Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.10 Eighth Commandment: Do Not Steal

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.10 - Sakkizinchi Amr: O’g’irlik Qilmang



O’g’irlik qilmang. (Chiqish 20:15)


4.10.1 - Mulk kimga tegishli?

Azalda Xudo osmon, yer va undagi narsalarni yaratdi. Faqat U narsalar, o’simliklar, hayvonlar va bizga egalik qiladi. Biz Xudoga tegishlimiz. Biz favqulotda yaratilib qolmaganmiz balki Xudoning inoyati, Uning o’ylari va kuchi har bir ijodida ko’rinadi. Xudo koinot Egasidir. Faqat Unga hamma narsa, hatto oltin va kumushlar tegishlidir. Biz faqatgina U bizga nimani ishonib topshirgan bo’lsa ularga egalik qilamiz. Xudo bizga bergan hamma narsa uchun javobgarmiz. Vaqtimiz, sog’ligimiz, pulimiz, mulkimiz bizga tegishli emas, balki faqat Unga tegishlidir. Siz bunga rozimisiz?

Yuz yillar oldin ateistik nazariyalar yuzaga kelgan ruh qirolligini rad qilgan. Ular faqat o’zida rivojlanadigan borliqni tan olishgan. Xudo ularni qo’llab quvvatlamadi. Shuning uchun kommunizm dunyoga Xudo emas inson egalik qiladi deydi. Boshqaruv partiyasi odamlarning qimmatbaho narsalari va mulklariga egalik qilgan va partiyaga sodiqlik, bu qimmatbaho narsalar bilan bo’lishish edi. Lekin ba’zi alohida odamlar ular ishlay olishidan kamroq ishlashi va davlatning mablag’i va mulkini imkoni boricha o’g’irlashlariga ishontirilganlar. Shuning uchun Hitoy va boshqa sotsial davlatlar ijtimoiy emas, xususiy ishlarni qilganlari uchun ilg’orlab ketganlar. Qaloq iqtisod maxsulotidan shu aniq bo’ldiki, odam hech qanday ijtimoiy to’plamlar tuzumi uchun yaratilmagan. Biz boshidan hayotning umumiy javobgarligini o’zimizga olgani yaralganmiz. Odamga kuch bilan majburlash emas, o’zida xohish bo’lish kerak. Qayta qurish rivojlanganda kommunizm quladi.

G’arbda kapitalizm har bir odam o’zining vaqtiga va mablag’iga o’zi egalik qilish ma’nosini beradi. Demokrat(xalqparvarlik) ijtimoiy tuzimi boy odamlar o’zaro bo’layotgan katta perogdan qambag’al odamlar uchun ushog’idan asrashga harakat qilgan. Ey, millionerlar Xudo oldidagi javobgarliglarini tan olib tavba qilganlarida edi! Keyin ular kambag’allarni tan olar va ularning kichiklarini va muhtojliklarini o’ylar edilar.

Aslida kommunizm va kapitalizm bir xil maqsadga egadir. Ikkalasi ham hamma mulk va kuchni nazorat qilishni xohlaydi. Boshqaruvdagi bitta farq boylik ustidan nazoratga erishishdir. Ijtimoiy davlatlarda mulkni musodara qilish og’irlikdan boshqasi emas. Kapitalistik davlatlarida kambag’allar kuchidan foydalanish (ekspluatatsiya) sotqinlikning dono shakli bo’lib, zamonaviy usulni qo’llanishiga yordam bergan. Masihiy nima bo’lishidan qat’iy nazar, Xudoga tegishli hamma narsani asrashi va to’g’ri foydalanishi kerak. Biz mulkdorlar yoki mustaqil xo’jayinlar emas, aksincha kamtar boshqaruvchilarmiz halos. Hech narsa bizga tegishli emas. Biz Xudoning marhamatidan boshqa hech narsaga ega emasmiz va biz qanday pulimizni, vaqtimizni va harakatlarimiz haqida hisobot berishimiz kerak. Nima qilayotganingizga va nima sarflayotganingizga e’tibor bering!


4.10.2 - Xudoni Sevish va Pulga Ega Bo’lishni Xohlash

Iso:”Hech kim ikki xo’jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko’rib, boshqasini sevadi,... Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig’ina olmaysizlar” (Matto 6:24) – deb ogohlantirgan. Masihiy yo mablag’ini Xudoning boshqaruviga qo’ymasdan puliga egalik qilolmaydi yoki egasidan o’girlaydigan o’g’ri bo’ladi. Shu sabab bilan Masihiy bo’lganimizda mablag’larimizni ishlatish usulimiz butunlay o’zgaradi. Boy Masihiylar rejalashtirmasliklari va o’zlari uchun yashamasliklari kerak, aksincha Xudo ularga ishongan pulni U nima qilishlarini xohlashini Undan so’rashlari kerak.

Sanoati past rivojlanyotgan davlatlarga birinchi ruhiy bilim kerak. Xudoning Uchbirligiga ishonish javobgarlikni, harakatni va qurbonlilik munosabatlarini mustahkamlaydi. Faqat Iso bilan munosabat insonlarni buzilishdan yoki faqat o’zlarini oilalari uchun ishlashdan saqlaydi, shunda ular boshqalarning muhtojligini ko’radi va sezadi. Agar ularning munosabatlari dangasalik, o’g’irlik va qo’paruvchilik bilan o’z maqsadiga yetishga o’zgarmasa. Faqat Masih bizning dunyomizning umididir!

Muqaddas Kitob aniq aytadi: ”O’g’irlik qilmang”, shu tarzda hususiy mulkni tasdiqlayabdi. Shunday qilib biror kimning boyligi bilan ko’payib boradigan abadiy javobgarlik boyligiga hasad qilmasligimiz kerak. Iso bu amrni:”Boyning Xudo Shohligiga kirishidan ko’ra, tuyaning igna teshigidan o’tishi osonroqdir”(Matto 19:24) – deb tushuntirib bergan. Boyning boyligi nima bo’lishidan qat’iy nazar ular qilgan o’g’irlik ularni oqlamaydi, chunki kim o’g’irlik qilsa faqat Xudoning O’zi hukm qiladi.

Ichimizdan bizniki bo’lmagan narsalarni olmas kerakligini sezamiz. Vijdonimiz juda sezgir va bizni hech narsa, katta yoki kichik narsalarni o’g’irlamaslikni ogohlantiradi. Biz o’zimizniki bo’lmagan narsa bizda borligini yahshilab tekshirib ko’rishimiz kerak. Agar Xudodan Undan sizga nima tegishli emasligini eslashingizga yordam berishini so’rasangiz, Xudo albatta nima sizga tegishli va nima boshqaga tegishli ekanligini eslashga yordam beradi. Biz yana Isodan bizniki bo’lmagan narsalarni tez qaytarib berishimizga kuch berishini so’rashimiz kerak. Biz Xudodan va narsani egalaridan kechirim so’rashimiz kerak. O’g’irlangan narsalar bizni vijdonimizga ta’sir qiladi va Iso bilan munosabatimizni buzadi. Afrikadagi xushxabar uchrashuvida odamlar hamma o’g’irlagan narsalarini qaytarishga dalda oldilar. Bu fikr bo’yicha ba’zi militsionerlar kulishdi va har biri o’g’irlik qilganini bilgani uchun, bir biriga piching qilib qarab qo’ydilar. Bu narsa hamma joyda sodir bo’ladi va biz gunohimizni bilib unga afsuslanganimizda va gunoh qilishni yomon ko’rganimizda, samimiy unga tavba qilganimizda, uni tan olib va yangilanish tomon yo’nalganimizda bu maxsus Xudoning inoyatidir. Har doim Isoga buriling va Iso qalb jarohatlaringizni tuzatadi.


4.10.3 - Hozirgi kundagi o’g’irliklar

O’zimizdan so’raylik:”hozirgi kunlarda nima o’girlanyabdi?”. Bu nafaqat bizga tegishli bo’lmagan narsalarni olish, balki ish davomida bekor sarflangan, kechiktirilgan va isrof qilingan vaqt hamdir. Har qanday yolg’on bu o’g’irlikdir. Yaroqsiz narsani arzonga yoki qimmatga sotish, haridorni aldashdir. Ba’zida mahsulotning narhi o’zining narhiga to’g’ri kelmaydi. Soliq ma’muryatini ham nato’g’ri ma’lumotlari o’g’irlikdir. Albatta ishda va iqtisotda yolg’onning ko’p turlari bor. Agar siz Xudoning muqaddas xuzurida yashamasangiz sarfda xavfli bo’lib qolasiz va Xudoga va Uning odamlariga qarshi gunoh qilasiz.

Bu vijdon tekshiruvi yer egalariga, tadbirkorga va boshqa katta ishda ishlaydiganlarga tegishli, ular ishchilaridan foyda oladilar va bozor soliqlarini to’lamasdan ishlashni talab qiladilar. Bu bank va shaxslar uchun yuqori hokimyatdan pul sorash o’g’irlikdir. Qaytarolmasligini bilib biror kimdan pul olish ham gunohdir. O’g’irlikning shaxsiy va ommaviy har xil turlari bor agar, biz vijdonimizni Muqaddas Ruhning halolligida mashq qilmasak biz solihligimizni va pulni qizg’anish va hasadli mulk orqali najotni yoqotish xavfiga ega bo’lishingiz mumkin. Pavlus:”na o’g’rilar, na tamagirlar… Xudoning Shohligidan bahramand bo’lmaydilar” – deb aniq aytgan. (1 Korinfiliklarga 6:10).

Hozirgi zamonaviy jamiyatda o’g’irlikni har xil rurlari bor. Ba’zi odamlar ishdagi telfonni shaxsiy foydalari uchun ishlatadilar. Ba’zi odamlar magazindan yoki bozordan ko’rgan narsalarini olib pulini to’lamaydilar. Boshqalari moshinalarni olib qochadilar. Boshqalari narkotiklarni tekinga tarqatib o’rgatib keyin ta’minlayotgan dorilari uchun pul talab qiladilar. Ular dori o’g’rilariga aylanadilar yoki uni sotib olish uchun boshqa jinoyatlarga qo’l uradilar. Begonani komp’yuteriga kirish yoki puli to’lanmagan komp’yuter dasturlarini ko’chirib olish zamonaviy o’g’irliklarini turidir, bu ko’p vijdonlarni zaharlaydi.

Agar biz Isodan yangi yurak qabul qilmasak o’zimizni ko’p vasvasalarga ochib beramiz. Pul topish hayotimizning asosiy ma’nosi bo’lib qolishiga yoki manfaatparastlikka yo’l qo’ymasligimiz kerak va agar shunday bo’lsa bizda Xudoning quvonchi yo’qoladi. Esdan chiqarmanglar, hasad va tamagirlik haligacha hamma shayton yordamchilariga sabab bo’lib kelmoqda. Pulni qidiradigan odam hayotini o’zgartirib yuboradi. Uning yuragi qattiqlshib, sevgisi sovib boradi va pul toppish uning xohishidir. Pul topish hayotining asosiy maqsadidir va Xudo boshqa uning hayotini markazida emas.

Iso boylikka ruju qo’ygan odamnikidan ko’ra, kambag’alnikida yashashni afzal ko’rdi. Iso hech qayerda boynikida tunamadi. Isoni sotgan Yahudo pul qutisini nazorat qilib (Yuhanno 12:6) pullarni shilib o’g’ri bo’ldi.

Pavlus o’z qo’llari bilan ishlardi. U boshqalarga og’irligini solishni xohlamas edi. U nafaqat o’ziga yashash uchun, balki Xushxabar tarqalishi uchun boshqalarga ham yordam berdi.


4.10.4 - Ishlash va Qurbonlik

Ko’p yangi imonlilar pulga bo’lgan munosabatlarini o’zgartirishlari va to’g’ri ishlashlari kerak, chunki boshqalardan yordam so’rash yoki kutish to’g’ri emas va ishonchli foyda bo’lmaydi. Rabbimizning ibodatining to’rtinchi iltimosda “kunlik risqimizni bergin” – deyilgan. Bu biz ibodatlarimizda ishonch bilan osmondagi Otamizdan kerakli ishni berishini va sog’lik bilan va uni bajarishimizda qanday qiyinchiliklarga duch kelmaylik bajarishga qobilyati bilan marhamatlashini so’rashimizni bildiradi.

Agar biz haqiqatdan Xudoning boshqaruvi ostida yashasak va g’ayrat bilan ishlasak, biz o’girllik qilmaymiz va boshqalarni xisobiga yashamaymiz, chunki biz nafaqat oilamizni ta’minlashga marhamatlanamiz, balki o’zimizning xayrli ushurlarimiz bilan Rabbimizning ishlariga qatnashib muhtojlarga ham yordam berolamiz. Olishdan ko’ra berishning baxtiyorligi katta (Havoriylar 20:35; Efesliklarga 4:28; 1 Saloniklarga 4:11).

Iso bir kuni O’n Ilohiy Amrni sodiqlik bilan bajaradigan xudojo’y boy yigit bilan uchrashib qoldi. Rabbiy uni yoqtirib qoldi va uni yashirin bog’liqliklaridan ozod qilmoqchi bo’ldi. Shunday qilib Iso unga:”Agar komil bo’lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag’allarga tarqat. Shundagina ko’kda xazinang bo’lur…” (Matto 19:21) – dedi. Yigit boy bo’lgani uchun bu so’zlarni eshitib qayg’uga tushdi. Isoning oldidan ketdi. Xudoning O’g’lidan ko’ra pul u uchun muhim edi. Vaqti vaqti bilan Isoga ergashish biz uchun birinchi o’rindami yoki o’zimizning mol-mulkimizga yoki bankdagi pulimizga ishonyapmizmi tekshirib turishimiz kerak (Mark 19:19; Luka 18:10). Iso bizni pulga ishonishdan ozod qilmoqchi. Biz Unga hosil keltirishimiz va hayotimizning asosiy maqsadini qurbon qilishimiz kerak. Rabbimiz O’zini ko’plarni ozod qilish ucun qurbon qilganidek biz ham boshqalarga bajonidil har xil yo’llar bilan yordam berishimiz kerak. Xudo bizni pulga ishonishdan ozod qilmoqchi va Unga ishonchimizni kuchaytirmoqchi.

Ilk jamoat a’zolari Rabbimiz Iso Masihning qayta kelishini kutib bir-birlarini ruhiy muhabbat bilan sevganlar. Ular mol-mulklarini sotib, o’rtada baham ko’rib, yashaganlar. Ular bir-birlariga bajonidil sevgi bilan xizmat qilganlar. Kommunizmdan farqli o’laroq, hech kim biror kimni biror narsa bo’lishishiga majbur qilinmagan. Shunga qaramasdan ilk Masihiy jamoat bunday ijtimoiy tuzumni uzoq saqlay olmadi. Masih ular kutganidek kelmagani uchun ko’p Masihiylar kampag’al bo’lib borayotgan edilar. Ocharchilikdan ular juda ham qiynalib ketganlar. Shunda Pavlus bugungi kundagi Gretsiya, Turkiyadagi jamoatlardan ko’pgina ushrlar yig’ib Isroildagi ilk jamoatlarga olib borib bergan.

Pavlus:”Qiladigan har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbingiz uchun qilayotganday, chin qalbdan bajaringlar” (Kolosoliklarga 3:23) – deganda mehnatni ma’nosini va mohiyatini o’zgartirdi. Shundan beri har qanday halol mehnat, Xudoni ulug’lashday hisoblanadi. Shunday qilib ona bolasiga qayg’uradimi, yoki ishchi ko’chani shipiradimi, yoki cho’pon yakshanba kuni vaz aytadimi har qanday hayrli ish Xudoga xizmatdir. Biz:”Kimga xizmat qilyapman?” – deb o’zimizni tekshirishimiz kerak. O’zimizga xizmat qilyapmizmi, oilamizgami, boshliqqami, davlatgami yoki Xudo uchun yashayapmizmi? Xizmat (Ibodat) va ish birgalikda Masihiy hayotining tanasidir (tuzilmasidir).


4.10.5 - Islom va Mol-mulk

Islom Yaratguvchi hamma yaratganlarini Egasi ekanligini tasdiqlaydi. Bu har bir shaxs Xudo ishonib bergan narsaga egalik qilishni qo’llab quvvatlaydi. Doimiy nomoz o’qiydigan va Islom qonunlariga aml qiladigan har bir odam uchun mol-mulk Xudodan sovg’adir. Sharqiy odam o’zining qabilasini a’zosi bo’lib birinchi alohida mustaqil shaxs bo’lib yashamaydi. Mol-mulk, oziq-ovqat va suv zaxiralari butunlay nazorat qilinib, avlod uchun qabila tomonidan egalik qilinadi. Oila qariyalar, kasallar, cho’loqlar va hatto jinoiy ishlar uchun xavfsiz qo’noqdir. Yaqingacha Yaqin G’arbda jamiyat xavfsizligi uchun muhtojlik yoki hayot uchun sug’urta kafolati yo’q edi, aksincha shahardagi ishchilar zamonaviy tehnalogiya bilan ajiralib chiqdilar va hayriya tashkilotlari muhim bo’lib qoldi.

Masjidlar va Islom asoslari diniy soliqlar (zakot) va sadaqalar bilan ta’minlanadi. Bu pul boyligi nazorat qilinadi va davlatning birorta nazoratisiz sarf qilinadi, chunki ular Musulmonlarga jannatga olib boruvchi yo’l hozirlagandek ular diniy boshqaruv qadr-qimmati bo’lib qolganlar. Agar kimdir yer yuzida Masjid qursa, u jannatda qasrga ega bo’lishiga umid qiladi.

Islom birinchi boshlanganda Musulmon jangchilari Islomni hali qabul qilmaganlarga jang orqali Islomni tarqatish ruhi va joni borlarga Islomni yetkazishni ga’laba yo’li deb bilganlar. Muhammad bu uslubni qo’llagan hatto dushmanlarni ham “ularni yuraklarini Islomni qabul qilishga majbur qilish kerak” deb bilgan. Islomni qabul qilmagan majusiylarni o’ldirilgan yoki qul qilingan. Qur’on va Islom qonuniga binoan qullar Musulmonlarni mulki bo’lgan va turmushga chiqadigan qul qizlarni xo’jayinlari olar edilar va bunga ularning ota-onalari rozi bo’lishga majbur edilar. Islom dunyosida qullik savdosi uzoq vaqtgacha davom etdi. Amerikadagi fuqorolar urishida u yerdagi qullik savdosiga chek qo’yilishiga erishildi.


4.10.6 - Shariatda O’g’rilar uchun Shafqatsiz Jazo

Islom o’g’rilarga shafqatsiz jazoni qo’lashga majbur qilyapdi: agar o’g’ri birinchi marta aniq bir miqdorda o’girlik qilganda ushlab olinsa, o’g’rining o’ng qo’li chopib tashlanadi va keyingi safar chap oyog’ini uzib tashlanadi. O’g’irlikka bunday jazo hamma Islom davlatlarida bir xildir.

Lekin garchi shunday qo’rqinchli jazo qonuni qo’llanishiga qaramay Iroqda, Sudanda boshqa qo’l bilan oyoq bemalol kesiladigan Islom davlatlarida o’g’irliklar ko’p sodir bo’ladi. Homeni o’g’rini qo’lini og’riqsizlantirishlarsiz kesib tashlashni buyurgan. Islom qonuni Sudanda to’rt yil oldin to’xtatilgan. Shu amal qilingan nuqtai nazardan bu ziyonli qonun tashkilotiga binoan yuzlab odamlarni qo’li qirqilgan. Ular boshqa davom etmayotgan, qonun davrida kesilgan qo’llari uchun davlatdan zararni qoplash va nafaqa so’raganlar. Bu guruhlar ikkinchi marta o’g’irlik qilganlari uchun oyoqlari kesilgan ko’p erkaklarni ham o’z ichiga oladi. “Hozirda Sudan” jurnalida bu erkaklarning shafqatsizlarcha qirqilgan qo’llarini ushlab turgan rasmlari bor.

Shariatdagi shafqatsiz jazo o’g’rilarni munosabatini yaxshiroq qilib qo’ymaydi yoki uni o’zgartirmaydi, aksincha ular o’g’rini ishga layoqatsiz va omma oldida har doim uyatli qilib qo’yadilar. Tasavvur qilingga agar hamma davlatlardagi o’g’irlik qilgan odamni o’ng qo’li kesib tashlansa. Qancha odamlar ikkita yaxshi qo’llarsiz qoladilar? Shariat bugungi kunga to’g’ri kelmaydi.


4.10.7 - Iso nima qildi va Izdoshlari O’g’irlikni Yoqlaydilarmi?

Iso o’g’irlik ustidan g’alaba qozonishni boshqa yo’lini ko’rsatdi. U xalqning o’g’irlik uchun jazosini yo’qqa chiqarmadi. Buning o’rniga abadiy jazoni O’ziga oldi, shu tarzda o’g’irlagan har bir odamni gunohi uchun to’lov to’lab sotib ololdi. Uning qiyinchiliklari va qurbonligi uchun minnatdor bo’lib, bizniki bo’lmagan hech narsaga hech qachon tegmaymiz.

Haqiqat Ruhi bizni o’g’irlik ruhidan ozod qiladi. U bizning yangi yurakda Otamiz Xudoga ishonishimizni mustahkamlaydi, shuning ushun biz Rabbimiz Ibodatidagiday kunlik risqimizga ishlab topishimiz uchun Undan kerakli ish berishini so’ray olamiz. Biz tashvishlarga sho’ng’imasligimiz kerak, chunki ishonamizki bizning osmondagi Otamiz biz uchun Shaxsan qayg’uradi va bizdan hech qachon ketmaydi. Shunday qilib quyidagi oyat Masihning izdoshiga aytadi:”O’g’irlik qilgan kishi boshqa o’g’irlik qilmasin. Balki yaxshi ishlab, o’z qo’llari bilan mehnat qilib, muhtoj bo’lganlarga ham biror narsa bersin” (Efesliklarga 4:28).

Iso shogirdlarini pulparastlik mol-mulkka asoslan ma’noli hayot bilan emas, balki ruhiy hayotda sevgi va minnatdorchilikka to’lgan yangi yurak bilan ta’minlaydi. Bizning Rabbimiz bizni qizg’anchilikdan va hasaddan ozod qilgan. U bizga har bir boy odam uni nazorat qiladigan jiddiy vasvasalarga duch kelishini o’rgatadi. Shuning uchun biz sarflarimizni qayta ko’rib chiqishimiz kerak va har bir sarflagan pulimiz haqida Xudoga va o’zimizga hisobod berishimiz kerak. U bergan narsalar ustidan biz boshqaramiz.

Masihiy imonlilar kambag’allarga sevgi va rahm shafqat bilan qaraydilar va ularga yordam berishni rejalashtiradilar, shu tarzda ular o’zlari uchun javobgarlikda o’sadilar va to’g’rilik va g’ayrat bilan ishlaydilar. Biz o’zimiz agar ular ishlashga layoqatsiz bo’lsalar muhtojlarga yordam berishning donolik yo’lini topishimiz kerak. Jamoatning har bir a’zosi bunday xayrli ishda qatnashishga chaqiriladi. “Yaxshilik qiluvchi gunoh qilishni bilmaydi”.

Har bir Masihiy uchun qorquv va jazo muhim qoida emas, Xudoga sevgi muhim qoidadir. Bizni savob ishlar emas, aksincha Golgofada keltirilgan buyuk qurbonlik gunoh qulligidan ozod qiladi. Biz Isoga to’g’ri yashashga, hayotdan qoniqib yashashga va g’ayrat bilan yashashga yo’naltirgani uchun minnatdormiz. Buning o’rniga majburiy mulk qonunlarini yoki soliq talablarini Iso Unga ishonganlarni hamma yoshdagilarning madaniyatni Uning qonunlariga binoan yangi yurak va ong bilan o’zgartiradi. “Zero Inson O’g’li ham O’ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O’zi xizmat qilish va O’z jonini fido qilib, ko’plarni qutqarish uchun kelgan” (Matto 20:28).

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)