Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 2.01 Introduction

Previous part? -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 2 - Islomdagi Alloh kim?

2.01 - Kirish


KIRISH:
ISLOM - DUNYONING KELAJAK KUCHI?

19 asrga kelib, Evropa va Amerika odamlari islom dinini nazarlaridan chetda qoldirgan edi. Faqatgina bir necha g‘arb odamlari olis koloniyalarda musulmonlar bilan uchrashib turgan. O‘sha paytlari odamlarning tasavvurlarida faqat Turk janglari haqidagi hikoyalar qolgandi. Biroq, G‘arbda jadal ravishda rivojlangan texnologik taraqqiyot islom xalqlarini chetlab o‘tdi, buning natijasida islom xalqlari arzimas qilib ko‘rsatildi.

Ammo oxirgi paytlar Evropada islom dini keng tarqalganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. 1453 yilda Ottoman imperiyasi Konstantinopl shahrini – masihiylik markazini egallab olishdi. Keyinroq, 1529 yilda va 1683 yilda turklar Vena shahri darvozalari oldida turgan. Belgrad shahrini ozod qilish uchun taxminan 200 yil ketdi. Bu esa Birinchi Jahon urushidan ozgina oldinroq sodir bo‘ldi va o‘sha paytda, nihoyat, Bolqon davlatlari islom Turk zulmiga qarshi chiqdilar. O‘sha hududda 600 yil davomida islom va masihiylik bir-biri bilan kurashib kelgan.

Ko‘p masihiylar Suriya va Shimoliy Afrika masihiylik dunyosining markazlari bo‘lganini unutganlar! Ammo bu joylar 632 yildan 732 yilgacha birinchi islom hujumlariga duchor bo‘lib, arablar nazorati ostiga tushdi. Musulmon askarlarining G‘arbiy Evropagacha kelgan eng yaqin joyi bu Parij janubi va Jeneva shaharlaridan 200 kilometr uzoqlikdagi joy bo‘lgan. Agar Charlz Martel mustahkam turmaganda, biz bugun hammamiz musulmonlar bo‘lar edik! Nitsshe, ateist (dahriy) bo‘lib, istehzo bilan shunday degan: “Dunyo tarixining eng katta xattosi bu arablarni Tur va Poiters tomonlardan haydash edi”.

Islom tomonidan uchinchi katta hujum 1973 yilda 17 oktyabrda bo‘lgan. Isroilga qarshi bo‘lgan Yom Kippur Jangi deb, arab podshohlar va shayxlar neft narhlarini to‘rt barobar ko‘paytirdilar. O‘sha vaqtdan beri neft qimmat mahsulot bo‘lib kelmoqda. Ushub mahsulot narhi tufayli sharq va g‘arb dunyosida orasida ko‘p iqtisodiy krizislar bo‘lyapti. Bu krizis tufayli Uchinchi Dunyo, ya’ni qambag‘al davlatlar qarzlarga botib, ezilib ketdilar. Bugun televizor ko‘rayotganda hamisha Yaqin Sharqda turli xil hodisalar sodir bo‘lishini ko‘rish mumkin. Islom o‘zining qudratini butun dunyoda neft va moliya orqali ko‘rsatadi. Bu din Evropa va Amerikada to‘xtab, ochko‘zlik bilan Osiyo va Afrika halqlairga qarayapti.

Ba’zi masihiylar astasekinlik bilan “Islom nima va Alloh kim?" degan savollar berishni boshlamoqda. Ammo ko‘plar bunga e’tibor bermaydi. Insonparvarlik tarafdorlari bo‘lgan odamlar yuzaki darajada turli ezgu niyatlarga asoslangan dasturlar orqali, suhbatlar va maslahatlar orqali muammolarni hal qilmoqchi bo‘lyaptilar. Ammo ular muammoning ildizini tushunmaydilar.

Bugun Evropa davlatlarida taxminan o‘n million musulmonlar yashab, o‘qib, ishlab yuribdilar. Bir necha million musulmonlar Shimoliy Amerikaga ketgan. Bu Isoga ergashuvchilar uchun ikkita narsani bildiradi. Birinchisi, “hosil” o‘zimizning oldimizga keldi. Ikkinchisi, musulmon dunyosining kengayib borayotganini biz esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Shuning uchun har bir masihiy uchun quyidagi savollar muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kerak: Islomning maqsadi nima? Alloh kim? Allohning Iso Masih va Uning jamoatiga qanday aloqasi bor?

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 09:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)