Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 17-Understanding Islam -- 003 (Nomadic pagans)
This page in: -- Arabic? -- Bengali -- Cebuano -- English -- French -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Kiswahili -- Malayalam -- Russian -- Somali -- Tamil -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous Chapter -- Next Chapter

17. Islomni Tushunish
BIRINCHI BO‘LIM: ISLOMNING KELIB CHIQISHINI TUShUNISh
1 BOB: ISLOMDAN OLDINGI MINTAQA

1.1. Ko‘chmanchi butparastlar


Islomgacha bo‘lgan Arabiston aholisining aksariyati kichik urug‘larga bo‘lingan qabilalarda faoliyat yuritadigan ko‘chmanchi cho‘ponlar edi. Ular ko‘pxudoli odamlar bo‘lib, ko‘plagan butparast xudolarga sig‘inishardi. Ular yagona, yaxlit dinga e’tiqod qilmaganlar, aksincha, har bir oila, urug‘ yoki qabila o‘z xudolariga sig‘inishgan, bularning ba’zilari boshqa qabilalar uchun umumiy bo‘lgan, boshqalari esa o‘ziga xos bo‘lgan. Butparast Arabiston haqida biz bilgan hamma narsa Islomiy manbalardan olingan. Darhaqiqat, bizda o‘sha davrga oid tarixiy hujjatlar deyarli yo‘q va biz tayanadigan kam sonli manbalari (Iroqdan Hishom Ibn al-Kalbiyning Butlar kitobi va Abu Muhammad al-Hasan al-Hamdoniyning Arabiston Yarim Orolining Xarakteri) yuz yildan ortiq vaqtdan keyin yozilgan. Natijada, bizning bilimlarimiz bir-biriga bog‘lanmagan va ba’zan esa qarama-qarshidir. Masalan, biz Islomgacha bo‘lgan xudolar haqida kam ma’lumotga egamiz, chunki bizda boshqa ilk dinlarning xudolari mavjudligini tushuntirib beradigan bunday mifologik rivoyatlar yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, har bir hududning o‘zlari sig‘inadigan o‘z xudolari bo‘lgan va biz bu xudolarning ko‘plarining nomlari yoki unvonlarini bilamiz. Bunday xudolardan biri Alloh deb atalgan, ba’zilar uni oliy xudo deb bilishgan, garchi islomiy Allohdan farqli o‘laroq, uning zurriyotlari bor bo‘lib, ularga ham iloh sifatida sig‘inishgan. Ehtimol, bu oliy xudo tushunchasi masihiy va yahudiy jamoalarida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Boshqa bir nazariya shuni ko‘rsatadiki, Alloh atamasi shunchaki ko‘plab xudolardan biriga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ism yoki ta’rif edi. Ushbu butlarning ba’zilariga, ularni oliy xudo sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishga noloyiq deb hisoblagan topinuvchilar, vositachi sifatida sig‘inishgan. Boshqa butlarda oliy xudo tomonidan joylashtirilgan ruh yashaydi, shuning uchun kim ularga to‘g‘ri sig‘insa, bu ruhdan ibodatiga javob oladi, deb ishonishgan.

Agar ko‘chmanchi odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurib sajda qilishgan bo‘lsa, shaharlarda o‘rnashga odamlarning dini yanada murakkabroq bo‘lib, ular o‘z xudolariga bag‘ishlangan ziyoratgohlarda sajda qilishgan. Ushbu ziyoratgohlarning ko‘pchiligi kubik shakldagi imoratlarda (ka’balar) joylashgan bo‘lib, qurbonliklar va aylanma yo‘llar (tosh xudolar atrofida yurish) bajarilgandagi muntazam ziyorat qilinadigan bo‘lgan joy edi. O‘sha paytda yarim orolda tarqalgan ko‘plagan - kamida o‘nlab ka’balar bor edi. Ushbu ka’balarga ziyorat qilish, arablar tomonidan ma’lum bir vaqtda ham, noaniq vaqtda ham amalga oshirilgan. Ular o‘z butlariga qurbonliklar, sovg‘alar va bag‘ishlovlar qilishardi. Bu joylar ziyoratgohlar deb hisoblangan (uning atrofda hech qanday jangga ruxsat berilmagan) va sajda qiluvchilar esa o‘zlarining vasiylarini ta’minlashlari kerak edi. Bu ka’balarda qora tosh bor edi; bu toshlar vulqonga yoki meteoritga oid bo‘lgan (olimlar o‘z fikrlari bilan farq qiladi); meteorit nazariyasi uning qanday ko‘rinishi - yorug‘lik bilan o‘ralgan, osmondan tushayotganini (bu erda, yuqorida aytib o‘tilganidek, oliy yaratuvchi xudo Alloh joylashgan) hisobga olsak, hurmat qilish mumkin bo‘lgan ob’ekt sifatida ko‘proq ishonarliroqdir. Bundan tashqari, biz avvalgi ming yillar davomida vulqon otilishi sodir bo‘lmaganini bilamiz, shuning uchun oldingi vulqon otilishlar haqidagi har qanday ma’lumotlar avlodlararo o‘tib kelgan va ishonchli bo‘lishi dargumon va biz shuni ta’kidlashimiz kerak-ki, dunyoning boshqa joylarida vulqonlarga sig‘inish zo‘ravon marosimlarni o‘z ichiga olgan, bizda Arabiston haqida bunga o‘xshash hech qanday ma’lumot yo‘q.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on May 03, 2026, at 01:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)