Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 10 The EXTENSION of Muhammad's Realm -- (630 and 631 A.D.)

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Previous book -- Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

10 - Muhammadning Shohligini KENGAYISHI -- (Mil 630 Va 631 Yillar)

Vizantiyaga qarshi ikkinchi yurish va uning oqibatlari (630 yil oktyabr – dekabr) - Badaviylar vakillari Muhammadga hurmat bajo keltiradi (ml. 631 yil.)



10.01 -- Muhammadning Shohligini KENGAYISHI -- (Mil 630 Va 631 Yillar)

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

10.02 -- Vizantiyaga qarshi ikkinchi yurish va uning oqibatlari (630 yil oktyabr – dekabr)

10.02.1 -- Tabukdagi* masihiylar va yahudiylarga qarshi yurishlar (mil. 630 yil oktyabr – dekabr)

Muhammad, ko’chishdan keyingi qo’qqizinchi yilning Zulhijja (12 oy) oyidan to Rajab (7 oy) oyiga qadar Madinada bo’ldi. Keyin u Vizantiya rimliklarga qarshi jang qilishni buyruq berdi.

* “Tabuk” – shimoliy Arabistondagi masihiylar va yahudiylar aholisi bo’lib, Makkadan Damashqqa asosiy savdo yo'lida, Madinaning 580 km shimoli-g'arbiy qismida joylashgan, zamonaviy Sharm esh-Shayx shahrining kengligida joylashgan. Tabuk Arabistondagi Vizantiya ta'sirining eng Janubiy nuqtasi edi.

Muhammad (qurol to'plash) tayyorlanish uchun buyruq berganida, xalq qiyin ahvolda edi. Hamma kuchli issiqdan jabirlangan va ular omon qolishlari uchun arang yashayotgan edilar. Yig'im-terim vaqti edi. Odamlar o'z uylarida qolishlarini va o’z daraxtlari soyasida hosilni yig’ib olishni xohlayotgan edi. Bunday sharoitda ular urushga borish istagini alangalanmadilar. Odatda, harbiy urishga borar ekan, Muhammad yurishning haqiqiy maqsadini ochkor qilmas, balki boshqa maqsadni e'lon qilardi. Biroq, Tabukga borishdan oldin, u uzoq masofani, yilning qiyin payti va dushman kuchini hisobga olgan holda, yurishning haqiqiy maqsadini oldindan ma'lum qildi.* Shunday qilib, u odamlarga yurish uchun tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini berishni xohladi.

* Muhammad Arab yarim orolidagi barcha urushlar faqat qisqa muddatli to'qnashuvlar ekanini va ular hali ham Bosfor markazida joylashgan Vizantaniyaga buyuk kuch bilan urushda haqiqiy sinovdan o'tishlari kerakligini tushundi. Muhammad tirik ekan, musulmonlarning nuqtai nazarini bu narsa kelajakdagi maqsad bo’lishiga yo'naltirishni xohladi. Vizantiyani bosib olish Islomning keyingi buyuk maqsadi edi.

Bir kuni tayyorgarlik jarayonida Muhammad Banu Salim qabilasidan Jaddu ibn Kaysga gapirdi: “Bu yil vizantiyaliklarga o'g'illaring bilan jang qilishni xohlaysizmi?” U javob berib dedi: “Kechirasan, men vasvasaga tushishni xohlamayman! Allohga qasamki, mening xalqim, chiroyli ayollarga nisbatan men kabi boshqa muxlislar yo'qligini biladilar. Men vizantiyalik ayollarini ko'rganimda o’zimni tuta olmayman deb qo'rqaman”. Muhammad undan yuzini burdi va uni qolishiga ruxsat berdi. Agar u Vizantiya ayollari tomonidan aldanib qolishdan qo'rqqan bo'lsa (lekin aslida bunday emas edi), keyin u Allohning rasuliga ergashmasdan va payg'ambar hayotini o'z hayotidan ko'ra qimmatroq deb hisoblamasdan, yanada ko'proq vasvasaga tushdi. Bunday odamlarni do'zax kutmoqda.

Ba'zi ikkiyuzlamachilar maslahat berdilar: “Bunday issiqda yurishga borma!” Ular muqaddas urushda ishtirok etishni istamaganlari uchun shunday gapirishdi, chunki ular haqiqatga shubha bilan qarashdi va Muhammadga qarshi ziddiyatlarni qo'zg'ashga harakat qilishdi. Ular haqida Alloh ushbu so’zni yubordi: “…hamda (bir-birlariga): «Bu issiqda urushga chiqmanglar», dedilar. Ayting: «Agar ular anglay olsalar, jahannam otashi yanada issiqroqir». Bas, o‘zlarining kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar, ko‘p — abadiy yig‘lasinlar!” (Tavba surasi 9:81-82).

Muhammad, bir necha ikkiyuzlamachilarni Jasum yaqinidagi yahudiy Suvaylamning uyida to'planganliklari haqida eshitdi. Ular, odamlarni Tabukga qarshi yurishga qarshi qo’ydilar. Muhammad, ularni oldiga Talx ibn Ubaydullohni bir guruh sheriklari bilan jo'natib, qarindoshlari bilan birga Suvaylamning uyiga o't qo'yishlarini buyurdi. Talx bu buyruqni bajo etdi.* Dahhak ibn Xalifa tomdan sakradi va oyog'ini sindirib oldi. Uning izdoshlari ham shunday qildilar va ular esa qochishga muvaffaq bo'lishdi. Keyinchalik Dahhak she'r yozdi:

Xudoning muqaddas joyi yaqinida / Dahhak va Ubayrning o’g’li / Muhammadning olovida deyarli yonib ketmadik. / Tomdan sakradim, men juda qiynalib turdim, / singan oyoq va tirsakga suyangan holda. O'zingizni saqlang! / Men boshqa buni endi qilmayman, chunki kim olovga tushsa, / u yonadi deb qo'rqaman!
* Iso Quddusga ketayotib, samariyaning bir qishloqda qolishni so'raganida, Uning shogirdlaridan ikkitasi Uni rad etib, Unga murojaat qilishdi: “Hazrat, istasangiz, biz: “Osmondan olov tushsin! Bularni yo‘q qilib yuborsin!” deb buyuramiz. Iso esa o‘girilib qaradi–da, ularni koyidi va so’ng qo’shib qo’ydi: “Sizlar qaysi ruhdan ekanligingizni bilmaysizmi: Inson O’g’li insonlarni jonini yo’q qilish uchun emas, balik qutqarish uchun keldi” (Luqo 9:52-56).

Shu paytda Muhammad o'z niyatida mustahkam qoldi, odamlarga urushga tayyorgarlik ko'rishni tezlashtirishni buyurdi. Boy odamlarni u Alloh uchun pul va otliq uchun hayvonlarini qurbon qilishga chaqirdi. Ba'zilar uning chaqiruvlariga javob berishdi, chunki ular Allohning mukofotiga umid qilishdi. Usmon ibn Affan hammadan ko'p qurbonlik qildi. Menga bu ish haqida yaxshi bilgan bir kishini aytib berishicha, Usmon Tabukga yurishdagi qo’shinning ehtiyojlarini qoplash uchun 1000 dinorni berdi va Muhammad dedi: “Ey Alloh! Usmandan xursand bo’l! Men undan xursandman!”

10.02.2 -- Yug’lovchilar va shubhalanuvchilar

Bir kuni sahobalardan ettita musulmonlar keldi – ularni "yig’lovchilar" deb atashardi. Ular muhtoj edilar va Muhammaddan otliqlaridan berishini so'rashdi. Muhammad dedi: “Sizning ehtiyojingizni qondirish uchun hech narsa yo'q!” Ular o'girilib, ko'zlarida ko'z yoshlari bilan ketishdi.*

* Muhammadda urushlarga borgani berilgan barcha tuyalar qaerda edi? U, hatto o’z izdoshlari orasidagi kambag'allarga va muhtojlarga rahm-shafqat ko’rsatmas edi.

Hamma narsa yurush uchun tayyor bo'lgach, Muhammad yo'lga chiqishga qaror qildi. Lekin ba'zi musulmonlar sekin harakat qildilar va oxirida ular qoldilar, garchi ular ikkilanuvchi kishilar orasida hisoblanmas edilar. Muhammad jo’nagach, u Saniyat al-Vaad yaqinidagi o’z lagerini buzib tashladi. U Madinani ustidan Muhammad ibn Maslam al-Ansarni bosh qilib tayinladi. Abdullah Ibn Ubayy Zubabdagi Muhammadning lageriga uzoq bo’lmagan joydagi o’z lagerni buzib tashladi. Ular aytishicha, uning qo'shini kichkina emas edi. Muhammad yo'lga chiqqach, Abdullah ikkiyuzlamachilar va shubhalanuvchilar bilan qoldi.

Muhammadning buyrug'i bilan Ali uning oilasiga g'amxo'rlik qilish uchun qoldi. Ikkiyuzlamachilar bu vaziyatdan foydalanib, g'iybatni tarqatishdi. Ular, Muhammad Alini ataylab qoldirib ketganligi, chunki harbiy yurish u uchun juda og'ir deb hisoblab va uning hayotini osonlashtirmoqchi bo'lganligiga da'vo qilishdi. Munofiqlarning bunday so’zlarini eshitib, Ali qurollarini oldi va Muhammadni oldiga ketdi. U Jurfda Muhammadga yetib oldi va unga ikkiyuzlamachilarni so'zlarini aytib berdi. Muhammad dedi: “Ular yolg’on aytishdi! Men bizning oilalarimizga g'amxo'rlik qilish uchun senni tashlab keldim. Qaytib bor va meni o’rnimga meni oilam va o’z oilangga g'amxo'rlik qil. Muso bilan Horun singari men bilan birga bir joyni egallab turganingdan xursand bo'lmaysanmi? Garchi mendan keyin boshqa payg'ambarlar bo'lmaydi”.* Shundan keyin Ali Madinaga qaytib keldi va Muhammad o'z yo'lini davom ettirdi.**

* Shialar, bu narsa Alini Muhammaddan keyin birinchi xalifaga aylanishi kerakligini isbotlovchi muhim dalil deb hisoblaydilar.
** O'sha paytda Ali yosh, taxminan 25 yoshlarda edi.

10.02.3 -- Abu Haysama

Muhammadning ketganidan bir necha kun o'tgach, issiq kunda Abu Haysama oilasiga qaytib keldi. Uning ikki xotini uning bog'ida, har biri o’z shiponchasida o'tirardi. Ular shiponchalariga suv sepib, unga yangi suv va oziq-ovqat tayyorladilar. U shiponchaning eshigiga yaqinlashib, xotinlari unga nima qilganini ko'rgach, shunday deb xitob qildi: “Allohning rasuli – quyosh ostida, shamol va issiqda! Men bog'imdagi salqin soyada qanday o'tiraman va chiroyli xotinlarim tomonidan tayyorlangan taomlarni qanday eyishim mumkin? Bu nohaqlik! Allohga qasamki! Men Muhammadga etib borgunimcha, men sizning shiponchangizga kirmayman. Yo'l uchun menga uskunalar tayyorlang!” Xotinlar uning buyrug'ini bajarishdi, u tuyaga o'tirdi va payg'ambarning izidan jo’nadi. U Tabukda unga etib oldi. Yo'lda u ham, Muhammadni topishni istagan Umayr ibn Vahba Al-Jumaxi bilan uchrashib qoldi. Ular Tabukga yaqinlashgunga qadar birga ketishdi. Keyin Abu Haysama Umayrga gapirib berdi: “Men bir xato qildim. Agar Muhammad bilan uchrashgunga qadar mendan bir oz uzoqlashsang, sen azob chekmaysan”. Umayr uning talabini bajardi. Abu Haysama Tabukadagi Muhammadga yaqinlashganda, odamlar shunday deyishdi: “Biz tamon otliq yaqinlashyapdi”. Muhammad dedi: “Bu Abu Haysama bo'lsin!” Keyin ular xitob qilishdi: “Allohga qasamki, ey Allohning rasuli! Bu u, o’sha!” Abu Haysama tuyadan tushib, Muhammadning oldiga keldi va u bilan so’rashdi. Muhammad dedi: “Ey Abu Haysama, ehtiyot bo’l!” Muhammadga nima bo'lganini aytib berganida, Muhammad unga yaxshi so'zlarni aytdi va unga yaxshilik tiladi.

10.02.4 -- Hijradagi dam olish*

Muhammad Hijraga etib kelib, tuyadan tushganida, ba'zi odamlar quduqdan suv olish uchun undan oldin bordilar. Lekin Muhammad dedi: “Bu quduqdan suv ichmang va namozdan oldin bu suv bilan tahorat qilmang!” Agar siz bu quduq suvdan xamir qilsangiz, u bilan tuyani boqing va o’zingiz undan emang. Bugun kechasi sizlardan hech kim yolg’iz chiqmasin”. Odamlar Muhammadning buyrug'ini bajardilar. Ammo Banu Saiddan ikki kishi bu buyruqni buzdi: ulardan biri o’zining muhtojligi uchun, boshqasi esa – o’z tuyasini topishga chiqdi. Birinchisi yo'lda bo'gizlandi, ikkinchisini esa shamol Tay tog'ining tubiga otdi. Muhammadga bu haqida xabar berilganida, u shunday dedi: “Sizga yolg'iz chiqishni taqiqlamaganmidim?” Keyin u bo’g’izlangan kishi uchun ibodat qildi va u shifo topdi. Keyinchalik, Tay tog'i yaqinidagi tubsizlikka tashlangan Banu Tayni Madinaga yuborildi.

* “Hijra" - karvon yo'lidagi voha, Madinadan tahminan 340 km shimoli-g'arbiy qismida, Muqaddas Kitobdagi Dedandan 20 km shimolda joylashgan.

Muhammad Hijradan o'tib ketgach, u odamning yuzini o’z to’ni bilan berkib, uni tuyasini quvib, dedi: “Yomonlik qiladiganlani uylarga kirmanglar, aks holda siz ular bilan bo’lganidek bir xil bo'lib, qo’rquvdan yig’lab yurasizlar!” Odamlar suvsiz qolishganida, ular Muhammadga shikoyat qilishdi. Keyin Muhammad ibodat qildi va Alloh bulutni yomg'ir bilan yubordi. Odamlar ichib, chanqoqliglarini qondirishdi va o’z idishlariga to’ldirib olishdi.

10.02.5 -- Muhammadning masihiy-yahudiylar Tabukiga kelishi*

Tabukga kelgan Muhammad, Ayla** shahrining (masihiy) hukmdori Yuhanno ibn Rubani topdi va u bilan tinchlik shartnomasi tuzdi. Shuningdek, u kishi boshi uchun soliq yig'ishga ruxsat berdi. U Jarba va Azruh*** aholisi bilan ham shunday qildi. Muhammad, ularga, hozirgacha ularda saqlanib qolgan yozma shartnoma berdi. Yuhanno ibn Rubaga u yozdi:

“Mehribon, Rahmdil, Alloh nomi bilan! Bu Allohdan va uning payg'ambaridan Yuhanno Ibn Rubaga va Ayla aholisi uchun xavfsizlik kafolati. Ularning kemalar va karvonlar, quruqlikda va dengizda, Suriya, Yaman va ularning yonidagi qirg'oqlarda yashovchilar kabi Alloh va Uning payg'ambari himoyasida. Sizlardan qaysi biringiz zulm qilsa, uning boyligini himoya qilinmaydi. Har kim uni olishi mumkin. Ular ichimlik suvi bilan va ular yerga va dengizga borishni istagan yo'lda sayohat qilishda rad etilmaydi”.

* Tabuk, Madinaning shimoli-g'arbiy qismida taxminan 580 km masofada joylashgan.
** "Ayla" – bugungi kunda Isroilning Eilat shahri, Tabukning shimoli-g'arbiy qismida taxminan 210 km, qizil dengizning eng Shimoliy nuqtasida joylashgan. U yerda masihiylar va yahudiylar yashashgan.
*** "Azruh" - zamonaviy Iordaniya janubidagi yahudiylar shahri, Tabukning shimoliy qismidan taxminan 230 km.

10.02.6 -- Muhammad Holidni Dumat al-Jandaldadi* masihiy Ukaydirni oldiga yuborishi (630 yil okryabr))

Keyin Muhammad Xolidni chaqirib, uni Dumadagi Ukaydirni oldiga jo'natdi*. Uni Ukaydir ibn Abd al-Malik deb atashardi va u Kindning masihiy qabilasidan va Dumaning hukmdori bo'lgan masihiy edi. Muhammad Xalidga aytdi: “Seb uni buqalar ovidan topasan!” Xolid ko'z oldida Ukaydir tog'i ko’rinmaguniga qadar yurdi. Tiniq oydin kechasi edi. Ukaydir xotini bilan uyining terasida turardi. Yovvoyi buqalar kelib, shoxlarini qal'a darvozasi oldida qashinishga kirishdilar. Xotini unga aytdi: “Bunaqasini qachonlardir ko'rganmisan?” U javob berib dedi: “Yo Xudo, hech qachon ko'rmaganman!” Shunda xotini dedi: “Ularni qanday qilib qo’yib yuborish mumkin?” U javob berdi: “Hech qanday!” U darhol tushib, unga ot olib kelishlarini buyurdi, unga o'tiridi va ukasi Hassan va boshqa oila a'zolari bilan birga ovga chiqdi. Keyin ularni Muhammadning otliqlari tamonidan kutib olindi. Ular uni asirga olib, ukasini o'ldirdilar. Ukaydir oltin bilan bezatilgan ipakli to’n kiygan edi. Xolid undan to’nini echib oldi va qaytib borguniga qadar Muhammadga jo'natdi. Asim, Anas ibn Malik so'zlaridan gapirib berdi: “Uni Muhammadga olib ketilishganida, Ukaydirning to’nini ko'rdim. Musulmonlar unga tegindilar va hayratda qoldilar**. Keyin Muhammad shunday dedi: “Bu to’n bilan hayratlanyapsiz. Muhammadning joni kimni qo’lidagi bilan qasam ichamanki, jannatdagi Sa'ad ibn Ubadning ro'mollari yanada chiroyli!” Keyin Xolid Ukaydirni Muhammadga olib keldi. U Ukaydiraning hayotini saqlab qoldi, u o'lpon to'lash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi va uni qo'yib yubordi. Ukaydir, Dumat al-Jandalga qaytib keldi. Muhammad o'n kunlar atrofida Tabukda qoldi va yo’ida davom etmadi. Keyin Madinaga qaytib keldi.***

* “Duma” yoki Dumat al-Jandal – Madina shimolidan taxminan 620 km, Tabuk shahridan esa 380 km sharqda joylashgan sahrodagi masihiylar qishlog’.
** Masihiylar hukmdorining oltin bilan bezatilgan to’ni, arab masihiylariga yanada yuksak Vizantiya madaniyatining ta'siri haqida dalolat beradi. Vizantiyaliklarning boyligi, ularning san'ati va madaniyati musulmonlarga kuchli ta'sir ko'rsatdi.
*** Tabuk uchun birinchi yurish ko'proq ekspeditsiya bo'lidi va kelajakdagi urushlarga tayyorgarlik sifatida xizmat qildi. O'sha paytdan boshlab, Arab yarim orolining shimoli-g'arbiy qismidagi masihiy qabilalarining zabt etish boshlandi. Ular Muhammadning soliq to'lovchilarning vaziyatiga tushib qoldilar.

10.02.7 -- Muhammadning ibodatiga ko’ra, suv otilib chiqdi

Qarama qarshi yo'lda Mushakkak vodiysida buloq bor edi. Suv qoyadan tomardi va hatto uchta ot ichish uchun ham etarli emas edi. Muhammad, oldinda ketganlarga u kelmaguncha u yerdan suv ichmaslikni buyurdi. Biroq, ba'zi ikkiyuzlamachilar birinchi bo'lib borib, u yerda bo'lgan barcha suvni ichib qo’ydilar. Muhammad buloqga etib borgach, u yerda suv ko'rmadim. Undan oldin kim suvga kelganini so'radi. Ularni ismlarini aytishganida, u shunday dedi: “Men kelgunga qadar undan ichishni taqiqlamadimmi?” Muhammad bu uchun ularni la'natladi. Keyin u tuyaga o’tirdi va kaftini tomchi ostiga qo'ydi. U, Alloh istaganicha, o’z kaftiga shuncha suv to'pladi. Keyin u suvni tomchilagan qoyaga sepdi va Alloh istaganidek ibodat qildi. Bu yerdan suv shunday kuchli oqim chiqdiki, uni eshitgan kishi momaqaldiroq kabi ovoz bo’lganligini aytdi. Hamma odamlar qonib ichdilar va o’z idishlariga ham to’ldirib oldilar*.

* Musoning misolidan keyin Muhammad o'z xalqi uchun qoyadan suv chiqargani haqida aytiladi. Muhammadning mojizalari haqida gapiradigan deyarli barcha hodisalar va hatto musulmon olimlari, ular asosan yahudiy manbalaridan olinganligi uchun etarli darajada ishonchli emasligini e'tirof etishadi. Muhammadning mo"jizalarga muhtoj emasligi, chunki Qur'onning o'zi eng buyuk va yagona mo" jiza ekanligini aytishadi.''

10.02.8 -- Dushmanlik Masjidi (630 yil dekabr)

Muhammad yo'lni davom ettirdi va Madinadan bir soatchalik Zu Avanga etib keldi. U yerda u tuyasidan tushdi. Qachonki, u Tabukda qarshi yurishga tayyorlanishni boshlaganida, dushmanlik masjididan bo'lgan odamlar unga kelishdi va deyishdi: “Ey Allohning rasuli! Biz kasallar va zaiflarga, qish va yomg'irli kechalar uchun masjid qurdik. Biz u yerda ibodat qilishingni xohlaymiz”. Shunda Muhammad javob berdi: “Men hozir yurishga tayyorgarlik ko'rmoqdaman va juda ko'p ishlarim bor. Agar Alloh xohlasa, qaytib kelgandan keyin u yerda ibodat qilamiz”. U Zu Avanda to'xtaganida, bu masjidda nima sodir bo'layotganligi haqida xabar keldi. U Banu Salim qabilasidan Malik ibn ad-Duxshamni va Maan ibn Adiyani chaqirdi va ularga dedi: “Bu yovuz masjidga borib, uni yo'q qiling va uni yoqib tashlanglar!” Ular Malikning qabilasi Banu Salimga shoshilishdi. Malik, Maanuga dedi: “Kutib tur, men senga xalqimni olovidan olib kelaman!” U uyiga kirdi, palma novdasini olib, uni yoqdi va masjidga Maan bilan birga yugurdi. U masjidni yoqib yubordi va u butunlay yonib ketdi. Ichidagi odamlar qochib ketdilar. Shuning uchun Qur'onda aytilgan: “…mo‘minlar o‘rtasiga tafriqa solish hamda ilgari Alloh va Uning payg‘ambariga qarshi urushgan kimsaga ko‘z tutish uchun masjid qurib oldilar”* (Tavba surasi 9:107).

* Arab yarim orolidagi bu yangi Islomiy mazhab, Madinada Islomga qarshi harakat edi. Shubhasiz, bu musulmonlar ham Allohga ishonishgan, ammo ular Muhammadning siyosiy talablariga bo'ysunmaganlar. Muhammad faqatgina Allohga sajda qilishni o'z hokimiyatiga so'zsiz bo'ysunib, musulmonlarni uning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majburligi bilan tan oldi.

10.02.9 -- Harbiy urishda ishtirok etishdan bosh tortgan uch kishi qanday jazolandi?

Muhammad Madinaga qaytib keldi. Ko'pgina ikkiyuzlamachilar orasida harbiy yurishdan voz kechgan, shubhalanuvchi va ikkiyuzlamachi bo'lmagan boshqa uch kishi bor edi, ammo ular yaxshi imonlilardan edilar. Ular Kaab ibn Malik, Murar ibn Rabia va Xilol ibn Umayya edilar. Muhammad o’z sahobalariga aytdi: “Bu uch kishi bilan gaplashmang!” Keyin yurishda ishtirok etishdan bosh tortgan ikkiyuzlamachilar kelib, kechirim so'rab, qasam ichishdi. Lekin Muhammad ulardan yuz o'girdi. Na Alloh, na uning payg'ambari ularni kechirmadi. Musulmonlarning hech biri bu uch kishi bilan gaplashmadi. Kaab ibn Malik shunday dedi: “Badrga borishdan tashqari, Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etdim. Ammo o'sha paytda, na Alloh, na uning elchisi yurishda ishtirok etmaganlarning hech birini haqorat qilmadi, chunki Muhammad qurayshit karvoniga faqat o'lja uchun hujum qildi va Alloh unga oldindan e'lon qilmasdan dushman bilan uchrashuvni berdi. Men, shuningdek, biz uning ittifoqchilari bo'layotgan balandliklarda Muhammad bilan birga bo'ldim va bu shartnoma men uchun Badrada ishtirok etishimdan ko'ra qimmatroq edi, garchi o'sha paytdan beri Badrdagi jang yanada mashhur bo'lgan bo’lsada.*

* Muhammad sahobalarining birini bu so'zlari juda muhimdir. Ular, birinchi yurishlarda arablarning payg'ambari faqat moddiy maqsadlarga erishganini ko'rsatmoqdalar. Uning zamondoshlari buni ochiq tan olishdi. Badr jangi hech qanday diniy maqsadga ega emas edi, faqat o’ljalar uchun qilingan.

Mana shuning uchun Tabuk yurishida ishtirok etmadim. O'sha paytda men har qachongidan ham kuchli va boyroq edim. Allohga qasamki, menda hech qachon ikkita tuya bolmagandi, faqat o'sha vaqtda bor edi. Yurishga tayorgarlik ko’rar ekan, Muhammad bu Tabukga yurishdan tashqari, odatda, boshqa maqsadni e'lon qilardi. Ushbu yurish juda katta masofada va kuchli dushmanga qarshi kuchli issiq paytida sodir bo'ldi. U yerda u odamlarga to'g'ri tayyorgarlik ko'rish uchun haqiqatni aytdi. Muhammadga nomlari yozilmagan ko'plab odamlar ergashdilar va qolganlar, odatda, Alloh ularga nisbatan biror narsa ochib berishi, ularning yo'qligini e'tiborga olinmasligiga umid qilishdi. Muhammad Tabukga yurish boshlaganida, hozillar pishgan vaqt edi. Odamlar o’zlariga soyali joylarni qidirar edilar. Muhammad va mo’minlar yurishga tayyorgarlik ko'rishdi va men ular bilan birga tayyorgarlik ko'rayotgan edim, lekin o'z fikrimni o'zgartirdim. Men hech narsa qilmadim va o'zim xohlaganimda buni qila olaman deb o'yladim. Bu odamlar buni jiddiy qabul qilmaguncha va Muhammad xalq bilan qarshi turmagunicha davom etdi. O'sha paytda men hali ketishga tayyorgarlik ko'rmagandim. Men bir yoki ikki kun ichida ular bilan birga boraman deb o'yladim. Ular ketishgach, nihoyat o'zimni qurollantirmoqchi bo'ldim, lekin yana o'z fikrimni o'zgartirdim. Bu, qo’shin juda uzoqqa ketguniga qadar shunday davom etdi. Men hali ham tayyorlanib, ularga etib olishni o’ylardim. Oh, agar shunday qilsam edi! Ammo men hech nima qilmadim. Muhammadning ketganidan keyin men tez-tez odamlarning orasida bo’lib, azob chekardim, chunki men nafaqat ikkiyuzlamachilikda gumon qilingan, zaif yoki Allohni kechirganlarni ko'rdim. Muhammad faqat Tabukga etib kelganidan keyin men haqimda esladi. U yerda odamlar orasida o'tirganida, u birdan so'radi: “Kaab ibn Malik nima qildi?” Banu Salimning odamlardan biri javob berdi: “Uni ipak kiyimlari va farovonligi ushlab qoldi”. Keyin Muaz e'tiroz bildirdi: “Sen buday gapirishdan uyalmaysanmi? Allohga qasamki, ey Xudoning rasuli, biz faqat u haqida yaxshi narsalarni bilamiz”. Muhammad biror so’z aytmadi.

Men Muhammad Tabukdan qaytib kelganini eshitganimda, men o’zimni achinarli ahvolimni tushunib etdim. Men uning g'azabidan qochish uchun yolg'onni o’ylab topdim va oilamning dono a'zolari bilan maslahatlashdim. Lekin Muhammadning kelishi e'lon qilinganida, men yolg'ondan voz kechdim, chunki faqat haqiqat meni qutqarishi mumkinligini angladim. Men unga hamma narsani tan olishga va haqiqatni aytishga qat'iy qaror qildim. Muhammad, safaridan qaytganidan keyin, birinchi navbatda, muqaddas joyda ikkita rakat ibodat qilish va keyin odamlarni oldiga borish odati bor edi. U buni bajarganida, yurishda ishtirok etmagan odamlar uni oldiga kelishdi. Taxminan sakson kishi ungan kechirim so'rashdi. Muhammad ularning kechirimini va qasamlarini qabul qilib, Allohga rahm-shafqat uchun ibodat qildi va Alloh ularning maxfiy fikrlari ustidan hakam bo'lishiga ruxsat berdi.

Men unga yaqinlashib salom berganimda, u g'azablangan odamning tabassumi bilan tabassum qildi va meni o'zini oldiga chaqirdi. Men uning oldida o'tirdim va u so'radi: “Seni yurishdan nima ushab qoldi? Axir tuyalar sotib olmadingmi?” Men javob beib dedim: “Allohga qasamki, agar men boshqa birov bilan o'tirganimda, o’zimni oqlash uchun bahona topishga harakat qilardim. Ammo, Allohga qasamki, agar men yolg'on gapirsam va seni tinchlantirsam, ertaga Alloh yana seni menga nisbatan g'azablantirishi mumkin. Agar men senga haqiqatni aytsam, sen mendan g’azablanasan, lekin umid qilamanki, hech bo'lmaganda Alloh meni mukofotlaydi. Yo'q, Allohga qasamki, bahonam yo'q. Men hech qachon kuchli va o’zimga to’q bo'lmaganman”. Shunda Muhammad unga dedi: “Xo'sh, sen haqiqatni aytding. Endi tur va Alloh seni hukm qilsin”. Men o'rnimdan turdim, Banu Salimdan bo’lgan odamlar menga ergashdilar va menga aytdilar: “Allohga qasamki, seni ortingda hech qanaqa gunohni bilmasdik. Sen yurishda ishtirok etishdan bosh tortgan boshqa odamlar kabi o'zingiz uchun bahona o’ylab topmay, zaif harakat qilding. Muhammad sen uchun ibodat qilar edi va sendan aybni olib tashlar edi!” Odamlar, hatto men Muhammadga qaytib borib va hamma narsalarni boshqacha aytishimni xohlaganimga qadar, meni kichli ishontirishdi. Keyin men so’radim: “Men kabi bir xil holatda bo’lgan yana kimdir bormi?” Ular javob berishdi: “Murod ibn ar-Rabia va Xilol ibn Umayya al-Vaqif sen kabi gapirishgan va Muhammad ular bilan xuddi shunday yo'l tutgan”. Ular men namuna oladigan bu ikki dindor odamlarning ismlarini aytib berishganida, men sukut saqladim. Keyin Muhammad hammani biz bilan gaplashishni taqiqlagani, bu esa yurishda ishtirok etmaganlarning barchasidan faqatgina bizga tegishli bo’ldi. Odamlar bizni cheklashdi, bizga yomon munosabatda bo'lishdi, shuning uchun men o'zimdan o’zim begonalashishni boshladim. Butun yer yuzi menga notanish tuyuldi. Shunday qilib, ellik kecha davom etdi. Mening ikki do'stim kamsitilgan holda uyda o’tirar edi. Men ulardan yoshroq va kuchliroq edim, umumiy ibodatga bordim, bozorlar bo'ylab yurdim, garchi hech kim men bilan gaplashmagan bo'lsa-da.

Namozdan keyin u odamlar bilan birga bo'lganida, men Muhammadning oldiga kelardim. Men unga salomlashdim va savol berdim: “U mening salomimga javoban lablarini qimirlatdi, yoki yo'q?” Keyin men uning yoniga ibodat qildim va yashirincha u tamonga qaradim. Men ibodat qilayotganimda u menga qaraotganini va men unga qaraganimda, u darhol yuzini burganini payqab qoldim. Musulmonlarning bunday chidab bo'lmas munosabati meni kuchaytirdi va keyin men sevgan amakivachcham Abu Katadaning devoridan o'tib, unga salom berdim. Allohga qasamki, lekin u meni salomimga javob bermadi. Shunda men dedim: “Ey Abu Katada! Alloh uchun sendan yolvoraman, axir sen Allohni va Uning rasulini yaxshi ko'rishimni bilmaysanmi?” U jim qoldi. Men unga uch marta yolvordim. Nihoyat, u shunday dedi: “Alloh va Uning rasuli yaxshiroq biladi”. Keyin ko'zimdan, ko’z yoshlarim to'kildi. Men yana devor ustida sakrab tushdim va bozorga ketdim.

Men u yergan otib ketayotganimda, Madinada mahsulot sotadigan Suriyadan bir nabatest men haqimda surishtirdi. U so'radi: “Kim menga Kaab ibn Malikni ko’rsatadi?” Odamlar menga ishora qildilar va u menga yaqinlashdi. U menga Gassan* qabilasining hukmdorining ipak matoga o'ralgan xatini berdi. Maktubda quyidagilar yozilgan: “Sening xo'jayining sendan yuz o'girganligi haqidagi mish-mish bizgacha keldi. Lekin Alloh seni ho’rlanishinga va halok bo’ishinga tashlab qo’ymaydi. Bizni oldimizga kel. Biz sen bilanmiz”.

* Gassaniylar, Arab yarim orolining shimoli-g'arbiy qismidagi arabcha masihiylashgan hududlarining birida hukmronlik qildilar. Ular mustahkamlangan islomning xavf-xatarini tushunib etishdi va Muhammadni jazolagan musulmonlarni o’z tamonlariga qo’shilishi uchun harakat qilishdi.

Ushbu maktubni o'qib chiqib, o'yladim: “Mana, yangi baxtsizlik. Ish shunchagacha boribdiki, imonsizlar meni o’z tamonlariga qoshilishimni xohlashibdi”. Men ketdim va xatni o'choqqa tashladim. Shunday qilib, yana qirq-ellik kun o'tdi. Keyin Muhammaddan elchi menga kelib, dedi: “Allohning rasuli xotiningdan uzoqlashishingni buyurdi”. Men undan so’radim: “Men u bilan ajrashishim kerakmi?” U javob berdi: “Yo’q, faqat undan uzoqlash va unga teginma!” Xuddi shu buyruq mening ikki do'stimga ham berildi. Men xotinimga aytdim: “Sen, o’z oilangni oldiga bor, Alloh bu masalada o'z irodasini ko'rsatguniga qadar ularnikida bo’l!” Hilol ibn Umayyning xotini Muhammadga borib, unga aytdi: “Ey Allohning rasuli! Hilol qari va yolg'iz inson, uning xizmatkori yo'q. Maylimi men unga xizmat qilsam?” Muhammad javob berib dedi: “Yaxshi, lekin unga yaqinlashma!” U dedi: “Ey Allohning rasuli! Bari-bir u menga hech qanday qiziqish bildirmaydi. Men Allohga qasam ichamanki, bu u bilan yuz berganidan beri yig'lashni to'xtatmaydi va men uning ko'zidan qo'rqaman”. Keyin qarindoshlarimdan biri menga aytdi: “Muhammad, Xilolni xotini eriga xizmat qilishiga ruxsat bergan bo'lsa, nima uchun sen ham Muhammaddan xotining haqida so'ramaysan?” Men javob berdim: “Men bu haqda so'ramayman, chunki men yoshman va u menga nima javob berishini bilaman”. Yana o'n kun o'tdi. Muhammad hamma biz bilan gaplashishni man qilganiga ellik kun bo’ldi.

Elliginchi kuni tongda bomdod namozini uylarimizdan birining terasida o'qidim, u yerda Alloh biz haqimizda aytgan edi: “Yana o‘sha uch kishining (tavbalarini ham qabul qildiki), to ularga keng yer torlik kilib qolguncha va dillari siqilib…” (Tavba surasi 9:118 va yana 25 oyatda qarang). Men Salaa tepaligidagi o'zim qurgan kulbada bo'lganimda, baland ovozni eshitdim: “Yaxshi xabarni qabul qil, Kaab ibn Malik!” Men kechirim olganimni tushunib, ibodatga tiz cho’kdim. Muhammad ertalabki ibodatni qilib bo’lganda, u odamlarga Alloh bizni kechirganligi haqida e'lon qildi. Bu haqida bizga xabar berish uchun odamlar chiqdilar. Ba'zilar mening ikki do'stimni oldiga ketdilar. Bir kishi meni oldimga ot choptirib ketdi, lekin Aslamning naslidan bir xabarchi tog'ga etib bordi va uning ovozi otdan tezroq menga etib keldi.

Men ovozini eshitgan o’sha odam meni oldimga etib va menga bu xushxabarni olib kelganida, men o’zimni ikkita tashqi kiyimimni echib, elchiga mukofot sifatida berdim, hatto Allohga qasamki, boshqa kiyimim yo'q edi va qarz olishimga to’g’ri keldi. Shundan keyin men Muhammadni oldiga jo’nadim. Odamlar meni oldimga kelib, Allohning inoyatini e'lon qilishdi va aytishdi: “Allohning kechirimi senga omad keltirsin!” Nihoyat, men Muhammad odamlar bilan birga o’tirgan masjidga kirdim. Talx ibn Ubaydullah menga yaqinlashib, salom berdi va meni tabrikladi. Bundan tashqari, ko'chmanchilarning hech biri menga yaqinlashmadilar. Muhammadga salom berganimda, u menga xursandchilikdan porlab dedi: “Tug'ilgan kuningdan beri hayotingdagi eng yaxshi kundan xursand bo'l!” Men dedim: “Bu sendami yoki Allohdanmi?” “Allohdan!” – deb javob berdi. (Har safar u yaxshi xabar e'lon qilganida, uning yuzi oy kabi porlardi. Biz ko'pincha uni bu xususiyatni sezar edik). Men uning oldiga o'tirdim va aytdim: “Ey Allohning rasuli, men barcha mol-mulkimni Allohga va uning rasuliga bag'ishlamoqchiman!” Muhammad javob berdi: “Mulkning bir qismini o'zingizda qoldir – bu sen uchun yaxshiroq bo'ladi!” Men dedim: “Unda men Xaybardan olgan o’z ulushimni qoldiraman”. So’ng men dedim: “Alloh mening samimiyligim uchun meni qutqardi. Men tavba qilishim bilan, xozirdan to hayotimni oxirigacha faqat haqiqatni gapiraman”. Allohga qasamki, men bu haqda Muhammadga aytganimdan beri, men Alloh mendan ko'ra ko'proq haqiqatda sinagan boshqa bir odamni uchratmadim. Allohga qasamki, men shu kungacha yolg'on gapirmadim va umid qilamanki, Alloh meni hayotimning oxirigacha bu narsadan qutqaradi”.*

* Islomda haqiqatni gapirish umumiy qoida emas, balki istisno. Ruh ularda bo'lishini va'da qilgan Isoning izdoshlari farqli o'laroq, "Haqiqat ruhi" Qur'onda yoki musulmonlarda yashamaydi (Yuhanno 14:16-17; 15:26 va 16:13).

Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: “117. Haqiqatan Alloh payg‘ambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhning dillari (g‘azotdagi mashaqqat va tashnalik sababli) toyilayozganidan keyin og‘ir soatda unga (ya’ni, payg‘ambarga) ergashgan edilar. So‘ng ularning tavbalarini (Alloh) qabul qildi. Albatta, U zot mo‘minlarga marhamatli, mehribondir. 118. Yana o‘sha uch kishining …” va shu so’zgacha “…rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz!” (Tavba surasi 9:117-119). Kaab o'z hikoyasini davom ettirdi: “Alloh meni Islomga olib kelganidan beri, Uning eng katta rahm-shafqati o'sha kuni Muhammadga haqiqatni aytishimga imkon berdi”. Agar yolg'on gapiradiganimda, uni aldagan va Alloh vahiyda eng yomon va hamma narsani aytgan odamlar kabi o'lgan bo’lar edim: “95. Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz o‘girishlaringiz Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz o‘giringlar! Chunki ular nopokdirlar va qilib o‘tgan narsalarini jazosiga joylari jahannamdir. 96. Ulardan rozi bo‘lishlaringiz uchun sizlarga qasam ichadilar. Agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Alloh bu itoatsiz qavmdan hech rozi bo‘lmaydi” (Tavba surasi 9:95-96). Keyin Kaab aytdi: “Muhammaddan kechirim so'ragan, uni qasamini qabul qilib va Allohdan ular uchun kechirim so'ragan kishilardan biz uchalamiz ajiralib qoldik. U bizning ishimizni Allohning o'zi hukm qilgunga qadar qoldirdi. Allohning so’zi “Yana o‘sha uch kishining” (Tavba surasi 9:118) shu ish bilan bog'liq va biz harbiy kampaniya paytida uyda qolishimiz emas, lekin biz Muhammad kechirim bergan boshqalardan farqli o'laroq, Allohning hukmiga qoldirilgan edik”.*

* Muhammadning jamoadagi ta'lim uslublari uning sodiq izdoshlariga chuqur taassurot qoldirdi. Biroq, bunday ta'limning maqsadi imon va sevgida o'sish emas, balki muqaddas urushda ishtirok etish masalasi edi. Islom ta'limining maqsadi nafaqat adolatli yashash yoki boshqa imonlilarga xizmat qilish emas, balki o'limgacha kurashishga tayyorlik edi.

10.02.10 -- Sakifitlarning murojaati* (630 yil dekabr)

Ko’chishdan keyin to’qqizinchi yilning ramazon (9 oy) oyida Muhammad Tabukdan Madinaga qaytib keldi. Xuddi shu oyda sakifitlar vakkillari uni oldiga keldi. Muhammad ularsiz ketgach, sakifit Urva ibn Masud unga ergashib ketdi. U Madinagacha unga yetib bordi va islomni tan oldi. Keyin u Muhammaddan o'z xalqiga qaytib borib, islom haqida va'z qilish uchun ruxsat so'radi. Muhammad unga dedi: “Ular seni o’ldiradi!” Muhammad ular islomni qat'iyan rad etishlarini bilar edi. Lekin Urva boshqacha fikrda edi: “Ey Allohning rasuli! – dedi u, – Men ularning to'ng'ich o'g'illaridan ko'ra qimmatroqman!” Haqiqatdan, odamlar uni sevib, unga quloq solishardi. Shunday qilib, Urva xalqini Islomga da'vat qilish uchun o'z xalqiga qaytib keldi va uning sharafli mavqei tufayli unga qarshi chiqmasliglariga umid qildi.

* Sakifitlar Makkadan taxminan 100 km sharqda, Madinadan 340 km janubda yashashgan. Ularning markazi Toifda joylashgan bo'lib, u 630 yil fevral oyida Muhammadni qo'lga olish uchun muvaffaqiyatsiz harakat qildi.

U kulbaning tepasiga chiqib, ularga o’z imonini ochib, ularni islomga da'vat qila boshlaganida, ular unga har tomondan o'q ota boshlashdi. Bir o'q uni o'limga mahkum etdi. Undan so’rashdi: “Nima uchun o'layapsan?” U javob berdi: “Men buni Allohning inoyati va U menga bergan shahidlik deb hisoblayman. Men, u sizlarni tark etmasdan oldin Muhammadning yonida o'ldirilganlar kabi o'zimni huddi imon uchun shahid deb hisoblayman. Meni ular bilan birga dafn qilinglar!” Shunday sodir bo'ldi. Muhammad, Urva haqida o'z xalqida, o’z Yosinni kabi bo'lganini aytdi.*

* Urva o'limi tufayli musulmonlar qasos olishlari uchun qon to'kishdi. O'sha paytdan beri sakifitlar qonunsiz deb e'lon qilindi va sayohat paytida ularning hayoti doimiy xavf ostida edi.

Sakifitlar Urva o'ldirilgandan keyin bir necha oy davomida o'jarlik bilan kurashdilar. Ular bir-birlari bilan uchrashib, Muhammadga berilib, Islomni qabul qilgan barcha arablar bilan jang qilish kuchiga ega emasligini tushunishdi. Ulardan biri boshqasiga aytib berdi: “Bizlardan hech birimiz endi xavfsiz emasligimizni ko'rmaysanmi? Shaharni tark etgan hech kim, kaltaklashdan qochib qutula olmaydi. Uzoq kelishuvdan so'ng, ular Urva yuborilganidek, Muhammadga bir elchi yuborishga qaror qilishdi. Urva bilan tengdosh bo'lgan Abd Yalilga murojaat qilib, unga elchi bo'lishni taklif qilishdi. Ammo Abd Yalil, Urva bilan bir xil yo'l tutishlaridan qo'rqib, rad etdi. U dedi: “Men bilan birga odamlardan yubormasangiz, men buni qilmayman”. Oxir-oqibat ular u bilan birga uchta sakifit va ikta ittifoqchilarni jo'natishga qaror qilishdi. Vakillar guruhining boshlig'i Abd Yalil, ular bilan birga yo'lga chiqdi. U Urva bilan bir xil bo'lmasligi uchun himoyalanib o’zi bilan boshqalarni ham olib ketdi. U qaytib kelgach, ularning har biri o'z qabilasining odamlarini ishontirishiga umid qildi. Ular Madina yaqinida, Kanat qishlog'i yaqinida to'xtaganlarida, Mugir ibn Shuab bilan uchrashishdi. Muhammad sahobalarining tuyalarini boqish uchun uni navbati edi, chunki odatdagidek, sahobalar bu xizmatni o'z navbatida olib bordilar. Sakifitlarni ko'rgach, u tuyalarni qoldirdi va Muhammadga ularning kelishgani haqida xabar berishga shoshildi. Muhammadga kirishdan oldin u Abu Bakr bilan uchrashdi va unga sakifiylarning kelgani haqida va ular Muhammadga qasamyod qilishni va u ular bilan o'z xalqi, yerlari va mol-mulki xavfsizligi to'g'risida yozma shartnoma tuzishi sharti bilan Islomni qabul qilishni istashishlari haqida xabar berdi. Abu Bakr, Mugirga murojaat qildi: “Seni Alloh bilan quoibad qilaman! Mendan oldin Muhammadni oldiga borma, lekin bu haqda unga men aytib beraman”. Mugir rozi bo'ldi va Abu Bakr Muhammadga sakifiylarning kelishgani haqida xabar berdi. Keyin Mugir vakillarni o'z do'stlariga olib bordi, ular bilan birga tuyalarni dam oldirish uchun joylashitirdi va ularga Muhammad bilan qanday salomlashishni o'rgatdi. Biroq, ular o'jarlik bilan o’z butparast salomlashishlari bilan salomlashishdi.

Muhammadni oldiga kelgach, u o’z masjidini yonida chodir tikishlariga ruxsat berdi. Xolid ibn Said sakifiylar va Muhammad o'rtasida vositachilik qilgan va oxir-oqibat Xolidning qo'li bilan yozilgan shartnoma tuzildi. Sakifitlar Muhammad ularga yuborgan taomlarini yemaydilar. Ular faqat Xolid taomni iste'mol qilgandan keyingina va faqat islomga e'tiqod qilganlaridan keyin eb-ichdilar.

Ular Muhammadgan o'z butlari al-Latni ushlab qolish yana uch yil uchun ruxsat berishini so'rashdi. U ularni rad etgach, unga ikki yil, keyin bir yil, keyin esa bir oy so'radilar. Biroq Muhammad ularga imtiyoz berishni istamadi. Vakillar, o'zlarini, o'z xotinlaridan va farzandlaridan, o'z xalqining ahmoqlaridan o'zlarini himoya qilish uchun bu haqida so'rashganiligini ta'kidlashdi. Odamlar to islomni qabul qilmagunicha, o'z xalqini butni yo'q qilish bilan qo'rqitmoqchi emas edilar. Shunga qaramay, Muhammad ularga qattiq rad etdi. Al-latning vayron qilinishi Abu So'fiyon va Mugir ibn Shuabga topshirildi. O'z butlarini saqlab qolish talabi bilan bir qatorda, ular Muhammaddan ularni ibodat qilishdan ozod qilishlarini va o'z qo'llari bilan butlarni yo'q qilishga majbur qilmasliklarini so'rashdi. Muhammad bu narsa uchun ularga javob berdi: “Sizning qo'llaringiz bilan butni yo'q qilishga kelsak, biz sizni bundan ozod qilamiz. Ammo biz sizni ibodatdan xalos qilmaymiz, chunki hech qanday ibodat qilmaydigan dinda yaxshilik yo'q”. Oxir-oqibat ular Muhammadga: “Biz hamma narsaga rozi bo'lamiz, hatto bu biz uchun kamsitish bo’lsa ham”. Qachon ular murojaat qilganida va ular bilan shartnoma tuzilganida, Muhammad ularga Osmon ibn Abu al-Asani bosh qilib tayinladi. Vakillarni eng yoshlardan biri bo'lgan bo'lsa-da, u astoydil islomni hammasini va Qur'onni o'rganib chiqdi.

10.02.11 -- Taifdagi butni yo'q qilinishi

Sakifitlar uyga qaytgach, Muhammad ular bilan birga Abu So'fiyon va Mugirni jo'natdi. Ular butni buzib tashlashlari kerak edi. Ular Taifga etib borganlarida, Mugir, Abu So'fiyonni, butni buzishni boshlash uchun uni oldinda jo'natishni xohladi. Lekin u aytdi: “Avval xalqingni oldiga sen bor”. U, Zu al-Hadmeda o’z mol-mulki bilan birga qoldi. Mugir shaharga kirganida, u butga hujum qildi va uni bolta bilan buzib tashladi. Uning qarindoshi Banu Muattib, Urva kabi uni ham o'q bilan o'qqa tutilishidan qo'rqib, uning himoyasida turdi. Sakifit ayollar yig'ladi va qichqirdi:

Ko'z yoshlar daryo bo’lib oqsin!
Boyaguzlar al-latga xiyonat qildilar.
Ular u uchun turib bera olmadilar.

Mug'ir butlarni bolta bilan urganda, Abu So'fiyon baqirdi: “Seni holigga voy! Sen bunga loyiqsan!” Mugir butlarni buzib tashlagach, Abu So'fiyonga ularni xazinalar va bezaklarni berdi. Bezaklar turli qismlardan iborat edi: oltin va qimmatbaho toshlardan. Muhammadga vakillar yuborilishidan oldin, Urvaning o'ldirilishidan ko'p o'tmay, Abu Mulayh ibn Urva va Karib ibn al-Asvad Muhammadni oldiga keldi va "Sakifit" bilan shartnomani uzib, ular bilan hech qanday aloqaga ega bo'lishni istamadi. Keyin ular Islomni qabul qilishdi. Muhammad ularga dedi: “O'zingiz xohlagan xo’jayinni olinglar!” Ular javob berdilar: “Biz o'zimizga Alloh va uning rasulini xo’jayin qilib olamiz”. Muhammad qo’shimcha qilib bo’ydi: “va Abu So'fiyon, onangiz tamonidan amakingiz”. Ular javob berishdi: “va Abu So'fiyon, onanamiz tamonidan amakimiz”.

Sakifitlarni murojaatlaridan so’ng, Muhammad Abu So'fiyon va Mugirni Toifga, butlarni yo'q qilish uchun yuborganida, Abu Mulayha Muhammaddan otasining qarzini butning xazinasidan to'lashni so'radi. Muhammad rozi bo’ldi. Keyin Karib shunday dedi: “Bunday holda, otam Asvadning qarzini to'la!” (Al-Asvad, Urvaning ona tamonidan ham, ota tamonidan ham akasi bo’ladi). Muhammad unga javob berdi: “Al-Asvad butparast bo’lib o’lgan!” Karib javob berdi: “Lekin bu mening qarindoshim bo'lgan musulmonga taalluqlidir. Qarz menga taluqli va uning to'lovi mendan talab qilinadi”. Keyin Muhammad Abu So'fiyonga ikkalasining ham qarzlarini butning xazinasidan to'lashga buyruq berdi. Mugir bu xazinani to'playotganda, u Abu So'fiyonga Muhammadning buyrug'i haqida eslatdi, keyin Abu So'fiyon qarzni to'ladi.

Sakifitlar bilan tuzilgan shartnomada Muhammad yozgan: “Mehribon va Rahimdil Alloh nomi bilan! Allohning rasuli, payg’ambar Muhammaddan mo’minlarga: “Vaj chakalakzorlari va ularda ov qilish huquqi buzilmaydi. Biroq, kimdir bunga zid ish tutsa, uni yechintiriladi va qamchi bilan kaltaklanadi. Bunday noto'g'ri xatti-harakatni kimdir takrorlasa, u qo'lga olinib va payg'ambar Muhammadga olib borilishi kerak. Keyin bu ish Muhammad payg'ambar va Allohning rasuliga tegishli bo'ladi. Xolid ibn Said buni Muhammad ibn Abdallahning buyrug'i bilan yozdi. Hech kim unga Allohning payg'ambari, Muhammad amr etgan narsalarni buzmasin. Aks holda, u o'z joniga zarar etkazadi”.

10.02.12 -- To’rt muqaddas oylar (631 yil yanvar-aprel)

Ramazon (9 chi oy) oyning qolgan kunlari va Shavvol (10 chi oy) oyi va Zulqa’da (11 chi oy) oyida Muhammad Madinada qoldi. Keyin u Abu Bakrni ziyoratchilarning boshi qilib qo'ydi. U o'sha yili, ko'chib o'tishning to'qqizinchi yilida mo’minlar bilan birga ziyorat qilishni xohladi. Ammo imonsizlar ham o’zlarining turli qarargohlarga haj ziyoratini qilishdi. Abu Bakr ketgach, al-Bara surasi yuborildi (bu to’qqizinchi sura bo’lib, at-Tauba yoki Tavba deb ataladi) va Muhammad va imonsizlar o'rtasida shartnoma bekor qilindi, ziyoratchilarning hech biriga masjidga kirish taqiqlanmaganligi va muqaddas oy davomida hech kim qo'rqmasligi kerak edi. Ushbu shartnoma Muhammad va mushriklar o'rtasidagi umumiy kelishuv edi.* Bundan tashqari, Muhammad va alohida qabilalar o'rtasida maxsus shartnomalar mavjud bo'lib, ular ma'lum bir vaqt uchun tuzilgan, masalan, Tabuk uchun harbiy yurishda ishtirok etmagan ikkiyuzlamachilar bilan tuzilgan bitim.

* Madinadagi dastlabki yillarda Muhammad Islomga kirmagan ikkiyuzlamachi kofirlar va badaviylarning kuchli qabilalariga toqat qildi. U etarlicha kuchga ega bo'lgach, u sabrsiz diktator bo'lib, o'ziga mutlaqo bo'ysuntirishni talab qildi.

Ularning so'zlari haqida vahiy paydo bo'ldi, unda Alloh o'zlari bo'lmaganlarni taqlid qilgan odamlarning yashirin fikrlarini ochib bergan. Ulardan ba'zilarining nomlari bilan aytilgan. U yerda quyidagilar aytiladi: “1 Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan sizlar ahd-paymon qilgan mushrik kimsalarga ora ochiqlik. 2 To‘rt oy ichida yerda sayru sayohat qilib yuraveringlar va bilinglarki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassizlar — albatta Alloh kofirlarni rasvo qilguvchidir” (Tavba 9:1-2).*

* Bu oyat kofirlar bilan mavjud shartnomalarni bekor qilish uchun Qur'onda mavjud bo'lgan eng muhim asosdir.
Iso, O'z va'dalari va ogohlantirishlaridan hech birini o'zgartirmadi va U O'z ahdi yoki hukmi haqidagi so'zlarini bekor qilmadi. U hech qachon odamlarni, oilalarni yoki qabilalarni qilich kuchi bilan O’ziga bo'ysundirishga harakat qilmagan va ularni ergashishiga majbur qilmagan. U O'z So'zlari bilan izdoshlarini zabt etdi. Xudoning O'g'lining bu so'zi Yangi Ahdning abadiy poydevoridir. Iso dedi: “Yeru osmon yo’q bo’lib ketadi, ammo mening so’zlarim kuchda qoladi” (Matto 24:35). Iso haqiqatning tirik timsolidir (Yuhanno 14:6).

Bundan tashqari, Alloh va uning rasuli buyuk haj kuni xalqqa, Alloh va uning payg'ambari endi ko'pxudoliklar oldida hech qanday majburiyatga ega emasligini e'lon qildi: “3. Va Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan odamlarga katta haj kunida Alloh va uning payg‘ambari mushriklardan bezor ekanligini bildirishdir. Bas, agar tavba qilsangizlar, bu o‘zingiz uchun yaxshiroqdir. Agar yuz o‘girsangizlar, u holda bilingizki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassiz. Kofir bo‘lgan kimsalarga alamli azob «xushxabar»ini yetkazing! 4. Magar, sizlar ahd-paymon qilgan mushrik kimsalar keyin biron narsani buzmasalar va sizlarning ziyoningizga birov bilan hamkorlik qilmasalar, u holda ularning ahdlarini belgilangan muddatgacha to‘la-to‘kis yetkazinglar! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar. 5. Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda o‘ldiringiz, olingiz, qamal qilingiz va barcha yo‘llarda ularni kuzatib turingiz!* Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yo‘llarini to‘smangiz! Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir. 6. Agar mushriklardan birontasi sizdan himoya so‘rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So‘ng uni o‘zi uchun tinch bo‘lgan joyga yetkazib qo‘ying. Bu (hukm) ularning bilmaydigan qavm bo‘lganlari uchundir” (Tavba surasi 9:3-6).

* Musulmonlar ko'pxudoliklarni, Muhammadning dushmanlarini va islomdan voz kechganlarni o'ldirish, Allohning buyrug'I deb hisoblashadi. Kim bu amrni bajarmasa, u Allohning amrlariga bo'ysunmaslikda aybdordir va o'zi jazolanishi kerak.
Aksincha, Iso bizga dushmanlarini sevishga o'rgatdi. Uning so'zini kim bajarmasa, u o'zini Xudoning sevgisidan ajratadi.

“7. Alloh nazdida va uning payg‘ambari nazdida mushriklar uchun qanday ahd-paymon bo‘lsin?! Magar sizlar Masjid-al-Harom oldida ahdlashgan kimsalar borki, ular modomiki ahdlarida barqaror turar ekanlar, sizlar ham ahdlaringizda turingiz! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar. 8. Qanday bo‘lsin? Holbuki, ular agar ustingizda g‘olib bo‘lsalar, sizlarning xususingizda na ahdga va na burchga boqadilar. Og‘izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, ko‘ngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning ko‘plari itoatsizdir. 9. Ular Allohning oyatlarini ozgina qiymatga almashtirib, Uning yo‘lidan (ya’ni dinidan) to‘sdilar. Darhaqiqat, ular eng yomon ishni qilguvchi bo‘ldilar. 10. Ular biron mo‘min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir. 11. Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado etishib, zakotni ato qilsalar, u holda diniy birodaringizdirlar. Biz oyatlarimizni biladigan qavm uchun mufassal bayon qilurmiz!” (Tavba 9:7-11).

Abu Bakrni ziyratchilarning boshi qilib qo’yganida so’ng, Muhammadga al-Baraa surasi yuborildi. Muhammaddan so’rashdi: “Ey Allohning rasuli, bu vahiyni Abu Bakrga yubormaysanmi?” U javob berdi: “Bu faqat mening oilamni tanishtiruvchi odam tomonidan amalga oshirilishi mumkin!” Keyin u Alini chaqirdi va unga dedi: “Qurbonlik kunida odamlar Minada (Madina yaqinida) uchrashganlarida, Bu vahiyni al-Baraa* surasining boshida qanday turgan bo'lsa, shu ko'rinishda olib bor, ularga hech qanday imonsizlar jannatga kirmasligini va bu yildan keyin hech qanday butparastlar ziyorat qilishga ruxsat berilmasligini va ularning hech biri Ka'bani chetlab o'tolmasligini xabar qiling”. Bundan tashqari, Muhammad bilan tuzilgan barcha shartnomalar faqat ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi”.

* "Al-Baraa" – at-Tauba (Tavba) surasi nomi bilan mashhur bo’lgan 9-suraning yana bir nomi.

So’ngra Ali Muhammadning Azb (shirin) tuyasida jo’nadi va yo’lda Abu Bakrga etib oldi. Uni ko'rib, Abu Bakr so'radi: “Sen xo'jayining bilan keldingmi yoki maxsus topshiriq bilan keldingmi?” Ali javob berdi: “Maxsus topshiriq bilan”. Ular birgalikda yo'lni davom ettirdilar: Abu Bakr ziyoratchilarga boshchilik qildi, boshqa badaviylar ham o’sha yuli butparastlik davrida bo'lganidek, yana haj qildilar. Qurbonlik kuni Ali o'rnidan turdi va odamlarga Muhammaddan olgan o'z topshirig'ini e'lon qildi: “Ey odamlar! Jannatga hech qanday nohaq narsa kirmaydi. Bu yildan keyin butparastlarga endi Makkaga haj qilishlariga yo'l qo'yilmaydi. Hech kim Ka'ba atrofida yalang'och holda harakat qilmaydi. Muhammad bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagunga qadar kuchda qoladi”. Keyin u butparastlarga to'rt oy muddat berib, ularning har biri o'z mamlakatida xavfsiz joylarga qaytishi mumkin edi. Faqatgina muayyan vaqt mobaynida Muhammad bilan tuzilgan himoya to'g'risidagi shartnomalar yoki bitimlar kuchda qolishdi. Ushbu so'zlardan keyin Ali va Abu Bakr Muhammadni oldiga qaytib kelishdi.*

* Shartnomalarni bekor qilish, Arabiston yarim orolidagi barcha musulmon bo'lmagan fuqarolar va hukmdorlarga qarshi urush e'lon qilinishiga teng edi. Muhammad nafaqat yangi dinni olib kelishni, balki diniy davlatini mustahkamlash va kengaytirishni xohladi va kerak bo'lganda kuchni ishlatishga tayyor edi.
Iso va uning havoriylari hech qachon bunday harakatlar qilmagan. Iso aslida Pilatning oldida O’zini "shoh" deb tan oldi, lekin Uning Shohligi bu dunyodan emasligini aniq aytdi. U soliq talab qilmadi, qo'lga qurol olishga chaqirmadi, balki Muqaddas Ruhda kamtarlik, muloyimlik, poklik va muhabbatni o'rgatdi.

Bu umumiy shartnomalar tuzilgan butparastlar bilan va muayyan muddatga maxsus shartnomalar tuzgan kishilar bilan munosabatlarning uzilishi edi. Keyinchalik, Alloh o'z rasuliga, ular bilan maxsus shartnoma tuzgan butparastlar bilan jang qilishni buyurdi va bu kelishuv u tamonidan buzildi. U bilan shartnoma tuzmagan har bir kishi to'rt oy ichida himoyasiz qoldi. Agar kimdir zo'ravonlik qilsa, unda bunday odamni o'ldirilish kerak edi. Shunday deyilgan: “13. Qasamlarini buzgan va payg‘ambarni chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda o‘zlari avval-boshda sizlarga qarshi boshlagan kimsalar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qo‘rqasizlarmi?! Agar mo‘min bo‘lsangizlar, qo‘rqishingizga loyiqroq zot Alloh-ku, axir?!14-15. Ular bilan jang qilinglar, Alloh ularni sizlarning qo‘lingiz bilan azoblaydi, rasvo qiladi va sizlarni ularning ustiga g‘olib qiladi hamda mo‘min qavm dillarini qondirib, ko‘ngillaridagi g‘am-anduhni ketkazadi. Alloh O’zi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir. 16. Balki sizlarning orangizda kurashgan va Allohdan, Uning payg‘ambaridan va mo‘minlardan o‘zga biron kimsani do‘st tutmagan zotlarni, Alloh bilmasdan qo‘yib qo‘yishini o‘ylagandirsizlar?! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir”.* (Tavba surasi 9:13-16).

* Musulmonlarning qalblari ko'pincha qasos va nafrat bilan boshqariladi. Ular, biz ega bo’lgan Xushxabardagi dushmanlari bilan mutlaqo yarashish, kechirim va sevgi haqidagi amrlarga ega emas edilar.

“28. Ey mo‘minlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas, bu yildan so‘ng Masjid-al-Haromga yaqin kelmasinlar! Agar sizlar kambag‘allikdan qo‘rqsangizlar, yaqinda xohlasa, O’z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak. Albatta, Alloh bilim va hikmat sohibidir. 29. Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning payg‘ambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq diniga e’tiqod qilmaydigan axli kitoblardan iborat bo‘lgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan hollarida o‘z qo‘llari bilan soliqni to‘lamagunlaricha, jang qilingiz!” (Tavba surasi 9:28-29).

("Tavba" deb nomlangan suradagi ushbu muhim oyatda, Muhammad barcha musulmonlarni yahudiylar va masihiylarga qarshi qonli urushlarda ishtirok etishlariga buyruq beradi, hatto ularning e'tiqodlarini o'zgartirish uchun emas, balki ularni sotib olish uchun to'lov solig'ini to'lashga majbur qilish, shu bilan musulmonlarning diniy urushlarini moliyalashtirishga yordam edi).*

* Bu vahiy barcha yahudiylar va masihiylarga qarshi urush e'lon qilish bo’ldi. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan animistlar shafqatsiz o'ldirilishi, yahudiylar va masihiylarni bo’lsa, bo’ysinidirish kerak edi. Ular ikkinchi darajali fuqaro bo’lib, o’zlarida kamsitilishni boshdan kechirishlari kerak edi, chunki ular Muqaddas Yozuvlarga ega bo'lib, Islomni qabul qilishdan bosh tortdilar.
Lekin Iso dedi: “Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar…Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o’rgatinglar”. Isoning buyuk topshirig'i, zo'ravonlikga chaqirishni o'z ichiga olmaydi, U faqat xushxabarni voizlik qilish, suvga cho'mish va Uning huzurida odamlarni o'rgatish uchun topshiriqlarga ega, zero U ularni orasida bo’ladi (Matto 28:19-20).

“34. Ey mo‘minlar, o‘sha donishmandlar, rohiblardan ko‘pchiligi odamlarning mollarini nohaq bilan yeydilar va Allohning yo‘lidan to‘sadilar. Oltin-kumushni bosib*, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabarini» yetkazing!” (Tavba surasi 9:34).

  • Muhammad pravoslav va katolik jamoatlari va monastirlarning boyliklari haqida bilar edi. U urushlarini moliyaviy qo’llash uchun bu boyliklarni egallab olishdan xursand bo'lardi.

“Albatta, Allohning nazdida, oylarning sanog‘i Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunida belgilab qo‘yganidek, o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rti urush harom qilingandir. Mana shu haq dindir. Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) o‘zlaringizga zulm qilmangiz! Barcha mushriklar sizlarga qarshi jang qilgani kabi, sizlar ham barchangiz ularga qarshi jang qilingiz! Va bilingizki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.” (Tavba surasi 9:36).

“Albatta, sadaqalar Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari oshna qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida* hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.” (Tavba surasi 9:60)

* Alloh yo'lida – demak muqaddas urush degan ma'noni anglatadi. Ushbu diniy soliqni faqat xayriya va ijtimoiy ehtiyojlar uchun soliq deb hisoblash mumkin emas, u hamda muqaddas urush ishiga qaratilgan. Bu qul bo'lgan musulmonlarni yoki musulmon bo'lgan qullarni qutqarish uchun, shuningdek, yangi musulmonlarni Islom dushmanlariga qarshi kurashda qarzlarini qoplashga yordam berish uchun ishlatilgan. Shunday qilib, diniy soliq nafaqat xayriya maqsadlarida, balki Islomni tarqatish uchun ham qo'llaniladi.

Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir ( Tavba surasi 9:79). Abd ar-Rahmon ibn Auf va Banu al-Ajlanning ukasi Asim ibn Adiy itoatkor edilar. Muhammad zudlik bilan sadaqa berishni buyurdi. Keyin Abd Ar-Rahmon 4000 dirham va Asim – 100 qop xurmolarni olib kelishdi. Ularning ikkalasini ham haqorat qildilar va dedilar: “Siz faqat dindor bo'lyapsizlar!” Sadaqa berish uchun astoydil mehnat qilgan yagona odam Banu Unayfning ukasi Abu Akil edi. Bir saa (o’lchov) xurmo olib keldi. Bu uchun uni masxara qilishdi va gapirishdi: “Alloh Abu Akildan bunday o’lchovga muhtoj emas!”

“A’robiylar orasida shunday kimsalar ham borki, qilgan sadaqasini ziyon deb biladi va sizlarga balolar kelishiga ko‘z tutib turadi. Yomon balo o‘zlariga bo‘lsin! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir” (Tavba surasi 9:98).

Biz solih va sodiq badaviylar haqida o'qiymiz: “99. A’robiylar orasida Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan va qiladigan infoq-ehsonini Alloh dargohida qurbat hosil qilish va payg‘ambar duosiga deb biladigan zotlar ham bor. Ogoh bo‘lsinlarkim, o‘sha infoq-ehsonlari o‘zlari uchun qurbatdir. Alloh ularni O’z rahmatiga dohil qilajak…” (Tavba surasi 9:99).

10.02.13 -- Hasanning she’ri

Quyidagi oyatda Hasan ibn Sabit Muhammad bilan birga yordamchilarni oxirigacha davom etgan janglarni tasvirlab berdi va ular lagerda turgan joylarni eslatib o'tdi. Boshqalar esa, bu she’r Abd ar-Rahmandan olingan deb hisoblashadi.

Siz Maadning eng chiroylisi emasmisiz,/ siz o'zingiz va qurollangan do'stlaringiz? / Birgalikda yoki birma-bir hurmat qilish mumkinmi? / Ular Badrdagi rasul bilan birga kuchli kurashgan jangchilardir. / Ularning orasida bitta qochoq yoki murtad yo'q edi. / Ular unga qasamyod qildilar va ularning hech biri qasamyodini buzmadi. / Ularning imonlari barcha shubhalardan ustun keldi. / Ular Uhud vodiysida bo'lgan kuni u bilan birga edilar / ular, olov kabi yonib ketadigan kuchli zarbalar bilan urishdi. / Shuningdek, zu Karad kuni, u ularni olijanob otlarga qarshi kurashishga chaqirganida, / ular zaif va qo'rqoq emas edi, / ular zu Al Ushayrga, dubulg'alari va nayzali chavandozlarga hujum qilishdi; / va Vaddan kuni ular aholini haydab chiqarishdi, / to toshli yer va tog'lar ularga maqsad bermaguncha. / Bir necha kechada ular Alloh yo'lida dushman bo'lib kurashgan kishilarni qidirdilar, / va Alloh buning uchun ularni mukofotladi. / Nejda jangida ular dushmanga qarshi rasul bilan birga chiqishdi / va ular boshqa o'ljaga erishdilar. / Bundan tashqari, Hunaynning tunida ular uning tarafida jang qildilar. / U yerda yana ularni urushning suvli joyiga olib bordi. / Al-Kaadagi jangda biz dushmanni tarqatib yubordik, / suvdan chiqqan suruv kabi. / Dan kuni ular u uchun jang qilishga qasamyod qildilar, / va ular u bilan birga turishdi. / Makkani bosib olish paytida ular uning qo'shiniga qo'shildilar. / Ular g'azablanmadilar va shoshilmadilar. / Haybar kuni ular uni qo’shinida edilar / va o'limni rad qilib, qahramonlar kabi yurishdi, / o'ng qo'lidagi yalang'och qilich bilan, / - ularning qilichlari tezda jangda egildi, lekin tezda yana tekislandi. / Allohning rasuli Tabukga qarshi chiqgan kuni, / Xudodan mukofot haqida o'ylab, / urush endi boshlanganida, ular uning birinchilaridan bayroqdor va qo'mondonlar bo’ldilar, / ular oldinga yoki orqaga qaytib ketishidan qat'iy nazar. / Bu odamlar payg'ambarni himoya qildilar. / Ular mening xalqim; Men ularga tegishliman. / Ular o'z hayotlarini fidokorona qurbon qilishadi va ular uchun hech qanday to'siq yo'q. / Agar ular o'ldirilsa, ular Alloh yo'lida halok bo’lishadi.*
* Bu qotillikning maqtovida, Muhammadning buyrug’iga binoan amalga oshirilgan 38 harbiy yurishning 12 tasi eslatib o'tilgan, ularning ko'pchiligida o'zi ishtirok etgan.
Muqaddas kitobda Iso haqida o'qiganimizda, biz urush emas, balki mo"jizalarni ko'ramiz: U kasallarni davolab, jinlarni quvib chiqardi, shogirdlarini bo'ron va ochlikdan qutqardi.

10.03 -- Badaviylar vakillari Muhammadga hurmat bajo keltiradilar (ml.631yil.)

10.03.1 -- Vakillar yili (631yil.)

Muhammad Makkani mag'lub etib, Tabukdan qaytib kelganida, sakifitlar imonga kelib, unga qasamyod qilgandan so'ng, Arabistonning barcha tomonlaridan vakillar uni oldiga kela boshladilar. Bu hijraning to'qqizinchi yili edi va shuning uchun uni "vakillar yili" deb nomlandi. Badaviylar Qurayshit va Muhammad qabilalari o'rtasidagi jang qanday tugashini kutishdi. Qurayshitlar Arabiston yarim orolidagi namunali rahbarlar, Muqaddas Ka'ba xo’jayinlari, Ibrohimning o'g'li Ismoilning tirilgan avlodlari edi. Muhammadga qarshi birinchi bo'lib kurashgan qurayshitlar edi. Biroq Makka bosib olganidan keyin, Qurayshitni Muhammadga bo'ysundirishdan so'ng, qo'shni badaviylar Muhammad bilan muvaffaqiyatli jang qila olmasliklarini tushundilar. Shuning uchun ular Allohga bo'lgan imonni tan oldilar. Yozilgan: “1. Qachon Allohning yordami va g‘alaba kelsa, 2. Va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning diniga kirayotganlarini ko‘rsangiz,* 3. Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir. ” (Nazr surasi 110:1-3).

* Islomga ommaviy murojaatlar asosan ishonish va e'tiqod tufayli emas, balki opportunizmdan kelib chiqqan. Shunga qaramay, Muhammad Arabiston yarim orolida Islomni tarqalgani uchun Allohni ulug'ladi. U uchun Islom faqat imon va din emas, balki birinchi navbatda kuch va bosib olish edi.
Islomdagi "imon" ko'pincha bosib olish va qo'rquv bilan bog'liq. Bunday e'tiqod sevgi va ishonchdan kelib chiqqan Isoning imoni bilan hech qanday aloqasi yo'q.
Haqiqiy farishta Jabroil Yusufga aytdi: “U O’z xalqini gunohlaridan qutqaradi” (Matto 1:21); yana Luqo 24:46-47da Iso bashorat qildi: “Masih azob chekishi va uchinchi kuni o’liklardan tirilishi kerak deb yozilgan. Yana, tavba qilish va gunohlarning kechirilish haqidagi xabar Uning nomi bilan jamiki xalqlarga va’z qilinishi kerak…”

10.03.2 -- Shoirlar tanlovi

Badaviylarning boshqa vakillari orasida tamimit Utarid ibn Hajib ham Muhammadni oldiga keldi. U, al-Akraa ibn Habis, Zibrikan ibn Badr va Amr ibn al-Ahtam al-Xabhab kabi olijanob tamimitlar yig’inidan bo’lgan edi. Muhammad, al-Xutatni Muaviya ibn Sufyon bilan birodarlik do'stligini birlashtirdi.

Muhammad o'z sheriklarining keyingi birodarligini birlashtirdi: Abu Bakr va Omar, Osman ibn Affan va Abd ar-Rahman ibn Auf, Talx ibn Ubaydullah va Zubayr ibn al-Avvam, Abu Zarra al-Gifar va Mikdad ibn Amr al-Bahran, Muaviya va Xutat ibn Yazid al-Mujashi. Xutat, Muaviya xalifa bo'lgan paytda vafot etdi va Muaviya Hutatning mulkini birodarlik huquqi bilan egaladi. Keyin Farazdag (boshqalar qatori) Muaviyaga shunday she'rlar yozdi:

Ey Muaviya! Seni otang va amaking meros qoldirgan, / ularning qarindoshlariga o’tishi kerak bo’lgan. / Nima uchun Hutatning ulushini yutyapsan, / Harba ulushidan / undan qolgan narsalarda qo’l yo’tigan.

Tamim vakillari Ka'baga yaqinlashganda, ular Muhammadga baqirishdi: “Bizni oldimizga chiq, Muhammad!” Bu qichqiriq Muhammadni xafa qildi, lekin u bari-bir ularni oldiga chiqdi. Keyin ular dedilar: “Ey Muhammad, biz sen bilan shoirlar tanlovini tashkil qilish uchun keldik. Bizni shoirlar va o'quvchilarimizga she'rlarni o'qishga ruxsat ber”. Muhammad dedi: “Ruxsat beraman”. Keyin Utarid o'rnidan turdi va dedi:

Bizdan ustun bo'lgan Allohga hamdu sano bo’lsin. / Barcha sharaf –Unga, hamma narsadan ustundir. / U bizni shaxzodalar qildi va bizga katta mol-mulk berdi, / biz yaxshilik qilishimiz kerak. / U bizni hammadan eng qudratlisi qildi / sharq aholisi, / eng ko’p kishili va farovon hayotli. / Barcha odamlar orasida biz kimmiz? / Axir biz butun insoniyatning rahbarlari emasmizmi, / eng tanlangan emasmizmi? / Bizning shon-sharafimiz bilan kim bahslashmoqchi, / unga biror narsa qo'shisin. / Agarda biz xohlasak, unda yana ko'p narsalarni aytishimiz mumkin. / Biz, u bizlarga bergan narsalar haqida ko'p gapirishdan uyalamiz. / Bu bilan ham biz mashhurmiz. / Ayt va biz kabi biror narsa / yoki yahshirog’ini qilchi.

Buni aytib, u o'tirdi va Muhammad Sabit ibn Kays ash-Shammasga* murojaat qilib dedi: “Tur va bu odamning so’ziga javob ber!”

* Sabit masihiy o'tmishga ega bo'lgan musulmon shoir edi, shuning uchun uning she'rlarida Muqaddas kirob terminlari bor.

Sabit o’rnidan turdi va gapira boshladi:

Osmon va yerni yaratgan, O'zining maqsadlarini bajaradigan, arshi donolik bilan o'rab olingan va Uning inoyati bilan hamma narsa mavjud bo'lgan, Allohga hamdu sanolar bo'lsin. U O'zining qudratli kuchida bizni shaxzodalar qildi va O'zining eng yaxshi ijodlaridan biri – eng olijanob, eng haqqoniy va zukko elchisini tanladi. U unga Muqaddas bitikni ochib berdi va O’zining yaratganlarini unga ishondi. Barcha yaratilganlar ichidan uni Alloh tanlab oldi. U odamlarni Unga ishonishga chaqirdi. Uning xalqidan qarindoshlari va ko'chmanchilar unga ishonishadi, ular eng olijanob avlod, eng jozibali ko'rinish va eng yaxshi xarakterdagi odamlardir. U bizni Allohga chaqirganida, biz Allohning rasuliga birinchi bo’lib quloq soldik. Biz – Allohning yordamchilari va Uning elchisining vakillarimiz. Ular Allohga ishonmagunlaricha biz odamlar bilan jang qilamiz. Kim Allohga va Uning payg'ambariga ishonsa – u o'zini qutqaradi va mol-mulkini qutqaradi. Kimki Allohni rad etsa, albatta, biz uning o'limiga juda katta ahamiyat bermay to’xtamay kurashamiz.* Bu mening so’zlarim. Alloh meni va barcha mo'minlarni erkaklar va ayollarni kechiradi! Tinchlik siz bilan birga bo'lsin!
* Musulmon fikrlashning bu asoslari shoirning shaxsiy fikri emas, balki Islom qonunining ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha evropaliklar, osiyoliklar, afrikaliklar va amerikaliklar quyidagi Islomiy tamoyillarni yod olishlari kerak: “Ular Allohga ishonmagunlaricha biz odamlar bilan jang qilamiz. Kim Allohga va Uning payg'ambariga ishonsa – u o'zini qutqaradi va mol-mulkini qutqaradi. Kimki Allohni rad etsa, albatta, biz uning o'limiga juda katta ahamiyat bermay to’xtamay kurashamiz”.

Keyin Zibrikan oyoqqa turdi va dedi:

Biz eng olijanoblarmiz! Hech bir qabila biz bilan taqqoslana olmaydi. Qabila boshlar bizdan kelib chiqadi. Savdo biz bilan rivojlanmoqda. Biz urushlarda ko'plab qabilalarni, o’zimizga bo'ysintirdik. Bizning qudratimiz tan olinishi kerak. Hatto ocharchilik yillarda ham butun mamlakat bo'ylab qiyin ahvolda bo’lganda ham, biz qovurilgan go'shtni iste'mol qilamiz. Va shuning uchun kechalari barcha xalqlarning eng olijanob odamlari bizga keladi. Biz barchani to'yinganicha ovqatlantiramiz va mehmonlarimiz rozi bo'lib ketishlari uchun biz o’z qabilamizni sharafi uchun barcha tuyalar podasini o'ldiramiz. Biz boshqa qabila bilan raqobatlashayotganimizda, biz uni mag'lub qilamiz va ular egilgan boshlari bilan ketadilar. Bularning barchasini hisobga olgan holda, biz bilan kim raqobatlashmoqchi? Uyga qaytishi yaxshiroqdir. Bu haqida xabar, albatta, tarqaladi. Biz, bizga qarshi bo'lganlarning barchasiga qarshi turamiz. Biz shon-shuhratda barchadan yuqorida turamiz.

Hasan u yerda yo'q edi, shuning uchun Muhammad uni o'zini oldiga chaqirdi. Hasanni o’zi aytib berdi: “Muhammadning elchisi menga kelib, Muhammad meni Banu Tamim qabilasining shoiriga javob berishimga chaqirdi. Men bunday javob yozib, Muhammadning oldiga bordim:

Allohning rasuli biz bilan qolganida, biz uni Maaddagi norozi va joylashmaganlardan himoya qildik. Biz uni qilichlarimiz bilan barcha bezorilardan va yovuzlardan himoya qildik, chunki u bizning oramizda, Jabiy al-Jaulandani kuch-qudratili yod odamlarni orasida, uyda alohida qoldi. Axir, bundagi shuhrat, nasl-nasabda, mehmondo'stlikda, etakchilarning ulug'vorligida va jiddiy sinovlarga qarshilik ko'rsatishdan boshqa narsalarda yo'q.

Men Muhammadni oldiga kelganimda, o’sha shoir o'z she'rlarini xalqqa o'qib berdi, men unga bir xil o'lchamdagi she'rlar va bir xil qofiya bilan javob berdim, uning barcha so'zlarini inkor qildim. U tugatgach, Muhammad unga javob berishni buyurdi, men boshladim:

Fihra boshi va ularning aka-ukalari odamlar ergashadigan yo'lni o'rnatdilar. Ruhida Allohdan qo'rqqan kishi baxtli bo'ladi va eng yaxshi qismiga erishadi. Ular – dushmanlarga o'limga olib boradigan, ular bilan jang qiladigan va o'z izdoshlarini esa yaxshilikga olib bo'radigan odamlardir. Bu ularda uzoq vaqtdan beri boshlangan; va bilingki, odamlarda yovuzlik ularning yangiliklarida yotadi. Qahonki boshqa xalqlar to’ng’ichlikni ushlab turganda, har qanday tashabbus avvalgisidan keyin ketadi. Hech kim urushda ularni qo'llari sindirgan narsani birlashtira olmaydi; va ular birlashrirgan narsani hech kim sindirishga kuchi etmaydi. Musobaqalarda ular har doim g'olib chiqadilar va mehmondorchilikda ular har doim yuqorida bo'ladi. Ular yaxshi fazilatlardir va ularning fazilati vahiyda ulug'lanadi. Ular nopok emas va yomon istaklarga qiziqib o’limga ketmaydilar. Ular boshqalarnikiga qaramaydilar va ochko'zlik bilan bulg'anmaydilar. Biz qabilaga qarshi chiqmaymiz, ovchi ovni ta'qib qilayotgan tuya kabi asta-sekin yurmaymiz. Urush bizni quvib borganda va qo'rqoqlar orqaga qaytganda, biz yuqoriligimizcha qolamiz. Biz dushmanni mag’lub qilganimizda maqtanmaymiz va bizni mag’lub qilganda, biz dahshatdan hayratga tushmaymiz. Jangda, o'lim bilan yuzma-yuz turganimizda, biz Haliya sherlar kabi, jasur bo'lamiz.* Agar biz mehribon bo'lsak, biz sizga taklif qilayotgan saxiylikni, qabul qiling. Biz allaqachon rad etgan narsalarni qidirmang. Agar biz jang qilsak, dushmanligimizdan qo'rqing va zaharli o'simliklar va daraxtlar orasida xarobalarda bo'lganingizdek, o'zingizni mag'lub deb hisoblang. Allohni rasuliga ergashganlar, ular qachonki dushman qo’shinlari azob-uqubatlarga duch kelganida, o’ktam bo’ladilar. Hech bir yurak, istagi baland ovozda va mag'rur tilda saqlaganni maqtamaydi. Bunday odamlar doimo eng o’ktam: qachonki ular bo’lmagan narsalar haqida va muhum narsalar haqida gapirganida.
* Yamanning juda ko’p sherlar, bo’lgan joy (Lisan al-Arab lug’atiga ko’ra).

Keyin Zibrikan o'rnidan turdi va bunday she'rlar bilan javob berdi:

Odamlar yaqinlashib kelayotgan bayramlar haqida bahs-munozaralarda bizning shon-sharafimiz haqida hamma narsani bilib olishishi uchun, biz sizlarni oldinizga keldik. Biz har qanday joyda insoniyatning etakchisimiz. Butun Hijozda hech kim Darim bilan taqqoslasha olmaydi. Biz mag'rurlik bilan harakat qiladigan har qanday kuchli jangchilarga qarshi kurashishga qodirmiz va har qanday qahramonlarni boshini olishimiz mumkin. Biz, Nejdga qarshi yoki boshqa joylarga qarshi har bir harbiy yurishda barcha o’ljalarning to'rtdan bir qismiga ega bo’lamiz.

Keyin Hasan o’rnidan turdi va aytdi:

Yuqori nasl-nasab kabi, mehmondo'stlikda va jiddiy sinovlarga qarshilik ko'rsatishda, shon-sharaf bormi? Biz Muhammad payg’ambarni qabul qildik, Maadga bu yoqdimi yoki yo’qmi, o’zga yerliklar orasida Jabi al-Jaulandan kelib chiqgan alohida qabilalar, uni qo’llab quvatladik. U oramizda yashaganida, biz uni qilichlarimiz bilan yovuz va yomon odamlardan himoya qildik. Biz unga o'g'illarimiz va qizlarimiz bilan boshpana berdik va bizni o'ljamizni yo'q qilganda xafa bo'ldik. Ular uning imoniga murojaat qilmagunicha, biz odamlarni o’tkir qilich bilan hayratda qoldirdik. Biz barcha qurayshitlarning eng ustunini, Hashim avlodidan najot payg'ambarini yaratdik. Ey Darimaning o'g'illari, yaxshilik masalalariga kelganda, mag'rurligingiz mag'lub bo'lmasligiga, faxrlanmang. Siz yetim qolishingiz uchun! Siz bizdan ustun bo'lishni xohlaysiz, lekin siz – bizning mulkimiz, xizmatkorlarimiz va qullarmizsizlar. Agar siz mol-mulkingizni va qalbingizni himoya qilish uchun kelgan bo'lsangiz, unda siz o'ljaning qolgan qismi bilan birga bo'lmaysiz, biroq Allohga hamkor bo’lib qo'shilmay, musulmon bo'ling va yod odamlar kabi kiyinmang!

Hasan she'rlarini o'qishni tugatganida, al-Akraa shunday dedi: “Otam bilan qasam ichamanki, bu unson uni orqasidan ergashishga loyiqdir. Uning vakili biznikidan yaxshiroqdir. Uning shoiri biznikidan ustundir va ularning ovozlari biznikidan balandroq”. Keyin ular Islomni qabul qidilar va Muhammad ularni saxiylik bilan mukofotladi. Barcha vakillardan Amr ibn al-Ahtam vakillarning tuyalari bilan qolgan edi, chunki u eng yoshi edi. Uni yomon ko'rgan Kays ibn Asim Muhammadga aytdi: “Ey Allohning rasuli! Bizlardan birimiz tuyalar bilan qoldi!” Keyin u kamsituvchi ohangda qo'shdi: “U hali o’smir!” Lekin Muhammad boshqalar kabi, unga ham hadyalar berdi. Qachonki Amr, Kays uni ustidan kulganini bilganida, u ushbu she’rlarni aytdi:

Sen, men payg’ambarni oldida ortimdan kamsitding va haqoratlading. Sen yolg’on so’zlading va niyatingga erisha olmading. Biz seni oldinga buyuk kuch-qudratni qo’ydik va seni kuching esa o’z dumida o'tirgan va og'zini ochadigan, orqa tishlarini ko’rsatadigan odamga o'xshaydi.

Qur'onda shunday deyilgan: “Albatta sabr qilganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi”* (Hujurot 49:4).

* Shoirlarning tanlovi Arabiston yarim orolida yashagan animistlar va musulmonlar madaniyatida mavjud bo'lgan intellektual duel turi edi. Bu ular uchun urushlar, g'alabalar, sharaf va haqiqat imon, sevgi va umiddan ko'ra muhimroq edi. Ularda kamtarlik va muloyimlik yo'q edi va ular gunohlarni kechirishga intilmas edilar.

10.03.3 -- Allohning ikki dushmani va ularning taqdiri

Muhammadning oldiga kelgan Banu Amirdan* kelgan vakillar orasida Amir ibn Tufayl, Arbad ibn Kays, Xalid ibn Jafar va Jabbar Ibn Salim bor edilar. Ular qabila boshliqlari va uni shaytonlari edi.** Allohning dushmani Amir ibn Tufayl unga xiyonat qilish uchun payg'ambarni oldiga keldi. Uning qabilasi unga aytishdi: “Hamma allaqachon musulmon bo'lib qoldi! Sen ham bo’l!” U ularga javob berib dedi: “Men Allohga qasam ichamanki, barcha arablar mening izimdan yurmaguncha tinchlanmayman deb qasam ichdim! Men endi bu qurayshitning izidan yurishim kerakmi?” Keyin u Arbadga aytdi: “Biz bu odamni oldiga kelganimizda, men uning e'tiborini o'zimga qarataman. Bu sodir bo'lganda, uni qilich bilan tinchit!” Ular Muhammadni oldiga kelganda, Amir shunday dedi: “Ey Muhammad! Kel, yolg’iz gaplashaylik!” Muhammad javob berdi: “Allohga qasamki, faqat yolg’iz va yagona Allohga ishonganingdan keyin”. Amir o'z iltimosini takrorladi va Muhammadga Arbadning unga aytgan narsalarini qilishini kutib, yana bir narsalar aytdi. Lekin Arbad undan so’ralgan narsani qilmadi. Buni ko'rib, Amir o'z talabini qayta-qayta takrorladi va Muhammad javob berib dedi: “Faqat, sheriksiz, yolg’iz va yagona Allohga ishonganingdan keyin”. Muhammadni qat'iyatlik bilan rad etganini ko'rib, Amir shunday dedi: “Allohga qasamki, men sizlarga qarshi chiqqan chavandozlar va piyoda askarlar bilan yer yuzini to'ldiraman!” U ketganidan keyin, Muhammad dedi: “Alloh, meni Amir ibn Tufayldan himoya qil!”

* Banu Amir ibn Saasaa, Makkadan taxminan 300-550 km shimoliy-sharqidagi yerda yashaganlar.
** Muhammadning asosiy muxoliflarini doimo "shaytonlar" deb atalgan.

Qachonki ular ikkalasi Muhammadning oldidan ketishganida, Amir Arbadga aytdi: “Holingga voy! Nega men senga buyurganimni bajarmading? Allohga qasamki, sen kabi men butun yer yuzida hech kimdan hech qachon qo'rqmadim. Bundan buyon men sendan qo'rqmayman”. Arbad javob berdi: “Sen otasiz qolishing uchun! Meni hukm qilish uchun shoshilma. Allohga qasamki, men sening buyrug'ingni bajarishni istaganimda, men bilan o'sha odamni o'rtasida sen turding va men faqat, seni ko’rdim. Nima, men qilich bilan seni urishim kerak edimi?”

Keyin ular, o'z mamlakatlariga jo’nadilar. Ammo uyga ketayotib, Alloh Amirni bo'yiniga kasalligini yubordi va bu kasalik bilan Banu Salul ayollarining uyida vafot etdi. Amir dedi: “Menga tuya kasalligi bilan va Banu Saluldagi bir ayollarning uyida kasal bo'lishim buyurulganmidi?” Amirni ko'mganlaridan keyin, uning hamrohlari qishni o'tkazmoqchi bo’lgan, Banu Amirning yeriga jo'nadilar. Ular uylariga kelgach, Arbadning qabiladoshlari unga nima narsa bian kelganini so'rashdi. U javob berib dedi: “Allohga qasamki, hech narsa bilan. U bizni, hozir u bu yerda bo'lsa, o'q bilan o'ldiradigan narsaga sajda qilishga chaqirdi”. Bir yoki ikki kun o'tgach, u tuyasi bilan uni sotishni xohlab, yo’lga chiqdi. Keyin Alloh chaqmoq yubordi va u tuya bilan halok bo’ldi.

10.03.4 -- Banu Saad ibn Bakr qabilasining vakili, Dimmam ibn Saalaba*

Banu Saad ibn Bakr qabilasi o'z odamlaridan biri, Dimmam ibn Saalabani Muhammadni oldiga jo'natdi. Madinaga kelgach, u tuyani to'xtatdi, masjidni kiraverish oldida tizzasiga qo’ydi va uni mahkam bog'ladi. Keyin u, o’sha yerda Muhammad o'z hamkorlari bilan o'ralib o’tirgan masjidga kirdi. Dimmam uzun qalin sochli kuchli odam bo'lib, ikkita o’ramga o'ralgan edi. U Muhammad oldida turdi va so'radi: “Bu yerda Abd al-Muttalibning o'g'li kim?” Muhamad javob berdi: “Bu men!” – “Sen Muhammadmisan?” – “Ha.” – “Men senga muhim savollar berishni xohlayman. Sen meni noto'g'ri tushunmaysanmi?” – “Yo’q, so’ra!” – “Men seni Alloh, sening Xudoying, ota-bobolaring va avlodlaringning Xudosi bilan duoibad qilaman: Alloh seni elchi sifatida seni bizga yuborgan to'g'rimi?” – “Allohga qasamki, ha!” – “Men seni Alloh bilan, sening Xudoying, ota-bobolaring va avlodlaringning Xudosi bilan duoibad qilaman: Alloh bizni Unga sajda qilishni sen o’rgatishingni, Unga hech kimni qo'shmasdan, ota-bobolarimiz U bilan birga xizmat qilgan xudolarni olib tashlashni buyurgani to’g’rimi?” – “Allohga qasamki, ha.” – “Men seni Alloh bilan, sening Xudoying, ota-bobolaring va avlodlaringning Xudosi bilan duoibad qilaman: Alloh bizga besh marta kunlik namoz o’qishni buyurgani to’g’rimi?” – “Ha”. Keyin u islomning barcha ko'rsatmalarini birma-bir sanab o'tdi: zakot, ro'za tutish, haj ziyorati va islomning barcha marosimlarini, boshida ayrganidek, har safar shunday duoyibadlarni aytadi. Tugatgandan so'ng, u shunday dedi: “Men Allohdan boshqa hech qanday Xudo yo'qligini tan olaman va Muhammad – Uning elchisidir. Men bu buyruqlarni bajaraman, taqiqlangan narsalardan voz kechaman, ularga hech narsa qo'shmayman va ulardan hech narsa olib tashlamayman”. Keyin u o’z tuyasiga qaytib bordi. Muhammad shunday dedi: “Agar, bu ikki o’ram sochli bu kishi samimiy bo'lsa, u jannatga kiradi”. Dimmam o’z tuyasiga minib, o'z xalqi oldiga qaytib keldi. Ular atrofida to'planishganda, u ularga aytgan birinchi so'zlar shunday bo’ldi: “Al-Lat va al-Uzza sharmandalikka aylandi!” Odamlar baqirishdi: “Jim bo’l, Dimmam! Pes, mahov va jinnilikdan qo’rqgin!” U ularga aytdi: “Holingizga voy! Men Allohga qasam ichamanki, ulardan (bu xudolardan) hech qanday foyda yoki zarar yo'q. Alloh o'z elchisini yubordi va sizni hozirgi holatingizdan qutqarish uchun unga Muqaddas Bitikni yubordi. Men guvohlik beraman, Alloh yagona, uning sheriklari yo'q, Muhammad – uning quli va elchisidir. Men sizlarga uning buyruqlari va taqiqlarini olib keldim”. Kech boshlanishidan oldin, o'sha qishloqdagi barcha erkaklar va ayollar Islomni qabul qildilar. Ibn Abbosning hikoyasiga ko'ra, hech kim Dimmamdan oshib ketishi mumkin bo'lgan vakil haqida eshitmagan.

* Banu Saad ibn Bakr, Makkaning shimoliy-sharqidan taxminan 130 km masofadagi joylarda yashagan.

10.03.5 -- Masihiy Jarud* musulmon bo'ladi

Shundan keyin Jarud Ibn Amr Muhammadni oldiga keldi. U masihiy edi. Muhammadga kelgach, Payg'ambar unga islom haqida gapirib, islomni qabul qilish istagiga ilhomlantirdi.

* Jarud, Arabiston yarim orolining sharqiy qismida yashovchi Banu Abd al-Kays qabilasiga mansub bo'lib, u sasanidlar ta'siri ostida, Madinadan sharqqa 1100 km masofada, Fors ko'rfazi qirg'og'ida, Bahreynning hozirgi amirligi qarshisida joylashgan. Ehtimol, u nestorian edi.

So’ngra Jarud dedi: “Ey Muhammad! Meni o’z imonim bor, lekin men uni qoldiraman va seni imoningni qabul qilaman. Sening imoning menikidan yaxshiroq, deb kafolat bera olasanmi?” Muhammad dedi: “Ha, men senga kafolat beraman: Alloh senikidan ko'ra yaxshiroq imonga, yo'l ko'rsatdi”. Keyin Jarud Islomni qabul qildi va uning hamrohlari uning namunasida ergashdilar.* Keyin u Muhammaddan otliq hayvonlari berishni so'radi. Muhammad unga javob berdi: “Allohga qasamki, menda sizlar uchun otliq hayvonlari yo’q”. Keyin u dedi: “Ey Allohning rasuli! Biz bilan mamlakatimiz o'rtasida ko'plab adashgan odamlar bor.** Bunday odamlarni uyga qaytarishimiz kerakmi?” Muhammad javob berdi: “Yo'q, ulardan uzoq turinglar. Ular do'zax olovlari”. Keyin al-Jarud o'z qabilasiga qaytib keldi va yaxshi musulmon bo’ldi, o’z o'limigacha imoniga qat'iy rioya qildi. O’z qabilasidan bo'lgan odamlar Garur ibn al-Munzir bilan birga o’zinibg eski imoniga qaytganlarida, u imonsizlik davriga qadar yashadi. U xalqqa Islomni saqlab qolish uchun murojaat qildi: “Men guvohlik beraman, ey odamlar, Allohdan boshqa Xudo yo'q va Muhammad uning quli va rasuli. Men unga ishonmaydiganlarni noto'g'ri deb, e'lon qilaman”.

* Islomni tezda qabul qilgan ba'zi masihiylar to'satdan ular adashganini angladilar. Ular islomdan voz kechishdi va keyinchalik musulmonlar tomonidan mag'lub bo'ldi va bosib olindi.
** “Adashganlar” – Ota Xudo va O'g'ilga ishongani uchun Xudodan ajralib cho'lda chanqoqlikdan o'lishi kerak bo’lgan masihiylar. Muhammad ularni "(do’zahni) yoqish uchun olov" deb atadi. (Oli Imron surasi 3:10).

10.03.6 -- Musaylim bilan Banu Hanif vakillarini kelishi

Keyin Banu Hanif qabilasining vakillari Muhammadni oldiga kelishdi.* Ularning orasida yolg’onchi, Musaylim** ibn Habib bo’lgan edi. Ular, Banu an-Najjar qabilasini izdoshlaridan birining xotini bo’lgan, al-Harisning qizini uyida to'xtashdi. Musaylimni lagerda qoldirib, Banu Hanif vakillari Muhammadning oldiga kelishdi. Ular Islomni qabul qilganlarida, uni haqida eslashdi va aytishdi: “Biz lagerda do'stlarimizdan birini tuyalarga qarab turish uchun qoldirgandik”. Muhammad ularga uni sheriklari qabul qilgan narsalardan unga ham berishni buyurdi va dedi: “U sizlardan eng yomoningiz emas”. Keyin ular Muhammadni oldidan ketib, Musaylimga Muhammad bergan narsalarini olib kelishdi. Ular Yamamaga kelganlarida, Allohning bu dushmani Musaylim islomdan voz kechib, o'zini payg'ambar deb e'lon qildi va yolg'on gapira boshladi: “Men uning yordamchisiman”. Vakillarga u shunday dedi: “Siz o'zingiz u meni sizlardan eng yomoningiz emas deb e'lon qildi deb aytmadingizmi? Chunki men bu ishda uning yordamchisi ekanligimni bilasizlar”. Keyin u Qur'onni taqlid qilib, ularga oyatlar bilan gapirdi:

Alloh homilador ayollarga rahm-shafqat ko'rsatadi,
Qorin va ichak orasidagi,
uning bachadonidan tirik va harakatlanuvchi chiqaradi.

Musailima ularga sharob ichish va zino qilishga ruxsat berdi, ularni ibodat qilish vazifasidan ozod qildi. Shu bilan birga, u Muhammadni payg'ambar deb tan oldi va Banu Hanif u bilan rozi bo'ldi.

* Banu Hanif qabilasi Banu Abd al-Kays qabilasining shimoli-g'arbiy qismida, Fors ko'rfazi hududida, Madinaning sharqiy 860-1100 km masofada joylashgan.
** Islomda Musaylim soxta payg'ambarlarning timsoliga aylandi. Ana o’shandan "Musaylim kabi yolg'on gapirdi" iborasi kelib chiqdi. "Maslam" nomdan bu qisqa shakli, bu yerda uni masxara qilish uchun ishlatiladi.

10.03.7 -- Zayd al-Xayl, Tayy* vakillari bilan birga kelishi

Muhammadni oldiga kelgan Tayylik vakillar orasida qabila boshlig'i Zayd al-Xayl bor edi. Muhammad ularga islomni tushuntirib berdi. Ular tavba qilib, dindor musulmonlarga aylandilar. Bir sodiq tayylikni hikoyasiga ko'ra, Muhammad ularga dedi: “Qachonki menga badaviylardan kimnidir maqtaganlarida, u bilan uchrashganimdan so'ng, men undan doimo xafa bo'ldim va faqat Zayd al-Xayl o'z obro'siga munosib va hatto eng yaxshirog’iga loyiq edi”. Keyin Muhammad uni Zayd Al-Xayr (Zayd eng yaxshisi) deb atadi, unga o’ljadan hadya va yer maydonidan berdi va unga bu haqida yozma guvohnoma berdi. Keyin Zayd qabilasiga qaytib ketdi. Muhammad dedi: “Zayd Madinaning isitmasidan qochib qutula olmaydi!” Zayd Nejdadagi Fard deb nomlangan suvlarga kelganida, u isitma bilan kasal bo'lib, vafot etdi.

* Banu Tayy, Arabistonning markazida, Madinadan taxminan 380-550 km shimoli-sharqidagi yashagan.

10.03.8 -- Masihiy shahzoda Adi ibn Xatim musulmonlikni qabul qiladi

Adi ibn Xatim shunday dedi: “Hech bir badaviy Muhammad haqida birinchi marta eshitgandan so'ng, uni men kabi yomon ko'rmaydi. Men hurmatli inson, masihiy bo’lganman. Mening xalqim, meni o’z boshlig’i deb tan olib, har bir kishi menga (daromadlaridan) to'rtdan birini berardi. Men haqiqiy imonda ekanligimga ishonardim. Shuning uchun men u haqida eshitgan paytimdanoq, Muhammaddan g'azablandim va meni tuyalarimga qaraydigan arab xizmatkorimga aytdim: “Ha, sen otasiz qolasan! Men uchun tayyor tuyalarni yog'idan saqlagin va Muhammad qo'shini bu yerga kirganini eshitganingda, menga xabar ber!” Qul uning buyrug'ini bajardi. Bir kuni ertalab u kelib, dedi: “Ey Adi! Muhammadning otliqlariga hujum qilishga qaror qilgan eding, shuni hozir qil! Ularni bayrog’ini ko'rdim va ulardan xabardor bo'ldim. Menga bu Muhammadning qo'shini ekanini aytishdi”. Men tuyalarni tayorlashni buyurdim, ularga xotin va bolalarni orqazib va imondagi birodarlarga, Suriyaga yo’nashga qaror qildim. Men al-Jaushiga etib bordim, lekin singlimni lagerda qoldirdim. Muhammadning otliqlari tez orada kelib, uni Tayydan bo’lgan boshqa mahbuslari bilan birga olib ketishdi. Muhammad allaqachon Suriyaga qochganimdan xabardor edi. Singlimni odatda mahbuslarni ushlab turadigan, masjidning eshiklari oldida turgan kulbaga olib kelishdi. Muhammad uni oldidan o'tib ketayotganida, u oyoqqa turdi va dedi: “Ey Allohning rasuli! Meni otam vafot etgan va meni sotib olishi kerak bo'lgan kishi g'oyib bo'ldi. Menga rahm-shafqat qil va Alloh senga rahm-shafqatli bo’ladi!” Muhammad so’radi: “Seni sotib olish kerak bo'lgan, o’sha odam kim?” U: “Adi, Xatam o’g’li!” –deb javob berdi. Shunda Muhammad so’radi: “Bu Allohdan va uning rasulidan qochib ketgan o’shami?” Muhammad o’z yo'lidan ketdi.

“Ertasi kuni” – dedi qiz – “u yana mening yonimdan o’tib ketdi. Men unga o’sha so'zlarni aytdim va u menga avvalgidek javob berdi. Bir kun o'tgach, u yana meni oldimdan o'tib ketdi va menda hech qanday umid yo'q edi, uning orqasida turgan bir kishi, menga o’rnimdan turishim va unga murojaat qilishim uchun qo'li bilan ishora qildi. Men turdim va dedim: “Ey Allohning rasuli! Meni otam vafot etgan va meni sotib olishi kerak bo'lgan kishi g'oyib bo'ldi. Menga rahm-shafqat qil va Alloh senga rahm-shafqatli bo’ladi!” U javob berib dedi: “Yaxshi, lekin sen o’z qabilangdan seni o'z mamlakatingizga qaytarib olib boradigan ishonchli odamlarni topmaguningcha, sen ketishga shoshilma. Keyin menga bu haqida xabar ber!” Keyinchalik men, Muhammadga murojaat qilishim uchun menga ishora qilgan odam haqida so'radim. Ular menga Ali ekanligini aytishdi. Men Bally yoki Kudaadan karvon kelguniga qadar u yerda qoldim, chunki men Suriyaga akamni oldiga borishni xohladim. Keyin Muhammadga aytdim: “Men, ular meni uyga olib borishlariga ishonishim mumkin bo’lgan, mening qabilamdan bir guruh odamlar keldi!” Muhammad menga ko’ylaklar, tuya va kerakli oziq-ovqat berdi va men Suriyaga karvon bilan jo’nadim”.

“Allohga qasamki”, – esladi Adi, “kimdir bizga ketayotganini ko'rganimda, o’z oilam bilan o'tirgan edim. Men dedim: “Bu Hatimning qizi" va shunday ham bo'ldi. Menga yaqinlashib, u gapira boshladi: “Sen, yaramas qarindoshlik aloqalarini buzib tashlading! Sen, xotining va farzandlaringni olib, zaif ayolni, singlisini qoldirib ketding!” Men javob berdim: “Singlim, shunday demagin, menda hech qanday bahona yo’q. Men sen aytganningdek harakat qildim”.

Keyin u tuyadan tushib, men bilan qoldi. U juda aqlli ayol bo'lgani uchun, men undan so'radim: “Bu odam haqida nima deb o'ylaysan?” U javob berdi: “Menimcha, sen darhol uni oldiga borishing kerak, chunki u payg'ambar. Kimki birinchi bo'lib uni oldiga kelsa – u boylikka ega bo’ladi. Agar u kuchli shahzoda bo'lsa, unda sen ham Yaman qudrati ostida kamsitilmaysan”. Men javob berdim: “Allohga qasamki, sen to’gri fikr qilding!" Keyin Madinaga Muhammadni oldiga bordim.”

U masjidda edi. Men kirdim, unga salom berdim. U so'radi: “Bu kishi kim?” Men javob berdim: “Xatim o’g’li, Adiman!” U o'rnidan turdi va meni uyiga olib bordi. Yo'lda biz uni ushlab turgan zaif keksa ayol bilan uchrashdik. U uzoq vaqt davomida u bilan birga qoldi, unga o’z ehtiyojlari haqida gapirdi. Men o'yladim: “Allohga qasamiki, bu shoh emas!” U nihoyat men bilan birga uyiga kirganida, u tolali to'ldirilgan teri yostiqni olib, uni menga tashladi va dedi: “O’tir!” Men javob berdim: “Yo’q, sen o’tir!” U dedi: “Yo’q sen!” Men yostiqqa o'tirdim va u qatuq yerga o'tirdi. Men o'yladim: “Allohga qasamki, bu shohona emas!” Shunda u dedi: “Xo'sh, Adi, sen rakusit emasmisan?*” – “Ha men rakusitman!” – “Sen o’z xalqingning to'rtdan bir qismini olmaysanmi?” – “Olaman!” – “Lekin din senga ruxsat bermaydi!” – “Allohga qasamki, sen haqsan!” – “Keyin boshqalarga ma'lum bo'lmagan narsani bilganligidan, men uning Xudo tomonidan yuborilgan payg'ambar ekanligini angladim. Keyin u aytdi: “Ehtimol, bu odamlar juda kambag'al bo'lgani uchun bizning imonimizni qabul qilishni xohlamaysan?”** Allohga qasamki, yaqinda bizda juda ko'p pul va boylik bo'ladi-ki, uni olish uchun hech kim yo’q.*** Yoki, ehtimol, bizning kam kishiligimiz va dushmanlarimizning ko'pligi tufayli qo'rqasanmi? Allohga qasamki, ko'p o'tmay, ayollar qo'rqmasdan Kadisiyadan Kaabaga o'z tuyalari bilan borishlari haqida eshitasan. Yoki hokimiyat va kuch boshqalarda ekanligidan bizni imonimizni qabil qilmayapsanmi? Allohga qasamki, tez orada Bobilning oq marmar saroylari bosib olinganini eshitasan!” Keyin men qabil qildim”.****

* Rakusiylar, masihiylik va saveyanizm e'tiqodlari aralashmalaridan tashkil topgan dinning izdoshlari bo’lgan edilar.
** Madinaga ko'chirilgach, Makka musulmonlari bosqinchi va urushlarga qaramasdan boy bo'la olmadi. Yamanning serhosil va suvga boy aholisi, Arab yarim orolining quruq cho'llari va cho'llarida joylashgan badaviylarning yashashidan ko'ra hayotning eng yuqori qulayligidan foydalanganlar.
*** Muhammad Islomning buyuk boyliklari haqidagi tasavvuri keyinchalik bosib olish va keyinchalik neft qazib olinishi tufayli amalga oshdi. Biroq, arablarning boyligi hukmron qabilalardan faqatgina cheklangan kishilarga tegdi. Saudiya Arabistonida va shu kungacha hashamatli g'arq bo'layotgan boylarning yonida qashshoqlikda yashovchi badaviylar bor.
**** Bu bayonot ko'p hollarda Islomni qabul qilish moddiy sabablarga ko'ra, yurak o'zgarmasdan sodir bo'lganligini aniq ko'rsatib turibdi. Bunday qabul qilish Muqaddas Kitob bilan bog'liq emas. Havoriylar kitobida yozilgan: “Xaloyiq bu gaplarni eshitdi–yu, yuraklari tilka–pora bo‘ldi. Ular Butrusdan va qolgan havoriylardan: — Birodarlar, endi biz nima qilaylik? — deb so‘radilar. Butrus ularga dedi: — Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga cho‘minglar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda sizlar Muqaddas Ruhni in’om qilib olasizlar” (Havoriylar 2:37-38).

Keyinchalik Adi shunday dedi: Uning ikkita bashorati amalga oshdi va Allohga qasamki, uchunchisi ham amalga oshdi. Men Bobilning bosib olingan oq saroylarini* va Kadisiyadan Makkaga haj safaridan qo'rqmasdan sayohat qilayotgan ayolni ko'rdim. Allohga qasamki, uchinchi bashorat ham amalga oshadi, pul juda ko'p bo'ladi, hech kim ularni ta'qib qilmaydi”.

* Agar bu bashoratlar Muhammadning ilhomiga ko'ra bajarilgan bo'lsa, ularning manbai Isoni vasvasaga solingandek, jinning ruhi edi: “So‘ng Isoni iblis baland bir toqqa olib chiqdi. Unga olamning barcha shohliklarini hamda ularning hashamatini ko‘rsatib, dedi: — Agar tiz cho‘kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman” (Matto4:8-9).
Shunda Iso dedi: “— Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! Axir: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil”*, deb yozilgan–ku!” (Matto 4:10). Biz bir vaqtning o'zida haqiqiy ibodatga va o'ljaga intilish, Muqaddas Ruhni va pulni xohlash, Xudoga va hokimiyatga harakat qilish mumkin emasligini ko'ramiz. Inson nima tanlashini hal qilishi kerak. Islom o'z tanlovini amalga oshirdi: pul va yer yuzidagi kuch.

10.03.9 -- Farva ibn Musayk al-Murodning kelishi

Farva ibn Musayk, Banu Kinda* (masihiy) qabilasining qolgan shohlaridan ajralib, Muhammadni oldiga keldi. Islomni qabul qilishdan oldin Hamdan va Murod qabilalari o'rtasida Hamdan qabilasi to'liq g'alaba qozongan jang bo'ldi va "Ar-Radm" deb nomlangan Murod qabilasi bir kunda butunlay bosib olingan edi. Murod qabilasining rahbari al-Adja ibn Malik edi. U Muhammadni oldiga kelganida, rasul undan so'radi: “Sen, xalqing bilan ar-Radmda sodir bo'lgan voqealardan uyalasanmi?” U javob berdi: “Ey Allohning rasuli!” Agarda uning xalqi, mening xalqim ar-Radm kunida tushgan holatga tushsa, kim mening o'rnimda xijolat qilmagan bo’lar edi?” Keyin Muhammad unga javob berdi: “Lekin bu sening xalqingizga yanada yaxshi va omad keltiradi!” Keyin Muhammad uni Murod, Zubayd va Mazhidj qabilalari ustidan hukmdor qilib tayinladi va u bilan birga Xalid ibn Said ibn al-Asani diniy soliq yig'ish uchun yubordi. Xolid Muhammadning o'limiga qadar uni mamlakatida, u bilan birga qoldi.**

* Banu Kinda bu masihiy qabilasi Hadramautda, Makkadan taxminan1500 km janubi-sharqida, Hind okeanining qirg'og'ida (zamonaviy Yaman hududida) yashagan.
** Badaviylar instinktiv tarzda kim tarafida harbiy kuch borligini his qilishdi va shuning uchun ular Muhammad bilan birlashdilar. Muhammad o'z qo'shinlari bilan birgalikda yangi mo’minlarga ishonchli odamlarni jo'natdi va ular o'zlarining himoyachilarini va diniy rahbarlarini diniy soliqlar bilan qo'llab-quvvatlashlari kerak edi. Islom qurbonlik, kamtarlik va yordam bilan emas, balki harbiy yurishlar, g'alabalar va diniy soliqlar bilan tarqaldi. Muhammad dunyoviy shohlikni, bu dunyoning shohligini o'rnatdi.

10.03.10 -- Al-Ashas ibn Qaysning Banu Kinda masihiy qabilalaridan bo’lgan vakillar bilan kelishi

Keyin al-Ashas ibn Kays, Banu Kinda qabilasining sakson otliq boshchiligida masjidgagi Muhammadni oldiga keldi.* Bundan oldin ular taranishdi, ko'mir bilan ko'z qovoqlarini bo'yashdi va qirralari bo'ylab ipak bilan bezatilgan yo’lli kiyimlarni kiyinishdi. Muhammad ulardan, ular musulmon bo'lmaganmi, deb so'radi. Ular javob berishdi: “Albatta!” Muhammad so’radi: “Va sizning bo'yningizdagi bu ipak,** qanday ipak?” Keyin ular o’zlaridan ipakni yirtib oldilar va uni tashlab yubordilar. Al-Ashas dedi: “Ey Allohning rasuli, sen kabi biz Akil al-Murarning o'g'illarimiz”. Muhammad kilib qo’ydi va dedi: “Sizning bu kelib chiqishindiz Abbos ibn Abd al-Muttalibu va al-Haris Rabiaga tegishli bo'lib, ular savdogarlar bo'lib, badaviylar orasida sayohat qilib, o’zlarining kelib chiqishini maqtashgan va gapirishgan: “Biz Akil al-Murarning o'g'limiz”, chunki Banu Kinda qabilasi hukmronlik holatini egalagan. So’ngra u dedi: “Yo'q, biz Nadra ibn Kinanning avlodlarimiz. Biz o’z onalarimiz va otalarimizdan voz kechmaymiz”. Shunda al-Ashas dedi: “Banu Kinda, siz tugatdingmi? Allohga qasamki, agar men bunday so'zlarni yana bir bir kishidan eshitsam, unga sakson marta qamchilayman!”***

* Banu Kinda qabilasining bu qabila vakillari, Madinaning taxminan 590 km shimolida joylashgan, Dumat al-Jandalning mintaqasida yashaganlar.
** Musulmon an'analariga ko'ra, ipak kiyimlari, shuningdek, oltin va kumush taqinchoqlar erkaklar uchun qabul qilinmaydi.
*** Muhammadning ismini kamsitsa, Islom dushmanlari qonaguncha qamchi bilan kaltaklanishi kerak. Muhammadning so'zlari Islom bilan kurashayotgan har bir kishiga tegishlidir: “Albatta, Alloh va payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi — o‘ldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l bilan o‘ng oyoq) kesilishi, yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik — sharmandalik bo‘lur. Oxiratda esa ular uchun ulug‘ azob bordir” (Moida surasi 5:33). Iso esa xochga mixlangan kishilar uchun ibodat qildi: “Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar” (Luqo 23:34).

10.03.11 -- Surad ibn Abdulloh al-Azdining kelishi*

Keyin Surad ibn Abdallah al-Azdi o'z qabilasidan boshqa odamlar bilan birga Muhammadni oldiga keldi va yaxshi musulmon bo'ldi.** Muhammad uning qabilasidangi imonlilar ustidan uni bosh qilib qo'ydi va qo'shni Yamanning imonsiz qabilalariga qarshi jang qilishni buyurdi. Surad Muhammadning buyrug'ini bajarib, Jurashni qamal qildi***. O'sha paytda Jurash Yamanning eng zaif qabilalari yashaydigan mustahkam shaharlari bo’lgan edi. Ularga musulmonlar kelishini eshitib, Xasam qabilasi aynan bu shaharga qochib kelgandi. Surad bu shaharni deyarli bir oy davomida qamal qilib, keyin Shakar tog'iga ketdi. U ulardan qochib ketishga qaror qildi, shahar aholisi uni ta'qib qilishdi, lekin ular unga etib olganlarida, u ularga qarshi chiqdi va ularning ko'plarini o'ldirdi.

* Bu kishi Makka va Yaman o'rtasida, Makka 260-430 km janubidagi qizil dengiz sohilida tumanida yashagan Banu Azd Shanua qabilasiga tegishli edi.
** Yaxshi musulmon – bu "Islom uchun qurol-yarog' va Allohning dushmanlarini yo'q qilish uchun ayyorlik bilan jang qiladigan” kishi.
*** "Jo'rash" taxminan Makkaning 490 km janubida, Yamanga boradigan karvon yo'li yaqinida joylashgan.

Jurash aholisi ilgari ham sodir bo'layotgan hamma narsalarni bilib, rahm-shafqat so'rab kelishi uchun Muhammadni oldiga ikki kishi yuborishgan edi. Bir kuni kechqurun namozdan keyin ular Muhammad bilan o'tirishganida, u ulardan so'radi: “Shakar Allohning qaysi mamlakatida joylashgan?” Jo'rashaning ikki fuqarosi o'rnidan turdi va dedi: “Bizning mamlakatimiz "Kashar" deb nomlangan tog’da joylashgan”. (Jo'rash aholisi bu tog'ni shunday nomlashgandi.) Muhammad javobga dedi: “"Kashar" emas, balki "Shakar””.* Shunda ular so’radilar: “Bu tog'da nima mahsus narsa bor?” Muhammad javob berdi: “Allohga qurbonlik uchun hozir tuya so’yilyapdi**”. Bu ikki kishi Abu Bakrga yoki Usmonni oldiga o'tirdi. Shunda u dedi: “Holingizga voy! Muhammad sizning qabilangizning o'limini e'lon qildi. O'rningizdan turing va u Allohdan xalqingizga rahm qilishini so’rasin!” Keyin ular Muhammadni oldiga kelib, undan bu haqda so'rashdi. U dedi: “Ey Alloh! Ularga rahm-shafqat qil!” Keyin ular o'z vatanlariga qaytib kelishdi va Muhammad o'z so'zlarini aytgan kuni va soatlarda o'z xalqini Surad tamonidan kaltaklanganligini ko’rdilar. Keyin Jurash vakillari Muhammadni oldiga kelishdi va Islomni qabul qilishdi. Muhammad ularning shaharlari atrofidagi barcha maydonlarni yer haydash uchun ishlatiladigan otlar, tuyalar va ho’kizlar uchun maxsus belgilar bilan belgilanishini buyurdi. Agar kimdir taqiqga qaramasdan, hayvonlarini bu yerlarga o'tlatishga ruxsat bergan bo'lsa, u hayvonlarini yo'qotdi.

* So'zdagi noaniq tovushlarni uning ma'nosini o'zgartirmasdan ko'chirish Arabchada keng tarqalgan hodisadir.
** Bu yerda Islom dushmanlarini "Allohning qurbonlik tuyalari" deb nomlangan – ular, bo’ynidan kesib o'ldirilgan. Iso, butun dunyodagi gunohni O’ziga olgan Xudoning Qo'zisi bo’lgan. Islom qutqarish uchun o’rin almashgan qurbonlikni tan olmaydi. Biroq muqaddas urushda halok bo’lgan musulmonlar o'zlari oqlash uchun "sotib olish" kabi “qurbonlik” deb hisoblashadi (Baqara surasi 2:207).

10.03.12 -- Ximyar shahzodalarining elchisini kelishi**

Muhammad Tabukdan qaytganidan so'ng, elchi unga Ximyar shahzodalaridan maktub olib keldi. Maktubda al-Xaris ibn Abd Kulal, Nuaym ibn Abd Kulal, Zu Ruayn deb nomlanuvchi Nuaman, Maafir va Hamsan shahzodalari tomonidan qilingan murojaati haqida xabar berilgan. Elchining ismi Malik ibn Murra ar-Rahaviy edi. Bu Zuraa Zu Yazan tamonidan yuborilib, ular Islomni qabul qilgani va uning tarafdorlari bilan ko'pxudolikni tark etganliklarii haqida xabar qilingan. Muhammad ularga quyidagi mazmundagi maktubni yubordi:

“Rahmdil va Mehribon Alloh nomi bilan! Muhammad payg’ambar, Allohning rasulidan, Haris ibn Abd Kulal, Nuaym ibn Abd Kulal, Nuaman zu Ruayn, Maafir va Hamdanga. Men sizning oldingizda birgina va yagona Allohni ulug'layman. Keyin men sizning xabarchingiz biz vizantiyaliklar yeridan qaytib kelganimizdan keyin, Madinaga kelganini va sizning xabaringizni bizga berganini tasdiqlayman. U sizning ahvolingiz haqida bizga xabar berdi va siz musulmon bo'lganingiz va majusiylarga qarshi jang qilishni xohlashingizni aytdi.** Alloh sizga O’z qo’llanmasini berdi. Agar xudojo’y bo'lsangiz, Allohga va Uning rasuliga ergashing, ibodat qiling, sadaqa qiling va Allohga o'ljaning beshdan bir qismini bering, shuningdek, Uning rasuliga kerak bo'lgan narsalarni bering. Bundan tashqari, talab qilinadigan diniy soliqni to'lang. Buloqlardan va yomg'irdan sug'orilgan narsalardan – o'ndan bir qismni va paqir bilan sug'orilgan narsalardan – yarmini bering. Har biq qirqta tuyaga (diniy soliq sifatida) uchinchi yilga o'tgan bir yosh tuya bering; o’ttiztaga – bir yosh tuya; beshtaga – bitta qo’y; o’ntaga – ikkita qo’y. Har bir qirqta sigirdan bir sigirni bering; har bir o’ttiztadan – bitta buqa. Har bir qirq qo’y uchun chuponsiz o’tlaydigan bitta qo’y bering. Ushbu soliq mo’minlar uchun Alloh tomonidan belgilangan. Kim ko'proq yaxshilik qilsa, u o'zi uchun ko'proq qadr-qimmatga ega bo'ladi. Agar kim faqat buni amalga oshirsa, Islomga bo'lgan imonini tasdiqlaydi va mo’minlarga ko'p xudolarga qarshi chiqishida yordam beradi, – u mo’minlarga tegishli va ular bilan bir xil huquq va majburiyatlarga ega. U Alloh va Uning rasulining himoyasida.

* Banu Himyar Hind okeanining janubiy qismida, Makka shahridan 1000 kmdan ortiqroq janubda, Yamanda yashaganlar.
** “Musulmon bo'lish va Islom uchun qurol bilan kurashish” – bu ajralmas narsalar. O’ljani qo'lga kiritish Islomning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib qolmoqda va har bir musulmonga diniy soliqni to'lash majburiy deb ilhomlantiriladi.

Islomni qabul qilgan yahudiylar va masihiylar boshqa mo’minlar kabi bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Kim o'z imoniga rioya qilsa, uni rad etishga majbur qilish mumkin emas.* Biroq, ular soliq (jizyu), ya'ni har bir erkak va ayol uchun, erkin va qul uchun, Maafirning qiymatiga yoki bu miqdorga teng bo'lgan biror bir narsaga muvofiq to'liq bir dinor to'lashi kerak. Kim buni Allohning rasuliga to’lasa, o’sha Alloh va Uning rasulini himoyasida. Agar kim to'lashni rad etsa - Alloh va Uning rasulining dushmani!

* Qur'onga va shariatga ko'ra, yahudiylar va masihiylar musulmon bo'lishlari shart emas. Ular Islom mamlakatlarida ikkinchi darajali fuqarolar sifatida yashash huquqiga egadirlar, chunki ular musulmonlarning diniy solig'i (zakot) bilan almashtirish mumkin bo'lmagan, jon boshidan olinadigan solig'ini (jizyu) to'lashar edilar.

Muhammad payg’ambar, Allohning rasuli, Zuraaga vakillar yuboradi: Muaz ibn Jabal, Abdallah ibn Zayd, Malik Ibn Ubad, Ukba ibn Namir, Malik ibn Murra va ularning hamrohlari. O’z hududlaringizdan diniy va jon solig'ini yig'inglar va ularni, mening bosh vakilim bo’lgan Muaz ibn Jabalga bering, toki ular uylariga mamnun bo’lib qaytishsin!

Keyin Allohdan boshqa Xudo yo'qligi va Muhammad – Uning rasuli va quli ekanni tan oling!

Malik ibn Murra ar-Rahaviy menga, siz himyaritlardan birinchi bo'lib musulmon bo'lganingiz, ko'pxudoliklar bilan jang qilganingizni aytib berdi. Shuning uchun xushxabarni qabul qiling! Himyaritlar bilan yaxshi munosabatda bo'lgining, ularni aldamang va ularni o'zgartirmang! Allohning rasuli – siz, hamda boylar orasida kambag'allarning himoyachisi. Diniy soliq daxlsizdir va bu faqat Muhammad va uning oilasiga tegishli. Bu, beruvchining* ruhini poklashga xizmat qiladi va kambag'al va muhtoj mo’minlar va sayohatchilar uchun ishlatiladi. Malik menga hamma narsani aytib berdi va sirni saqlab qoldi. Buning uchun uni maqtayman. Sizga eng yaxshi odamlarni, eng sodiq mo’minlarni va olimlarni yuboraman. Ularga yaxshi munosabatda bo'ling. Sizning ustingizda tinchlik va Allohning rahmati bo'lsin!”**

* Islomda berilgan badallar va diniy soliqlar, oqlanish uchun xizmat qiladi.
** Islomdagi tinchlik qilichga asoslangan. “Bu har qanday aqldan ustun” bo’lgan Hudoning dunyosi emas (Filippinliklarga 4:7). Islomdagi tinchlik bosib olish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun musulmonlar salomlashishi so’zma-so’z: “Sizga tinchlik bo'lsin!” Masih dunyosi butunlay boshqachadir. U taklif qiladi va uni rad etish mumkin. Unda zo'ravonlik yo'q. Inson javobgarlikdan ozod etilmaydi. Masih tirilgandan keyin shogirdlariga: "Sizlarga tinchlik bo'lsin!" - dedi. Shu sababli arab-masihiylar deydilar: Salom lyakum (sizga tinchlik bo’lsin). Musulmonlar esa aytadilar: “Salam alaykum”.

10.03.13 -- Muazani Yamanga yuborish

Abdallah ibn Abu Bakr menga aytishicha, Muhammad Muazni jo'natyotib, uni xizmatga har tomonlama nasihat berdi va oxirida aytdi: “Osonlashtir, lekin qiyinlashtirma. Ularga yaxshilik qil va ularni qo'rqitma. Sen Muqaddas Kitob ahllari oldiga kelganingda, ular sendan so’raydilar: “Jannat uchun kalit nima?”* Ularga bunday javob ber: “Alloh bitta va yagona ekanligi va uning sheriklari yo'qligini tan olish”. Keyin Muaz Yamanga borib, Muhammadni so’zlariga ko'ra harakat qildi.

* Islomda "jannatning kaliti" Xudoning O'g'li va Muqaddas Ruhni rad etishdir. Aslida, Uch Birlikdagi Xudoni rad etib, musulmonlar jannatga kirishni yopishadi. Shunday qilib, musulmonlar Masihdagi najotga qarshi yuraklarini qattiqlashtiradilar.

Bir kuni Yamanda bir ayol unga yaqinlashdi va dedi. “Ey Allohning rasulining izdoshi! Er o’z xotinidan qanday huquqlar talab qilishi mumkin?” Muaz javob berdi: “Seni holingga voy! Xotin hech qanday tarzda erining barcha vazifalarini bajara olmaydi. Shuning uchun, imkon qadar ko'proq bajarishga harakat qiling!” U bunga javoban unga aytdi: “Agar sen Allohning rasulini izdoshi bo'lsang, unda er qanday huquqlar talab qilishi mumkinligini bilishing kerak”.* Muaz javob berdi: “Holingga voy! Agar sen eringga boradigan bo'lsang ham, uning burnidan qon oqayotganini ko'rsang va uni oqishni to'xtatmaguncha uni so'rib olsang ham, sen unga hamma qilishing kerak bo’lgan narsani qila olmaysan”.

* Islomda musulmon er o’z xotinlari ustidan deyarli cheksiz huquqlarga ega. Agar u unga itoatsizlik qilgandek ko’rinsa, ularni jismoniy jazolash huquqiga ega. Xotinlar, aksincha, faqat eriga xizmat qilishlari kerak.
Pavlus, bundan farqli o'laroq, baxtli nikoh siri Masihning sevgisi va kamtarligi ekanligini o'rgatadi. Masihiy Isoga bo'ysunganidek, xotin eriga ixtiyoriy ravishda bo’ysunadi. Masih O’z jamoatini sevib, unga O'zini berdi, shuning uchun er xotinini sevishi va oilasi uchun o'zini qurbon qilishi kerak.
Masihiy nikohdahi hokimiyat va kuch kimdir hukmronlik qilish uchun emas, balki er-xotinlar bir-biriga sevgi ruhida xizmat qilishlari va itoat qilishlari uchun beriladi. Er xotiniga qarshi zo'ravonlik qilganda, u Isoning ruhiga zid keladi.

10.03.14 -- Muan hukmdorining murojaati

Farva ibn Amr ibn an-Nafira Muhammadni oldiga Islomni qabul qilgani haqida xabar berish uchun elchini yubordi va unga oq xachirni berdi. Farva Muanning vizantiyalik hukmdori bo'lgan va Suriyaning arab mintaqasini boshqargan. Vizantiyaliklarga uning murojaati haqidagi xabar etib borganida, ular uni hibsga olib, zindonga tashladilar. Vizantiyaliklar uni Falastindagi Afrning suv manbai yaqinida xochga mixlashga qaror qilganda, u quyidagi oyatlarni yozdi:

Salma, Afra daryosida / hech kim o'tirmagan, / shoxlari o'roq bilan kesilgan tuya onasi ustida o’tirgan, / o’z sevgilisidan xabar toparmikan?

Zuhri so'zlariga ko'ra, u hokimyatidan maxrum qilingach va tepikilangan paytda u quyidagi oyatlarni aytdi:

Mo’minlar rahbarlariga xabar ber, / men o’zimni butunlay Xudoga: / suyaklarimni, tanam va butun borlig’imni beraman.*
* Agar bu ma'lumotlar haqiqat bo'lsa, vizantiyaliklar Arab viloyati hokimini Muhammadning ayg'oqchi sifatida ko'rdilar va uni xochga mixladilar. Islom va masihiylik o'rtasidagi dushmanlik ortdi. Muloqot endi imkonsiz edi, chunki musulmonlar zabt etish va g'alaba qilish yo'lini oldilar.

10.03.15 -- Banu al-Xaris ibn Kaab masihiy qabilasining murojaati (631 yil, uyul-sentyabr.)

Rabi’us soniy (4 chi oy) yoki Jumadul avval (5 chi oy) oyida, Muhammad Xolid ibn Validni Najrandagi* Banu al-Xaris ibn Kaab qabilasiga yubordi va unga uch kun ichida Islomni qabul qilishga chaqirdi. U ularga faqat unga e'tibor bermagandagina, ularga hujum qilish kerak edi. Ularni oldiga kelganda, Xolid ularni Islomga chaqirish uchun barcha tamonlarda otliqlarni jo'natdi. Ular hayqirishdi: “Ey odamlar! (Islomni) qabul qiling va siz sog'- salomat bo'lasiz!”** Odamlar chaqiriqqa javob berishdi va tavba qilishdi. Xolid Islomga, Allohning kitobiga va payg'ambarning urf-odatlariga o'rgatish uchun ular bilan birga qoldi, Muhammad unga buyuq berganidek, agar ular Islomga murojaat qilsalar, boshqa hujum qilmaslik kerak edi. Keyin Xolid Muhammadga yozgan: “Mehribon va Rahimdil Alloh nomi bilan!” Paygambar va Allohning rasuli Muhammadga Xolid ibn al-Validdan. Ey Allohning rasuli, tinchlik bo’lsin! Allohning marhamati va barakasi senga bo'lsin! Men bitta va yagona Allohni maqtayman. Alloh yoqlaydigan, ey Allohning rasuli! Sen, meni Banu al-Xarisni oldiga yubording va uch kun davomida ular bilan jang qilmaslikni, lekin ularni Islomga chaqirishni va agar ular chaqiriqqa javob berishsa, ularga mo’minlardek muomala qilish, ularni Islom ta'limotiga, Allohning kitobiga va payg'ambar urf-odatlariga o'rgatishni va agar ular Islomni qabul qilmasalar, ular bilan jang qilishni buyurding. Men Allohning rasulini buyrug'iga binoan ularni uch kun davomida Islomga chaqirib, ularga otlarni yubordim va ular e'lon qildilar: “Ey Banu al-Xaris! Islomni qabul qiling va sog’-salomat bo’lasizlar!” Ular (Islomni) qabul qildilar va jang qilmadilar. Endi men ular orasida, Islom qonunlari va Alloh rasulining urf-odatlariga o'rgataman, toki Allohning rasuli menga yozmagunicha. Tinchlik bo’lsin, ey Allohning rasuli! Allohning marhamati va barakasi senga bo'lsin!”

* "Najran" - Banu al-Xaris ibn Kaab masihiy qabilasi, Yamanning shimoliy qismida, Makkaning taxminan 640 km janubi-sharqida joyashgan.
** Islomning tarqalishi tabora Islomni majburiy qabul qilish tamoyiliga asoslangan bo'lib, o'z-o'zini himoya qilish instinkti bilan bog'liq edi.

Muhammad unga javob yozdi: “Mehribon va Rahmdil Alloh nomi bilan! Payg’ambar va Allohning rasuli Muhammaddan, Xolid ibn al-Validga. Senda tinchlik bo’lsin! Men sen uchun bitta va yagona Allohni maqtayman. Sening maktubing, sening xabarching orqali menga keldi. Sen maktubingda menga, Banu al-Xaris Islomni qabul qilgani va ular islomga bo’lgan chaqiriqga javob berishgani uchun, ular bilan jang qilish shart emasligi va ular Allohdan boshqa hech qanday Xudo yo'qligi va Muhammad – Uning quli va elchisi ekanini tan oldilar va Alloh ularni haq yo'lga hidoyat qilgani haqida xabar berding. Ularga tinchlik e'lon qil, ularga maslahat ber va vakillar bilan qaytib kel! Sen bilan Allohning ne'mati va rahmati, tinchligi bo'lsin!”

Keyin Xolid Muhammadni oldiga qaytib keldi. U bilan Banu al-Xaris vakillari bor edi: Qays ibn al-Husayn zu al-Gusa, Yazid ibn Abd al-Madan, Yazid ibn al-Muhajjal, Abdulloh ibn Kurad az-Ziyodiy, Shaddad ibn Abdallah al-Kanan va Amr ibn Abdallah ad-Dibabiy. Ular uni oldiga kelayotganini ko'rib, Muhammad so'radi: “Hindlarga o'xshash, bu odamlar kim?”* Unga javoban aytishdi: “bu Banu al-Xaris ibn Kaab”. Muhammadga yaqinlashib, ular u bilan salomlashdilar va shunday dedilar: “Biz, sen Allohning rasuli ekanliging va Allohdan boshqa Xudo yo'qligini tan olamiz”. Muhammad javob berdi: “Men Allohdan boshqa hech qanday Xudo yo'qligini va men Allohning rasuli ekanligimni tan olaman”. Keyin Muhammad so'radi: “Siz tez-tez orqaga qaytib ketadigan, lekin ular qayta-qayta olg’a boradigan o’sha odamlarmisiz?” Ular jim bo'lishdi, hech kim javob bermadi. U savolni ikkichi martta takrorladi, ammo javob yo'q edi. U bu savolni to'rtinchi marotaba so'raganida Yazid ibn Abd al-Madan shunday dedi: “Ha, Allohning rasuli, bizni qancha orqaga qaytarma, ular yana va yana oldinga borishadigan o’sha odamlarmiz”. Ular to'rt martta takrorladilar. Muhammad dedi: “Agar Xolid menga jangsiz Islomga o'tganingizni yozmaganida edi, men sizning boshingizni oyoqlaringizga tashlardim”. Keyin Yazid shunday dedi: "Biroq, Allohga qasamki, buning uchun senga ham va Xolidga ham biz minnatdorchilik aytmaymiz!” Muhammad so'radi: “Buning uchun kimga minnatdorchilik aytasiz?” Yazid javob berdi: “Ey Allohning rasuli, biz sizni oldingizga olib kelgan Allohni ulug'laymiz”. Muhammad dedi: “Siz haqiqatni aytdingiz!” Keyin u ulardan so'radi: “Sizlar bilan jang qilgan majusiylarni qanday qilib mag'lub qildingiz?” Ular javob berdi: “Biz ularni faqat o’z birligimiz bilan mag'lub qildik. Biz hech qachon ajralib ketmadik va hech birimiz hech qachon zo'ravonlik qilmadik”. Muhammad dedi: “Sen haqiqatni gapirding!” Keyin Kaysa ibn al-Husaynni Banu al-Xaris ustidan oqsoqollikga tayinladi, bundan so’ng ularning vakilari shavvol (10chi oy) oyining oxirida yoki zulqa’da (11chi oy; 632 yil, fevralda bo’lgan edi) oyining boshida o'z xalqiga qaytib kelishdi. Muhammad vafot etganidan beri, to'rt oy o'tmagan edi. Alloh unga rahm qilsin va uni rahmatlasin!

* Arab yarim orolining Janubiy qirg'og'i Hindistonga yaqin bo'lib, o'rta yer dengizi bilan taqqoslaganda, u yerda hind madaniyati semitik bilan aralashgandi.

10.03.16 -- Muhammad, Amr ibn Hazmni ularni oldiga qanday jo'natdi

Vakillar tark etilgandan so'ng, Muhammad Amr ibn Hazmni Banu al-Xarisga, ularni qonunlar, urf-odatlar va Islom ta'limotlariga o'rgatish va ulardan diniy soliqni yig'ish uchun yubordi. Shuningdek, u ularga quyidagi shartlarni va buyruqlarni yozgan quyidagicha maktubni berdi:

“Mehribon va Rahmdil Alloh nomi bilan! Bu – Alloh va Uning rasulining qaroridir.* Ey mo’minlar shartnomani bajaring! Muhammad payg'ambar va Alloh elchisining Amr ibn Hazmga, uni Yamanga yuborgan Muhamaddan topshiriq. U hamma narsada Allohdan qo'rqishni buyurdi, chunki Alloh undan qo'rqqanlar va yaxshilik qilganlar bilan. Alloh amr qilganidek, u unga solihlik qilishni buyurdi. U odamlarga xushxabarni e'lon qilish va ular uchun yaxshi bo'lgan narsalarga ilhomlantirishi kerakligini buyurdi. U odamlarga Qur'onni o'rgatish va uning qonunlarini tushuntirish, shuningdek, ularni nopoklikdan saqlab qolish uchun, ular pok bo’lmagan paytda Qur’onga teginmaslikni takidlashi kerak. U ularga o'z huquq va majburiyatlarini e'lon qilishi kerak. U to'g'ri bo'lganlarga nisbatan mehribon bo'lishi va noto'g'ri bo'lganlarga nisbatan qat'iy bo’lishi kerak, chunki Alloh yolg'onni rad etadi va uni taqiqlaydi: “…Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur” (Hud 11:18). U odamlarga jannat to'g'risida va u yerdagi chiroyli narsalarni e'lon qilish, odamlarni jahannamdan va uning oqibatlaridan ogohlantirishi va ular imonda o’smagunicha odamlar bilan shugullanish va ular haj ziyoratining talab va marosimlarini bilishlariga qadar jalb etishi kerak: katta haj va kichik haj. U kichkina kiyimda ibodat qilishni taqiqlashi kerak, uning choponni elkasiga qoplay olmaydi. Bundan tashqari, agar u tananing uyatli qismlarini berkitmasa, hech kim boshqa bu kiyimni kiymasligi kerak. Bundan tashqari, erkaklarning boshlarining orqa qismidagi sochlarini o’rishni, shuningdek, tartibsizliklarda o'z qavmiga yordam so'rashni taqiqlaydi. Ular sherigi bo’lmagan birgina va yagona Allohni chaqirishlari kerak. O'z qabilasidan yoki qavmidan yordam so'rab murojaat qilgan har bir kishi, Allohni chaqirgunicha qilich bilan azoblanadi.

* Agar siz Muhammadning ushbu maktubini diqqat bilan o'qib chiqsangiz, unda musulmonlar bajarishi kerak bo'lgan shartnoma, buyruq, qonunlar va qarorlar shartlarini topasiz. Ammo maktubda Alloh ular uchun qiladigan narsalar haqida deyarli hech narsa aytilmagan.
Islom amallar bilan oqlanish tizimi bilan, qonun dini darajasida qolmoqda. Bu Xudo hamma narsani qilgan inoyat va poklanish dinidek emas va Masihga imonlilardan faqat bitta narsa kutiladi-Xudoning najotini imon orqali qabul qilish va o'z ixtiyori bilan minnatdorchilik bilan unga bo'ysunish.
Agar Allohning la'nati ostida turgan barcha qonunbuzarlar yo'q qilinsa, kim qutqarishi mumkin? Hech kim Xudo oldida solih emas. Biz hammamiz jinoyatchilar, qonunbuzarlarmiz. Shuning uchun Iso yo'qolganlarni topish va qutqarish uchun keldi (Luqo19:10). U barcha gunohkorlar uchun inoyat orqali oqlanish imkoniyatini yaratdi va faqat bunday oqlanish Xudo oldida kuchga ega.

Shuningdek, u odamlarga ibodatdan oldin to'liq tahorat qilishni buyurdi: yuzni, qo'lni tirsagigacha va oyoqni tovongacha yuvish. Alloh ularga aytganidek, ular ham boshini yuvish kerak. Ular tizza tushib va kamtarlik bilan, belgilangan vaqtda, ya'ni ertalabdan ibodatni bajarishlari kerak; kunduzgi quyosh g'arbga harakatlangan paytda; peshindan keyin; quyosh botganda; kechqurun, qorongulık boshlanishi bilan; va yulduzlar paydo bo'lishidan oldin, kechaning boshida.* Unga chaqirilganida va namozdan oldingi tahorat qilib bo’lganidan so’ng, juma nomoziga kelish kerak. Keyin Muhammad unga Alloh uchun o'ljadan beshinchi qismini, shuningdek, soliqlarni olishni buyurdi; buloq yoki yomg'ir suv bilan sug'oriladigan yerlarning o'ndan bir qismi va paqir bilan sug'oriladigan yerlarning yarm qismi; o'nta tuyadan – ikkita qo'y; yigirmata tuyadan – to’rtta; qirqta sigirdan – bitta sigir; o’ttizta buqadan – bitta buqa; qirqta qo’y uchun – bitta qo’y. Bu mo'minlarning diniy to'lovi haqidagi Allohning qaroridir. Kim shunday qilsa – u o'zi uchun yaxshilik qiladi.

* Kuniga besh marta nomoz o’qish Islomning dastlabki kunlarida musulmonlarning qonuniy burchidir. Bu beshta ibodat musulmonlar uchun Xudo bilan gaplashmasdan, balki oddiy ibodat edi - bu juda sodda, hatto savodsiz odamlar ham o'rganishi va qilishi mumkin edi. Ushbu ibodatdagi so'zlarning aksariyati Allohga sajda qilish va ulug'lash uchun xizmat qiladi. Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhga jiddiy va ongli ravishda ibodat qilmasdan, barcha savollar va muammolar bilan Unga murojaat qilmasdan, masihiylar Islomni engishga qodir emaslar

Islomga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan va imonga amal qilgan yahudiylar va masihiylar, musulmonlar bilan bir xil huquq va majburiyatlarni tan olib, mo’minlar kabi muomala qilinishi kerak. Yahudiylik va masihiylikda kim qolsa – bunda ular o’z imonidan voz kechishiga majbur bo'lmasligi kerak. Biroq, har bir kattalar, erkin yoki qul, erkak yoki ayol, dinor yoki bir xil miqdorda kiyim-kechak olinishi kerak.* Bu soliqni kim to'lasa, u kishi Alloh va uning rasulining himoyasiga ega bo’ladi. Kim bundan bosh tortsa – u kishi Alloh va uning rasulining dushmanidir. Muhammad ustidan Allohning rahmati bo'lsin! Tinchlik, rahm-shafqat va marhamat unga kelsin!”

* O'sha paytda bir dinor katta miqdordagi pul edi va har bir masihiy va yahudiy har yili shunday miqdorni to'lashi kerak edi. Keyin bu miqdor doimiy ravishda oshdi va yahudiylar bilan masihiylar kambag'al bo'lib, musulmonlar esa boyroq bo’ldi.

10.03.17 -- Hamdan vakillarining kelishi**

Hamdandan Muhammadni oldiga kelgan vakillar orasida Malik ibn Namat, Abu Saur, Malik ibn Ayfaa, Dimam ibn Malik as-Salmani va Amir ibn Malik al-Hariflar bor edi. Muhammad Tabukdan qaytib kelganida, ular uning oldiga kelishdi. Ularning kichik yo’llik kiyimlari va Adendan sallalari bor edi, ularning tuyalarida Mahra va Arxabdan (Yamandan ikki qabila) makka somonidan egar bor edi. Malik ibn Namat she'rlarini o'qib berdi:

Hamdan – barcha xalqlarning eng yaxshisi, / dunyoda ularning rahbarlariga o’xshashi yo’q. / Uning yashash joyi – mustahkam minora, / va qahramonlar undan kelib chiqgan. / U yerda uning rahbarlari taxtga o'tirishadi, / va u yerda ular hayotning eng yaxshi zavqlarini topadilar.
* Banu Hamdan qabilasi Yamanning Sharqiy qismida, Makkaning tahminan 850 km janubi-sharqida, Rub al-Xali cho'li chegarasida joylashgan.

Keyin Malik Ibn Namat o'rnidan turdi va dedi: “Ey Allohning rasuli! Hamdanning barcha o’troq va ko'chmanchi qabilalarining rahbarlari Islomning mohiyatini tushunish uchun va Allohga qarshi hech qanday qarshi chiqmaslik uchun tezkor yosh tuyalarida sizni oldingizga kelishdi. Ular Harif* hududidan, Yam va Shakir (bir oz o’zoqroq yashaydigan ikkita Yaman qabilalari) kelganlar va ular – etakchi odamlardir. Ular Allohning rasulining da'vatiga javob berdilar va o'z butlarini o'z ibodatxonalari bilan birga qoldirib, tark etdilar. Ular, Laala (tog’) turguncha va jazirali ohu yumshoq tuproqda yugurar ekan, ular so'zlarni buzmaydilar”.

* Bu joy Yamanning hozirgi poytaxti Sana shahri yaqinida joylashgan.

Muhammad ularga quyidagilarni yozgan:* “Mehribon va Rahimdil Alloh nomi bilan! Bu Allohning rasuli, Muhammaddan Harif viloyatining aholishi va qabilalariga, Hadb tog’I yaqinidagi chodirlarda va ularning Zu al-Mishar va Malik ibn Namat orqali vakillar yuborgan qum tepalari yaqinida yashayganlarga maktub. Ushbular, shuningdek, u bilan Islomga murojaat qilganlarning qabilasidan bo’lgan odamlarga ham murojaat qiladi. Ular ibodat qilib, sadaqa berib, bu tog'lar va vodiylarning ho’jayinlari bo'lib qoladilar. Ular bu yerning mevalarini eyishadi va u yerda chorva mollarini boqishadi. Buning uchun ularga Allohning va'dasi va Uning rasulining himoyasi berilgan. Ko'chmanchilar va yordamchilar-sizning guvohlaringiz”.

* Bu Muhammad va alohida arab qabilalari o'rtasida tuzilgan himoya, shartnoma va bitim maktublari bo’ldi. Muhammad tirik bo’lguniga qadar, ular kuchga edi. Keyin ular kuchini yo'qotishi yoki boshqalar bilan almashtirilishi munkin edi.

10.03.18 -- Yamamadan (Bahreyn atrofida) Musaylim al-Hanaf va Sanadan (Yamandagi) bo’lgan al-Asvad al-Ansi yolg'onchilar

Muhammad davrida ikki yolg'onchi paydo bo'ldi: Yamamda Banu Hanifga murojaat qilgan Musaylim ibn Habib va Sanadagi Asvad ibn Kaab al-Ansi. Ma'lumki, Muhammad bir marta minbardan bu ikki yolg'onchi haqida gapirgan: “Ey odamlar! Men tunda oldindan belgilash vahiysini ko'rdim va keyin uni unutdim. Keyin qo'llarimdagi ikkita oltin bilaguzukni ko'rdim, lekin ular menga yoqmadi. Men ularga pufladim va ular uchib ketishdi va bu ikki yolg'onchi ekanini angladim: biri Yamandan va boshqasi Yamamdan”. Keyin Muhammad qo'shib qo'ydi: “To o'zlarini payg'ambarlar deb e'lon qiladigan o'ttiz nafar yolg'onchi dajjol paydo bo'lib kelmagunga qadar, tirilish kuni bo’lmaydi”.

* Qizig'i shundaki, Muhammad Xushxabardan Dajjol haqidagi ta'limotni qabul qildi va uni yangi shaklda qayta gapirdi. U o'z izdoshlarini Islomga qarshi bo'lgan o'ttiz soxta Masihlar va payg'ambarlar haqida oldindan ogohlantirgan (Matto 24:5; 1Yuhanno 2:18 va 22-23; 4:1-3).

10.03.19 -- Muhammad diniy soliqni yig'ishga amir va yig’uvchilarni yuboradi

Muhammad diniy soliqni yig'ish uchun Islomga bo'ysungan Arabiston yarim orolining barcha joylariga amir va hukmdorlarni yubordi. U Muhajir ibn Abu Umayyani Sanaga yubordi, lekin u yerda bo’lgan al-Ansi unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari, u yerda soliq yig'ish uchun yordamchi, Hadramaut Ziyoda ibn Labidni yubordi. U Adiya ibn Xatimni Tayy va Banu Asad qabilasi ustidan, Malik ibn Nuvayrni esa Banu Hanzal qabilasi ustundan boshqaruvchi qilib qo'ydi. U Banu Saad qabilasiga soliq yig'ish uchun ushbu qabiladan ikki kishiga ko’rsatma berdi: u Zibrikan ibn Badrni qabilaning bir qismiga, Kays ibn Asimni – boshqa qizmiga boshqarubchi etib tayinladi. U Alu ibn al-Xadramni Bahraynga va Alini Najronga diniy soliqni yig'ish va jon soliqni unga olib kelishlari uchun yubordi.*

* Madriddan Varshavagacha masofa qadar katta bo'lgan hududda soliq yig'ish, faqat soliq yig’uvchilarga ishonch bilan qurilgan tashkilot yordamida amalga oshdi.

10.03.20 -- Musailimaning* maktubi

Musaylim ibn Habibdan Muhammadga yozilgan: “Allohning rasuli, Musaylimdan, Allohning rasuli Muhammadga: Senga tinchlik bo’lsin! Senga ma'lum bo’lsinki, men senning izdoshing sifatida, bu ishda sen bilan birga kuch-qudratga egamiz. Dunyoning yarmi biznikidir, qolgan yarmi esa qurayshlarda, ammo ular yomon odamlardir”. Ikki elchi Muhammadga bu maktubni olib keldilar. Uni o'qib chiqib, Muhammad elchilardan so'radi: “Siz bu haqda nima deb o'ylaysiz?” Ular javob berdi: “Biz ham u kabi aytamiz”. Keyin Muhammad so'radi: “Agar xabarchilar daxlsiz bo'lmaganida edi, men sizlarni boshingizni olib tashlardim!” Keyin u Musaylimga yozdi: “Mehribon va Rahimdil Alloh nomi bilan! Allohning rasuli Muhammaddan, yolg’onchi Musaylimga: Yuqoridan kelgan hidoyatga ergashgan kishiga tinchlik bo'lsin. Butun yer yuzi Allohga tegishli! U O'zi tanlagan, O’z xizmatkorlariga uni meros qilib beradi.** Xudodan qo'rqish yaxshilik bo'ladi”. Bu hijratdan keyingi o'ninchi yil oxirida edi.

* Musaylima Bahraynning yaqinidagi, Madinadan tahminan 1110 km sharqda yashagan Banu Hanif qabilasidan edi.
** Bu yerda Muhammad, ehtimol, o'zini nazarda tutgan. Lekin Xudo unga emas, balki Iso Masihga tinchlik berdi (Zabur 2 va 109; Matto 28:18; Yuhanno 17:2 va Ibroniylarga 1:1-14 ga qarang). Unga osmon va yer yuzidagi barcha kuch va qudrat berilgan. Muhammadning jasurligi nima? U Islomni butun dunyo bo'ylab dunyoviy kuch sifatida ko’proq qabul qildi.

10.04 -- Test

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Nima uchun Muhammad Tabuk uchun harbiy yurishiga tayyorgarlik ko'rishni buyurganida haqiqiy niyatini e'lon qildi?
  2. Nima uchun Muhammad Tabukdan qaytganidan so’ng masjidni yo'q qilishni buyurdi?
  3. Muhammad jangda ishtirok etishni xohlamasdan Madinada qolgan musulmonlarni qanday jazoladi?
  4. Qanday qilib va nima uchun Taifdagi butlar yo'q qilindi?
  5. Qaysi maqsadda Muhammad to’rt muqaddas oy muddatni berdi? Bu muddat tugaganidan keyin musulmonlar Allohning amrlarini qanday bajarishlari kerak edi?
  6. Shoirlarning tanlovi nima bilan yakunlandi?
  7. Masihiy Jarud Islomga qanday murojaat qildi?
  8. Arabistonning qaysi qismlaridan Muhammadning oldiga vakillar keldi?
  9. Nima uchun Banu al-Xaris masihiy qabilasi Islomni qabul qildi?
  10. Musaylim Bahraynda va Yamanda Al-Asvad nimani e'lon qildilar?
  11. Muhammad Arabistondagi birlashgan qabilalarga amir va solih yug’uvchilarni qanday maqsadda yubordi?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 12, 2021, at 04:52 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)