Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 3.03 Worship and Requests That Concern the Kingdom of Heaven

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 3 - Adashganlarning ibodati

3.03 - Osmon Shohligiga tegishli sajda va iltijolar



3.03.1 - Allohni maqtash

Fotiha surasi e’tirof bilan boshlanib, Allohni bavosita maqtaydi. Hamma narsa ustidan ulug‘ boshqaruvchi o‘zini maqtashni va sajda qilishni talab qiladi. U har bir insonni va voqeani nazorat qiladi. Inson uni oldida faqat dahshatga tushadi. Musulmon odam Allohga to‘g‘ri gapirishga va uni shaxsan maqtashga jur’at etmaydi. Fotiha surasida odam: “Biz seni maqtaymiz, ey Xudo” yoki “Seni maqtayman, yo Rabbim” deb aytolmaydi. “Allohga maqtovlar bo‘lsin” deb har bir musulmon duo qiladi. Biz tan olishimiz kerak islom – sajda qiladigan din. Qur’on bo‘yicha Alloh bandalarni sajda qilish uchun yaratgan. Arab tilida sajda va sajda qiluvchi so‘zlar banda, ya’ni qul degan so‘zlarni bildiradi. Bu degani Allohga sajda qilish va qilmaslik odamga bog‘liq emas; bu degani Allohni maqtash bu dunyoga kelgan paytdan boshlab har bir insonning majburiyati va ma’suliyatini anglatadi. Musulmon odami qonun ostida yashaydi va u Allohning farzandi emas, quli bo‘ladi. Har bir duosi bilan inson o‘zini Allohga buysuntiradi va bu buysunish faqat qo‘rquv va izzat−ikrom orqali bo‘lishi mumkin.

Masjidda shukrona yoki xursandchilik qo‘shiqlar deyarli yo‘q. Ko‘pi bilan monoton (bir ovozli) gurillashni yoki jangga chaqiradigan ovozni eshitish mumkin. Lekin har bir inson islom davlatlardagi musulmonlarning bir qatorda o‘tirib 34 marta Allohga sajda qilishini va peshanasi bilan erga tegishini ko‘rishi mumkin. Odamlarning sajda qiladigan paytida orqa tomondan pastga oyog‘largacha ketadigan holati – bu islomning tana mujassami deyiladi; bu holat “islom” so‘zining amalda ko‘rinishi hisoblanadi. Agar “islom” so‘zini tarjima qilsak, uning ma’nosi “taslim bo‘lish”, “qo‘rbon bo‘lish” va Allohga “buysunish” bo‘ladi. Ulug‘, kuchli va aqlga etmaydigan xudoga qo‘rquv va izzat bilan ta’zim qilish kerak.

Bir necha asrlar oldin, xalifalar va sultonlar paytida, hatto generallar podshohning taxti oldida ba’zan erga tushib ta’zim qilishi kerak edi. Keyin podshoh oyog‘ini odamning bo‘yiga qo‘yish mumkin edi va bu “men sendan ustunroqman” degan ramzni bildirar edi. Shu orqali sajda qiluvchi: “Mana men shu erdaman. Nimani qilsangiz roziman” degandek bo‘lardi.

Hatto bugun ham islom dinida musulmon odam Alloh oldida erga yiqilib sajda qilish kerak va xuddi: “Oyog‘ingizni ustimga qo‘ying. Men sizga tegishliman. Nimani qilsangiz roziman. Sizning xizmatingizdaman” degandek bo‘ladi.

Islomdagi sajda xamisha boshqatdan ulug‘ va notanish Allohga sajda qilishiga o‘xshaydi.


3.03.2 - Butun dunyoning Parvardigori

Allohga shartsiz buysunish fotiha surasida “Butun dunyoning parvardigori” so‘zlari bilan kuchaytirilgan. Islom dini paydo bo‘lishidan oldin Alloh so‘zining ma’nosida hamma odamlarni va hodisalarni nazorat qiluvchi degan tushuncha bo‘lgan. U hamma narsani biluvchi, ko‘ruvchi, eshituvchi, hamma narsaga qodir, hammadan dono va har bir voqeaga yo‘l ko‘rsatuvchidir. Xech narsa undan qocholmaydi yoki yashirina olmaydi. U butun mavjudot ustidan xokimiyatlik qiladi. U buyuk koinotlarni nazorat qiladi. Xech qanaqa yulduz uning xohishisiz paydo bo‘lmaydi yoki o‘chmaydi. Allohning xohishisiz hatto kichkina atom ham qimirlamaydi.

“Butun dunyoning Xudosi” degan nomning boshqa ma’nosi ham bor. Alloh nafaqat ko‘rinadigan dunyoni, balki ko‘rinmaydigan dunyoni va abadiyatni nazorat qiladi. U ruhlarni Parvardigoridir. Farishtalar va jinlarni u yaratgan va ular unga xizmat qiladi. Islomda Muqaddas Ruh ham yaratilgan va Allohga cheksiz xizmat qiladigan bir deb farishta hisoblanadi. Hech narsa Allohning xohishisiz bo‘lmaydi, U hammasini biladi. U yagona Parvardigordir.

Allohning ko‘rinadigan va ko‘rinmaydiganlar ustidan bo‘lgan to‘liq hokimiyati borasidagi musulmoncha tushunchada, biz ikki xil taqdirni ko‘rsak bo‘ladi. Alloh xohlagan odamning yuragini qattiq qiladi, xohlaganining yuragini yumshatadi; xohlaganiga najot beradi va xohlaganini la’natlaydi (Sura al-Fatir 35:8; al-Muddattir 74:31). Odamning shaxsiy javobgarligi bu erda behuda va katta ahamiyatga ega emas. Qur’onda shunday oyat bor “odam ojiz bo‘lib yaratilgan” (Sura al-Nisa 4:29); shu sababdan musulmon o‘zining gunohkorligini o‘zi tushunmaydi. Musulmon odam o‘zining xatolarni tan oladi, lekin hech qachon o‘zini adashgan va ezilgan gunoxkor deb hisoblamaydi.

Ba’zan qamoqqa tushgan musulmonlar shunday deb yozadilar: “Alloh o‘zi meni shu qamoqqa tashladi, toki men sizlar bilan aloqa qilay”. Bu so‘zlar bilan ular shunday demoqchi bo‘ladilar: “Men ojizman, chunki Alloh meni ojiz qilib yaratdi. Oxir‑oqibat, u, ya’ni Alloh mening xatoim uchun javobgar. Bu faqat mening aybim emas. Men gunohkor emasman, chunki onamdan shunaqa bo‘lib tug‘ildim.” Bu kabi passiv, javobgarsiz fikrlashlar butun islom madaniyatiga ta’sir qiladi. Har kun hayotda ushbu “yalqov fatalizmni” (taqdirga ishonish) ko‘rish mumkin. G‘arb mutaxassislari musulmon biznesmenlari bilan ishlab, ularning dunyo qarashi haqida arablarning “IBM” (IBM – International Business Machines) haqida shunday deydilar:

Inshallah: agar Alloh ruxsat bersa, bir ish bo‘ladi.
Bukra: ish yoki ertaga, yoki ertadan keyin, yoki bir haftadan keyin bitadi.
Ma’lesh: Biron narsa sinsa ham, bu katta muommo emas.

Bu ruh musulmonlarning hayotiga qanchalik kirib ketgan biz tasavvur ham qilolmaymiz.

Bir oynachining shogirdi derazaga oyna o‘rnatganda, oynani qo‘lidan tushurib yuboradi; oyna sinadi. Uyning egasi buni ko‘rib, g‘azabga tushadi va: “Nimaga ehtiyot bo‘lmading?” – deb baqiradi. Bola ko‘zini ochib, “Maktub” deb javob berdi uy egasiga. Bu degani: “Bu taqdir edi. Alloh bu oynani sinishini oldindan belgilab qo‘ygandi”. Boshqacha qilib aytganda, uning aytmoqchi bo‘lgan gaplari bo‘yicha bola emas, oynaning sinishi uchun Alloh javobgar, chunki oynaning sinishini u xohladi.

Musulmon odamning har kunlik hayotini mana shu taqdir va Allohning buyukligi nazorat qiladi. Ammo bunga qarama‑qarshi ravishda biz shunday so‘zlarni o‘qisak bo‘ladi: “Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini” (Ibtido 1:27). Buning ma’nosi: “Menga Xudoing haqida gapirib bersang, nima uchun sen bunday yashayotganini aytaman”. Xudo haqida tushunish madaniyatni shakllantirib, insonlarning hayotiga, fikrlashga va munosabatlariga ta’sir qiladi. Musulmon odamning hayoti Allohning ruhi bilan aniqlangan. Musulmon butun hayotida qul va sajda qiluvchi bo‘lib qoladi.


3.03.3 - Rahmdil, mehr-shafqatli

Muhammad hamma musulmonlarning qulligini ko‘rib, Alloh rahmdil va mehr-shafqatli degan so‘zlarga urg‘u berganini ko‘rib, hayron bo‘lmaslik kerak. Agar bu umid bo‘lmaganida, musulmon o‘zining ruhiy zindoniga dosh bera olmagan bo‘lardi. Ammo Allohning ushbu ikki hislatini ahamiyati yo‘q, chunki ular haqiqiy ozodlikni bermaydi; bu xuddi odamni yupatmasdan unga yordam berishga va’da berishga o‘xshaydi. Arablarning neftdagi milliardlab pullar yoki “muqaddas jang” orqali erishilgan yutuqlar Allohning musulmonlarga barakalari deb hisoblanadi, musulmonlar bular orqali umidimiz bor deb ishonadilar, biroq Xudoning qutqaruv rejasi bunga asoslanmagan.

Allohning 99 ismi bu faqat ism, bu ismlar – amalda hech qanday ta’sirga ega emas. Ism bizga bir imkoniyatlar, dasturlar yoki biron bir umidni ochib beradi, lekin amaliy natija yo‘q. Chunki fe’l orqali ma’lum bir paytda, ma’lum bir joyda, ma’lum bir inson bilan bo‘lib o‘tgan ish‑harakatni ta’riflab berishi mumkin. Qur’onda Allohning ismlari ko‘p, Xudoning faol bo‘lgan va O‘z va’dalarini bajargan harakatlari orqali Xushxabar Xudoning irodasini ochib beradi.


3.03.4 - Oxiratdagi Hukmdor

Fotiha surasida biz Allohni yanada chuqurroq tushunishimiz mumkin. U nafaqat notanish, kuchli, qodir va hamma narsani boshqaruvchi, u ham “Oxiratdagi Hukmdordir”.

Islom dini tarixga o‘zgacha qaraydi bor. U erda hamma narsa xuddi daryoday bir joyga oqib boradigan yakuni bor, bu: dahshatli oxirat. Buning so‘zma so‘z tarjimasi “Din kuni” deyiladi. Buni islom dinining eng yuqori nuqtasi deyish mumkin, chunki diniy maqsad o‘sha kunga yo‘naltirilgan. Bu kunda hamma yaxshi va yomon ishlar, yashirilgan va maxfiy narsalar ham yorug‘likka chiqariladi va hukm qilinadi.

Islom bu qonunga asoslangan din. Islom dinining asosiy printsiplari inoyat, mehr-shafqat va kechirish emas, balki qarzlarni to‘lash va qasd olishni o‘z ichiga olgan shafqatsiz qonunlardir. Qonun juda qattiq va uni buzish mumkin emas! Bu qonunlar urug‘-aymoqlarning obro‘sini, imtiyozlarini hamda odamning or‑nomusini oxirigacha himoya qilishga qaratilgan.

Oxiratda – Din kunida katta tarozi bo‘ladi (Sura al-Shura 42:17). Odamzodning hamma savob ishlari va yovuz ishlari taroziga tortiladi. Shuning uchun musulmon kishi savobli ishlar ko‘proq bo‘lishiga umid qiladi (Sura Xud 11:114). Lekin u insonning butun tabiati tug‘ilishdan yovuz va buzuq ekanligini tushunmaydi. Odam Ato va Momo Havo qilgan birinchi gunoh tufayli butun odamzod gunohga botganiga va Xudodan uzoqlashganiga musulmonlar ishonmaydilar. Islomning poydevori – bu savob ishlar orqali oqlanish. Shuning uchun musulmon odamning harakati qilgan xatolar o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. Ertalab saharda muazzin masjiddan namozga chaqiradi: “Namoz uchun turinglar, omad uchun turinglar!”. Bu so‘zlar namoz uchun turgan odamning kuni omadli bo‘lishini anglatadi. Har bir inson Fotiha surasini besh martalik namoz davomida o‘n etti marta takrorlab yurgan bo‘lsa, bir necha gunoxlarni yuvgan bo‘ladi.

Musulmon odam mukofot-jazo degan tushunchaga tobe. Uning umidi Oxiratda, Din kunida savobli ishlar orqali Abadiyat bog‘iga kirish. U erda chanqagan musulmonni jismoniy lazzatlar kutmoqda. Jazirama cho‘lda azob chekkani uchun, endi uni hashamatli va salqin bog‘ kutadi. Har bir itoatli musulmonni o‘zining erdagi xotinlardan tashqari har turli lazzatli eguliklar, endigina uzilgan mevalar, chiroyli qizlar va xizmatkorlar kutmoqda (Suralar: Yosin 36:56, al-Duxan 44:54, al-Vaqia 56:11-37 va boshqa). Ammo musulmonlar orasida o‘sha jannatda Alloh o‘zi bo‘lmaydi. Hatto u erda ham Alloh buyuk, uzoq, sharaflangan va notanish xudo bo‘lib qolyapti.

Musulmonlar jannatga kirishini yoki kirmasligini aniq bilmaydilar. “Muqaddas jangda” o‘lgan, Alloh uchun kurashgan odamga bunday umid ko‘proq berilgan; musulmonlar bunday odamlarning darhol abadiy bog‘larda bo‘lishiga umid qiladilar. Badavlat musulmon er yuzida masjid qursa, narigi dunyoda u katta mukofotga sazovor bo‘lishiga ishonadi. Ba’zi musulmonlar esa Qur’oni yodlaydi, chunki ular bu orqali o‘zlari va o‘n ikkita qarindoshi uchun abadiyat bog‘ida joy egallab qo‘yishiga umid qiladi.

Qur’on jannat va uning xursandchik haqida qanchalik batafsil gapirgan bo‘lsa, do‘zaxning alangasi haqida ham shunchalik gapiradi. Agar kim Allohdan tashqari boshqa xudolarni e’tirof etsa, kim Allohning o‘g‘li bor deb tan olsa, o‘sha odam qizdirilgan ko‘mirlar ustida qovuriladi, yongan odamning tana terisi odamdan ajraladi va yana‑yana o‘sib chiqaveradi. Bu orqali azob chekish abadiy davom etadi (Sura al-Nisa 4:56).

Dante degan shoir do‘zaxni ta’riflaganda, Qur’ondagi ba’zi oyatlardan foydalangan (Suralar: al-A’raf 7:38, Ibrohim 14:16, al-Xijr 15:34 va ayniqsa al-Masad 111:1-5). Allohdan qo‘rqishning eng yuqori nuqtasi do‘zaxning alangasi bo‘ladi va bu alanga islomni qabul qilmagan odamlar hamda diniga sodiq bo‘lmagan musulmonlar uchun tayyorlangan.

Lekin Qur’onda yana bitta dahshatli oyat bor (Sura Maryam 19:69-71); bu oyat bo‘yicha hamma musulmonlar hech narsaga qaramasdan do‘zaxga kiradi. Bu Alloh tomondan belgilangan bo‘lib, bahs‑munozaraga o‘rin yo‘q. Keyinroq, agar odam sodiq va Xudodan qo‘rqadigan musulmon bo‘lgan bo‘lsa, Alloh uni qutqarib olishga qodir. Bu oyat haqida islom olimlari, o‘sha paytda do‘zax toza bo‘lib turadi va musulmonlar o‘tayotganda alanga yonmay turadi. Boshqalar aytadiki, musulmonlar yalang oyoqlari bilan alangadan ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadilar. Do‘zaxning alangasi odamning qilgan gunoxlariga yarasha chuqur bo‘ladi. Shuning uchun faqat yaxshi musulmonlar qutqarilishga umid qilishi mumkin.

Yaxshi va odil musulmon bo‘lish uchun nima qilish kerakligini hech kim bilmaydi, hatto Muxammad – islomning asoschisi oddiy odam bo‘lib, o‘zining Oxiratini kutmoqda. U o‘zi ham hali najot topmagan. Shuning uchun hamma musulmonlar Muxammadning ismini tiliga olganda: “Alloh uni duo qilsin va tinchlik bersin”, deb aytadilar. Lekin agar din etakchisi va asoschisi hali najot topmagan bo‘lsa, uning ergashuvchilar qaerda bo‘ladi? Ko‘pincha din etakchisi o‘zining ergashuvchilar najoti uchun duo qilish kerak. Ammo 1350 yil o‘tgach hali ham musulmonlar o‘z duolarida Muxammadning tinchligi uchun so‘raydilar.

Musulmon Allohga sajda qilayotganda va Fotiha surasini o‘qiyotganda uning yuragida kutishlar, umid va qo‘rquv aralashib ketadi. Shaxsiy fikrlar musulmon odamning ibodatida xisobga olinmaydi: aksincha, har kun Alloh, notanish xudo oldida 34 marta tiz cho‘kishi kerak. U Allohga, eng oliy xo‘jayinga va hukmdorga dahshat va chuqur izzat bilan sajda qiladi va biladiki, Alloh pora olmaydi. Musulmon odam hamma ruhiy qonunlarni va tartiblarni saqlab yursa ham, mehr-shafqatli Xudodan najot topaman deb umid qilib yuradi. Ammo savob ishlar va duolar orqali qutqarilishiga ishonchi hech qachon komil bo‘lmaydi.


3.03.5 - Sening noming ulug‘lansin

Rabbimizning ibodatida birinchi va eng muhim iltimos nimaligi haqida biron marta o‘ylab ko‘rganmisiz? Ikkinchi yoki uchinchi iltijolargacha etgandan keyin ibodat qilayotgan odam nimani gapirayotganini tushunadi. Biz ko‘pincha ibodatda eng muhimi Iso ekanligini unutib qo‘yamiz. Avvalam bor U bizdan oshqor qilingan Otamizning ismini ulug‘lashimizni istaydi. Yangi Ahdda Xudoning otalik hislatlaridan tashqari yana qaysi hislatlari maqtashga loyiq? Xudo nafaqat Ota deb chaqiriladi, U haqiqatdan bizning qonuniy va ruhiy Otamiz. Agar Eski Ahdda payg‘ambarlar, olamni Yaratgan, uch karra muqaddas va aqlga sig‘maydigan ajoyib Parvardigor deb tan olgan bo‘lsa, hatto Uni uzoqdan ko‘rgan odam o‘ladigan bo‘lsa, Iso shogirdlariga Xudoni nur va inoyat Otasi deb ko‘rsatdi. Endi har bir odam Xudoga Isoning nomi orqali yaqinlashish mumkin.

Isoning kelishi bilan Xudo haqidagi eski tasavvurlar o‘tib ketdi, deb ayta olamiz. Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh sevgi va haqiqat birligida mavjuddirlar. Otaga sajda qilgan odam O‘g‘ilga ham va Muqaddas Ruhga ham sajda qilgan bo‘ladi.

Ota qachonki farzandli bo‘lsa ota deb chaqiriladi. Ota so‘zi farzandi bor bo‘lgan yoki farzandni qabul qilgan odamni bildiradi. Rabbimizning ibodatidagi birinchi murojaati bilan biz, Otamizning osmonda millionlab farzandlar tug‘ilsin, degan ma’noda ibodat qilamiz. Bu orqali Xudoning nomi ulug‘lanadi va e’zozlanadi. Sening farzandlaring ko‘paysin deganda, nafaqat rasmiy farzandlikni, balki Muqaddas Ruhning odamda bo‘lishi orqali ruhiy tug‘ilishni ham hisobga olamiz. Xudoning sevgisi, xursandchiligi, tinchligi, sabr-toqati, yaxshiligi, ibosi, kamtarligi, muloyimligi, haqiqati va pokligi Isoga ergashuvchilarda ko‘rinadi. Rabbimiz ibodatidagi birinchi iltijoning maqsadi mana shu.

Ba’zi vaqt biz do‘stlarimizdagi farzandlar haqida suhbat qilganimizda “U otasiga o‘xshaydi!” yoki “Qarang onasining o‘zi!” degan gaplarni eshitimiz mumkin. Bu gaplarning ruhiy ma’nosini biz Muqaddas Kitobning birinchi bobida ko‘rishimiz mumkin, u erda shunday deyiladi: “Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini. Erkagu ayol qilib yaratdi ularni” (Ibtido 1:27). Yaratilishning boshida maqsad ana shunday edi, ammo gunoh sodir bo‘lgandan keyin bu maqsad yo‘qoldi. Biroq, Iso Masih orqali bu maqsad qaytadan tiklandi. Faqatgina Iso: “Meni ko‘rgan Otani ko‘rgan bo‘ladi”, deya oladi (Yuhanno 14:9). Iso osmondagi Otamizning haqiqiy suratidir. Agar siz Xudoni bilmoqchi bo‘lsangiz, Isoga, Uning muhabbatiga, Uning muqaddasligiga, Uning kamtarligiga va mehr-shafqatiga qarang.

Yangi Ahddagi ibodatda biz birinchi Osmondagi Otamizdan O‘zining farzandlarini muqaddaslashishni va Uning suratiga o‘zgartirishni so‘raymiz, toki bizda Xudoning xarakteri rivojlansin va biz Uni uyaltirib qo‘ymaylik. Aksincha fikrlarimizda, so‘zlarimizda va xarakatlarimizda biz Unga o‘xshaylik. Xudo farzandlarining hayotlari orqali Otani ulug‘lash kerak. Haqiqat shuki, Xudo muqaddas va U bizning muqaddasligimizga muhtoj emas. Ammo Xudo biz ham Uning muqaddasligini bir qismi bo‘laylik deb O‘zining Ruhini bizga yuborgan va U orqali biz Otamizni sharaflaymiz va ulug‘laymiz.

Iso shogirdlariga shunday o‘rgatgan: “Osmondagi Otangiz barkamol bo‘lgani kabi, sizlar ham barkamol bo‘linglar” (Matto 5:48). Agar Xudoning otaligi bo‘lmaganda va U biz bilan munosabat qurmaganda, biz bu amrni bajo etmas edik. Otaning quvvati, madadi, g‘amxo‘rligi, sevgi va ba’zan fosh qilishi orqali biz kundan kunga Unga o‘xshab boramiz. Isoning Otasi bizga umid va kuch-quvvat beradi. O‘z farzandlarining ovozlariga quloq soladigan va ovozini boshqalardan ajratib ololadigan ona kabi Xudo O‘z farzandlarining ovozlarni eshitadi va ovozlarini boshqa ovozlardan farqlay oladi. Osmondagi Otamiz farzandlariga madad berishga shoshiladi va yolg‘iz qoldirmaydi. Yuraklarida yashaydigan Muqaddas Ruh orqali Xudo O‘z farzandlarini yupatadi.


3.03.6 - Sening Shohliging kelsin

Xudoning Shohligi Yangi Ahdda asosiy mavzulardan bittasi. Xudoning Shohligi kambag‘al va ojiz emas. U badavlat, kuchli va farovon. Ammo, Muqaddas Kitobda yozilgandek, Uning Shohligiga faqat ruhan kambag‘al bo‘lganlar kiradi; bu degani Xudo oldida bo‘sh qo‘llar bilan turgan, gunoxlariga iqror bo‘lgan va Uning inoyatini, kechirimini va hayot kuchini qabul qilganlikni anglatadi. (Matto 5:3).

Eski yaxudiy tilida shoh va shohlik so‘zlari bir‑biriga chambarchas bog‘liq. Hamma davlatlar va fuqarolar unga tegishli. Ular o‘z shohiga so‘zsiz itoat qilishlari kerak. Xuddi shu kabi Xudo – bizning Podshohimiz. Biz Unga tegishlimiz, chunki U bizni yaratdi. Butun odamzod Unikidir, hatto odamlar buni qabul qilmasa ham. Ko‘p odamlar Xudoga nisbatdan qarshi va dushman bo‘lib yashaydi. Ular Unga itoat qilishini xohlamaydilar. Lekin bir kun Podshoh Hukm qiluvchi bo‘lib turadi va o‘sha paytda U jazo berishga haqli bo‘ladi.

Ammo Osmondagi Otamiz sabr-toqatli. U hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan, hammadan dono, tarixning Egasi va yana bir marta O‘zining O‘g‘lini yuboradi. Bu Hukm qiluvchidan hech kim qochmaydi, Unga pora bera olmaydi va o‘sha kunni Oxirat kuni deyiladi. Osmondagi Otamizning buyukligini biz bilamiz va ta’n olamiz, Unda butun hokimiyat bor. Har bir kishi butunlay Unga tegishli, oyog‘idan boshigacha. Shuning uchun odam Unga o‘zini topshirishini va itoat qilishini U xohlaydi. Ammo Rabbimiz Iso Masihning Otasi va islomdagi Alloh orasida katta farq bor: Yaratuvchi bizning Otamizdir, bizni sevadigan Podshohdir va biz bilan shaxsiy munosabat qiladigan Muqaddas Xudodir. Biz Egamiz oldida titramasligimiz kerak. U hayotimizga kelishidan maqsad bizga abadiy hayot va umid berish, baxtli qilishdir.

Biz “Sening Shohliging kelsin” deb ibodat qilganimizda, o‘zimiz uchun boylik, shuhrat va hokimiyat so‘ramaymiz, biz Isoda namoyon bo‘lgan Otamiznnig ruhiy Shohligini so‘raymiz. Iso shogirdlariga shunday degan: “...chunki Xudoning Shohligi sizlarning orangizdadir” (Luqo 17:21). Otamizning Shohligi bu dunyodan bo‘lmagan ruhiy Shohlikdir. Masihning Shohligini kengaytirish uchun biz yolg‘on va zo‘ravonlik ishlatmaymiz, chunki Uning Shohligini mazmuni fidokorona sevgi va sab-toqat. Xudoning hokimiyatini muqaddas jang orqali o‘rnatish uchun to‘g‘ri uslub emas. Iso hech qachon shogirdlariga qurol bermagan. Hatto O‘ni o‘ldirayotganda U qotillarning o‘lishini xohlamadi. Iso O‘zi qurbon bo‘lishni istadi. Shuning uchun havoriylar dushmanlariga qarshi chiqish o‘rniga Isoning amrini bajo etgan: “Lekini Men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni sevinglar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar. Shunda Osmondagi Otangizning o‘g‘illari bo‘lasizlar...” (Matto 5:44,45).

Kim Osmondagi Otamizning Shohligi uchun jiddiy ibodat qilsa, u odam Shohlik uchun mehnat qilayotganini tushunadi. Agar oilani shaxsiy biznesi yoki eri bo‘lsa, oila a’zolari ko‘pincha birga mehnat qiladi; ba’zan ko‘p mehnat qilish kerak! Bu oilada ota ko‘proq mehnat qiladi. Osmondagi Otamizning shohligi ham shunga o‘xshaydi. Xudoning o‘g‘il‑qizlari shaxzodalar va malikalar bo‘lib, Otamizning Shohligini kengaytirish uchun hayotlarini, vaqtlarini va kerak bo‘lsa pullarini bag‘ishlashga tayyor bo‘lishlari kerak.

Iso Xudoning Shohligi uchun ibodat qilayotganlar bu Shohlik kelishiga ishonishini xohlaydilar. Har bir avlod bu dunyoda ushbu imon harakatida qatnashishga chaqirilgan. Sizning imoningiz orqali Xudoning Shohligi kelyapti! (1 Yuhanno 5:4).

Osmondagi Otamiz Shohligini albatta bizsiz ham o‘rnata oladi. Ammo Otamiz bizni loyiq deb hisoblaydi, chunki U bizni, farzandlarni, ishonchli, sodiq va merosxo‘r qilib yaratdi. Hamma sodiq yumushchilarni Uning ulug‘vorligi kutmoqda.

Agar kimdir Osmon Shohligini qanday kengaytirishni bilmasa, u Otadan buni qanday qilishini so‘rashi mumkin va Xudo ko‘rsatadi. Kimdirni Xudo guvohlik berishga chaqirgan, boshqasini xizmat qilishga, uchinchini tinimsiz ibodat qilishga; boshqalar o‘z xizmatini pul ehson qilishda va azob-uqubatda ko‘radi. Isoning shogirdlariga turli xil xizmatlari berilgan, lekin oxirgi maqsad bu imonsizlar najot topishidir. Iso shunday degan: “Inson O‘g‘li esa adashib gumroh bo‘lganlarni qutqarish uchun kelgan” (Matto 18:11). Otaning Shohligiga qabul qilingan inson albatta o‘z qarindoshlari va do‘stlarini ham abadiy hayotga ega bo‘lishini xohlaydi. Najot topgan odam boshqalar ham najot topishini xohlaydi. Bizda boshqa musulmonlarga Otaning sevgisini ko‘rsatish xohishi bo‘lish kerak.

“Sening Shohliging kelsin” deb ibodat qilayotgan inson nafaqat Xudoning bugungi najot beradigan va muqaddas kunini, balki kelajakdagi Otaning Shohligini hayajon bilan o‘ylaydi va o‘sha Shohlik erda inoyatli bo‘ladi va yagona O‘g‘il Shohlik qiladi, deb kutadi. Masihning qaytib kelishi, o‘liklarning tirilishi va Xukm kuni – bular hammasi Otaning Shohligi kelishidan oldingi bosqichlar. Shuning uchun biz hamisha o‘zimizga savol beramiz: Hayotimizning maqsadi nima? Biz nima uchun yashayapmiz? Biz kelajakda nimani kutamiz? Biz bu hayotda faqat boylikni va nafslarni qondirishni istaymizmi? Yoki erning yader zaharlanishini o‘ylab qo‘rqib yuramizmi? Biz dajjol kelishidan xabardormizmi va Masihning ikkinchi kelishini kutyapmizmi? Oxirat kunini o‘ylab o‘z hayotimiz uchun qayg‘uramizmi yoki o‘limdan keyin tirilamiz, deb dilimizda tinchlik bormi, hatto bu o‘lim bo‘lsa ham? Biz jannatdagi rohatni kutyapmizmi yoki yuzlarimiz abadiy la’natdan g‘amginmi? Ba’zan masihiylar o‘z o‘tmishlarini tekshirib ko‘rib, undan saboq olishlari va abadiyatga bo‘lgan umidlari haqida o‘ylab ko‘rishlari kerak.

Biz Rabbimiz ibodatidagi so‘zlardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkin: “Biz uyga qaytmoqchimiz! Biz Otamizni ko‘rmoqchimiz!” Hayotimizda jismoniy lazzatlar va ruhiy kutishlar emas, balki umidimiz hammaning o‘zini haqiqiy uyiga qaytib, Otamizga sajda qilib va yig‘lab Unga: “Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning o‘g‘lingiz, deb atalishga loyiq emasman... Gunohlarimdan chetga ol ko‘zlaringni, olib tashla ayblarimni” deya olsin (Luqo 15:21; Zabur 51:11). Agar bu bizning ibodatimiz bo‘lsa, o‘shanda biz Otamizning bag‘rini his qilamiz. U bizga odillik to‘nini kiydiradi va abadiy xursandchilik ziyofatiga taklif qiladi.

Oxiratdagi hukm, do‘zaxning alangasi yoki jismoniy lazzatlar va taskin hayotimiz maqsadi emas; ammo biz, masihiylar, Ota bilan abadiy muloqotda bo‘lamiz! Biz darbadar o‘g‘ilga o‘xshab Otamizning uyiga qaytamiz. U har bir ko‘z yoshimizni artadi. U erda, Uning oldida boshqa hech qanaqa o‘lim, qayg‘u, yig‘lash va dard bo‘lmaydi. Zero, avvalgilar o‘tib ketdi. Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman (Vahiy 21:3-7)!


3.03.7 - Osmonda bo‘lgani kabi, erda ham Sening irodang bajo kelsin

Masihiylar hayotlarida azoblar va og‘irlik kelganda, Rabbimiz ibodatning uchinchi iltimosini bag‘ishlash ibodati deb ibodat qiladilar. Ammo biz esimizdan chiqarmasligimiz kerak bizning Xudoimiz befarq Xudosi emas. Yo‘q, biz o‘zimiz Osmondagi Otamizga duo qilamiz – Uning irodasi bajo kelsin.

Yaxshi ota o‘zining farzandlari uchun eng yaxshisini istaydi. U albatta ularni notinchlikdan, gunoxlardan, yiqilishdan va azoblardan saqlashni xohlaydi. U qo‘lidan kelguncha yordam berish xohlaydi. Ulardan faqat talab qilishni istamaydi, ammo ular uchun hayotini ham berishga tayyor. Xudo O‘z farzanlariga har xil qobiliyatlar bergan va Xudo ularni mana shu qobiliyatlari bilan xizmat qilishlarini xohlaydi va buning uchun ular qo‘llab‑quvvatlaydi. O‘z farzandlaridan Xudo ortig‘ini talab qilmaydi. Masihiylar xizmat qila olishlari uchun Xudo ularga kerakli hamma narsani beradi va ularni boshqaradi. Shuning uchun Xudoning irodasini bajarishda biz o‘zimiz faqat qatnashmaymiz. U biz bilan qatnashadi va marhamatlaydi.

Otamizning irodasi erda eng kuchlisidir. U butun insonlar haqiqatni bilib olib, najot topishini istaydi (1 Timo‘tiyga 2:4).

Rabbimizning mana shu birinchi iltijolar orqali butun dunyodagi xizmatlar boshlangan. Masihiylar osmondagi qandaydir zolim podshohga sajda qilmaydi, yoki ularni bir azob beradigan kuch nazorat qilmaydi, yoki insonning irodasiga qarshi qilib bir xudo ularni ustidan turmaydi. Iso bizlarni bir diniy azob chekishga chaqirmagan, ammo biz Otaning irodasini tushunsak, bu boshqalarga Xushxabarni etkazishga madad beradi. Iso osmondan tushib dunyoga najot berish uchun oddiy Inson bo‘lib kelganda, butun osmon xursand bo‘lgan. Isoning shogirdlari ibodat qilib osmondagi Otaning hayotini kutayotganda, Muqaddas Ruh ularga tushdi. Farishtalar esa buni ko‘rganda, Otani va Isoni ulug‘langanlar.

Agar Xudoning irodasi osmonda bo‘lgani kabi bizning shaharlarimizda va qishloqlarimizda bajo kelishini xohlasak, biz o‘zimizning irodamizni Otamizning irodasiga topshirib, bu xizmatda Unga qo‘shilishimiz lozim, toki Uning irodasi bajo kelsin. Albatta, Xudoning irodasi bizsiz ham bajo kelishi mumkin, ammo biz qandaydir bir beparvo podshohning qullari emasmiz; biz osmondagi Otamizning farzandlari bo‘lamiz va U bizni barakali xizmatga chaqirgan! Biz bir zolim podshoh oldida zirillab turganimiz yo‘q. Aksincha Otamizdan hamma odamlar uchun – biz taniydigan va tanimaydiganlar uchun mehr‑shafqatini iltijo qilib so‘raymiz. Chunki Otamizni izlaydiganlar baraka berishdan U mamnun bo‘ladi.

Masihiy odamning ichki munosabati va tashqi yurishi ibodat paytida islomdagi namozidan katta farq qiladi. Agar musulmon, qulga o‘xshab, bir kunda 34 martagacha ergacha sajda qilsa, masihiy esa maxsus vaqtiga, ibodat o‘ringa va tomonga bog‘langan emas. Masihiylar ibodatni ozod ravishda qiladi: velosiped minganda, samolyotda uchayotganda yoki ibodatxonada. Yotgan kasalning ibodati jamoatdagi cho‘ponning ibodatidan ham kuchliroq bo‘lish mumkin. Masihiylar o‘z itoatkorligini ko‘rsatish uchun polga peshana bilan tegishlari shart emas. Ular ozod odamlar va har hil qoidalarga bog‘lanmagan. Biz Allohning bandalariga o‘xshab yashamaymiz, biz Osmonda yashayotgan Otaning farzandalri bo‘lib yashaymiz. Hayotga nisbatdan munosabatimiz bizlarda boshqa bo‘ladi. Agar musulmonlar uchun ibodat va sajda Shariatda qo‘rsatgan diniy qoida bo‘lsa, bizlar uchun Otamizga sajda qilish – abadiy minnatdorchilikka olib boradigan sharafdir.

Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan bir tan bo‘lib yashaydi, Xudo ham uning vujudida yashaydi” (1 Yuhanno 4:16).

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:12 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)