Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.08 Sixth Commandment: Do Not Murder
This page in: -- Afrikaans -- Arabic? -- Armenian? -- Azeri? -- Bulgarian? -- Cebuano? -- Chinese? -- English -- Farsi? -- French -- German -- Gujarati? -- Hebrew -- Indonesian -- Norwegian? -- Polish? -- Russian -- Serbian? -- Spanish? -- Tamil -- Turkish? -- UZBEK -- Yiddish? -- Yoruba

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.08 - Oltinchi Amr: Qotillik Qilmang



Qotillik qilmang. (Chiqish 20:13)


4.08.1 - Ajoyib Haqiqat

Onadan tug’ilgan va otasi sevgan birinchi odam (Qobil) ukasini qotili bo’ldi. Muqaddas Kitob buni yomon jinoyatligini va inson yuragidagi chuqur tomir otgan jirkanchlikni ko’rsatadi. Hamma odamlar qotillikni meros sifatida o’zlarida ko’tarib yuradilar. Odam Ato butunlay xudbinligi (egoist) tufayli o’zining xohish va umidlari bilan boshqarilib Xudodan ajiralib yashadi. Odam aqlan o’zini markazda va hamma uchun namuna deb o’ylaydi. Agar kimdir undan ko’ra kuchliroq, aqlliroq, xudojo’yroq yoki chiroylirog’i paydo bo’lsa u unga dushman bo’ladi va u uni yomon ko’radi. Har bir shaxs o’zini kimir bo’lib yaxshi ko’rilishini va boshqalar tomonidan olqishlanishini xohlaydi. Lekin mag’rurlik va o’ziga ishonch halok qiladigan sifatlardir.

Shayton insonni Xudo bilan asl munosabatdan ajiratgani uchun Iso shaytonni “boshidan qotil” deydi. “Gunohning evazi o’lim” haligacha o’lim insoniyatni nazorat qilardi. Lekin Xudo O’zining sevgisi va adolati tufayli Unga qaytishimiz uchun yo’l ta’minladi. Kim qutilib qolish imkoniyatidan foydalansa, fikrlarini yangilasa va Xudoni hayotini markazi deb qabul qilsa bugun u abadiy hayot qabul qiladi.

Insonda o’ldirish uchun ko’p istak va sabablar bor. Iso qotillik birinchi shaytonning fikrlari bo’lib, inson yuragidan chiqishini ochib bergan (Matto 15:19). Lekin Uning muqaddasligida Xudo insonning yovuz xohishiga qarshi turdi va “Qotillik qilmang” – deb shayton maqsadini ko’tarib yurishni taqiqladi. Shuning uchun har qanday o’ldirishlar, joniga qasd qilishlar Xudoning xohishiga va Xudoning O’ziga qarshi g’alayondir. Bundan tashqari agar kimdir boshqalarga yomon munosabatda bo’lsa, och bo’lsa g’amho’rlik qilmasa va yaqinlashib kelayotgan xavf bilan ularni ogohlantirmasa, u ham qotillik turini iskanjasiga tushadi. Agar kimdir odamni jarohatlasa, ovqatiga zahar solsa yoki boshqa odamni uni o’ldirishga yollasa hamma qotillar bilan birga abadiy hukm kursisida o’tiradi. Hatto kimdir boshqaga yomonlik qilsa, hayotini qisqartirsa Muqaddas Kitobga binoan u ham qotildir (Rimliklarga 13:1-18). Xudo bizni odam bo’lib yashashimiz masulyatini O’z qo’liga oladi shuning uchun biz buni tushunmasdan keta olmaymiz va Qobil aytganidek “Men ukamni soqchisimi?” demaymiz.


4.08.2 - Jazo va Qasd

Eski Ahdda o’lim qo’rquv va adolatni qaror toptirish bo’lib, har qanday qotil va qo’paruvchiga qarshi bo’lgan (Chiqish 21:12,14,18). Ko’p odamlar qabila bo’lib yashab hayotlarini himoya bilan ta’minlaganlar. Qonli qabila adovatidagi qo’rquvni kelib chiqishi shaxsni himoya qilishni bildiradi. “Ko’z evaziga ko’z, tish evaziga tish” qonuni zarar soni o’lchamini, jazo turini aniqlaydi. Lekin jazo qabila boshlig’ining o’ldirilishi bilan ko’paytirilib boradi. Lamex uni o’ldirmoqchi bo’lgani uchun 77 odamni o’ldirilishini talab qildi (Ibtido 4:23-24). Ba’zi qabilalar hali ham ularning yeteakcxilarini o’ldiryabdilar.

Semitik madaniyatda qotillik kechirib bo’lmaydigan jinoyat va inson qonini to’kish bilan aybni yuvib bo’lmaydi. Kechirish adolatdan emas. Odamlar boshqalarga nisbatan aybdorlik hissini o’zlashtirganlar. Dushmanni yomon ko’rish hatto butun xalqlar jalb qilingan bo’lsalar ham avloddan avlodga o’tadi. Bunday fikr g’arb va sharqdagi Masihiylar uchun begona bo’lib qoldi. Har bir qotilni aybini kechirish uchun Masih O’zining qonini to’kkani uchun biz boshqa madaniyatga egamiz.

Qotil aybi tortib ko’rilib baxtsizlikka uchraydi. U o’ldirganlarning ruhlari uning o’ylarida va tushlaruda uni taqib qiladi. Bir kun kechasi Ikkinchi Jahon urushidagi mergan otgan odamga u o’ldirgan odamlarining bosh suyagidagi bo’sh ko’zlari bilan unga tikilib qarab turganini ko’rgan. Agar qotil hatto avloddan keyin Musulmon qishlog’iga qaytib borsa, u o’ldirgan odamning katta o’g’li tomonidan o’ldiriladi. Qotillik bu to’lov emas. Lekin bu odamlarning o’ldirishni to’xtatishlari uchun yetarli qo’rquv yoki taxdid emas. Odam yuragidadagi hamma yovuz o’ylar ketib yangi o’ylar joylashishi kerak. Iso inson yuragidagi maqsadini bilgan va har bir odam o’limga loyiqligini aytib shunday dedi:“Birgina Xudodan boshqa hech kim yaxshi emas” (Matto 19:17; Mark 10:18; Luqo 18:19). Shu bilan bir paytda u bizni qotillik aybimizni O’ziga oldi va bizni ongimizni yangilaydigan va qotillik fikrlarimizni olib tashlaydigan ajoyib Ruhini bizni yuragimizga qo’ydi. Iso bizga yangi yurak va to’g’ridan to’g’ri ruhini beradi va bizni Uning amrlariga bo’ysunadigan va dushmanlarimizni sevadigan imonlilar qiladi.


4.08.3 - O’ldirish va Yarashishda Masihiylar tushunchasi

Iso tog’dagi vazida nafaqat tanani o’ldirish jinoyat, balki tuhmat ham ruhiy qotillikligini o’rgatdi. U zaharga o’xshaydi. Har qanday tuhmat, yolg’on, ataylab qilininadigan taxdid, raqibcxilik, lanatlash, bevafolik yoki masharalashlar ruhiy o’limga sabab bo’ladi. Ular birinchi bu so’zlarni gapiradiganni yuragini zaharlaydi, keyin aybdorni ongini zaharlaydi. Iso:”Lekin Men sizga aytaman: kimki birodariga behuda g’azablansa, javobgarlikka tortiladi. Kimki birodariga ahmoq desa, oliy mahkamada javob beradi. Kimki birodariga telba desa, jahannam olovida javob beradi” – dedi (Matto 5:22). Bu orqali Iso bizga do’zahga loyiq qotillik ruhidagi yovuz yurakli odamlardek bizlarni aybdorligimizni aytdi va hukm qildi.

Biz hammamiz yuragimizdagi qotillik fikrlarimizga tavba qilishimiz va tan olishimiz kerak. G’azab, hasad, tortishuvlardagi qaysarlik, qasdlashuv ruhi, qo’pollik, va qattiq qo’lliklar qalbiy buzilishlar bo’lib nafaqat kattalarda balki bolalarda ham amal qiladi. Yuhanno aytgan mana bu so’zga hayron boladigan joyi yo’q:”Birodaridan nafratlangan har qanday kishi qotildir” (1 Yuhanno 3:15). Biz o’zimizni to’g’riligimizni tekshirishirib ko’rishimiz kerak, agar insonga nisbatan nafrat bo’lsa Xudodan bu narsani ustidan g’olib bo’lishni so’rashimiz kerak. Aks holda bu fikrlar bizni yuragimizda tomir otadi va biz shu narsani amalda qo’llaymiz. Xudo bizni hamma gunohlarimizni kechirganidek Rabbimiz Ibodatini aytadigan har bir odam boshqalarni butunlay kechirishini Iso kutadi. Xudo bizni kechirishni kutadi. Boshqalarni kechirishga tayyorligimiz yengishimizga yordam beradi va bizni kechirish qarorimiz dushmanlarimizni yo’q qilish xohishini yengadi. Siz dushmaningizni kechirishga rozidirsiz, lekin hali ham uni aybini unitolmayotgandirsiz. Ehtiyot bo’ling! Unda biz Xudo bizni gunohlarimizni kechirishini so’rab, gunohlarimizni unutmasligini Undan so’rayotgan bo’lamiz. Yoki biz:”Men do’stimni gunohlarini kechiraman va esimdan chiqaraman, lekin uni yana ko’rishni hech qachon xohlamayman” – deyishimiz mumkin. Xudoga kelib, lekin Uni hech qachon uchratishni yoki umuman ko’rishni xohlamaysizmi? U sizga dushmaningizga nisbatan qilayotgan munosabatingizdagiday munosabatda bo’lishini xohlaysizmi?

Iso tinchlikka erishish yo’lida bizga:”Dushmanlaringizni sevinglar, sizni lanatlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxsxilik qiling...Shunda siz osmondagi Otangizning o’g’illari bo’lasizlar” (Matto 5:44-45) – deb faqat bitta yo’lni qoldirdi. Siniq yurakli imonlilar bo’lganimiz uchun ruhiy sevgisiz nafrat ustidan g’olib kelolmaymiz. Shuning uchun Iso aniq:”Biroq agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, Otangiz ham sizlarni kechiradi” (Matto 6:15) – deb aniq ogohlantirgan.

Nimaga har bir gunohkor jazolanganida Masihiylar dushmanlarini yomonliklarini kechira olar ekanlar? Bu samoga adolatsiz hayqiruv emasmi? Bu to’g’ri! “Qon to’kilmasdan kechurim bo’lmaydi” – deb yozilganidek Xudo hech bir gunohni jazosiz qoldirolmaydi. Shuning uchun Iso bizni gunohlarimizni O’ziga oldi va biz uchun jazolandi. Xudoning Kalomi shunday deydi:”U esa bizning gunohlarimizni deb yarador bo’ldi, bizning ayblarimiz tufayli ezildi. Bizga keltirilgan jazo Unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi” (Ishayo 53:5). Xudoning O’g’li Iso gunohlarni, gunohning sharmandaliklarini va qotillarni aybini O’ziga oldi. Shuning uchun biz shubhasiz boshqalarning gunohlarini kechirish imtiyozimiz bor. Bizda boshqa adolatni qidirishga huquqimiz yo’q. U O’zining chekkan azoblarida va o’limida hamma ruhiy adolat talablarni amalga oshirdi. U bizning tinchligimiz. O’zini huquqi uchun kurashadigan va o’zi uchun adolat qidiradigan har bir odam o’zini mahkum qiladi. Faqatgina sevgi qonunni amalga oshira oladi. Sevgidan yiroqda turish hukmga yana kirish deganidir. Faqatgina Iso Uning izdoshlarida yangi ong va yangi xohishni yaratadi va Xudo kechirishiday ularga kechirishda yordam beradi.


4.08.4 - Din qilichi

Iso bergan kechirim inoyatini ko’radigan har bir odam Islomdagi qonli to’lovni ko’rib ajablanadi (shokka tushadi). O’ldirish muqaddas urrushi (Jihod) Islom dini buyrug’idir. Islom dini o’ldirishga ruxsat beradi va buni Musulmonning vasifasi qiladi. Muhammad Qur’onda:”Ularni topgan joyingizda tutib o’ldiringlar” va “ulardan na bir do’st va na bir yordamchi olmanglar” (Niso surasi 4:89,91 yoki Baqara surasi 2:191) - degan. Masihning Ruhi shunday so’zlar orqali gapirmaydi, aksincha ‘boshidan qotil bo’lganni’ ruhi (shaytonning ruhi) shunday gapiradi.

Muhammad birma bir dushmanlarini o’ldirgan va 27 hujumga shaxsan qo’sxilgan. Handoq Jangida sotqinlikda ayblagan ko’p Yahudiylarni Madinada komilishiga ruxsat bergan.

Badr jangida dushmanlarini o’ldirgan hamma Musulmonlarni muqaddas jang sifatida Muhammad oqlab shunday degan:”ularni sizlar o’ldirmadingiz, balki Olloh o’ldirdi. Otgan paytingizda siz otmadingiz, balki Olloh otdi” (Anfol 8:17). O’rtacha Musulmon bu oyatni qo’llab quvvatlamaydi, lekin terroristlar o’zini sud oldida oqlashga shu oyatlarni qo’llaydilar. Muhammadning da’vati muqaddas urushda o’ldirishni oqlaydi. Bundan tashqari kim kofirlarga qarshi Islom jangida kimdir o’lsa, to’g’ri uni kutadigan ajoyib, huzur-halovat jannatiga boradi deydi. Boshqa tomondan Musulmon boshqa Musulmonni o’ldirishi ruxsat berilmaydi, chunki bu Islom qonuniga binoan kechirib bo’lmaydigan gunoh. Lekin butparastlar va Musulmon bo’lmaganlarga himoya berilmagan. Islom bo’yicha ruhi va joni bor narsani o’ldirish, qotilga samoviy mukofat olib keladigan qahramonona ish deb sanaladi.

Islom qonuni bo’yicha adolat tushunchasini topish bizga juda qiyin. Qon to’kilishi, al-dyia yuqori baholanib, to’lov o’rnini egallaydi. Hatto Islom qonunlari davlatlarda avariya, ko’zga-ko’z, tishga-tish, qonuniylik yoki qonunsizlikda qo’llaniladi. Shafqatsiz qo’llaniladigan haqiqat va adolatni talab qiladigan Islomiy adolat talablarida ba’zi kelishuvlar bor. Musulmonlarda o’rindosh yoki abadiy sotib olgan Xudo Qo’zisi yo’q. Ular haqiqat talablarini mag’lub qilgan Xudo inoyatini bilmaydilar. Shuning uchun ular qonunni inoyatsiz amalga oshirishlari kerak.


4.08.5 - Tog’dagi Vazda Jihodga Qarshi So’zlar

Eski Ahddagi hayot adolatga asoslangan edi. Musoning qonunlari hayotning hamma javhalari fuqorolik qonunlar, diniy qonunlarni o’z ichiga qamrab olgan edi. Davlatning diniy hokimyati qonunga qarshi jinoyat uchun to’lov to’latishga ma’sul edi. Eski Ahdning diniy jangi qonun va davlatning Islomiy tushunshasiga muqarrar natijadir. Lekin Iso Masih har bir odam dushmanini sevishi, bunga amal qilishi, hamma diniy urushlar ularndan yo’q bolishi kerakligini o’rgatgan. Salb Yurishlar xato bo’lgan va diniy munosabatlarni siyosatga nisbatan orqaga chetlantirdi. Iso havoriylarini dunyoga Xushxabar qilichli armiyasi sifatida vaz aytgani jo’natmadi. Aksincha Iso Butrusga:”Qilichingni joyiga qaytarib qo’y! Qilich ko’targan bari qilichdan halok bo’lur” – dedi (Matto 26:52). Iso O’z xohishi bilan xochga borib o’ldi, U solih bo’lishiga qaramasdan dushmanlarini tumonat farishtalar bilan yo’q qilib yuborishni rad qildi. Masihning Ruhi Muhammadning ruhiga umuman o’xshamaydi. Iso tog’dagi vazida:”Sizlar:”Ko’z evaziga ko’z, tish evaziga tish”, - deb aytilganini eshitgansizlar. Lekin Men sizga aytaman: yomonga qarshi chiqma. Kim sening o’ng chakkanga ursa, unga ikkinchisini ham o’gir” (Matto 5:39-39) – degan.

Shunday qilib Iso eski o’zini himoya qilish huquqini beruvchi yo’lni (usulni) yengdi. Isoning xochdagi tanaviy zaifligi va faqat Uning sevgisi, imon va umid kuchi shaytonni yengadigan yo’l bo’ldi va ruhiy qonunni butun talablarini amalga oshiradi.

Masihiylar: Agar harbiy xizmatga borsam va zamonaviy qurol ishlatishga va balki urushda kurashishga to’g’ri kelib qolsa nima qilaman? – degan tanqidiy savolga duch keladilar. Ko’p fuqoroli xalqda imonli fuqoro bo’lish, yoki Masihiy bo’lmagan davlatda Masihiy bo’lish nimani bildiradi? Tarihdagi har xil davrlarda har xil imonlilar bu savolga har xil javob berganlar. Ba’zi birodarlar tinch maqsadlari uchun qamoqxonaga tashlanishga tayyor bo’lganlar va Masih uchun qiynalib o’lganlar. Ba’zilar Xudo tomonidan o’rnatilgan hokimyatga bo’ysunishni xohlaganlar. Ular hayotlarida o’limga qarshi qonunni yoqlaganlar. Ular hech kimdan nafratlanmasliklarini, aksincha vatanlarini himoya qilishni xohlashlarini e’lon qilar edilar. Ular bir vaqtda dushmanlarini sevishga va davlatga sodiq bo’lishga qattiq harakat qilar edilar. Ular Xudoning Shohligi abadiy ruhiy shohlikday kelishini xohlardilar, shu bilan birga hozirgi yerdagi shohlikni ham muhimligini tan olardilar. Kim shunday savolni qiyinchiligiga duch kelsa, Xudoning boshqaruvini qidiradi. Xudo unga to’g’ri javobni beradi. Lekin bunay imonliga uning qaroriga qarshi chiquvchilardan ehtiyot bo’lishi kerak. Davlatga va uyga javobgar bo’lish degani, Xudo amridagi dushmanini sevish bilan tengdir.


4.08.6 - Zamonaviy Qotillar

Yangi amr ostidagi shohlikni tasvirlovchi Tog’dagi Vaz faqatgina shaxsni saviya harakatini qo’ya oladi. Bu siyosiy harakatlarga vaqt yo’qligiday tuyuladi. Agar kimdir tinchlik o’rnatishni shafqatsizlarcha ko’rsatsa, bu insoniylik harakatiga qarshi, dunyo miqiyosidagi abortni qo’llab quvvatlovchilarga o’xshab Tog’dagi Vazni tushunmaganligini ko’rsatadi. Bu tarihda qilingan eng yomon jinoyat. Million qorindagi homilalar o’ldirilyabdi. Ko’p ona va otalar vijdonlari qiynalib afsus chekyabdi. Biz qotillar naslida yashayapmiz va anglamagn holda shu naslning qismimiz.

Odamlarning mingtadan o’ntasi ataylab emas yoki zamonaviy tehnologiya uchun emas, balki ichkilik sabab, tezlikni oshirish yoki charchaganlik tufayli avariyaga uchraydilar. Agar biz oltita amrni bajarishni xohlasak insonni o’ldiradigan avariyani oldini olishimiz va moshina xaydash usulimizni o’zgartirishimiz kerak. Biz moshinani Xudoning himoyasida va Undan sabr so’rab kamtarlikda, o’zimizni nazorat qilib haydashimiz kerak.

Biz atrof muhit ifloslangan, havo, suv va oziq-ovqat zaharlangan vaqtda yashaymiz. Agar biz atrof muhitni asrasak va ko’zlarimizni Xudoga qaratib Undan qanday to’g’ri yashashni so’rasak, balki Xudoning jazosi kamayadi. Biz dunyoni buzmaslikka harakat qilib, shu yo’l bilan dunyoga xizmat qilamiz.

Ochko’zlik dabdabali jamiyatimizda o’zini manfaatini o’ylab, minglab odamlarning o’ziga qasd qilish shakli bo’lib, o’zlarini asta sekin o’ldirishlaridir. Boshqalarni zo’rlash va tanalarini, jonlarini va ruhlarini harob qilishda harakat qiladilar. Kimdir qizg’anchiq yoki manmanlikdan tushkinlikka tushgan va hayotini qisqartiradigan yolg’izlikdadir. Yana juda ko’p ishlash, dam olmaslik va o’zini o’zi qoniqtirishlar, o’zini o’zi o’ldirishdir. Nato’g’ri uxlash va nato’g’ri yashash, tanaga qarshi yashashdir, chunki biz o’zimizga emas Xudoga tegishlimiz.

Iso bizga:”Kim o’z jonini ayamoqchi bo’lsa, uni yo’qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo’qotsa, jon topadi” (Matto 16:25) – deganda o’zini qoniqtirishni emas, o’zlikni rad qilishni o’rgatdi. Pavlus:“Xudoning Shohligi ovqat va ichimlikdan iborat emas, balki Muqaddas Ruh bag’ishlagan solihlik, tinchlik va sevinchdir” (Rimliklarga 14:17) – deb urg’u bergan. Doimiy ruhiy hayot doimiy jismoniy hayotni ishlab chiqadi va yurakdagi va ongdagi tinchlikni ta’minlaydi.

Oltinchi amr har qanday qotillikni taqiqlaydi va shu paytning o’zida sevgi harakatlarini qo’llab quvvatlaydi. U biz muhtojlikda yashaydiganlarga nisbatan mehrimizni uyg’onishiga ko’zlarimizni ochishga harakat qiladi. Biz muhtoj odamni ko’rmayotgandek yonidan o’tib ketmasligimiz kerak, aksincha unga vaqt topishimiz va qo’limizdan kelganicha unga yordam berishimiz kerak. Iso bu amrni qanday amalda bajarishni ko’rsatgan Xudoning sevgidagi timsolidir. Agar biz Undan donolik so’rasak Uning Ruhi bizni boshqaradi. Iso qotillarni Uning sevgi bolalariga aylantira oladi va ularga yo’qotgan ruhiy shifolanishini qutqarilishiga yordam ham beradi. Bu qachon biz ularga ularni qotillikni o’rniga boshqaga xizmat qilish va sevishga o’zgartiradigan, qaytadan yangilaydigan va muqaddaslaydigan shifokorlarning Shifokori Isoga qaratsak yuz beradi.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)