Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 4 Titles of Christ
This page in: -- Arabic? -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Kirundi -- Russian -- Somali -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet -- Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

4 - Muqaddas Kitob Va Qur'onda Masihning Isimlari Va Unvonlari

The Koran contains approximately 100 verses that talk about Christ. This booklet addresses the following questions: What different names and titles are accorded to Christ in the Koran? How can they be used in sharing Christ with Muslims? How do they contrast with the names and titles of Christ in the Bible?



4.01 -- Muqaddas Kitob Va Qur'onda Masihning Isimlari Va Unvonlari

Muqaddas Kitobni o'rganuvchi Iso Masihning 250 nomlari, unvonlari va fazilatlarini topishi mumkin. Qur'onni diqqat bilan o'qiyotgan, unda Xushxabarga nisbatan islom aks sadosi, Isoning 25 nomi, unvonlari va fazilatlarini topish mumkin. Musulmonlar bilan suhbatdagi san'at, Maryam o'g'lining islomiy nomlarini Muqaddas Kitobdan Masihning ismlari bilan to'ldirish, musulmonlarga Inson O'g'lini Xudoning O'g'li sifatida ko'rsatishdan iborat, chunki Isoning o'zi ham shunday qilgan. Islomiy va Qur'on ta'riflarisiz musulmonlar bilan gaplashaolaman deb o'ylayotgan kimsa, ular tushunmaydigan tilda gaplashishga tavakkal qiladi.

4.02 -- Iso yoki Iisus?

Iyso, Isoning islomiy nomi Qur'onda 25 marta yozilgan. Iyso, ammo, Iso emas, chunki musulmonlarning kitobi Uning ilohiyligini va xochdagi Uning o'limini inkor etadi. Hech kim Muhammad nima uchun Isoga Iyso ismini tanlaganini aniq bilmaydi, chunki Arab tilida allaqachon boshidan beri Yosua nomi Arab Masihiylari tomonidan Iso ismiga taqqos sifatida kitoblarida yozilgan.

Nasroniy ruhoniylari, Iyso so'zi - bu yunoncha Iso ismining suriyacha talaffuzi ekanligini ta'kidlaydilar. Boshqalar esa, Muhammad arabcha Yasua ismining birinchi va oxirgi harfini almashtirgan va bu ismdan Iso ismini yaratgan deb hisblaydi. Afrikadagi urf-odatlarga ko'ra, bu ismga ega bo'lgan odamning la'natishidir. Lisan al-arab lug'ati barcha bu tushuntirishlardan ustun chiqib va Iyso (Ays) so'zining ildizi "ayig'ir otning urug'i" va o’ldiruvchi bir lahzada tasir qiluvchi zahar degan ma'noni anglatishini aytadi.

Ko'pgina arab masihiylari Iyso ismini musulmonlar bilan suhbatlarida ishlatishmaydi, xorijiy missionerlar (targ'ibotchilar) esa Iyso nomisiz, musulmonlar Iso haqida gap borayotganini deyarli tushunishmayotganini payqadilar. Shuning uchun ular Isoning Qur'oniy nomi Iyso ismiga Injil ma'nosini kiritishga harakat qilishadi.

Iso nomi 975 marta Yangi Ahdda uchraydi va Xudo O'g'lining barcha nomlari va unvonlari orasida eng muhim va keng tarqalgani. Musulmonlar uchun, shuningdek, ikki vahiy (vahi) orqali Farishta Jabroil tomonidan Yusuf, Uning tarbiyachisiga, (Matto 1:21) va onasi (Luqo 1:31; 2:21) Maryamning o'g'liga "Iso" nomini berish amir qilingan dalili juda qiziq. Bosh Farishta oldindan hali abadiylikda belgilangan bu nomning ma'nosini tushuntirdi, "U O'z xalqini gunohlaridan qutqaradi" (Matto 1:21).

Ibroniy tilini biladiganlar, Iso ismining ildizi (yod-shin-ayin) 281 marta Qadimgi Ahdda uchraydi: 68 marta, Yahovaning qutqarishi va yordami haqida gapiradigan fe'llarning bir qismi sifatida, va 213 marta Yahovaning o'zi aralashib, qutqarib va g'laba qozongani haqida gapiradigan otlarning bir qismi sifatida. Bir mashhur Mavlud qo'shig'ining muallifi yozganidek, Iso ismining mavzusi va maqsadi bu bilan belgilanadi va aniqlanadi: "Uning O'zi Najotkorni berdi!»

Yunoncha najotkor so'zi (comep) faqat erdagi ehtiyojlar yoki Xudo hukmidan qutqarilishdan, najot beruvchidan ko'ra ko'proq narsani anglatadi; u Qaysar Avgustning sharafli nomini o'z ichiga oladi, uning qo'lga kiritgan g'alabalari tufayli er yuzida tinchlik kafolati sifatida olqishlanadigan.

Farishta Jabroil Yusufga barcha odamlarning asosiy muammolari ularning gunohlari, ularni Xudo bilan ajratib turganini tushuntirdi. Shuning uchun Iso Xudoning Qo'zisi sifatida dunyoning gunohini O'ziga oldi va bizni muqaddas Xudo bilan xochda qutqarish qurbonligi orqali yarashtirdi. Sevgi Iso Masihni Fisih Qo'zining vazifasini O'z o'lim bilan bajarishga undadi. Uning Qoni gunohlardan, shaytondan va Xudoning g'azabidan ozodligimiz uchun Uning Xudoga to'langan to'lovdir (Al-Suffot surasi 37:107).

Musulmonlar Iso ismining boyligi yoki uning qudrati haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar. Biz musulmonlar bilan suhbatlashish uchun Muqaddas Ruhning donoligi va boshqaruvini so'rashimiz kerak, Iso ismining to'liq ma'nosini ochib berish uchun, shayton o'z asirlarini ozodlika qo'yib yuborishi va ular barcha gunohlarining kechirimini minnatdorchilik bilan qabul qilishlari uchun. Iso Masih ular uchun ham najodni tayyorlab qo'ygan (Yuhanno 19:30). Musulmonlar Uni hayotimizda ko'rishlari uchun Isoni ulug'laymiz.

4.03 -- Masih – Xudo Ruhi bilan moylangan

Rasman Isoning Muqaddas Kitobdagi unvoni – Moylangan, Xaloskor yoki Masih. Isoga nisbatan bu tushuncha Yangi Ahdda 569 marta va Quronda – 11 marotaba paydo bo’ladi. Arabcha al-Masih so’zi “artmoq” va “moy bilan surtmoq” so’zlaridan kelib chiqadi. Shunga qaramay, deyarli bironta musulmon al-Masih “Moylangan” degan manoni bildirishini bilmaydi.

Biz ularga, Qadimgi Ahdda muqaddas moy bilan shohlarni, ruhoniy va payg’ambarlar moylanganligini, Ahd Xudosi O’z Muqaddas Ruhi orqali ularga xizmat uchun kerakli, kuch va vakolatlarni berayotganligi belgisi ekanini tushuntirishimiz mumkin. Nosirada Isoning O’zi, Uning sharafli unvonining manosini tushuntirdi: "Egamizning Ruhi meni qamradi, Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun U Meni moyladi va ezilgan qalblarga shifo berish uchun meni yubordi ..." (Luqo 4:18-19).

“Masih” so’zini Uning O’zi tushuntirgandan ko’ra yahshiroq xech kim qila olmaydi. Bu erda siqilgan shakilda, Uchlikning Birligi taqdim etilgan: “Rabbiy, Ruh va Uning O’zi”. So’ng Iso Muqaddas Ruh bilan moylanish yagona maqsadga ega ekanligini tushuntiradi: “mazlumlarga” Xushhabarni yetazmoq uchun, “singan” yuralarga shifo berish uchun.

Muqaddas Kitob Iso Masih - shohlarning shohi, abadiy Oliy Ruhoniy va Xudoning insoniy kalomi ekanligini ochib beradi. Yangi Ahd 216 marta uni Rabbiy deb ataydi. Unga osmon va erdagi butun obro' va bor hokimiyat tegishli. Masih uchun "Rabbiy" unvoni Qur'onda umuman yo'q. Muhammad musulmonlar hech qachon insonni Xudo deb qabul qilmasligini ta'kidlagan. Masihning ilohiyligi Qur'on tomonidan mutlaqo rad etiladi (Al Imron 3:64; Al-Maida 5:17,31; Al-Tauba 9:30,31; suralari va boshqalar). Musulmonlar Unga itoatkorligimizda Uning hukmronligini ko'radimi?

Iso, Masih, Rabbiy Muqaddas Kitobdagi bu uchta nomi va unvoni: birgalikda Muqaddas Kitobdagi Uning barcha ismlarining 65 foizini tashkil qiladi. Xudo O'g'lining bu uchta ismining chuqur mohiyatini kim tushungan bo'lsa, ularga ishonsa va ularni etirof qilsa, u Masihiydir va imon bilan Luqo 4,18 dagi Isoning shahodatini takrorlash huquqiga ega.

4.04 -- Masih – Ollohning elchisi?

Muhammad Isoga nisatan siyosiy ahamiyatni yozi qo'ygan va uni besh marta Ollohning rasuli yoki elchisi deb atagan (Al-Imron 3,49; Al-Niso 4,157. 171; al-Moida 5,75; Al-Saff 61,6 suralari) va yana kop bora uni Ollohning boshqa xabarchilari qatorida eslatib o'tgan (Al-Bakara 2,87.253; Al-Hadid 57,27 suralari).

Ollohning elchisi payg'ambardan ustun turadi. Ohirgisi xo'jayinining vahiylarini to'g'ri e'lon qilish uchun mas'uldir, elchi esa bu ilohiy qonunlarni hayotga tatbiq etishi kerak! Musulmonlar Muhammadni faqat payg'ambar emas, balki Allohning "elchisi" deb etirof etishadi! Muso Muhammad uchun namuna bo'lgan, Yahvo va Uning xalqi o'rtasida, u etaklashi kerak bo'lgan, qonun chiqaruvchi va hakam sifatida boshqarishi kerak bo'lgan vositachi bo'lgan. Muhammad o'zini va Maryamning o'g'li Iysoni, Musoning hokimiyatiga ega bo'lganlar kabi taqdim etar edi.

Ehtimol, Muhammad Makka va Madinadagi masihiylardan Iso Xudoning Shohligi, Samoviy Shohlik yoki odiy Shohlik haqida yuz marta gapirganini eshitgan bo'lishi mumkin, lekin Jamoat haqida faqat uch marta! Muhammad, Masih Ollohning elchisi sifatida O'z Shohligini hokimiyat va kuch bilan o'rnatish uchun kelgan deb taxmin qilgan. Arabcha "shohlik" so'zi "egalik, mulk" (mulk) so'zidan kelib chiqadi va so'zlashuv nutqida: "Yaratguvchiga yaratgan hamma narsaga tegishli" degan manoni bildiradi (Al-An'om 6:75; Al-A'rof 7:185; Al-Mo'minun 23:88; Yasin 36:83 suralari). Masih isroilliklarning Rabbiyning mulkini talab qilish uchun keldi (Matto 21,33-46).

Lekin Muhammad Masihning xochga mixlanganidan keyin, Uning samoga ko'tarilishi va Muqaddas Ruhning ibodat jamoasiga quyilishi, Masih havoriylarining shahodatidagi va'z mazmuni sezilarli darajada o'zgarganini bilmas edi. Havoriylar kitobida va ularning Maktublarida ular Shohlikdan ko'ra Jamoat haqida ikki barobar ko'proq gapirishadi! Isroildan va butparast xalqlardan "Tanlanganlar" o'sha paytdan beri Xudoning najot rejasida asosiy e'tiboridadir. Iso o'zining "shahsiy mulkini", ya'ni Uning ovozini eshitishni istagan har bir kishini qaytarib olish uchun O'zining dunyodan tanlangan xizmatchilarini dunyoga qaytarib yuborganligi sababli, Uning barcha yaratilishiga bo'lgan da'vosi O'z jamoatining yaratilishi tufayli toraymaydi.

Biroq, Muhammad Masihning xizmatini diniy va harbiy-siyosiy deb tushunar edi. Iso aytganlarini U eshitmagan edi: “Mening Shohligim bu dunyodan emas; … Men Shoh; Men haqiqat to‘g‘risida shohidlik qilmoq uchun tug‘ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Haqiqat tarafida bo‘lgan har bir odam Menga quloq solidi” (Yuhanno 18:36-37).

Muhammad haqiqatdan emas edi. U Xudoga-Shohga, Iso Masihga bo'ysunishni va Rabbiyga o'zini topshirishni istamadi. Shuning uchun ozini ataganday, u Isoni faqat Allohning siyosiy-diniy elchisi deb atadi!

Yuhanno Xushxabarida Iso bir necha marta O'zini Jo'natuvchidan ko'ra Elchi deb atashdan uyalmadi. Shu bilan birga, Uni, Uning "Otasi" tomonidan yuborilganligiga urg'u berdi, aniqlanmagan Olloh tomonidan emas. Bu bilan U bilvosita Otasining vakolatiga ega bo'lgan O'g'il ekanligini e'lon qildi:

“Abadiy hayot esa Seni — yagona haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib– bilishdan iboratdir. (Yuhanno 17:3).

"Osmondagi Otam Meni dunyoga yuborgani singari, Men ham sizlarni dunyoga yuboryapman” (Yuhanno 20,21).

4.05 -- Masih Maryamning o’g’li

Muhammad ko'pincha Isoning otasiz Maryamdan tug'ilgani haqidagi haqiqati ustia fikirlab yurardi. U bu sirni qabul qildi va Qur'onda Iysoni Maryamning o'g'li deb 23 marta atadi. U Maryamni oqlashga harakat qildi va U nikohsiz bola tug'maganligini aytar edi (Al Imron 3: 45-47; Maryam 19: 16-23 suralari va boshqalar). U Djabroil (Jabroil) Ollohning ruhini Maryamga puflagan, shunday qilib, Isoga homilador bo'lgan deb o'ziga tasavvur qilgan (Al-Anbiyo 21:91; Al-Tahrim 66:12 suralari). Bu gaplar bilan Muhammad Xushxabarga yaqinlashdi, biroq, Jabroilning og'ziga Iso Ollohning ruhi bilan Maryamda homilador bo'lmagan so'zlarini joylab, faqat yaratilganligini aytib, yana o'zining shahodatini chekladi. Bu bilan u o'zini barcha jamoatlar tomonidan e'tirof etilgan Nikey Imon Ramziga qarshi qo'ydi:

Masih - Xudodan Xudo, Nurdan Nur,
haqiqiy Xudodan haqiqiy Xudo, tug'ilgan,
yaratilmagan, Otasi bilan bir butun.

Iso Masihning ilohiyligini inkor etib, Muhammad Dajjol ruhiga aylandi (1.Yuhanno. 2:22-25; 4:1-5).

Qur'onda 17 marta Iyso Xudoning o'g'li emasligi yozilgan. Muhammad bu orqali Masih biologik tarzda Maryamga Xudo orqali homila bo'lgan g'oyasini rad etdi, buni esa barcha jamoatlar aniq tasdiqlaydi. Arabiston yarim orolidagi bir masihiy mazhabi " Maryamni ilohiylashtirdi " va Muqaddas Uch Birlikni " Ota, Ona va O'g'il " deb taqdim etgan (Al-Moida surasi 5:116). Muhammad bu bid'atni haqli ravishda rad etdi! Agar biz Masihga bunday homila bo'lish bu buzuq tushunchasini rad etadigan musulmonlar bilan rozi bo'lsak, u holda ular bilan biz o'rtamizdagi keskinlikning katta qismi yo'q qilinadi.

Muqaddas Kitob Masihni ruhiy homila bo'lishi haqida guvohlik beradi va "Xudo, Uning Kalomi va Uning Ruhi" to'liq, bo'linmas Birligidir. Muqaddas Kitobga asoslanmagan Maryamni "Xudoning onasi" deb tanitgan katolik va nasroniylarning qarashlari, musulmonlar bilan suhbatni ancha murakkablashtiradi.

Muqaddas Kitob 59 marta Xudoning O'g'li haqida gapiradi. Iso O'z so'zlari "Men borman" bilan 50 marta, Musoga yonib turgan butada "Men har doim bor bo‘lgan Xudoman" (Chiqish 3:14) deb ochilgan, tanadagi Rabbiy ekanligiga guvohlik bergan. O'z hayotining eng muhim daqiqasida Iso oliy kengash oldida tirik Xudoning O'g'li Masih ekanligini tasdiqladi (Matto 26:63-68; Luqo 22:70). Bu guvohlik uchun Uni o'limga hukm qilishdi. Muhammad esa Masih "Ollohning o'g'li" degan guvohlikni rad etar va hatto shu darajada nafratlanar ediki, Ollohdan ularni yo'q qilishni so'rab, masihiylikning barcha izdoshlarini la'natladi (Al-Tavba surasi 9:30).

Iso er yuzida bo'lgan vaqtida, o'zini Isroilda Xudoning O'g'li deb atagan har bir kishni kufrlikda ayblashlarini bilar edi. Shuning uchun, Xushxabarga ko'ra, Uning O'zi 80 marta O'zini Inson O'g'li deb atadi. O'zini shunday nomlab, U Doniyor payg'ambar 7:13-14 kitobidagi "Inson O'g'li" Abadiy Hukmdor va Ilohiy Hakam sifatida taqdim etilgan va'daga ishora qilar edi. Yahudiylarning aksariyati bu nomni boricha tushunar va Iso O'zi haqida oddiy, to'g'ri odam sifatida gapirayotgan deb hisoblashar edi. U esa bu tushunchani O'zining Ilohiy obro'yi bilan to'ldirdi.o'ldirdi.

Inson o'g'li haqidagi iboralarning yarmi uning kamsitilishi, insoniyligi, kamtarligi va beozorligi haqida gapiradi: "Axir, Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan." (Matto 20:28). Bu so'zlar bilan Iso har qanday insoniy dunyoqarashni boshdan oyoq butunlay o'zgartiradi. Eng buyuk kishi eng kichik bo'lishi kerak, chunki Rabbimiz hamma uchun xizmatkor bo'ldi. Kim Unga ergashsa, xo'jayin emas, balki xizmatkor bo'ladi.

Inson O'g'li haqidagi iboralarning boshqa yarmi Isoning ulug'vorligi va Uning buyuk qudrati haqida, Uning ikkinchi kelishida barcha odamlarning hakami sifatida gapiradi: "Inson O‘g‘li O‘zining ulug‘vorligida, jamiki farishtalari bilan birga kelganda O‘zining shohona taxtiga o‘tiradi. Barcha xalqlar Uning huzuriga to‘planadilar..." (Matto 25:31-32 va boshqalar). Iso butunlay inson bo'lgan edi. U biz kabi vasvasaga solingan, lekin gunohsiz qoldi (Ibroniylarga 2:17-18; 4:15). Shuning uchun U har bir insonni tushunadi va uni haqqoniy hukm qiladi.

Biz, O'zining ilohiyligini yashirgan, lekin Inson O'g'li tushunchasi yordamida inson bo'lish sirini ochib bergan Isodan bu rahmdil usulga o'rgansak yaxshi qilayotgan bo'lamiz. Bu nom somiylarning (janubiy-g'arbiy Osiyo va Afrikaning bir-biriga yaqin xalqlari) qalbiga kalitlaridan biridir. Suhbatning boshida Xudoning O'g'li haqida kim gap boshlasa, suhbatdoshi musulmonda qanday to'siq paydo bo'lishini sezadi. Biz haqiqatni inkor etmasdan, tinglovchilarimizning tushunchasiga ko'ra, sevgi va bir maromlik hissi bilan u haqida guvohlik berishni Isodan o'rganaylik.

4.06 -- Masih – Ollohning inson qiyofasidagi so’zi

Qur'onda Muhammad Islom uchun masihiylarni egallab olish uchun Masihning ko'plab fazilatlarini, nomlarini va unvonlarini qo'lagan. U haqiqiy payg'ambar deb tan olishlari uchun o'z suralarini Yangi Ahdd atamalar bilan to'ldirdi. U Habashistondagi masihiylarni, shuningdek, shimoliy Yamanning vakillarini o'z tomoniga og'dirishni istab, ularni qarshi olib va ularning imonlariga taqlid qildi. Biz, o'z tarafimizdan, Qur'onga Muqaddas Kitobdan olingan bu guvohliklarni ajratib olishimiz va ularni Xushxabarda o'z joylariga tarqoq qismlari sifatida joylashtirishimiz mumkin. Bu bilan biz haqiqatni izlayotgan musulmonlarga Masihdagi najodga yo'l topishlariga yordam beramiz.

Muhammad to'rt marta Yuhanno Xushxabaridan Masih Ollohdan kelgan so'z yoki uning so'zi bo'lgan degan tushunchani qo'llagan (Al Imron 3:39.45.64; Al Niso 4:171 suralari). Musulmonlarning sharhlovchilari keyinchalik Masihning bu ismi Islom din tizimiga xavf tug'dirayotganini payqadilar va Masih Ollohning "yaratgan" so'zidir, bu Parvardigorga qaratilgan haqiqiy taqdimotni anglatmaydi. Olloh, Masihning yaratuvchisi sifatida, tahminan buyuradi: "Bo'lsin! – keyin u paydo bo'ldi" (Al Imron 3:47). Shu bilan birvaqitda, musulmonlarning izohlovchilari Qur'on so'zi Ollohning borligi, uning irodasi va kuchini anglatadi, deb da'vo qilishadi.

Biz ularga Xushxabarda bularning barchasi ham o'rin olganini tushuntirishimiz mumkin. Isoda Xudo So'zining ijodiy qudrati, Uning qutqaruvchi kuchi, Rabbiyning kechirim berguvchi obro'si, taskin beruvchi rahm-shafqati va Tirilganning yangilovchi hokimiyati amal qiladi. Xudo Kalomining barcha fazilatlari va qobiliyatlari Masihda tirik va ravshandir: Xudoning Irodasi, Uning donoligi, g'azabi, sevgisi, rahm-shafqati, sabr-toqati, Xudo aytgan va buyurgan, va'da qilgan va taqiqlanganning, barchasi Isoda tasvirlangan. Unda Xudoning barcha va'dalari bor "ha va omin". Kim Xudoning irodasini bilishni istasa, Isoga qarash kerak: U O'z Otasi inoyatining mujassamligi. U shunday dedi:

“Men sizlarga aytgan so‘zlarni O‘zimdan to‘qib gapirmayapman. Aksincha, Menda yashagan Otam Men orqali O‘z ishlarini bajarmoqda” (Yuhanno 14:10).

“Men va Otam birmiz” (Yuhanno 10:30).

Qur'onning Masihdagi Xudo So'zining timsoli haqida gapiradigan maxsus g'oyasi Masih haqiqat yoki rost So'zidir. Haqiqat yoki rostgo'ylik bu erda Ollohning fazilatlari va ismlari sifatida bu erda ifodalanadi, Shuning uchun bu oyat: Masih haqiqat va rostgo'ylikga to'la Ollohning so'zidir (Maryam surasi 19:34). Ba'zi sharhlovchilar bu islom uchun xavfli ifodani buzib tashlashadi va bu so'zlar hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan faqat qoshimcha jumla deb takidlaydilar. To'g'ri, biroq, aynan aksincha. Masih haqiqat va rostgo'ylikni e'lon qiuvchi bo'lib qolmoqda va Quronda ham (Yuhanno 14:6). U payg'ambardan ham yuqori. U - Xudo So'zining mujassamligi! Bu ibora musulmonlarga guvohlik berishingizda kuchli qurol bo'lishi mumkin.

4.07 -- Masih – Ollohning ruhi

Qur'onning quyidagi iborasi, Masihning ilohligini inkor etuvchi islomiy aqidasi bilan keskin qarama - qarshi bo'ladi, chunki uni Ollohning ruhi deb atamoqda (Al-Niso surasi 4:171). Bu ibora Masih, Muso va Muhammad kabi oddiy odam bo'lmaganligini, balki o'zi bilan Olloh ruhining timsolini ifodalaganligini gapiradi. Qur'on Ko'klarga ko'tarilgan "o'z" ruhidan Mariyamga puflagan deb da'vo qiladi (Al-Anbiyo 21:91; Al-Tahrim 66:12 suralari). Shuning uchun, Iyso inson qiyofasida yuruvchi sayor ruhdir. O'zining ruhiy tanasida, er yuzidagi hayotdan keyin u yana Ollohning oldiga ko'tarildi. Islomdagi Masih oddiy odam emas, yoki boshqalar kabi payg'ambar emas, balki Ollohning ruhidir. Muhammad bu bilan Isoni g'uborda tug'ilganlar toifasiga kirmasligini va ular bilan bir qatorda turmasligini tan olgan. Aksincha, u - Olloh ruhining o'g'li yoki Ollohning "ruhiy o'g'li" - va Qur'onga qo'ra ham!

Sharhlovchilar Qur'ondagi bu xatoni payqashdi va bundan qarama-qarshilik qilishdi. Ular shunday deb yozgan edilar: Ha, albatta, Masih inson qiyofasida Ollohning ruhidir, lekin "yaratilgan" ruhdir! Islomda abadiy, teng ilohiy tabiatga ega bo'lgan Ollohning ruhi mavjud bo'la olmaydi. Ollohning barcha ruhlari - faqat yaratilgan ruhlar, farishtalar va jinlarday yoki Jabroil va Mikoyil kabi. Masih - Ollohning yaratgan bu ko'plab ruhlaridan biridir.

Biz Masih Xudoning abadiy Muqaddas Ruhidan tug'ilganini bilamiz. Rabbiy Unga: "Sen Mening o‘g‘limsan, Bugun Men senga ota bo‘ldim", dedi (Zabur 2:7). Bundan tashqari, Farishta Jabroil Maryamga shunday dedi: "Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tug‘adigan o‘g‘ling muqaddas bo‘ladi, U Xudoning O‘g‘li deb ataladi" (Luqo 1:35).

Musulmonlar bu haqiqatni yaxshi bilishadi, chunki yaqinda tasdiqlangan Marokash qiroli Hasan II Rabatdagi sinoddan (kengash) so'ng, hech bir odam va hech qanday oyatallo o'zini Ollohning ruhi (ruh-Olloh) deb atashga haqli emas, Maryamning o'g'li, Iyso bundan mustasno, chunki u Olloh ruhidan tug'ilgan yagona odamdir!

4.08 -- Masih – hatto Quronda begunoh bo’lib qolmoqda!

Qur'onga ko'ra, Masihning tug'ilishini e'lon qilganda, Jabroil, uning o'zi Ollohning ruhi va vahiyning xabarchisi sifatida ko'riladi, Maryamga, sof va beg'araz bolani unga berishini aytadi (Maryam surasi 19:19). Bu so'z ko'plab izohlovchilarni o'ylanib qolishga majbur qildi. Ba'zilar, Iyso gunohsiz va muqaddas bo'lib tug'ilganini ochiqdan-ochiq yozdilar, u Olloh ruhidan tug'ilgani uchun.

Musulmonlarning ayrim urf-odatlari Muhammadga murojaat qilib, quyidagilarni aytadi: Barcha bolalar begunoh tug'iladi, ya'ni, nasildan nasilga o'tish gunohisiz, lekin keyin shayton tug'ilish vaqtida chaqaloqlarni infektsiyalaydi (yuqtiradi). Shuning uchun, har bir chaqaloq, Maryam va Iysodan tashqari, qichqiradi! Imronning xotini tug'ishidan oldin ham, bolasini, Maryam va uning avlodlarini Ollohning himoyasiga bergani uchun, go'yoki ular shaytonning yovuz nishidan saqlanib qolishgan. Shunday qilib, shayton ular tug'ilganida, ularga zarar etkaza olmadi (Al - Imron surasi 3:36).

Masih Qur'onda Ollohning so'zi sifatida gapirilar ekan, u nafaqat uni voizlik qildi, balki so'zga binoan ham yashadi. Uning so'zlari va uning ishlari o'rtasida hech qanday farq yo'q edi. Islomda ham - faqat Iyso gunohsiz odam bo'lib qoldi. Uning hayoti Olloh so'zining yaqqol misoli.

Agar Masih gunohkor bo'lganida, Qur'onga ko'ra u vafot etar edi va Ollohning hukmiga qadar tobutda bo'lar edi. Biroq, Qur'onga ko'ra, Masih Ollohning oldiga ko'tarilgan. U yaqini sifatida u bilan yashaydi. Masih Olloh bilan yuzma-yuz gaplashmoqda (Al-Moida surasi 5:116-118). Bu shuni anglatadiki, hech qanday gunoh uni Muqaddasdan ajratmaydi. Masih muqaddasdir, xuddi Olloh muqaddas bo'lganday. Qur'on Ibrohim, Muso va Muhammadning gunohlari haqida yorqin gapiradi (G'ofir 40:55; Muhammad 47:19; Al-Fath 48:2; Al-Nasr 110:3 suralari). Masihga nisbatan esa, hatto urf-odatlarda ham, u gunoh qilgani haqida, yanglishgani yoki kuch - quvvatdan qolganiga hech qanday ishora yo'q.

Xushxabar, hatto iblislar ham: "Seni Kimligini bilamiz, Muqaddas Xudo" deb baqirganda Isoni muqaddas ekanini tushunganligiga guvohlik beradi (Mark 1:24; Luqo 4:34). Nihoyat, Masihning tirilishi Uning muqaddasligining hal qiluvchi dalilidir. Agar U so'zlari, ishlari, fikrlari yoki orzularida hech bo'lmaganda bitta gunoh qilgan bo'lganda, o'lim Uning ustidan hokimiyatga ega bo'lar edi. Lekin Masih o'liklar orasidan tirildi! Shayton Uning tirilishiga to'sqinlik qila olmadi!

4.09 -- Masih - haqiqiy Oyatolloh

Qur'onda Masih va uning onasi olamlar uchun Ollohning belgisi deb aytadigan ikkita oyat bor (Al-Anbiyo 21:91; Al-Muminun 23:50 suralari). Yana bir oyat, Maryamning o'g'li shaxsan odamlar uchun belgi ekanligini gapiradi (Maryam surasi 19:21). Belgi (ayatun) so'zi ham ma'noga ega: mo'jiza yoki mo'jiza belgisi. Mo'jiza so'zi Olloh so'zining birikmasida Oyatollohday eshitiladi. Masih va uning onasi haqida, g'ayritabiiy tug'ilish bilan bog'liq holda, Olloh mo'jizasining belgisi sifatida gapiriladi. Ular nafaqat masihiylar va yahudiylar uchun, balki hindular, buddoyilar, musulmonlar va ateistlar (xudosizlar) uchun ham belgidir. Masih hamma odamlar uchun Ollohning belgisi. U va uning onasi osmon uchun ham, do'zax uchun ham o'zlari bilan hayratga soluvchi voqeani ifodalaydi, chunki Qur'on barcha olamlar uchun - bu dunyo uchun ham, boshqa dunyo uchun ham Ollohning alomati haqida gapiradi!

Masih - haqiqiy oyatollodir. Unga bu unvon odamlar tomonidan emas - u uni to'g'ridan-to'g'ri Ollohdan olgan. Iyso – Olloh tomonidan tayinlangan yagona oyatolloh. Muhammad otasi va onasi ma'lum bo'lganligi sababli, bu nomni o'zlashtirib olishga jur'at eta olmadi.

Xushxabar nuqtai nazaridan biz ushbu misrani maxsus tarzda tushunamiz. Iso shunday dedi: "Meni ko‘rgan odam Otani ko‘rgan bo‘ladi" (Yuhanno 14:9). Maryamning o'g'li, ko'rinmas Xudoning siymosidir, Uning shon-shuhratini va dunyoning nurini aks ettiradi. U barcha insonlar uchun Xudoning belgisidir, chunki faqat U yaratilish maqsadiga erishdi: "Xudo insonni O'z suratida yaratdi, Xudoning suratiday uni yaratdi" (Ibtido 1:27). Xudoning O'g'li, isodan boshqa, hech kim hali shu vaqtga qadar shunday deb aytishga jur'at etmadi: "Meni ko'rguvchi Xudoni ko'radi", chunki Unda bo'lib turgan O'z Otasi bilan birdir (Yuhanno 17:21-24). U bizni Uning qiyofasiga o'zgartirishni istaydi. Pavlus yozganidek, bizning kamchiliklarimiz bizning gunohimizdir: "Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug‘vorligidan mahrumdir" (Rimliklarga 3:23). Iso gunohlarimizni olib tashlashni va kamchiliklarimizni to'ldirishni xohlaydi (1.Yuhanno 3:1-3). Hayotimizning guvohligi musulmonlarga ba'zan so'zlarimizdan ko'ra aniqroq gapiradi.

4.10 -- Masih - Mehribon, kechirguvchining rahm - shavqatidir!

Qur'onda Iso Ollohning rahm-shafqati deb atalgan (Maryam surasi 19:21). Muhammad Isoning mo'jizalari, U ko'r va moxovlarni shifolagani, o'liklarni tiriltirgani va O'z shogirdlarini osmondan tushgan oziq-ovqat bilan oziqlantirgani haqida eshitgan. Iso unga Ollohning rahm-shafqat timsolini aks etgan. Ushbu oyat Qur'onni o'rgatuvchi ko'plab musulmon o'qituvchilariga chuqur ta'sir ko'rsatdi. Ulardan ba'zilari: "Olloh rahmdil (Al – Rahmon), Muqaddas Ruh rahmdil (Al-Rahim) va Masih rahm (Al - Rahmat)", deb aytgan edi. Maryamning o'g'li O'zida Ollohning mohiyatini olib yuradi. Xuddi shu Ruh Ularning ikkalasida ham harakat qiladi.

Arab tilida bu oyat ko'plik manosida turibdi. Olloh u erda Maryamning o'g'li "bizning" rahm - shavqati ekanligini aytadi. Shuning uchun, ba'zi bir haqiqatni qidiruvchilar, "Masih - rahmdil kechirguvchining rahm-shafqati" degan ibora Qur'onda Muqaddas uch birlikning bevosita tasdig'idir deyishadi.

Biroq, Muhammad, Qur'onda o'zini ham Ollohning rahm - shafqati deb atagandan so'ng, bunday talqinga to'siq qo'ydi! Muhammadning hayoti va ishida Ollohning rahm - shafqati qaerda namoyon bo'ldi? Uning vahiylarining oyatlari va urf - odatlarining barcha oyatlari, shariatni, islom qonunini shakllantirdi. U qonun yordamida bu dunyoda, shuningdek, o'zga dunyoda izdoshlarining hayotini tartibga solishga harakat qildi. Biroq, har qanday qonun qarshilik va g'azabni keltirib chiqaradi. Hech kim barcha qonunni to'liq va doimiy ravishda bajara olmaydi. Islom qonuni, oxir - oqibat, barcha musulmonlarni hukm qiladi. Muhammad barcha musulmonlar do'zaxga tushishini aytgan (Maryam surasi 19:71-72).

Iso bizga nafaqat yangi qonun olib keldi, balki kechirimlilik inoyatini ham bizlarga taqdimqilmoqda. Isoda biz Uning sevgisining amrlarini bajarish uchun kuchga erishamiz. U bizga Xudoning farzandlari bo'lish huquqini beradi va abadiy Ruhi bilan bizda yashaydi. Muhammadning hayotida Ollohning rahm-shafqati faqat oxir - oqibat barcha musulmonlarni hukm qiladigan qonundir. Iso Masihdagi Xudoning rahm-shafqati qonunning barcha jinoyatchilarining oqlanishi va Masihning yangi qonunini bajarish uchun Muqaddas Ruhning kuchini berish orqali namoyon bo'ladigan inoyatda, va bu faqat inoyat orqali!

4.11 -- Qur'onda Masih qanchalik megribon?

Imron oilasi surasida biz Iysoni solihlardan biri deb o'qiymiz (Al Imron surasi 3: 46). Al – Anam surasida, Ibrohim, Ishoq, Yoqub va Nuh ham solihlarga tegishli, ular bilan birga esa - Dovud, Sulaymon va Ayub, Yusuf, Muso va Horun. Zakariyo, Ilyos, Yahyo Cho'mdiruvchi va Iyso ham "yaxshi" deb nomlanganlar ushbu tartibsiz ro'yxatida mavjud (Al-Anom surasi 6:83-85). Qur'onda mehribon bo'lish begunoh bo'lishni anglatmaydi, balki Xudodan qo'rqadigan musulmon sifatida yashashdir.

Iso bir marta boy yosh yigitga bergan javobida bunga izoh berdi: "Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas–ku!" (Mark 10:18). Yosh yigit Isoni "Valine’mat" Ustoz deb atadi. Iso uning diniy - insonparvarlik yaxshi holati haqidagi orzusini buzishni va haqiqatni izlayotgan, unga inson mehribonligining yagona o'lchovi Xudoga bo'lgan mukammal sevgidir, deb tushuntirishni xohladi. Bizning barchamiz kamchiliklarga egamiz, bizlarning hammamiz yovuz va nopokmiz – Isodan boshqa, hamma! U yosh yigitni, U, Iso Masih insoniy qiyofadagi "yaxshilik", tanadagi Xudo, inson qiyofasidagi muqaddas sevgi ekanligini tushunishini va etirof etishini xohladi.

Muhammad Isoni bunday holatda tan olishni istamadi. U Uni yaxshilardan biri deb atadi. Musulmonlar bilan suhbatda, ularni insoniy o'lchovlardan to'g'ridan-to'g'ri Xudoga bo'lgan haqiqiy sevgiga etaklash ibratli, bu faqat yagona to'g'ri o'lchovdir. Agar kimdir u mehribon inson yoki taqvodor musulmon deb aytsa, unda biz undan so'rashimiz mumkin: "Siz, Olloh kabi yaxshimisiz?" U buni inkor etadi, lekin bu erda uning layoqatsizligi, ya'ni uning gunohiga ko'rsatishimiz mumkin.

4.12 -- Iso – beozor va solihdir

“Maryam” surasida Iyso odil, o’z onasiga nisbatan hurmat ehtirom va g’amxo’rlikga tolgan deb nomlangan. U yomon zolim yoki beshafqat (o’ta qudratli odam) bo’lmadi (Maryam surasi 19:32). Masihning bu hislatlari bilvosita Uning haqiqiy tabiatini ko’rsatmoqda. Masih nafaqat taqvodor va odil, U Oqlovchidir, Xudoning inson shaxsidagi muqaddasligidir. Quronning bu tushunchasiga Masih tabiatining koplab xususiyatlarini qo’yish mumkin.

Muhammad Isoni barcha qo'rqqandigan zolim (jabbor) emasligini, balki bir buzg'unchi (kahhor) emasligini, Qur'onda Olloh shunday ko'rsatilgan, lekin U qalban muloyim va kamtar ekanligini tushunar edi. U O'z irodasini zo'ravonlik bilan o'tqazmagan. Muhammad 29 marta qilganday U har qanday bosqinchilik yoki urushda qatnashmagan. Iso Butrusga buyurdi: "Qilichingni qiniga solib qo‘y! Qilich ko‘targanlarning hammasi qilichdan halok bo‘ladi" (Matto 26:52). U ularni o'ldirishdan ko'ra, raqiblari uchun o'lishni afzal ko'rdi. Masih sevgi, rahm-shafqat va hamdardlik odamidir. U baxtsiz va kasallarga yordam bergan va boy va hukmdorlarning obro' etiborini majburan qozonishga harakat qilmagan. U shunday dedi: "Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir" (Matto 11:28-30).

4.13 -- Iso - qaerga bormasin, U hamma joyda marhamatlangan

Qur'onda Masihning bu unvoni Uni Ollohning barcha marhamatlarining tugamas manbai qiladi (Maryam surasi 19:31). Bu haqiqat Muqaddas Kitobning izohini biz Efesliklarga maktubida topamiz: "Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin. U samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga berdi" (Efesliklarga 1: 3).

Qur'onda marhamatlangan Masih haqidagi oyat Hindiston va Pokistondagi ko'plab musulmonlar tirik Masih orqali shifo olish uchun ularga yaqin yashovchi masihiylarning oldiga borib ularning shafoatlariga kafolat olishga undagan. Bu oyatda Masih nafaqat bu dunyoda, balki boshqa dunyoda Ozining samoga ko'tarilishidan keyin ham marhamatlashi, shifo va qutqara olishi mumkinligini aytilgan. Masihiylar darhol musulmonlarga yordam berishga rozi bo'lishmagan, balki ularga javob berishgan: "Agar siz Masihga ishonmasangiz, agar gunohlaringizni etirof etmasangiz va Undan kechirim so'ramaguningizga qadar, siz uchun shafoatimiz hech qanday kuchga ega bo'lmaydi". Yordam uchun kelgan musulmonlar tezda javob berishar edi: "Biz Iyso, tanaga aylangan Ollohning ruhiga, odamlarni shifolagani va o'liklarni tiriltirganiga ishonamiz. U bugungi kunda ham shifo bera oladi, chunki Ollohning oldida yashaydi va Uning oldiga kelganlarning hammasini marhamatlaydi". Va aslida ham, Iso Masih ko'plab musulmonlarning imonini boshlanishini marhamatlagan, ularni shifolagan va ularning muhtojligida, ularga yordam bergan. U rahm-shafqatning to'liqligida yashaydi. U Xudo kuchining - manbai. Kim xantal urug'iday imonga ega bo'lib va Masihdan so'rasa: "Menga rahim qil!", bizning tirik Rabbimiz va Najotkorimizning rahim - shafqati va marhamatini boshdan kechiradi.

4.14 -- Masih Odam Otoga o'xshashmi?

Muhammad Quronda Iysoni 25 nom va unvonlari bilan tasvirlangan. Bu ismlarning aksariyati Maryamning o'g'lini juda qadrlaydi va Uni Ollohning barcha payg'ambarlari va elchilaridan ustun qo'yadi. Masihning bu imtiyozlari haqida Muhammad birinchi navbatda, uning atrofidagi masihiylarni islomga qaratmoq uchun, masihiylikga o'xshash din sifatida islomni namoyon qilish maqsadida gapirgan.

Biroq, o'z musulmonlarini yo'ldan ozdirmaslik, islomdan voz kechib va masihiiylikka o'tib ketmasliklari uchun, ko'klarga ko'tarilgan Iysoni, Islom haqiqatining tuprog'iga tushirishga to'g'ri keldi. Madinada, Vodi Nadjronning oliy ruhoniysi va shohi, arab tilida so'zlashaoladigan 60 ta masihiylaridan tashkil topgan vakillari bilan uch kunlik muzokaralardan so'ng, Muhammad o'zining barcha oldingi Masihni maqtovlarini bir hushiga keltiruvchi oyatda umumlashtirdi:

“Haqiqatdan, Ollohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o’xshaydi. Uni tuproqdan yaratib, so’ngra unga “Bo’l!” dedi, bas bo’ldi. Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak keltiruvchilardan bo’lma” (Ali Imron surasi 3:59-60).

59 إِنَّ مَثَلَ عِيسَى عِنْدَ اللَّهِ كَمَثَلِ آدَمَ خَلَقَهُ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ قَالَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ 60 الْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ فَلاَ تَكُنْ مِنَ الْمُمْتَرِينَ (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 59 - 60)

Bu oyat musulmonlar tomonidan cheksiz ravishda ko'p marta takrorlanadi va Iyso otasiz tug'ilgan yagona shaxs emas, degan bayonot bilan qo'llab – quvvatlanadi. Odam ato ham Ollohning so'zi bilan yaratilgan va Momo Havo keyinchalik Odamning qovurg'asidan yaratilgan. Shuning uchun Masihning tug'ilishi noyob emas.

Biroq, bu dalillar zaif va yuzaki. Iso Odam Ato kabi tuproqdan va Ollohning buyrug'i bilan yaratilmagan, balki Maryam orqali Xudoning Ruhidan tug'ilgan. Odam ato va Momo havo, Qur'onga ko'ra, Odam Ato va Momo Havo gunoh qilgan, Iso esa gunoh qilmagan. Odam Ato va Momo Havo jannatdan quvilgan va Xudodan uzoqda vafot etgan. Quron bo'yicha esa, Maryam o'g'li Olloh huzurida yashaydi. Iysoning Odam Atoga o'xshashligi musulmonlar kitobida aytilganlarga mos kelmaydi, chunki Odam Ato tuproqdan yasalgan, Iso esa Ollohning insoniylashgan Ruhidir.

Muqaddas Kitob, shuningdek, Iso inson bo'lgani va chaqaloq bo'lib dunyoga kelgani, haqida kop bora guvohlik beradi. U Odam Atoga o'xshash bo'lgan va biz kabi vasvasaga solingan, lekin gunoh qilmagan. Iso O'zini bizning birodarimiz deb atadi. Shu bilan birga bir vaqitning o'zida, U koinotning Rabbiysi va haqiqiy Xudodan haqiqiy Xudo edi. U Ibrohimning O'g'li va Dovudning O'g'li edi. Biroq, oxir-oqibat, U Xudoning O'g'li va O'z Otasi bilan to'la birlikda yashaydi. Iso haqiqiy inson va haqiqiy Xudo. Bunga ishonish mantiqiy emas, balki ruhiydir. Aql bu sirni Muqaddas Ruh yoritb bermasa tushunib etaollolmaydi! Shuning uchun, agar musulmonlarning o'zlari, o'zlaridan kelib chiqib bu ikki haqiqatni va Masihning g'ayritabiiy tabiatini tushunolmasalar, sabr-toqatga ega bo'lishimiz kerak. Xudodan ibodat qilinib so'ralgan va Muqaddas Ruh tomonidan yo'naltirilgan guvohligday, qiziqayotgan musulmon va uning Masihga qarshi ruhdan ozod qilinishi uchun shafoat ibodati, shuningdek muhim.

4.15 -- Masih – Ollohning quli?

Yangi tug'ilgan chaqaloq Iyso Qur'onda "Ollohning quli (Abdulloh)" deb ikkita gaplarining birida o'zini tanishtirdi (Maryam surasi 19:30). Muhammad bir necha marta Iysoga bu kamsituvchi unvonini o'zlashtirgan (Al-Niso 4:172; Maryam 19:93; Al-Zuhruf 43:59 suralari). U har qanday yo'llar bilan musulmonlarning ongidan uning ilohiyligini o'chirib tashlashni xohladi.

Biroq, Muhammad tomonidan Masihning bu kamsitilishlari faqat Uni Xudoning O'z Quli haqidagi barakalariga yaqinlashtiradi Ishayo payg'ambari kitobining ikkinchi qismi 40 - dan 66 boblargacha. U erda Xudoning quli haqida aytilgan hamma narsa Isoning tarifiga Ollohning quli sifatida kiritilishi mumkin. Ayniqsa, Ishayo 53:4-12 ga ko'ra bizning qonunsizliklarimizni va jazoimizni O'z zimmasiga olgan, Nafrat ostida qolayotgan kishining yorqin tasvirlangan ta'rifi namoyon bo'ladi, bu musulmonlarni ko'zini ochishi mumkin. Ushbu matnda "Xudoning O'g'li" yoki "xoch" haqida biron bir so'z yo'q. Shuning uchun musulmonlar bu va'dalarni Xudoning quli haqida deb qabul qilishlari va tushunishlari mumkin.

Havoriy Pavlus o'zining Masihni ulug'lashida Filippiyadagi jamoatlarni Ishayo 53 dan qilingan va'dasini allaqachon amalga oshirganidek tasvirlab berdi: "Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi. Aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi. U inson qiyofasida yashab, O‘zini past tutdi. Itoatkor bo‘lib, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi. Shuning uchun Xudo Uni eng yuqoriga yuksaltirdi va Unga har qanday ismdan yuqori ismni ato etdi. Toki Isoning oldida yeru osmondagi va yer ostidagi borliq jon tiz cho‘ksin, har bir til Iso Masihni Rabbiy (shu jumladan Muhammad ham) deb tan olib, Otamiz Xudoga sharaf keltirsin" (Filippiliklar 2:5-11).

4.16 -- Iyso Quronda – Ollohning payg’ambari

Shundan keyin Muhammad, Qur'onda Maryamning o'g'lini islomiylashtirishni davom ettirib, uni payg'ambar deb atadi (Maryam surasi 19:30). Bundan oldin, to'g'risi, 5 marta, Iso Ollohning elchisi va uning inson kiyofasidagi so'z ekanini aytdi. Biroq, Isoni payg'ambar deb atab, Iyso, Muhammaddan yuqori emasligini aniq aytishni xohladi. Hech qanday vaziyatda u Masihga bo'ysunishni istamadi.

Qur'on Qadimgi Ahddan ko'plab payg'ambarlarning ismlarini aytadi. Musulmon urf - odatlari 200.000 payg'ambarlari haqida ularni isimlarini aytmay gapiradi. Ular Ollohdan yaxshi xabar olib keladilar (Al-Baqar 2:213; Al-Anam 6:61suralari) va uning xukmi haqida ogohlantiradilar (Al-Baqar 2: 213 va boshqa suralar). Ularning ustidan masxara qilinadi va o'ldiradilar (Al-Baqara 2: 61,87,91; Al Imron 3:21-,112,113,181,183; Al-Niso 4:155,157; Al-Moida 5: 70 suralari). Iyso Qur'onga ko'ra, ularning izidan boradi (Al-Moida surasi 5:46).

Shu bilan birga, Iysoni Payg'ambar sifatida e'lon qilinishi bizga Masih Xushxabarning guvohligidan foydalanish imkoniyatini beradi: "Meni, Tavrot yoki payg‘ambarlarning bitiklarini bekor qilgani kelgan, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. Sizga chinini aytayin: yeru osmon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta o‘chadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi" (Matto 5:17-18).

Iysoning islomdagi bashoratli xizmati Qadimgi Ahdning buzilganligini da'vo qilayotgan musulmonlarning ayiblovlarini rad etadi!

4.17 -- Iso trik – Olloh yonida!

Muhammad Masihning abadiyligini inkor etmasligi ajablanarli. U ikki marta Olloh Uni O'ziga ko'targanligi haqida gapirgan (Al Imron 3:55; Al Niso 4:158 suralari). Iyso, shuningdek, "bu va boshqa dunyoda hurmatli (shaxs)" va "yaqinlardan biri (Ollohning)" deb hisoblanadi. Muhammad makkor mug'ombir. Masihiylarga boshidan Iyso xochda o'lmaganini, faqat sezib bo'lmas darajada uxlab qolganini tushuntirib, keyin u Ollohga Uni osmonga O'zining oldiga olishini buyuradi (Al Imron 3:55; Al Niso 4:158 suralari).

Qanday mo'jiza! Qur'on tasdiqlaydi: Iso tirik! U o'lik emas! Saudiya Arabistonining huquqiy qonunlar majmui (fatava) bugungi kunda Iyso Ollohning oldiga tana, jon va ruh bilan ko'tarilganini tasdiqlaydi. U Parvardigori Olamning samoviy saroyga tegishli. Hurmatli kishi sifatida U "ulug'vor yuz" ga ega. Hech kim Masihni chetlab o'tib, osmonga kirmaydi. Ba'zi Arab ruhiy vasiylari bu tushuncha (vadjihun), shuningdek, Masih vositachi, oliy ruhoniy va o'z izdoshlarining shafoatchisi, va U Olloh bilan mustahkam ittifoqda turadi, deb aytish imkonini berishini, gapirishadi (Al-Ahzab 33: 7).

Masih, Qur'onga ko'ra, Xudo oldida, bosh farishtalarday, Jabroilday, karublar va serafimlar kabi turadi. Ollohning shon - shuhratining hukum qiluvchi nurlari Uni yo'q qilmadi, chunki U Ollohning ruhi va er yuzida gunohsiz hayot kechirgan. Muhammad masihiylar ta'limotidan ko'plab fikrlarni qabul qilgan. Lekin u hech qachon Masih O'z Otasi bilan taxtda o'tirganiga rozi bo'lmagan (Vahiy 3:21). U Iysoni taxtga yaqin joylashirdi, juda yaqin, lekin hech qachon Uning Otasini taxtga emas. Bu Muhammadga xosdir: u haqiqatdan 90-95 foizni oldi, lekin eng muhimi ayyorlik bilan buzib tashlandi (Doniyor 7:13-14).

Bu erda, shuningdek, Quronning ko'rsatmasiga binoan Olloh go'yoki barcha farishtalarga, va Mikoyilga va Jabroilga barcha imonlilar bilan birga, o'lgan Muhammad uchun, uning joni oraliq sohada (barzah) tinchlik topishi uchun ibodat qilishni buyurgan (Al-Ahzab 33:56). Masih haqida esa aksincha. Xushxabarga ko'ra, Masih O'z izdoshlari uchun ibodat qiladi, aksincha emas. Masih tirik - Muhammad o'lgan! Dunyoning eng obro'li ikki odamining insoniyat tarixidagi hayotining hayratga soluvchi natijasi shu! Isoning oridan ergashgan, hayotning ortidan ergashgan! Muhammaddning ortidan ergashgan, o'lim quchog'iga shoshiladi.

4.18 -- Qur'onda keltirilgan, osmonda Olloh va Masih o'rtasidagi muloqot

Al - Moida surasida Iysoning o'limidan keyin va Olloh Uni o'ziga ko'targanidan so'ng, Olloh bilan Masih o'rtasidagi osmonda bo'lib o'tgan muloqotni o'qish mumkin (Al-Moid surasi 5:116-118). Ko'klarga ko'tarilgan osmonga Kelgandan, U odamlarni Uning onasiga, Unga va Olloh bilan birga, (yolg'on) uchlik sifatida sajda qilishni o'rgatganmi yoki yo'qmi deb so'radi. Qur'onga ko'ra, Masih bu tanqidiy savolga haqli ravishda rad javobini berdi va islomning ruhiy haqiqatini buzishda aybsizligini isbotladi.

Masihning bu guvohligida muhim ahamiyatga ega bo'lgan narsa, Masihning o'limidan so'ng, Olloh Iysoning etim qolgan izdoshlari ustidan guvoh va kuzatuvchisi bo'lmoqda, xuddi Masihning O'zi avval guvoh bo'lgan va ular ustidan kuzatuvchi bo'lgani kabi. Bu samoviy muloqotda Olloh va Masih bir xil shahid, unvoniga ega. Zabur 22 da Dovudning "Rabbim mening Cho'ponim!" degani bu tushunchaga Muqaddas Kitob javobidir. Xuddi shunday, Iso O'zining qo'ylari uchun, O'z hayotini beradigan yaxshi cho'pon ekanligi haqida guvohlik berdi (Yuhanno 10:11). Islomda Ollohning ko'pgina xislatlari Isoga berilgan (Al-Niso surasi 4:159)! Qur'onga ko'ra, bunday ilohiy imtiyozga hech bir o'ladigan ega emas.

4.19 -- Masih - soat belgisi

Qalbining tubida musulmonlar qayta tirilish kunidan qo'rqishadi, chunki u o'zi bilan ularning gunohlari ustidan Ollohning hukmini olib keladi. Musulmonlarning oxir zamon xaqidagi talimotlarida Masih hal qiluvchi vazifani bajaradi. Ularning urf - odatlarida ko'p marta Iyso dajjolni yo'q qilish uchun, er yuzidagi barcha cho'chqalarni o'ldirish, jamoat binolaridagi va qabrlar ustidagi barcha xochlarni buzish uchun yana keladi deb xabar beriladi. Shundan keyin u uylanadi va farzandli bo'ladi. U islom islohotchisi sifatida butun insoniyatni, shu jumladan barcha masihiylarni Ollohga olib keladi (Al-Niso surasi 4:159). U bu o'z topshirig'ini bajarganidan so'ng, u ham o'ladi va Muhammad va Abu Bakr o'rtasidagi Madinada dafn etiladi. Bu, go'yo, kelajakning eng muhim soati, chunki o'sha paytda Olloh dunyoni hukm qilish uchun keladi. U Muhammadni va Iysoni tiriltiradi, ularni taxtlarga o'tkazadi va ularga dunyoni hukm qlishda ishtirok etishni beradi. Muhammad, kam namoz o'qigan, ehson to'lagan va jang qilgan musulmonlarni hukm qiladi, shu vaqtning o'zida, Iyso yahudiylarni va islomni qabul qilmagan masihiylarni hukm qiladi.

Bu burilish hodisasi, Masihning o'limi Uning ikkinchi marta kelganidan keyin Qur'onda soat belgisi (Al-Zuhruf surasi 43:61) deb ataladi, chunki u dunyo oxirining boshlanishi deb ko'riladi.

Indoneziyadagi bir ayol, suvga cho'mish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan va oldin hukumat maktablarida islomdan o'qitgan, shunday dedi: "O'z farzandlarimga dunyoning oxiri haqida islom ta'limotini tushuntirishim kerak bo'lganida, zaif va kamtar Iyso kelishi va dajjolni o'ldirishi kerak ekanligi meni g'azablantirar edi! Dunyoning oxirida jangari payg'ambar Muhammad haqida hech qanday so'z eshitilmadi! G'olib sifatida men Maryamning o'g'lini emas, balki Muhammadni ko'rishni xohladim! Lekin men shunday deb o'yladim: "Agar Masih haqiqatdan ham osmondan tushsa, men Uning kelishiga tayyorlanishim kerak. Mendan U nima haqida so'rashi, U nima buyrayotgani va nimani U taqiqlaganini o'qib chiqishim kerak". Shunday qilib, Masihning ikkinchi kelishi haqidagi islomiy ta'limot meni Xushxabarga olib keldi va qayta tirilgan Najotkorni Uning Kalomida topishga yordam berdi". Bugungi kunda u bag'ishlangan masihiy - o'qituvchi sifatida, Isoning haqiqyligini va Uning ikkinchi kelishi yaqin ekanligini e'tirof etadi.

4.20 -- Qur'onda Iysoga nima etishmayapti?

Dinlarning sinkretizm (bir ta'limot ichidagi turli diniy ta'limotlarning mos kelmaydigan aralashuvi) davrida, biz Masihning islom nomlari va unvonlarining yarqirashida o'zimizni adashtirishga yo'l qo'ymasligimiz kerak, balki ularning oldida to'liq Xushxabarni ochib berish uchun musulmonlar bilan xushxabarchilik suhbatlarimizda ulardan yaqinlishish nuqtalari sifatida foydalanishimiz kerak. Islomdagi Masih musulmonni qutqarish yoki uni o'zgartirish va qayta tug'ilishga olib keladigan kuchga ega emas.

Qur'onda Masihning ilohiyligi va Uning qudrati haqida gapiradigan unvonlar butunlay yo'qligini tushunishimiz kerak. Xochda Uning oqlovchi qurbonligi va Uning oliy ruhoniylik xizmati haqida juda kam gapirilgan. Shuningdek islom Muqaddas Ruhning yog'ilishi haqida gapirmaydi. Qur'onda Masih jamoatning boshi, abadiy hayotning manbai sifatida tasvirlanmagan. Nikeyda qabul qilingan, masihiylik imon ramzining ikkinchi va uchinchi bandlari islomda butunlay yo'q. Muhammad Masihning Jamoat bilan ruhiy aloqasini tushunmagan. Shuning uchun Qur'onda mavjud bo'lgan Masih ismlarini to'liq Xushxabarni tushuntirish uchun ko'priklar sifatida foydalanish kerak.

4.21 -- Masih - dunyo shahzodasi

Muqaddas Kitob va Qur'onda Masihning ismlari va unvonlarini taqqoslashning maqsadi nafaqat musulmonlarga xushxabar etkazish imkoniyatlarini ko'rsatish, ular bilan suhbatlashish jarayonida, balki ikkala dinda ham Iso Masihning shaxsiyatining o'ziga xos xususiyatini ochib berishdir. U er yuzida qachonlardir yashagan eng buyuk shaxsdir, shuningdek, Qur'onga qo'ra ham. Muhammad Maryamning O'g'li tinchlik odami ekanligi haqiqatidan keta olmadi. Arablarning payg'ambari esa o'zini urush odami deb ko'rsatdi. Uning qo'llariga juda ko'p qon yopishgan. Kamtar Masihning O'z izdoshlariga chuqur ta'siri Muhammadga ta'sir ko'rsatdi. Maryam surasida, u Uning og'ziga so'z joyladi: "Menga tug'ilgan kunimda ham, o'ladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir" (Maryam surasi 19:33). ''' وَالسَّلاَمُ عَلَيَّ يَوْمَ وُلِدْتُ وَيَوْمَ أَمُوتُ وَيَوْمَ أُبْعَثُ حَيّاً (سُورَةُ مَرْيَمَ 19 : 33)'''

Tug'ilishdan bo'shlab va o'limigacha, Uning qayta tirilishiga qadar, Ollohning inoyati Maryamning O'g'lida bo'lgan edi. Masih Xudo va odamlar o'rtasidagi tinchlikni tikladi. U dushmanlarini yaxshi ko'ragan. U ularni o'ldirishdan ko'ra ular uchun o'lishni afzal ko'rdi. Iso solih va yuragidan kamtar edi. U hech qachon zo'ravonlikni qo'llamagan. U imoni, O'z sevgisi, O'z sabr-toqati va O'z umidi bilan g'alaba qozondi. Shuning uchun musulmonlar uning ismini yodga olganda, unga old qo'shimcha qo'shadilar: "tinchlik Unga!" (Assalamu alayhi). Ular Masihning dunyoning haqiqiy shahzodasi ekanligini taxmin qilishadi. Hurmatni ifodalovchi bu old qo'shimchani musulmonlar, boshqa payg'ambarlarning ismlariga ham qo'shadilar. Biroq, ular sust ravishda Ollohning tinchligini oladilar, Masih esa tinchlikning manbai hisoblanadi. U Xushxabarda shunday dedi: "Men sizlarga tinchlikni qoldiryapman. O‘z tinchligimni sizlarga beryapman. Men berayotgan tinchlik dunyo beradigan tinchlikka o‘xshamaydi. Yuragingiz siqilmasin, qo‘rqmanglar" (Yuhanno 14: 27). U har bir O'z izdoshidan faol tinchlikparvar qilishni xohlaydi (Matto 5:9).

Abadiy hayot esa Seni,
— yagona haq Xudoni hamda
Sen yuborgan Iso Masihni tanib
– bilishdan iboratdir.

(Yuhanno 17:3)

4.22 -- Iyso, Maryam o'g'lining, Qur'ondagi 25 isimlari va unvonlari

Iysoni ismlari yoki unvonlariyodga olinganlar soniSuralar
Iyso252:87.136.253; 3:45.52. 55.59.84; 4:157.163. 171; 5:46.78.110.112. 114.116; 6:85; 19:34; 33:7; 42:13; 43:63; 57:27; 61:6.14
Maryamning O’g’li232:87.253; 3:45; 4:157. 171; 5:17(twice).46.72. 75.78.110.112.114.116; 9:31; 19:34; 23:50; 33:7; 43:57; 57:27; 61:6.14
Masih113:45; 4:157.171.172; 5:17 (twice).72 (twice). 75; 9:30.31
Olloh Elchisi53:49; 4:157.171; 5:75; 6:61
Umumiy, Elchi32:87.253; 57:27; et al.
Olloh Kalomi43:39.45.64; 4:171
Haqiqat So’zi119:34
Ollohning Quli44:172; 19:30.93; 43:59
Ollohning Ruhi34:171; 21:91; 66:12
Odamlar uchun Belgi319:21; 21:91; 23:50
Yahshilardan Biri23:46; 6:85
Odam Atoga o’hshash23:59; 43:59
Sodiq Guvoh24:159; 5:117
Sof, begunoh bola119:19
Ollohning Rahim shafqati119:21
Payg’ambar119:30
Umumiy, Payg’ambar162:61.91.136.177.213; 3:21.80.81.112.181; 4:69.155.163; 17:55; 33:7; 39:69; et al.
Xush xabar olib boruvchi (Xushxabarchi)22:213; 6:61; et al.
Tavrotni Tasdiqlovchi25:46; 61:5
Ogohlantiruvchi12:213; et al.
O’z onasiga nisbatan Adolatli119:32
Bahtsiz zolim emas119:32
Qaerda bo’lmasin, har erda Marhamatlangan119:31
Bu erda va u erda Muhtaram13:45
Yaqinlardan biri13:45
Soat belgisi143:61
Tinchlik Unda119:33

4.23 -- Iso Masihning Muqaddas Kitobdagi 35 ismi

(eslatib o'tish takrorlanishida)

Isoning ismlarieslatib o’tilgan soni
Iso975
Masih569
Rabbiy216
Inson O’g’li80
Xudoning O’g’li59
Ustoz56
Men bor50
Xudo Qo’zisi33
Shox33
O’qituvchi27
Najotkor26
Hayot20
Yaqinlashib kelayotgan20
Inson19
Bola18
Payg’ambar16
Nur13
Dovud O’g’li10
Xudoning Quli10
Tana10
Muqaddas10
Taqvodor10
Oliy Ruhoniy10
Jamoat Boshi10
Qudratli10
Sharafli10
Shafoatchi9
Poydevor Tosh9
Xakam8
Murosa8
Oliy8
Kuch8
Xudoning Qiyofasi7
To’liqlik7
Eng Kamsitilgan6

Iso Masihning bu 35 isimlari va unvonlari Iso Masihning jami 250 sonli (Martin Lyuterning nemis tarjimasi bo'yicha) isimlari va unvonlaridan tarjima qilinib tanlab olingan. Ushbu jadval noto'g'ri bo'lishi mumkin, chunki turli nashrlarda va boshqa tarjimalarda bu isimlar va unvonlarning turli xil soni paydo bo'lishi mumkin.

4.24 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Muqaddas Kitob va Qur'onda Masihning ismlari, unvonlari va sifatlarini qancha topish mumkin?
  2. Iyso ismi musulmonlar uchun nimani anglatadi va bu ism Qur'onda qanchalik tez-tez tilga olinadi? Nima uchun xorijiy xushhabarchilar bu isimni tez-tez tilga olishadi, Arab masihiylari esa uni qo'llashdan qochishadi? Nima uchun Iyso ismi Iso ismi bilan bir xil manoni anglatmaydi? Sizningcha, musulmonlar bilan suhbatlarda Iyso ismini haqiqiy Isoga yo'naltirish uchun ishlatishimiz mumkinmi?
  3. Qur'onda Masihning (Al-Masih) ismi necha marta uchraydi? Bu unvon musulmonlar uchun nimani anglatadi va masihiylar uchun nima? Masih bu unvonni Xushxabarda qanday izohladi?
  4. Qur'onda xabarchi yoki elchi (rasul) sifatida Masihning unvoni nimani anglatadi? Nima uchun Muhammad Masihning "Shoh" va "Rabbiy" deb nomlangan unvonini rad etdi va Masihning kelishi maqsadi haqidagi tushunchasining noto'g'riligi nimada edi?
  5. Nima uchun Maryamning o'g'li islomda Ollohning o'g'li bo'lishi xech ham mumkin emas? Musulmonlar Bokira Maryam Masihni tug'ganligi haqida nimaga asoslanib gapirishadi, shu vaqitning o'zida uning ilohiyligini keskin inkor etadilar?
  6. Islom va masihiylik o'rtasidagi asosiy farqlarni Masih haqidagi tushunchalariga nisbatan qisqacha ifodalaydigan Nikey imon ramzida qanday ikkita modda bor?
  7. Nima uchun to'rtta Xushxabarda Masih 80 marta O'zini Inson O'g'li deb atadi va faqat yashirin tarzda U Xudoning O'g'li ekanligini etirof etdi?
  8. Musulmon Qur'onda, Masih Ollohdan So'z yoki Uning So'zi ekanligi haqida o'qiganda nima deb o'ylaydi? Ushbu Qur'on unvonini Muqaddas Kitobning qaysi ma'nosi bilan to'ldirish mumkin?
  9. Nima uchun Muhammad Masihni Ollohning va undan vujudga kelib, yana unga ko'tariladigan darbadar ruhi deb atashga jur'at etdi?
  10. Nima uchun Muqaddas Ruh Islomda bo'lish mumkin emas va U qanday tarzda Xushxabarda bor bo'ladi?
  11. Musulmonlar bilan suhbatda Iyso tug'ilganidan begunoh bo'lganligini nazarda tutuvchi Qur'on atamasi zakiy (sof) dan qanday qo'lashimiz mumkin? Musulmonlarga bu atamani talqin qilib qanday yordam bera olamiz?
  12. Qanday qilib musulmonlarga guvohligimizda Quronning Iyso dunyo yartilishidan boshlab Olloh Oyatolloh deb nomlagan yagona inson ekanligi xaqidagi bayonotini qo'lashimiz mumkin?
  13. Qur'on bizga Masih Ollohning rahm-shafqatining timsoli ekanligini ta'kidlashi, bizga qanday imkoniyat beradi?
  14. Muhammadning so'zlariga ko'ra, Masih Qur'onda qanchalik yaxshi? Musulmonlarga Maryamning o'g'li Xudo kabi mehribon ekanini qanday ko'rsatishimiz mumkin?
  15. Qur'on, Iyso o'z onasiga nisbatan adolatli ekanini aytib nimani nazarda tutadi? Xudoning odilligini ko'rsatish uchun ushbu oyatdan foydalanishimiz mumkinmi?
  16. Qur'onning Masih hech qachon yomon odam yoki shafqatsiz o'ta qudratli odam emasligi haqidagi salbiy eshitiluvchi ifodasiga, Xushxabarning ijobiy ma'nosini qanday qilib qo'yish mumkin?
  17. Iyso haqida U qaerda bo'lmasin, na osmonda na erda, har erda marhamatli ekanligi xaqida tariflagan, Qur'onning ifodasi nimani anglatadi?
  18. Nima uchun Muhammad Masihni Odam Ato kabi degan bayonot bilan Masih haqidagi bayonotini umumlashtirdi? Agar uni Iyso haqidagi boshqa so'zlar bilan taqqoslashtirilsa, bu bayonotning yolg'onligi nima?
  19. Qur'onda Masihning "Olloh quli" (Abdullohiy) unvonnini Xushxabarning mazmuni bilan qanday to'ldirishimiz mumkin? Muqaddas Kitobda Iso Rabbiyning quli deb atalgan?
  20. Nima uchun Qur'onda Iyso na faqat payg'ambarlardan biri, balki, albatta, mashhur shahs?
  21. Nimadan kelib chiqib Muhammad, Masih bu va boshqa dunyoda yuksak hurmatga ega va U osmonga ko'tarilgandan keyin Ollohning yonida yashaydi deb aytaolgan?
  22. Qur'onning Olloh va Masih o'rtasidagi Uning osmonga ko'tarilishidan keyingi muloqoti nimani anglatadi (Al-Moida surasi 5:116-118)? Nima uchun Masihga Olloh bilan bir xil unvon berilgan (shahid = saqlovchi, guvoh)?
  23. Musulmonlar Masihning ikkinchi kelishi bilan bir biriga to'g'ri keladigan xukum kunini qanday tasavvur qilishadi?
  24. Qur'onning qaysi oyatida Iso Dunyoning yagona Shahzodasi, haqiqatan ham tinchlik yaratuvchi va dunyodagi yagona haqiqiy musulmonligi?
  25. Muqaddas Kitobdagi Masihning eng muhim unvoni Qur'onda umuman aytilmagan va nima uchun?
  26. Qur'onda berilgan Masih isimlari, unvonlari va sifatlarini ko'priklar sifatida ularni xushxabar ma'nosi bilan to'ldirish uchun, ishlatish mumkinmi?
  27. Nima uchun musulmonlar najot yoki Najodkor haqida gapiradigan masihiy ifodalarini tushunishda katta qiyinchiliklarga duch kelishadi? Nima uchun masihiylarning ko'pgina guvohliklari ular uchun tushunarsiz?
  28. Iso va Uning havoriylari o'zlarining guvohliklarini amaliy hayotdan yahudiylar va majusiylarning fikrlariga qanday qilib to'liq xushxabarni o'rgatish uchun moslashtirganlar? Pavlus qanday qilib yahudiylarga, yahudiy va majusiylarga, majusiy bo'ldi? Ushbu Muqaddas Kitob amaliyotining yakuniy natijasi qanday bo'lgan edi?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on May 20, 2021, at 09:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)