Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 3.04 Daily Requests

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 3 - Adashganlarning ibodati

3.04 - Har kunlik iltijolar



3.04.1 - Senga biz xizmat qilamiz

Fotiha surasida musulmon odam o‘zining amaliy, har kunlik iltijosini Allohga shaxsiy ravishda birinchi marta oshkor qiladi. U shunday ibodat qiladi: “Biz yagona senga xizmat qilamiz, chunki bandalaring bo‘lamiz.”

Ingliz tilida “xizmat qilish” degan arab so‘zining ma’nosiga yaqin so‘z yo‘q. Shuning uchun biz original ma’nosiga yaqinroq tarjimasi qilib ko‘ramiz: “Yagona senga biz o‘zimizni qul qilib topshiramiz. Biz sening qullaring bo‘lamiz, chunki o‘zimiz xizmat qilishga yoki qilmaslikka qaror qilmaymiz. Hamisha seni kutamiz. O‘zimizni hech qachon ozod qila olmaymiz. Hamisha seni kutamiz. Biz sening mulking bo‘lamiz, chunki nimaiki istasang, sen bizga qila olasan”. Har bir musulmon, bag‘ishlanganmi u yoki yo‘q, Allohga nisbatdan shunaqa munosabat qiladi.

Musulmonchilikda Allohga xizmat qilish hayotning barcha ruhiy va jismoniy tomonlarini anglatadi, bu tomonlar Islom dinida ajralmasdir. Islom qonuniga ko‘ra, din va siyosat bir bo‘lib ketadi. Islom tushunchasiga ko‘ra xozirgi dunyoda Allohning hukmronligi amalga oshirilishi kerak. Hayotning hamma sohalari Allohga majburiy sajda bo‘lib tushuniladi. Ko‘pincha juma kunlardagi masjid ma’ruzalarida siyosat haqida, mahalliy va horijiy masalalar haqida ham gapiradi. Ko‘chalardagi notinchliklar va xokimiyatga qarshi chiqishlar mana shu erdan kelib chiqadi.

Arab tilida masjidning ba’zida “ma’bad” deyiladi va buning ma’nosi “sajda qilish joyi” deb ataladi. Bu ma’no “qul” degan so‘zning tomiri bo‘ladi. Odamzod Allohni maqtash kerak. Ular o‘zilari uchun yashashga ozod emas. Allohga tobe bo‘ladi.

Agar bir islom ruhoniysi muqaddas jangga chaqirsa, musulmonlar uning boshqaruviga qarab itoat qilishi lozim. Muxammad paytida shunaqa edi. Diniy va siyosiy etakchilar hozirgi paytda ham shunday bo‘lishini xohlaydilar buni kutib yuribdilar. Ammo bugungi kunda bunday chaqiriqlar odamlarni jangga bo‘lgan xohishini uyg‘otmaydi. Buyruq beradigan odamning shaxsiy niyatlari darov ko‘rinadi. Diniy asosdagi janglar boshqa janglardan ham qahrliroq. Qur’onda quyidagi so‘zlar bekorga takror‑takror aytilmaydi: “Qaerda ularni topsang o‘ldir ularni. Agar imkoniyat bo‘lsa pistirmadan ham xujum qilib ushla ularni” (Sura al-Baqara 2:191, al-Nisa 4:89-91, al-Tavba 9:5 va boshqalar). Bu so‘zlarni Muxammaddan kelib chiqqan so‘zlar demaydi; ammo Allohdan tushgan buyruqlar deydi.

Alloh tinchlikka chaqiradigan xudo emas. Uning maqsadi hamma joylarda islom tarqatilsin va nafaqat savdo yoki iqtisodiyot orqali, kerak bo‘lsa jang va qilich orqali ham. Chunki bu vazifa uchun hamma yo‘llar to‘g‘ri keladi. Islomdagi sajda hayotdagi hamma tomonlarni qoplaydi: izzat-ikromdan boshlab diniy janglargacha.

Arab tilida Allohga sodiqligini ko‘rsatadigan bir so‘z bor. Ibodatda musulmon odam: “Biz sening bandalaring bo‘lib xizmat qilamiz”, deb emas, “Faqatgina sen xizmat qilishga loyiqsan”, deyishadi. Bu so‘zlar sajda qilish uchun Allohning yagonaligi ta’kidlaydi. Toki musulmon o‘zini musulmonman deb yursa, u hech qachon boshqa xudolarga sajda qilmaydi; yagona Allohga tegishli bo‘ladi.

Musulmon madaniyatining hamma tomonlari: oila, iqtisodiyot va siyosat diniy xarakterga ega. Bularning hammasi Alloh markazda degan dunyoqarashga kiradi. Shuning uchun agar biron musulmon masihiy bo‘lsa, uni avval ogohlantirib, keyin jazolaydilar. Agar u qaytmasa, o‘limga ham duchor bo‘ladi (Sura al-Nisa 4:90, al-Naxl 16:107). Alloh va bandasi o‘rtasida qul‑xo‘jayin munosabatlari bo‘ladi, bundan qochishga hech kimga ruhsat berilmagan. Musulmon bu dunyoda va u dunyoda ham Allohga tegishli va qochishga haqi yo‘q. Musulmon davlatida qandaydir g‘arbiy mamlakatlarga xos qonunlar qabul qilinsa ham, musulmonlarga diniy erkinlik berilmaydi. Erkinlik huquqi faqat boshqa joylardan kelgan chet elliklarga berilgan.

Islomda tavba degan so‘zning ma’nosi Allohga qaytish va uning dinini qabul qilishni anglatadi. Bunda asosiy masala hayot tarzini o‘zgarish yoki biron yomon xarakterdan forig‘ bo‘lish emas. Eng asosiy narsa bu Allohga itoatkor bo‘lishdir. Buni ko‘rsatayotganda, Muxammad unga ergashgan bir necha arablarga shunday degan: ‘Biz ishondik’, deb aytmang, ‘Biz o‘zimizni Allohga topshirdik va uning elchilar bo‘ldik’ deb aytinglar” (Sura al-Xujurat 49:14).

Musulmonlarning nima uchun mag‘rurligi endi tushunarli, ular Allohga shu yo‘sinda bog‘lik bo‘lganligidan mag‘rurlanadilar, chunki bu orqali ular o‘zilarni boshqa “imonsizlardan” balandroq xisoblaydi. Musulmonlar boshqa xudolar hech narsa emas deb ishonadi va hamma boshqa dinlarni soxta va tahqirlovchi deb qabul qiladi. Ular, yagona va haqiqiy xudoni topganmiz va faqat biz to‘g‘ri yo‘lda yuramiz, deb ishonadilar. Boshqa odamlar hammasi Allohga imon keltirishlari kerak. Ushbu yagona xudoga sajda qilishdan musulmon odam o‘zini boshqa odamlardan yuqoriroq xisoblaydi; “arablardek mag‘rur” degan gap mana shundan paydo bo‘lgan!


3.04.2 - Faqat sendan biz madad kutamiz

Musulmon odamning Allohga to‘liq tobe bo‘lishi, uni Allohdan madad so‘rashga loyiq qiladi. Bu bilan ular: “Biz faqat sendan madad izlaymiz. Biz qo‘shnilarimizga, o‘rtoqlarimizga yoki biron qudratli odamga suyanmaymiz” demoqchi bo‘ladilar. Ammo bu oddiy so‘zlar xolos. Aslida esa biz ularning juda chalkashib ketgan poraxo‘rlik va yolg‘onni ko‘rsak bo‘ladi. Xokimiyatlarda, maktablarda, ishxonalarda va boshqa joylarda har bir odam tanish‑bilish va birovning yordamini izlaydi. Ularning mag‘rurliklari tufayli hech kim ularga ochiqdan‑ochiq yordam berolmaydi. Chunki yordam so‘rash musulmon odami uchun tahqirlik hisoblanadi. Ba’zi paytlarda musulmon odam sovg‘alarni qabul qiladi va madad izlaydi, ayniqsa agar ularni Allohdan deb qabul qilsa. Ko‘pincha oziq-ovqat, pul, kiyimlarni sirli yo‘l orqali berish mumkin, masalan, eshik oldida yoki boshqa bir odam bo‘lmagan joyga qo‘yib. Bo‘lmasa, odamning yoki oilaning g‘ururi xavf ostida bo‘ladi, chunki ular, Alloh biz uchun g‘amxo‘rlik qilishni to‘xtatdi, chunki biz endi loyiq emasmiz yoki biron gunoh qilganmiz, deb o‘ylaydilar.

Musulmon odam kamda-kam “Rahmat!” deb aytadi, chunki bularni hammasini Allohdan keldi deb qabul qiladi. Musulmonlar faqat Allohdan madad izlaydi. Shuning uchun yordam bergan odamni ham Alloh yuborgan deb qabul qiladi va shukronalar faqat Allohga, boshqa hech kimga emas.

Musulmon odam besh mahal namoz o‘qibgina qolmay, boshqa paytlari ham ovoz chiqarib, ibodat qilishi mumkin. Barcha boshqa dinlarda bo‘lganidek, ushbu ibodatlarda ham ular yordam so‘raydilar. Ammo bu ibodatlar uchun islomda shartlar bor. Iso Masihning shogirdlari o‘zlarini Xudo oldida noloyiq gunohkorlar, ammo Isoning oqlovchi qoni orqali Xudoning huzuriga kira oladigan deb hisoblardilar. Musulmon uchun Allohga duo qilganda, uning xizmat qilayotgan bandasi deb xisoblab, so‘raydi. Shuning uchun so‘raydigan inson so‘rayotgan narsaga katta ahamiyat bermaydi, chunki hamma narsa Allohga bog‘lik; u berish ham, bermasligi ham mumkin.

Islom diniga e’tiqod qiladigan odam Allohning bandasi bo‘lib, muqaddas madadga ega bo‘ladi. Bu orqali u odam boshqa darajaga o‘tadi, muhoratli darajaga, to‘g‘ri Allohdan madadini va yo‘l-yo‘riqini kutadiganlar.

Sudan davlatida musulmonlar bir qishloq xo‘jalik ferma ochgan edilar. Fermaning kirishida Fotixa surasidan so‘zlar olib yopishtirgan edi: “Biz sening qullaringmiz. Faqat sendan biz madad so‘raymiz.” Sudanda har bir ishsiz odam o‘sha fermaga kelib ishlashi mumkin, faqat bitta shart bor: u odam musulmon bo‘lish va sunnat qilingan bo‘lishi kerak. Boshqa gumanitar tashkilotlardan yordamni qabul qilish musulmon uchun bir bema’ni gap. Faqatgina Shar’iatda yuradigan odamlar madad so‘rashga loyiqdir.


3.04.3 - Bugungi rizqimizni bizga bergin

Boshqa har kunlik muhtojliklardan tashqari Iso O‘zining shogirdlarini har kunlik non so‘rashga o‘rgatadi. Bugungi g‘arbcha moddiyat hayotimizda uy, mashina, bankdagi pul va dunyodagi sayohatlarga chiqib, biz hayotimizda eng muhim narsani: ushbu iltijoning jiddiyligini unutdik. Chunki muhtojlik nimaligini ko‘rgan odam, ishsiz yurgan odam, ba’zan quvg‘in orqali mol-mulkini yo‘qotgan odam ushbu ibodatning yordamini qadriga etadi.

Nima uchun Iso bizga faqat bir kunning muhtojligi uchun so‘rashni o‘rgatadi? Buning asosiy sababi – Osmondagi Otamizning borligi. U hamisha bor va o‘zgarmaydi. U hatto non, daromad va sog‘likdan ham muhimroq va O‘z farzandlari uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Uning halqi Unga ishonib, hamma muhtojliklarini ochiq aytishi mumkin. Agar ular sodiqlik bilan so‘rab tursa, U beradi.

Masalan, bola ota-onalarning ishlari bilan ovora bo‘lmaydi. U ro‘zg‘or qaerdan va qanday kelishi haqida o‘ylamaydi, lekin och bo‘lsa onasidan ovqat so‘raydi, kiyim yoki uyinchoq ham so‘raydi. U biladi agar so‘rasa, ota-onalar uni qoldirmaydi. Bola “dadam men haqimda g‘amxo‘rlik qiladi” degan muhim fikr bilan yuradi. U uchun ota-onadan bir xafta uchun oziq-ovqat so‘rash g‘alati bo‘ladi. Yoki bola olmani so‘raganda ota-onadan polga yiqilib sajda qilishni boshlamaydiku. Chunki bola qul emas. Ota-onasi hamisha uning yonida. Unga kerakligini ular beradi. Ular orasida shaxsiy munosabat bor va bu haqiqat.

Agar yosh bola bir zarali narsani so‘rasa, masalan uynash uchun pichoqni yoki bir zaxarli ichimlikni, ota-onasi albatta bunga yo‘q deydi, u hatto janjal qilsa ham. Nimani berish va nimani bermaslik – bu ota-onaning bolaga nisbatdan sevgi va donolikni ko‘rsatish. Xuddi shunday Xudo muhabbati orqali qaysi ibodatlarimizga javob berish kerakligini biladi. U biladi qaysi so‘ragan narsamiz bizga foydali bo‘ladi va qaysi zararli.

Osmondagi Otamiz qattiq Xudo emas. Ba’zan U kimdirning ota-onalari vaqtida mehnat qilgan, umid qilgan va sodiqlik bilan chidagan uchun kimdirga o‘sha ruhiy meros qilib boylikni ham beradi. Ammo boylik ko‘pincha katta vasvasalar keltiradi va javobgarlikni talab qiladi. Pulni, boylikni yig‘adigan va muhtoj odamlarga bermaydigan odamning xarakteri va uning oilasi buzilishni boshlaydi.

Biz Isoning ibodatida bir muhim narsani unutmasligimiz kerak, bu ibodat faqat “men” uchun berilmagan; biz boshqalarni ham o‘ylashimiz kerak. Faqat o‘zimizning hayotimizni o‘ylash etarli emas. Iso bizga boshqa do‘stlarimiz va qo‘shnilarimizning muhtojliklari uchun so‘rashni ham o‘rgatadi. Afsuski, ko‘pincha biz Mavlud bayrami paytida o‘zimiz va yaxshi ko‘rgan yaqinlarimiz uchun sovg‘alar olamiz va shu paytda oramizda yashayotgan musofirlarni, qamoqda o‘tirganlarni va nogironlarni o‘ylamaymiz.

Rabbimiz ibodatda har kunlik muhtojliklarni so‘rash orqali biz ham dunyodagi birodarlarga g‘amxo‘rlik qilishimizni qo‘llab‑quvvatlaydi. Bizning Otamiz sevgi Xudosidir. U bizlarni nafaqat boshqa masihiylar uchun, balki yaxudiylar, musulmonlar, induizm va boshqa dindagi odamlarni o‘ylashni ko‘nglimizga soladi. Boy davlatdagilar eski fikrlarini o‘zgartirib, qambag‘al davlatdagi muhtojlarni ham tushunishi kerak, chunki u erda ota ishga chiqib bir oyda ko‘pincha 10 dollargacha topadi. Ko‘zlarini ochgan va hayotga boshqa ko‘zlar bilan qaraydigan odam G‘arbdagi dunyoda oylik masalalar ustida ketayotgan bahslarga boshqacha qaraydi. Chunki u erda oylik ozgina oshirsa, o‘sha farq Xindiston va Bangladeshdagi davlatlarning bir yil maoshiga to‘g‘ri keladi.

Rabbimizning ibodati bizlarni shafoat qilishga o‘rgatadi va bizga dunyo uchun mehr-shafqat maqsadlarni beradi, toki biz boshqalarni ham Otamizga topshiraylik. Chunki Otamiz quyoshni solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham balqitadi.

Iso quyidagi so‘zlarga chuqur ma’no bergan: “9 Sizlarga aytaman: so‘rang va sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi. 10 Chunki so‘ragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi. 11 Orangizdan qaysi bir ota, o‘g‘li baliq so‘raganda, unga baliq o‘rniga ilon beradi?12Yoki tuxum so‘raganda, unga chayon beradi?13Sizlar gunohkor bo‘la turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Ota ham Undan so‘raganlarga Muqaddas Ruhni berishga qanchalar tayyor.” (Luqo 11:9-13).

Iso “inson nafaqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan so‘z bilan yashaydi” deganda, U bizga hech qanaqa shubxal qoldirmadi (Luqo 4:4). Ruhiy oziqa jismoniy nondek muhimdir. Buning ma’nosi shuki, masihiy odamning haqiqatsiz yordam berishi yuzaki bo‘ladi va oxirida oqibati hatto ziyonli bo‘ladi. Qambag‘al davlatlardagi odamlar o‘ylashni, ishlashni va boshqalarga nisbatdan javobgar bo‘lishni o‘rganish kerak. Agar bizning yordamimiz uzoq muddatli bo‘lishni istasak, odamlar fikrini (dunyoqarashini) o‘zgartirishi kerak. Keyin sodiqlik bilan bajargan ish mevali bo‘ladi. Agar odamlar Osmondagi Otaga, Isoga ishonmasa, atrofdagi odamlar abadiy sevgini tushunmaydi. Agar odam har kunlik bergan rizq-ro‘zi uchun minnatdor bo‘lmasa, kamdan-kam odam birov qiyin ahvolga tushgan odam uchun vaqtini, kuchini va pulini sarflaydi. Agar odamlar najotni topmasa, ijtimoiy ishlarimiz yoki harakatimiz uzoq muddatli bo‘lmaydi. Kambag‘al davlatlarga yordam beradigan odamlar ishini Xushxabarsiz qilaversa, yordam olgan odamlar iloji boricha, imkoniyat bo‘lgandayoq biron asbob‑uskunalarni o‘g‘irlab ketishga harakat qiladilar. Agar odam o‘z vujudini Iso Masih orqali tozalashni o‘rganmagan bo‘lsa, qanday u ishdan keyin o‘zining asboblarni zanglamasligi uchun tozalashni o‘rganadi. Faqat non o‘zi etarli emas. Otaning Ruhi har bir narsaning asosi bo‘lish kerak.

Kimki Rabbimiz ibodatini haqiqiy ruhiy ma’nosi bilan ibodat qilsa, u minnatdor bo‘lishni esidan chiqarmaydi. Ko‘pincha biz ibodat qilganimizda o‘zimiz uchun madad, baraka, sog‘lik va omadni so‘raymiz. Ammo bu muhtojlar haqiqatda xosilli emas. O‘sgan imonlilar minnatdorchilikni Xudoga va odamlarga ham so‘zda ham harakatda ko‘rsatadi. Minnatdor bo‘lgan odam xursand va dadillik bilan yashaydi. Biz Osmondagi Otamizni chin yurakdan hamma narsa uchun minnartormiz, Uning farzandlari uchun ham.


3.04.4 - Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin

Bu qisqa iltijo Fotihada yo‘q. Hatto ishorasi ham yo‘q, chunki islomda gunohni tan olish yuzaki darajada. Albatta Qur’on sharmanda, jinoyat, zino, shahvatparastlik va boshqa shunga o‘xshagan narsalar haqida gapiradi. Lekin bu erda muqaddas Xudo oldida chuqur darajada bularni tan olish yoki ularni iqror etish haqida emas. Umuman aytganda ikkovisi ham islomda yo‘q.

Osmondagi Otamizga buni ibodatda oshkor qilgani uchun shukur deymiz! Bizlarga, masihiylarga, o‘zimiz gunohlarimiz uchun achinish va ularni iqror etish – bizga berilgan sharafdir. Chunki bu so‘zlar orqali Iso biz o‘zimizni kamsitish yoki mag‘rurlikdan ozod qiladi. Bu iltijo orqali U mag‘rurligimiz tomirlari bilan qo‘porib tashlaydi va haqiqiy munosabatlarni qurishga yordam beradi. Chunki biz hammamiz gunoxkormiz. Hech kim oramizdan bir‑birimizdan balandroq yoki pastroq emas. Xudodan tashqari hech kim muqaddas emas (Mark 10:18; Luqo 18:18). Osmondagi Otamiz hammamiz uchun haqiqiy xazina. Oramizdan kimdir ulug‘ bo‘lsa ham, maqtanishga sabab yo‘q. Ammo har birimiz sinishimiz kerak, kamchiliklarimizni va butunlay buzuq bo‘lganimizni tan olishimiz kerak.

Hech kim boshqa odamga gunohlarni iqror qilmaydi, agar o‘sha odamga ishonmasa. Ammo biz harakatda, so‘zlarda va fikrlarda qilgan gunohlarimizni og‘zimiz bilan muqaddas Xudo oldida iqror etishimiz kerak. U mehr-shafqatni bizga bermoqchi. Otamiz bizning Hukmdorimiz bo‘ladi. U bizni taniydi, tushunadi, sevadi va bizni ko‘taradi. Erni yaratishdan oldin U bizning najot topishimizni belgilab qo‘ygan. Bizni kechiradigan inoyati Uning “sevgi manbasidan” keladi. Shuning uchun biz Otamiz oldida gunohlarimizga iqror bo‘lishimiz muhim, hatto xarakterimizni sindirish kerak bo‘lsa ham.

Islom dini Ota‑Xudoni tan olmaydi. To‘g‘ri musulmonlar “Kechiradigan”ga duo qiladi. Ular 111 marta Qur’ondan Alloh kechiradi deb o‘qiydilar. Ammo xech kim bilmaydi Alloh ularning gunohlarini kechirdimi yo‘qmi, chunki bu Oxiratda aniq bo‘ladi.

Masihiylar biladiki, bu dunyoda ularning hamma gunohlari butunlay va to‘liq kechirilgan. Ular bu inoyatni har kun his qiladi. Isoning O‘zi bizga ushbu jasurona ibodatni bergan. U butun dunyo uchun qurbon bo‘lgan Xudoning Qo‘zisi. U har bir odamni Xudo bilan yarashtirdi. Agar U xochda o‘lmaganda, gunohlarni kechirish uchun sabab bo‘lmas edi. Xudo “qachon yoki kimni xohlasam kechiraman” deb beboshliq qilmaydi, chunki Uning muqaddas qonuni bizni abadiy jazolash kerak. Bizning Otamiz doimo haqiqat va sevgi bir shaxsda. U mehrli va muqaddas. Iso bizning gunohlarni uchun xochda o‘lganligining sababi Uning buyuk sevgisidir. Bizning o‘rnimizga U hukm qilindi, azob chekdi va xochdagi qon orqali O‘nga ergashadiganlarni oqlaydi. Biz endi aybimizdan va yomon vijdondan ozod bo‘ldik. Iso bizni Xudoning hukmidan va g‘azabidan xalos qildi. “Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi... U bittagina qurbonlik orqali gunohdan poklagan odamlarini to abad barkamol qildi” (Ishayo 53:5; Ibroniylar 10:14).

Masihiylar bir kunda besh marta ibodat qilish shart emas, yoki bir oy davomida ro‘za tutish yoki uzoq sayohatlarga chiqib, ziyorat qilish shart emas. Ular hamisha sadaqa berishi kerak emas va “balki” mehr‑shafqatli Xudo kechiradi degan umidda yurish kerak emas. Masihiylarga najot topish uchun kuch harakati kerak emas, chunki bu allaqachon berildi. Ular qonun davrida emas, ammo inoyat davrida yashaydilar. Hamma talablardan va qonunlardan ular ozod bo‘ldilar, chunki Iso butun qonunni, tarixdagi hamma odamlarning gunohlari uchun azob chekib, bajardi. Isoga ishongan har bir inson abadiy kechirildi. Ammo Isoni ra’d etgan inson, oxirgi kunida, hukm qilayotgan paytda himoya topmaydi.

Endi Iso odamlarni Xudo bilan yarashtirgani uchun, har bir bag‘ishlangan masihiy minnatdorli ruh bilan Osmondagi Otani maqtaydi. Biz vaqtimizni va kuchimizni Uning shohligi kelishi uchun sarflaymiz. Biz Xudoga o‘z harakatimiz orqali oqlanish uchun umid qilib, xizmat qilmaymiz. Aksincha! Biz hayotimizni, vaqtimizni va pullarimizni Osmondagi Otamizga minnatdorchilik uchun bag‘ishlaymiz. Chunki U bizni qutqargan.

Agar inson bu imtiyozni tushunsa, u engil nafas olib, jismoniy va ruhiy bosimdan ozod bo‘ladi. U boshqa hayot bilan yashashni boshlaydi va uning hayoti Isoga ishonmagan odamlardan farq qiladi. Agar biz musulmon odamdan so‘rasak uning gunohlari kechirilganmi yo‘qmi, uning javobi “mumkin, niyat qilaman” degan bo‘ladi. Agar so‘rashni davom etsak, u “Alloh biladi” deb javob beradi. Ammo u aniq bilmaydi Allohning xohishi nimada, chunki hech qanaqa musulmon yuragida uning gunohlari kechirilgan deb amin bo‘lmaydi. Uning hayoti uchun qurbon bo‘lgan qo‘zisi yo‘q. Uni abadiy do‘zax kutadi, chunki hamma uning savob ishlari uni gunoxlardan qutqarmaydi.

Rabbimizning ibodatida “Mening gunohlarimni kechir” emas, “bizning gunohlarimizni kechirgin” deb aytilgan. Shuning uchun biz o‘z gunohlarimizni tan olibgina qolmay, gunohlarimiz uchun afsuslanib, tavba qilib, gunohlarimizdan nafratlanib, ularni engibgina qolmay, inoyat qilib berilgan najotni boshqalar bilan bo‘lishishimiz kerak. Bizga berilgan inoyatni ham o‘zimizda tutmaymiz. Yo‘q, bizni Xudo qo‘shnilar, do‘stlar va qarandoshlar uchun shafoat qilishga chaqirgan, ham musulmonlar va yaxudiylar uchun, toki Xudo ularning ko‘zlarini ochib ularga yo‘qolganligini ko‘rsatsin, toki ular abadiy jazoga duchor bo‘lmasin. Biz har bir insonni tavbaga chaqirib, Osmondagi Otaning sevgi va mehriga ega bo‘lishiga yo‘lni ko‘rsatishga chaqirilganmiz. “Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin” (Yuhanno 3:16). Xudoning kechirishini qabul qilgan odam Parvardigorning ruhoniysi bo‘lishga chaqirilgan. Rabbimizning ibodati bu imtiyozni boshqalar uchun amalga oshirish uchun dalda beradi. Isoning sevgisi bizga bu uchun dalda beradi.

Masih shaxsan O‘zi shu ibodatda bog‘landi. U bizning gunohlarni O‘ziniki qilib, biz uchun duo qildi va oxirida O‘zining tanasini qurbon qilishga topshirdi. Hatto O‘zi hech qanaqa gunox qilmadi. “Xudo bizni O‘ziga ma’qul, solih deb bilish uchun, gunohni hech bilmagan Masihni biz uchun gunohga aylantirdi” (2 Korinfliklarga 5:21). Masih Xudoning Qo‘zisi va haqiqiy Oliy Ruhoniy bo‘ladi. Uning O‘zi ham bu ibodatni Otamiz oldida shafoat qilib aytadi. Uning ibodati eshitildi! Biz hayotimizning har bir daqiqasida Najotkorimizning inoyati va ruhiy g‘amxurligiga bog‘liqmiz.

Biz gunohlarimiz yuvilgani uchun osmondagi Otamizga va Uning Yagona O‘g‘liga minnatdorchilik bildirdikmi? Masihning qutqargani uchun Muqaddas Uchbir Xudoni ulug‘lash har bir masihiy uchun baxt va sharaf. Bu ibodatni aytishdan oldin, biz bu ibodat allaqachon eshitildi deb aminmiz. Unda biz qachon shukronalar va maqtovlar aytishimiz, bag‘ishlanishimiz va xizmat qilishimiz kerak? Havoriy Pavlus najot topgandan keyin minnatdorchilik sifatida Iso Masihning quli bo‘lishga qaror qildi. Xuddi shunday Otamizning ismi oramizda shunday sharaflansin, toki Uning shohligi kelsin va Uning irodasi biz orqali bajo bo‘lsin. Bu bizning bag‘ishlanishimiz, bu bizning qo‘shig‘imiz va sajdamiz bo‘ladi. Buni hech kim bizdan talab qilmaydi, hech kim majbur qilmaydi. Bu erda bosim, qonun, qullik yo‘q; ammo bizga dalda beradigan tinchlik, xursandchilik va sevgi bo‘ladi. Go‘lgotadan minnatdor bo‘lgani masihiylar xizmat qiladilar.


3.04.5 - Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek

Bu kichkina so‘zlar har bir bag‘ishlangan masihiyni uyg‘otadi, chunki biz shunday ibodat qilamiz: “Ota, biz boshqalarni kechirgandek, Sen ham bizni kechirgin”. Agar boshqa tomondan bunga qarasak, buning ma’nosi “agar men boshqalarning gunohini kechirishga tayyor bo‘lmasam, mening gunohlarimni ham kechirma. U meni qattiq xafa qildi, meni haqoratladi, adolatsizlik qildi, quvg‘in qildi, nafratlandi mendan! Men hech qachon buni unutmayman.” Yoki yana shunday bo‘lishi mumkin: “Kechirishga kechiraman. Lekin unutmayman.” Agar biz “Kechirishga kechiraman. Lekin unutmayman” deb ibodat qiladigan bo‘lsak, xuddi “Ota meni kechirgin, lekin mening qilgan gunohlarni unutmagin!” deganday bo‘lamiz. Hech kim bunday so‘zlar bilan ibodat qilmaydi! Balki ichimizda kurashib, aytamiz: “Men kechirishga va unutishga tayyorman, lekin bu odamni boshqa ko‘rishni istamayman! Agar men uni ko‘chada ko‘rsam, unga qaramasdan o‘tib ketaman. Bu erda ibodatimiz bo‘lmasa shunday bo‘ladi: “Ota, mening gunohlarimni kechirib unutgin, lekin men Seni jannatda ko‘rishni istamayman.” Shunaqa so‘zlar qattiq va kechirmagan yuraklarimizdan chiqsa, Osmondagi Otamiz xuzuriga kelishga to‘siq bo‘ladi.

Shafoat ibodati maktabida Rabbimiz ibodati haqida fikrlab yursak, xarakterimiz sinadi. Balki o‘sha paytda biz dushmanlarimizga qolgan “narsalarni” berishga tayyor bo‘lamiz va chin yurakdan kechiramiz. Lekin bu etarlimi? Iso bizni nafaqat kechirishni istaydi. U bizni ruhiy o‘sishga chaqirib, bizga dushmanlarimizni sevishga kuch beradi. Agar biz dushmanlarimizni sevishga o‘rgansak, biz haqiqatdan Otani sevamiz. “Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga” (1 Yuhanno 4:16). Shuning uchun Iso shogirdlariga o‘rgatgan: “Lekin Men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar. Shunda siz osmondagi Otangizning o‘g‘illari bo‘lasizlar.” (Matto 5:44-45). Bundan tashqari muammoda ko‘pincha bir odamning aybi bo‘lmaydi. Balki muammoda bizning aybimiz besh yoki o‘n foiz bo‘lish mumkin, chunki ovozimizdagi ohangi muloim bo‘lmagan, yoki odamga vaqtliroq ogoxlantirmadik, yoki balki biz qo‘shnimiz uchun juda kam ibodat qildik. Boshqa odamning nafaqat xatolarini kechirish, lekin agar bizning aybimiz ham bo‘lsa birinchi o‘zimiz xatolarimiz uchun kechirim so‘rash. Kamtarin bo‘lish uchun bizga yo‘l ochiq. Bizning “men”ligimizni er bilan teng qilsak, dard his qilmaymiz, chunki butun odamzodning o‘zini oqlab yurishi bir kasalga o‘xshaydi, haqiqatda bu o‘zini aldab yurish hisoblanadi.

Ammo musulmon uchun o‘zini rad qilish – begona hisoblanadi. U hech qachon Allohning kechirishini his qilmagan. Shuning uchun u hech qachon osongina kechirmaydi. Alloh u uchun xuddi bir savdogarga o‘xshaydi, savob ishlarni yovuz ishlar bilan tortadi. Bu erda haq, to‘lov va qarz qaytarish masallasi bo‘ladi; sevgi, kechirish va topshirish masalasi emas. Qachonki qonunning hamma talablari bajo etilsa, o‘shanda kechirim bo‘ladi. Shuning uchun islom ruhining logikasi qon to‘kish bo‘ladi. Agar kimdir dushmanni kechirsa, u qonun buzar bo‘ladi, chunki bu erda adolat bo‘lmaydi. Eski Ahdda bu printsip amalga qo‘llangan edi: “...to‘kilgan qon orqaligina gunohlar kechiriladi” (Ibroniylar 9:22; Levitlar 17:11).

Islomda har bir qonun buzilishi qahrli jazoni yoki qasos olishni talab qiladi. Agar kimdir sahiy bo‘lsa, qonunbuzarni jazolamasa va hatto kechirsa uni, u o‘zi ko‘proq aybdor hisoblanadi. Qonunning talabini bajo keltirish kerak. Shuning uchun Eski Ahddagi yoki islom qonun tagida yuradigan odamlar uchun keyingi printsipga rioya qiladi: “...ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish bilan javob qaytarilsin...” (Levitlar 24:19,20; Sura al-Mayda 5:45).

Yangi Ahddagi Ruh bilan yashaydiganlar bu fikrlashni tushunmasligi qiyin, chunki ular yangi hayotga qadam qo‘yib, kechirish bilan yashaydi. Lekin kechirish uchun qaerdan biz kuch olamiz? Nahotki bizning kechirishimiz yuzaki yoki xato bo‘lsa? Aksincha, Masih nafaqat bizning gunohlarimizni, balki butun odamzodning gunohlarini xochga olib bordi. Shu sababdan biz doimo har bir odamni kechira olamiz. Iso bizni qasosdan ozod qildi. Uning xochda o‘lishi bunga imkoniyat berdi va bu orqali biz xursandchilik bilan dushmanlarimizni kechiramiz.

Muhammad oldiga bir marta bir ayolni olib kelishdi. U ayol boshqa erkakdan xomilador bo‘lgan edi. Uning ayblovchilar Muxammaddan so‘radi: “Bu ayolni nima qilish kerak?” U javob berdi: “Bolani tuqqandan keyin uni meni oldimga olib kelinglar.” Bir necha oylardan keyin ular yana ayolni olib kelib Muxammaddan so‘radilar bu ayol bilan ular nima qilsin. Muxammad oxirda uni o‘limga hukm qilishga majbur bo‘ldi. U aytdi: “Bolani olinglar‑u, onani mening uyim oldida toshburon qilinglar.” Odamlar buni ijro etdi. Muxammad esa qonun bo‘yicha haq bo‘lgan.

Iso bilan shunga o‘xshagan voqea bo‘ldi. Bir necha guvohlar zino qilgan ayolni Isoning oldiga olib kelishdi. Ular so‘radi: “Biz uni nima qilaylik?” Iso shu paytda bir narsa erda chizib o‘tirgan edi. (Biz bilmaymiz U nimani yozgan edi, balki “Mehr-shafqat!” deb yozgan edi). Halq Iso turib ularning ko‘zlariga qarab “Uni toshburon qilinglar!” deb javobini kutgan. Ammo U qonunga bitta ajoyib gap qo‘shdi: “Kim orangizda begunoh bo‘lsa, birinchi tosh otsin”. Bu so‘zlar odamlarning yuraklariga tegdi va har bittasi, ruhoniylar, tafsirchilar, farziylar va hatto havoriylar ham toshlarini erga tashlab ketishdi. Faqat Iso bilan ayol qoldi (Yuhanno 8:1-11). O‘sha paytda Iso birinchi bo‘lib toshni ayolga otsa bo‘lar edi, chunki u begunoh edi. Ammo U shunday qilmadi. Gunohkor ayolga toshbo‘ron qilmaganiga Iso qonunni buzdimi? Yo‘q! U ayolning gunohlarini O‘ziga olib, u uchun hayot berdi. Isoda kechirishga haqi bor edi, chunki U uning o‘rnini oldi va u uchun qurbon bo‘ldi, gunohsiz gunohkor uchun qurbon bo‘ldi. Muxammad musulmonlar uchun qurbon bo‘lmadi. Shuning uchun uning qarori gunohkor ayolni hukm qilish va o‘ldirish edi. Islomda xoch va kechirish yo‘q, Xudo tomondan odamzodga nisbatdan kechirish yo‘q va odamlar orasida ham kechirish yo‘q. Faqat masihiylar kechira oladilar, chunki Xudo har bir insonni, har bir gunohni va hamisha kechiradi.

Musulmonlar Masihning xochda azob chekanini qabul qilmagani uchun, ular qonun ostida yuradi va shuning uchun yoki qasos oladi yoki to‘lashni talab qiladi. Agar kimki oldingi Eronning sobiq prezidenti Xomeynining qasos qonuni haqida o‘qisa, u jirkanadi. U erda yozilgan:

“Agar bir ko‘zi ko‘r mototsikl haydovchisi bir odamni urib ketsa va bu orqali jabr ko‘rgan odam ham ko‘zini yuqotsa, jabrlanuvchini haqini talab qilish uchun har xilni ham tanlash mumkin: yoki bu haydovchining ko‘zi bo‘lishi mumkin yoki bu pul bo‘lishi mumkin.”

“Agar mashinan haydovchisi avariya qilsa va oqibatda jabrlanuvchi oyog‘ini yo‘qotsa, jabrlanuvchini haydovchining oyog‘ini kesishga talab qilishga haqi bor. Agar haydovchining oyog‘larida yaralar bo‘lsa, birinchi shifolashini kutish kerak, keyin oyog‘ini kesish kerak, toki ‘nohaq’ talabi bo‘lmasin”.

Bir necha yosh musulmonlar Livanning masihiycha maktabida o‘qiganda, boshqa qon qasos qilmaymiz deb qaror qildilar. Lekin bir kun id al-Fitr bayramida, Ramazon kunlari yakunlayotganda, bir yosh bolani amakisi turib unga: “Qanday sen oilangning obro‘sini pastga tushirib, sharmandani jazolamasdan bayramni nishonlamoqchisan?” Yosh o‘rnidan turib, qurol olib, borib do‘stining balkonda o‘tirgan otasini otib tashladi. Bu voqeadan keyin u borib, politsiyaga o‘zini topshirdi. Uni bir necha yilga qamadilar, chunki bu masalani oila obro‘si deb hukm qilishdilar. Uni qamoqdan chiqargan kunida, uning oldingi urtog‘i (otilgan odamning o‘g‘li) qamoqning tashqarida kutgan edi. Endi tashqariga chiqqanda, qamoqdan chiqqan yoshni otishdi. Keyin o‘sha otgan do‘sti borib o‘zini politsiyaga topshirdi. Shunga o‘xshagan voqealar avloddan avlodga takrorlanib keladi. Har xil oilalar orasida “nafrat devori” paydo bo‘lgan. Qonun kechirishga yo‘l bermaydi.

Islom – sevgi dini emas, hukuk dini bo‘ladi. Shuning uchun dushmanni shartsiz kechirish degan fikr deyarli yo‘q. Nafratni qo‘zg‘atgani uchun yuraklar qattiq bo‘ladi. Hatto hozir ham bu yovgarchiliklar siyosiy ziddiyatlar va urushlarga olib keladi. Bir‑biri bilan o‘zaro kelishmaydi, chunki huquqlarni qattiq talablari orqali hech kim egilmaydi. Shu sababdan qiruvchi janglar bugun ham sodir bo‘lyapti va tinchlik uchun umid yo‘q. Kim o‘zini qasos qonunidan ozod qilmoqchi bo‘lsa va tinchlik yoki muzokara orqali masalani hal qilmoqchi bo‘lsa, 1981 yildagi Misr prezidenti Anvar Sadatga o‘xshab, hayotini yo‘qotish mumkin.

Biz Masih xochi orqali ta’sir qilgan G‘arb madaniyati haqida kam o‘ylaymiz. Biz o‘zaro tez-tez kelishamiz, bir-birimizni tez kechiramiz va nafrat bo‘lgan joylarga tinchlik olib kelamiz. Bu amaliyotlarning tomiri Xudo va Masih qoni orqali odam bilan qurayotgan munosabatning asosi bo‘ladi. Masihning xochisiz bizga hech qanaqa tinchlik kelmaydi, na Xudo bilan na odam bilan. Ota O‘zi ham O‘g‘lini biz uchun qurbon qilganda azob chekdi, toki aybdor oqlansin va boshqalarni ham Xudo qanday kechirsa, shunday kechira olsin. Ammo islomda Uchbirlik Xudo rad qilingani uchun, inoyat nimaligini bilmaydi va ular qonun ostida yashaydilar.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)