4.04 - Ikkinchi Amr: But Yasama
“O’zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo’lgan biror narsaning shaklini yasamang. O’sha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko’rmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatlarini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman. Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming-ming avlodlariga sodiq sevgimni ko’rsataman” (Chiqish 20:4-6)
Ikkinchi Amr birinchi Amrni to’ldiradi va ishlov beradi. Shu sababdan ba’zi isbotsiz usullar birinchi Amrning qismiday qabul qilinadi. Ba’zi sharhlovchilar hali ham ikkinchi Amrni eng qiyin Amrday ko’radilar chunki unda nato’g’ri tushuniladigan tushunchalar bor.
4.04.1 - Masihiylar tasavvuriga qarshi
Musulmonlar va Yahudiylar Masihiylarning ko’pini amrlarni qattiq buzayotganlikda ayblaydilar. Ular bizga: ”Sizlar Xudoning asosiy amrini buzyapsizlar. Sizlar hamma Qudratli Xudoning tasvirini bo’rtirasizlar va odamlarga aytasizlar, yetarli bo’lmagan tasavvurlarni o’ylab topdilaring” – deb ayblaydilar. Amrlarga to’g’ri amal qilish hatto Masihiy jamoatlar orasida ham ko’p tortishuvlarga katta sabab bo’lyabdi. Ba’zi bir jamoatlarning a’zolari boshqa jamoatlarga kirib borib ularning muqaddas ruhiy narsalarini yoqib tashlaganlar. Biz Xudo shuhrati chizilmasligini, tasviri solinmasligini tushunishimiz lozim. Xudoning rasmini chizish Uni ulug’vorligini masxaralash va haqoratlashdir. Ko’pincha muqaddas narsalarning yoki farishtalarning rasmi kekkaygan, o’ziga bino qo’ygan tarzdadir. Xudo biz tasavvur qilganimizdan ham qudratliroq, buyukroq, muqaddasroqdir. U inson chizoladigan rasmdagi tasvirdan mutlaqo boshqacha. Bu hatto rassom Mikelanjolloning zo’r rasmlariga ham tegishli!
Xudo Muqaddas Kitobda O’zini ikki yo’l bilan ochib berdi. Birinchisi eshituvchiga O’zini So’zini gapirishi orqali, ikkinchisi ko’ruvchiga ochiqlik orqali. Lekin Inson O’g’li (Iso) havoriylar oldida asl shuhratiga burkanganda ular o’lyotgandek yuz tuban yerga yiqildilar chunki ilohiy muqaddaslik ularni nopokliklarini fosh qildi. Hech kim ular ko’rgan ko’rininsni to’liq tasvirlab berolmaydi. Faqat tasavvurida tasvirlashi mumkin.
4.04.2 - Surat va butlarga sig’inishga qarshi turish
Agar ikkinchi amrni yaxshilab tekshirib chiqadigan bo’lsak Xudoning rasmini solishni taqiqlamayotganini ko’ramiz. U bizni har qanday butga sig’inishga qarshi ogohlantiryapdi. Kim boshqa xudolar, haykallar, o’yilgan tasvirlarni sharaflab ulug’lasa Xudoning g’azabiga duchor bo’ladi.
Katta o’yilgan haykallar Eski Ahd paytida Yaqin Sharq tog’larini ustida turgan. Ular toshdan yasalib xalqni sig’inishida ishlatilgan. Yana sig’inish uylarida sig’inish uchun taxtadan, toshdan, kumushdan va oltindan yasalgan butlar bo’lgan. Lekin kimki haqiqiy va yagona Xudoga ishonmasa, qalb eshiklarini Unga chiqib ketishi uchun ochsa unda nopok ruh uning qalbiga kirib u yerdan joy oladi. Iso Masih yashagan paytda Greklar butlar yonida to’planishib aysh ishrat qilishgan. Xuddi undan oldinroq Misrliklar, Ossuriyaliklar va Bobilliklar qilganidek. Shuning uchun Muso va payg’ambarlar butni ulug’lashga qarshi qattiq jang qilganlar. Bugungi kunda biz payg’ambarlar tomonidan yo’q qilingan butlarni Kair, Bog’dod va Beyrut muzeylarida ko’rishimiz mumkin. Bu muzey turistlarning ajoyib joyi bo’lib qoldi, odamlar Akropolisga chiqishdan oldin oyoq kiyimlarini yechishadi va shohning qabrini ko’rishadi oyoq kiyimlar qadimgi Grek va Misrliklarnikidan ham ko’p. Odamlar ruhiy dunyoni ko’rinadigan qilishga harakat qiladilar va ko’pincha Xudoning vazidan qoniqmaydilar. Odamzod eshitishdan ko’ra ko’rishni xohlaydi. Ko’rinmaydigan va tegib bo’lmaydigan narsalar unga begona. Ikkinchi Amrga itoat qilishni xohlaganlarga televizor vasvasa sabablaridan biridir.
4.04.3 - Yahudiylar va Musulmonlar tomonidan taqiqlangan suratlar
Musulmon dunyosida 1,350 yil oldin tasviriy narsalar taqiqlangan bo’lsada televizor, video va jurnallar hozirda bajonidil tez qabul qilinadi. Bu taqiqlangan rasmlar Arabiston san’ati bezagi bo’lib Saudiya Arabistonida, Xitoy masjidlarida va Janubiy Afrikadagi Morokko ma’badida Islom madaniyatida hamma joyga ochiq-oshkora tarqalgan. Ikkinchi Amrga Musulmonlarning munosabatlarini ularning chizgan giometrik shaklga chizgan gul va bog’laridan, yog’ochlardan, metallardan va toshlardan ko’rish mumkin. Ayniqsa Sharqiy gilam o’zining ajoyib tuzilishi yoki jannat ramzi bilan butun dunyoda qadrlangan.
Saudiya Arabistondagi Musulmonlar kesishma yo’ldan o’tayotgan boshsiz piyodani rasmini chizishlari kerak. Hatto hozirgi kunda ham boshni chizish qonuniy emas. Lekin Iroq, Turkiya va Hindistonda Qur’onda taqiqlangan bu narsalarga muhim emasday qarashyapdi. Ular hatto Arab Musulmonlariga noqonuniy bo’lgan Muhammad va Jabroilni rasmini chizganlar. Arab davlatida ishlangan Muhammad haqidagi filmda uni yuzini ko’rsatishga ruxsat berishmagan. Butun film Muhammad o’zini sahnada o’z ko’zi bilan ko’rayotganday va o’zini ovozi bilan gapiryotganday ishlangan. U hech qachon inson qiyofasida ko’rinmagan. Shu sababdan Masihiy film prodyusorlari Musulmonlar uchun kino ishlashda Xudoning payg’ambarini, farishtalarni yoki Masihni namoyish qilishda juda ehtiyot bo’lishlari kerak.
Yahudiylar ham ikkinchi amrdagiday Xudo tasvirini jizishdan o’zlarini chetga olib amal qiladilar. Rimliklarni boshlig’i Titus eramizdan keyingi 70 yilda Quddusni bosib olganda ma’badga kirib oltin haykal yoki qimmatbaho idishni topmoq niyatida muqaddaslar muqaddasi xonasiga kirgan. Lekin u yerdan topolmagach xavsalasi pir bo’lgan. Chunki muqaddaslar muqaddasi Xudoning Ruhi tufayli bo’sh bo’lgan. U tasvirlarda yoki haykallarda saqlanilmaydi yoki chegaralanilmaydi.
4.04.4 - Isoning Suratlari Muqaddas Yozuvga qarshimi?
Masihiylar ikkinchi amrga Yahudiylar va Musulmonlar qiladiganday sharhlamaydilar. Masih odam bo’lib tug’ildi. Har bir ko’z Uni ko’rdi. Iso: ”Meni ko’rgan Otamni ko’rgan bo’ladi” – dedi. Yaratishning maqsadi Isoga intilish edi. Muqaddas Kitobda: ”Shunday qilib Xudo olamni O’z suratida, ilohiy suratda yaratdi. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi” (Ibtido 1:27) – deyilgan. Odam Ato va Momo Havo Xudoni namoyon qilish vazifasida tayinlanganlar. Odamning surati hatto hozirgi kungacha Xudoning shuhratini aks ettirish ma’nosini beradi.
Biz Xudoning ijodidan zavqlanish imtiyoziga egamiz va Uning yaratgan gullarni, hayvonlarni va odamlarni rasmini chizishimiz mumkin. Lekin biz ularni Xudo qilib yoki ularga sig’inmasligimiz kerak. Hamma ijod ijodligicha qoladi. Ular hech qachon Yaratguvchining darajasiga ko’tarila olmaydi va ular hech qachon ulug’lanmasligi kerak. Odamdagi Xudoning qiyofasi shayton bizning dunyoga kirib kelgadanda, odam gunoh qilgandan keyin buzildi. Lekin ikkinchi Odam odamdagi Xudoning suratini qayta tikladi. Pavel Isoni: ”Ko’rinmas Xudoning surati Masihdir” (Kolosiyaliklarga 1:15) – degan.
Iso tug’ildi, o’ldi va hamma insonlar uchun tirildi. Shuning uchun hamma Afrikalikmi, Sharqlikmi, Yevropalikmi yoki Yaqin Sharqlikmi o’ziga xos tushunchada Isoni qalbida chizishga va tasvirlashga huquqlidir. Iso hamma madaniyatda inson shaklidagi Xudoning suratidir. Uning quvonchi, tinchligi va sabri so’zda (nazariy) emas, amaliydir. Masih orqali Xudo bizga yaqinlashdi. Iso yovuz urush xudosi bo’lib yoki qo’rqinchli yuz bilan O’zini ayon qilmadi, aksincha kamtar Xudoning Qo’zisidek O’z xohshi bilan bizni o’rnimizga Xudoning g’azabini O’ziga olib bizning gunohlarimiz uchin o’ldi. U bizga qurbonlik nimaligini o’rgatdi. Xoch ilohiy sevgi belgisi bo’lib qoldi. Iso o’limdan tirilgandan keyin Uni butunlay O’zini ko’rinishiga egaligi bizga Uni his qilsa bo’ladigan ruhiy tanasi borligini ko’rsatadi (Luqo 24:39).
4.04.5 - Isoning izdoshlari uchun Uning Qiyofasi
Iso shogirdlarini yuragini sokin Muqaddas Ruh bilan to’ldirdi sevgi, muqaddaslik va quvonch ularda ko’rinishi kerak. U bizni hasad va o’limga to’lgan dunyoda Xudoning suratiga o’xshashimizni belgilagan. U bizga oilamiz, qo’shnilarimiz va do’stlarimizga U haqida gapiradigan ‘Uning xati’ bo’lish imtiyozini berdi. Iso O’zining rasmini bizni ichimizga qo’ydi shuning uchun Uni qiyofasini aks ettirishimiz kerak. Kimdir qayerda bo’lmasin Afrika, Osiyo, Evropa yoki Amerikadami Isoning faol izdoshlarini uchratsa ularning yuzidan Isoning tinchlik nuri porlayotganini payqay oladi va tan oladi. Xochga mihlangan va tirilgan Isoning Ruhi boymi yoki kambag’almi, o’qimishlimi yoki yo’qmi, qarimi yoki yoshmi kimnidir yuragida yashasa samoviy dunyoning ajoyibligini aks ettiradi. Dunyoni kambag’al yoki boy, kapitalist yoki sotsialist darajalarga ajiratish etarli emas; uni gunoh uchun o’lib qaytadan tug’ilishga bo’linsa yaxshiroqdir. Iso kimnidir yuragida yashashni boshlasa, Xudoning tabiati unda aniq ko’rinishni boshlaydi va hamma buni ko’radi.
Muqaddas Ruh bizni o’zimizni maqtashni o’rgatmaydi aksincha Xudoning O’g’lini sharaflashga yordam beradi. Agar biz dunyoning markazida bo’lsak ham o’zimizga e’tibor bermasligimiz kerak. Shon shuhrat, maqtovlar biz uchun o’lgan va tirilgan Qo’ziga berilishi kerak. Maryam Isoning onasi va shuningdek avliyo insonlar ularning haykallari va rasmlarini odamlar sharaflayotgani uchun e’tiroz bildirgan bo’lardi. Qayerdadir qurbongohdami, uydami va ommaviy joydami ularni topganlarida ularni buzib tashlagan bo’lardilar. Isodan boshqa hech kim Xudoning shuhratini aks ettira olmagan. Xudodan boshqa yaxshi odam yo’q. Biz faqat Uning inoyati orqali oqlandik va poklandik. Muqaddas Kitob bizni Maryamga yoki muqaddas insonlarga ibodat qilishimizga va ulardan biz uchun shafoat qilishlarini so’rashimizga qarshidir. Biz osmondagi Otamizga ishonib turib ishonchimizni U va Uning o’tkinchi ijodi bilan bo’lishishimiz ikkinchi amrni aniq buzilishidir. Tasvir, haykal, obidalar yoki qandaydir bid'atli suvinirlar mo’jizalar ko’rsatolmaydi yoki shifolash kuchini berolmaydi. Xudo bizni faqat Uning O’g’li Iso orqali qutqaradi. Hamma butlar hatto ibodatxonalar Xudoning ko’z o’ngida jirkanchdir.
Yangi Ahdda biz osmondagi Otamizning sevimli bolalari kabi Ota bilan munosabat qilamiz. Bu imtiyoz faqat Isoning sotib olgan o’limi va Otasining o’ng tarafidagi ruhoniylik shafoati davomiyligi orqali kafolatlanadi. O’g’il Ota bilan bizni oramizda to’gridan to’g’ri bog’lanishni yaratgan. Kimki bundan foydalanmasa Xudoning Otaligiga ishonmaydi. Biz faqat Ota va Uning O’g’li, Muqaddas Ruh orqali inoyat, solihlik, kechirim va hayot qabul qildik. Shuning uchun Xudoning Uch Birligiga butun yuragimiz bilan rahmat aytishimiz kerak.
4.04.6 - Xudoning talabi
Xudoni sevgan va Undan yuz o’girib ja’zo xavfiga va Ikkinchi amr marhamatiga befarqlar orasida katta chuqurlik bor. Bu yerda yana Xudo O’zini “Men” – deb hamma xohish-irodasi va gapirish qobilyati bilan tirik Shaxsligini ko’rsatyapdi. U o’zgarmaydigan, hamma narsani nazorat qiladigan sodiq Xudodir. U abadiy ahd bilan O’zini bizga bag’ishladi shu asnoda U bizdan itoatkorlikni va sodiqlikni kutadi.
Xudo bizni sevgimizni talab qiladi. U bizni Unga bo’lgan itoatkorligimizni but, din kashfiyotchisi, shoh, oltin yoki kumush bilan bo’lishishimizni rad qiladi. U yagona Xudovand, Undan boshqa Najotkor yo’q!
4.04.7 - Kim Xudoni yomon ko’rsa yiqiladi
Kim Xudoning sevgisini pisand qilmasa yoki yengi yelpi munosabatda bo’lsa holiga voy! Bundaylar tokdan kesilib tashlangan novdaga o’xshaydilar. Ular qurib kuchdan qoladilar va ularning taqdiri abadiy olovdir. Agar bizning man’bamiz bo’lgan Xudoni rad etsak, ruhiy xiyonat qilgan bo’lamiz va o’zimizni o’zga ruxlarga, butlarga yoki nopok kuchlarga ochib beramiz, yoki o’zimizni yarim xudo qilib olamiz. Xudo O’zining shuhratini O’g’li va Muqaddas Ruhdan boshqa hech kim bilan bo’lishmaydi. Undan boshqa Yaratguvchi yo’q. Faqat U har doim va abadiy Hakamdir.
Agar inson Asl Xudo tomon burilmasdan boshqa xudolalarga ishonsa yoki o’zini hamma narsani markazi deb bilsa, u mag’rur bo’lib boradi va yuragi uning Yaratguvchisining Sevgisi uchun qotib qoladi. Bunday odamlar qo’pol va qahri qattiq bo’lib qolishadi. Boshqalarga xizmat qilish o’rniga o’ziga hurmat ta’lab qiladi. Xudoni sevmagan qo’shnilarini ham sevmaydi. U yordamga muhtoj bo’lgani uchun dunyoni va uning ruhiy muommolarini tushunolmaydi. Shuning uchun uning vijdoni befahm va ma’naviy buzuq bo’ladi. U buzuq va o’zining qoldiqlar ucnun charchamaydigan jangidagi hayvonlardan ham yomonroq bo’lib qoladi.
Xudo bularni Uni ogohlantirishlaridan va O’zining sevgisini ko’p marta ularga ko’rsatgandan keyin ham Undan voz kechishda qattiq turib olganlarni duchor bo’lishiga yo’l qo’yadi. U ularni hirsu havaslari og’ushida qoldiradi va bu narsalar ularni halok bo’lishiga sabab bo’ladi. Shoh Shoul va Yahudo Ishqoriyot bunga aniq misol bo’la olad. Bu hukmning ilohiy asosi yakka tarzda shu bilan birga xalqqa ham qo’llaydi. Hatto er-xotinlar ko’pincha yomon so’zlar va ajiralishlar, bolalarining hayot tarzi orqali qiladigan yomon ishlar ta’sirida qoladilar. Bu qanday xudosizlik nasldan naslga meros bo’lib o’tishidir. Oilaning muhiti va o’zini tutishi qizg’anchiqlik va hasad tomonidan boshqaryotgani aniq ko’rinadi. Oilani iqlimi yuzaki odamiylik yoki ijtimoiy dinsiz natijasi bilan teng ta’sirida boshqarilyotgan bo’ladi. Oila ruhi bolalar ko’zida ko’rinib turadi. Ba’zi oilalar shifo topish yoki yashirin masalalarni topish maqsadida fol ochish, qora magiya, sehrgarlik bilan shug’ullanadilar. Bunday urinishlarni Iso hukm qiladi, Iso tavba qilgan odamni tashlab qo’ymaydi. Buni o’rniga Iso uni quvonch bilan qabul qiladi va shaytonning la'natidan ozod qiladi. Iso aytgan: ”Agar O’g’il sizlarni ozod qilsa haqiqatdan erkin bo’lasizlar” (Yuhanno 8:36). Isoni hokimyati bizning tushunchamizdan yuqori. Faqat U har qanday shayton qulligini buza oladi.
Oila a’zolar haqiqatdan tavba qilib Xudoga kelmasalar bu bag’ri toshlik uch to’rt avlodgacha ja’zolanadi. Ko’pincha bolalar va hatto kattalar xudosiz ajdodlar davomiyligini maxsulidir. Biz hech qachon bu buzilgan yuraklarni hukm qilmasligimiz kerak aksincha biz ularning kelib chiqishlarini tushunishga harakat qilib ularni sevishimiz kerak. Xudo O’g’lini qat’iy rad etgan, ota bobolarini ta’limotlarini o’rgatadigan Yahudiy va Musulmonlar bor. Ular gunoh qulligida yashab dunyoning Najotkorini rad etadilar.
Kim bunday Masihga qarshi kuchlardan ozod bo’lishni xohlasa ilgarigi o’shalar o’ylagan tushunchalaridan voz kechishi va Iso Masih uchun madanyat kishanlarini qirqib tashlashi kerak. Biz oilamiz himoyasi va davlat xavfsizligidan voz kechsak Xudoni haqiqatdan ham bizning Otamiz ekanligini ko’ramiz. U bizning kelajagimiz javobgarligini O’ziga oladi. U bizga: ”Men Xudo sening Xudoying, abadiy sevuvchi Otangman. Men seni bilaman va isming bilan chaqirganman, sen Menikisan, Meni ushla va Men seni yovuz va nopok yovuzlardan butunlay ozod qilaman.”
4.04.8 - Xudoni sevganlarga Uning farovonlik marhamati
Kim Xudoni sevsa va sharaflasa, hurmat qilsa Uni so’zlarini o’qib o’rganadi va Uni kuchida yahsaydi. Kimdir Uning biz uchun chuqur inoyatini bilib olsa Unga najoti va sabri uchun minnatdor bo’lishda davom etadi. Biz Unga bo’lgan sevgimizni yuragimiz bilan minnatdor bo’lib chin dildan ifoda etamiz. Xudodan minnatdor imonli Xudoning dunyodagi kunlik xazinasi, qudrati, marhamatini topadi. Kuyovdan xat olib xatni esdan chiqargan hatto uni ochmagan kelin haqida nima deb o’ylaysiz? Bu kelin kuyovni sevmaydigan deyolamiz. Sodiq kelin sabrsizlik bilan eridan xat kutadi. Xatni olganda darhol uni ochib qayta va yana qayta o’qiydi, uning xotirasidan tez ko’tariladigan jumlalar ustida o’ylanadi. Agar biz Xudoni sevsak Uni So’zlarini osmondan bizga shaxsan yozilgan sevgi xatidek o’qimaysiz. Biz har doim Uni So’zlarini o’qishimiz va ahamiyatli oyatlarini yod olishimiz kerak shunda Uning xohishini amalga oshirishga quvvatlantiradigan Uning So’zi bilan yuragimiz to’lib toshadi.
Agar ota-onalar oilalari uchun samimiy ibodat qilsalar ular oila a’zolarining ustiga Isoning marhamatini olib keladilar. Ularning bolalari xudosiz yoki befarq bo’lib o’smaydilar. Aksincha ular mustahkam poydevorga ega bo’ladilar. Albatta ota-onalar bolalarni Iso Masihga ishonishga majbur qilolmaydilar, ularni urush bilan odobsizlikdan tozalash kam foyda beradi. Namunali sevuvchi ota-ona asta sekin tushuntiradi lekin ongli ravishda chuqur taassurot qoldiradi. Bolalar ota-onalarning so’zlaridan ko’ra ularning harakatlarini ko’proq eslab qoladilar. Onaning ko’zi ba’zida uning so’zidan ham qattiqroq gapiradi va uning sevgisi o’lgunigachadir.
Xudo kim Uni sevsa ming avlodigacha marhamatlashga va’da bergan! Bu va’da ota-onalarga vasvasalarga va xudosizliklarga to’la paytda bolalarni o’stirishda buyuk qulaylikni taklif qiladi. Quyosh nuri qorong’u xonani yoritib yuborganday Xudo sevgisining qudrati qorog’ulikni yoritadi. Uyning ruhiy merosi ota-onalar imonli bo’lib ibodat qilganda ko’payib boradi.
Ming avlod jarayonini hisoblab chiqishga hech uringanmisiz? Agar 25 yoshimizda birinchi avlodimiz dunyoga kelsa, faqat haqiqiy imonlining natijasidek biz Xudoning faravonlik marhamatiga 25, 000 yil ega bo’lamiz. Yoki ko’p nabirali katta oilalar haqida fikr qilsak, unda ular ko’p sonli avlod, katta ruhiy guruh ishonishi va ota-onaga itoat qilishi orqali marhamatlanadi. Xudo Uning har bir sodiq sevgani yuzlab odamlarga sevgi man’basi bo’lishini aytgan. Isoning izdoshi hech qachon taqvodorlikni man’bayiman demaydi, aksincha u o’zini Xudoning inoyati uchun vosita hisoblaydi. U marhamatidan tashqari Uni shartsiz sevganlarga va ishonganlarga inoyat ustiga inoyat beradi.
Agar biz hayotimizda tanaviy yoki ruhiy ota-onalarimizni marhamatini ko’rgan bo’lsak unda biz uni dunyo madaniyatidan farqini tushuna olamiz. Xudoning So’zi qishloqdami yoki shaharda yoki yuz yillar oldin ta’sir qilgan, siz buni ko’rasiz va his qilasiz. Qayerda odamlarni Iso ozod qilgan bo’lsa ular yordam taklif qilishadi va bir birlariga xizmat qiladilar. Xudo biron madaniyatga Muqaddas ruhi bilan ta’sir qiloladi, keyin oila, maktab, iqtisod va siyosat biz tushuna olishimizdan ham ko’proq samarador bo’ladi.
Haqiqatga qarshi, butlarni ulug’lash, sehrgarliklar xavsizlik ma’nosida Hindiston kabi davlatlarda xudolarni qon bilan burkab ko’klarga ko’taradilar yoki Xitoy yoki Afrikadagidek ajdodlarga sajda qiladilar. Bu jamiyat qo’rquv, qullik va havotir tomonidan boshqariladi. Ko’pincha ayollarning qadr-qimmati erkak kishi uni ustidan (zulm o’tkazsa) toptaladi. Agar siz Musulmon, Hindu yoki Masihiy qishloqlarga kirsangiz u yerdagi ruhiy muhitni darhol his qilasiz. Hatto hayvonlar ham shavqatsiz jazolansalar yoki mehr bilan qaralsalar his qiladilar.
4.04.9 - Xulosa: Hal qiluvchi Bo’linish
Ota-onalar ishonchining marhamati yakka tartibda nima qilgan bo’lsalar ko’rinadi yoki oilalar bobo-buvilarning Xudoning sevgisiga shubha qilmasliklari natijasini hosili bo’ladi. Bunday ota-onalar ibodat qilishgan, ishlashgan va to’kin hayotda qarilik yoshlarigacha yashashgan. Haqiqatdan ham bo’luv chizig’i Xudoni sevadiganlarni va Uni yomon ko’radiganlarni dunyoning hamma joyida ajiratib turadi. Agar siz haqiqatdan Xudo Ota deb Unga ishonsangiz, boladek Unga suyanasiz va Uning sevgi hosillarini rivojlantirasiz. Agar kimdir Xudoning chaqiruviga qarshilik ko’rsatsa unda u xudojo’likdan adashadi. Oxirgi kunlarda sevgini paymol bo’layotganini ko’rish hayron qolarli bo’lmay qoldi. Agar odam Xudoga kelmasa yovuzlikni man’bayi bo’lib qoladi. Nazariy xavflar Xudoga qarshi isyonkorlikni natijasi bo’lib ko’rinadi. Karl Marks yosh xudojo’y odam edi, lekin follarga ishonishni boshlaganida okkul’tizm dunyosiga kirib ketdi va o’lik o’z maanfatini ko’zlash hayot yo’li deb tanlagan million odamlarni yo’ldan adashtirdi. Uning izdoshlari hatto Xudoning yuziga musht ko’rsatsalar ham yerda ishchilar jannatini o’rnata olmaydilar. Kim sevgi va hayot man’bayi bo’lgan Xudoni rad etsa, Uning o’rniga odamlarni ko’kka ko’tarsa yuragida alam va g’azab tug’iladi va shu asnoda hukm kunida Muqaddas Xudoning g'azabini o’rib oladi.