Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 1 Muhammad before the rise of Islam

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

1 - Muhammad ISLOMGACHA (570 - 610 yillar)

Muhammadning ota-bobolari -- Muhammadning tug’ilishi va bolaligi -- Muhamadning Xadichaga uylanishi



1.01 -- Muhammad ISLOMGACHA (570 - 610 yillar)

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

1.02 -- Kirish

Muhammad Iso Masihdan keyin dunyo tarixiga kuchli ta’sir ko’rsatgan insondir. 1,5 milliarddan ko’p musulmonlar, ya’ni dunyoning 19-20 foiz aholisi Muhammadga ergashadi va u asos solgan dinga ishonishadi. Islom madaniyati 1390 yil oldin shakllangan. Muhammadning ismi shahar va qishloqlarning tomlarida, Indoneziyadan to Marokkogacha va Rossiyaning tekisligidan to Keyptungacha kuniga qiriq marta aytiladi. Boshqa hech kimni bunday fanatlarcha millionlab odamlar sevishmaydi.

Juda kam Masihiylar Muhammadning hayoti haqidagi asl ma’lumotga egadirlar. Shuning uchun biz uning tarjimai holini qaytadan Nemis tili, Ingliz tili va boshqa tillarga tarjima qilyabmiz.

Muhammadning o’limidan(vafotidan sung hijriy 632yl) taxminan 90 yildan keyin musulmon olimi Ibn Ishoq arablarning payg’ambari haqida taniqli ma’lumotlarni va hikoyalarni to’play boshladi. Lekin Ibn Ishoqda Madinadagi (Malik ibn Anas) duniy va sud hokimyatlari bilan to’qnashuvlar sodir bo’lgach u ona yurtini tashlab Kair orqali Bog’dodga ketadi va u yerda halifat al’-Mansur qaramog’ida tadqiqotini davom ettiradi. Ibn Ishoq 767 yilda vafot etadi.

Ibn Ishoq o’zidan keyin Ibn Xisham (834 yilda vafot etgan) qo’llagan va qisqartirgan Muhammadning hayoti haqida ikkita katta ishni qoldiradi. Ibn Xishamning ishi Muhammadning ko’rganlarni va uning yaqinlarining hikoyalari haqida bilishni xohlaydigan har bir kishi uchun muhim man’ba hisoblanadi.

1864 yil professor Gustav Veyl Ibn Xishamning Muhammad hayoti haqidagi bu asosiy ishini arab tilidan nemis tiliga tarjima qildi. Biz arab yozuvi atamalariga, zamonaviy uslubga va o’zimizning ismlarimizga binoan matnni o’zgartirib uning tarjimasini bosib chiqardik (Muhammadning ismidan, musulmondan va boshqalardan tashqari). Keyin biz o’zimizning matinimizni arab matini bilan yana solishtirdik va Qur’ondagi sura va oyatlardan ssilkalar qo’ydik. Oyatlar no’merlari Kair Universitetida qabul qilingan al’-Azharga asoslanib tartiblangan.

Muhammadning hayoti samalyot, atom bombalar va televizorlar asrida oson o’qilishi uchun, biz nasabnoma kitobni boshidan berishga qaror qildik. Shu asnoda kitob Muhammadning bobosi Abd al’-Muttalibning hikoyasi bilan boshlanadi. Tarjima jarayonida ton va ritm go’zalligini saqlashni iloji yo’qligi uchun, biz yana ko’pgina arab she’r va maqtovlarini qo’lladik; biz kitobhon Muhammadning shaxsini yaxshiroq ko’rishi uchun va uning hayotidagi foqealarni bilib olishi uchun ba’zi ifodalarning kelib chiqish gramatikasi haqida va aql bovar qilmas hikoyalar va afsonara haqida fikrlar bayon qildik.

Izohlarda Iso Masih hayotidagi shunday voqealar va Uning Xushxabaridagi asosiy ta’limot bilan taqqoslanadi va tushuntiriladi. Shunday qilib Muhammad Isoning hayoti mezonlarida va Musulmonlarning payg’ambari Yangi Ahd aksida tasvirlanadi.

Keyingi ikki qismda Muhammadning yoshlik davrlari va Makkadagi quvg’in paytidagi uning xizmatidagi birinchi o’n ikki yil yozilgan. Uchinchi qism Muhammadni Madinaga ko’chishi, diniy shahar-davlatga asos solishini, Makkaning savdogarlariga qarshi jangni va Muhammadning ona shahrini zabt etishini o’z ichiga olgan. Keyinroq Muhammadning vafotiga qadar Arab yarim orolini zabt etib islomlashtirilganligi haqida yozilgan.

Islom asoschisi Buduinlarga qarshi jangda sinalgan ikkita harbiy boshliqni kucli tayyorlangan armiyani boshqarishi uchun o’zidan keyin qoldirdi. Bu armiya atigi 100 yil ichida Atlas tog’laridan Hind daryolarigacha bo’lgan yerlarni egallab Evropa ega bo’lgan yerlardan ham ko’prog’ini egallab oldi. Bu yerlar musulmonlar dunyosining asosiy yerlari bo’ldi va bugungi kunda ularning aholisini 95 foizi musulmonlarni tashkil qiladi, u yerlarda Yahudiylar va Masihiylar esa ikkinchi tabaqa fuqorolar hisoblanishadi.

Fors bo’g’izidagi neftni qazib olish 1930 yillarda oshdi va neftning narxi 1973 yilda oshdi va bu Islomni qayta tiklanishiga yangi turtki bo’ldi. Musulmonlar missionerlik harakati, iqtisod tarafdan va muqaddas jang orqali butun dunyoni islomlashtirishni o’z oldiga maqsad qilgan. Lekin musulmon aholisi birinchi o’rinda yuqori tug’ilish sababli o’syabdi, musulmon xalqi har 30 yilda ikki marta ko’payyabdi. Shunday yo’l bilan musulmon dini boshqa dinlarga va boshqa dunyo xalqlariga qaraganda tezroq o’sdi.

Shuning uchun jiddiy Masihiyga Muhammadning hayotini Iso Masihning hayoti bilan taqqoslab o’rganish juda muhimdir. Biz Muhammadni, uning maqsadini va ishlarini tushunganimizdagina, musulmonlarni va ularning boshqaruv maqsadlarini tushunib olamiz.

Abd al-Masih

1 QISM – Islomgacha bo’lgan savodsizlik payti

1.03 -- Muhammadning ota-bobolari

1.03.1 -- Muhammadning bobosi Abd al-Muttalib

Bir kuni Abd al-Muttalib ibn* Xisham uxlab yotganida jurxumlar Makkadan ketishganda ko’mib tashlagan Obi-Zamzam qudug’ini yana kovlashni buyirishganini tushida ko’rdi.

“Ibn”, arab tilidan "o’g’il" tarjima qilinadi.

Bu Ismoil yosh bola bo’lganida chanqoqda qiynalganda Olloh suv bergan o’sha quduqdir. Ismoilning onasi suv qidirgan, lekin topa olmagan. U as-Safani tepasida turib Ismoilga suv berishini so’rab ibodat qilgan. U al-Marva tog’ida suv uchun yana ibodat qilgan. O’shanda Olloh Jabroil farishtani jo’natgan. U Ismolning oyog’i bilan yerni ezgan va u yerdan suv chiqqan! Ismoilning onasi yovvoyi hayvonlarni baqirishlarini eshitgan. U o’g’li uchun qo’rqib, o’g’lini yoniga yugurib kelganida u o’g’lini yotvolib qo’li bilan suv ichyotganini ko’rgan.*

* Ibtido 21:9-21ni ko’ring (Hojar va Ismoilni quvilishi)

1.03.2 -- Makkadagi Obi-Zamzam uchun tortishuv

Bir kuni Abd al’-Muttalib muqaddas joyda uxlayotga Obi-Zamzam qudug’ini kovlash buyrug’i tushiga kirdi. Bu hodisani u shunday tasvirlaydi:”Taybani kovla!” (ya’ni ‘tayba’ yaxshi degani). Men:”Tayba bu nima?” – deb so’radim. Shunda ko’rinish ketdi. Indiniga yana o’sha joyda uxlasam, o’sha ko’rinish yana menga ko’rindi va:”Barrani kovla” (ya’ni tozza degani) – degan buyruqni eshitdim. Men:”Barra bu nima?” – deb so’radim. Ko’rinish yana ketdi. Bir kundan keyin ko’rinish yana davom etdi, lekin bu safar shunday so’z eshitildi:”Al’-Madnunani kovla!” (ya’ni qimmatbaho degani). Men:”Al’-Maduna nima” – deb so’radim va bu ko’rinish ketdi. To’rtinchi kun bir kishi menga ko’rinib shunday dedi:”Obi-Zamzamni kovla!” Men:”Zamzam bu nima?” – deb so’radim. U menga:”Bu hech qachon charchamaydigan, tugamaydigan quduq bo’lib, qag’g’illagan qarg’alarga yaqin joyda va chumolilar uyi yonida, go’ng va qonni orasida qolgan yaxhshi ko’ngilli safardagilarni chanqog’ini qondiradigandir” – deb javob berdi.

O’shanda Abd al’-Muttalibda bu aytilgan so’zlarga hech qanday shubha qolmadi. Unga quduq joylashgan joy ko’rsatildi. Keyingi kun u teshasini olib quduqni qazigani ketdi. Unga o’sha paytdagi uning yagona o’g’li al’-Xaris yordam berdi.

Ularning ko’zi oldida suv ko’ringanda Abd al’-Muttalib Ollohni ulug’lay boshladi. Tez orada quduq oldida kurayshitlar paydo bo’ldi. Bu ishda Abd al’-Muttalibning omadi kelganini ular ko’rib, shunday dedilar:”Bu quduq bizning bobomiz Ismoilnikidir. Bizning bunga haqqimiz bor. Sen bizga buni bir qismini berishing kerak” – deyishdi. Abd al’-Muttalib rad etib shunday dedi:”U menga berilgan va faqat menga tegishlidir!” Ular unga:”Bizning haqqimiz bor bo’lgan narsani bizga ber, aks holda biz sen bilan sudlashamiz!” – deyishdi.

“Yaxshi qozini tanlanglar” – dedi Abd al’-Muttalib. Ular Suriya tog’ida yashaydigan Saad Huzeym qabilasidan bir folbinni tanladilar. Abd al’-Muttalib va Abd Manafaning ba’zi o’g’illari u bilan birga u ayolnikiga qarab tepaga ko’tarilishdi. Kurayshitlar ham har biri o’zining qabilasidan bittadan nomzodlarni jo’natdilar. Ular Hidjaz va Suriya o’rtasida joylashgan cho’lga yetib kelganlarida Abd al’-Muttalibning va uning hamrohlarining suvi tugab qoldi. Ular chanqoqlikdan o’lib qolay dedilar. Kurayshitlar esa ularga suv berishni xohlamay shunday dedilar:”Biz cho’ldamiz biz bilan ham huddi sizlardek hodisa sodir bo’lishini xohlamaymiz.” Shunda Abd al’-Muttalib do’stlari bilan maslahatlashdi, ular shunday dedilar:”Nima qilish kerak bo’lsa shunday qil, biz senga hamma narsada quloq solamiz.”

“Kuchimiz borligida har birmiz o’zimizga qabr kovlaylik. Bizdan kimdir o’lib qolsa, hammamiz o’lib qolgunimizgacha boshqalar uni tanasini tushirib ko’madi. Hamma Karvon o’lgandan ko’ra biz o’laylik”. Uning hamrohlari bunga ko’nishdi. Har biri o’ziga qabr kovlashdi va o’limini kutib o’tirishdi. Bir muncha vaqtdan so’ng Abd al’-Muttalib birdaniga shunday dedi:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytaman hayotimizni qutqarishga urinmasdan, o’limga yo’l berib qo’rqoqlik qilyabmiz. Balki Olloh bizga qayerda suv borligini ko’rsatar. Turinglar!” Ular yana yo’lga otlanishdi, kurayshitlar esa ularni kuztishardi.

Abd al’-Muttalib o’zini tuyasiga o’tirdi va tuya yurishi bilan uni oyog’i tagidan toza ichimlik suvi chiqib ketdi. Abd al’-Muttalib va uning hamrohlari Ollohni ulug’lay boshladilar, tuyadan tushib suv ichdilar va suv idishlarini to'ldirdilar. Abd al’-Muttalib kurayshitlarni chaqirib dedi:”Olloh bizga suv berdi. Sizlar ham ichinglar va suv idishlaringni to’ldiringlar!” Ular suv ichib idishlarini ham to’ldirdilar va unga dedilar:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytamiz, ish bizni zararimizga hal bo’ldi. Biz sizlarga boshqa qarshi emasmiz. Biz sen bilan boshqa Obi-Zamzamni talashmaymiz. Qaytib borib yo’lovchilarga suv ber!” Shunday qilib Abd al’-Muttalib va uning hamrohlari folbinga bormasdan Makkaga qaytib keldilar.

1.03.3 -- Abd al-Muttalibning va’dasi

Abd al’-Muttalib Obi-Zamzam qudug’ini qaziganida (aslida nima bo’lganini yolg’iz Olloh biladi) kurayshitlar unga qarshi chiqdilar va o’shanda u shunday va’da berdi: agar uning katta bo’lgan va uni himoya qiladigan o’nta o’g’li bo’lsa, ulardan bittasini Kaabaga olib kelib qurbon qilishini aytgan.*

* Bolalarni qurbonlikka olib kelish qadimda majusiylar orasida tarqalgan ufr bo’lgan (Hakamlar 11:30-40).

Uni o’nta o’g’li tug’ilib otalarini himoya qiladigan darajada ulg’ayganlarida, u bolalariga va’dasi haqida va ular bunga bo’ysunishini va bu qarzni bajarishi kerakligini aytdi. Ular bo’ysunib qanday qilib buni amalga oshirishlari mumkinligini so’radilar. U ularga shunday dedi:”Har biringiz menga ustiga ismingiz yozilgan kamon o’qini beringlar”. Ularning kamon o’qlarini olib u Kaabaning o’rtasidagi devorda turadigan Xubala buti tomon yo’l oldi.

U yerda muqaddas mabadga qurbon keltirilgan. Xubalaning yettita o’qi bo’lgan. Har birida yozuv bo’lgan. Ulardan birida ‘to’lov’ degan yozuv bo’lgan. To’lovni to’la olmaslik holatida o’sha yoyni tortgan odam to’lagan. Ikkinchi yoyda “ha”, uchinchi yoyda esa “yo’q” degan yozuv bor edi. Bu yoylar nima qilishga ikkilangan odamlarga qaror qabul qilishlariga yordam bergan. “Suv” deb yozilgan yozuvi bor yoy ham bor edi. Bu yoyni tortgan quduq kovlagan. Boshqa uchta yoyda “sendan”, “qolgani” va “sendan emas” deb yozilgan edi.

Agar beduinlar (arablar) sunnnat qilmoqchi, turmush qurmoqchi bo’lganlarida yoki ko’mish marosimi o’tkazganlarida yoki biror narsa qilgani shubhalanganlarida odamni Xubalani oldiga olib kelardilar va qur’a tushgan odamga yuz draxma to’lardilar va yana unga qurbonlik tuyasini berganlar. Keyin ular Xubalani oldiga bilmoqchi bo’lgan odamlarini olib kelib:”Bizning xudoyimiz, mana bu biz bilmoqchi bo’lgan notanish odam. Bizga u haqidagi haqiqatni ayt?” – deb so’raganlar.

Qur’ani tortganlar. “O’zingdan” yozuvli yoy notanish odam ulardan biri deb sanalishini bildirgan. Agar ularga “o’zingdan emas” degan yozuvli yoy tushsa, unda ular uni hamsoya deb hisoblashlari kerak bo’lgan. “Qolgan” deb yozilgan yoy odam hamsoya bo’lmasdan yoki qondosh qarindosh bo’lmasdan o’zini oldingi holatida qoladi degan ma’noni bergan. Boshqa “ha” yoki “yo’q” javoblarini kutish hollarida ular qur’a yo’lini tutganlar, garchi ularga “yo’q” yoyi tushsa ham, ular ishni keyingi yilga qoldirib, oxirida baribir qur’a bo’yicha ishni bajarganlar.

Abd al’-Muttalib yoylardagi folbinga borib va’dasi haqida aytdi. Har bir o’g’li unga ismlari yozilgan yoyni berdilar, Abd al’-Muttalib folbinni bitta yoyni tortishi uchun chaqirdi. Folbin Abd al’-Muttalibning kenja sevimli o’g’li Olloh elchisini otasi Abdullohni yoyini tortdi. Abdullohni yoyi tushgani uchun Abd al’-Muttalib uni qurbon qilish uchun “Isaf va Naila” butlariga olib keldi. Shunda kurayshitlar yugirib kelib hitob qilganlaricha so’radilar:”Nima qilmoqchisan?” Abd al’-Muttalib:”Tomog’ini kesib tashlayman” – dedi.*

* Ibtido 22:1-19ni taqqoslang. Ishoqni ham qurbon qilish buyurilgan edi.

Bunga kurayshitlar va uning o’g’illari shunday dedilar:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytamizki, siz uni sababsiz o’ldirolmaysiz. Agar siz shunday qilsangiz, unda hamma o’g’illarini qurbon qilishni boshlaydi. Unda xalqni qanday saqlab bo’ladi?” Abdullohning tog’asi al’-Mugira ibn Abdulloh ham shunday dedi:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytaman, sen qoniqarli sabab keltirmaguningacha uni qurbon qilmaysan. Yaxshisi biz uni mulkimiz bilan sotib olamiz.”

Shunda Abd al’-Muttalibning o’g’illari va kurayshitlar shunday dedilar:”Bunday qilmang! U bilan Xidjazga boring. U yerda unga bo’ysunadigan ruhi bor folbin bor. Siz undan so’rang va ishingiz haqqoniy hal bo’ladi. Agar u sizga uni qurbon qil desa – unda uni o’ldirasiz. Agar u biror boshqa narsa desa o’shani qiling!” Ular birga Madinaga jo’nadilar va Haybarda folbinni topdilar. Abd al’-Muttalib unga o’zining va’dasi haqida va o‘g’lini qurbonlik keltirishdagi qur’a haqida aytib berdi. Folbin ruh unga bu haqida nima deyishini bilishi uchun vaqt berishlarini so’radi. Ular ketishdi Abd al’-Muttalib Ollohga ibodat qildi.

Tongda ular folbinning yoniga yana keldilar va folbin ularga dedi:”Menga xabar keldi. Bu odam uchun qanday to’lov beriladi?” Ular folbinga:”O’nta tuya” – deb javob berdilar. Folbin ularga shunday dedi:”Mamlakatingizga qaytib Abdullohni bir tomonga va o’nta tuyani bir tomonga qo’yinglar va ularning orasiga qur’a tashlanglar. Agar yoy tuyani ko’rsatsa, unda Abdullohni o’rniga tuyalarnini qurbon qilasizlar. Agar yoy Abdullohni ko’rsatsa unda yana o’nta tuya qo’shinglar. Shunday qilib yoy tuyalarni ko’rsatmagunigacha tuyalarni qo’shinglar”.

Folbinning so’zlarini eshtib ular Makkaga qaytishdi va qattiq qaror bilan uni ko’rsatmasini bajarishga kirishdilar. Abd al’-Muttalib yana Xubal butini oldida Ollohga ibodat qildi. Keyin ular Abdullohni va o’nta tuyani olib keldilar va qur’a tashladilar. Yoy Abdullohni ko’rsatdi ular yana o’nta tuya qo’shdilar. Biroq yoy Abdullohni ko’rsataverdi natijada tuyalar soni yuztaga yetdi.

Shundagina nihoyat yoy tuyalarni ko’rsatdi. Kurayshitlar va hamma xursand bo’lib baqirgancha:”Abd al’-Muttalib, endi bu ish hal bo’ldi! Sening Xudoying qoniqdi!” – dedilar. Biroq Abd al’-Muttalib o’ziga qur’a tuyalarni uch martagacha ko’rsatmagunigacha tinchlanolmadi. Faqatgina to’rtinchi martasigina tuyalar qurbon qilindi va hammaga xohlagancha go’sht olishga ruxsat berildi.

1.04 -- Muhammadning tug’ilishi va bolaligi (taxminan 570 yil)

1.04.1 -- Muhammadning otasi Abdulloh qanday uylanadi

Abd al’-Muttalib Abollohning qo’lidan ushlab muqaddas joydan o’tishyotganida, u yerda Banu qabilasidan Asad ibn Abd al’-Uzza ismli ayol bor edi. U Varak ibn Naufalning singlisi edi. U Abdullohni ko’rib:”Abdulloh qayerga ketyabsan?” – deb so’radi. Abdulloh unga:”Men otam bilan ketyabman” – deb javob berdi. “Agar sen men bilan yotsang, men senga sen uchun qancha tuyalar so’yilgan bo’lsa shuncha tuyalar beraman” – dedi u ayol.

Abdulloh u ayolga:”Men otamni tashlab ketolmayman, bundan tashqari uni xohshiga qarshi chiqolmayman” – dedi. O’shanda Abd al’-Muttalib o’g’li bilan kelib chiqishi va xurmati tufayli Banu Zuhra qabilasini boshlig’i bo’lgan Vaxbu ibn Manafanikiga ketdi. Vaxbu ibn Manafa qizi Aminani Abdullohga xotinlikka berdi. Amina o’zining yuqori holati va kelib chiqishiga binoan o’sha paytning eng mashhur ayoli bo’lgan.

Uning onasi Abd al’-Uzzaning qizzi Barra edi. Barraning onasi Asad ibn Abd al’-Uzzaning qizi Umm Habib edi. Abddulloh Aminaga uylandi va Amina Ollohni elchisiga homilodor bo’ldi. Keyin esa Abdulloh o’zini unga taklif qilgan ayolga qaytib keldi. Abdulloh u ayoldan:”Nimaga sen kecha menga taklif qilgan narsangni taklif qilmayabsan?” – deb so’radi. U ayol:”Kecha sendan chiqib turgan nur so’nibdi. Menga sendan boshqa hech narsa kerak emas” – deb javob berdi.

U ayol Masihiy bo’lgan va Muqaddas Kitobni o’rgangan akasi Varaki ibn Naufaldan bu xalqda payg’ambar tug’ilishini eshitgan.*

* Muqaddas Kitobning 66 kitobining hech qaysi birida arab payg’ambari paydo bo’lishi haqida aytilmagan.

Shunga o’xshagan voqeani Abu Ishaq ibn Yasar aytib bergan. Abdullohda Aminadan tashqari yana bir ayol bo’lgan. Bir kuni u kelib uni erkalatmoqchi bo’lganda, ungacha Abdulloh loyda ishlagan bo’lgan va kir bo’lgani uchun u ayol uni rad etgan. Abdulloh u ayoldan ketib, yuvinib Aminaga qaytmoqchi bo’lgan. Abdulloh u ayolning yonidan o’tib ketayotganda u ayol uni uyiga chaqirgan. Abdulloh esa unga e’tibor bermay Aminani oldiga ketgan va u bilan yotgan. Amina Muhammadga homilador bo’lgan.

Keyinroq Abdulloh yana u ayolni oldiga borib so’radi:”Men bilan yotishni xohlamaysanmi?”* U ayol:”Yo’q! Sen meni uyim oldidan o’tib ketayotganida ko’zing yonib turgan edi. Shuning uchun men seni chaqirgan edim. Lekin sen rad qilib Aminanikiga ketding. Endi esa o’sha nur yo’qolibdi” – deb javob berdi.

* Chiqish 20:14 (Zinoni solishtiring).

Boshqalar esa u ayol shunday degan deb tasdiqlashgan:”Abdullohni ko’rganimda uning ko’zlarini orasida oq rangga o’xshagan yorqin belgi bor edi. Men o’sha belgi menga o’tadi degan umidda uni uyimga chaqirgan edim. Biroq u mening uyimga kirmay Aminanikiga ketdi va u Ollohning elchisiga homilador bo’ldi. U o’z xalqining eng yaxshisi bo’ldi – tug’ilishida ham muruvatli bo’ldi va otasi tarafdan bo’lganidek, onasi tarafidan ham mashhurlikda ulug’ bo’ldi”.*

* Muhammad tug’ilishidan oddiy inson edi. Otasining ismi Abdulloh, onasi Amina. Ularning ikkalasi ham Makkadagi taniqli odamlar bo’lganlar. Islom Muhammad g’ayritabiiy yo’l bilan tug’ilganini tasdiqlamaydi. Muhammad bizga o’xshagan oddiy odam bo’lgan va ilohiy tabiatga ega bo’lmagan.
Ayni paytda Muqaddas Kitobda Masih haqiqiy odam va haqiqiy Xudo ekanligi to’g’risida ko’p guvohliklar bor (Matto 1:20-21; bu Ishayo 7:14 dagi payg’ambarlikni bajo kelishidir).
Iso bokira Mariyadan erkak kishini ishtrokisiz tug’ilganini Qur’on tasdiqlaydi (Oli Imron surasi 3:46-48; Maryam 19:17-34) Qur’onda farishta Jabroil bokira Maryamga Muqaddas Ruhni puflagani aytiladi (Anbiyo surasi 21:91; Tahrim 66:12). Shuning uchun Masih Qur’onda ‘Kalomulloh’ deb atalgan (Oli Imron surasi 3:45; Niso 4:171; Maryam 19:34).
Iso Muqaddas Ruhdan bokira qiz Maryam orqali tug’ilgan. Isoning va Muhammadning tug’ilishida farq bo’lganidek ularning shaxsi orasidagi farq ham shuncha farq bor.

1.04.2 -- Aminaning homiladorlik vaqtida nima sodir bo’lgan

Muhammadning onasi to’g’risida shunday deyiladi (lekin faqat Xudo biladi*), Vahbaning qizi Amina shunday debdi:”Men Olloh elchisiga homilador bo’lganimda menga ruh ko’rindi va dedi:”Sen bu xalqning xo’jayiniga homilador bo’lding. U tug’ilganda shunday degin:”Yagona Olloh uni hasadchilardan himoya qilishi uchun men uni Uning himoyasiga beraman”. Unga Muhammad deb ism bergin!””**

* Bu ibora muallif unga aytilgan gaplarni qanchalik ishonchli va haqiqatligiga amin emasligini ko’rsatadi.
** Matto 1:18-25 (Farishta Jabroil Isoning tug’ilishini va Uning ismi haqida aytishi.) Yana Luqo 1:26-38. Muhammad ismining arabcha ma’nosi ulug’langan yoki maqtalgandir.

Yana Aminaning homiladorlik paytida undan shunchalik yoruq nur chiqqanki hatto Suriyada (Makkaning shimolidagi Rim shahri) joylashgan Basralarning qasrigacha (Makkadan 1000 km uzoqlikda joylashgan) yetib borgan deyishadi.*

* Ishayo 60:1-3.

Abd al’-Mutallibning o’g’li Olloh elchisiing otasi Abdulloh Aminani homiladorligida vafot etgan.*

* Muhammad yarim yetim bo’lib tug’ilgan.

1.04.3 -- Olloh elchisini tug’ilishi va tarbiya topishi (taxminan 570 yil)

Olloh elchisi ‘fil yilida’* rabiya al’-avvalning (uchinchi oy) o’n ikkinchi kechasida dushanba kuni tug’ilgan. Hasan ibn Sabit shunday deydi:”Men o’shanda yetti, sakiz yoshda edim va hamma narsani tushunar edim. Bitta Yahudiy Yasribda (Madinada) boshqa Yahudiylarni to’plab shunday deganini eshitganman:”Hozir Ahmad** tug’ilgani sababli yulduz chiqdi***”. Men Said Abd ar-Rahmondan:”Muhammad Madinaga kelganda Hasan necha yoshda edi” – deb so’radim. U:”Oltmish yoshda edi” – deb javob berdi. O’sha paytda Muhammadga ellik uch yosh edi, bu degani Hasan Muhammad haqida eshitganda yetti yoshda bo’lgan.

* 571 yil efiopiyaliklar Makkani bosib olmoqhi bo’lganlar. Ularning armiyasida fillar bo’lgani uchun, arablar o’sha yilni “fillar yili” deyishgan. Yilni eng muhim voqeasiga moslab atash kalendar oddiy uslubi bo’lgan.
** Ahmad ismi “maqtalgan” degan ma’noni beradi va “Muhammad” ismini formasidir. Shunday qilib “Ahmad” ismi Qator surasi 61:6 ga binoan Xushxabarda va’da qilingan ism (Yupatuvchi(Paraklet)) tushuniladi.
*** Taqqoslang: Matto 2:1-12 – yulduz munajjimlarni Sharqdan Baytlahmga yo’l ko’rsatib olib kelgan.

Muhammad tug’ilganda onasi Amina Muhammadning bobosi Abd al’-Muttalibdan kelib bolani qarab berishini iltimos qildi. Bobosi kelganida Amina homilador paytida nima ko’rganini va nimalar unga aytilgani va qanday deb atashi kerakligi haqida bobosiga aytib berdi. Abd al’-Muttalib uni shu paytdayoq Kaabaga olib ketib u yerda Ollohga bu sovg’a uchun ibodat qilaganini va minnatdorchilik bildirganini tasdiqlashadi.*

* Taqqoslang: Luqo 2:21-39 – Isoni ma’baddagi nutqi.

Keyin Abd al’-Muttalib bolani onasiga qaytarib berib boquvchi topishga kirishib ketadi. U Saada Ibn Bakra qabilasidan bir ayolni topdi. U Abu Zuaybaning qizi Halima edi. Muhammadning boqib olgan onasidan aka-singillari quyidagilar: Abdulloh ibn al’-Haris, Unaysa va doim as-Shayma deb atashgan Juhama. Ularning hammasi Halimaning bollaridir.

Al’-Xaris ibn Xatib al’-Jumahining ozodlikka chiqargan quli Jahm ibn Abu Jahm Halimaning shunday degan so’zini aytgan deyishadi:”Men yurtimdan erim, kichkina chaqalog’im va Banu Saad qabilasidagi bolalarni tarbiya qilishni xohlaydigan bir necha ayollar bilan ketganmiz. O’sha yili ocharchilik yili bo’lgan va bizda yegani hech narsa qolmagan. Men eshakda ketganman, bizda tuya ham bor edi, lekin unda umuman suti yo’q edi. Chaqaloq ochlikdan kechasi bilan baqirganidan biz kechasi bilan uxlamaganmiz. Menda ham, tuyada ham chaqaloqqa bergani sut yo’q edi. Biz yordamga umid qilar edik. Men ketayotgan eshshak kuchsiz bo’lgani va sekin yurgani uchun menga qarab butun karvon ham sekin yurar edi. Va nihoyat biz Makkaga yetib keldik va boqish uchun emizikli bolalarni qidirishga tushdik.”

Hamma ayollarga Ollohning elchisini boqishni taklif qilishdi. Lekin u yetim bo’lgani uchun hech kim uni boqishni xohlamadi. Hamma chaqaloqni otasidan mukofot olishni xohlar edi. Ona va bobo nima ham berolar edi? Boshqa ayollar boqishga chaqaloq topib ketmoqchi bo’lib turganlarida, men erimga aytdim:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, agar mendan boshqa dugonalarim bolalarni tarbiyalagani olishsa, men ulr bilan qaytib ketolmayman. Men u yetim chaqaloqni olaman”. Erim menga:”Agar sen u bolani olsang, zarar ko’rmaysan. Balki u orqali bizni Olloh marhamatlar” – dedi. Men uni hech kim olmagani uchungina oldim. Men uni tizzamga olib emizdirishim bilan sutim ko’payib unga ham, mening chaqalog’imga ham yetdi. Ular ikkalasi ham to’yib, uxlab qolishdi. Ungacha biz och chaqaloqning yig’isidan uxlolmagan edik”.

Keyin erim tuyaning yoniga kelib qarasa u ham sutga to’lib yotgan ekan; erim uni sog’ib keldi va biz ichib to’ydik. Tun biz uchun ajoyib o’tdi. Ertalab erim shunday dedi:”Halima, Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, sen marhamatli bolani boqishga olding”. Men erimga:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, men bunga umid qilaman!” – dedim. Keyin biz ketdik. Chaqaloqni eshakka oldik. Eshshak shunchalik tez yurdiki boshqa eshshakdagi dugonalarim sekinroq yurib ularni kutishimni so’rar edilar. Ular hayron bo’lib men kelgan o’sha eshakmi deb so’rar edilar.

Men ha o’sha eshshak desam ular hayron bo’lib:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytamizki, u bilan qandaydir mo’jiza sodir bo’lgan” – deyishdi. Mamlakatimiz Bandu Saadga yetib kelganimizda, bizni yerlarimiz eng hosilsiz yerlar bo’lishiga qaramay, qo’ylarimiz kechga ko’p sut berardilar. Bizda sutga mo’lchilik bo’lardi, boshqalarda esa tomchi sut ham yo’q edi. Ba’zi birlar o’zlarini cho’ponlarini so’kib:”Holingizga voy! Abu Zuayba qo’ylarini boqadigan yerda qo’ylarni boqinglar!” – deyishar edi. Biroq ularning qo’ylari och, bir tomchi sutsiz uyga qaytib kelishar edi, meni qo’ylarim ko’p ovqat yeb, ko’p sut berishar edi. Chaqaloqni ikki yoshgacha emizib sutdan chiqargunimizgacha biz Ollohdan marhamat oldik va to’kin sochinlikda yashadik. U boshqaga o’xshamasdan juda ham kuchli katta bo’ldi.

Bizga u orqali kelgan marhamat tufayli uni qaytarib berishni xohlamasakda uni onasiga olib bordik. Men uning onasiga:”O’g’lingizni kuchli bo’lgunigacha biz bilan qoldirishni xohlaysizmi? Makkaning hovosi unga yomon ta’sir qilishi mumkin” – dedim. Biz uni uzoq ko’ndirdik va u bizga bolani olib ketishimizga ruxsat berdi.

Bir necha oydan keyin Muhammad bizning uyimiz orqasida akalari bilan qo’zichoq boqar edi. Birdaniga uning akasi vahimada baqirganicha:”Oq kiyimda ikki kishi kelib, mening kurayshit ukamni ushlab yerga yiqitishdi, qornini so’yib uni ichini kovlashyabdi!” – dedi. Men erim bilan Muhammadni yoniga yugurib kelganimizda uni yuzi buzilib tirishib ketganligidan biz uni arang tanidik va undan nima bo’lganini so’radik.

Muhammad:“Oq kiyimda ikki kishi keldi. Yerga yiqitib, qornimni so’yib, ichidan nimadir qidirishdi, aynan nima qidirishdi bilmayman!” – dedi.*

* Taqqoslang: Sharh surasi 94:1-3 (Ikkita farishta Muhammadni tozalaydi).

Biz uni chodirga olib bordik va uning otasi menga dedi:”Muhammad yomon ruhga chalingan deb qo’rqaman. Bu haqida hech kim bilmasidan oldin uni oilasiga qaytar. Biz uni onasi Aminaga olib bordik va u shunday deb so’radi:”O boquvchi, sen bu bolani yana sen bilan qolishini juda ham xohlagan edingku!” Men:”Meni o’g’limni Olloh yetuklikka erishtirdi. Men o’z qarzimni ado etdim, biroq u bilan biror yomon narsa sodir bo'lmasin deb qo'rqaman. Shuning uchun uni sen xohlagandek sening qo’llaringa topshiraman” – dedim. Amina:”Gap unda emas! Menga to’g’risini ayt!” – dedi.

Men unga aytmagunumgacha u mendan so’rayverdi. Shunda Amina so’radi:”Nahotki sen Muhammad yovuz ruhga chalinganidan qo’rqasan?” Men bu gapni tasdiqlab boshimni qimirlatdim va Amina menga shunday dedi:”Yo’q, Olloh nomi bilan qasam ichaman! Muhammad haqida senga aytib berishimni xohlaysanmi?” Men rozi bo’ldim va Amina menga gapirib berdi:”Men Muhammadga homiladorligimda mendan shunday yorug’lik chiqqanki, u Suriyadagi Bosra qasrini ham yoritgan. Mening homiladorligim juda oson va zavqli o’tgan – men hech qachon bunday homiladorlikni bilmaganman. Men Muhammadni tuqqanimda u qo’li bilan yerni bosib, boshi bilan osmonga qaragan. Endi sen Muhammadni men bilan qoldir va tinchlik bilan qaytgin!”

Bir kuni Olloh elchisining ba’zi izdoshlari undan o’zi haqida aytib berishini so’radilar. Muhammad ularga shunday deb aytib berdi:”Men otam Ibrohim ishonishni buyurgan va Iso payg’ambarlik qilgan o’shaman.* Onam menga homiladorligida u undan hatto uzoqdagi Bosra qasrini ham yoritadigan nur chiqayotganini ko’rgan. Men Banu Saad ibn Bakr qabilasida tarbiya olganman. Bir kuni uyimiz orqasida men akam bilan qo’zilarni boqqayotganimda oq kiyimda ikki kishi kelgan. Ularning qor bilan to’la chelagi bor edi. Ular meni ushlab qornimni so’yishdi. Keyin yuragimni olib, undan qora qotmani olib tashlashdi. Ular uni tashlab yuborishdi.** Keyin ular mening yuragimni va tanamni o’sha qor bilan oppoq qilib yuvishdi. Nihoyat biri ikkinchisiga shunday dedi:”Uni xalqidagi odamlarning o’ntasi bilan tort”. U meni ularga bilan tortganida men ulardan og’ir keldim. Shunda u:”Muhammadni xalqini yuztasi bilan tort” – dedi. Men ulardan ham og’ir chiqdim. Oxirida u:”Muhammadni xalqini mingtasi bilan tort” – dedi. Men ulardan ham og’ir chqqanimda, u:”To’xtat biz uni butun xalq bilan tortsak ham u ularni bosib o’tadi!” – dedi.”

* Iso yolg’onchi payg’ambarlar yolg’on masihlar ko’payishini aytgan (Taqqoslang: Matto 24:14-24). Musulmonlar Muqaddas Kitobda Muhammad kelishi haqida yozilgan deb xato qilishadi (Ikkinch Qonunlar 18:25).
** Bu hikoyada Muhammad qanday payg’ambarlik xizmatiga chaqirilganligi va tozalanganligi aytiladi. O’sha paytdan keyin uni Mustafa ya’ni poklangan deb atashadi. Uni o’zi poklanmagan, biroq yuragi tozalashga muhtoj bo’lgan. Biroq u payg’ambar Hizqiyol (36:26-27) orqali va’da qilingan yangi, ruhiy yurakni olmagan.
Muhammadning tozalanish hikoyasi bilvosita birinchi gunoh haqida guvohlik qiladi. Bundan tashqari islom birinchi gunohni borligini rad qiladi (Taqqoslang: Rimliklarga 5:12-21). Shunga qaramasdan, Muhammad o’zini gunohkor deb tan olgan. Qu’ronda Muhammadni uch marta kechrim so’raganligi aytilgan (Ahzob surasi 33:38; G’ofir surasi 40:55 va Muhammad surasi 47:19).
Boshqa tarafdan, Iso gunohsiz hayot kechirgan. Iso Xudo kabi muqaddas bo’lgan va birinchi gunohdan ozod bo’lgan. U Muqaddas Ruhdan tug’ilgan. Qur’onda garchi mashhur payg’ambarlarni gunohi haqida aytilgan bo’lsada, lekin Isoni biror marta ham gunoh qilganligi haqida aytilmagan. Qur’on va musulmon rivoyatlari Isoning gunohsizligini har xil holatlarda tasdiqlaydi (Maryam surasi 19:19).

Ollohning elchisi shunday dedi:”Qo’ylarni boqmagan payg’ambar yo’q”. O’shanda undan so’rashdi:”Senchi boqqanmisan?”. U:”Ha men ham boqqanman” – dedi. Bundan tashqari Olloh elchisi izdoshlariga aytdi:”Men sizlarni ichingizda eng toza arabman.* Men kurayshit bo’lib, Banu Saad qabilasida tarbiya olganman.”

*Arab so’zi ‘al’-‘arab’ bo’lib arab yarim orolidagi doimiy shahar va qishloqlarda yashaydiganlardan farq qiladigan beduinlarning ko’chmanchi qabilasidir.
Muhammad o’zini beduin deb hisoblagan. Yoshligida u suvsiz cho’lda podani qo’riqlagan.

Bir kuni Halima Olloh elhisini onasiga olib ketayotganida Makkada yo’qotib qo’yganini ba’zilar tasdiqlashadi (haqiqatni faqat Olloh biladi). Halima Muhammadni qidirib topaolmagan. Halima buni Abd al’-Muttalibga aytgani borgan u butun muqaddas joyni qidirib Ollohdan Muhammadni qaytarib berishini so’ragan. Muhammadni Varaka ibn Naufal’ boshqa kurayshtlar bilan topganini aytishadi. Muhammadni Makkani tashqarisidan topishgan va uni Abd al’-Muttalibga olib kelishgan.

Abd al’-Muttalib uni yelkasiga qo’yib muqaddas joyni atrofida yurgancha Ollohdan uni himoya qilishini so’ragan. Keyin u Muhammadni onasiga jo’natgan.

Bitta o’qimishli kishi (rivoyatlar aytuvchi (tashuvchi)) menga shuni aytib berdi:”Halima Muhammadni onasiga qaytarib berishini Halima aytmagan boshqa sababi bor edi. Muhammadni sutdan chiqarib Makkaga qaytganida u yerda Halima bir necha Efiopiyalik Masihiylarni uchratgan. Ular bolani har tarafidan qarab, Halimadan bola haqida soray boshlaganlar. Keyin ular Halimaga shunday aytganlar:”Biz bu bolani shohimizga olib bormoqchimiz. Biz uni kelajagini bilamiz, u bir kuni yuqori martabaga erishadi””. Menga bu haqida aytgan kishi, Halimani Efiopiyaliklardan qutilishi qiyin bo’lganini ham qo’shib qo’ydi.

1.04.4 -- Muhammadning onasi Aminaning va bobosi Abd al’-Muttalibning vafoti (taxminan 576-578yillar)

Ollohning elchisi o’zining onasi va bobosi bilan ajoyib o’simlikdek o’stirgan Olloh himoyasida yashadi. Muhammad olohning mehribonchiligi bilan olti yoshga kirganida onasi olamdan o’tdi.

Abdulloh ibn Abu Bakr shunday degan:”Elchining onasi u olti yoshligida Makka va Madinaning o’rtasida joylashgan al’-Abvada* vafot etgan. Amina Muhammad bilan Banu Adiy qabilasidagi qarindoshlarini ko’rib Makkaga qaytyotganida yo’lda vafot etgan”.**

* Al’-Abva shimoliyi Makkaning taxminan 200 km joylashgan bo’lib, Madinaning yo’lida, Qizil dengizning qirg’og’ida joylashgan.
** Muhammad tug’ilganida u yarim yetim edi, olti yoshida butunlay etim bo’ldi. Onasiga o’xshab hech kim unga g’amxo’rlik qilmadi. Uni birinchi oylaridayoq onasi emas, beduinlar oilasidagi boquvchi ayol tarbiyaladi. Muhammadning yuragida doimo bo’shliq va sevgiga chanqoqlik bor edi.
Isoning Otasi va Xudo Isoga g’amxo’rlik qilishi uchun sodiq ota Yusufni berdi. Isoning onasi ham hatto quvg’inlarda ham Iso uchun g’amxo’rlik qildi. Iso o’lganida Onasi xoch oldida turdi.

Ollohning elchisi o’shanda bobosi Abd al’-Muttalib bilan yashadi, bobosi to’shagini Kaabaning yoniga qo’yib qo’yar edi. Bolalar Abd al’-Muttalibning to’shagi atrofida uning kelishini kutib o’tirar edilar. Abd al’-Muttalibni xurmat qilganlaridan hech kim uning to’shagiga o’tirmas edi. Bir kuni Ollohning elchisi kichkinaligida kelib, bobosining to’shagiga o’tirdi. Amakisi uni haydamoqchi bo’lganida bobosi shunday dedi:”O’g’limni haydama! Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, bir kuni u yuqori martabaga ega bo’ladi.” Bobosi Abd al’-Muttalib Muhammadni uning to’shagida u bilan birga o’tirishiga ruxsat berdi va Muhammatni belini silab o’tirdi. Muhammad yetti yoshga to’lganida bobosi Abd al’-Muttalib vafot etdi.

Abd al’-Muttalib o’limini yaqinlashyotganini sezgach, oltita qizi: Sofiya, Barra, Atika, Umm Hakim al’-Bayda, Umayma va Arvalarni to’pladi. U ularga shunday dedi:”Men uchun yig’langlar, o’lim oldidan men uchun nima deb yig’lashlaringni eshitay”. Shunda qizi Sofiya u uchun shunday maqtov so’zlarini aytdi:

Odamning g’ami e’lon qilingan tunda, men baqirib yig’ladim va ko’z yoshlarim yuzimdan durdek oqib tushdi. Men haqiqatdan ham taqvodor bo’lgan, hamma qullar ustidan yuqori turgan, sahiy, yaxshilik qiluvchi, ajoyib ota, hamma yaxshiliklar merosxo’ri uchun yig’ladim. Men o’z yurtiga sodiq, odamlarni yordamisiz mustahkam turgan, kuchli va qudratli bo’lgan, xarakteri a’lo, o’z avlodi orasida maqtov va qobillikka loyiq bo’lgan uchun yig’layman.

U yuksak, yuqori va yaxshilik qiluvchi bo’lgan; u osmondan tushadigan yomg’irdek, odamlarga marhamat olib kelgan; uni kelib chiqishi obro’li bo’lib, hech qanday nuqsoni bo’lmagan; u xo’jayinlarga ham, qullarga ham qadrli bo’lgan. U yumshoq, yaxshi, mehribon, sahiy va sherdek kuchli inson bo’lgan.

Agar xurmat va muruvvatlilik abadiy yashashga imkon berganida – bu hech kimga berilmagan – unda dadamiz abadiy yashar edi. Abd al’-Muttalibning boshqa qizlari ham u hali tirikligida unga a’za maqtov so’zlarini to’qidilar. Ular otalariga maqtov she’rlarini to’qib har biri bir-biridan yaxshiroq to’qishga harakat qilar edilar. Vafot etayotgan Abd al’-Muttalibning oldiga do’stlari kelib uni maqtab yuksaltirishar edi.

Abd al’-Muttalib o’zi gapirolmay qolganidan boshini qimirlatib ularni maqtovini eshitishni xohlayotganini ko’rsatar edi. Abd al’-Muttalibning vafotidan keyin Obi-Zamzam qudug’iga o’g’li al’-Abbos qaradi. U o’sha paytda uning katta akalari borligiga qaramasdan sayohatchilarga suv berar edi. Olloh elchisi uni shu ishga qo’ydi. Bu ish hozirgi kungacha uning oilasiga tegishlidir.

1.04.5 -- Muhammad va uning amakisi Abu Tolib (578 yil)

Ollohning elchisi bobosi Abd al’-Mutallibning vofotidan so’ng yashagani amakasi Abu Tolibnikiga keldi. Buni uning bobosi xohlagan edi, chunki Muhammadning dadasi Abdulloh va Abu Tolibning bitta onadan tug’ilgan aka-uka edilar. Ularning onalari Amra ibn Aidning qizi Fotima edi. Abu Tolib otasining o’limidan keyin Ollohning elchisiga g’amxo’rlik qildi va hamma joyga olib bordi. Makkaga tez-tez kelib turadigan bitta folbin yosh Muhammadga yuqori martabaga erishishi haqida aytdi.

Mana bunday holat aniq sodir bo’lgan: bir kuni Abu Tolib yo’lda ketyotganida bir folbin u bilan birga yosh Ollohni elchisini ko’rib qoldi. Lekin nimagadir chalg'ib yana ularga qaraganda Abu Tolibning yonida Muhammad yo’q edi. Folbin uning yoniga Ollohning elchisini olib kelishini so’radi. Biroq Abu Tolib folbin Muhammadni ko’rishni xohlayotganini ko’rib uni yashirib qo’ydi. Folbin unga baqirib:”Holinga voy! Men ko’rgan u bolani mening yonimga olib kel. Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, u buyuk martabaga erishadi!” – dedi. Lekin Abu Tolib folbinning oldidan bola bilan birga ketib qoldi.

Keyinroq mana bunday voqea sodir bo’ldi: Abu Tolib Suriyaga savdo qilgani ketmoqchi bo’ldi. Ketishga otlanyotganida Ollohning elchisi unga shunday yumshoq munosabat qildiki, Abu Tolib yumshab dedi:”Olloh nomi bilan aytamanki, seni o’zim bilan olib, boshqa hech qachon tashlamayman!” yoki shunga o’xshagan so’z aytgan. O’shanda Abu Tolib Muhammadni o’zi bilan birga olib ketdi. Odatdagidek ular Monahlar yashaydigan joyning yaqinida to’xtadilar. Monahning ismi Buhayro (yoki Bahira) edi. U Muqaddas Kitobni va Masihiylar dinini yaxshi bilar edi va o’sha makonda uzoq yashagan. U yerda monahlar yetakchilikni oladigan kitob saqlanar edi.

Ushbu kitob nasildan nasilga qoldirilib kelinar edi, ilgari Abu Tolib va uning hamrohlari ko’pincha usha erdan o’tib borishar edi, ammo monah ularni ko’rmagan va o’zini ko’rsatmagan ham edi. Ammo bu safar u ular uchun taom tayyorladi, chunki u o’z makonidan Ollohning elchisi ustida bulut turganini va butun karvon ichida uni ajratib turganini ko’rgan ekan. Shundan so’ng ular bir daraxtning soyasi ostida dam olmoqchi bo’lishdi, daraxt ostiga kelishganida Ollohning elchisini ko’proq himoyalash uchun daraxtning novdalari yanada pastroq egildi. Taom tayyor bo’lgach, Buhayro karvondagi hamma yoshu qarini, ozod va qulni ovqatlanishga taklif qlish uchun elchi jo’natdi.

Kurayshitlardan biri hayratda:“Sen oldinlari bunday mehmondo’stlikni ko’rsatmagan eding, bugun nima sodir bo’ldiki shunday iltifot qilyabsan?” Buhayro shunday javob berdi: “Sen haq so’zlading. Avval men bunday qilmaganman, lekin bugun sizlar mening mehmonimsizlar. Sizlarni barchangizni ovqatlanishga taklif etib, sizlarga iltifot ko’rsatmoqchiman”. Barcha keldi ammo Ollohning elchisi yosh bo’lgani uchun karvon oldida qoldi. Tez orada Buhayro u ko’rgan g’ayri tabiiy alomat mehmonlar ustida yo’qligini ko’rib dedi:“Kurayshitlar! Men yozgan dasturxonga hammangiz kelishingiz kerak, sizlardan biror kishi ham qolib ketmasin!” Ular unga:“Bir bolakaydan tashqari hamma shu yerda – u yosh bo’lgani uchun karvon oldida qoldi” – deyishdi. Buhayro: “Chaqiring u ham sizlar bilan birga dasturhon atrofida bo’lsin” – deb turib oldi.

Shunda kurayshitlardan biri:”Al’-Lat* va al’-Uz** nomi bilan qasam ichib aytamanki Abdullohning o’g’lini karvon oldida qoldirib to’g’ri ish qilmadik” – dedi. Keyin u Muhammadning oldiga borib uni quchoqladi va uni hammani oldiga olib keldi. Buhayro Muhammadning tanasida alomatni ko’rish uchu unga e’tibor bilan qaradi. Ovqatlanib bo’lib mehmonlar tarqashdi, Buhayro Muhammaddan Al’-Lat va al’-Uz haqqi uning savoliga javob berishini so’radi, chunki kurayshitlarning shunday odatlari bor edi.

* al’-Lat Banu Sakif qabilasining ma’budasi Ollohning xotini bo’lgan, yana ar- Rabba ismi bilan mashhur ayol xo’jayn bo’lgan.
** al’-Uzza al’-Latning qizi Kuraysh va Kinana qabilalarining ma’budasi bo’lgan va Makkaning tashqarida turgan. Bu ikkala butning haykali Makkani bosib olinganda yo’q qilingan.

Muhammad Buhayroga:”Mendan al’-Lat va al’-Uz haqqi so’rama, Olloh haqqi aytamanki, men uchun bu ikkita butlardan jirkanch narsa yo’q” – deb aytganini tasdiqlashadi. Shunda Buhayro shunday dedi:”Unda Olloh nomi bilan mening savollarimga javob berishingni so’rayman”. Muhammad Buhayroga:”Xohlagan narsangni so’ra!” – dedi. Buhayro Muhammaddan uning uxlagandagi holati, uning tashqi ko’rinishi va boshqa narsalar to’g’risida so’radi. Ollohning elchisi unga o’zi haqida barini aytib berdi va Buhayro eshitganlarini barisi Muhammad haqida bilganlaridek mos edi. Shundan so’ng Buhayro Muhammadni orqasini ko’zdan kechirdi, u ko’rishni kutganiday ikki elka o’rtasida payg’ambarning tamg’asini ko’rdi. Bu tamg’a huddi tibiiy idishning qoldirilgan iziga o’hshar edi. Keyin Buhayro Abu Tolibning oldiga borib so’radi:”Bu bolakay senga kim bo’ladi?” Abu Tolib shunday javob berdi:”U mening o’g’lim”. “U sening o’g’ling emas” – dedi Buhayro. “Ha yaxshi, u mening jiyanim” – dedi Abu Tolib. “Otasiga nima bo’lgan?” – deb so’radi Buhayro. “U onasini qornidaligida otasi olamdan o’tgan” – dedi Abu Tolib. “Sen to’g’risini aytding. Bola bilan uyga qaytib, Olloh haqqi uni yahudiylardan yashir, chunki agar ular uni ko’rib, bilib qolishsa, unga yomonlik qilishlari aniq. Jiyaning bir kun kelib yuqori martabaga erishadi. Shunday ekan u bilan yurtinga qaytib ketishga shoshil!”* – dedi Buhayro.

* Ba’zi musulmonlar bu hikoyani masihiy apologetikasi (himoyalash) borligi uchun Buhayroni Muhammad bilan uchrashuvini qabul qilmaydilar. Musulmonlar bu uchrashuvda Muhammad Muqaddas Kitob haqida tushuncha olgan deb tushuntiradilar.

Abu Talib did so, as soon as he had finished up his business in Syria.

Abu Tolib shunday qildi – u Suriyada ishlarini tugatishi bilanoq uyqa qaytishga shoshildi. Ollohning elchisi o’sishda davom etdi, Olloh uni majusiylarning jirkanch adashganliklaridan Muhammadni saqladi, chunki Olloh Muhammadni O’zining elchisi qilib tayinladi. Shunday qilib Muhammad xalqining ichida eng obro’li kishi bo’ldi: uning jasurligi, yaxshi xulqi va kelib chiqishiga hech kim teng kelolmas edi. U eng yaxshi qo’shni, eng kamtar, eng solih va sodiq inson bo’lgan, erkak kishini buzadigan yomon xulq atvorlardan yiroq turgan. U shunchalik yuksak bo’lib, ko’p yaxshilik qilganidan xalqi orasida ‘sodiq’ ismi bilan mashhur bo’lgan.

‘Kofirlik urishi’ boshlanganda Muhammad o’n ikki yoshda edi. Kinana va Kays Aylan qabilasi urushni boshlab ba’zi bir muqaddas qonunlarni buzishgani uchun bu urush ‘kofirlik urushi’ deyilgan. Kurayshitlar va Kinan qabilasi yetakchisi Harba ibn Umayma ibn Abd Shams edi. Kun boshida g’oliblik Kays qabilasi tomonida edi, ammo tushlikdan boshlab g’oliblik Kinan qabilasi tomonda bo’ldi.

1.05 -- Muhamadning Xadichaga uylanishi (taxminan 595 yil.)

1.05.1 -- To’ydan oldingi voqea

Muhamadning yigirma besh yoshligida, u Huvayli ibn Asadning qizi Xadichaga uylandi. Xadicha tijorat bilan shug’ulanuvchi martabali ayol edi. U o’z ishlarini boshqarish uchun erkaklarni yollar va tushgan daromaddan ularga ulush berar edi. Xadicha Muhamadning rostgo’yligi, yaxshi amallari va vofodorligi haqida eshitgach, Muhammadning oldiga uni tijorat ishlarini Suriyada boshqarish taklifi bilan elchi jo’natdi. U Muhamadga boshqalarga nisbatan ko’proq ulush berishga va’da berdi. Muhammad uning taklifini qabul qiladi va Suriyaga Xadichaning bir Maysara ismli quli kuzatuvida va moli bilan jo’naydi. Muhammad bir ruhoniyning hujrasini yonidagi daraxt soyasi tagida otirganida u ruhoniy Maysaradan daraxt tagida o’tirgan u odam kimligini so’radi. Maysara:”U muqaddas joyda yashovchi kurayshit” – dedi. Ruhoniy:”Bu daraxt tagida payg’ambardan boshqa hech kim to’xtamagan edi” – dedi. Muhammad olib borgan molini olib borib, sotib u yerdan boshqasini olib Maysara bilan Makkaga qaytib kelishdi.

Muhammad kunning issig’ida tuyasini ustida kelayotganida uni ikkita farishta quyoshdan saqlab kelganini Maysara ko’rgan deb aytishadi. Ular Makkaga kelishgach Xadicha Muhammad olib kelgan molni sotadi va molni narxi ikki marta oshib ketadi. Maysara Xadichaga ruhoniyning gapini va yo’lda Muhammadni ikkita farishta quyoshdan saqlab kelganligini aytib beradi. Xadticha mehribon, haqqoniy va Olloh uni yuqori martabaga qo’ygan aqlli ayol edi. Xadicha Maysaraning so’zlarini eshitib Muhammadni chaqirib shunday degan deyishadi:”Amakimning o’g’li Muhammad, men seni kelib chiqishing, xalqing orasidagi xurmating va sening sodiqliging, haqqoniyliging va yaxshi xulqliliging uchun sen bilan birga bo’lishni xohlayman”. Oxirida Xadicha Muhammadga unga uylanishini taklif qiladi.*

* Ular turmush qurishganda Xadicha taxminan qiriq yoshda, Muhammad yigirma besh yoshda edi. Ungacha Xadicha ikki marta turmushga chiqqan bo’lib oldingi turmushlaridan bolalari bor edi. Uning birinchi eri vafot etgan, ikkinchisi bilan ajirashgan edi. U kuchli xarakterli, omadli tadbirkor va ish bilarmon ayol edi.
Hadichani holati islomgacha Arab yarim orolida ayollar jamiyatda yuqori martabaga ega bo’lganliklarini ko’rsatyabdi, olimlar ham buni tasdiqlashadi. Ular islom kirib kelib ayollar qadr-qimmatga erishdilar deb o’rgatishadi. Aslidachi aksidir.
Xadicha bilan turmushi vaqtida Muhammad boshqa uylanmagan. Balki Xadicha Muhammad yoshligida yo’qotgan onasi o’rnini bosgan. Muhammad yetim bo’lgani uchun unga ona sevgisi yetishmagan. Muhammad o’zinig ho’jayiniga va boshlig’iga uylandi. Shu tufayli boyib ketdi va xurmatga sazovor bo’lib qoldi va Makkaning markazida ham yashashga qurbi yetar edi.
Iso uylanmadi. Iso bolaligidayoq bu dunyoning gunohi uchun Xudoning qurbonlik Qo’zisi bo’lib o’lishini bilar edi. Iso O’zidan keyin oilasini otasiz qoldirishni xohlamadi. Iso bor kuchini insoniyatni qutqarishga bag’ishladi.

1.05.2 -- Muhammadning uylanishi va uning Xadichadan tug’ilgan bolalari (taxminan 595 yil)

O’sha paytda Xadicha kelib chiqishi va badavlatligi bilan kurayshitlar orasida xurmatga sazavor edi. Uning xalqini orasida hamma Xadichaga uylanishni xohlar edi. Uning otasi Huvaylida ibn Asad va onasi esa Zayda ibn al’-Assamning qizi Fotima edi.

Muhammad amakisi Hamza ibn Abd al’-Muttalibga Xadichaga uylanish maqasadi borligini aytdi, amakisi Muhammad bilan birga Huvaylida ibn Asadning uyiga Xadichani unashtirishga borishdi va Muhammad Xadichaga uylanadi. Muhammad sovg’aga (kalimga) yigirmatta yosh tuyalarni berdi. Muhammad birinchi marta Xadichaga uylanadi. Xadicha tirikligida Muhammad boshqaga uylanmadi. Xadicha Muhammadning Ibrohim* o’g’lidan boshqa hamma bolalarining onasidir. Xadicha Muhammadga al-Qosim (shuning uchun uni Abu Qosim deyishgan), at-Tayyib, Zaynab, Rukayya, Umm Kulsum va Fotimalarni tug’ib berdi. Al’-Qosim Muhammadning to’ng’ich o’g’li bo’lgan, Rukayya qizlardan kattasi bo’lgan, undan keyin Zaynab, keyin Umm Kulsum, keyin Fotima edi. Uchta o’g’li islomgacha davrda butparst bo’lib o’ladilar; qizlarini hammasi islomni qabul qilib keyinroq otalari Muhammad bilan birga Makkadan Madinaga bordilar.**

* Muhammadning Ibrohim o’g’li Koptlik xotini Mariyadan tug’ilgan. Abdulloh ibn Vahb Ibn Lahiidan eshitishicha Ibrohimning onasi Mariyani Mukaukis Muhammadga sovg’a qilgan Olloh elchisini quli bo’lgan, Mariya Misrning Ansinsidan Hafra qabilasidan bo’lgan .
** Uchta o’g’lini o’lishi Muhammadga katta fojea bo’ldi. Muhammad merosxo’rsiz qoldi. Sharqda taqdirning bunday xujumlari odatta Ollohning g’azabi yoki qora irm amallarning ta’siri deb tushuntiriladi. Muhammad badavlat va xurmatli inson bo’lgan, lekin uning ichida shubhalar va savollar uni qiynagan.

Huvaylidaning qizi Xadicha amakisining o’g’li Varak ibn Naufalga* Maysara aytgan ruhoniyning so’zlarini va Muhammadni quyoshdan berkitib saqlagan farishtalar haqida aytib beradi. Varaka Masihiy bo’lib Muqaddas Kitobni chuqur o’rgangan. Varaka Xadichaning so’zlariga shunday dedi:”Agar bu to’g’ri bo’lsa Muhammad bizning xalqning payg’ambaridir. Men payg’ambar kelishini bilaman va uning kelish payti keldi”. Varaka buni ko’p kutgan edi va:”Yana qancha kutish kerak?” – degan savollor berar edi.

* Varaka ibn Naufal’ Makkadagi kichik bir cherkovning boshqaruvchisi bo’lgan va Muhammadning Xadicha bilan nikohida ishtrok etgan bo’lishi mumkin. Islomgacha Makkada Masihiylar cherkovi bo’lganligini musulmon rivoyatlari aytib o’tadi.

1.06 -- TEST

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslar
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Nimaga Masihiy Muhammadning tarjimai holini o’rganishi kerak?
  2. Ibn Hisham Muhammadning bobosi Abd al’-Muttalib haqida nima dedi?
  3. Nimaga Makkadagi Obi-Zazam qudug’ini oldida mojaro bo’ldi?
  4. Nimaga Abd al’-Muttalib o’g’li Abdullohni o’ldirmoqchi bo’ldi? Abdulloh o’limdan qanday qutilib qoldi?
  5. Nimaga Varaki ibn Naufalning siynisi Abdullohga oldin va’da berganini rad qildi? Ibn Hisham qanday sabab haqida aytdi? #Boshqa sababni ko’ryabsizmi? Bu voqealar haqida nima fikrlar edingiz?
  6. Halima chaqaloq Muhammadni boqqani olib qanday marhamatlarga oldi?
  7. Muhammadni ikkita kishi qornini so’yganida nimaga uni yuzi buzilib ketdi? Gunohlariga kechirim olgan odamning yuzida buzilish bo’ladimi? Nimaga Halima bolani onasiga qaytarib bermoqchi bo’ldi?
  8. Muhammad amakisi Abu Tolib bilan bo’lganida nima qildi? Bu uning keyingi xizmatiga qanday yordam berdi?
  9. Buhayro Muhammadning yelkasi o’rtasida qanday payg’ambarlik tamg’asini ko’rdi?
  10. Monah Maysaraga:”Bu daraxt tagida faqat payg’ambar to’xtaydi” – dedi. Nima deb o’ylaysiz bu daraxt tagida nechta odam to’xtagan?
  11. Muhammad badavlat Xadichaga uylanishi qanday sodir bo’ldi?
  12. Varaka ibn Naufal’ kim bo’lgan?
  13. Muhammadning Xadichadan tug’ilgan uchta o’g’llari (al’-Qosim, at-Tayib va at-Tohir) islomdan oldin o’lganlar. Nima deb o’ylaysiz ular qayerga borishgan, jannatgami yoki do’zahga?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abdul’masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 12, 2021, at 04:48 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)