Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Gjuha shqipe
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 17-Understanding Islam -- 039 (Christ Created)
This page in: -- Arabic? -- Bengali -- Cebuano -- English -- French -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Kiswahili -- Malayalam -- Russian -- Somali -- Tamil -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous Chapter -- Next Chapter

17. Islomni Tushunish
UCHINCHI BO'LIM: MUSULMON MASIHNI TUSHUNISH
7 BOB: QUR'ONDAGI MASIHNING MO'JIZALARI

7.1. Masih Yaratdi


Masih Qur'onda aytadi:

“Men sizlarga loydan qush timsolini yasab unga puflasam, u Allohning izni-irodasi bilan haqiqiy qush bo‘ladi.” (Qur’on 3:49)

Shunday qilib, Qur'on Masihni yaratuvchi deb ta'riflaydi; Qur'on Masihning loydan, ya'ni Alloh Qur'onda Odam Atoni yaratishda foydalangan materialdan foydalanib yaratganini aytishi, juda qiziq:

“U zot insonni (yani Odam alayhis-salomni) sopol kabi qurigan qora loydan yaratdi.” (Qur’on 55:14)

Masih buni "Xudoning izni-irodasi bilan" qiladi degan fikr Yangi Ahddagi Masih aytgan so’zga, juda o'xshaydi:

“Sizlarga chinini aytay: O‘g‘il O‘zidan–O‘zi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan ko‘rgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, O‘g‘il ham xuddi shularni qiladi. Axir, Ota O‘g‘lini yaxshi ko‘radi, O‘zi qilgan hamma ishlarni O‘g‘liga ko‘rsatadi. U O‘g‘liga bundan ham buyukroq ishlarni ko‘rsatadi, shunda hammangiz hayron qolasizlar. Ota o‘liklarni tiriltirib, ularga hayot baxshida etganday, O‘g‘il ham istagan odamiga hayot baxsh etadi.” (Yuhanno 5:19-21)

Farq shundaki, Xushxabar Uch Birlikning birligini va Masih Otaning irodasini bajarish uchun kelganini ta'kidlasa-da, Qur'on mo'jizani tushuntirmaydi, balki uni shunchaki Masih qilgan ishlar ro'yxatiga kiritadi. Qur'onda Masih Allohning irodasini bajarganligi haqidagi gap mutlaqo noo'rin va Masih Xudo bo'la olmasligini, balki boshqa odam bo'lishi kerakligini isbotlamaydi, chunki masihiylar hech qachon Masihning irodasi Otaning irodasiga zid deb aytmaydilar - aslida ularning irodasi faqat bir xil bo'lishi mumkin!

Shunday qilib, biz shunday haqiqat bilan qolamiz: Allohdan tashqari, Islomda Masihdan boshqa hech kim Yaratuvchining sifatlariga ega emas.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on May 04, 2026, at 04:12 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)