Previous Chapter -- Next Chapter
4 BOB: ISLOM USTUNLARI
Musulmonlar oltita haqiqatga bo'lgan Islomiy e'tiqoddan tashqari, Islomning beshta ustuni deb ataladigan narsaga ham ishonadilar. Bu hadislarda (Buxoriy va Muslim to'plamlarida) bayon qilingan, har bir musulmon uchun farz bo'lgan, ba'zi bir istisnolardan tashqari va sunniy musulmonlarning aksariyati rozi bo'lgan amallardir. Bular: shahodat (aqida), namoz (ibodat marosimi), ro’za, zakot (sadaqa) va haj (ziyorat). Ba'zi sunniy manbalarda jihod (jang) ni oltinchisi sifatida qo'shadi; boshqa manbalar jihodni haj o‘rnida beshinchi deb hisoblashadi. E'tibor bering, bu ustunlar Qur'onda ko'rsatilmagan va shia musulmonlari butunlay boshqacha ro'yxatga ega. Biroq, sunniy musulmonlar uchun esa, o'zini musulmon deb da'vo qiladigan yoki musulmon oilasidan chiqqan, ammo bu ustunlarning hech biriga ishonmaydigan har bir kishi musulmon emas, balki kofir (murtad) deb hisoblanishi kerak. Ba'zi olimlarning fikriga ko'ra, bunday odam buning uchun o'limga duchor bo'lishi kerak, ammo boshqalar bu o'limga sabab bo'lishiga rozi emaslar.