Previous Chapter -- Next Chapter
2.3. Makkadagi Yillari
Ushbu dastlabki yillarda Islomning asosiy da’vati Allohdan qo‘rqish va yaxshilik qilish edi. Bu vaqtda maxsus islom ta’limoti amalda yo‘q edi va aslida Muhammadning e’tiqodlari o‘sha davrdagi yahudiy-masihiylik e’tiqodlaridan farq qilmadi. Garchi u musulmon bo‘lmaganlarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lmasa-da, ularga nisbatan ham dushmanlik qilmagan. U musulmonlar (hech bo‘lmaganda erkaklar) o‘rtasida tenglikni targ‘ib qilgan. Biroq, ushbu xabar Makka jamiyatiga ma’qul kelmadi, birinchidan, Makka qabilalari odatda boy va qudratli bo‘lib, o‘zlarini past darajadagi odamlarga (jumladan, qullar, tashrif buyuruvchi savdogarlar va boshqalar) tenglashtirishni istamaydilar, ikkinchidan, ular Makkaga keladigan ziyoratchilarni qabul qilishdan yaxshigina foyda ko‘rishgan.
Biroq, uning xabari qabul qilinmaganiga qaramay, Muhammad amakisining ta’siri tufayli hali ham o‘z urug‘ining himoyasidan faydalandi va shuning uchun Makkada nisbatan tinchlikda yashab, u erda o‘zining yangi dinining oz sonli tarafdorlarini (asosan qullar yoki kambag‘al arablar, ba’zi boy qabilalardan bir nechta kishi) to‘plagan.