Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.09 Seventh Commandment: Do Not Commit Adultery

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.09 - Yettinchi Amr: Zino Qilmang



Zino qilmang. (Chiqish 20:14)


4.09.1 - Nikohning Tuzilishi va Maqsadi

Xudo insonni O’z suratida yaratdi; Xudoning suratida Xudo insonni yaratdi. U ularni erkak va xotin qilib yaratdi. U ularni ikkalasini ham Uni suratini aks ettirishlari uchun tanladi. Ular ikkalasi teng huquqli edilar. Erkakning va ayolning Xudoga munosabatlari ularning xurmati va loyiqlik siridir.

Xudo bitta ayolni bitta erkak uchun yaratdi. E’tibor bering U ikki, uch yoki to’rtta ayolni bitta erkak uchun yaratmagan. Xudo nikoh amri huquqidagu uchinchi Shaxs. U er-xotin ikkalasiga bitta ong, bitta maqsad beradi, ularni to’g’rilaydi va ularni ruhiy teng qiladi. U ularni Uning benuqson sevgisida qurbon hayotida (o’zini bag’ishlashda) olib yuradi. Xudoni sevuvchi hayotdagi turmush o’rtog’ini ham sevoladi. Rabbimiz Uning inoyatida Uning ezgulik kuchi bilan ikkita mag’rur odamni mag’rurligini yengish maqsadida ularni bog’laydi.

Xudo ayolni erkakdan yaratdi, erkakni ayoldan emas. Yahudiy imonlilar jamoatini xizmatkori:“Yaratguvchi xotinni erkakning bosh suyagidan yaratmadi, toki ayol erkak ustidan hokimlik qilmasin, oyog’idan ham yaratmadi, toki erkak uni oyoq osti qilmasin. Xudo ayolni erkakning yuragini yonidagi qovurg’asidan oldi, toki ayol erkakni yonida tura olsin, uni to’ldirsin va erkak qiyinchiliklari bilan bo’lisha olsin” – deb tushuntiradi.

Odam gunoh qilishidan oldin ayolning ismi ‘isha’ bo’lgan, Yahudiycha jenskiy rod ‘ish’ erkak kishi ma’nosini beruvchi so’zidan tuzilgan, Semit tugallanma jenskiy rod bildiruvchi -a Arab va Yahudiy tillarida ham uchraydi. Ayol kishi hamma narsada uning hamma huquqlarida erkak kishi bilan teng huquqqa ega. Xudo:”Kishi ota-onasini qoldirib, o’z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo’ladi” (Ibtido 2:24) – deydi. Ko’plar tavba qilish kerak va yosh erkakni o’z xotini bilan tinchlikda yashashi uchun yo’l berishi kerak. Ular o’zlari mustaqil hayot tuzishi va Xudoning xuzurida ruhda, jonda va tanada mustahkam birlik tuzib, birga yashashlari kerak. Jinsiy aloqa va extiros bu Xudodan sovg’a bo’lib Xudoning inoyati orqali bolalarga ega bo’lish uchundir. Xudo hech qachon turmushdagi jinsiy aloqani nopok yoki iflos maqsadda yaratmagan, aksincha odam Xudo oldida marhamat va muqaddaslikda yashashi va o’zining umr yo’ldoshiga sodiq bo’lish uchun yaratgan.


4.09.2 - Nikoh Mustahkamligi

Nikoh er-xotin ikkalasi Xudo bilan munosabatlari uzoqlashgan zahotiyoq buzilgan. Inson gunohi tanasiga emas ruhi va joniga qarshi bo’lgan. Odam shaytonning mag’rurligidan zaharlandi. Ayol va erkak Xudoday bo’lishni xohladilar. Vasvasa odamni miyasida boshlandi, natijada hayotini barcha javhalarini buzilishiga olib keldi. Ayol erkakni bunga duchor qildi va bu bilan dunyoni qanchalik o’zgarganini tushuna olmadi. Bundan keyin ayol tuqqanda qattiq og’riq bilan tug’adigan, erkak qiyin holatdagi tikonli dalada qattiq ishlaydigan bo’ldi. Gunohning evazi o’lim bo’lib qoldi.

Odamning gunoh qilganligi nikohga ta’sir qildi, lekin odam Xudoga qarshi chiqqandan keyin yakka nikohlilik davom etdi. Afsuski Eski Ahd davrida erkaklar ko’p jiddiy muammolarni keltirib chiqaradigan ko’p xotinlar olishni boshladilar. Ular Xudoning yakka nikohliligiga bo’ysunmasdan nasllariga katta qiyinchiliklarni olib keldilar. Xudoning odami Ibrohim payg’ambarning itoatsizligi tufayli qiyinchiliklarni davom etganligi natijasini biz hamma Arab va MusulmonlarIning otasi bo’lgan Ibrohim payg’ambarni to’ng’ichi Ismoilda ko’ramiz. Bita otadan tug’ilgan aka-ukalarning avlodlari hozirgi kungacha Yaqin Sharqda urushyotganligi sir emas.

Yoqubda sevimli xotini Rohiladan, uning birinchi xotini Leadan va keyinroq xizmatkoridan bolalari bo’ldi. Dovud bir ayolni nikohlab olib gunoh qildi, lekin chin dildan tavba qildi. Dovud qilganidek ko’p gunohlar qilinadi, lekin u qilganidek tavba qilishlar kam! Biz hammamiz Zabur 51ni yodlashimiz kerak va bu Xudo odamining haqiqiy tavbasiga taqlid qilishimiz kerak. Dono Sulaymon xudosiz xalqlardan yuzta xotinga uylanib va ularga xudolariga sig’inishga ruxsat berib axmoqlik va aqlsizlik qildi. Bu budlar uning odamlarini Xudoga sodiq bo’lishdan yo’ldan ozishlariga sabab bo’ldi.

Ko’p nikohlilik Isroilda hozirgi kungacha yoqlanmaydi. Arabistondan ko’chib kelgan muhojir Yaxudiylar ko’p nikohli bo’lishi mumkin. Agar ayol birinchi farzandni o’g’il tug’masa ajiralish va qayta uylanish qonuniydir.

Garchi Xudo ko’p nikohlilikka Eski Ahdda sabr qilgan bo’lsada gunoh qiluvchini gunohlari evaziga qonunbuzarliklari uchun qiynalishlariga va zino quluvchilarni tosh bo’ron qilinishini buyurdi (Levilar 20:10-16; Qonunlar 22:22-26). Biz Muso qonunidagi fohishalikni har xil turlarini jazolanganini o’qisak qo’rqib ketamiz vaholanki ular hozirgi kunda hususiy va ochiq holda bo’lyabdi. Hatto ular shu ishlarni bajaruvchilarni o’limiga sabab bo’lib oilalarda va qoshmachiliklar bo’lyabdi. Muqaddas Kitobda bachabozlikka kechirim yo’q; u ham o’limga sabab bo’ladi. Xudoga hammasidan ham jirkanchlisi erkak va ayol hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilishidir. Xudo erkak va ayolni birga qo’shilishidan boshqa narsaga ruxsat bermagan. Kim Xudoning buyrug’ini rad qilsa u Xudoning lanati va hukmi ostidadir. Butun dunyoga har doim haqiqat, doimiy tavba va ong, yurak va amaldagi poklik kerak.


4.09.3 - Zino sababli azoblanish

Odatta zino bitta tomonni boshqa bilan bo’lishi bilan boshlanmaydi, aksincha u Xudo bilan, turmush o’rtog’i bilan sekin asta ajiralishga olib keladi. Agar kim Xudo bilan chuqur munosabatta tursa va hayotdagi turmush o’rtog’iga nisbatan yetuk muhabbati bo’lsa har qanday sharoitda ham zino qilmaydi. Shuning uchun zino ruhiy, emotsional va jismoniy yiqilish va tushkinlikda ro’y beradi. Iflos gunoh ichida turmush o’rtoqlar uzoq bir birlarini tushuna olmaydilar va chuqur va chuqur yaqin bo’lolmaydilar.

Nikoh ishonchsizligi ko’proq miyada boshlanadi. Miyadagi vasvasa soluvchi tasavvurlar tomiri bilan olib tashlanmagan va Iso nomi bilan rad qilinmagan bo’lsa o’lim to’riga ilinishiga sabab bo’ladi. Odam bu iflos orzularni amalda bajarib gunoh qiladi. Boshqa odam ikkalasi ham qarshiliklarsiz vasvasa ichida gunoh qilgunlaricha vasvasaga solinib, jalb qilinadi. Balki boshida vijdon qiynaladi, lekin gunoh qilish ko’payib borgach yurak qattiqlashib boradi va zino nafaqat odat, balki majburyat (zo’rlash) bo’lib qoladi. Shunga qaramasdan odamning gunohi rivojlanishi boshlanishidan zinokor uning ishi adolatsiz va iflosligini biladi. Gunoh qilishni boshlagan uni davom ettiradi. Gunohga o’zini ochgan odamga gunoh boshqaruvchi kuch bo’lib qoladi, lekin Xudoga raxmatlar bo’lsinki gunohdan ozod bo’lish uchun abadiy umid bor. Iso:”...gunoh qiluvchi har bir kishi gunohning qulidir... Shunday qilib, agar O’g’il sizlarni ozod qilsa, haqiqatdan erkin bo’lasizlar”(Yuhanno 8:34-46) – deydi. Rabbimiz Iso Masihning inoyati va Ruhi inson vijdonining chuqur qismigacha yetib boradi va u bizni tozalay va shifolay oladi. Ba’zi yaralar va vasvasalar qoladi lekin Iso Masihning qoni bizni hamma gunohdan tozalaydi va vasvasani yengish huquqini beradi. Agar Xudoning O’g’li kimnidir ozod qilsa u haqiqatdan ham ozoddir.


4.09.4 - Iso Nikohni Yaxshiladi

Iso yakka nikohlilikni tasdiqladi va erkak va ayol birligi umrbodli juftlik ekanlilariga urg’u berdi (Matto 19:4-6). Iso unga qarshi chiquvchilarga:”Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi” – va dedi, “Er kishi ota-onasini qoldirib, o’z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo’ladi. Shunga ko’ra ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo’shganni bandasi ajratmasin.” (Mark 10:1-12 ni ham ko’ring)

Bu misralar orqali Iso Xudo, erkak va ayol o’rtasidagi o’rnatgan uchligini Muqaddas Ruh bilan Uning izdoshlari yuragida muhrlab qo’yganini tasdiqlayabdi. U bizning ruhimiz, jonimiz va tanamizni poklaydi, bizni Xudo yashaydigan ma’bad bo’lishimizga ruxsat beradi va nikohni Rabbimiz yashaydigan va hukm suradigan kichik jannat tomon rivojlantiradi. Isoning qoni orqali kechirim bizga pok jonni, tanani beradi va oiladagi toza muhitni yaratadi. Masihda nikoh marhamat sifati yangi ma’noda bo’lib, nikohga yangi maqsadni beradi. Masihiylar oltin qoidasi dunyoviylar bilan turmush qurmaslik. Shu ko’p muammolardan saqlanish usulidir. Isoni sevish umr yo’ldoshni sevish va unga to o’limgacha xizmat qilish deganidir.

Na Iso, na Uning havoriylari ayolga erkak ehtirosini va sodiqligidan uzoqda bo’lmadilar. Ular ayolni erkakka bo’ysunishini rad qilmadilar. Muqaddas Ruh er-xotinlarni hayotning hamma javhalarida kamtarlik va ezgulikda boshqaradi. Havoriy Pavlus Iso jamoati ucun O’zini qurbon qilganidek har bir erkak xotinini sevishini buyurgan. Haqiqiy sevgi o’z manfaatini o’ylashda emas, balki xurmatda turmush o’rtog’iga xizmat qilishdir. Doimo Muqaddas Ruhda o’zini nazorat qilish nikohni jinsiy aloqa qilib o’zini qondirish joyi bo’lib qolishi emas, aksincha Xudoni ulug’laydigan bir biriga xizmat qilishdan keladi.


4.09.5 - Yangi Ahddagi Nikoh

Iso ruh, jon va tana pokligini yuqori mezonini o’rnatdi. U:”Lekin Men sizga aytaman: kim bir ayolga shahvat bilan qarasa ham, allaqachon ko’nglida u bilan zino qilgan bo’ladi”(Matto 5:28) – dedi. Bu mezonga asoslanib hamma erkaklar muqaddas Xudoning oldida gunohkor bo’lib chiqyabdi. Biz Xudo oldida hech kim solih bo’lmagani uchun Xudoga gunohlarimizni ochiq tan olishimiz kerak. Isoning maktabidagi muqaddaslanishimiz uchun shahvoniy gunohlarimizni butunlay tan olishimiz kerak. Hammamiz abadiy hukm oldida va shu bilan bir paytda dunyoning gunohini o’ziga olgan yuvvosh Xudoning Qo’zisi oldida o’zimizni past olib siniq bo’lishimiz kerak. Hali najotga vaqt borligida kim Unga murojat qilsa oqlanadi, tozalanadi va muqaddaslanadi.

Xalq oqsoqollari zinoda tutib olingan ayolni Isoning oldiga olib kelganlarida Iso ayolni gunohini kamsitmadi, aksincha U oqsoqollarga o’zlari haqida fikrlab, keyin Qonun bo’yicha tosh bo’ron qilishlarini buyurdi. Lekin Iso: kimni gunohi yo’q bo’lsa birinchi bo’lib tosh otsin – degan kichik bir shart qo’ydi. Keyin hamma o’z vijdonlarida hukm bo’lib fosh bo’ldilar. Ularning orasida oliy ruhoniylar, oqsoqollar va Masihning havoriylari bor edi.

Hamma bitama bitta jim tarqab ketdi. Natijada Iso va fohisha qoldi. Endi faqatgina Iso gunohsiz Shaxs bo’lgani uchun ayolni birinchi tosh bo’ron qilishi kerak edi. Lekin Iso tosh bo’ron qilmadi. Iso unga:”uyinga bor va boshqa gunoh qilma” – dedi. Iso uni tosh bo’ron qilmasdan qonunni buzdimi? Yo’q! Aksincha Iso u ayolni gunohlarini O’ziga olib u uchun o’ldi. Shunday qilib Isoda uning gunohlarini kechirish huquqi bor. Faqat Isoning xochdagi o’limi fohishalarni achchiq hukmdan ozod qiladi. Fikrida, so’zida yoki amaldagi zinosini tan oluvchi har bir kishi faqat Isoda va Uni xochda qoqilganida najot topadi.

Iso ajiralishni taqiqladi va nikoh birligini davomiy bo’lishini tasdiqladi. Turmush qurishni o’ylaydigan har bir odam bu qadam haqida ko’p ibodat qilishi kerak. Odam:”Bu qiz menga Xudodan berilganmi yoki o’zimni xohishimdan olib tashlaymi? Yoshimiz, g’ayratimiz, qobilyatimiz, ma’lumotimiz va oilamiz to’g’ri keladimi? U Xudoda mustahkammi yoki Xudo bilan munosabati yuzakimi?” – deb so’rashi kerak. Turmush qurishdan oldin qaror qilishga vaqt borligida shunga o’xshagan savollar ko’tarilishi va ibodat qilib ko’rib chiqilishi kerak. Ikkiyosh turmush qurmasdan oldin nikohni buzushdan ko’ra fotihani buzish yaxshiroqdir.

Nigohdan oldin umuman jinsiy aloqa qilmaslik kerak. Agar siz bo’lajak turmush o’rtog’ingizni sevsangiz siz uni xurmat qilasiz va uni vijdonini yerga urmaysiz yoki sharmanda qilmaysiz. Hech kim to’yigacha tirik yashashga kafolat bermaydi. Shuning uchun, nikohga tayyorgarlikda o’zingizni nazorat qilishni o’rganishingiz kerak. Agar ayolingiz kasal bo’lib qolsa, u bilan aloqa qilolmasangiz nima bo’ladi? Sevgi faqatgina rohat emas, balki o’zidan-kechish va qurbonlikni talab qiladi. Agar kimdir to’yigacha kutib tura olmasligini aytsa, unda u uylanmagani yaxhsiroqdir, chunki u to’ydan keyin ham sodiq bo’lmaydi. Iso bizni televizordagi yoki boshqa ba’zi bir dinlar qo’llab quvvatlayotganidek shahvoniy hirsga berilishga emas, aksincha o’zimizni nazorat qilishga chaqiradi.

Jinsiy xohishni o’zi yomon emas; u biz Xudoga minnatdor bo’lishimiz kerak bo’lgan Xudodan berilgan sovg’adir. Inson o’zini xohishlarini nazorat qilishi va boshqani vasvasaga solmasligi uchun kerak. Kichiklardan birortasini zino qildirishga nisbatan Iso shunday degan:”Kimki Menga ishongan bu kichiklardan birontasini yo’ldan ozdirsa, uning bo’yniga ulkan tegirmon toshini osib dengiz chuqurligiga cho’ktirilishi u uchun yaxshiroq bo’lar edi” (Matto 18:6). Bunday odamni shafqatsiz hukm kutadi. Bolalarga yomon munosabatda bo’lgan odam chin dildan tavba qilmagunigacha va gunohini butunlay sindirmagunigacha Xudo Shohligiga merosho’r bo’lolmaydi (1Korinfiliklarga 6:9-11). Haqiqiy sevgi hech kimga yomonlik qilmaydi.

Qizlar ham ular Isoga ergashganidek hayotlaridagi turmush o’rtoqlari uchun tayyor bo’lishlari kerak. Hozirgi samoga emas do’zahga sabab bo’ladigan uyatsiz kinolar, beadab jurnallar va jirkanch tele dasturlar paytida bu oson emas. Yaxshi Masihiy oila yoki Masihiy yoshlar markazi ruhda, jonda va tanada asta rivojlanishga yordam beroladi. Tez orada qiz o’zini yaxshiroq holda Isoga topshiradi. U o’sadi va hamma vasvasalarda himoyalanib yuradi. Qiz boy yoki oliy ma’lumotli erni qidirishi kerak emas, aksincha agar yigit g’ayratli va sodiq ish qilayotgan bo’lsa, qiz u yigitda yangi yurak yashayotganini farqlay olishi kerak. Erkak ko’rinishidan ko’ra Muqaddas Ruh samaralarining mevalari muhimroqdir. Rabbimiz: turmush qirolligida bo’ladigan “Gunohda tinchlik yo’q” – degan.

Lekin biz o’zimizni aldamasligimiz kerak: ilon hatto jannatda ham topildi. Inson hayotida Isoga hosil keltirish va Unga doimo ishonishdan boshqa najot yoki tinchlik yo’q. Faqat Iso bizga vasvasalarni yengishimizga yordam beradi. Hech qaysimiz gunoh qilmasdan yashamaymiz, biz gunohlarimizni va xatolarimizni tan olishimiz kerak. Agar tan olishni kechiktirsangiz gunoh boshqarishni boshlaydi. Rabbimizga keling va U sizni darhol boshqaradi. Vasvasa sizga hujum qilganda Isoga qoching.

To’y Iso nomida qilinishi kerak, agar mumkin bo’lsa jamoatda qilinsa marhamatli hayot kutadi. Pul, kiyim, sog’liq va boylik turmushning markazi emas aksincha Rabbimiz va Uning Kalomi yaxshi juftlik uchun inoyat ustiga inoyatni kafolatlaydi. Iso:”Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo’linglar, shunda bularning hammasi sizga qo’shimcha qilib beriladi”(Matto 6:33) – degan. Hatto jinsiy zaiflik va bepushtlik holatlarida ham bunday turmush baxtli bo’ladi. Turmush o’rtoqlar Isoga ko’p yo’llar bilan xizmat qilishda maxsus marhamat, ilohiy donolik qabul qiladilar. Ular uysiz bolalarni boqib olishlari yoki hayriya ishlarini Xudo uchun qilishlari mumkin, agar nikoh Ota Xudo, Iso va Muqaddas Ruhsiz rejalashtirilgan bo’lsa ishonchsiz nikoh va ajiralishlar kuzatiladi va rejalashtiriladi, chunki imonsizlar o’zlarini va butun hayot tarzlarini markazini rad qilishni o’rganganlar. Kim qisqa vaqtga (mut’a) yoki birga mustakam bo’lish maqsadisiz yoki sinab ko’rishga uylansa bu erkak yoki ayolda ruhiy va tanaviy sirlar tushunchasi yo’q va Xudodan qo’rqish yetishmaydi. Erkinlik – imonga bo’ysunmasliksiz tartibsizlikka ochiq eshikdir. To’g’rilik har qanday taraqqiyot asosidir, shuning uchun Rabbiy Xudiyingizni, Yaratguvchini vasvasaga solmang. Muqaddas Ruh ifloslik, fohishabozlik, pulparastlik, bemani hazillar, ochko’zlik, ichkilikbozlik yoki narkotik qabul qilishlarga ruhsat bermaydi. Bular yurakni yomon qiladigan, ongni zaharlaydigan va million odamlarni yo’q qiladigan yomonlikning(yiqilishning) belgilaridir. Biz yo bu dunyoning shaxzodasi shayton hokimligi ostidagi dunyoda yashaymiz yoki bizni ojizligimizni mustahkamlaydigan yolg’iz Najotkor Iso bilan yashaymiz. Bizning dunyo moddiy manfaatini ko’zlovchi bo’lib qolgan va Isoning pokligi va Uning muqaddasligiga merosho’r bo’lgan Iso Masihga ishonuvchilarning qadr-qimmatiga asoslib yashashga tayyor emas.


4.09.6 - Musulmoncha Nikoh

Islom nikoh uchin Shariatda maxsus qonunni taklif qiladi va Evropa va Amerika past odob-ahloqini Shariatni qabul qilish orqali ko’tarishlarini aytadi.

Muhammad shogirdlariga to’rta xotin olishlariga ruxsat bergan. U hatto ma’lum miqdor pul uchun ihtiyor boyicha qisqa vaqt nikohiga mut'a (Mahr) ruhsat bergan. (Niso 4:4,24). Muhammadning shogirdlari o’ylamay ish qiladigan jangchilar bo’lgan va savdo bilan shug’ullanganlar. Ular ko’pincha uylaridan uzoqda bo’lganlar va shahvoniy xohishlarini qondirishni xohlaganlar. O’zini tiyish va rad qilish Islomda erkaklar uchun emas, faqat ayollar uchun. Islomni asoschisini o’zini 13ta xotini bo’lgan.

Ko’p Islom davlatlarida erkak sabablarsiz ayoli bilan ajiralish huquqiga ega. Agar er xotini bilan ajirashganiga afsuslansa, ikki oy ichida xotiniga aliment to’lamasdan yarasha oladi. Hatto ikkinchi ajiralish va ikkinchi marta uylanish qonuniydir. Lekin Musulmon xotini bilan uchunchi marta ajirashsa, ayoli boshqaga tegib chiqmagunigacha unga qayta uylanolmaydi. Agar ayolning oxirgi eri u bilan ajirashsa keyin birinchi eriga tegoladi. Shunday bo’lsa ayolning fikrida nimalar kechadi? U o’zini mebel qismi xisoblaydi va xurmatda, huquqda yoki vazifada turmush o’rtog’i bilan teng yoki turmush o’rtoqlar ruxiy birlikda yashashi va hayotiy muammolarni birgalikda hal qilishi mumkin bo’lganda turmush o’rtog’iga qalban yaqin xisoblanmaydi.

Musulmon to’rta xotin olish huquqiga ega oila xo’jayinidir. Lekin u ularni hammasini teng sevishi kerak bo’lgan holat bor. Agar u bittasiga sovg’a bersa boshqalariga ham teng berishi kerak. Agar bitta bolasi yangi kiyim olsa boshqa xotinlarining bolasiga ham shu turdagi bir xil kiyimni sotib olib berishi kerak. Iqtisodiy tanqislik sabab ko’p musulmonlar bittadan boshqa uylanmaydilar. Ko’p nikohlilik hali ham Turkiya va Tunisdan tashqari hamma Islom davlatlarida qonuniy davom etyabdi. Ko’pincha qari xotinni haydab yoshrog’i, chiroylirog’i olinadi. Lekin er ikkita, uchta yoki to’rta xotin olgan oilalarda hasad va rashk ko’p bo’ladi.

Buni isboti sifatida ayollar bilan bo’lgan tajribasida Muhammad ayollarni uy shaytonining manbasi va dinni ozgina tushunchasi va his qilishi qobilyati yo’q deb tasvirlaydi (Masud Ibn Hanbal II, 373). Ba’zida u ayolni oila yukini tashiy olmaydigan yaroqsiz eshakka o’xshatadi va ayol boshchilik qiladigan xalq holi yomon bo’lishini aytgan.

Qur’on va Hadis er xotinini tartib intizomga solishga huquqi borligini o’rgatadi. Avvalo er xotinlariga pand-nasihat qiladi, so’ng (ya’ni nasihatlari kor qilmasa) ularni yotog’idan tark etadi, so’ngra (ya’ni shunda ham bo’yinsunmasalar) uringlar. (Niso surasi 4:34).

Sudda ayolning guvohi erning guvohini qadrini yarmiga teng xisoblanadi. Shuning uchun erning so’zi ikkita ayolning guvohlariga tengdir. Agar erda o’g’il bo’lsa xotin ham ernining vasiyat qilib qoldirgan merosini sakkizdan bir qismiga ega bo’ladi. O’g’il hatto chaqaloqligida merosni to’rt qismiga ega bo’ladi. Uning qadri onasining qadridan ikki barobar ko’pdir. Albatta erning qarindoshlari merosni bo’layotganda xotin yonida bo’ladilar (Niso surasi 4:7-11).

Bolalar faqat erga tegishli. Ajirashgan xotin bolalari yetuk yoshgacha yetgunigacha katta qilish imtiyoziga ega. Xotin eri bilan alohida yashamaydi, aksincha qaynona so’zi qonun bo’lgan butun oilasi bilan yashaydi. Odatta Islomda nikohning asosiy qonuni er va xotinni birligi yoki hayotdagi muammolarni birgalikda engib o’tish emas, aksincha naslni davom ettirishdir. Xotin hech kim emas, balki erning oliy sifatli xizmatkoridir. Uning xizmati nasl uchun ko’p o’g’illar tug’ib berish. Ko’p o’g’illar tug’sa uning ta’siri o’sadi. Lekin qiz tug’sa ular, “Oh, yo’q! Qanday uyat!” – deyishadi.

Oilalli yoki turmushga chiqmagan ayolni zinokorlikda tutilsa Muhammad uni 100 darra urulishini yoki tosh bo’ron qilib o’ldirilishini buyurgan (Nur surasi 24:2). Bir kuni Muhammadni yoniga begonadan homilador bo’lgan bir ayolni olib kelishgan. Muhammad uni bolani tug’ib qaytib kelishini aytib qo’yib yuborgan. Keyin u bola undan olinib, darhol uyidan tashqarida uni toshbo’ron qilishlarini buyurgan. O’zining fidoyi sevgisi bilan zinokorlarni gunohini O’ziga olgan va ular uchun xochda O’lgan Iso va Muhammad o’rtasida qanchalik katta farq bor. Islom Xudoning hukmida Yarashtiruvchi vositachini tan olmaydi. Shuning uchun Musulmon biror kimni gunohini kechirolmaydi, aksincha shafqatsiz qasd oladi.

Islomda fohishabozlik xavflidir, u ko’pincha sodir bo’lmaydi. Shunga qaramasdan Islom qonunlari erkaklarga qonuniy fohishabozlikni qandaydir turlarini qilishga ruxsat beradi. Garchi ba’zi Islom davlatlari bir necha xotin olishni taqiqlasa ham Islom ruhi xali ham erkak va ayollarda hukmronlik qilmoqda.

Ayollarni pastga urush hatto jannatda ham davom etadi. Muhammad:”Jannatda yashovchilarning eng pasti bu ayollar” – degan. Shunga qaramay erkaklar qorong’u soyada, hatto erlari bilan birga bo’lgandan keyin ham bokira bo’lib qolgan jannatdagi ko’p bokira qizlar bilan har xil rohatlarni kutadilar. Yana jannatda Musulmonlar ixtiyoridagi jozibador yigitlar bo’ladi. Muhammad ayollarning kelajagiga tegishli shunday degan:”Menga do’zahni ko’rsatilganda, 90 foiz ayollarni yonayotganini ko’rdim”.

Iso Masihning jannati umuman aksincha. Osmonda Uning izdoshlari turmush qurmaydigan farishtalardek shuhratlidir. Xudoning Shohligi yeyish yoki ichish, yoki turmush qurish emas, aksincha Muqaddas Ruhda ruhiy sevgi, quvonch va tinchlikdir. Haqiqiy jannat bu dunyoni shaklida emas. Isoning ochiqligini taqqoslab kimdir Qur’onni diniy ochiqlik manbayi deya oladimi? U erkak kishini odatlarini va ustunligini maqtash va Eski va Yangi Ahd tushunchalaridan uzoqdadir.


4.09.7 - Tavbaga Chaqiruv

Masihiylar Musulmonlardan nafratlanmasliklari kerak. Bugungi kunda G’arb davlatlarida Muqaddas Kitobga mos kelmaydigan ozodliklar bo’lib, Amerika va Evropada ajiralishlar ko’rsatgichlari ko’pdir. Bu baxtsizliklar buzilgan uydan qochib ketgan ko’p bolalarning hayotini o’rab olgan. Biz maktabda jinsiy ta’lim berilishidan uyalamiz. Gazeta, jurnal, video va televizordagi sur’atlar qanchalik jirkanchlidir!

Tartibsiz jinsiy aloqa natijasi Xudodan qo’rqmaslikdandir. Evropadagi fotosuratchilar imkoni bor har qanday beadablik yo’lini o’rnatdilar. Xudoda yiqilish jinsiy tartibsizlikkni yaratadi. Tug’ishni nazorat qilish odamlarda tartibsiz shaxvoniy nafs tug’ilishiga olib keladi. Lekin prezervativ OITS (SPID) ni to’xtatmaydi. Bu kim xotiniga hiyonat qilgan har qanday bachchalar, lesbiyankalar 1Kor 6:9, fohishalar yoki narkamanlar uchun shafqatsiz jazodir. Rimliklarga 1:24da Pavlus:”Shuning uchun Xudo ularni o’z yuraklaridagi chirkin ehtiroslari og’ushida qoldirdi. Ular bir-birining badanlarida behayolik qilib, tubanlashib ketdilar” – deydi. Xudoning hukmi Musulmon, Yahudiy, Masihiy nomlarida ajiratmaydi. ‘Zino qilmang’ degan amrni ko’rib chiqish millionta o’zlarini shaxvoniy aloqada xavfga qo’yayotganlarni bildiradi. Bu misraning ma’nosi, “gunohning evazi o’lim” bo’lib, bugungi kunda aniq ravshandir.

Afsuski qon quyilishi orqali aybsiz odamlar OITS ni yuqtirib oladilar. Shuning uchun bu kasallikka aybsiz uchragan odamni notog’ri o’ylash adolatsizlikdir. Yolg’iz Xudovand har birimizni o’tmishimizni biladi. Biz zinoda ushlab olingan odamdan yaxshiroq emasmiz. Iso bizni yuragimizda nimalar bo’lishi mumkinligini bilib:“Chunki inson yuragidan yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino, o’g’irlik, soxta guvohlik va tuhmat chiqadi” (Matto 15:19) – degan. Biz OITSdan saqlanish metodlarini bilishimiz kerak emas, aksincha har bir odamga pok yurak, toza ruh va yangi fikrlar kerak. Dovudni shahvoniy hirs o’rab olganda zino qildi va o’ldirdi, bu bizga:”Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, ichimda to’g’ri ruhni yangilagin. Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma (Zabur 50:12-13)” – deb ibodat qilishni o’rgatadi.

Bu sozlarni Isoga samimiy va gunohlarni tan olib ibodat qilish asraydi, Uning javobi:”Dadil bo’l, o’g’lim, gunohlaringh kechirildi” (Matto 9:2; yana Luka 7:48) – bo’ladi. Muqaddas Rabbimiz gunohlarimizni kechirishi bilan toza hayotda olib yuradigan Muqaddas Ruh kuchini beradi. Iso hech qachon bizni yolg’iz vasvasada qoldirmaydi, aksincha Uning nomida ulardan g’alaba qozonishimizda mustahkam qilishga tayyordir.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)