4.06 - To’rtinchi Amr: Shabbat kunini muqaddas deb biling
“Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring. Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. O’sha kuni o’zlaringiz, o’g’illaringiz yoki qizlaringiz, qullaringiz yohud cho’rilaringiz, hayvonlaringiz, shahringizdagi musofirlar hech qanday ish qilmang. Men, Egangiz, olti kun davomida osmonni, yerni, dengizni va bulardagi hamma mavjudodni yaratdim. Yettinchi kun esa ishlarimdan tindim. Shuning uchun Men, Egangiz, Shabbat kunini muborak qilib, muqaddas, deb boshqa kunlardan ajiratdim” (Chiqish 20:8-11).
4.06.1 - Dam olish kuni Yaratguvchini ulug’lash uchun
Yahudiylar uchun Shabbat (Shanba) Xudo bilan ahdning yana bir belgisidir. Ulug’lash borasida bu kun Eski Ahddagi odamlarni boshqa xalqdan ajiratardi. Hozirgi kungacha Eski Ahddagi odamlar bu haftaning oxirgi kunini muqaddaslab ish qilmaydilar, ishlarini boshqa kuni qiladilar. Ular o’t yoqmaydilar yoki uzoq sayrga chiqmaydilar. Buni o’rniga ular bayram kuni uchun saqlab qo’yilgan yangi kiyimlarini kiyadilar. Shabbat kuni odamlar to’planib xursand bo’lishlari, Tavrotdan belgilangan parchani o’qigani va ulug’lash muhitida ularni muhokama qilish uchun berilgan.
Xudoning kunida imonlilar boshqa kunlardan tashqari Xudo bilan ko’proq vaqt o’tkazishlari kerak. Ular fikrlari va yuraklari bilan butun fikr zikrlarini Yaratguvchisiga, Najotkoriga va Yupatuvchisiga qaratishlari kerak. Biz hafta davomidagi cho’ldagi sayohatimizdagi charchoqlarimiz chiqishiga yordam va tasalli beradigan Kalom o’qish, yaxshi voizliklar eshitish va ulug’lash qo’shiqlarida qatnashishni o’zimizga odat qilib olishimiz kerak. Bu kunda dam olish maqsadi odamga emas balki Xudoning O’ziga qaratilgan. Shu yo’l bilan Shabbat Xudoning kuni bo’lib qolgan. U bu kunni maxsus, muqaddas va muborak qilib ajiratdi. Bu Xudoning kuni Xudodan Uning ijodiga qimmatli sovg’adir.
Shabbat kunini muqaddaslash degani, biz osmon, yer, yulduzlar, cho’llar va daraxtlarni qudratli so’zi bilan yaratgan Yaratguvchini ulug’lashimiz ma’nosini bildiradi. U baliq, qushlar va hamma katta-yu kichik hayvonlarni yaratgan. Uning ijodining eng yuqori cho’qqisi O’z suratida yaratgan odamda erishilgan. Bu yaratilishda har bir ijod noyob tarzda donolik va qudrat bilan mo’jizaviy tarzda qurilgan. Olimlar inson tanasining ba’zi bir sirli tomonlarini, qobilyati va ruhining ulug’vorligini hal qiloldilar xalos. Xudoning ishi qanday ajoyibdir! Agar Uning ijodi shunday chiroyli bo’lsa Yaratguvchini O’zi qanchalik go’zaldir! Inson tili Uning buyukligi, shuhrati va qudratini to’liq aytibberolmaydi. U yaratganlaridan ulug’lash va maqtovlar olishga loyiq.
Xudo yaratish maqsadini amalga oshirib bo’lib dam oldi. U ishdan charchamagan edi, Qudratli Xudo charchamaydi, mudramaydi yoki uxlamaydi, U O’zining ishidan qoniqdi, U son sanoqsiz ajoyib, hayron qolarli narsalar yaratganidan rohatlandi va ularni yaxshi deb bildi. Biz Xudoni har kuni ayniqsa Xudoning kunida Uni tariflashga til ojiz mo’jizaviy ijodi uchun ulug’lashimiz kerak.
4.06.2 - Shabbat kunida dam olishning muhimligi
Shabbat kuni davomida Xudoni biz uchun yaratgan samoviy dam olishda qatnashish imtiyozimiz bor. U bizga chuqur sokinlik va ulug’lash imkoniyatini beradi. Bu Xudoning oldidagi ichki va tashqi tinchlik bizning xotirjamligimiz kalitidir. Kim bu Amrni buzsa jazolanmasdan qolmaydi. Xalqlar Sovet Ittifoqi asoschisi yoki o’zining harakatlari bilan Xudoning kunidan uzoqlashgan, fikridagi tinchligini yo’qotgan G’arb katta guruhlarini yoqtiradilar. Ular bu kunni rad qilgan va moshinalarida shoshilib Xudoning ijodi Xudoni sharaflashi kerakligini tushunmaydiganlar. Ular o’qib o’rganish qobilyatini yo’qotganlar va butun hafta davomida ishlari orqaga ketadi. Hamma, hatto hayvonlar ham dam olishlari kerak va ijod birinchi Xudoning oldida sokinlikda tinch turmasdan Uning kuchiga yana ega bo’lolmaydi. Biz Xudoning Shabbat kunini muqaddaslash ahdini xech qachon rad qilmasligimiz kerak. Biz bu ahd haftada 35 yoki 40 soatli ishni emas aksincha olti kunli qattiq ishni gapiryotganini ko’ramiz. Yettinchi kun butunlay Xudo uchundir. Kalom bizga dangasa hayot yomon odatlarga sabab bo’lishini, har kunlik ish esa insonga foyda keltirishini o’rgatadi.
Iso hozir ishlardan bir oz to’xtab, keyin dalada o’sayotgan nilufar va boshqa gullarni qanday o’sishini ko’rib o’rnak olishimizga dalda beradi. Ularning mevalari pishgunigacha qancha paytda gullashi, barglarini o’sishini hech kuzatganmisiz? To’xtang va ko’zlaringizni oching. Tabiatning qonun qoidalarini o’rganing shunda bularning orqasida Yaratguvchi va Uning otalik ezguligi turganini ko’rasizlar. Iso bizga ajoyib gullarning rangini shohlarning shohona kiyimlari bilan solishtirishimizni taklif qildi, bundan bilamizki hatto shohlar va malikalar tezda qurib o’ladigan bu har hil gullarday kiyinmaganlar. Xudoning yaratganlari orasidagi eng go’zali insondir va Xudoning shuhratini oz bo’lsada insonning yuzi ma’lum qiladi. Biz yashash tarzimizni o’zgartirishimiz kerak, shoshilishdan to’xtab o’ylashga vaqt berishimiz kerak. Shunday qilganimizda yaratilishning daxshatli go’zalligidan Xudoga minaddor bo’lish va Uni ulug’lashga qalbimizda xohish paydo bo’ladi. Xudo yaratgan va butunlay saqlaydigan bahor, yoz, kuz va qish fasllaridan hayron qolishimiz, baxra olishimiz uchun Xudo bizning ko’zlarimizni ochishni xohlaganda afsuski bunga qarshi televizorda pornografiya va shavqatsizlikni ko’rsatiladi.
Xudo bizga Shabbat kuniga amal qilishni buyurganida U odam Xudo oldida o’qishga va yashashga rioya qilishi kerakligi bilan bu kunga alohida amal qilinishni talab qilyabdi. Xudoning kunini muqaddas deb bilish bu nafaqat dam olish yoki eshitish va Xudoni Kalomini o’qish balki butun qalbimiz bilan Unga burilishdir shunda U bizni o’zgartiroladi va yuraklarimizni O’zining ezgulik va yaxshiliklari bilan to’ldiradi. U muqaddas va bizni ham muqaddas bo’lishimizni xohlaydi. Shunday qilib kelinglar Uning sevgisining nuri tomon boraylik va Uni shuhratini ko’rsataylik, sokinliksiz va tinchliksiz yangilanish yo’q.
4.06.3 - Shabbatni tushunishda anglashilmovchilik
Shabbat kuni Eski Ahddagi odamlarni yiqilashdan va atrofdagi boshqa xalqlar sig’inadigan ko’p xudolardan ajratgan, va saqlagan. Bu Xudoning kuniga jalb qilish ularni dunyoning Najotkori Masihning kelishiga tayyorladi. Shabbatni o’zi unga amal qilgan imonlilarni o’zgartirolmas, himoya qilolmas va yangilay olmas edi. Xudoning oldida hamma odamlar ojiz, yomon va bosar tusarini bilmaydigandir. Hech qanday qonun inson zotini o’zgartirolmaydi, Shabbat ham inson gunohidan ozod qilolmaydi. Lekin Shabbat ateizmga kirib ketishdan saqlay oladi. Yangi Ahdda biz Xudoning inoyatini olganimiz uchun Xudoning kunini nishonlamaymiz lekin U bizni yaratganligi uchun minnatdor bo’lamiz. Shu sabbabdan biz Uni sevamiz va hurmat qilamiz. Qonunga amal qilib biz o’zimizni gunohdan qutqarolmaymiz, lekin Xudoning inoyati bizning sirli najotimiz va qayta tug’ilishimizdir. Kim qonun orqali oqlanishni xohlasa, qonun orqali hukm bo’ladi. Lekin agar siz Iso tomon harakat qilsangiz va Isoning qo’lidan ushlasangiz Iso siz tomon kelgan, U sizni boshqaradi va hamma hukmdan asraydi.
Yettinchi kun Xudo dam oldi va ishini tomosha qildi. U hammasi chiroyli ekanini ko’rdi. Odam itoatsizlik qilib gunoh qilganda Xudoning muqaddas dam olishi tugadi. Xudo dam olishni to’xtatdi yo’qolgan ijodini qutqarish uchun kechayu kunduz ishlayabdi. Xudo: ”Ayblaring bilan Meni charchatding” – dedi (Ishayo 43:24). Iso: ”Mening Otam shu kungacha o’z ishini qilib kelyabdi, Men ham O’z ishimni qilyapman” – dedi (Yuhanno 5:17). Iso biz haqimizda va xunuk gunohlarimizga qayg’urdi, biz Isoning o’limi orqali hamma gunohlarga najot borligi uchun Xudoga minnatdor bo’lishimiz kerak.
Kim Xudoning Qurbonlik Qo’zisiga ishonsa qonun hukmiga kelmaydi, aksincha Isoning Qoni bilan butunlay oqlanadi. Iso o’ldi va Shabbat kirmasdan oldin ko’mildi. U Xudoning dam olish kunida boy odamning qabrida dam oldi. U haftaning birinchi kunida o’liklardan tirildi, shu yo’l bilan Xudo Shabbat kunining talabini amalga oshirdi. Uning tirilishi orqali qonun hukmida emas, Xudoning inoyatida va Muqaddas Ruhnig kuchida rivojlanadigan yangi ijodni tasvirlaydigan yangi kunni o’rnatdi.
4.06.4 - Masihiylar Shanba kuni o’rniga Yakshanba kunni nishonlashlariga huquqlari bormi?
Ko’pincha Yahudiylar va Yettinchi Kun Adventislari Masihiylarni to’rtinchi amrni buzayotganlikda ayblaydilar va dam olish kunini Shanba kunini o’rniga Yakshanba kuni amal qilayotganliklari uchun Xudoning g’azabi Masih izdoshlari ustiga tushadi deydilar. Lekin Iso Shabbat kunini ham Xudosi ekanligini aytgan. Inson O’g’li bizni o’rnimizga Shabbat kunini talablarini bajarib bo’lgan. U amalga oshirdi va tugatdi. Iso alohida yangi kun, oy yoki yilni muqaddaslash uchun yangi qonunni bosib o’tmadi. U izdoshlarini qutqardi va ularni muqaddas qildi. Inson Xudoni faqatgina Shabbat kuni emas yoki alohida marosimlarda emas, har kuni Uni ulug’lashi kerak. Shuning uchun Iso kundan ko’ra insonlarni muqaddaslaydi: ”Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar” (Kolosaliklarga 3:17). Muqaddas Ruh boshqaruvida qilgan har bir ishimiz Xudoni ulug’lashdir. Bir kun boshqasidan qadrda kam emas. Iso qimmatbaho qoni bilan bizni oqladi va Muqaddas Ruh bilan yangiladi. U muqaddas kunlarni emas, muqaddas odamlarni yaratdi. Uning yerga kelish maqsadi Shabbat qilolmagan ishlarni amalga oshirish edi, ular: yangi insonlarni yaratish, yomon gunohlarni tashlab Xudoning izdoshlari muqaddasligi tomon o’zgarish va menlikni xizmatchi tomon burish.
Iso bizning ruhiy hayotimizning har bir ko’rinishini butunlay o’zgartirdi. Shuning uchun Masihiylar Iso yangi ijodi bilan Yangi Ahdni nishonlash uchun tirilgan kun Yakshanbani tanlashdi. Lekin Iso ham izdoshlarini dam olishlarini va Uning yangi ijodining qismi bo’lishdagi imtiyozda o’qib o’rganishlarini xohlagan. U Yakshanba kuniga amal qilishimizni buyurmagan shu asnoda Shabbat kuniga amal qilishimizni taqiqlamagan ham. U bizga alohida kun va bayramlarni chegaralashni nazarda tutmagan aksincha U gunohkorlarni qutqarish uchun kelgan. Isoning tirilishi yangi davrning boshlanishini belgisi bo’ldi biz boshqa qonun ayblovi ostida emas, aksincha Xudoyimizning inoyat najoti ostida yashaymiz. Bu degani Masihiylar qonunsiz odamlar degani emas. Bizda yashayotgan Masih Ruhining O’zi sevgi qonunidir, shu paytda U bizga sevgi qonuni bilan to’lishimizga kuch beradi. Shabbat Eski Ahdda hafta kuni belgisini bildiradi, Yakshanba esa Yangi Ahdni belgilovchi Iso g’alabasi timsolini bildiradi.
Islom davlatidagi ba’zi imonlilar Yakshanba yoki Shabbatda dam ololmaydilar. Shuning uchun ular Xudo va’da qilganidek ular bilan birgaliklarini bilish uchun Juma kuni yig’iladilar: ”Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig’ilsa, Men ularning orasida bo’laman” (Matto 18:20). Iso ulug’lash uchun aniq kunni belgilashni emas aksincha har doim va har yerda imonlilarni muqaddaslashni, marhamatlashni maqsad qilgan.
4.06.5 - Yakshanbani nishonlash
Masihiylay qanday Xudoning kunini nishonlaydilar? Ular Yakshanba kuni birga to’planib ulug’lash, Kalomni o’qish va muqaddas birodarlikda Xudoni sharaflashlariga asosiy sabab sevgidir. Bolalarimiz, mehmonlar, ishchilar hatto podadagi hayvonlar dam olish kunida bizga qo'shilishlari kerak va hayotimizga aylangan har Yakshanba kunida tirilishning ilohiy quvonchini eslanadi. Masihiylar quvonchining asosi Yahudiylarnikidan chuqurroqdir. Iso: ”Mening shodligim qalbingizni to’ldirsin, deb sizlarga bu so’zlarni aytdim” – dedi. (Yuhanno 15:11; 17:13). Pavlus ham: ”Har doim Rabbimiz tufayli shodlaning. Yana bir bor aytaman, shodlaning” – deb yozgan. (Filippilik 4:4). “Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik…” (Galatiyaliklarga 5:22). Bunday oyatlar bizga Yakshanba kunining komillik ruhini ko’rsatyapdi. Lekin ular ham bizning hafta davomidagi ishlarimizni tasvirlayapdi; ular bizga Masihiy oilaning yashash tarzi qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatyapdi.
Biz yakshanba kuni ishlashimiz kerakmi? Masihiylar ham boshqalarga o’xshagan odam. Charchaydigan tanalari bor. Shuning uchun o’zlarini bo’sh qo’yishlari va dam olishlari kerak. Ular oddiy ijodlar va shu bilan birga ular ruhda Xudoning bolalaridirlar. Ular yerda tanada yashaydilar va Masih bilan osmonda ruhiy a’zolikka qabul qilinadirlar. Ular Xudo bilan uchrashish kunida dam olish kunini rad qilmaydilar. Yakshanba aslida uxlash uchun emas aksincha Ota Xudoni sharaflash va ulug’lash uchun maqsad qilingan. Bu kun Xudoga tegishli va biz kerakmas ishlar bilan shug’ullanmasligimiz kerak. Lekin mehr, yordam va boshqalarni xavfli hodisalardan qutqarish kerak bo’lib qolsa qochmasligimiz kerak. Bizning solihligimiz qonunni amalga oshirishga emas, balki yuraklarimizga qurbonlik tushunchasini tomchilab quygan Isoning sotib olgan o’limiga asoslangan bo’lishi kerak. Yakshanba kuni ulug’lashga va boshqa yig’ilishlarga borish Masihiylar uchun imtiyozdir. Lekin Masihiylar uchun ruhiy ozuqni (ibodat qilish, Kalom o’qish va xak.) faqat Yakshanba kuni yeyish yetarli emas, ular har kuni ruhiy oziqlanib turishlari kerak aks holda imon, sevgi va umidlari kuchsizlanib qoladi. Yakshanba jamoatda kuylash, guruh bo’lib ibodat qilish va Masihiylik birligini his qilish uchun Jamoat a’zolari bilan fikrlarni bo’lishish imkoniyatini beradi. Hamma imonlilar birgalikda Masihning ruhiy tanasidirlar. Bitta imonli yangi ijodni asosini tashkil qilolmaydi aksincha muqaddas birodarlik ayniqsa Yakshanba kunlarida ko’rinadi.
Yakshanba kuni kasallardan, aqli zayflardan va kambag’allardan xabar oladiganlar baxtlidir. Bu imonlilar yana 100 kilometr uchun yoqilg’i yetarli bo’ladimi yo’qmi deb moshinalaridagi benzinga qaramaydilar.
Xudoning Ruhi Jamoatni qurish va gunohda o’lganlarni topishga boshlaydi. Biz ularni Isoga tavba qilishga va ularni umidsizliklaridan va yuragi toshlikdan ruhan ko’tarishga chaqirilganmiz. Dunyoviylarga Iso haqida guvohlik bermaslik kechirib bo’lmaydigan holatdir. Biz yana muhtoj odamlarga va kambag’al guruhlarga Xudoning kunida yordam berish uchun chaqirilganmiz.
Yakshanba kunida biz Xudoga minnatdor bo’lishimiz, kamchiliklarimizda ruhan ko’tarilish va muhtoj odamlarga guvohlik berishimiz uchun yetarli vaqt bo’ladi. Agar Xudo bizga farzand bersa (tavba qilgan odam) biz ular bilan ko’p vaqt o’tkazishimiz va ular bilan birga kayfiyatni ko’taradigan, quvonchli Masihiycha qo’shiqlar aytishimiz kerak. Kelinglar Yakshanba kuni Isodan Xudovand Ibodatidagi birinchi uchta iltimosni amalga oshirishini so’raymiz.
Agar biz Yakshanba xizmatlarini qoldirmasak marhamatlanamiz. Yakshanba kuni o’limdan tirilgan Isoning xohishini qidirgan har bir kishiga Iso ko’p marhamatlar, barakalar tayyorlab qo’ygan.
4.06.6 - Yakshanbaliklni mengsimaslik
Boshqa kunlardan ko’ra dam olish kunida gunoh qilish falokatliroqdir. Moshinalar qishloqni Yakshanba kuni ifloslaydi. Televizorda Xudoning Dunyosi haqidagi ko’rsatuvlarni qo’rqinchli filmlar, pornografiya yoki sexrgarlik ko’rsatuvlaridan ko’ra juda kam ko’rsatishadi. Ba’zi odamlar boshqa kuni qilishlari mumkin bo’lgan uydagi, bog’dagi va og’il xonalardagi ishlarni Yakshanba kunlarini qiladilar. Eski Ahd davrida agar biror kishini dam olish kunida ishlayotgan tarzda topilsa u odam o’limga mahkum qilingan. Agar dam olish kunida, faqat bitta shaharchadagi olomon yoki bitta odamni qilgan hamma gunohlarini ko’rolganimizda bu bizni yuragimizni sindiradi jarohatlaydi yoki aqldan ozdiradi. Faqat Xudoning sevgisi gunohkorlarni uzoq qiynalib va sabr qilib kutadi.
Xudoning kunini haqorat qilgan odam haqida Xudo nima deyishini esdan chiqardingizlarmi? Agar Chiqish 31:14-17 ni o’qisak Xudoning oldida sokinlikda vaqt o’tkazishimiz qanchalik muhimligini bilamiz (yana Sahroda 15:32-36 ni o’qisangiz Xudoning kuniga rioya qilish kerakligini tushunib olasiz). Endi biz hayot tarzimizni o’zgartirishimiz va o’quvchilarimizdan Yakshanba kuni ishlarini qilmaslikni so’rashimiz kerak. Shabbat kunida ulug’lash va dam olish kuni deb rioya qilmagan shaharni yoki qishloqni Xudo kuydirvorishini aytadi (Eremiyo 17:22). Biz bu ogohlantirishga befarq bo’lmaylik (o’zimizga ishonmaylik). Bunday e’tiborsizliklar natijasida dunyo urishlari va kuchli ta’sirli baxtsiz hodisalar kelib chiqmaydi deb kim biladi? Muqaddas Kitob: ”O’zlaringizni aldamanglar! Xudoni laqillatib bo’lmaydi. Inson nimani eksa, shuni o’rib oladi” – deydi (Galatiyaliklarga 6:7). Hech kim Xudoning buyrug’ini buzolmaydi va qochib ketolmaydi.
Agar Iso bizning gunohlarimiz uchun xochda o’lmaganida va bizning o’rnimizga ja’zolanmaganda biz umidsiz bo’lar edik. Lekin Uning o’limi Xudoning kunini haqoratlashimizni kechirish uchun emas. Iso va Uning shogirdlari Shabbat kunini muqaddas deb amal qilishgan. Iso Otasini sharaflash uchun yashagan. Haftaning birinchi kunida tirilgandan keyin Iso shogirdlari bilan tuzgan Yangi Ahdni nishonlash uchun shogirdlariga ko’rindi.
4.06.7 - Qonunni yangicha tushunish
Shabbatga nato’g’ri amal qilish yo’li haqida o’ylab Xudoning qonunini nato’g’ri talqin qilish qanchalik osonligini biz ko’ramiz. Iso O’zini o’limga mahkum bo’lishidan qo’rqmay Shabbat kuni kasallarni shifolab bu bilan U Xudoning O’g’li ekanligini ko’rsatdi. Iso yashagan paytdagi Musoning qonuniga fanatlar, Xudo va odamlarga bo’lgan sevgisini yo’qotdan diniy ulomolar Isoni tanqid qilganlar. Ular ikkiyuzlamachilik bilan yuzaki solih bo’lganlar va tavba qilish chaqirig’iga quloqlarini teskari burganlar. Ruhiy ko’rliklaridan yuraklari tosh bo’lgan. Ular fikrlarini o’zgartirishga tayyor emas edilar. Ular Ota Xudo, O’g’il va Muqaddas Ruhni inkor qilganlar. Ular Shabbat kunida kasallarga g’amxo’rlik qilmaganlar. Shunday qilib ularning Shabbat qonunga kuchli g’ayrat bilan amal qilishlari ikkiyuzlamachilikka aylanib ketdi. Iso ularga aytgan shu so’zlardan hayron bo’ladigan joyi yo’q: ”Bu xalq Meni tilidagina izzat qiladi, yuraklari esa Mendan uzoqdir. Ular Menga sajda qiladilar, ammo sajdalari behudadir. Chunki ular inson yaratgan qoidalarni Ilohiy qonun deb o’rgatadilar” (Matto 15:8-9).
Uning kurashi Xudoning kunini to’gri yo’l bilan muqaddalashni bizga o’rgatadi, Iso ko’p ishlashimiz yoki ishlamasligimiz haqida gapirmagan aksincha Xudoning oldida yuragimizda to’g’ri munosabatda bo’lishimizga e’tibor qaratgan. Pavlus Masihning Ruhida Qonun tushunchasini rivojlantirishda davom etgan. Pavlus Majusiylarga (Yahudiy bo’lmaganlar) Eski Ahddan ozod bo’lganlarini o’rgatgani uchun la'natlangan va tosh bo’ron qilingan. Pavlus bizga Qonun ayblovidan ozod qilinganimizni chunki Isoning o’limi orqali qonun uchun allaqachon o’lganimizni o’rgatgan. Shuning uchun qonun bizning ustimizdan boshqa hokimlikka ega emas. Aksincha Muqaddas Ruh Masihning sevgisida bizga yangi tartiblarni qo’ydi. Bu yuragimizdagi yangi ruhiy qonun bizni muqaddaslaydi va Uch Birlikdagi Xudoni hamma fikrlarimiz, so’zlarimiz va harakatlarimiz bilan ulug’lashumizga yordamlashadi. Shunday qilib biz boshqa Qonun yuki ostida emas balki ichimizdagi Muqaddas Ruhning kuchi tavba qilish va imon bilan ishlaydi. Biz bir narsani esimizdan chiqarmasligimiz kerak, Masih kunlarni emas odamlarni muqaddaslaydi! Shunday qilib biz to’rtinchi amr tushunchamizdan kelib chiqib Yangi Ahd va Eski Ahd orasidagi asosiy tishunchani o’rganamiz.
4.06.8 - Musulmonlar uchun Juma kuni
Musulmonlar to’rtinchi amrni amalga oshirishni emas, asosiy diniy yig’ilish kuni Juma bo’lgani uchun to’rtinchi amrni ma’nosini tushunmasliklarini ko’rsatdilar. Yahudiylar va Masihiylar Muhammadning payg’ambarligini va Musulmon bo’lishga da’vatini rad qilishganda u umuman uzoqlashib ketdi. U na Yahudiylar bilan Shanba kuni bo’yicha, na Masihiylar bilan Yakshanba bo’yicha kelisholdi. O’zini e’tiqodini o’rnataman deb Eski va Yangi Ahd tartib qoidalarini rad qildi va Musulmonlar uchun yig’ilishni Juma kuni belgiladi. Muqaddas Yozuvda bu kun uchun hech qanday qo’llab quvvatlovchi so’zlar yoki gunohdan ozod qilish rejasi bilan bog’liq hech nima yo’q. Aslida bu Xudoga va Uning Masihiga qarshi g’alayondir. Juma kuni Muqaddas Kitobga bog’lanadigan yoki qo’llab-quvvatlanadigan hech qanday asosga ega emas.
Musulmonlar juma nomozidan keyin ishlariga qaytadilar. Juma kunidagi Masjiddagi gaplar ko’proq siyosat haqida bo’ladi. Ular hasad va buzish qarshiliklari namoyishiga ergashishlari odatiy holat emas. Muqaddaslanish alohida kun yoki imonli odam o’zini muqaddaslashi Musulmon odam uchun haligacha noma’lum. Ollohning uning ismidan tashqari muqaddasligi uning buyukligidaligi Musulmon odam uchun noma’lum. Bu nimaga Islom Eski Ahddan uzoqda turishini ko’rsatadi. Musulmonlar najot va Yangi Ahddagi yangi ijod haqida ozgina bo’lsa ham fikrga ega emaslar.
Lekin Shabbat kunida va hafta kunlarida mo’jizalar qilgan va o’limdan tirilgan Zodga rahmat aytamiz. U haftaning birinchi kunida o’limdan tirildi va butun kunga yangi ma’no berdi. Har bir Yakshanba Xudoyimizning yangilash so’zlari bilan porloq yangi hafta uchun quyoshning ko’tarilishiga o’xshashi kerak: ”Sizlarga yangi amr beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo’lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. Agar bir-biringizni sevsangiz, hamma shundan sizlar Mening shogirdlarim ekanligingizni bilib oladi” (Yuhanno 13:34-35).