Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 9 Muhammad's CONQUEST of Mecca and Its Environs -- (January to March 630 A.D.)
9 - Muhammad Makka Va Uning Atrofini EGALLAYDI -- (630 Yil Yanvar – Mart)
Makkani butunlay bosib olinishi (630 yil yanvar) - Hunayn jangi va uning natijasi (630 yil mart.)
9.01 -- Muhammad Makka Va Uning Atrofini EGALLAYDI -- (630 Yil Yanvar – Mart)
Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.
Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.
Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan
9.02 -- Makkani butunlay bosib olinishi (630 yil yanvar)
9.02.1 -- Makkaga harbiy yurishning sabablari
Mutuga yurishidan so'ng, Muhammad Madinada jumodus-soniy (6-oy) va rajab (7-oy) oylarini o'tkazdi. Xuzaitlar, Makka vodiysidagi "Al-Batir" deb nomlangan quduq yaqinidagi lagerda turganlarida, Banu Bakr ibn Abd Manat ularga hujum qildi. Bu ish quyidagicha sodir bo'ldi: Banu Al-Hadramdan bo'lgan Malik ibn Abbod – o'sha paytda ular Al-Asvad ibn Raznning ittifoqchilari edilar – huzaitlar hududiga savdo qilish uchun bordi. Huzaitlar uni o'ldirib, uni talon-taroj qildilar. Shundan so'ng, Banu Bakr bir huzaitga hujum qilib, uni o'ldirdi.
Keyin, Islomni qabul qilinishidan ancha oldin, xusaitlar Asvad ibn Razn al-Daylning uch o'g'lini o'ldirdilar: Salim, Qulsum va Zuayb – ularni muqaddas yodgorliklar yonida, Araf tog'ida o'ldirdilar. Ular Banu Kinanning "toj", ularning zodagonlari edi. Banu Bakr bilan Banu Xuza o'rtasidagi ziddiyat paytida ularga Islom keldi va bu ularni to'qnashuvlardan saqladi. Bundan tashqari, Xudaybiya tinchlik shartnomasi shartlariga ko'ra, har kim Muhammad bilan yoki Quraysh bilan ittifoq tuzish huquqiga ega edi. Banu Bakr Quraysh bilan ittifoq tuzdi va Muhammad bilan birga bo'lgan xuzait edi. Tinchlik bitimi tuzilgandan so'ng, Banu Bakrdan bo’lgan Banu ad-Dayl, al-Asvadning o'ldirilgan o'g'illari uchun xuzaitlardan o’ch olishni xohladi. Banu ad-Dayl boshchiligidagi Naufal ibn Muabiya o'z qavmlari bilan birga kechasi al-Batir qudug’dagi xuzaitlarga hujum qilib, bir xusaitni o'ldirdi. Qurayshitlar Bakr Bakrni qurol bilan ta'minladi. Xusaitlarni Ma'bad hududiga qaytarishga majbur qilishguncha, ularning ba'zilari hatto kechasi ham ularning saflarida yashirincha jang qildilar. Ular yerga kelishgach, Banu Bakr shunday dedi: “Ey Naufal! Biz Muqaddas joydamiz, Allohdan qo'rqing!” Ular dahshatli so'zlarni aytdi: “Ey Banu Bakr, Alloh yo'q! Qasos oling! Hayotim bilan qasam ichaman, siz hali ham muqaddas hududda juda ko'p g'azablanasiz. Nima uchun siz ungan qasos olishdan qochishingiz kerak?”
Kechasi, Banu Bakr al-Batir qudug'idagi xuzayitlarga hujum qilganda, ular yurak nuqsoni bo'lgan Munabbih ismli odamni o'ldirdilar. Bu Munabbih Tamim ibn Asad, boshqa xuzayit bilan birga chiqib, unga dedi: “O'zingni qutqar, Тамим! Men Allohga qasam ichaman, bari bir meni oyog’im qabrda. Agar ular meni o'ldirmasalar ham, menda juda zaif yurak bor.” Tamim qochib qutuldi va Munabbih o'ldirildi
9.02.2 -- Amr ibn Salim Muhammadni oldiga keladi
Qurayshit va Banu Bakr Xuzaitga qarshi chiqishganda, Muhammad xuzaitlar bilan tuzilgan shartnomani buzgan holda, Amr ibn Salim, Banu Ka'ab oilasidan bo'lgan xuzait, Madinadagi Muhammadni oldiga keldi. Uning kelishi Makkani bosib olish uchun sabab bo'ldi. Amr odamlar orasida masjidda o'tirgan Muhammadning oldida bo'lib, shunday she'rlar aytdi:
Muhammad dedi: “Senga yordam berish kerak, ey Amr ibn Salim!” Keyin Muhammadga osmondan bulut keldi va u aytdi: “Ushbu bulut Banu Kaabning g'alabasini namoyish etadi”.
9.02.3 -- Muhammadni oldiga Budayil ibn Varka keladi
Amromdan keyin Budayil ibn Varka bir guruh xuzaitlar bilan kelib, Muhammadga ularga nima bo'lganini va qurayshitlar ularga qarshi Banu Bakr bilan qanday qilib birlashganini aytdilar. Keyin ular Makkaga qaytib kelishdi. Muhammad o’z odamlariga aytdi: “Men huddi hozir Abu So’fiyon kelib, ittifoqni tasdiqlashini va shartnoma muddatini uzaytirishini ko'rmoqdaman”.
Budayil va uning hamrohlari Usfanda Abu So’fiyon bilan uchrashdilar. Qurayshitlar, aslida, uni shartnomani tasdiqlash va uning muddatini uzaytirish uchun yubordi, chunki ular mojaroning oqibatlaridan qo'rqishdi. Budayil javob berdi. “Men ushbu vodiyda, o’sha qirg’oqda bir necha huzaitlarnikida bo’ldim”. Abu So’fiyon so’radi: “Sen Muhammadning oldiga bordingmi?” Budayil javob berdi: “Yo’q!” Qachonki Budayil ketganida Abu So’fiyon: “Agar u Madinaga borgan bo’lsa, unda u o’z tuyalarini xurmo urug’lari bilan oziqlantirgan”– dedi. U Budayil to'xtagan joyga borib, tuyaning axlatini tekshirib ko’rdi va undan xurmo urug’larni topib, dedi: “Allohga qasamki, u Muhammadning oldiga borgan”.
9.02.4 -- Abu So’fiyonni Madinaga kelishi
Madinaga kelgach, Abu So”fiyon qizi Habibanikiga otlandi. U Muhammadning to'shagida yotishni xohladi, lekin Habiba to'shagni chetga surdi. Abu So’fiyon qizidan so’radi: “Senga kim yoqadi – menmi yoki bu to'shakmi?” U javob berdi: “Bu Allohning rasulini to’shagi, sen nopok butparastlardansan, men bu to’shakda senni o’tirishingni xohlamayman”. U javob berdi: “Allohga qasamki, sen bizdan ayrilganingdan beri gazabdasan”. Keyin u Muhammadga borib, u bilan gaplashdi, lekin Muhammad unga javob bermadi. U Abu Bakr tomon yo'l oldi va Muhammadning oldida u uchun shafoat qilishini iltimos qildi. Lekin, Abu Bakr rad etdi. U bu talabni Umarga murojaat qilganida, u xitob qildi: “Muhammad oldida sen uchun shafoat qilishim kerakmi? Agarda men hatto chumoliga buyruq bersam, Allohga qasam ichamanki, men uni senga qarshi yo'naltiraman!” Shundan so’ng, u Alining oldiga bordi. U bilan uning xotini Fotima birga edi va uning oldida kichikkintoy o'g'li Hasan to’rt oyoqlab emaklar edi. Abu So’fiyon unga dedi: “Sen uni eng yaqinisan. Men muhim ish uchun keldim va uni bajarmasdan qaytib kelishni xohlamadim. Muhammadning oldida men uchun harakat qil!” Ali dedi: “Ey Abu Sufyon, holinga voy!” Allohga qasamki, Muhammad allaqachon qaror qabul qildi va bu qarorni bekor qilish mumkin emas”. Keyin Abu So’fiyon Fotimaga murojaat qilib dedi: “Ey Muhammadning qizi! Kichik farzandingizdan sulhni e’lon qilishini so’rashni xohlamaysizmi? Keyin u hayotining oxirigacha arablarning boshi bo'lar edi”. U javob berdi: “O'g'lim hali himoya qilish uchun juda kichik. Bundan tashqari, hech kim Muhammaddan hech kimni himoya qila olmaydi”. Shunda Abu So’fiyon: “Ey Abu Hasan! Men uchun noqulay holatlarni men ko'rmoqdaman. Menga maslahat ber!”-dedi. Ali javob berdi: “Allohga qasamki, senga qanday yordam berish mumkinligini bilmayman. Lekin sen – janob Banu Kinansan. Borgin, sulhni e'lon qil va keyin uyinga qayt!” Abu So’fiyon so’radi: “Seningcha bu qandaydir foyda keltiradi deb o’ylaysanmi?” Ali javob berib dedi: “Yo’q, Allohga qasamki, men shunday deb o'ylamayman, lekin senga boshqa hech narsa maslahat berolmayman”. So’ngra Abu So’fiyon ibodat qiladigan joyga bordi va dedi: “Ey odamlar! Men sulhni e’lon qilaman”. Keyin u o’z tuyasiga o’tirdi va jo’nab ketdi.
U qurayshitlarga qaytib kelganida va u nima bian qaytib kelganini so'rashganida, u ularga javob berdi: “Men Muhamad bilan gaplashdim, biroq u menga biror javob bermadi. Abu Bakr menga hech qanday yaxshi narsa demadi va Omar menga butunlay dushmanlik qildi. Keyin Aliga bordim. U, eng muloyimi bo’di. U menga bir maslahat berdi, men uni bajardim. Lekin, Allohga qasamki, bu bizga biror bir foyda keltiradimi, bilmayman”. Ular undan o’sha maslahat haqida so’radilar, u ularga so’zlab berdi. Shunda ular aytishdi: “Muhammad senga rozilik berdimi buni qilishing uchun?”—“Yo’q. Allohga qasamki, u kishi faqat men bilan o'ynashdi”—“Bu so’zlardan qanday foyda bo’ldi?”—“Hech qanday, lekin Allohga* qasamki, boshqa narsa qila olmadim”.
9.02.5 -- Muhammad Makkani bosib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda
Payg’ambar qurollanishga buyruq berdi va o’z odamlariga harbiy yurishga tayyorgarlik qilishlarini buyurdi. Abu Bakr qizi Oyshani ko’rgani bordi va u harbiy yurishga tayorgarlik bilan band ekanini ko’rdi. U qizidan so’radi: “Muhammad yurishga tayorlanishni buyurdimi?”—“Ha, sizga ham!”—“Sen, nima seb oylaysan, u qaerga borishga tayorlanyapdi?”—“Allohga qasamki, bilmayman”-- Muhammad tez orada Makkaga ketayotgani haqida odamlarga ma'lum qildi va ularga ehtiyotkorlik bilan jihozlarni tayyorlashni buyurdi. U ibodat qildi “Ey Allohim, Qurayshit josuslarini va har hil mish-mishlarni olib tashla, toki biz ularni hayratda qoldiraylik!”
9.02.6 -- Xatib ogohlantirish maktubini yozadi
Muhammad Makkaga borishga qaror qilgandan so'ng, Xatib ibn Abu Baltaa qurayshitlarga bu haqda xabar berish uchun xat yozdi. U Muzaindan bir ayolga xatni berib, uni qurayshitlarga topshirishni buyurdi. Ayol xatni sochlariga yashirib, ustidan shochini o’rab oldi va yo’lga otlandi. Lekin Muhammadga Xatib qilgan ishlari haqida osmondan xabar keldi. Xatibning maktubini Qurayshitga olib borayotgan ayolni qo'lga olish uchun Ali va Zubayrni yubordi. Ular Banu Abu Ahmad yashagan Al-Xoliqda uni ushladilar. Ular uni to'xtatdilar, barcha yuklarini qidirdilar, lekin hech narsa topmadilar. Shunda Ali aytdi: “Allohga qasamki, payg'ambarda soxta vahiy bo'lishi mumkin emas va bizga aytilganni yolg'on bo'lishi mumkin emas. Bizga xatni ber yoki biz seni echintiramiz!” Ularni niyati jiddiyligini ko'rib, u undan yuz o'girib turishni so'radi. U soch o’rmlarni yoyib, maktubni chiqarib va uni Aliga berdi. U hatni Muhammadga olib keldi. Keyin Muhammad Xatibni chaqirib, unga nima sabab bo'lganini so'radi. U javob berib dedi: “Allohga qasamki, men Allohga va Uning rasuliga ishonaman. Men o'zgarmadim va boshqa e’tiqodni qabul qilmadim. Menda Makka aholisi orasida na qabilam, na bir qarindoshim bor, faqat u yerda xotinimning o'g'li bor, men unga yaxshilik qilishni xohlayman”.
Umar baqirdi: “Ey Allohning rasuli, bu ikkiyuzlamachining boshini olib tashlashimga ruxsat ber!” Lekin Muhammad dedi: “Nahot, Alloh Badr jangida ishtirok etganlarni ko'rmadi va dedi: “O'zing xohlagan narsani qil - men seni kechiraman!" Xatibning ishi haqida Muhammadga quyidagi vahiy yuborildi: “1. Ey, imon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz bo'lmish mushriklarni do'st tutmangizlar! Sizlar ularga do'stlik yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haqni inkor etgandirlar…”. Shu so’zlargacha: “4. Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo'lgan kishilarda go'zal namuna bordir. Qaysiki, ular o'z qavmlariga: "Bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor etdik. Toki, sizlar yolg'iz Allohga imon keltirmagunlaringacha, sizlar bilan bizning o'rtamizda mangu adovat va nafrat paydo bo'ldi…” (Mumtahana surasi 60:1, 4). Keyin Muhammad yo'lga chiqdi va Abu Rahma Kulsum ibn Husaynni Madinaning boshlig'i etib tayinladi. U Ramazon oyining o'n kunidan (9 oy) keyin Madinadan chiqib ketdi. U ro'za tutdi va barcha odamlar Usfan va Amadjom o'rtasidagi Kadidga kelguniga qadar u bilan birga ro'za tutishdi. U yerda u ro’zadan chiqdi.
9.02.7 -- Muhammad Marr az-Zahranda to’xtaydi*
Muhammad 10000 mo'min bilan birga oldinga qarab harakatlandi va Marr az-Zahranga yetib bordi. Banu Sulaym 700 kishini, Muzainda esa 10000 kishi tashkil qildi. Ba'zilarga ko'ra, Banu Sulaymda hammasi bo’lib faqat 1000 kishi bo’lgan edi va u bilan boshqa barcha qabilalardan imonlilar ham bor edi. Barcha ko'chmanchilar va yordamchilar u bilan birga yurishdi, hech kim qolmadi. Muhammad Marr az-Zahranga to’xtadi va qurayshitlar bu haqda hech narsa bilishmadi. Ular uning niyatlari haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar. O'sha kecha Abu So’fiyon, Hakim ibn Xizam va Budayl ibn Varka Muhammadning nima qilayotgani haqida ma'lumot olish uchun ketdilar. Al-Abbos ham Makkani tark etdi. U oilasi bilan ko’chib o’tgan Juhfa** yo’lida Muhammadni kutib oldi. Bundan oldin Al-Abbos Makkada yashagan va Muhammadning ruxsati bilan ziyoratchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlar edi.
** Juhfa, Qizil dengiz sohilida, Makkadan tahminan 180 km shimolda, Madinadan Makkaga boradigan yo'lda joylashgan.
9.02.8 -- Abu Sufiyon Islomga e'tiqod qiladi
Abu So’fiyon va Abdulloh ibn Umayya ham Muhammadni kutib olishdi. Makka va Madina o'rtasidagi Nik al-Ukab shaharchasida, ular unga yaqinlashishga harakat qilishdi. Umm Salam unga bu haqida gapirib berdi va dedi: “Ey Allohning rasuli! Amakingizni o'g'li, xolangizni o'g'li va qaynog’angiz shu yerda!” Muhammad javob berdi: “Men ular haqida hech narsa bilishni xohlamayman. Amakimning o'g'li mening shanimga dog’ tushurdi va xolamning o'g'li va qaynog’am meni Makkada yomon so'zlar bilan so’kishdi”. Bu javobni Muhammaddan olganlarida, kichik o'g'li bilan birga bo’lgan Abu Sufyon, shunday deb xitob qildi: “Allohga qasamki, u menni kirishimga ruxsat berishi kerak, aks holda men bu o'g'limni birga olaman va ochlikdan yoki tashnalikdan o'lgunimizcha u bilan birga yurt yuramiz!” Bu so'zlar Muhammadga etib kelganida, ularga rahmi keldi va ularni kirishiga ruxsat berdi. Ular uni oldiga kirib, Islomni qabul qilishdi.
So'ngra Abu So’fiyon ushbu oyatlarni o'qidi:
9.02.9 -- Al-Abbos, Abu So’fiyon bilan uchrashadi
Al-Abbos so’zlab berdi: “Muhammad Marr az-Zahrandagi lagerni buzganida, men o'yladim: Qurayshitlarni holiga voy! Allohga qasamki, agar ular uni oldiga kelib rahm-shafqat so’rashdan oldin Muhammad Makkaga kuch bilan kirsa, bu asrning oxiriga qadar ular uchun o'limni anglatadi. Shuning uchun men Muhammadning xachirlaridan Al-Baidaga o'tirdim va o’tin to'playdigan, sut sotadigan yoki shunchaki ish bilan ketayotgan odamlardan biri bilan uchrashish umidida, Arakga yo'l oldim, toki Makkaga qaytganidan keyin Qurayshitlarga Muhammadning qaerdaligini, ular Payg'ambarga borib, Makkaga kuch bilan kirmasidan oldin rahm qilishlarini so'rashlari kerakligini xabar qilishsin. Shunda, biror narsa qilish umidida Makkaga o’zim boraman deb Allohga qasam uchdim.
Keyin men Abu So'fiyon va Budayl Ibn Varkaning tungi suhbatini eshitdim. Abu So’fiyon dedi: “Men bugungi kecha kabi juda ko'p chiroqlar va ko'plab qo'shinlarni hech qachon ko'rmaganman!” Budayl javob berib dedi: “Allohga qasamki, ushbu Huzaa qabilasi urushga tayyorgarlik ko'rmoqda”. Shunda Abu So’fiyon shunday dedi: “Ularda shuncha ko’p chiroqlar va shuncha ko’p qo’shinlar bo’lishi uchun, Huzaa qabilasi juda ko’p emas!”
Shunda men xitob qilib dedim: “Abu Hanzal!” U mening ovozimni tanidi va javob berdi: “Abu al-Fadl?”—“Ha, bu men!”—“Sen nima qilyapsan? Sen men uchun ota va onadan ko'ra qimmatroqsan!"—“Senga voy, Abu So'fiyon, bu yerda Muhammad o'z odamlari bilan! Qurayshitlar holiga voy!”—“Biz nima qilishimiz kerak? Men sen uchun otamni va onamni berishga tayyorman”.—“Allohga qasamki, agar u seni ushlasa, u seni boshingni kesadi. Bu xachirga, orqamga o'tir. Men seni unga olib boraman va undan senga rahm-shafqat so'rayman!” U otliqga o'tirdi va uning o'rtoqlari qaytib ketdi. Har gal musulmonlar olovining yonidan o'tib ketganimizda, ular so'rashdi: “Kim bu?” Ular men minib olgan Muhammadning xachirini ko'rganlaridan so'ng, ular gapirishdi: “Bu Allohning rasulini amakisi!” Oxir-oqibat Umar olovidan o'tib ketayotganimda, u xitob qildi: “Kim bu?” – va meni oldimga keldi. Xachirni orqasidagi Abu So’fiyonni ko’rib, u baqirdi: “Bu Allohning dushmani, Abu So’fiyon! Seni shartnomasiz va va'dalarsiz bizga olib kelgan Allohga shon-sharaf bo’lsin!” Keyin u Muhammadga yugurdi. Sekin odamni sekin xachir bilan o’tib ketlish uchun men xachirni haydadim va o’tib ketdim. Men xachirdan sakrab tushdim va Muhammadning chodiriga kirdim. Umar ham kirib, qichqirdi: “Ey Allohning rasuli! Abu So’fiyon shu yerda! Alloh bizda uni shartnomasiz va va’dasiz etkazdi. Kallasini kesib tashlashga ruxsat ber!” Men dedim: “Ey Allohning rasuli! Men uni himoyam ostiga oldim!” Keyin Muhammad bilan birga o'tirdim va uni boshidan ushladim va dedim: “Alloh bilan qasam ichaman! Bu kecha mendan boshqa hech kim unga yaqinlashmaydi!” Omar ayblashda davom etdi va men dedim: “Tinchlan Umar! Allohga qasamki, agar u Banu Adiy ibn Ka'b avlodidan bo'lganida, unda sen shunday demas eding. Lekin sen uni Banu Abd Manaf avlodidan ekanligini bilasan”. Umar javob berdi: “Bu, sen yumshoq bo’l, Abbos! Allohga qasamki, agar al-Xattob (otam) musulmon bo’lsa hursandligimdan ko’ra, sen musulmon bo’lganingda hursarsand bo’lganman, chunki bu Muhammadga katta quvonch keltirganini bilardim! U bilan o’z lagerga bor va ertaga ertalab uni yana menga olib kelgin!” Men uni o’z lagerimga olib bordim va u menikida tunab qoldi.
Ertasi kuni ertalab yana u bilan birga Muhammadni oldiga bordim. Uni ko'riboq, Muhammad xitob qildi: “Holigga voy, ey Abu So’fiyon!” Sen hali ham Allohdan boshqa hech qanday Xudo yo'qligini anglamadinmi?” U javob berdi: “Sen mening otam va onam kabi men uchun azizsan! Sen qarindoshlaring uchun juda yumshoq, olijanob va mehribonsan! Allohga qasamki, agar Allohdan boshqa Xudo bo'lsa, u menga foydali bo'lar edi deb o'ylayman!” Muhammad javob berdi: “Holingga voy, ey Abu So’fiyon! Sen hali ham men – Allohning Rasuli ekanligimni tan olmading?” U javob berdi: “Sen mening otam va onam kabi men uchun azizsan! Sen qarindoshlaring uchun juda yumshoq, olijanob va mehribonsan! Allohga qasamki, Islomga qarshi men hali ham qarshi turaman!” Keyin Al-Abbos unga aytdi: “Holingga voy! Allohdan bosh Xudo yo’q va Muhammad – Allohning elchisi, bu qilich boshingizni kesib tashlamaguncha, musulmon bo'l va guvohlik ber!” Keyin u tavba qilish so'zlarini aytdi va musulmon bo'ldi. Keyin men Muhammadga aytdim: “Abu So’fiyon – mag’rur inson! Unga, u xohlagan narsani bergin!” Muhammad dedi: “Yahshi. Abu So’fiyonning uyiga kim kirsa – u xavfsiz bo'ladi; shuningdek, o’z uyida yashiringanlar yoki Ka'ba hududiga kirganlar ham qutiladi”.
9.02.10 -- Abu So’fiyon Allohning lashkarlarini ko’radi
Abu So’fiyon ketmoqchi bo'lganida, Muhammad Abbosga aytdi: “Uni tog' yaqinidagi vodiydan chiqish vaqtida ushlab tur, u yonida o’tayotgan Allohning lashkarlarini ko’rsin!” Abbos aytdi: “Men bu buyruqni bajardim va qabilalar o'z bayroqlari bilan o'tdi. Har safar qandaydir bir qabila o’tganda, u soradi: “Kim bu”. Men buni Sulaym qabilasi deb aytganimda, u mendan so’radi: “Sulaym qabilasi menga qanday munosabatda?” U menda ismlarni so’raganda, Muzaina qabilasi va boshqa qabilalar o'tayotganida, u xuddi shu so’zlarni so'radi. Nihoyat, U “to’q yashil armiya"* deb nomlangan juda ko'p sonli qurol va temir zirhli, o’zi yashil qo'shinining boshida Muhammad o’tib ketayotganida, u so'radi: “Xudoga hamdu sano! Abbos, bu kim?” Men javob berib dedim: “Bu ko'chmanchilar va yordamchilar bilan Allohning elchisi”. Keyin u qichqirib: “Men Allohga qasam ichaman, ey al-Fadlning otasi, hech kim ularga qarshi tura olmaydi! Jiyaningizning Shohligi kuchli bo'ldi!" Men aytdim: “U Payg’ambar!” U so’radi: “Endi nima bo’ladi?” Men javob berdim: “Oz xalqingni oldiga shoshil!” U ularni oldiga borganida, u baland ovoz bilan baqirdi: “Ey Qurayshitlar! Muhammad sizga shunday kuch bilan kelyapdi, siz unga qarshi tura olmaysiz. Abu So’fiyonning uyiga kim kirsa – o’sha xavfsiz bo’ladi!” Keyin Utba qizi Hind o'rnidan turib, uni mo'ylovini ushlab, qichqirdi: “Dushmanning oldingi qo'shinlarini allaqachon sharmanda qilgan bu dahshatli, ahmoq yirtqich odamni o'ldiring!” Abu So’fiyon dedi: “Sizni holingizga voy! Sizlarni aldashiga yo'l qo'ymanglar! Bu yerga siz qarshilik qila olmaydigan bir narsa kelyapdi. Abu So’fiyonning uyiga kim kirsa – o’sha xavfsiz bo’ladi!” Shunda ular qichqirishdi: “Alloh seni o'ldirsin! Bizga seni uyingdan qanday foyda bor?” Shunda u davom etdi: “O'z uyida yashiringan kishi, shuningdek, Ka'ba hovlisiga kiradigan kishi xavfsiz bo'ladi”. Keyin odamlar tarqaldilar. Ba'zilar o'z uylariga, boshqalari esa Ka'baga yashirindilar.
9.02.11 -- Muhammad Zu Tavaga etib keladi
Abdulloh ibn Abu Bakr menga so’zlab berdi: “Muhammad Zu Tavaga etib borgach, unga Alloh inoyati bilan berilgan g'alabani ko'rgach, u o’z egariga ko'tarilib, o’zining qizil chiziqli ridosi bilan o’randi va kamtarlik bilan Alloh oldida boshini egib oldi, shuning uchun soqoli deyarli egarining o'rtasiga tegdi".
Muhammad Zu Tava shahriga to'xtaganida, Abu Kuhafa o'zining kichik bolalaridan bo'lgan qizlaridan biriga aytdi: “Qizim, men Abu Kabisga (Makka yaqinidagi tog') ko'tarilishimga yordam ber!” (U ko’r edi). Uni qizi tog'ga olib borganida, u qizidan so'radi: “Sen nima ko’ryapsan qizim?” U javob berdi: “Men to’q yashil odamlar to’dasini ko’ryapman” U aytdi: “Ular chavandozlar”. “Men yana, – davom etdi qizi, – bu to’q yashil olomon oldida yugurayotgan odamni ko’tyapman”. U dedi: “Bu chavandozlar qo'mondoni va boshlig'i”. Keyin u qo'shib qo'ydi: “Allohga qasamki, to’q yashil olomon ortib boryapdi”. Shunda otasi dedi: “Demak chavandozlar allaqachon qo’zg’aldi. Men tezroq uyda olib bor!” Qiz otasi bilan tog’dan birga tushdi, lekin chavandozlar uyga etib kelunga qadar ularni ushlab olishdi. Chavandozlardan biri qizning bo'ynidan kumush marjonni uzib tashladi.
Muhammad Kaabda bo'lganida, Abu Bakr otasini o’sha yerga olib keldi. Muhammad so’radi: “Nima uchun keksa odamni uyda qoldirmading? Men o’zim uni oldiga borar edim”. Abu Bakr unga javob berdi: “Sen uni oldiga borganingdan ko'ra, u seni oldingga kelishi, men uchun o’rinli ko’rindi”. Uni o’z oldiga o'tkazdi, uni ko'ksiga tegdi: “Musulmon bo’l” – dedi. U islomni qabil qildi. Abu Bakr otasi bilan kirganida, otasining boshiga sochlari bir-biriga yopishgandi. Muhammad: “Uning sochlarini tartibga sol!”- dedi. Keyin Abu Bakr singlisini qo'lini olib, dedi: “Men sizni Alloh va Islom bilan quo qilaman, mening singlimni marjonini qaytarib beringlar”. Lekin hech kim unga javob bermadi. Shunda u: “Ey singlim! Marjonlarni yashir yoki uni xavfsiz joyda saqla! Allohga qasam ichaman, halollik shu kunlarda kamdan-kam bo’lib qoldi!”
9.02.12 -- Muhammad Makkani qanday qo'lga kiritdi (630 yil yanvar.)
Abdalloh Ibn Najix aytdi: “Muhammad o'z qo'shinini olib, Zu Tava'ga ketayotganida, u Zubayrga bir bo'linma bilan birga Makkaga Kudo tamondan borishni buyurdi. U o'ng qanotga buyruq berdi. Saad ibn Ubad xalqning bir qismi bilan birga Kadaa tomonidan qarshi chiqishi kerak edi”. Ba'zi mutaxassislar tasdiqlashicha, Saad shaharga kirib, xitob qildi: “Bugun urush kuni. Bugungi kunda muqaddas joy buziladi!” Buni eshitgan bir ko'chmanchi (ya'ni Omar) Muhammadga aytdi: “Saad nima deganini tinglang! Biz ishonchimiz komil emas, lekin u qurayshitlarga hujum qiladi” Keyin Muhammad Aliga aytdi: “Unga etib ol, bayroqni olib, bu bayroq bilan shaharga kirib bor!” Yana, Abdulloh aytdi: “O'ng qanotni boshqarayotgan qo'mondon Xolid ibn al-Valid, Al-lit tomonidan Makkaga kirishi haqida buyrug'ni oldi. U bilan Aslam, Sulaym, Muzain, Juhayn va badaviylarning boshqa qabilalari ham bo’ldi. Abu Ubayd ibn Al-Jarrah, Muhammadning oldida imonlilar bilan Makkaga yo’l oldi. Muhammadning o'zi Azahir orqali shaharga kirdi. U Makkaning tepaligiga etib borganida, u yerga o’z chodirini qo'ydi”.
9.02.13 -- Xandamdagi odamlarni qarshilikgi
Safvan ibn Umayya, Ikrim ibn Abu Jahl va Suhayl ibn Amr Muhammadga qarshi urushish uchun Handamda odamlarni to’pladilar. Banu Bakrdan Ximas ibn Kays, Muhammad Makkaga kirishidan oldin qurol tayyorladi. Xotini unga nima uchun qurol kerakligini so'radi. U javob berdi: “Muhammad va uning sahobalariga qarshi urushish uchun!” Shunda xotini aytdi: “Allohga qasamki, hech kim Muhammad va uning sahobalariga qarshi tura olmaydi deb o'ylayman!” U javob berdi: “Senga ulardan qul qilib olib kelishga umid qilaman”
Keyin u Xandam, Suxayl, Safvan va Ikrimni oldiga bordi. Xolidning guruhidagi mo’minlar bilan ular uchrashib qolganlarida, ular orasida kichik bir jang bo'ldi. Banu Munkizning ittfoqchilari Kurz ibn Jabir va Xunays ibn Xolid, boshqa tomondan, Xoliddan alohida chiqib ketganlar, o'ldirilgan. Hunays birinchi bo'lib vafot etdi. Kurz, o'zi o'ldirilgunicha, uni oyoqlari bilan himoya qildi. Xolid chavandozlaridan Juhayn qabilasidan Salam ibn al-Mayla ham halok bo'ldi. Kofirlardan o'n ikki yoki o'n uch kishi halok bo'ldi va keyin ular qochib ketishdi. Himas uyiga qochib, xotiniga eshigini qulflab yopishni buyurdi.
Makkaning bosib olingan kuni Muhammadning jangovor laqabli sahobalaridan, Hunayn va Toif singari quyidagi so'zlar: “Ey, Abd ar-Rahmonning o'g'illari!”; ko'chmanchilarda: “Ey, Abdullohning o’g’illari!”; al-Hazraj va al-Aus qabilalarida: “Ey Banu Ubaydulloh!”- ham bor edi.
9.02.14 -- Muhammad qatl qilishni buyurgan odamlar
Muhammad o'z amirlariga, faqat Makkaga kirganlarida qarshilik ko'rsatganlar bilan jang qilishni buyurdi. Biroq, u Ka'ba choyshablari orqasida yashirinsa ham, o'ldirishga buyruq bergan bir necha kishining nomlarini chaqirdi.* Ular orasida Banu Amir ibn Luayy qabilasidan ibn Saad** ham bor edi. U Islomni qabul qilib, Muhammad uchun vahiylarni yozdi va keyin islomdan voz kechib va yana qurayshitlarga qaytib ketgan edi. Endi u sut emishgan akasi Usmon ibn Affanga qochib bordi, bu holat tinchlangach u, uni Muhammadga olib bordi va unga shafqat qilishini iltimos qildi. Aytishlaricha, Usmonning iltimosini bajarishdan oldin Muhammad uzoq vaqt jim turdi. Usmon ketgach, Muhammad o'z sahobalariga aytdi: “Men sizdan kimdir o'rnidan turishi va Ibn Saadning boshini kesishi uchun jim bo'ldim”. Keyin yordamchilaridan biri so'radi: “Nima uchun sen menga belgi bermading?” Muhammad javob berdi: “Payg'ambar belgilar yordamida o'ldirilmaydi”. Ibn Sa'ad yana (Islomga) murojaat qildi. Umar, keyinroq Usmon, uni hukmdor qilib tayinladi.
** Ma'lumki, Ibn Saad Qur'on matnini yozgan kishilardan biri bo'lgan.
Bundan tashqari, Banu Taym ibn Galibdan bo’lgan Abdallah ibn Xatalni o'ldirishga buyruq berildi. U ham islomni qabul qildi. Muhammad kambag'allarga soliq yig'ish uchun yordamchilaridan biri bilan uni birga yubordi. U bilan, unga xizmat qilgan, ozod bo'lgan musulmon quli birga bo'lgan. Ular qo’nim joyida to'xtaganlarida, u xizmatkorga qo'y so’yib, unga ovqat tayyorlashni buyurdi. Lekin xizmatkor uxlab qoldi. Abdallah uyg'onib, ovqat tayyorlanmaganini ko'rgach, u xizmatkorga tashlanib, uni o'ldirdi. Keyin u butparastlikka qaytdi. Uning, qo'shiqlarida Muhammadni masxara qilgan ikkita qo'shiqchisi (bittasini nomi Firtan) bor edi. Muhammad ularni xo'jayin bilan birga o'ldirishni buyurdi.
U, shuningdek, Makkadagi ko'p azob-uqubatlarga sabab bo'lgan Al-Huvayris ibn Nukayzni qatl qilishni buyurdi. Al-Abbos Makkadan, Fotima va Umm Kulsumni Madinagan Muhammadga olib kelish uchun ketayotganida, Huvayris ularni urdi va ularni yerga yiqitgan edi. Muhammad, shuningdek, Mikyas ibn Xubabni, akasining xatosidan halok bo'lgan bir yordamchini o'ldirgani, shundan so'ng u mushrik bo'lib, Qurayshitga qaytgani uchun, qatl qilishni buyurdi.
U, shuningdek, Banu Abd al-Muttalib va Ikrim ibn Abu Jahl qabilalaridan birining ozod etilgan quli Sarani qatl qilishni buyurdi. Sara Makkada Muhammadni haqorat qilgan edi. Ikrim Yamanga qochib ketdi. Uning xotini Umm Hakim, Haris ibn Xishamning qizi, Islomga e’tiqod qildi va keyin Muhammaddan Ikrimga shafqat ko’rsatishni so'radi. Muhammad unga shafqat qildi. Keyin u uni topib, Muhammadga olib keldi va musulmon bo'ldi. Said ibn Hurays Mahzufi va Abu Barza al-Aslam ikkalasi Abdullah ibn Hatalni o’ldirishdi. Mikyas esa o’zining qavmidan bo’lgan kishi, Numaylni o'ldirdi.
Ibn Xatalni Ikkita qo'shiqchiga kelsak, biri halok bo'ldi, ikkinchisi esa qochishga muvaffaq bo'ldi va Muhammad keyinchalik uni afv etdi. Sarani ham afv etilgan edi. U allaqachon Makka vodiysidagi Umar xalifaligi davrida, otining tuyog’ini zarbidan vafot etdi. Ali, Huvayrisni o’ldirdi. Abu Tolibning qizi Umm Xani shunday so’zlab berdi: “Muhammad Makkaning Shimoliy qismida vaqtincha joylashganida, mening qaynotamning qarindoshlaridan ikkita mahzumit yugurib kelishdi. Akam keldi va qichqirdi: “Allohga qasamki, men ularni o’ldiraman!” Men ularni uyimda qulflab, Muhammadni oldiga bordim. Men uni oldiga kelganimda, u, hali ham xamir qoldiqlari bo'lgan yog'och idishlardan yuvinayotgan edi, uning qizi Fotima u uchun kiyimini ushlab turardi. Yuvinishni tugatgach, u kiyimini kiyib oldi va sakkiz rakatli ertalabki namozini yakunladi. Keyin u meni oldimga kelib, uni oldiga meni nima olib kelganini so'radi. Men unga bu ikki erkak va Alining niyati haqida gapirib berdim. Shunda u dedi: “Sen himoyang ostiga olganlarni, biz ham himoyamiz ostida oldik; sen kimga xavfsizlik bergan bo’lsang, biz ham xavfsizlikni berdik. U bu ikki kishini o'ldirmaydi!” Ularning ikkalasi al-Xaris ibn Xisham va Zuhayr ibn Abu Umayy edilar”.
9.02.15 -- Muhammad Ka'ba atrofida aylanib yuradi
Muhammad Makkada joylashganidan keyin, u yerda tinchlik hukm surganidan so'ng, u tuya ustida muqaddas joyni yetti marta aylanib chiqdi, ustunga oxiri qayrilgan tayoq’i bilan tegindi. Ma'bad atrofida aylanib o'tib, Usmon ibn Abu Talxni chaqirib, undan Ka'baning kalitini oldi. Uni ochib berishdi va u ichkariga kirdi. Ichkarida aloy daraxtidan qilingan kaptarni topdi. Uni sindirib tashladi va tashlab yubordi. Keyin u Ka'baning eshigi oldida turdi va odamlar uni o’rab olib kutib turishardi. Bir bilimdon kish menga so’zlab berdi: “Muhammad Ka'ba eshigi oldida turganida, u shunday dedi: “Yagona Allohdan boshqa Xudo yo'q. Uning sheriklari yo'q. Alloh O'zining yaxshi va'dasini bajardi va xizmatkoriga barcha dushmanlarni qochirishiga yordam berdi. Men bundan buyon barcha imtiyozlarni, barcha qon qasosini va boshqa birovning da'vo qilishi mumkin bo'lgan barcha pul qarzlarini bekor qilaman - ma'badda xizmat qilishdan va ziyoratchilarni suv bilan ta'minlashdan tashqari. Bexosdan qamchi yoki tayoq bilan odam o'ldirgani uchun to’lov ko’payadi: yuzta tuya va ulardan qirqtasi homilador bo'lishi kerak. Ey, qurayshitlar! Alloh sizdan ota-bobolaringizning qadriyatni va butparastlikning mag'rurligini oldi. Hamma odamlar Odam Atodan kelib chiqadi va Odam Ato loydan qilingan”. Keyin u ularga keyingi oyatni aytib berdi: “Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda birbirlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni xalqlar va qabilalar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir….” (Hujurot 49:13). U davom etdi: “Ey, qurayshitlar! Sizlar mendan nimani kutyapsiz?” Ular javob berishdi: “Faqat yaxshilik. Axir siz olijanob va saxiy birodar va jiyansiz!” U javob berib dedi: “Boringlar, sizlar ozodsizlar!”* Keyin Muhammad o'tirdi, Ali qo'lida Ka'badan kalit bilan unga yaqinlashdi va dedi: “Alloh sizlarga rahmdil bo'lsin, ey Allohning rasuli! Keling, ziyoratchilarni suv bilan ta'minlash bilan ma'badni nazorat qilaylik!” Muhammad so’radi: “Usman ibn Talha qayerda?” Usmannu chaqirishdi va Muhammad unga dedi: “Usman, mana sening kalitlaring! Bugun – yahshilik va sadoqat kuni”
9.02.16 -- Bilol Ka'bada namoz o'qishga chaqiradi
Makkani mag’lub qilgan yuli Muhammad Bilol bilan Ka’baga kirganida, u odamlarni namozga chaqirishni buyurdi. Abu So’fiyon ibn Harb, Attab ibn Asid va Haris ibn Hisham Ka’ba hovlisini burchagida o’tirishgan edi. Attab ibn Asid dedi: “Alloh, Asid buni eshitmasligi uchun rahmdillik qildi, chunki bu uni jahlini chiqargan bo’lardi”. Haris dedi: “Allohga qasamki, agar u haqiqatni gapiriganini bilganimda, unga ergashgan bo’ladim”. Abu So’fiyon dedi: “Men esa hech narsa demayman, chunki agar gapirsam, bu toshlar menga keladi” Keyin Muhammad ularni oldiga chiqib, dedi: “Siz nima haqida gaplashganingizni bilaman”. U ularni so'zlarini takrorladi. Al-Haris va Attab ibn Asid deyishdi: “Sen Allohning rasulisan deb e’tirof etamiz. Allohga qasamki, hech birimiz bu haqda senga xabar bera olmadik”.
9.02.17 -- Muhammadning Makkani mag’lub qilganidan keyingi kungi va’zi
Al-Huzai aytib berdi: “Amr ibn az-Zubayr Makkaga akasi Abdallahga qarshi jang qilish uchun kelganida, men unga kelib, aytdim: “Biz Makka ustidan g'alaba qozonganimizda Muhammad bilan birga edik. Muhammad o'z va'zida aytdi: “Ey odamlar! Alloh osmon va yerni yaratgan kunda Makkani muqaddas qildi va u Qiyomat kunigacha muqaddas bo'ladi. Mo'minlarga bu shaharda qon to'kishiga yoki daraxtlarni kesishga ruxsat etilmaydi. Bundan oldin ruxsat berilmagani uchun, bundan keyin ham ruxsat berilmaydi. Bu faqat menga va faqat shu vaqtda ruxsat etiladi, chunki Alloh bu shahar aholisidan g'azablandi. Keyin Makka yana avvalgidek muqaddas yerga aylanadi. Eshitmaganlarga bu haqda eshitganlar xabar bersinlar. Agar kimdir sizga: “Lekin Muhammad o'zi bu shaharda jang qildi” deb aytsa, unga ayting: “Alloh uni Rasuliga berdi, lekin sizga emas. Ey huzaitlar! O'ldirishni to'xtating, hatto bu siz uchun foydali bo'lsa ham, shundog’ ham juda ko'p qotillik sodir etilgan! Men to'lovini berganim uchun, sizlar jinoyatni sodir etdingiz. Agar kimdir bu so'zlardan keyin o'ldirilsa, marhumning qarindoshlarida ikkita imkoniyat bo'ladi: yoki uning qotilini qoni yoki u uchun to'lov”.* Husaitlarni o’ldirgan kishilar uchun Muhammad to’lov to’ladi.
Makkada harbiy harakatlar va qotillik taqiqlanishi, 1979 yilda Markaziy masjidni bosib olish va ozod qilish paytida, musulmonlarning provokatorlari, musulmonlar va musulmon bo'lmaganlardan tashkil topgan va zamonaviy qurollardan foydalangan qo'shinlar tomonidan mag’lub qilganida bir necha bor buzilgan. Fransiyaning terrorizmga qarshi kurash bo'limi a'zolari bundan oldin rasmiy ravishda Islomga o'tishlari kerak edi!
9.02.18 -- Yordamchilarning suhbati
Makka zabt etishdandan keyin Muhammad Safo tepaligiga ko'tarilib, ibodat qila boshladi. Uning atrofida bo'lgan yordamchilari bir-birlari bilan gaplasha boshladilar: “Nima deb o'ylaysiz, Muhammad o’zi zabt etgan yurtda qolarmikin?” Muhammad namozni tugatgandan so'ng, ular aytmagunicha nima haqida gaplashayotganlarini talab qilib so’radi. Keyin u ularga javob berdi: “Alloh saqlasin! Men siz bilan birga yashayman va siz bilan o'lishim kerak!”
9.02.19 -- Fadal qanday qilib Muhammadni o'ldirishni xohladi
Fadal ibn Umayr ibn al-Muavvih al-Laysi, Muhammad Ka'ba atrofida aylanib yurganida Makkaning sabt qilingan yilda Muhammadni o'ldirmoqchi xohladi. U Muhammadga yaqinlashganda, u undan so'radi: “Fadal, bu senmisan?” U: “Ha, Allohning rasuli”-deb javob berdi. “Nimani oylading”- deb so’radi. U javob berdi: “Hech narsa, men faqat Alloh haqida o'yladim”. Muhammad tabassum qildi va dedi: “Allohga kechirim haqida ibodat qil!” Keyin qo'lini Fadal ko'ksiga qo'ydi va uning yuragi darhol tinchlandi. “Allohga qasamki, – keyinroq Fadal aytib berdi, – u qo'lini ko'kragimdan olib tashlagach, u darhol men uchun Allohning eng qimmatbaho yaratilganiga aylandi. Keyin o’z oilamga qaytib keldim”.
9.02.20 -- Safvan ibn Umayya
Safvan ibn Umayya Jiddaga qochib ketdi, chunki u yerdan Yamanga suzib ketmoqchi edi. Keyin Umayr ibn Vahb shunday dedi: “Ey, Allohning payg’ambari! Safvan o’z qavmining boshi, u sendan qochib dengizda tashlash uchun ketdi. Unga xavfsizlik ber! Alloh ham senga rahmdil bo'lsin!” Muhammad dedi: “Unga xavfsizlik beriladi!” Shunda Umayr aytdi: “Ey Allohning rasuli! Unga xavfsizlik berganingga ishonch hosil qilish uchun, menga biron bir belgi ber”. Payg'ambar unga Makkaga kirgandagi o’z sallasini berdi. Umayr sallani oldi va Safvanning oldiga ketdi. U allaqachon kemada turib, suzib ketishga tayyor edi. Umayr unga dedi: “Ey Safvan! Sen men uchun otam va onamdan ko'ra qimmatroqsan! Alloh! Alloh! Sen o’zingni nobud qilasan! Mana senga Muhammaddan xavfsizlik kafolati olib keldim”. Safvan javob berib dedi: “Senga voy! Ket va endi menga murojaat qilma! Sen mening ota-onamdan ko'ra qimmatroqsan, lekin sening jiyaning, odamlarning eng mehriboni, eng poki, eng muloyimi va eng yaxshisidir. Uning kuchi – sening kuchingdir; uning sharafi – sening sharafingdir; uning Shohligi – sening shohligingdir. Lekin o’z hayotimdan qo'rqaman”. –“U juda olijanob va muloyim, u senga hech narsa qilmaydi”. So’ngra Umayr uni Muhammadni oldiga olib keldi va Safvan unga dedi: “U, sen menni xavfsizligimni kafolatlaganingni ta’kidladi”. –“U to’g’ri gapiryapdi!” –“Unday bo’lsa, oylash uchun menga yana ikki oy ber!” –“O’ylash uchun, senga to’rt oy beriladi!”
9.03 -- Hunayn jangi va uning natijasi (630 yil yanvar-mart)
9.03.1 -- Durayd ibn as-Simmning so'zlari
Bir kuni Malik maydonda Muhammadga qarshi chiqishga qaror qildi. U o'z bilan podalarini, ayollarini va bolalarini olibdi. U Autas vodiysidagi lagerda turganida, odamlar uning atrofida to'plandilar. Ular orasida taxturavonda olib kelingan, Durayd ham bor edi. Yerga tushgach, Durayd so'radi: “Biz qaysi vodiydamiz?” Unga javob berishdi: “Aytas vodisida”. So’ng u dedi: “Bu yer otliqlar uchun ayrim hovuzlar va yopishqoq tuproq yo'q, toshloq joy ekan. Lekin nima uchundir tuyalarning shovqini, eshaklarning hangrashini, bolalarni yig'lashi va qo'ylarni ma’rashni eshityapman?” Unga javob berishdi: “Malik odamlar o’zlari bilan qoramol, ayollar va bolalarni olishni xohladi”. Shundan so’ng u Malikni chaqirdi va unga dedi: “Malik, sen – o’z qavmingni boshlig’isan, bugun biz uchun hal qiluvchi kun. Nima uchun men tuyalar va eshaklarning shovqinini, bolalarni yig'isini va qo'ylarni ma’rashini eshityapman?” Malik unga javob berib dedi: “Men odamlarga o’zlari bilan chorvalarini, xotin va bolalarini olishga buyurdim” – “Nimaga?” –“Men xohladimki, har bir odam qattiylik bilan jang qilishi uchun, har birini ortida uning oilasi va uning chorvasi bo’lisin”. Durayd dedi: “Sen oddiy cho’ponsan! Allohga qasamki, jang maydonidan qochib ketayotgan odamni ushlab turish uchun biror narsa bormikan? Agar sen g'alaba qozonmoqchi bo'lsang, faqat qilich va nayzasi bo'lgan odam senga foyda keltiradi. Agar sen mag'lubiyatni boshdan kechirsang, oilang va chorvang oldida sharmanda bo'lasan”. Keyin u so’radi: “Ka’b va Kilab nima qilyapdi?” Kimdir javob berib dedi: “Ular bu yerda yo’q”. Shunda u dedi: “Demak, sizlar bilan na qat'iyatlik, na tashabbuslik yo’q. Agar bugungi kun shuhrat va sharaf kuni bo'lganida, unda bu ikki qabila bu yerda bo'lar edi. Umid qilamanki, sizlar ham Ka'b va Kilab kabi bir xil bajarasizlar. Sizlardan kim bu yerda?” Ular javob berishdi: “Amr ibn Amir va Ayf ibn Amir”. U aytdi: “Ushbu ikki qavmdagi Amirdan na foyda, na zarar. Ey Malik! Sen eng yaxshi odamlarni Havazinni otlardan himoya qilish uchun hech narsa qilmading. Ularni o'z mamlakatlarida yuqori, chiqib bo’lmaydigan joyga olib borish yaxshiroqdir. Keyin yoshlar otlarga o'tirsin. Agar g'alaba qozonsang, qolganlar senga qo'shiladi. Agarda sen mag'lub bo'lsang, faqat sen o'zing azob chekasan, o’z oilangni va o’z chorva mollaringni esa qutqarasan”.
Malik, Allohga shunday qilmaslikka qasam ichdi. “Sen, allaqachon qarisan, – dedi u Duraydga, - va sening fikring xiralashgan. Allohga qasamki, agar Havazin odamlari menga quloq solmasa, u holda men bu qilichni o'zimga sanchaman”. U odamlarni Durayd maslahatlariga quloq solmaslikni yoki hatto o'z fikrlarini bildirishlarini istamadi.—Sundan so’ng Havazin odamlari hayqirishdi: “Biz senga quloq solamiz!”
Durayd ularga dedi: “Men hech qachon bunday kunni ko'rmaganman va eslay olmayman! Oh, agar men bu jangda yosh bo'lsam edi, bu tarafdan boshqa tatafga chopib, boshlarni kesib, yosh qo'ylar kabi qo'rqiganidan tarqatib yubordim!”
Keyin Malik buyurdi: “Dushmanni ko'rganingizda, qilichlaringizning qobig'ini kesib, bir odam kabi hujum qiling!” Umayy ibn Abdallah menga, unga aytib berishlaricha, Malik ibn Auf o'z odamlarini ayg’oqchilikka qilish uchun yuborganligi haqida gapirib berdi. Ular chiqgan bo’g’imlari bilan qaytib kelishdi. Malik baqirdi: “Holinglarga voy! Nima bo’ldi?” Ular javob berishdi: “Biz ola-chipor otlarda oq odamlarni ko’rdiik va Allohga qasamki, sen ko’rib turganing, ko’z ochib yumguncha biz bilan sodir bo’ldi”. Allohga qasamki, hatto bu narsa ham Malikni o’z niyatida to’htata olmadi.
9.03.2 -- Abdallah Ibn Abu Xadradning yuborilishi
Muhammad Havazin odamlari haqida eshitgach, ularga Abdallah ibn Abu Xadrad al-Aslamni yubordi. U, Abdallahga ularning to’dasiga kirib, ularning orasida bo’lishi va ularning niyatlari haqida ma'lumot bilishni, keyin qaytib kelib, unga hamma narsani aytib berishni buyurdi. Abdallah ularning to’dalariga kirib, ular orasida bo'lib, Muhammad bilan jang qilishni bilib oldi. Keyin u Muhammadni oldiga qaytib keldi, unga bu haqida gapirib berdi. Muhammad ularga qarshi chiqishga qaror qilganida, u Safvan ibn Umayyning hali ham butparast bo'lgan davridagi aslahalari va qurollar borligini bildi. U unga dedi: “Biz ertaga o’z dushmanimizni qarshi olishishimiz uchun o’z qurollaringni bizga qarzga berib tur”. Safvan javob berib dedi: “Uni kuch bilan olmoqchimisizlar?” Muhammad unga aytdi: “Yo'q, biz faqat uni qarzga olamiz va biz u bilan yaxshi munosabatda bo'lamiz, keyin senga qaytarib beramiz”. “Unda yahshi, – javob berdi Safvan, – men qarshi emasman”. U unga qurollari bilan yuzta sovutni berdi. Muhammad unga qurol va qurol-aslahalarni qaytarib berishni takidlagan edi va u buni qildi.
9.03.3 -- Muhammadning yuborilishi (yanvar 630)
Muhammad, Makkaning 2000 aholisi va 10000 izdoshlari bilan jangga chiqdi. Jami bo’lib 12000 kishi bo’lgan. U, qolgan odamlarni boshqarish uchun, Attab ibn Asid ibn Abu al-Ays ibn Umayyni Makkaning boshqaruvchisi etib tayinladi. So’ngra u Havazin odamlariga qarshi kurashdi.
Menga az-Zuhr aytib berishicha, Haris ibn Malikdan Sinan ibn Abu Sinan quyidagilarni eshitdi: “Biz Muhammad bilan Hunaynga* qarshi kurashdik. Biz endigina bitparastlikdan uzulgandik. Qurayshit va badaviylar orasidagi imonsizlar har yili boradigan "Zat al-Anvat" deb nomlangan katta yashil daraxtga borishdi. Ular unga qurollarini osib qo'yishdi, qurbonlik marosimlarini o'tkazdilar va u yerda butun kunni o'tkazdilar. Biz oldinga qarab yurganda, oldimizda katta nilufar daraxtini ko'rib qoldik va hayqirdik: “Ey Allohning rasuli! Bizga ham boshqalarnikidek Zat al-Anvat ber!” Muhammad dedi: “Alloh buyukdir! Men, Muhammadning ruhi qo’lida bo’lgan Zot bilan qasam ichamanki, Musoga xakqi aytganidek, sizlar ham shunday gapiryapsizlar: “Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!" U: "Sizlar johil qavm ekansizlar. 139. Zero, ularning turgan narsalari barbod bo'luvchi va qilayotgan ishlari botildir". (A’rof surasi 7:138-139)”.
9.03.4 -- Musulmonlarning qochishi
Asim menga aytishicha, Abd ar-Rahmon ibn Jabirning so'zlariga ko'ra, unga otasi aytib berdi: “Hunayn vodiysiga etib borganimizda, tong otguncha yana bir jarlikdan tushdik. Lekin dushman bizdan oldin vodiyni egallab olib, bizga daralarda, burilishlarda va tor yo'laklarda pistirma qo’ydi. Biz, ular hammasi birga, bir odam kabi bizga hujum qilanganini anglashga ham ulgurmadik va bir-birimizga e’tibor bermasdan orqaga qaytishga shoshildik”.
9.03.5 -- Muhammadning matonati
Muhammad o'ng tomonga o'tib, qichqirdi: “Ey odamlar, bu yerga, mening oldimga keling! Men Allohning rasuliman! Men Muhammad ibn Abuddaloh!” Odamlar oldinga yugurib ketishdi, tuyalar esa mushkul ahvolda edi. Muhammad bilan faqat ba'zi yordamchilar va oila a'zolari qoldi. Jobir yana aytdi: “Havazinlardan biri, qizil tuya minib ketayotgan edi. Unda uzun uchli nayza bilan biriktirilgan qora bayroq bor edi. U xavazinlarni boshqarar edi. U kimgadir etib olganida, unga bu uzun nayza bilan zarba berardi. Mo’minlar undan ketib qolishganida, u nayzasini havoga ko'tardi va uning orqasidagilar unga ergashdilar. Muhammad bilan birga hujum qilgan, Makka aholisidan bo'lgan yovuz niyatli odamlar, bu qochishni ko'rganlarida ba'zilari o’zlarining g'azablanganini aytishdi. Abu So'fiyon ibn Xarb masxara bilan aytdi: “Ular dengizgacha qochishadi. Uning o’qdoni - o’qlari bashorat qilish uchun (yakuni yo’q)”. Jabal ibn al-Hanbal hayqirib dedi: “Bugun hech qanday sehrgarlik yordam bermaydi!” Safvan dedi: “Jim bo'l! Alloh senning og'zingni ursin! Allohga qasamki, havazitdan ko’ra yahshisi menga qurayshit buyruq bersin”. Shayb ibn Osman dedi: “O'ylaymanki, bugun Muhammaddan qasos olaman!” -- Uning otasi Uhud jangida vafot etdi. – “Bugun Muhammadni o’ldiraman”. Keyin Muhammadni atrofida uni o'ldirish niyatida yurdim. Lekin menga bir narsa topildi, yuragimdan ushladi va men buni qila olmasligimni angladim. Keyin menda uni ustidan hech qanday kuch yo'qligini tushundim”.
9.03.6 -- Qochishdan keyingi g'alaba
Az-Zihr menga Kasir ibn Abbasning o’z otadidan eshitgan so’ziga ko’ra ushbu so’zlarni aytib berdi: “Men Muhammad bilan birga edim va Muhammad qochib ketayotganlarni chaqirganida va hech kim unga quloq solmagan paytda, men uni oq xachirni ushlab turardim. Keyin u xitob qildi: “Ey Abbos! baqir: “Ey yordamchilar! Ey qasam bergan odamlar!” Odamlar javob berdi: “Biz shu yerdamiz! Biz shi yerdamiz!” Ular o’z tuyalari bilan o'girilishni xohlashdi, lekin ular qila olmadilar. Keyin ular qurollarini olib, ularni tuyalarning bo'yinlariga tashladilar va Muhammadga yo'lni tozalash uchun qalqon va qilich bilan yerga sakrab tushishdilar. Yuz kishi yig'ilganda, ular dushmanga qarshi chiqib, jang qila boshladilar. Boshida xuddi shu chaqiruv eshitildi: “Ey yordamchilar!” , lekin oxirida ular qichqirishdi: “Ey hazrajitlar!” , chunki ular jasorat bilan kurashdilar. Keyin Muhammad o’z tuyasidan tushib, askarlarni oldiga borib, qichqirdi: “Endi qaynoq kurash bo’ladi!” Qo’lida boyroq’i bilan havazinit jang qilganida, uning ortidan Ali va yordamchilardan biri ketdi. Ali uni orqasidan yaqinlashib, tuyani jilovga urdi, shunda tuya orqaga yiqildi. Yordamchi havazinitga hujum qilib, unga kuchli zarba berdi, shunda uning oyoqlarini yarmini kesib yubordi va u egaridan tushib ketdi. Yordamchilar juda jasorat bilan jang qilishdi, qachoqlar qaytib kelishganida, Muhammadning oldida turgan mahbuslarni ko’rishdi. Keyin Muhammad, ular bilan birga turgan Abu So’fiyon ibn al-Harisga o’girildi, shunday qilib, uning murojaatining samimiyatini tasdiqladi va undan so’radi: “Kimsan?” U javob berdi: “Men seni onangni o’g’liman, ey Allohning rasuli!”
9.03.7 -- Umm Sulaym
Abdulloh ibn Abu Bakr menga aytib berdi: “Muhammad orqasiga o’girilganida, Milhanning qizi Umm Sulaym u tamon tuyada kelayotganini ko’rdi. Uning eri Abu Talx o’z tuyasida uning orqasidan kelayotgan edi. U homilador edi va shuning uchun qo'li tuya burunidagi halqasidan ushlab turdi, chunki Abu Talxning tuyasi unga quloq solmaganidan qo'rqardi. Muhammad xitob qildi: “Umm Sulaymmisan?” “Ha, – javob berdi va davom etib, – sen men uchun ota va onamdan qadrlisan! Sendan qochib ketgan va senga qarshi kurashgan barcha odamlarni o'ldir. Ular bunga loyiq”. Muhammad javob berdi: “Ey Umm Sulaym, ularni Allohning o’zi jazolaydi!” Keyin u nima uchun unda xanjar borligini so'radi. U javob berib dedi: “Menga yaqinlashishga jur'at etgan har qanday kofirni o'ldirish uchun”.
9.03.8 -- Abu Katad va uning o’ljasi
Abu Katad aytib berdi: “Hunain jangida men bir musulmonni majusiy bilan jang qilganini ko'rdim. To'satdan boshqa kofir majusiyga yordamga keldi. Men unga hujum qildim va qo'lini kesdim. Lekin u meni boshqa qo'li bilan ushladi va bo'g'ishni xohladi. Agar u katta qon yo'qotishidan charchamagan bo'lganda edi, u meni o'ldiradi. U yerga yuqildi va men unga o'ldiradigan zarba berdim. Keyin jang bilan bo’lib ketdim va o'sha halok bo'lgandan uzoqlashdim. Ayni paytda, bir makkalik unga yaqinlashdi va undan o'ljani oldi. Urush tugaganida va dushman ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, Muhammad shunday dedi: “Dushmanni kim o'ldirgan bo'lsa, o’lganing o’ljasini o'ziga olib ketishi mumkin”. Shunda men dedim: “Ey Allohning rasuli! Men odamni o'ldirdim, lekin jang bilan bo’lib, undan uzoqlashdim. Endi men undan o’ljani kim olganini bilmayman”. O’sha makkalik dedi: “U to’g’ri gapirdi, ey Allohning rasuli! Sen mening o’rnimga unga to’lob ber”. Lekin Abu Bakr dedi: “Allohga qasamki, yo’q, u senga to’lov bermaydi. Allohga imon uchun kurashayotgan, Allohning sherlaridan birining ustiga qanday qilib o'zingizni yuqori qo'yib, uning o'ljasidan bir qismini talab qila olasan? Unga, sen o'lganidan olgan o’ljani unga qaytarib ber!” Muhammad shunda dedi: “U haq. Unga o’ljani qaytarib ber”. – “Men o’ljani oldim, – deb, Abu Katad so’zini tugatdi, – sotdim va unga palma bog’ini sotib oldim”. Xunayndagi jang kunida, Abu Talh yigirmatadan ortiq odamni o'ljasini qo’lga kiritdi".
9.03.9 -- Farishtalarning yordami
Abu Ishoq ibn Yasar menga Jubayr unga aytganlarini aytdi: “Dushman qochishidan oldin, jang hali ham davom etar ekan, qorong'u devorga o'xshash narsa osmondan tushib, biz bilan dushman o'rtasida qanday tushganini ko'rdim. Keyin vodiyda qora chumolilar qanday paydo bo'lganini ko'rdim. Hech shubhasiz, bu farishtalar edi.* Shundan keyin dushman darhol qochib keta boshladi”.
9.03.10 -- Jangdan keyin nima sodir bo'ldi
Xavazinitlar qochib ketganida, Banu Malikdan ko'p odam o'ldirildi. Biroq, ularning bayrog'i ostida yetmish kishi qoldi, ular orasida Zu al-Himarniing (Auf ibn Rabia laqabli) o’limidan keyin bayroqni ko’targan va o’ldirulguncha ular bilan jang qilgan Osman ibn Abdulloh bor edi. Muhammad Osmanning o'limi haqida eshitganida, u shunday dedi: “Alloh uni la'natlasin! U qurayshitlarning dushmani edi!” Yoqub ibn Utba ibn al-Mugir menga quyidagilarni so’zlab berdi: “Osman bilan birga uning sunnat qilinmagan masihiy-xizmatkori o’ldirilgan edi”.
Bir yordamchi bu sunnat qilinmagan qulning o'ldirilgan sakifitlari orasidan topganida, u butun ovoz bilan qichqirdi: “Ey badaviylar! Sakifitlarni sunnat qilinmaganligi Allohga ayon!” Mugir ibn Shuab uning so'zlari badaviylarga etib borishidan qo'rqib, uning qo'lini ushladi va dedi: “Bunday gapirma! Sen men uchun ota va onamdan ko'ra qimmatroq! Ammo bu o'ldirilgan odam – bizning masihiy qullarimizdan biri”. Keyin u boshqa jasadlarni ochdi va shunday dedi: "Nahot sen ularning hammasi sunnat qilinganini ko'rmayapsanmi?”
Ittifoqchilar bayrog'I, Karib ibn al-Asvadda bo'lgan edi. Musulmonlar qochayotgan paytda, u bayroqni daraxtga tirab qo’ydi va o’zining amakivachchalari bilan birga qochib ketishdi va barcha qabilalar va ittifoqdoshlardan faqat ikkitasi halok bo'ldi: Banu Giriydan Vaxb va Banu Kubbdan al-Jula.
Ammo majusiylar Malik ibn Auf bilan birga Taifga qochib ketishdi. Boshqalar Autas vodiysidagi lagerga joylashdilar, va boshqalar, hech bo'lmaganda Sakifitning Banu Guyarga, Nahlga ketishdi. Muhammadning otliq askarlari Banu Giyarni ta'qib qilishdi, ammo tog'larda yashirganlar emas.
9.03.11 -- Durayd ibn as-Simm o'zini o'limga topshiradi
Rabia ibn Rufay, Durayd ibn as-Simmga etib oldi. U, bu ayol kishi deb oyladi, chunki tahtiravonda Durayd ketayotgan edi. Lekin u tuyani to'xtatganda, u keksa odam ekanligini ko'rdi. Yosh yigit Duraydni tanimadi. “Senga nima kerak?”- deb undan so’radi Durayd. “Seni o’ldirishni” – deb javob berdi yosh yugit. –“Sen, kimsan?” –“Men sulamit Rabia ibn Rafay”. -- Keyin u Duraydni qilich bilan urdi, lekin unga hech qanday zarar bermadi. So’ng, Durayd dedi: “Onang senga yomon qurol beribdi. Mening qilichimni tahtiravondagi egardan ol va bu qilich bilan meni ur, toki u elkadan boshimgacha o’tsin. Men avvallari odamlarni shunday o’ldirardim. Onangga qaytib borganingda, unga Durayd ibn as-Simmni o'ldirganingni ayt. Allohga qasam ichaman, ayollaringizni juda ko'p himoya qildim!”
Banu Sulaym odamlari tasdiqlashicha, Rabia quyidagilarni aytib berdi: “Men uni urganimda, u yerga yiqilib tushdi va uning tanasi ochilib ketdi. Uning oyoqlarini ichi silliq, tuksiz edi, chunki u juda ko'p otliqda yurardi”. Rabia onasini oldiga qaytib kelganida va unga Duraydni o'ldirganini aytib berdi, onasi unga aytdi: “Allohga qasamki, u onangni uch marta ozod qilgan!”
9.03.12 -- Abu Amir tarixining oxiri
Autas vodiysidagi jang kunida Abu Amir, butparast o'nta aka-ukalarni uchratdi. Ulardan biri unga hujum qildi. Abu Amir, unga qarshi chiqib, Islomga murojaat qilishga chaqirdi va dedi: “Alloh unga qarshi guvoh bo’lsin!” Keyin u unga hujum qildi va uni Islomga chaqirganidan keyin uni o'ldirdi va Allohni unga qarshi guvohlik berishga chaqirdi. O’ninchisiga etib kelgunga qadar, u aka-ukalarni birma-bir o’ldirdi. U, Abu Amirning chaqirig'iga javob berdi va shunday dedi: “Ey Alloh! Menga qarshi guvohlik berma!” Keyin Abu Amir jang qilishni to'xtatdi va kofir esa ketdi va keyinchalik yaxshi musulmon bo'ldi. Uni ko'rganda, Muhammad aytdi: “Bu Abu Amirdan qochib ketgan odam”. Abu Amir, keyinchalik Banu Jushamdan Horisning o'g'illari, aka-uka Al va Auflar tomonidan otib o'ldirildi. Ulardan biri uning yuragiga, ikkinchisi esa tizzasiga tekkizdi. Keyin Abu Muso o'z odamlari bilan bu ikki aka-ukaga qarshi chiqib, ularni o'ldirdilar.
9.03.13 -- Muhammad ayollarni o'ldirishni taqiqlaydi
Bir do'stim menga aytib berdi: “Bir kuni Muhammad, Xolid ibn al-Valid tomonidan o'ldirilgan ayolning yonidan o'tib ketayotgandi. Uning atrofida, ko'p odamlar to'plangan edilar. Muhammad so'radi: “Bu yerda nima sodir bo'ldi?” Ular javob berishdi: “Mana, Xalid ibn al-Valid tomonidan o'ldirilgan ayol”. Keyin Muhammad o'sha yerda bo'lganlardan biriga buyurdi: “Xolidga etib bor va unga Allohning rasuli bolalar, ayollar va xizmatkorlarni o'ldirishni taqiqlashini ayt”.
9.03.14 -- Bajad va Shayma haqida
O'sha kuni Muhammad shunday dedi: “Agar siz Banu Saaddan bo'lgan Badjadni qo'lga olishga erishsangiz, uni qochib ketishiga yo’l qo’ymang. U jinoyat sodir etdi”. Musulmonlar uni tutib olgach, uni oilasi bilan birga Muhammadga olib bordilar. U bilan birga Muhammadning sut emishgan singlisi, Xaris ibn Abd al Uzzaning qizi Shayma ham bor edi. Yo’lda, u bilan qo'pol munosabatda bo'lishganida, u shunday dedi: “Bilasizlarmi, men Allohning rasuli bilan sut emishgan singlisiman. Allohga qasam qilaman!” Lekin ular Muhammadga olib kelguniga qadar, unga ishonmadilar. Ular uni Muhammadga olib borganlarida, u shunday dedi: “Ey Allohning rasuli! Men sening singlingman”. U so'radi: "Buni sen qanday qilib isbotlaysan?” U dedi: “Meni orqamda, men seni belimda ko’tarib yurganimda, seni tishlashingdan qolgan iz bor”. Muhammad bu izni bilardi. Uning oldiga u choponini yoyib, unga uni o'tkazdi. Keyin unga tanlov berdi: “yoki u bilan birga muhabbat va hurmat bilan qo'plangan joyda qolish yoki uning sovg'alari bilan qarindoshlarini oldiga qaytib borish. U ikkinchisini tanladi. Muhammad unga sovg'alar berib, uni qarindoshlarining oldiga qaytarib yubordi. Banu Sa'dning hikoyasiga ko'ra, unga Makhul ismli bir qulini va keyinchalik bir-birlari bilan turmush qurgan qul ayolni berdi va ularning nasli hali ham davom etmoqda. Hunayn jang kuni haqida Alloh bunday vahiyni berdi: “Alloh sizlarni ko'p joylarda va Hunayn kunida g'olib etdi. O'shanda ko'pligingiz sizlarni mag'rurlantirgan edi…” (Tavba surasi 9:25).
9.03.15 -- Taifga* harbiy yurish (630 yil fevral)
Sakifitlik qochqinlar Taifga etib kelganida, ular darvozalarni yopib, shaharni himoya qilish uchun tayyorlandilar.
Urva ibn Masud va Gaylan ibn Salam, na Xunayn vodiysidagi jangda, na Taif qamalida ishtirok etmadilar. Ular Jurashda edilar va minoralarini qamal qilish, katapult va boshqa mudofaa vositalarini tayyorlashni o'rgandilar.
Muhammad ham Hunainda jang tugaganidan keyin Taifga jo’nadi. U Nahl al-Yamaniya orqali (Makkadan 50 km sharqida), Karn (Makkadan 115 km sharqda) va u masjid qurgan va nomoz o’qigan Buhra ar-Ruga Liyyidagi Mulayh orqali yurdi. Buhra ar-Rugada, Muhammad bir qotilni qatl etishni buyurdi.* Bu Islomda birinchi qon to'kilishi edi. Qotil Banu Laysdan edi. U Xuzayl qabilasidan bir odamni o'ldirdi. Muhammad liyyida bo'lganida, u Malik ibn Aufning qal'asini yo'q qilishni buyurdi. Keyin u "ad-Dayyika" (tor, qiyin) deb nomlangan yo'lga chiqdi. Lekin u uni "al-Yusra" (keng, engil) deb atadi. Bu yo'l bilan Nahabga keldi. U Sakifit qabilasidan bo'lgan odamlarning yerlariga yaqin bo'lgan "as-Sadira" deb nomlangan nilufar daraxti ostida to'xtadi. Muhammad bu odamga murojaat qildi: “Yoki sen bizni oldimizga chiqasan, yoki biz senning bog'ingni yo'q qilamiz!” Ular buni qildilar, chunki u ularni oldiga kelmadi.
Keyin Muhammad yo'lni davom ettirdi va Taifga bordi. U yerda lager joylashtirdi. Uning bir nechta odamlari o'q bilan o'ldirildi, chunki lager shahar devorlariga juda yaqin edi. Eshiklar qulflanganidan beri, ular oldinga harakat qila olmadilar. Muhammad o’zining ba'zi sahobalari vafot etgandan so'ng, o’z lagerini masjid turgan joyga ko'chirdi. Qamal yigirma kun davom etdi. Muhammad bilan xotinlarining ikkitasi bor edi, ulardan biri Abu Umayining qizi Umm Salam edi. U ular uchun ikkita chodir tikdi va chodirlar orasida ibodat qildi. Sakifitlar musulmon bo'lganida, Amr ibn Umayya Muhammad ibodat qilgan joyda masjid qurdirdi. Qamal paytida qattiq jang sodir bo'ldi, har ikki tomon ham bir-biriga o'q otishdi. Muhammad shaharga katapultdan toshlarni otdi. Taif aholisi birinchi bo'lib katapultdan qarshi ishlatishganiga da’vo qilingan.*
Shadh kuni, Muhammadning hamkorlaridan ba’zilari qamaldagi minora devoriga pana ostida yaqinlashdilar. Biroq sakifitlar ularga issiq temir qismlarini otishni boshladilar va sahobalar qamal minorasidan chiqib ketishlariga to’g’ri keldi, shunday qilib, sakifitlar bir necha odamni o'q bilan o'ldirishga muvaffaq bo'lishdi. Keyin Muhammad Sakifit uzumzorlarini kesib tashlashni buyurdi. Uning buyrug'i darhol bajarildi. Taif qamali paytida Muhammad Abu Bakraga dedi: “Men vahiy ko’rdim, menga moy to’ldirilgan idish berilgan edi, lekin xo’roz tumshug’i bilan teshib qo’ydi va hamma moy undan to’kilib ketdi”. Abu Bakr javob berdi: “Men, bu safar sen sakifitlaridan istagan narsangga erishasan deb oylamayman”. Muhammad javob berib dedi: “Men ham bunday o’ylamayman!”
Keyin Hakim ibn Umayyning qizi Huvayla dedi: “Agar senga Alloh Taifni mag’lub qilishga bersa, shunda sen menga Gaylan ibn Salamaning qizi Badiani yoki Akilning qizi Fariyning taqinchoqlarini berasan!” -- Sakif qabilasidan bo'lgan bu ikki ayol eng qimmatbaho taqinchoqlarini taqishar edi. Aytishlaricha, Muhammadning bu so’robga javoban so’radi: “Ey Huvayla, agarda menga uni ustidan kuch berilmasachi?” Keyin Huvayla Umarga borib, Muhammad nima deganini aytib berdi. Umar Muhammaddan so'radi: “Huvayla menga qanday so'zlarni aytib berdi?” Muhammad dedi: “Men haqiqatdan bu so'zlarni aytdim!” Umar so'radi: “Axir, senga bu shahar ustidan hokimiyat berilmaganmi?” “Yo’q” – deb javob berdi Muhammad. “Unday bo’lsa orqaga chekinishga buyrug’ berishimga ruxsat ber!"- deb, Omar unga murojaat qildi. Muhammad: "Buyruq’ ber!” - deb javob berdi.
Umar buyruq berdi va odamlar chekinishga kirishganida, Said ibn Ubayd qichqirdi: “Shunday qilib, bu qabila tirik qoladi!” Uayn ibn Hisn unga javoban xitob qildi: “Ha, Allohga qasamki, shon-sharaf va hurmat bilan!” Keyin mo’minlardan biri unga aytdi: “Uayn, seni Alloh lanatlasin! Sen bu butparastlarni Allohning rasuliga qarshi turish uchun va keyin sen unga yordamga kelganing uchun maqtayapsanmi?” – “Allohga qasamki, sakifitlar bilan jang qilish uchun kelmadim. Men faqat Muhammadning Taifni mag'lub etishiga va sakifit qizlaridan birini olishga umid qilgandim. Men undan o'g'illi bo’lishdan umidvor edim, chunki sakifitlar aqlli odamlardir”*
Muhammad Taif oldidagi lagerda bo'lganida, qamal qilingan ba'zi qullar unga kelishdi. Ular Islomni qabul qildilar va Muhammad ularni qullikdan ozod qildi.
Ko'p yillar o'tgach, Taif aholisi Islomga qabul qilganlarida, sakifitlardan biri Muhammadga qochib ketgan bu qullar haqida suhbatni boshladi – bu Haris ibn Kalad edi. Muhammad dedi: “Allohning o’zi ularni ozod qildi”. Sakifitlar, bir oz oldin Islomga murojaat qilgan va Muhammad bilan sakifitlarga qarshi chiqgan, Marvon ibn Kays ad-Dausi oilasini tutib olishgandi. Sakifliklar, ular Kaysning avlodlari ekanliklarini da'vo qiladi va Muhammad Marvon ibn Kaysga aytgan so'zlariga ishora qiladi: “Kaysdan bo’lgan birinchi asitni o’z oilangiz uchun garov sifatida olinglar. Marvon, Ubayy ibn Malik al-Kushayr bilan uchrashdi va uni asir qilib oldi. Dahhak ibn So'fiyon al-Kilab bu ishni o'z zimmasiga oldi: u darhol Marvonning oilasi yuborgan sakifitlar bilan suhbatlashdi. Keyin Marvan, Ubayyani ozodlikka chiqardi”.
9.03.16 -- Taifda halok bo’lgan musulmonlarning ismlari
Quyidagi musulmonlar, Taifda shahid bo’lib o'ldi: Banu Umayy ibn Abd Shamsdan: Said ibn Said ibn al-As va ularning ittifoqdoshilaridan biri (Gurfuta ibn Jannob (Hubab) Asid ibn al-Gaus qabilasidan). Banu Taym ibn Murradan: Abdulloh ibn Abu Bakr, o’qdan yarador bo’lgan ba payg’ambarning o’limidan so’ng o’z yarasi tufayli Madinada vafot etdi. Banu Mahzumdan: nayza zarbidan o’lgan Abdulloh ibn Abu Umayya ibn al-Mugir. Banu Adiy ibn Kaabdan: ittfoqchilaridan biri bo’lgan, Abdulloh ibn Amir Rabia. Banu Sahm ibn Amrdan: As-Sayb ibn al-Haris ibn Kays ibn Adiy va uning ukase Abdulloh, Banu Saad ibn Laysdan: Julayha ibn Abdulloh.
Yordamchilardan quyidagilar qoldi: Banu Salamdan Sabit ibn al-Jaza va Banu Mazindan al-Haris ibn Sahl. Muhammadning halok bo’lgan sahobalaridan jami o’n ikki kishi edi. Bulardan yettita qurayshitlar, to’rtta yordamchilardan va bitta Banu Laysdan edi.*
Taifdan Muhammad Dahnaga bordi va o’z odamlari bilan Jirandagi (Makkadan tahminan 8 km shimolida) lagerni buzdi. U bilan birga Havazin qabilalarining ko'plab mahbuslari bor edi. Taifni tark etish kunida Muhammadning sahobalaridan biri unga sakifitlarni la'natilashga chaqirdi. Lekin Muhammad unga javob berdi: “Alloh sakifitlarni haqiqiy yo'lga o'rgatsin va ularni menga olib kelsin!” Jiranda Muhammadga xavazinitlar vakillari kelishdi. U, 6000 ayollar va bolalarni, shuningdek, son-sanoqsiz ko’p tuyalar va qo'ylarni ushlab olgandi. Havazinitlardan Muhammadga Islomni qabul qilgan odamlar keldilar va dedilar: “Ey Allohning rasuli! Biz bir qavm va bir oilamiz. Bizga nima bo'lganini bilasan. Bizga rahm-shafqat qil va Alloh sen bilan ham shunday qiladi!” Banu Saad ibn Bakrdan bo’lgan havazinitlardan biri, Abu Surad Zuhayr turdi va dedi: “Ey Allohning rasuli! Senning mahbuslaring orasida sizning onang va otang tamonidan bo’lgan holalaring, sen g’amho’rlik qilgan opa-singillaring bor. Agar biz Xaris ibn Abu Shimr yoki Nuaman ibn Al-Munzirni boqsak va biz bilan bunday baxtsizlik yuz bergan bo’lardi, keyin biz, u bizga achinib, bizni kechiradi deb umid qilgan bo’lar edik. Sen sharafga ega bo'lganlarning eng yaxshisan”
Muhammad javob berib dedi: “Sizlar uchun nima qimmatroq: bolalarmi va xotinlarmi yoki mulkmi?” Ular javob berdilar: “Ey Allohning rasuli! Siz bizga mol-mulkimiz va sharafimiz o'rtasida tanlov berasizmi? Albatta, xotinlar va bolalar biz uchun qimmatroq”. Shunda Muhammad dedi: “Men va Abd Al Muttalibning o'g'illariga tegishli bo'lgan narsalar sizlarga qaytarib beramiz va peshin namozini yakunlagandan keyin keling va ayting: “Biz, mo’minlar bilan Allohning rasuldan himoya qilishni va bizga xotinlarimiz va bolalarimizni qaytarib berish uchun, Allohning rasuli bilan mo’minlarni himoya qilishini so’raymiz! Keyin men sizning so'rovingizni bajaraman va sizni himoya qilaman”. Muhammadning namozidan keyin, u ularga buyurganlarini aytishdi, keyin Muhammad tasdiqladi: “Menga va Abd al-Muttalibning o'g'illariga tegishli bo'lgan narsalar sizga qaytarib beramiz!” Ko'chmanchilar aytdi: “Bizga tegishli bo’lganlarni, biz Allohning rasuliga beramiz”. Yordamchilar ham huddi shunday aytishdi. Lekin Al-Akram ibn Habis e’tiroz bildirdi: “Men va Banu Tamim rozi emasmiz!” Uayn ibn Hisn dedi: “Men va Banu Fizar ham rozi emasmiz!” Abbos ibn Mirdas o’zining ulushini va Banu Sulaymning ulushini talab qildi. Lekin Banu Sulaym baqirdi: "Yo'q! Bizga tegishli bo'lgan narsalarni, biz Allohning rasuliga beramiz”. Shunda Abbos, Banu Sulaymga dedi: “Sen meni sharmanda qilyapsan!” Muhammad qo’shib qo’ydi: “Sizlardan qaysi biringiz mahbuslardan o’z ulushingizni talab qilmasangiz, men kelajakda qo'lga kiritadigandan, har bir inson uchun men olti ulushdan beraman”. Abu Vajza Yazid ibn Ubayd as-Saadi menga aytib berdi: “Muhammad, Aliga Hilol ibn Hayyanning qizi bo'lgan Rayta ismli qizni berdi. Osman ibn Affanga Hayyanning qizi Zaynabni berdi. Keyin u Omarga, keyinchalik Omar o’z o’g’li Abdullohga sovg’a qilgan qizni berdi”.*
Nafia, Abdallahning ozod etilgan quli, shunday dedi: “Men, o’z qizimni tartibga keltirib va men uchun tayorlashga, amakim Banu Jumahnikiga yubordim, men birinchi navbatda Ka'bada aylanib chiqib, so’ngra kelib u bilan aloqa qilishni xohladim”. Men muqaddas joydan chiqganimda, odamlarni to'planganini ko'rdim. Men nima sodir bo'lganini so'radim va ular menga javob berishdi: “Muhammad bizning xotinlarimiz va bolalarimizni qaytarib berdi!” Shunda men dedim: “Sizlarning qizingiz Banu Jumahnikida. Borib, uni olib ketinglar!” Ular borib, uni uyiga olib ketishdi”.
Uayn ibn Hisn, bir keksa ayol, havazitni asirga oldi va u ayol uchun, qabilasida katta to’lov to’laydigan ko’p qarindoshlari bor deb oylagandi. Muhammad, mahbuslar ozodligi uchun, kelajakdagi o’ljadan olti ulushdan qaytarishni talab qilganda, u ayolni qaytarib berishni istamadi. Zuhayr Abu Surad unga dedi: “Uni qaytarib ber! Allohga qasamki, uning og'zi endi yangi emas, uning ko'kragi tekis, naslsiz, eri endi undan zavqlanmaydi va u sut bermaydi”. Zuhayrning ushbu so’zlaridan keyin Uayn ibn Hisn ayolni olti ulish evaziga qo’yib yubordi.*
9.03.17 -- Malik ibn Auf an-Nasrning murojaati
Muhammad, Malik ibn Auf haqidagilarni, yuborilgan havazinitlardan so’radi. Ular javob berishdi: “U Taifda, sakifitlar bilan”. Muhammad, ularga Malik, agar u uni oldiga kelib va ishonsa, Muhammad unga mol-mulkini qaytarib beradi va yana yuzta tuya sovg’a berishi haqida xabar berishlarini buyurdi. Bu haqida bilgach, Malik Taifdan Muhammadni oldiga bordi. U, sakifitlar uni ushlab qolishidan qo'rqardi va shuning uchun unga Taifdan tashqarida tuya tayyorlab qo’yishlarini buyurdi. Keyin u ot olib kelishni buyurdi va o’sha otda u tunda shaharni tark etdi. U uchun tuya kelishilgan joyda tayyorlangan edi. U unga o'tirdi va Jiranga Muhammad bilan uchrashuvga bordi. Boshqalar esa, uar Makkada uchrashishganini aytishadi. Muhammad unga oilasini va mol-mulkini qaytarib berdi va qo'shimcha ravishda unga yuzta tuya berdi. Malik yaxshi musulmon bo'ldi.*
Muhammad, uni Islomni qabul qilgan Sumala, Salim va Fahm qabilalari ustidan boshliq lavozimiga tayinladi. Malik, sakifitlarga qarshi jang qilib, ularni o'rab olib, podalariga hujum qilganda, ularning boshlig’i edi.
9.03.18 -- O’ljani taqsimlash
Muhammad Hunayn vodiysidagi mahbuslarni o'z qarindoshlariga qaytarib berganidan so’ng, u yo'lga chiqdi. Lekin odamlar unga ergashdilar va dedilar: “Ey Alloning rasuli! O’lja qilib olingan tuya va qo’ylarni bizning o’rtamizda taqsimla!”. Ular unga shunday qarshi chiqishdi, hatto uni daraxtga bosib, uni to’nini yirtib tashladilar. Keyin u baqirdi: “Ey odamlar! Meni to’nimni qaytarib beringlar! Allohga qasamki, agar siz Tixamdagi daraxtlar kabi ko'plab chorva mollarini o’lja qilsangiz, shunda men uni sizning orangizda taqsimlardim. Siz hech qachon menda qizg’anchiqlik, qo'rqoqlik, aldash yoki shafqatsizlikni ko'rmagansiz. Keyin tuyasiga borib, o’rkachdagi junidan yulib, uni barmog’lari bilan oldi va aytdi: “Ey odamlar! beshinchi qismdan tashqari, men sizning o'ljangizdan hatto bunday jun parchasini ham olmadim va hatto bu qism ham sizga qaytariladi. Sizlar esa o'g'irlagan narsalarni keltiringlar - har bir ipni va ignani! O'g'irlik odamga sharmandalik, do'zax olovini va qiyomat kunida rasvogarchilikni olib keladi!” Keyin yordamchilaridan biri o’ram ipni olib keldi va dedi: “Ey Allohning rasuli! Men yarador tuya uchun egar qilishga bu o’ram ipni olgandim”. Muhammad javob berib dedi: “U uchun men o’z ulushimdan kechaman”. U shuni nazarda tutdi: “"Agar bu menga qattiq jazo keltirsa, men bunga muhtoj emasman!”, u o’ram ipni tashlab yubordi.*
Iso, pul va mol-mulk bilan juda boshqacha munosabatda bo'ldi. U, O’z izdoshlariga aytdi: “Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar” (Matto 6:24). U qashshoqlik va kamtarlikni ochko'zlik va boylikdan yaxshiroq ekanini o'rgatdi. Masih va Havoriylar uchun o’lja oddiy tasavvur qilmaydigan edi. Iso masihiylarni talonchilik va o'ljaga emas, balki qurbonlik va o'zidan voz kechishga chaqirdi.
Zayd ibn Aslam otasining so'zlaridan aytib berdi: “Akil ibn Abu Tolib, Xunayn jangi kunida Shayb ibn Rabianing qizi, xotini Fotimani oldiga qonli qilich bilan birga keldi. U dedi: “Ko’rib turibman, sen jang qilding, kofirlardan nimaga ega bo’lding?” Eri javob berib dedi: “Mana senga igna, bu igna bilan kiyim tikishingiz mumkin!” Unda ignani berdi. Keyinchalik u Muhammadni qichqirganini eshitdi: “Kim narsalarni olgan bo’lsa, hamma ip va ignagacha qaytarishi kerak!” Akil darhol qaytib keldi va dedi: “O'ylayman, sening ignang yo'qoldi!” U uni olib, o'ljadagi boshqa narsalarni oldiga tashladi”.
9.03.19 -- Ko'plab qurayshitlarga sovg'alar tarqatilishi
Muhammad, ularni do'stliklariga erishish va ularning qabilalari joylashgan yerlarni egallash uchun hurmatli kishilarga sovg'alar tarqatdi.* U Abu So'fiyonga yuzta tuya va yana yuzta tuyani uni o'g'liga berdi; shuningdek, u Hakim ibn Xizam va Banu Abd ad-Dardan Xaris ibn Kalad bilan ham shunday qildi. Ulardan tashqari, Haris ibn Xisham, Suhayl ibn Amr, Huvaytib ibn Abd al-Uzza ibn Abu Kays, al-Ala ibn Jariya as-Sakafiy, Banu Zuhra ittifoqchilari, Uayn ibn Hisn, al-Akraa ibn Habis, Malik ibn Auf va Safvan ibn Umayya kabilar yuztadan tuyalarga ega bo’ldilar. Boshqa qurayshitlar yuzdan kam tuya oldilar. Ularning orasida Mahram ibn Naufal az-Zuhri, Umayr ibn Vahob, al-Jumaxiy va Banu Amr ibn Luayydan Xisham ibn Amr ham bor edilar. Men ularga qancha berganini eslay olmayman, lekin bilaman, yuzdan kam tuya edi. Said ibn Yarbu ibn Ankasa ellikta tuya, as-Saxm ham ellikta tuya oldi. Muhammad, Abbos ibn Mirdasga bir necha tuyalar berdi. Bu uchun Abbos undan g'azablanib, oyatda unga davo qila boshladi:
Iso Masih O’z shogirdlarini oltin va kumush bilan jalb qilmadi, balki O’z qurbonligi va o'zidan voz kechish misolida ularga xochini ko'tarib, ta'qiblar orasida Unga ergashishlarini ko'rsatdi.
Keyin Muhammad unga aytdi: “Uni meni oldimdan olib keting, tilini kesib tashlang!" Ular u xohlagancha, unga juda ko'p tuya berdilar. Muhammadning "tilini kesib tashlang" degan gaplari shuni nazarda tutgan edi. Ba'zi qurayshitlar va boshqalar Muhammadga hurmat-ehtirom ko'rsatganlarida, ularga Jiran kunidahi Xunayn o’ljasidan sovg'alar berildi. Muhammadga, quyidagi odamlar hurmat bajo keltirdilar: Banu Umayyadan: Abu So’fiyon ibn Harb, Talik ibn So’fiyon ibn Umayya, Halid ibn Asid. Banu Abd ad-Dardan: Shayba ibn Osmon, Abu as-Sanabil ibn Balak, Ikrim ibn Amir. Banu Maxzumdan: Zuhayr ibn Abu Umayya, Haris ibn Hisham, Xolid ibn Hisham, Hisham ibn Valid, So’fyon ibn al-Asad va al-Saib ibn Abd al-Saib. Banu Adiy ibn Kaabdan: Muti ibn al-Asvad, Abu Jahm ibn Husayf. Banu Jumahdan: Safvan ibn Umayya, Uhayn ibn Umayya, Umayr ibn Vahab. Banu Sshmdan: Adiy ibn Kays. Banu Amir ibn Luaydan: Xuvaytib ibn Abd al-Uzza va Hisham ibn Amr. Boshqa qabilalardan: Banu Bakr ibn Abd Manatdan: Naufal ibn Muaviya. Banu Qaysdan bo’lgan Bani Kilyabdan: Alkam ibn Ulas va Labid ibn Rabia. Banu Amir ibn Rabiadan: Xalid ibn Hausa va Harmal ibn Hausa. Banu Nasrdan: Malika ibn Auf. Banu Sulaymdan: Abbos ibn Mirdas. Gatafandan bo’lgan Banu Fazaardan: Uayn ibn Hins. Banu Tamimdan bo’lgan Banu Hanzaldan: Banu Mujashi bin Darim avlodidan bo’lgan Al-Akraa ibn Habis.
Muhammad ibn Ibrohim ibn Al-Xaris menga aytib berdi: “Muhammadning hamkorlaridan biri unga aytdi: “Ey Allohning rasuli! Sen, Uayn va al-Akraaga yuzta tuya berding, Juayl ibn Suraku ad-Damriga esa bermading!” Muhammad javob berib dedi: “Menning jonim kimning hokimyatidagi bilan qasam ichaman, Juayl yer yuzidagi boshqa hammasidan yaxshi. Boshqa hammasi - Uayn va al-Akraa kabidir. Men bu ikkisiga, tuyalarnini yaxshi mo’min bo’lishi uchun berdim va Juaylning imoniga men juda aminman!”
9.03.20 -- Zu al-Huvaysir at-Tamimining qarshiligi
Zu Al-Huvaysir ismli kishi Muhammadning yonida, odamlarga sovg'alar berib turardi. U dedi: “Ey Muhammad! Sen budun nima qilganingni ko’rdim”. Muhammad javob berdi: “Bu haqida nima o’ylaysan?” U unga javob berib dedi: “Sen adolatli ish qilmayotganingni ko'rdim”.* Muhammad g'azablandi va baqirdi: “Holingga voy! Agar men adolatsiz bo’lsam, unda kim adolatli?!” Umar, Muhammaddan Zu al-Huvaysirni o'ldirishni so'radi. Muhammad javob berdi: “Yo’q, uni tinch qo’y! U o'z izdoshlariga ega bo'ladi, ular dindan chiqib ketgunga qadar (ya'ni dinni tark etmaguncha) dinga chuqur kirib boradi), qanday qilib o’q hayvonga sanchilganidek. Sen uchiga qaraysan va u yerda hech narsa yo'q. O’q tanadan juda tez o'tib ketdi, unga qon va ahlat yopish uchun imkonyat bo’lmadi”.**
** Ushbu hadis, sharqshunoslar o'rtasida tortishuvlar mavzusidir, chunki Islomdagi ba'zi mazhablararo harakatlar bilan bog'liq hadislar, boshqa hadislarda ham uchraydi va mazhablarlararo qarshi kurashni qonuniylashtirishi uchun kashf qilingan bo’lishi mumkin edi.
Muhammad qurayshitlar va boshqa qabilalarga sovg'alar berib, yordamchilarga (Madinadan) hech narsa bermaganida, Hasan ibn Sabit unga bunday ta’na qilib she’r yozdi:
9.03.21 -- Yordamchilar nima deyishdi (Madinadan)
Muhammad, qurayshitlarga (Makkadan) va boshqa qabilalarga sovg'alar berganida va yordamchilarga (Madinadan) hech narsa bermaganida, ular juda qattiq xafa bo’ldilar. Ular har xil so'zlarni aytishdi, ulardan biri gapirmaguncha: “Allohga qasamki, Muhammad yana o'z xalqiga ketadi!” Keyin Saad Ibn Ubad Muhammadga borib, unga dedi: “Ey Allohning rasuli! Yordamchilar o’ljani qanday tarqatishingiz haqida juda xavotirda. Siz uni qarindoshlaringiz orasida baham ko'rdingiz, boshqa qabilalarga katta sovg'alar tarqatdingiz va yordamchilar sizdan hech narsa olmadilar”. Muhammad dedi: “Bu haqida sen nima oylaysan?” Saad javob berib dedi: “Ey Allohning rasuli! Men ham o’z xalqimga tegishlimah”. – “Bo’lmasa xalqing bu yerda yig'ilsin", – deb javob berdi Muhammad, “bu yopiq binoda”. Saad yordamchilarni to’pladi. Ba'zi ko'chmanchilar ham keldi. Ba'zilarga ruxsat berishdi, boshqalarida esa ruxsat berishmadi.
Yordamchilar yig'ilganda, Saad bu haqida payg'ambarga xabar berdi. U ularga kelib, oddiy maqtovdan keyin, dedi: “Ey yordamchilar! Sizdan qanday so’zlar eshityapman? Qalbingizga qanday og'irlik tushdi? Men sizni yo'ldan ozganingizda sizga kelmaganmidim va Allohga sizni etaklamaganmi? Siz kambag'al bo'lmaganmisiz va Alloh sizni boy qilmadimi? Siz bir-biringiz bilan dushmanlik qilmadingizmi va Alloh sizni yuragingizni bog'lamadimi?” Ular javob berishdi: “Albatta, Alloh va uning rasuli bizga mehribon va rahmdil bo’lishdi!”
“Agar shunday bo'lsa, – dedi Muhammad, - nima uchun menga javob bermayapsiz?” Ular aytishdi: “Biz nima javob beramiz? Alloh va uning elchisi bizga bebaho” Keyin Muhammad unga aytdi: “Allohga qasamki, agar siz xohlasangiz, unda haqiqatni aytardingiz: “Bizga kelganingda, senni yolg'onchi dedilar, lekin biz senga ishonardik. Senni hamma qoldirilganida, ammo biz seni himoya qildik. Sen, quvg'in qilinganingda, lekin biz seni o'zimizga oldik. Sen, yordamga muhtojding va biz senga yordam berdik”.* Men sizning imoningizga tayangan bo'lsam-da, xalqni Islomda g'alaba qozonish uchun, odamlarga bergan dunyoviy hayotning foydalari tufayli g'azablanyapsizmi? Siz Allohning elchisi bilan birga bo'lasiz va boshqalar qo'y va tuyalar bilan uyga qaytib kelishdan xursand bo'lmaysizmi? Muhammadning ruhi kimning hokimyatidagi bilan, qasam ichaman! Agar men ko’chmanchi bo’lmaganimda, men yordamchilarni biri bo’lar edim va agar hamma odamlar bir yo’ldan ketsa, yordamchilar – boshqa yo’l bilan ketsa, men yordamchilar bilan boraman! Ey Alloh! Yordamchilar va ularning o'g'illari va nabiralariga rahmdil bo'lgin!” So'ngra, odamlar soqollari nam bo'lguncha yig'ladilar va dedilar: “Ey Allohning rasuli! Biz o'z ulushimiz va boyligimizdan mamnunmiz!” Keyin Muhammad chiqib ketdi va odamlar tarqaldi.**
** Muhammadning Madina yordamchilari bilan suhbati xalqni boshqarishida katta yutuq sifatida tasvirlangan bo'lishi mumkin. Muhammad o'z yordamchilariga va ularning imoniga sodiqlik tuyg'usiga murojaat qilganida, Islom qulashi xavfi ostida edi. U ularga tanlov berdi: yoki Islomga yangi kelganlar kabi o'lja olish yoki, o’ljadan ulushni yo'qotish, lekin buning uchun Muhammad, Allohning vahiylari bilan har doim ular bilan birga bo'lishiga ishonch hosil qilish. Ko'rib turganimizdek, keyinchalik uning yordamchilari ham kam bo’lmagan o’lja olishdi. Ular hech narsa yo'qotmadilar.
9.03.22 -- Jirandan kichik hajga (630 yil mart)
Jiran shahridan Muhammad Marr az-Zaran yaqinidagi Majannda barcha o'ljalarni qoldirib, hajga yo’l oldi. Hajni tugatgach, u Madinaga qaytib keldi va Attab ibn Asidni Makkani hokimi etib tayinladi. U bilan birga Muaz ibn Jabalni, odamlarni Qur'on va dinga o'rgatish uchun qoldirdi. O’ljaning qolgan hamma qismini, uni ortidan olib borishdi.
Muhammad Attabni Makkada hokim etib tayinlanganida, u uning uchun kuniga bir dirhamdan ish haqini tayinladi. Attab o'zining va'zida aytdi: “Bir dirhamga ega bo’lgan och qolganda, Alloh insonga ochlik olib kelsin! Allohning rasuli, menga kuniga bir dirham miqdorida maosh beradi va menga boshqa hech narsa kerak emas!”
9.03.23 -- Kaab ibn Zuhayr rahmdillikni qo'lga kiritadi
Muhammad Taifdan qaytgach, Budjayr ibn Zuheyr o’z ukasi Kaabga, Muhammad Makkadaligida uni mashara qilgan va ranjitgan bir necha kishilarni o’limga hukm qilgani haqida maktub yozdi. Quraysh shoirlaridan faqat Ibn az-Zabar va Xubar ibn Abu Vahb tirik qoldilar, lekin ular ko'zlari ko’rgan tarafga qochib ketishdi. Agar xohlaganida, u Muhammadni oldiga shoshilishi mumkin edi, Muhammad hech qachon tavba qilish bilan unga kelgan hech kimni o'ldirmagan yoki Kaab uzoq mamlakatda ketib, qutqarilishi mumkin edi.
Kaab bu maktubni olganida, u juda tashvishlandi. U o'z hayoti uchun qo'rqib ketdi va uning dushmanlari unga ko'proq qo'rquv keltirib aytishdi: “U o'ldiriladi!” U boshqa yo'l yo'qligini ko'rgach u Muhammadni ulug'lab, dushmanlar tomonidan unga berilgan qo'rquv haqida gapirgan she’rni yaratdi.
Keyin u Makkaga borib, o’z tanishi, Juhaynning uyida to'xtadi. U kishi bir kuni ertalab, Muhammad bomdod namozini o'qib tugatgan paytda, uni oldiga olib bordi. Ular bilan ibodat qildi va shoirni Muhammadni ko'rsatib, dedi: “Allohning rasuli, mana! O'rningdan tur va undan rahm-shafqat so'ra!” Menga aytishlaricha, u Muhammadga yaqinlashib, uning oldiga o'tirib, qo'lini oldi (chunki Muhammad uni tanimadi) va dedi: “Kaab ibn Zuhayr seni oldinga keldi, u tavba qiladi va ishonadi va sendan rahm-shafqat so'rashni xohlaydi. Agar uni senga olib kelsam, uni qabul qilasanmi?” Muhammad javob berib dedi: “Ha”. Keyin u shunday dedi: “Men o’sha Kaabman, ey Allohning rasuli!” Yordamchilaridan biri sakrab turdi va baqirdi: “Ey Allohning rasuli, uni boshini olib tashlashga ruxsat ber!” Muhammad: “Uni tinch qo’y. U yuz burdi va tavba qildi! Kaab ulardan birining so'zlari uchun yordamchilardan xafa bo'ldi va ko'chmanchilar esa bu haqida faqat yaxshi gapirishdi”.
9.04 -- Test
Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.
Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish
- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.
- Makkaning yakuniy qo’lga kiritishiga nima sabab bo'ldi?
- Nima uchun Abu So’fiyon Madinaga sayohat qildi? U Islomni qabul qilishi, qanday sodir bo’ldi?
- Muhammad Makkani qanday qilib qo'lga kiritdi?
- Muhammad Makkada kimni qatl qilishni buyurdi? Nima uchun ular qatl etildi?
- Muhammad shaharni bosib olgach, Makkada qanday diniy harakatlar qilgan?
- Muhammad, Makkadagi o’zining birinchi va'zida nima degan?
- Hunayn jangida nima yuz berdi? Muhammad qanday g'alaba qozondi?
- Qaysi yurushdan so'ng Muhammad ayollarni o'ldirishni taqiqladi? Nima uchun u buni qildi?
- Muhammadning Taifga qilgan harbiy yurushida nima yuz berdi? Nima uchun u bu shaharni bosib ololmadi?
- Nima uchun Kaab ibn Zuhayr, Muhammadning rahm-shafqatini qozondi?
- Makka musulmon bo’lganidan so’ng, Muhammad alohida qurayshitlarni qanday mukofotladi?
Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!
Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.
Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:
GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany
Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net