Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.11 Ninth Commandment: Do Not Bear False Witness Against Your Neigbor

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.11 - To’qqizinchi Amr: Qo’shningizga Qarshi Yolg’on Guvohlik Bermang



Qoshningizga qarshi yolg’on guvohlik bermang. (Chiqish 20:16)


4.11.1 - Tilning Kuchi

Til tananing kichik a’zosi bo’lib, katta kuchga ega. Ba’zida u puldan yoki qimmat doridan ham kuchliroqdir. Tilimizning so’zi quruq o’rmonga gugurtda o’t yoqqanday bo’loladi. Lekin foydali so’z xavfsiz qirg’oqqa boshqarib ketayotgan kichik rul’ga o’xshaydi. Til bilan yolg’on gapirish, Xudoni haqoratlash, yoki to’g’ri gapirib Xudoni ulug’lash mumkin, yoki odamni yerga urish mumkin. Nimaga? Yoqub o’zining maktubini uchinchi bobida bizni tavbaga olib keladigan uchta foydali maslahat beryabdi. Tilimiz Xudoning So’zida gapyotganini tekshirishimiz kerak, har qanday yovuz soz yurakni hafa qiladi, tiklamaydi. Lekin har qanday yumshoq gapirilgan so’z yurakda Isoning Ruhiga yo’l ochadi.


4.11.2 - Muqaddaslanishimizning Muhimligi

Tilimizni tozalash va ongimizni yangilash uchun bizga Najotkor Iso kerak, shunda biz Uning haqiqatini gapiramiz va tushunamiz. Xurmatli payg’ambar-voiz Ishayo xalqni Uch Birlikdagi Sarvari Olam bilan yarashtirish uchun muqaddas Xudoning oldiga turganida titragan. Ishayo Rabbiyning liboslari bilan taxtda o’tirganini ko’rganda daxshatga tushdi va baqirib dedi:”Sho’rim qursin! O’ldim endi! O’z ko’zlarim bilan o’sha Shohni, sarvari Olamni ko’rdim. Axir, men og’zi nopok bir odamman, og’zi nopok xalq orasida yashayman”. Keyin Seraflardan biri u tomon uchdi, qo’lida otashkurak bilan qurbongoh ustidan olgan ko’mir cho’g’i bor edi. Va Seraf Ishayoni og’ziga ko’mir cho’g’ini tekkizib:”Qara, bu cho’g’ lablaringa tegdi, endi ayblaring yuvildi, gunohlaringdan forig’ bo’lding” – dedi (Ishayo 6:5-7).

Odam Xudoning muqaddasligini uchratganda yuragidagi yaramaslik va yolg’onni tan oladi. Shuning uchun odam Qudratli Xudo bizning oxirgi umidimiz ekanligini biladi. Xudoning nurida biz bizdagi to’lgan nopoklikni, yolg’onni va buzuqlikni ko’ramiz. Odam muqaddas Xudo bilan uchrashmasdan yuzaki yashaydi. Bu holatni hech narsa o’zgartirmaydi, gunohkor inson Rabiyning oldiga yaqinlashgandan keyingina hamma narsa o’zgaradi. Havoriy Butrus qarab Rabbiydagi qudratni ko’rganda:”Yo Rabbiy! Mening oldimdan ketgin, chunki men gunohkor insonman” – dedi (Luka 5:8). Butrus kamtar Iso uning yuragiga nazar tashlaganini va uning gunohkorligini ochib berganini bildi. Garchi Rabbimiz Butrusni Undan tonishini oldindan bilgan bo’lsa ham, Butrus odamlar ovchisining belgisi bo’lib qoldi.

Iso haqiqatdir va Uning Ruhi aniq Haqiqat Ruhidir (Yuhanno 14:17). Haqiqat Ruhi biz har safar yolg’on gapirsak va g’iybat qilsak hafa bo’ladi. Xudo tuhmat va sotqinlik qilmaydi; U pok va Uning So’zi to’g’ri va aniq bajo bo’ladi. U bizni yangilashni va to’g’rilik bilan kiyintirishni xohlaydi. U bizni sevgida to’g’ri gapirishga undaydi. Haqiqatni birovning yuziga shafqatsiz va sovuq holda aytish, uni o’ldirishdaydir. Lekin agar haqiqatni yashirsangiz, qancha sevishingizni farqi yoq, tilyog’lamalik qilingan bo’lasiz. Nato’g’ri maqtovlar va tuhmat ba’zida birga chiqadi. Shunday qilib sevgi haqiqatsiz yolg’on va haqiqat sevgisiz o’likdir.


4.11.3 - Yolg’on va uning Manbasi

Xudoning uchbirligini O’zi haqiqatdir. Lekin shayton yolg’onchi va yolg’onchilarning otasidir. U boshidan qotil edi. Iso uni bu dunyoning yovuz hukmdori deb atagan. Undan chiqadigan hamma narsa haqiqat bo’lib ko’ringani bilan yolg’ondir.

Yovuz shayton Momo Havoni aldagan. Uning ayyor savollari Xudoning haqiqatiga shubhalantirdi. U Momo Havoni Xudoga ishonishdan og’dirdi. Keyin Momo Havoning mag’rurligi, shahvoniy hirslari va Xudoga isyoni uyg’ondi va butunlay qarshilikda o’sdi.

Iso suvga cho’mdirilishi bilan, Muqaddas Ruh Uni cho’lga olib ketdi, u yerda shayton Isoni vasvasaga soldi. 40 kechayu 40 kunduz ibodat va ro’zadan keyin Iso shaytonni haqiqatdan og’dirmoqchi bo’lib so’ragan vasvasa savollariga Iso qarshi javob berdi. Shayton:”Agar Sen Xudoning O’g’li bo’lsang…” – dedi, ”Sen Xudoning O’g’lisan” – deganda haqiqatni tastiqlagan bo’lar edi. Lekin u Isoning yuragida Uning osmondagi Otasining O’g’illigiga shubhalantirish uchun haqiqatni savol bilan berdi. Shayton Isoni Otasidan ajiratmoqchi bo’ldi va Isoni O’zini o’ldirishga boshladi. Iso O’zining so’zlari bilan javob bermadi. Shayton bilan tortishmadi yoki O’zining boy tajribasi bilan gapirmadi. Buning o’rniga “Yozilganki…!” – deb javob berdi. Iso Xudoning So’zini ochib tasdiqladi va bu shaytonning hiylalariga qarama qarshidir. Shaytonni ustidan g’olib kelishga Muqaddas Kitobdagi Xudoning So’zidan boshqa yo’l yo’q.

Shayton Muqaddas Kitobni bilishi qiziqdir va u Uni hiyla tarzida qo’llaydi. Shayton Isoning qarshiligiga javob berdi va darhol Muqaddas Kitobdan oyat keltirdi. Oyatni mazmunini buzdi va mag’rurlantirmoqchi bo’ldi va Iso Otasiga bo’lgan sodiqligini sinadi. Iso yana javoban:”Rabbing Xudoni vasvasaga solma deb yozilgan” – deganda, shaytonning aldov harakatlari ilohiy haqiqat nurida shubhasiz himoyasiz qoldi. Bu Xudoning O’g’li va shayton orasidagi kuchli kurashda shaytonning so’zlari hatto ular ba’zida ba’zi joylari to’gri bo’lsada har narsada yolg’on gapiradi. Shaytonning so’zlari yolg’onni va oxirida Xudoga va Uning O’g’liga qarshi isyonni (qarshilikni) o’rgatadi. Falsafiy va diniy tekshiruvlar Masih oldida kuchsizdir, hatto ular qisman haqiqatni gapirsada siz ularni yolg’onligini ko’rasiz. Bugungi kunda ham shayton shunday qilyabdi:U Muqaddas Kitobni buzilgan, o’zgartirilgan, inson qo’li bilan yozilgan va yuzlab sabablar bilan imonlilarni va tadqiqotchilarni haqiqatga ishonishdan aldayabdi. Shayton sizni yuragingizga shunday yolg’onni shivirlashiga yo’l qo’ymang. Buning o’rniga Isodek:”Yozilganki…” – deb jang qiling.


4.11.4 - Eng Katta Yolg’on

Har xil dunyoqarashlar faqat yolg’ondan iborat emas, balki jamiyat tuzilmasida ko’riladigan muhim qonunlar va haqiqat belgilari bilan yorug’ va porloqlari ham bor. Shunga qaramay bu dunyoqarashlarning umumiy ko’rinishi yolg’ondir. Kinoyali qilib aytganda, qisman yolg’onlar muhim yolg’onlarni ta’minlaydi. Islom “Olloh dinini” tabiiyligini bilmaganlarga og’zaki tushuntiradi va Eski va Yangi Ahddan keltirilgan oyatlardan misollar keltirib Muqaddas Kitobni buzib ko’rsatadilar. Hamma Musulmonlar Xudoning O’g’lini xochga mixlanganini umuman rad qiladilar. Ular Xudoning hukmidan faqat Iso Masih va Uning xochdagi o’limisiz qutila olmasliklarini va adashganliklarini bilmayabdilar. Yana kommunizm va boshqa dunyoqarashlar halokatli ateizmga yetaklaydigan ba’zi qalbakilashtirilgan yolg’on haqiqatlar bilan buzilgan.

Ba’zi dunyoqarashi keng ilohiyotchilar yoki diniy oqimlar Iso fikr va hayotning manbasi ekanligini tan olish o’rniga bu odamlar Muqaddas Kitob so’zlarini buzib o’zining kitoblariga va fikrlariga ishonadigan. Xeh kim Isosiz Otaning oldiga kelmaydi. Iso xochga di va o’liklardan tirilib abadiy haqiqat va’dasini amalga oshirdi. Biz hammamiz buyuk Xudoning oldida yolg’onchilarmiz, lekin kim Unga ishonsa o’zgaradi va to’g’ri, samimiy yashaydi va yolg’on changalidan qutiladi.

Biz radio, televizor, gazeta, jurnal, bayram va karnavallarda beriladiran katta oqimdagi katta, kichik, dono yoki oddiy yolg’onlarni to’xtata olmaymiz. Bu yolg’onlar ko’plarni boshqarish uchun mo’ljanlangan va ularning harakatlari kelajakda xisobga olinadi. Siyosatda ko’p nomzodlar ularning partiyalari so’ngi haqiqiy va muammolarni hal qiluvchi partiyaligini olg’a surib raqib partiyaga tuhmat gaplar gapiradilar. Kichik natija oshkor bo’ladi va xato oqlanadi. Chalkash haqiqat raqibni hayron qoldiradi va boshqaruv yangilik hasadni yaratadi.


4.11.5 - Har Kungi Yolg’onlar

Yolg’on faqatgina siyotchilarni so’zlarini emas, bizning har kunlik hayotimizni ham boshqaradi. Haqiqat tezgina chetka suriladi va odam ko’pincha boshqa odam to’g’risida bir piyola choy ustida g’iybat qiladi. Lekin bir kuni tuhmatchi yakunga yetadi, odamlar hammamizning bolalgimizdan keladigan ikkiyuzlamachilikda o’zgaradilar. Balki biz zarar keltiradigan yolg’onlarni gapirmasdirmiz, lekin biz bularning hammasida “yolg’onning otasi” orqali kimgadir zarar yetkazgan yoki uni kamsitgan, vasvasaga solgan bo’lamiz. Biz chin dildan tavba qilishimiz va har doim odamlar haqida, ular yo’qligida ular borday gapirishimiz kerak. Yolg’onni poki bo’lmaydi! Yarim haqiqat bo’lmaydi! Bular o’likdaydir. Biz g’iybat qilinyotgan odamni oldiga to’g’ri borib uni oqlanishi uchun voqeani aslini bilish orqali g’iybatni aylanib yurishiga chek qo’yolamiz. Biz ommaning g’iybatiga qo’shilish o’rniga bu odamni himoya qilishimiz kerak. To’qqizinchi amr bizga oqimga qarshi suzuvchi baliqdek bo’lishimizni o’rgatadi. Ba’zida biz o’zimizni darhol izohlab berishimiz kerak bo’lgan tanqis holatda tanqidga qolamiz. Lekin biz “xurmatni yo’qotishni” xohlamaymiz yoki biz do’stlarimiz va qarindoshlarimiz yo’qligida gapirishni xohlamasligimiz kerak. Bunday holatda biz ko’pincha yarim haqiqatga yoki ko’p bekor so’zlar bilan yashirinishda va ayyor tushuntirishlarga murojat qilamiz. Ko’p odamlar kechirimni sichqon uyini topib ulgurmasidan so’rab bo’ladilar.

Yolg’on jamiyatimizni zaharladi. Hech kim bir-biriga ishonmaydi! Ko’pchilik o’zini aytganini aksini qiladi. Tushunmovchilik odamlarni ularning orasida oyna bordek ajratdi. Yolg’onlar odamlarni ajratdi! Qalb og’rig’i kuchaydi, sokin joylarni portlatdi. Biz Isoning kuchiga ishonishimiz va mardlarcha yolg’onlarimizni va tuhmatlarimizni tan olishimiz kerak. Biz bular uchun ochiq kechirim so’rashimiz kerak. Shunda imon qurilib, mag’rurlik vayron bo’ladi.


4.11.6 - Kim Aslida Birodarini Tushunoladi?

Biz aslida birodarmizni Xudo ularni qadrlaganidek tushunyotganimizni tekshirib turishimiz kerak. Iso bizga beriladigan hukmni O’ziga oldi va shunday ogohlantirdi:”Hukm bo’lmasliging uchun hukm qilma. Hukm qilsang mahkum bo’lasan; va qanday o’lchov bilan o’lchasang xuddi shunday o’lchamda senga qaytadi. Va nimaga birodaringni ko’zidagi cho’pni ko’rasanu o’zingizni ko’zingdagi xodani ko’rmaysan? Yoki o’zingni ko’zingizda xoda turib birodaringa qanday qilib:”kel ko’zingdagi cho’pni olib tashlay” – deyolasan? Ey ikkiyuzlamachi! Oldin o’z ko’zingdan xodani chiqarib ol, keyin birodaring ko’zidan cho’pni qanday chiqarmoq uchun ko’zing ochiladi” (Matto 7:1-5).

Kimdir bu Tog’dagi Vaz amridan biror narsa tushunsa boshqalarni hukm qilishdan oldin birinchi jim bo’ladi va o’zini jiddiy tekshiradi. Balki birodarimiz ko’zidagi cho’pdek haqiqatdan xato ish qilgandir, lekin o’zimizni ko’zimizdagi taxta tiladigan zavod ochishga yetadigan hodani tan olishni xohlamaymiz! Iso har birimizga nafrat, nopok o’ylar va harakatlar, hasad, qizg’anchilik, yolg’on, ikkiyuzlamachilik va ota-onani va Xudoning kunini xurmat qilmaslikni qilmaslikni o’rgatdi. Kim Muqaddas Ruh hukmida o’zidan voz kechsa, boshqa mag’rurlikda yoki ustunlikda boshqalarni rad qilish va mengsimaslikni davom ettirmaydi, aksincha ularga Xudo bizga yordam berganidek qanday yordam berish kerakligi haqida o’ylashni boshlaydi.

Biz boshqani muammosini ichi va tashqisini to’liq tushunmaganligimizdan boshqalarni adolatli hukm qilolmaymiz. Biz agar shunday holatga tushganimizda nima qilgan bo’lar edik? Agar u bizga o’xshab marhamat tajribasiga va ilohiy boshqaruvga ega bo’lganda qanday qilgan bo’lar edi? “O’zgani o’zing kabi sevgin” deganda Xudo bizga birodarni hukm qilish kelganda e’tiborli bo’lishimiz qanchalik muhimligini ko’rsatyabdi. Aksincha biz uni sevishimiz kerak.

U haqiqatdan ham ularni bajarganini ko’rgan va ularda hozir borligini kim biladi? – Nato’gri guvoh berayotgan guvohga bu muammo olib keladi. Albatta biz narsalarni Xudo ko’rganday to’liqligicha ko’rmaymiz. Agar biz birodarimizni o’zimizning hukmimiz bilan har doim mukammal hukm qilolmaymiz. Agar biz buni tushunsak biz boshqalar to’g’risida xulosa qilishga shoshilmaymiz, aksincha yaxshilab o’ylab va ibodat qilib ularni tushunishga harakat qilamiz. Oh, Xudovand bizga onani ko’zini bersin, militsiyani ko’zini emas!


4.11.7 - Biz Haqiqatni Qanday Aytishimiz Kerak?

Bizning chegaralangan qobilyatlarimiz bilan haqiqatni bilish uchun nima qilolamiz? Biz haqiqat shaytondan va yolg’onni muhim deb yoqlaymizmi! Yo’q hech qachon! Guvohlar sifatida biz qobilyatlarimiz bilan haqiqatni aytishimiz kerak. Biz birodarlarimizga nisbatan adolatsiz bo’lmasligimiz uchun Xudodan donolik so’rashimiz kerak. Quvg’in paytida haqiqatni to’g’ri yo’l bilan, buzilmagan faktlar bilan ayta olishlari uchun imonlilarga muhim yumshoqlik kerak. Biz boshqalarni hayotini xavfga qo’ymasligimiz uchun bizga Muqaddas Ruhni boshqaruvi kerak. Biz albatta har doim haqiqatni aytishimiz kerak, lekin har doim ham boshqalar uchun butun haqiqatni aytishimiz muhim emas. Isoga ishonmaganlar haqiqat ruhini bilmaganliklari uchun biz ularni aldayapti deb o’ylashlari mumkin. Har doim bizni Muqaddas Ruh haqiqatni gapirishga yetaklashini ular tassavvur qilolmaydilar.

Muqaddas Kitob bizga har kunimizda, maktabda, jamiyatda, oilamizda, birodarlarimizning yashashidagi hayrli ishlariga va ularni xatolarini tanqid qilmaslikka doimiy mashq qilishimizga yordam beradi. Biz do’stlarimiz, shu bilan birga dushmanlarimiz haqida ham yolg’onsiz yaxshi tomonlarini o’ylashimiz kerak. Pavlus Korinfiliklarga shunday tushuntirdi:”Sevgi sabrli va ko’ngilchangdir. Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas. Sevgi beboshlik qilmas, xudbinlik qilmas, achchiqlanmas, kek saqlamas. Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo’lur. Sevgi har narsani ko’tarar, har yo’lda ishonch hosil qilar, har sharoitda umid saqlar, har narsaga toqat qilar. Sevgi aslo ado bo’lmas…” (1 Korinfiliklarga 13:4-8).

Agar biz sevgi ruhida yashasak gunohkorlarni hech qachon hukm qilmaymiz. Aksincha ularni yaxshiroq tushunib, yordam berib yoki kamtarlik va sevgida insonni to’g’irlaymiz. Pavlus Efesdagi Masihiylik xizmatida ajoyib yetuklik saviyasiga yetgan imonlilarga:“Shunday qilib, yolg’onni rad etib, har biringiz o’z birodaringiz bilan haqiqatni gaplashinglar. Chunki biz bir-birimizga tananing a’zolaridaymiz” (Efeslilarga 4:25) – deb yozgan. Biz har doim haqiqatni gapirish va o’rganishga harakat qilamiz. Biz Muqaddas Ruhda mustahkam bo’lib borganimizda shayton doim imonlilarni aldashlariga, boshqalarni shafqatsiz hukm qilishlariga va odamlarning har xil fikriga hafa bo’lishlariga vasvasaga solishga harakat qiladi. Isoning O’zi ham vasvasaga solinganiday biz ham vasvasaga solinamiz. Shuning uchun Pavlus Efeslillarga:”Nihoyat, Rabbimiz bilan ittifoq bo’lib, Uning kuch-qudrati ta’sirida quvvatli bo’linglar. Iblisning hiylalariga qarshi tura olish uchun, Xudo bergan barcha qurol-aslahalar bilan qurollaningiz. Chunki bizning kurashimiz o’tkinchi basharga qarshi emas, balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlarga, hokimlaru hokimyatlarga, bu qorong’u dunyoni boshqaryotgan ruhiy hukmronlarga qarshidir” (Efesliklarga 6:10-12) – deb yozadi.

Sevgi havoriysi Yuhanno inson hayotining yolg’on o’zagini bizga aniq ko’rsatadi:”Isoni Masih emas”, deydigan har qanday odam yolg’onchidir. U Masihning dushmani! U Otani ham, O’g’ilni ham rad etadi. O’g’ilni rad etgan odamda Ota yo’q. O’g’ilni tan olgan odamda esa, Ota ham bor” (1 Yuhanno 2:22-23). “Xudoning Xudoning O’g’liga ishongan odam Xudoning guvohligini chin dildan qabul qilgan bo’ladi. Xudoga ishonmagan odam esa Xudoni yolg’onchiga chiqaradi, chunki u Xudoning O’z O’g’li haqida bergan guvohligiga ishonmadi” (1 Yuhanno 5:10). Xudoning Uch birligi sizning hayotingiz mazmuni bo’lishi sizni soliglingizdan dalolatdir.


4.11.8 - Qur’ondagi Xudoning Makri

Islom haqiqatni judayam begona ruhdek ifodalaydi. Ol-I Imron surasida biz:”Ular makr qildilar. Olloh ham “makr” qildi. Olloh “makkorroqdir” (Ol-I Imron Surasi 54) – deb yozilganini o’qiymiz. Bu makr Isoni o’ldirishni rejalashtirgan Yahudiylarga qaratilgan. Lekin Olloh Islom tushunchasi bo’yicha ularni ahmoq qildi, Isoni xochdagi azoblaridan qutqarib tiriklayin olib chiqib ketdi. Bu Olloh Isoni mixlanishiga yo’l qo’ymay, aksincha O’zining oliy makrida Isoni olib ketdi degani. Bu joyi va vaqti bor tarihiy hodisani buzilishidir. Olloh o’zining haqiqiy tabiatini xochdan oldin ochib berishi kerak edi va insonga ham tog’ri emasligini, u to’g’ri Xudo emas, aksincha haqiqatning dushmani, eng zo’r makkorligini ko’rsatishi kerak edi. Islomdagi Ollohni haqiqiyligini ochib berilganday, xoch hamma haqiqatning yuqori nuqtasidir. Faqat shayton odamlar qutqarilmasligi va abadiy hayotni qabul qilmasliklari uchun xochdagi haqiqatni rad qiladi.

Qur’onda Islom Ollohni “makkorroqdir” deydi. Uning izdohslari makrni yaxshi hususiyat va ular xohlagan paytda qo’llash mumkin bo’lgan va Islomni targ’ib qilishning foydali yo’li deb ko’rishgani ajablanarli emas. Muhammad yolg’onni va makrni to’rta sabablarda bajargan: Islomni tarqatishda muqaddas urushda, ikkita dushmanni yarashtirishda, erni xotiniga jo’natganda va xotinni eriga jo’natganda. Islomda siz do’stingizga yoki dushmaningizga ishonolmaysiz. Chunki musulmonlar orasida ishonchsizlik bo’lgani uchun hamma bir biriga ishonmaydi.


4.11.9 - Hayotning Yolg’oni yoki Xudoning Haqiqati

Agar siz Isoni xochga mixlanganini va o’limdan tirilganini tan olmasangiz haqiqat ruhi sizda bo’lmaydi. Isoning xochga mixlanganini rad etishdan butun hayotingiz yolg’onga va sotqinlikka aylanadi. Iso O’zining qonini gunohkorlarning gunohi va tavba qiluvchi yolg’onchilar uchun bizni oliy ruhoniymizdek, sotib olish uchun to’kdi. Tirilgandan keyin Otaning va’dasi uchun ibodatda kutayotganlar uchun U haqiqat Ruhini yog’dirdi. Muqaddas Ruh ularga alangalanib turgan tillarda ko’rindi. Bu misol Iso shogirdlarini nima qilishini xohlaganini tushuntiradi: ularning yol’gonchi tili kuydirilib, abadiy haqiqatni talaffuz qiladigan yangi ruhiy tilni qabul qiladilar. Abadiy haqiqat nima? Otamiz Xudo, Masih Rabbimiz, Najotkorimiz va Muqaddas Ruh bizda yashaydi. Xudoning Uch Birligi, haqiqat Ruhi Masihni izdoshlari orqali tan oladigan abadiy haqiqatdir. Uning haqiqatini sevgida aytishimiz, Uning xochdagi har bir odamni gunohi va ayblaridan sotib olish uchun qilgan ishini e’lon qillishimiz, bizning yutug’imiz.

Haqiqatni sevgida aytadigan ibodatgo’y do’stga ega bo’lish qanday ajoyib! U har doim sizni maqtaydigan mingtasidan yaxshiroqdir. Shuning uchun biz haqiqatni sevgida aytishimizga va do’stlarimiz uchun ibodat qilishimizga yordam berishini Isodan so’rashimiz kerak. Iso bizga: “Sizlarning so’zlaringiz faqat “ha” yoki “yo’q” bo’lsin. Bundan ortig’i esa shaytonlikdir”(Matto 5:37) – deb buyurgan. Biz Isodan bizni Unda solih bo’lishimizni va Uning haqiqatini sevgida aytishga boshqarishini so’rashimiz kerak.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)