Grace and TruthThis website is under construction ! |
|
|
Home Afrikaans |
Home -- Uzbek -- 17-Understanding Islam -- 059 (Misunderstanding)
This page in: -- Arabic? -- Bengali -- Cebuano -- English -- French -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Kiswahili -- Malayalam -- Russian -- Somali -- Tamil -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba
Previous Chapter -- Next Chapter 17. Islomni Tushunish
TO'RTINCHI BO'LIM: XUSHXABAR YO'LIDAGI ISLOMIY TO'SIQLARNI TUSHUNISH
10 BOB: MASIHIYLIKNI KO'RIB CHIQISHDA MUSULMONLAR YENGIB O'TISHLARI KERAK BO'LGAN IJTIMOIY TO'SIQLAR
10.2. TushunmovchilikIslom ta'limotlari masihiylikni noto'g'ri tushunishini namoyish etadi. Birinchidan, musulmonlar "Xudo" so'zini o'ziga xos nom (yoki ism) sifatida ishlatishadi, shunday qilib, masihiylarning Iso Xudo, Ota Xudo va Muqaddas Ruh Xudo deb aytishlarini eshitganlarida, musulmonlar buni Ota, Iso va Muqaddas Ruh deb tushunishadi (ya'ni, ular bir xil Shaxsga ishora qiladi). Uchbirlikka kelsak, Qur'on masihiylar uchta Xudoga (Alloh, Iso va Maryam) sig'inishini ta'kidlaydi. Qur'onda ko'p xudolikni hech qachon kechirib bo'lmasligi aytilgannligi sababli, musulmonlar uchun bu butunlay la'nat! Masihiylar buni bizning e'tiqodlarimizni noto'g'ri talqin qilish deb qanchalik tez-tez tushuntirishmasin, musulmonlar Qur'on aytganlariga albatta ishonadilar. Keyin, albatta, biz masihiylikni G'arb turmush tarzi bilan tenglashtiramiz. G'arbdan tashqaridagi musulmonlar Gollivud filmlari va teleko'rsatuvlarda tasvirlangan turmush tarzini islomiy me'yorlar bo'yicha butunlay axloqsiz deb biladilar va buni masihiylik deb o'ylashadi. |