Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 8 The RECOGNITION of Muhammad by the Meccans -- (627 - 629 A.D.)

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Previous book -- Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

8 - Makka Aholisi Muhammadni TAN OLADI -- (627 – 629 Yillar)

Keyingi harbiy yurishlar va urushlar (627 yil) - Qurayshitlar Muhammadni tan olishi (628yil.) - Makkani zabt etishdan oldin (629 y.)



8.01 -- Makka Aholisi Muhammadni TAN OLADI -- (627 – 629 Yillar)

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

8.02 -- Keyingi harbiy yurishlar va urushlar (627 yil)

8.02.1 -- Gurandagi* Banu Lihayanga qarshi intiqomli yurish (627 yil sentyabr)

Muhammad Madinada jumodilavval oyiga qadar qoldi (5 oy). Banu Qurayzni bosib olgandan so’ng, oltinchi oyning boshida u Banu Lihayanga qarshi yurish boshladi. U Xabib ibn Adiyadan va uning do’stlaridan, Rajiya suv havzasidagi jang uchun qasos olishni xohladi. U dushmanlariga to’satdan hujum qilish uchun Suriyaga borayotgandek ko’rsatdi. Ibn Hishomning so’zlariga ko’ra, u Madina ustidan ibn Umm Maktumni boshliq qilib tayinladi va Gurab orqali cho’zilib yotgan yo’lga otlandi (Gurab - Suriyaga boradigan yo’lda, Madinaning tashqaridagi tog’). So’ngra u Mahisa va Batrning yonidan o’tib, u erdan chap tamonga burilib, Bin va Suhayrat al-Yamomdan o’tib, Makka yo’lidagi, Maxadjga boradigan to’gri yo’lga chiqib oldi. U erdan tezda Banu Lihiyanning qarorgohi joylashgan Guranga bordi. Guran – Amajom va Usfan orasidagi vodiy. Cayga uzoq bo’lmagan joyga qarorgoh qurdi. Biroq dushman hushyor bolib, tog’ning cho’qqilariga o’rnashib olgandi va shunda Muhammad o’z fikrining muvaffaqiyatsiz ekanligini tushindida, u:”Usfanga tushsak, Makka ahli bizni Makka tamonga xarakatlanyapdi deb o’ylashadi” - dedi. Shuning uchun u o’zi bilan 200 ta otliqni oldi va Usfanga tushdi.U erdan u o’z otliqdan ikki kishini Kuraa al-Gamimga yubordi. Ular qaytib kelganda, Muhammad ham orqaga qaytib ketdi. Jabir ibn Abdallah aytib beridi: “Men Muhammad orqaga qaytayotganida, ”Allohning irodasi bilan qaytib kelyapmiz (bu hatodan afsuslanib)” degan so’zlarini eshitdim” va u Allohni ulug’ladi. Qiyinchiliklarda, noqulay voqealarning o’zgariishida yordam berishini so’rab iltijo qildi va dushmanlar bizning jamoatimizga va mol-mulkimizga zarar etkazadigan yomon ko’zlardan** asrashini so’radi.

* Guran Makkaning taxminan 70 km shimoliy-g’arbida joylashgan.
** Yomon ko’zli xasadgo’y odamning salbiy tasiri haqidagi irim-sirim Yaqin Sharqda ham keng tarqalgan. Muhammadning o’zi ham yomon ko’zning kuchuga ishongan.

8.02.2 -- Zu Karadga* qarshi yurish (627 yil avgust.)

Muhammad, Madinaga yana qaytib keldi, lekin u erda bir necha tun bo’ldi. Uyayn ibn Hisn, fasarit, o’rmonda Muhammadning bo’taloqlariga (Madinadan 15 km uzoqlikda) hujum qildi va Banu Gifardan bir kishini o’ldirib, uning xotinini va bo’talog’ini olib ketdi. Bu hujum to’g’risida birinchi bo’lib, Salam ubn Amr bildi. U darhol kamon va o’qlari bilan qurollanib, o’rmonga jo’nadi, uning otini etaklab borayotgan hizmatkori Talhi ibn Ubaydulloh u bilan birga edi. U vodiyni Vadaa tepaligiga chiqgach, u erdan bir necha otliqlarni ko’rdi. U Sal tog’iga etib bordi va u: “O’rninglardan turinglar” - deb baqirdi. So’ngra u yirtqich hayvonga o’xshab ularning orqasidan quvladi va etib oldi. Kamondan o’qlarni otishni boshladi va har bir o’qni otishdan oldin dedi: “Buni ol! Men – ibn al-Akva! (u o’zini eng kuchli deb atadi). Bugun – qabih odamlarning kuni!”- deb gapirdi. Qachonki otliqlar unga o’girilganda, u qochib ketdi, keyin u yana ularga hujum qildi va iloji boricha kamondan o’q uzib gapirar edi: “Buni ol! Men – ibn al-Akva! Bugun – qabih odamlarning kuni!” Dushmanlarning biri unga javob berib baqirdi: ”Bugunning o’zida sen bizning qo’limizda bo’lasan. Kun endi boshlandi”. Muhammad ibn al-Akvaning so’zlarini eshitib, Madinada barchani havotirlanishni buyurdi. Otliqlar tezda Muhammadning atrofiga to’plandilar. Sa’d ibn Zaydni ularning ustilaridan bosh qilib tayinladi va unga: “Bor, dushmanni qidir. Men otliq qo’shin bilan sening orqangdan boraman”- dedi.

* ”Zu Karad” Madinaning shimolida qariyb 20 km uzoqlikda joylashgan.

Muhammad Abu Ayyashga murojat qildi: “Ey, Abu Ayyash, sen otingni eng yahshi chavondozga berishing kerak, u dushmanga quvib etgan bo’lardi”. Boroq, Abu Ayyash: “Ey, Allohning rasuli! Men – eng yahshi chavandozman! ”- deb javob berdi. U ellik tirsak yurmasdan ot uni tushirib yubordi. U Mahammadning so’zlarigan hayratda qoldi.

Otliqlar dushmanga quvib etib olguniga qadar ularni orqasidan quvlashdi. Asimning aytishicha, “al-Axzam” yoki “Kumayr” deb ham ataluvchi Muhriz birinchi bo’lib dushmanga etib oldi. Bu esa shunday sodir bo’ldi: Muhammad ibn Maslamning bog’idagi bir biya boshqa otlarning kishnaganini eshitdi va asabiylashib sakradi. Bu ajoyib janvor edi. Hurmo darahtiga bog’langan bu biyani cakraganini ko’rgan Banu Abd al-Ashshalning ayollari Kumayrdan unga o’tirib, Muhammad va uning mo’minlarga qo’shilishini istashlarini so’rashdi. U rozi bo’ldi. Shunda unga bu otni berishdi. Ko’p o’tmay Kumayr boshqa otliqlarni orqada qoldirib, dushmanga etib oldi. U otda qoldi va baqirdi: “To’xtanglar, buziq ayolning o’g’illari! Ko’chmanchlar va yordamchlar sizlarga etib olshsin!”. Dushman otliqlaridan biri unga hujum qilib, uni o’ldirdi, ot esa qochib ketdi. Banu Abd al-Ashshalning othonasiga to’xtamagunicha, ular otni ushlay olmadilar. Muhrizdan tashqari musulmonlardan hech kim o’ldirilmadi. Ukkash, bir tuyada birga o’tirgan Aubar va uning o’g’liga quvub etib oldi. U ikkalasini ham nayzasi bilan o’ldirdi. Tuyaning bir qismini tejashga mavaffaq bo’ldi. Muhammad Zu Karad tog’laridan biriga etib bordi, uning atrofiga otliqlar to’plandilar. U erda to’htadi va bir kunu va bir kechani u erda o’tkazdi. Har bir yuz kishiga bir tuya so’yishga amr berdi, toki jangchilar uni go’shtidan eyishsin. So’ng u Makkaga qaytdi.

8.02.3 -- Banu al-Mustalikga* qarshi yurish (627yil yanvar yoki 628 yil.)

Muhammad jumodilavval oying bir qismini (6chi oy) va rajab oyini (7chi oy) Madinada o’tkazdi. Ko’chishdan keyingi oltinchi yilning shabon oyidan (8chi oy)** so’ng, u Huza qabilasidan Banu al-Mustalikka qarshi urish qilishga jo’nadi. Yurishdan oldin Madinaga Abu Zar al-Gafarni bosh qilib tayinladi.

* Banu al-Mustalik, Makkadan taxminan 160 km shimolda, Madinadan 200 km janubda joylashgan hududlarda yashaganlar. Bu jang u erda bo’lib o’tgan.
** Musulmonlar ushbu yurush sanasi haqidagi fikrlarda tarqalib ketadi. Ba’zilarning aytishicha, bu yurish bir yil oldin – ko’chishdan keyingi 5 chi yilda sodir bo’lgan deyishadi.

Muhammad o’z xotini Juvayriyaning otasi al-Haris ibn Abu Dirar boshchiligida Banu al-Mustalikning qarshi chiqishga tayorlanayotganini bilib qoldi. Shunda Muhammad ularga qarshi chiqdi va ular bilan Qudayd atrofidagi al-Muraysia qudug’i yaqinida to’qnashdi. Bu jang u erda bo’lib o’tdi. Alloh Banu al-Mustalikni tumtaraqay qochirib yubordi, ular orasida o’liklar ham bor edi va Muhammad ularning bolalari va xotinlarini asirga olishga, mol-mulklarini musodara qilishhga muvaffaq bo’ldi. Musulmonlardan, Banu Kalib ibn Aufdan bo’lgan Hishom ibn Subab o’ldirildi. Ubad ibn as-Samit oilasining bir yordamchisi uni dushmandan deb hatolik bilan o’ldirib qo’ydi.

Muhammad al-Muraysia qudug’i yaqinida bo’lganda, Umar ibn Xattabning Yahyo ibn Masud ismli xizmatkori o’z otini suvga olib bordi. Uning guruhi orasida Banu Auf ibn al-Xazrajning ittfoqdoshi Sinanom ibn Vabar al-Juhaniy bilan to’qnashib ketdi. Bu jangga olib keldi. Juhaniy: “Bu erga kelinglar, yordamchilar!”- deb chaqirdi. Yahyo ham: “Bu erga kelinglar, ko’chmanchilar!”- deb baqirdi. Abdullah ibn Ubay g’azablanib, o’z odamlarini orasidagi eng yoshi bo’lgan Zayd ibn Akram ismli yigitga: “Naxotki ular shunday qilyapdilar? Ular o’z yurtimizdagi sonimizdan va mashhurligizmizdan o’zlarini uztun hisoblashyapdi”. Allohga qasamki, men o’ylaymanki, bu qalang’i-qasang’i Qurayshitlarning qilayotgan harakatini, qadimda aytilgan bu matalgay: “Itingni yahshi ovqatlantir va u seni yeyadi”. Ammo, Allohga qasamki, “agarda biz shaharga qaytsak, unda kuchliklar zaiflarni haydab chiqaradilar” (Minofiqun surasi 63:8). So’ngra, yonida turgan qabilasidagi odamlarga murojaat qilib, u shunday dedi: “Siz o’zingiz o’zingizga zarar keltirdingiz. Siz ularni o’zingizni yurtingizga kiritdingiz, mol-mulkingizni ular bilan birga baham ko’rdingiz. Allohga qasamki, agar sizlar ular ega bo’lgan narsalarni bermaganingizda edi, ular boshqa biror bir mamlakatga ketishgan bo’lar edi”.*

* Makkadan ko’chib kelganlar va Madina ahlining yordamchlari o’rtasida mojaro paydo bo’lganda, musulmonlar uchun hal qiluvchi vaqt bo’ldi. Qadimgi adovat va xurofot yuzaga chiqdi. Ushbu mojaro Islomning mavjudligiga tahdid qildi.

Zayd ibn Arkam bularning hammasini eshitdi va dushman mag’lubiyatga uchraganida, bu haqida Muhammadga xabar berdi. O’sha erda bo’lgan Umar ibn al-Xattob: “Abbad ibn Bishrga uni o’ldirushga amr bergin!”- dedi. Muhammad javob berib: “Qanday qilib, ey Umar? Axir odamlar, Muhammad o’z sahobalarini o’ldirar ekan deb aytishadi!” Muhammad yo’lga chiqishga amr berdi. Bu shunday vaqt ediki, odatda Muhammad bu vaqtda yo’lga chiqmas edi.

Zaydning gapirgangan so’zlarini payg’ambarga etkazganini Abdulloh eshitgach, u payg’ambar huzuriga keldi va Allohga qasam ichib bu so’zlarni aytmaganini aytdi. Abdulloh o’z qavmi orasida hurmat va faxr bilan qaralgan kishi bo’lgani uchun, uning do’stlaridan biri Muhammadga: “Balki bola noto’g’ri eshitib adashgandir”- dedi. U buni Abdullohga nisbatan bo’lgan sevgisidan, uni himoya qilish uchun aytdi.

Qachonki, Muhammad yo’lga chiqganida, Usayd ibn Hudayr kutib olish uchun payg’ambarning oldiga chiqib borib, salom berdi va u: “Ey, Allohning payg’ambari! Allohga qasamki, sen noma’qul vaqtda qo’zg’alyapsan!”- dedi. Muhammad javob berib: “Axir sening do’sting nima deganini bilmaysanmi?” – “Qaysi do’stim, ey Allohning rasuli?” – “Abdulloh ibn Ubay”. – “U nima dedi?” – “Madinaga qaytishgach kuchliklar zaiflarni haydab chiqarishini u takidlabdi” – “Allohga qasamki, ey Allohning rasuli, agar xohlasang sen uni Madinadan haydab yuborgin, zero u zaif va sen kuchlisan. Sen, ularga rahm qilgansan, chunki Alloh seni bizlarga yuborganida, uning odamlari allaqachon unga toj qilmoqchi edi va shuning uchun sen uning hokimyatini olib ko’yding deb o’ylaydi”.

Shundan so’ng, tong otib quyoshni issiqligiga toqat qila olmagungacha Muhammad butun kuni bo’yi va kechasi ham odamlarni etaklab bordi. Shunda u to’htadi. Erga zo’rg’a tegilgan odamlar, shu zahotini o’zida uxlab qolishdi. U, ularni Abdullohning so’zlari bilan bog’liq hodisalardan chalg’itish uchun mashaqatlli yo’ldan o’tishga majbur qildi. Dam olib bo’lgandan so’ng, Muhammad odamlar bilan birga olg’a ketdi, ular Hijaz orqali o’tdi va Nagni yuqorisidagi Baka homli quduqga yetib bordilar. Ular yo’lda davom etayotganlarida, kuchli shamol ko’tarildi. U odamlarni bezovta qildi va qo’rqitdi.

Muhammad: “Qo’rqmanglar. Bu bo’ron,* kofirlarning boshliqlaridan birining o’limi belgisini bermoqda” - dedi. Ular Madinaga qaytib kelishgach, o’sha kuni yahudiylarning eng hurmatli va ikkiyuzlamachilarning kuchli tayanchlaridan biri, Banu Kaynuk qabilasidan Rifa ibn Zayd ibn at-Tabutning o’lganini bilishdi.

* Iso O’zining izdoshlarini qutqarish uchun bo’ronni tinchlantirish kuchiga ega edi (Matto 8:23-27). Muhammad tabiiy kuchlar ustidan hokimiyatga ega emas va bo’ronni yahudiy dushmanining o’limi belgisi deb hisoblab bid’at qilmoqda.

Bu hodisa bilan bog’liq ravishda, Allohdan, ikkiyuzlamachilar – ibn Ubay va uning izdoshlari haqida gapirgan sura nozil bo’ldi (Bu Qur’onning 63 surasi, ya’ni al-Munofiqun, ya’ni ukkiyuzlamachilar). Bu sura nozil bo’lgach, Muhammad Zayd ibn Arkamni qulog’idan olib: “Bu kishi Allohga quloqlari bilan sadoqat ko’rsatdi”. Abdulloh ibn Ubayning o’g’li, Abdulloh, otasi bilan nima sodir bo’lganligidan xabar topgach, Azimning xikoyasiga ko’ra, u Muhammadga kelib: “Ey, Allohning rasuli! Sen, otamning aytgan so’zlari uchun, uni o’ldirnishni xohlashingni bilib oldim”- dedi. “Agar, u chindan ham shunday aytgan bo’lsa, menga amr qilsang, men senga uning kallasini olib kelaman. Allohga qasamki, Xazrajitlar biladiki, ularning orasida mendek otamni sevishda mendaqasi yo’q. Siz boshqaga otamni o’ldirishga amr berasiz deb qo’rqaman. Men otamning qotili bilan xalq orasida yashay olmayman. Shunda, men bir imonsizni deb, u imonlini o’ldiraman va do’zaxga boraman”.

Muhammad javob berib: “Bu noto’g’ri! Biz unga rahm-shafqat ko’rsatib va do’st sifatida munosabatda bo’lib, biz bilan birga qolishini istaymiz”.

Bu hodisadan so’ng, Abdulloh har bir yomon ishiga o’z qabilasidagilardan tanbeh olgan. Buni ko’rib, Mahammad Umarga dedi: “Nima deb o’ylaysan, Umar? Agar men uni sen so’ragan kunda o’ldirishga amr berganimda, xalq orasida katta hayajon bo’lar edi, lekin bugun xalqning ko’pchiligi men istasam uni o’ldirishga tayyorlar”.* Umar javob berib: “Allohga qasamki, men bilaman, Allohning rasulining amllari menikida ko’proq mathamat keltiradi”.

* Ko’plagan musulmonlar Muhammadning istaginini bajarishni va uning dushmanlarini o’ldirishni o’zlariga sharaf deb hisoblashgan. Muhammad ko’p marotaba ularni o’ldirishga majbur qilgan.

Shu kuni Miqyas ibn Subab Makkadan Muhammadning oldiga keldi va u islomga kirganini aytdi. U xatolik qilib o’ldirilgan ukasi Xisham uchun to’lov talab qildi. Muhammad unga to’lov berishni buyurdi. Lekin u Muhammad bilan uzoq vaqt davomida qolmadi. Ko’p o’tmay, u ukasini o’ldirgan odamga hujum qildi va Makkaga murtad bo’lib qaytib ketdi.

8.02.4 -- Banu aj-Mustalikdan bo’lgan Juvayriyani Muhammadning xotinlaridan biri bo’lishI ( 627 yil yanvar yoki 628 yil.)

Muhammad imonlilarga tarqatishni istagan ko’plagan mahbuslarga ega bo’ldi. Mahbuslar orasida keyinchalik uning xotini bo’lgan Juvayriya ham bor edi. Muhammad, Banu Mustaliqdan bo’lgan mahbuslarni taqsimlayotganida, Juvayriya, Sabit ibn Kaysaga tushdi. Birog, u ular bilan ozodlik birimini tuzdi.

Juvayriya, kimdir uni ko’rganda rom qilib oladigan, yoqimli va go’zal ayol bo’lgan edi. U Muhammadga kelib, uni ozod qilish uchun to’lov qilishiga yordam berishini iltimos qildi. Oisha uning xonasining eshigi oldida paydo bo’lganidayoq undan nafratlandi.* Oisha, o’ziga ta’sir qilganidek, Muhammada ham taassurot qoldirishi haqida bilar edi. Uyga kirgach, Juvayriya: “Ey, Allohning rasuli! Men – mening qabilamning xo’jayini Abu Dirarning o’g’li bo’lgan, Harisning qizi Juvayriyaman. Men qandaq qiyinchilikka duch kelganim senga malumdir. Men Sabit ibn Kaysga ulush bo’lib tushib qoldim. Men u bilan sotib olish haqidagi shartnomani tuzdim va endi sotib olinishga yordam berishingizni so’rash uchun keldim”. – “Yahshirog’ narsani xohlaysanmi?” – “Nima?” – “Men seni sotib olaman va senga uylanaman”. – “Xursandlik bilan, Allohning rasuli!” – “Xullas, ish hal bo’ldi!”

* Muhammadning haramida ba’zan to’qqizta xotinlari birga bo’lishgan va ko’p xolda xavotirga soladigan vaziyatlar hukumronlik qilgan. Oisha va Xafsa birga bo’lishgan va Um Salama va Juvayriyaga qarshi fitna uyushtirishgan. Muhammad nima uchun do’zax aholisining ko’pchiligi noshukur ayollar ekanligini bildirgani aniq bo’ldi.

Qachonki Muhammad Juvayriyaga uylanishi ma’lum bo’lganda, mahbuslar uning qaynog’asi bo’lishdi va imonlilar ularga ozodlik berishdi. Oishani aytishicha, to’yda yuzdan ortiq oila boshliqlari ozod etildi. Hech bir ayol o’z qavmiga Juvayriyadan ko’ra ko’proq marhamat keltirmagan edi.

Muhammad Banu Mustalikga qarshi urishdan qaytib kelganda, u Juvayriyani Zat shahrida yordamchisi al-Jayshga berdi va Madinada bo’lguniga qadar uni himoya qilishni buyurdi. Ayni paytda, Juvayriyaning otasi al-Haris, qizini qutqarish uchun pul bilan keldi. U al-Akikda bo’lganida, to’lov berish uchun olib kelgan tuyalariga qaradi. Xususan, ulardan ikkitasi unga o’zgacha yoqdi va ularni al-Akikning darasining biriga yashirib qo’ydi. So’ng, Muhammadga bordi va unga: “Sen qizimni asirga olding. Mana u uchun to’lov!”- dedi. Muhammad: “al-Akik darasidagi yashirgan tuyalar qani?”-deb so’radi. Al-Haris ajablanib: “Allohdan o’zga Iloh yo’q va sen Muhammad Uning rasuli ekaning haqida iqror bo’ldim. Allohga qasamki, buni Allohdan boshqa hech bir kimsa bilmas edi!” Harisning ikki o’g’li va uning qavmidan bo’lganlarning bir nechtasi islomga kirdi va Haris o’sha ikkita tuyani ham keltirdi va Muhammadga berdi. Keyin Harisni, qizining oldiga olib kelishdi va u haqiqiy imonli bo’ldi. Muhammad uning otasini oldida unashtirildi va otasi qizini unga berdi. Muhammad u uchun otasiga to’rt yuz dirham qalin pulini berdi.

8.02.5 -- Oishaga qanday bo’hton qilingan (627yil yanvar yoki 628 yil.)

Oisha: “Yo’lga ketayotganda, Muhammad qaysi xotinini o’zi bilan olib ketishini hal qilish uchun, qur’a tashladi.* U Banu al-Mustalikga qarshi yurishga otlanganida, qur’a menga tushdi va Muhammad meni o’zi bilan olib ketdi. O’sha paytlarda xotinlar yomon ovqatlanishar edi. Ular go’shtni oz eyishardi, shunga ular kuchli va og’ir bo’lmagan edi. Mening tuyamni yo’lga tayorlayotganlarida men taxtiravonda o’tirgan edim. Keyin tuyalarni boshqaradigan odamlar kelishdi va meni taxtiravonimda olib borib, ko’tarib tuyani beliga taxtiravonni qo’yishdi va arqon bilan uni qattiq bog’ladilar. So’ng tuyani jilovini olib, uni etaklashdi. Bu yurishdan Muhammad uyga qaytayotganida, Madinadan uzoq bo’lmagan joyda to’xtadi va tunni o’sha erda o’tkazdi. Ertasi kuni ertalab Muhammad yo’lga chiqish haqida buyruq berdi va ular yo’lda davom etdilar. Men o’z muhtojligim bilan ulardan uzoqlashdim. Mening bo’ynimda Zafar** shahrining toshlaridan bo’lgan marjonim bor edi. Men, ishimni bitirganimdan so’ng, marjonim bo’ynimdan tushibdi, lekin men buni sezmadim. Tuyalarni oldiga qaytib kelganimda, men marjonimni yo’qligini bildim. Men borgan joyimga marjonimni topish uchun yugurdim. Men uni topgunimcha qidirdim. Tuyamni boshqaradigan odamlar, mening orqamdan ketishibdi, meni taxtiravondan ketganimni payqamabdilar, ular meni odatdagidek unda o’tiriganimga amin edilar. Ular tuyaga taxtiravonni ko’tarishib, unga bog’lashdi va yo’lda davom etishdi. Men qarorgohga kelganimda, u erda hech kim yo’q edi. Hamma ketgan edi. So’ngra men yopinchig’imga o’ranib, erga yotdim, chunki ular meni yo’ligimni bilishgach, men uchun qaytib kelishlarini bilar edim. Men yotganimda, yonimdan Safvan ibn al-Muattal, sulamit, o’tib ketdi. U o’z ishi bilan jangchilardan orqada qolib ketdi va tunda hamma bilan birga qolmadi. U meni ko’rgach, u men tamonga keldi va mening oldimga to’xtadi. Odamlardan berkinib yurishimdan avval, u meni ko’rgan edi. U: “Haqiqatan, biz Allohga tegishlimiz va biz unga qaytib boramiz!’*** Bu Allohning rasulini xotinidir!”- deb xitob qildi. Men yopinchig’imga o’rangandim va u: “Nima uchun ortda qolding? Alloh senga rahm qilsin!”- deb so’radi. Men javob bermadim. Keyin, tuyasini mening oldimga olib keldi va “Minib ol”- dedi. U mening yonimdan uzoqlashdi. Men minib olganimda, u odamlarga etib olish uchun tuyani tezda etaklab ketdi. Allohga qasamki, biz ularga eta olmadik. Odamlar to’xtamagunicha, hech kim meni yo’qligimni payqamadi.

* Hatto sayohatlar ba harbiy yurishlarda ham Muhammad xotinlardan o’zini ushlab tura olmagan, hatto o’zi bilan xotinini xavfli joylarga birga olib ketgan. Bu bilan u Muqaddas jangda islomiy jangchilarga ergashish uchun namuna bo’ldi.
** Yo’qolgan marjon bilan bo’lgan voqiya tarixiy ahamiyatga ega, juda uzoqga cho’zilgan oqibatlarga olib keldi.
*** Musulmonlar hali ham bu qur’oniycha qoidani (Baqara surasi 2:156) fojiya yoki o’lim vaqtida tilga olishadi.

Hamma dam olish uchun joylashganida, men o’tirgan tuya va Safan paydo bo’ldi. Keyin tuhmatchilar askarlarni uyaltiradigan mashhur notug’ri mish-mishlarni tarqatib yubordi. Allohga qasamik, bu haqida men hech nimani bilmas edim. Madinaga etib kelganimizda, darrov qattiq kasal bo’lib qoldim va shuning uchun bu gap so’zlar haqida hech nima bilmagan edim. Albatta, bu mish-mishlar Muhammadga va mening ota-onamga ham etib kelgan, ammo ular bu haqida menga hech nima bildirmagan edilar. Men faqatgina ilgarilari kasal bo’lib qolganimda Muhammad odatda ko’rsatadiga mehribonchiligi va g’amho’rligini endi ko’rsatmaganini his qildim. Bu meni hafa qildi, u mening oldimga kirgan chog’da, onam menga g’amho’rlik qilayotgan edi, u faqat: “O’zingni qanday his qilyapsan”- deb so’radi va boshqa hech nima demadi. Muhammadning bu samimiyatsizligi meni havotirga soldi va keyin unga: “Ey, Allohning rasuli, agar sen menga ruxsat bersang, men onamnikiga boraman va u menga g’amho’rlik qiladi”- dedim. U: “Seni hech narsa ushlab tutgani yo’q”- deb javob berdi.

Men hali ham tuxmat haqida hech nimani bilmay, onamning uyiga keldim. Yigirma kunlardan keyin, men kasallikdan tuzaldim. O’sha paytda biz badaviylar kabi yashar edik, bizning xonadonimizda forsliklargan farqli o’laroq, hojatxona yo’q edi va biz uchun bu jirkanchli edi. Biz har doim muhtojlik tufayli uydan chiqar edik. Ayollar tuni bo’yi tashqariga chiqar edilar. Bir kuni tunda o’z muhtojligim tufayli men ham tashqariga chiqdim. Men bilan birga Abu Ruxma ibn Muttolibning qizi, Umm Mistah birga edi. U men bilan birga yurayotganida, yopichg’ida o’ralib qolib, qoqilib tushdi va baqirib: “Mistah yo’qolsin!” Mistahni Auf deb ham chaqirishar edi. Shunda men: “Allohga qasamki, sen xozir Badr jangida jang qilgan odam haqida yomon gapirding”- dedim. U: “Ey, Abu Bakrning qizi, sen nima bo’lganini bilmaysanmi?” Shunda u menga yolg’onchilarni nima deganlarini aytib berdi. Men: “Bu haqiqatmi?”- deb so’radim. U: ”Ha, Allohga qasam”- deb javob berdi. Men shoshilib uyga qaytdim, hatto ehtiyojimni ham qondira olmadim. Men yig’ladim va qattiq yig’ladimki, huddi yuragim yorlib ketadigandek tuyuldi.

Men onamga: “Alloh sizni kechirsin! Odamlar shuncha gaplar gapirib yuribdi, lekin siz menga hech narsani aytmadingiz!”- dedim. U: “Mening qizim! Bu gap-so’zlarni yuragingga yaqin olma! Allohga qasamki, erlariga yoqadigan go’zal ayollar juda kam, ularning mish-mishlar tarqatagigan raqobatchilari bor”

Shu bilan birga, Muhammad ham odamlarga murojaat qilgan, men esa bu haqida hech nimani bilmadim. Allohni uluglab bo’lganidan so’ng, u dedi: “Ey odamlar! Nima uchun ba’zi odamlar meni oilamga aloqador ko’ngilsizliklarni etkasib, Oishaga nisbatan yo’g’on gapirishyapdi? Allohga qasamki, men u haqida faqat yahshi narsalarni bilaman. Allohga qasamki, ular men yahshi biladigan, biror bir uyimdan mensiz chiqmaydigan odam haqida gapirishyapdi”. Yomon g’iybatni tarqatgan Abdulloh ibn Ubay va xazrajitlar edilar. Shuningdek, Jaxshaning qizlari, Mistaha va Xamna ham g’iybat qilishgan, uning singlisi Zaynab, Muhammadning xotinlaridan biri edi. Ular Muhammad bo’lgan joyga joylashish uchun, men bilan raqobatlashishga harakat qildi. Zaynabning o’zi, Allohda qattiq imonda turgan va shuning uchun men haqimda faqat yahshi narsalarni gapirar edi. Hamna esa singlisi tufayli mendan nafratlanar edi, men haqimda g’iybat tarqatib, juda ko’p azob keltirdi.

Muhammad bu so’zlarni aytganida, Usayd ibn Xudayr: “Ey Allohning rasuli! Agar bu odamlar ausitlar bo’lsa, sen uchun ularni tinch qilib qo’yamiz. Agarda bu bizning birodarlarimiz xazrajitlar bo’lsa, bizga amr ber, Allohga qasamki, ularni boshini kesib tashlanishi kerek”. Shu paytga qadar taqvodor bo’lgan kishi, Sa’d ibn Ubad o’rnidan turdi va dedi: “Allohga qasamki, buni shuning uchun aytyapsanki, ular xazrajitlar ekanligini bilgan eding. Agarda ular ausitlar bo’lganida edi, sen bunday gapirmagan bo’lar eding. Lekin, Allohga qasamki, biz ularni boshni kesib tashlamaymiz!” Usayd: “Allohga qasamki, yolgonchi sensan! Ahir, sen o’zing ikkiyuzlamachisan va ikkiyuzlamachilarni himoya qilyapsan!” Odamlar orasida bezovtalanish boshlandi va bu ish ausitlar va xazrajitlar o’rtasidagi jangacha etib keldi.

Shundan so’ng, Muahammad minbardan tushdi va bizning uyimizga keldi. U, Ali va Usama ibn Zaydni chaqirdi va ular bilan maslahatlashishni boshladi. Usama shunday dedi: “Biz sizning xotiningiz haqida faqat yahshi narsalarni bilamiz. Bularning hammasi yolg’on va quruq gap sozlardir!”

Ali: “Ey Allohning rasuli! Ayollar juda ko’p, sen buyursang ulardan birini senga olib kelishadi. Xizmatkordan so’ragin, u senga haqiqatni aytib beradi”*

* Aliningi bu salbiy fikri va uning xotini, Xadichdan bo’lgan Muhammadning qizi Fotima, nafratni kuchayishiga sabab bo’ldi. Bir tamondan Abu Bakr ba Umar qabilalari, ukkinchi tamondan esa, Ali va Fotima o’rtasidagi munosabatlarini bo’linishga olib keldi. Bu nafrat Alini Muhammaddan keyingisi bo’lishiga halaqit berdi va oqibatda Ali va uning ikki o’g’illari, Hasan va Husanlarni yo’q qilinishiga olib keldi. Shunday qilib, Oishani yo’qolgan marjoni, Islomning ikki bo’llakga bo’lib ajiratdi: shiitlar va suniylar.

Muhammad Barirni (xizmatkorini) so’roq qilishga chaqirtirdi. Ali uni shunchalik qattiq urdiki, Muhammadga haqiqatni aytishga buyurdi. U: “Allohga qasamki, men u haqida faqat yahshi narsalarni bilaman. Menda unga nisbatan biror ayiblaydigan sabab yo’q, biroq bir marotaba men xamir qordim va ungan xamirga qarab turishini iltimos qildim, lekin u uxlab qolibdi va qo’chqor kelib xamirni eyb qo’ygan edi”.

Keyin Muhammad men bilan yonma-yon o’tirdi (men bilan birga otam, onam va men bilan birgalikda yig’layotgan yordamchi ayollar bor edilar) va Allohni ulug’lab bo’lganda so’ng, dedi: “Ey Oisha! Ehtimol, sen haqingda odamlar nima gapirganini eshitgandirsan. Allohdan qo’rq! Agar sen haqiqatdan ham odamlar aytganidek biror yomon ish qilgan bo’lsang, unda Allohning oldida tavba qilgin, garchi Alloh bandalarini tavbasini qabul qiladi”. U bu so’zlarni aytib bo’lgach, mening ko’z-yoshlarim to’htadi. Men, ota-onam mening o’rnimga gapirishlarini kutib turdim, lekin ular jim turdilar. Allohga qasamki, Qur’onda men haqimda vahiy yuborishga va odamlar masjidda uni ibodat sifatida o’qishilari uchun men o’zimni noloyiq va ahamiyatsiz deb hisobladim. Men faqatgina, Alloh Muhammadga mening ayibsizligimni ko’rsatadigan yoki men bilan haqiqatdan ham nima bo’lganligini bildiradigan vahiyga ega bo’lishiga umid qilgan edim.

Ota-onam hech nima demaganlarida, ulardan nima uchun mening o’rnimga javob bermadinglar deb so’radim. Ular: “Allohga qasamki, biz nima deyishimizni bilmaymiz”

Allohga qasamki, bu kuni Abu Bakrning oilasida bo’lgan kechinmalaridaqa, boshqa boror oilada bo’lganini bilmadim. Mening ota-onam jim bo’lishganida, men yana yig’lab yubordim. Songra men: “Men sen aytgan gaplaring haqida tavba qilmoqchi emasman, aks holda men odamlarning mish-mishlarini tasdiqlayotgan bo’laman, ammo Alloh meni beayibligimni biladi. Agar men hozir tavba qilsam, unda, yolg’oni aytgan bo’laman. Agarda men odamlarning gaplarini rad etsam, siz menga ishonmaysizlar”. Keyin Yoqubning ismini eslashni boshladim, lekin hech narsa esimga kelmadi. Men: “Yusufning otasi aytganidek, meni ham aytishimga to’gri kelyapdi: ”Eng chiroylisi sabr…. Sizlar so’zlayotgan bu narsa uztida madad so’raladigan zot yolg’iz Allohdir” (Yusuf 12:18)

Muhammad hushini yo’qotgandan* so’ng, hali turmagan edi. Uni kiyimlariga o’rab, boshni tagiga charimli yostiq qo’yishgan edi. Buni ko’rib, qo’rqmadim va tashvishlanmadim, chunki men ayibsizligimni yahshi bilar edim va Alloh menni hafa qilishlariga yo’l qo’ymaydi. Muhammad o’ziga kelgunga qadar, mening ota-onamda qo’rquv bor edi, Alloh xalqning g’iybatini tasdiqlaydi deb ular qo’rqishgandi. Menga, ular qo’rquvdan o’lib qolishadigandek tuyuldi.

* Bu hodisa – Oishaning begunohligini tasdiqlash hodisasi - Muhammadning hurujlaridan biri odatdagidan ko'proq yorqin tasvirlangan. Musulmonlar bunday hurujlarni, vahiy yuborilganida hamrohlik belgisi deb takidlaydilar. Ko’p sharqshunoslar kusatishicha, bu epileptic hurujlar belgisidir.

Nihoyat Muhammad hushiga keldi. U o’tirdi va qish bo’lsa-da undan katta tomchili terlar oqardi. U peshonasidagi terini artib va dedi: “Oisha, yahshi xabarni qabul qil! Alloh sening ayibsizliging haqida habar berdi!” Men: “Allohga shukur!”- dedim. Keyin u odamlar oldiga chiqib, va’z bilan ularga murojaat qildi va Alloh tushirgan Qur’on haqida ularga o’qib berdi. So’ng, Hassan ibn Sabit, Mistah ibn Usas va Hamnuni qamchilab urishni buyurdi. Ular eng uyatsiz mish-mishlarni tarqatishgan edilar”**

* Oisha rivoyat qilishicha, hadislarning ba’zilarida Muhammad o’zinig vahiysini qabul qilgan vaqtda ko’p terlagani aytilgan (Buhoriy, Bad ul-Vohiy, Termiziy, Manaqib 6, Nasoiy, Iftitah 37).
** Oishaning bu voqeasidan so’ng, turmush qurgan ayolga qarshi tasdiqlanmagan tuhmat uchun qattiq jazolaniladi.

8.03 -- Qurayshitlar Muhammadni tan olishi (628yil.)

8.03.1 -- Muhammadning xaj ziyorati ( 628 yil mart.)

Muhammad ramazon (9-oy) va Shavvol (10-oy) oylarini Madinada o’tkazdi. Zulqa’da (11-oy) oyida u jang qilishni istamay, Makkaga haj ziyorati safariga chiqdi. Madinaga Numayl ibn Abdullah al-Laysni boshliq qilib qo’ydi. U, Qurayshitlar ular bilan urishishidan yoki uni muqaddas joyga borishga ruxsat bermasligidan qo’rqigaligi sababli, arablar va atrofdagi badaviylarni u bilan birga borishlariga da’vat qildi. Ammo, unga bir nechta badaviylar qo’shilishdi. U o’zi bilan birga qurbonlikga hayvonlarni olib, hojilar kiyimini kiyib oldi, shu tariqa u jang qilishga tayyor emasligini va hamma uni faqatgina ibodat joyini ziyorat qilish va uni sharaflash niyatida ketayotganini ko’rishi mumkin edi.

Muhammad Hudaybiya yilida Ka’bani ziyorat qilishga jo’nadi. O’zi bilan birga qurbonlik hayvonlari sifatida etmishta tuyani oldi. Jami 700 kishi bor edi - har bir o’n kishiga bir tuya bo’lgan. Muhammad Usfanga etib bordi va u erda uni Bishr ibn Sufiyon al-Ka’bi kutib oldi va unga: “Qurayshitlar seni jo’naganing haqida eshitdi va qoplon terisida yosh va qari tuyalarga kiygizishdi. Ular, Zu Tava shaharchasidagi qarorgohga to’htashdi va seni Makkaga kiritmaslikka qasam ichishdi. Holid ibn Volid o’zining otliqlari bilan Kur al-Gamim qishlog’iga etib borishdi”- dedi. Muhammad: “Qurayshitlarning holiga voy! Ularni urushdagi mag’lubiyati allaqachon belgilab qo’yilgan! Agar Badaviylar bilan maomila qilishimga ruxsat bergan bo’lsa, ular zarar ko’rarmidi? Agar ular meni mag’lub qilsalar, Qurayshitning orzusi amalga oshar edi. Agar Alloh ularni ustidan g’alaba bersa, ular yoki islomga kiradi, yoki burungi kuchlari bilan, menga qarshi jang qiladilar. Bu Qurayshitlar nima oylaydi? Allohga qasamki, Alloh menga g’alaba yuborgungacha yoki boshimni yo’qotmagunimcha, Alloh meni yuborgani haqida kurashdan to’xtamayman”.

Keyin u: “Biz ular bilan uchrashmaydigan yo’ldan, kim men bilan birga boradi?”-deb so’radi. Abdulloh ibn Abu Bakrni menga aytishich, Aslam qabilasidan bir kishi birinchi bo’lib: “Men, Ey Allohning rasuli”- dedi. Keyin Muhammad ularni daralar orasidagi mustahkam tosh yo’li bo’ylab olib bordi. Yana tekislikka etib borishgach, Muhammad: “Aytinglar: ‘Biz Allohdan kechirim so’raymiz va Unga tavba qilamiz!’ “* Ular bu so’zlarni aytgach, ularga: “Allohga qasamki, bu ibodat- Isroul o’g’illariga buyurilgan va ular takrorlamagan Hittadir”**(Baqara surasi 2:58 va A’rof surasi 7:161).

* Bu yahidiylarning kechirim ibodati o’zining chuqur ma’noga ega bo’lmagan – bu falokat paytida qo’rquchdan aytiladigan ibodatning bir qismi edi.
** ”Hitta” – Ehtimol “Hatta” fe’lidan buyruq shaklida kelib chiqgan, ya’ni “Ozod qilish” yoki “olib borish” degan ma’noni anglatadi.

Muhammad odamlariga al-Hamd tog’idan o’tishni buyirdi. Bu Murardan Xudaybiyaga olib boradigan tor yo’ldir. Jangarilar shu yo’l bilan ketishdi. Qurayshitning otliqlari Muhammadning boshqa yo’l bilan ketganini payqagach, o’z qarorgohlariga qaytib kelishdi. Murar darasiga Muhammadning tuyasi tiz cho’kdi. Shunda odamlar: “Tuya qaysarlik qilyapdi!”-deyishdi. Muhammad ularga dedi: “U qaysarlik qilmayapdi. U bunday tabiatili emas. Filni* Makkaga kirgizmagan kimsa, uni ushlab turibdi. Bugungi kunda qurayshitning qardoshlarcha so’ragan barcha narsalarini, men qilishga roziman”.

* Bu erda 570 yilda afsonaga ko’ra, Janubiy Arabistonning (Yaman) masihiy shohi Makkani qamal qilshini nazarda tutilgan. Dushman qo’shiniga bir nechta fillar bo’lganligi sababli, bu voqea “Fil ishi” deb nomlangan (Fil surasi 105:1-5).

Keyin Muhammad o’sha joyga to’xtashni buyurdi. Unga o’sha vodiyda suv yo’q ekanligini aytishganida, u o’z o’qdonidan o’q chqardi va uni o’z safdoshlaridan biriga berdi. U qurib qolgan quduqlardan biriga chiqdi va o’qni quduqning tubiga sanchidi. Shunda suv favora bolib chiqdi, odamlar tuyalarni ichirib, o’zlari ham ichib, hatto suv atrofiga qarargoh ham qurushdi.

Muhammad dam olayotganida, Budayl ibn Varak, Xuza qabilasidan bo’lgan kishilar bilan birga kelib, undan nima uchun kelganligini so’radi. Muhammad unga jang qilish uchun emas, balki Kabani ziyorat qilish uchun kelganini aytdi. Bishr ibn Sufiyon ilgari aytganidek, ma’badda ulug’lashni hohladi. Keyin jangchilar qurayshitlarni oldiga qaytib keldilar va ularga: “Sizlar juda shoshilyapsizlar. Muhammad jang qilish uchun emas, Kabani ziyorat qilishga kelibdi”- dedi. Biroq, qurayshitlar shubhalarga to’la edi va unga qo’pol muomala qildilar. “Hatto urushishni xohlamasa ham”- deyishdi ular, “bizning roziligimizsiz, u shaharga kuchi bilan kirmaydi. Badaviylar biz haqimizda shunday gapirishiga yo’l qo’ymaymiz”. (Huzaitlar- ham mo’min, ham ko’phudilik bo’lishgan – Muhammadning xabarchilari bo’lib, Makkada sodir bo’lgan hamma narsani unga habar qilishar edi). Keyin ular Mikraz ibn Hafsni yubordilar. Muhammad, u uning oldiga borayotganini ko’rganida, u: “Bu odam - xoindir”- dedi. Muhammad Budaylga qanday javob berganidek, Mikrazning savollariga ham huddi shunday javob berdi. Mikraz qurayshitlarga uning so’zlarni etkazganida, yana ular al-Xulays ibn Alkamni Muhammadga yubordilar. U ittfoqchi qabilalarning boshqargan va Banu al-Hariz ibn Abd Manatga tegishli edi. Muhammad, u uning oldiga kelayotganini ko’rganida, u: “Bu kishi Hudodan qo’rqadiganlardan. Uni ko’rishi uchun qurbonlik hayvonlarini qo’yib yuboringlar!” Al-Hulays, vodiyda tantanali qurbonlik qilinadiga hayvonlarni va hosilsiz sho’r erlarda ular qanday o’tlayotganini ko’rgach, Allohning rasulini hurmat qilgani uchun uning oldiga bormadi, ammo darhol qurayshitlarni oldiga qaytdi va nima ko’rganini ularga so’zlab berdi. Ular: “O’tir! Sen – oddiy qurayshitsan! ”- deyishdi. Al-Hulays gazablanib: “Ey qurayshitlar! Biz sizlar bilan bu uchun ittifoq tuzmaganmiz. Ahir, undan huzurlashni iztaganlar va ziyorat qilmoqchi bo’lganlarni Kabaga qo’ymaslik mumkinmi? Al-Harisning qalbga Hukumdorlik qilayotgani nomi bilan qasam ichaman, sizlar Muhammadga hajni ziyorat qilishiga imkoniyat berasiz yoki men barcha ittifoqdoshlarim bilan sizlardan ajiralib ketaman”. Ular: “Jim bo’l! Bizga maqul shartlarga kelishmagunimizcha, bizni tinch qo’y”.

Shundan so’ng, ular Muhammadning oldiga Urva ibn Masudni yubordilar. Urva esa dedi: “Men, Muhammadga yuborilgan kishilarni qaytib kelganida sizlar qanday qo’pol so’zlar bilan qarshilayotganingizni ko’rdim. Lekin bilasiz-ki, siz men uchun otam kabi, men esa sizga - o’g’il kabiman. Sizni falokatingiz haqida eshitdim va darhol odamlarim bilan yordam berish uchun kelganman”. Ular: “Sen haqiqatni gapirasan. Biz sendan hech shubha qilmayniz”- deyishdi. Keyin u Muhammadni oldiga borib, u bilan birga o’tirdi va dedi: “Ey Muhammad, sen hamma qalangi-qasangilarni yigding va o’z tuhumingni (ya’ni, oilasi va qondoshlariga qarshi) buzib tashlash uchun ularga amr berding. Qurayshitlar sog’in sigirlariga qoploni terisini kiydirdi va seni Makkaga kirgizmaslikka Allohga qasam ichdi. Allohga qasamki, bu odamlar ertaga senni taqdirning rahm shafqatiga tashlaydilar!” Muhammadning yonida o’tirgan Abu Bakr e’tiroz bildirdi dedi: “Latni ko’kragini emishga borishing mumkin!* Biz uni tashlaymiz?”

* “Lat – “Alloh” so’zining ayol shaklidagi nomi, Allohning xotini ma’nosini bildiradi.

Urva Muhammaddan so’radi: “Bu kishi kim? ” U: “Bu Abu Kuhafaning o’g’li!”- dedi. Anashunda Urva: “Allohga qasamki, sen qachonlardir menga qilgan yahshiliging bo’lmaganida, men senga javob bergan bo’lar edim. Lekin shu yahshiliging tufayli, men seni kechiraman”.

Suhbat chog’ida Urva Muhammadning soqolini qo’li bilan ushladi. Muhammadning oldida qurolanib turgan Mugir ibn Shaba, uning qo’liga urib, shunday dedi: “Qo’lingni bu qilich uzib tashlamasdan oldin, Allohning rasulini yuzidan qo’ingni tort!” Shunda Urva: “Holingga voy! Nima uchun menga qo’pollik qilyapsan?” Muhammad kulib qo’ydi. Urva so’radi: “Bu odam kim?” Muhammad: “Bu sening ammakivachang Mugir ibn Shuaba”- deb javob berdi. Shunda Urva qichqirib: “Xoin! Ahir men yaqinda sening yomon qilgan ishingni qonini yuvmadimmi?” Mugir, Islomga kirishidan oldin, Sakif qabilasidan Banu Malikdan o’n uch kishini o’ldirgan edi. So’ng Sakif qabilasining ikkita qabila boshliqlari orasida: Banu Malikdan o’ldirilganlarning yaqinlari va ittfoqdoshlari- Mugirning yaqinlari orasida ziddiyat paydo bo’ldi. Urva o’n uch kishiga to’lov to’ladi va shu yo’l bilan tinchlik o’rnatishga erishdi.

Shundan keyin Muhammad Urvaga urishish uchun kelmagani, sheriklariga aytganidek ishontirib gapirdi. Urva, Muhammadning izdoshlarini qanday qilib ibodat qilishlarini ko’rish uchun, uni tark etdi: ular qanday qilib u yuvingan suvga shoshilishlari, u tupirganiga yugirishi, undan tushgan har bir sochni ko’tarishlarini kuzatdi.

Urva Qurayshitlar oldiga qaytib kelganda, u ularga shunday dedi: “Men Kirocni (Xosrov) va o’z shohliklarini hoqonini va Hegusni ham ko’rdim. Ammo, Allohga qasamki, men uning izdoshlarining* Muhammadga bergan hurmatiga sazovor hukumdorni hech ko’rmaganman. Bu odamlar uni bizga hech qachon bermaydilar. Siz nima qilish kerakligini hal qilishga to’g’ri keladi!”

* Iso Masih aksincha dedi: “Men insonlardan tahsin kutmayman” (Yuhanno 5:41). Muhammad o’z izdoshlarini etirof etishda va barcha musulmonlarning qoyil qolishida bilan yashadi. Lekin Iso hamma odamlarni qurqardi, garchi Uni xalq rad etib, sharmanda qilishgan bo’lsa ham ohirida Uni hochga mihlashdi.

Muhammad Hirash ibn Umayyu xuzaitni chaqirtirib, o’zining “Salob” deb atalgan tuyasida uni Makkaga, shahar hokimlariga nima uchun kelganini xabar qilish uchun yubordi. Biroq, qurayshitlar tuyani bo’g’imlarini kesishdi va Hirashni o’ldirmoqchi bo’lishdi. Bunga ularni ittfoqdoshlari yo’l qo’ymadi va Hirash Muhammadni oldiga qaytdi.

Qurayshitlar qirq yoki ellik odamlarni jo’natib, Muhammadning sahobalarini qo’lga olish uchun har tamondan Muhammadning qarargohini o’rab olishlarini buyurdi. Biroq, ularning o’zi qo’lga olindilar va Muhammadga keltirishdi. Muhammad ularni kechirdi va ularni qo’yib yubordi, garchi ular bundan oldin uning qo’shiniga tosh va o’q otishgan bo’lsa ham. Keyin u Umarni chaqirdi va uning kelishining maqsadini bildirish uchun uni Makkaga jo’natmoqchi bo’ldi. Lekin Umar: “Ey Allohning rasuli! Men qurayshitlardan qo’rqaman. Meni himoya qiladigan Banu Adiy ibn Kaabdan biror hech kim yo’q. Qurayshitlardan men qanchalar nafratlanishimni va ular bilan qanchalik shafqatsiz munosabatda bo’lganimni biladilar. Men senga mendan kuchliroq odamning ismini aytib beraman: Usman ibn Affan”*

* Usman Muhammadning kuyovi bo’lib, uchunchi halifa bo’lgan.

Muhammad Usmanni chaqirtirib, uni hajni ziyorat qilish uchun kelganini shahardagi zadogonlarga habar berishga Makkaga yubordi.Usman Makkaga borib, shaharga kirganiga hech qancha vaqt o’tmay Aban ibn Said uni kutib oldi. Usmanni u o’z himoyasi ostida Mahammadning habarini Abu Sufiyonga va qurayshit qabilasining boshlig’iga etkizmaguniga qadar himoya qildi. Buni, u qilgach, ular undan so’radilar: “Sen Kabani aylanib chiqishni xohlaysanmi? Shunday qil!” Usman: “Muhammad buni bajarmagunicha buni qilmayman”- dedi.

Shundan so’ng qurayshit Usmanni qo’lga oldi va Muhammadga u o’ldirildi degan xabar bordi.

8.03.2 -- Hoxish bilan berilgan qasamyod (628 yil mart.)

Muhammad Usmanning o’ldirildi deb eshitganida, u: “Endi biz qurayshitlar bilan jang qilishimis kerak”- dedi. U odamlarni yahshi hoxish bilan berishga (Allohga) qasam qilishga chaqirdi va ular bu qasamni daraxt ostida berdilar. Ba’zilar tasdiqlaydi, Muhammad o’sha kuni odamlarni o’limigacha kurashish uchun qasam ichishlariga buyutdi. Biroq, Jobir ibn Abdulloh aytadiki, Muhammad ularga faqat qochib ketmaslik haqida qasam ichishni buyurdi.* Ularning hammasi Muhammadga qasamyod qilishdi. Faqat Banu Salamdan al-Jadd ibn Kays betaraf qoldi. Jobir: “Allohga qasamki, hozir ham yonimda u o’z tuyasining elkasini qattiq bosib, uni ortida odamlardan yashirinib turgan holda ko’ryapman”- dedi.

* Iso oldindan O’zining shogirdlariga, Unga qiziqishlari va tashlab ketadigan vaqtlari haqida gapirdi. U O’z yo’lidan o’tdi – hochdagi g’alabagacha. Muhammad bu odamlarning yordamiga suyanib, ulardan sodiq qolish uchun qasamyod qilishlarini talab qildi.

O’sha vaqtda Muhammad, Usman o’ldirilganligi haqidagi habar haqiqat emasligini bilib oldi.

8.03.3 -- Xudaybiyadagi kelishuv* (628 yil mart.)

Keyin qurayshitlar Suhayl ibn Amrni Muhammadning oldiga yubordilar va unga yarashish haqida sulh tuzishni taklif qildilar. Lekin ular muhim shart qo’yishdi – arablar, ularni hohshiga qarshi Makkaga kuch bilan kirishdi demasliglari uchun u bu yil Makkaga kirmasligi kerak edi. Muhammad Suhaylni oldiga kelayotganini ko’rgach, dedi: “Ular tinchlik o’rnatishni hoxlayabdilar, chunki bu kishini yubordilar”. Keyin u bilan uzoq vaqt munozaradan so’ng, ular yarashish sulhni tuzdilar.

* Hudaybiya Makkadan tahminan 60 km shimolida joylashgan.

Qachonki hamma savollarni aniqlab va faqat shartnomani imzolash qolganda, Umar sakrab turdi va Abu Bakrga borib dedi: “U Allohning rasuli emasmi?” – “Shubhasiz!” – “Ahir biz mo’min emasmi?” – “Sozsiz!” – “Ahir ular ko’phudolik emasmi?” – “To’gri!” – “Nega biz imonimizni kamsitishlariga yo’l qo’yabmiz?”* - “Uning uzangiga ergash, chunki men uni Allohning rasuli ekaniga guvohlik beraman!” – “Men ham bu haqida guvohlik beraman”.

* kkinchi halifa Umar, boshqa hojilar singari, ziyoratchilar sifatida qurolsiz turishgani chuqur g’azablandi va Muhammadni himoya qilish uchun qasamyod qildi. Shunday qilib Muhammad ko’phudoliklar bilan yarashish haqida sulh tuzdi va ularni teng hamkor sifatida tan oldi.

Keyin Umar Muhammadga borib, unga: “Sen Allohning rasuli emasmisan?” – “Sozsiz!” – “Ahir biz mo’min emasmi?” – “Albatta!” – “Ahir ular ko’phudolik emasmi?” – “Shubhasiz!” – “Nima uchun biz imonimizni kamsitib, ular bilan sulh tuzishga ruhsat beryapmiz?” – “Men- Allohning quli va uni rasuliman; men Uning buyrug’ini buzmayman va U meni halok qilmaydi”. Keyin Umar: “Men doimo sadaqa beraman, ro’za tutaman, qullarimni qo’yib yuboraman, vaqtda shoshilib so’zlab gapirishdan qo’rqaman, hatto o’sha vaqtda men g’ayratim bilan faqat yahshi bo’lishni xohlayman”- dedi.

Keyin Muhammad Alini o’ziga chaqirtirdi va unga: “Yoz: “Mehribon va Rahmdil Allohning nomi bilan boshlayman!” Biroq Suhayl javob berib: “Men bu ifodani bilmayman!” Yoz: “Sening Allohing nomi bilan”- dedi. Muhammad: “Shunday yoz!”-dedi. Buni Ali yozganidan so’ng, Muhammad: “Bu Allohning rasuli Muhammad va Suhayl ibn Amr o’rtasidagi tinchlik shartnomasi”- dedi. Suhayl e’tiroz bildirdi: “Agar men seni Allohning rasuli deb balsam, unda men sen bilan urishmagan bo’lar edim. Faqat ismingni va otangni ismini yoz”. Shunda Muhammad dedi: “Yoz: “Bu Muhammad va Suhayl o’rtasidagi sulh shartnomasi. Ular quyidagi shartlarga rozilik bildirdilar: Urush o’n yilga to’htatiladi. Shu vaqt davomida hamma tinchlikda yashaydi, hech kim bir-biriga qarshi urush qilmaydi.

Agar qurayshitning qullari Muhammadga o’z ho’jayinlarining ruhsatisiz kelsalar, Muhammad ularni orqaga qaytarib yuborishi kerak; agarda kimdir musulmonlardan qurayshitlarga o’tmoqchi bo’lsa, qurayshitlar uni quvib chiqarishi kerak. Dushmanlar tamonlar o’rtasida o’g’rilik va talonchilik bo’lmaslik uchun qat’iy oldini olishlari kerak. Har bir xohlovchi Muhammad bilan ittifoq bo’lishi mumkin, huddi shunday har kim qurayshit bilan ittifoq bo’lishi uchun ochqdir”.

Keyin xuzaitlar o’rnidan turdilar va ular: “Biz Muhammadning ittifoqdoshlarimiz!”-deyishdi. Banu Bakr: “Biz – Qurayshitlarni ittifoqdoshimiz!”-deb baqirdi.

“Muhammad bu yil orqaga qaytib va Makkaga kirmasligi kerak edi. Qurayshitlar keying yili shahardan ketishlari kerak va Muhammad o’zining sahobalari bilan kelib, qilich bilan pichoq va boshqa qurollarsiz, mahsus ziyoratchilar kiyimlarni kiyib, uch kunni o’tkazishlari mumkin”.

Hali Muhammad va Suhayl xatni yozish bilan bandliklarida, temir zanjirga kishanlangan Suhayl ibn Amrning o’g’li, Abu Jandal Muhammadga yugirib keldi.

Muhammadning sahobalari Madinadan ketayotganlarida, o’zlarining galabasidan shubhalanmadilar. Chunki oldindan Muhammadning vahiysi bor edi. Ular orqaga chekinish kerek bo’lgan tinchlik shartnomasini (Mahhamad o’zi qabul qilgan) eshitgach, ular shunchalik ta’shirlanishdiki, ruhan tushub ketay deyishdi.*

* Uzoq yillar davom etgan qon to’kishlardan so’ng Muhammad va uning dushmanlari o’rtasidagi tinchlik shartnomasi musulmonlar uchun kuchli zarba bo’ldi. Ular o’z payg’ambarlarini tushisha olmadilar.

Suhayl, Abu jandalni ko’rgach, o’rnidan turdi, uni yuziga urdi va keyin Muhammadga: “Bu odam sening oldinga kelganidan oldin bizni o’rtamizda shartnoma qilingan edi!”- dedi. Muhammad: “Haqiqat”- dedi. So’ng, Suhayl Abu Jandalni yoqasidan uchlab, uni qurayshitlarga qaytarib olib ketish uchun sudiradi. Abu Jahl ovozi borich baqirib dedi: “Ey imonlilar! Nahotki, meni e’tiqodimdan voz kechish uchun mushriklar oldiga qaytaman?” Bu voqea xalqning noroziligini yanada oshirdi. Muhammad: “Abu Jandal sabr qil, Allohning mukofoti haqida o’ylang! Yaqinda Alloh seni va sen kabi boshqa kishilarga ozodlik olib keladi va qutqaradi. Biz hozirgina shartnoma tuzdik va Allohga qasamyod qildik. Biz qasamyodni buza olmaymiz”. Umar irg’ishlab Abu Jandalga borib dedi: “Sabr qiling! Bu mushriklarni qoni, itlarning qonidan qimmat turmaydi!” Bu so’zlar bilan Umar o’z qilichining dastasini unga tashladi. Keyinchalik Umar aytishucha, Abu Jandal qilchini olib, otasini urishiga umid qilgan edi. Lekin u otasiga shafqat qildi va hamma narsa shartnoma bo’yicha sodir bo’ldi.

Shartnoma matni yozilganda, mo’minlardan va ko’phudoliklardan quyidagi kishilar guvohlik berdilar: Abu Bakr, Umar, Abd ar-Rahman ibn Auf, Abdulloh ibn Suhayl, Sa’d ibn Abu Vakkos, Mahmud ibn Maslam, o’sha paytlarda ko’phudolik bo’lgan Mikraz ibn Xafs va butun shartnomani yozgan Ali.

Muhammad endi haj ziyoratidan voz kechmoqqa harakat qildi. U hali ham hojilar kiyimida nomoz o’qir edi. Tinchlik shartnomasi tuzilgach, u qurbonlik hayvonlarini so’ydi, so’ngra xuzait, Xirash ibn Umayya boshdagi sochini qirib tashladi.* Odamlar buni ko’rgach, ular ham boshlarini qirib tashlashdi va o’z hayvonlarini qurbon qillishdi. Xudaybiy kuni ba’zi odamlar boshlarini qirdilar, boshqalari esa faqat sochlarini kesdilar. Muhammad: “Alloh boshini qirganlarga rahm qilsin!”- dedi. Undan so’radilar: “Kesib tashlaganlarchi?” Muhammad takrorlab: “Alloh boshini qirganlarga rahm qilsin!”- dedi. Ular undan yana so’radilar va u yana o’sha javobni berdi; ular yana bir bor shu savolni beriishganida, u: “Va kesib tashlaganlarga ham”- dedi.

* Musulmonlar orasida shunday hayajon ko’tarildiki, bu ish deyarli g’alayon keltiray dedi. Muhammad birdan boshini qirib, barcha izdoshlariga ham boshlarini qirishga buyurdi. Shunda ehtiroslari pasaydi va ular birga Madinaga qaytib ketishdi.

Keyinchalik undan nima uchun faqatgina boshini qirganlarga rahm qilish uchun Allohga ibodat qilganini so’radilar, u: “Chunki ular shubhalanmaganlar”- deb aytdi.

Xudaybiya kunida qurbon qilingan hayvonlarning orasida Muhammad Abu Jahlga tegishli bir tuyani olib keldi. Bu tuyani boshida kumish uzik bor edi. Muhammad bu bilan, kofirlarning g’azablantirmoqchi bo’ldi.

Keyin Muhammad qaytish uchun yo’l oldi. Makka va Madinaning o’rtasidagi yo’lda, unga “Fath”surasi hozil qilindi (Fath surasi 48): “Albatta, senga bay’at qilayotganlar faqat Allohning O’ziga bay’at qilmoqdalar. Allohning qo’li ularning qo’llari ustidadir. Kim (ahdni) buzsa, o’ziga qarshi buzadi, holos. Va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur” (Fath surasi 48:10).

“18. Batahqiq, Alloh mo’minlardan daraxt ostida sehga bay’at qilayotganlarida rozi bo’ldi. Bas, Ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi 19. va ko’pgina o’ljalar ham olurlar. Va Alloh aziz va hakim zotdir! 20. Alloh sizlarga ko’pgina o’ljalarni va’da qildi. Ularni olsangizlar, bunisini sizga tezlatib beradi, (O’tgan voqea) mo’minlarga ibrat bo’lish uchun va sizlarni siroti mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qo’lini sizdan to’sdi” (Fath surasi 48:18-20).

“21 .Va sizlar qodir bo’lmagan boshqasini ham (va’da qildi). Uni Alloh ihota qilgan….25…..va agar siz bilmaydigan mo’min erkaklar va mo’mina ayollar bo’lmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh etishi bo’lmaganida edi..….(Fath surasi 48:21-25). Sen ular uchun to’lov to’lashingga to’g’ri kelar edi, lekin sen jinoyar qilmagan bo’larding.

Yana shunday yozilgan: “26 Kufr keltirganlar qalblarida qiziqqonlikni johiliyat qiziqqonligini joylaganlarida (U, Allohni mehribon va rahmdil va Muhammadni Allohning rasuli deb yozishni istamagan Suhaylni nazarda tutgan) va Alloh O’z sokinligini Payg’ambariga va mo’minlariga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko’rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar (ya’ni, Allohning birligi, Alloh yagona va Muhammad uning elchisi va quli). 27. Batahiq, Alloh rasulining tushi haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda qo’rqmasdan kirasizlar……(ya’ni, Makkadagi muqaddas joyga)” (Fath surasi 48:26-27).

Mujahid menga ushbu oyat Valid ibn al-Mugira, Salam ibn Xishom, Ayyash ibn Abu Rabiya, Abu Jandal va boshqalarga tegishli ekanligi haqida gapirib bergan edi.

Xudaybiya tinchlik sulh bitimi tuzilishidan oldin bu galabadan boshqa hech bunaqasi bo’lmadi. O’sha paytgacha odamlar uchrashgan joylarda urush hukumronlik qilar edi. Ammo bu tinchlik bitimidan keyin odamlar suhbatlashishga kirishib, munozara qilishni boshladilar va uchrashuvlar xavfsiz tarzda o’tkazilishi mumkin bo’ldi. Kimgadir islom haqida gapirgan har bir idrokli kishi, albatta, Islomni qabul qildi va keying ikki yil ichida ko’pchilik odamlar Islom qabul qildiki, hatto Islom paydo bo’lgan vaqtdan beri Islomga kirganlardan ko’proq bo’ldi! Bu shundan ko’rinadiki, Xudaybiyaga Muhammad bilan 700 kishi kelgan bo’lsa, ikki yildan so’ng u bilan 10000 kishi keldi va Makkani bosib oldi.

8.03.4 -- Ko’chmanchi ayollarning huquqlari

Shu vaqt ichida Uqba qizi Kulsum Muhammadga ko’chib o’tdi. Uning akalari Umar va Valid Muhammadga Xudaybiya shartnomasiga binoan, uni qaytarib berishini so’rab kelishdi. Biroq u uni qaytarib bermadi, chunki bu Allohga ma’qul emas edi.

Az-Zuhriy menga aytgan, Urva ibn az-Zubayrani so’zlariga ko’ra: “Men uning oldiga kirganimda, u, Valid ibn Abd al-Malikni o’rtog’i Abu Hunaydiga maktub yozayotganida, undan Qu’rondagi ushbu oyatni tushintirib berishini so’radi: “Ey imon keltirganlar! Agar sizlarga mo’minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko’ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo’minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bular ularga halol emas va ular ham bularga halol bo’lmaslar.Va ularga hafaqa qilgan narsalarni beringlar. Va u ayollarni nikohlab olsangiz, agar mahrlarini bersangiz, sizlarga gunoh bo’lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar” (Mumtahina surasi 60:10)

Urva unga shunday javob berdi: “Xudaybiyada Muhammad qurayshitlar bilat shartnoma tuziib, o’z hojayinlarining roziligisiz kelgan muhojirlarni qaytarib yuborishni buyrdi. Islomni qabul qilgan ayyolar unga kochib kelsalar, Alloh ularni mushriklarga qaytarishni istamadi (ular, og’ir sinovlardan so’ng, Allohga bo’lgan muhabbatdan kelishganini tasdiqlashgan). Shu bilan birga, qurayshitga o’sha ayollar uchun qalin pulini berishni buyurdi, agarda ayol qalin pulini olmagan bo’lsa. Boshqa tarafdan esa qutayshitlar ham ularni ayollarini saqlab turganligi uchun, musulmonlarga ham qalin* puli berishlari kerak edi. Bu ularning o’rtasidagi bahsga nisbatan bo’lgan Allohning hukmidir”

* Islom qonuniga ko’ra, nikoh shartnomasi tuzilgandan so’ng, kuyov va kelin tamonidan erkak qarindoshi qalin (Mahr) miqdorini aniqlaydi. Muqaddas urush davrida “Mahr”siz nikoh, haqiqiy nikoh hisoblanmagan va sharmandalik hisoblangan. Bergilangan miqdor ayolga tegishli bo’lgan, ko’pincha bu miqdordan nikoh shartnomasi tuzilib bo’lgach, bir qismi kelinning qarindoshiga to’lanadi. Qolgan qismi ajirashgan taqdirda, “Hayotni sug’urtalash” sifatida ayolga to’lanadi. Musulmon bo’lmagan davlatlardan kelgan har bir ayol, musulmonga turmishga chiqishdan avval, musulmon nikohini qonuniy huquqlarini yahshilab o’rganishi kerak. Musulmon bo’lmagan ayollar, musulmonlar bilan nikohni saqlash uchun, mustahkam va matonatli ravishda ishonch hosil qilishi kerak.

Shunday qilib, Muhammad ayollarni saqlab qoldi va erkaklarni qaytarib yubordi. Allohning buyrug’iga ko’ra, u imonsiz ayollarni saqlagani uchun qalin pulini talab qildi va mo’minlar ham bunday hollarda undan imonsizlar qalin pulini talab qilishdi. Agar ilohiy amr bo’lmaganida edi, Muhammad ayollarni ham erkaklardek qaytarib yuborar edi. Agar u shartnomani tuzmagan bo’lganda, erkaklarga ayollarni qalin pulini bermasdan, ayollarni qabul qilgan bo’lar edi. Shartnoma tuzishdan oldin, imonli ayollar unga kelganida, u shunday qilgan. Men az-Zuhradan keyingi oyat nima deganini so’radim: “Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga o’tib ketsa, urushda tushirilgan o’ljadan xotini ketib qolganda, unga nafaqa qilgan miqdorni beringiz. O’zingiz imon keltirgan Allohdan qo’rqing!” (Mumtahina surasi 60:11). Az-Zuhra: “Bu anglatadiki, agar xotinlaringizdan biri kofirlarga qaytib ketgan bo’lsa, ulardan mo’min bo’lib kelmagan bo’lsa, ular olgan narsalardan sizlar olgan bo’lsangiz, ya’ni ularni o’lja qilib olgan narsalarini sotib olgan bo’lsangiz qaytarib beringlar.

Muhammad Madinaga qaytib kelganidan so’ng, u bilan birga bo’lgan kishlardan bir so’radi: “Makkaga kiraman deb ishonch bilan aytmaganmiding?” U unga javob berib: “Darhaqiqat! Ammo men bu yil kiraman deb aytmadimmi?”- dedi. “Yo’q”- deb javob berdi u odam. Shunda Muhammad unga dedi: “Jabroil menga aytganidek, bu sodir bo’ladi”

8.03.5 -- Xaybardagi yahudiylarga qarshi yurish* (628 yil may-iyun)

Hudaybiyadan qaytganidan so’ng, Muhammad butun zulhijja (12chi oy) oyi va muharram (1chi oy) oyining bir qismda Madinada bo’ldi. Hajni kofirlarga qoldirdi. Muharram (1chi oy) oyining qolgan qismida Muhammad Xaybarga ketdi. U Madina ustidan Numayl ibn Abdulloh al-Laysni bosh qilib qo’ydi va oq rangli Aliy bayrog’ini topshirdi.

* Xaybar Madina shahridan 160 km shimoliy-g’arbda joylashgan.

8.03.6 -- Muhammad Xaybarning yaqinida iltijo qiladi

Xaybarga safari chog’ida u to’htashga buyurdi va shundan so’ng u: “Alloh! Osmon va uni ostidagagi barchasing Hudosi! Er va undagi hammaning Hudosi. Unsonlar va ularni yo’ldan ozdiruvchi ruhlarning Hudosi. Shamollar va ular sochib tashlagan narsalarning Hudosi. Biz senga iltijo qilamiz, bizga bu joyning yahshisini va uning aholisini yahshisini va undagi bor narsalarning yahshisini ber. Biz, bu joy va uning aholisini va undagi bor narsalarni yovusligidan Senga yugirib kelamiz! Allohning nomi bilan, Olg’a!* U bu so’zlarni har doim yangi joyga kirishdan oldin takrorlardi.”

* Ushbu ibodatda Alloh Uning irodasini itoatkorlik bilan bajaradigan “ruhlarning Hudosi” deb atalgan. Bu ibodatning maqsadi, musulmonlarni qo’lga olishni istagan joyni taslim qilish va g’alaba qilish edi. Xaybarda Madinadan quvilgan yahudiylar yashar edilar. Endi ular, yana bir marta mag’lub bo’lishga majbur bo’lishdi, garchi ular allaqachon o’lpon to’lashga majbur bo’lishgan bo’lsada, aholining yarmi qaram holatida edi.

8.03.7 -- Muhammadni ko’rganda Xaybar ahli nima deganlar

Muhammad har gal urish qilganida, har doim u dushmanlariga ertalab hujum qilgan. Agar u ibodat qilishini eshitgan bo’lsa, unda hujum qilishdan tiyilishi kerak edi, agar eshitmagan bo’lsa, unda hujum qilar edi. Kechasi Xaybarga yaqinlashdilar. Ertasi kuni u ibodat qilishi haqida eshitmadi, shunda u otiga minib oldi va biz hammamiz ham otlarimizga mindik. Anas aytib berdi: “Men Abu Talhaning otiga o’tirdim, oyog’m Muhammadning oyog’iga tegdi. Erta tongda belkurak va savat ko’tarib ishga ketayotgan Xaybarlik ishchilarni biz uchratib qoldik. Bizni ko’rgach, ular: “Muhammad va uning qo’shini!”-deb baqirdilar va qochishga shoshilishdi. O’shanda Muhammad: “Allohu akbar! Xaybar qulaydi!”- dedi. Biz u erga borganimizda, qattiq qo’rqigan xalq dahshatli tongni boshdan kechirishdi.”

8.03.8 -- Ushbu yurish vaqtidagi Muhammadning qarorgohi

Ushbu yurush chog’ida Muhammad Isr qishlog’iga yo’l oldi. U erda u uchun masjid qurilgan edi. So’ng u as-Saxbaga keldi, keyin ar-Rajia vodisiga keldi va u Xaybar va Gatafan aholisining o’rtasiga qarorgoh qurdi. Shunday qilib, u Gatafan qabilasining yo’lini to’sib qo’ydilar toki ular o’z ittifoqdoshlariga yordam bera olmasinlar. Menga shularni aytib berishdi: “Gatafan qabilalari, Muhammadning Xaybarni oldida qarargoh qilganlarini eshitib, Muhammadga qarshi yahudiylarga yoqdam berish uchun to’plandilar. Chuqurlikdan o’tayotganlarida, ularning oilalari va chorvalari turgan joydan shovqun eshitishdi. Ular orqadan, pistirmadan jujum qilishgan deb o’ylashib, o’z oilalari va chorvalarining oldiga qaytib kelishdi. Xaybarning yo’lini Muhammadga bo’shatib berdilar”.

8.03.9 -- Muhammad Xaybarda yahudiylarning qal’alarni bosib olyapdi (628yil iyun)

Muhammad yahudiylar yashaydigan joylardan o’tib, qal’alarni birin ketin qo’lga kiritdi. Qo’lga kiritgan birinchi qal’aning nomi “Naim” deb nomlangan. U erda Mahmud ibn Maslamning ustiga tosh tashlangandan so’ng o’ldi. Undan keyin al-Hukayka o’gillarining “al-Kamus” deb nomlangan qal’asini bosib olindi. Muhammad ko’plab mahbuslarni olib ketdi. Ularning orasida Havay ibn Axtabning qizi Safiya va uning ikki amakivachasi ham bor edilar. Muhammad Safiyani o’zi uchun oldi, Safiyani so’ragan Dixie ibn Xalifga uning ikki amakivachasini berdi. Qolgan boshqa asirlarni musulmonlar orasida taqsimlashdi.

8.03.10 -- Xaybar kunidagi Muhammadning taqiqlari

Musulmonlar o’zlarining eshaklarini go’shtini eyishga o’rganib qolishgan edi. Xaybar kunida Muhammad bir necha taqiqlarni qo’lladi. Abdulloh ibn Salit otasini so’zlaridan shunday gapirdi; “Muhammad bizga uy eshaklarining go’shtidan eyishni taqiqladi, shu paytda u qozonda qaynayotgan edi. U bizga bu go’shtni eyishni davom ettirishimizga ruxsat bermadi”.

O’sha kuni Muhammad to’rtta taqiq qo’ydi. U, homilador asirlar bilan jinsiy aloqa qilishni, eshaklarning go’shtini eyishni, so’yloq tishli yirtqich hayvonlarning go’shtini eyishni, o’ljani bo’linishdan oldin sotishni taqiqladi.

Muhammad o’zining va’zida shunday dedi: “Ey odamlar! Xaybar kunida Jabroildan eshitganlarimni aytaman.” U bizga: “Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan erkaklarga, o’z suvi bilan begona niholni sugorishga ruhsat etilmaydi (ya’ni, homilador asirlar bilan jismoniy aloqaga kirish)”. Huddi shunday, erkaklarning tozalanish kuni tigamagan asiralar bilan yotishga ruhsat berilmaydi. Bundan tashqari, o’ljani bo’lishdan oldin boror narsani sotish yoki, o’ljadan bo’lgan otliqlarga o’tirib yurib, keyin ozg’in holda qaytarsh, yoki o’ljadan bo’lgan kiyimni kiyib, so’ngra eskirgan holatda qaytarib berish taqiqlangan.

Ubad ibn as-Samit dedi: “Xaybar kuni Muhammad, kumush yoki oltin tangalatni olish uchun o’rniga kumish yoki oltin yombilarni almashtirishni man qildi; u faqat, oltin yombini kumush tangaga yoki kumush yombini oltin tangaga almashtirishga ruhsat berdi”.

8.03.11 -- Banu Saxm haqida

Aslam qabilasidan Banu Saxm, Muhammadga keldi va dedi: “Allohga qasamki, biz holdan toydik, eyishimiz uchun hech narsa yo’q!” Ularga yordam berishga qodir bo’lmagan Muhammad: “Ey Allohim, sen ularni qay ahvoldaligini bilasan, ularning kuchi yo’q va men ularga yordam bera olmayman. Shuning uchun, Sendan iltimos qilaman ularga, boyligi ko’p, yog’li go’sht va boshqa ovqatlari mo’l bo’lgan qal’ani qo’lga kiritishlariga yordam ber”- deb iltijo qildi. Ertasi kunga ertalab Alloh ularga Saab ibn Muaza qal’asini egalashga yordam berdi, Xaybarning hech bir qal’asida bunday ko’p go’sht va boshqa mahsulotlar yo’q edi.

8.03.12 -- Yahudiy Marxab ba uning o’limi

Muhammad bir necha qal’alarni egallab olgach, ko’plagan mol-mulkni va har hil mulkni egallab olganida, u Xaybarning oxirgi ikki qal’asi bo’lgan Vatih va Sulalim qal’alariga yaqinlashdi. Xaybar kuni Muhammadning jangari shiori: “Olg’a g’alabaga! O’ldir! O’ldir!”*

* * Muhammad va uning izdoshlaridan qonli izlar kengayib bordi va bu bizning kungacha to’htamadi. Islom ruhi – toqatlik va tinchlik ruhi emas. U, unga qarshi chiqqan hamma narsaga birinch imkoniyatda yo’q qiladi.

Yahudiy Marxab qal’adan chiqdi, tishigacha qurollanib, quyidagi she’rlarni o’qiy boshladi:

Xaybar men Marxab ekanligimni biladi, / men isbotlangan tishigacha qurollangan qahramonman. / Men goh nayza, goh qilich bilan urishaman, / ko’p sherlar menga birga-bir chiqganda, / hech kim menga yaqinlashmasin!

Shundan so’ng, u yakkama-yakka janga chaqirdi va Kaab ibn Malik she’rlar bilan javob berdi:

Xaybar men Kaab ekanligimni biladi, / men kuchli va jasurman, menga hech qanday qiyinchilik yo’q, / urush boshlanganida va jang boshlaganida. / Menda o’tkir qilich bor, / biz g’alaba qozonguncha jang qilamiz, / bizga sizlar to’lashga majbur qilamiz yoki o’lja olamiz / kuchi qo’l bilan va hech kim bizni ayiblamaydi!

Muhammad so’radi: “Bu odamga kim qarshi chiqadi?”- deb. Muhammad ibn Maslam: “Men, ey Allohning rasuli! Men kecha o’ldirilgan akam uchun qasos olmoqchiman”- deb javob berdi. “Unda, tayyor bo’l”- dedi. Muhammad esa Alloh unga yordam berishi haqida duo qildi. Ular bir-biriga yaqinlashganlarida, ularning o’rasida eski, chirigan daraxt bor edi va ular bu daraxtdan, bir-biridan himoya qilinishi boshladilar. Shu bilan birga, ular har safar urishganida, o’rtalarida turgan daraxt shohlarini kesib tashlashdi, oqibatda ular o’rtasida odam kabu shohsiz bir daraxt tanasi qoldi. Shunda Marxab, Muhammad ibn Maslamga hujum qildi, lekin u o’zini qalqoni bilan himoya qildi. Qilich qalqonda suqulib qoldi va Muhammad ibn Maslam Marxabni o’ldirdi.

Marxabdan keyin ukasi Yasir chiqib, yakkama-yakka jangga chaqirdi. Hishom ibn Urva takidlashicha, Zubayr ibn al-Avvam Yasirga chiqdi. Uning onasi Safiya Muhammadga: “U meni o’g’limni o’ldiradi!”- dedi. Muhammad: “Yo’q, bu sening o’g’ling Allohning amri bilan uni o’ldiradi”- deb javob berdi. Shunday ham bo’ldi. Hisham ibn Urva menga ushbu so’zlarni aytishicha, Zubayrga kimdir dedi: “Allohga qasamki, o’sha kuni seni qiliching o’tkir emas edi!” U javob berib: “Allohga qasamki, u o’tkir emas edi, lekin men shunchalik kuchli zarba bilan suqib oldimki, u o’tkir bo’lgandek edi”.

8.03.13 -- Xaybar kunidagi Alini qahromonligi

Muhammad Abu Bakrni bayrog’I bilan Xaybarning qal’alaridan biriga yubordi. U jang qildi, biroq uni qo’lga kirita olmay qaytib keldi, chunki u qiyinchilikka duch kelgan edi. Shunda Muhammad: “Ertaga men bayroqni, Allohni va uni rasulini yahshi ko’radigan, unga Alloh g’alaba ato etadgan va dushmanlaridan qochib kelmaydigan kishiga beraman”- dedi.

Muhammad Alini (ko’zi yalliqlangan) chaqirib, ko’ziga tupirdi va unga: “Bu bayroqni ol, Alloh senga g’alaba bermagunicha, ular bilan birga bor!” Shunda Ali bayroqni ko’tarib, dushmanlariga qarshi yo’lga chiqdi. Toki, qal’ani to’plangan toshlariga bayroqni o’rnatgunicha biz uni ortidan bordik. Qal’adan jandchilar chiqdi va u ular bilan jang qildi. Uni qo’lidan qalqoni chiqib ketdi. Ali eshikni chiqarib oldi va Alloh unga g’alaba bergunigacha undan qalqon kabi himoylandi. Keyin Ali eshikni chetga irg’itib yubordi. Qachonki sakkiz kishi eshikni to’ntarib qo’ymoqchi bo’lganlarida, ular buni qila olishmadi.

* Iso tupurigi bilan ko’rlarni ko’zini ochdi, toki ular ko’rib, tinchlikda yashashlari uchun shifoladi. Muhammad ham Alini yalig’langan ko’ziga tupudi va uni qon to’kadigan janga yuborish uchun shifoladi.

8.03.14 -- Abu al-Yasar – Tez yurar

Abu al-Yasar Kaab aytdi: “Bir kuni kechqurun Xaybarda Muhammad bilan birga edim, biz qamal qilishni istagan yahudiylardan birining qo’ylari qal’aga darvoza orqali o’tishdi. Muhammad: “Bu go’sht bilan bizni kim bo’qadi?”- deb so’radi. Abu al-Yasar: “Men, ey Allohning elchisi!”- deb javob berdi. Muhammad: “Hosh, boshla”- dedi. Men tuyaqush kabi yugurdim. Meni yugurganimni ko’rgach, Muhammad hayqirib: “Ey Allohim, u orqali bizga quvonch ber!”- dedi. Men qo’ylarning to’dasiga etib oldim va ularni qo’llarim bilan quchoqlab, ohirgi ikkitasini ushladim va shunday tez yugurdimki, qo’llarimda hech narsa yo’qdek edi. Muhammadga yugurib kelib, men ularni tashladim va keyin ularni halollab so’yishdi va eyishdi”.

Abu al-Yasar eng uzoq umr ko’rgan Muhammadning izdoshlaridan edi.

8.03.15 -- Yahudiy ayol Safiya (628 yil iyun)

Muhammad Abu al-Hukaykning o’gillariga tegishli Kamus qal’asini bosib olganida, Havayning qizi Safiyani boshqa asiralar bilan unga olib kelishdi. Bilol bu ayollarni o’ldirilgan yahudiylarning yonidan olib o’tdi. Safiya bilan birga bo’lgan ayollar, o’ldirilgan erlarini ko’rib, baland ovozda faryod ko’tarishdi, o’zlarining yuzlariga urib, qum olib boshlariga sochdiar. Muhammad baqirib: “Mendan bu shaytonlarni uzoqlashtiring!-dedi.” Safiyani esa qoldirishni buyurdi. U o’zining ridosini uning ustiga tashladi. Shunda mo’minlar uni o’zi uchun tanlab olganini anglashdi. Boshqa yahudiy ayollarini ko’rib, Muhammad Bilolga dedi: “Nahotki bu ayollarni o’ldirilgan erlarini oldidan olib o’tgani senda rahm-shafqat yo’qmi?”*

* Bu beva qolgan asirga olingan ayollarni o’z erlarining halok bo’lgan jasadlarining orasidan olib o’tish, kutilganda, zudlik bilan ular zabt etuvchilarning xotinlari bo’lishlariga tayyorligini kutish, buning uchun naqadar qo’pol va shafqatsiz kishi bo’lish kerak! Islomda ayollarni ba’zan o’lja sifatida husoblashgan va asirlarga mahsulot sifatida munosabatda bo’lishgan. Muhammad g’azabgan asabiylashib, ularni “shaytonlar” deb atadi va shu bilan o’zi haqida o’ziga xos tabiyatini ochib berdi.

Safiya Kinan ibn ar-Rabia bilan unashtirilgan edi va ko’p o’tmay uni tushida tizzasiga oy tushganini ko’rdi. Shunda bu tush haqida bo’lajak eriga aytganida, u baqirib: “Demak, sen hukumdor Xijaz Muhammadni hohlaysan!”. U uni yuziga shunday tarsaki tushirdiki, uning ko’z osti ko’karib chiqdi. Uni Muhammadning oldiga olib kelishganida, undagi bu ko’karganni izi hali bor edi. Muhammad uning ko’karishi qaerdan kelganligini so’radi va u unga bo’lgan voqiani aytib berdi.

8.03.16 -- Xaybardagi yahudiy hazinasining qo’riqchisi yahudiy Kinanning qiynog’i va o’limi (628 yil iyun)

Keyin Muhammadga Banu an-Nasirning hazinasini qo’riqchisi Kinanni (yahudiy) olib kelishdi. Muhammad undan hazina qaerda ekaniligini so’radi. Kinan uni qayerda ekanligini bilmasligini aytdi. Shunda bir yahudiyni Muhammadga olib keldilar, u Kinanni har kuni ertalab xarobalarning birini atrofida aylanib yurishini haqida aytgan edi. Muhammad Kinandan so’radi: “Agar, biz sening xazinalaringni topsak, shunda men seni o’ldirishimga rozimisan?” U javob berib: “Ha”- dedi. Payg’ambar o’sha xarobalar ustida qazish ishlarini olib borishni boshladi. Xazinaning bir qismi topilgach, Muhammad Kinandan qolgan qismi haqida so’radi. Shunda Kinan xazinani qolgan qismini ko’rsatishni rad etganida, Muhammad Zubayr ibn al-Avvamga Kinan hammasini aytib bermaguniga qadar qiyoqga* solishni buyurdi. Zubayr uni chalajon bo’lguncha yonayotgan daraxt bilan ko’kragiga urdi. Keyin Muhammad, akasi Mahmudning qasosi uchun, uni oldirgani Muhammad ibn Maslamga berdi.

* Muhammad, saqlashga topshirilgan yahudiylarni xazinalarga olib borishi uchun yahudiy asirini qiynoqga solishni buyurdi. Islomda qiynoqga solish odatiy va hammabop usul deb taniladi, chunki Muhammad ham uni o’zi ushlargan. Taqqoslash uchun, biz Isoning ta’lumotiga qaraymiz: “Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o’shani qilinglar……” (Matto 7:12)

8.03.17 -- Xaybardagi sulh shartnomasi

Muhammad, Vatih va Sulalim qal’alarini uzoq vaqt qurshab oldi, shuning uchun uning aholisi ochlikdan o’lishni boshladilar. Keyin undan qon to’kmasdan ularlarni ketishlariga imkon berishini so’rashdi. Muhammad rozi bo’ldi. O’sha paytda u bu ikki qal’adan tashqari qolgan qal’alarni qo’lga kiritgan edi. Qachon Fadak ahli bu haqida eshitishganida, Muhammadga o’zlarini elchilarini yuborib, ularga qon to’kmay, o’zlarining barcha mol-mulklarini qoldirib ketishlariga ruhsat berishini so’rashdi. Muhammad bunga rozi bo’ldi.

Xaybar ahli arang bu shartlarni qabul qildilar, ular o’z erlariga ishlov berishiga Muhammad ruhsat berishini so’rashdi – bu narsalarni undan ko’ra koproq ular tushinishardi – hosilni yarmini berishlari shart edi. Muhammad bunga, u (istalgan vaqtda) quvib chiqarishga qaror qilish sharti bilan rozi bo’ldi. Fadak* aholisi esa bu shartga rozi bo’lishdi. Xaybardagi o’ljalar barcha musulmonning** umumiy mulki bo’ldi, Fadakdagi*** o’lja bo’lsa, to’liq Muhammadga tegishli bo’ldi, chunki u jangsiz qo’lga olib qo’yildi.

* ”Fadak” – Madinadan 200km shimoliy-sharqdagi yahudiylar shahri.
** Musulmonlar o’zlari mag’lub qilgan yahudiylarning boyligi bilan boyib ketishdi. Yahudiylar musulmonlarga o’lpon to’lashga majbur bo’lgan edilar. Muhammad ularni quvg’in qilish yoki yo’q qilish huquqini saqlab qoldi.
*** Muhammad vafotidan ko’p vaqt o’tmay, Fadakdan olingan o’lja (xususan dala) Muhammadning qizi Fotima va Abu Bakrning o’rtasida nizoga sabab bo’ldi. Abu Bakr Fotimani merosni tan olmadi. Musulmon matnlarida bu borada “Payg’ambarlar yoki meros, yoki vasiyatnoma qoldirmaydilar”. Bu so’zlarning yagona manbai Abu Bakr.

8.03.18 -- Zaharlangan qo’zichoq bilan Muhammadga suiqasd qilish va Vadi al-Kurdagi yahudiylarga yurish (627 yil iyun-628 yil)

Nihoyat Muhammad o’zining yurishlaridan dam oliganda, al-Xarisning qizi, Sallam ibn Mishkamning xotini Zaynab, unga qo’g’irilgan qo’zichoq taklif qildi. Avval, u Muhammad qo’zichoqning qaysi qismini yoqtirishini so’radi va u elkasini yoqtirishini aytdi. Zaynab qo’zini zaharladi va ko’proq zaharni elka qizmiga qo’ydi. U, go’shtni Muhamadning oldiga qo’yganida, u elkasidan oldi, katta bo’lmagan bo’lakchani tishladi, lekin uni yutmadi. U bilan birga bo’lgan Bishr ibn al-Bar ibn Maarur ham bir bo’lak go’sht oldi, lekin u yutib yubordi. Muhammad o’zining bo’lagini tupurib yubordi va dedi: “Bu suyak menga zaharlanganini aytdi”. U Zaynabni chaqirishni buyurdi va u o’z aybini tan oldi. Shunda xayotiga suiqasd qilishga nima undaganini undan so’radi, u javob berib: “Sen mening xalqimga nima qilganingni bilasan. Men o’yladimki: “Agar u oddiy hukumdor bo’lsa, men undan qutilaman, agar u Payg’ambar bo’lsa, demak u bu haqida biladi””- dedi. Muhammad uni kechirdi, biroq, Bashr eygan go’sht bo’lagidan o’ldi.

Al-Bar ibn Maarurning qizi Umm Bishr, Muhammadning kasal chog’da tashrif buyurdi, undan keyin u vafot etgan, Muhammad unga dedi: “Men yuragim tomirlarini parchalanayotganini hiz qilyapman, bu men akang Bishr bilan birga Xaybardagi eygan ovqatimiz bilan bo’gliq”. Shuning uchun musulmonlar tahmin qilishdiki, u bashoratni hurmat qilgani uchun, unga shahid o’limi berilgan.*

* Yahudiyning zahari asta-sekin ta’sir qildi, biroq, Muhammadning o’limiga sabab bo’ldi. O’sha kundan boshlab, har bir musulmonlarning o’z payg’ambari uchun yahudiylardan o’ch olish mas’uliyatli vasifasi bo’ldi. Bu esa 1948 yilda Yaqin Sharqda jangga yangicha yondashuvni keltirib chiqardi. Biroq musulmonlar Muhammadning o’limini mag’lubiyatga tenglashtirishni hohlashmadi, u dushmanlari tamonidan zaharlandi, demak u Allohning sharafi uchun o’ldirilganini tasdiqlab, ular shahidlikni sharafli o’lim deb hisoblashadilar.

Xaybarni mag’lub qilib, Muhammad Vadi al-Kuraga* yo’l oldi va bu joyni bir necha kun ichida qamal qildi. Keyin u Madinaga qaytib keldi.

* ”Vadi al-Kura” – Madinanadan Damashq karvoni bo’ylab tahminan 300km shimoliy-g’arbida joylashgan. U erda asosan yahudiylar yahsagan.

8.03.19 -- O’grilik qilgan xizmatkor

Menga Abu Xudayrdan eshitgan, Abdulloh ibn Mutianing ozod etgan quli Salimni so’zicha, Saur ibn Zayd quyidagi hikoyani aytdi: “Biz Muhammad bilan Xaybardan jo’naganimizda, kech quyosh botganida, biz Vadi al-Kura yaqinida qarorgoh qurdik. Muhammadni, Rifa ibn Zayd al- Juzami ad-Dabun sovga qilgan bir xizmatkori bor edi. U, Muhammadning egarini to’g’irlayotganida, qayerdandir uchib kelgan nomalum o’q bilan o’ldi. Biz hayqirib dedik: “Unga shon-sharaf bo’lsin! U jannatda bo’ladi” Lekin, Muhammad javob berdi: “Umuman yo’q! Xozir Xaybarda olingan o’ljadan o’g’irlab kiyib olgan choponi do’zoxda yonyapdi”. Bu so’zlarni eshitib, Muhammadning sahobalaridan biri uning oldiga kelib dedi: “Ey Allohning rasuli! Men o’zimning oyoq kiyimga ukkita ip o’g’irlagan edim”. Muhammad unga javob berdi: “Buning uchun sen ham do’zax olovining tegishli qismiga ega bo’lasan!”*

* U tarqatib bemagunicha, ular o’ljadan o’g’irlamasliklari uchun, Muhammad o’z izdoshlariga do’zax qo’rquvi haqida uqtirdi.

8.03.20 -- Muhammadning yahudiy Safiyaga uylanishi (628 yil)

Muhammad, Xaybarda yoki yo’lda Safiyaga uylandi. Milhanning qizi Umm Sulaym, Anas ibn Malikning onasi, kelinni bezatib, uni sochlarini tarab qo’ydi. Muhammad Safiya bilan birgalikda to’y kechasini o’zining chodirida o’tkazdi.* Banu Najjardan bo’lgan Abu Ayub Xalid ibn Zayd uning chodiri atrofida yurib, qilichi bilan uni qo’riqladi. Muhammad ertalab uni ko’rib, undan nima qilganini haqida so’radi. Ayub: “Men bu ayol sen bilan biror nima qilishidan qo’rqdim, chunki sen tufayli uni otasi, uni eri, uni avlodi o’ldirildi va yaqingacha u imonsiz edi!”- deb javob berdi. Shunda Muhammad: “Meni saqlaganingdek, Alloh seni saqlasin, ey Abu Ayub!”- dedi.

* Urush tugagach Muhammad, garchi uning eri, otasi va avlodlari yaqindagina musulmonlar tamonidan o’ldirilgan bo’lsada, ularning jasadlari hali ham dalada yotib, hatto dafn qilinmagan bo’lsada, bu beva yahudiyni o’z chodirida turmushga chiqishidan saqlanmadi.

8.03.21 -- Bondod namozi qanday unitildi

Muhammad Xaybarni tark etganida, tunning yarmida, yo’lda u so’radi: “Biz uhlab olishimiz uchun, kim tong otguncha bini qo’riqlaydi”. Bilol: “Men”- deb javob berdi. Shunda Muhammad tuyasidan tushdi va uning sahobalari ungan o’rnak olib ergashishdi. Ular darhol uxlab qolishdi. Bilol turib va Alloh hohlaganicha uzoq nomoz o’qidi. So’ngra u tuyasiga suyanib, yuzini sharqga burib, quyosh otishini kuta boshladi. Keyin uning ko’zlari bir-biriga yopishib qoldi va u ham uxlab qoldi. Quyoshni birinchi nurlari odamlarni o’yg’otdi. Muhammad birinchi bo’lib o’yg’ondi. U Bilolga baqirdi: “Biz bilan nima qilding?” Bilol: “Ey Allohning elchisi! Seni qamrab olgan, meni ham qamrab oldi!”- deb javob berdi. Muhammad javob berib: “Sen, haqiqatni gapiryapsan!”-dedi. U erdan ozgina yurib, Muhammad tuyasidan tushdi, yuvinishni yakunladi va Bilolga odamlarni namozga chaqirishni buyurdi. Keyin Muhammad odamlarni nomozga etakladi. U homozni tugatganidan so’ng ularga qarab dedi: “Agar homoz tugatishni unitgan bo’lsangiz, uni eslagan paytda, uni bajaring! Ulug’ Alloh, menga shunday vahiy berdi: “Meni eslagan paytda, nomosingizni bajaring!”

Menga aytishlaricha, Muhammad Ibn Lukaym al-Absiga Xaybardan qo’lga kiritgan hamma tovuq va uy hayvonlarini berdi.

Xaybarni zabt etilishi safar (2chi oy) oyida sodir bo’ldi.

8.03.22 -- Banu Gifardan bo’gan ayolning so’zi

Men boshqa ayollar bilan birga Xaybarga qarshi chiqishini xohlagan Muhammadning oldiga bordim. Biz unga aytdik: “Biz yaradorlarni davolab, mo’minlarga qo’limizdan kelgan yordamni berishimiz uchun, sen bilan birga borishni istaymiz”. Muhammad javob berdi: “Allohning marhamati bilan!” Va biz u bilan jo’nadik. O’shanda men yosh qiz edim va Muhammad meni o’zining tuyasining orqasiga o’tqizib qo’ydi. Ertalab Payg’ambar tuyasini to’htatib, uni tizzasiga qo’ydirdi va undan tushdi. Men tushganimda yostiqchada qon bor edi – bu mening birinchi hayz davrim edi. Men juda ham uyalganimdan, tuyaga mahkam yopishib oldim. Shunda Muhammad buni sezib va qonni ko’rib, u mendan so’radi: “Seni hayz davringmi?” Men tasdiqlab javob bedim. Shunda u menga buyurdi: “O’zingni tosala! Bu idishga suv olib, unga tuz sepgin va shu suv bilan yostiqdagi qonni yuvib tashla! So’ng qaytib kel va yana o’z joyingga chiqib o’tir”.

Muhammad Xaybarni mag’lub qilganda, u o’ljadan bizga hadyalar tarqatdi. U menga bo’ynimda osilib turgan bu marjonni berdi. Uning o’zi u marjonni menga taqib qo’ydi. Allohga qasamki, u marjon har doim men bilan”. U bu marjonni o’limigacha bo’ynida taqib yurdi uning so’ngi iltimosiga ko’ra, uni shu marjon bilan ko’mishdi. Hayz davrida u har doim tuzli suv bilan foydalandi va o’limidan keyin ham uning tanasi tuzli suvda yuvishlarini u vasiyat qidi.

8.03.23 -- Cho’pon al-Asvadning shahidligi

Xaybarning qal’alardan birini qamal qilingan chog’ida, al-Asvad Muhammadning oldiga keldi. Al-Asvad bilan qo’y podasi bor edi, u bir yahudiyga yollangan edi . U Muhammaddan islom haqida tushuntirib berishini so’rasi. Muhammad u kishiga islomning asosiy tamoyillarini tushuntirib berdi, chunki u hech qachon hech kimni munosabat uchun juda ahamiyatsiz hisoblamadi. Al-Asvat islomni qabul qilganida, u Muhammaddan unga ishonib topshirilgan qo’ylar bilan nima qilishi haqida so’radi. Muhammad unga dedi: “Ularni basharasiga ur va ular o’z xo’jayinlariga qaytib boradi!” Al-Asvad bir hovuch tosh oldi va qo’ylarni basharasiga otdi. “O’z xo’jayinlaringizga qaytib boringlar!”-deb ularga baqirdi. “Allohga qasamki, men boshqa sizlarni boqmayman!” Qo’ylar huddi kimdir ularni u tarafga quvlagandek, hammasi birga qal’a tarafga qochib ketichdi.

Keyin al-Asvad mo’minlar bilan ularga hujum qilish uchun, u ham o’sha qal’aga bordi. Unga bir tosh tegdi va hatto ibodat qilishga vaqt topolmay uni urib o’ldirdi. Shunda uning jasadini Muhammadning oldiga olib kelishdi va uning orqasiga qo’yishib, choponi bilan ustini yopishdi. Muhammad bir muddat unga qarab turdi va keyin yuzini o’girdi. U bilan birga bo’lgan sahobalari, nima sababdan u yuz o’girganini so’rashdi. Muhammad javob berdi: “Chunki endi u bilan jayron ko’zli ikkita xotinilar bor”*

* Jannatda shahidlarning hayoti haqidagi bunday shaxvoniy va g’alati tasavvurlar, jangchilarning qolgan qismiga botirlik, jangda jasoratga ega bo’lishlari uchun edi, chunki shahidlarning o’limi, ular abadiylikda tasavvuriga ega bo’lmagan shodlik va huzur bilan taminlanadi, deb ishonishgan.

8.03.24 -- Al-Hajjajning yolg’oni

Xaybarni bosib olinganidan so’ng, al-Hajjaj ibn Ilat, sulamit, Muhammadga Makkada qarzdorlari borligini, unga pul qarzdor ekanliklarini aytdi: U bilan yashagan, Talxining qizi va unga o’g’li Muarizni tug’ub bergan umr yo’ldoshi Umm Shayba, shuningdek bir nechta savdogarlar. Al-Hajjaj Makkaga borish uchun ruxsat so’radi. Muhammad unga ruhsat berganida, u qo’shimcha qilib: “Men yo’lg’on gapirishim kerak!”- dedi. Muhammad unga javob berib aytdi: “Nima xohlasang, gapir!”*

* Muhammad ko’pincha izdoshlariga dushmanlariga yolg’on gapishishlariga ruxsat berdi, chunki u yolg’onni muqaddas urushda qonuniy qurol deb e’lon qildi. Muqaddas Bitik Isoning izdoshlariga shunday buyruq beradi: “Endi yolg’on gapirishni bas qilib, har biringiz o’z yaqiningizga haqiqatni aytinglar…” (Efesliklar 4:25).

“Men yo’lga chiqdim, - al-Hajjaj aytdi, - Men al-Baydagi balandlikka yetganimda, qurayshitning bir guruhi Muhammad haqida ma’lumot yig’di, chunki ular Xaybarga borganini eshitishgan edi”. Ular Xijazda mustahkam joy bo’lib, hosildor erga boy ekanligini va u erda ko’p jangchilar borligi haqida bilishar edi. Ular karvon haqida yangiliklarni bilmoqchi bo’lishdi.

Meni ko’rgach, ular baqirishdi: “Ana al-Hajjaj ibn Ilat! Ehtimol, u biror nima biladi”. (Ular o’sha vaqtgacha islomga kirganimni bilmas edilar) “Abu Muhammad haqida bizga yangilik aytib ber! Biz bu qaroqchi (Muhammad) yahudilarning asosiy shahri Haybar va Hijaz hazinasiga borganini eshitdik”. Men javob berib: “Men ham shunday eshitdim va meni sizlarga juda hursand qiladigan xabarim bor!” Ular mening tuyamni atrofida to’planib olishdi va sabrsizlik bilan surishtirishni boshladilar: “Imkoni boricha tezroq bizga ayt, al-Xajjaj!” Shunda men dedim: “Muhammad qochqinlikka yuz tutdi. Siz hali hech qachon bunday qochqinlikni eshitmagansiz. Muhammadning o’zini asirga olishdi. Yahudiylar uni o’ldirishni istamadilar, balki uni Makkaga yuborishga qaror qildilar, shunda Makkagadagi aholisining o’zi, u o’ldirgan odamlari uchun qasos oladi!”

Qurayshitlar Makkaga borishdi va baqira boshladilar: “Yahshi xabar bor! Yaqinda Muhammad sizlarga keltiriladi va u sizlarni orangizda o’ldiriladi!” Keyin men dedim: “Meni Makkadagi qarzdorlarimdan pulimni yig’ib olishimga yordam beringlar. Tezroq Xaybarga bosrishga ulgurishim kerak, boshqa savdogarlar mendan oldin o’ljani sotib olmasinlar”.

Ular pulimni juda tez yig’ib berdilar. So’ngra saqlash uchun pul bergan turmush o’rtog’imni oldiga bordim va boshqa savdogarlar mendan oldin kelguncha, sotuvdagi mol-mulkni sotib olishga Xaybarga borishim uchun, undan pulni talab qildim. *

* Iso Masih shunday degan: “Bu dunyoda o’zlaring uchun boylik g’amlamanglar” (Matto 6:19).

Abbos bu habarni eshitgach, meni sotuvchilarning do’konlarining biridan topdi va dedi: “Ho’sh, qanday yangilik olib kelding?” Men undan soradim: “Senga aytadiganlarimni sen sir saqlaysanmi?” U javob berdi: “Ha”. Shunda men: “Xozir mening oldimdan ket, men sen bilan cho’lda uchrashaman. Ko’rib turganingdek, men hozir pulimni yig’ish bilan bandman!” Qachonki men pulimni yig’ib va yo’lga chiqishga tayyorlanganimda, men yana Abbos bilan uchrashdim va unga dedim: “Abu al-Fadl haqida men senga aytadiganlarimni uch kun davomida sir saqlagin! Meni orqamdan quvub etishni uyushtirishlaridan qo’rqaman. Undan so’ng, nima xohlasang, shuni ayt!” Al-Abbos so’z berganidanidan so’ng, men aytdim: “Allohga qasamki, qachonki men sening jiyaningni (Muhammad) tark etganimda, u ularning hukumdorining qiziga (y’ani Safiyaga) uylandi. U Xaybarni mag’lub qildi, u erdagi nima bo’lsa hammasini tortib oldi va hozir bularning hammasi unga va uning sahobalariga tegishli”. – “Sen nima deyapsan?”- deb so’radi al-Abbos. Men javob berdim: “Allohga qasamki, bu haqiqat, lekin buni sir saqlab tur! Men o’zim musulmon bo’ldim va pulimni yig’ib olish uchun kelganman. Men umuman bu narsalarni yo’qotishdan qo’rqaman. Uch kundan so’ng sen xohlagan narsang haqida gapirishing mumkin”.

Uchunchi kuni esa al-Abbos chiroyli kiyim kiyib, xushbo’y moylardan surtib, tayog’ini oldi va Kaabani aylanib o’tishni boshladi. Uni ko’rib, odamlar deyishdi: “Allohga qasam ichamizki, o’zingni qo’lga ol, chunki buyuk falokat yuz berdi”. Al-Abbos ularga javob berib dedi: “Bunday emas, sizlar qasam uchgan Allohning nomi bilan qasam uchamaki, Muhammad Xaybari mah’lub qildi va ularning hukumdorining qiziga uylandi. U erdagi bor narsalarni hammasini u qo’lga kiritdi. Endi ularning hammasi unga ba uning sahobalariga tegishli”. Ular so’rashdi: “Bu xabarni senga kim olib keldi?” U dedi: “Sizlarning xabarlaringizni olib kelgan kim, u o’sha! U silarga musulmon bo’liib keldi, o’zining pullarini olib va u bilan birga va sahobalari bilab bo’lishi uchun Muhammadning oldiga ketdi. Shunda ular baqirishdi: “Ey, Allohning quli! Allohning dushmani qochib ketibdi! Allohga qasamki, agar bu haqida biz bilganimizda edi, biz u bilan boshqacha yo’l tutgan bo’lar edik”. Tez orada ularga bu xabar boshqa manbalardan etib keldi”.

8.03.25 -- Xaybardagi o’ljalarni taqsimlash

Xaybardagi Shakk, Natat va Katibning mol-muklar quyidagicha taqsimlandi: Shakk va Natat qurra tashlash bilan musulmonlar oz-aro bo’lishib olishdi. Katib, Allohga, Payg’ambarga, uning oilasiga, etim va kambag’allar, shuningdek, Muhammadning xotinlarini qo’llab-quvvatlashga, hamda Fadakdagi sulh shartnomasini bitirishga yordam berganlar uchun beshinchi qism deb hisoblandi. Muhammad o’ttiz qop arpa va o’ttiz qop xurmo ohirgi guruh Muhayisga ajiratib berdi. Hudaybiyaga borgan yoki yo’q, bundan qatiy nazar, Hudaybiya yurishida ishtirok etgan hamma ishtirokchilar orasida Xaybardagi o’ljadan bo’lib berildi. Faqat Jobir ibn Abdulloh ibn Amr Xaybarda yo’q edi.

Xaybarda ikkita vodiy bor edi: Surayr va Hass. Ular o’n sakkiztaga bo’lingan Shak va Natatga qarashli qishloqlar bo’lgan: Natatda beshta va Shakda o’n uchta. Ular 1400 kishi uchun 1800 ta teng bo’laklarga ajiratildi, ulardan 200tasi otliqlar va harbiy yurishlarda ishtirok etganlar. Otliklar uch bo’lakga ega bo’lishdi: bir bo’lagi chavondoz uchun, ikkita bolagini ot uchun; har bir yuz kishilik guruhga boshliq xo’jayin tashkil qilindi.

Keyin Muhammad Katbani, ya’ni Hass vodiysini o’zining qarindoshlari, o’zining xotinlari, boshqa odamlar va mo’minlarning orasida bo’lib berdi. Uning qizi Fotima 200 qop don; Ali -100; Usama ibn Zayd -250; Oysha -200; Abu Bakr -100; Abu Tolibning o’g’li Akil -140; Jafarning o’g’illari -50, Robiya ibn al-Haris –100; Salt ibn Mahram va uning ikki o’g’ili –100; ulardan 40 tasi Saltni qopi; Abu Xabbaka -50; Rokan ibn Abd Yazid –50; Kays ibn Maxram –30; Abu al-Kasim ibn Maxmar –40; Ubayd ibnal-Harisning qizi va Xuseyn ibn al-Harisning qizi –100; Ubayd ibn Yazidning o’g’illari –60; Aus ibn Maxramning o’g’li –30; Mistax ibn Asas va ibn Ulyos –50; Umm Rumays –40; Nuaym ibn Xind –30; Al-Harisning qizi Buhayna –30; Ujayr ibn Abd Yazid –30; az-Zubayra Abd al-Muttalibning qizi Umm al-Xakam –30; Abu Tolibning qizi Jumana -30; Umm al-Arkam –50; Abd ar-Rahmon ibn Abu Bakr –40; Jahshaning qizi –30 ; Umm as-Zubayr –40; Az-Zubayrning qizi Dubaa –40; ibn Abu Hunays –30; Umm Tolib –40; Abu Basra –20; Numayla al-Kalbi –50; Abdulloh ibn Vaxb va ikki o’g’li –90; undan 40tasi o’g’illarniki; Jahshaning qizi Umm Habib –30; Malku ibn Abd –30; va uning xotinlariga –700. *

* Endi musulmonlar yahudiylarning mulki hisobidan yashadilar, chunki endi ular Hudaybiya shahrida tuzilgan sulh shartnomasi sababli Makka aholisining karvonlariga bosqinchilik qila olmaydilar.

8.03.26 -- Abdulloh ibn Sahl hikoyasi

Yahudiylar Muhammad bilan tuzilgan shartnomani buzmagunicha va Abdulloh ibn Sahlni oldirishga gumon qilinmagunicha, yahudiylar Xaybarda qolishdi va musulmonlar ularning xatti-harakatlarida biror bir yomonlik ko’rishmadi. Banu Harisning ozod etgan qullari az-Zuxri va Bushayr, Saxl ibn Abu Hasmning so’zidan, Abdulloh ibn Sahl Xaybarda o’ldirilganligini aytib beridi. U hurmo yig’ish uchun do’stlari bilan u erga bordi. Keyinchalik uni singan bo’yni bilan quduqdan topishdi. Uni olib chiqishdi va dafn etishdi.

Shunda do’stlari Muhammadga qaytib kelishdi va unga bu haqida xabar qilishga, uning oldiga Abdulloh Abd ar-Rahmon va uning ammakivachalari bo’lgan, Masudning o’g’illari Xuvayyis va Muhayyis u bilan birga keldilar. Ularning orsida Abd ar-Rahmon eng kichigi va eng mardi edi va u yosh qarindoshi sifatida qasos olishga mas’ul edi. U ammakivachalaridan oldin gapirmoqchi bo’lganida, Muhammad dedi: “Avval katta! Avval katta!” Shunda u jim bo’ib qoldi va amakivachalari gapira boshladilar. Ulardan so’ng uni o’zi ham bo’lgan jinoyat haqida unga gapirib berdi. Shunda Muhammad so’radi: “Sizlar qotilning aytib bera olasimi va sizning so’zingiz haqqoniyligiga ellik marotaba qasam ichasizmi? Keyin sizga qotilni beramiz”. Ular javob berdilar: “Biz bilmaydigan narsamiz haqida qasam ichmaymiz”. Muhammad hitob qilib: “Unday bo’lsa ellikta yahudiylar uni o’ldirmagaliklarga va kim o’ldirganini bilmasliklariga qasamyod qilishsin. Agar ular bunga qasamyod qilsalar, siz ularni uni qonida ayblamaysiz”. Ular: “Biz yahudiylardan qasam qabul qilmaymiz – ularning kofirligi yolg’on qasamdan ustundir”- deb javob berdilar. So’ng Muhammad Abd ar-Rahmonga qonini to’lash uchun o’zining yuzta tuyasini berdi.

8.03.27 -- Yahudiylarni butunlay Xaybardan chiqarib yuborilishi (636 yildan keyin)

Men ibn Shixabdan, Muhammad qanday qilib hurmozorlarini Xaybar yahudiylariga berganini so’radim: u ularga uni vaqtinch berganmi yoki butunlay berganmi? U menga jabob berib dedi: “Muhammad Xaybarni harbiy yurishida mag’lub qildi. Alloh unga Xaybarni o’lja qilib berdi. Muhammad beshdan bir bo’lagini oldi, qolgan to’rt bo’lagini mo’minlar orasida taqsimladi. Yahudiylar bo’ysunishdi va ko’chishga tayyor bo’lishdi. Muhammad ularga dedi: “Men sizlarni o’z yerlaringizda qoldiraman, agar o’z ekinzorlaringizdan olayotgan hosildan biz bilan baham ko’rsangiz, Alloh sizga bergan narsalardan kafil qilib beraman” Yahudiylar bu taklifni qabul qildilar. Muhammad Abdulloh ibn Ravahni ularga hosildan baham ko’rish va uni to’g’ri baholash uchun yubordi”.

Muhammad vafot etganida, Abu Bakr ushbu shartnomani tasdiqladi. Umar o’z hukumronligining boshida xuddi shunday qildi. Keyin u Muhammadning kasaligining ohirgi davrida Arabiston yarim orolida ikkita din bo’lmasligi kerakliga haqida eshitdi. Muhammad bu so’zlar bilan islomning kelib chiqishdagi boshqa dinlarga toqat qilmasligini ko’zda tutgan. Umar bu so’zlarning to’g’riligini tekshirishga kirishdi va ularning haqiqiyligini tasdiqlaganda, yahudiylarga e’lon qildi: “Alloh menga sizlarni chiqarib yuborishga ruhsat berdi, chunki Muhammad Arabiston yarim orolida ikkita din bo’lmasligi kerakligini aytgan. Muhammad bilan kim shartnomaga ega ekanligini tasdiqlaydi, u menga bunday shartnomani olib kelishi mumkin, men uni bajaraman. Agar kim buni isbotlay olmasa, unda u ko’chishga tayyorlansin. Shunday qilib, Umar, Muhammad bilan shartnoma tuzmagan barcha yahudiylarni quvib chiqardi”*

* Muhammad bilan shartnoma qilgan Vadi Najrandagi masihiylar ham xuddi shu taqdirga duch kelishdi. Oxir oqibatda, shartnomaga qaramay, ular isborlanmagan shubhalar tufayli Umar tamonidan haydab chiqarildi.

Abdulloh ibn Umarning ozod qilivchisi Nafia, u nima aytganini menga aytib berdi: “Men az-Zubayr va al-Mikdad bilan birgalikda mening yurtim Xaybarga bordik. Tunning o’rtasida, o’z yotog’imda uhlayotganimda, menga hujum qilindi. Ikkala qo’limni bo’glab ko’yilgandi. Ertalab mening do’stlarim yordamga kelishdi va men bilan kim bunday qilganini so’rashdi. Men ularga bilmayman deb aytdim. Ular qo’llarimni to’girlab, meni Umarni oldiga olib borishdi. U: “Bu yahudiylarning ishi!”- deb baqirdi. Keyin u odamlarga nutq so’zlab: “Ey odamlar! Muhammad, yahudiylar bilan tuzilgan shartnomasida, biz istagan vaqtda ularni chiqarib yuborish huquqini saqlab qoldi. Endi ular Abdulloh ibn Umarga hujum qilishdi va uning qo’llarini bog’lab qo’yishdi va sizlar bilasizki, ular avvalroq bir yordamchini o’ldirishgan edi. Hech shubha yo’qki, ular- qotillar, chunki u erda ulardan boshqa dushmanlarimiz yo’q. Shuning uchun Xaybarda mulki bor kimsa - u erga boraversin. Men u erdan yahudiylarni bir martada va butunlay chiqarib yuboraman”. Tez oradi u ularni haydab tashqariga chiqardi.”

Shuabiyadan eshitga al-Ajlning so’zlariga ko’ra, Sufiyon ibn Uayn quyidagi hikoyani aytib berdi: “Abu Tolibning o’g’li Jafar Xaybarni sabt etgan kuni Muhammadning oldiga keldi. Muhammad uning ko’zlarining ortasidan o’pib, quchoqladi va dedi: “Men bundan boshqacha hursand bo’lishni, bilmayman: Xaybarning mag’lub qilish yoki Jafarni kelishi?”

Quyidagi ko’chmanchilar, Muhammad Amr ibn Umayy ad-Damr ularga yuborgan paytgacha ular Efiopiyada qolishdi. U ularni ikkita kemaga yukladi va ayni shu paytda Muhammad ham Xudaybiya yurishidan so’ng, Xaybardaligida etib keldi: Jafar xotini Asma bilan birga va Efiopiyada tug’ilgan o’g’li Abdulloh va yana 16 ta erkaklar o’z oilalari bilan edi. Neguz ularni Amr ibn Umayy bilan ikkita kemada orqaga jo’natib yubordi.*

* Madinada Islom hokimiyati kuchga ega bo’lib, u erda ijtimoiy sharoitlar hukumronlik qilinganida, ko’chmanchi-musulmonlar Efiopiyadan qaytib kelishdi. Ular Efiupiyada masihiylardan boshpana topishdi va ular yangi kuch va yangi g’oyalar bilan Muhammadning oldiga qaytib kelishdi.

8.04 -- Makkani zabt etishdan oldin (629 yil)

8.04.1 -- Hajni qayrarib berilishi (629 yil)

Xaybardan qaytib kelgach, Muhammad “rabi’ul” oyining har ikkalasini (3chi va 4chi oylar), “Jumodul” oyining har ikkalasi (5chi va 6chi oylar) va keyingi to’rt oylarda Madinada bo’ldi. Ayni paytda u bir necha bor qaroqchilik ishlari bilan band bo’ldi. Kofirlar avval Makkada haj ziyoratini bajarishga ruhsat bermadi, u shartnoma bo’yicha zulqa’da oyida (11chi oy) haj ziyoratiga jo’nadi. U Madina ustidan Uvayf ibn al-Adbat ad-Dilni bosh qilib tayinladi. Bu haj ziyoratini “haj ziyoratini qaytarish” deb nomlanishi bilan mashhur, chunki bu muqaddas oyda Muhammad o’tgan yilda rad etilgan narsalarni qaytarib oldi. O’tgan yili u bilan haj ziyoratini bajarishga ruhsat berilmagan musulmonlar birga jo’nadilar, Makka ahli uning yaqinlashganini eshitgach, shaharni tark etdilar. Quraushitlar o’z-aro gapirishni boshlashdi: “Muhammad va uning sahobalari muhtojlik va kassalikda falokatli xolatda qolishadi”.

Makkaning ko’plab aholisi Muhammad va uning sahobalarini nima qilshlarini ko’rish uchun, shahar yugilish binosi oldida qatorlashib turdilar. Muhammad muqaddas joyga kirganida, u o’zining kiyimini chap elkasiga tashladi, shunda o’ng qo’li ochilib qoldi. U dedi: “Ularga butun kuch-qudrati bilan zohir bo’lishi uchun, Alloh bu odamlarga rahm-shafqat ko’rsatsin!” Keyin u ustunga tegindi va yugurdi. Sahobalar Ka’bani ularning ko’zlarigan yahsurmaguncha, uning orqasidan yugurdilar. So’ng Yaman tarafga qaragan ustunga tegindi, keyin esa – Qora toshga tegindi. U Ka’ba atrofida uch marotaba yugurib chiqdi, so’ngra yana uni atrofida yurdi. Odamlar bu butun harakatlarni bajarmasa kerak, Muhammad buni faqat qurayshitlar uchun qiladi deb o’ylashgan edi, chunki ular unlardan esitishgan edi. Biroq, Muhammad o’zinig vidolashuv haj ziyoratida bu ammallarni qilganda, ular barcha musulmonlardan talab qiladigan muqaddas odatga aylandi.*

* Muhammad Ka’baning animistik diniy marosimlarning asosiy unsurlarini Islomga kiritdi. Qurayshit vakillari bilan Xudaybiya muzokaralari paytida, bunday kelishuvlarga erishgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun u shahar aholisini tinch yo’l bilan Islomga jalb qildi. Bundan tashqari, Ka’ba shahrini diniy markaz sifatida saqlab qolish va uni eng muhim daromad manbai sifatida ishlatishni xohlagan. Uning fikriga ko’ra, bu dinning haqiqatini Allohning yagonaligini yo’q qilish bilan cheklanmagan. Uning asosiy maqsadi, Makkadagi hokimiyatni qo’lga olish edi va u bu maqsadga, hatto haqiqatga siyon etkazishga majbur bo’ldi!

8.04.2 -- Muhammad haj ziyoratini bajarishga Makkaga kiryapdi (629 yil mart)

Muhammad shu haj ziyorati paytida shaharga kirganida, Abdulloh ibnRavah uning tuyasini etaklab bordi va quyidagi she’rlarni e’lon qildi:

Ey kofirlarning o’g’llari, uni o’tkazib yuboringlar! / Chekininglar! Hamma yahshilik uning rasuliga bog’liq. / Ey Alloh! Men uning so’zlariga ishonaman. / Men ilohiy haqiqarning yagonaligini tan olaman. / Biz sizlar bilan Qur’onning ma’nolari uchun kurashamiz, / vahiyning o’zi oz emas, / elkalaridan kallari kesilib ketadigan zarbalar bilan, / do’st, o’zining do’stini unitadi.

Ertasi kuni Ammar ibn Yasir she’rni ikkinchi yarmini yozdi. Abdulloh bu erda kofirlar haqida gapiradi, chunki ular vahiyga ishonmadilar. Vahiyning ma’nosini talqin qilish uchun, faqat vahiyga ishonganlar bilan jang qilishingiz mumkin.

8.04.3 -- Muhammad Makkada Maymunaga uylanadi (629yil mart)

Haj ziyoratida bo’lgan safari paytida, Muhammad al-Harisning qizi Maymunaga uylandi. Unga uni al-Abbos turmushga uzatdi. Uning kafili Umm al-Fadlning singlisi edi. Keyin Umm al-Fadl bu kafillikni al-Abbosga topshirdi va u esa uni Muhammadga turmushga berdi va unga Muhammadning o’rniga 400 dirham miqdorda qalin puli berdi.*

* Muhammad uchun hajga borish, voz kechish bilan bog’liq emas, balki o’zining kuchini kengaytirish bilan bog’liq edi. U o’zining animist-amakisini Islomga olib kelishini va u bilan yanada yaqinroq bo’lishni xohladi.

8.04.4 -- Muhammad Makkani tark etadi va Madinaga qaytadi (629 yil mart-aprel.)

Muhammad Makkada uch kun davomida bo’ldi. Keyin Xuvaytib ibn Abd al-Uzza bir guruh qurayshitlar bilan, ularning nomidan u erni tark etishlarini talab qilish uchun keldi. Ular deyishdi: “Sening vaqting tugadi. Endi bizdan yiroq bo’l!” Muhammad javob berdi: “Agar sizlarning orangizda to’yni nishollashimga ruhsat bersangiz, men sizlarga qanday xalaqit beryapman? Men ziyofat uyushtiraman va sizlar ham unga kelishlaringiz mumkin!” Ular javob berishdi: “Bizga sening ziyofating kerak emas. Ketgin!”-deyishdi. Shunda Muhammad chiqib ketdi. U ozodlikka chqargan quli Abu Rafiani Maymuna bilan birga qoldirdi; keyinchalik u Sarif qishlog’ida bo’lganida, Abu Rafia uni uning oldiga olib keldi, u erda u bilan er-xotin munosabatiga kirishdi. Muhammad zulhijja oyida (12chi oy) Madinaga qaytib keldi.

8.04.5 -- Mutaga* yurish: vizantiya masihiylariga qarshi birinchi yurish (629yil sentyabr.)

Muhammad zulhijja oyining (12chi oy) qolgan qismini Madinada o’tkazdi va haj ziyoratgohini imonsizlarga qoldirdi. So’ngra, u muxarram oyi (1chi oy), safar oyi (2chi oy) va rabi’ul oyilariningning ikkisini ham Madinada o’tkazdi. Jumodul oyida (5chi oy) Mutani mag’iubiyatga uchragan, Suriyaga yurish bo’lib o’tdi.

* Muta – bu zamonaviy Iordaniya hududida, Madina shahridan tahminan 980 km shimoliy-g’arbda joylashgan, Busra masihiy shahrining janubida joylashgan bir qishloq.

Mutaga yurush ko’chishdan sakkizinchi yili Jumodil oyida (5oy) bo’lib o’tdi. Muhammad, Zayd ibn Harisni boshliq qilib tayinladi va dedi: “Agar Zayd o’ldirishsa, Abu Tolibning o’g’li Jafar uning o’rnini egallaydi. Agar Jafar vafot etsa, uning o’rnini Abdulloh ibn Ravah olsin”. 3000 nafar kuchli jangchi jangarilari tayyorlandi. Ular yurishga tayyor bo’lgach, ular bilan hayrlashishni boshladilar. Abdulloh ibn Ravah bilan hayirlashishganida, boshqa boshliqlardek u ham yig’ladi. Undan nima uchun yig’layotganini so’rashdi va u: “Allohga qasamki, men bu dunyo uchun chaqirilgan emasman. Men, sevganimdan yiglamayapman. Lekin, Muhammad bir oyatni qanday o’qib berganini eshitdim, u Jahannam haqida shunday deydi: “Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. Bu Parvardigoringiz (amriga binoan) bo’lgan hukmdir” (Maryam surasi 19:71). Lekin, men u erga borganimdan so’ng, qachonlardir u erdan qanday chiqib ketishimni bilmayman!”* Qolgan musulmonlar deyishdi: “Alloh siz bilan bo’lsin! U sizni himoya qilsin va sizni bizga taqvoda qaytarsin!”

* Muhammad o’z izdoshlarini Jahannam bilan qo’rqitdi va g’azab bilan dedi: “Sizlar hammangiz unga kirasizlar!” Keyinchalik, Alloh, diniy vazifalarni ehtiyotkorlik bilan bajargan, yahshi ishlar qilgan, muqaddas urushda kurashgan va shahid bo’lib o’lishga tayyor bo’lganni u erdan qutqarib olaman deb aytganini qo’shdi.
Mana bu din! Qur’on aslida barcha musulmonlarni jahannamga tushishini takidlaydi! Bu tasdiq, Islomga qarshi dushmanlar tamonidan emas, balki Islom qonunlaridan kelib chiqgan. Hech bir musulmon shariyat qonuning barcha talablarini ohirigacha bajara olmaydi. Shuning uchun har bir musumon muqarrar ravishda hukmni kutmoqda. Har bir musulmon jahannamga boradi! Bu oyat Qur’onning eng dahshatli vahiylaridan biridir! Har bir unson bu oyatda aytilgan dahshatni anglashi shart.
Iso bizni butunlay boshqacha o’rgatdi. Isoning vahiysi shunday: “Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin.Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O‘g‘li orqali qutqarish uchun O‘g‘lini dunyoga yubordi.Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo‘lgan, chunki u Xudoning yagona O‘g‘li ismiga ishonmagan” (Yuhanno 3:16-18). Iso bu haqiqat haqida qayta va qayta guvohlik berdi: Sizlarga rostini aytay: Mening so‘zlarimni tinglagan va Meni Yuborganga ishongan kishi abadiy hayotga ega bo‘ladi. U o‘limdan hayotga o‘tgani uchun hukm qilinmaydi. (Yuhanno 5:24).

Bu holatda Abdulloh shunday she’r yozgan:

Men Allohning marhamat haqida duo qilaman / va dushmanni yo’q qiladigan zarba haqida / serob ko’pikli qon haqida / yoki erkin qo’llarda naysalar zarbasi haqida, / dushmanni jigar va ichaklarini sug’irib olish qaratilgan, / meni qabrimni yonidan otib ketayotgan eshitishu uchun: “Alloh uni jangchi kabi, to’gri yo’lgan etakladi / va u bu yo’ldan o’tdi”

Qo’shinlar Suriyada, Ma’anga* kelishganida, ular Gerakl 100 000 yunonlar bilan Bal’ka** viloyatining, Ma’ab shahrida to’htashganini eshitishdi. Ularga yana Jahmdan, Juzam al-Yakindan, Bahr va Baliyydan 100 000 badaviylar kelib qo’shilishdi.*** Urashni avlodidan, Malik ibn Zafil nomli Baliydan bo’lgan kishi ularni boshqarar edi. Ular qanday yo’l tutishni o’ylab, Ma’anda ikki kun turishdi. Nihoyat ular aytishdi: “Bu haqida biz Muhammadga etkazishimiz kerak. U yoki qo’shimcha odamlarni yuboradi, yoki harakat qilishga buyruq beradi”. Biroq Abdulloh: “Sizlar intilayotgan narsa – shahidning o’limidan qo’rqyapsizmi?”- deb da’vat qildi. Biz dushman bilan son jihatidan va kuch bilan emas, balki mehribonchilik qilgan Alloh bergan imon bilan kurashamiz. Sunday ekan, oldinga dabom eting! Ukkisidan biri bizni kutmoqda: yoki g’alaba, yoki shahidning o’limi”. Ular yo’lni davom etirdilar.

* Ma’an – Zamonaviiy Iordaniya janubidagi yurt, Madinaning tahminan 700 km shimoliy- g’arbiy qismida joylashgan.
** Bal’ka – O’lik dengizning sharqiy qismidagi Iordaniya chegarasi.Muqaddas Kitobga binoan, Edomning shimoliy qismi va barcha Mo’abliklar.
*** Bu raqam balkim juda bo’rtirilgan. Agar bir nechta no’lni o’chirib tashlasangiz, shunda bu raqam haqiqatga mos kelgan bo’ladi.

8.04.6 -- Mutadagi visantiya masihiylari bilan urish (629 yil sentyabr.)

Qo’shinlar Bal’ka chegarasiga yaqinlashganlarida, Geraklning janghilari Masharif qishlog’I yaqinida yo’llaridan chiqdi. Keyin dushman yaqinlashdi va musulmonlar Muta qishlog’iga chekindilar. U erda urush boshlandi. Musulmonlar jannga tayyor edi. Ularni o’ng qanotini Banu Uzrdan Qutba ibn Katad boshchilik qilgan va chap qanotini – yardamchilardan biri bo’lgan, Abaya ibn Malik boshqargan. Jang paytida Zayd ibn Haris* bayroqni dushman nayzasi tamonidan o’ldirilguga qadar olib yurdi. Keyin Jafar bayroqni oldi va jang yovuzlashayotgan paytda, u qo’ngir otidan sakrab tushdi, uni oyog’ini sindirib va o’ldirilgunga qadar jang qildi. Jafar otini oyog’ini kesib tashlagan va birinchi o’lgan musulmon edi.

* Zayd ibn Haris, Muhammadning ozod qilgan qullaridan biri edi, Muhammad uni o’gilidek qabul qildi. U birinchi musulmonlardan biri edi (5.5 ga qarang). Muhammad qabul qilib olgan o’g’lining onasini xotinni bo’lishini istagan va oxirida u uning xotinni bolishiga erishdi (26.2 ga qarang).

Bir ishonchli olim menga shunday dedi: “Jafar bayroqni avval o’ng qo’li bilan ushladi. O’ng qo’lini kesib tashlashganida, uni chap qo’lida ushladi. Chap qo’lini ham kesib tashlashganida, u uni ikkala tirsagi bilan ko’kragiga qattiq bosdi va uni oldirilgunicha ushlab turdi. Jafarga 33 yosh bo’lga edi va buning uchun Alloh unga jannatda qulay bo’lib uchib yurishi uchun ikkira qanot berdi. Yunon bir zarba bilan uni ikki qismga bo’lib, chopib tashlashganini aytiladi”

Jafar o’ldirilganida Abdulloh ibn Rabah bayroqni va qilichni ushlab, o’ldirilgunga qadar jangga otlandi. So’ngra Sabit ibn Arkam bayroqni oldi va jangchilarga o’zlariga boshliq tanlashni buyurdi. Ular uning o’zini tanlab oldilar, ammo u rad etdi, keyin Xolid ibn al-Validni tanladilar. U bayroqni ushlab olib, uni dushmanlardan himoya qildi va oz’ining odamlarini qutqarish uchun chekinishni boshladi. Dushmanlar ham orqaga chekinishdi va jangchilar uyga qayrishga muvaffaq bo’ldilar.

8.04.7 -- Muhammad mag’lubyatni e’lon qildi

Mag’lubiyatdan so’ng Muhammad dedi: “Zayd bayroqni ko’tarib, o’ldirilguncha jang qildi. Keyin Jafar bayroqni ko’tarib, shahid bo’lib o’lguncha jang qildi”. Keyin Muhammad sukutga cho’mdi va yordamchilarning yuzlar mushlab qotib qoldi. Ular uni Abdulloh to’g’risida yomon gap aytishidan qo’rqishdi. Biroq, Muhammad dedi: “So’ng Abdulloh bayroqni ko’tardi va shahid bo’lib o’lganicha jang qildi”. U shunday deb davom etdi: “Men ularni huddi tushimdagidek ko’rdim, mening oldimda ular jannatdagi oltin taxtlarga ko’tarildi. Men Abdullohning taxtini ko’rdim, u ikki shahidning taxtidan biroz orqasida turdi. Nima uchun deb so’raganimda, ular ikkalasi darhol o’limga borganini aytishdi, Abdulloh esa boshida ikkilanib turdi”. Jafarni o’limi e’lon qilinganida, Muhammad juda g’amgin edi. Shunda bir kishi keldi va dedi: “Ey Allohning rasuli! Ayollar o’zlarining yigilari bilan bizni zayf qilib va uyaltirishyapdi”. Muhammad javob berib dedi: “Bor, ularga ayt, jim bolishsin”. U ketib, ko’p o’tmay, yana shu so’zlar bilan qayrib keldi va qo’shimcha qilib, bu zo’ravonchilik ularni hafa qilishini aytishdi. Muhammad javob berdi: “Bor va ulatga yana jim bo’lishlarini buyur. Agar ular quloq solmasa, er bilan (qum bilan) og’izlarini yopib qo’yinglar”.*

* Havoriy Pavlus aytgan: “Yig’layotganlar bilan yig’langlar” (Rimliklar 12:15). Qayg’udagi ayollarni jim qilish uchun og’izlarini qum bilan to’ldirishga bergan buyrugi qanchalik shafqatsiz edi! Ehtimol, yig’lashni bosish kerak edi, chunki yig’i nafrat va g’azabga aylanmasligi va qasos hissi bilan yangi harbiy yurishga olib borishi mumkin edi.

8.04.8 -- Buzilgan qo’shin Madinaga kiradi

Xalid va uning izdoshlari Madinaga qaytib ketishdi. Madinaga yaqinlashganlarida, ularni kurib olishga Muhammad va boshqa musulmonlar chiqishdi. Bolalar oldinda yugirdilar. Muhammad hachirining ustida boshqa odamlar bilan ketdi. Muhammad: “Bolalarni o’zlaringiz bilan olinglar, menga esa Jafarni o’g’lini beringlar!”-deb buyurdi. Unga Abdulloh ibn Jafarni keltirishdi va u uni o’zining oldiga o’tkazdi. Odamlar qo’shinga er sochishdi: “Ey qochqinlar! Sizlar Allohning yo’lidan ketib qoldingiz!” Muhammad ularga dedi: “Ular qachoq emaslar! Agar Allohga maqul kelsa, ular yana hujum qilishadi!”*

* Mutadagi musulmonlarning butunlay mag’lubiyatga uchrashi natijasida qonli qasos olishga, keyinchalik ular Suriya va Musrni egalab olishga olib keldi.

8.05 -- Test

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Muhammadning Juvayraga uylanishi natijasida nima sodir bo’ldi?
  2. Muhammadning eng yosh xotini bo’lmish Oyshaga qanday tuhmat qilishdi? Muhammad bunga qanday javob berdi?
  3. Nima uchun Muhammad mushriklarning Makkasiga haj ziyoratiga borgan?
  4. Muhammad va Makka ahli-yahudiylarning ortasidagi Xudaybiya tuzilgan tinchlik shartnomasi nima edi?
  5. Musulmon bo’lishga qaror qilgan ayollar qanday huquqlarga ega bo’lishdi?
  6. Nima uchun Muhammad Xaybardagi yahudiylarga harbiy yurish qildi?
  7. Muhammad Xaybardagi yahudiylarga qanday munosabatda bo’lgan?
  8. Xaybardagi tinchlik bitimiga qanday sartlar qo’yishdi?
  9. Nima uchun Harisning qizi Zaynab, Muhammadni zaharlashga harakat qildi?
  10. Nima uchun qilichlangan bir musulmon, Muhammad bilan Safiyaning nikoh kechasi Muhammadning chodirini qo’riqladi? Safiyaning yaqin qarindoshlari bilan Muhammad nima qildi?
  11. Nima uchun keyinchalik Xaybardan quvg’in qilindilar?
  12. Fath surasi qaysi holatda nozil qilingan?
  13. O’zining Makkadagi “haj ziyoratida safari” paytida, Muhammad kimga uylandi?
  14. Muhammadning Mutadagi vizantiya masihiylariga qarshi birinchi yurishi paytida nima yuz berdi?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on November 30, 2021, at 02:50 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)