Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 5 Mockery of the Jews and the first military campaigns of Muhammad

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Previous book -- Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

5 - Yahudiylarning MASXARASI Va Muhammadning Ilk Harbiy Yurishlari -- (623 yillar)

Yahudiylarning qarshiligi va masxarasi -- Holy War Enters a New Stage.



5.01 -- Yahudiylarning MASXARASI Va Muhammadning Ilk Harbiy Yurishlari -- (623 yillar)

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

5.02 -- Yahudiylarning qarshiligi va masxarasi (623 yildan so’ng.)

5.02.1 -- Safiyaning guvohligi

Xuvay ibn Axtabning qizi, Safiya dedi: “Mening otam Xuvay va tog’am Abu Yasir meni boshqa bolalardan ko’ra ko’proq yahshi ko’rishar edi. Ular boshqa bolalar bilan band bo’lgan chog’larida men kelib qolsam, ular darhol menga e’tibor qaratishar edi. Muhammad Madinaga kelganida va Qubanikida to’xtaganida, otam va tog’am hali tong otmasdan, uning oldiga jo’nashdi va faqat quyosh botgan chog’ida qaytishdi. Ular sekin-asta yurishib, charchashgan va juda horg’in ko’rinishar edi. Men bo’lsam har doimgidek, ularning oldiga yugirib chiqdim, lekin ular menga e’tibor bermadilar. Ular juda hafa bo’lishgan edi. Men, otam amakisidan: “Nahotki u bo’lsa?“- deb so’rayotganini eshitib qoldim. U ularga javob berib: “Allohga qasamki, ha!”- dedi. U yana bir bor: “Siz uni taniyapsizmi va uning so’zlarini tasdiqlaysizmi?”- deb so’radi. U ularga: “Ha”- deb javob berdi. Shunda mening tog’am so’radi: “Unda nima qilmoqchi bo’lyapsiz?” Otasi ularga: “Allohga qasamki, men uni umrimni oxirigacha dushmanim deb hisoblayan!”- deb javob berdi.

5.02.2 -- Yahudiylar tarafda bo’lgan Allohning yordamchilari orasidagi ikkiyuzlamachilar haqida

Nabtal ibn al-Haris kuchli, jungalak sochli, qizil ko’zli va to’q-qizil yusli, qora tanli odam edi. U tez-tez Muhammadning oldiga borib, u bilan suhbatlashar, keyin uning so’zlarini ikkiyuzlamachilarga etkazar edi. U shunday ham dedi: “Muhammad – quloq! U har kimni eshitadi va aytganlaring hammasiga ushonadi”.* Alloh u haqida quyidagilarni aytdi: “Ularning orasida payg’ambarlarga ozor beradigan va “u quloq tutguvchi” deydigan kimsalar bordir. Ayting: sizlar uchun yaxshilik bo’lgan narsaga quloq tutuvchi, Allohga iymon keltiruvchi, mo’minlarga ishnadigan va sizlarning orangizdagi iymon keltirgan zotlar uchun rahmat-marhamati bo’lgan zotdir. Allohning payg’ambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob bordir” (Tavba surasi 9:61). Bal-Ajlan unga aytib berishganini so’zlab berdi, bir kuni Jabroil Muhammadga keldi va aytdi: “Qora tanli, jingalak sochli, to’q-qizil yuzli va ikkita mis qosqonli idishga o’hshaydigan qizil ko’zli odam senga suqulib kirib olmoqda. Uning yuragi eshaknikidan ahmoqroq. U, seni so’zlaringni ikkiyuzlamachilarga aytib beradi. Undan ehtiyot bo’l!” Ularning hikoyalariga ko’ra, al-Haris o’ziga xos xususiyatga ega edi.

* Ibn Hishamning tarjimai holidagi bu so’zlar, Muhammadning dastlab yahudiylarga diqqat bilan quloq solishini aniq ko’rsatib turibdi va ularning so’zlaridan ko’plarini e’tiqod bilan qabul qilib, o’zining fikrlaridagi dunyoqarashini shakilantirdi.
Muhammadning hikoyalari, yangiliklar, tarihiy va yahudiylarning ta’limotlariga tayanish kerak edi, chunki u ibroniy Tavrotni o’qiy olmadi va o’zi haqiqiy vahiylarini qabul qila olmadi. Demak, yahudiy yolg’onchilari, Muhammadning haqiqatni va qonunni bilish uchun chanqoqligidan foydalanib aldashdi deb taxmin qilish mumkin.

5.02.3 -- Masjiddan ikkiyuzlamachilarni qanday quvib chiqarishdi.

Bir marta, bir necha ikkiyuzlamachilar, pichirlashib, bir-birlariga mahkam yopishib masjidga kirishdi. Buni ko’rgan Mahammad, ularni masjiddan quvib chiqarishga buyurdi.* Abu Ayub Xalid ibn Zayd, Banu Ganimning akasi Amr ibn Kaysni tutib oldi va uni masjidda oyoqlaridan tortib sudiradi. Amr ibn Kays baqirishni boshladi: “Sen nima meni Abu Sa’labni joyidan haydayapsan?” Keyin Abu Ayub, Banu an-Najarning qabilasidan Rafia ibn Vadiaga yaqinlashdi, uni elkasini ushlab, yuziga urdi va uni masjiddan utarib, chiqarib yubordi. Shu bilan birga Abu Ayub baqirdi: “Ey sen razil ikkiyuzlamachi! Bu erdan yo’qol, ikkiyuzlamachi - Allohning rasulini muqaddas joyidan yo’qol!” Umar ibn Xazm, Zayd ibn Amrga yaqinlashib, uzun soqolini ushlab, kuch ishlatib uni masjiddan chiqarib yubordi. Keyin u uni ikki qo’li bilan shunchalik kuchli itarib yubordiki, u yiqildi va baqirib: “Umar, sen menga jarohat etkazding!”- dedi. Umar unga javob berib dedi: “Alloh seni uzoqga yuborsin, ikkiyuzlamachi! Alloh senga bundan ham dahshatli jazoni tayorlayapdi. Allohning elchisini masjidiga hech qachon boshqa yaqinlashishga harakat qilmagin!”

* Hech narsa Muhammadga dushmanni masxaralashi kabi bunday azob keltirmagan. Islomni rad qilgan, biroq musulmonlardek tutayotgan, bu munofiqlarga toqat qila olmadi. U hatto ularni ogohlantirmay – u kuch ishlatib ularni o’zining muqaddas joyidan haydab yubordi.
Iso yahudiylarning ichidagi munofiqlarni fosh qildi va ularni qattiq so’zlar bilan koyidi, lekin ilarni O’zining huzuridan kuch bilan quvib chiqarmadi. U ularni ohirigacha sevib, ularni yuziga haqiqatni ochiqchasiga aytdi.

Badr jangida ishtirok etgan Banu an-Najar qabilasidan bo’lgan Abu Muhammad va u ham Banu an-Najar qabilasida bo’lgan Abu Muhammad Masud ibn Aus munofiqlar orasidagi yagona yigit Kays ibn Amr ibn Sahlga yaqinlashishdi, u masjiddan chiqmaguncha boshini ura boshladi. Abu Said al-Hudriy qabilasidan bo’lgan Abdulloh ibn Haris ismli bir kishi al-Haris ibn Amrga yaqinlashib, sochlaridan ushlab, uni masjiddan chiqquncha erga sudrab bordi. Munofiq baqirib dedi: “Ey, al-Harisning o’g’li, sen juda qo’polsan!” U unga javob berib dedi: “Sen bunga loyiq bo’lding, Allohning dushmani!”

Banu Amr ibn Aufdan bo’lgan bir kishi akasi Zubay ibn al-Harisga yaqinlashib, uni masjiddan chiqarib: “Senga uyat bo’lsin”- deb baqirdi. Keyin, yana qo’shib: “Shayton va uning ishlari senni engib oldi!” Bu odamlar o’sha kuni masjidda bo’ishgan va Muhammadning buyrug’i bilan haydab chiqarib yuborilgan edi.

5.02.4 -- “Baqara” surasida nima ochib berildi

Aynan yahudiy ruhoniylari va ausitlar va hizrajitlardan bo’lgan munofiqlari haqida “Baqara” surasinig boshida eslatib o’tilgan: “Ushbu Kitob shubhadan holi va taqvodorlar uchun hidoyatdirkim” (Baqara surasi 2:2). “Haqiqattan, kufrni tanlaganlar …..” (ya’ni, senga yuborilgan narsaga ishonmagan kimsalar, avvalgi vahiylarga ishonsalar ham) “ularni ogohlantirsang ham, ogohlantirmasang ham, ularga baribir – imon keltirmaydilar” (Baqara surasi 2:6). Huddi qonundek sen uchun ular bilan qilingan ahdni rad qilganlaridek, ular Muqaddas Bitiklardagi sen haqingdagi aytilganlarni rad etishyapdi. Ular senga nozil qilingan narsalarga yoki boshqalar tamonidan nozil qilingan narsalarga ushonmaydilar. Agar ular seni tan olishni xohlamasalar, seni ko’rsatmalaring yoki ogohlantirishlaringga diqqat bilan quloq berishlarini kutish mumkinmi? “Ularning dillari va quloqlariga Alloh muhr urib qo’ygan….” (Hudo senga bergan haqiqatga ushonish va etakchilik qilishingga bu halaqit beradi va ular ilgarigi vahiylarga ishonishgan bo’lsada, hozir ular yolg’on deb atashyapdi) “Ular uchun - ulkan azob!” (Baqara surasi 2:7) – sababi ularning senga ishonmasligidadir. Bu haqiqatni bilib turib rad etgan yahudiylar ruhoniysiga aytilgan so’zlar.

“Odamlar orasida shundaylar ham borki, ular “Biz Allohga va oxiratga imon keltirdik”, - deydilar. Vaholanki, o’zlari mo’min emaslar” (Baqara surasi 2:8). U ausitlar va xazrajitlardan bo’lgan munofiqlar, shuningdek, ular tarafiga o’tganlarni nazarda tutgan. “9 Ular Allohni va imon keltirganlarni aldamoqchi bo’ladilar. Lekin, o’zlari sezmagan holda o’zlarinigina aldaydilar. 10 Ularning dillarida xastalik bor …….” (Baqara surasi 2:9-10) – shubha kasaligi. “13 Ularga: “Sizlar ham odamlardek imon keltiringlar”, -deyilsa, “Biz nodonlarga o’xshab imon keltirmaymiz?!” – deydilar. Ogoh bo’lingki, ularning o’zlari nodondirlar, lekin bilmaydilar! 14 Imon keltirgan kishilarga duch kelib qolganlarida: “Biz ham imon keltirdik”, - deydilar. O’z shaytonlari bilan holi qolganlarida esa (yahudiylar bilan bo’lganlarida, haqiqatni inkor etishga va Muhammadning vahiysini qabul qilmaslikka majbur qildilar), “Biz, albatta, sizlar bilan birgamiz, faqat biz mazax qiluvchilarmiz, xolos”, - deydilar” (Baqara surasi 2:13-14), ular musulmonlar bilan o’ynashishyapdi. “15 Alloh ularni “mazax qiladi” va ularni shu tug’yonlarida adashib yurishlariga qo’yib beradi! 16 Hidoyat o’rniga zalolatni sotib olganlardir, bu savdolari foyda qilmaydi va haq yo’lda yuruvchi ham bo’lmaydilar! 17 Ular bamisoli bir olov yoqqan kimsaga o’xshaydilar: olov uning atrofini yoritganida, Alloh nurlarini ketkazib, ularni zulmatlar ichra ko’rolmaydigan holda qoldirgani kabidir. 18 Kar, soqov va ko’rdirlar. Bas, ular zinhor qaytmaydilar” (Baqara surasi 2:15-18). Ularning itoatsizligi va tahdidlari sababli, ular o’z vasiyatlaridan qochib qutula olmaydilar. “19 Yoki osmondan jala keltiruvchi bulut kabiki, unda zulmat, momaqaldiroq va chaqmoq bo’lib, yashin tegib o’lishdan qo’rqib, barmoqlarini quloqlariga tiqib olurlar. Alloh esa kofirlarni qurshab oluvchidir”. Alloh ularni jazolash uchun qodirdir, chunki imonsizlar hamma joyda Uning to’liq hokimiytidadir. “20 Chaqmoq ularni ko’zlarini ko’r qilgudek bo’ladi. Har gal yoritganida yurib oladilar, ularga qorong’I tushganida esa turib qoladilar. Agar Alloh xohlasa edi, ularni quloq va ko’zlaridan judo qilgan bo’lur edi… 21 Ey, insonlar, sizlarni va sizlardan oldingilarni taqvoli bo’lishlaringiz uchun yaratgan Rabbingizga ibodat qilingiz! 22 U sizlar uchun erni poyandoz, osmonni “bino” qilib qo’ydi va osmondan suv tushirib, u sababli sizlarga rizq sifatida mevalar undirdi. Bas, bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmangiz! ... 24 … u holda yonilg'isi odamlar va toshlardan iborat, kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan do'zaxdan* saqlaningiz!” (Baqara surasi 2:19-24).

* Do’zoh Islomda hal qiluvchi o’rinni o’ynaydi. Allohning oldida qo’rqish va Uning hukmi, unga bo’ladigan sevgidan kuchliroqdir. Qutqarilish, dindor musulmonlar uchun do’zahning olovidan qutulish ma’nosida tushuniladi (Maryam surasi 19:70-71).

“Ular deydilar: "Bizlarga do'zax o'ti sanoqli kunlardagina tegar". Ayting: "Alloh huzurida ahd qabul qilganmisizki,* Alloh ahdiga xilof qilmasa yoki Alloh nomidan bilmagan narsalaringizni gapirmoqdamisiz?!" (Baqara surasi 2:80).

* Muhammad, Hudo yahudiylar bilan tuzgan ahd haqida bir narsa eshitdi; biroq u aynan Hudo qilgan va’da yoki buyurgan narsani bilmas edi.

Muhammad Madinaga kelganida, yahudiylar quyidagilarni tasdiqladilar: “7 ming yil dunyo kun kechiradi. Hudo, yer yuzida ming yilik jazoni, do’zoxda bir kunlik qilb jazolaydi, shunday qilib, keyingi hayot etti kun bo’ladi, bundan keyin jazo tugaydi”. Bunga javoban Alloh ushbu so’zni nozil qildi: “81 Yo’q, aslo! Kimki yomonlik kasb etsa va o’z gunohlariga botsa, bas, ana o’shalar do’zox ahlidirlar va ular u erda abadiy qoluvchilardir. 82 Imon keltirib, solih amallarni qilganlar esa, aynan ular Jannat ahlidirlar va ular u erda abadiy qoluvchilardir” (Baqara surasi 2:81-82). Siz beparvolik qilgan narsalar - siz rad etgan narsalarga ishongan va solihlik bilan yahshi ishlarni ado qilgan kishilar – jannatda abadiy joylashadi. Shunday qilib, u erda ularga yahshilik mukofoti cheksiz va yomonlikni ham jazosi bo’lishini e’lon qildi.

Bundan tashqari, Alloh deydi: “Siz o’z eringizdan quvib chiqarilib yuborishlariga yo’l qo’ymanglar, chunki siz ahd tuzdingiz va siz uning guvohlari bo’ldingiz. Endi siz bir-biringiz bilan jang qilyapsiz. Bir qismi yurtdan chiqarib yuboriladi, boshqa qismi esa, doimiy ravishda jinoyat qilasiz va adovatni qo’zg’aysiz”.

Madina yahudiylar ikkita dushmanlik qo’shiniga bo’lindi: birinchisi Banu Kaynuka va ularning atrofidagi – xazrajitlarning ittfoqiga kurgan; boshqasi an-Nadir va Kurayzlar avlodlari, ularning atrofidagilari – ausitlar ittfoqiga kirishdi. Agar xazrajitlar bilan ausitlar o’rtasida urish bo’lsa, Banu Kaynuk xazrajitlar bilan birga, an-Nadir va Kurayza avlodlari ausitlar bilan birga urishga chiqdilar. Shunday qilib, ular yahudiylarning qonini qayta-qayta to’kdilar, garchi ular nima ruxsat etilgan va nima taqiqlanganni bilishadigan Tavrot kitobiga ega bo’lgan bo’lsalar ham. Ausitlar va xazrajitlar butparast bo’lganlar, ular na jannatni, na do’zoxni va na o’liklarni tirilishini tan olishmas edi; ulan nima ruxsat etilgan va nima taqiqlangan vahiyni haqida hech nima bilishmas edi. Urush tugagach, ular Tavrotga binoan mahbuslarni almashtirishar edi. Banu Kaynuk mahbuslarni ausitlarning qo’lidan sotib olishar edi, an-Nadir va Kurayzlar avlodlari, xazrajitlar qo’lida bo’lgan o’zlarining mahbuslarini sorib olishar edi. Biroq ular bu butparastlarga yordam berish uchun bir-birlarini to’kib tashlashgan qonga ahamiyat bermaganlar. Shuning uchun Alloh ularga tana qilib gapirdi: “…Yoki kitob (Tavrot)ning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor etasizmi?...” (Baqara surasi 2:85). Shunday qilib, Tavrot qonunlarini buzib qon to’kishgan bo’lsa-da, ular bir-birlaridan asirlarni sotib olishar edi. Bundan tashqari, ular erlaridan bir-birlarini quvib, erga hos istaklari uchun butparastlarni yordamga chaqirishar edi.*

* Hijozning yahudiylari bir-birlari bilan bo’lishish va qarama-qarshi ta’lumotdan saqlanganlar. Shuning uchun Muhammad haqiqatni bilib olishi va ularning ta’limotini va axloqini qabul qilishi qiyin edi. Boshqa tarafdan, Muhammad, ularning shafqatsiz munosabatlaridan foydalanib, urishayotgan qarindoshlarni bir-birlariga qarshi qo’zg’atib, ularni fojiali natijaga olib keldi deb taxmin qilish mumkin.

Keyin Alloh davom etdi: “Haqiqatan, Biz Musoga kitobni berib, uning ortidan payg'mbarlar yubordik. Iso ibn Maryamga ham hujjatlarni berdik …” (Baqara surasi 2:87), U orqali amalga oshirilganlar: o’liklarning tirilishi va loydan qush yaratib, Allohning izni bilan unga hayot nafasini berdishi, bundan tashqari, U kasallarga shifo berdi, ko’p sirlarni bilar edi va uylarida yashirinib yurganlarini bilar edi. Bundan tashqari, Alloh tamonidan Unga yuborilgan Tavrotni va Injil Xushhabarini buzganlikda ularni ayblashi mumkin edi. Lekin shunga qaramay, yahudiylar ishonmadilar (Oli Imron surasi 3:49-52 ga qarang).*

* Qur’onda, Yangi Ahdda yozilgan Isoning ko’plagan buyuk mo’’jizalarini va Yangi Ahdga kiritilmagan narsalarni diniy qo’lyozmalarda yozilganlarni ham tasdiqlanadi. Shunday qilib, musulmonlar, Iso Yaratuvchi, noyob Shifokor, o’liklarni tiriltiruvchi, O’zining shogirdlariga egulik beruvchi va Qonun chiqaruvchi qudratga ega ekanligi ko’rishgan. Uning alomatlari – boshqa barcha payg’ambarlarning alomatlaridan yuqoridir. Muhammadning o’zi hech qanday mo’’jiza yaratolmadi va shuning uchun u o’zining Qur’on oyatlarini “mo’’jizalar” deb nomladi.

“87 …Har gal biror payg'mbar sizlarga yoqmaydigan narsani keltirsa, kibr qilib, bir qismini yolg'onchiga chiqarib, bir qismini qatl qilaverasizmi?! 88. "Dillarimiz berk", - deydilar. Yo'q, balki kufrlari sababli ularni Alloh la'natlagan. Binobarin, ularning ozchilik qismigina imon keltiradilar.” (Baqara surasi 2:87-88).*

* Qonunlar 29:3 da Musoning so’zlari va Ishayo 6:9-10 dagi Hudoning so’zlari Iso tamonidan tasdiqlangan (Matto 15:8). Ular Qur’onda ham aks ettirilgan. Bu so’zlar, yahudiylarning o’zlarining aqidalariga qat’iy rioya qilishlarini tasdiqlaydi. Ammo ular, yahudiylar boshqa barcha ta’limotlarga qarshi chiqanlari haqida ham guvohlik bermoqda. Ular bir ovozdan, Hudoning o’g’li Isoni rad etdilar. 87-oyat, Qur’onning boshqa joylarida qarama-qarshi bo’lgan holda, Muhammad ham bu imkoniyatga yo’l qo’ygan va hatto Iso Masihning o’limini ham mumkin deb hisoblagan.

Allohning ikkita qahr-g’azabi, ularda allaqachon mavjud bo’lgan, ya’ni Tavrotdagilarni e’tibordan chetda qoldirgani, shuningdek, Alloh ularga oxirida yuborgan Muhammadga qarshi kufirligini aks etishiga oiddir. Ular, buzoqni xudo deb sajda qilishdi. So’ng, ular ustidan tog’ni siljitish kerak edi va buzoqni hudo deb sajda qillishgani uchun U tana qildi. Keyin Alloh e’lon qildi: “Ayting: "Agar Alloh huzurida oxirat diyori odamlarga emas, faqat sizlarga xos bo'lsa va rostgo'y bo'lsangizlar, o'lishni orzu qilinglar!" (Baqara surasi 2:94); ayting: “Alloh ularni hayratda qoldirsin! Ular qanchalik jirkanchli!”* (Tavba surasi 9:30 va Munofiqun surasi 63:4ga qarang). Lekin, ular Muhammadning taklifiga ko’nishni istamadilar. Shuning uchun aytildi: “O'z qo'llari taqdim etgan narsa sababli ular uni sira orzu qila olmaydilar…” (Baqara surasi 2:95). Ular o’zlarining kitoblarida, sen haqingdagi bilimga ega ekanliklarini bilishadi, shunday bo’lsada ular seni rad etishadi. Ehtimol, agar Muhammad bu so’zlarni ularga aytgan kunida ular o’lishni xohlaganlarida edi, har bir yahudiy o’lib ketgan bo’lardi. So’ngra, ular er yuzida uzoq va to’q hayot kechirishni xohlashlarini aytadilar: “Ularni odamlardan va mushriklardan ham hayotga hirs qo'yganroq holda topasiz. Ba'zilari ming yil umr ko'rishni xohlaydi. Vaholanki, umrining uzunligi uni azobdan uzoqlashtiruvchi emas…” (Baqara surasi 2:96). Butparastlar tirilishni kutmaydilar. Shuning uchun ular va keyingi hayotda qanday dahshatli sharmandalik kutishayotganini biladigan yahudiylar ham uzoq yashaydigan hayotni yahshi ko’radilar.

* Ba’zan Muhammas o’zining dushmanlarini, yakkama-yakka ibodatda olishishga yoki ilohiy hukmdagi sehrlarga chaqirdi. U dushmanlarini marhamatlamadi, balki ularni Alloh nomi bilan yo’q qilishga harakat qildi. Ushbu amaliyot hozirgi kunda ham musulmon etakchilari orasida qo’llanadigan qora sehrning yashiringan shakli bilan bog’liqdir.

Bir safar, bir necha yahudiy ruhoniylari Muhammadga kelib: “Biz senga to’rtta savol berishni xohlaymiz. Agar sen ularga javob bersang, biz senga ishonamiz va senga ergashamiz”- deb aytishdi. Muhammad ularning taklifiga rozi bo’ldi. Biroq, u ulardan o’z so’zlarini saqlab qolishlari uchun Allohga va’da berishlarini talab qildi. Ular unga va’da berishdi. “Xo’sh qani, nima xohlayotganingizni so’rang”-dedi Muhammad ularga. Keyin ular unga: “Bola otaning urug’idan tug’ulsada, qanday qilib bola o’z onasiga oxshashi mumkinligini bizga tushintirib ber”- deb aytishdi. Muhammad javob berib dedi: “Alloh nomi bilan va Uning Isroil xalqi orasiga keladigan kunilarni haqqi, sizlarni duo qilaman! Nahotki, erkakni urug’i oq va qo’yiq ekanini, ayollarda esa sariq va suyuq ekanligini sizlar bilamysizlar? Ikkisidan qaysi biri ustunlik qilsa, bola o’shanisiga o’xshaydi”. Yanudiylar hayqirishib deyishdi: “Allohga qasamki, bu haqiqat. Endi bizga tushing haqida aytib ber”. Muhammad javob berdi: “Allohning nomi bilan va Uning Isroil xalqi orasiga keladigan kunlari xaqqi, sizlarni duo qilaman! Sizningcha, mengan ketayotgan tush shunday, ko’zlar uhlab yotgan, yurak esa uyg’oq holarda ekanligini bilasizmi?” Ular aytishdi: “Allohga qasamki, ha”. U ularga javob berib: “Menda ham huddi shunday, mening ko’zlarim uhlaydi, yuragim esa uyg’oq” So’ngra ular undan, Isroil ixtiyoriy ravishda nimani rad etkanligini so’rashdi. U bunga shunday javob berdi: “Uning eng sevgan taomi va sevimli ichimligi tuyaning suti va go’shti edi. Bir safar, u kasal bo’lib qoldi va Xudo unga shifo berdi. Shuning uchun, Allohga minnatdorlik belgisi sifatida tuya go’shti va sutini rad etdi, - bu esa uning sevimli taomi va ichimligi edi”. Yahudiylar aytishdi: “Allohga qasamki, bu shunday! Endi bizga Ruh haqida aytib ber”. U ularga javob berdi: “Menga Jabroil tashrif buyuradi”* “Allohga qasamki, bu shunday!”-deb javob berishdi ruhoniylar. “Lekin, shoh bo’lgan bizning dushmanimiz bor. U kuch-qudrat va qon to’kish bilan keladi. Agar shunday bo’lmaganida, biz senga ergashar edik”.**

* Islomda Xudoning Ruhi yoki Muqaddas Ruh haqida, Xudoning Ruhi emas, balki yaratilgan farishta sifatida tushuniladi. Islomda, Muqaddas Kalomdagi Muqaddas Ruhning ma’nosi noma’lum. Shuning uchun, musulmonlar, Xudoning O’g’li Masihni ham tanimaydi. Islomda, Muqaddas Ruhning in’omlari va mevalari yo’q – unda faqatgina tana mevalari bor (1 Kor.12:3; Gal. 5:19-23).
** Tasavvif g’oyalari (yurak uyg’onadi) badaviylar (tuya go’shtini eyish kabi) bilan aralashgan bu qiziqarli voqea, balki, Ka’b ibn al-Ahbardan kelib chiqan va yahudiylikda ildiz otgan.

Zayd ibn Sobit oilasidan ozod qilingan bir kishi, Ikrim yoki Said ibn Jubayrning so'zlaridan eshitganini gapirdi, u o'z navbatida Ibn Abbosdan shu haqida eshitganki, Muhammad Xybardagi yahudiylarga quyidagi maktubni yubordi: “Mehribon va rahmdil Allohning nomi bilan boshlayman! Musoning vahiysining haqiqatini e’lon qilayotgan, Musoning do’sti va ukasi, Allohning elchisi Muhammaddan. Alloh sizga deydi: “Ey, Tavrot ahli, sizlar o’zlaringizning Muqaddas Yozuvlaridan topasizlar: “Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo'lganlar kofirlarga qahrli, o'z oralarida esa, rahm-shafqatlidirlar. Ularni Allohdan fazl va rozilik tilab ruku', sujud qilayotgan hollarida ko'rarsiz. Ularning yuzlarida sajda asoratidan belgilari bordir. Mana shu ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo'g'onlashib o'z novdasida tik turgan, dehqonlarni ajablantiradigan o'simlikka o'xshaydi. Ular sababli kofirlar jahlini chiqarish uchundir…” (Fath surasi 48:29). Men sizlarni Alloh va U sizlarga ochib bergan narsalar bilan duo qilurman; sizning ota-bobolaringizni manna va bedana bilan oziqlantirgan, otalaringiz uchun dengizni quritgan, Fir’avn va uning rejalaridan qutqargan narsalari bilan duo qulurman! Menga aytingchi, nahot sizlar o’zlaringizni vahiyingizda Muhammadga ishonishingiz kerakligi haqida topmagan bo’lsangiz. Agar, topa olmayotgan bo’lsangiz, shubhalanishga hech narsa yo’q. Haqiqat shubhasiz, adashishdan ajiralgan. Men sizlarni Allohga va uning payg’ambariga ishonishingiz uchun chaqiraman”.*

* Muhammad ko’pincha yahudiylarni Islomga qaratish uchun turli yo’llar bilan harakat qildi, lekin aksariyat hollarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Qur’onda, ayniqsa Muhammadga g’alamis savollar bergan va uni bezovta qilgan ba’zi ruhoniylar va nopok yahudiylar haqida hikoya qilinadi.

Abdulloh ibn Abbos va Jabir ibn Abdulloh shunday aytishgan: “Bir safar, Abu Yasir ibn Axtab, Baqara surasining boshlanishini o’qishni boshlagan Muhammadning oldiga keldi: “1. Alif, Lom, Mim.* 2. Ushbu Kitob shubhadan xoli va taqvodorlar uchun hidoyatdirkim” (Baqara surasi 2:1-2). Keyin boshqa yahudiylar bilan birga o’tirgan akasi Xuvay ibn Axtabning oldiga keldi va unga aytdi: “Men, Muhammadning shunday deganini eshitdim: Alif, Lom, Mim. Bu kitob…” Ular undan so’radilar: “Sen, buni rostdan ham eshitdingmi?” U: “Ha”- deb javob berdi. Keyin, Huvay bu yahudiylar bilan birga Muhammadning oldiga borishdi va undan Jabroil unga “Alif, Lom, Mim”ni ochdimi deb so’radilar. U: “ha”- deb javob berdi. Shunda ular dedilar: “Xudo sengacha payg’ambarlarni yubordi. Lekin biz ularning birortasini bilmaymiz, U O’z xalqing taqdiri nima bo’lishini va Uning hukumdorligining qancha davom etishini aytgan”. So’ngra u, u bilan birga kelganlarga qarab, ularga: “Alif – 1, Lom – 30, Mim esa – 40. Hammasi bo’lib 71 yil. Nahotki sen haqiqatan ham 71 yil davom etadigan shohlik va xalqni qabul qilmoqchimisan?”- dedi. Keyin u Muhammaddan, shu kabi vahiylarni olgani haqida so’radi. U javob berib: “Ha. “Alif, Lom, Mim, Sad”-dedi. Keyin Xuvay dedi: “Allohga qasamki, bu – uzunroq va qiyinroq ekan: Alif – 1, Lom- 30, Mim – 40, Sad -60. Jami 131 bo’ladi”. Shunda, u Muhammaddan boshqa vahiylar haqida ham so’radi. U unga dedi: “Alif, Lom, Ra”. Xuvay dedi: “Bu esa – yana ham uzunroq va qiyinroq. Alif – 1, Lom – 30, Ra – 200. Jami bo’lib – 231”. Keyin u, Muhammaddan boshqalari haqida so’radi va Muhammad dedi: “Alif, Lom, Mim, Ra”. Xuvay dedi: “Bu, yana ham og’ir va qiyinroq. Alif – 1, Lom – 30, Mim – 40, Ra – 200. Jami – 271. Demak, - u Muhammad bilan suhbatni davom ettirdi, - sen haqingdagi savollar, biz uchun shubhali. Senga qanchalik ko’p, qanchalik oz va’da qilinganini bilmaymiz”. Ular, uning oldidan ketishdi. Keyin Abu Yasir o’z akasi Xuvayga va boshqa ruhoniylarga dedi: “Ehtimol, ularning barchasini birga hisoblash kerak: 71, 131, 231 va 271 – jami hisob – 704 yil”. Ular: “Bu savol biz uchun shubhali”-deb javob berishdi. Quyidagi so’zlar bu harflarning ma’nosiga bog’liq deb hisoblashadi: “…Unda shu Kitobning "onasi" sanalmish aniq oyatlar va boshqa mutashobih oyatlar ham bor”. (Oli Imron surasi 3:7)”.**

* “Alif, Lom, Mim” – bular, arab alifbosidagi A, L va M harflarining nomlari. Bu va boshqa suralardagi dastlabki harflarni oldi-sotdi tarsda hisoblash uchun, ba’zi yahudiylar bu alifbo harflarini son qiymatlari tartibida ishlatishgan.
** Bu “abjadiy”deb atalgan bu hisob-kitob, yahudiychadan kelib chiqishi va har bir harfning soni qadriyatlarga asoslanadi. Qor’on va islomiy an’analarda bunday hisob-kitob uchun asos yo’qligiga qaramay, u hali ham musulmonlar tamonidan qabul qilinadi. Hatto bugungi kunda ba’zi islom fundamentalistlari (masalan, Ahmad Dedat tarafdorlari) Qor’onning ilohiy asosini “to’qqiz” va “qirq to’qqiz” raqamlar bilan isbotlashga harakat qilmoqda, ular bilan, ularga ko’pincha o’zlarining qur’oniy hisob-kitoblarida uchraydigan kabi ko’rinadi.

Bir ishonchli olim shunday dedi: “Bu oyatlar, Najar ahli Muhammadga, Masih haqida so’rash uchun kelganlarida nozil qilingan”. Muhammad ibn Abu Umam bu oyatlar yahudiylarga nisbatan nozil bo’lgani haqida eshitganini gapirgan, biroq sabablarini izohlamagan. Alloh nimani haq ekanligini biladi!

Ibn Abbosning ozod etgan quli, Ukromning so’ziga ko’ra, Muhammadning oldiga kelishidan oldinroq Ibn Abbosdan quyidagilarni eshitdi: yahudiylar, ausitlar va xazrajitlarga qarshi elchi haqida (o’zlarining) Hudolariga iltijo qildilar. Alloh uni arablardan yuborganida, ular unga ishonmadilar va o’zlarining oldingi ayrilgan so’zlarini rad etdilar. Muaz ibn Jabal va Banu Salamning akasi Bishr ibn al-Bara ibn Marur ularga: “Ey yahudiylar! Allohdan qo’rqingiz va musulmon bo’lingiz! Axir siz o’zingiz biz bilan tortishuvlarda Muhammadga murojaat qildingiz, biz hali mushrik bo’lganimizda, u haqidagi haqiqatni, siz bizga shunday tasvirlab bergan edingiz”- dedilar. Keyin Banu an-Nadirning akasi Salam ibn Mishkam gapirdi: “U biz oldindan bilmagan narsalarimiz haqida, bizga hech nima olib kelmadi; u biz ibodat qilgan kishi emas”.* Bu holatda Alloh quyidagi so’zlarni nozil qildi: “Qachonki, ularga Alloh huzuridan o'zlaridagi narsani tasdiq etuvchi Kitob kelganida, ilgari kofirlarga qarshi shu kitob bilan yordam so'rab yurar edilar - o'zlariga tanish zot kelganda, kofir bo'ldilar. Kofirlarga Allohning la'nati bo'lsin!” (Baqara surasi 2:89).

* Yahudiylar hali ham Masihni kutishmoqda, garchi U allaqachon ularga Isoning shaxsida kelgan bo’lsa ham. Muhammad buni bilar edi va o’zini va’da qilingan payg’ambardek tanishtirdi. (Matto 24:5)

Malik ibn ad-Dayf dedi: “Muhammad, payg’ambar bo’lib yuborilganida va yahudiylarga Xudo bilan o’zi haqida tuzgan shartnomasi haqida gapirganida,* ular: “Allohga qasamki, Xudo va bizning o’rtalarimizda Muhammad to’g’risida hech qanday bitim va va’da yo’q”- dedilar. Shunda Alloh dedi: “Har gal biror ahd-paymon qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi? Aslida ularning aksariyati imon keltirmaslar!” (Baqara surasi 2:100)”. Ibn Salib al-Fatyun bir safar Muhammadga dedi: “Sen, biz ilgari bilmagan, biror nima olib kelmading va biz senga ergashishimiz uchun, Alloh senga aniq belgi yubormadi”

* Muhammad, Rabbiyni Isroil xalqi bilan tuzgan ahdning tafsilotlari haqida so’radi. U odamlar Xudo bilan shartnoma yoki ahd tuza olmasligini tushundi, lekin Abadiyning O’zi o’lik inson bilan shartnoma tuzadi. Muhammad, uning kelishi bu “shartnoma” yoki ahdda va’da qilinganligiga ishongan.

5.02.5 -- Qanday qilib yahudiylar va masihiylar Muhammadning oldida bahslashishgan.

Najranlik masihiylar Muhammadning oldiga kelishganida, ularning oldiga ruhoniylar kelishdi va ular Muhammad bilan bahslasha boshladilar. Rafia ibn Huraymal: “Siz – hech narsada yoqsiz!”-dedi va shu bilan Masihga va Xushxabarga ishonmasligini aytdi. Bunga javoban masihiylardan biri yahudiylarga: “Siz – hech narsada yo’qsiz!”-dedi, shu bilan Tavrotni va Musoning bashoratlarini rad etdi. Shunda Alloh aytdi: “Yahudiylar: "Nasroniylar hech narsada yo'q" - desalar, nasroniylar: "Yahudiylar hech narsada yo'q" - deydilar, vaholanki, ular kitob o'qiydigan edilar.* Shuningdek, bilmaydiganlar ham ularning gapiga o'xshash gapni aytdilar. Ularning kelisha olmagan narsalari yuzasidan qiyomat kuni Alloh hukm qilur” (Baqara surasi 2:113). Shunday qilib, ularning har biri, o’zlarining Muqaddas Kitobda rad etishgan narsalarini tasdiqlaydigan so’zlarni oqiyshyabdi. Yahudiylar, Masihga ishonmadilar, hatto Alloh Muso orqali Masihga bo’lgan imon haqida ularga ochib bergan narsalarni Tavrotda topishgan bo’lsalar ham. Masihiylar ham, Xushxabarda Masining Musoga bo’lgan imoni va Alloh unga nozil qilgan Tavrotga bo’lgan imoni haqida o’qiydilar. Birisi, boshqasining bor bo’lgan narsasini rad etyapdi. So’ngra, Rafiy Muhammadga: “Agar aytishing bo’yicha, sen – Allohning rasuli bo’lsang, Alloh bizga to’g’ridan-to’g’ri gapirsin, shunda biz Uning so’zlarini eshiraylik!”-dedi. So’ng, Alloh bu vahiyni berdi: “Bilmaydigan kimsalar: "Alloh bizga gapirsa edi yoki biror alomat kelsa edi", - deydilar. Ulardan oldingilari ham ularning gaplariga o'xshash gaplarni aytgan edilar: dillarida o'xshashlik bor. Biz chinakam ishonadigan kishilar uchun oyatlarni bayon qildik.” (Baqara surasi 2:118).

* Masihiylar, yahudiylar Isoni, o’zlarining Qutqaruvchsi va Najotkorini rad erishishgani va qonun la’natisi ostida yashashni davom etishgani uchun tanqid qildilar.

Ko’r Abdulloh ibn Suri al-Fatyun, Muhammadga dedi: “Faqat bizning yo’limiz solihdir. Bizga ergash va sen to’g’ri yo’lda bo’lasan!” Masihiylar ham huddi shu so’zlarni aytdilar,* so’ngra Alloh keyingi vahiyni nozil qildi: "Yahudiy yoki nasroniy bo'ling, shunda hidoyat topasiz", - dedilar. Siz ayting: "Aslo yo'q, biz to'g'ri yo'ldan toyilmagan, mushriklardan bo'lmagan Ibrohim diniga ergashamiz" (Baqara 2:135).

* Yahudiylar masihiylarni rad qildilar, chunki ular nopok edilar – masihiylar qonunning qoidalariga ko’ra yashashmagan va yahudiylar o’zining tarixining maqsadi – Isoni (tanadagi Egamizni) unitib yuborgan deb xisoblashdi.
Yahudiy va masihiylar o’rtasidagi dushmanlik tufayli, Muhammad haqiqatni topishi qiyin bo’ldi – bu ukkala dinning o’rtasidagi murosasiz farqlar borligini ko’rdi. O’zini butun olam uchun Xudoning elchisi qilib ko’rsatib, bu ikki e’tiqodni orasida ko’prik qurishga harakat qildi.
Boshqa tarafdan, yahudiylar ham, masihiylar ham Muhammadni o’zlariga qaratmoqchi bo’lishdi va Musoning Qonuniga yoki Iso Masihning inoyatiga to’liq qo’shilishga majbur qilishdi. Ularning elchilik harakatlariga javoban, Muqaddas Kalomning muhim ta’limotlarini Qur’onga kiritdi va islomga moz keladigan boshqa bir shakl berdi.

5.02.6 -- Namozning yo’nalishi o’zgartirilganda, yahudiylar nima deyishdi (624 yillar)

Rajab oyida (7chi oy), ya’ni Muhammadning Madinaga kelganidan o’n etti oy o ’tgach, Suriyadan Makka tomonga nomoz (qibla) yo’nalishi o’zgartirilganda, Muhammadning oldiga Rifa ibn Kays, Firdam ibn Amr, Ka’b ibn al-Ashraf, Rafia ibn Abu Rafi, Hajaj ibn Amr (Ka’bning ittfoqdoshi), Rabia ibn Rabia ibn Abu al-Hukayk va uning ukasi Kinanlar kelishdi va ular unga: “Nima uchun namozning avvalgi yo’nalishini o’zgartirding?. Axir sen Ibrohimning imoniga ergashyapman deb tasdiqlaysanku?* Namozni avvalgi yo’nalishiga qaytar, keyin biz senga ergashamiz va senga ishonamiz!”-deb aytishdi. Holbuki, ular uni o’z imonida ojizlatishni xohladilar. Keyin Alloh shunday vahiy berdi: “142. Odamlarning nodonlari: "Ular ilgari yuzlangan qiblalaridan voz kechishlariga bois nima ekan?" deyishadi. Ayting: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. U o'zi xohlagan kishilarni to'g'ri yo'lga boshlaydi". 143. Shuningdek, sizlarni odamlarga guvoh bo'lishingiz va Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik…” (Baqara surasi 2:142-143).

* Dastlab, Muhammad barcha musulmonlarni Quddus tamonga nomoz o’qishlarini talab qildi. Shunday qilib, u yahudiylarni Islomga sotib olishga harakat qildi. Ammo yahudiylar islomga qarshi qat’iylashib va har doim Muhammadning ustidan ochiqchasiga masxara qilganlarida, shunda u Eski Ahd xalqining barcha urf-odatlarini buzdi va o’zining maxsus madaniyati va urf-odatlari bilan o’zining islom dinini yaratdi. Quddusdan Makkaga namoz o’qish yo’nalishidagi bu o’zgarish, Muhammadning yahudiylar bilan bo’lgan munosabatlarining yakuniy buzilishning belgisidir.

5.02.7 -- Madinadagi, Banu Kaynuk yahudiy qabilasi bazoridagi Muhammadning nutqi

Alloh qurayshitlarni Badr jangida yakson qilganida, Muhammad Madinada qaytib kelganidan so'ng, Bani Kainuk bozorida yahudiylarni to'plab: «Ey yahudiylar! U, qurayshitni yakson qilgani kabi, Alloh sizlarni yakson qilmasdan islomni qabul qiling!”* Ular unga javob berishdi: “Quruq umid qilib o’zingni aldanma! Tajribasiz va urish qila olmaydigan bir necha qurayshitlarni o’ldirding. Agar sen biz bilan jang qilsang, biz kabi jangarilarni hal ham uchratmaganingni ko’rasan”. Shunda Alloh bunday vahiy berdi: “12. Kofir bo'lganlarga ayting: "Sizlar mag'lub bo'lursizlar va jahannamga jam qilinursizlar. Naqadar yomon joy u!" 13. Sizlar uchun ikki to'qnashgan guruhda ibrat bor. Qaysiki, ulardan biri Alloh yo'lida jang qiluvchi, ikkinchisi esa kofir edi. Ular ko'ziga ular ikki barobar ko'p bo'lib ko'rindi. Alloh xohlagan kishilarni O'z yordami bilan qo'llabquvvatlaydi. Albatta, bunda ko'z egalari uchun ibrat bordir.” (Oli Imron surasi 3:12-13).

* Qurayshitlar soni 2-3 marotaba ko’p bo’lsada, Badr jangida musulmonlar qurayshitlar ustidan g’alaba qilgandan so’ng, Muhammad yahudiylarni musulmon bo’lmagan taqdirda, ularni og’ir oqibatlarga olib keladi deb ochiqchasiga tahdid qildi. Madinada qabilalarni birma-bir qamal qilib, ularni mag’lub qildi va hujjat qilishga majbur qildi. Ular o’z mol-mulklarini va qurollarini tashlab ketishlariga majbur bo’lishdi.

5.02.8 -- Qanday qilib Muhammad yahudiy maktabida borgan.

Bir kuni Muhammad yahudiy maktabiga kelib, u erda to’plangan yahudiylarni Allohga imon keltirish uchun chaqirdi. An-Numan ibn Amr va al-Haris ibn Zayd uning dini haqida so’radilar. U ularga javob berib: “Ibrohimning dini”*- dedi. Ular unga: “Ibrohim yahudiy bo’lgan”- deb javob berdilar. Muhammad, ularni hukm qilishi uchunTavrotga murojaat qilishni xohladi. Lekin, ular rad etdilar.Keyin Alloh ushbu vahiyni berdi: “23. Ko'rmadingizmi Kitobdan nasiba berilgan kimsalar o'z oralarida hakamlik qilish uchun Allohning Kitobiga chaqirilganlaridan keyin ularning bir guruhi yuz o'girib ketdilar?! 24. Buning sababi - "Bizga do'zax o'ti faqat sanoqli kunlardagina tegadi", - degan gaplaridir. O'zlari to'qigan uydirma gaplari ularni dinda aldab qo'ydi.” (Oli Imron surasi 3:23-24).

* Islomni – Ibrohimning dini ekanligi haqida da’vo qilib, Muhammad yana yahudiylarni islomga qaratib olishga harakat qildi.

Najran masihiylari va yahudiy ruhoniylari Muhammadning oldida to’plandi va bahslasha boshlashdi, yahudiy ruhoniylari aytishdi: “Ibrohim hech kim emas, faqat yahudiy edi!” Masihiylar esa, Ibrohimni masihiy bo’lgan deb, ma’qulladilar. Keyin Alloh e’lon qildi: “65. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Ibrohim haqida bahslashasizlar? Axir, Tavrot bilan Injil undan keyin nozil bo'lgan-ku! Aqlni ishlatmaysizmi?! 66. Ey, siz - o'zingiz biladigan narsalar haqida bahslashdingiz. Nega endi bilmagan narsangiz haqida bahslashasiz? Alloh bilur, sizlar esa bilmaysizlar. 67. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan, balki to'g'ri yo'ldan toymagan musulmon bo'lgan va mushriklardan bo'lmagan”* (Oli Imron surasi 3:65-67).

* Muhammad, Ibrohimni xudojo’y musulmon qilib ko’rsatishga harakat qildi. Yahudiylarni islomga jalb qilsh uchun befoyda hatti-harakatlaridan so’ng, u ular bilan suhbatni to’xtatdi va Allohdan keyingi vahiy orqali ular bilan butunlay ajiralishni talab qildi.

Ba’zi musulmonlar yahudiylar bilan ilgarigidek do’st bo’lishdi, chunki ular butparastlik davrida ularga qo’shni yoki ittifoqchilar bo’lishgan edilar. Shunda, Alloh ularga bunday aloqalarni man qilib, keyingi so’zni nozil qildi: “118. Ey, imon keltirganlar! O'zlaringizdan o'zgalarni yaqin do'st tutmangiz! Ular sizlarga nisbatan buzg'unchilik qilishda kuchlarini ayamaydilar va hollaringiz zabun bo'lishini istaydilar. Sizlarni yomon ko'rishlari og'izlaridan ayon bo'ldi, dillarida yashirganlari esa yanada kattaroqdir. Agar aqlingizni ishlatsangizlar, sizlarga oyatlarni bayon qilib berdik. 119. Ey, sizlar! Ularni yaxshi ko'rasiz, lekin ular sizlarni yaxshi ko'rmaydilar. Sizlar hamma kitoblarga imon keltirasiz…” (Oli Imron surasi 3:118-119).

5.02.9 -- Abu Bakr va Finhaslar o’rtasida nima sodir bo’ldi

Bir kuni Abu Bakr yahudiy maktabiga kirdi. U erda ko’plagan odamlar to’plangan edilar va ularning orasida Finhas ismli muhim bo’lgan ruhoniylardan biri bo’lgan edi. U erda Ashya ismli boshqa bir ruhoniy ham bor edi.

Abu Bakr Finhasga aytdi: “Holingga voy! Allohdan qo’rqgin va musulmon bo’lgin! Allohga qasamki, sen bilasan, Muhammad – Allohning rasulidir, Alloh haqida sizga haqiqatni e’lon qiladi”, “…o’zlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topishadigan…” (A’rof surasi 7:157).

Finhas unga javob berib: “Xudo haqi, bizga sening Allohing kerak emas. Unga biz kerakmiz! Bizga u qancha e’tibor bersa, biz unga shuncha e’tibor bermaymiz. U, bizsiz holatdan ko’ra, biz usiz ko’proq narsa qila olamiz. Aks holda, u bizdan pul qarzga olmagan bo’lar edi, siz bizga foiz to’lash kerak paytida, sizga foiz pulni berishini taqiqlar edi”-dedi.

Abu Bakr g’azablanib, Finhasning yuziga qattiq urdi va dedi: “Mening jonim kimning hokimligida bo’lgan bilan qasam ichaman! Agarda o’rtamizda shartnoma tuzilmaganida edi, men sening boshingni kesib olardim, ey Allohning dushmani!” Finhas Muhammadga borib, unga, uni do’sti qilgan ishi haqida shikoyat qildi. Muhammad, Abu Bakrdan nima qilganligi haqida so’radi. Abu Bakr: “Bu Allohning dushmani dahshatli so’zlarni aytdi. Alloh yahudiylarga muhtoj ekanligini va usiz ham ular o’zlari ammalashishi haqida ma’lum qildi. Shuning uchun Allohga bo’lgan rashkim tufayli men g’azablandim va uning yuziga urdim”- dedi. Finhas bunday so’zlarni gapirganini inkor etdi va shunda Alloh Abu Bakrning so’zlarini tasdiqliqlaydigan, Finhasni so’zlarini rad etuvchi ushbu so’zlarni nozil qildi: “Alloh faqir, biz boymiz"* degan odamlarning gapini Alloh eshitdi. Ularning gaplarini hamda payg'ambarlarni nohaq qatl etganlarini yozib qo'yamiz va: "Yong'in azobini totib ko'ring!" – deymiz!” (Oli Imron surasi 3:181).

* Yahudiylarning Allohni mashara qilishlari, musulmonlarni qalbning tubigacha haqorat qilgan. Yahudiylar boy bo’lgan edilar. Musulmonlar, o’zlarining harbiy yurishlari uchun ulardan pul qarzga olganlar va ularga foizini to’lab turganlar, garchi islomda foizga pul olish taqiqlangan bo’lsa-da. Yahudiylar bu ikkiyuzlamachilikni mashara qildilar, musulmonlardan nafrat qilib, ularni kamsitdilar. Musulmonlarning tasavuriga ko’ra, yahudiylarning bunday nutqlari kufrlik bilan bir hil edi. Shuning uchun, ular yahudiylarni “Allohning dushmani” deb atashdi.

5.02.10 -- Yahudiylar vahiyni qanday rad etishgan

Sukayn va Adiy ibn Zayd Muhammadga aytishdi: “Musodan keyin Alloh kimgadir vahiy nozil qilganini bilmaymiz”. So’ngra, Qur’ondagi ushbu oyat paydo bo’ldi: “163. Albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg'ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi Sizga ham vahiy yubordik. Shuningdek, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodi, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zabur berdik. 164. Payg'ambarlar haqida qissalarni Sizga ilgari aytdik. Payg'ambarlar qissalarini esa aytganimiz yo'q. Alloh Muso bilan gaplashdi. 165. Payg'ambarlardan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat bo'lmasin deb payg'ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib. Alloh qudrat va hikmat egasidir” (Niso surasi 4:163-165). Muhammad, huzuriga kelgan yahudiylarga: “Allohga qasamki, Alloh meni sizlarga yuborgani haqida nahot siz bilmaysizlarmi?”-dedi. Ular unga javob beri: “Yo’q, biz buni bilamaymiz va bu haqida guvohlik bera olmaymiz”- deyishdi.

5.02.11 -- Muhammadni o’ldirish uchun, ular qanday til biriktirdilar

Bir kuni Banu Nadir amirliklarni ozod qilish uchun yordam so’rab Muhammadning oldiga bordi, ularning ba’zilari Amr ibn Umayya ad-Damriy tamonidan oldirilgan edi. Ular yolg’iz qolishdanda, ular dedilar: “Muhammad hozirgi vaqtda yaqin bo’lgani kabi, hech qachon bo’lmaydi. Biz undan tinchlik topishimiz uchun, kim bu uyga kiradi va unga tosh otadi”. Amr ibn Jihaj ibn Kaab: “Men”- dedi. Lekin u, ulaning niyatlari haqida bildi va ularning oldidan ketdi. Keyin Alloh bu vahiyni berdi: “Ey, imon keltirganlar! Allohning sizlarga ne'matini eslangiz: bir qavm sizlarga qo'l ko'tarishni niyat qilganida, qo'llarini sizlardan qaytargan edi. Allohdan qo'rqingiz! Mo'minlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar!” (Moida surasi 5:11).

Bir kuni Numan ibn Ada, Bahri ibn Amr va Shas ibn Adiy Muhammadning oldiga kelishdi va u bilan suhbatlashishdi. U, ularni Allohga kelishlari uchun chaqirdi va Uning g’azabidan ularni ogohlantirdi. Keyin ular deyishdi: “Ey Muhammad, nimaga bizlarni qo’rqityapsan? Masihiylar aytishadi, biz – Xudoning o’g’illari va do’ztlarimiz”. Shunda Alloh ushbu vahiyni berdi: “Yahudiylar va nasroniylar: "Biz Allohning o'g'illari va habiblarimiz"*, - deydilar. Ayting: "Nega gunohlaringiz tufayli sizlarni azoblaydi? Yo'q! Sizlar ham U yaratgan odamlardansiz. Xohlaganni kechiradi, xohlaganini azoblaydi. Osmonlar, Yer va ular o'rtasidagi borliq ustidan hukmronlik Allohgagina tegishlidir va Qaytish ham faqat Uning huzurigadir” (Moida surasi 5:18).

* Muhammad va uning izdoshlari masihiylar (ba’zan yahudiylar ham): “Biz – Xudoning bolalarimiz”- deganlarini bilishar edi. Biroq, ularning asob chekishlari va o’lishlari, Muhammadda, bu odamlarning bunday holatida ishonishi uchun hech qanday sabab yo’q edi. U, ularning har qanday azob-uqubatlarida Xudoning jazosini ko’rdi. U, qanday qilib, azob-uqubatlar Xudoning ta’lim vositasi va ilohiy inoyatning belgisi bo’lishi mumkinligini tushunolmadi.

5.02.12 -- Muhammad va zino uchun jazo

Qachonki Muhammad Madinaga kelganida, ularning erkaklaridan biri yahudiy ayol bilan zino qilganligi sababli, ruhoniylar maktabda yig’ilgan edilar. Ular: “Bu erkakni va bu ayolni Muhammadning oldiga yuboringlar va u qanday qilib ular ustidan hukm qilish kerakligini hal qilsin.* Agar u sizning qaroringiz bilan hal qilsa, yani tajbiyani ularga qo’llasa, ularga ergashing, chunki u – shoh. (Tajbiya - gunohkorni qora saqich surtilgan qamchi bilan kaltaklashgan va yuzlariga loy surtilgan va ikkita eshakka yuzini orqaga qilib, teskari holda o’tqazib, olib yurilgan). Agar Muhammad ularni toshbo’ron qilmoqchi bo’lsa, u – paygambar va u sizlar ega bo’lganni sizdan olib qo’ymasin, ehtiyot bo’ling!”- dedilar.”

* Islomiy qonunlar insonning vildonini sezgir qilish uchun emas, balki gunohkorni jazolash uchun mo’ljalangan. Bu jinoiy ijro, bu davlat ijro etuvchsi bo’limidan talab qilinadi. Islom – bu qonun dini; u diniy davlat yaratishi kerak va bunday davlatsiz qonunni ijro etish mumkin emas.

Ular Muhammadga borib, bunday erkaklar va ayollar haqida u o’z qarorini chiqarishiga chaqirdilar. Muhammad maktabdagi ruhoniylar oldiga bordi va ularga: “Mening oldimga orangizdagi eng bilimdonini olib kelinglar”- dedi. Ular Abdulloh ibn Surni olib kelishdi. Muhammadning o’zi Abdulloh ibn Sur bilan yolg’iz qoldi, u yosh yigit bo’lib, ularning orasida yoshi tamonidan eng kichigi edi va u bilan muammoni muhokama qila boshladi. U unga: “Allohning nomi bilan seni duo qilaman va Uni Isroil xalqining orasiga keladigan kunlar haqida eslataman! Tavrotda, Xudo zino uchun toshbo’ron orqali jazolashini sen bilmaysanmi?”- dedi. U unga javoban dedi: “Xudo haqqi, ha bilaman va ular sening elchi va payg’ambar ekanligingni bilishadi va senga hasad qilishadi”. Keyin Muhammad zino qilganlarning har ikkalasini Banu Ganm ibn Malik mahalasidagi o’z masjidining eshigi oldida toshbo’ron qilishni buyurdi.* Abdulloh bu gapni gapirganini rad etdi va Muhammadning bashoratli qutqaruvchi ekanligiga ishonmadi.

* Huddi shu tarzda, Iso zino qilgan ayolni toshbo’ron qilishga amr berdi, lekin U yana qo’shimcha qilib: “Sizni orangizda kim gunohsiz bo’lsa, u unga birinchi bo’lib tosh otsin”- dedi. Shunda, uning barcha ayblovchilari, jumladan eng xudojo’y imonlilar va Uning shogirdlari keta boshladilar. Faqat, hech qanday gunoh qilmagan Isoni o’zi toshbo’ron qila olar edi. Lekin, U buni qilmadi. U buni qilib, qonunni buzdimi? Yo’q! U gunohkor ayol uchun o’ldi va uning gunohlarini O’ziga oldi.

Alloh, bu holatga bog’liq quyidagi oyatni nozil qildi: “Ey, Rasul! Og'izlari bilan: "Imon keltirdik" deydigan, dillari imon keltirmaganlar va yahudiylardan kufr sari intilayotganlari Sizni xafa qilmasin! Yolg'on uchun eshitib oluvchi va huzuringizga kelmagan, o'z o'rinlariga qo'yilgan so'zlarni keyin o'zgartiradigan boshqa qavm uchun eshitib oluvchilardir.* Aytadilar: "Agar shu sizlarga berilsa, olinglar. Bordiyu berilmasa, saqlaninglar! …” (Moida surasi 5:41). Muhammad masjidni eshigi oldiga gunoh qilgan odamlarni toshbo’ron qilishni buyurdi. Ularni toshbo’ron qilishganida, erkak o’zining o’ynashni pana qilib, uni toshlardan himoya qildi va ular ukkalasi ham birga o’ldirildi. Zino qilgani uchun, o’z elchisi tamonidan buyurgan jazo, Allohning ishi edi.

* Muhammadning bashoratlarini sinchikovlik bilan sinab ko’rgan yahudiylarning hiyla-nayranglari, zino qilgan jinoyatchilar haqidagi qarori asosida, ular Tavrot so’zlarini buzganliklari haqidagi asoslanmagan ayblovlarga aylandi. O’shandan beri musulmonlar Muqaddas Kitobni haqiqiy ekaligiga, lekin hozirgi ko’rinishda, ba’zi harflar yahudiylar tamonidan o’zgartirilgan deb ishonishadi. Shunday qilib, Qur’on to’la-to’kis bo’lib, yolg’onga asoslanib haqiqatni esa yolg’on deb e’lon qilinshdi.

5.02.13 -- Yahudiylar Masihning bashoratini qanday rad etdilar

Abu Yasir ibn Ahtab, Nafia ibn Abu Nafia, Azir ibn Abu Azir, Xalid, Zeyd, Izar ibn Abu Izar va Ashaya Muhammadga kelishdi va u qaysi elchilarga ishonishi haqida undan so’rashdi. Muhammad ularga dedi: “Aytingiz: "Allohga, bizga nozil qilingan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va payg'mbarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik. Biz ular o'rtasidan birortasini ajratib qo'ymaymiz* va Unga bo'yin sunuvchilarmiz” (Baqara surasi 2:136). U Masih haqida eslatganida, ular Uning bashoratini rad etishdi va shunday deyishdi: “Biz Masihga ishonmaymiz va Unga ishonganlarga ham ishonmaymiz.”** Bunga javoban Alloh quyidagi sozni nozil qildi: “Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Allohga, bizga nozil qilinganga va oldin nozil qilinganga imon keltirganimiz, sizlarning aksariyatingiz esa fosiq bo'lganingiz tufayli bizdan o'ch olyapsizlarmi?” (Moida surasi 5:59).

* Muhammad, o’zini Eski Ahdning bir qator payg’ambarlaridan so’nggisi deb hisoblab, o’zini Iso bilan bir darajada qo’ydi.
** Yahudiylar Muhammadni rad etdilar va uni, Masihni elchi deb ishongani uchun haqiqiy payg’ambar deb tan olmadilar. Isoga bo’lgan imon tufayli Muhammad, yahudiylarning dushmaniga aylandi.

Bir safar, Rafia ibn Haris, Salyam ibn Mishkam, Malik ibn ad-Dayf va Rafia ibn Xuraymal Muhammadning oldiga kelishdi va unga deyishdi: “Ey Muhammad! Ibrohimning diniga va ta’limotiga ergashishliging, bizning Tavrotga ishonishing va unda ilohiy haqiqat borligini tan olmoqchiliging haqida aytmaysanmi?” Muhammad: “Ha. Uni o’zgartirish va o’z ichiga olgan narsalarni, masalan, Xudo sizlarga ishonib topshirgan shartnomani yashirish uchun, sizlar yahshi harakat qildingiz. Sizlar shuningdek, odamlar uchun nimani tushintirishingiz kerak bo’lgan Tavrotdagi narsalarni yashirgansizlar. Men sizlarning yangi tartib qoidalaringni rad etaman”- dedi.* Yahudiylar: “Biz ega bo’lgan narsalarga qattiy rioya qilamiz. Biz Hudoning to’g’ri yo’lida turamiz va abadiy haqiqatni ushlaymiz. Biz senga ishonmaymiz va senga ergashmaymiz!”-dedilar. Shunda Alloh bu oyatni berdi: “Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Toki Tavrot, Injil va Rabbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan narsalarni barpo etmaguningizga qadar, hech bir narsada muqim emassizlar"**. Sizga Rabbingiz tomonidan nozil qilingan narsa ularning ko'plarida faqat haddan oshish va kufrnigina orttirayotir. Bas, kofirlar qavmiga taassuf qilmang!” (Moida surasi 5:68).

* Muhammad Tavrotning turli qismlarini o’zgartirishgan yoki chiqarib tashlanshgan deb yahudiylarni ayibladi. U Eski Ahdda u haqida qadimiy bashoratlar borligiga ishonch hosil qilgan. Muqaddas Kitobda bunday bashoratlar bo’lmasa-da, u Muqaddas Kitobning matnlarini noto’g’ri talqin qilgan.
** Qur’onning ushbu oyati, barcha yahudiy va masihiylarni tavba qilishlari uchun kuchli da’vat bo’lib xizmat qilishi mumkin, agar Muhammadning vahiysiga ishonish uchun chaqirilgan keyingi jumla bo’lmasa.

Muhammadning oldiga an-Naxam ibn Zayd, Firdam bin Kaab va Bahriy ibn Amr kelishdi. Ular unga: “Allohdan tashqari boshqa ilohlar ham borligini bilmaysanmi?”- deyishdi. U: “Yo’q, faqat yagona Xudo bor. Buning uchun men yuborilganman va bu imonga men sizlarni chaqiraman”- deb javob berdi. Keyin Alloh bu so’zlarni berdi: “19. Ayting: "Guvohlik bo'yicha qaysi narsa kattaroq?" Ayting: "Alloh. Men bilan sizlarning o'rtamizda guvohdir. Sizlarni va yetib borganlarni ogohlantirish uchun menga ushbu Qur'on vahiy qilindi. Sizlar haqiqatan ham, Alloh bilan birga boshqa ilohlar bor, deb guvohlik berasizmi?" Ayting: Guvohlik bermayman". Ayting: "Darhaqiqat, U yagona ilohdir. Men esa, sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman". 20. Biz Kitob berganlar uni o'z o'g'illarini tanigandek taniydilar. O'zlariga ziyon qilganlargina imon keltirmaydilar” (An’om surasi 6:19-20).

* Yahudiylar, Muhammadning boshqa xudolarga yashirincha ishonishini aytishiga erishmoqchi bo’lishdi. U, Allohning yagonaligi haqida guvohlik berdi, yahudiy va masihiylarni ikkiyuzlamachi ekanliklari haqida da’vo qildi, chunki ular Muqaddas Kitoblaridagi qilingan bashoratlarni rad etishdi.

Bir safar, Salyam ibn Mishkam, Numan ibn Auf Abu Uns, Mahmud ibn Dahiya, Shas ibn Kays va Malik ibn ad-Dayflar Muhammadning huzuriga kelishdi va unga aytishdi: “Bizning ibodat yo’nalishimizni tark qilgan bo’lsang va Uzayr – Xudoning o’gli ekanligiga ishonmasang, biz qanday sening ortingdan boramiz?” Bu so’zlarga bog’liq, Alloh quyidagi vahiyni nozil qildi: “Yahudiylar: "Uzayr (Ezra) - Allohning o'g'li", - dedilar, nasroniylar: "Masih - Allohning o'g'li", - dedilar. Bu ularning og'izlaridagi gaplaridir. Xuddi avvalgi kofir bo'lganlarning gapiga o'xshaydi. Alloh ursin ularni! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar?!” (Tavba surasi 9:30).

* Madinada yahudiylar Ezrani (Uzayrani) Xudoning o’g’li deb atashganiga dalil yo’q. Bundan tashqari, Muhammad, Bobil asirligidan ularni olib chiqdani uchun va Quddusni qayta tiklashnishini uyushtirgani uchun, Ezrani e’zozlagan yahudiylarni yomon ko’rgan.
Masihiylarni ham, islomda ta’na-malomatlarga loyiq deb hisoblagan. Muhammad ularni Qur’onda ochiqchasiga lanatlagan: “Alloh ursin ularni! Masih – Allohning o’g’li deb qayoqqa og'ib ketmoqdalar!” (Tavba surasi 9:30). Bu, musulmonlar bilan barcha do’stona, insonparvarlik munosabatlari yakuniga etdi.

Mahmud ibn Sayhan, Numan ibn Ada, Bahriy ibn Amr, Uzayr ibn Abu Uzayr va Salyam ibn Mishkam Muhammadni oldiga kelishdi va unga: “Sening vahiying Allohning qonuniligi, haqiqatmi? Biz uni Tavrotdan boshqacha tarzda yozilganligini topib oldik”-deyishdi.* Muhammad javob berib dedi: “Allohga qasamki, mening vahiyim – Allohdan ekanini sizlar bilasizlar! Siz bilasizmi, sizning Muqaddas Kitobingiz buni e’lon qiladi va agar barcha insonlar va jinlar (ruhlar) bunday narsa yaratish uchun birga yig’ilsa, bunday qila olmas edilar”. Bunga ular javob berib deyishdi (u erda ko’pchilik bo’lgan edi): “Ey Muhammad! Shu odam yoki jin sizni o’rgatmadimi?” Muhammad javob berib dedi: “Allohga qasamki, mening vahiyim Allohdan ekanligini bilasizlar va sizlar o’z Muqaddas Kitobingizda men – Allohning payg’ambari ekanligimni topasizlar”. Ular javob berib: “Alloh, O’zi xohlagan ishlarni uchun rasuliga hukumdorlik qilishni ato qilgan bo’lsa, unda, biz uni o’qib va haqiqatni bilib olishimiz uchun osmondan bizga kitob tushir. Aks holda, biz senga shu kabi narsalarni keltira olamiz”- dedilar. Shunda Alloh ushbu so’zni berdi: “Ayting: "Qasamki, agar insu jin ushbu Qur'onning o'xshashini keltirish uchun birlashib, birbirlariga yordamchi bo'lsalar-da, uning mislini keltira olmaslar”** (Al-Isro surasi 17:88).

* Yahudiylar, Muhammadga doimo aniq qilib Tavrot va Qur’on o’rtasidagi katta farqlarga ishora qildilar. Ammo Muhammad bu tuzatishni qabul qilishga yoki haqiqatga bo’ysinishga tayyor emas edi.
** 100dan ortiq tarihiy, Grammatik va faktli xatolariga qaramay, Qur’onning hatosiz, noyob, o’xshashi yo’qligi va buyukligiga ishonishadi.

Bir necha yahudiylar Muhammadning oldiga kelishdi va unga deyishdi: “Xudo olamni yaratdi. Xudoni esa kim yaratdi?” Buni eshitib, Muhammad g’azablandi, hatto rangi oqarib ketdi va Allohni qizg’andi, ularga hujum qilib, ularni sochlaridan ushlab oldi. Keyin unga Jabroil kelib, uni tinchlantirdi va unga: “Ey Muhammad, tinchlan!”- dedi. Jabroul ularning savollari uchun unga javob olib keldi: “1. Ayting: "U Alloh yagonadir. 2. Alloh behojat, hojatbarordir. 3. U tug'magan va tug'ilmagan ham. 4. Shuningdek, Unga biror tengqur ham yo'qdir” (Ihlos surasi 112:1-4).*

* 112 sura – Ihlos yoki Imonni tozalash surasidagi – hafaqat, yahudiylarning savoliga javob beradi, balki Muqaddas Uch Birlikni rad etishini ham anglatadi: Xudo, O’g’il tug’ib bergan Ota emas; Masih yagona O’g’il emas; Muqaddas Ruh Xudoga teng emas. Islomda Allohdan boshqa iloh yo’q.

Muhammad ularga bu so’zlarni o’qib berganda, ular: “Ey Muhammad, bizga Allohning shaklini, uning jismini tariflab ber!”-deyishdi. Ularni eshitib, Muhammad yana ham ko’proq g’azablandi va yana ularning chochlaridan ushlab oldi. Jabroil yana unga zohir bo’ldi va unga birinchi aytgan so’zlarini qayta aytdi. Shuningdek, ularning savoliga Allohning navbatdagi javobini keltirdi: “Ular Allohni haqqoniy qadrlamadilar. Butun Yer qiyomat kunida Uning uchun bir siqimdir. Osmonlar esa Uning "qo'li"ga yig'iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir!” (Zumar surasi 39:67).*

* Muhammad Allohning tarifida antropomorfizmdan o’zini ozod qila olmadi. Keyinchalik bu anrtopomorfizm, mutazilitlar tamonidan ramziy ma’noga ega bo’ldi.

5.02.14 -- Najranning masihiy vakillari Madinada

Bir safar, oltmishta Najran masihiylar karvoni Muhammadning oldiga kelishdi. Ularning orasida o’n to’rt nafar eng obro’li odamlar bo’lgan edilar, ulardan ichtasi eng asosiysi bo’lib, to’liq javobgarlik ularning zimmalariga yuklangan edi. Al-Akib xalqning hukumdori bo’lib, yuksak aql egasi bo’lgan kishi edi. Uning asl ismi Abdulmasih edi. Al-Sayyid ularning bosh maslahatchisi bo’lib, ularning sayohat va yug’ilishlarining tashkil etuvchisi bo’lgan. Uning asl ismi al-Ayham edi. Uchinchisi Abu Haris ibn Alkam – oliy ruhoniy, ruhiy etakchi va ularning maktabini ruhoniysi bo’lgan kishi edi. U, ularning orasida hurmatga sazovor bo’lgan, ko’p narsalarni o’rgangan va ilohiyotshunos olim deb hisoblangan. Vizantiya masihiy shohlari unga hurmat bildirgan, unga mol-mulk va qullar berishgan, unga jamoat qurdilar va uning olimligi va imondagi jonkuyarligi haqida bilib, hurmat-ehtirom ko’rsatishar edi.*

* Shimoliy yamanlik masihiy yuqori shohlar va oliy ruhoniylar vakolatiga ega bo’lgan ushbu mashhur vakillar ostida, musulmon va masihiylar o’rtasida, Efiopiyga kelganidan keyingi musofir musulmonlarni eshitish uchun ilgarigidan keyingi ikkinchi marta jamoat munozarasi o’tkazildi.

Najran masihiylari Madinaga kelishganlarida, ular uning oldiga masjidga kelishdi. U shu payt kechki nomozni yakunlagan edi. Ular kiyimlarini, yaman matosidan kiyishgan va ularning tuyalari Banu Haris ibn Kaabning qabiladidan edi. Shunda, Muhammadning sahobalaridan biri: “Bunday vakillarni biz hali ko’rmagan edik”- dedi. Madomiki, ularning ibodat vaqtlari yaqinlashgan edi, ular ibodat qilishlari uchun masjidga kirib kelishdi. Muhammad: “Ibodatlarini qilaverishsin!”-deb aytdi. Ular sharq tamonga qarab ibodat qilishdi.

Muhammad, Abu Haris, al-Akib va al-Ayhan bilan suhbatlashishdi. Bu kishilar, hoqonning e’tiqodini e’tirof etgan masihiylar edi, lekin ba’zi savollarga ular boshqacha ishonishardi. Ular, barcha masihiylar singari shunday deyishdi: “Iso – Xudodir, Xudoning O’g’li va uch birlikning uchinchisidir”. Ular, U Xudo ekanligiga davo qildilar, chunki U o’liklarni tiriltirdi, kasallarni shifoladi, sirlarni oshkor qildi, loydan qush yaratdi va unga hayotni pufladi. Bularning hammasi*, U Xudoning amriga binoan xalq uchun alomat edi. Ular Isoni Xudoning O’g’li deb aytdilar, chunki Uning er yuzida otasi yo’q edi va U oxurda gapirgan edi, Odam avlodidan Ungacha hech kim bunday qilmagan.

* Muhammad Masihning mutloq kuchini, Yaratuvchi, Shifokor va o’liklarni tiriltiruvchi sifatida chegaralab qo’ydi, Iso bu mo’jizalarni faqatgina Alloh uhga amr bergani va Muqaddas Ruh kuchini Unga bergani uchungina qilishi mumkinligini aytdi. Muhammad Buyuk Uch Birlikni bevosita tan olganini anglab etmadi, chunki Xudo, Masih va Muqaddas Ruh bir oyatda alohida nomlanadi va harakat qiladi (Baqara surasi 2:87, 253; Moida surasi 5:110; Oli Imron surasi 3:49).

So’ng ular, U – uchlikni uchinchisi, ya’ni: Xudo, Masih va Maryam*, zero Tabrot tez-tez shunday deydi: “Biz qildik, Biz buyurdik, Biz yaratdik, Biz qaror qildik”- agar Hudo yagona bo’lsa, demak u: “Men qildim, Men buyurdim, Men yaratdim, Men qaror qildim”- deb aytar edi. Qor’onning barcha oyatlari bu dalillarni rad qildi.

* Qur’on, Uch birlikni Ota, Ona va O’g’ildan iborat ekanligini o’rgatishgan masihiy mazhablarining kuchli ta’sirida yaratilgan (Moida surasi 5:116). Barcha pravoslavlar, katoliklar va injilchilar jamoatlari bu ta’limotni rad etadilar. Masihiylik imon e’tiqodida bunday muqaddas uch birlik yo’q.

Bu ikki ruhoniylarlar Muhammad bilan suhbatlashganda, u ularni Allohga bo’ysunishga chaqirdi (ya’ni, musulmon bo’lishga). Ular unga javob berishib: “Biz anchadan beri Xudoga bo’ysunamiz”-deyishdi. Muhammad ularni qayta chaqirdi, lekin ular unga: “Biz allaqachon Xudoga bo’ysinamiz”- deyishdi. Keyin Muhammad dedi: “Siz yolg’on gapiryapsizlar! Agar siz musulmon bo’lganingizda edi, Allohning o’g’li borligini tasdiqlamas edingizlar va sizlar hochga* sajda qilmagan bo’lar edingiz va cho’chqa go’shtidan emas edingizlar”. Ular: “Masihning otasi kim edi”- deb so’rashdi. Muhammad jim bo’ldi va javob bermadi. Bu so’zlarni rad qilish uchun, Alloh, saksondan ortiq oyatlar ega Oli Imron surasining boshlanishini nozil qildi: “1. Alif, Lom, Mim. 2. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. U tirik va abadiy turuvchidir!” (Oli Imron surasi 3:1-2).

* Xudoning O’g’lini va uning hochga mixlanishining shubhasiz rad qilinishi, musulmonlarni masihiylardan ajiratdi. Islom masihiylikka qarshi dinga aylandi. Muhammad barcha masihiylarni yolg’onchilar deb tasvirladi, chunki ular Xudoning O’g’liga ishonishdi va Uning tirilishi haqiqat ekanligini mustahkam ushladilar.

So’ngra Muhammad ularning so’zlarini rad etishini va Allohni yagona Yaratuvchi va Rabbiy deb tana olib, hamrohlari yo’q dedi. Shunday qilib, Unga, huddi Xudoga o’hshagan ularni bir qatorga qo’ygan kofirlarni inkor etdi va u, o’zlarning Xudolari haqidagi ularning dallilarini rad etdi. Ular, undan adashganliklarini ko’rsatishini so’rashganlarida, u ularga shunday dedi: “Alloh yagona, Unga teng keladigan yo’q. U tirik va o’lmas, siz bo’lsangiz Masih vafot etgan deyapsiz va hatto Uni hochga mixlangan deb tasdiqlayapsizlar. Lekin, Alloh abadiy mavjuddir. Siz Masihning joydan joyga ko’chib o’tishini tasdiqlasangiz ham, U abadiy O’zining o’rnida qoladigan Eng oliy Yaratuvchi”.*

* Musulmonlar uchun Masihning timsoli va insoniyat uchun o'rin almashuvchi bo’lgan Uning o'lim jazosi tushunarsizdir; Muqaddas Ruhni rad etib, ular ruhuy fikrlashga qodir emas.

3. Sizga Kitobni haqiqatan o'zidan oldingini tasdiqlovchi holida nozil qildi (fikrda, sizlar tarqalgan narsalarga tegishli). Tavrot va Injilni oldin nozil qilishi esa, (birinchisi Musoga, ikkinchisi esa Masihga) 4. odamlarga hidoyat bo'lishi uchun edi. Haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchini nozil qildi (Masihga tegishli masalalar yolg’ondan haqiqatni ajiratadi, boshqalarda u haqida turli fikrlar mavjud).. Shubhasiz, Allohning oyatlarini inkor etuvchilarga shiddatli azob bordir. Alloh qudrat va intiqom sohibidir! (Ularni eshitib, Muhammad haqida nima deganlarini bilganlaridan so'ng, Uning oyatlarini inkor qiladiganlarga nisbatan qasos oladi.). 5. Darhaqiqat, na Yerda va na osmonda biror narsa Allohga maxfiy (noma'lum) emasdir. U, ularni nima oylashlarini, qanday xatoga yo’l qo’yadi va ular kimni Masihga teng deb atashlarini biladi. Ular uni Xudo qilishadi, uni Xudodek uni yuksaltirishadi, garchi ular yaxshiroq bilishlari kerak edi. Bu bilan ular Allohni haqorat qilishdi va Uni rad etishdi.** (Ushbu qismda muallif Oli Imron surasining 3:4-5 oyatlaridan foydalangan).

* Furqon - Qur'onda etti marotaba uchraydigan, Qur'onning boshqa ismidir. 25 sura “Ajrim etuvchi” (Furqon) deb nomlanadi.
** Muhammad qadimgi masihiy guvohliklarini, "Iso - Hudo" deb eshitgan, lekin uni rad etgan. U Isoni O'zidan ham muhimroq deb bilishni istamadi.

“U sizlarga bachadonlarda bo'lgan paytingizda xohlagan shaklni beradigan zotdir” (Oli Imron surasi 3:6). Masih ham Odam Atoning butun avlodi singari, bachadonda shakllangalarga tegishli bo’lgan. Agar u shunday darajada turgan bo’lsa, U qanday qilib Xudo bo’lishi mumkin? Keyin, ular Allohga bog’langan narsalardan ozod bo’lishdi, u Allohning yagonaligini tan oldi va dedi: “… boshqa iloh yo’q, U qudratli va hikmatlidir!” (Oli Imron surasi 3:6), xohlagan vaqtda Uni (Masihni) imonsizlardan himoya qilishi va Unga xalqlar uchun alomat va shafoat qilishni berishga qodir. “U Sizga Kitobni nozil qilgan zotdir. Unda shu Kitobning "onasi" sanalmish aniq oyatlar va boshqa mutashobih oyatlar ham bor …”* (Oli Imron surasi 3:7). Allohning bu so’zlari insonlarni mustahkamlaydi, nizolar va adashishdan himoya qiladi. Ularni manosini o’zgartirish yoki manipulyatsiya qilish mumkin emas. “…Ammo, dillarida og'ish bor kimsalar odamlarni fitnaga solish va o'z talqiniga muvofiq ma'nolar berish uchun uning mutashobih oyatlariga ergashadilar…” (Oli Imron surasi 3:7).

* Dastlab, Qur'on o'qishning turli xil uslublari mavjud edi, chunki harflar belgisiz va nuqtasizsiz yozilgan bo'lib, bu turli xil talqinlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Yangi Ahdda bunday noto’g’ti narsalar bo’lishi mumkin emas, chunki har bir harf aniq belgilangan.

“Ammo, dillarida og'ish bor kimsalar”, - to’g’ri yo’ldan uzoqlashadiganlar, “odamlarni fitnaga solish va o'z talqiniga muvofiq ma'nolar berish uchun uning mutashobih oyatlariga ergashadilar (Oli Imron surasi), Shunday qilib, u ularni islohotlari va g'oyalarini tasdiqlaydigan va to'g'ri ko'rinish uchun dalil sifatida ishlatadigan nimalarni o'zgartirishi mumkin. Tavrotda yozilgan: “Biz yaratdik va Biz qaror qildik”, buni manosini faqat Alloh biladi.* Faqat, ularni nima deb ko’zda titilganini U biladi.

* Muhammad Eski Ahddagi Hudoning ko'plik nutqini inkor qilmagan (Ibtido 1:26 va boshqalar), lekin u "qirollik buyukligi" ma'nosida Qur'onga ko'ra ularni talqin qildi". Uchlikning mavjudligi ehtimoli, unga aql bovar qilib bo’lmaydigan narsa edi.

Ilmda mustahkamlar esa deydilar: "Unga imon keltirdik. Hamma Rabbimiz huzuridandir" (Oli Imron surasi 3:7). Har qanday narsa Xudoyimizdan kelib chiqsa, qanday qilib qarama-qarshilik bo'lishi mumkin? Ular tushunarsiz qismni aniq bir asosda sharhlashga, bu erda faqat bitta talqin qilishga harakat qilishadi. Shunday qilib, Muqaddas Bitik ichki kelishuvda - bir qismi boshqa qismni tasdiqlaydi. Aldanish qulab tushadi va kufrga zarba beriladi. Ammo bu fikr, faqat tushunadigan va ibodat qilganlarda bo'ladi: "Ey, Rabbimiz, bizni hidoyat yo'liga solganingdan keyin dillarimizni og'dirma (va biz haqiqat bo'lgan narsadan qochib ketganimizda),* va bizga huzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen ato etuvchidirsan!” (Oli Imron surasi 3:8).

* Najranlik masihiy vakillar bilan ochiqcha nizo vaqtida, Muhammad ba'zi savollarga javob bera olmadi yoki hatto ularni tushina olmadi; u yana ham ko’proq ishonchsilikda qoldi va yopiq yakkaxudolikda qattiy turdi.

Bundan tashqari, shunday deyiladi: “Adolatda turib, Alloh guvohlik beradi: "Allohdan o'zga iloh yo'qdir" (ularning da'volariga zid ravishda). Farishtalar va ilm egalari ham. Qudratli va hikmatli Allohdan o'zga iloh yo'qdir!” (Oli Imron surasi 3:1)

Albatta, Alloh nazdida din Islomdir. Ahli kitoblarga ma'lumot kelgandan keyin hasad yuzasidan o'zaro ixtilof qilishga o'tdilar. Kim Allohning oyatlarini inkor etsa, Alloh tez hisob-kitob qiluvchi zotdir. Agar Siz bilan bahslashsalar, va menga ergashganlar o'zimizni Allohga bo'yin sundirdik", - deb ayting! So'ng, ahli kitoblar va savodsizdan: "Islomga kirdingizmi?" - deb so'rang. Agar Islomga kirsalar, demak, to'g'ri yo'lni topibdilar. Agar bosh tortsalar, bas, Sizning burchingiz, faqat yetkazib qo'yishdir. Alloh bandalarni ko'rib turuvchidir. (Oli Imron surasi 3:19-20).

Keyin Muqaddas Kitobdagi xalq; yahudiylar ham, masihiylar ham – o’zlarining yangilikgi va ixtirolari uchun ta’na-malomat qilinadi. “26. Ayting: "Ey, hukmronlik egasi - Alloh, Sen xohlagan kishiga hukmronlik ato etursan va xohlagan kishingdan hukmronlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan va xohlagan kishingni xor etursan. Yaxshilik Sening qo'lingdadir. Albatta, Sen hamma narsaga qodirsan. 27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan. O'likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan!” (Oli Imron surasi 3:26-27). Sen o’zing bunga qodirsan yoki Sen aytasan: Men, Isoga Uni Xudo deb hisoblagan ishlarni qilish qudratini berdim: o’liklarni tiriltirish, kasallarni shifolash, loydan qush yaratib, unga hayot nafasini berish, sirlarni fosh qilish – U odamlar uchun alomat qilishi va Men Uning xalqi uchun yuborilgan Uning bashoratini tasdiqlash uchun. Boshqa ishlarda Uni inkor etish, bu Mening hokimiyatimdadir. Shohlarni tayin qilish yoki tunni kunga yoki kunni tunga almashtirish uchun Uning payg’ambarchilik vakolatiga kirmas edi. U jonsiz narsalardan hayotga erishtira olishi yoki tiriklarni o’lik holarga o’tkaza olmaydi. Mening irodam bilan solihlarga ham, betafiqlarga ham, U xohlagandek, hayot uchun kerak bo’lgan hamma narsani erkin bera olmaydi. Men bularning barchasi uchun Isoga hokimlik bermadim. Ular bularning dalillarini keltira olmaydilar; agar U haqiqatdan, ham xudo bo’lsa, bularning barchasidan ustunroq bo’lar edi, lekin U shohlikdan ajirab va joydan joyga ko’chib o’tishini ular yahshi bilishar edi.**

* Bu erda yahudiycha "Elohim" bilan bog'liq bo'lgan "Olloh"ning “Allohumma” isminingi arabcha ibodat shakli ishlatilgan va "Olloh" so'zining ko'plik shaklini ifodalaydi (Moida surasi 5:114). Yahudiylarni islomga qaratish uchun Muhammad shu qadar harakat qildiki, u “Alloh” (Allohumma) so’zining ko’plik shaklini ishlatishgacha bordi.
** Muhammad nafaqat Masihning Ilohiyligini yuzaki rad etdi, balki nima uchun U Ilohiy emasligini mantiqiy va empiric tarzda tushintirishga harakat qildi. Muqaddas Ruh Muhammadning uchuda yashamadi, shuning uchun u Iso Masihni Xudo deb atay olmadi (1 Korinfinliklar 12:3 qarang).

Shunday qilib, Muhammad imonlilarga voizlik qildi: “31. Ayting: "Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir". 32. Ayting: "Alloh va payg'ambarga itoat etingiz!" Agar yuz o'girsalar, Alloh, shubhasiz, kofirlarni sevmas”* (Oli Imron surasi 3:31-32)

* Muhammad, masihiylar vakillari bilan bo’lgan suhbatda, ularni Xudoga bo’lgan sevgisidan va Unga bo’lgan imondan kelib chiqadigan itoatkorlikdan foydalanishga harakat qildi. U, Allohga bag’ishlanganlari uchun, ularni gunohlari kechirilishi bilan jalb qilidhga harakat qildi. Hamda u, agar ular Muhammadning maktubiga ishonmasalar, Alloh ulardan yuz o’girishi bilan tahdid qildi.
Alloh kofirlarni sevmaydi! Qur’onda o’n sakkiz marotaba, Alloh gunohkorlarni sevmasligini yozadi: Hushhabar esa aksincha, buning aksini haqida guvohlik beradi. Yuhanno 3:16 da biz o’qiymiz: “Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona O’g’lini berdi. Toki Unga ushonganlardan birortasi halok bo’lmasin, balik abadiy hayotga ega bo’lsin”.

Keyin Muhammad ularga Xudoning maqsadiga ko’ra, Masihning hayoti haqida, Uning tug’ilishi haqida aytib berdi. U dedi: “33. Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra tanladi 34. bir-birlaridan zurriyot etib. Alloh eshituvchi va bilimdon zotdir!”* (Oli Imron surasi 3:33-34)

* Qur’onda “Imron” – Eski Ahddagi “Imrom” bilan bir hil shaxsdir (Chiqish 6:18-20; Sahroda 3:19-27; Sahroda 26:58-59). Har ikkalasi ham Muso, Horun va Maryamning otalariga tegishlidir. Muhammad, bu bashoratli oilani tanlangan deb hisoblaydi. U o’yladiki, bu oilada Allohning elchisi Masih keldi, chunki u hato qilib, Horunning singlisi Maryamni o’rniga, Mariya Isoning onasini qabul qildi. Arab tilida, Maryam va Mariya – bu bitta ism“Maryam” (Maryam surasi 19:27-29; Oli Imron surasi 3:33-35).

“35. Eslang Imronning xotini: "Ey, Rabbim, men qornimdagi narsani ozod etib, Senga nazr qildim. Mendan qabul et! Albatta, Sen eshituvchi va bilimdon zotdirsan", - deb duo qildi. 36. Ko'zi yorigach, dedi: "Ey, Rabbim, men qiz tug'dim", - vaholanki, Alloh uning nima tuqqanini yaxshiroq bilardi. Axir, o'g'il bu qizdek bo'lmasdi. - "Men unga Maryam deb ism qo'ydim va unga hamda zurriyotiga quvg'in etilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan so'rayman". 37. Bas, Parvardigori uni husni qabul etib, yaxshi parvarish qildi va Zakariyo qaramog'iga topshirdi…” (Oli Imron surasi 3:35-37).

* Bu oyatlar Islomda ayol kishining noqulay ahvolini ko’rsatmoqda

Aytilishicha Matyam yetimga aylangan. Undan keyin, u haqidagi hikoya va Zakariyo qanday qilib ibodat qilgani va unga Yahyyo – bola qanday qilib berilganligi haqida hikoya aytiladi. So’ng, quyidagi Maryam haqida va unga farishta orqali aytilgan so’zlar keltirilgan: “42. Farishtalar: "Ey, Maryam,* Alloh seni tanlab oldi va pokladi hamda seni butun olam ayollaridan mumtoz etdi. 43. Ey, Maryam, Rabbingga itoat et, sajda qil va ruku' qiluvchilar bilan birga ruku' qil!" - deganlarini eslang!” (Oli Imron surasi 3:42-43). Keyinroq davom etib: “45. Eslang, farishtalar: "Ey, Maryam, Alloh senga O'zining "kalimasi"** xushxabarini beradikim, uning ismi Iso Masih ibn Maryam bo'lib, dunyoyu oxiratda obro'li va yaqinlardandir. 46. Odamlarga go'daklik chog'ida ham, voyaga yetganda ham gapiradigan, solih bandalardan bo'lur", - dedilar” (Oli Imron surasi 3:45-46). Muhammad ularga Isoning mavqeini, shuningdek, o’sib ulg’aygani va yetuklik darajasiga yetgandan so’ng o’tgan barcha o’zgarishlarini – U hamma odamlardek bir hil bo’lgani haqida tanishtiradi. Alloh unga faqat bitta farqni berdi – U beshikda gapirishga qodir bo’lishi va bu odamlarga berilgan Uning bashoratli alomati bo’lib, Unga bu qobiliyatni Kim berganligini ular tushunishlari kerakligi uchun edi.

* Maryam (Mariya) – Qur’onda eslatilgan yagona ayol ismidir. U o’n bir suralarda, 34 marta qo’llanilgan. Maryam bu dunyodagi barcha ayollardan va kelajakdagi ayollardan tanlab olingan deb hisoblaniladi (Oli Imron surasi 3:33-47).
** Qur’onda, Isoni besh marotaba, Xudoning Kalomi deb nomlangan. Ushbu nom Yuhannoning Xushxabaridagi Logos tushunchasining islomiy aks-sadosi bo’lgan. Shunday qilib, Iso boshqa barcha payg’ambarlar singari nafaqatgina Xudoning So’zlarini eshitgan, balki O’zi Xudoning Kalomining timsoli bo’lgan. Shunday qilib, Qur’on Uning gunohsizligi haqida guvohlik beradi, chunki Iso haqidagi ta’limot, Uning hayotidan farq qilmaydi. Uning O’zi Kalom edi! Xudo Kalomidagi yaratuvchi, shifolovchi, kechiruvchi, tasalli beruvchi va yangilanadigan hokimiyati Unda ishladi. U – Xudoning Kalomini vahiysi timsolidir! Xudoning irodasini bilishni istagan har bir kishi, Isoni bilishga harakat qilishi kerak.

“47. Maryam dedi: "Rabbim, menga inson tegmagan bo'lsa, qayoqdan menga farzand bo'lsin?" Alloh aytdi: "Shunday, Alloh O'zi xohlagan narsasini yarataveradi. U O’z irodasi bilan jismoniy aloqa orqali yaratgandek, busiz ham yarata oladi. Qachon biror ishni iroda qilsa, faqatgina unga "Bo'l!" desa, bas, u bo'laveradi”* 48. Unga yozishni, hikmatni, Tavrot (Muso davridan beri ularda bo’lganlar) va Injilni ta'lim beradi (Alloh Unga birinchi bo’lib bergan, boshqa bir Muqaddas Kitobni va ular yagona bilganlari shuki, bir kuni Alloh Muso payg’ambardan keyin boshqa payg’ambar yuboradi deb bilishgan). 49. Shuningdek, uni Isroil avlodiga payg'ambar. U unga aytadi: "Men sizlarga Rabbingiz huzuridan mo''jiza bilan keldim. (Kim orqali ko’rib turganingizdek, Men Allohdan yuborilgan haqiqiy payg’ambar va elchi bo’laman) “Men sizlarga loydan qush shaklini yasab, unga dam ursam, u Allohning izni bilan qush bo'ladi. Ko'r va pesni tuzataman. Allohning izni bilan o'liklarni tiriltiraman hamda sizlarning yeyayotgan va zaxirada saqlayotgan narsalaringizni aytib beraman. Agar mo'min bo'lsangizlar, (Alloh meni sizlarga yuborgani haqida) albatta, bu ishlarda sizlar uchun alomat bordir. 50. O'zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlash, Mendan oldingi bo’lganlarni va sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilib berish uchun keldim.** (Men, sizlarga harom qilingan va sizlar undan yuz o’girib ketishingiz kerak bo’lgan o’shani aytaman, lekin hozir men sizning xohshingizni kamaytirishga va sizning yukingizni osonlashtirish uchun qilyapman). Yana, sizlarga Rabbingizdan hujjat keltirdim. Shunday ekan, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat qilingiz! 51. Darhaqiqat, Alloh mening Rabbim va sizning ham Rabbingizdir (bu orqali U, O’zini O’zi haqida aytilgan so’zlaridan ozod qildi va Allohni ularga qarshi guvohlik berishi uchun chaqirdi) Unga ibodat qilingiz! To'g'ri yo'l shudir!" (Oli Imron surasi 3:47-51).

* Musulmonlar Isoni erkakni ishtirokisiz, bokira qiz Maryamdan tug’ilganiga ishonishadi. Qur’onga ko’ra, Alloning so’zi bilan U Maryamni uchida yaratilgan edi.
** Qur’onga ko’ra, Masih Tavrotni o’zgarmasligini tasdiqladi va Qonunning ba’zi qismlarini Qonun Chiqaruvchi sifatida o’zgartirish huquqiga ega edi. Shuning uchun, Qur’onga ko’ra, insoniyat Unga bo’ysunishini talab qilish huquqiga ega edi (Oli Imron surasi 5:17-48)
Biroq, Nikey ramz etiqodidagi barcha masihiylar Isoning Muqaddas Ruh orqali Maryamning ichida homila bo'lganligini tan oladilar. U “Xudodan bo’lgan Xudo. Nurdan bo’lgan Nur, Haqiqat Xudosidan Haqiqat Xudosi, tug’ilgan, yaratilmagan, Otasi uchun yagona yaratilgandir”. Nikey ramzi hali ham, masihiylarning islom ta’limoti uchun Ilohiy javob bo’lib qolyapdi.

52. Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: "Alloh sari menga yordamchilar kim?" Havoriylar aytdilar: "Biz Alloh yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik (ular Allohning inoyatiga erishish uchun shunday dedilar) va Allohga musulmon ekanimizga guvoh bo'lgin. 53. Ey, Rabbimiz, nozil qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, bizni shahodat keltiruvchilar bilan birga yozgin!" (Oli Imron surasi 3:52-53). Shogirdlar shunday deyishdi va ularning imoni shunaqa edi. So’ngra, ular Uni o’ldirishni xohlashganida, Alloh Uni qanday O’ziga olgani haqida yozilgan: “Ular makr qildilar (Yahudiylar). Alloh ham "makr" qildi. Alloh makkorlarning yaxshisidir” (Oli Imron surasi 3:54).

* Muhammad, Isoga bo’lgan imondan ko’plagan odamlar uzoqlashgani haqida eshitdi (Yuhanno 6:66-69) va u, Isoning izdoshlarini ularning har bir shogirdining e’tiqod darajasiga va sodiqligiga ko’ra, turli unvonlar bilan nomladi (Oli Imron surasi 3:52-53).
** Muqaddas Kitobda faqat ikki marta “ayyorlik” haqida gapirilgan: Ibtido 3:1 “…barcha dasht hayvonlari orasida eng ayyori ilon edi…”: Efesliklarga 6:11 “Iblisning hiylalariga (ayyorligiga) qarshi tura olishingiz uchun…”. Yaqqol ko’rinib turganidek, Hushxabar, shayton bilan Alloh haqidagi islomiy qarashga tenglashtirildi.
Allohning eng buyuk ayyorligi, yahudiylarning hujum qilib, Isoni xochga mixlanishdan qutqardi deb hisoblanadi. Muhammadning tasavvuriga ko’ra, Xudo Usoni uxlatib qo’ydi, so’ng Uni tirikligicha O’zining samoviy uyiga ko’tarib olgan. Masihni xochga mixlanishini bekor qilish uchun, Alloh buyuk ayyor va yolg’onchi sifatida bo’lishga tayyor edi! (Oli Imron surasi 3:54-55; Ibtido 3:1).

Keyin u ularga nasihat berdi va yahudiylar Isoni xochga mixlaganini tan olishganlari uchun, ularni haqorat qildi; shuningdek u, qanday qilib Alloh Uni ayyorlik bilan O’ziga yuksaltirganini va Uni pok saqlaganini aytib berdi. “Alloh aytdi: "Ey, Iso! Men seni vafot ettiruvchi*, huzurimga ko'taruvchi, inkor etganlardan (senga qarshi yomonlik o’ylagandan) seni poklovchi hamda senga ergashganlarni qiyomat kunigacha kofirlardan yuqori qo'yuvchidirman…” va keyingi so’zlar: “58. Albatta, Isoning misoli, Alloh nazdida bamisoli Odam kabidirki (Bunga e’tibor bering!), uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga "Bo'l!" dedi, bas bo'ldi. 60. Haq Rabbingizdandir (ya’ni, Iso haqida nozil qilingan narsalar haqida). Bas, shubha qiluvchilardan bo'lmang!” (Oli Imron surasi 3:59-60). Agarda sizga kimdir erkak kishining ishtirokisiz Iso yaratilgan deb aytsa, Men Odamni ham erning tuprog’idan, huddi shu kuch bilan, erkak va ayol ishtirokisiz yaratdim, lekin u Isoga o’xshab, tanada, qonda va shochli bo’lgan. Binobarin, erkakni ishtirokisiz Masihning yaratilishi, Odam Atoningning yaratilishidan ajoyib emas”**

* Qur’on, Allohning O’zi, Isoni O’zida yuksaltirganiligi haqida dalolat beryapdi. Shuning uchun, musulmonlar Iso tirik ekanligini bilishadi va ishonishadi, Muhammad esa o’lgan va qabrda yotibdi. Har gal Muhammadning ismini eslatib o’tlliganda, har bir musulmon: “Alloh uni marhamatlasin va unga tinchlik ato etsin!”-deyishadi. Madomiki, Qur’onga ko’ra, Iso tirik va Xudo bilan birga, unday bo’lsa Isoning izdoshlari imonsizlarga qaraganda ancha yuqori darajaga erishadilar. Ushbu parchada Isoning oliy ruhoniyligi va Muqaddas Ruhning tushganligini tasdiqlaydi (Oli Imron surasi 3:55).
** Islom uch kishini otasiz yoki onasiz holda yaratilganini gapiradi: Odam Ato, Momo Havo va Iso. Shunday qilib, Odam Ato erdan va Momo Havo – Odam Atoning qoburg’asidan yaratilganlini ko’zdan qochiradilar. Musulmonlar, Isoni Allohning so’zi orqali yaratilgan deb davo qiladilar. Uni tanada yaratilgan Xudoning Ruhi deb hisoblanishi kerak. Muhammad, Isoni Xudoning Ruhidan tug’ilganligini qabul qila olmadi.

“Sizga kelgan shu bilimdan keyin kim Siz bilan to'g'risida bahslashmoqchi bo'lsa, ayting: "Kelinglar, o'g'illarimiz bilan o'g'illaringizni, xotinlarimiz bilan xotinlaringizni, o'zimiz bilan o'zlaringizni chorlab, so'ng iltijo qilamiz, bas, yolg'onchilarga Alloh la'natini* tilaymiz!” (Oli Imron surasi 3:61).

* Musulmonlar sehrli lanatini nafaqat erkak kishilarga, balik ularning xotinlari va o’g’illariga qarshi namozda talaffuz qilishgan. Iso esa O’zining izdoshlariga amr berdi: “Lekin men sizlarga aytyapman, dushmaningizni yahshi ko’ringlar, sizni lanarlaganlarni duo qiling” (Matto 5:44). Masihning marhamati Allohning la’natisidan kuchliroqdir.

“62. Albatta, bu (o’sha, men sizlarga Iso haqida aytganim) rost qissadir. Allohdan o'zga iloh yo'q. Allohning O'zigina qudrat va hikmat egasidir. 63. Agar yuz o'girsalar, albatta, Alloh buzg'unchilarni biluvchidir. 64. Ayting: "Ey, kitob ahli, biz bilan sizning o'rtamizda barobar bo'lgan bir so'zga kelingiz - yolg'iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo'yib bir-birlarimizni iloh qilib olmaylik!" Agar yuz o'girsalar: "Guvoh bo'linglarki, biz musulmonlarmiz", - deb aytingiz!” (Oli Imron surasi 3:62-64).

* Muhammad hech qachon Muqaddas Kitobni o’qimadan. U Muqaddas Kitobga tegishli bo’lgan aniq va noto’g’ri tasdiqlar bilan aralashtirib yubordi. Lekin, Uso Masih hokimiyat bilan shunday deydi: “Men Haqiqatman” (Yuhanno 14:6) va “Kimki haqiqat tarafida bo’lsa, Mening ovozimni eshitadi” (Yuhanno 18:37).

Muhammad ularga islomni qabul qilshga va Alloh unga Iso haqidagi islomiy ta’limotni vahiy qilib berganida, o’zlarining asosiy dallilardan voz kechishga chaqirdi va u masihiylar bilan bahslashuvlariga tegishli, la’nati bo’lishlariga qaror qildi. Ular bu vahiyni rad etganlarida, u yana ularni islomga da’vat qildi.

Ular unga javob berib deyishdi: “Ey Abu al-Qosim, bizga bu savol haqida o’ylab ko’rishga ber!”* Keyin biz sening oldingga kelamiz va biz qilgan qarorimizni haqida senga aytamiz. So’ng, ular uning oldidan ketishdi.

* Abu al-Qosim – Qosimning otasi, Muhammadning faxrli ismlaridan biri bo’lgan. Qosim bolalik chog’ida vafot etgan, uni o’gli bo’lgan edi.

Keyinchalik ular, ularning oralarida eng aqlli bo’lgan al-Akib bilan yo’lgiz qolganlarida, ular unga aytishdi: “Siz, Masihning quli haqida nima deb oylaysiz?” U ularga: “Allohga qasamki, Muhammad – yuborilgan payg’ambarligini, siz masihiylar bilasizlar. U sizlarga, sizlarnig Xudoyingiz tamonidan batafsil ta’limmot olib keldi va sizlar bilasizki, qachonki xalq payg’ambarini la’natlasa, xalqning yo’lboshchisi halok bo’ladi va ularning eng kichlisi muvaffaqiyatli bo’la olmaydi. Agarda siz o’zingizni niyatingizni qilsangiz, sizlar yo’q qilinasizlar. Agar sizlar e’tiqodingizda sodiq qolib, Xudoyingizga bo’lgan ishonchingizni saqlab qolmoqchi bo’lsangizlar, unda bu odamni tinch qo’yinglar va o’zlaringizni uylaringizga qaytinglar”- dedi.

Keyin ular Muhammadga qaytib kelib, unga deyishdi: “Seni la’natlamaslik biz uchun yahshiroq deb xisobladik. Seni o’z ta’limotingda qoldiramiz va biz ham oz’imizning ta’limotimizda qolamiz. Lekin, sen biz bilan oz’ing biz uchun tanlagan sahobalaringdan birini birga yubor, agarda mol-mulkga oid kelishmovchiliklar bo’lsa, u bizga xukm chiqarishi mumkin. Zero, siz bizni qoniqtirasiz”.

Muhammad bu gapga shunday deb javob berdi: “Bu kecha mening oldimga kelinglar va men sizlarga kuchli va sadoqatli odamni beraman”. Umar esladi: “Men hech qachon bu kabi etakchilik mavqega ega bo’lishni xohlamagan edim. Meni ularning hokimi qilib tayinlashlariga umid qilar edim. Qoq issiqning o’rtasida, men peshin namoziga bordim va Muhammad nomozdan keyin o’ng va chap tomoniga qaraganida, u meni payqashi uchun men tashqariga chiqa boshladim. Lekin uni ko’zlari Abu Ubayd al-Jarrohni ko’rmaguncha, kimnidir qidirar edi. Shunda u uni chaqirdi ba unga dedi: “Bu odamlar bilan birga borib, ilarni bir-biridan ajiratib yuboradigan narsalarda, adolat asosida ularni hukm qilasan!” Shunday qilib, Ubayd ularning hakamlari bo’ldi”.*

* Ibn Hishomning, Muhammad va Vadiy Najranlik 60 masihiylarning o’rtasidagi suhbati ta’rifining so’ngi qismida ularning kelajakda bo’ysunishini maftun qilmoqchi bo’ldi, chunki ularning shahzodasi ham, oliy ruhonisi ham Muhammadga ixtiyoriy ravishda buysunishmas edi.

5.02.15 -- Ikkiyuzlamachilar haqida

Asim ibn Umar ibn Katadning hikoyasiga ko’ra, Muhammad Madina shahriga kelganida, uning aholisining boshlig’i Banu al-Xubla qabilasidan bo’lgan Abdulloh ibn Ubay edi. Uning xalqi orasida uning obro’-e’ribori uchun kurashadigan ikki kishi ham bo’lmadan. Islom kelishidan avval, ausitlar ham, xazrajitlar ham bir kishining hokimiyati ostida bu ikki qabilani birlashtira olmadi.

Bundan tashqari, o’z avlodida hurmatga sazovor bo’lgan va hamma tinglaydigan bir ausit bor edi. Uni ismi Abu Amir Abd Amr – Bani Zubay ibn Zaydning qavmidan bo’lgan. U, Uhud jangida “poklangan (farishtalar)” deb aralgan, Hanzalning otasi edi.

Majusiylik davrida Abu Amir rohiblik hayotida yashagan, qo'pol matodan tikilgan kiyim kiyardi va uni "rohib" deb atashar edi. Muhammad tufayli, bu ikki kishi ulgarigi hurmatgan boshqa foydalana olmadilar va bu ularni asabiylashtirar edi. Abdullohni qabilasining vakillari, u uchun qimmatbaho toshlardan toj yasatdilar va Alloh O’zining elchisini ularga yuborganda, uni shoh qilib ko’tarishga yugilgan edilar.

Xalqni islomga qanday kirganliklarini ko’rgach, Abdulloh g’azablandi. Muhammad uni yuqori lavozimdan mahrum qilganini, u tushindi. U, qabilasi Islomni tark etmasligini bilganida, u o'zining ikkiyuzlamachiligida va tajovuzkorlikda davom etgan bo'lsa-da, u bu imoni e'tirof etishga majbur bo'ldi.

Abu Amr, aksincha, ular barchasi islomni qabul qilganda, u o'z qavmidan ajiraldi va imonsiligicha qoldi. U taxminan o'n kishi bilan birga Makkaga bordi va u erda Muhammaddan va o'zining xalqidan yuz o'girdi.

Muhammad Madinada bo'lganida, Makkaga jo'nab ketishidan oldin Abu Amir kelib, undan so'radi: "Sen qaysi dinni keltirding?” U ularga javob berib: "Ibrohimning e’tiqodidagi haqiqiy din"-dedi. Abu Amr unga: «Bu mening ham dinim!”-dedi. Muhammad unga e'tiroz bildirib dedi: "Sen bu dinga ergashmaysan! U shunday deb javob berdi: "Sen ilgari bu dinda bo'lmagan narsalarni keltirding". Muhammad dedi: "Men unga hech narsa kiritmadim. Men uni oq, toza ko'rinishda keltirdim!" Abu Amir javob berib dedi: Alloh bizdan kimimizdan yolg'on gapirayotganimizga, begonalikda va yolg'izlakda surgun o'limni yuborsin”. Huddi Muhammad dinni buzib ko’rsatganlikda, u Muhammadni nazarda tutdi.* Muhammad unga javob berdi: “Shunday bo’lsin! Alloh kim yolg’on gapirgan bo’lsa, uni jazolasin!” Mana Allohning dushmani bilan shu bo’ldi. Birinchisi, u Makkaga yo’l oldi, so’ngra, Muhammad at-Taifda uni mag’lub qildi. U bu shaharni bosib olgach, shunda u Suriyaga jo’nab ketdi. U erda, begona yurtda barchadan yolg’iz qoldanida, u halok bo’ldi.

* Muhammadning vatandoshlarining o’zlarini, vaqti-vaqti bilan uning xabariga shubxa ostida qo’yishdi. Ulardan ba’zilari ta’limotning farqlarini anglab oldi. Muso va Ibrohim haqidagi Muhammadning hikoyalari, yahudiy va masihiylarning hikoyalaridan farqli edi.

Abdulloh ibn Ubayy* o'z qavmlari orasida hurmatli bir odam bo'lib qoldi va u uni majburiy ravishda qabul qilguniga qadar, Islomga qarshilik ko'rsatgan.

* Abdulloh ibn Ubay ibn Salul, qattiq jazodan qochgan munofiqlar orasida eng asosiy hisoblanadi.

Bir kuni Muhammad eshakka o'tirdi va kasalikga chalingan Sa'd ibn Ubadni ko’rishga yo'l oldi. Eshakda, avrasi va astari Fadakni matosidan qoplangan egar bo’lgan edi.* Bundan tashqari unda, xurmo barglaridan bo'lgan jilovi bor edi. O’zining Muzahim qo’rgonining soyasi ostida bo’lgan Abdulloh ibn Ubay oldidan o’tib ketayotgan edi. Uning atrofida uning xalqidan bir necha odamlar turishgan edi. Muhammad uni ko'rgach, undan shunchaki o’tib ketish, unga hurmatsizlik deb hisobladi. U eshakdan tushib, Abdulloh bilan salomlashdi, keyin biroz vaqt o’tirdi. U Qur’onni o’qib, unda Allohga ishonish kerakligini nasihat qildi, uni ogohlantirdi va xushxabarni unga va’z qildi. Abdulloh boshini ko'tardi va Muhammad tugatmagunicha jim qoldi. Keyin u dedi: “Agar sen haqiqatni aytgan bo’lsang, senning so'zlaringizdan ko'ra chiroyli so'zlar yo'q. Lekin sen uyda qolishing kerak edi va bu haqida faqat uyingga keladiganlarga aytib berishing kerak va seni oldinga bormaganlarni, so'zlaringni qabul qilishga majbur qilishing kerak emas. Seni tinglashni istamaganlarga, ta’limoting bilan birga kelmagin”.

* Fadak – Payg’ambarning mulki hisoblanib, Arab yarim orolidagi joyning nomi bo’lgan. Qachonki, Fotima, Muhammadning qizi, otasining o'limidan so'ng, xalifa Abu Bakrdan, unga mol mulkini qaytarib berishini so’raganida, u uni bu so'rovini rad etdi. Bu shialarni Abu Bakrga bo’lgan nafratining sabablaridan biri hisoblanadi.

Lekin, Abdulloh ibn Ravah, o’sha joyda bo’lgan mo’minlardan biri, dedi: “Bu noto’gri! Bizni o’z so’zlaring bilan bizning majlislarimizda, uylarimizda va hovlilarimizda hursand qilgin. Chunki, men Alloh bilan qasam ichamanki, ular biz uchun qadrlidir va bu so'zlar bilan Alloh bizga hurmat ko’rsatdi va bizni to'g'ri yo'ldan hidoyat qildi”

O’zning xalqining qarshiligini ko'rgan Abdulloh ibn Ubay dedi: “Qachonki do’sting sening raqibing sifatida qarshi chiqsa, sen o’zingni ko’proq va ko’proq kamsitishinga to’gri keladi va nihoyat senga hech qachon itoat etmagan, ustingdan g’alaba qozonadi!” Nahotki burgut qanotlarisiz ucha oladimi? Asta qanotlarini kesib tashlanganlarida, o’sha vatning o’zida u erga tushib ketadi”

5.02.16 -- Muhammadning kasal sahobalar haqidagi eslatishi

Muhammad Madinaga kelganda, boshqa hech qanday joyda bo’lmagan bezgak kasaligi u erda keng tarqalgan edi. Uning ba’zi sahobalari ham, kasal bo’lishdi. Muhammadning o’zini esa Alloh tamonidan saqlandi. Abu Bakr va uning ikkita ozod etgan qullari: Amir ibn Fuhayr va Bilol, ular bilan birga yashaganlarning hammasi bezgak bilan kasal bo’lib qoldi. “Men ulardan hol-ahvol so’ragani keldim – deb esladi Oysha*- bizga mato kiyib olishimiz kerakligini aytishdi va ular jida qiynalayotgan edi. Men Abu Bakrga yaqinroq kelib, undan o’zini qanday his qilayotganini so’radim. U dedi: “Har bir inson unga yaqin kishilari bilan birga tongni o'tkazadi va o'lim uning oyoq kiyimidan ko'ra yaqinroqdir”. Men dedim: “Allohga qasamki, mening otam nima deganini bilmaydi!” Keyin men Amirdan o’zini qanday his qilayotganini so’radim va u: “Uning ta'mini bilmasdan, o'limni topdim. Yuqoridan o'lim qo'rqoqlari keladi. Har bir inson o'zining kuch-qudrati bilan jang qiladi, xuddi terni xuddi shoxlar bilan himoya qiladigan buqa kabi.”-dedi. Keyin men dedim: "Allohga qasamki, Amir nima deganini bilmaydi! Bilol isitma undan chiqib ketganda, u uyining burchagida yotgan edi va u baland ovozda hayqirib:

“Agar faqat men bilsam edi,
Men faxxeda yana bir kechani birga o’tkazsam
Yashil o'tlar o'rtasida,
Yana bir bor salqinlanish imkoniyatiga ega bo'larmikanman
Majannaning suvidan,
Yana Sham va Tufayl tog'larini ko'ramikinman”

* Abu bakrning qizi, Oisha, Muhammadning eng kichik xotini edi. U, u to'qqiz yoshgaga to’lgan paytida, unga uylandi.Muhammad uning qo’llarida vafot etganida, u endigina 18 yoshda edi. U bolalik davrlarida deyarli o'n yil davomida u bilan birga yashadi va faqat endigina balog’atga etgan edi.

"Men, ulardan eshitganlarim haqida Allohning payg'ambariga aytib berdim”- deb Oisha davom etdi. Men unga aytdim: “Ular aqldan ozib, bezgak tufayli hech nimani tushunishmayapdi”. Shunda Muhammad dedi: “”Ey Alloh! Makka kabi biz uchun Madinani ham qadrli qilgin yoki undan ham ko'proq! Tortish va o’lchash mumkin bo’lgan narsalar bilan bizni marhamatlagin va bu “Maxyagu” bezgak kasaligini yo’q qilib tashla!

Abdulloh ibn Amr ibn al-Asa so’zidan, Ibn Shixab az-Zuhri quyidagilarni so’zlab berdi: “Muhammad Madinaga kelganida, uning sahobalari bezgak bilan kasal bo’lishdi. Uni o’zini esa, Alloh kasallikdan saqladi. Uning sahobalari hatto o’tirgan holda nomoz o’qiy oldilar. Muhammad ularni oldiga kelganida, ular hali ham namoz o’qishayotgan edi, u ularga dedi: “Bilinglarki, o'tirgan holdagi nomoz, faqat tik turgan nomozningning yarmida qadrlanadi” So'ngra mo'minlar harakatda davom etdilar va zaiflik va kasalliklariga qaramay, eng yaxshisiga erishish uchun, ular oyoqga turdilar”.*

* Islomda ibodat qilish vazifasi, kasallarga rahm-shafqat ko'rsatish vazifasidan ko'ra muhimroq hisoblaniladi.

Ko'p o'tmay, Muhammad Allohning buyrug'iga binoan, badaviy-butparastlar va ularning dushmanlar bilan jang qilish uchun, urushga tayyorgarlik ko’ra boshladi.

5.02.17 -- Ko’chish vaqtini bergilanishi (622 yil 24 sentyabr.)

Dushanba kuni, Rabi’ul avval (3chi oy) oyining o’n ikkinchi kechasidan so’ng, quyosh eng qizdiradigan cho’qqisida borib va endi g’arb tamonga botishga harakat qilamoqchi bo’lganda, Muhammad Madinaga etib keldi. Muhammad o’sha vaqtda 53 yoshda bo’lgan. U payg’ambar bo’lib yuborilganiga o’n uch yil o’tdi. U Madinada, o'sha oyning qolgan kunlarini va butun yil, hamda muharram oyi (1 chi oyi) qoldi. Safar oyi (2chi oy), u Madinaga kelganidan so’ngi o'n ikkinchi oyda, u urush qilishga bordi* va Saad ibn Ubadni Madinaning vaqtinchalik hukmdori etib tayinladi.

* Makkadan kelgan muhojirlar kambag'al edilar va madinadagi mahalliy musulmonlar aka-uka tutingan bo’lishlariga qaramasdan badavlatligicha qoldilar. Muhammad, muhojirlarni islomdan yuz o’girib ketmasliklari uchun, ularni non va daromad bilan taminlashi kerak edi. Shuning uchun, u ilgaritdan muhojirlarning mol-mulklarini egallash uchun, u Makkaning karvonlariga hujum qilishga buyurgan.
Iso shunday degan edi: “Kim siz bilan da’volashib, ko’ylagingizni olmoqchi bo’lsa, unga to’ningizni ham berib yuboring” (Matto 5:40). U Butrusga qilichdan foydalanishni man qildi: “Qilichingni qiniga solib qo’y, zero qilich ko’targanlarning hammasi qilichdan halok bo’ladi” (Matto 26:52).
Shu vaqtdan boshlab, Islom sayyoramizning ko'plagan xalqlarining tarixida katta qonli izlarni qoldirdi.

5.03 -- Muqaddas urushni yangi bosqichga qadam qo’yishi (Bahorning so’ng 623 yillar)

5.03.1 -- Vaddanga qarshi harbiy yurish* (623 yil avgust.)

Bu Muhammadning birinchi harbiy yurishi edi.** U Vaddanda etib bordi va bu harbiy yurish “al-Abvaga yurish” nomi bilan mashur bo’lgan. U qurayshitlarga va Banu Damra ibn Bakrga hujum qilishni xohladi. Banu Damra bilan u tinchlik shartnomasi imzolashdilar. Ularning vakili Mahshiy ibn Amr, o’sha paytda ularning boshlig’i bo’lgan edi. Keyin Muhammad dushman bilan hech qanday to’qnashmasdan Madinaga qaytib keldi. U,safar (2chi oy) oyining qolgan kunlarida va rabi’ul avval (3chi oy) oyining birinchi kunlari o’sha erda qoldi.

* Vaddan - Madinadan 190 km Qizil dengiz sohilida joylashgan.
** Ya’ni, birinchi harbiy yurishga Muhammadning o’zi boshchiligida bo’ldi. Keyingi bo’limlarda bayon qilinadigan, Muhammadning sodiq do’stlari, uchta avvalgi harbiy yurishlarni o’tkazganlar.

5.03.2 -- Dushmanlar bilan keyingi to’qnashuvlar (623 yil mart - sentyabr)

Bu Muhammad tomonidan to'plangan, birinchi qo’shin edi. O’zining Madinada bo’lgan vaqti davrida (623 yil martda), Muhammad, Ubayd ibn al-Haris ibn al-Muttalib va tahminan sanog’da oltmish-sakson muhojirlardan (Makkadan bo’lgan musulmonlar) iborat bo’lgan otliqlarni, imonsizlar bilan jang qilishga yubordi. Ularning orsida bitta ham yordamchilar yo’q edi (ya’ni Madinadan bo’lgan musulmonlar). U, Saniyat al-Murraning etagidagi, Hijaz qudug’iga etib bordi. U erda bir nechta qurayshitlarni uchratdi, ammo bu ish urishgacha etib bormadi. Faqatgina, Saad ibn Abu Vaqqas o'qini otdi. Bu muqaddas urushdagi otilgan birinchi o'q edi. Keyin har ikki guruh tarqab ketishdi va musulmonlar bir birlarini pana qilshdi.

Bir oz o’tib (623 yili hali ham mart edi), Muhammad, Abd al-Muttalibning o’g’li Hamzani, al-Is mintaqasidagi Sif al-Bahrga* yubordi. U bilan birga, muhojirlardan bo’lgan otliqlar bo’lgan edilar, biroq yordamchilardan bir kishi ham bo’lmadi. U sohilda uch yuz otliqdan iborat guruh bilan Abu Jahlni uchratdi. Har ikki guruh bilan tinchlikda yashagan Majdiy ibn Amr, juhanit, jangdan saqlandi. Shunda, har ikkala guruh ham, janga kirmasdan, tarqalishdi. Ba'zi odamlar aytishadi, Hamzaning guruhi Muhammad tomonidan yig'ilgan birinchi guruh bo'lib, u Hamza va Abu Ubaydni bir vaqtning o'zida yuborgan, shuning uchun bu ikki guruh ko'pincha bir birlari bilan adashtiriladi. Shuningdek, Hamza o’zining oyatlaridan birida, Muhammad birinchi bo’lib urishga borish uchun u buyruq olganini gapiradi. Agar, Hamza aslida bu so’zni aytgan bo'lsa, bu haqiqat bo'lishi kerak, zero u faqat haqiqatni gapirar edi. Aslida qanday bo’lganini, faqat yagona Allohgina biladi. Ammo biz mutaxasislardan, Ubayd jangga qo'shinni olib borish uchun tayinlangan birinchi shaxs bo'lganini eshitdik.

* Sif al-Bahr, Madinadan 320 km shimoliy-g'arbida, Qizil dengiz sohilida joylashgan.

Rabi’ul avval oyida (623 yil sentyabr, 3 chi oy) Muhammad yana Qurayshitlarga qarshi harbiy yurushga chiqdi. Osman ibn Mazunning o’g’li, as-Saibni Madina ustidan hokim etib tayinladi. Radva viloyatidagi, Buvatga etib bordi. Keyin Madinaga qaytayotib, hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmadi. Rabi’us soniy oyining (4 chi oy) qolgan kunlarida va Jumodul avval oyining (5chi oy) ba’zi qismida u o’sha erda qoldi.

* Buvat Madinadagi 70 km shimoli-g'arbda, Suriyaga yo'naltirilgan savdo yo'lida joylashgan.

5.03.3 -- Al-Ushayrga harbiy yurish* (623 yil dekabr.)

Keyin u yana qurayshitga qarshi yurishga jo’nadi va Ibn Hishomning so’zlariga ko’ra, Abu Salamni Madinaga boshliq qilib qo’ldirdi. U Banu Dinar tog’li davondan o’tib borib, so'ngra Fayf al-Xabarga, Zat al-Sak deb nomlangan, Ibn Azhar vodiysidagi daraxt tagida to'xtadi. Uning masjidi u erda bo’lgan edi va u erda namoz o’qidi. Unga ovqat tayorlashdi. U xalq bilan birga eydi. Kichik qozonchani qo’yishi joyi, ma’lum. Keyin unga Mus'farib deb nomlangan buloqdagi suvdan ichirishdi. Keyin Muhammad o'rnidan turdi va chap tomonda bo'lgan buloqlarni tark etdi. Keyin u hozirgi kungacha “Abdulloh darasi” deb aralgan daradan jo’nab ketdi. Keyin Sad tamoniga borib, Yal’yal qishlog'iga etib keldi. Yal’yal ad-Dabua bilan birlashishgan joyda joylashgan edi, u Dabua qudug'ida to'xtab, suvdan ichdi.** Keyin u Malal maydoni bo’ylab pastga tushdi, Suhayrat al-Yamamga olib boradigan yo'lga chiqdi, uni Yanbuaning vodiysidagi al-Ushayrga olib bordi. U erda u butun jumodul avval oyini (5chi oy) va jumodus soniy oyining (6chi oy) bir necha kechasini o'tkazdi. U erda, uning o’zi Banu Mudlij va ularning ittfoqchilari Banu Damradan bo’lganlar bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Keyin Madinaga qaytdi, biror bir dushmanini uchratmadi.

* Al-Ushayra, Makkaning taxminan 110 km sharqida va Madinaning 350 km janubida joylashgan.
** Iso ham, O’zining shogirdlari bilan tog'lar, vodiylar va cho'llar orqali o'tishgan. Hozirgi kunga qadar Iso suvidan ichgan, Sixemning qudug'i hali ham bor. Iso kasallarni sog'aytirdi, najot berdi, jinlarni quvib chiqardi, kechirim, sevgi va tinchlik haqida va'z qildi; Muhammad bo’lsa, va o’zining aziz qadrdonlari bilan birga karvonlarga hujum qilgani borishdi.

O’sha vaqtlarda, Muhammad Sa’d ibn Abu Vaqqosni, Hijazdagi al-Harrargacha kelgan sakkiz nafar muhojirlar bilan birga yubordi. Keyin u biror bir dushmani bilan uchratmasdan qaytib keldi.

5.03.4 -- Safavanga harbiy yurush* (623 yil sentyabr.)

Al-Ushayrdagi yurishdan qaytgach, Muhammad jami bir necha, ya’ni o'ndan oz bo'lgan kechda, Madinada qoldi. Keyin Madinaning qo’ychuvonlarning suruviga hujum qilgan Kurz ibn Jobir al-Fihriyga qarshi yurushga jo’nadilar. Ibn Hishamni so’zlariga ko’ra, u Madinaga Zayd ibn Harisni bosh qilib tayinladi va o’zi esa Badr viloyatidagi Safavan vodiysigacha Kurzning ortidan quvib bordi, ammo Kurzning quvib eta olmadi. Ushbu yurush “Badrga birinchi yurush” deb ham nomlanadi. Keyin Muhammad Madinaga qaytib keldi va u jumodus soniy (6chi oy) oyining qolgan kunlari va Rajab (7chi oy) va Sha'bon (8chi oy) oylarida qoldi.

* Safavan, Madinadan taxminan 90 km janubiy-sharqda joylashgan.

5.03.5 -- Abdulloh ibn Jahshaning Nahlga harbiy yurushi va muqaddas oy vaqtida urush haqida vahiy (624 yanvar)

Muhammad, Rajab (7chi oy) oyida Badrdan qaytganidan so'ng, sakkizta muhojir bilan Abdallah ibn Jahsh ibn Riab al-Asadiyni birga harbiy yurishga yubordi. Unga maktub berdi, lekin u ikki kunlik yo'l yurmaguncha, uni o'qimaslikni buyurdi. Keyin u erda yozilgan narsalarni bajarishga majbur edi, lekin uning hamrohlarini hujumga ushtirok etishga majbur qilmasligi kerak edi.

Ikki kundan so’ng, Abdulloh maktubni ochdi. Unda shunday yozilgan edi: “Ushbu maktubni o'qiganingda, to Makka va at-Taifo o’rtasidagi Nahlga* etib bormaguncha, safaringni davom ettir. U erda qurayshit uchun pistirma o’rnatgin va ular haqida bizga ma’lumot bergin!” Abdulloh maktubni o’qiganida, u buyruqlarni bajarishga tayyor edi va u o’z hamrohlariga aytdi: “Muhammad menga Nahlga borib, u erda qurayshitlarga pistirma qilishni, unga ular haqida ma'lumot berishimni buyurdi. Biroq, u men bilan birga borishga sizlardan birontangizni majbur qilishni man etdi. Sizlardan kimdir shahid o’limi bilan o’lishga tayyor bo’lsa, unda men bilan birga borsin, kim tayyor bo’lmasa, mayli u qolsin. Men o'zim boraman va Allohning rasulining buyrug'ini bajaraman»

* Nahla – Makkaning taxminan 70 km shimoli-sharqida, Yamandan Makkaga boradigan savdo yo'lida joylashgan vodiydir.

U erdan u ketdi va uning hamma hamrohlari u bilan birga ketdilar. U al-Furuada joylashgan, Hijazdagi Bahran bulog’igacha etib borishganida, Saad ibn Abu Vaqqos va Utba ibn Gazvan navbat bilan minib kelayotgan tuyalarini yo’qotib qo’ydilar. Ular yo’qolgan tuyalarini qidirish uchun qoldilar. Abdallah ibn Jahsh va qolgan sahobalar esa Nahliga yetib bormaguncha yo’lda davom etdilar. Huddi o’sha vaqtda qurayshitlarning, mayiz, charm va boshqa mahsulotlar bilan yuklangan karvoni o'tib qoldi. Ularning orasida Amr ibn al-Xaramiy, Mahzum qabilasidan bo’lgan Osman ibn Abdulloh va uning ukas Naufal, yana, Hisham ibn al-Mugirning ozod etgan quli al-Hakam ibn Kaysanlar bo’lgan edi. Ular musulmonning qarargohini ko’rishganda, qo’rqib ketishdi. Kallasi qirilgan Ukkash ibn Muhsin ularning oldiga keldi. Ular tinchlandilar va bir-birlariga: "Bu - ziyoratchilar! Ulardan qo'rqish kerak emas!”- deyishdi. Bu (muqaddaslangan) rajab (7chi oy) oyining oxirgi kuni bo’lgan edi. Musulmonlar maslahatlasha boshlashdi: “Allohga qasamki, agar biz bu kecha karvonni tinch qo’ysak, shunda ular muqaddas joyga kirib ketadi va bizdan himoyada bo’lishadi. Agar biz ularga hujum qilsak, unda biz muqaddas oyda qotillik qilgan bo’lamiz”-deyishdi. Odamlar qo'rquvni engib, ular karvonga hujum qilishga qaror qilishdi. Lekin, ular bir-birini ishontirishni boshladilar va ularni ko'proq o'ldirishga va ularning sotiladigan mollarini olib qo’yishga qaror qilishdi. Vaqid ibn Abdulloh, Amr ibn al-Hadramnga o’q uzdi va uni o’ldirdi. Osman ibn Abdulloh va al-Hakam ibn Kaysan asir bo’lib qo’lga olinishdi. Faqat Naufal ibn Abdulloh ulardan qochishga muvaffaq bo'ldi.

Keyin, Abdulloh karvon va ikki mahbus bilan Madinaga qaytib keldi. Abdullohning oilasidan bo'lgan bir kishi aytib berishicha, Abdulloh o'z o'rtog'iga: «Bizning o'ljaning beshinchi qismi Allohning elchisiga tegishlidir» - dedi. O'sha paytda payg'ambarga o'ljaning beshinchi qismini berish uchun hali vahiy berilmagan edi. Qolgan o'ljaning qismini u o'zining o'rtoqlariga tarqatdi. Ular Madinaga kelishganida, Muhammad ularga: “Men muqaddas oyda jang qilishga buyurmagan edim”-dedi. U karvon va mahbuslarni tark etdi va o'lja olishdan bosh tortdi. Muhammad aytgandan so'ng, bu odamlar o'zlarining qilmishlaridan afsuslanishdi va musulmon o’rtoqlarning qilgan ishlariga ular ta’na qilishib, ularni ham o'lgan deb o'ylashdi. Qurayshitlar dedilar: "Muhammad va uning odamlari muqaddas oyda qotillik qilib, mashara qildilar va talon-taroj qilib, odamlarni asir oldilar!”

5.03.6 -- Yahudiylar bu holatda, Muhammad uchun yomon alomatlarni qanday ko'rgan

Bu borada juda ko'p gap-so’z bo’lganda, Alloh quyidagi vahiyni yubordi: “Sizdan "Shahri Harom"da jang qilish (hukmi) haqida so'raydilar. Ayting: "Unda jang qilish katta gunohdir. Alloh yo'lidan qaytarish, Unga kufr keltirish va Masjidi Haromdan to'sish hamda aholisini quvib chiqarish Alloh nazdida yana ham kattaroq gunohdir…” (Baqara surasi 2:217). Sizlar muqaddas oyda urush qildingizlar, ammo ular sizlarni Alloh yo'lidan jirkantirdilar va Allohga ishonmadilar. Ular sizni muqaddas joylarga kirishga ruxsat bermadilar va u erdan sizlarni tashqariga chiqarib yuborishdi, hatto siz ulardan yuqori bo’lsangiz ham. Bu siz o'ldirgan bir necha odamning o'limidan ko'ra, Alloh oldida katta gunohdir. “Fitna (Islomga qarshi isyon va undan voz kechish) - qotillikdan ham kattaroqdir! (Baqara surasi 2:217; hamda 191 oyat). Ular musulmonlarni yana kufrliklariga qaytishlari uchun qiziqtirdilar. Allohning oldida bu – odam o’ldirishdan battar edi. Ular imkon topsalar, to diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan jang qilaveradilar…”* (Baqara surasi 2:217).

* Muhammad muqaddas oyda hujumga aloqasi bo'lgan yahudiylarning va mushriklarning noroziligiga, mohirona qonuniy dalil bilan javob berdi. U muqaddas oyda, hatto o'z odamlari tomonidan sodir etilgan har qanday qotillikni, dahshatli jinoyat sifatida qoraladi. Biroq kim Islomga qarshi jang qilsa va musulmonlarni Islomdan voz kechishga majbur qilsa, u yanada ham dahshatli jinoyati qiladi deb hisobladi. Shunday qilib, Muhammad musulmonlar katta adolatsizlikka qarshi kurashayotgan bo'lsa-da, ular kichik adolatsizlik qilishlariga yo'l qo'ydi. O'shandan buyon musulmonlar orasidagi missionerlik har doim isyonlik uchun vasvasaga aylandi va bu qotillikdan ko'ra kuchli jinoyat deb hisoblanadi (Baqara surasi 2:217).

Allohning vahiysi, mo'minlarni qo'rquvdan ozod qilganida (va vijdon azobidan), Muhammad ham o'lja va asirlardan o'zining ulushini oldi. Shunda qurayshitlar bu ikki mahbuslarni qaytarib sotib olish uchun to’lov taklif qilishdi.* Lekin, Muhammad javob berib: “Sizlardagi, biz havotir olayotgan, ikkita mening sahobalarim, Saad va Utbani qaytarmaguncha, men sizlarga ularni bermayman. Agarda sizlar ularni o’ldirsangiz, unda biz ham sizning mahbuslaringizni o’ldiramiz”. Shunda, Saad va Utba qaytarib berildi, Muhammad to’lovni qabul qildi va mahbuslarni ozod etdi. Al-Hakam yaxshi musulmon bo'ldi va Muhammad bilan birga Mauna qudug'i jangida halok bo'lmagunicha qoldi (625 yil iyul). Osmon Makkaga qaytib keldi va u erda imonsiz bo’lib vafot etdi.

* Mahbuslarning (garovga olinadigan) asirlari boshidan boshlab musulmonlarning muqaddas urushining qonuniy jihatdan bir qismi edi. Shu sababli, ular bugungi kunda ham imkoniyatni taqdim etadilar.

Abdulloh va uning o'rtoqlari Qur'on nozil qilgan vahiylar orqali o’zlarning qo'rquvlaridan ozod bo'lgach, ular kelgusi harbiy yurishlarda imon va jangchilar uchun katta mukofot istashliklari kerakmasligini Muhammaddan so’radilar. Shunda Alloh bunday so’zlarni berdi: “Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida jiddu jahd qilgan kishilar - aynan o'shalar Allohning rahmatidan umid qilurlar. Alloh kechiruvchi va rahmlidir!” (Baqara surasi 2:218); Shunday qilib, Alloh ularga ulug 'umidni ochib berdi.*

* Bu vahiyda muqaddas urushda qotillik, O'zining rahm-shafqati bilan Allohga xizmat qilish sifatida taqdim etilishi uchun to'liq oqlangan.Bu vahiy Islomiy terrorizm uchun eshiklarni keng ochdi (Anfol surasi 8:17).

Abdulloh ibn Jahshning oilasidan bo'lgan kishining aytib berishicha, keyinchalik Alloh, shunday qilib, o'ljalarning beshdan to’rt qismini ularni qo’lga kiritganlarga, Alloh va Uning rasuliga beshdan bir qismi tegadi deb qaror qildi,- va Abdulloh bu karvon bilan shunday qildi. Bu musulmonlarni birinchi o’ljasi edi.* Amr ibn al-Hadram - musulmonlar tamonidan birinchi o’ldirilgan, Osman va al-Hakamlar – birinchi mahbuslar bo’lgan.

* O'ljani olish, Muhammadning bosqinchiliklari va harbiy kampaniyalarining asosiy maqsadi edi. Musulmon muhojirlar uchun Islomdan yuz o'girmaslik uchun daromad va moddiy farovonlik manbasini topish kerak edi.

5.03.7 -- Namozning yo'nalishi qachon o'zgartirilgan (qibla) (624 yil yanvar)

Aytishlaricha, Namozning yo'nalishi Sha’bon (8chi oy) oyida Muhammadning Madinada kelishidan o'n sakkiz oy o'tib o'zgardi. O'sha vaqtdan boshlab, Makkadagi Ka'ba tomonga qarab namoz o'qiladi.*

* Uchinchi marta Ibn Xisham yahudiylar bilan Muhammadning ichki yorilishining jiddiy belgisi haqida gapiradi. U, ularni Islomga olib kelishi haqida behuda umid qildi. Qachonki, Quddusdan Makkaga qarab namoz o'qishni o'zgartirganida, shunda yahudiylar va musulmonlar o'rtasidagi munosabatlarda yakuniy uzilish bo'ldi.

5.04 -- TEST

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Muhammadni atrofidagi odamlarning qaysi harakatlar ikkiyuzlamachilikda namoyon bo'lyapdi?
  2. Yahudiylar va masihiylar Muhammadning huzurida qanday savollarda bahslashdilar?
  3. Nima uchun Muhammad nomozning yo’nalishini o’zgartirdi? Bunga yahudiylar qanday munosabat bildirishdi?
  4. Madina yahudiylariga qarshi Muhammad qanday ayiblov qo’ydi?
  5. Muhammad, Najranlik masihiy vakillarni qanday qilib Islomga jalb qilishga harakat qildi?
  6. Najranlik masihiylarning vakillari, Muhammadning, ularni musulmon bo'lish uchun chaqiruviga qanday munosabatda bo'ldilar?
  7. Muhammad tamonidan amalga oshirilgan, yurishlar va bosqinchiliklarda qanday harakatlantiruvchi kuch bo’lgan edi?
  8. Muhammad, Abdulloh ibn Jahshni Nahlga yuborganida, nima sodir bo’ldi? Musulmonlar bu hujumda qanday harakat qilishdi?
  9. Muhammad, muqaddas oyda jang qilingani haqidagi ayblovga qanday javob berdi?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 12, 2021, at 04:50 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)