّوْرَاةُ فِيهَا حُكْمُ اللَّهِ ثُمَّ يَتَوَلَّوْنَ مِنْ بَعْدِ ذَلِكَ وَمَا أُولَئِكَ بِالْمُؤْمِنِينَ

44. Albatta, Biz Tavrotni hidoyat va nurni o‘z ichiga olgan holda nozil qilganmiz. Allohga bo‘yinsunuvchi bo‘lgan payg‘ambarlar, ilohiy bilim egalari va donishmandlar o‘zlariga Allohning kitobi omonat qo‘yilgani sababli yahudiylarga u (ya’ni Tavrot hukmlari) bilan hukm qiladilar. Ular bu kitob ustida guvohdirlar. Bas, (ey yahudiy ulamolar), odamlardan qo‘rqmangiz, Mendan qo‘rqingiz va Mening oyatlarimni qiymati oz narsalarga almashtirmangiz! Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir.
إِنَّا أَنْزَلْنَا التَّوْرَاةَ فِيهَا هُدىً وَنُورٌ يَحْكُمُ بِهَا النَّبِيُّونَ الَّذِينَ أَسْلَمُوا لِلَّذِينَ هَادُوا وَالرَّبَّانِيُّونَ وَالأَحْبَارُ بِمَا اسْتُحْفِظُوا مِنْ كِتَابِ اللَّهِ وَكَانُوا عَلَيْهِ شُهَدَاءَ فَلاَ تَخْشَوُا النَّاسَ وَاخْشَوْنِ وَلاَ تَشْتَرُوا بِآيَاتِي ثَمَناً قَلِيلاً وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ

45. Unda (ya’ni Tavrotda) yahudiylarga jonga jon, ko‘zga ko‘z, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va (yana boshqa barcha) jarohatlarga ham qasos olinadi, deb yozib qo‘ydik. Endi kim uni (ya’ni qasosni) kechib yuborsa, o‘zi uchun kafforat (ya’ni gunohlarni o‘chirib yuboruvchi) bo‘lur. Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir.
''' وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالأَنْفَ بِالأَنْفِ وَالأُذُنَ بِالأُذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ فَمَنْ تَصَدَّقَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 43 - 45)'''

Bu muhim oyatlar Islom davlatida yashovchi yahudiylar uchun musulmon bo'lmay qolishlik uchun ruxsatdir. Ular o'zlarining ishlarini ilohiy qonunlariga ko'ra hukm qilishlari mumkin. Bu qonuniy huquqning muhim tasdig'i, Muhammadning hayoti vaqtida Qadimgi Ahdning qonuni hali Tavrotda to'liq taqdim etilganligi haqida, Qur'onning bu ifodalariga asoslangan Muhammadning vasiyatida bor. Shunday qilib, u qonuniy yo'l-yo'riq va ilohiy nur, shuningdek, Tavrot hukmi, qonunga va donolikga, rahnamolik va rahm-shafqatga asoslanganligini tasdiqlaydi. Qur'ondagi oyatlar nuqtai nazaridan, Alloh yahudiylarni to'g'ri boshqaradi, ularni yomon yo'lga boshlamaydi, degan ma'noni anglatadi. Ular Alloh tomonidan tanlangan bo'lish sharafiga ega va Xudodan Vahiy Kitobiga ega. Nima uchun musulmonlar Tavrotni soxta deb da'vo qilishga jur'at etadilar?

● Islomga nisbatan bunday erkin o'rin masihiylarga qonuniy ravishda va'da qilingan (Al-Moida surasi 5:46-47):

46 Ularning izlaridan Iso ibn Maryamni o’zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o’zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mav’izadir.

وَقَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِمْ بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقاً لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَآتَيْنَاهُ الإِنْجِيلَ فِيهِ هُدىً وَنُورٌ وَمُصَدِّقاً لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَهُدىً وَمَوْعِظَةً لِلْمُتَّقِينَ

47 Injil ahli undan Olloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritsinlar. Kim Olloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana o’shalar fosiqlardir. ''' وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ الإِنْجِ يلِ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فِيهِ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 46 - 47)'''

Islom mamlakatlarida yashovchi masihiylar bu ikki oyatni yodlab olishlari kerak, chunki ular, ularning masihiy bo'lib qolish huquqi haqida gapirishadi. Qur'onning ta'limotiga ko'ra, ulardan hech biri musulmon bo'lishga majbur qilinmaydi.

Ushbu mutlaq huquqni asoslash uchun Olloh, ularga Iso birinchi navbatda, Tavrot va uning ilohiy hokimiyati obrosini tasdiqlash uchun yuborilganligini ochib berdi (Matto 5:17-18). Qur'ondagi bu ikki oyat, Injil ilohiy va so'zma-so'z yo'lga soluvchi sifatida ko'rib chiqiladi, rahnamolik va nurni o'z ichiga olganligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, biz Masihning o'rgatgan Xushxabari o'z ichida Tavrotni tasdiqlashini o'qiymiz. Tavrotning qalbakilashtirilmaganligi Iso va Uning Xushxabarining bu ikki tasdiqi Muhammad davrida ham, bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega! Ollohning bu nutqi masihiylar tomonidan xushxabarni soxtalashtirilganligini davo qiluvchi barcha musulmonlarning og'zini yopishi mumkin.

Muhammadga ko'ra, Olloh Masihning izdoshlariga qaratilgan maxsus va'zi haqida gapirgan. Ehtimol, bu erda Muhammad hech qachon o'qimagan tog'dagi va'z (Matto 5-7) nazarda tutilgan bo'lishi mumkin, chunki u Arab tiliga tarjima qilinmagan edi. Umuman olganda, Muhammad o'zining diniy faoliyatining boshida xat - savodni bilmas edi (Al-Araf surasi 7:157-158).

Bu dalillar va unga Olloh tomonidan taklif qilingan va'z asosida, Muhammad Masihning bu nutqidan haqqoniy xulosa qildi va Ollohni bu kitob bo'yicha o'z hayotini qurishni Injilning barcha egalariga amr etayotgan qilib taqdim etdi. Injil bo'yicha yashamaydigan har bir masihiy jinoyatchi (betavfiq).

Qur'onning bu noyob oyatlarida masihiylar Injil odamlari deb ataladi, chunki ular, Muhammad va musulmonlarga, xushxabarga nafaqat tez-tez murojaat qilib va og'zaki misralarni keltiribgina qolmay, balki u bo'yicha yashashga harakat qilishgan. Masihiylarga nisbatan bu hurmat faqat bu surada joy olgan, u erda ularni "Xushxabarning yurishi" deb ta'riflaydi.

● Xuddi shu surada (Al-Moida surasi 5:48) Muhammad Allohdan o'ziga maxsus vahiyni qabul qiladi:

48. Sizga esa (ey Muhammad), o‘zidan oldingi kitob(larni) tasdiqlaguvchi va u (kitoblar) ustida guvoh bo‘lgan bu Kitobni haqqirost nozil qildik, va U (Olloh) uning ustidan bedordir. …

وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقاً لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِناً عَلَيْهِ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 48)

Musulmonlar osmonda mavjud bo'lgan asl kitobga, barcha ilohiy kitoblarning onasiga ishonishadi, undan barcha payg'ambarlar bir necha sahifadan xabardor qilingan. Ushbu oyatda Olloh Muhammadga Qur'on Tavrotni va Injilni tasdiqlashini ochib bermoqda, Muhammad davrigacha mavjud bo'lganlarini va u o'zi, Olloh, hech kim uni qalbakilashtirmasligi uchun o'z kalomi ustida bedordir. Shunday qilib, musulmonlar tahmin qilayotganiday, Olloh yahudiylar va masihiylar Muqaddas Kitobni qalbakilashtirayotgan vaqitini uxlab qolgan? Olloh yolg'onni jazolaydi, shuningdek, bunday shubhalarni tarqatayotgan har bir kishi.

● Xuddi shu surada (Al-Moida 5:68) Muhammad to'g'ridan-to'g'ri "xushxabarchi" bo'lib qoladi. Yahudiylar va masihiylar unga ishonmasliklarini va kitoblarida amr etilgan tarzda yashamasligini ko'rganda, u g'azablanadi:

68. Ayting: «Ey axli kitob, to Tavrotga, Injilga (Xushxabar) va sizlarga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan barcha narsalarga amal qilmaguningizcha, hech qanday dinda emassizlar.

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَسْتُمْ عَلَى شَيْءٍ حَتَّى تُقِيمُوا التَّوْرَاةَ وَالإِنْجِيلَ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ مِنْ رَبِّكُمْ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 68)

Bu oyatda Muhammad yahudiylarni va masihiylarni Qadimgi va Yangi Ahdlarni o'rganishga va shu bo'yicha yashash va hukm qilishga undaydi. O'shanda Muhammad barcha samoviy kitoblarning bir-biriga mos kelishiga va bir-birini to'ldirishiga ishonar edi. U Tavrot va Injilni soxtalashtirish haqidagi eng kichik fikrga ham yo'l qo'ymadi, aksincha, ularni hayotida amaliy bajarilishini talab qilgan.

Iordaniyada yashagan bir arab xushxabarchisi bu oyatdan foydalangan. Maan temir yo'l bekatida, ziyoratchilar tomonidan to'ldirilgan poezdlar orasiga yurib, Muqaddas Kitobni baland ko'tatilgan o'ng qo'l bilan ushlab, baland ovoz bilan e'lon qilar edi: "Siz Tavrot, Injilga asoslanmagan bo'lsangiz, hech narsa emassiz!" Shunday qilib, u oyatning boshi va oxirini tushirgan. Xushxabarchi musulmonlarni undan Muqaddas Kitobni sotib olishga chaqirgan. Hech kim uni ushlamadi, chunki u Qur'ondan olingan Allohning buyrug'idan boshqa hech narsani takrorlamagan edi!

● Qur'onda yana ikkita oyat bor, ularga faqat kamdan-kam hollarda murojaat qilishlari kerak. Yunus surasida 10:94 Olloh Muhammadga aytadi:

94. (Ey, Muhammad!) Agar Sizga nozil etgan narsa (tarixiy voqealar) xususida shubha qilsangiz, Sizdan oldingi Kitobni o'qiydiganlardan so'rang.

فَإِنْ كُنْتَ فِي شَكٍّ مِمَّا أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ فَاسْأَلِ الَّذِينَ يَقْرَأُونَ الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِكَ (سُورَةُ يُونُسَ 10 : 94)

Muhammad yahudiylar va masihiylardan Injil haqiqatlarini bilib, ularni eshitib yodlab olib, Arab tiliga tarjima qilib, keyinchalik uning tutqanoqa tushib qolgan paytida olgan vahiysi sifatida ularni bergan. Shu bilan birga, u tez-tez vahiylarni yozzar, ammo keyinchalik boshqalardan olingan so'zlar va jumlalarni aniq talqin qilishni eslay olmas edi. Unga berilgan vahiylarning ma'nosini bilish uchun, unga Injil oyatlarini bergan kishilarga yana bir bor savol berishga Olloh uni yuborishiga ruxsat berishdan boshqa yo'l ko'rmani. Musulmonlar, Olloh Muhammadni yahudiylardan va masihiylardan o'z Qur'onini talqin qilish uchun yordam so'rashni buyuradi, chunki "ular undan oldin kitoblarni yod olganlar" Muqaddas Kitobni buzilganligini qanday da'vo qilishadi? Bu oyat musulmonlarga bizni tushuntirib berishimizga hojat yo'q. Ularga bu ibora nimani anglatishini so'rash yaxshiroq, shunda ular haqiqatni ko'rishadi va u bilan rozi bo'lishadi.

● Al-Nahl surasida 16:43 barcha musulmonlarga shunday bir narsa e'lon qilinadi. Olloh Muhammadga buyurishni o'ylaydi:

43. (Ey Muhammad), Biz sizdan (ya’ni, sizni payg‘ambar qilib yuborishimizdan) ilgari ham (farishtalarni emas, balki) faqat (siz kabi kishilarni — insonlarnigina O’zimiz tushirgan vahiy bilan (payg‘ambar qilib) yuborganmiz. (Ey mushriklar), agar (bu haqda) bilmaydigan bo‘lsangizlar, ahli ilmlaridan (ya’ni, Tavrot va Injilni biladigan kishilardan) so‘ranglar!

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ إِلاَّ رِجَالاً نُوحِي إِلَيْهِمْ فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ (سُورَةُ النَّحْلِ 16 : 43)

Muhammad musulmonlarni o'z shubhalari bilan yahudiylarga va masihiylarga murojaat qilishga va Alloh va uning ko'rsatmalariga xaqida so'rashga da'vat etadi. Lekin Muhammad ularni har qanday masihiy yoki yahudiyga emas, balki faqat so'zma - so'z va yurakdan Tavrot va Xushxabardagi vahiy matnga murojaat qiladiganlarga jo'natdi.

Musulmonlar orasida Rabbiyning xizmatkori sifatida ishlashni istagan har bir kishi Muqaddas Kitobdan kerakli ajoyib hodisalarni yurakdan, jumladan, boblar va misralardan yodla olishi kerak. Muhammadning o'zi musulmonlarni faqat o'z qo'lida kitobsiz Xudoning Kalomini yurakdan aytib berishi mumkin bo'lganlarning oldiga jo'natgan.

● Qur'onda Muqaddas Kitobning haqiqiyligini tasdiqlaydigan boshqa oyatlar ham bor. Nihoyat, Qur'ondan olingan Ollohning yana bir vahiysi taqdim qilamiz:

27. So‘ngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘ambarlarimizni yubordik va Iyso binni Maryamni ham (ularning) ortidan yubordik va unga Injil ato etdik hamda unga ergashgan zotlarning dillarida mehribonlik va rahm-shafqat (paydo) qildik (Al-Hadid surasi 57:27).

ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِمْ بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَآتَيْنَاهُ الإِنْجِيلَ وَجَعَلْنَا فِي قُلُوبِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً ابْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَاهَا عَلَيْهِمْ إِلاَّ ابْتِغَاءَ رِضْوَانِ اللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا فَآتَيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ (سُورَةُ الْحَدِيدِ 57 : 27)

Muhammad uning barcha raqiblaridan masihiylar musulmonlarga eng yaqin odamlar ekanini ko'p marotaba ta'kidlagan. Ular musulmonlarga mayil bo'lgan va rahm-shafqat bilan munosabatda bo'lishadi. Bunday ishonchga Muhammad Makkadagi og'ir ta'qiblar voqealaridan keyin keldi. O'shanda 83 - musulmonlar Efiopiyaga qochib ketishiga to'g'ri keldi, u erda boshpana izlashdi (masihiylar orasida). U erda ularni qullarga aylantirmadilar, ammo yordam berdilar va ozodlik berishdi. Muhammad bu qanday bo'lishi mumkinligini o'zidan so'rar edi. U, Olloh Isoga Xushxabarni berganini va Masihga ergashganlarning barchasini qalbiga Xushxabar orqali mehribonlik, sevgi va rahm-shafqat solib qo'yganini bilib oldi.

Muhammad masihiylarda g'aroyib narsalar borligiga e'tibor bergan, lekin hatto o'z dushmanlariga xizmat qilish uchun tayyor bo'lgan, sevgi tufayli xarakatlanayotgan odamlarni qanday omil o'zgartirganini tushunolmas edi. Bunga javob Rimliklarga 5:5b da yozilgan, u erda Pavlus shunday deydi: Xudoning sevgisi bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali qalbimizga quyildi. Muhammad Muqaddas Ruhning mavjudligini bilmas edi, ammo Iso Masihning izdoshlarida Uning mevasini ko'rdi.

Mutlaqo ravshan: Bu misra musulmonlarga Muqaddas Kitobning soxta emasligini tushuntirish uchun eng yaxshi yo'lni ko'rsatadi. Imonda odamlarni zabt etishning eng samarali usuli, Masih xochining dushmanlariga nisbatan sevgi va rahm-shafqatdan iborat va boshqa hech narsa emas. Bizning sevgimiz, ibodatlarimiz, guvohligimiz va xizmatimiz orqali biz musulmonlarga Muqaddas Kitobning ishonchli va kuch-qudratga to'la ekanini tushunishga yordam beramiz. Har birimizda bu borada katta mas'uliyat yotadi.

3.07.5 -- Xudo Kalomining kuchi haqida guvohlik

● Butrus shunday deydi: Hazrat, biz Sizdan boshqa kimga ham borar edik?! Abadiy hayot baxsh etuvchi so‘zlar Sizda–ku! Siz Xudoning Azizi ekaningizga ishonchimiz komil. (Yuhanno 6:68-69; Matto 16:16). Keyinchalik o’zining maktubida u bu guvohlikni chuqurlashtirdi: Axir, sizlar yangidan tug‘ilgansizlar. Bu yangi hayotni sizga foniy bandalar emas, balki abadiy va hayotbaxsh Xudoning kalomi ato etgan. (1 Butrus 1:23; Yuhanno 1:13; 3:5).

● Isoning ukasi Yoqub yozganda bu tajribani tasdiqlaydi: Biz bu yangilanishning ilk hosili bo‘lishimiz uchun, Xudo O‘z xohishiga ko‘ra, bizga haqiqat kalomi orqali yangi hayot berdi. (Yoqub 1:18).

● Havoriylarning eng yoshi Yuhanno, katta hayrat bilan gapiradi: Boshidan ayon bo‘lgan Hayot kalomi haqida biz sizlarga xabar bermoqchimiz. Ko‘rib eshitganlarimizni, ha, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘z qo‘llarimiz bilan paypaslab ko‘rganlarimizni sizlarga ma’lum qilmoqchimiz. Otamiz Xudoning huzurida bo‘lgan Hayot bizga oshkor bo‘ldi! Biz bu abadiy Hayotni ko‘rib, endi U haqda sizlarga shohidlik qilyapmiz. Ko‘rgan–eshitganlarimizni ma’lum qilish orqali sizlar bilan birodar bo‘lib yashamoqchimiz. Zero, o‘zimiz ham Otamiz Xudo va Uning O‘g‘li Iso Masih bilan yashayapmiz. (1Yuhanno 1:1-3).

● Pavlus guvohlik orqali barcha shubhalarni tarqatib yuboradi: Men Xushxabardan or qilmayman, chunki Xudoning kuch–qudrati bo‘lgan bu Xushxabar orqali unga ishonganlarning hammasi qutqariladi. Ishonadiganlar yahudiymi, g‘ayriyahudiymi, farqi yo‘q! (Rimliklar 1:16).

● Ibroniylarga maktubning muallifi tasdiqlaydi: Xudoning kalomi jonli va ta’sirli, har qanday dudama qilichdan o‘tkirroqdir. U jon bilan ruhni, bo‘g‘inlar bilan ilikni ajratgudek suqilib kiradi. Xudoning kalomi xayolu yurakning niyatlarini fosh etadi. (Ibroniylar 4:12).

2000 yil cherkov tarixi davomida biz Isoning so'zlari kuch, haqiqat va donolik bilan to'la ruh va hayot ekanligini tan olgan erkaklar va ayollarning son-sanoqsiz guvohliklarini o'qiymiz. Cho'pon Vilgelm Bush, Germaniyaning, Essen shahrida yashagan va Ikkinchi jahon urushi paytida tungi bombardimonlardan omon qolgan, o'z jamoati a'zolariga maslahat bergan: "Siz tovush chiqaruvchi asbobnini ovozini eshitganingizda va bombardimon panohiga shoshilayotganingizda, birinchi navbatda o'zingiz bilan pul va chek kitobini emas, balki Muqaddas Kitobni olishga harakat qiling", chunki Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi (Matto 4:4; Luqo 4:4).

Masihiylarning madhiyalari va ilhomlantiruvchi qo'shiqlarining yuksak qiymati - bu imonlilarning Xudo chaqiruviga bo'lgan javobidir. Ular Uni o'z Otasi singari ulug'ladilar, gunohlarini Uning oldida etirof etdilar, Undan kechirim olishdi va , ularning hayotida rahm-shafqat va muhabbatni tug'dirgan Uning Muqaddas Ruhidan kuch oldilar. Ular, shuningdek, barcha xalqlarga Xudoning tirik So'zini etkazish chaqirig'ini eshitdilar, chunki Xushxabar Masih yana kelishidan oldin barcha odamlarga va'z qilinishi kerak.

Martin Lyuter kuylaydi:

Rabbiy, bizlarda So'zinga sodiq qoling saxlagin
Dushmanlaringni halokatli rejalarini tarqating
Ular Sening O'g'ling, Iso Masihni
Uning taxtidan Uni ag'darishni istaydilar
(Lyuter Qo'shig'i, Avstraliya, 197,1)

Leipzig shahridagi bir Cherkovda 1597 yilda qo'shiq kuylashdi:

Sening So'zing haqiqat va aaldanmaydi
Va va'da qilgan hamma narsaga vofodorlik qiladi
hayotda, shuningdek o'limda ham
endi Sen meniki, va men Seniki
Senga o'zimni topshirdim.
(Lyuter Qo'shig'i, Avstraliya, 535,3)

3.08 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Aksariyat musulmonlarni Muqaddas Kitobning haqiqiyli giga shubha qiladigan falaj kuch nima? Bu qarash ularning ko'pchiligini Tavrot va Xushxabarning matniga ishonishlariga qanday to'sqinlik qiladi?
  2. Yahudiylar Madinada qanday qiyinchiliklarga duch kelishdi, ularning shaxrida hakam bo'lgan Muhammaddan, Tavrotda qayd etilgan qonunning bir qismini yashirganlaridan so'ng?
  3. Qur'onda Tavrotga nisbatan qanday o'nta mulohaza sizga eng adovatli kabi ko'rinadi?
  4. Qur'on qaerda barcha yahudiylarni Muqaddas Kitoblaridagi matnlarning bir qismini o'zgartirishga rozi bo'lganliklaridan ayblaydi?
  5. Yahudiylar butun Tavrotni o'zgartirganliklari xaqida qaerda aytiladi?
  6. Qur'on Xushxabarning (Injil) soxtalashtirilishi haqida nima deydi?
  7. Qonunlar 18:15,18 va'da qilingan payg'ambar "Muso kabi" deb aytilgan Muhammad emasligini musulmon odamga qanday tushuntira olasiz?
  8. Isoning Yupatuvchini (paracletos) yuborish haqidagi va'dasi Muhammadni hech qanday tarzda nazarda tutmasligi xaqida nima gapiradi?
  9. Qur'onni Muqaddas Kitob bilan taqqoslashni boshlaganlarida musulmon olimlari nima aniqladilar? Qanday qilib ular ikki kitob o'rtasidagi murosasizlikni bartaraf etishga harakat qilishdi?
  10. Janob Dedat qanday usul bilan Osiyo va Afrikadagi faol masihiylarning imoniga putur etkazishga muvaffaq bo'ldi? Masihning tirilishi bilan bog'liq muammoni tushuntiring, u erda U xaqida "uch kun va uch kecha" tobutida bo'lganligi aytilgan!
  11. Musulmonlarga Muqaddas Kitobning barcha kitoblarida matnlarning buzilmaganligini tushuntirish uchun qo'llashimiz mumkin bo'lgan beshta manbani aytib o'ting?
  12. Rabbiyning o'zi Eremiyo payg'ambarini haqiqatning o'zgarmasligi va Uni So'zining samaradorligiga qanday ishontiradi?
  13. Muqddas Kitobning qalbakilashtirib bo'lmaslik xaqiqatini ximoya qilishda, Qonunlar 4:2 va Hikmatlar 30:5-6 dan nimani o'rganishimiz mumkin?
  14. Qadimgi Ahddagi qaysi misralar bu Muqaddas Kitobning o'zini o'zida Xudo Vahiyining buzilmagan haqiqatini himoya qilishini ko'rsatadi?
  15. Qay tarzda Ishayo 55: 10-11 dagi Rabbiyning va'dasi musulmonlar orasida Xudoning har bir sodiq xizmatchisiga taskin berishi mumkin?
  16. Nima uchun musulmonlar bilan munosabatda bo'layotgan har bir masihiy Matto 5:17-18 dagi Isoning noyob bayonotini yodlab olishi kerak?7-18?
  17. Iso o'z So'zining abadiy samaradorligini qanday so'zlar bilan kafolatladi?
  18. Yunon shifokori Luqo tomonidan yozilgan Xushxabarning haqiqati xaqida Xushxabarning muqadimasidan nimani bilib olishimiz mumkin?
  19. Musulmon uchun Iso Yuhanno Xushxabarida va Qur'onda tanada kelgan "Xudoning Kalomi" deb nomlanganligi haqiqati nimani anglatishi mumkin?
  20. Nima uchun Haqiqat Ruhi biz uchun ham, musulmonlar uchun ham juda zarur? Nima uchun bu haqiqat Ruhi islomda topilmaydi? Bu haqiqat musulmonlarga xizmat qilish uchun qanday oqibatlarga olib keladi?
  21. Nima uchun Iso o'z ibodatida Samoviy Otasiga: "Sening So'zing haqiqat" deb etirof etaolgan? Bu erda qanday haqiqat ochiladi?
  22. Vahiy 22: 18-19 har bir samimiy musulmonni qanday qilib bilim berishi mumkin?
  23. Qanday qilib "Tavrotni kim o'zgartirdi?" savoli musulmonga hech kim Muqaddas Kitobni hech qanday tarzda o'zgartira olmasligini tushunishga yordam beradi?
  24. Qanday qilib "Tavrot buzilgan deb o'ylaysizmi?" savoli orqali musulmonni Tavrotni qalbakilashtirib bo'lmaslik fikrga olib kelish mumkin?
  25. Qay tarzda 1500 qadimiy qo'lyozmalardan iborat Muqaddas Kitobning turli qismlari buzilmagan yoki yo'q qilinmagan? Va nima uchun Qur'onning asl nusxalari yoqib yuborilgan?
  26. Muqaddas Kitobning haqiqiyligini tasdiqlovchi Kumranda topilgan Ishayo payg'ambarning kitobiga asoslangan xolda qanday dalil keltirishingiz mumkin?
  27. Al-Maida surasi 5:43-45 bo'yicha Islomiy mamlakatlarda yahudiylar qanday maxsus huquqlarga ega? Muhammad bu oyatlarda Tavrotning ilohiy nafasini va behatoligini qanday tasdiqlaydi?
  28. Qanday qilib Al-Maida surasidagi noyob oyatlar 5:46-47 barcha masihiylarni Islom mamlakatlarida yashab, Masihiy bo'lib qolish huquqini kafolatlaydi? Nima uchun barcha masihiylar bu oyatlarni o'rganishlari va yodlab olishlari kerak? Qur'onda bu ikki oyatning ma'nosini tushuntirib bering!
  29. Muhammad uning Qur'onini Qadimgi va Yangi ahdlar tasdiqlashini qanday izohladi? Islomdagi Alloh o'z vahiyni qanday himoya qilishni nazarda tutadi? (Al-Maida surasiga qarang 5:48)
  30. Nima uchun Muhammad yahudiylar va masihiylarni ilohiy kitoblariga muvofiq yashashni talab qilib, Xushxabarchi bo'lib qolishiga oz qoldi? Uning chaqiruvi Muqaddas Kitobning begunohligi masalasida nimani anglatadi? (Al-Maida surasiga qarang 5:68)
  31. Muhammad unga nima ochilganini tushunaolmasa, o'z Qur'on oyatlarining ma'nosi haqida kimdan so'rashi kerak edi? (Yunus surasiga qarang 10:94)
  32. Qur'on musulmonlarni uni tushunish uchun yordam kerak bo'lsa kimga yuboradi? (al-Nahl surasiga qarang 16:43)
  33. Muqaddas Kitobning buzilmaganligi va tirik kuchining eng kuchli isboti nima? (Al-Hadid surasiga qarang 57: 27)
  34. Masihning havoriylarining shahodatlaridan qaysi misralari Muqaddas Kitob Xudoning o'zgarmas So'zi fikrini aniq ifodalaydi?
  35. Nima uchun Havoriy Pavlus Masihning Xushxabari Xudoning kuchining to'liqligini o'z ichiga olishini takidlaydi? (Rimliklarga qarang 1:16)
  36. Tirik Rabbiy Muqaddas Kitobning so'zlari orqali shaxsan sizga murojaat qiladimi? Agar iloji bo'lsa, iltimos, qisqa tarzda sizga nima deganini tasvirlab bering?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)