Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 5 Miracles of Christ
This page in: -- Arabic? -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Kirundi -- Russian -- Somali -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet -- Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

5 - Qur'onda Masihning O'nta Mo’jizasi

Qur'onda Masih haqida aytilgan so'zlardan qanday foydalanishimiz mumkin?

Qur'onda Masih mo'jizalar yaratganligi e'lon qilingan. Qur'onda Masihning 10 mo'jizasi qanday? Masihni musulmonlar bilan bo'lishishda ulardan qanday foydalanish mumkin? Ushbu risolani o'rganish orqali bilib oling.



5.01 -- Qur'onda Masihning O'nta Mo’jizasi

Qur'onda Masih haqida aytilgan so'zlardan qanday foydalanishimiz mumkin?

5.02 -- Masihning mo’jizalari Uning ilohiyligini isbotimi?

Muhammad Arabiston yarim orolidagi masihiylar Islomni qabul qilishlarini xohlagan. Buning uchun u, qul masihiylardan, Shimoliy Yamandagi masihiy jamoatlar delegatsiyasi, Efiopiyadan kelgan sayohatchilardan va masihiy bo'lgan do’sti Hanifdan Iso haqida o'rgangan hamma narsani ularga aytib berdi. Muhammad Maryamning o'g'li va Uning mo’jizalari haqida bilib, hayratda qoldi. Uning insoniy qobiliyatidan kattaroq mo’jizalari, Uning ilohiy hokimiyatining dalillari (bayyanaat) sifatida qaralishi kerakligini tushundi (Baqara surasi 2:87, 253; Moida surasi 5:110; Zuxruf surasi 43:63; Sof surasi 61:6).

Muhammad Musoning Misrdagi to'qqiz mo’jizasi haqida eshitgan; u ularni alomatlar deb atadi (Baqara surasi 2:99; Isro surasi 17:101). Biroq Musoning mo’jizalari Allohning hukmining ifodasi va misrliklar uchun Yoqub o'g'illarini qullikdan ozod qilish jazosi edi. Qur'onda Isoning mo’jizalari, Isroil o’g’illarini Isoga ishonishi va itoat qilish uchun olib boradigan Allohning marhamati sifatida ijobiy nurda taqdim etilgan.

Muhammadning o'zi ijobiy ham, salbiy ham mo’jiza qila olmasligidan azob chekdi. U yahudiylarning ko'pchiligi nima uchun darg’azab bo'lganini tushuna olmadi, chunki ular Maryam o'g'lining g'aroyib alomatlarini tushunmaganliklari uchun, Uni rad etishdi va nafratlanishdi.

5.03 -- Masihning ilohiyligining dalili (bayyanaat)

● Baqara surasida, Iso “muqaddasdan bo’lgan ruh” yordamisiz mo’jizalar qila olmasligi haqida yozilgan (Baqara surasi 2:87). Muhammad, Alloh o'zining buyuk mo’jizalarini bajarishga Maryam o'g'lini mustahkamlash uchun Jabroilni yuborganini tasavvur qildi. Muhammad bu orqali Masih O'zidan Ozi biron bir mo’jiza qila olmasligini aytishni xohladi. Buni amalga oshirish uchun, Iso har doim u “Muqaddasdan bo’lgan ruh” atagan, Allohning elchisini yordamiga muhtoj edi. "Muqaddasdan bo’lgan ruh" degan tushuncha ko'pincha "Muqaddas Ruh" deb noto'g'ri tarjima qilinadi. Qur’onga binoan, “Muqaddas” bu Allohning o’zi, ruh esa – faqat uning qulidir. “Muqaddasdan bo’lgan ruh” o'z-o'zidan muqaddas emas va ilohiy tabiatga ega emas. U faqat Qodir Tangrining yaratganidir. Qur'onning bu ruhini hech qachon Xushxabarning Muqaddas Ruhi bilan aralashtirib yubormaslik kerak, garchi Muhammad “Muqaddasdan bo’lgan ruh” haqiqatdan ham Maryam o'g'lini quvvatlantirgan Muqaddas Ruh ekanligini taxmin qilgan. Ushbu tushuncha bilan Muhammad bilvosita Qur'onda Uch Birlikning mavjudligini tasdiqladi: Alloh, uning ruhi va Masih har doim birga mo’jiza yaratdilar!

Muhammad nima uchun yahudiylar bu dalillarni qat'iyan rad etganlarini, Allohning elchilarini esa yolg'onchilar deb atab va ba'zilarini hatto o'ldirilganlari tushunmadi! (Baqara surasi 2:87)

● Xuddi shu surada (Baqara surasi 2:253) Muhammad Allohning elchilari o'rtasida katta farq borligini tan oldi. Alloh ba'zilaridan ba'zilarini afzal qildi va ularni boshqalardan uztun qo’ydi. U Muso bilan shaxsan gaplashdi, ammo Muhammadga bu rad etildi. U o’zining vahiylarini, faqat unga noma’lum ruhi orqali olgan, keyinchalik uni Jabroil deb atagan. Muhammadning o'zi hech qachon Allohni ko'rmagan yoki eshitmagan! Uni Xudo bilan shaxsiy aloqasi bo’lmagan.

Qur'onga ko'ra, Alloh Maryamning o'g'lini Musodan yuqori qo'ydi, chunki u “muqaddasdan bo’lgan ruh” quvvatlashi orqali unga maxsus dalillar (bayyanaat) berdi. Muhammad, yahudiylar va masihiylarning bir-biriga achiq dushmanliklarini ko’rdi va bu afzalliklarga qaramay, ular orasida birlik yo'qligidan bosh chayqadi (Baqara 2:253). Ularning kelishmovchiligida, u islom uchinchi kuch sifatida janjalli tomonlar ustidan g’alaba qozonish uchun, Allohning oldindan belgilanishini ko'rdi. Muhammad, yahudiylar va masihiylar o'rtasidagi kelishmovchiliklarning sababi, bu Xudoning xochga mixlangan O'g'li va qonun ishlaridan qat'i nazar, gunohkorning oqlanishi ekanligini tushunmadi. Musulmonlar va yahudiylar ko'p hollarda masihiylar va musulmonlarga qaraganda bir-biriga yaqinroq!

● Allohning Masihga murojaat qilgan to'rtta nutqidan birini Moida surasida o'qish mumkin (Moida surasi 5:110). U shunday dedi: “Men seni va onangga ko’rsatgan Muqaddasdan bo’lgan ruh bilan quvvatlaganimda bergan marhamatimni eslagin”. Keyin Masihning ba'zi mo’jizalar ro'yxati keltirilgan, uning eng yuqori nuqtasi shuki, Alloh Isroil o’g’illarini Isoning o'ldirilishdan saqlab qolgan, garchi u ularni oldiga aniq dalillar (bayyanaat) bilan kelgan bo'lsa ham. Ular undan nafratlanishdi va aytishdi: “Bu sehrdan boshqa narsa emas!”

Ushbu oyatda Masih Allohning ruhidan marhamat olgan va quvvatlangan kishi sifatida namoyon bo’ladi. Bu Qur'onga ko'ra, Maryamning o'g'li ilohiy tabiat va vakolatga ega emasligini anglatadi. Biroq, Muhammad bir vaqtning o'zida Isoning mo’jizalarining noyobligi haqida gapiradi va ularni Allohdan olgan hokimiyatining alomatlari deb ataydi. Muhammad, O'zidan voz kechgan va O’z Otasiga hamma ulug'vorlikni bergan Masihning kamtarligini tushunmadi: “O‘g‘il Otaning qilgan ishlarini ko‘rmaguncha, O‘zi hech narsa qila olmaydi. Ota nimalarni qilsa, O‘g‘il ham xuddi shularni q iladi” (Yuhanno 5:19).

● Zuxruf surasida Masihning dalillarini sharqona talqinini o'qishi mumkin (Zuxruf 43:63): U yahudiylarga kelishmovchiliklarini sabablari haqida ularning ko'zlarini ochish uchun, “donolik” bilan keldi. Ehtimol, Muhammad Matto 7:1-28 da mavjud bo'lgan Isoning ta'limoti haqida og'zaki rivoyatlardan biror nima eshitgan bo'lishi mumkin va u Masihning bu nutqini dushman guruhlarning yarashtirishga urinish sifatida izohladi. Bundan tashqari, Iso shubhasiz itoatkorlikni va O’z buyruqlariga bo'ysunishni talab qildi.

● Sof surasiga binoan, Iso Isroil o’g’illariga Tavrotning haqiqiyligini tasdiqlash uchun kelgan (Sof 61:6). Isoning kelishi maqsadini bunday tushuntirish, musulmonlarga Muqaddas Kitobning buzilmasligini tushuntirish imkonini beradi, chunki Qur'onga ko'ra, Isoning asosiy vazifasi uning haqiqatligini tasdiqlash edi.

Qur'onga binoan, barcha mo’jizalaridan keyin Isoning kelishini yakuniy maqsadi, Maryam o’g’lining va’dasi shunday ediki, Allohning ulug’vor elchisi undan keyin kelishi kerak edi. Ushbu bayonotda Muhammad Isoning og’ziga o'zi haqidagi bashoratni qo'ydi! O'shandan beri musulmonlar Muqaddas Kitobdan Muhammadning yashirin ismini qidirmoqdalar. Bu so'zma-so'z “ulug’vor” deb tarjima qilinadi. Ba'zi bir islomiy sharhlovchilar Muhammadni va'da qilingan "paraklet" (parakletos), Yupatuvchi Ruh deb taxmin qilishadi. Yunoncha bu ism Muhammadga mos kelishi uchun, musulmonlar parakletos so'zidagi unli xarflarni o'zgartirdilar va ular undan “hurmatli” degan ma'noni anglatuvchi perikletos so'zini yaratdilar. O'shandan beri ko'plab musulmonlar masihiylar Xushxabardagi Muhammad haqidagi barcha bashoratlarni yashirgan yoki buzib ko'rsatgan yoki uning ismini Muqaddas Kalomdan o'chirib tashlagan deb, da’vo qilishadi.

5.04 -- Iso va Muhammadning mo’jizaviy alomatlari (aayaat)

Qur'onning uchta oyatida, Isoning mo’jizalari Uning ilohiy vazifasini tasdiqlovchi alomatlar (aayaat) deb ataladi (Oli Imron surasi 3:49,50; Moida surasi 5:114). Bu Muhammad tomonidan ishlatilgan so'z, shuningdek, Yuhanno xushxabarida ham Isonong mo’jizalari tasvirlashda uchraydi. U yerda yozilgan: “Iso dastlabki ushbu mo’jizasini Jalilaning Kana shaharchasida namoyish qildi, bu bilan O‘zining ulug‘vorligini zohir qildi” (Yuhanno 2:11-12). Ko'p odamlar Uning qilgan alomatlarni ko'rib, Unga imon keltirdilar (Yuhanno 2:23). Uzoqda bo'lgan saroy amaldorining o'g'lini shifo topishini, Yuhanno Isoning Ikkinchi alomati deb nomladi (Yuhanno 4:54). Iso amalga oshirgan yana bir alomatini ko’rib – 5000 kishini to’ydirishi – odamlar dedilar: “Haqiqatan ham, Bu olamga keladigan Payg‘ambar ekan” (Yuhanno 6:14). Iso non bilan bo'lgan mo’jizasi tufayli Uni tutib shoh qilishni xohlaganliklarini payqagach, U ulardan qochib ketdi.

Iso O'zining alomatlarini odamlar birinchi navbatda Unga ishonishlari uchun emas, balki ular Uning sevgisini, muqaddasligini va qudratini ko'rishlari uchun qildi. Iso mo’jizalar uchun chanqoq bo'lgan izdoshlarni qidirmadi, balki ulardan tavba qilish va yangilashni kutdi. Iso odamlarni ogohlantirib, dedi: “Sizlar ajoyibotu mo’jizalar ko‘rmaguncha ishonmaysizlar-da!” (Yuhanno 4:48). Xushxabarda Iso shifo topganlarga bir necha marta gapib, ularga Kim shifo bergani haqida boshqalarga aytishni taqiqlagan (Matto 9:30; 12:16; Mark 3:12; 5:43; 7:36; Luqo 5:14; 8:56; 9:21).

Quddusda yahudiylar Isoni quvg'in qila boshlaganlarida va Uni o'lim bilan tahdid qilishganidan keyin, mo'jizani izlovchilarning ko'plari Undan yuz o'girdilar va Uni yolg'iz qoldirdilar. Faqat Yahyo Cho’mdiruvchi oldida gunohlarini tan olgan va mag'rurligiga tavba qilgan shogirdlargina, Isoga sodiq qoldilar. Ular hatto Uning quvg'inlarida va o'limida ham Uning shon-shuhratini ko'rdilar. Yahudiylar Isoni vasvasaga solib, Uning vakolati va ilohiy elchligini isboti sifatida Undan alomat talab qilganda, U ularga dedi: “Bu ma’badni buzinglar, Men uch kun ichida uni tiklayman” (Yuhanno 2:18-22). Xuddi shu ma'no Uning so'zlarida bo’lgan edi: “Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayapti, lekin Yunus payg‘ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi” (Matto 12:39-40; 16:4).

Biroq, Qur'onda Muhammad tomonidan sanab o'tilgan Isoning dalillarini va alomatlarini, odamlarda Iso rad etgan mo’jizalarga bo'lgan imonni uyg'otishga qaratilgan. Shuning uchun biz musulmonlarga Qur'ondagi Masihning mo’jizalari alomat uchun emas, balki Uning buyukligi, sevgisi, kamtarligi, muqaddasligi va qudratining namoyishi sifatida ekanligini tushuntirishimiz kerak. Qur'ondagi bu alomatlarning ta'rifi orqali Iso Masihning shaxsi ulug'lansin. Mo’jizalar o’z-o'zlarini qayta tiklash qudratiga ega emas. Tavba qilish va yangilanishga olib kelmaydigan har bir shifo mo’jizasi, Isoga bo’lgan chuqur e'tiqodga olib kelmaydi.

5.05 -- Yangi tug'ilgan Masihning nutqi

Qur'onda, tinchlik bilan oxurda yotgan Maryamning yangi tug'ilgan o'g'lining nutqi haqida uch marta ajoyib xabar berilgan. Ikki marta uning nutqi faqat haqiqat deb aytiladi (Oli Imron surasi 3:46; Moida surasi 5:110), Maryam surasida (19:24-33) esa, uning mazmuni batafsil bayon qilingan.

Qur'on tafsirchilari yangi tug'ilgan Isoning mukammal nutqining g'aroyib haqiqatini turli yo'llar bilan izohlaydilar. Ba'zilar aytishicha, Isoga xarflarni, so'zlarni va butun jumlalarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rganish uchun faqat bir necha daqiqalar kerak bo’lgan, boshqalari aytishicha esa, faqat bir necha soat kerak bo’lgan. Boshidan boshlab, uning miyasi allaqachon to’liq shakllangan edi. Uning aqli, his-tuyg'ulari va fikrlashlari qisqa vaqt ichida butunlay rivojlangan.

Nima uchun musulmon sharhlovchilar bu hodisa ustida bosh qotiryaptilar? Ular Masih inson qiyofasidagi "Allohning kalomi" ekanligiga ishonishadi. Qodir Tangrining O'zi Tavrotni, Sulaymon hikmatlarini, Xushxabarni va Osmonda saqlanadigan asl kitobini tug'ilishidan avval unga o'rgatgan (Oli Imron surasi 3:48). U bilimga, fikrga va notiqlik qobiliyatlariga to’la dunyoda tug'ildi. Tug'ilishdan to o'limigacha Alloh so'zlarini doimiy gapirishdan boshqacha yo’l tutaolmadi. U o'z xo'jayinining vahiylarini otib chiqarayotgan vulqonga o'xshar edi.

Boshqa tomondan, Qur'on Maryamning o'g'li oddiy odam emas, balki inson qiyofasidagi Allohning ruhi ekanini aytadi. U Abadiyning muhitdan kelib chiqadi (Oli Imron surasi 3:45) va katta bilimga ega bo’lgan va bunday potentsial qobiliyatlarga hech bir bashariy inson ega bo’lmagan.

Bu tajribaga asoslanmagan xulosalar, Xudo O'g'lining Xushxabardagi timsoli masihiylik tushunchasiga yaqin. Lekin u yerda Iso oddiy inson, yo'rgakdagi chaqaloq sifatida ifodalanadi. Uning onasi, Maryam shifokor Luqoga yangi tug'ilgan O'g'lining nutqlari haqida hech qanday so'z aytmadi, chunki chaqaloq bo'lib, U hech qanday so'z aytolmas edi va bu qobiliyatni rivojlantirish uchun vaqt kerak edi (Luqo 2:40,52).

Bu fantastik hikoya qayerdan keladi? Ushbu turdagi xabarlarning ildizlarini Suriya va Kopt masihiylari ega bo’lgan Masihning bolaligining apokrifik xushxabarlarida topish mumkin. Onalar o’z bolalarini chaqaloq Iso haqidagi ertak-qo’shiqli allalar kuylash orqali uxlatadilar. Bugungi kunda, siz gapiradigan chaqaloq Iso haqidagi ma'lumot manbalarini batafsil tafsilotlarini izlashingiz mumkin.

Bolalar uchun yozilgan ushbu hikoyalarni Muhammad suriyalik qullar va koptik masihiylaridan eshitdi va ularga ishondi! U, Muqaddas Kitob kanoniga kiritilmagan jamoat Otalaridan ko'ra har bir afsonalarga ko'proq ishondi, chunki ular aslida oddiy uydirma edi. Muhammad payg'ambarga qaraganda, u haqiqatni izlayotgan laqma odamga o'xshaydi. U uydirmani haqiqatidan farq qila olmadi.

Maryamning yangi tug'ilgan o'g'li nutqining mazmuniga kelsak (Maryam surasi 19:24-33), chaqaloq, u birinchi navbatda, yosh onasiga tasalli berishni xohladi, chunki u turmushga chiqmagan holda, bola tug'di. U o'zini ruhoniyning qizi sifatida toshbo'ron qilish kerakligini bilar edi. Shu sababli, yangi tug'ilgan Iso sahrodagi palma daraxti ostida “mashhur shaxs” tug'ganligi uchun, uni tetiklantirdi.

“Mashhur shaxs” so'zi arabchada suriyan, ko’plikda esa suravaa, asriyaa yoki saraat ma’nosini bildiradi (barcha so'zlar arabcha S-R-V ildizidan kelib chiqqan). Biroq, Qur'onning g'azablangan o'quvchilari unli tovushlarni o’rnini almashtirdi va uni ko'plikdagi asriyaat yoki suryaan deb bildiradigan S-R-YA ildizlardan chiqarib tashlab, bu so'zning ma'nosini "kichik ariqcha" yoki "kichik soy" ga o'zgartirdi (arabcha sariyaun degan ma'noni anglatadi).

Musulmon kitobxonlar, yangi tug'ilgan chaqaloq Iso allaqachon Muhammaddan ustun turganidan norozi edilar va “taniqli shaxs”dan engil qo'l bilan "ariq’cha" qilib, shu bilan so'zning asl ma'nosini butunlay o'zgartirib yubordilar. Yangi tug'ilgan chaqaloq onasiga qiyin tug'ishdan keyin pishgan xurmo bilan tetiklanish uchun palma daraxtining tanasini silkitishni maslahat berdi. Qandaydir badaviylar mantig'i! Axir, bir necha erkaklar palma daraxtini silkitishga qodir emas, yosh tuqqan ayol buni qanday qilish mumkin edi? Muhammadning kunlaridagi badaviylarning hayoti og'ir bo’lib, ayollar va onalarning hayoti esa ikki barobar og'ir edi.

Birinchi nutqining oxirida Iso, umidsiz onasini yangi tug'ilgan chaqaloqning kelib chiqishi bilan qiziqqan har bir kishiga, u Oliy Himmatga ro'za tutishni ahd qilgani va shuning uchun bugun hech kim bilan gaplasha olmasligini aytishni taklif qildi. Shunday qilib, yangi tug'ilgan Masih, Qur'onga ko'ra, onasiga o'rgatgan birinchi narsa, uni sharmandalikdan qutqarish uchun hiyla-nayrang va yolg'on edi.

Bundan keyin, yangi tug'ilgan o'g'li o’zini muborak paygambarligi haqida qur’onning ikkinchi nutqida e’lon qilib, onasini qishloqning isyonkor aholisidan qanday himoya qilgani haqida xabar berilgan.

Ushbu voqeani ob'ektiv ravishda o'rganib chiqsangiz, Muhammadning orzusi va haqiqati sarobga aylanganini ko'rishingiz mumkin. Fantaziya haqiqat bilan aralashgan bunday mahsulot, to’liq Qur'on bo’ladi.

5.06 -- Qushlarning yaratilishi

Xuddi shu apokrifik manbalardan yana bir hikoya bor: Yosh Iso loydan qush yasab, unga pufladi va u uchib ketdi! (Oli Imron surasi 3:49; Moida surasi 5:110) Agarda u uchta aniq formulani aniq ko'rsatmaganida, biz Maryam o'g'lining bolaligidan ushbu hikoyani unutishga moyil bo'lar edik.

“Oli Imron” surasida, Iso isroilliklarga aytadi: “Men sizlarga loydan qushning timsolini yarataman". “Moida” surasida, Alloh u osmonga ko'tarilganidan keyin, unga murojaat qiladi: “Sen loydan qush timsolini yaratding!” Shunday qilib, Qur'onda bu mo’jiza hozirgi zamonda ham, o'tgan zamonda ham, ikki marta aytilgan: bir marta - Isoning O'zi, boshqa safar - shaxsan Alloh tamonidan aytilgan. Ushbu ikki tomonlama guvohlik tufayli ushbu matn alohida ahamiyatga ega.

Ikkala holatda ham, Iso o'lik moddadan tirik qushni yaratishga qodir deb aytilgan. Arab tilidagi “yaratish” (xalakua) so'zi, faqat o'z so'zi bilan yo'qdan bor narsani yaratadigan yaratuvchi, Allohga nisbatan ishlatiladi. Biroq, bu so'z bu yerda Isoga nisbatan ishlatildi. Qur'onga ko'ra, u o'lik moddaga hayotni baxsh etishiga qodir, yagona Yaratuvchi-inson. Shunday qilib, Islomda Masihga Yaratuvchining roli berilgan.

Biroq, Muhammad Maryam o'g'lining bu yuksalishiga chek qo'ydi va Qur'onda Masihning mo’jizalari haqidagi bayonotlariga bir necha bor: “Allohning izni bilan!” so'zini qo'shib qo’ydi. Biz tanqidiy kayfiyatdagi musulmondan: “Sen haqiqatdan ham, Masih Allohning izni bilan o'lik moddadan qushni yaratishi mumkinligiga ishonasanmi?”- deb so'rashimiz mumkin. Bunga: “Albatta, Qur'on bu haqda ikki marta gapiradi!” deb javob berishi mumkin. Shunda biz uni Maryamning o'g'li Allohning izni bilan -vakolatli Yaratuvchi ekanligiga ishontirishimiz mumkin!

Ushbu g’aroyib bolalar hikoyasi yana quyidagi syurprizga ega. Keyin loy jonlandi va qush uchib ketdi. Qur'onga ko'ra, Iso O’zida hayot beruvchi nafasga ega edi - tabiiyki, Allohning izni bilan!

Muqaddas Kitobda Xudo Odam Atoga "hayot nafasi"ni pufladi. Shunday qilib, birinchi odam yaratildi (Ibtido 2:7). Tirilishdan keyin kechqurun Masih qo'rqib ketgan va xursand bo'lgan shogirdlariga pufladi va ularga: “Muqaddas Ruhni olinglar!” dedi (Yuhanno 20:22). Bu yerda Uning izdoshlari qaytadan tug'ildi, chunki Masih hayot beruvchi Ruhdir (1 Korinfliklarga 15:45).

Biroq, Muhammad o’z so'zlarida unchalik uzoqqa bormadi. Iso moddaga nafas berganida, undan na biror inson, na ruhdan tug’ilmadi, balki faqat qushga o’xshash narsa paydo bo’ldi! Biroq, Iso Yaratuvchining tiriltiradigan ruhiga ega ekanligini Muhammad rad etishga jur'at etmadi. Qushning yaratilishi haqidagi hikoya, Qur'on sharhlovchilari uchun jumboqdir, agarda Iso Allohning izni bilan o'lik moddadan tirik qushni yaratishga muvaffaq bo'lsa, demak u hamma odamlardan, hatto Muhammaddan ham yuqori turishi kerak. Ba'zi sharhlovchilar yozadi: “Iso to'rt oyoqli hayvon yoki uchadigan qushni yaratmoqchi edi, lekin u ham, boshqasini ham qila olmadi. Yaratishga harakat qilganda faqat ‘ko’rshapalak’ chiqdi. U qush ham, sutemizuvchi ham emas, balki ikkalasi ham birga” bo’ldi. Bunday tanqidchilarga javob berishimiz mumkinki, ko’rshpalak eng rivojlangan tirik jonzotlardan biri bo’lib, og’izda radar kabi ultratovushli qurilma mavjud va tunda zamonaviy samolyot kabi ucha oladi!

5.07 -- Ko’rlarni shifolash

Yosh Isoning birinchi ikkita shubhali mo’jizalaridan so'ng, ularni eslatib o'tishda birgina Muhammad javobgar bo’lmagan, “Bolalik xushxabarlari” apokrifikidan olgan, Iso “ba'zi” ko'rlarni shifolaganini o'qiymiz (Oli Imron surasi 3:49; Moida surasi 5:110). Bu haqda Masihning O'zi va Alloh guvohlik beradi.

Ushbu xabarlar, quyosh nurlarini ko'ra olmaydigan va doimiy zulmatda yuradigan baxtsiz odamlarga nisbatan Masihning rahm-shafqatini nomoyon qiladi. Qur'onning matniga ko'ra, Maryamning o'g'li shohlar va hokimlarni o'z tomoniga jalb qilish uchun mo’jizalar yaratmagan, balki muhtoj va rad etilgan bemorlarga yordam berishni istagan. Uning rahm-shafqati va sevgisi uning alomatlarining rag'batlantiruvchi sabab edi.

Arabcha "shifolash" (bari’a) so'zi Qur'onda "oqlash" yoki "tozalash" tushunchasi bilan bog'liq. Agar o'sha paytda kasallik yashirin gunohlari uchun Allohning jazosi degan tushuncha mavjud bo'lsa, bu Masih nafaqat kasallikni davolaganligini, balki uning diniy va ruhiy-huquqiy sabablarini ham yengib chiqishini anglatardi.

Iso ko'rlarning ko'zlarini o'tkir skalpel yoki lazer nurlari bilan shifolamagan. Unga hech qanday dori yoki antibiotiklar kerak emas edi. U ularni birgina O’z so'zi bilan shifoladi. U sehr, jodu yoki begona ruhlardan foydalanmagan, balki ko'p yillar davomida azob chekayotgan odamlarni, ularning baxtsizliklaridan faqat O’zining qudratli so'zlari bilan ozod qildi. Albatta, Muhammad o'zining “Allohning izni bilan!” degan stereotipik qo’shimchasini, qo’shib qo’ydi. Shunga qaramay, Iso Masihning obro'si va insonparvarligi Qur'on rivoyatlarida yaqqol ko'rinadi.

Musulmon Qur'ondan: qanday qilib, qaerda, qachon yoki kimni Iso ko'zlarini ochdi degan tafsilotlarni bila olmaydi, shuning uchun ushbu matnlarni xushxabardan olingan guvohlarning hikoyalari bilan to'ldirish kerak. Qiziqqan musulmonlar uchun Muqaddas Kitobdan tegishli parchalarni topishimiz kerak va ularni o'zingiz o'qimang, balki ular Muqaddas Bitikni qo'llariga olishlariga va o'z ko'zlari bilan Isoga qarashga to'sqinlik qiladigan to'siqni engishga yordam berish uchun, buni qilishlarini so'rang. Shunday qilib, ular Iso hech kimni O'zining yordami va shifosi bilan bog’lab olmaganligini, aksincha ko'pincha bemorlar Uning oldiga kelib, yordamga chaqirguncha U kutib turishini ko'radilar. Iso azoblanayotganlarning irodasini safarbar qilishni xohladi, shunday qilib, ularning o'zlari Unga shifo so'rab murojaat qilishlari kerak edi. U ularni yukidan xalos qilish uchun ulardagi O'ziga va Uning qudratiga bo'lgan ishonchni uyg'otdi. Barcha shifokorlarning Shifokoriga ishonmasdan shifolanish mumkin emas. Masih muhtojlarni O’zining rahm-shafqatga bog’lab olmadi, balki ularga irodasini, imonini va ularning Najotkori sifatida O’ziga bo'lgan sevgisini tarbiyaladi. Iso shunday deb, shifoda ishtirok etish uchun odamni o’zini rag'batlantiradi: “Ishonching seni qutqardi” (Matto 9:22; Mark 5:34; 10:52; Luqo 7:50; 8:48; 17:19; 18:42). Bularning barchasi musulmonga begona. U na Najotkor yoki na Yordamchi bilan tanish emas. Unda birinchi navbatda Masihga bo'lgan ishonchi, u o’zining Qutqaruvchisi sifatida Unga murojaat qilishdan oldinroq o'sishi kerak edi.

5.08 -- Iso moxovlarni poklaydi

Moxovlarni poklash va shifolash haqidagi har ikkala xabarda biz yana Isoning guvohligini va bu mo’jizalarning ishonchliligini tasdiqlovchi Allohning guvohligini topamiz (Oli Imron surasi 3:49; Moida surasi 5:110). "Shifo topgan moxovlar" haqidagi arabcha so'z, aslida, birlikda bo’lib, ammo bu shunga o'xshash bemorlarning jamoasi sifatida ko'plikni anglatadi. Ko'rlar bilan bo'lgan hodisa kabi, bu bir martali shifo haqida emas, balki Xushxabarda tasvirlangan Masih tomonidan moxovlarning mo’jizaviy shifolanishining butun zanjiri haqidadir.

Hindistondagi qishloq joylarida, bunday nopok odamlar singari, barmoqlari irib tushayotgan va buzilgan yuzlari bilan, sadaqa so'rash uchun yoqilg'i quyish shoxobchalariga yog’ilib kelayotganini ko'rgan kishi, u Isoning nafratlanish va yuqtirib olish qo’rquvi ustidan sevgisi, buyukligi va g'alabasini tushunadi. U moxovlarni haydab yubormadi, balki ular bilan suhbatlashdi va hatto ba'zilariga tegdi. Ular tushuna olishlari uchun, U ularning imonlari uchun ko'priklar qurdi: Iso shaxsan meni sevadi! U - moxov ustidan ham G’olib! U menga shifo bera oladi va xohlaydi! (Matto 8:1-4; Mark 1:40-45; Luqo 5:12-16). O'nta moxov shifo topgach, Iso ulardan g'ayritabiiy imonni kutdi. Ular, ularni O'z so'zlariga va Unda his qila olgan ilohiy sevgisi bilan ulug’langan Zotga, Unga ishonishdi (Luqo 17:11-19).

Qur'on ushbu mo’jizalar haqida juda qisqa va ma'lum bo'lgan haqiqatlar haqida gapiradi. Shuning uchun ular xushxabarcha tushuntirishga muhtoj. Biz, Iso bizni barcha nohaqliklarimizdan va nopokligimizdan tozalagani haqida shaxsan guvohlik berishimiz mumkin. Moxovlarni shifolash haqida gapirganda, Iso tomonidan gunohlarning kechirilishi mavzusiga alohida to'xtalib o'tish mumkin, chunki ba'zi Islomiy mamlakatlarda moxov bu xalq orasida isyon yoki yashirin gunohlar uchun Allohning jazosi sifatida qaraladi. Bu yerda Isodan “shifo so'zini” kutgan, aksincha: “Dadil bo‘l, bolam, gunohlaring kechirildi” shunday eshitgan sholning shifolanishi haqidagi hikoyasi yordam berishi mumkin. Tavrotni bilimdonlari Isoni Xudoga kufrlik qilyapdi deb o'ylashdi, U esa ulardan so'radi: “Nega sizlar ko‘ngillaringizdan yomon fikrlarni o‘tkazyapsiz? «Gunohlaring kechirildi», – deb aytish osonroqmi, yoki: «O‘rningdan turib yura qol», – deb aytishmi? Lekin Inson O‘g‘lining yer yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo‘yinglar. Shundan so‘ng Iso sholga qayrilib: – O‘rningdan tur, to‘shagingni olib uyingga ket! – dedi. Shol esa o‘rnidan turdi-da, to‘shagini olib o‘z uyiga ravona bo‘ldi” (Matto 9:1-8).

5.09 -- O'liklarning tirilishi

Qur’on Iso o’liklarni tiriltirgani haqida ikki marta eslatganini o'qigan o'quvchi, nafasini ushlab turishi mumkin (Oli Imron surasi 3:49; Moida surasi 5:110). "O'liklar" so'zi ko'plikda bo’lib, birlikda emas! Bu esa arab tilida Masih ikkitadan ko’p, kamida uchta o'likni tiriltirganini anglatadi. Xushxabarda Iso bolani, yosh yigitni va katta kishini o'liklardan tiriltirganligi haqida yozilgan, siz keyinchalik qiziqgan musulmonlar bilan birga bu joylarni o’qishiniz uchun, o'zingiz uchun belgilab olsangiz yaxshi bo'lar edi (Matto 9:18-26; Mark 5:21-43; Luqo 7:11-17; 8:40-56; Yuhanno 11:1-45).

Qur'on matnida Masih tomonidan o'liklarning tiriltirganini ko'rsatish uchun ikki xil oyat ishlatilgan. Imronning xonadoni (Oli Imron surasi 3:49) surasida Iso shunday dedi: “Men o‘liklarni tiriltiraman”. وَأُحْيِي الْمَوْتَى (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 49)

Dasturxon surasida (Moida surasi 5:110) Alloh u haqida guvohlik beradi: “Sen o‘liklarni (tiriltirib, qabrlaridan) chiqarganingni eslagin!” وَإِذْ تُخْرِجُ الْمَوْتَى (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 110)

Mashiylik e'tiqodiga qiziqqan musulmonni biladigan har bir kishi, ushbu Qur'on guvohligini hisobga olgan holda undan so'rashi mumkin: “Kim o'liklarni tiriltirishi mumkin?” Javob ko'pincha quyidagicha bo'ladi: “Allohdan boshqa hech kim”. Keyin, yana undan so’rasangiz: “Bu bilan siz Masihni Alloh demoqchimisiz? Axir, U kamida uchta o'liklarni tiriltirdi!”, keyin odatdagidek eshitishingiz mumkin: “Alloh meni undan saqla!” Kimki buni tagiga yetishni xohlab: “Biroq, Qur'onda ikki marta Masih haqiqatdan ham o'liklarni tiriltirganligi yozilgan” deb so’rasa, biroz fikrlashdan keyin eshitiladi: “Ammo har safar shunday yoziladi: Mening amrim bilan! Masih o'liklarni tiriltirishga qodir emas edi. Shuning uchun, Alloh unda Allohni ulug'lash uchun o'liklarning tirilish alomatini ko'rsatishi uchun, uni mustahkamlashga Jabroilni yubordi!” Keyin kimdir ehtiyotkorlik bilan davom etib: Siz, demak Alloh, "muqaddasdan bo’lgan ruh" va Maryamning o'g'li bilan birgalikda o'liklarni tiriltirganiga ishonasizmi? – deb so’rasa, bosiqlik bilan: “Ha, Qur'onda shunday yozilgan” degan javobni eshitadi. Bunga javoban aytish mumkin: “Demak, siz Muqaddas Uch Birlikning o'zaro ta'siriga ishonasizmi?” Avvaliga bunday bayonotni rad etilishi mumkin, ammo keyinchalik bu unga quyidagi ishonishiga yordam beradi: “Qur'on harakatda Uch Birlikni tasdiqlaydi, lekin mohiyatan ruhiy Uch Birlikni tan olmaydi”. Bizning barcha dalillarimizga musulmonni ishontirish aslo shart emas. Qur'ondan kelib chiqmaydigan fikrlar bilan tanishish va ular bilan fikr yuritishni o'rganishi muhimdir. Maryamning o'g'li tomonidan o'liklarni tiriltirish haqiqati musulmonlar uchun vahimali signaldir. So’rash mumkinki, nima uchun Muhammad, uning atrofidagi masihiylarning bu guvohligini Qur'onga qabul qilgan? Ko'rinib turibdiki, u buni Qur'onni masihiylikka o'xshash din sifatida namoyish etish va shu orqali masihiylarni islom diniga jalb qilish uchun qilgan.

Umid qilamizki, o’limni yengigan G'olib haqidagi bu guvohligi xamrturush kabi harakat qiladi va ichkaridan musulmonlarga O'zida hayotga ega bo'lgan va uni Undan so'raganlarning hammasiga beradigan, haqiqiy Masihni bilish uchun ko’zlarini ochib beradi. Masih tomonidan o'liklarning tirilishi haqidagi haqiqat bugungi kunda Ibrohimning barcha bolalariga, ham yahudiylarga, ham musulmonlarga bir xil darajada tegishli. “Kimki Xudo O‘g‘liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O‘g‘ilga ishonmagan odam esa hayot ko‘rmay, Xudoning g‘azabiga uchraydi” (Yuhanno 3:36; 1 Yuhanno 5:12)

5.10 -- Hamma narsani biluvchi

“Imronning xonadoni” surasida, Isoning yahudiylarga aytgan so'zlariga ko'ra, ular yashirincha nima yeyishlarini va o’zlarining sandiqlarida qanday xazinalarni yashirishganini ochib beradigan ajoyib oyatni topishi mumkin.

Bu aql bovar qilmaydigan hikoya turli talqinlarga imkon beradi: Bir tomondan, ko'plab yahudiylar Musoning qonunlariga qat'iy rioya qilmadilar va ularga taqiqlangan narsalarni yashirincha iste’mol qilishgan. Boshqa tomondan, ular har doim belgilangan kunlarda ro'za tutishmagan va xohlagan vaqtlarida o'z uylarida yashirincha ovqatlanishgan. Bundan tashqari, ular boyliklatini Makkadan kelgan kambag'allarga va qochqinlarga berish o'rniga, sandiqlariga va shkaflariga yashirishgan.

Islom sharhlovchisi Al-Suyuti yozadi: “Bola bo'lganida, Iso boshqa bolalar bilan o'ynagan va ularga aytgan: “Men sizga siz uyda bo'lmaganingizda ota-onangiz nima yeyishini va siz bilmagan, yashiringan joylarida nima tutishini sizlarga ayta olaman”. Bolalar o’z ota-onalaridan ularga ochilgan sirlarga taluqli narsalar haqida so'rashni boshlaganlarida, ular o'z farzandlariga ajablanib qarashdi va so'rashdi: Sizga bu sirlarni kim topib berdi? Bu Iso ekanligini bilib, ota-onalari endilikda Maryamning o'g'li bilan o'ynashni taqiqlab qo'yishdi va orqa hovlisiga ularni qamab qo'yishdi.

Keyinchalik Iso do'stlarining ota-onalaridan ular nega endi ko'rinmasligini so'raganda, unda javoban ular uyda yo'qligi haqida javob berishdi. Uning: “Ammo uyingizida ularning shovqin qilishlarini eshityapman" - degan e'tiroziga, ular: "Oh, bu faqat bizning cho'chqalarimiz"- deb javob berishdi. Keyin Iso ularga achinib qaradi va dedi: “Siz haqsiz! Ular shunchaki cho'chqalar”. Ota-onalar farzandlarini ko’rish uchun borganlarida, ular Isoning so'zlari oqlanganini va ularning barcha bolalari cho'chqaga aylanganini ko'rdilar!”

Nafratli xayolotdan tug'ilgan bu jirkanchli voqea, hech qachon orqa hovlida cho'chqa saqlamaydigan yahudiylarga qarshi va bolalarni Undan ushlab turish uchun Isoning O'ziga qarshi qaratilgan, chunki U yashirin haqiqatni ochib berishi mumkin edi. Biroq, Qur'onning ushbu matni va uning talqini Masihning devorlar orqali ko’rish qobiliyatini tasdiqlaydi. U Muhammadning so’zlariga ko'ra "rentgen ko'zlari"ga ega edi. Yuhanno Xushxabarida ham, Iso odamlarni to’g’ridan-to’g’ri ko'rganligi aytilgan. U xabarchilarga muhtoj emas edi, “Chunki inson dilida nima borligini U bilar edi” (Yuhanno 2:24-25)

Ushbu oyatda Qur'on Isoning hamma narsani bilishi to'g'risida guvohlik beradi, ammo bundan noto'g'ri xulosalar chiqaradi. Xushxabarga ko'ra, Najotkor O'z ko'zlari bilan yashirincha iste'mol qilinadigan ovqatni va yashirin xazinalarni emas, balki chuqurroq narsani ko'radi: U yashirin gunohlarni ochib beradi. U odamlarning solihlikka, poklikka va haqiqatga nisbatan xohish-istagini ko'radi. U odamlarni qutqarishni, poklashni va yangilashni xohlaydi, ularning boyliklariga egalik qilmaydi.

Muhammad Makkadan kelgan qochqinlar va Madinaning mahalliy aholisi o'rtasidagi kelishmovchilik tufayli azob chekdi. Makkadan ko'chib kelganlar faqat kamdan-kam hollarda ish topishlari mumkin edi, ularning uylari yo'q edi va qarindoshlaridan meros olmadilar, o’sha paytlarda Madinadan kelgan musulmonlar tobora boyib va yana boyib ketdilar. Garchi ular ko'chmanchilarni o'z uylariga qabul qilishgan va ularga qondosh birodarlardek g'amxo'rlik qilishni va'da qilgan bo'lsalar ham, lekin ularning niyatlari haqiqatga zid edi. Qochoqlar uyda bo'lmagan paytda, xo’jayinlar eng yaxshi ovqatni eyishdi va o'z mulklarini ko'chmanchilar ko'zidan yashirishdi. Muhammad bu haqda eshitib va sandiqlardagi yashiringan xazinalarga bajonidil erishishgan bo’lar edi. Shuning uchun u shunday dedi: “Iso yana kelganida, U sizga yashirincha ovqat yeyayotganingizni va uylaringizda yashirayotgan narsalaringizni aytadi, chunki U barchangizni to’g’ridan-to’gri ko'radi”.

Biz ushbu Qur'on guvohligini tushunishimiz kerak. Musulmonlar bilan maslahatlashishda biz Iso Masihning sevgisi va haqiqati bizning ichki dunyomizni yoritishi va sinovdan o’tkazishi, o’zimiz uchun qanchalik muhimligini ko'rsatishimiz kerak. Masihiylarning yashirin pullari, agarda ular xazinalaridan voz kechsalar, butun dunyoni xushxabarlash uchun yetarli bo'lar edi.

5.11 -- Osmondan dasturxon

Moida surasida (5:112-115), Xushxabarning aks-sadosi sifatida, Masihning 5000 kishini to'ydirganligi haqida hikoyani o’z ichiga oladi. U islomiy shaklda aytib berilgan. Biz bu matnni Muhammad va musulmonlarning fikrlash tarzini ular bilan suhbatlashish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkinligini ko'rsatish uchun, so'zma-so'z tarjima qilamiz:

112. Havoriylar: «Ey Iyso binni Maryam, Parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishga qodirmi?» — degan paytlarida (Iyso ularga): «Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqinglar», deb javob qildi.

112 إِذْ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ هَلْ يَسْتَطِيعُ رَبُّكَ أَنْ يُنَزِّلَ عَلَيْنَا مَائِدَةً مِنَ السَّمَاءِ قَالَ اتَّقُوا اللَّهَ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ

113. Ular dedilar: «Biz u dasturxondan yeyishni va ko‘ngillarimiz taskin topishini hamda sening rost so‘zlaganingni aniq bilib, u dasturxonga guvohlik beruvchilardan bo‘lishni istaymiz».

113 قَالُوا نُرِيدُ أَنْ نَأْكُلَ مِنْهَا وَتَطْمَئِنَّ قُلُوبُنَا وَنَعْلَمَ أَنْ قَدْ صَدَقْتَنَا وَنَكُونَ عَلَيْهَا مِنَ الشَّاهِدِينَ

114 (Shunda) Iyso binni Maryam: «Ey Tangrim, Parvardigor, bizga osmondan bir dasturxon nozil qilginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va Sening oyat-mo’jizang bo‘lib qolgay. Bizni (shu ne’matdan) bahramand qilgil. O’zing eng yaxshi rizq berguvchisan», deganida

114 قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا أَنْزِلْ عَلَيْنَا مَاِئدَةً مِنَ السَّمَاءِ تَكُونُ لَنَا عِيداً لأَوَّلِنَا وَآخِرِنَا وَآيَةً مِنْكَ وَارْزُقْنَا وَأَنْتَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ

115 Alloh aytdi: «Men uni sizlarga tushirguvchiman. Ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo‘lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday azoblamagayman».

115 قَالَ اللَّهُ إِنِّي مُنَزِّلُهَا عَلَيْكُمْ فَمَنْ يَكْفُرْ بَعْدُ مِنْكُمْ فَإِنِّي أُعَذِّبُهُ عَذَاباً لاَ أُعَذِّبُهُ أَحَداً مِنَ الْعَالَمِينَ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 112 - 115)

5000 kishi to'ydirilganni haqidagi ushbu hayoliy suratdan, quyidagilarni belgilashimiz mumkin:

● Muhammad, masihiylarning, ularning etukligi jihatidan bir necha marotaba farqladi va ularni shogirdlar (yangi boshlovchilar), ilhomlantirilgan yordamchilar va fidokorlar, ibodat qilchi imonlilar, musulmonlar, izdoshlar va shahidlar deb ataydi (Oli Imron surasi 3:52-53). Osmondan tushgan dastutxon haqidagi hikoyada Iso shogirdlariga yangi boshlovchilar sifatida murojaat qiladi.

● Qur'onda Isoning o'zi “Xudo” emas, balki Allohdir. Iso har doim unga bo'ysunadi.

● Isoning cho'ldagi uzoq vaqtli va'zidan so'ng, shogirdlar och qolishdi va Iso ular uchun biror nima tayyorlashini kutib, yetarlicha sabr-toqat ko’rsatmadilar. Buning o'rniga, ular uni “vasvasaga solishdi”, Allohning qudrati haqida ig’voli savollar berishdi, u ularga yordam berishga qodir ekanligiga shubha qilishdi. Ular haqiqatan ham unga ishonishmagan va uni sinab ko'rmoqchi bo'lishdi.

● Iso o’z shogirdlarini Xudoga ishonishga emas, balki Allohdan qo'rqishga chaqirdi. Islomda Xudoga bo’lgan sevgi va Uning g'amxo'rligiga ishonish asosiy mavzu emas, balki faqat Allohga to'liq bo'ysunish va uning oldida chuqur hurmatda bo’lish kerak.

● Musulmonlar na najodga ishonch yoki na ichki tinchlikka ega emas, chunki ularning dinida Muqaddas Ruh yo'q. "Muqaddasdan bo’lgan ruh" deganda Jabroil farishtasi nazarda tutilgan. Shuning uchun musulmonlar o’z e’tiqodlarining kuchli dalillarini izlaydilar. Ular Isoning ishini emas, balki dasturxonning guvohi bo'lishni xohlashdi. Ularning kutishlarining markazida dasturxon va uning ustida nima borligi edi.

● Maryam o'g'lining Allohga emas, balki Allohummaga (Elohimga) ibodat qilgani g'alati. Bu ism Muhammad uchun muvaffaqiyatli ibodatning kaliti bo'lib tuyuldi. Elohim - Alloh ismining ko'plik shakli, u Muqaddas Uch Birlikning imkoniyatini o'z ichiga oladi. Qur'onda Iso Eski Ahd Xudosini “Xudo, (Allohumma), bizning Egamiz” deb atagan. Bu Xudo o’zini Musoga qanday ochib berib, chaqirishiga ziddir: “Men Egang, sening Xudoyingman!” Muhammad Xudoning Eski Ahddagi tushunchasini islomiylashtirishga harakat qildi.

● Qur'onda Iso osmondan tushgan dasturxonni eng kichik va eng buyuk o’z izdoshlari uchun teng ravishda, har bir kishi uchun bayram deb atadi. Ehtimol, o’zining tasavvurida Muhammad Isoni Jamoati qabul qiladigan Rabbiyning kechligini va 5000 kishining to’ydirilishini birga birlashtirgan. U osmondan kelgan bu bayram tushligi sharafiga beshinchi (Moida) suraning nomi bilan, ajoyib alomat deb atadi.

● Maryamning o'g'li o’z izdoshlariga zarur bo’lgan oziq-ovqat bilan muntazam ravishda ta'minlashni Allohdan so'radi. Islomda imon har doim ham bitimni anglatadi (Fotir surasi 35:29-30) va aniq muvaffaqiyatga ega bo'lishi kerak. Qur'onda Alloh Ota emas, balki musulmonlarga saxiylik bilan g'amxo'rlik qiladigan Sulton - agar buni kerak deb topsa.

● Alloh bir zumda Qur'onga ko'ra, Isoning shov-shuvli bo'lgan ibodatini eshitdi. Iso hali ham ibodat qilar ekan, Alloh allaqachon uning och shogirdlariga samoviy dasturxonni tushira boshladi.

● Isoni bu mo’jizasining oqibati dahshatli bo’lgan. Alloh imonsizlarga va shubha qilishni davom ettiradigan shogirdlarga, bu va boshqa dunyoda u beradigan barcha jazolarning eng dahshatlisi bilan tahdid qiladi. Ushbu tahdid Qur'onda bayon etilgan Isoning mo’jizalariga ishonmaydigan barcha musulmonlarga (!) ham tegishli!

● Afsuski, Qur'on tafsirchilari ushbu hadyaning vositachisi Isodan ko’ra, dasturxonning ustidagi turli xil taomlar haqida muhokama qilishga tayyor. Musulmonlar jannatda sharob, cho'chqa go'shti va boshqa taqiqlangan taomlar ularni kutishini bilishni istaydilar va bir vaqtning o’zida ular osmondan tushgan dasturxonni kimga berganini unutishadi. Aksariyat musulmonlar islomdagi Maryam o'g'li o’z izdoshlari uchun shafoat qilish huquqiga ega ekanligini tan olishmaydi.

● Agar biz musulmonlarga, Isoda 5000 ta tinglovchini boqish uchun faqat beshta non va ikkita baliq bo'lganini aytadigan bo'lsak, unda ularning nordon konlariga tayanishingiz mumkin, chunki non va baliq hayoliy jannat taom emas.

● Tinglovchilarga Iso Uning qo'lida bo'lgan ozgina uchun Xudoga minnatdorchilik bildirdiganini va bu juda ozdan, Uning shukronasi orqali aql bovar qilmas juda ko’p paydo bo'lganini aytgan kishi, musulmonlarga oziq-ovqat va boylik olishning o'zi, bu haqiqat isboti bo’lib xizmat qilmasligini ko'rsatishi mumkin, oldindan minnatdorchilik bildiradigan imon esa ko'plarga marhamat keltiradi.

● Biz uchun bu mo’jizaning markazi nonni ko'paytirish emas, balki Isodir. Xudoyimiz Unga ergashgan, Unga ishonadigan va Uning g'amxo'rligi uchun Unga oldindan minnatdorchilik bildiradigan har bir kishiga kundalik nonini berishnga va'da qiladi. Bu Qur'on ta'limotiga zid keladi. Ota-Xudoning ezguligi o'zboshimchalik bilan xohlagan kishiga yordam beradigan va xohlagan kishini rad etadigan xudo-sulton g'oyasini bekor qilishni istaydi.

● Masih – Xudo va odamlar o'rtasidagi yagona Vositachilardir –Qur'onda tasvirlangandek, O'zi bu mo’jizaning eng buyuk xususiyatidir. Har bir musulmon, agar xohlasa, to'ydirish mo’jizasining ichki markazi Masih ekanligini tushunishi mumkin. Shundan kelib chiqib, musulmonlar uchun Masih nomi bilan ibodat qilish mumkin bo'ladi. Masih biz uchun Xudoga eshik ochdi. Undan boshqa, Otaga boshqa yo'l yo'q. “Xudo yagona va Xudo bilan insonlar orasidagi Vositachi ham yagonadir” (1 Timo’tiyga 2:5; Anbiyo 21:28).

5.12 -- Iso – ilohiy qonun chiqaruvchi

Qur'onning ko'plab oyatlari Tavrot ustida turgan Masihning obro’si haqida guvohlik beradi. Ulardan ikkitasi Eski Ahdning Yozuvlari ustidan Uning ustunligini va Uning ilohiy elchiligining isbotini, ajoyib alomat deb ataydi (Oli Imron surasi 3:50-51; Moida surasi 5:46-47; Zuxruf surasi 43:63-64). Bu matndagi ushbu mo’jiza bilan bog'liq quyidagi muhim fikrlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

● Alloh Tavrotning haqiqatini tasdiqlash uchun Masihni dunyoga yubordi. Nima uchun musulmonlar doimo Tavrotning buzilgan deb davo qilishadi? Qur'onning o'zi bir necha joylarda bunday da'volarni rad etadi. Bundan tashqari, Masih tanadagi Allohning so'zidir va demak - Tavrotning muhri, bu uning hayoti bilan tasdiqlangan (Oli Imron surasi 3:50; Moida surasi 5:46 va boshqalar).

● Alloh shaxsan, hatto amalga oshmasdan oldin, Maryam o'g'liga Tavrot, Sulaymonning Hikmatlari, Xushxabar va uning barcha bashoratlar bilan boshlangan Kitobni o’rgatdi (Oli Imron surasi 3:49). Qonundagi bahsli masalalarni tushuntirish va ularning tarqoqligining sababini bartaraf etish uchun, Iso Isroil o’g’illariga ilohiy donolik so’zlar bilan murojaat qilar edi.

● Qur'onga ko'ra, Masih Tavrotni bekor qilish, Tavrot nizomlarini bekor qilish va izdoshlarini ulardan ozod qilish vakolatiga ega edi. Shunday qilib, Iso Qur'onda qonun chiqaruvchi hisoblanadi. U ijro etuvchi hokimiyatga tegishli bo'lib, qonun ostida emas. Musulmonlar uchun bu mo’jizadan ko'proq narsani anglatadi, chunki ularning tushunchalarida bitta Alloh qonun chiqaruvchi hisoblanadi. Qur'onga ko'ra, Alloh so'zining timsoli sifatida Iso ilohiy vazifani bajaradi. Uning O'zi ilohiy haqiqat va shaxs sifatida – qonundir (Yuhanno 13:34; Maryam surasi 19:21; Anbiyo surasi 21:91; Tahrim surasi 66:12 va boshqalar).

Qur'onning bu oyatlarida Isoni vahiysiining islomiy aks-sadosi eshitiladi: “Meni Tavrot yoki payg‘ambar oyatlarini bekor qilgani keldi, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim” (Matto 5:17-18). Keyin U shunday dedi: “Qadimgilarga…Lekin Men sizga aytaman” (Matto 5:21-48). “Og‘izga kiradigan narsa emas, balki og‘izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi” (Matto 15:11,16-20).

Ehtimol, Muhammad Masihning bu inqilobiy ta'limoti haqida eshitgan bo'lishi mumkin, lekin buni qonunni bajarishi deb emas, balki Uning ba'zi qarorlarini bekor qilishi deb tushungan. Ajablanarlisi shundaki, u Isoga Allohning elchisi sifatida qonunlarni bekor qilish yoki yangilarini o'rnatish uchun ushbu ilohiy huquqni beradi.

● Qonunning barcha o'zgarishlariga qaramay, Maryamning o'g'li Islomiy ibodat mavzusini tasdiqlaydi: “Allohdan Qo'rqing!” Islomning asosiy mavzusi Xudoni odamlarga bo'lgan sevgisi va ularning Unga bo'lgan sevgisi emas. U yerda Xudoning otaligi yo'q va odamlarni qutqarish istagi yo'q, balki faqat hukmronlik, qudratlilik va Allohning hokimiyatining daxlsizligi g'oyalaridir. U biror narsa haqida so'rash yoki javob berishga jalb qilish mumkin bo’lmagan erkin diktator. Musulmonlar faqat uning oldida mukka tushishlari va unga sajda qilishlari mumkin.

● Allohning har bir elchisi ham bunday bo'ysunishni talab qilishga haqlidir. Qur'onda ikki marta Maryam o'g'li barcha yahudiylarga, masihiylarga va musulmonlarga buyruq beradi: “Menga itoat qilingiz!” (Oli Imron surasi 3:50; Zuxruf surasi 43:63). Bu so'zlar butun Islomni ostin-ustun qilib qo'ydi. Har bir inson Iso Masihni hurmat qilishi, Unga bo'ysunishi va Uning amrlariga Allohdan qo'rqqanidek rioya qilishi kerak! Islom shunday o’rgatmaydi: “Allohning marhamatiga ishoning yoki Masihning kechirimini qabul qiling yoki sizni birinchi Sevgan Zotni seving!” Aksincha, Iso imonda itoatkorlikni va uning hokimiyatiga so'zsiz bo'ysunishni talab qiladi. Ushbu amrni tushunadigan kishi, Qur'on tomonidan bizga taqdim etilgan musulmonlarni xushxabarlash uchun maxsus missionerlik yondashuvini topadi. Musulmon kishi birinchi navbatda Uning inoyatiga muhtojligini tushunmasdan oldin, avval Masihning qonunlari bilan tanishishi kerak. Birinchidan, biz ular bilan to'rtta Xushxabardagi Isoning 613 ta amrlarini Tavrotdagi Musoning 1000 ta amrlari bilan taqqoslab, o'rganishimiz, bir vaqtning o’zida Masihning amrlariga mos keladigan hayot kechirishimiz va biz Uning barcha amrlarini bajara olmasligimizni va shuning uchun har kuni Undan kechirim so'rashga majburligimizni musulmonlarga tan olishimiz kerak. Musulmon shundan keyingina Uning amrini eshitganda Masihning qonunini bajara olmasligini tan oladi: “Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo‘lgani kabi, siz ham barkamol bo‘linglar” (Matto 5:48). “Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar” (Yuhanno 13:34). Shundan keyin u hech kim o'z-o’zidan Masihning qonunini bajarishga qodir emasligini va uning o'zi har kuni Isoning kechirimiga va Uning najotiga muhtoj, shuningdek Iso Masihning inoyati Otaga olib boradigan yagona yo'l ekanligini tushunadi (Yuhanno 3:16; 14:4 va boshqalar).

● Biroq, Muhammad bunday tasavvurlar va bunday xulosalar uchun yo'lni to'sib qo'ydi. U Masihga aytishni buyurdi: "Alloh mening Xudoyim va sizning Xudoyingiz. Unga sajda qilish - bu to'g'ri xizmatdir". U Qur'onda Isoga aytishiga ruxsat bermadi: “Men Otamga va sizning Otangizga, mening Xudoyimga va sizning Xudoyingizga ko'tarilyapman!” Yo'q, Muhammad Isoni Allohning qudrati va hokimiyatiga bo'ysuntirdi. Muhammad hech qachon, hatto bir soniya davomida ham "Ota Xudoning ulug'vorligi uchun Iso Masihning O'zi Xudodir" deb tan olishga tayyor emas edi. Masihilik e'tiqodiga yaqinlashishiga qaramay, u oxir-oqibat uni rad etdi. U Maryamning o'g'lini islom qonunining "keng yo'li" bilan o’z izdoshlarini jannatga olib borishi kerak bo'lgan Allohning quliga aylantirdi.

Ushbu islomiy hiyla-nayrangga qaramasdan, Muhammad Iso Masih haqida O'zining izdoshlari va barcha odamlardan so'zsiz itoat qilishni talab qilish huquqiga ega bo'lgan Qonun Chiqaruvchi sifatida gapirdi. Biz musulmonlarning e'tiborini Qur'onning ushbu xabariga qaratishni va ularning mag'rurligini ruhan ezish orqali - ular uchun ham tayyorlab qo'yilgan Masihning inoyatini olish uchun kelishlariga yordam berishni o'rganishimiz kerak.

5.13 -- Masih O’z izdoshlarini yangilaydi

Qur'onda masihiylarning xarakterini ijobiy tasvirlab beruvchi bir qator oyatlar mavjud. Muhammadning ushbu ko'rsatmalaridan ko'rinib turibdiki, Maryam o'g'li mutakabbir odamlardan kamtar odamlarni, xudbin odamlardan esa rahmdil xizmatkorlarni yarata oladi. Bu musulmonlar kitobiga ko'ra, Masih tomonidan sodir etilgan eng buyuk mo’jizadir. Bu bir marta emas, balki har kuni amalga oshiriladi: o'sha paytda ham, bugungi kunda ham. Qur'on 50 dan ortiq marta masihiylarga ta'rif beradi. Ba'zi oyatlar nafaqat masihiylarni, balki bir vaqtning o’zida yahudiylarni ham tasvirlaydi (Oli Imron surasi 3:55, 113-114; Moida surasi 5:65-68,82; An’om surasi 6:90; Hadid surasi 57:27; Sof surasi 61:14 va boshqalar). “Oli Imron” surasida, Madinada uch kun davomida u bilan imon haqida gaplashgan Shimoliy Yamanlik (Vodiy Najran) masihiylar delegatsiyasiga murojaat qilgan Muhammadning so'zlarini o'qish mumkin. U ularni Islom uchun sotib olishga harakat qildi va Isoga aytilgan so'zlarni Allohning og'ziga solib qo'ydi: “To qiyomat kunigacha senga ergashgan zotlarni kofirlardan yuqori qo‘yurman” (Oli Imron surasi 3:55).

وَجَاعِلُ الَّذِينَ اتَّبَعُوكَ فَوْقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 55)

Muhammadga va uning musulmonlariga 60 kishidan iborat delegatsiyaning munosib kiyingan a'zolari kuchli taassurot qoldirdi. Muhammad ularning madaniyati o'zlaridan yuqori ekanligini his qildi va ularni Islomga jalb qilishni xohladi. Shu maqsadda u ularni barcha butparastlar va animistlar ustidan ustunlik va iqtisodiy hukmronlik qilishga ishontirdi. Ammo, u o'z muzokaralarida, ular musulmonlar masihiylardan tabiiy ravishda bir pog'ona yuqoriroq ekanligi to'g'risida aniq pozitsiyasi haqida sukut saqladi.

Xuddi shu bobda biz tunda Muqaddas Kitobni birga o'qish va Uning oldida bo’ysunib, o’z Xudolariga sajda qilish uchun yig'ilgan bir guruh qullar va mardikorlar haqida o'qimiz. Ehtimol, ular pravoslav masihiylari edilar, chunki boshqa biron bir jamoat, shu jumladan yahudiylar o'zlarining uchrashuvlarida bunday sajda qilmaganlar. Muhammad ular haqida Xudo bilan ittifoq tuzganliklarini va ularning imonlari ularning hayotiga mos kelishini aytdi. U ularni Allohdan mukofot olgan "mehribonlar" deb atadi (Oli Imron surasi 3:113-114). Hejasdagi bu mazlum masihiylarning guvohligi naqadar buyuk! “Oli Imron” surasiga ko’ra, Muhammad Talmudagi va Mishnadagi so'zlardan aytib bergan, agarda u bundan oldin ulardan biror narsa sotib olgan bo'lsa, Madinadagi yahudiylardan farqli o'laroq, Muqaddas Kitobdagi oyatlarni u bilan beminnatl baham ko'rgan muloyim va kamtar masihiylarni uchratdi (Oli imron surasi 3:199). Masihiylar tez-tez, lekin muvaffaqiyatsiz Muhammadni o’z imonlariga og’dirishga harakat qilishdi.

“Moida” surasida yahudiylar va masihiylar o'rtasida aniq bir chiziq o’tkazilgan. Xudo taxminan Muhammadga aytdi:

“Iymon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik bo‘lgan kimsalar ekanini ko‘rasiz. Iymon keltirgan zotlarga eng yaqin do‘st bo‘lguvchilar esa: «Biz nasroniylarmiz», degan kishilar ekanini ko‘rasiz. Bunga sabab ularning orasida olimlar va rohiblar bor ekanligi va ularning kibr-havo qilmasliklaridir” (Moida surasi 5:82).

لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَدَاوَةً لِلَّذِينَ آمَنُوا الْيَهُودَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُوا وَلَتَجِدَنَّ أَقْرَبَهُمْ مَوَدَّةً لِلَّذِينَ آمَنُوا الَّذِينَ قَالُوا إِنَّا نَصَارَى ذَلِكَ بِأَنَّ مِنْهُمْ قِسِّيسِينَ وَرُهْبَاناً وَأَنَّهُمْ لاَ يَسْتَكْبِرُونَ (سُورَةُ الْمَائِدَةِ 5 : 82)

Muhammad Masihning kamtarligini va Uning sevgisini o'zlarini yuksaltirishga urinmagan izdoshlarida ko'rdi. Ammo shu bilan birga, Muhammad bu fazilatni o'zlaridan kelib chiqmaganligini, balki ularga o'z ruhiy ustozlaridan qabul qilinganligini ko'rdi. Ushbu oyatlar Muhammadning davridagi masihiylarning kamtarligini ajoyib tarzda tan olishni anglatadi.

 “Hadid” surasida biz Muhammadning Allohni aytishiga ijozat bergan, masihiylarning yana bir ta'rifini topamiz:

“So‘ngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘ambarlarimizni yubordik va Iyso binni Maryamni ham (ularning) ortidan yubordik va unga Injil ato etdik hamda unga ergashgan zotlarning dillarida mehribonlik va rahm-shafqat (paydo) qildik” (Hadid surasi 57:27).

وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَآتَيْنَاهُ الإِنْجِيلَ وَجَعَلْنَا فِي قُلُوبِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً (سُورَةُ الْحَدِيدِ 57 : 27)

Muhammad, bazi masihiylar o'rtasida turli hil farq belgiladi. U ularni, yangi imon uchun jangga kirishga tayyor bo'lgan talabalar, jangchilar va yordamchilarga ajratdi; o'z e'tiqodlariga ko'ra yashashga harakat qilgan ishonchli imonlilar va ibodatchilar; o’zlarini Allohga va uning elchisiga (Masihga) topshirganlar va o’zlarini unga bo'ysundirgan haqiqiy ‘musulmonlar’; Uztozining ularga aytganini bajaradigan izdoshlar va U bilan birga hayotning barcha sharoitlarida Uning harakatlarining guvohlari sifatida yurgan, o’zining guvohligi uchun o'lishga tayyorlar edi. Ular Isodan faqat bitta narsani so'rashdi: ularning ismlari osmonda hayot kitobida yozib qo’yilishini (Oli Imron surasi 3:52-53).

Muhammadning bilimiga ko'ra, barcha masihiylar Masih orqali amalga oshirilgan sir va mo’jizada ishtirok etmaganlar, balki faqat Uning haqiqiy izdoshlari ishtirok etishgan! Muhammad, Alloh shaxsan ular ichida mo’jiza yaratganini payqadi. U ularning yuragiga hech kimda ega bo'lmagan narsani qo'ydi: hamdardlik va rahm-shafqat, hatto dushmanlarga nisbatan ham! Ushbu in’omni qaerdan olinishi mumkinligi haqida o'ylar ekan, Muhammad Alloh Isoga bergan Xushxabardan boshqa izohlarni topmadi. Muhammad ushbu kitobdan Masih izdoshlariga hamdardlikgi va rahm-shafqati kelib chiqadi deb hisoblagan. Biroq, u Pavlus yozgan Muqaddas Ruhning kuchini bilmadi: “Chunki bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudo sevgisiga to‘lib-toshadi” (Rimliklarga 5:5).

Muhammad haqiqiy masihiylarga ijobiy munosabatda bo'lgan. U nafaqat o'zining birinchi rafiqasi Xadichaning amakivachchasi, Makkadagi uy to’garagining muhtaram rahbari Varaka ibn Naufalni tanigan, lekin u Habashistondagi masihiylarning sakson uchta musulmonlarga, Makkada ularning ta'qiblariga chidab bo'lmas holga kelganida, boshpana berilganligini ham boshdan kechirdi. Habashistondagi masihiylar Qur'onda masihiylarning timsolini biz o’ylagandan ko'ra chuqurroq shakllantirdilar. Biroq, habashistonliklar musulmon qochqinlarga xushxabar aytish imkoniyatini boy berishdi. Islom mustahkamlanib, musulmonlar yana Madinaga qaytib kelgach, 230 ta efiopiyaliklar musulmon bo'ldi va faqat bitta musulmon masihiy bo'ldi. U tavba qilishidan ko'p o'tmay o’ldi (ehtimol zo'ravonli o'lim).

“Sof” surasida masihiylar Allohning yordamchilari va hamkorilari deb ataladi, chunki ular Isoga sadoqat bilan qasamyod qildilar va uni quvg'in qilganlarida u uchun kurashishga tayyor edilar. Alloh ularni dushmanlar ustidan g'alaba qozonishiga ishontirdi (Sof surasi 61:14).

Ushbu Qur'on xabarlari haqida o'ylaydigan kishi, Muhammadning Iso o'z izdoshlarini o'z qiyofasiga aylantirganligi haqida guvohlik berganini anglaydi. Ular dushmanlarini sevdilar, ularni la'natlaganlarni marhamatladilar, ularni xafa qilganlarga va ta'qib qiluvchilarga yaxshilik qildilar (Matto 5:44). Ular muloyim va kamtar edilar, ochko'zlik qilmaganlar va agar kerak bo'lsa, hatto tunda ham jamoatlarida ibodat qilishardi. Shu bilan birga, ularning Kitobi ularning ibodat xizmatining markazi va manbai edi. Qur'onda tasvirlangan masihiylar asosan chet elliklar emas, balki Arabiston yarim orolining shimoliy, janubiy va g'arbidagi arablar bo’lishgan. Masih ularda O’zining eng buyuk mo’jizasini amalga oshirdi: ular ishongan narsalari asosida yashashdi va Najotkorning inoyati bilan yangi odamlar bo'lishdi. Bugungi kunda masihiylarga aylangan sobiq musulmonlar Qur'ondagi o'z ta'riflarini topmoqdalar. Bu oyatlar musulmon qarindoshlari bilan suhbatlashishda ular uchun yordam beradi.

5.14 -- Haqiqiy Oyatulloh

Qur'onda Iso Masih va uning onasi Allohning buyuk alomatidir, deb ikki marotaba yozilgan (Anbiyo surasi 21:91; Mu’minun surasi 23:50). Bundan tashqari, yana bir bor ta'kidlanishicha, Masihning O'zi odamlar uchun alomat va Allohning rahm-shafqatidir (Maryam surasi 19:21). Bu uch oyat Qur'onda Masihning sirini tasdiqlaydi va Uning barcha mo’jizalarini umumlashtiradi. Ushbu mo’jizalarning maqsadi mo’jizalarning o'zi emas, balki O’sha, ularni yaratgan Zotdir.

Alomat so’zi arab tilida oyatun eshitiladi va mo’jiza degan ma'noni anglatadi. Alloh so'zi bilan birgalikda bu ikki so'zni o'qilsa, Oyatulloh faxriy unvonini kelib chiqadi! Iso Masih – shov-shuvli mo’jiza yoki Allohning alomati! Qur'on matni ushbu tushunchani kengaytirib, uning maqsadini ko'rsatadi: odamlar uchun! Har bir inson Maryamning o'g'lida Xudoning qudrati va sevgisini ko'rishi kerak. Boshqa hech bir payg'ambar, shoh yoki Ruhoniy, shu jumladan Qur'on Muhammadga bu sharafli nomni qo’shib yozmaydi. Masih barcha insonlar tan olishlari kerak bo'lgan Allohning yagona mo’jizasidir. Qolganlarning hammasi odamlarning irodasi bilan oyatullohlarga aylandilar.

Agar, nega Maryam o'g'li Qur'ondagi yagona mo’jiza va odamlar uchun Allohning alomati deb so'raydigan bo’lsak, islomning bayonotidan Alloh Maryamda Masihni faqat o’zining so'z bilan, erkak kishining ishtirokisiz yaratgan deb javob topamiz. Alloh unga o’z ruhidan pufladi. Shuning uchun Masih oddiy odamdek oddiy odam emas, shu bilan birga, Qur'onga ko'ra, Alloh ruhining inson qiyofasidir. Iso tug'ilishidan oldin Allohda mavjud edi. Osmonga ko'tarilganidan so'ng, u tanada, jonda va ruhda asl joyiga qaytdi. Iso bugun ham Alloh bilan yashaydi, Muhammad esa o'lik. Masih Iso O'zini "Alloh ruhi" va "inson qiyofasidagi uning so'zi" deb atashga haqli bo'lgan yagona shaxsdir. Shuning uchun Masih barcha insonlar uchun Allohning eng muhim alomatidir.

Ushbu ikki tomonlama sifatdan: Allohdan bo’lgan haqiqiy inson va haqiqiy ruhdan, Qur'onga ko'ra, uning barcha alomatlari va mo’jizalari sodir bo'ldi:

● U, inson qiyofasidagi Allohning so'zidir. U beshikda yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lib, gapira olardi.
● U - Allohning izni bilan, hayot beradigan ruhga ega bo'lgan Yaratuvchidir!
● U kasal va kambag'allarga nisbatan rahm-shafqatga to’ladir. U, Uning oldiga kelganlarning hammasini shifoladi.
● U dunyoning eng yaxshi Shifokori – Allohning izni bilan.
● U – Allohning izni bilan o'liklarni tiriltirganidan uchun, o'lim ustidan G'olibdir!
● U hamma narsalarni biladi va hamma narsani va hammani ko'ra oladi.
● U Alloh va o’zining izdoshlari o'rtasidagi shafoat qilish huquqiga ega bo’lgan Vositachidir.
● U ularga jannatdan yerga oziq-ovqat olib keldi va ularni kundalik ovqat bilan ta'minladi.
● U – Tavrotning to’g’riligini tasdiqlovchi Qonun Chiqaruvchidir. U ilohiy qonunlarni o'zgartirdi va yangisini berdi.
● U barcha odamlardan, shu jumladan musulmonlardan ham imonda itoat qilishni talab qilish huquqiga ega.
● U O’z izdoshlarining xudbin xarakterini o'zgartiradi va ularga O'zining sevgisi va kamtarligini beradi.

Qur'onning ushbu alomatlari yoki mo’jizalari Maryam o'g'li Isoning barcha fazilatlarini bir butun qilib bog'laydigan oynaga o'xshaydi va va barcha mo’jizalarning mo’jizasini ko’rsatib O'z O’zini namoyon qiladi.

Qur'on oyatlarida Muqaddas Kitobdagi Isoning tasviri doimo ko'rinadi. Muhammad masihiylarning ko'plab guvohliklaridan foydalanib, ularga Xushxabarga o'xshash Qur'onni taklif qildi va ularni Islomga jalb qildi. U har doim ham Masihning ilohiyligini va Uning xochga mixlanishini rad etishi haqida gapirmadi. Masihiylar Islomni qabul qilish uchun, u Isoni rahmdil mo’jiza Yaratuvchisi, Shifokor, o'liklarning tiriltiruvchi va Qonun Chiqaruvchi deb tan oldi.

Biz Qur'ondan Masih haqidagi buzilgan guvohlikni olib va uni to'liq Xushxabar bilan bog'lab, haqiqat va Xudo bilan tinchlikka olib boradigan yo'l sifatida taklif qilishga haqlimiz. Shu bilan birga, bizning maqsadimiz musulmonlar ko’z oldida qonun va inoyat, amrlar va imonda itoat qilish emas, aksincha Xushxabardagi Iso Masihning shaxsidir. Ular Uni ko'rishsin, Uni sevishsin, Uni qabul qilishsin, Unga ishonishsin, Undan abadiy hayot olishsin va Uning Ruhining mevalarini keltirishsin.

Iso O'zini dunyoning nuri, hayot noni, haqiqiy yol, doimiy haqiqat, yaxshi Cho'pon, haqiqiy Tok, tirilish va hayot, Shoh (tikanli toj bilan), Birinchi va Oxirgi deb atadi. Isoning xushxabarlovchi "Men ..." so'zlari uyg'ongan, izlayotgan musulmonni, Iso nafaqat mo’jiza yaratuvchi, balki tanada bo'lgan Xudoning sevgisi va muqaddasligi ekanligini bilishi uchun etaklashi mumkin.

5.15 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Qur'onda Musoning qancha mo’jizasi tilga olingan? Ularning maqsadi va xususiyati qanday tasvirlanadi?
  2. Qur'onda Masihning dalillari (bayyanaat) haqida necha marta o'qish mumkin? Ularning xususiyatlari va maqsadi nima?
  3. Qur'onga ko'ra, uning mo’jizalarini bajarish uchun Masihni mustahkamlagan "muqaddasdan bo’lgan ruh" kim? (Baqara surasi 2:87, 253; Moida surasi 5:110 va boshqalar).
  4. Muhammad Masihning ilohiyligini ishlatib, payg'ambar sifatida o'z rolini qanday tasdiqlashga harakat qildi? (Sof surasi 61:6).
  5. Muhammad Qur'ondagi Masihning mo’jizalariga murojaat qilish uchun alomat (aayaat) atamasini necha marta ishlatgan? #Xushxabarning qaysi joyida Masihning mo’jizalarini tasvirlash uchun xuddi shu atama ishlatilgan? Ikkala kitobda ham bu so'zlarni tushunishdagi farqlar nimada?
  6. Nima uchun Iso Xushxabarda mo’jizalarni ko'rishni xohlash bu imonsizlik yoki Xudoni vasvasaga solish sifatida ko’rgan?
  7. Yangi tug'ilgan Iso tug'ilgandan keyin darhol gaplashishi mumkinligi haqidagi afsonani Muhammad qaysi manbadan eshitgan? #Nima uchun Muhammad bu ertakga ishondi?
  8. Qanday qilib, Qur'onda Allohning vahiysi sifatida Iso haqidagi bu afsonani kiritilishi mumkinligini, Muhammadning aslida payg'ambar emasligini qanday isbotlaydi?
  9. Qur'ondagi Masihning birinchi nutqining shubhali va hayoliy mazmuni nimani ifodalagan? (Maryam surasi 19:24-26).
  10. O’smir Iso tomonidan qushning yaratilishini Muhammad qanday tasavvur qildi?
  11. Qur'ondagi Maryam o'g'lining mo’jizasini tasvirlash uchun ishlatilgan "Men yarataman" iborasi musulmonlar bilan bo'ladigan suhbatlarimizda qanday ishlatilishi mumkin?
  12. Iso o'z ruhini loydan bo’lgan qushga o’hshash narsaga puflaganligi va Qur'onning xabariga ko'ra, keyin uchib ketganligi haqida qanday xulosa kelib chiqadi? Iso haqiqatan ham odamlarni puflaganini Xushxabarning qaysi joyidan o'qishimiz mumkin? #Qur'onda tasvirlangan Masihning puflash bilan Xushxabarda topilgan puflash o'rtasidagi farq nimada?
  13. Muhammad Qur'onda Masihning mo’jizalar qilish qobiliyatini qanday chekladi? Qaysi ma'noda Iso Yuhanno 5:19 da O’zining mo’jizalar qilish qobiliyatini chekladi?
  14. Qur'onga ko’ra, Masih necha ko'r odamni ko'rish qobiliyatini tikladi? Muhammadning g’oyalariga ko’ra Masih amalda ularning ko'zlarini qanday qilib davolagan?
  15. Afrika va Osiyodagi ko'plab mamlakatlar aholisi tomonidan moxov qanday baholanadi?
  16. Masih tomonidan moxovlarning e’tiborli davolashi nimani o'z ichiga oladi?
  17. Qur'onda kasallar va baxtsizlarga nisbatan Maryam o'g'lining ularga qayg'urayotgani to’g’risida nimalar gapiradi?
  18. Masih Qur'onga ko'ra qancha o'lik odamlarni tiriltirdi va ularga qayta hayot berdi?
  19. Nima uchun Qur'onga yozilishicha, Masih o'liklarni tiriltirishga qodir bo'lgan yagona odam edi?
  20. Masih faqat Allohning ruhi yordamida O'z mo’jizalarini amalga oshirishi mumkinligini ta'kidlaydigan Qur'onning so'zlari asosida biz musulmonlarga qanday sirni ochishimiz mumkin?
  21. Qur'onning qaerida Isoning hamma narsani bilishi namoyon bo'ladi? Musulmonlar bilan suhbatlashganimizda Isoning hamma narsani bilishi siridan qanday foydalanishimiz mumkin?
  22. Qur'on sharhlovchisi Al-Suyutiyning an'anadan (hadis) foydalanib, Isoning hamma narsani bilishini tushuntirishda, nima haqida gapirdi?
  23. Qur'ondagi Iso izdoshlari uchun osmondan tushurgan dasturxon haqidagi hikoyani tasvirlashda, sizningcha, eng muhim narsa nima edi?
  24. Nima uchun Iso “Ey, Alloh” emas, "Allahumma" deb ibodat qildi?
  25. Masihning Alloh va uning izdoshlari o'rtasida vositachilik qilish huquqiga ega ekanligini Muhammad qanday tasdiqladi? #Nima uchun Xudo Maryam o'g'lining iltimosiga bevosita javob berdi?
  26. Nima uchun Masih Musoning ilohiy qonunini “o'zgartirishi” mumkin edi? Qanday qilib U O'z izdoshlariga Alloh tomonidan taqiqlangan narsalarni qilishga “ruxsat berishi” mumkin edi? Masih, Qur'onga ko'ra, ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi kuchlarga ega bo'lganmi?
  27. Nima uchun Iso Qur'onda ko'pincha Allohdan qo'rqinglar deb gapirgan va deyarli hech qachon Xudoning sevgisi haqada eslatmagan?
  28. Qur'onda musulmonlar uchun qaysi buyruq, Masihning: “Menga bo'ysuning” buyrug'ini o’z ichiga oladi? Nima uchun musulmonlar bilan suhbatda Masihning qonunini o'rganishimiz kerak?
  29. Qanday qilib Muhammad so’z o’yinlari yordamida Masihning obro'sini kamsitishga va Uni faqat Xudodan qo'rqadigan musulmon qilishishga harakat qildi?
  30. Masih izdoshlarining har xil yetuklik darajasini tavsiflash uchun Muhammad qanday ismlar va unvonlardan foydalandi? Nima uchun u ularni “musulmonlar” deb atadi?
  31. Masih izdoshlarining xarakterini tasvirlash uchun Muhammad qanday noyob ta'rifni ishlatgan? U masihiylarning bu xususiyatlari haqida qayerdan bilgan?
  32. Nima uchun xudbin gunohkorni Xudoning tinchlikparvar xizmatchisiga aylantirish, Masihning barcha mo’jizalarining eng buyukidir?
  33. Nima uchun Qur'onda Alloh tamonidan Isoni tarixdagi yagona erkak- Oyatulloh deb atadi? Bu unvon nimani anglatadi va Xushxabarda topishimiz mumkin bo’lgan Masihning qanday munosib unvonini topamiz?
  34. Muhammad Masih uchun Oyatulloh unvonini qanday tushuntirib berdi? Islomda Masih Allohning rahm-shafqatining timsoli ekanligi nimani anglatadi?
  35. Qur'onda tasvirlangan Masihning mo’jizalariga asoslanib, Masihning qanday o’nta noyob unvonlari va xususiyatlarini sanab o'tishingiz mumkin?
  36. Nima uchun Muhammad masihiylar delegatsiyasi huzurida Masih haqida haddan ziyod ehtirom bilan gapirdi?
  37. Qanday qilib Qur'ondagi Masihning mo’jizalarini haqiqiy Xushxabarga ko'prik sifatida ishlatishimiz mumkin? Musulmonlar orasidagi amaliy xizmatda bu maqsadga erishish uchun nima qilishimiz kerak?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)