Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 2 The beginning of Islam with Muhammad

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Previous book -- Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

2 - Islomni Muhammad Bilan BOSHLANISHI -- (610 - 615 yillar)

Muhammadning payg’ambarlik xizmati -- Birinchi musulmon jamoalarining paydo bo’lishi -- Makka aholisining qaramaqarshiligi -- E’fiopiyaga birinchi ko’chib o’tish.



2.01 -- II QISM - Makkada quvg’in bo’lgan payg’ambar

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

2.02 -- Muhammadning payg’ambarlik xizmati

2.02.1 -- Qay tarzda Muhammad Makkada muqaddas tosh haqidagi bahsda vositachilik qilgan

Muhammad o’ttiz besh yoshda bo’lganida, kurayshitlar Kaabani qayta qurishga qaror qildilar. Kaaba inson bo’yidan baland bo’lmagan bir-biriga qo’yilgan toshlardan qurilgan edi. Biroq kurayshitlar uni buzishga ikkilanishdi. Ular Kaabaning ichki qismidagi ichiga xazina yashiringan quduqdagi xazina o’g’irlangani uchun Kaabaning devorlarini ko’tarib, uning ustiga tom qo’yishmoqchi edi. Bu xazinalarni Banu Mulayh qabilasidan bo’lgan qullikdan ozodlikka chiqqan Duvaykanikidan topishgan. Biroq bu xazinani boshqalar o’g’irlab Duvaykaning uyiga yashirishganini taxmin qilishadi. Ungacha bo’ron vaqtida Jiddi yaqinida Vizantiy savdogarini kemasi qirg’oqqa kelib sinib ketadi. Arablar Kaabaning tomini qurish maqsadida bu kemaning taxta qismlarini olishadi. U yerda Koptlik* durodgor bo’lib, Arablarga nima kerak bo’lsa o’shani yasab bergan.

* Kaabani tomini koptlik Masihiy qurgan! Shaharga ko’chib kelgan Beduinlar durodgorlikni bilmas edilar.

Kaabadagi quduqda bitta ilon yashagan va unga har kuni ovqat berishgan. Ilon Kaabani devorlarida quyoshda toblanib yotishni yaxshi ko’rgan. Ilondan juda ham qo’rqishgan, chunki agar unga biror kim yaqinlashsa, ilon boshini ko’tarib, og’zini katta ochib vishshilagan. Bir kuni ilon odatdagidek Kaaba devorida quyoshga toplanib yotganida Olloh ilonni olib ketishi uchun qushni yuboradi va qush uni olib ketadi. O’shanda kurayshitlar shunday deyisggan:”Bizni rejamizni Olloh yoqladi deb umid qilamiz. Bizda duradgor do’stimiz, daraxt bor va endi Olloh bizni ilondan halos etdi”.

Kurayshitlar Kaabani qurilishini o’zaro bo’lib oldilar. Eshik taraf Abd-Manafa va Zuxralarga tegdi; Qora burchak va Yeman burchagi orasidagi qism Banu Mahzum va unga qo’shilishgan boshqa kurayshitlarga tegdi; Kaabaning orqa qismi Banu Jumah ibn Amr qabilasiga tegdi; Shimoliy taraf esa – ‘al’-Xatimlar’: Banu Abd ad-Dar ibn Kusay, Banu Asad ibn Abd al’-Uzza va Banu Adiy ibn Kablarga tegdi.

Ular hali ham Kaabani buzishga ikkilanib turishar edi. O’shanda al’-Mugirning o’g’li al’-Valid shunday dedi:”Men uni buzishni boshlayman!” U kirkani olib, Kaabani oldida turib baqirgancha:”Olloh biz bilan hech qanday falokat ro’y bermasin! Biz faqat yaxshilik xohlaymiz!” – dedi.

Al’-Valid devorning ikkita burchagidan buzishni boshladi. Boshqalar tun bo’yi kutib turib shuday dedilar:”Ko’ramiz, u bilan hech qanday falokat yuz bermasmikin. Agar yuz bersa, unda bu ishni qoldiramiz; agar falokat yuz bermasa, demak Olloh bizni rejamizni yoqlayotgan bo’ladi”.

Tongda ham al’-Valid buzishni davom ettirdi va boshqalar ham unga qo’shilib buzishni boshladilar. Ular Ibrohim (Ibrom)* payg’ambar qo’ygan toshlar asosigacha yetib borganlarida, toshlarni yashil rang bilan qoplanganligini va tuya o’rkachi ko’rinishida ekanligini ko’rdilar. Ular yer qatlamiga qattiq o’rnatilgan edilar. Buzishda qatnashyotgan bir kurayshit o’sha toshni ko’chirib ko’tarish uchun ikki tosh orasiga lomni qo’ydi. Tosh qimirlashi bilan butun Makka qimirlab ketdi. Shunda ular bu poydevor toshni tegmasdan joyida qoldirdilar.

* Bu mutloq afsonadir. Ibrohim umuman makkada bo’lmagan.

Kurayshitlar bir ustunda suriya tilida yozuv topib olishdi. Bir yahudiy o’qib tushuntirmagunigacha bu yozuvni hech kim tushunolmadi. U yerga bunday yozilgan ekan:”Men Makkani xo’jayini Ollohman. Men uni osmon va yerni, quyosh va oyni yaratgan kunim, uni ham yaratganman. Makkani saqlash uchun ettita farishtani qo’yganman. Uni o’rab turgan Ikkita tog’ turgunigacha, Makka ham turadi. Makkada yashovchilar suv va sutga mo’l bo’ladilar”.

Leys ibn Abu Sulaym Muhammaddan qiriq yil oldin Kaabada:”Yaxshilik ekkan – marhamat o’rib oladi, yomonlik ekkan – yomonlik o’rib oladi. Nahotki yomonlik ishlaringa yaxshi mukofat xohlaysizmi?” – degan yozuvi bor tosh topishganini tasdiqlaydi.*

* Bu yerda Isoning so’zlarini ozgina o’zgartirib keltiriladi (Solishtiring: Matto 7:16).

Keyin kurayshitlar Kaabani qurishga toshlar to’pladilar. Har bir qabila alohida ishladi. Ular Kaabani muqaddas toshga yetib borguncha qurdilar. O’shanda ular tortishib qolishdi. Har bir qabila toshni o’z joyiga qo’yishda sharaf va imtiyozga ega bo’lishni xohladi. Tez orada ular bo’linib, kelishuv tuzishga kirib ketdilar va jangga tayyorlanishni boshladilar.

Banu Abd ad-Dar qabilasidagilar qon to’ldirilgan idish olib keldilar va Banu Adiy qabilasi bilan bitm tuzdilar. Ular idishdagi qonga qo’llarini tiqib, o’limgacha bir-birlariga sodiq qolishga qasam ichdilar. Shuning uchun ular ‘qonni yalaganlar’ deb atala boshladilar. Keyin ular bur masjitda to’planib, bir-birlari bilan maslahatlashdilar. O’shanda kurayshitlar orasida kattasi bo’lgan Abu Umayya masjitga birinchi kirgan kishi ularni muhokama qilish taklifini aytdi.

Ular bu taklifga rozi bo’lishdi va masjidga birincha bo’lib Muhammad kirdi. Muhammadi ko’rib ular:”u biz uchun to’g’ri odamdir, chunki u solihdir” – deb baqirishdi.

Muhammadga majoroning sababini aytishdi. Shunda Muhammad unga material olib kelishlarini buyurdi. Muhammad muqaddas toshni material ichiga qo’ydi va hammalari toshni ko’tarib oldingi joyiga olib borish uchun har bir qabiladan bittadan kishi materialni ushlashini buyurdi. Keyin Muhammad toshni joyiga o’zi qo’ydi, bundan so’ng qurilish ishlari davom etdi.*

* Makkadagi Kaabani tiklanishdagi Muhammading o’rtakashligini Isoning Quddusdagi Ma’baddan sotuvchilarni haydab ma’badni Xudoga sajda qilish uchun tozalaganligi hodisasi bilan taqqoslash mumkin (Yuhanno 2:13-22). Iso yana dushmanlar ma’badni buzadilar, Iso esa uni uch kunda tiklashini aytgan (Matto 26:61; 27:40). Iso bu bilan O’zining o’limini va tanaviy tirilishini aytgan, chunki Uning tanasi Xudoning haqiqiy ma’badidir.
Muhammad eski ma’badlarning urflari bilan kurashgan – u Kaabadagi qora toshni tasdiqlagan va buni ziyorat qilishni Islomning ajiratib bo’lmas farzlaridan biri qildi. Iso Jamoatni Xudoning Ruhi yashaydigan yangi ma’bad qildi.
Muhammad ozini jangchilari bilan Kaabani zabt etmagunigacha undagi butlarga sabr qildi. Kaabani zabt etgach, uni butlardan ozod qildi, biroq Kaabada qora toshni qoldirdi va hatto uni o’pdi.

Muhammad paytida Kaabaning uzunligi, kengligi va yuqoriga o’n sakkiz tirsak bo’lgan. Kaaba misrning kanopdan to’qilgan matosi bilan yopilgan bo’lgan, keyinroq esa uni paxtali material bilan yopishgan. Kaabani birinchi Al’-Hajdaj ibn Yusuf o’ragan.

2.02.2 -- Makkada Jin ajinlarga ishonish.

Yahudiy o’qtuvchilari, Masihiy ulamolar va arablarning folchilari Muhammad paydo bo’lishidan avval u haqida aytar edilar. Yahudiy o’qituvchilari o’z Kalomlarida Muhammad va uning vaqti haqida karomatlar topishganini aytar edilar. Ulamolar, ular ustiga yulduzlar tushishidan avval, ular yovuz jinlardan eshitganini bunga qo’shimcha qilgan.*

* Bu yerda Ibn Hisham jinlarni, Muhammadning xizmati sirlarini bilgan, yovuz ruhlar sifatida tasvirlayabdi.
Islom ikki xil jinlar borligi haqida o’rgatadi: Yomon va Yaxshi. Bulardan eng oxiridagilari Qur’oni qabul etgan va Musulmon bo’lishgan.

Folchilar Muhammadning paydo bo’lishi haqida turli xil xabarlar qilar edi, ammo folchilarni so’zi tasdiq topmagani qadar arablar bunga hech qanday qiziqish ko’rsatmagan. Faqat shundagina ular hammasini tushinib yetishdi. Ollohning elchisi kelish vaqti yaqinlashganda, yovuz jinlarga ishonish taqiqlangan edi. Ularga oldin quloq solib yurgan joylariga qatib borish taqiqlangan edi va ular ustiga yulduzlar qulay boshladi. Shunda ular Olloh tomonidan tasdiqlangani amalga oshganini tushunib yetishdi. Olloh o’z payg’ambariga jinlar tarihini ochib berdi (Jin surasi 72:1-3): “1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (Qur'on tilovatimni) eshitib, (o'z qavmlariga borib), dedilar: "Darhaqiqat, bizlar ajib bir Qur'onni eshitdik. 2. U to'g'ri yo'lga hidoyat qiladi. Bas, darhol unga imon keltirdik. Bizlar (endi) Rabbimizga hech kimni sira sherik qilmasmiz. 3. Albatta, buyukligi oliy bo'lmish Rabbimiz biror juft va yo farzand tutgan emasdir”.*

* Boshqa bir rivoyat Muhammadning jinlar bilan bu uchrashuvini uni at-Taif aholisi tomonidan rad etilish vaqtiga bog’laydi.

Jinlar Qur’on haqida bilganlarida, ularga nima uchun ishonish taqilanganini tushunib yetdilar. Samodan kelayotgan Vahiy turli xil bo’lganligi uchun, tushunarsiz va shubhali bo’lishi mumkin emas edi. Endi jinlar ham ishonishdi va o’z do’stlariga yyetkazardi: “30. Ular dedilar: "Ey, qavmimiz, darhaqiqat, biz Musodan keyin nozil qilingan, o'zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qiluvchi Haq (din)ga va To'g'ri yo'lga hidoyat qiladigan bir Kitobni (Qur'onni) tingladik” (Al-Axkaf surasi 46:30).

* Musulmon jinlari o’zlarini Islomni fidoyi da’vatchilar sifatida ko’rsatmoqda.

Muhammad ibn Muslim ibn Shihab az-Zuhri, ansarlar (Muhammadning izdoshlari) so’zlaridan aytib bergan Ali ibn al-Husein ibn Ali Abu Talibdan eshitgan. Muhammad ulardan so’raganini, tasdiqlashdi: “Qulayotgan yulduzlar haqida nima deysizlar?” Ular unga javoban dedilar: “Biz bir shoh vafot etdi yoki kimdir shoh bo’ldi, yoki bir buyuk bola dunyoga keldi yoki vafot bo’ldi deb o’yladik”. Muhammad ularga javoban: “Unday emas. Aslida Olloh o’z mavjudodi haqida qandaydir yechim qilgan. Uni tahtini ko’tarib yurganlar buni eshitib uni olqishlaganlar. Ulardan pastroq turgan, farishtalar ham o’rnak olgan. Shunday olqish eng yaqin osmongacha yetib kelgan”. Shunda ulardan biri yonida turgandan, Ollohni nima uchun olqishlanayotganini bilmoqchi bo’ldi. “Chunki bizdan yuqori turganlar, uni olqishlamoqda” – degan javob oldi. Shundan so’ng yuqorida turganlardan so’rashdi, so’ngra yanada yuqori turganlardan va shu tarzda tahtni ko’taruvchilargacha so’rashdi. Ular Ollohni qarori haqida aytishganida, javob bir osmondan boshqa osmonga o’tib borar edi, shu tarzda eng yaqin osmongacha yetmaguniga qadar davom etdi. Bu yerda bu xabarni yovuz jinlar eshitib uni noto’g’ri va yolg’on talqin qildilar. So’ng ular yerdagi folchilar yoniga borishdi. Ular qisman adashtirib, qisman haqiqatni gapirib berishdi. Folchilar eshitgan xabarni qisman yolg’onini, qisman haqiqatligini tarqatishdi. Shuning uchun Olloh jinlarning ustiga yulduzlarni yog’dirib ularni uzoqroqda ushlagan. Shu tarzda folchilar to’xtatilgan.*

* Jinlar odamlar orqali gapiruvchi o’rtakash – ruhlar deb tushuniladi. Kurayshitlar bunday ruhlar bilan gaplashuvchi o’rtakashlarni tan olardilar (yovuz ruhlarga chalingan). Folbinlik musulmon xalqlari ichida rivojlangan edi, hatoki hozirgi kunga qadar ham rivojlangan.

2.02.3 -- Yahudiylar bilan uchrashuvlar*

Salama ibn Salama aytib bergan: “Bir kuni bizning oldimizga, Banu Abd al-Ashhal himoyasida yurgan bir yahudiy keldi (men unda juda yosh va chopon ko’tarib yurib, qarindoshlarim chodiri oldida tunar edim) va u qayta tirilish, hukm, haqiqat torozisi, jannat va do’zah haqida gapirib berdi. Butparastlar, o’lganlarning qayta tirilishiga ishonmaydiganlar, unga javoban: “Nahotki sen haqiqatan ham odamlarning boshqa dunyoda qayta tirilishi, jannat va do’zahni mavjudligi va qilgan ishlariga yarasha mukofot olishiga ishonasan?”**

* Hijozda, G’arbiy Arabistoning yarim orolida, ko’p yahudiylar yashar edi.Ular 70 yil rimliklar tomonidan Yahudiya va Isroilni barbot qilish vaqtida u yerga ko’chib o’tishgan. Bu yahudiylar yakka xudoga ishonib o’z ibodatxonalarida juda murakkab marosimlar o’tkazar edilar. Va eng muhimi ularda diniga bog’liq barcha qonun qoidalar va tarih yozilgan edi.
** O’liklarni qayta tirilishi, jannat va do’zahga ishonishni Muhammadga yahudiylar bergan. 70 foiz Qur’oning misralari Eski Ahdning tarihi va qonunlarini buzilganlaridan iborat.

U javoban: “Ha, men odamlar kimni nomi bilan ont ichayotgan bo’lsa shu nom bilan ont ichaman!” U agar uni do’zahning olovidan qutqarish mumkin bo’lsa, dunyoning eng qaynoq o’chogida bo’lishni istashini bildirdi.

Islom paydo bo’lishidan bir necha yil avval biz bilan Suriyali, Ibn al-Hayyaban isimli bir yahudiy yashagan. Olloh nomi bilan ont ichamanki u 5 vaqt nomoz o’qimaydiganlar ichida eng yaxshisi edi. Qurg’oqchilik vaqtida biz uni oldiga borib, Ollohdan yomg’ir* berishi uchun ibodat qilishini so’radik. U oldin unga qurbonlik berishga chaqirar edi va biz undan qancha beraylik deb so’raganimizda, u:”Bir saga** jiyda yoki ikki mudda arpa” – deb javob berdi. Biz unga uni so’raganini olib keldik va u biz bilan dalaga borib Ollohdan yomg’ir so’radi. Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, bulut paydo bo’lib, yomg’ir o’zining qimmatbaho namligi bilan yerni sug’oryotganda, u ibodatdan arang turar edi. Bunday holat ko’p marta sodir bo’lgan. Uning o’limi yaqinlashganida, u boshqa yahudiylardan:”Nima deb o’ylaysizlar, men nimaga o’zimning hosildor yerimni tashlab, bu hosilsiz yerga keldim?” – deb so’radi. Yahudiylar unga:”Sen yaxshiroq bilasan” – deyishdi. U:“Men vaqti yaqinlashgan va tez orada ko’rinadigan payg’ambarni kutganim uchun bu yerga kelganman. Men unga ergashish uchun uning kelishini kutyabman. Uning vaqti yaqindir. Boshqalar sizni yo’ldan ozdirishiga yo’l qo’ymang, chunki u dushmanlarini qonini to’kadi va ularning bolalarini asrga olib ketadi. Undan sizlarga himoya bo’lmaydi!”

* Yaqin sharqda, hattoki hozirgi kunda yomg’ir haqidagi ibodatlar oddiy hol.
** Saga – bu quruq o’lchov birligi, unga to’rt mudda siqqan, har xil joyda saga o’lchami farqlangan. Hozirgi kunda bir saga uch litr o’lchamiga tengdir.

Oradan vaqt o’tgach Muhammad (yahudiy) Banu Kurayzani qamal qilganda, bu odamlar shunday deyishdi, u vaqtda ular hali yosh edi: “Kurayzoning o’g’illari! Olloh nomi bilan ont ichamiz, bu haqiqatan ham payg’ambar, Ibn al-Xayyabon sizlarga va’da bergan!” U esa javoban: “U emas!” – dedi.

* Iso kelganidan keyin ham yahudiylar Muso gapirgan Masihni yoki Payg’ambarni kutishni dovom ettirganlar (Ikinchi Qonunlar 18:15) va shu Muhammadni uni o’zi o’sha va’da qilingan payg’ambar ekanligi fikriga etakladi. Masih isroil xalqi ichidan kelishi Muqaddas Kitobda payg’ambarlik qilingan: “seni orangdan, seni akalaringdan…”

2.02.4 -- Xudoni izlovchilar (Xaniflar)

Bir kuni kurayshitlar o’zlarining bir budiga qurbonlik keltirar, uni oldida juda ko’p vaqt o’tkazar va u bilan yurishlar qilar edilar, shu mabudga bag’ishlangan bayramga to’planishgan edi. Bu shunday bayramlardan biri ediki u yildan yilga va alohida kunlarda o’tkazilar edi. Shu kuni ularning ichidan pinhona to’rta kishi ajrab chiqdi va o’zaro ahd qilishdi. Bu Varaka ibn Naufail, Ubaydullax ibn Djaxsh, Osman ibn al-Xuvayris va Zeyd ibn Amr. Ulardan biri boshqalarga: “Xudo haqi, biz bilamizki, bizning xalq haqiqiy imoni ushlamaydi. Ular o’z otalari Ibrohimni dinini buzishdi, qanday qilib eshitmaydigan ko’rmaydigan na bir foydasi bor, na zarari, tosh atrofida aylanib yurish mumkin? Boshqa imonni izlaymiz, bizga berilgan imon hech qanday qiymati yoq”. Shundan keyin ular Ibrohimni imonini izlash uchun har tomonga tarqalishdi.

* Hali Muhammadning paydo bo’lishigacha Makka ahlining animizm (butun tabiatni joni va ruhi borligi) va toshga aylangan jonlar (butparaslik) haqida ikkilanish paydo bo’lgan. Shuning uchun Muhammad shubhali murosaga qadam qo’ydi, u Islom tartibiga qadimiy marosim qora tosh atrofida aylanish va uni o’pishni kiritdi. Bu joholat qorong’uligiga qaytish bilan barobar edi.

Varaka ibn Nufail boshi bilan Masihiylika kurib ketdi, Masihiylar kitoblarini chuqur o’rganib kitob ahlini tartiblarini bilimdoni bo’ldi.*

* Varaka ibn Nufail Muhammadning birinchi rafiqasi Hatichaning jiyani edi. U Makkadagi Masihiy jamoatining yetakchisi edi, shubhasiz Muhammadga ma’lum bir ta’sir o’tkazgan. Aytishlaricha u Eski Ahd Kalomini arab tiliga o’girishga harakat qilgan..

Ubaydallax ibn Djahsh Islomni qabul qilgunuga qadar shubhachi bo’lgan. So’ng u ayoli Umm Habiba, Abu Sufiyanning qizi bilan Efiopiyaga ko’chib o’tgan, Bir qancha vaqt o’tgach u Masihiylika o’tgan va Masihiy bo’lib vafot etgan. Ubaydallax ibn Djahsh Masihiy bo’lganidan so’ng, Efiopiyaga ko’chib o’tgan o’rtoqlariga: “Biz haqiqatni tushunib etdik, sizlar esa hamon ko’rib turib ko’rmaydigan bo’lib qolyabsizlar” - dedi. Bu holatda u endigina tug’ilgan ko’ppak bolasi ilk bor ko’zlarini ochgan, ammo yaxshi ko’ralmaydigan misol tariqasida so’zlaridan qo’llangan. Kechroq Muhammad Ubaydallahning bevasini o’z xotinligiga olgan. Bu uchun u Efiopiya shaxzodasi oldiga sovchi tariqasida Amr ibn Umayya ad-Damrini yuborgan. Shaxzoda uylanish taklifini qabul qildi, ayol uchun 400 dinor qalin talab qildi.

* Birinchi musulmonlar qatorida haqiqiy Xudoni bilish haqida munozaralar yurgan. Ular ichidan Masihiy bo’lgan odamni aniq guvohligini eshitishgan. Muhammad “birinchi qo’ldan” qanday sabablarga ko’ra musulmon Masihiy bo’lganini bilishni xohlagan, shuning uchun Islomdan Masihiylikka o’tgan kishining bevasi, Abu Sufiyaning qizi (Islomga kelguniga qadar Makkada Muhammadning eng kuchli raqibi bo’lgan) Umm Habibaga uylangan.

Osman ibn al-Xuvayris Vizantiya imperatori oldiga kelgan. U Masihiylikni qabul qilgan va imperator oldida martabali joyga turgan.*

* Vizantiya imperatiri qarorgohida Muhammad va Islom haqida xabardor bolishgan bo’lishi mumkin. Osman Makka va Madinida bo’layotgan hodisalarni kuzata olgan va bo’layotgan xodisalardan o’z homiylarini xabardor qilib turgan.

Zeyd ibn Amr na yahudiylikni na Masihiylikni qabul qilmadi. Ammo o’z xalqining dinini qoldirdi. U har qanday butparastlikdan, butlarga keltirilga qurbonlik, o’limtik va hayvon go’shtini istimol qilishdan voz kechdi. Yangi tug’ilgan qizbola chaqoloqlarni tiriklayin ko’mayotganlarni hatti harakatlarini hukm qilar edi.* U “Men Ibrohimning Xudosiga sajda qilaman” der edi va baland ovozda xalqining adashganligidan voz kechar edi. Xisham ibn Urva menga, uni otasi, Abu Bakirning qizi, onasini Asmani quyidagini gapirganini eshitganini aytgan: “Men ko’rganman, Zayd ibn Amr nuroniy bo’la turib Kaabaga suyanib quydagi so’zlarni gapirgan: “O Kuraysh xalqi! Meni jonim hokimi xaqi ont ichaman, hech biringiz mendan tashqari Ibrohimning imoniga itoat qilmaysiz”. Va u davom etdi: “Olloh agar men senga qanday ibodat manzur bo’lishini bilganimda edi, men shunday ibodat qilgan bo’lar edim, ammo men bilmayman”. Va u yuz tuban yiqilib ibodat qilar edi”.

* Qiz bolalarning o’ldirilishi haqida Qur’oning At-Taqvir surasi 81:8-9 da yodga olingan.

Zeyd sher yozdi, unga ko’ra qay tarzda u o’z xalqining dinidan voz kechgani va bu uchun nimalarni boshidan o’tkazganligini bayon etgan:

Bitta Xudo yoki mingta xudolarga ishonishim kerakmi – unda kuch va hokimlik bo’linib ketmaydimi? Men al-Lat va al-Uzzadan voz kechdim. Man na al-Uzza, na uning ikki qiziga ishonmayman. Va Amrning ikki o’g’li butlarini ziyorat qilmayman. Men yosh bo’lgan vaqtda bizning hokimimiz bo’lgan Ganimning butlariga ham ishonmayman. Men Ollohni yovuz odamlarni yakson qilgani va yaxshi odamlarni saqlab qolganiga (tunda, kunduzi ayon bo’ladigan taajjublanarli narsalar ro’y berardi) tajjublandim. Olloh bolalarga ulg’ayishga va kuchli bo’lishga yol qo’yadi. Agar odam to’g’ri yoldan adashsa, yomg’irda nam bo’lgan novda gullagani kabi, u bir kun kelib tavba qilishi mumkin. Men gunohlarimni kechirishi uchun Rahimdil, Rahmonimga sajda qilaman. Rabingiz bo’lgan, Ollohdan qo’rqing va siz halok bo’lmaysiz. Siz mo’minlarning qarorgohi bo’lgan bog’larni ko’rasiz, nopoklarning oxiri do’zah olovi bo’ladi. Ular uchun bu dunyo isnod va o’limlaridan so’ng og’riqdan qiynaladilar.
* Qur’onning “shaytoniy suralar” deb nomlangan qismini ko’rishingiz mumkin, unga ko’ra Muhammad ma’lum bir vaqtga Ollohning xotini (al-Lat) va qizlari (Manat va al-Uzza) (Al-Xadj surasi 22:52-53 va Al-Nadjm surasi 53:19-23) bo’lganiga rozi bo’lgan. Muqaddas Kitobning payg’ambarlarning sinoviga ko’ra (Qonunlar 18:20), Muhammadni o’limga mahkum qildirilishi lozim edi.

So’ngra u ruhoniy va ravvinlarga murojat qilib u Ibrohimni imonini izlagani ketdi. U Mesopotamiya bo’ylab sayohat qildi va Mosulgacha* bordi, Suriyaga bordi va al-Balka hududi Maifaga etib bordi. U yerda u bir ruhoniyni topdi, aytishlaricha, u, Masihiylik qonun qoidalarining eng yaxshi bilimdoni edi. U ruhoniydan haqiqiy din, Ibrohimni imoni haqida so’radi va ruhoniy unga javob berdi: “Senga boshqa bir hechkim nasihat qilolmaydigan dinni izlayabsan, ammo vaqt yaqinlashyabdi, sening yurtingda bir payg’ambar paydo bo’ladi. U haqiqiy Ibrohimni imoni bilan, Olloh tomonodan yuborilgan bo’ladi. Uni oldiga bor, tez orada u keladi, chunki uning vaqti keldi”. Zeyd yahudiylik va Masihiylik bilan tanishib chiqan edi, ammo ikkala din ham uni qoniqtirmadi. Makkaga qaytayotib u Lahmidlar yeridan o’tib bordi va ular unga tashlanib o’ldirdilar.**

* Mosul - Shimoliy Iroqdagi shahar, bir vaqtlar aramey Masihiylarining gulayotgan markazi bo’lgan.
** Hali Muhammdga vahiy bo’lguniga qadar Makkada yahudiy va Masihiylar ta’siri ostida “haniflar” (xudoni izlovchilar) bo’lgan, Kabadagi xudolar, butlar va haykallar haqir va o’likligiga amin edilar.

2.02.5 -- Injilda Ollohning elchisi haqidagi shubhali vahiylar

Olloh tomonidan yuborilgan va shogird Yuhanno bayon etgan Xushxabarga binoan, Iso ibn Mariyam tiriklik vaqtida Muhammad haqida quyidagi so’zlarni gapirgan: “Meni yomon ko’rganlar – Xudoni yomon ko’radilar. Agar men kelgunimga qadar hech kim qilmagan, men qilgan ishlarni, ular ko’z o’ngida qilmaganimda edi, ularda gunoh bo’lmas edi. Ammo ular noshukur bo’lib qolishdi va meni Xudoni xurmat qilgani kabi xurmat qilishlikka ishondilar. Harholda Qonunlar kitobida vahiy qilingani, meni asossiz yomon ko’rdilar deb yozilgani so’z amalga oshishi kerak edi.** Al-Muhamanna*** kelganda, Xudo tomonidan va Muqaddaslik Ruhi tomonidan, Olloh sizlarga yuborgan o’sha, men haqimda va siz haqingizda guvohlik qiladi. Sizlar ham guvohlik berasiz chunki sizlar boshidanoq men bilan sizlar. Shubhalanmasligingiz uchun, buni sizlarga gapirdim”.*****

* Iso ibn Mariyam – Mariyamning o’g’li Iso. Isoni musulmonlar shunday ataydi.
** Muhammadning davrida Makkada Yuhanno bayon etgan Xushxabarni ayrim qisimlari mavjud edi va shu qisimlarni shahar ahli muhokoma qiishgan (Yuhanno 15:23-27; 16:1).
*** Al-Munhamanna – grek so’zi Paracletos arabcha tarjimasi bo’lishi mumkin. Ammo bu so’zni Muhammad (olqishlangan) deb hisoblash xato, unli tovushlarning grek “Olqishlangan”(Periklitos) so’zidagi tovushlarga mos keladi ammo undosh tovushlar mos kelmaydi. “Parakletos” so’zi “yupatuvchi” va “yordamchi” ma’nosini bildiradi; “Pereklitos” “olqishlangan” deganini bildiradi. Muhammadning arabcha ismi “olqishlangan” ma’noni bildiradi. Shuning uchun musulmonlar Yangi Ahdagi va’da qilingan Yupatuvchi deb Muhammad deb hisoblashadi.
**** Bu jumlada Muqaddas uch Birlik yodga olinadi; Olloh, Rabiy va Muqaddas Ruh. Ammo Islomning kechki ilohiyotida ular umuman tan olinmaydi.
***** Balki Muhammad Iso Masihni Yupatuvchi-Ruhni yuborishi haqidagi va’dasini tushungan (Yuhanno 15:26) va Muhammad, uni o’zi haqidagi payg’ambarlik sifatida targ’ubot qilgan. Muhammad – Masihni elchisi ekanligiga, hech bir musulmon rozilik bermaydi. (Yuhanno 14:16-17; 16:7-11)!
Tabiyki Muhammadning “vahiylari” deb nomlangan hikoyani boshida, Ibn Hisham Xushxabarni alohida joylarini tushuntirish kerak deb hisoblagan, ko’pincha noto’g’ri tushiniladigan va shu tarzda u Efiopiyada Islomdan Masihiylika o’tgan Ubaydullohni so’zlarini qisman tasdiqladi.

Muhammad qiriq yosh bo’lganida, Olloh uni butun odamzotga Ollohning rahim-shavqati sifatida dunyoga yubordi.* Hali ilgarigi vaqtda Olloh o’z payg’ambarlari zimmasiga Muhammadga ishonish, u haqida haqiqatparvar odam sifatida guvohlik berish va u bilan birga uning dushmanlariga qarshi chiqish masuluyatini yuklagan. Ular bunga ishongan va haqiqat deb qabul qilgan hammaga e’lon etishi lozim edi. Va ularga buyurilganiday bajarishdi.

* Qur’oning tegishli oyatini ko’pincha Muhammadga emas Qur’oni o’ziga o’girishadi (An-Nahl 16:89).

2.02.6 -- Muhammadning birinchi vahiylari (taxminan. 610 yl.)

Urava ibn az-Zubeyr Oyshadan quydagini eshitgan: “Olloh Muhammadga sharaf ko’rsatmoqchi bo’lib va odamzodga rahm-shafqatini yuborganda, u xuddi tong yorishishidagi kabi vahiylarni tushida ayon etib uning payg’ambarlik xizmatiga asos soldi. Olloh Muhammadga yolg’izlika muhabbat bergan. Yolg’izlikni Muhammad hamma narsadan ham ko’proq yaxshi ko’rgan”.

Vahb ibn Kaysan aytgan: Ubeyd aytdi: “Muhammad Xira g’orida uning oldiga kelgan kambag’allarga yegulik berib bir oylab vaqt o’tkazar edi. Oyni oxirida Kaabani yetti marotaba aylanar edi, yoki Ollohga qancha ma’qul bo’lsa shuncha aylanar edi. Va faqat shundan so’ngina uyiga qaytar edi. O’sha yili u xizmat safariga yuborilganida, har doyimgiday ramazon oyida (9-chi oy) oylasi bilan Xira g’origa jo’nadi. Tunda Olloh o’z quliga sharaf ko’rsatib vazifa berdi. Unga Ollohning ko’rsatmasi bilan, farishta Jabroil huzur bo’ldi.*

* Galatiyaliklar 1:8-9 maktubida Xavoriy Pavlus e’lon qildi: Xushxabarni e’lon etayotgan, har qanday farishta yoki ruh, Iso Masihni Xushxabariga zid yangi din va yangi qonunni targ’ib etsa lanati bo’lsin. Shuning uchun Muhammadga Farishta Jabroil huzur bo’lolmagan, Islom o’rgatayotganday.
Bundan tashqari, Islomda Farishta Jabroil “Muqaddaslik Ruhi” deb nomlangan. Shu sababli, Qur’ondagi “Muqaddas Ruh” bu yaratilgan farishta, Xudoning Muqaddas Ruhi emas. Shu tarzda, Muqaddas Ruh Islomda va musulmonlar orasida na mavjud va na harakatda emasligi ayon.

“Men uhlayotgan edim”, – deydi Muhammad, - “yozuvi bor, ipakni bir bo’lagini olib keldi va “O’qi!”* dedi Men javoban: ‘Men o’qishni bilmiman!’ – dedim.** Shunda shu bo’lak ipak bilan meni dimiqtira boshladi, men o’ldim deb o’yladim. So’ngra u meni qo’yib yubordi va menga qayta buyurdi: ‘O’qi!’ men unga yana, o’qishni bilmiman deb javob berganimda, u meni takroran bo’lak ipak bilan dimiqtira boshladi, men deyarli ruhimni qo’yib yuborgan edim.*** So’ng u meni qo’yib yubordi va buyurug’ini takrorladi. Shunda men, meni takroran dimiqtirishidan qo’rqqanimdan nimani o’qiy deb so’radim. U dedi. ‘O’qi! Odamzotni bir tomchi qon orqali yaratgan, Sening Rabing haqqi,**** O’qi! Va sening Rabbing sahiy, kalom orqali, odamzot bilmaganini o’rgatgan’ (Al-Alak surasi (6:1-5). Men shu so’zlarni dedim va Jabroil meni yana qo’yib yubordi. Men uyqudan uyg’ondim va huduki bu so’zlar meni yuragimga yozib qo’yilganidek edi”.

* Qur’oning so’zi (so’zma-so’z o’qish degan ma’noni bildiradi) arabcha “qara’a” – o’qish fe’lidan kelib chiqqan. Buyruqona tarzida u “ikra” (o’qi!) shaklini oladi. Qur’oni nafaqat o’qish yoki tinglash mumkin, balki yod olish va yodan takrorlash mumkin (Teodor Nyldeke kitobiga qarang (nemis tilida) “Geschichte des Qurans”, 1981 yilgi nashri. George Olms: Xildesheim 31-32 betlar).
** Muhammad savodsiz edi. U o’qishni va yozishni ham bilmas edi (Al-Araf surasi 7:157-158). Undan ham uning hayoti davomida hali Eski va Yangi Ahd Kalomlari arab tiliga o’girilmagan edi. Ammo hatto Kalomning arab tiliga tarjimasi mavjud bo’lganida ham Muhammad uni o’qiy olmas edi. Va albatta Muhammad Kalomni sof yozuv tilida o’qiy olmas edi: Eski Ahd Eski yahudiy tilida va Yangi Ahd Eski yunon tilida edi. Demak uni haqiqatdan foydalanishga imkoni bo’lmagan va u og’zaki hikoyalarga suyanishga majbur bo’lgan. Iso o’qishni va yozishni bilgan Tavrot va Payg’ambarlar kitobidan talaffuz qilgan (Luqo 4:17-20) Eski yahudiy tilida bo’lgan. Eng asoaiysi Isoning O’zi Xudoning So’zi va Haqiqatini mujassamligidir.
*** Muhammad o’zini vahiylarini qabul qilayotgan vaqtda qonoqish yoki Baraka his qilmagan. Aksincha, uning oldiga ruh vahiy bilan kelganida, xuddi uni kimdir bo’g’ayotganday dahshatli og’riq his qilar edi va u hozir o’lib qoladiganday bo’lar edi.
**** Xudo odamni qon tomchisi orqali yaratmagan. Boshida qon bo’lmagan; xayvon qoni bo’lishi mumkin. Xudo odamni O’z So’zi bilan yaratgan, uni O’z suratiga ko’ra yer tuprog’idan qilgan (Ibtido 1:26-27; 2:7; 3:19).

“Men g’ordan chiqdim va tog’ ustida turdim. Va shunda, ‘Mahammad! Sen-Ollohning elchisi, men esa – Jabroil’, degan osmondan meni chaqirayotgan ovoz eshitdim. Men bilan kim gaplashayotganini ko’rish uchun, men boshimni osmonga ko’tardim. Shunda men qanotli odam tasviridagi Jabroilni ko’rdim. Uning oyoqlari ufqda turar edi va u: ‘ Muhammad! Sen – Ollohni elchisi, men esa – Jabroil’ deb baqirdi. Men na oldinga, na ortga va na pastga qo’zg’almay, men bu ko’rinishni turgan joimda tomosha qilib turaverdim.

So’ngra men undan o’girildim, ammo men qayerga qaramay, har tomonda Jabroil mening qarshimda turar edi. Xaticha meni olib ketgani odam yuborguniga qadar, men na oldiga na ortga harakatlanolmay turaverdim. Ular Makkaning cho’qqisigacha borib ularni yuborganni oldiga qaytishdi. Men esa farishta ketmagunicha turaverdim, shundan so’ngina men oilamning oldiga qaytim”.

“Men Xatichaning oldiga kelganimda, men uning quchog’iga o’tirdim va unga yopishdim. U mendan qayerda bo’lganimni so’radi va meni ortimdan odam yuborganini aytdi. Ular Makkaning cho’qqisigacha borib ortga qaytishgan aytdi. Men Xatichaga nimani ko’rganinmni aytib berganimda, u: ‘Xursand bo’l! Tog’amning o’g’li mahkam bo’l! Mening ruhim uning qo’lida bo’lgan Zot xaqqi ont ichaman. Men umid qilaman, sen o’z xalqingni payg’ambari bo’lasan’”.*

* Xaticha birinchi bo’lib Muhammadga imon keltirgan va uni qo’llab quvvatlab o’z xizmatiga ishonishiga undagan. Xaticha unda o’z vazifasini tubdan tushunib yetish tushunchasini o’yg’oti.

“Shundan so’ng Xaticha, o’rnidan turib kiyingach, Masihiy bo’lgan va Kalom o’qib yurgan, yahudiy va Masihiylardan bir nima eshitgan, amakivacha akasi Varak ibn Nufayloni oldiga yo’l oldi. Xaticha unga ko’rgan va eshitganlarimni aytib berdi. Vaarak unga dedi: ‘Muqaddas, muqaddas, muqaddas! Varakni joni qo’lidagi Zot bilan ont ichamanki! Agar sen menga rost aytayotgan bo’lsang, uning oldiga, Musoga zuhir bo’lgan, buyuk Namus kelgan,* va shunda u haqiqatan ham shu xalqning payg’ambaridir. Unga ayt mahkam bo’lsin’”.

* Arab – Masihiylari “Namus” so’zini “sir” yoki “qonun” deb tushunishadi. Musulmonlar esa bu so’zni Farishta Jabroilni nomi deb tushunishadi.

So’ngra Xaticha Muhammadning oldiga kaytgan va Varak nima deganini unga aytib bergan.

Holi qolish nihoyasiga yetgandan so’ng Muhammad boyagiday uyga qaytdi, o’sha zahoti Kaabani aylanishga tushdi. Yo’lda unga Varak uchradi va unga murojaat qildi: “Menga nima qo’rganingni va eshitganingni aytib ber”. Muhammad Varakka aytib berganidan so’ng varak dedi. “Mening jonim qo’lidagi Zot haqqi ont ichaman sen – bu xalqning payg’ambarisan. Musoning oldiga kelgan buyuk Namus, sening ham oldinga kelgan. Odamlar seni yolg’onchi deb ataydi, senga nisbatan nohaqlik qilishadi, seni quvg’in qilishadi va senga qarshi jang qilishadi. Agar men shu vaqtga qadar yashasam Olloh menga buni hisoblaydi”. Shundan so’ng uning boshini o’ziga tortib peshonasidan o’pib qo’ydi va Muhammad uyiga qaytdi.*

* Varak ibn Naufal Makkadagi cherkovning Masihiy jamoatining yetakchisi bo’lishuga qaramay, Muhammad orqali haqiqattan qanday ruh gapirayotganini aniqlash uchun unda ruhlarni ajratuvchi in’omi yoki ruhiy yetuklik yo’q edi.

2.02.7 -- Muhammadning ayoli uning vahiylarini qay tarzda sinagani

Ismoil ibn Xakim, az-Zubeyra oylasining a’zosi menga Xatichaning quyidagi so’zlarini aytib berdi: “Men Muhammaddan so’radim: ‘Meni sening ruhing kelganda xabardor qilolasanmi?’ ‘Qilolaman’ – javob berdi u. Men undan shunday qilishini so’radim. Va unga Jabroil yana zuhir bo’lganda u meni xabardor qildi. Shunda men Muhammadga gapirdim: ‘Meni chap sonimga o’tir dedim!’ U o’tirdi va men undan so’radim: ‘Sen hamon uni ko’ryabsanmi’ u javoban ‘Ha’ dedi. Shunda men uni o’ng sonimga o’tkazdim va yana ko’ryabsanmi so’radim. U ko’rayotganini tasdiqladi. Men Muhammadni tizzalarimga o’tkazib, uni ko’ryabsanmi deb so’radim. U ko’rayotganini aytdi. Men ho’rsinib va ustimdagi adyolni tashladim. Men takroran Muhammaddan uni ko’ryabsanmi deb so’radim, u javoban: ‘yo’q’ dedi. Shunda men qichqirib yubordim: ‘Tog’amning o’g’li xursand va mahkam bo’l! Olloh haqqi ont ichaman, u farishta, shayton emas!’”

Ibn Ishoq qo’shimcha qildi: “Men Abdallax ibn Xasanga bu hikoyani aytib berganimda, u quydagini dedi: ‘Men bu hikoyani Xusayinning qizi, onam Fotimadan eshitganman. U Xatichaning so’zlaridan faqat uni hikoyasi bo’yicha aytib bergan, Xaticha payg’ambarni o’z ko’ylagi ostiga olganida farishta Jabroil g’oyib bo’lgan’”.*

* Xaticha uyyushtirgan bu vahiyning sinovi ko’p insoniy narsalarni o’z ichiga olgan. Xatichaning din tushunchasi ruhiy emas, balki tanaviy edi.
Muhammad eru xotin munosabatlari orqali ruhni sinashga qarshi bo’lmagan. Bu Yangi Ahdagi ruhlarni sinashga qarama qarshi (1Yuhanno 4:1-3). Bu holatda Muhammadning oilasida Xudo haqidagi bilim va dindorlikni past darajadaligi shubhasiz bo’lib qoldi.

2.03 -- Birinchi musulmon jamoalarining paydo bo’lishi (taxminan 610 y. boshlari)

2.03.1 -- Muhammadning ayoli Xatichaning maxsus o’rni

Xaticha Muhammadga imon keltirgan va uning vahiylarini haqiqat deb hisoblagan. U o’z ho’jayining ishlarini qo’llab edi. U birinchi bo’lib Ollohga, uning elchisiga va vahiyga imon keltirgan. Va har safar Muhammadga nisbatan nohaq so’zlar gapirilganda, qarshilikka uchratganda, yolg’onda ayiblanganda va tushkunlika tushishga tayorligida, Olloh uni yupatar edi. U uyga qaytganda, ayoli hardoyim uni qo’llab quvvatlar edi, unga ishonishini aytar va odamlarning hamma so’zlari ahamiyatsizligini eslatar edi.

Xisham ibn Urava otasining so’zlaridan Abdallah ibn Djafar ibn Abu Tolibdan eshitganini menga aytib bergan, payg’ambar dedi: “Menga Xatichaga na shovqini, na kasalligi yo’q, Kasabning uyini olishini xabardor qilish buyurilgan edi” (Kasab – bu ichi bo’sh marvarid). Undan tashqari, men ishonchli odamdan eshitdim, Jabroil Muhammadning oldiga keldi va dedi: “Xatichaga uning Xudosidan salom ayt!” Muhammad bu salomni unga yyetkazganida, u dedi: “Olloh bor Najotkor; najot undan chiqadi va najot Jabroilni ustida bo’lsin!”*

* Aynan Xaticha Muhammadga elchilik xizmatini tushinib yetishiga yordam bergan va uni o’zining payg’ambarlik chaqiruviga ishonishiga qo’llab quvvatlagan. Bu ayol birinchi bo’lib Ollohga va Uning elchisiga imon keltirgan. U qat’iyyatli xotin kabi eriga bunda mustahkamlanishiga yordam berdi va o’z qizlarini unga ishonishiga ta’sir qildi. Islom oila asosida paydo bo’lgan, Iso esa o’z shogirdlarini tavba qilayotgan, Cho’mdiruvchi Yuhanno ortidan borayotgan, gunohkorlar ichidan chaqirgan (Yuhonno 1:35-51).

2.03.2 -- Qachon vahiylar kelishdan to’xtagan

Muhammadga vahiylar kelishi vaqtincha to’xtaganda, u juda bezovtalandi.*

* Vahiylar unga to’liq ikki yarim yil kelmagan. Muhammad tushkunlikka tushishni va Olloh uni qoldirgan va rad etganiga ishonishni boshlagan. U ko’pincha Xira tig’idagi jar yoqasiga kelib, o’zini pastga tashlash haqida o’ylar edi (Buhoriy, Kitabu fadail al-nabi).

Shunda Jabroil unga Ad-Duhaa 93:1-9 surasini berdi, unda, unga rahm shavqat ko’rsatgan Olloh ont ichgan:

1. Qasamyod eturman choshgoh vaqtiga 2. va (o'z zulmati bilan atrofni) qoplab turgan kechagaki, 3. (ey, Muhammad,) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo'q, yomon ko'rib qolgani ham yo'qdir! 4. Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir. 5. Yaqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo'lursiz. 6. (Ey, Muhammad, Rabbingiz) Sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?! 7. Yana Sizni gumroh (g’ofil) holda topib, (Haq yo'liga) hidoyat qilib qo'ymadimi?! 8. Sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?! 9. Bas, endi Siz (ham) yetimga qahr qilmang!

Bu so’zlar bilan Olloh, Muhammadga qay tarzda o’z rahm shavqatini ko’rsatganini, uni etimlikdan olib chiqqanini, adashmovchilik va kambag’alikdan qutqarganini eslatdi.

2.03.3 -- Nomoz majburiyatlarining boshlanishi

Muhammadga nomoz o’qish buyurilgan edi va u nomoz o’qir edi. Boshida unga nomoz o’qish marosimi yo’l yo’rig’i ko’rsatilgan. Kechroq Olloh har kimga o’z uyida to’rt marotaba, yo’l yurayotganlarga – ikki marotaba sajda qilishlikni buyurgan.

Muhammadga qay tarzda nomoz o’qish ko’rsatmasi quydagicha berilgan: Makka cho’qqisida Jabroil unga zuhur bo’ldi, tovoni bilan erni bosdi va u yerdan buloq chiqdi. Shunda Jabroil tahorat qilgan. Muhammad uni ortidan, qay tarzda nomozga poklanish kerakligini ko’rish uchun, diqqat bilan kuzatdi. Shundan so’g Muhammad xuddi shunday tahorat qildi.* Buni ortidan Jabroil nomoz o’qidi va Muhammad ham nomozni uning ortidan qaytardi. Jabroil ketgandan so’ng, Muhammad Xatichaning oldiga qaytdi va unga nomozdan oldin qay tarzda tahorat qilishlikni ko’rsatdi. So’ngra u Jabroil ko’satganiday nomoz o’qidi va ayoli uning nomozini qaytardi.**

* Har bir musulmon, har bir nomoz marosimidan oldin tahorat qilishga majbur. Tahoratning aniq qo’yilgan qoidalari bor va agar kim-dir tahoratni qoidalarini notog’ri bajarsa, uning nomozi yaroqsiz hisoblanadi.
Islomda musulmon o’zining chuqur qalbida ayibini va gunohkoligini tushunayotgani va gunnohlar mag’firatisiz nomoz ibodatlarini Xudo eshitmasligini tahorat marosimi aniq ko’rsatadi. Shunga qaramasdan, suv gunohni yuvmaydi. Islomdagi tahorat marosimi, ichki ma’nodan mahrum, tashqiy ramz bo’lib qolyabdi.
Qur’onda nomoz marosimini kuniga besh vaqt o’qish haqida qoidalar yo’q. Bu qoidalar Muhammad haqidagi og’zaki ana’nalarga asoslangan.
** Islomda rasmiy nomoz o’z ichiga Ota Xudo bilan erkin va ochiq suxbatni, kechirim va rahnomolik, hamdusano va ibodatni olmaydi; u o’zi bilan har bir so’zi yozilgan, so’zma-so’z ifodalovchi, qattiq va tartiblangan, buyuk, uzoq va noma’lum Ollohga sajda marosimini aks ettiradi. Ruhiy ibodat Muhammadga noma’lum edi. Uning ichida Ruh ibodat qilmas edi. Farishta Jabroil uning oldida ibodat qilgan va Muhammad oddiygina uni ortidan ibodat so’zlarini qaytargan (Al-Fatixa Surasi 1:1-7).

Jabroil Muhammad uchun kuniga besh vaqt nomozni o’rnatgan: Peshin nomozini kun g’arb tomon botayotganda qilmoq lozim edi. Peshindan so’ng nomoz odam soyasi uni bo’yiga teng kelganda boshlanar edi. Kechki nomoz quyosh botayotganda bajarilar edi, oxirgisi esa, tungi nomoz g’ira-shira yo’qolgandan so’ng. Quyosh chiqayotganda kun yorishayotganda tongi nomoz, odam soyasi uni bo’yiga teng bo’lganda, peshin nomozi takrorlanardi, peshindan so’ngi nomoz, odam soyasi uning o’zidan ikki barobar baland bo’lganda bajarilar edi. Kechki nomoz boyagiday o’sha vaqtda va tungi nomoz tunni uchdan biri boshlanganida bajariladi. So’ng hali quyosh ufqda ko’rinmasidan avval tongi nomoz bajarilar edi.*

* Musulmoning butun kuni Ollohga ibodat muhitida o’tadi. Islom ibodati musulmonlarni markazida Xudo madaniyatiga mahkam bog’laydi. Kuniga besh mahal nomoz marosimini qiladigan Musulmon, Ollohga kuniga o’ttiz to’rt marotaba sajda qiladi. Shunday qilib u ozod odam emas, balki Ollohga o’zini topshirgan – “mo’min”. Kuniga besh mahal o’qiladigan nomoz Islomni asl ma’nosidir. Sajdadagi musulmon Islomning mujassam bo’lgani bajaradi.
Bu Islom ibodatlari Xudoning So’ziga javob tariqasida bajariladigan, ruhiy va shahsiy ibodatlar emas, aksincha, ular takrorlash, bo’ysunish va intizom, uchun yozilgan maxsus ifodalardan iborat. Bu qonunga asoslangan sajda, ozod odamlarday, Xudoga o’z Otasiga murojat etishga ruxsat etilgani kabi emas, odamlardan ibodatni qul kabi bajarishni talab qiladi

So’ng Jabroil Muhammadga dedi: “Nomoz vaqti, sen nomoz o’qiyotgan kecha va bugunni oraliq vaqtida turadi”.

2.03.4 -- Muhammadning amakivachasi Alining erkak jinsidagi birinchi musulmon bo’lishi

Birinchi, Muhammadga ishongan, erkak jinsidagi odamlardan u bilan birga nomoz o’qigan va uning vahiylarini haqiqatligiga ishongan o’n yoshli Ali ibn Abu Talib ibn Abd al-Mutalib ibn Xoshim edi. Olloh unga shunday rahim-shavqat berdiki, u Islom gacha Muhammad bilan yashagan.*

* Ali Muhammadning amakivachasi edi, bir vaqtning o’zida asrab olingan o’g’li ham, u kechroq Muhammadning qizi Fotimaga uylanib kuyovi bo’ldi. Ali to’rtinchi halif bo’ldi. Alining izdoshlari va qarindoshlari Muhammadning to’g’ridan-to’g’ri vorisi bo’lib tanlanadi deb kutishgan edi. Ali va uning o’g’illari Xasan va Xusanning munozarali masalalari yuzasidan Islom ikkiga bo’linib ketdi: sunitlar va shiytlar. Shiytlar Alini o’zlarining birinchi imomi deb hisoblaydilar.

Bir kuni, Ollohning, Aliga buyuk rahm-shavqati va marhamati tufayli, kurayshitlar xosil bo’lmaganligi uchun judaham tang ahvolda qolgan. Abu Tolibni esa oylasi katta edi va Muhammad, Xoshim naslining eng boy odamlaridan biri, o’zining tog’asi al-Abbasga dedi: “Sen bilasan, akang Abu Tolibning oylasi katta va bu qurg’oqchilikdan hamma azob chekmoqda. Kel uning oldiga borib uning bolalari haqidagi bu g’amho’rligini engillashtiramiz. Men bir o’g’lini olay, sen esa boshqa bir o’g’lini olgin”. Al-Abbas rozi bo’ldi. Ular Muhammad bilan Abu Tolibning oldiga kelishdi va yaxshi vaqtlar kelguniga qadar uning yukini engilashtirgani kelishganini aytishdi. Abu Tolib ularga: “Oqilni men bilan qoldiringlar, shundan so’ng nima istasangiz shuni qiling” – dedi. Muhammad Alini oldi va quchoqladi, al-Abbas esa Djafarni oldi. Shinday qilib Ali Muhammadning qo’liga tushdi. U unga quloq soldi, unga imon keltirdi va unga ishondi. Djafar esa Islomni qabul qilmaguniga qadar, al-Obbos bilan yashagan, keyinchalik u tog’asining yordamiga muhtoj bo’lmagan.

Ayrim olimlarning tasdiqlashicha, nomoz vaqti kelganda, Muhammad Makka tevaragida joylashgan voddiyga ketar edi. Ali ham u bilan borar edi, ular u yerda nomoz o’qir edilar, bu haqida esa, otasi va boshqalar bilmas edi. Kechqurun ular birgalikda uyga qaytar edilar. Bir kuni Abu Tolib ularni nomoz vaqtida topib olmagunicha, ma’lum bir vaqt shunday davom etgan.* U Muhammadan so’radi: “Sendagi bu, qanday din bo’ldi?” Muhammad javob berdi: “Bu Ollohning uning farishtalari va elchilarining dini. Bu bizning otamiz Ibrohimning dini va Olloh meni odamlarning oldiga bu din bilan yubordi. Tog’a siz hammadan ham, men sizga nasihat qilib, to’g’ri yolga yo’naltirishimga loyiqsiz, siz meni chaqiruvimga javob berib menga yordam berishga eng munosibisiz”. Abu Tolib javob berdi: “Otalarimiz dinini qoldirolmayman, jiyan. Ammo Olloh nomi bilan ont ichaman, to men tirikman, sen bilan hech qanday korhol ro’y bermaydi”. Undan tashqari aytishlaricha u Alidan so’radi: “O’g’lim sening dining qanday” va Ali unga javob berdi: “Ota, men Olloh yuborgan elchiga imon keltirdim, men uni vahiylarini haqiqat deb qabul qilyabman. Men u bilan birga nomoz o’qiyabman va uning ortidan ergashyaban”. Aytishlaricha, Abu Tolib bunga javoban: “Shubhasiz, u seni faqat yaxshilika olib boradi, uni mahkam tut”.

* Musulmonlar soni ko’payganda va ular Muhammadning qarindoshlaridan ham ko’pligida, ular odami kam bo’lgan voddiyda nomoz o’qish uchun eg’ila boshlaganlar. Boshida ular o’z nomozlarini ochiq o’qishga jur’at etolmaganlar.

2.03.5 -- Muhammadning erkin qo’yib yuborilgan Zayd ibn Haris erkak jinsidagi ikkinchi musulmon bo’lishi

Muhammad erkin qo’yib yuborgan Zeyd ibn Haris Islomni qabul qildi. U birinchi Islomni qabul qilgan, yoshi katta erkakdir. Xakim ibn Xizam ibn Xuveyl uni Siriyadan hali yosh yigitligida olib kelgan. Xaticha, Xakim ibn Xizam ibn Xuveilning xolasi, u vaqtda Muhammadning ayoli edi, unikiga kirdi va u yoqtirgan va xohlagan qullaridan birini olishini taklif qilgan va u Zeydni tanlagan. Muhammad Zeydni ko’rganida uni o’ziga olishi mumkinligini so’ragan. Xaticha Zeydni Muhammadga bergan va Muhammad uni ozod etgan. Undan tashqari uni asrab olgan. Bu Muhammad hali payg’ambarlik xizmatiga yuborilishidan avval sodir bo’lgan. Shundan so’ng Harisa o’z o’g’li Zeydni Muhammad bilan uchratgan. Muhammad Zeydga shunday taklif bergan: “Istasang men bilan qolishing mumkin, istasang otangni – ildiga bor”. Zeyd Muhammad bilan qolishga qaror qilgan. Olloh Muhammadni payg’ambar tarzida yuborganda, Zeyd unga imon keltirdi va musulmon bo’lib u bilan birga nomoz o’qishni boshladi. Keyinroq “Olloh o’gillarning otasining ismi bilan chaqirishni buyurganida”, Zeydni, Zeyd ibn Haris deya chaqirishdi.

2.03.6 -- Muhammadning bolajak qaynotasi Abu Bakirning, Islomga kelishi va tirishqoqligi

So’ngra Abu Bakr ibn Abu Kuxafa Islomni qabul qildi, uning haqiqiy ismi Atik bo’lgan. Uning Otasining ismi Osman edi. Abu Bakirning haqiqiy ismi Abdalloh edi, “Atik” ismi esa uning chiroyli yuzi uchun berilgan laqabi edi. Musulmon bo’lgach, Abu Bakir Islomni ochiq etirof etar va boshqalarni Ollohni va uning elchisini qabul qilishga chaqirar edi. U xalq ichida, mehribonligi, hamdo’stligi uchun sevimli odam edi. U kurayshitlar ichida, ota-bobolarining kuchli va kuchsiz tomonlarini biluvchi eng yaxshi bilimdoni edi. U qo’li ochiq savdogar, axloqi yuqori odam bo’lgan. Ko’pincha uning qabiladoshlari o’z ishlari yuzasida u bilan maslahatlashgani uning oldiga kelishar edi, chunki u savdo-sotiqda va boshqa ishlarda katta tajribaga ega bo’lgan. Uning usuli hammaga yoqar edi. U unga ishongan u bilan vaqt o’tkazadigan barchani, Islomga da'vat etar edi.

Abu Bakirning da’vati orqali, Osman ibn Affan, az-Zubayr ibn al-Avvam, Caad ibn Abu Vakkac va Talxa ibn Ubeydullah Islomga keldi. Uning da’vatiga javob berishganidan so’ng, ularni Muhammadning oldiga olib bordi. Ular Islomni etirof qilishdi va u bilan birga nomoz o’qishdi. Aytishlaricha Muhammad dedi: “Men Islomga da’vat qilganlarning barisida, Abu Bakirdan tashqari,* tafovutlar, shubha va e’tirozlar bo’lgan. Faqat Abu Bakir hech qachon e’tiroz qilmagan va ikkilanmagan”.

* Abu Bakir, tajribali savdogar, nimadadur u o’zining rostgo’yligi bilan, Butrusga o’xshab ketadi. Muhammadning o’limidan so’ng, u boshqa musulmonlar qurishni davom ettirgan qoyaga aylandi. Aynan Abu Bakr juda og’ir vaqtda Islomni ushlab turgan. U Muhammad uchun eng yaqin va ishonchli odam edi, shuningdek uning qaynotalaridan biri edi. Uning qizi Oysha Muhammadning eng sevimli ayoli bo’lgan. To’qqiz yil davomida Muhammad bilan turmush qurgan, Muhammad o’lganida u endigina 18 yoshda edi.

Bu sakkizta odam qolgan musulmonlarni Islom yolidan olib borganlar. Ular nomoz o’qir, Muhammadga va uning vahiylari Ilohiyligiga ishonishar edi.

2.04 -- Makka aholisining qarama-qarshiligi (taxminan 613 yil boshlari)

2.04.1 -- Qabiladoshlari orasida Islomni tarqalishi

Keyingi yillarda yanada ko’proq erkak va ayollar Islomni qabul qilishdi. Makkaning har yerida yangi din haqida gap yurar edi. Uch yil o’tgach, Muhammad o’zining payg’ambarlik xizmatini qabul qilganidan so’ng, Olloh Muhammadga o’zining vahiylari haqida xalqni Islom bilan tanishtirish va ularni imonga keltirishni buyurdi. Bas, Siz o'zingizga buyurilgan ishni (ya'ni, Haq dinga da'vatni) oshkora qiling va mushriklardan yuz o'giring! (Al-Xidjr surasi 15:94). (Ularga) ayting: "Albatta, men (sizlarga Allohning azobidan) oshkora ogohlantiruvchiman". (Al-Xidjr surasi 15:89). Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan) ogohlantiring! Sizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting! (Ash-Shuara 26:214-215).

Islomni birinchi yillari Muhammadning izdoshlari o’z xalqidan pinhona tog’ darrasiga nomoz o’qish uchun ketardilar. Bir kuni Saad ibn Abu Vakkas va Muhammadning boshqa izdoshlari Makkadan uzoq bo’lmagan bir darrada nomoz o’qiyotganida, to’saddan qaerdandir bir nechta majusiylar kelib ularga tegajonlik va haqorat qilib, mushlashishga chaqirishgan. Shunda Saad ibn Abu Vakkas shu majusiylardan birini eshshak jag’i bilan yaralagan. Bu Islomni yoyish yo’lidagi to’kilgan birinchi qon edi.

Muhammad o’zini dinini ochiq targ’ib etishni boshlaganda, u ularning xudolari yaramasligi haqida so’z ochmaguniga qadar, uning xalqi undan uzoqlashmadi va unga qarshilik qilmadi. Shunda Olloh Islom orqali saqlaganlardan tashqari boshqalari Muhammadni rad etishni va adovat qilishni boshlashdi. Ammo bunday odamlar oz bo’lib, nafrat ostida edi.

2.04.2 -- Muhammad tog’asi Abu Tolib himoyasida

Shu qarama-qarshilik vaqtida Muhammadning tog’asi Abu Tolib unga rahm qilib uni o’z himoyasiga oldi. Muhammad Ollohni amirlariga quloq solardi va o’z imonini targ’ib etishda hech nima to’sqinlik qilishiga yo’l qo’ymas edi. Kurayshitlar Muhammad vaz qilishdan va ularni xudolarini ayiblashdan to’xtamasligiga va Abu Tolib uni ortida qat’iy turishiga amin bo’lishganida, shunda ulardan bir nechta eng obro’lilari Abu Tolibning oldiga borib deyishdi: “Abu Tolib sening jiyaning bizning xudolarni haqorat qilyabdi, bizni dinni jirkanch deb atayabdi, yoshlarni aldab va qariyalarni to’g’ri yo’ldan uryabdi. Yoki sen uni to’xtatasan, yoki uni bizga berasan, chunki sen bilan bizning imonimiz bir va biz buni to’xtatilishiga erishamiz”.* Shunda Abu Tolib ularga yaxshi gapirib yumshoq e’tiroz bildirdi va ular uni oldidan ketishdi.

* Muhammadga qarshi fitna yana ham yorqin chiziqlar ola boshladi. O’zining qarshiligida u farziylarni Iso va uning shogirdlariga qarshi fitnasini eslatib yuborar edi. Faqat Abu Tolib va Xaticha o’z qarindoshlarini quvg’in vaqtida himoya qilganlar.

U vaqtda Muhammad, Ollohga imon keltirishini vaz qilib va odamlarni Islomga da’vat etishni davom ettirar edi. U va kurayshitlar o’rtasidagi adovat yanaham kuch olar edi. Ular o’zlarini Muhammaddan olib qochardilar, uni yomon ko’rardilar, doimo u haqida gapirib, bir birlarini unga qarshi dushmanlikka qayrardilar. Ular yana bir bor Abu Tolibning oldaga kelib, deyishdi: “Sen bizning oramizda xurmat va martabadan foydalanasan. Biz bir marotaba sendan jiyaningni, bizning oramizdagi faoliyatiga yakun qo’yishingni so’ragan edik. Ammo sen bunday qilmading. Olloh nomi bilan ont ichamiz, uni bizning ota bobolarimizni haqorat qilishini, yoshlarimizni yo’ldan urishi yoli bizning xudolarni lanatlashiga ortiq sabr qilmaymiz. Yoki sen buni to’xtatishiga majbur qilasan, aks holda yoki sizlar yoki biz halok bo’lmagunimizgacha biz ikkingizga qarshi chiqamiz”. So’ng ular jo’nab ketdilar.

Abu Tolib uning xalqi bo’linib ketganidan, juda bezovta edi. Ammo u Muhammadni himoyadan mahrum yoki uni dushmanlar qo’liga berishni xohlamas edi. Abu Tolib Muhammadga ularni so’zlarini gapirib berdi va undan so’radi: “ O’zinga va menga rahm qil! Meni ko’tarishga kuchim etmaydigan og’ir yukni, menga yuklama!”

Tog’asi uni himoya qilishga, juda ham ojizligini, uni qo’llab quvvatlashdan mahrum qilmoqchiligini va dushmanlarga bermoqchiligini, o’ylab ko’rgach, Muhammad unga dedi: “Olloh nomi bilan ont ichaman, agar meni o’ng qo’limga quyoshni berib, chap qo’limga oyni va bu ishimdan voz kechishimni, Olloh uni ochmagunicha yoki men halok bo’lmagunimcha so’rasalar ham, men baribir voz kechmas edim”. So’ng u yig’lab yubordi* va o’rnidan turdi. U ketmoqchi bo’layotganida, tog’asi uni ushlab qolib dedi: “Bor va nima istasang shuni gapir. Olloh nomi bilan ont ichaman, seni bermayman!”

* Xushxabar Isoni bir necha bor yig’laganini hikoya qiladi (Luqo 19:41; Yuhanno 11:35). U o’ziga rahmi kelganidan emas, balki odamlarning qotib ketgan yuragi, o’limning odamlar ustidan hokimligi, kelayotgan Xudoni hukmi tufayli, ularga achinganidan yig’lagan.

Kurayshitlar Abu Tolibni Ollohning elchisini o’z qo’llab-quvatlashidan mahrum qilish va ularga uni berishga niyati yo’qligini, undan ko’ra ular bilan munosabatni uzib ularni dushmani bo’lishga tayyorligini bilgach, uni oldiga Imor ibn al-Validni o’zlari bilan olib bordilar va shunday deyishdi: “Mana Imron ibn al-Valid, kurayshitlar ichida eng kuchli va chiroyli yigit. Uni ol, uning aqli va yordamidan foydalan, bizga esa sening diningni va otangni dinini buzgan, jiyaningni ber. U o’z jamoasini tashladi, yoshlarni y’oldan urdi, biz uni o’lduramiz. U axir, hamma kabi, oddiy odam”.

Abu Tolib ularga javoban: “Olloh nomi bilan ont ichaman, sizlar mendan nomunosib ish qilishni so’rayabsizlar. Sizlar menga o’z o’g’lingizni bermoqchisizlar, sizlar uchun uni boqib berishim uchun, men esa sizlarga o’z o’g’limni, uni o’ldirishingiz uchun berishim kerak! Olloh nomi bilan ont ichaman bundan hech qanday yaxshilik chiqmaydi!”

Shunda al-Mutim ibn Ady dedi: “Olloh nomi bilan ont ichaman, senga qarshi gapirayotgan, sening qabiladoshlaring xaq. Ular seni nohushliklardan ozod etmoqchi. Ammo men ko’ryabmanki ularning hech bir taklifi senga ma’qul emas”. Abu Tolib javoban: “Olloh nomi bilan ont ichaman, menga qarshi gapirayotganingda sen xaq emassan. Ko’rinib turibdi, meni tashlab, boshqalar bilan menga qarshi chiqmoqchisan. Nimani xaq deb bilsang shuni qil!”

Kelishmovchilik yana ham kuch olib borar edi. Odamlar qurollanar, janga tayorgarlik ko’rib, bir birlariga qarshi chiqardilar. Har bir qabila Muhammadning dini izdoshlarini uni tashlashga ko’ndirishga urinar edilar. Ayrimlarni qattiq quvg’in qilishdi.

Muhammad esa tog’asi Abu Tolibning himoyasida edi, kurayshitlarning imonlilarga qarshi hatti harakatini ko’rib, shuningdek Muhammadning himoyasiga Xoshim nasli va al-Muttalib naslidan bo’lgan odamlarni chaqirdi. Olloh nafratlangan dushmani Abu Lahabdan tashqari ular uni iltimosiga javoban barchasi u bilan yonma-yon turdilar.

* Hattoki ular Muhammadni elchilik xizmatiga ishonmasalar ham Abd al-Muttalibning avlodi qonunlari uni o’g’illarini Muhammadni himoya qilishga majburlagan. Shu tarzda arablarning nasliy qonunlari Islomni saqlanib qolishiga yordam berdi.

2.04.3 -- Muhammad bilan kurashda kurayshitlarning tuhmati

Bir kuni bir nechta kurayshitlar Valid ibn al-Mugirnikida to’plandilar. U ichlarida kattasi edi va shunday dedi: “Bayram vaqti yaqinlashmoqda, bizning oldimizga karvonlarda badaviylar (ko’chmanchi arab qabilasi) keladi. Ular Muhammad haqida eshitishgan. Muhammad haqida bir qaror qabul qiling, bo’lmasa unga qarshi sizning ayiblovlaringiz kuchsiz bo’ladi. Fikirlaringizda bir biringizga qarama qarshi gapirmang va bir biringizni yolg’onda ayiblamang”. Ular dedilar: “Sen gapir, Abd Shamsning otasi. Biz sening fikirlaringa qo’shilamiz”. U esa ularga javoban: “Yo’q, sizlar gapiring, men sizlardan eshitmoqchiman”.

Shunda ular dedi: “Biz uni folbin deymiz (kahin)*”. U javoban: “ Yo’q Olloh haqqi ont ichaman, u folbin emas! Uning avjirashi ularning qofiyali nutqiga o’xshamaydi”.

* Kahin: At-Tur surasi 52:29; Al-Xakka 69:42.

“Yaxshi, - dedi ular, - unda biz uni jinga chalingan (madjnun)* deymiz”. Bunga Valid javoban: “U jinga chalinmagan. U nafas etishmovchiligidan qiynalganlarga, nutqida shivirlab va telbalarcha gapiradiganlarga o’xshamaydi”.

* Madjnun: As-Saffat 37:36; Ad-Duhan 44:14; At-Tur 52:29; Al-Qalam 68:2; At-Taqvir 81:22.

Shundan so’ng kurayshitlar o’ylab ko’rgach, dedilar: “Unda kelinglar uni shoir* deymiz”. Bunga u javoban: “U shoir emas. Biz sheriyatni har shaklini bilamiz, ammo uning so’zlari sher emas”.

* Shoir: As-Saffat 37:36; At-Tur 52:30; Al-Xaqqa 69:42..

“Xo’sh, – davom etishdi ular, - unda uni sehrgar (saxir)* deymiz. Valid ibn al-Mugira javoban: “Yo’q u sehrgar emas. Biz sehrgarlarni va ularning sehrini ko’rganmiz. U ular kabi shivirlamaydi va ular kabi ipakda tugun qilmaydi”.

* Saxir: Yunus 10:2; Al-Xidjr 15:15; Sad38:4 (Mashur, “saxir” so’zining pasiv shakli bo’lib Al-Isra 17:50 surasida uchraydi; Al-Furqan25:9; Ad-Duhan 44:13; At-Taqvir 81:25).
Qur’oning bu joylarida Makka aholisiga Muhammad ruhiy kasalga o’xshar edi, ular undan kaltafahmdan yoki jodugardan kabi xavfsirashar edi.

Shunda ular so’rashdi: “Yaxshi, Abd Shamsning otasi, unda biz nima deylik?” U javoban: “Olloh nomi bilan ont ichaman, uning nutqi yoqimli. Uning sulolasi yuksak va uning novdalari xosil keltirmoqda. Sizlar nima desangiz ham yolg’onligi aniq bolib chiqadi. Hammasidan ko’ra, u jodugarga o’xshasini va uni odamdan, o’zining otasidan, akasidan, ayolidan va qarindoshlaridan ajratadigan, nutqida sehr bor deyish yaxshiroq!”

Bunga rozi bo’lib, ular tarqaldilar. Bayram vaqti kelganida, ular yol bo’yiga o’tirib, ziyoratga o’tib borayotgan odamlarni, Muhammad haqida ogohlantirib, uni jodugar deb atardilar. Ular Muhammad haqida har bir uchratgan odamlariga uydurmalar aytib berardilar. Shu tarzda barcha badaviylar bayramdan Muhammadning payg’ambarlik xizmati haqida bilib qaytdilar. Va u haqida barcha arab yerlarida gapirishar edi.

Muhammad haqidagi xabar badaviylar orasida yana ham ko’proq tarqalar edi, u barcha qishloqlarga yetib bordi, u haqida Madinida gapirishni boshlashdi va hammadan ko’p Muhammad haqida Madinada yashovchi, al-Aus va al-Xazradj qabilalarida bilishar edi. Ularning orasida va ularning himoyasida yashayotgan yahudiy ruhoniylaridan u haqida ertaroq eshitishgan edi.

2.04.4 -- Muhammadning qabiladoshlari u bilan nima qilganlar

Kurayshitlar Muhammadga qarshi yanaham dushmanligi kuchayib bordi, chunki uning dastidan ularning ahvoli yanaham yomonlashdi. Ular unga qarshi, o’zlarining orasida eng dovyurak va eng farosatsiz odamlarini tashlantirdilar. Uni yolg’onchi deb atashar, haqorat qilishar va ochiqchasiga jodugarlikda ayiblashar, shoir, folchi va jinga chalingan deyishar edi. Shuni orasida Muhammad Olloh buyurganlarini bajarar, ular istamaganini, ochiqchasiga vaz qilar edi. U ularning dinini hukm qilar, ularning xudolaridan kechar va ulardan imonsizlardan voz kechkanday rad etar edi.

Ular shunday deyishar edi: “Bizga hech qachon bunga o’xshash hech nima sabr qilishiga to’g’ri kelmagan! U bizni nodon deb atayabdi, bizni otalarimizga nisbatan yolg’on gapirar, bizni dinni haqorat qilar, bizni xalqimiz orasida bo’linish paydo qilar va bizning xudolarni lanatlaydi! Aslida biz undan ko’p yomonliklar ko’rdik”.

Abdallax ibn Amr ibn al-As aytishicha: “Ular shunday so’zlarni gapirayotgan vaqtda, qayerdandir Muhammad paydo bo’ldi, u ustunlarni ushlab va Kaabani, ularning yonidan, aylanib o’tishni boshladi. Uning yuzidzan uni haqorat qilganliklari ravshan edi. Men buni ularning oldidan ikkinchi va uchinchi marta o’tib borayotganda ko’rdim. Shundan so’ng u to’xtadi va dedi: “Kurayshitlar, tinglang! Mening jonim qo’lidagi Zot haqqi ont ichaman: men sizning oldingizga qurbonlik bilan kelaman!* (aslida tomog’ingizdan so’yib sizlarni o’ldiraman)!”

*Bu tahdid va lanat so’zlari edi. Muhammad kurayshitlarning halokatini payg’ambarlik qildi. U qasos alamida gapirgan edi.
Iso ham mabadni Otasining shani uchun tozaladi. Ammo u O’zining xurmati uchun rashq qilmadi. U mabadda sotuvchilarga o’lim bilan qasd qilmadi, u ularning pullarini yerga uloqtirib va qurbonlik jonivorlarini olib chiqishlarini buyurdi.

Odamlar bu so’zlarni eshitdilar va bu so’zlar ularga shu darajada kutilmagan ediki xuddi ularning boshiga qush qo’nganday bo’ldi. Hattoki eng yomonlari ham u bilan yaxshi gapira boshladi: “Abu al Qosim, ket! Olloh nomi bilan ont ichamiz, sen axmoq emassan”. Shunda Muhammad ularning oldidan ketdi. Ertasiga ular yana muqaddas joyda to’plandilar. Men ularning oldida edim, men bir odam ikkinchisiga shivirlab: “Esingdami, sen unga nima qilganing va u senga nima qilgani va u senga nimadir yomon gap degani, sen esa uni qo’yib yubording?”

Ular shunday gapirayotganda, Muhammad paydo bo’ldi. Ular hammalari bir odamday unga tashlandilar, uning atrofiga turib so’radilar: “Sen haqiqatdan ham bizning xudolarimiz va dinimizni haqorat qildingmi?” U javoban “Ha!” – dedi, shunda ulardan biri uning libosini mahkam tutganini ko’rdim. Abu Bakr uning oldiga turib gapirdi: “Nahotki sizlar Ollohni Rabbim deb ataydigan odamni o’ldirmoqchisizlar?” So’ng ular ketdilar. “Bu kurayshitlarning Muhammadga nisbatan eng past ishlaridan biri edi”.

Abu Bakirning qizi Umm Kulsum keyin nima bo’lgani haqida bizga xabar berdi: “Meni otam uyga qaytganida uning yarim boshi va soqoli kal edi. Ular uni sochini va soqolini yulgan edi”.

Ayrim olim odamlarning gapirishicha: “Bir kuni, Muhammad uyidan chiqanida, hamma odamlar: va qullar, va ozod odamlar uni yolg’onchi deb haqorat qilishar edi. U yana uyiga qaytib va choponga o’ranib oldi. Shunda Olloh unga gapirdi. “Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi (Muhammad), turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring” (Al-Muzzammil surasi 74:1-2)

2.04.5 -- Hamzani imonga kelishi

Abu Djahl Safa deb nomlangan joyda Muhammadning yonidan o’tib borayotib, uni lanatladi va uni yangi din va boshqa ishlar uchun haqorat qildi. Muhammad esa unga bir so’z ham javob bermadi. Erkin qo’yib yuborilgan Abdallah ibn Djudan ularning uyida o’tirgan va barchasini eshitgan edi. Shundan so’ng Abu Djahl Kaabaga kurayshitlarning yig’iniga yo’l oldi. Tez orada Hamza beliga bog’langan kamoni bilan ovdan qaytib keldi. U ovni yaxshi ko’rar va moxir ovchi edi. U ovdan qaytgach uyga ketishdan oldin albatta Kaabani aylanib o’tish odati bor edi. Kurayshitlar yig’ini oldiga borgach ular bilan salomlashdi va suxbatlashdi. U kurayshitlar ichida eng kuchli va qudratli kishilardan biri edi.

U o’sha ayol yonidan o’tayotganda (payg’ambar esa ketib bo’lgan edi) ayol unga dedi: “Abu Umar jiyaning Muhammad bilan Abu al-Xakam ibn Xisham hozirgina nima qilganini ko’rganingda! U uni haqorat qilib yerga urdi. Keyin u uning oldidan ketdi, Muhammad esa javoban bir so’z ham demadi”.

Olloh Hamzani o’z rahm shavqati bilan barakalamoqchi edi va shuning uchun uni g’azab oldi. U Abu Djahl uchrab qolgudek bo’lsa, unga tashlanishga shay bo’lib, to’xtamasdan, tez qadamlar bilan yurdi. Muqaddas joyga kirgach uni boshqa odamlar ichida o’tirganini ko’rdi. Uning oldiga borib uni kamoni bilan urdi va qattiq ovozda: “Agar men ham uni dinnini e’tirof etib, uning so’zlarini takrorlasam nima bo’ladi? Sen shunda ham uni haqoratlaysanmi? Agar jur’at etolsang ur meni!” ayrib maxzumlardan bir nechtasi Abu Djahlni qo’lash uchun o’rinlaridan turdilar. Ammo u dedi: “Abu Umarni tinch qoying, chunki, Olloh nomi bilan ont ichaman, man jirkanchli tarzda jiyanini haqorat qildim”. Hamza musulmon bo’lib qolaverdi va Muhammadning hamma o’gitlariga amal qilar edi. Kurayshitlar, Muhammadni Hamza orqali juda katta qo’llab quvvatlash topganini tushunib yetdilar va keyinchalik uni kamroq haqorat qilishar edi.*

* Musulmon jamoati hamma xurmat qiladigan, kuchli va dovyurak erkaklar tufayli yanaham kuchayib borar edi. Ular xalq ichida birinchi Masihiylar jamoati singari sevgi va qurbonlik kabi emas, (Xavoriylar 2:47; 3:11; 5:12-16) balki yanaham katta harbiy kuch orqali xurmat va martabaga ega bo’ldilar.

2.04.6 -- Utba ibn Rabi’a Muhammadga qay tarzda ishonganligi

Hamza imonga kelganidan so’ng Muhammadning izdoshlarini soni ko’paydi, Utba ibn Rabi’a bir kuni kurayshitlarning yig’inida shunday dedi: “Muhammadning oldiga borib, bir nechta talablar qo’ysammikin? Balki u meni tinglab ularni qabul qilib bizni o’z dini bilan tinch qo’yarmikin?”. Kurayshitlar uni borib Muhammad bilan gaplashishiga rozi bo’ldi.

Utba o’rnidan turib muqaddas joyda o’tirgan Muhammadning oldiga ketdi. U Muhammadga dedi: “Akamning o’g’li, sen bizning naslimizda xurmatga egaligingni bilasanmi? Ammo endi sen og’ir yuk olding, bu bilan bizni bo’lib yubording: bizning ustimizdan axmoqlar ustidan kulganday kulding, bizni xudolarni haqoratlading, bizni dinimizni yomonlading va o’tib ketgan otalarimzni imonsizlikda hukm qilding. Meni tingla! Men senga bir nechta taklif beraman, sen esa ular haqida o’ylab ko’r. Balki, sen ayrimlarini qabul qilarsan”. Muhammad bunga javoban: “Gapir, Abu al-Valid, men seni tinglashni istayman”. Utba boshladi: “Agar sen ko’p pul topishga intilayotgan bo’lsang, unda bizlar birgalikda shuncha pul to’playmizki sen bizning oramizda eng badavlat odamga aylanasan. Agar sen martabaga ega bo’lishni istasang, unda biz seni o’z etakchimiz qilamiz va sensiz hech bir savol hal etilmaydi. Agar istasang, biz xatto seni o’z boshimiz deb tan olishga tayyormiz. Agar seni ozod bo’lishga kuching yetmaydigan ruh xabar olayotgan bo’lsa, biz senga tabib topamiz va sen sog’aymaguninga qadar senga o’z mol-mulkimizdan berib turamiz; odam tuzalmagunigacha ruh unda hukmron bo’ladiku”.*

* Bu holatda “yo’ldan ozdiruvchi” Muhammadga pul, martaba, kuch va shifo taklif qilgan. U hammasidan voz kechib o’z e’tiqodi va tamoyillariga sodiq qoldi.
Isoning sinovlari Muhammadning sinovlaridan Isoning shaxsi qanchalar Muhammadning shaxsidan buyuk bo’lsa shunchali farq qilardi (Matto 4:1-11). Isoni shaytoni o’zi sinagan. U butin dunyo boyliklari va mulkini taklif etgan. Ammo Iso bu iblisning taklifini rad etgan. U odamlarni o’ziga boylik va mo’jiza bilan jalb qilishni istamagan, aksincha U ularni o’zining najot beruvchi o’limi bilan qutqargan.

Utba gapini tugatganidan so’ng, Muhammad unga javoban: “Agar, sen tugatgan bo’lsang, endi meni tingla dedi: “Ho, Mim. (Ushbu Qur'on) mehribon va rahmli Alloh tomonidan nozil qilingandir. U biladigan qavm uchun arabiy Qur'on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir. (U) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchidir. Bas, (kofirlarning) ko'plari yuz o'girdilar. Demak, ular "eshitmaslar".”(Fussilat surasi 41:1-4). Muhammad unga Qur’ondan sura o’qishni davom etdi va Utba uni qo’llari bilan belini ushlab diqqat bilan tinglar edi. Muhammad “Ollohga sajda qiling” (Fussilat surasi 37), degan so’zlarga yetib borganda, Utba va Muhammad bilan birgalikda yergacha egilib sajda qildilar. Shundan so’ng Muhammad unga dedi: “Endi sen nima eshitgan bo’lsang shuni eshitding va endi sen bilasan, sen nima qilishing kerakligini”.

Shunda Utba do’stlarini oldiga qaytdi va ular bir birlariga dedi: “Olloh nomi bilan ont ichaman, biz qasam qilamizki, Utba bizning oldimizdan ketganiga nisbatan bizning oldimizga umuman boshqa yuz bilan qaytdi”. U yana ularning oldiga o’tirganida, ular undan so’radilar: “Senga nima qildi?” U javoban: “Olloh nomi bilan ont ichaman, men shunday so’zlar eshitdimki, bundaylarni eshitmaganman. Bu also sheriyat emas, jodu va sehr emas. Menga ishoning, meni tinglang va Muhammadni tinch qo’ying. Undan eshitgan so’zlarim kuchli ta’sir ko’rsatadi. Agar badaviylar u dilan jang qilsa sizlar tinchlika boshqalar qo’li bilan erishasizlar. Agarda u sizlarni ustingizdan g’olib bo’lsa, uning hokimligi sizning hokimligingiz bo’ladi, uning kuchi sizning kuchingiz bo’ladi, uning ortidan sizlar eng baxtli xalq bo’lasizlar”.

Shunda ular hayqirib yubordilar: “Olloh nomi bilan ont ichamiz, u o’z tili bilan seni sehrlagan!” U esa javob berdi ularga: “Bu mening fikrim. Sizlar esa nimani to’g’ri deb bilsangiz, shuni qiling”.

2.04.7 -- Muhammad va kurayshitlar o’rtasidagi tortishuv kuchayib bormoqda

Islom Makkada oilalar va qabilalar orasida tarqalishni boshladi. Ammo kurayshitlar, o’z hokimligi ustidan bor ko’p imonlilarni tutib kuch bilan Islomdan voz kechishga majbur qilgan. Bir kuni quyidagi kurayshitlar quyosh botganidan so’ng Kaaba devorlari ortida yig’ildilar: Utba ibn Rabiya, Shayba ibn Rabiya, Abu Sufyan ibn Harb, an-Nadr ibn al-Haris ibn Kalada, Banu Abd ad-Darning akasi, Abu al-Baxturi ibn Xisham, al-Asvad ibn al-Muttalib ibn Asad, Zamma ibn al-Asvad, al-Valid ibn al-Mugira, Abu Djahl ibn Xisham, Abdallax Abu Umayya, al-As ibn Vail, Xadjajanig o’g’illari Nubayx va Munabbix, shaximatlar va Umayya ibn Xalaf. Bundan tashqari har bir ko’zga ko’ringan qabilalar vakillari keldi. Muhammad bilan bahslashish uchun va kechroq javobgar bo’lmaslik uchun uning ortidan odam yuborishdi. Muhammadni xurmatli kurayshitlarning oldiga olib borish uchun elchi kelganida, Muhammad ular eshitishga tayyor deb o’ylab, uning ortidan darhol yol oldi.

Muhammad ularning qarshiligi unga qiyinchilik keltirayotgani uchun imonga ularni kelishlariga chaqirdi. Muhammad ular bilan o’tirganida, ular yana barcha ayiblovlarini sanab o’tdilar va Utba unga taklif qilgan taklifni takrorladilar. Muhammad javoban: “Menga tabib kerak emas va men boylik, xurmat va hokimlika intilganim yo’q. Olloh meni sizlarga elchi qilib yubordi va menga kitobni berdi, sizlarga yaxshi xabar yyetkazishimni va ogohlantirishimni buyurdi. Mening Rabimni xabarini sizlarga yetkazgan edim va sizlarga to’g’ri maslahat bergan edim. Men sizlarga olib kelganni qabul qiling va bu sizning bu hayotingizda va kelajak hayotingiz uchun yaxshi qismat bo’ladi. Agar mening xabarimni rad etsangiz, Olloh men va sizlarning o’rtamizda hukm qilmaguncha, men sabr bilan kutaman”.

Shunda ular Muhammadga dedi: “Agar sen biz taklif qilayotgan hech bir narsani qabul qilishni istamasang, unda shuni bilki, bizning hayotimiz og’ir va biz suv yetishmovchiligidan hammadan ham ko’p azob chekyabmiz va bizning voha tordir. Shuning uchun, seni yuborgan, o’z xudoyinga ibodat qil, bizni qisib borayotgan tog’larni* surub yuborsin va bizning yurtimiz kengayib marhamatli bo’lsin, Suriya va Mesopatamiya kabi daryolar oqsin; bundan tashqari, bizning qazo qilgan otalarimizni qayta tiriltirsin. Shunda biz ulardan sen xaq yoki yolg’on gapirayotganingni so’raymiz. Agarda ular sen to’g’ri gapirayotganingni aytishsa va sendan talab qilayotganimizni bajarolsang, unda biz senga imon keltiramiz va seni Ollohni oldidagi muhim o’rningni va seni Uning elchisi deb tan olamiz”.

* Makka aholisi Isoni tog’larni ko’chiruvchi imon haqida gapirganini eshitgan bo’lishlari mumkin. Ammo na ular, na Muhammad bu so’zlarni ruhiy ahamiyatini va ma’nosini tushunishmagan (Matto 17:20; 21:21; Mark 11:23).

Muhammad javoban: “Men sizlarga Olloh meni nima bilan sizlarning oldingizga yuborganini aytib berdim. Agar sizlar buni qabul qilsangiz, bu sizlar uchun bu hayotingizda va kelajak hayotingiz uchun yaxshi amal bo’ladi; agar qabul qilmasangiz, men va sizlar o’rtamizda Olloh hukm qilmagunicha men sabr qilaman”. Ular dedi: “Agar Olloh sen tasdiqlayotganday, o’z bilganini qilsa, unda osmon bizning ustimizga asta tushsin. Bo’lmasa biz senga ishonmaymiz”. Muhammad javoban: “Bu Ollohning ishi, qachonki uning irodasi bo’lsa shunda u shunday qiladi”. Ular javoban: “Muhammad, biz sen bilan bu yerda o’tirganimizni va senga talablar qo’yayotganimizni sening xudoying biladi. Nega U kelib senga bizga nima deb javob berishni aytmayabdi va agar biz senga quloq solmasak, U nima qiladi? Al-Yamadan seni ustozing borligini eshitganmiz. Uning ismi ar-Rahmon, ammo Olloh nomi bilan ont ichamiz biz hechqachon ar-Rahmonga ishonmaymiz. Biz qilishimiz kerak bo’lgan barcha narsani qildik va biz boshqa sen buni yakson qilganingacha, yoki biz seni yakson qilginimizgacha sabr qilmaymiz. Sen Ollohni va farishtalarni bizning oldimizga olib kelmaguningcha, biz senga ishonmaymiz”.*

* Makka aholisi orasida Muhammadga qarshi fitna uyushtirilayotgan edi. Ular uni o’ldirmoqchi edi. Muhammad ularga qabr chegarasidan tashqari javob bera olmas edi.
Farziylarning Isoga qarshi fitnasi uni qatil etilishini rejalashtirilishiga olib keldi. (Matto 12:14; 26:4; 27:1; Mark 3:6; 15:1; Yuhanno 5:16). Ammo Iso ularga dedi: “Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayabdi, lekin Yunus payg’ambarining alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi” (Matto 12:39-40; 16:4; Luqo11:29). Iso O’z o’limini tasdiqladi va uni O’zining qayta tirilish g’alabasiga aylantirdi. Muhammad esa bu tarzda o’z g’alabasini tasdiqlayolmagan, chunki Islomda qutqarilish haqida ishonch yo’q. Muhammad o’lgan va qabrda yotibdi, u qayta tirilmagan. Iso esa tirik!

2.04.8 -- Abu Djahalning Muhammadga suyuqasd qilishi

Muhammad ketganidan so’ng, Abu Djahal: “Siz ko’rdingiz, Muhammad bizning dinni yomonlashdan va otalarimizga tuhmat qilishdan, bizni axmoq deyishdan va bizni xudolarni yomonlashdan to’xtashni o’ylamaydi. Shuning uchun men Xudoni guvoh sifatida chaqiraman, ertaga bir qo’lim bilan ko’tarishim mumkin bo’lgan bir toshni olib Kaabaga boraman. Muhammad ibodat vaqtida sajda qilganida, men uni boshini shu tosh bilan majaqlayman. Shunda sizlar meni himoya qilolasizlarmi yoki Abd Manafning o’g’illari qo’liga men bilan istaganlarini qilishlari uchun berib qo’yasizlarmi?” Kurayshitlar bunga javoban: “Biz seni hechqachon berib qo’ymaymiz! Nimaki istagan bo’lsan shuni qil!” – deyishdi.

Ertasi kuni Abu Djahal og’ir toshni olib muqaddas joyga Muhammadni kutgani ketdi. Muhammad tongda keldi va qora tosh va janubiy burchak oralig’i, Kaaba u va Suriya o’rtasida bo’lishi uchun yuzini Suriya tomon qaratib odatdagiday Makkada ibodat qilishni boshladi. Abu Djahal nima qilishini ko’rish uchun, barcha kurayshitlar yig’ildilar. Muhammad sajda qilayotganda Abu Djahal Muhammad tomon qo’lidagi tosh bilan qadam tashladi. Ammo yaqinlashgandan so’ng Abu Djahal birdan qochishga tushdi. Uning yuzi dahshatdan burishib ketgan edi. U qaltirayotgan qo’lidan toshni tushurib yubordi. Kurayshitlar unga yaqinlashib so’rashdi:“Nima bo’ldi?”, u javoban dedi: “Men sizlarga kecha aytgan ishimni qilmoqchi edim. Ammo men Muhammadga yaqinlashganimda, u va meni o’rtamizda turgan boshi va tishlari katta tuyaga ko’zim tushdi, men avval bunday tuyani ko’rmaganman. U meni yeb qo’yishiga oz qoldi!”**

* Muhammad boshida Arab yarim orolidagi yahudiylarning urf odatlariga ko’ra Isroil tomon qarab ibodat qilar edi. Isroil o’sha vaqtda Vizantiyaning Suriya viloyatiga kirar edi.
** Muhammadning bu g’ayritabiy himoyasi Xudoning muqaddas farishtasining inoyatli huzuri tufayli emas, balki bu jinning yuzi buzilgan xayvon timsolida namoyon bo’lgan huzuri edi.

2.04.9 -- An-Nadr ibn al-Haris – Muhammadning ashadiy raqibi

Abu Djahal buni ularga aytganida, an-Nadr ibn al-Haris o’rnidan turdida va dedi: “O kurayshitlar, Olloh nomi bolan ont ichaman, sizlarning zimmangizga tushgan bu kulfatga nisbatan, hech qanday hiylalar yordam bermaydi. Muhammad navqironligi vaqtida xalqning sevimligi edi. U ulg’ayib sizlarga juda yaxshi ma’lum bu muammoni sizlarga yo’llamaguniga qadar sizning orangizda eng rostgo’y va sadoqatli bo’lib tanildi. Shunda uni folbin dedingiz. Ammo Olloh nomi bilan ont ichaman u folbin emas. U jodugar kabi, fudamaydi va tugunlar qilmaydi. So’ngra siz uni bashoratchi dedingiz, ammo u bashoratchi ham emas. U sizlarga o’xshab duolar qilmaydi va yolg’on gapirmaydi. Shunda sizlar uni shoir dedingiz, ammo u shoir emas. Biz har turdagi sherlarni bilamiz, ammo ular uning so’zlariga o’xshamaydi. Siz uni jinga chalingan dedingiz, ammo Olloh nomi bilan ont ichaman u jinga chalingan kabi o’ziga o’zi gapirmaydi, alahsiramaydi va ingramaydi. Shuning uchun bu ishlar ustidan o’ylab ko’ring chunki sizlar juda tang ahvoldasizlar”. An-Nadir kurayshitlar ichida Muhammadning eng yovuz raqiblaridan biri edi – u uni haqorat qilar va yomon ko’rar edi. U Xirada bo’lib u yerda Rustamlar va Isfondiyorlar tarihini eshitgan.* Endi Muhammad xalqni Ollohga ishonish haqida ochiq o’rgatayotgan va boshqa xalqlar Ollohning jazosiga uchragani va boshqalarni shu haqida ogohlantirayoganda, an-Nadir esa: “Men, Muhammaddan ham, yana ham chiroyli tarihni bilaman” – der edi. Shunda u fors poshsholari Isfandiyor va Rustamlarning tarihini aytib bergan. Qur’onda sakkiz oyyat an-Nadir haqida gapiradi, masalan: “Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: "Bular avvalgilarning afsonalari-ku!"- deydi.” ( Al-Qalam surasi 68:15).

* Rustam va Isfandiyor – bu forslar shohlari, yunon ishlari haqida ko’pincha olov atrofida badaviylar suxbatlashar edi.

2.04.10 -- Kurayshitlar rabbinlarni qay tarzda so’roqqa tutgani haqida

Shu tariqa an-Nadir Muhammadning vahiylariga ishonmas edi, shunda kurayshitlar uni Ukba ibn Abu Muayt bilan birga rabbiylarning oldiga Madinaga yuborishdi.* Ular avvalo rabbiylar Muqaddas Kitobi bor xalqqa tegishli bo’lgani uchun Muhammadning g’ayri tabiiy holati haqida aytib ulardan bu haqida nima o’ylayotganlarini so’rashlari kerak edi. Bundan tashqari ular Eski Yozuvlardan xabardor bo’lgan va kurayshitlar xabardor bo’lmagan payg’ambarlar haqida ko’p bilgan. An-Nadir Uqba ibn Abu Muayt bilan Madinaga yo’l oldi, kurayshitlar ularga tayinlaganiday ular rabbiylar bilan Muhammad haqida suxbatlashdilar. Rabbaylar ularga javoban dedilar: “Unga, biz sizlarga aytgan o’sha savollar bering. Agar ularga javob bersa u haqiqatdan Ollohning elchisi, agar javob berolmasa u yolg’onchidir. U bilan munosabatda e’htiyot bo’ling! Avvalo undan o’tgan vaqtda ketgan navqiron yigitlar haqida so’rang. Ular haqida noyob voqiyalar aytishadi. Keyin unda yerning sharqi va g’arbiy chitigacha borgan musofir haqida so’rang. Va nihoyat, undan ruh haqida so’rang. Agar u sizlarga javob bersa uni ortidan boring, chunki u payg’ambardir. Agar javob bermasa, unda u yolg’onchidir”.

* O’sha vaqtlarda Madina Isrib degan nom bilan mashhur edi, shaharning ayrim joylarida badavlat yahudiylar yashar edilar. Ular orasida Tavrot va Tolmudni yaxshi bilgan o’sha yerlarda taniqli bo’lgan rabbiylar bo’lgan.

An-Nadr Uqba bilan Makkaga qaytishdi va kurayshitlarga deyishdi: “Biz endi bu ishlarni suv yuzasiga chiqarish imkoniyatiga egamiz”. Ular rabbiylarni so’zlarini va ucha savolni aytib berishdi. Shundan so’ng ular Muhammadning oldiga borishdi va o’sha savollarni unga berishdi. Muhammad ishonch bilan dedi: “Ertaga men sizlarga javobini aytaman”. Ammo oradan o’n besh kecha o’tdi unga esa bu haqida vahiy bo’lmadi. Nihoyat Makka aholisi to’planib dedi: “Muhammad bizga javobni ertasi kuni berishga va’da bergan, ammo o’n besh kecha o’tdi!” Muhammadning o’zi esa juda qayg’uda edi chunki unga vahiy kelmayotgan edi va Makka ahli uning ustidan kulayotgan edi. Nihoyat Olloh unga Jabroilni yubordi. Muhammad Jabroilga: “Sen juda ham ko’p vaqt kelmading. Men biron nohushlik bo’ldimikin deya qo’rqdim” – dedi. Jabroil javoban dedi: “Biz sening Rabong, Ollohning irodasiga asosan huzur bo’lamiz. Bizning oldimizda va ortimizda, shuningdek ularning o’rtasida nimaki bo’lsa Unga tegishlidir”. Shundan so’ng u Al-Kaxf surasini aytdi, ular qabul qilishni istamayotgan, Ollohga hamdu-sano va Muhammadning payg’ambarlik xizmatini madhiyalab dedi: “(O'z) bandasi (Muhammad)ga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zot (Alloh)ga - hamd! Uni (Qur'onni ma'no va mazmunda) qing'ir qilmadi” (Al-Kaxf surasi 18:1). Bu ularning savoli va uning payg’ambarlik xizmatining tasdig’i edi, va Olloh buni qildi, “(balki, u) to'g'ri (haq va rost)dir. Huzuridan (keluvchi) qattiq azob bilan ogohlantirish va ezgu ishlarni qiladigan mo'minlarga yaxshi mukofot (jannat) xushxabarini berish” (Al-Kaxf surasi 18:2a), bunda Olloh imonsizlarni bu hayotda jazolaydi va kelgusi hayotda qo’rqinchli azoblarga tashlaydi. Shuningdek “(darvoqe, ular) u yer (jannat)da mangu qoluvchilardir” (Al-Kaxf surasi 18:2b-3). Abadiy maskan, ular u yerda boqiylika ega bo’ladilar, - boshqalar yolg’on deb hisoblayotgan, bunday mukofot, kimki unga, uning vahiylariga ishonsa va hayirli ishlarni qilayotganlarni kutmoqda; “shuningdek, "Allohning farzandi bor" deganlarni ogohlantirish uchun (Kitobni nozilqildi)” (Al-Kaxf surasi 18:4). U Ollohning qizlariga sajda qilayotganday farishtalarga sajda qilayotgan kurayshitlarni nazarda tutgan edi. “(Mushriklar,) zotan, uni (farzand mohiyatini) o'zlari ham, ota-bobolari ham bilmaslar. Og'izlaridan chiquvchi (bu) so'z og'irdir. (Ular) faqat yolg'onni so'zlayaptilar” (Al-Kaxf surasi 18:5), ularga imon keltirishni to’xtatishni istamaganlarga. Jabroil davom etdi: “(Ey, Muhammad,) ular ushbu So'zga (Qur'onga) imon keltirmasalar, ehtimol, Siz ularning ortidan, afsuslik bilan o'zingizni halok qiluvchidirsiz?!” (Al-Kaxf surasi 18:6).

“Balki, Kahf (g'or) va Bitik (voqealari yozilgan tosh) egalarini Bizning mojizalarimizning eng ajoyibi, deb hisoblagandirsiz? Qaysiki, yigitlar g'orga panoh istab borishib: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga o'z huzuringdan rahmat ato etgin va bizlarning ishimizni O'zing to'g'rilagin", - dedilar. Bas, (o'sha) g'orda bir necha yil ularning "quloqlariga urib" (uxlatib) qo'ydik. So'ngra (ularning ichidagi) ikki guruhdan qaysi biri turgan muddatlarini (to'g'ri) hisoblashlarini bilish (sinash) uchun ularni uyg'otdik. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga ularning xabarini haqiqatan aytib berurmiz. Darhaqiqat, ular Parvardigorlariga imon keltirgan va Biz ularga hidoyatni ziyoda qilgan yigitlardir. Biz ularning dillari (imonlarini) quvvatlantirdik - o'shanda ular (zolim shoh qarshisida) turib dedilar: "Bizning Rabbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Bizlar Undan o'zga "iloh"ga sira iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq so'zni aytgan bo'lurmiz. Ana u qavmimiz esa Undan o'zgalarni "iloh" qilib oldilar. Koshki o'zlari uchun biror aniq hujjat keltirsalar ekan. Bas, Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?!" "(Yigitlar!) Modomiki ulardan (mushriklardan) va Allohdan o'zga ular sig'inayotgan narsalardan yuz o'girgan ekansizlar, endi g'orga panoh izlab boringiz! Rabbingiz sizlarga O'z rahmatini keng qilur va ishlaringiz omadini berur". Quyosh chiqishida ularning g'orlarining o'ng tarafidan o'tib ketganini, botishida esa ularning chap tomoni bo'ylab yiroqlashib ketganini, ular esa hamon uning keng bag'rida ekanlarini ko'rasiz. Bu ham Allohning mojizalaridan (biri)dir. Kimni Alloh hidoyat etsa, bas, o'shagina hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, bas, uning uchun To'g'ri yo'lga soluvchi do'st topa olmassiz.” (Al-Kaxf surasi 18:9-17).

* Islom odamlarni ikkita qismat, najot va do’zah haqida o’rgatadi (Ar-Raad 13:27; Ibrohim 14:4; Al-Naxl 16:93; Fatr 35:8; Al-Muddassir 74:31). Musulmon kishi shahsiy erkin qaror qilishga kam ozodlikka ega. Shu sababli Islomda taqdirga ishonish va javobgarlik hissi zaiflilik kuchlidir.
Iso esa, aksincha, Xudoning bolalarini erkinlikka chaqirdi, o’z xohish irodasiga ko’ra ularga tayinlangan najotni rad etishi mumkin. Masih barcha odamlar uchun o’lib tirildi, U odamlar uning qurbonligiga minnatdorchilik sifatida, Unga imon keltirishlarini kutmoqda. Masihiylarrning erkin qaror qabul qilishlari, erkinligi ularga javobgarlik hisini kuchaytirib faollika undaydi.
Masihylarning qismat haqidagi talimoti, Xudo bizni “Masihda” tanlagan, Xavoriy Pavlusning so’zida ochiladi (E’fesliklarga maktubi 1:4). Barcha odamlar, ularning vakili bo’lgan Masih tufayli tanlangan. Masihga imon keltirgan (va U bilan yashayotgan) taqvodor bo’lib qoladilar (Rimliklarga maktub 10:4).

“Uxloq bo'lsalar-da, (ko'zlari ochiq bo'lgani uchun) sen ularni uyg'oq, deb o'ylaysan. Biz ularni (chirib ketmasligi uchun) o'ng tomon, so'l tomonga aylantirib turarmiz. Ularning iti esa old oyoqlarini ostonaga yozib yotur. Agar ularni ko'rib qolsang, dahshatga tushib, ulardan yuz o'girib qochgan bo'lur eding.” (Al-Kaxf surasi 18:18). “Hali ular (Muhammadga zamondosh yahudiy, nasoro va musulmonlarning ayrimlari o'sha Ashobi Kahf adadini): "Uchtadir, to'rtin chilari itlaridir", desalar, (boshqalari) "beshta bo'lib, oltinchilari itlaridir", deb g'aybga tosh oturlar (taxminan gap soturlar). Yana: "(Ular) yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir" ham deydilar. (Ey, Muhammad,) "Ularning sanog'ini Rabbim yaxshi biluvchidir. Ularni juda oz kishi bilur", deng. Bas, ular xususida faqat (vahiy asosida) ochiq munozara qiling va (Ashobi Kahf) haqida ularning birortasidan savol so'ramang! Biror narsa haqida: "Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman", deya ko'rmang! Illo, "Inshoalloh, (Alloh xohlasa)" (deng. Bu so'zni) unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Rabbingizni zikr qiling (ya'ni, "inshoalloh", deng) va: "Shoyad Rabbim meni bundan ham yaqinroq To'g'ri yo'lga hidoyat etsa",deng! (Ular) g'orlarida uch yuz yil turdilar va yana to'qqiz (yil)ni ziyoda qildilar. (Al-Kaxf surasi 18: 22-25).

Musofirga tegishli savollarida esa ularga shunday dedi: “(Ey, Muhammad,) yana Sizdan Zul-qarnayn haqida so'raydilar. Ayting: "Men sizlarga u haqdagi xabarni hozir o'qib berurman". Darhaqiqat, Biz unga (Zul-qarnaynga) Yerda martaba berdik va (istagan) barcha narsasiga yo'l (imkoniyat) ato etdik. Bas, u (avval G'arbga qarab) yo'l oldi.” (Al-Kaxf surasi 18:83-85). Ikki shohli hikoysida (Zu-l-Karnay) aytilishicha, Olloh unga, boshqalarga nisbatan, ko’proq hokimlik bergan. Odamlar yoq bo’lmagan joyga yetib bormaguni qadar barcha yo’llar uning oldida tekkislandi va u butun dunyoni sharq va g’arbini, o’ziga bo’ysundirishi mumkin edi.

Menga bir odam aytib bergan, u fors urf odatlari bilimdoni edi: “Ikki shohli misrlik ismi Marzuban ibn Marzuba Yo’nan avlodidan, Yafit ibn Nuhning o’g’li. Uning ismi Iskandar edi. U Aleksandriyani bunyod etgan”.

Saur ibn Iyazid menga Muhammad davrida yashagan Xalid ibn Maadan al-Kalaining so’zlaridan so’zlab bergan: “Bir kuni Muhammadan ikki shohli haqida so’rashdi va u javoban dedi: ‘U yerni chilvir bilan o’lchayotgan, farishta edi’”. Xalid yana aytishicha , bir kuni Omar, bir odam ikki shohlini chaqirayotganini eshitgan e’kan. Bunga Muhammad unga javoban: “Olloh! Kechir! Sizlarga payg’ambarlarni chaqirayotganingiz yetarli emasmi? Nahotki sizlar farishtalarni ham chaqirmoqchisiz?”

Ruhga tegishli savolga kelganda, shunday deyilgan: “(Ey, Muhammad,) Sizdan ruh haqida so'raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir".Sizlarga esa oz ilm berilgandir” (Al-Isra surasi 17:85).

* Madinadagi Yahudiylar va Makkadagi musulmonlar deyarli Xudoning Ruhi haqida ya’niy Muqaddas Ruh haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmagan. Lekin Masihning Jamoati Muqaddas Ruhning ma’badi hisoblanadi va Ruhning kuchi ostida yashaydi (Yuhanno 3:34-36; Xavoriylar 1:8; 2:1-4; Rimliklarga 5:5; 8:1-16; 1Korinfliklarga 3:16; 6:19 va xakazo). Masihiylar Muqaddas Ruhning kuchi va rahnomoligi ostida yashaydi. Musulmonlar esa Muqaddas Ruhga va o’z ichlarida abadiy hayotga ega emas. Odamning xudojo’yligini, ruhiy qayta tug’ilish bilan adashtirish mumkin emas (Yuhanno 3:1-8).

Keyinroq Muhammad Makkaga kelganidan so’ng, rabiylar undan so’radi: “Sen ‘Sizlarga kam bilish berilgan’ deganingda, sen bizni nazarda tutdingmi yoki o’zingni xalqingnimi?” Muhammad javob berdi: “Sizlarni ham, ularni ham”. Shunda ular dedi: “Nahotki sen o’z vahiylaringda bizga Tavrot berilganini va unda hamma narsa tushuntirilganini o’qimagansan?” Muhammad javoban: “Ollohning bilimiga ko’ra unda ham kam bilim. Ammo agar unga ko’ra yashasangiz, sizlarga shuni o’zi kifoyadir. Rabbiylarning e’tirozi bo’yicha Qur’onda aytilgan: “Agar yer yuzidagi (bor) daraxt qalamlar bo'lib, dengiz (siyoh bo'lsa va) undan so'ng yana yetti dengiz unga yordam bersa, Allohning so'zlari tugamas. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir.” (Lukman surasi 31:27).

Ularning boshqa talabi Muhammad Ollohdan bog’lar, saroy va boyliklar, Olloh, farishtani guvohlik berishi uchun va uni himoya qilishga yuborishi, bo’yicha biz quyidagini o’qiymiz: “(Yana) dedilar: "Bu qanday payg'ambarki, (oddiy odamlardek) taom yesa va bozorlarda yursa?! Unga (payg'ambarligini tasdiqlaydigan) biror farishta tushirilib, u bilan birga ogohlantiruvchi bo'lsa edi?! Yoki unga (osmondan ehtiyoji uchun) xazina tashlansa edi yoxud uning uchun bir bog' bo'lib, u (boq)dan ovqatlansa edi". Zolimlar (mo'minlarga): "Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga ergashmoqdasiz",- dedilar. (Ey, Muhammad,) qarang, ular Sizga qanday masallarni to'qidilar-a?! Bas, ular (haq) yo'ldan ozdilar. Endi ular yo'l (topish)ga qodir bo'lmaydilar. Agar xohlasa, Siz uchun (shu dunyodayoq) o'shandan (ular aytgan bog' va xazinadan) yaxshiroq narsani - ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarni qilib bera oladigan va Siz uchun qasrlarni qurib beradigan zot (Alloh) barakotli (buyuk)dir.” (Al-Furqan surasi 25:7-10).

“(Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan barcha payg'ambarlar ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning ba'zilaringizni ba'zilaringiz uchun sinov qilib qo'ydik - (qani,) sabr qila olurmisizlar? Rabbingiz esa ko'rib turuvchi zotdir.” (Al-Furqan surasi 25:20).

Abdallah ibn Umayyaning so’zlari bo’yicha esa quydagi oyat bor: “Aytdilar: Toki bizlar uchun (mana shu) yerni yorib, bir buloq chiqarib bermasang, biz senga sira imon keltirmaymiz. Yo sening xurmozor, uzumzor bog'ing bo'lib, uning o'rtasidan yorib anhorlar paydo qilmasang, yoki o'zing da'vo qilganingdek, osmonni ustimizga parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoki Alloh va farishtalarini oldimizga keltirmaguningcha, yoki sening oltindan bir uying bo'lmagunicha (senga imon keltirmaymiz). Yana bizlarga o'qiydigan (biror) kitob tushirmas ekansan, (osmonga) ko'tarilishingga ham sira ishonmaymiz". Ayting(Ey, Muhammad): "Ey, Pok Parvardigoro, men faqat payg'ambar bo'lmish bir odam edim-ku!” (Al-Isra surasi 17:90-93).

Ular, Muhammadni ustozi al-Yamanlik ar-Rahmon bo’lganini tasdiqlashlari bo’yicha esa Qur’onda quyidagini o’qiymiz: “(Ey, Muhammad,) shunday qilib, Sizni (ko'pdan-ko'p) ummatlardan keyin kelgan bir ummatga - ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida - (Biz) Sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun payg'ambar qilib yubordik. Ayting: “U mening Rabbimdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Ungagina tavakkul qildim va tavbam Ungaginadir” (Ar-Raad surasi 13:30).

* Rahmon (ar-Rahmon) – Yamancha so’z bo’lib, marhamatli timsoli demakdir. Ravshanki “rahmon” so’zi Makkada taniqli bo’lmagan va uni aniqlash uchun boshqa so’z fe’l rahim (ar-rahim, rahim shavqat), “rahmon” so’ziga ma’nodosh deb hisoblash mumkin. Bitta suradan tashqari barcha suralar “marhamatli (ar-rahmon) va rahim shavqatli (ar-rahim) Olloh nomi bilan” boshlanadi.

Muhammadga pul taklif qilingani bo’yicha, biz quydagini o’qiymiz “Ayting: Men sizlardan (payg'ambarligim uchun) ajr (haq) so'ramasman. Bas, u sizlarga bo'la qolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir.” (Saba surasi 34:47).

Ammo hattoki Muhammad ularning savollariga javob berib va sirlarni bilish bilimini namoyish etdi, bu bilan u haqiqatni gapirayotganini va chindan ham payg’ambar e’kanligini tasdiqladi, ularga, unga ishonib uning ortidan ergashishga hasad xalaqit bergan. Ular Ollohga qaysarona qarshilik qilishni davom etar edilar, hattoki ochiq ko’z bilan undan yuz o’girdilar va o’zlarining imonsizligini qoldirmadilar. Ulardan biri shunday degan: “Kofir bo'lgan kimsalar (bir-birlariga): "Muhammad tilovat qilayotgan vaqtda) sizlar bu Qur'onga quloq solmanglar va (uni chalg'itish uchun) javrayveringlar, (shunda) zora g'olib bo'lsangizlar!" - dedilar.” (Fussilat surasi 41:26).

Kunlardan bir kuni Abu Djahl, Muhammadning ustidan va uning vahiylari ustidan kulaib quydagini aytgan: “Kurayshitlar! Muhammad tasdiqlashicha, Ollohning do’zahida sizlarni ushlab qiynoqa soladigan malaklari soni, o’nto’qqizta e’kan. Sizlar esa eng katta avlodsizlar. Nahotki sizlardan yuztangiz, shu malaklardan birini engiy olmaysiz?”

Shunda Olloh quydagi vahiyni yubordi: “Biz faqat farishtalarni do'zax egalari (qo'riqchilari) qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanoqini (o'n to'qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilgaylar va imon keltirgan zotlarning imonlari yanada ziyoda bo'lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, mo''minlar ham (bu xususda) shak-shubha qilmagaylar. Yana dillarida maraz (munofiqlik) bo'lgan kimsalar va kofirlar: "Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?" - degaylar. Alloh O'zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar va O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo'shinlarini (farishtalarning adadi va sifatini) Uning O'zigina bilur. U (jahannam) insonlar uchungina bir eslatmadir.” (Al-Muddassir surasi 74:31).

* Farishtalar – solihlarni himoya qiladigan Ollohning qullaridir. Ular odamlarni gunoh bilan vasvasa qilmaydilar. Ammo Muhammad qulagan farishtalar yoki jinlarni Xudoning farishtalaridan ajrata olmadi. Balki u hech qachon Xudoning ajoyib farishtasi bilan uchrashmagan, uning o’rniga, haqiqiy farishtaga o’xshab olgan, aslida yomon ruhlar bo’lgan jinlar bilan munosabat qilgan.

Bunday og’ir to’qnashuvlardan keyin kurayshitlar Muhammadan yuz o’girdilar va u ovozini chiqarib Qur’on o’qiyotganda uni boshqa tinglamadilar. Agarda ularning biron kimi u ibodat qilayotganda uni tinglashni istasa, boshqalardan pinhona tinglashi kerak edi, chunki ular boshqalardan qo’rqar edilar. Agar uni ko’rib qolishganini sezguday bo’lsa, darhol u yerdan ketishga harakat qilar edi, unga nisbatan shafqasiz ish tutishlaridan qo’rqanidan.

Abdallah ibn Abbas dedi: “Bunday odamlar uchun quydagi oyat yuborilgan: ‘(Ey, Muhammad,) ayting: "Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, Uning go'zal ismlari bordir". (Ey, Muhammad,) Siz nomozingizni juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki mushriklar eshitib, Qur'onni haqorat qilmasinlar) va o'ta maxfiy ham qilib yubormang (toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar). Shularning (jahriylik bilan maxfiylik) o'rtasidagi yo'lni istang!’ (Al-Isra surasi 17:110)”. Odamlar unadan yuz o’girmasligi uchun u uncha baland bo’lmagan ovozda ibodat qilishi kerak edi, albatta past ovozda emas, uni yashirincha eshitishni istaganlar, uni eshitishi, ibodat so’zlarini tushuna olishi va o’zlarining foydasi uchun qo’lashi uchun shunday qilar edi.

2.04.11 -- Makkada Qur’oni ochiq o’qilishiga qarshilik

Makkada Muhammaddan keyin Qur’onni ochiq o’qishga chiqqan birinchi odam Abdallah ibn Maqsud bo’lgan.* Kunlardan bir kuni Muhammadning izdoshlari yi’g’ilib shunday deyishdi: “Olloh nomi bilan ont ichamiz, kurayshitlar shu vaqtgacha Qur’onni ochiq o’qilganini eshitishmagan. Kim ularga o’qiydi? Abdallah ibn Masud javob berdi: “Men”. Ular:“Biz kurayshitlardan qo’rqamiz. Bizga qabiladan bo’lgan odam kerak, shu qabila uni himoya qiladi, agar unga kurayshitlar hamla qilsa” – dedilar. Abdalloh javoban: “Menga ruxsat bering. Meni Olloh himoya qiladi!” Tongda u muqaddas joyga bordi, aynan shu vaqtda u yerda kurayshitlar yig’ilgan edi va baland ovozda dedi: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Mehribon (Alloh) Qur'onni ta'lim berdi” (Ar-Rahmon surasi 55:2). Kurayshitlar uni ko’rib shunday deyishdi: “Qul-onaning o’g’li Muhammadning vahiylarini oshkora o’qiyabdi”. Ular o’rinlaridan turib uning yuziga ura boshladilar. U esa hijolat ham bo’lmadi, ammo bir vaqt o’qishni davom etdi, so’ng do’stlari oldiga qaytdi. Uning yuzidagi kaltak izlarini ko’rib, ular qichqirib yuborishdi: “Aynan shundan biz qo’rqan edik!” U esa javoban: “Ollohning dushmanlari menga shunga qadar, bu darajada tuban tuyulmas edi. Agar istasangiz ertaga men yana borib ularga Qur’onni o’qiyman”. Ammo ular javoban dedilar: “Senga shuni o’zi kifoya. Sen ular yomon ko’rgan narsasini, eshitishlariga imkon berding”.

* Abd Allah ibn Mas‘ud was one of the most skilled writers accompanying Muhammad, who wrote down his so-called revelations.

2.04.12 -- Kurayshitlarning Muhammadning oshkora o’qishiga munosabati

Har safar Muhammad Qur’onni baland ovozda o’qib Ollohga imon keltirishga chaqirganida, ular kulib gapirar edi: “Bizning yuraklarimiz adyol bilan yopilgan va seni nasihatlaringa quloq solmayabdi. Bizning quloqlarimiz sening talimotinga kardir. Sen nima gapirayotganingni biz eshitmayabmiz. Seni bizdan ajtatib turuvchi parda bor. Sen o’zingni e’tiqoding bo’yicha harakat qilasan, biz esa o’z e’tiqodimiz bo’yicha harakat qilamiz. Biz sendan o’rganishni istamzymiz!” Bu so’zlarga javoban Olloh unga quydagini ochdi: “45. (Ey, Muhammad,) Ciz Qur'on qiroat qilganingizda, Biz Siz bilan oxiratga ishonmaydiganlar o'rtasiga yopiq parda tortib qo'yurmiz. 46. Shuningdek, (Qur'onni) anglay olmasinlar deb ularning dillarida to'siqlar va quloqlarida og'irlik (karlik) paydo qilurmiz. Qachonki, Siz Qur'onda yolg'iz Rabbingizni zikr qilsangiz, (mushriklar) orqalariga burilib keturlar” (Al-Isra surasi 45-46). Qachon ular Ollohning yagonaligi haqidagi so’zlaringni tushunib yetishadi, men ularning yuraklarini yopganimda, ularning quloqlarini kar qilib, sen va ularning o’rtasiga parda qo’ydim? “47. Biz ularning Sizga (qiroatingizga) quloq tutayotgan paytlarida nima sababdan quloq tutayotganlarini va zolimlar o'zaro shivirlashib, (mo'minlarga): "Aniqki, sehrlangan va aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasizlar", -deyayotganlarini juda yaxshi bilurmiz. 48. (Ey, Muhammad,) ular Sizning haqingizda (sehrlangan, majnun, shoir deb) qanday misol keltirganlarini, bas, adashib, so'ng yo'lni topa olmayotganlarini ko'ring! 49. Ular: "Suyak va (chirik) murdalarga aylanib ketgach, haqiqatan ham yangitdan yaralib, tirilurmizmi?!" - deydilar. 50. Ayting: "Xoh tosh yo temir bo'linglar. 51. Yoki ko'ngillaringizda (tirilishi) qiyin bo'lgan boshqa biror maxluq bo'linglar, (bari bir Alloh sizlarni tiriltirur)". Hali ular: "Bizlarni kim qayta tiriltira olur?" - deydilar. "Sizlarni ilk bor yaratgan zot" deb ayting! Hali ular boshlarini chayqab: "U (kun) qachon bo'lur?" deb (so'raydilar). "Shoyadki yaqin bo'lsa" deb ayting!” (Al-Isra surasi 17:47-51).

2.04.13 -- Kurayshitlarning Muhammadning izdoshlariga qarshi kurashi

Kurayshitlar nafaqat Muhammadning imonli izdoshlariga qarshi kurashishgan. Har bir qabila o’zlarining ichidagi ojiz musulmonlarga qarshi chiqdi. Musulmonlarni qamab qo’yib urishar, ochlik va suvsizlik bilan qiynoqqa solib, jazirama oftobga qo’yishar edi. Ayrimlar bunday qiynoqlardan qutilish uchun imondan qaytar edi. Boshqalari esa Ollohdan kuch olib quvg’inlarga taslim bo’lmas edi. Bilol ibn Rabax, onasi Hamama isilmi ayol edi – kechroq Abu Bakir ozod qilgan, Djumax o’g’illaridan biriga tegishli edi. U haqiqatdan vofodor kishilardan biri edi. Umayya ibn Xalaf uni jazirama kunlarda Makka atrofidagi vodiylardan biriga olib kelib, yelkasiga yotqizib, ko’kragiga og’ir toshni qo’yib: “Agar Muhammadni inkor etib al-Lat va al-Uzzaga sajda qilmasang, shu yerda shunday o’lasan” – deb qichqirar edi. Ammo Bilol:“Yagona,yagona!” – deb qichqirishni davom etar edi, Xisham ibn Urva otasi haqida shunday der edi: “U qiynoqa solinayotgan vaqtda, yonlaridan Varak ibn Naufal o’tib borar va uning ‘yagona, yagona!’ qichqirig’iga varak javoban: ‘Xa Olloh nomi bilan ont ichaman, o Bilol: Yagona, yagona!’ so’ng u Umayya va uning Banu Djumaxlik yordamchilari tomon burulib dedi: ‘Olloh nomi bilan ont ichaman, agar sizlar uni o’ldirsangiz, men uning qabri oldida ibodat qilaman’”. Kunlarning birida, ular yana Bilolni qiynoqa solayotganda, uyi Banu Djumax movzesida joylashgan Abu Bakir keldi va Umayyoga dedi: “Nahotki Olloh seni bu bechorani shu kuyga solayotganinga jazolashidan qo’rqmaysan? Qachongacha bu shunday davom etadi?” U javoban: “Sen uni buzding, sen uning bu kulfatidan qutqar!” Abu Bakir bunga javoban dedi: “Men shunday ham qilaman! Men u uchun senga xabash qulni beraman, u bundan ko’ra kuchli va sening dining tarafdori”. Umayya rozi bo’ldi. Abu Bakir Bilolni va unga qo’shib yana olti qulni ozodlika qo’yib yubordi.* Bu: Amir ibn Fuxayra Badr va Uxuda janglarda ishtirok etgan va Mauna qudug’i oldidagi jangda halok bo’lgan; shuningdek Umm Ubays va Zinnir ham. Zinnir ko’rish qobiliyatini Abu Bakir uni ozodlika qo’yib yuborganida yoqotgan. Shundan so’ng kurayshitlar dedi: “Uni al-Lat va al-Uzza ko’r qilgan!” ammo u baland ovozda: “Sizlar yolg’on gapiryabsiz! Olloh uyi xaqqi ont ichaman, Al-Lat va Al-Uzza na foyda, na zaraz keltira olishadi!” Va shunda Olloh unga ko’rish qobiliyatini qaytarib berdi. Yana Abu Bakir uning qizi an-Nazdidga ham ozodlik berdi. Ular Banu Abd ad-Dar avlodidan bo’lgan ayolga tegishli edi. Ularning xajasi un bilan yubordi va ularni hech qachon ozodlika qo’yib yubormaslika qasam ichgan. Abu Bakir dedi: “Nahotki shunday qilish mumkin bo’lsa?” U javoban: “Ha, mumkin! Sen ularni yo’ldan urding, endi o’zing ularni qutqar”. U ular qancha turishini so’radi va ularga ozodlikni taqdim etdi. Abu Bakir ularga bu ayolga unni qaytarishlari mumkinligini aytdi. Ular esa undan so’radi: “Balki, avval ishni tamomlarmiz va keyin qaytaramiz?” U javoban: “Istasangiz shunday ham qilishingiz mumkin”. So’ng u Banu Adiy ibn Kaabalik qul Banu Muammal yonidan o’tib borardi, u imonli edi. Omar u vaqtda imonli emas va Islomni rad ettirish uchun doimo uni do’poslar edi, o’zi holdan toymaguni qadar. Unga holdan toygani uchun uni urishdan to’xtayotgani aytardi. U javoban: “Seni bu holatga Olloh solmoqda!” Abu Bakir uni ham sotib olib unga ozodlik taqdim etdi. Muhammad ibn Abdallah ibn Abu Atik menga Amir ibn Abdallah ibn az-Zbayraning so’zlaridan, qarindoshlarining birini hikoyasini eshitganini, aytib bergan: Abu Kuxaf kunlarning bir kunida Abu Bakirga dedi: “O’g’lim, men seni ojiz qullarni sotib olib keyin qo’yib yuborayotganingni ko’ryabman.* Undan ko’ra baquvvat erkaklarni sotib olgani yaxshi, ular seni ham himoya qiladi va qo’llab quvvatlaydi”. Abu Bakir javob berdi: “Har bir ishimda nimaki qilmay, Ollohning roziligini olishga intilaman”.

* Makkada Islom izdoshlarini ichida, hayotdan umidi qolmagan qullar juda ko’p bo’lgan. Ular Islomni Muhammadning janatda jismoniy xursandchiliklar bo’lishi haqidagi va’dalari tufayli qabul qilishgan. Kechroq ko’p imonli qullar sotib olingan. Shu tarzda musulmonlar soni shiddat bilan oshgan.

Banu Maxzum Islomni qabul qilgan Ammar ibn Yasirning oylasi va ota – onasini, Makkada tush vaqtida yer qiziganda olib chiqdi. Muhammad ularning yonidan o’tib borardi. Aytishlaricha Muhammad ularga shunday degan ekan: “Ey, Sabir Yasirning oylasi! Sizlarga jannat va’da berilgan!” Ammarning onasini Islomdan qaytmagani uchun o’ldirishgan.*

* Makkada Islom uchun shahidlar soni o’sib borardi.

Betafiq Abu Djahl kurayshitlarni imonlilarga qarshi g’ijg’ijlar edi. U biron kuchli, xurmatli kishi Islomni qabul qilganini eshitsa, uni ayblab uyaltirar edi va: “Sen otangni dinini qoldirding – u sendan ko’ra yaxshi odam edi! Biz shunday qilamizki seni aqldan ozgan deb e’lon qilishadi va sening isming izzatsizlanadi” – derdi. Agar savdogar imonga kelsa, unga: “Olloh xaqqi ont ichaman, biz senda boshqa savdo qilmaymiz va biz seni pul bilan yakson qilamiz!” – der edi. Agar ojiz va kambag’al odam imonga kelsa, uni do’postlar va boshqalarni unga qarshi qayrar edi. Hakim ibn Djubayir aytganki: “Ko’p xudolarga ishonuvchilar Muhammadning izdoshlarini kaltaklar, ularni ochlik va suvsizlik bilan shu darajada qiynarkanki, xattoki kuchsizlikdan ular o’tira olmas e’kan. Ular nihoyat vasvasaga tushib Al-Lat va al-Uzzani xudolar deb tan olishlari uchun u buni qilar ekan. Ularni qattiq jazodan qutilish uchun, xatoki sudraluvchi qo’ng’izga sajda qilishga majbur qilardilar”.

2.05 -- E’fiopiyaga birinchi ko’chib o’tish (taxminan 615 y.)

2.05.1 -- Ayrim musulmonlarning birinchi qochishi

Muhammad uning izdoshlari qay darajada xavfli holatda turganliklarini tushunib etganda, o’zi esa ularga nisbatan Olloh va amakisining himoyasi tufayli sog’ omon edi va u: “E’fiopiyaga ko’chib o’tsangizchi?* U yerda nohaqlika yo’l qo’ymaydigan podsho boshqaradi. U zaminda haqiqat hokimlik qiladi va u yerda, Olloh sizlarni hozirgi xolatingizdan ozod etmaguni qadar qolishingiz mumkin”.

* Muhammad, o’zi Abu Tolibning himoyasida yashab, ijtimoyi holati foydasiz bo’lgan musulmonlarga Masihiylar mamlakati Efiopiyaga ko’chib o’tishni maslahat berar edi. E’fiopiyalik Masihiylar musulmonlarga boshpana berishdi va Islomni nobut bo’lishdan asrab qoldilar. Muhammad va musulmonlar, Masihiylar orasida haqiqat hokim surishini va nohaqlikka yo’l qo’yilmasligini bilar edi.

Muhammadning izdoshlari vasvasadan qo’rqib va imonini saqlab qolishga intilib, E’fiopiyaga ko’chib o’tishni boshlashdi. Bu imonlilarning birinchi ko’chib o’tishi edi.

Umumiy, E’fiopiyaga ketayotgan vaqtida yosh bo’lgan yoki u yerda tug’ilgan bolalar sonidan tashqari, ko’chmanchilar soni 83 odam edi, agar Ammar ibn Yasirni ham hisoblasa, ammo uni ko’chmanchilar gruhida bo’lganligi yoki yo’qligi haqida shubhalar ham bor.

Efiopiyada musulmonlar xavfsizlikda bo’lib qoldi va qo’rqmasdan, Ollohga sajda qilishlari mumkin edi, chunki Negus (hokim) iltifot ko’rsatib, o’zining himoyasi bilan ularni ta’minladi. Abdallah ibn al-Haris shunday sherlar bitdi:

Mening so’zlarimni ol, sargardon chavondoz va ularni Ollohning diniga umid bog’lagan, Makkada sarson va quvg’in bo’layotgan Rabining qullariga olib bor: Biz Ollohning yerini kengligini bildik, unda kamsitish, sharmandalik va xurmatsizlikdan boshpana bor. Bu hayotda boshqa kamsitilishga sabr qilish kerak emas, axir o’limdan so’ng, imonsizlardagi kabi ayib yo’q, ularda ishonch yo’q. Biz Ollohning elchisi izidan bordik, ular esa payg’ambarning so’zini pisand qilmaydilar va torozida ularning pallasi yuqoriga ko’tarilgan. Olloh imonsizlarni jazola va ular o’rinlaridan turib menga yomonlik qilmasinlar!

2.05.2 -- Kurayshitlar ko’chmanchilarni ularga berishini so’rashmoqda

Kurayshitlar Muhammadning izdoshlari bemalol Efiopiyaga ko’chib o’tib va havsizlikda yashayotganlarini bilganlarida, ular Negusning yoniga, o’zining yurtidan musulmonlarni haydab yuborishga ko’ndirmoq uchun, o’zlarining ichidan ikki bilimdon kishini yuborishga qaror qilishdi. Yuborilganlar Abdallah ibn Abu Rabiya va Amr ibn al-As ibn Vail edi. Ular Negus va zadogonlar uchun ko’p sovg’alar olib bordilar.

Ko’chmanchilarni (siyosiy boshpana izlovchilar) aytishlaricha: “Biz Efiopiyaga kelganimizda, Negus bizga eng yaxshi himoya berdi. Bizga o’zimizning dinimizni saqlab qolish va Ollohga, xavf-hatarsiz, ibodat qilishga ruxsat berilgan. Hechkim bizga yovuzlik qilmagan va bizda hech qanday ko’ngilsizlik bo’lmagan. Kurayshitlar bu haqida bilganida Negusning yoniga ikkita bilimdon kishini va Makkadagi eng yaxshi buyumlarni sovg’a sifatida yuborishga qaror qilishdi. Ular orasida qimmatbaho teri bor edi, bu bilan ular hokim va saroy ahliga minatdorchilik bildirmoqchi bo’lishdi. Abdallah ibn Abu Rabiy va Amr ibn al-As ibn Valga birinchi bo’lib zadogonlarga taqdim etib va shundan so’ngina Negus bilan suxbatni boshlab va sovg’alarni taqdim etmoqchi bo’ldilar. So’ng hatto ularni eshitmasdan hukumdordan musulmonlarni ularga berishni so’ramoqchi bo’ldilar.

Elchilar Efiopiyaga yetib keldilar, ularga eng yaxshi turar joy va eng yaxshi uy egalarini taqdim etishdi. Negusga murojat qilishdan oldin ular zadogonlarga sovg’alarni berishdi va: “Bizdan sizning shohingizni yurtiga kaltafahim yoshlar qochib kelishgan, ular otalari dinini qoldirdi va xattoki sizning diningizni ham qabul qilmadi; ular yangi dinga qadam qo’yishdi, u din na bizga tanish, na sizlarga. Shuning uchun bizning oliyjanob kishilarimiz, ularni qaytarish uchun, bizni podishohning yoniga yubordi. Biz podishoh bilan manashu masalada gaplashayotganda, u bilan hatoki gaplashmasdan, ularni bizlarga berishni maslahat bering. Chunki sizning xalqingiz ularni yaxshi biladi va ular ayblashga loyiq ekanligini tan oladi”.

Zadogonlar roziligini olib, elchilar sovg’alarni Negusga taqdim etdilar. U sovg’alarni qabul qilgandan so’ng, ular zadogonlarga aytgan so’zlarni unga, ularning xalqini olijanob kishilari nomidan, shuningdek ko’chmanchilarning ota va onalari nomidan, musulmonlarni ularga berishini aydilar. Podishohning atrofida turgan zadogonlar ular bilan roziligini bildirib unga:“Albatta, ularning xalqi ularni yaxshi biladi va ular adashoyotgan narsada hukm qilishi mumkin. Ularga bu yoshlarni ber. Bu elchilar bilan o’z xalqlari yoniga qaytishsin” – deyishdi. Elchilar esa Negus o’zi musulmonlar bilan gaplashishga qaror qilishidan ko’proq qo’rqar edi.

Negus g’azablanib qichqirib yubordi: “Xudo-xaqqi, ularni o’zidan bu elchilar nima deyayotganini so’ramagunimcha, meni yurtimga kelib boshqalardan ko’ra meni himoyamni xohlagan odamlarni bermayman. Agar ular rost gapirayotgani aniqlansa, men ularga ularni berib xalqlari oldiga yuboraman; agarda noto’g’ri bo’lsa, men ularni himoya qilaman va shu yerda qancha xohlagunlaricha yashashga xuquq beraman!”

2.05.3 -- Negus ko’chmanchilarni so’roqqa tutmoqda*

Negus Muhammadning izdoshlarining ortidan odam yubordi. Elchi ulaning oldiga kelganida, ular birga to’planib bir birlaridan so’rashni boshladi: “Podishohning oldida turganingizda unga nima deysizlar?” Ular javoban: “Biz payg’ambar buyurganini va bilganimizni gapiramiz, u yerda esa nima bo’lsa bo’laversin!”

* Bu musulmon ko’chmanchilarining so’roqqa tutilishini, Masihiylar va musulmonlar o’rtasidagi birinchi oshkora ravishdagi bahs deb hisoblash mumkin.

Ular Negusning oldiga kelganlarida, u o’zining barcha ruhoniylarini to’pladi, ular o’zlarining kitoblari bilan uning atrofiga joylashishdi. Negus ulardan so’radi: “Bu qanday din, uning dastidan o’z xalqingizni qoldirdingizki na mening dinimni, na boshqa dinni qabul qilmaysiz?” Djafar Abu Tolibning o’g’li unga javoban: “Podishoh, biz g’aflatda edik, o’zga xudolarga sajda qilib o’limtik odamlar edik. Biz beadablik qilar edik, qarindoshchilikni buzardik va qo’shnilarimizga yomon muomila qilar edik, kuchlilar ojizlarni yer edi. Nihoyat, Olloh bizning oramizdan bizga elchi yubordi biz uning nasil nasabini bilamiz, haqiqatni sevadi, vofodor va ezgu amallarni bajaradi. U bizni, otalarimiz Ollohdan boshqa ilohlarga sajda qilib yurgan, tosh va boshqa butlardan yuz o’girishga chaqirdi. Shuningdek u bizga suxbatda rostgo’ylikni, sodiqlikni saqlash, yaqinlarimizni sevish va mehmonlarimizni himoya qilishni, man etilgandan o’zini tiyish, qon emaslik, uyatsiz ishlarni qilmaslik, aldamaslik, etimlarni mulkini o’zlashtirmaslik va ezgulik qilayotgan ayollarga isnod keltirmaslikni buyurgan. U bizga hamkorsiz Ollohga sajda qilishni, zakot berish va ro’za tutishni buyurdi”.

Islomni boshqa ustamalarini sanab o’tgach, Djafar davom etdi: “Biz Muhammadning rostgo’yligiga ishondik, biz uning ortidan va Ilohiy vahiy deb olib kelgan narsasiga ergashdik. Biz yagona Ollohga hamkorlarsiz sajda qilamiz, u man etgan narsalarni rad etamiz, ruxsat berganlarini qabul qilamiz. Shuning uchun bizning xalqimiz bizga qarshi chiqdi va yomon munosabat qilishni boshladi, ular bizni imondan qaytishga va yana butlarga sig’inishga majburladilar. Biz oldingi qabihliklarni yaxshi deb qabul qilishimiz kerak edi. Ular bizni hafa qilib, imondan qaytishga majbur qilib quvg’in qilishni boshlashganda, o podishoh, biz sizning yurtingizga ko’chib o’tdik, siz biz bilan shunday noxaqliklar qilmaysiz degan umidda, boshqalardan ko’ra sizning himoyangizni tanladik”.

Negus so’roqqa tutishni davom etib u bilan shu Ilohiy vahiydan biron narsa bormikin deya undan so’radi.

U tasdiq bilan javob berdi va shoh o’qib berishni so’radi. Djafar Mariyam nomli 19 suraning boshini o’qib berdi. Shunda Negus shu darajada yig’laganidan uning soqoli xo’l bo’ldi. Xatoli ruhoniylar ularga o’qib berganini eshitganda, o’zlarining liboslarini ko’z yoshlari bilan nam qildi. Shundan so’ng Negus: “Bu Muso olib kelgan narsa ham, bir irmoqdan kelib chiqadi. O’z yo’lingizda boring! Men umuman sizlarni ularga bermoqchi emasman” – dedi.

2.05.4 -- Ko’chmanchilar Negusga Iso haqida nima aytib berganlari haqida

Ko’chmanchilar Negus huzuridan chiqandan so’ng, Amr ibn al-As quydagini dedi: “Olloh nomi bilan ont ichaman, men ertaga ular haqida bir nima aytamanki, ularning tomirini kesib yuboradi”. Abdallah ibn Abu Rabya, ularning boshqa bir elchisi: “Kerak emas. Ular biz bilan rozi bo’lmasa ham, ular bizning qarindoshimiz” – dedi. Amir javoban: “Olloh xaqqi ont ichaman, man podishohga, ular Mariyamning o’g’li Isoni qul deb tan olishlarini aytaman”.

Ertasi kuni Amir yana Negusning yoniga borib dedi: “O podishoh! Ular Masih haqida yomon so’zlar gapirishmoqda. Ularning ortidan yubor va u haqida nima gapirayotganini so’ra”. Negus ularni yana Masih haqida so’rash uchun chaqirtirdi.

Umm Salam aytishicha: “Bu biz bilan sodir bo’lgan eng xavfli xodisa edi. Ko’chmanchilar yig’ilib, muhokama qilishni boshlashdi: ‘Agar bizni Iso haqida so’roqqa tutishsa, U haqida nima deymiz?’ Ular Ollohning yuborgani va Muhammad Iso haqida nima degan bo’lsa shuni aytishga qaror qilishdi, shundan so’ng nima bo’lsa bo’laversin. Ular Negusning huzuriga kelganlarida, ulardan Iso haqida qanday fikrda ekanliklarini so’rashdi,* Djafar javob berdi: “Biz U haqida payg’ambar aytganini e’tirof etamiz: ‘U Ollohning quli, Uning elchisi, Uning Ruhi va Uning Maryamga tashlagan So’zi’” (An-Niso surasi 4:171).

* Shunday xavfli vaziyatda musulmonlar Qur’ondagi Masihiylarni ijobiy unsurlariga murojaat etgan, shu orada Qur’on Isoni Ilohiyligini rad etib va uning xojga mixlanganligini yashirgan xolda va U Xudoning O’g’li emasligini tasdiqlaydi. Natijada Negus ularni Masihiylarga qarshi harakat emas, balki Masihiy bir mashab deb qabul qiladi (Mariyam surasi 19:17-35; Al-Imron surasi 3:34-59).

Negus yerdan cho’pni ko’tarib dedi: “Sening so’zlaringa qaraganda Mariyamning o’g’li Iso shu cho’pdan katta emas!” Uni atrofida turga zadogonlar, nimadir shivirlay boshladilar, ammo u davom etdi: “Xudo xaqqi, ketishingiz mumkin. Mening yurtimda xavfsizlikdasizlar. Kimki sizlarni xafa qilsa – o’sha ja’zoga tortiladi! Men sizlarni tilla tog’larga ham xafa qildirib qo’ymayman! Bu elchilarga esa ularning sovg’alarini qaytib beringiz! Ular menga kerak emas! Xudo menga shohligimni qaytib berganida, men Xudoga pora bermaganman. Xudoga qarshi pora olishga qanday qilib men o’zimga ruxsat beray? Agar men bu bilan Xudoga qarshi chiqsam, nega men ularning irodasi bo’yicha harakat qilishim kerak?

Yuborilgan kurayshitlar, ularga yuklatilgan topshiriqni bajara olmay, sharmanda bo’lib qaytishdi.

Biz Negusning huzurida qoldik va uning panohida tinchlikda yashar edik. Shu vaqtda efiopaliklardan biri Negusga qarshi isyon ko’tarishni o’ylab qoldi. Bu bizni judaham tashvishga tushirdi. Agar Negusning raqibi g’alaba qozonsa bizga bunday xuquq berilmasligidan qo’rqardik. Negus g’alayonchilarga qarshi chiqdi, ularning qo’shinlari bir biriga qarshi Nil daryosining ikki soxilida joylashdi. Shunda payg’ambarning izdoshlari dedi: “Kim jangni kuzatib bizga uning natijasini yetkazadi?” Kichiklardan biri bo’lgan Az-Zubayr ibn al-Avvam shunday dedi: “Men”. Hamma rozi bo’ldi va u uchun mesh shishirishdi. U meshni ko’kragiga osib, jang bo’layotgan joyga yetib bormaguncha suzib bordi. Biz esa Ollohdan Negusga buyuk g’alaba berishini va uning hokimiyatini mustahkamlashini ibodatlarimizda so’rar edik.

Nima bo’lishini kutgunimizcha, Az-Zubayr o’zining kiyimini silkitib va baland ovozda: “Xushxabar! Negus g’alaba qozondi!” Olloh uni dushmanlarini mag’lub qildi. Olloh xaqqi ont ichaman, biz o’sha daqiqadagi singari hech qachon bu darajadagi xursandchilikni his qilmaganmiz.

Negus galaba bilan ortiga qaytdi, Olloh uning dushmanlarini mag’lub qilib uning kuchini mustahkamladi va butun Efiyopiya uning atrofida birlashdi. Biz esa, Makkaga Muhammadning yoniga qaytgunimizcha, uning davrida eng yaxshi sharoitda yashadik.

2.05.5 -- Efiopiyaliklarning Negusga qarshi noroziligi

Djafar ibn Muhammad otasidan eshitganini menga aytib bergan: “Kunlardan birida Efiopliklar yig’ilib Negusni ayiblashdi: ‘Sen bizning dinni qoldirding!’ Negus Djafar va uning do’stlari ortidan elchi yubordi va ular uchun kema tayorlab buyurdi: ‘Kemaga o’tiringlar, agar meni qochishimga to’g’ri kelsa sizlar ham, istagan tomoningizga qoching, agar men g’alaba qozonib chiqsam, unda sizlar ham qoling!’ So’ng u bir qog’ozda shunday yozuv qoldirdi: ‘Men guvohlik beraman, Olohdan boshqa Iloh yoq va Muhammad Uning payg’ambari va elchisi, Mariyamga nafas puflagan, Uning Ruhi va Uning So’zi Iso uning quli va elchisidir’. So’ngra shu qog’ozni kiyimining tashqi cho’ntagiga solib, janga tayorlanib qator turgan efiopiyaliklar oldiga yo’l oldi. U ularga murojat qildi: ‘Efiopiyaliklar, nahotki men sizlarning hukumdoringiz bo’lishlika yuqori huquqqa ega emasman?’ Ular javob berishdi: ‘Ha, xaqli san’. Shunda u so’radi: ‘Sizlarning orangizda, yashaganimga nima deysiz?’ Ular javoban: ‘Eng yaxshi o’rnaksan’. – ‘Unda gap nimada?’ – ‘Sen bizning imonni qoldirib Isoni qul deb atading’. – ‘Sizlar Iso haqida nima deysizlar?’ – ‘Biz Uni Xudoning O’g’li deymiz’.

* Isoni faqat Xudoning quli ekanligiga ishonish kopt-monofozitlarning etiqodlariga qarama-qarshi chiqar edi, ular o’sha vaqtda Masihning insoniy tabiyatidan ko’ra, Uning Ilohiy kuchiga urg’u qo’yar edi. Bu yerda Ariy va Afanasiyning tortishivi Efiopiyagacha yetib borgani yaqqol ko’rinib turibdi. Bu yerda shuningdek Muhammad va musulmonlar qaysi tomon bo’lishgani ko’rinmoqda. Islomni ko’pincha ariychilar mazhabi sifatida qabul qilishgan.

Negus yuragiga qo’lini qo’yib dedi: “Men guvohlik beraman, Iso, Mariyamning o’g’li, bundan katta bo’lmagan”. U qog’ozda yozgan so’zlarini nazarda tutib qo’lini qo’ygan edi. Efiopiyaliklar bu so’zlarga qoniqib qaytib ketdilar.

Negusning vofotidan so’ng, Muhammad Makkada u uchun Ollohdan rahm qilishini so’rab ibodat qildi.

2.06 -- TEST

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Bir-biri bilan kelishmaydigan va bir-biriga qarshi Kurayshit qabilalarining tortishuviga Muhammad o’rtakash sifatida qanday ish tutdi?
  2. Yahudiylar, Masihiy monahlar va arablarning folbinlari Muhammad kelishidan oldin u haqida aytishgan. Ular Muhammad haqida qayerdan bilishgan?
  3. Varak ibn Naufalem, Ubaydullo ibn Djaxsh, Osman ibn al-Xuvays bilan nima sodir bo’ldi? Ularni bir-biri bilan va Muhammad bilan nima bog’lagan?
  4. Ibn Ishaq Muqaddas Kitobda Muhammad haqida aytilgan so’zlar bor deb degan. Bunday bo’lishi mumkinmi?
  5. Muhammad unga tushgan vahiy haqida Hatichaga aytganda Haticha nima qildi?
  6. Hatichaning o’zi Muhammadning vahiysini qanday boshidan kechirdi?
  7. Nimaga Muhammadga vahiylar kelmay qo’ydi, ular to’xtaganda Muhammad nima qildi? Vahiylar unga qanday yana kelishni boshladi?
  8. Nimaga Zayd ibn Xarisning ismi Zayd ibn Muhammadga o’zgardi? Nimaga unga eski ismi qaytdi?
  9. Qanday va nimaga Abu Talib Muhammadni tasdiqladi?
  10. Kurayshitlar Muhammadga to’rt odam turiga qaraganday munosabat qilganlar. Bu to’rt odam turi nima bo’lgan?
  11. Muhammad Kurayshitlarga:”Men sizlaning yonlaringa qurbon bilan kelaman!” – dedi. Nimaga Muhammad ularga bu so’zlarni aytgan.
  12. Nimaga Utba ibn Rabia Muhammad bilan gaplashgani bordi?
  13. Yahudiylar Kurayshitlarga Muhammaddan uchta narsa haqida bilgani, u rostdan ham payg’ambarmi so’rashlarini maslahat berishdi. Ular qanday uchta narsa haqida Muhammaddan so’rashdi? Muhammad ularga qanday javob berdi?
  14. Ibn Xisham Makkada Qur’onni birinchi marta ochiq o’qigan odam Abdulloh ibn Masud deydi. Kiyinroq Abdulloh ibn Masudning Qur’onini halif Osman ibn Affan nimaga tan olishni rad qildi?
  15. Nimaga ilk musulmonlar Efiopiyaga ko’chib o’tishgan? Nimaga ular u yerdan qaytib kelishgan.
  16. Musulmon qochoqlari bilan Negusning orasida qanday tortishuv bo’ldi? Qochoqlar Masih haqida nima deyishgan?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 12, 2021, at 04:48 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)