Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.07 Fifth Commandment: Honor Your Father and Your Mother
This page in: -- Afrikaans -- Arabic? -- Armenian? -- Azeri? -- Bulgarian? -- Cebuano? -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Gujarati? -- Hebrew -- Indonesian -- Norwegian? -- Polish? -- Russian -- Serbian? -- Spanish? -- Tamil -- Turkish? -- UZBEK -- Yiddish? -- Yoruba

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.07 - Beshinchi Amr: Ota-onangizni hurmat qiling



“Ota-onangizni hurmat qiling. O’shanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo’ladi.” (Chiqish 20:12)


4.07.1 - Xudoning sovg’asi: Oila

Oila bu jannatdan qolgan qimmatbaho marvariddir. Xudo odamni Uning shuhratini va sevgisini aks ettirish, ko’payish va yerni to‘ldirish uchun erkakni va ayolni yaratdi. Oila inson hayotining markazi va hamma madanyatlarning asosidir. U himoya, xavfsizlik va birlikni ta’minlaydi va hamma yangi dunyoqarashlarni, fikrlarni juda kam isbotlaydi.

Hamma dinlar ota-onalar hurmatga loyiq bo’lishiga rozidir. Farzandlar ota-onalarni sevishi va hurmat qilishi tabiiydir. Kommunizm o’zining xudosizlik g’oyasi bilan ota-onaning jamiyatdagi o’rni savolini o’rtaga tashlaydi bu Xudoga va Uning ijodiga, tabiat qonunlariga va inson o’zini tabiiy tutishiga qarshi chiqishdir. Xudo oilani beshinchi amriga binoan asraydi. Oilaning tuzilishi, borligi va uning sirli sevgi rishtalari va birligi uchun Xudoga rahmat aytishimiz to’g’ridir.

Beshinchi amrda Xudo faqat oilaning boshi va ta’minlovchisi bo’lmish otani hurmat qilishimizni buyurmayabdi onani va umuman ayolni hurmat qilishimizni buyuryabdi. Onalarni otalardek hurmat qilish bo’yicha Eski Ahd va Yangi Ahdni bir-biriga to’g’ri kelishi ajablanarli emas.

Oilani saqlash va g’amxo’rlik qilish ravshan va tabiiydir. Hatto dunyo hayvonlari, kichkintoylari onalirini orqasidan ergashib yuradilar va erkak va ayol qushlar navbatma navbat tuxumlarini ustiga o’tiradilar. Ular yosh bolachalarini o’zlari ovqat topa olishga qobilyatli bo’lgunlaricha boqadilar. Hech kim ja’zoni cheklab o’tolmaydigan Yaratguvchi o’rnatgan bog’liqliklar va tabiiy chegaralar bor. Shunga qaramasdan bugungi kunda biz bolalar yuragini tosh qiladigan: ”Ota-onangizga quloq solmang yoki ularga bo’ysunmang. O’zingiz haqingizda o’ylang, o’zingizni qondiring va yoshligingizdan o’zingiznikini o’tkazishni mashq qiling” - degan vasavasaga soluvchi so’zlarni eshitamiz. Bunday bolalarning ko’zlari bo’ysunmaslikdan qorong’ulashib, ulardagi quvonch so’nadi.


4.07.2 - Ota-onalar qurbonligi

Otalar va onalar yangi avlodni yaratishda qatnashish imtiyoziga egadirlar. Har bir farzandning yaralishi o’ziga yarasha ajoyibdir! Balki bola ota-onasining xohshisiz tug’ilgandir. Nima bo’lishidan qat’iy nazar ota-ona yaratilishning ilohiy ishida qatnashyapdi. Xudo ona ichidagi chaqaloqni avlod merosi sifatida berib ularni hurmat qiladi. Shuning uchun odam Xudoning oldida tiz cho’kib har bir tug’ilgan bola uchun Uni ulug’lashi, minnatdor bo’lishi kerak.

Onalarimiz bizni to’qqiz oy yaqin 275 tunu kun qornilarida ko’tarib yurishadi. Biz u yerda xavfsiz va ta’minlangan bo’lamiz. Biz u yerda onaning quvonchi, achchiqlanishi, hafagarchiliklari va charchoqlari bilan biraga bo’lishamiz. Balkim onamiz tug’ilishimizdan oldin biz uchun ibodat qiladi. Bizning tug’ilishimiz onaga qo’rquv va og’riq jaroyoni bo’ladi.

Ota-onalar bizlarni yildan yilga kuzatib boradilar. Ular bizni qo’l-oyoq va tanamizni o’sishini kuzatadilar, va kulish va qiynalishlarimizga javobgardirlar. Ular hatto bizni borligimizga va o’sishimizga Xudodan minnatdor bo’ladilar. Agar ota-onalarimiz Isoning hokimyatida o’sgan bo’lsalar, bemalol bizni osmondagi Otaning qo’liga ishonoladilar, Xudoning amrlarini o’rgatadilar va Yaratguvchi va Yaxshi Cho’ponga yuragimizdan ishonishimizga dalda beradilar. Shunday tarzda ota-onalarimiz bizni o’stiradilar, sevadilar va biz amalgam oshira olishimizdan ham ko’proq marhamatlaydilar. Ular ertayu kech bizga g’amxo’rlik qiladilar. Ular bizni ovqat va kiyim bilan ta’minlashga harakat qiladilar. Ular bizning bilim olishimiz va do’st ortirishimiz bilan shug’ullanadilar. Kasal va bezovta bo’lsak yotog’imizda bedor bo’lib qaraydilar. Xursandchiligimizda biz bilan xursand bo’ladilar, xafagarchiligimizda biz bilan birga yig’laydilar.


4.07.3 - Oiladagi muommolar

Ota-onalar va bolalar o’rtasida bir-biriga bog’liq bo’lgan yaqin sevgi va aniq ishonch yotadi. Biz jannatda yashamayapmiz. Mukammal bolalar va shuningdek Xudoning oldida aybsiz ota-onalar yo’q. Shuning uchun kattalar va yoshlar bir-birlarini kechirishda davom etib Xudoning inoyatida yashaydilar. Kechirimsiz va sabrsizliksiz oilada davomiy tinchlik bo’lmaydi. Oiladagi tinchlik gunohni tan olib va kamtarlik bilan kechirim so’rashsiz tiklanolmaydi. Sevgi va kechirimda o’sgan bolalar baxtlidirlar.

Hamma bolalarni Isoning oldiga to’g’ri imonda marhamatlanishi uchun olib kelinishlarini Xudo O’g’lini O’zi buyurgan bu ota-onalarning tanlovi emas. Ota-onalar farzandlarga Isoning borligini, Uning haqligini ko’rsatib berishlari, Uning amrlariga amal qilishlarini va Xudoning va’dalarini yuraklariga muhrlab olishlariga yordam berishlari kerak. Ota-ona bolaning ruhiy bilimiga birdek ma’sul, lekin bolalarni majburlab imonni qabul qildirmaslikni bilishlari kerak. Har bir farzand Xudoga ishonadimi yoki yo’qmi o’zi tanlashi kerak. Lekin farzand ota-onalarining avlodlar uchun marhamatli davomchiliklarini tushunishi bu yaxshidir.

Ota-onalar farzandlarini erkalatmasligi yoki dangasa qilib o’stirmasligi kerak. Ular farzandlarini yoshi uchun qiyin narsalarni qilishlarini so’ramasliklari kerak. Bolaga bo’ladek qarash bola uchun dono, muhim jarayondir! Maktab yoki to’garaklar bola uchun muhim lekin bolaning o’sishi uchun unchalik ko’p ma’no kasb etmaydi. Ularda Xudoning qo’rquvi uyg’onishi va Yaratguvchiga bo’lgan sevgilari ularda vijdon, to’g’rilik, halollik, g’ayrat va poklik qurishi eng muhimidir. Ota-onalar farzabdlari bilan yetarli vaqt o’tkazishlari va ularni savol va muommolarini eshitishlari juda muhimdir. Eng asosiysi ota-onalarga farzandlari qaytadan osmondan tug’ilib Iso bilan hayotlarini kechirishlari uchun tinmay ibodat qilishi muhimdir.

Bolalar balog’at va jinsiy yetuk og’ir yoshida ota-onalariga qarshi bo’ladilar. Bu mustaqillik sari o’sish, yetuklikning oddiy bosqichi bo’lib bunda hafa bo’lish kerak emas. Agar ota-onalar farzandlarini erta Xudoning Uch Birlik g’amxo’rligiga topshirsalar, ular bolaning bu og’ir yillarida zanjirda ushlamasdan sabr qiladilar. Shu vaqtda o’smirlarga ma’lumotli kitoblar, samimiy do’stlar, yaxshi tele ko’rsatuvlar va Muqaddas kitobni o’rganuvchi Masihiy yoshlar guruhi kerak va foydali bo’ladi. Eski hayot usullarini qo’llash o’smirlarni bo’ysunmaslikka, yuragini tosh bo’lib qolishiga va yuraklari eshiklari bekilib qolishiga olib keladi.

Ota-ona sifatida biz har doim Isoning ogohlantirishini esimizda tutishimiz kerak: ”Menga ishongan shu kichiklardan birontasini yo’ldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan ko’ra, o’sha odamning bo’yniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga cho’ktirilgani u uchun yaxshiroq bo’lardi” (Matto 18:6). ’Yo’ldan ozdirgan’ qarshi turish yoki jahli chiqish ma’nosini bermaydi aksincha ularni yolg’on, og’irlik yoki alohida jiddiy ogohlantirilgan gunohlarga adashtirish ma’nosida. Marhamatli tarbiya Xudodan qo’rqish va Uni sevishdan keladi.

Ilmiy o’sishning hozirgi buzuq davrida ota-onalar farzandlariga ‘nato’g’ri’ bo’lib korinishlari mumkin. Ba’zida davlat rivojlanishida ota yoki ona o’qiy olmaydi yoki yozolmaydi. Bu yaxshi savodli bola ulardan g’ururlanmaydi yoki xursand bo’lmaydi degani. Bu faqatgina hurmatsizlik bo’libgina qolmasdan, soddalik va ahmoqlikdir. O’qish va yozish qobilyati insonni qanchalik aqlli va qadrli ekanligini ko’rsatmaydi. Oliy ma’lumot talabaning yaxshilik yoki muqaddasligini yaxshilamaydi. Ota-ona obro’si ular qancha darajada pul topishdi yoki qancha pul saqlay olishganiga asoslanmaydi. Ota-onaning obro’si Xudoning xohishiga va inoyat taxtini oldida qanchalik ular bolalari uchun shafoat qilishlariga asoslanadi. Xudoning Otaligi ota-onalar yuragiga shavqatli sevgi kabi tomchilab quyildi. Isoning qurbonligi shartsiz xizmat uchun maqsad yaratadi, shunday qilib ota-ona va bolalar bir birlariga xizmat qiladilar.


4.07.4 - Beshinchi amrga amal qilish

Bolalar qanday ota-onalarini hurmat qiloladilar? Bizning vijdonimiz bizga ularni sevish va hurmat qilishimizni eslatadi chunki ular yer yuzida biz bilgan yoki ega bo’lgan hamma narsadan eng qadrlisidir. Bu imon, bo’ysunish, o’zini rad qilish va yashirin gunohlarga yo’l bermaslikka olib keladi. Bola hech qachon maqsad bilan yoki xato uchun dadasi yoki onasini urmasligi kerak. Oilaning markazi farzand emas yolg’iz Xudo bo’lishi kerak. Iso baxtiyor oilaning kaliti haqida shunday degan: ”Zero Inson O’g’li xizmat qildirish uchun emas, balki O’zi boshqalarga xizmat qilish va O’z jonini fido qilib, ko’plarni ozod qilish uchun kelgan” (Matto 20:28). Xudo O’g’li ota-onalarni va bolalarni oila hayotining har kunida bu qonunga ziyraklik bilan amal qilishimizni tavsiya qilyabdi.

Farzandlar o’zlarini oilalarini qurganlarida ota-onalariga qarashga ma’sulmilar? Yo’q! Ota-onalar qarib va aqliy va jismoniy kuchsizlanib qolganlarida farzandlarning g’amxo’rligi har doimgidan ham ko’proq kerak bo’ladi. Ota-onalar ularning chaqaloqlik davrida ularga qurbonlik g’amxo’rlik o’g’illar va qizlar o’zlarini vaqtlarini ota-onalariga bag’ishlay oladilar. Qariyalar uyi, pul va harakatlar farzandlar qari ota-onalariga qiladigan qurbonliklarini, gamho’rliklarini to’ldirolmaydi.

Beshinchi amr birinchi aniq va’da bo’lib undan keyin bizga Xudoning otaliq ahdi birinchi o’ringa otdi. Kim ota-onasiga qayg’ursa unga yerda kamroq shikoyatlar (illatlar) bilan uzoq umr va mo’l ko’l marhamat va’da qilinyabdi. Har doim ota-onalar qadr-qimmati ota-onalar va bolalar Xudoning yo’lida yursalar saqlanadi, ular birgalikda bu va’daga amal qilishadi.

Xudo ota-onani va obro’li insonlarni mengsimaslikni bizga taqiqlaydi. Bu haqorat, adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik va yolg’onni o’zida mujassam qiladi. Iso: ”Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo’lasiz” – demadimi (Matto 25:40)? Absalom dadasi Dovudga qarshi chiqqani to’g’risidagi achinarli hikoya esingizdami? Bu voqea isyonkorning o’limi bilan tugadi (2 Shohlar 15:1-12; 18:1-18).

Biz Chiqish 21:15-17da: ”O’z otasi yoki onasiga qo’l ko’targanning jazosi o’limdir... Kimki otasi yoki onasini xo’rlasa, o’sha odamning jazosi o’limdir” – deyilganini o’qiymiz. Hikmatlar 20:20 da: ”Kim ota-onasini la'natlasa, uning chirog’i zulmatda o’chib qoladi” – deyiladi. Qonunlar 21:18-21da: ”Agar birortasining o’g’li ota-onasining gapiga quloq solmaydigan, o’jar va itoatsiz bo’lsa, uni jazolaganlarida ham gaplariga kirmasa… Shundan keyin shahar erkaklari o’sha yigitni tosh bo’ron qilib o’ldirsin…” – deyiladi. Kim ota-onasiga qarshi bo’lsa va isyon qilsa va tavba qilmasa bunday odam butun odamlar uchun xavfl bo’ladi. Jamiyatni mustahkam bo’lishi u paytlarda hatto hozir ham farzandlarning sevgisi va itoatkorligiga bog’liq!

Xudo nafaqat farzandlarga gapiradi hatto ota-onalarni ham ogohlantiradi. Bolalar Xudo sababli ota-onasiga ishonyotganlarida kattalar bolalarni o'yinchoq qilmasliklari kerak. Bu yerda Isoning va’dasi har xil yo’l bilan amalga oshadi: ” Sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo’lasiz” (Matto 25:40). Havoriy Pavlus ham bolalarni ranjitish va jahlini chiqarishga qarshi ogohlantiryabdi (Efesliklarga 6:4; Kolosaliklarga 3:21). Ota-onalar juda beg’am va e’tiborsiz bo’lmasliklari kerak. Ular foydasiz rahmsiz yoki qaysar bo’lmasliklari kerak. Ota-onalar bolalar avloddan avlodga o’tadigan fazilatlarni namoyon qilishlarini esdan chiqarmasliklari kerak. Gunoh merosi va kuchsizlik bizni ularni gunohiga odatiy holatday qarashimizga yo’l qo’ymasligi kerak aksincha ota-onalarni bo’ysunishga, kamtarlikka boshqarishi kerak. Bu kamtarlik ularning farzandlarini o’zlarini to’g’ri tutishlarida boshqaradigan sokin ruhni beradi. Shuning uchun ota-onalar va farzandlar ularning fikrlarida, onglarida davomiy tavba va yangilanishni berish ushun Isoga ibodat qilishlari kerak.


4.07.5 - Yangi tavba qilganlar va ularning ota-onasi

Faqatgina bitta sababda farzandlar ota-onalariga itoat qilmasliklari kerak: agar ota-ona Xudoning irodasiga qarshi harakatlanishini so’rasa. Muqqadas Kitob aniq aytadi: ”Odamlardan ko’ra Xudoga ko’proq itoat qilish kerak” (Havoriylar 5:29). Islom va Yahudiy dunyosida ko’p yoshlar otalarining ishonchiga boshqa ergashmasdan, Isoni uchratgan va shaxsiy Najotkor deb va qabul qilganlar ko’payabdi. Bu og'riqli holat chunki Muqaddas Ruh ularning yuraklariga to’ldirgan Xudoning sevgisi uchun ular butunlay ruhiy va ma’naviy o’zgarishni boshdan kechirdilar. Bu ularga ota-onalarini oldingidan ham ko’proq sevishlariga yordam beradi. Ular imonlari haqida gapirishdan ham ko’ra yaxshi ishlarda fikrlarini jamlay olishlariga ko’p donolik kerak. Sabr bu kuch va bolalar Masihiy bo’lmagan ota-onalari inoyatda o’zgarishlari uchun astoydil jiddiy ibodat qilishlari kerak. Ulardan tez-tez xabar olib turish kerak chunki bu dunyoda hech kim bizni ota-onamizchalik sevmaydi.

Lekin agar ota-onalar Isoga juda qattiq qarshi tursalar, farzandlarini Najotkordan voz kechishga majburlasalar va Islom shariati bo’yicha ularni o’ldirishga taxdid qilsalar unda bolalarga alohida ajiralish vaqti keldi. Masihga qarshi ruhga ega ota-onalar mahkum bo’lgan va rad qilingandirlar. Lekin ota-onalarni to’xtamasdan hurmat qilinishlari va sevilishlari kerak. Shunga qaramasdan Isoning: ”Ota yoki onasini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas” (Matto 10:37) – deb aytgan so’zlari bizni boshqaradi. Agar ota-onalar farzandlariga diniy sabablar, ehtirosga bog’lanishlar, madaniy chegalar yoki moliyaviy bogliqliklarda adolatsiz va shavqatsiz bo’lsalar bu bolalarning oxirgi qarorlariga ta'sir qiladi. Shuning uchun Iso Uning Xushxabariga qarshi imonimizdan ozdiradigan har qanday qarindoshdan butunlay ajralishimizni buyurgan. Ba’zi bir holatlarda Isoga to’liq majburyat uchun vaqtinchalik ota-onalardan ajiralishga to’g’ri keladi. Bu ro’y berganda, farzandlar dunyodagi aziz insonlarining tuyg’ularidan ham ko’proq Xudoning buyuk sevgisiga chuqur ishonganlari ota-onalarni jarohatlaydi.

Jamoatdagi imonlilar yangi tavba qilgan muhtoj odamga aka-singil, ota yoki onalaridek tez o’zlarining yordam qo’llarini cho’zadilar. Bu qo’shimcha mashg’ulot yoki pedagogik o’qishlar, shuningdek nigohni ham kechiktirib qilinadigan birinchi muhim ishdir. Ota-onalarning sevgisi tugamas bo’lganidek, jamoat sevgisi to’g’ri kelmaydigan vaziyatlarda ham tugamas bo’lishi kerak. Isoning sevgisi va sabri yangi tavba qilganni farzand qilib qabul qilgan imonli uchundir.


4.07.6 - Xulosa

Oiladagi sevgi Xudoning sevgisini aks ettirishi kerak. Barhayot Xudo bizning Otamizdir va U bizni Iso Masihda Uning oilasiga abadiy qo’shilishimizga chaqirgan. Unga ergashishimizni saqlash uchun U bizni Isoning qoni bilan poklaydi va Muqaddas Ruh kuchida bizni yangilaydi. Agar biz ota-onamizni baxtsiz hodisa yoki adovatli holatlar tufayli yo’qotgan bo’lsak, yuragimizni yo’qotmasligimiz kerak aksincha Dovud tan olganidek: ”Ota-onam tashlab ketsada Xudovand meni qabul qilar” (Zabur 27:10). Hamma odamlarning sevgisi chegaralangan lekin Xudovandimiz bizni shartsiz sevgisi bilan qabul qiladi va quchog’ida ushlaydi. Darbadar o’g’il hikoyasi bizga yo’qolgan o’g’ilni qabul qilinganligini va ota to’ng’ich mag’rur, taqvador o’g’liga qanday biror kishini qutqarish uchun mehr va sevgiga ega bo’lish kerakligiga ishontirganini ko’rsatadi. Ota ikkala o’g’lini ham sevgan va o’zining eng yaxshi narsalarini ikkalasiga ilingan. Ota Xudoga ergashish bu tinchlik manbasi va hayotimizning sokinlik garovidir. Ba’zida Xudo bizga yerda muqaddaslarning birodarligida yashashga imtoyoz beradi. Shuning uchun biz osmondagi Otamizga uning osmondagi oilasi a’zosi bo’lishga chaqirilganimiz uchun, yerdagi oilamiz uchun minnatdor bo’lishimiz kerak.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)