Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 8 Persecution of Converts
This page in: -- Arabic? -- Cabuano? -- Chinese -- English -- French -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Russian -- Somali -- Telugu -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

8 - Masihiy Bo’lgan Har Bir Musulmon, O’lishi Kerakmi?

Agar musulmonlar ushbu dogmatik to'siqlarni yengib chiqa olsalar, u Masihiy bo'lishni xohlasalar, boshqa xil muammo paydo bo'ladi: Shariat qonunlarida agar u tavba qilmasa va Islomni yangi qabul qilmasa, uni qatl etish kerak. Shunga qaramay, musulmonga Masihni qabul qilishida qanday amaliy qadamlar qo'yishimiz mumkin va Masihga ergashish paytida musulmon duch kelishi mumkin bo'lgan boshqa qanday qiyinchiliklarga duch bor. Bunday sharoitda qanday tayyorlanishni va qanday javob berishni ushbu risolani o'qib bilib oling.



8.01 -- Masihiy Bo’lgan Har Bir Musulmon, O’lishi Kerakmi?

Havoriy Pavlus yahudiylik va islomdan Masihga imon keltirgan hamma bilan birga tan oladi: “Mana, Zaburda yozilganidek: «Sen tufayli bizni har kuni o’ldirmoqdalar, Qurbonlik qo’ylar deb hisoblaydilar» (Zabur 43:23), “Ammo bizni Sevganning soyasida bularning hammasi ustidan ulkan g’alaba qozonamiz” (Rimliklarga 8:36-37).

G'ayriyahudiylarning havoriysi bu e'tirofni o’zining o'limi bilan tasdiqladi, u xuddi bir yil oldin o'ldirilgan Isoning ukasi Yoqub kabi, milodiy 63 chi yilda boshidan judo bo’ldi. Butrus huddi, shundek, melodiy 64 yilda Rimda xochga mixlangan. Tirilgan Rabbiy O'zining ba'zi izdoshlariga Uning azob-uqubatlarida ishtirok etish sharafini beradi (1 Butrus 4:16-19; Rimliklarga 5:3-5; Filippiliklar 1:20-23; 2:16-17; Kolosaliklar 1:24; 2 Timo’tiy 2:10-13).

Pavlus yozgan o'lim, "engib o'tish" kabi, Masihning izdoshlaring fikrlash va hayotining barcha sohalarini o'z ichiga olgan murakkab tushunchadir. Islomdan Masihga imon keltirish – bu o’zini asta-sekin eski madaniyat va diniy ruhdan ajratishdir. Bu jarayon, imonga kelganidan boshlab o’sishdan, to uning Iso Masih va uning jamoati bilan to'liq bog'lanishiga qadar davom etadi.

8.02 -- Islom dunyoqarashi ustidan ruhiy g'alaba

Musulmonlar bilan Iso Masih va Uning najoti haqida gapirishga kim harakat qilsa, ko'p o'tmay, u islom tarafdorlariga haqiqatni yetkazishni istagan har bir ruhiy maslahatchi yo'lida uch bosqichli to'siq mavjudligiga ishonch hosil qiladi.

Masih, tirik Xudoning O'g'li
Birinchidan, musulmon Iso Masihning ilohiyligi haqidagi har qanday fikrni rad etadi. Bu bilan u Xudoni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh sifatida tan olish va bilish imkoniyatini o’zi uchun istisno qiladi. U Muqaddas Uch Birlikning birligiga bo’lgan imonni rad etadi va o'zini oqlanishdan ajratadi. U rahm-shafqat orqali oqlanishni rad etadi va tavba qilish orqali yuqoridan tug'ilish haqida hech narsa eshitishni istamaydi. Shuning uchun Masihning guvohi Isodan ibodat qilib, bizni gunohlarimizdan qutqargan Maryam o'g'lini Xudoning O'g'ili ekani haqidagi haqiqatni ochib berishi uchun, unga yo’l topishga yordam berishni so’rashi kerak.

“Kim Xudoning O‘g‘liga ega bo‘lsa, hayotga egadir. Xudoning O‘g‘liga ega bo‘lmagan odamda esa hayot yo‘q” (1 Yuhanno 5:12).

Biroq, Masih Xudoning O'g'li ekanligi haqida musulmon bilan suhbatni boshlash oqilona bo'lmaydi, chunki ko'p musulmonlar bu so'zlar bilan Alloh tomonidan biologik homilador bo’lishni tushunishadi va ko'pincha ularga juda salbiy munosabat bildirishadi.

Masihning xochi
Musulmonlar uchun Masihni va Uning oqlashi, bu xochga mixlanishi ekanligini tushunish ikkinchi to'siqdir (Niso surasi 4:157). Musulmon o’zning o'rniga Isoning o'limini, bu qutqaruvchi qurbonlik va o’z gunohlaridan poklanish zaruriyati kabi tushuna olmaydi. Xochga mixlangan Masihni qabul qilmaguncha, hech bir musulmon gunohlarning kechirilishini qabul qila olmaydi! Kimki musulmon bilan yaratilish va hukm haqida, Ibrohim va Muso, Masihning mo'jizalari va Uning Xudoga ko'tarilishi haqida gapirsa, u hali ham Xushxabarning asosiy xabariga tegmagan bo’ladi. Biz, birinchi navbatda, musulmon gunohkor ekanini tushunishiga yordam berishimiz kerak. Shundagina, biz unga Xudoning Qo'zisi kabi Masih uning gunohlarini O'ziga olgani haqida tushuntirishimiz mumkin (Yuhanno 1:29-31).

Muqaddas Kitobning ishonchliligi
Musulmonga o’z Otasi kab Xudoga ishonishining ilojini yo’q qiladigan uchunchi to’siq, bu Muqaddas Kitobning buzulgan deb bilishga chuqur ildiz otgan fikrdir. Bu taqiqlangan usul bilan islom ruhi musulmonlarning Tavrot va Xushxabarga bo'lgan ishonchini sindirdi. Ular yahudiy va masihiylarning aytadigan hamma narsalarni, faqat uydirma va xato ekaniga ishonishadi. Musulmonlarga Masihning u uchun sodir bo’lgan najotni tushunishga yordam berishni istagan har bir kishi, Muqaddas Kitobga bo'lgan ishonchni, uning obro'sini Xudoning Kalomi va o'zgarmas vahiy sifatida tiklash kerak.

Ushbu uchta to'siq musulmonlarga tushunarli bo'lgan mantiqiy isbotlar va dalillar yordami bilan hal qilinishi mumkin bo'lgan oddiy intellektual muammolardan emas. Biz bu yerda faqat Xudoning rahn-shafqati va Muqaddas Ruhning kuchi bilan yengib o'tish mumkin bo'lgan dajjol ruhi va jamoaviy aldov bilan kurashmoqdamiz. Xudo eshitadigan va so'ralgan narsalarni beradigan imon bilan, kuchli ibodat qilishimiz kerak. Ibodat musulmonlar orasidagi xizmatda, Ruh tamonidan boshqariladigan kamtarlikda va haqiqatdagi shaxsiy duvohlik kabi muhim omil bo'lib qolmoqda. Albatta, Iso Masihning sevgisi, qalblarning eng chuqur yashirin joylariga kira oladigan til bo'lib, u yerda o'chmas iz qoldiradi.

Islomiy Xudo tushunchasini engishi
Iso Masihning nomi bilan islomiy fikrlashning bu uchta dastlabki to'siqlarini yengib chiqgach, u islomning markaziy muammosiga yaqinlashdi. Alloh tushunchasi islom madaniyatini barcha sohalarda belgilaydi: imonda, hayotda, qonunlar va urf-odatlarda. Biroq, u na o'lim oldidan qo’rquvni, na hukm kunidan oldin titroqni yengishga qodir emas. Islomning barcha sohalari Allohga qaratilgan. Musulmon, katta yoki kichik darajada, Qur'onda tasvirlangan Allohning tasviridir. Unga islom zanjirlaridan ozod bo'lishga yordam berishni xohlovchi, unga Iso Masihning Otasi - bu Allohni tushunishga Xushxabarning ruhiy javobidir, deb tushuntirish kerak.

Alloh kim?
Musulmon o'zining ta'limotida e'tirof etadi: Allohdan o’zga Xudo yo'q. Alloh - yagona, uchbirlik yo'q! U behad buyuk, aqlga sig’maydigan uzoq va hamma narsa ustidan hokimiyatga ega. U haqidagi barcha diniy dalillar xato va noto'g'ri. Uning ismlari va sifati ko'pincha bir-biriga zid keladi. Inson zakovati Qodir Tangrini tushunolmaydi. U hamma narsani oldindan belgilab qo'ydi va hammadan to'liq bo'ysunishni talab qiladi. Qur'onga ko'ra, Alloh cheksiz sevgining xudosi emas. U xohlagan kishini yo'ldan ozdiradi va xohlagan kishiga rahm-shafqat qiladi (An’om surasi 6:39; Ra’d surasi 13:27; Ibrohim surasi 14:4; Nahl surasi 16:93; Fotir surasi 35:8; Muddasir surasi 74:31). U haqiqat Xudosi emas, chunki u o’zini hammadan ayyorroq deb ataydi (Oli Imron surasi 3:54; Anfol surasi 8:30; Niso surasi 4:142). U mag'rur (Hashr surasi 59:23). U faqat pulini ehson qilgan va islomni tarqatish uchun kurashayotgan xudodan qo'rquvchi musulmonlarga rahm-shafqat ko'rsatadi (Baqara surasi 2:195; Oli Imron surasi 3:76, 134, 148, 159; Moida surasi 5:13, 42, 93; Tavba surasi 9:4, 7, 108; Mumtahana surasi 60:8). Islom ruhi Ota, O'g'li va Muqaddas Ruhdan nafratlanib, Uch Birlikni mutlaqo inkor etadi (Ihlos surasi 112:1-4 va hokazo).

Bizning osmondagi Otamiz
Alloh so’zining islomiy tushunchasiga Xushxabarning markaziy javobi, Iso Masihning Otasidir. Qodir Xudo bizning Otamizdir(!), O’z O'g'li Iso Masih va bizni moylaydigan Muqaddas Ruh ahdiga binoan, tuproqdan yaratilgan gunohkorlarga, bizga O'zini abadiy berdi. Xushxabar bizga uzoq, aqlga sig’maydigan va tushunarsiz Alloh haqida o'rgatmaydi, aksincha, bizga yaqin va shaxsiy Otamizni ko'rsatadi. U har bir kishiga alohida g'amxo'rlik qiladi va bizni o'zimizdan ko’ra yaxshiroq biladi. U hatto bizning boshimizdagi sochlar qancha ekanligini biladi (Matto 10:30; Luqo 12:7). U bizni dahshatli hukmdan qutqarish uchun O'zining yagona O'g'lini qurbon qildi. U, O’zining Muqaddas Ruhi orqali bizda yashashni xohlaydi. Xudo bizni o’g’il qilib olgan va jonlantirgan Otamizdir. Muqaddas Ruh bizning hayotimizda Otamizning ismini ulug'lashga bizni yetaklaydi.

Qur’onning Allohi va Iso Masihning Otasi o’rtasidagi farq qanchalik katta bo’lgani kabi, islom va masihiylik o’rtasidagi farq shunchalik katta. Musulmonning imonga kelishi ertami-kechmi uni shafqatsizlik, Alloh yaratgan o'zboshimchaliklarini inkor etishga va o'zini osmonviy Otaning ochiq qo'llariga topshirishga olib keladi.

Tavba qilish (Imonga kelish)
Ushbu qadam nafaqat intellektual yangilanish, balki butunlay shaxsni qayta shakllantiruvchi jonli jarayondir. Hayotning barcha jabhalarini Otaning qiyofasiga aylantirilishi kerak. Masihiy bo'lish jarayonida, musulmon o'zining Islomiy madaniyatidagi dajjolning ruhi bilan uzoq qola olmaydi. O’zining butun borlig'i bilan u Otasiga yopishib olishga intiladi.

Ibodatda u Muqaddas Kitob orqali unga javob beradigan Otasi bilan gaplashishni o'rganadi. Musulmon Xudoning farzandi bo'lgandan so’ng, u o’zidan Muhammadni soqit qiladi va Masihga burkanadi. U Iso Masihning madaniyatini qabul qiladi va o’z Samoviy Otasining oila a'zosi bo'ladi. Bu o'tmishdagi hayotdan voz kechish va Muqaddas Ruh orqali yangilashni anglatadi. Bu birinchi qadam uning uchun Islomga noma'lum bo'lgan yangi ruhiy olamga kirishdir. Otamizning Ruhi hayotimizning barcha sohalariga kirib borishni xohlaydi. Hech kim poklanmasdan Rabbiyni ko'ra olmaydi! Hech kim yangilanmasdan Masihda bo’la olmaydi. Agar biz Uning O’g’liga itoat etsak va bizning chaqiruvimiz uchun Unga minnatdor bo'lsak, bu o'zgarish bizda ishlayotgan Samoviy Otaning inoyatining namoyonidir

Madaniy-diniy tuzoq
Agar kimdir o’zini Allohdan ajrata olmasa va ayni paytda Ota-Xudo bilan muloqot qilishga harakat qilsa, yangi imon faqat uning kallasida sodir bo'lishi va yurakka etib bormasligi xavfi mavjud. Masihni qabul qilish jarayoni yarim yo’lda to'xtaydi. Masihni qabul qilgan bir kishi aytdi: “Men, Allohni – bu mening osmondagi Otam ekanligini va u menga abadiy hayot bergaligini angladim va tan oldim”. Bu kishi Islomni masihiylik bilan yarashtirishga harakat qildi. U masihiylar orasida masihiy edi, lekin uning xotinlari, bolalari va qarindoshlariga tashrif buyurganida, musulmonlar orasida musulmon bo'ldi. Bunday hayotning oqibatlari ruhiy shizofreniyaga (ruhiy kasallikni bi turi) o'xshaydi. Nurni zulmatdan va hayotni o'limdan aniq farq qilmasdan, ruhiy hayot imkonsizdir.

Iso Masihga ishonish musulmonni Allohdan Otaga tavba qilishga undaydi. Biroq, aksariyat musulmonlarda bu jarayon juda sekin va qat’iyatsiz; asosan, ular imonning o'sishiga qarab, buni bosqichma-bosqich amalga oshiradilar. Ammo tavbasiz, qaytish bo’lmaydi.

Marhamat nimani anglatadi?
Qur'onda "marhamat" so'zi 38 marta takrorlanadi. Musulmonlar, o’zlarini Allohning o'zgarmas marhamati ostida yashaydilar deb ishonadilar. Lekin islomdagi marhamat Muqaddas Kitobdan boshqacha narsani anglatadi. Allohning marhamati, avvalambor, kuchli, muvaffaqiyatli, sog'lom va jamiyatda hurmatga sazovor bo'lganlarda bo’ladi. Kim bir necha o'g'illar, podalar, mashinalar, tuyalar va pullarga ega bo'lsa, u Allohning marhamatiga ega bo'ldi. Allloh Muhammadga, uning asrandi o’g’li Zaydning xotini bo’lgan Zaynabni, u hali turmushga qurgan paytga xotinlikka berdi (Ahzob surasi 33:37). Bu harakat Allohning marhamati deb ataladi!

Ammo Xushxabarda marhamat birinchi navbatda gunohlarning kechirilishini anglatadi! Iso bizga solihlikni hadya qiladi, chunki U azob chekdi va bizning o'rnimizga o'ldi. Ko'pincha tushkun, kasal, keksa va g’amgin odamlar Xudoning inoyatini, Undan qo’li bosh qaytgan boy, kuchli va chiroylilardan ko’ra tezroq anglaydilar. «Ruhan kambag’al bo’lganlar baxtlidir… » (Matto 5:3). Rahmdillik bilan oqlashdan tashqari, imonlilar Muqaddas Ruhning samarasi bo'lgan marhamat in’omlarini olishadi: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat, lutfkorlik, xayrixohlik, sadoqat, muloyimlik va ibodir (Galatiyaliklar 5:22-23). Tavba qilgan kishi boylikni, dunyoviy qadriyatlarni, dunyoviy shon-shuhratni, "to'g'ri bo'lish" va hokimyatga ega bo'lish istagini, ko'pincha Samoviy Otamizning Ruhiga zid ekanini tushunishi kerak.

Gunoh yoki gunohkor?
Islomda turli xil gunohlarning uzun ro'yxati bo'lgan to'liq katalog mavjud: kichik gunohlar, toqatli gunohlar, qo’llab-quvvatlanmagan harakatlar, haqiqiy gunohlar, qonunga (shariat) qarshi gunohlar, jinoyatlar, sharmandali ishlar, katta gunohlar va kechirilmaydigan gunohlar. Qur'on, musulmonning har qanday gunohlarini maxsus yaxshi ishlari bilan qoplashi mumkinligini o'rgatadi, oxirgi toifadagi gunohlar bundan mustasno (Tavba surasi 9:111; Ankabut surasi 29:7). U o'zini gunohkor deb hisoblamaydi! Bu so'z uni va uning butun oilasini kamsitadi va haqorat qiladi! Musulmon - u gunohkor deb aytish, odobsizlik hisoblanadi.

Haqiqiy masihiylar Xudoning muqaddasligini va Samoviy Otalarining yaxshiliklari bilan o’zlarini solishtirganlarida, o'lgan va mahkum bo’lgan gunohkor ekanliklarini biladilar. Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas-ku! (Mark 10:18). Bizda juda ko'plagan xatolar, muvaffaqiyatsizliklar, yo'qotishlar bor va biz o’z insoniy tabiatimizga ko’ra hukm qilinganmiz. Hech biz inson o'z-o’zidan yaxshi emas. Otamizning mukammalligi bizning gunohkorligimizni aniqlaydi (Matto 5:48). Bizning gunohlarimiz va noto'g'ri xatti-harakatlarimiz bizning tuzatib bo'lmaydigan buzuqligimizdan kelib chiqadi. Faqat Iso Masihning marhamati bizning umidimizdir. Uning Qoni bizni barcha gunohlarimizdan tozalaydi va Uning Ruhi bizda yangi odamni yaratadi. Agar musulmon o'zining buzilgan tabiatini Xudoning nurida ko'ra olmasa, u hech qachon o'zining umidsiz ahvolidan xabardor bo'lmaydi va u na Najotkorga, na qutqaruvchi qurbonlikka muhtoj emasman deb o'ylashni davom ettiradi!

Oldindan belgilash yoki tanlash?
Qur'on musulmonlarga Alloh hamma narsaga qodir, hamma narsani biluvchi va dono ekanligini o'rgatadi. Ushbu alomatlarga asoslangan teologik xulosalar, Alloh hamma narsani va hamma eng kichik narsalarni oldindan belgilab qo'ygan degan xulosaga olib keladi (Furqon surasi 25:2; Qamar surasi 54:49; Taloq surasi 65:3). Shunday qilib, ona qornida bo'lgan bola hayotining 40 chi kunidan boshlab butunlay oldindan belgilanadi (Najm surasi 53:32). Uning barcha gunohlari, qobiliyatlari va kelajakdagi hayotiy voqealari oldindan dasturlashtirilgan. Qur'on, hatto Alloh barcha musulmonlarni mashhargohda va jahannamda bo’lishini oldindan belgilab qo’yganini ta'kidlaydi (Maryam surasi 19:71-72)! Shu bilan birga, Alloh keyinchalik "muqaddas" urush uchun ko’p qurbon bo'lganlarni va bevosita unda ishtirok etgan ba'zi xudojo'y musulmonlarni qutqaradi. Chuqur taqdirga ishonish islom dunyosida osilgan, ko'pincha hissiy portlashlar bilan to'xtatiladi.

Masihiylar Efesliklarga maktubida (1:3-4), biz Uning oldida sevgi va muqaddaslikda yshashimiz uchun, bizning Samoviy Otamiz Iso Masihda bizni tanladi deb o'qiydilar, toki U bizni O’z O’g’lining suratiga o’xshash bo’lishimizni belgiladi (Rimliklar 8:29-30). Bu tanlov biz uchun bo’g’ib qo’yadigan parda emas, balki bizni sevishga, ulug'lashga va Xudoga g'ayrat bilan xizmat qilishimizga imkon beradi. U injiqliklarga to’la zolim-xudo emas, U - bizni Iso Masihda oldindan belgilab qo'ygan bizning Otamizdir! Uning insonni oldindan belgilash dasturi Muqaddas Kitobning boshida allaqachon yozilgan (Ibtido 1:27), biz Matto 5:48 va Yuhanno 14:9-11 da biz topadigan ruhiy tushuntirishni ham o’z ichiga oladi.

Haqiqat yoki yolg’on?
Islomda yolg'on to'rt holatda rasman ruxsat etiladi: "muqaddas" urushda (musulmon bo’lmaganlar bilan suhbatda), Ikkita musulmon bir-biri bilan yarashishni istaganda, er va xotin o'rtasidagi munosabatlarda va xotinining eriga bo'lgan munosabatlarida. Shoshilinch qasamlar yana bekor qilinishi mumkin (Tahrim surasi 66:2). Allohning o’zi uni aldaganlarni aldaydi (Niso surasi 4:142). Islom dunyosida savdo va hayot - bu ishonch, haqiqat va sadoqatga asoslanmaganligi ajablanarli emas.

Iso shunday dedi: “Sizlarning so‘zingiz faqat «ha» yoki «yo‘q» bo‘lsin. Bundan ortig‘i esa yovuz shaytondandir” (Matto 5:37). Isoning O'zi haqiqat (Yuhanno 14:6). Muqaddas Ruh haqiqat (Yuhanno 14:17; 16:13). Bizning Samoviy Otamiz haqiqat (Yuhanno 4:24). Uning Kalomi haqiqat (Yuhanno 17:17). Islomdan Masihga tavba qilgan kishi – biz kabi – haqiqiy bo’lishni o’rganadi! Huddi sevgisiz haqiqat - ruhiy qotillik bo’lgani kabi, haqiqat bo'lmagan sevgi, yolg'ondir. Biz haqiqatni sevgi bilan gapirishni o'rganishimiz kerak, sevgi xizmatini esa Xushxabarning haqiqati bilan birlashtirishimiz kerak.

Ko'p xotinlik yoki bir xotinlik?
Qur'on, agar musulmon erkak barcha xotinlarga bir xil darajada g'amxo'rlik qila olsa, bir, ikki, uch yoki to'rt marta uylanishga ruxsat beradi (Niso surasi 4:3). (Ushbu qonun Turkiya, Marokash va Tunisda bekor qilindi). Aksariyat musulmonlar bir yoki ikki xotindan ortiqg’ini o'lish imkoniga ega emaslar, chunki ular buning uchun yetarli pul topisha olmaydi. Biroq, Islomda er-xotin teng sheriklar ittifoqi sifatida qaralmaydi. Er xotinini itoatkorlikda ushlab turadi, agar u o'jarlik qilsa, uni urish huquqiga ega (Niso surasi 4:34). Er xotinidan yuqori, ya'ni erkak ayoldan yuqori, misol uchun, agar sudda guvohlik berish kerak bo'lsa, unda bitta musulmon-erkakning guvohligi ikkita ayolning guvohligiga tengdir (Baqara surasi 2:282). Bundan tashqari, qonun unga xizmatkorlar orasidan, kimni va qachon xohlasa, o’ziga kanizaklarni olishga ruxsat beradi. Qur’on erkakga kichkina sulton singari o‘zining haramiga rahbarlik qilishga ruxsat beradi. Er-xotin muammolari birgalikda hal qilinadigan er va xotin uyushmasi Islomga xos emas. Islom nikohda ham, bo'ysunishni afzal ko'radi.

Masih yaratilishning boshidanoq oldindan belgilab qo'yilgan bir xotinlikni tasdiqlaydi (Mark 10:6-9). Havoriy Pavlus xotinning eriga itoat qilishi kerakligini o'rgatadi, lekin Masih O'zini jamoatga fido qilganidek, er ham o’z xotini uchun o'zini qurbon qilishi kerak (Efesliklar 5:21-33). Masihiy nikohining mazmuni hukmronlik emas, balki o’z umr yo’ldoshiga sevgi va xizmatdir! Alloh va Iso Masihning Otasi o'rtasidagi farq qanchalik katta bo'lsa, ikkala dinda ham nikoh va oilani tushunishdagi farq shunchalik katta.

Maktab o'qituvchilari
Avvalgidek, bugungi kunda Qur'on o'qituvchilari ko'pincha o'quvchilarni Qur'ondan suralarni tayoq yordamida o'rganishga majbur qilishadi. O’qituvchi o’z taxtidagi kichkina Alloh kabi oz’ shogirdlari istida o’tiradi. U ularning fikrlash va aql-idrokini rivojlantirmaydi, balki ular haqida o'ylamasdan, faqat surani avtomatik ravishda yodlash va iqtiboz qilishni talab qiladi. Avlodlar davomida Qur'on o'qituvchilari islom madaniyatini va musulmonlarning statik fikrini shakllantirdilar.

Masihiy muhitida yaxshi o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil ravishda qaror qabul qilishga, o’ylashga, tahlil qilish va umumlashtirishda o'rgatish uchun harakat qiladigan, otalarcha do'stidir. U o'qitayotgan materialga qaraganda, uning shaxsiyati o'quvchilarni shakllantirishga ko'proq ta'sir ko'rsatadi. U ularning ustidagi taxtda o'tirmaydi, balki ularning orasida turadi. Masih O'zi haqida aytdi: “Zero Inson O’g’li ham O’ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O’zi xizmat qilish va O’z jonini fido qilib, ko’plarni qutqarish uchun kelgan” (Matto 20:28). Boshqalarga xizmat qilish g'oyasi hukmronlik g'oyasidan ko'ra masihiy hayotining barcha sohalarini kuchliroq qiladi. Bu nafaqat islomdan yangi tavba qilgan imonlilardan, balki har qanday odam hayotida to'liq inqilobni talab qiladi, chunki mag'rurlik, o'zining to’g’riligida turish va boshqalar ustigan hukmronlik qilish istagi har bir insonda chuqur ildiz otgan.

Ishlab chiqarish muhiti: qul yoki do’stona
Evropada odamlar hazil tariqasida shunday deyishadi: faqat ahmoq ish nima ekanligini biladi va undan qochib qutula olmaydi! Sharqda ko'p odamlar bu qoida asosida yashaydilar. Islomiy mamlakatlarda ishchilarga odatda qullar kabi muomala qilishadi. Hali ham sotsializm ta'sir qilmagan qishloq joylarda yer egalari kichik xudolarga hurmat ko’rsatadilar. Ularga qaram bo'lgan xizmatkorlar ularning qo'llarini va oyoqlarini o'pishadi. Ko'pincha ishchilar o'z maoshlarini ikki yoki uch oydan keyin olishadi, shu yo’sinda egalari ularni qochib ketishidan ushlab turishadi. Bir kuni, zavodlardan birining ishchilari ish tashlashni boshlaganlarida, zavod egasi zavodni sotdi va barcha o'ziga itoat qiluvchilarni ishdan bo'shatdi.

Sudanning janubida militsiya ba'zan qishloqlarni o'rab oladi, erkaklarni otib tashlaydi va ayollarni va bolalarni qul qilib oladi. Qur'on va shariatdagi qullik hali bekor qilinmagan. Musulmonlar o'zlarini hukmron tabaqa deb hisoblashadi. Butparast dinlarning tarafdorlarini o'ldirilishi yoki qullarga aylantirilishi kerak. Yahudiylar va masihiylarga "himoyalangan" ikkinchi toifadagi fuqarolar sifatida yashashga va o’zlarining islomiy xo’jayinlariga xizmat qilishga ruxsat berilgan (Tavba surasi 9:28-29).

Biroq, Masih bizning oramizda Xizmatchi kabi bo'ldi. U kamtar va muloyim. U Muhammad kabi savdogar emas, duradgor bo'lib ishlagan. Iso mashaqqatli mehnatga ko'nikib, tavba qilgan baliqchini Unga ergashishga chaqirdi. Masih xo'jayinlarni emas, balki xizmatkorlarni tarbiyalaydi. Bizning Xudoyimiz muloyim va sevgiga to'la. Unga ergashgan kishi Unga o'xshaydi. Imonli ish beruvchi o'z qaramog’idagilarni ekspluatatsiya qilmay, ularga g'amxo'rlik qiladi. Sotsializm, faqat masihiylik bunga yo'l tayyorlagan joyda rivojlanishi mumkin.

Demokratiya Islomga qarshimi?
Livanda ota-onalar ba'zan o'z farzandlariga eng g'alati ismlarni berishadi: Napoleon, De Goll’, Bismark, Stalin yoki Naser. Ularni maktabdagi ro'yxatga olish varaqalarida va sertifikatlarda topish mumkin. Bir kuni chorrahada bitta o'qituvchi boshqa o'qituvchiga baqirdi: “Gitler hali maktab pulini to'lamagan!” Undan so’ralganda, u qizning otasi haqiqatan ham Gitler deb atalganligini tasdiqladi. Sharqda ko'p odamlar temir supurgi bilan korruptsiyani yo'q qiladigan kuchli odamni kutishmoqda. Gamal Abdel Naser, Homeyni va Saddam Husayn xalqning katta qismi ergashtirgan yuqori darajadagi diktatorlardir. Hindistonning Sekundarabod shahridagi islomiy xarobalarning devorlarida “Sadam - butun dunyoning shohi!" so’zini o'qish mumkin edi! Musulmonlar, saylanishi mumkin, balki saylanishi mumkin bo’lmagan demokratik tarzda saylangan prezidentlarni emas, diktatorlarni, kichik Allohlarni kutmoqda. Alloh uchun o'z hayotlarini qurbon qiladigan Hisbulloh va Hamas odamlari kabi, ular o'zlarining butlari uchun kurashishga tayyorlar.

Lekin Iso dedi: “Mening Shohligim bu dunyodan emas… Shoh ekanimni o‘zingiz aytdingiz, — dedi Iso. — Men haqiqat to‘g‘risida shohidlik qilmoq uchun tug‘ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Haqiqat tarafida bo‘lgan har bir odam Menga quloq soladi” (Yuhanno 18:36-37). Musulmon Iso Butrusga nima deganini tushunishi kerak: Qilichingni qiniga solib qo‘y! Qilich ko‘targanlarning hammasi qilichdan halok bo‘ladi (Matto 26:52).

Isoga kelgan kishi o'zgaradi. Mag'rur kamtarin, dangasa mehnatkash, aqidaparast - muloyim va oiladagi dictator esa - o'z atrofidagilarga xizmatchi bo'ladi. Isoga ishonish bizni Samoviy Otamizga o'xshatib o'zgartiradi. Biz: “Sening muqaddas isming ulug’lansin" deb ibodat qilganimizda, bu iltijo yuragimizda, jamoatlarimizda va imon kelgan shaxsida ruhiy inqilobni keltirib chiqaradi. Masihiy bo'lishni istagan har bir kishi uchun ruhiy tug’ilish zarur. Bu Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masih orqali Samoviy Otamizning qudrati va sevgisi bilan amalga oshiriladi (Rimliklarga 5:5).

8.03 -- Oilada qolish kerakmi yoki undan ayrilish kerakmi?

Yaqin Sharqdagi odamlar va ko'plab musulmonlar alohida shaxs sifatida emas, balki urug’lar yoki katta oilalar sifatida yashashadi. Ular qon, ruh va urf-odatlar bo'yicha oilalari bilan chambarchas bog'liq. Ular hali ham umumiy tamoyillarga, bir dinga va bir-birlari uchun o'zaro mas'uliyatga rioya qilib, o'z qarindoshlari bilan butun bo'lib, "biz" tamoyiliga ko'ra yashaydilar. Ko'pchilik turmushga chiqadi, kasbni tanlaydi yoki hukmron doiralarda kuchli mavqega o’z urug’-aymoqlarining qarori bilan ega bo'ladi. Sharqdagi odam, uning oilasi yoki urug’-aymoqlarisiz - "hech narsa" va o'zini yo'qolgan deb his qiladi.

Katta shaharlarda odamlar alohida yashashadi va asta-sekin o'zlarini urug'-aymoqlardan ajralishadi. Shunday qilib, bugungi kunda Sharq, "biz" dan "men" ga o'tmoqda. Musulmonlar shaxsga aylanadi. Ammo, katta shaharlarning behuda hayotiga g’arq bo’lgan bo'lsa ham, uning ona qishlog'i bilan aloqa hali ham kuchli.

Sharqdagi shaxs hali ham omma orasida ahamiyatsizlik darajasiga tushib qolgani yo’q. Yaqin va O'rta Sharq aholisi hali ismi noma’lum raqam kabi his qilmaydi, lekin hali ham o’zlarini urug’-aymoqlrining bir qismi deb hisoblaydilar. U hali Amerikada va Evropaning sanoatlashgan mamlakatlarida bo'lgani kabi, ismi noma'lum bo’lib tushib ketmadi.

Ko'plab xushxabarchilar musulmonlarni Masih tamonda bo'lishga qaror qilishlariga undab, shoshiltirmasliklari kerak, chunki ular hali "men" kabi emas, balki "biz" kabi yashaydilar. Ular o'zlarining urug'-aymoqlarining ajralmas qismi bo'lganlari uchun, yuraklarida o'zlari mustaqil qaror qabul qila olmaydilar.

Urug’-aymoq - bu Masih haqidagi suhbatda eng katta to'siqdir!
Urug’-aymoqlar ichidagi an'anaviy aloqalar musulmonlar uchun masihiy bo'lish yo’lidagi eng kuchli to'siqdir! Oilada ularga odatiy bo'lmagan narsa bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Hech qanday chang zarralari urug’-aymoqning sharafiga tushmasligi kerak, ulardan biri murtad, kofir yoki xudosiz bo’lib qolish haqida gapirilmasligi kerak. Agar musulmon kommunist yoki ateist bo'lsa, rivojlanishda ruhiy og'ishlarga asoslanib bunga hali ham chidash mumkin. Ammo urug’-aymoqning masihiy bo’lgan a’zosi uchun muammo. Islomiy mazhablardan birining ta'kidlashicha, o'g'lining yoki qizining Islomdan uzoqlashishi uning onasining zinokor ekanligini anglatadi! Urug’-aymoqlar, o'z a'zolarining har biri o'z dinlariga va jamiyat talablariga qat'iy rioya qilishlariga erishish uchun bor kuchlari bilan kurashmoqda.

Musulmonlar orasida xushxabarni tarqatishni istagan kishi, masihiylikka qiziqqan kishining oilasiga tashrif buyurishi kerak va uni qarindoshlaridan ajratmasligi kerak. Yigitning ota-onasi va qarindoshlari yangi do'stlarning ishonchli va halol odamlar ekanligini ko'rishlari kerak. O'zaro ishonchga erishish juda muhim, chunki shubhali mazhablar, aqidaparastlar va to'dalar ham shaxslarning e'tiborini jalb qilishga harakat qilmoqda.

Qur'onda aytilishicha, musulmon kishi masihiylar yoki yahudiylar bilan do'st bo'lmasligi kerak, chunki u ular bilan bir xil bo'lmaguncha, uni tinch qo'ymaydilar (Moida surasi 5:51), shuningdek, masihiylar islomning barcha dushmanlari orasida eng beozor ekanliklarini, ular musulmonlarga xayrixoh va ular mag'rur emasliklari aytiladi (Moida surasi 5:82).

Tajriba shuni ko'rsatadiki, aksariyat hollarda butun urug’-aymoqlarning hammasi Masihga kelmaydi. Garchi butun oila Masihga kelishi ehtimoli juda kichik va atigi 5-10 foizni tashkil qilsada, shunga qaramay biz oilalarga xushxabar aytishga harakat qilishimiz kerak.

Urug’-aymoq bilan og'riqli uzilish
Ota-onalar yoki turmush o'rtoqlar oila a'zolaridan biri Muqaddas Kitobni yoki boshqa masihiy kitoblarini o'qiyotganini ko'rsa, ular, odatda, bunday o'qishga e'tiroz bildirmaydilar va bundan tashqari, ular unga sabr-toqat bilan munosabatda bo'lishadi va ba'zan uni ma’qullashadi. Ilm-fan va axborot davrida har bir kishi hamma narsadan xabardor bo'lishi kerak, lekin bunga ishonmaslik va unga berilmaslik kerak! Muqaddas Kitob bilimlariga yo'l qo'yiladi, ammo masihiylik bilan har qanday xayrixohlik va ruhiy aloqa man etiladi.

Yosh yigit yoki o'smir Masih va uning Xushxabariga jiddiy qiziqishi aniq bo'lgandan so’ng, odatda otasi tamonidan bo’lgan amakisidan u bilan gaplashishini, uni orqaga qaytishini va urug'-aymoqlari bilan munosabatlarni saqlab qolish uchun chaqiriq berishni so'rashadi. Yigitga ogohlantirish beriladi, ammo agar u masihiylarning haqoratli dinini tark etishga aniq va'da bermasa, jiddiy tahdidlar eshitiladi.

Agar bunday oilaning ogohlantirishlari natija bermasa, unda so’ng asta-sekin jadallik bilan oshib boradigan bir qator turli xil jazolar boshlandi. Aybdorga endi cho'ntak puli berilmaydi, kiyim-kechak yashirilgan, maktabdagi mashg’ulotlar to'xtatilgan, kaltaklanish mumkin, oilada keskin muhit va doimiy janjallar hukmron qiladi. Maktublar manzilga etib bormaydi, xat tashuvchi pora oladi va "ayblanuvchiga" pochta keltirmaydi. Uning do'stlari va o'qituvchilariga unga bosim o'tkazish topshiriladi. Kaltaklash orqali tana jarohati etkazish, ko'pincha oxiridan bitta oldingi jazo sifatida ishlatiladi. Agar qiz bola ayblansa, uni kichkina xonaga qulflashib, oziq-ovqat va suvsiz qoldirib, kundalik kaltaklashlar orqali so'zsiz bo'ysunishga harakat qilishadi. Maxsus hollarda qarindoshlar militsiyaga shafqatsiz qiynoqlarga olib keladigan ba'zi soxta ayblovlar bilan murojaat qilishadi, bu jinoyatning sababi, kontrabanda, gomoseksualizm yoki davlatga xiyonat qilish emas faqat "diniy" ekanligi aniqlangunga qadar davom etadi.

Oila a'zolaridan kelib chiqqan o'lim tahdidi, jiddiy e'tiborga olinishi kerak. Bularning barchasi nafrat, xafagarchilik va qo'rquv bilan birga keladi: “Sen tufayli bizni har kuni o’ldirmoqsalar”, deb yozadi havoriy Pavlus, “Ammo bizni Sevganning soyasida bularning hammasi ustidan ulkan g’qlaba qozonamiz” (Rimliklarga 8:36, 37).

Abadiy hayotning oxiri yo'q
Ruhiy murabbiylar bunday vaziyatda shunday harakat qilmasliklarini ko'rsatish uchun, biz quyidagi haqiqiy hikoyani aytib berishni xohlaymiz:

Bangladeshda xorijiy missionerlardan biri 16-18 yoshdagi o'smirlar guruhi bilan tanishdi. Ulardan ba'zilari Masihni qabul qildilar. G’ayrat bilan bajargan missioner ularga maslahat berdi: "Uyga boring va o’z oilangizga Iso sizga abadiy hayot berganini ayting"!

Nur ul-Alam itoat qilib, uyiga keldi va o’z otasiga aytdi: “Ota, Iso menga abadiy hayot berdi"! Ota o'g'liga diqqat bilan qaradi va so'radi: “Kim senga nima berdi?” Yigit javob berdi: "Maryam O'g'li yuragimga O'zining Ruhini va sevgisini joylashtirdi". Otasi o’zining katta o'g'illarini chaqirib: "Bambuk tayoqlarni olib keling!" dedi va yovuz ruh uni tark etguniga qadar o’z ukalarini urishni buyurdi. Nur ul-Alam keyinroq aytib berdi: "Ular meni charchagunlaricha urishdi". Keyin otam keldi va so'radi: - “Xo'sh, endi seni egallab olgan begona ruhdan sen ozod bo’ldingmi?” O'g'il javob berdi: "Ota, mendagi abadiy hayot - abadiydir. U meni tark etmaydi”. Otasi yana o’z o'g'illarini chaqirdi: "Pichoqlarni olib keling!”- deb buyurdi. Ular uning kiyimlarini yirtishdi va terisiga xoch shaklida, bo'ynidan to oyoqqa qadar kesdilar. Bola ularning oldida qon tokilib turganida, otasi yana keldi va so'radi: "Endi sen abadiy yolg'on ruhidan ozodmisan?” Lekin o'smir ko'z yoshlari bilan javob berdi: "Ota, siz meni o'ldirishingiz mumkin. Lekin men abadiylikda yashayman. Masih bilan bo’lgan yangi hayot menda hech qachon o'chmaydi". G'azablangan ota katta o'g'illariga buyurdi: "Tuz va qalampir keltiring!” Ular boshidan to oyoqlarigacha bolaning yaralariga ziravorlar surtishdi. U og'riqdan baqirdi. Ular uni do'zaxdan qutqarmoqchi bo'lganliklari uchun u bilan birga yig'lashdi. Endi bunga dosh bera olmasligidan, ular tuz va qalampir bilan ishqalangan o'smirni yerga yotgan holda qoldirib ketishdi. Bir muncha vaqt o'tgach, tun boshlanganda, yigit uydan qochishga muvaffaq bo'ldi. U daryoga yetib borib, yaralarini yuvdi, kichkina qayiqni topdi va unda missionerni uyigacha suzib borib, uyini taqillatdi va kutib turdi.

U kishi eshikni ochganida va qonli o'smirni ko'rganida, u shok holatida: “- Uyimga kirmasliging kerak, chunki seni allaqachon qidirishayotgan bo'lishing mumkin. Bir necha kilometr narida bizning jamoatga keluvchilardan bo’lgan sodoqatli oilaning uyi loylashgan, ular seni qabul qilishadi”- dedi. Shunday qilib, o’smir tanasida ko'plab kesilgan yaralari va qoni bilan tunda yolg'iz o'zi yurishi kerak edi.

Missionerlar G'arb usullari bilan musulmonlarni xushxabarlash uchun yosh imonlilardan foydalanmasliklari, aksincha ularga hamdard bo’lib va ular uchun javobgarlikni olib, ularning atrof-muhitini va his-tuyg'ularini tushunishga harakat qilish kerak.

Donolik va sodoqat zarur
Yangi imonlilar tavba qilishganidan keyin darhol ular ochiqdan-ochiq guvohlik berishlari uchun chaqiriq berilmasligi kerak; yangi tug'ilgan chaqaloq hali yura olmaydi va gapira olmaydi. Yangi imonini ifodalash uchun to'g'ri vaqtda to'g'ri so'zlarni gapirishni o'rganmaguncha, yangi tavba qilgan imonli birinchi navbatda so'z, donolik, ibodat va sevgida, pishib yetilishi kerak. Ko'pincha, u o'z oilasiga o'z imoni haqida ochiq guvohlik berish imkoniyatiga ega emas, faqat uning yangi hayot tarzi, xizmati, mehribonligi va ibodati orqali unda sodir bo'lgan o'zgarishlarni ko'rsatadi.

Yangi tavba qilgan kishi stress va bosim tufayli otasining uyini vaqtidan oldin tark etmasligi kerak. Agar uni uyning old eshikdan chiqarib tashlansa, u orqa tomondan kirishga harakat qilishi kerak. Yer yuzida hech kim uni ota-onasi va qarindoshlari kabi sevmaydi! Uning sukut saqlashi, muloyim xizmati va ota-onasiga bo’lgan hurmati, ko'pincha nafrat va g'azabga olib kelishi mumkin bo'lgan so'zlardan ko’ra ko'proq gapiradi. Biroq, yangi imonlining hayoti xavf ostida qolsa, mas’ul ruhiy maslahatchi yoki yangi imonli tegishli bo'lgan jamoat guruhi uni o'ziga qabul qilib, uni himoya qilishi va huquqlarini himoya qilishi kerak. Ammo, bunday qadamlarni qo'yayotganda, biz voyaga yetmaganlarga boshpana berishga huquqimiz yo'qligini yodda tutishimiz kerak, chunki qonun bunga yo'l qo'ymaydi.

Agar er-xotinlardan biri Masihga ishonadigan bo'lsa, er-xotin ajralishga tahdid soladi. Erning islomdan chiqib ketishi ayolga nikohni bekor qilish huquqini beradigan sabablardan biridir. Bunday holda, bolalar u ayolga tegishli bo'ladi. Agar erkak kishi xotining Masihga bo'lgan imoni tufayli xotinidan ajrashadigan bo’lsa, ayol o'z farzandlariga bo'lgan barcha huquqlarini butunlay yo'qotadi va uydan chiqarib yuborilishi mumkin. Biz Iso uchun Islom dunyosida alohida bo’lib qolgan onalar nimalarga chidashini tasavvur qila olmaymiz.

Qochish kerakmi yoki chetlab o’tish?
Musulmonlar kamdan-kam hollarda o’zlarining oila a'zolarini qiynoqqa soladilar va o'ldiradilar. Barcha musulmonlarning uchdan ikki qismi ozmi-ko'pmi liberal va dinga unchalik qiziqmaydi. Biroq, Islom jamiyatida o'z obro'sini va ta'sirini yo'qotmaslik uchun, ular o'zlarining muhitida islomdan chiqib ketganlarga toqat qilishga yo’l qo’ya olmaydilar. Ular murtadni o'zidan ajratishga harakat qilishadi yoki iloji bo'lsa, uni chet elga yuborishadi.

Ammo musulmonlarning uchdan bir qismi hali ham o’z nafratini Isoga imon keltirganlarga yo'naltiradi. Ular uni "qutqarish" uchun yoki uni jazolashni, yoki itoatsizlik holatida yo'q qilishni o'zlarining vazifalari deb hisoblashadi. O'z qarindoshlaridan kimdir masihiylikni qabul qilgan bo'lsa, bu ikkala tomon uchun ham juda og'riqli. Ammo ulardan faqat bir nechtasigina tavba qilgan odamni o'ldirish uchun mutaassibdir.

Bugungi kunda o'lim xavfi ostida bo'lgan yangi imonlilar uzoq vaqt kutishmaydi, balki o'ldirilishdan oldin qochishadi. Ular o’z do'stlarinikiga yashirishadi yoki mamlakatni boshqa birovning ismi bilan tark etishadi.

O’zida Masihning sevgisini his qilgan, lekin hali ham mustaqil "men" o'rniga "biz" ostidagi urug’-aymoqlariga qaram bo'lgan yangi imonli, uning qarindoshlari ham Isoga kelishlarini xohlaydi. Lekin, shuning uchun ham ular uni rad etishadi va yomon ko'rishadi (Yuhanno 16:1-4). Shunga qaramay, ko'plab yangi imonlilar qamoqxona nazoratchisiga murojaat qilgan Havoriy Pavlusning guvohligiga qattiq yopishib olishgan: “Rabbimiz Iso Masihga ishongin,sen o’zing va butun xonadoning najot topasizlar” (Havoriylar 16:31).

Biz imonga kelganlarni bu azob-uqubatdan qutqarmasligimiz kerakmi? Imonlilar qayta-qayta so'rashadi: "Agar Isoga ishonish shunchalik og'riq keltirsa, musulmonlarga o'z dinlarida najot topish imkoniyatini berish rahmdilliroq emasmi?" Kimki shunday o'ylasa, u na Muhammadni, na Masihni tushunmagan. Islomda najod yo'q, gunohlarning kechirilishiga ishonch yo'q, oqlanish yo'q, tinchlik, Muqaddas Ruh va abadiy hayot yo'q. Masihsiz musulmon halokatga mahkum va ruhan o'likdir! Faqat Xudoning O'g'li aytishi mumkin: “Men yo’l, haqiqat va hayotdirman.Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi” (Yuhanni 14:6). Haqiqiy Xudoga boshqa yo'l yo'q, faqat xoch orqali! Kimki azob-uqubatlardan saqlanishni istasa, xochdagi o’limdan Isoni ushlab qolishni xohlagan Butrusga o'xshaydi (Matto 16:22-23). Butrusga bergan Isoning javobi, yangi imonlilarni azob-uqubatlardan qutqarishga harakat qilayotgan har bir kishiga qaratilgan.

Rabbimiz aniq aytdi: “Men uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bola yoki yer-mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortiqrog‘ini topib, abadiy hayotga noil bo‘lajak” (Matto 19:28-30; Mark 10:29-30; Luqo 18:29-30). Keyin Iso yana bir qadam tashladi va shunday deydi: “Ota yoki onasini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas. O‘g‘li yoki qizini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas. Kimki o‘z xochini olib, ortimdan ergashmasa, Menga loyiq emas. O‘z jonini ayamoqchi bo‘lgan uni yo‘qotadi. Men uchun jonini yo‘qotgan esa jon topadi” (Matto 10:27-29; 16:24-25; Luqo 9:23-26; Yuhanno 12:25).

Bu so'zlarni boshqalarga gapirish yoki yozish oson, lekin ularni amalda bajarish juda qiyin. Shuning uchun bizning birinchi burchimiz, Masih uchun ta'qib bo’layotgan barcha imonlilarni ruhiy oilamizga qabul qilish va va ular o'zlariga g'amxo'rlik qilgunlariga qadar ularga g'amxo'rlik qilishdir.

Tavba qilgan kishi ruhan o'sib borayotgan va uning urug'-aymoqlarining "biz" dan ajralib chiqayotqan davrda, u imonda tajribasiz bo'lishiga qaramasdan, uni yengib o'tish kerak bo'lgan maxsus vasvasalarga duch keladi.

Qaysi vahiy haqiqat?
Tavba qilgan kishi hali musulmon bo’lganida, Tavrot, Zabur, Xushxabar va Qur'on bir xil samoviy kitobdan kelib chiqqan va bir-biri bilan uyg'unlashgan deb o’ylaydi. Ammo qisqa vaqt ichida u Muqaddas Kitob va Qur'on o'rtasidagi ajoyib farqni topadi. Xushxabar 50 marta Iso Xudoning O'g'li ekanligi haqida guvohlik beradi, Qur'on esa 17 marta buni inkor etadi. Isoning yer yuzidagi hayotining so'nggi kuni, Xushxabarda Uning azoblari va o'limi haqidagi g'ayrioddiy tafsilotlar bilan tasvirlangan. Qur’on aytadi: “Holbuki, ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun o‘xshatib qo‘yildi, xolos” (Niso surasi 4:157). Xushxabarda Xudo - Otamiz, bizning Otamiz ekanligi haqida 187 marta eslatib o'tilgan. Qur'on, Alloh hech kimning otasi bo'lmagan va unga o'xshash hech kim yo'qligini aytadi (Ixlos surasi 112:1-4). Muqaddas Kitobda biz, ajralish taqiqlangan bir nikohli haqida, dushmanlarni kechirish va Muqaddas Ruh Masih izdoshlarida yashayotgani haqida o'qiymiz. Musulmonlarning muqaddas kitobida, Alloh ko'pxotinlilikka ruxsat beradi, erkak ajrashish huquqiga ega va xohlagan vaqtda ajirashishga topshirishi mumkin. Bu qasos olishga imkon beradi va "qon puli" to'lashni talab qiladi. Hech kim ilohiy ruhni qabul qila olmaydi - yolg'iz Alloh buyukdir! Qolgan barcha uning qullari - hatto Iso va Muqaddas Ruh!

Shubhasiz, tavba qilgan kishi ikkilanishga duch keladi: Kitoblarning qaysi birida haqiqiy vahiy bor va qaysi biri yolg'on va aldoqchi? Bu savolni tashqaridan so'rash kerak emas. Bu uning ichida, yuragida tug’ladi. Biz unga tayyor javoblarni bermasligimiz kerak. Uning o'zi o'z urug'-aymoqlari va o’z do'stlarining hujumlariga qarshi turishi uchun haqiqatni fahmlab olish kerak. Biz unga ibodatda hamroh bo’limiz kerak, uning vaziyatida zarur bo'lgan Muqaddas Yozivlardagi oyatlarni uning yodiga tushurib, U o'zini Xudoning Kalomi orqali anglab etguniga qadar, uni har qanday qiyinchilikda qo'llab-quvvatlang: faqat Muqaddas Kitob Xudoning haqiqiy So'zidir! Faqatgina U hayot va kuchga to'la. Qur'on esa yo'ldan ozdiradi, u - uydirma vahiy va Kalomga qarshi ruhning mahsulidir.

Kechirilmaydigan gunohlar
Yangi tavba qilgan kishining mohiyatiga ta'sir qiluvchi ikkinchi vasvasa, Qur’onda keltirilgan uchta kechirib bo’lmaydigan gunohlardir:

Allohdan o'zga xudoga sajda qilgangan har bir kishi la'natlanadi (Tavba surasi 9:30).

Islomni tark etgan va Masihiy bo'lgan har bir kishi uch marta la'natlanadi (Baqara surasi 2:161).

Qasos olish huquqisiz, qasddan musulmon odamni o'ldirgan har qanday odamga Allohning g'azabi tushadi (Niso surasi 4:93). Shunday qilib, musulmonni Isoga taklif qiladigan kishi, uni Xushxabardagi Muqaddas Ruhga qarshi kufrlik gunohiga to'g'ri keladigan ikkita islomdagi kechirib bo'lmaydigan gunohlarni qilishga undaydi. Agar masihiydan Uch Birlikning birligiga qarshi kufrlik qilishni taklif qilinsa, u ikkilanmasdan, g'azab bilan rad etadi. Yangi tavba qilgan kishi aynan ushbu to'siqni yengishi kerak: Masihni va abadiy hayotni topish uchun, endi u ilgari unga muqaddas bo'lgan narsalarga qarshi o'z ixtiyori bilan "gunoh" qilishga majbur. Shuning uchun uni shoshqaloqlik bilan qaror qabul qilishga undash kerak emas, balki u bilan ibodat qilish va uni yanada chuqurroq ildiz otishga va Xushxabarda o'zini mustahkamlashga yordam berish va ularga tasalli berish kerak (Rimliklarga 8:14-16; 1 Korinfliklarga12:2-3).

Yangi imonlilarning qulog'ida, Qur'onning islomdan voz kechgan har bir kishi o'zining yaxshi ishlarining qadr-qimmatini yo'qotishi va hukmda Alloh oldida hech narsasi bo'lmasligi haqida ogohlantirishi haligacha jaranglaydi (Kahf surasi 18:105; Ankabut surasi 39:65 va boshqalar). Masih bizni ishontiradi: “Mening inoyatim siz uchun yetarli! Sizning ishlaringiz sizni oqlamaydi. Mening to'kkan qonim - bu sizning solihligingiz!"

O'limga hukm qilingan
Islomdan kechib tavba qilgan har bir odam yutishi kerak bo'lgan achchiq dori, bu shariatning o'ziga xos hukmidir: o’zgargan “o’lishi” kerak (Baqara surasi 2:217). Qizig'i shundaki, Qur'on uni "o'ldirish" kerak deb aytmaydi. Bu haqiqat islomiy qonun chiqaruvchilarni Muhammadning an'analariga murojaat qilishga, uning biron bir "og'zaki" hikoyalari islomiy hokimiyat tomonidan tavba qilgan kishini o'ldirishni talab qiladimi deb aniqlashga undadi. Musulmonning Qur'onni to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmasdan o'limga hukm qilinishi noqonuniy bo'lganligi sababli, islom huquqshunoslar qonunning islomiy xizmatchilarining urf-odatlari va maxsus kelishuviga (konsensusiga) asoslangan holda uni chetlab o’tish yo’li bilan huquqni qo'lga kiritdilar. Ular faqat hukmni ijro etishdan oldin dastlabki qamoq muddati qancha ekanligi haqidagi fikrlarda kelisha olmayapdi. Bazilar uch kun, boshqalari esa bir oy, maqsad bu vaqtda mahbuslarga yana tashlab ketgan e'tiqodlariga qaytishi uchun islomni yana bir bor tushuntirishni aytadilar. Ikkinchi bor chaqiruvni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, ayblanuvchini o'limga topshiriladi.

Biroq, aksariyat islomiy davlatlarda tavba qilganlarni eng yuqori jazoga hukm qilmaydi! Umum e'tirof etilgan inson huquqlari shariatga ziddir! Shuning uchun liberal islomiy hukumatlar bu islomiy qonunni bajarishdan bosh tortadilar. Ular Qur'onning "bu o'limni ijro etish" yoki uning "o'ldirilishi" haqida emas, balki tavba qilganlarning "o'limi" haqida gap boradigan yagona oyatga ishora qiladilar (Baqara surasi 2:217). "Alloh uni hukm qiladi va u bir kun o'ladi; hukumat uni o'ldirish uchun hech qanday buyruqqa ega emas", - deydi ba'zi liberal huquqiy maslahatchilar.

Biroq, musulmonlar orasida fundamentalistlar boshqacha fikrda. Ular shariatning to'liq bajarilishini va musulmonlikdan ketgan kishining shafqatsiz qatl qilinishini talab qiladilar. Shu sababli, yangi tavba qilganlar haqiqatga to’g’ri kelmaydigan jinoyatlarda ayblanmoqda. Ular qamoqqa olinadi, so'roq qilinadi, qiynoqqa solinadi, toki ba'zi chet ellik siyosatchilar yoki prezidentlar ular uchun o'z so'zlarini gapirib, ularni ozod qilinishini talab qilgunlariga qadar, ularni ozod qilish masalasi bir necha oy mabaynida ko’rib chiqiladi. Qamoqdagi ayrim yangi tavba qilganlar, agar ular yana Islomiy ta'limotni tan olishni boshlasalar, darhol ozod qilinishlari haqida va'da qiladilar.

Qamalgan onalardan biri javob berdi: "Men Iso Masihsiz farzandlarimga g'amxo'rlik qilishdan ko'ra, qamoqxonada Iso Masih bilan qolishni afzal ko'raman". Bir ota o’z farzandlari uchun islom ta'limotni ikkich marotaba tan olganida, qamoqxona nazoratchilari uni ustidan kulib: “Sen o'z oilang uchun Islomni qabul qilib, islomni yana qaytadan qabul qilgandek tutma. Yuragingda esa masihiycha qolding va shuning uchun ozodlikka chiqmaysan”- dedilar.

G'arbda va Koreyadagi ko'plab masihiylar musulmonning Masihiy bo'lishi nimalarga olib kelishi haqida tasavvur ham qila olmaydilar. Liberal davlatlarda, Masihning izdoshlarini o'ldirmagan joylarda, uning fundamentalist urug’-aymoqlari yer yuzidan uning sharmandali ismini yo'q qilish va undagi "yomon" tabiatni o'ldirish majburiyatini o’ziga oladi. Saudiya Arabistoni, Eron, hamda Pokiston va boshqa konservativ Islomiy davlatlarda o'lim jazosi ommaviy ravishda amalga oshiriladi. Marokashning sobiq shohi Hasan II Xalqaro Amnistiya delegatsiyasining savoliga javob berdi: “Mamlakatimizda quyidagi qonun amal qiladi: Alloh - mamlakatning shohidir. Agar kimdir kelib, islomdan ko'ra yaxshiroq bo'lgan boshqa din borligini da'vo qilsa, biz uni ruhiy salomatligi bilish uchun uni tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz. Agar u sog’lom bo'lsa va o’zining xudosiz tashviqotini davom ettirsa, biz uni jazolashga majburmiz”.

Barcha masihiylar musulmonmi?
Biroq, yangi imonlilarning yo'lida yuzaga keladigan eng makkorona vasvasa, bu yaxshi niyatli missionerlardan keladi. Qur'onda Masihning barcha izdoshlari musulmon ekanligi haqida ikkita oyat bor (Oli Imron surasi 3:52; Moida surasi 5:111). Ammo Qur'onning sodda o'quvchilari, bu ikki oyat Shimoliy Yaman masihiy delegatsiyasi uchun Muhammad tomonidan qo’yilgan yashirin tuzoq bo'lganligini bilishmaydi. Bu oyatlarda u Masihning havoriylarining og'zini namlaydi, episkop va Vodiy Najran qiroli tushunishlari uchun, go’yoki ular har doim sodiq musulmonlar bo’lganliklarini tan oladi: agar Isoning havoriylari musulmon bo'lsa, ular ham musulmon-masihiy bo'lishlari mumkin! Shunda ularni tinch qo’yadi va ta'qib qilishni to'xtatadi. Ammo Shimoliy Yaman qiroli va uning episkopi ruhanda hushyor bo’ldilar va bu tuzoqqa tushmadilar. Ular masihiy bo'lib qolishdi va bir necha yil o'tgach qullikka tushishdi, keyin ularning o’z mamlakatlaridan quvg'in qilishdi. Bugun Muhammadning bu vasvasali pichirlashi barcha qit'alarda yana eshitilmoqda: "Siz Masihni ochiq va bir tomonlama tan olishingiz shart emas. Allohga va Muhammadga ishoning! Siz bir vaqtning o'zida musulmon va masihiy bo'lishingiz mumkin. Axir, masihiy yahudiylar bor, nima uchun musulmon masihiylar bo'lmasligi kerak!”

Bunday soxta payg'ambarlar na islomni va na Iso Masih va Havoriy Pavlusning qat’iy so'zlarini bilishmaydi. Islom masihiylikka qarshi ruhdir (1 Yuhanno 2:21-25 va 4:1-5) va u osmondan tushirilb yuborilgan farishta orqali soxta vahiyni taqdim qiladi (Galatiyaliklarga 1:8-9). Musulmonlar umumiy aldash ruhi bilan bog'langan va ular Masihning kuchi bilan ozod bo’lishga muhtojdir. Kimki xochga mixlangan Xudoning O'g'lisiz musulmonlarni xushxabarlash mumkin deb o'ylasa, u Matto 10:32-33; 16:23-25; Rimliklarga 1:16-17; 1 Korinfliklarga 1:18-24 va boshqalardagi Isoning so'zlari bilan hukm qilinadi.

Sudanning sobiq prezidenti, Turobi, Qur'ondangi bu ikki oyatdan foydalandi va Sudanning barcha masihiylari musulmon ekanliklari va masihiy erkaklar Sudanlik musulmon qizlariga uylanishi mumkinligini rasman e'lon qildi. Shunday qilib, u Baloqga aralash nikohlar orqali o'z xalqini Isroil bilan yaqinlashishini maslahat bergan, Balom yo’lidan ketdi. Shunday qilib, urug'-aymoqlarning urf-odatlari bir necha yil ichida barcha isroilliklarni yutib yuborishi mumkin edi (Chiqish 31:16; 2 Butrus 2:15; Yoqub 1:11; Vahiy 2:14). Turobi Saudiya Arabistonidagi diniy adolat tizimi tomonidan islomga qarshi yondoshgani uchun hukm qilingan.

Kontekstualizatsiya noto'g'rimi?
Islomni masihiylik bilan aralashtiradigan kontekstualizatsiya o'qituvchilarining maqsadi aniq. Agar imonga kelgan kishi musulmonga o'xshasa va musulmon bo'lib qolsa, lekin ayni paytda masihiy bo'lsa, u quvg'inlar, azob-uqubatlar va o'limlarni boshdan kechirmaydi va o’z jamoatini muammolar, xavf-xatarlar va doimiy qurbonliklardan qutqaradi. Ammo bunday o'qituvchilar aslida suvni olov bilan aralashtirib bo'lmasligi, tun hech qachon kun bilan birlashmasligini unutishadi. Oqshom bu o'zgaruvchan holat emas, faqat o'tish davri!

Misrda har ikkala dinni birlashishini targ'ib qiluvchi kontekstual missioner maxfiy xizmat xodimini Masihga olib keldi va u musulmon bo'lib qolishi va shu bilan birga masihiy bo'lishi mumkinligiga ishontirdi. Ofitser bu fikrni darhol qabul qildi, chunki missioner ikkala ijtimoiy doiraning eshiklarini ochdi. U, o'z navbatida, ko'plab musulmonlarni bunday bir-biridan ajiralmagan yoki dinlarning aralashuviga olib keldi. Ammo bir yarim yil o'tgach ofitser, u na baliq, na go'sht, na yaxshi musulmon, na haqiqiy masihiy ekanini his qildi va boshqa jamoatda suvga cho'mdi. Keyinchalik uning maxfiy xizmat hamkasblari uni islomdan voz kechishda ayblashdi va ofitser o'z vaqtida islomdan voz kechganlarni qaytarish uchun o’zi qo'llagan barcha qiynoqlarni qo'llash orqali uni jazolashdi. Lekin u Isoga sodiq qoldi va do'stlari yordami bilan mamlakatni tark etdi.

Bir oz vaqt o'tgach, kontekstualizatsiya siyosatini olib boruvchi guruh qo'lga olindi va qamoqqa tashlandi. Gazetalar g'azab bilan katta sarlavha ostida shunday yozdi: "Islomiy teridagi masihiy bo'rilar nodon musulmonlarni yo'ldan ozdirishga harakat qilmoqda!” Xorijiy oilalar o'z mamlakatlarining elchixonalari tomonidan qamoqdan ozod qilindi va Misrdan haydab chiqarildi.

Xushxabarning bunday erkin fikrlaydigan sodda do'stlari, ehtimol, ular musulmonlar orasida missionerlik xizmati mamlakatda yo’ldan urush va tinchlikni buzish sifatida ko'rilishini hech qachon bilishmagan. Qur'onga ko'ra, bu xatti-harakat qotillikdan ko'ra jiddiyroq baholanadi (Baqara surasi 2:217). Davlatda muammolarni keltirib chiqaradigan kishi o'ldirilishi yoki xochga mixlanishi mumkin. Bundan tashqari, jinoyatchining qo’llaridan birini va qarama-qarshi oyog'ini kesib tashlash yoki uni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega (Moida surasi 5:33). Qur'on va shariatga ko'ra, missionerlik xizmati jiddiy jinoyat hisoblanadi. Yolg'onchilar ham, shuningdek, aldanganlar ham, ular chodirlarda missionerlik sifatida harakat qiladimi yoki musulmon masihiylar sifatida yashirincha yashaganlaridan qat’iy nazar, o'limga hukm qilinishlari kerak. Musulmon sifatida kiyingan va o'zini musulmon deb ko'rsatgan, ammo aslida missionerlik qilayotgan Masihning guvohi, u dindan qaytgan musulmon sifatida qaraladi va islom qonuniga ko'ra, o'lim bilan jazolanadi. Bunga qo'shimcha ravishda, u ikkiyuzlamachi, yolg'onchi va bid'atchining tamg'asini oladi. Shariatga ko'ra, u voqea joyida, sud yoki tergovsiz o'ldirilishi mumkin.

Musulmon ko'pincha shariatning batafsil qonunlarini bilmaydi. Shuning uchun musulmonlar orasida kim xizmat qilsa, odamlarni Isoga juda tez va yuzaki olib kelmasligi kerak. Bundan tashqari, ularni erta suvga cho'dirmasliklari kerak. Yosh imonli, masihiy bo'lish nimani anglatishini bilishi muhim. Ruhiy yetuklik suvga cho'mganlarning ko'p sonli hisobotlariga qaraganda ancha muhimdir. Sifat har doim miqdordan ko'ra muhimroqdir.

Uning barcha shaxsiyatini hisobga olgan holda, musulmonning islom jamiyatidan, urug’laridan, oiladan chiqib ketishining bu ketma-ket qadamlarini kim o'ylasa, u yangi imon keltirgan kishining holatini Havoriy Pavlusning holatiga o'xshashligini tushunadi, u bir paytlar aytgan:

Sen tufayli bizni har kun o‘ldirmoqdalar, Qurbonlik qo‘ylar deb hisoblaydilar».

“Ammo bizni Sevganning soyasida bularning hammasi ustidan ulkan g‘alaba qozonamiz. Men aminmanki, na o‘lim va na hayot, na farishtalar va na jin-ajinalar, na hozirgi va na kelgusi hodisalar, na balandliklar va na chuqurliklar hamda na yaratilgan boshqa biron mavjudot Rabbimiz Iso Masih shaxsidagi Xudo sevgisidan bizni judo qilishga qodir emas.” (Rimliklarga 8:36-39)

8.04 -- Mavjud bo’lgan jamoatlarga tavba qilganlarni qabul qilish

Islom dinidan kelib chiqqan Masih izdoshlari jamoatga qabul qilish, ko’pincha boshidan kechiradigan eng og'riqli daqiqalardan biridir. Osiyoda va Afrikadagi, ba'zan hatto Evropadagi pravoslav, rim-katolik va protestant jamoatlarining aksariyati, islomdan kelib yangi tavba qilganlarni qabul qilishga moyil emas. Bu bir qator sabablarga bog'liq:

● Ko'pincha musulmonlar faqat moliyaviy yordam izlaydilar va o'z dinlarini ko'ylak kabi, pul uchun o'zgartirishga tayyor, ammo bularning barchasi faqat yuzaki va ularga yordam berib yurilgan vaqtchadir. "Kimning nonini chaynaman, uni qo'shiq’ini aytaman!». Ushbu tamoyil islom dunyosida ham ishlaydi.

● Ba'zan masihiy qiz yosh bir musulmonni, unga turmushga chiqish uchun, suvga cho'mishga undaydi. Har ikkisi ham aralash nikohlar o'z jamiyatida xush ko'rilmasligini bilishadi. Yoshlarning niyati yaxshi bo'lishi mumkin, ammo urug’-aymoq, qonun va jamiyat ularga qarshi chiqadi. Bunday harakatlar ko'pincha musulmonlar uchun sharmandalik deb hisoblanadi va o’zi bilan ko'p muammolarni olib keladi.

● Diniy ozchiliklar haqidagi islom qonunlariga ko'ra, musulmonlar orasida har qanday missionerlik faoliyati taqiqlangan (Baqara surasi 2:217; Moida surasi 5:55). Musulmonlarga xushxabarni o'z jamoat a'zolaridan “biri" orqali yetkazadigan jamoat, jazolanishi va oxir-oqibat yopilishi mumkin. Ko'rinib turibdiki, ruhoniylar, cho’ponlar va yepiskoplar o'z jamoatlarining hech bir a'zosi, xoh ixtiyoriy ravishda yoki xoh boshqa birovning jamoat buyrug'iga binoan, musulmonlar orasida hech qanday xushxabar xizmatida oshkora ishtirok etmasligiga katta e'tibor berishlari kerak. Aks holda, ularning jamoatlari hokimiyat tomonidan taqiqlanishi mumkin.

● Cho’pon ularni suvga cho'mdirib, jamoat a'zolari sifatida qabul qilishlari uchun, xushxabarchilarning ba’zi xorijiy guruhlari vaqti-vaqti bilan qiziqqan musulmonlarni mahalliy jamoatga olib boradilar. Biroq, mas'ul rahbarlar ularga qiziqish ko'rsatmasligini va yangi imonlilarni qabul qilishdan bosh tortayotganini ko'rganda, ular juda hayron qolishadi. Bunday missionerlar, ular o’zlarining xushxabar faoliyatini qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lgan jamoatlarning ayrim rahbarlarining yordamisiz, bilmagan holda ishni boshlamasliklari kerakligini unutishadi. Jamoat rahbarlari ularning ishlari haqida oldindan xabardor bo'lishlari va o'zlarining ibodatlari orqali va yangi imonlilarni o'z oilalariga qabul qilish, ularni barcha hujumlardan himoya qilish va ularni keyingi qadamlarga yo'naltirish uchun, mavjud guruhning xizmatini qo'llab-quvvatlashga rozilik bildirishlari kerak.

● Qush, tuxum qo'yishdan oldin, uya quradi. Har bir narsada o'z ketma-ketligi bo'lishi kerak. Suningdek, islom mamlakatlarida missionerlik xizmatini bajarishni istagan har bir kishi, avvalo mavjud jamoatlar ichida yoki tashqarisida bo'lajak xizmatni, uning ehtiyojlarini va umuman barcha ishlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lgan ibodat guruhlarini tuzishi kerak. Bunday ibodat guruhlarini to'playdigan kishi, qisqa vaqt ichida o’z maydonini tark etgan g’ayratli missionerlardan ko’ra ko'proq hosilni ko'radi. Har bir jamoatda imonsizlar orasida xizmat qilishni istagan odamlar bor. Biz ularni topish uchun ibodat qilishimiz kerak.

Imonlilar bilan munosabat
Agar musulmon, urug’-aymoqlaridan va jamiyatdan og'riqli quvg'indan keyin, ruhiy o’sish uchun imonlilar, jamoat va uning xizmatchilari bilan muloqotga kirishga harakat qilsa, u odatda uni hayratda qoldiradigan holatga duch keladi. U shunday his qiladi: Ular menga ishonmaydilar! Ular sadaqa so'rash yoki qizlaridan birini yo'ldan ozdirish uchun kelgan deb o'ylashadi. Ba’zan unga, huddi uni ayg’oqchi kabi qabul qilishgandek tuyuladi! Bu holat go'yo kimdir jamoat eshigiga kirganida uning ustiga bir chelak muzli suvni quyganga o'xshaydi!

Albatta, musulmonlar kundalik hayotda ko'p masihiylarga qaraganda boshqa so'z birikmalaridan foydalanadilar. Ammo ular bir xil so'zlarni ishlatishsa ham, ular boshqacha ma'noga ega bo’ladi. Ular masihiylardan farqli ravishda kiyinadilar va o'zlarini boshqacha tutadilar. Ularni ko'rinmas devor ajiratib turadi.

Shuning uchun, yangi tavba qilgan imonliga kerak bo'lgan birinchi narsa bu ishonch, tushunish va sevgidir! Imon va ibodatlar bilan to'lgan birodarlar, u bilan uchrashishi, suhbatlashishi, uni uyiga taklif qilishi va unga, o’zlariga o'xshashlaridan biri ekanligini va ularning hammasi bir oilaga tegishli ekanliklarini his qilishiga yordam berishlari kerak! Ammo bunday taklif turmushga chiqmagan qizlari bor bo'lgan oiladan kelib chiqmasligi kerak, chunki u buni noto'g'ri tushunishi mumkin.

Yangi imonlilar o’zlarini uydagidek his qilishlari uchun, jamoat qush uyasiga aylanishi kerak. U izlayotgan va urug’-aymoqlaridan chiqarib yuborilgandan keyin kerak bo'lgan narsa, Isoning izdoshlari bilan muloqotdir, bu uning uchun yangi "biz"ni yaratadi. Jamoat uning yangi oilasi bo'lib, unda kam odam omon qoladi. Shuning uchun, jamoatni tavba qilganlarni qabul qilish uchun tayyorgarligi, xushxabarning o'zi kabi muhimdir.

Cho’ponlar va oqsaqollar yangi imonlilardan minbarda yoki boshqa balandlikda o’z imonlari haqida guvohlik berishlarini so'ramasliklari kerak. Aks holda, teskari reaktsiya bo’lishi mumkin, natijada tavba qilgan mag'rurlanib ketishi mumkin va tez orada sovun pufagi singari portlashi mumkin. Unga jamoada kichik xizmat va guruhda mas'uliyatli vazifalarni berishi kerak, shunda u boshqalar singari o’zini yaxshi his qiladi. Bizga o'xshab, u ham Xudoning inoyati orqali oqlanadi.

Imonlilar oilasida yangi imonlini qabul qilish, uni himoya qilishni ham anglatadi. Yaqin Sharqdagi mehmondo'stlik musulmonlar va masihiylar uchun muqaddasdir. Bir birodar bir marta, tavba qilgan kishining qasoskor qarindoshlarini uyiga kirishishni taqiqlab qo'ydi va dedi: "Sizlar mening birodarimni faqat mening jasadim orqali olasizlar!” Ular arab mehmondo'stlik qonuni sababli to'xtatilgan holda, hech narsasiz ketishdi.

Yuzingdagi ter orqali, o’z noningni yeysan!
Musulmon masihiy bo'lib, musulmon orasida yashashni davom ettirganida, u odatda ishini yo'qotadi, chunki u endi Alloh, uning farishtalari va barcha musulmonlar tomonidan la'natlangan (Baqara surasi 2:161). Ular uchun u nopokdir (Tavba surasi 9:28). Hech bir musulmon cho'chqa go'shtini iste'mol qiladigan va sharob ichadigan kishiga ish berish yoki muloqot qilish huquqiga ega emas!

Cho’pon yoki jamoat yetakchisining hayotiy muhum vazifalaridan biri, yangi imonlilar uchun imkon qadar tezroq ish topish yoki yaratish zaruriyati. Tavba qilganlarni oilalarda tushlikka takluf qilishning o’zi yetarli emas. Vaqt o'tishi bilan bu hatto kamsitilish kabi bo'lishi mumkin. Yangi imonlilarga kichik yoki katta pul sovg’alar berish kerak emas! Ular qandaydir tilanchi emas, balki bizning aka-uka va opa-singillarimizdir. Ularga kerak bo'lgan narsa - bu ishonchli ish yoki kasbga ega bo’lish uchun o'qish. Ulardan ba'zilari birinchi navbatda ish - sharmandalik emasligini tushunishlari kerak. Bu sohada ham muammolar oz emas.

Bir jamoatning cho’poni yiliga bir necha marta yangi imonlilarga jamoat binosining ichkarisidan oqartirishni topshirdi. Shunday qilib, u ularga muhim ish bilan band bo'lish hissini berishga harakat qildi. Boshqa bir jamoat ulardan o'tinni kesish, bog'ni chopish, uyni va hovlini tozashlash, pochta xabarlarini tarqatish, qo'lyozmalarni chop etish, tarjima qilish, kitoblar sotish va boshqa ishlarni qilishni so’rashdi, shunchaki boqish (choy puli) emas, ularni haqiqiy daromad bilan ta’minlash edi.

Yangi imonlilar ko'pincha biror kasbiy yoki maktab ta'limiga ega emaslar. Ba'zi qizlar tikuvchilik mashg’ulotlariga, yosh bolalar - kompyuter malakalarida, keyinchalik taksi haydovchisi sifatida ishlashlar uchun, haydovchilik qilish huquqlarida muhtojlar. Ba'zilarga maktab ta'limini tugatish uchun stipendiya kerak bo’ladi. Bularning barchasi pul talab qiladi. Ular shunchaki berilmasligi kerak, lekin kredit shartlarini oldindan belgilab qo'ygan holda berilishi kerak. Avvaliga kichik miqdor beriladi va faqat belgilangan muddatga qaytganidan keyin – katta miqdorda beriladi. “Kichik ishda sadoqatli bo‘lgan buyuk ishda ham sadoqatlidir. Kichik ishda sadoqatsiz bo‘lgan buyuk ishda ham sadoqatsizdir” (Luqo 16:10).

Bir kuni bir musulmon islomiy shaharda joylashgan Muqaddas Kitob jamiyatiga murojaat qildi va Muqaddas Kitobni bozor yo’lagida sotilishini so'radi. Jamiyat xodimi shubha qilganda, u shunday dedi: “Meni sinab ko'ring va menga ikkita Muqaddas Kitob bering, shunda bitta Muqaddas Kitob uchun pul olib kelaman va ikkinchisi uchun pulni to'lov sifatida o’zimda qoldiraman”. Birozdan keyin ko'cha sotuvchisi pul olib keldi, to'rtta Muqaddas kitobni olib, sotuvga qo'ydi. Ikki kundan keyin u ikkita kitob uchun pul olib kelib, sakkizta kitob oldi. U kichik ishda sodiq bo’lgani uchun, keyinchalik unga, masihiy Muqaddas Kitobni taklif qilishga jur'at eta olmaydigan bozorda sotish uchun 16 yoki 20 ta kitobni xavfsiz ishonishlar mumkin bo’ldi.

Yangi ish joylarini toppish uchun, xushxabarchilarni ibodat guruhi qo’llab-quvvatlasa yaxshi bo’lar edi. Ibodat guruhining ko’pchiligida ish borligi sababli, ular qaerda va qachon ishchilar kerakligini boshqalardan oldin bilishadi. Musulmonlar orasida xushxabar nafaqat ruhiy yordamni, balki ularning moddiy ehtiyojlari haqida g’amxo’rlik qilishni ham anglatadi. Bir kuni Hind okeanidagi Fort lami orolida amaliyotda bo’lgan Muqaddas Kitob kolleji talabalari guruhi, safardan hech qanday foyda yo'q, ruhiy tushkunlik bilan qaytishdi. Bir hafta o'tgach, oroldan kelgan bir yosh musulmon talabalardan birining eshigini taqillatdi. U, birov tomonidan tashlab yuborilgan asarlardan birini olgani va o'qiganini aytdi. Bu yigitni qiziquvchanligi sababli, darhol orolning fanatiklari tamonidan quvib chiqarildi. Surgun qilingan yosh yigit taqillatgan o’sha kollej talabasi o'qituvchisidan so'radi: “Endi bu yigit bilan nima qilishim kerak?” "Sen, birodaringni topding" degan javobni eshitib, u tezda: “Ha, ruhiy birodar!” deb qo'shib qo’ydi. Undan, agarda o’zining qochoq birodari uning eshigini taqillatsa nima qilishini so’ralganida, u: “Men unga eshiklarni keng ochardim va aytardim: mening to'shagim sening to'shaging, mening uyim sening uying” deb javob berdi. Talabaga bu surgun qilingan musulmon, u javobgarligi bo’lgan, uning ruhiy va haqiqiy birodari ekanligini aytganida, u boshini tushirdi, chunki u musulmonlar orasidagi xizmat faqat so'z bilan ruhiy xizmatni emas, balki ish bilan jiddiy qurbonliklarni ham nazarda tutganini angladi.

Odamning yolg'iz bo'lishi yaxshi emas!
30 yoshiga qadar turmush qurmagan yoki turmushga chiqmagan har qanday yosh erkak yoki ayol uchun Islomda urug’-aymoqlari va do'stlar doirasida, juda shubhali ko'rinadi. Ular uni yoki nosog'lom yoki g'ayritabiiy shaxs deb bilishadi. Shuning uchun, har bir tavba qilgan erkak yoki ayol uchun imonli umr yo’ldosh topish kerak.

Ba'zi musulmonlar suvga cho'mishni musulmonlar nomoz o’qishdan oldin bajarishi kerak bo'lgan ko'plab tahoratlardan biri deb qabul qilishadi. Ammo erkak kishi masihiy qizga uylanganida, u bilan urug’-aymoqlar va islom jamiyati (ummat) o'rtasida yakuniy uzilish sodir bo’ladi. Masihiy ayolga uylanish musulmonlar uchun suvga cho'mishdan ko'ra, Islomdan yanada chuqurroq voz kechishdir.

Afsuski, masihiy ota-onalar kamdan-kam hollarda o’z qizlariga musulmonlar orasidan tavba qilgan kishiga turmushga chiqishga ruxsat berishadi. Ular qizlarini kaltaklash imkoniyatini nazarda tutadigan islomiy hayot tarzidan yoki agar u, masalan, jahl bilan g’azablansa, islom dinini ikki marta qabul qilib islomga qaytishidan qo'rqishadi. Shunda ularning bolalari faqat unga tegishli bo'ladi va uning xotini umumiy mulkining faqat 1/8 qismini meros qilib oladi.

Boshqa tomondan, sobiq musulmon ayollar chet mamlakatga ko’chib ketish uchun chet ellik masihiylarga turmushga chiqishni afzal ko'rishadi, shu tariqa masihiylikni qabul qilgan vatandoshlarini juftsiz holda qoldiradilar. Oxir oqibatda, yigitlar musulmon qizlarga uylanishlari kerak bo’ladi. Bunday holatda imonga kelgan odamning imoni xavf ostida qoladi va uning musulmon xotini istagan vaqtda ajralishni talab qilishi mumkin, chunki eri islomni tark etgan. Shunda, bolalar va barcha mol-mulk ayolga o'tadi.

Shuning uchun, islomdan kelgan yangi imonlilar bir-birini topishlari uchun bu yerda Iso Masihning donoligi va inoyatli rahbarligi kerak. Shundagina, keyinchalik yangi uy jamoati uchun asos bo'lishi mumkin bo'lgan imonli oila mavjud bo'lishi mumkin. Bunday uy munosabatlar faqatgina har ikkala hamkor ham o'z uylarida yashirin uchrashuvlar xavfini o’z zimmalariga olishga tayyor bo'lgan taqdirdagina sodir bo'lishi mumkin. Agar bunday munosabatlar aniqlansa va ular haqida hukumatga xabar berilsa, ikkala turmush o'rtog'i ham qamoqqa olinishi mumkin va ularning mol-mulki musodara qilinadi. Iso Masih uchun nikoh juda katta oqibatlarga olib keladi va yangi uy jamoatlarini qurish imkoniyatlaridan biridir.

Mavjud bo’lgan jamoat rahbarlari yosh imonlilarga, yigit va qizlarga bir-birlari bilan uchrashish va muloqot qilish imkoniyatlarini taqdim etishlari kerak. Islomiy qishloqlarda bu juda qiyin, ammo endi katta shaharlarda muammo emas. Universitetda, kutubxonada, aeroportda, parkdagi yoshlarning uchrashuvlari buni tasdiqlaydi.

Quyida keltiradigan misol tabassum olib kelsada, biroq, ayni paytda bizni ushbu muammoni hal qilishning yanada maqbul usullari haqida o'ylashga undaydi:

Marokashda juda yosh masihiy yigit yashagan. U maktab direktori edi va o'zi uchun munosib imonli yo’ldosh topa olmadi. Bir kuni u shunday dedi: "Men Odam Ato va'dasida Xudo bilan ahd tuzdim. Yaratuvchi Odam Atoga chuqur uyqu berdi, so'ngra uning qovurg'alaridan birini olib, dunyodagi eng chiroyli ayol Momo Havoni yaratdi va uni Odam Atoga bergan, huddi shunday, endi o'zim uchun xotin qidirmayman, lekin Rabbim menga ulardan eng yaxshisini berguncha kutaman”.

Shunday qilib, Xudo uning oldiga bir keksa missioner opani yubordi, u unga salom berib dedi: “Amir, uylanish vaqti keldi!” U: “Xudoga shukur!” dedi. U davom etdi: “Bu yerda imonliga turmushga chiqishni xohlaydigan 80 ta masihiy qizlarning ro'yxati bor”. – “Ajoyib”, deb javob berdi Amir. Ayol davom etdi: “Hozir sen ulardan birini tanlaysan”. Amir javob berib: “Ammo men ulardan birortasini tanimayman”- dedi. “Bu muhim emas” deb javob berdi ayol. “Qalamni ol, ko'zingni yumib, ibodat qil va qo'lingni qog'ozga qo'y. Kimning ismiga qalamning uchi tegsa, o’sha qiz sen uchun Rabbimiz tomonidan belgilangan”. Amir zo'rg'a yalindi: “Men hozir o'laman!” Ayol javob berib: “O’ylama ham. Uylanish vaqti keldi!”- dedi. Amir qalam oldi, titroq qo'lini qog'ozga tushirib, ko'zlarini ochdi va tanlovga tushgan ismni o'qidi. "U qayerda yashaydi?" - deb so'radi Amir, zo'rg'a nafas olib. "Bu yerdan 500 km janubdagi sohildan", deb javob berdi. "Mashinangizni ol, uni oldiga bor va ayt: Xudo biz turmush qurishimiz uchun meni seni oldinga yubordi".

Yarim shok holatida Amir o'z mashinasini oldi va u ayol aytgan joyiga bordi. U qizning uyini topdi, eshik qo’ng’irog’ini chaldi va mo"jiza – u uyda edi. U o'z tashrifining maqsadini unga tushuntirib berdi va albatta, bir muncha vaqt o'tgach, ular turmush qurishdi.

Biroq, bir necha oy o'tgach, Amir o’z do'stlariga: “Xotinimni sevishim uchun, men uchun ibodat qilinglar. U o'jar va men xohlagan narsani xohlamaydi, lekin biror narsani xohlasa, bu menga yoqmaydi. Bizning hayotimiz sekin o'limga aylanyapdi. Masihiy bo'lganim sababli, uni aqlli bo’lishi uchun uni urishni xohlamayman. Men o'jar xotinimni sevishni o'rganishim uchun ibodat qiling” – deb yozdi. - Bugungi kunda ularning bir nechta farzandlari bor va bir-birlarining zaif tomonlariga dosh berishni va o'tkir burchaklarini jilovlashni o'rgannib, marhamatlangan turmush o'rtoqlar bo'lishdi.

Hamma inson ham bu keksa opaning usulidan foydalanishga qaror qilmaydi, biz ham tavsiya qilmaymiz va uni amalda qo'llamaymiz. Lekin u dono ilohiyotchilarga qaraganda ko'proq masihiy juftliklarni birlashtirdi. Ba'zi yoshlar "Xudo, menga xuddi shunga o'shash farishtani yuborgin!" deb ibodat qilishadi.

Marokash kabi fuqarolik nikohlari yo'q haqiqiy islom mamlakatlarda, ular faqat shayxning huzurida, uning idorasida nikoh tuzishi mumkin. Ammo ko’p hollarda unga maxsus sovg'a berish orqali siz Qur'ongagi qo'l qo'yish marosimisiz qilishingiz va barcha kerakli hujjatlarni imzolashga erishishingiz mumkin. Biroq, bunday nikohdan tug'ilgan bolalar bari-bir musulmon hisoblanadi. Marokash kabi mamlakatlarda pasportga kiritilgan dinni o'zgartirish uchun rasmiy yo'l yo'q!

Ko'plab islom mamlakatlarda nikoh, bu ikkita urug’-aymoqlarning birligi sifatida qabul qilinadi. Suhbatlar, so'rovlar va muzokaralar kelinning pullari to'lanmaguncha va har ikkala tomon ham qoniqtirilmagunga qadar olib boriladi. Har ikkala urug’-aymoqlar ishtirok etadigan oilaviy marosimlardan so’ng, yosh masihiy juftlik, odatda, ular birgalikdagi o’z hayotlarining boshlanishi deb hisoblaydigan mahalliy jamoatlarida ikkinchi to'yni nishonlaydilar.

O'ziga munosib hamkor topish bilan bog'liq muammolardan tashqari, islomiy mamlakatlarda boshqa chegaralar ham mavjud: Turmush qurgan kishilar ba'zan jamoatda qabul qilinmaydi, chunki ularning to'rtta xotini va ko'plab bolalari bor. Sudanda, agar oila boshlig'i jamoat oldida u bilmasdan gunoh qilganini va noto'g'ri qonunga rioya qilganligini tan olsa, jamoat bunday katta oilani suvga cho'mdirishga va ularni a'zolikka qabul qilishga qaror qildi. U xotinlaridan ajrashib, bolalarni tark eta olmaydi, chunki u ular uchun mas'uldir. Biroq, u o’zining Muqaddas Kalomga oid bo’lmagan maqomi va u jamoatda biror bir mas’uliyatli xizmatni o’z zimasiga olmasligi haqiqat ekanligiga, ochiqchasiga rozi bo’ishi kerak.

Hindistonda to'rtta xotinli va 20 ta bolalari bo'lgan shifokor, masihiy bo'ldi. U o'z xotinlariga xushxabar aytishga va Xushxabarni qabul qiladiganini o’zi bilan olib qolishiga va Xudo O'g'lini rad etgan boshqa xotinlarni qo'yib yuborishga qaror qildi. Bolalarni o'zi uchun qoldirdi. Otasining o'limidan so'ng, o’z onasisiz katta bo’lgan to’ng’ich o'g'li, uni islom odatiga ko'ra dafn qilish orqali, undan qasos oldi.

Jamoatga qo'shilish, ish qidirish va masihiy oilani yaratish – bu narsalar masihiy jamoatda o'zini namoyon qilishi, tavba qilgan kishining o'tishi kerak bo'lgan uchta muhim qadamdir. Ushbu amaliy qadamlar bilan bog'liq muammolar, ba'zan musulmonni xushxabarlashga va uning urug’-aymoqdan ajratilishiga qaraganda ko'proq ibodat, imon, vaqt va kuchni talab qiladi. Ko'pchilik tavba qilganlar, ular mustaqillikka erishgunga qadar va imonli hamkor bilan birlashib, o’zining imoniga ko’ra yashay olmagunlaricha, o'z qarindoshlaridan Iso Masihga bo'lgan imonini qisman yoki to'liq yashirishadi.

Qaltis paytlar
Masihni qabul qilganidan keyin, yosh yigit hali ham yetuk masihiy maqomidan uzoqdir. Unga imonda, sevgida va umidda o'sishi uchun vaqt kerak. Huddi biz kabi, u ham Muqaddas Kitobni muntazam o'qib, ibodat bilan qarorlar qabul qilishi kerak. U, Iso bizni kechirganidek, boshqalarni kechirishni o'rganishi (Matto 6:14-15) va shuningdek, boshqalarning xatti-harakatlarini hukm qilmaslik uchun Masihning chaqirig'ini bajarish kerak (Matto 7:1-5).

Imonga kelgan kishi tez orada boshqa masihiylarning zaif tomonlarini ko'ra boshlaydi. U cho’ponning boshini baland ko'tarib minbarga ko'tarilganini va odatdagidan ko’pa boshqacha ovozda voizlik qilayotganini ko'radi. U jamoatda boy va kambag'al masihiylar borligini va boylarni kambag'allarga qaraganda ko'proq hurmat qilinishlarini, ba'zida ular deyarli sezmasliklarni ko’radi. Yakshanba kungi xizmatda modaning namoyishi, shuningdek, ularning orqasida bo'lganlarning muhokamasi ham uning ko'zidan qochmaydi. Hozirgina, u haqida yomon gaplar gapirilgan odam paydo bo’lganda, hamma unga nisbatan muloyim munosabatda bo'ladi. Imonga kelgan kishi "Ikkiyuzlamachilar!" deb aytadi. Ba'zi bir cho'ponlar o’zlarining rang-barang patlarini ochib turgan tovuslarga o'xshaydi. Ularda juda ko'p mag'rurlik, befarqlik va oz sevgi bor. Bir ozdan so’ng imonga kelgan kishi aytadi: “Masihiylar musulmonlardan yaxshiroq emas! Ular orasida tortishuvlar ham kam emas, shuhratparastlik va shafqatsizlik hammaning ko’ziga tashlanadi”.

Yangi imonga kelgan kishi bundan nimani o'rganishi kerak? - O'zaro kechirimning ruhiy tamoyillari, boshqalar uchun shafoat ibodatini qilishni, o'zidan voz kechishni, Xudo oldida o'zini namoyon qilishni va ruhiy kamtarlikni. Masihiylikning siri bu mukammalik emas, balki kechirimdir! Biz bir-birimizni kuniga 490 marta kechirishimiz kerak.

Boshqa tomondan, "yetuk" masihiylar deb atalganlar, yangi imonlilarni hukm qilish uchun shoshilmaslik kerak. Ha, islomiy iboralar hanuzgacha ularning tilida ishlatilib kelmoqda. Turmush qurgan erlar hayotda hali poshoning uslublarini chetga surib, bizni bir-birimizga xizmat qilishga chaqirgan Masihning suratida osishlari kerak. Ular, o’z oilalarini boqish uchun kuniga 8 soat ishlab chiqaruvch tashkilotlarda ishlashni o’rganishga vaqt kerak. Siyosatda ular dushmanlarni la'natlash emas, balki ularni sevish va ular uchun ibodat qilishni o'rganishlari kerak. Qo'shni xalqlarga nisbatan jamoaviy nafratni oqilona yo'q qilish kerak. Televizor, gazeta va jurnallardagi tashviqot va undan chiqadigan nopok fikrlar va istaklarni Muqaddas Ruhning kuchi bilan yengish kerak. Sustlik va taqdirga ishonish ustidan Masihga ongli ravishda itoat qilish orqali engib o'tish kerak. Poklanmasdan, imonga kelgan kishi, o’z Rabbiysini ko'rmaydi.

Bu muammolarning barchasini yechimini qaerdan topish mumkin? Masihiylar sifatida, yangi imonlilar bilan munosabat qilishda biz politsiyachi yoki nozirning ko'zlari bilan emas, balki onaning ko'ziga ega bo'lishimiz kerak. Politsiyachilar jinoyatni ko'radi va uni o’z protokoliga kiritadi. Ona ham, bolasining xatolarini ko'radi, lekin uni yaxshilashga umid qilib, uni sevgi bilan jazolaydi!

Ona yangi tug'ilgan chaqalog'ining tagliklarini kuniga bir martagina almashtirmaydi. Bu juda yoqimli ish emas. Biroq, onasi, ba'zan otasi bu ishni unga bo'lgan sevgisi tufayli qilishadi. Ular qachongacha buni qilishadi? Bir haftami? Bir oymi? Uch oymi? Keyin, ular charchashib chaqaloqni axlat qutisiga tagliklar bilan birga tashlashadimi? Hech qachon, bu jinoyat bo'lardi! Nimaga? Chunki, ona bu ona va ota bu ota. Ular chaqaloqni son-sanoqsiz, bir yil, ikki yil yoki kerak bo'lsa ko'proq vaqt yuvintirishadi. Ular buni unga bo'lgan sevgi tufayli qiladilar.

Ruhiy ma'noda, biz sobiq musulmonlarga yillar davomida u “butunlay oyoqqa turib”, poklanmaguncha va Isoning nomi bilan boshqalarga hizmat qilishga tayyor bo’lguniga qadar, xizmat qilishimiz kerak. Xudo O'g'lidan keladigan o'zgaruvchan kuch biz o'ylaganimizdan kuchliroqdir: “Chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni engadi. Mana shu bizning imonimiz dunyo ustidan g‘olib chiqdi. Iso Xudoning O‘g‘li deb inongan kishidan boshqa kim ham dunyoni enga olardi?!” (1 Yuhanno 5:4-6)

Iso Masihning sevgisi bizni islom ruhini va urf-odatlarini qoldirib, Uning Ruhi bilan yashash uchun Masihni qabul qilganlarni oldiga borishga va xizmat qilishga undaydi. Shu bilan birga, shaxsiy misol va ayrim masihiylarning sadoqati hal qiluvchi omil bo'lib, sobiq musulmon bo’lgan cho’pon Iskandar Jadid aytganidek:

Agar hamma masihiylar haqiqiy masihiy bo’lganlarida edi,
hech bir musulmon boshqa musulmonligicha qolmagan bo’lar edi.

8.05 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Islomni masihiylikdan ajratib turadigan eng katta muammo nima?
  2. Islomda Alloh kim?
  3. Iso Masihning Otasi O’z bolalariga, musulmonlar tushina olmagan nimani taklif qiladi?
  4. Nima uchun islomda Alloh haqida hech qachon Samoviy Ota deb aytilmagan?
  5. Islom va masihiylikda marhamat nimani anglatadi?
  6. Nima uchun musulmon Allohdan uning gunohlarini kechirilishi so’rashi mumkin, shu bilan birga, o'zini gunohkor deb hisoblamaydi?
  7. Islomdagi oldindan belgilash va masihiylikdagi oldindan tanlash o'rtasidagi farq nima? Nima uchun musulmonlar tez-tez hissiy jihatdan "portlagan paytda, arab masihiylari faoliyati, halolligi va sabr-toqati bilan ajiralib turadi?”
  8. Nima uchun Islomda haqiqat ruhi yo'q? Shariatga ko'ra, musulmonga qanday holatlarda aldash va hatto qasamlarini buzishga ruxsat berilishi mumkin?
  9. Musulmoncha ko'pxotinlilik va masihiycha bir xotinlik o'rtasidagi farq nima?
  10. Qur'ondan dars beruvchi o'qituvchilar maktabda darslarni qanday o'tkazadilar? Nima uchun bolalar muammolarni amaliy hal qilish qobiliyatidan ko'ra, ko'proq nazariy bilimlarga ega bo'lishadi?
  11. Garbiy Sudandagi musulmonlar to’la huquqli qul egalari hisoblanganda, nima uchun Qur'on va shariat qullikni bekor qilmadi? #Tengsizlik ruhi fabrika va zavod egalari va ularning ishchilari o'rtasidagi munosabatlarga qanday ta'sir qiladi?
  12. Nima uchun demokratiya Islom ruhiga zid keladi? Nima uchun Islomda "muqaddas" urushlarning doimiy maqsadi har doim diniy davlatni o'rnatishdir?
  13. Musulmonga, o'z fikrini o'zgartirishi, musulmon madaniyatini tark etishi va yetuk masihiy bo'lishi uchun qancha vaqt ketadi? Nima uchun Muqaddas Kitob amaliyotda yuzaki kontekstualizatsiya musulmonlar orasida samarali emas?
  14. Ko'p musulmonlarning hanuzgacha o'z urug'-aymoqlariga qaram bo'lib, hali ham shaxs bo'lmaganliklari nimani anglatadi? Bu haqiqat amaliy xizmat strategiyasiga qanday ta'sir qiladi?
  15. Qur'onning qaerda, musulmonlar masihiylar yoki yahudiylar orasidan do'stlari yoki biznes sheriklariga ega bo'lmasliklari haqida aytilgan?
  16. Nima uchun musulmonlar oila a'zolariga masihiy adabiyotlarini o'qishga ruxsat berishlari mumkin, ammo masihiylikni qabul qilishni taqiqlashadi? Odatda "haqiqatni qidiruvchi" bilan jiddiy suhbat uchun urug’-aymoqlardan kimni tanlanadi?
  17. Konservativ ota-onalar tomonidan bolalarga islomni tark etishdan ularni qutqarish uchun, qaysi uzun jazo ro'yxat qo'llaniladi?
  18. Nima uchun yangi imonlilar o’z musulmon ota-onalarini va qarindoshlarini juda tez tark etmasliklari kerak? Agar u yangi e'tiqodi haqida ochiq gapira olmasa, o'zini qanday tutishi kerak?
  19. Qancha foiz liberal va qancha foizi konservativ musulmonlar, Qur'on va shariatga itoat qilishadi?
  20. Musulmon, qaysi biri kitoblarda haqiqiy vahiyni o'z ichiga olganini qanday tushunadi? Qur'on ilhomlantirilgan kitob hisoblanadimi?
  21. Islomda qaysi uchta gunoh kechirilishi mumkin emas? Masihni qabul qilgan yangi imonlilar uchun bu nimani anglatadi?
  22. Nima uchun islomdan so’ng imonga kelgan kishini, Qur'on buni talab qilmasa ham, qonuniy ravishda o'limga hukm qilinadi?
  23. Qur'on aytganidek, barcha masihiylar "musulmon"mi? Ushbu musulmon tuzoqning maqsadi nima va u qanday xavflarni o'z ichiga oladi?
  24. Muqaddas Kitob kontekstualizatsiyasi Kalomga oid bo'lmagan, insoniy kontekstualizatsiyadan qanday farq qiladi? (Matto 16:21-23 ga qarang).
  25. Nima uchun haqiqatsiz sevgi yolg'on, sevgisiz haqiqat esa o'ldiradi?
  26. Agar masihiylarning ko’pi Islomdan imon kelgan kishini qabul qilishga tayyor bo'lmasa, jamoatni qaerdan topish mumkin?
  27. Jamoat rahbarlari va oqsoqollarining o'z jamoalariga islomdan imonga kelganlarni qabul qilishga jur'at etmaslikning asosiy sababi nima? Ushbu qayg'uli holatni qanday yengib o'tishimiz mumkin?
  28. Oramizga yangi tavba qilganlarni, ular biz bilan o’z uylaridek his qilishlari va bizning jamoatimizda yangi urug’-aymoq yoki "uy" topa olishlari uchun, qanday qabul qilishimiz kerak?
  29. Nima uchun ba'zi musulmon mamlakatlarida imonlilarni asosiy jamoat yig’ilishlariga olib kelishdan oldin, avval haqiqatni qidiruvchilarni, imonlilarning munosabatlari uchun kichik guruhlarda yig'ish yaxshiroqdir?
  30. Nima uchun jamoat rahbarlari imonga kelganlar uchun ish joylarini topishga va ularga biror kasbni egallashlariga yordam berishlari kerak? Nega yangi imonga kelganlar, boshqa insonlar ishlaganiga o'xshab ishlashni o'rganishlari kerak?
  31. Nima uchun biz tavba qilganlarga bepul moliyaviy yordam (bakshish) bermasligimiz kerak, buning o'rniga ularga kichik kreditlar bilan yordam berishimiz kerak?
  32. Islomdan so’ng imonga kelgan kishiga masihiylar orasidan umr yo'ldosh topishiga, qanday yordam berishimiz mumkin? Nima uchun musulmon oilalar ko'pincha Masihiy bilan nikohni suvga cho'mishdan ko'ra jiddiyroq qabul qilishadi?
  33. Nega ba'zi musulmon mamlakatlarda masihiy nikohini qonuniy ravishda rasmiylashtirish mumkin emas, shu bilan Masihning izdoshlari va ularning farzandlari pasportda musulmonligicha qolishlari kerak?
  34. Agar ikki, uch, to'rt xotinli musulmon suvga cho'mishni istasa, jamoat rahbariyatining qarori qanday bo'lishi kerak? U "ortiqcha" xotinlari bilan ajrashish kerakmi? O’sha xotinlarning umumiy bolalar bilan qanday bo'lish kerak?
  35. Nima uchun islomdan imonga kelgan kishi musulmon ayolga emas, balki imonli masihiyga uylanishi kerak? Bu va boshqacha holat ham, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
  36. Nima uchun musulmon ko'pincha jamoat rahbarlari va boshqa jamoat a'zolarining xatti-harakatlaridan hayratda qoladi? Masihiy jamoatda qanday ruhiy printsip mavjud?
  37. Islomdan imonga kelgan kishilarning xatti-harakatlaridagi qanday xatolar, konservativ masihiylarni hayratda qoldirishi mumkin?
  38. Haqiqiy masihiy bo'lmagunga qadar, musulmon bo’lgan tavba qilgan kishining gunohlarini kechirishi uchun qancha vaqt kerak?
  39. Musulmonlar orasidagi amaliy xizmat muvaffaqiyatining asosiy sirlari nimada? Nima uchun amaliy xizmat musulmonlarning xushxabarlashdan ko'ra ko'proq vaqt talab etadi?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 10:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)