Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 2 Muslims Differ

This page in: -- Arabic? -- Cabuano? -- Chinese -- English -- French -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Russian -- Somali -- Telugu -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet -- Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

2 - Har Bir Musulmon Ham Bir Hil Ishonmaydi Va Bir Hil Oylamaydi!

Musulmonlarga murojaat qilishda, musulmonlar bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi mumkinligini anglab yetish foydalidir. Siz uchrashishingiz mumkin bo'lgan ba'zi bir muhim musulmon turlarining umumiy ko'rinishi kerakli vaqtda kerakli odamga murojaat qilishga tayyor bo'lishingizga yordam beradi.



2.01 -- Har Bir Musulmon Ham Bir Hil Ishonmaydi Va Bir Hil Oylamaydi!

2.02 -- Islomning tarihiy rivojlanishi va amaliy mavjudligi

Musulmonlarning fikrlashini va etiqodini tushunishni istagan kishi Arabiston yarim orolidagi va O’rta er dengizi mamlakatlarida yahudiy koloniyalari (horijiy davlat xokimligi ostidagi qaram xudud) va masihiy jamoatlar rivojlanishining tarixiy xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Islom hech narsadan kelib chiqmadi, balki animistlar (butun tabiatning joni borligiga ishonish), yahudiylar va masihiylar o’rtasidagi doimiy aloqalar va ziddiyatlardan rivojlandi.

2.03 -- Muhammadgacha bolgav vaqtlarda yahudiylar va masihiylar

Rimliklar tomonidan bosib olingan Buyuk Suriya hududida yashagan yahudiylar, isy’onlari bostirilgandan keyin (70 va 132/135 yillar b.d.), tarqab ketgan y’oki duny’oning barcha y’onalishlariga qullikka sotilganlar. Kichik Osiy’oda, Iroqda, Arabiston yarim orolida, Misrda va Rimning o’zida yirik yahudiy mustamlakalari vujudga keldi.

O’rta er dengizi va Osiy’o xalqlari o’rasidagi uzoq davom etgan urushlarda, Suriya cholining sharqida yashovchi yahudiylar Sasaniylar tomonida Rimliklarga qarshi kurash olib bordilar. Ittifoqdoshlari y’ordami bilan yahudiylikni Vizantiya imperiyasining tasiridan himoya qilish maqsadida, tutatqi va xushboy qoramoy ishlab chiqarilay’otgan Janubiy Yamanda, Yahudiya shohligiga asos soldilar.

Rimliklar Quddus va Damashq orasidagi hududda yahudiylarning isy’onlarini bostirganlaridan so’ng, masihiy jamoatlari Iskandariya, Antioxiya, Efes, Rim, Edess va keyinchalik - Konstantinopol shaharlarida yigilganlar. Ular Mesopotamiya, Efiopiya, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyoga xushxabar etkazganlar. Efiopiya koptlari Shimoliy Yamanni xushxabar etishni boshladilar, Vadi Najranda ruhoniylari bo’lgan, bir necha o’n yillar davom turgan, Masihiy Shohlikni tikladilar. Natigada, Yamanning janubdagi Yahudiy Shohligi bilan Yamanning shimolidagi Kopt Shohligi orasida beshavqat janglar boshlandi. Suriyalik masihiy qullar Xedjazga sotildi. Makkadagi mahalliy jamoat Varak ibn Naufal atrofida birlashdi. Bu vaqtga kelib, 325 yil bizning davr, Nikey kengashida ishtirok etgan, zamonaviy Omon imperiyasining, Sohat shahrida allaqachon ruhoniy bolgan.

2.04 -- Muhammad va “Kitob Ahli”

Muhammad (575-632 y. b. d.) yahudiylar va masihiylarning kuchli tasiri ostida bo’lgan, chunki ularda o’tmishning sirlarini ochib beruvchi, duny’o yaratilishidan to xozirgi xay’ot tarzlarini o’zida mujasam bo’lgan qonunlar bilan tartibga soluvchi va oxir zamondagi Daxshatli Xukumgacha kelajak istiqbollarini ochib beruvchi Kitobga ega edilar. Muhammad yahudiylar va masihiylarni hurmat qilgan va ularni "Kitob Odamlari" deb atagan. Shuningdek, u xuddi ularning kitobiday, faqat arab tilidagi kitobga ega bolishni xohlagan. U Muqaddas Kitob ma’lumotlarni iloji boricha koproq to’plashga harakat qildi, buning asosida o’z dinini rivojlantirish umidida.

Muhammad o’zining y’olg’iz o’glini Allohga qurbon qilmoqchi bo’lgan badaviy Ibrohim bilan hayratlangan edi (Saffat surasi 37: 99-113). Shuning uchun Ibrohim Quronda birinchi musulmon deb nomlangan (Oli Imron surasi 3:67).

Muso, Alloh va uning ahdi odamlari o’rtasidagi siy’osiy rahbar va vositachi, Quronda 136 marta y’odga olingan. U Muhammad va uning izdoshlari uchun ilhomlantiruvchi namuna bo’lgan, chunki u iymon va kuchni, din va siy’osatni bir kishida birlashtirgan.

Odam Ato, imon otalari va shoh Sulaymon haqidagi hikoyalar, shuningdek Muso Qonunining turli xil amrlari Quronda Maryamning kamtar o’gli, ajoyib tabib va uning izdoshlari haqidagi hikoyalarga nisbatan 10 baravar koproq joy egallaydi. Kimki Quronni o’qisa, erta yoki kechmi Islomga yahudiy mazhabi dek qaray boshlaydi - bu fikrni, musulmonlar g’azab bilan rad etadilar.

2.05 -- Sobitqadam jamoatning islomning shakillanishiga tasiri

Rim katolik cherkoviga nisbadan, sobitqadam jamoatlari Islomning shakllanishiga ko’proq tasir ko’rsatgani aniq. Biroq, sobitqadam masihiylari Muhammadga Masih haqida to’liq talim bermagan. Antioxiya maktabining talimotiga ergashgan masihiylar etiborlarini asosan Masihning insoniy tabiatiga qaratdilar, Koptlar Iskandariyadagi maktablarining talimotlariga ko’ra, birtomonlama urg’uni Isoning ilohiyligiga qo’yganlar.

Islomda ibodat shakllarini sobitqadam ibodatining dastlabki shakllariga taqqoslash mumkin, bunda sodiq odamlar Fsih bayramidan bir hafta oldin, Muqaddas Uch Birlikni uluglab yuz tuban erga eqilganlar. Arab sobitqadam jamoatida kiran sozi: muqaddas ibodat paytida Xushxabarni oqish degan ma’noni anglatadi. Bu atama, ehtimol Quron so’zining ildizidir, aksincha emas. Ossuriya Bibliyasida furkan so’zi najot degan ma’noni anglatadi va bu so’z Quronda ko’pincha shubha qilib bo’lmaydigan tushuncha sifatida uchraydi.

2.06 -- Muhammad yahudiylar va masihiylar ortasidagi kelishmovchiliklar muhitida

Muhammad yahudiylar va masihiylar o’rtasidagi qizgin bahs va kelishmovchiliklardan xabardor e’di (Al-Baqar surasi 2:113 va boshqalar). Shimoliy va Janubiy Yamandagi yahudiy va masihiy shohliklari orasida yuz yildan ziy’od vaqt mobaynida janglar olib borilgan, galaba qozongan har bir tomon, mag’lubiyatga uchragan tomonni beshafqat taqib qilib, qattiq kurash olib borgan. Muhammad bu bo’linishni Ollohning aralashuvi deb tushundi va Xadjasdagi bir-biriga qarshi tomonlarning jangchilarini qo’zg’atdi. U jilmayib turuvchi tomoshabin sifatida Islomni ichki urushlar orqali zaiflashib bo’lgan bu shohliklar hududiga muvaffaqiyatli tarqalishini xohladi, oxir oqibatda u muvaffaqiyatga erishdi.

Yahudiylar nafaqat Muhammadni payg’ambar sifatida rad etishgan, balki Qurondagi xatolarini korib, uni ochiq masxara qildilar, u ularni o’n marta lanatladi (Al-Baqara surasi 2:65-66, Al-Maida 5:60, Al-Araf 7:163-166, va h.k.) U ularni Islomning eng xavfli dushmanlari deb atadi (Al-Maida surasi 5: 82). Madinada u boy yahudiy uruglarini muhojirlikka chiqishga majbur qildi, ulardan ba'zilari qilich bilan qullikka boysundirdi yoki yo'q qildi.

2.07 -- Sobotqadamlik Cherkovi - azob uqubatlarning uzoq zanjiri

Dastlab Arabiston yarim orolidagi masihiylar musulmonlarning barcha dushmanlaridan eng dostona deb hisoblangan (Al Maida surasi 5:82). Lekin ular Isoni Xudoning o’gli deb e’tirof etishni davom ettirganlarida, ular yahudiylar kabi lanatladilar (Al-Tauba surasi 9:30). Bir necha yil o’tgach, masihiylar Arab yarim orolidan xalifa Umar Ibn Al-Xattob tomonidan quvgin qilingan.

Tantanali harbiy kampaniyasida (632-732 yil. b. d.) musulmonlarning xarbiy qoshinlari erta masihiylikning barcha muhim markazlarini qo’lga kiritdilar: Quddus, Iskandariya va Antioxiya. Bundan tashqari, Islom tarqalishining ikkinchi to’lqinida Konstantinopol va Efes ham. Garbdagi masihiylarning aksariyati masihiy jamoatining tarixidagi eng katta falokatni etiborsiz qoldirdilar yoki jimgina qabul qildilar.

Sobitqadam jamoatlar ko'pincha azob-uqubatlar bilan sinovdan o'tgan. Islom 1375 yil davomida ularni bosib olgan, ta'qib qilgan va doimiy ravishda vayron qilgan. O'rta er dengizi atrofidagi Janubiy-Sharqiy va Shimoliy-Sharqiy davlatlarning aksariyat aholisi Muhammad davrida sobitqadam masihiylar edi, ammo Islom ularni 90% li oldiruvchi soliqlar, bosim va kamsitishlar bilan yutib yubordi, ularni musulmonlikka aylantirdi. Faqat qolgan 10% ikkinchi darajali fuqarolar hisoblanganiga qaramay, Isoga bo'lgan ishonchni saqlab qoldi! Musulmonlar ko'pincha bu itoatkor ozchilikni hukmron janoblar sifatida ishlatishgan. Bular hech qachon Islom uchun haqiqiy tahdid bolmagan. Ularning xatti-harakatlari tufayli musulmonlar masihiylarni itoatkor va kamtar odamlar deb hisoblashgan, ularni oziga osongina bo'ysundirish mumkin bo’lgan.

Biroq, sobitqadam jamoatida Muqaddas Uch Birlikning qatiy etirofi va uning ruhoniylik tizimi unga omon qolishga yordam berdi. Islomiy bolmagan mamlakatlarda jamoatlar odatda hukmron hokimiyatlarga bo’ysunishgan, lekin ularning itoatkorligi tufayli ular doimiy ravishda davlat dini saviyasiga tushurilgan (Vizantiya, Rossiya, Gretsiya, Serbiya va h.k.). Musulmonlar o’z mamlakatlarida sobitqadam ruhoniylarni va o’q soqollarni musulmon hukmdorlari uchun o’z jamoalaridan soliq yigishga majbur qilgan. Ularga badal sifatida ularning jamoatlariga cheklangan huquqlar berildi. Bugungi kunda 250 million azoga ega bo’lgan sobitqadam masihiylarining qoldigi dunyo masihiyligining 14% ni tashkil etadi.

2.08 -- Islom va Rim katolik cherkovi

Uning turli qiyofada bo’lishiga qaramasdan, musulmonlar Rim katolik cherkovini jangari cherkov deb hisoblashadi. U g’arbiy Rim imperiyasining qulashi va Evropada qarshi islohotlar bilan bog’liq tartibsizliklardan keyin ham duny’oning diniy-siyosiy kuchi bo’lib ularning ko’z o’ngida qoldi.

Katolik Karl Martell harbiy qoshini Poitier yaqinidagi Turda, Parij, Fransiyadan uzoq bo’lmagan (732 y. b.d.) musulmonlarning birinchi bosqinini aks ettirgan. Biroq, katoliklarning xoch yurishlari Konstantinopolni qo’lga kiritgandan so’ng (1204 y. b.d.) sobitqadam cherkovini shu qadar zaiflashtirdiki, Sharqiy masihiylikni islomdan himoya qilish tayanchi 1453 yilda musulmonlarning qo’liga tushdi. Ko’p otmay, tez orada 1529 yilda turklar birinchi marta Vena darvozasi oldida turishdi. 1683 yilda ikkinchi bor Vena atrofini o’rab olganlarida, faqat Polsha katolik harbiy qoshini butun Yevropani qo’lga kiritish maqsadiga ega bo’lganlarni, oldinga yurishlarini toxtatishga muvaffaq bo’ldi.

Bu orada, Rim inkvizitsiyasi (bid'atchilik gunohlarini tergov qilish muqaddas bo'limi) Ispaniya va Evropadan yuz minglab yahudiylar va musulmonlarni quvib chiqardi. Rim katolik cherkovi masihiylarni o'zining xoch yurishlari bilan Islomning tasavurida boshqa suratini qoldirdi. Diniy davlatning musulmon tushunchasi katolik cherkovi kiyofasidagi qattiq raqib bilan uchrashdi, bu ularning tarqalish chegarasini belgilab qo’ydi

O’sha vaqitdan bu yon koplab musulmonlar har qanday masihiy missionerlik faoliyati masihiy davlatlarini yaratishga qaratilgan deb o’ylashadi. Ular katolik cherkovining ikkinchi Vatikan sobori qaroridan beri "butun dunyo dinlarning yaxshi unsurlari uchun" katolik cherkovini ochish urinishlariga ishonishmaydi. Papa Ioann Pavel II ning musulmonlar va masihiylar o’rtasidagi umum jahon hamkorligiga bo’lgan murojaatlari shubha bilan qabul qilinadi, chunki musulmonlar katolik cherkovi yashirincha er yuzida Masihning Shohligini o’rnatish niyatida ekanligiga ishonadilar. Biroq, papalarning kuchi katolik cherkovini tashkil etilgan "osmonda bolgani kabi, erdaham shohliging bolsin" shiori ostida birlikda, 950 million azolikdagi jahon masihiylarining yarmini qamrab olib ushlab turgan.

2.09 -- Islom va protestant jamoatlari

Protestant (norozilik) jamoatlari dastlab katolik cherkovini isloh qilishga urinay’otgan "tanqid qiluvchi jamoatlar" edi. Ular Muqaddas Kitobni asos qilib tanladilar, urf-odatlarni rad etdilar, faqat inoyat orqali najodga ishonishdi, ishlar orqali oqlanishsiz, va faqat Masihga vositachi sifatida ishonishdi, Uning onasi Maryamga emas.

Islohotdan keyingi dastlabki yuz yillikda Evropadagi protestant jamoatlarining aksariyati mahalliy knyazlar rahbarligida mintaqaviy jamoatlar edi. Muqaddas Ruhning ommaviy uyg’onishdagi tasiri va eskirgan shakllarning zoravonligidan so’ng imonda yangilanish, jamoatning bo’linishi va tez-tez kochib ketishilar AQSh, Evropa va Koreyada kuchli missionerlik harakatlarining natijasidir. Biroq, islohotchilarning oqilona ilohiyoti, markaziy jamoat hokimiyatini nazoratisiz, koplab liberal protestantlarni xudosiz erkinlikka olib keldi. Taxminan 600 million azoni oz ichiga olgan mustaqil jamoatlar jahon masihiylarining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

450 yil oldin paydo bo’lgan protestantlar 18 va 19 asrlarda umum jahon missionerlik harakatini boshladilar. Ular birinchi bosma mashinani yaqin Sharqqa olib kelishdi va koplab Islomiy tillarda Muqaddas Kitob tarjimalarini chop etdilar. Ular Uuqaddas Kitobni, Quronni, risolalarni va plakatlarni nusxalashga imkon yaratdi. Xayriya tashkilotlari va protestant maktablari nashir qilingan Xudoning Kalomiga asoslangan xushxabar y’oyishdagi say xarakat ishlarini qollab-quvvatladilar. Afsuski, protestantlarning faoliyati sobitqadam masihiylarining kopchiligiga tasir korsatdi, bu esa ularning hizmatchilarining protestantlarga nisbatan doimiy qarshiligiga olib keldi.

Musulmonlar protestant jamoatlariga shubha bilan qarashadi, chunki ularning aksariyati Isroil davlatini Xudoning tanlangan xalqi deb hisoblaydi. Shuning uchun protestant missionerlarini kopincha ayg’oqchilar y’oki Qadimgi Ahdning tarafdorlari deb hisoblaydilar.

Biroq, liberal musulmonlar protestantlarga o’z nuqtayi nazarlariga ega. Islom Shayxi shunday deb so’radi: "Nima uchun protestantlar oyda birinchi bo’lgan odam edi?" U o’z savoliga quyidagicha javob berdi: "Biz musulmonlar, o’z fikrlarimizda tohtab qolganmiz va zamonaviy texnologiyani o’zimiz rivojlantira olmaymiz. Katoliklar doimo gunohlarini etirof qilishlari kerak va ularning ruhi sindirilgan. Faqat protestantlar erkin ruhga ega va imkonsiz narsalarga jurat etadilar". Uning nuqtai nazarini inkor etish uchun barcha say-harakatlar behuda edi. Hatto texnologik taraqqiyotning halokatli bumerangiga (qo’yib yuborilgan joiga qaytib keladi) ishoralar ham uning fikrlarini o’zgartirmadi. Uning o’zida zamonaviy dinlarning sabablari va maqsadlari haqida tushunchalari bor edi.

2.10 -- Islom va jamoatlarning bolinishi

Bu uchta asosiy cherkov koplab kichik jamoatlarga bo’lingan. O’z doktrinalari va mamuriyati bilan avtonom cherkovlar, Sinod yoki tashkilotlar soni 22 000 dan oshadi. Bu raqam bizni tavba qilishga chaqiradi, Agar biz Iso Masihning ibodatini eslasak: "hammalari bir bo‘lishsin: Ey Ota, Sen Menda va Men Senda bo‘lganimday, ular ham Bizda bo‘lishsin." (Yuhanno Xushxabari 17:21-22).

Hali ham bu cherkovlarni birlashtiradigan umumiy katexizm e'tiqodining uchta asosiy unsuri: Rabbiyning ibodati (Osmondagi Otamiz), yangi ahd talqinida Onta Amr va Nikey Imon Ramzi. Bizni Xudoning Ota, O’gil va Muqaddas Ruh sifatida e’rtirof etilishi musulmonlar tomonidan ko’pxudolik va kechirib bo’lmas kufr sifatida qabul qilinadi. Ular uch birlikda Xudoni qabul qilmaydilar, faqat Allohni – bitta va yagona. Ular shuningdek imonimiz asosi Masihning xochga mixlanishini inkor etadilar (Al-Nisning surasi 4:157). Shunday qilib, Islom butun dunyo boylab masihiylika qarshi kuch ekanligini isbotlaydi (1 Yuhanno 2: 22-24; 4: 1-5). Bunday fikrlash barcha musulmonlarda chuqur ildiz otgan, hatto ular buni ochiqdan-ochiq elon qilmasalar ham. Musulmonlarning butun madaniyati bu masihiylika qarshi ruh bilan to’lib-toshgan.

Yaqin Sharq va butun dunyodagi cherkovlarning bo’linishini tushunadiganlar Islomning ham bir xil emasligiga hayron bo’lmaydilar. Cherkovlar minglab marta bo’linganidek, Islom ham tez - tez ozgaruvchi rangli parchalarga o’xshaydi. Islomning keyingi ikki asosiy y’onalishi uning shakllanishi jarayonida rivojlangan.

2.11 -- Sunniylar - Islomning asosiy y’onalishi

Sunniylar o’zlarini asl Islomning vasiylari deb hisoblashadi, chunki ular nafaqat Quronga ergashibgina qolmay, balki paygambarning (sunnat) turmush tarzini taqlid qilishadi. Mutazilitlarning manaviy singishining yakuniy agdarilishidan so’ng, tebrangich qarama-qarshi y’onalishda harakat qila boshladi. Islom shariatga asoslangan qattiq, qonuniy dinga aylandi. Quron, sunnat, shunga o’xshash mulohoza, shuningdek, islomning besh xil maktablari o’zaro roziligi asosida, ular islomning imon etiqod tamoyillariga kora, musulmonlar hayotining har bir sohasini koproq chuqur tashkil etuvchi, shariat qonunini ishlab chiqdilar. Sunniylar barcha musulmonlarning taxminan 84 foizini, Muhammadning deyarli 1 milliard izdoshlarini tashkil qiladi, katolik cherkovining azolari soniga o’xshash raqam.

2.12 -- Shialar – birinchi islom mazhabi

Islomni rivojlantirish jarayonida, Muhammadning jiyani va kuyovi bolgan qabul qilingan o’gli Alining izdoshlari, Alining ikki o’gli Hasan va Husayn bilan birga sunniylardan ajralib chiqishdi. Ushbu bolinishning sababi imon haqidagi aqidaparastlik bahs emas, balki Islom imperiyaning hukmron ustunining sulolaviy davosi edi. Shialar, Muhammadning o’limidan so’ng, Ali va uning o’gillari Islom rahbariyatini qabul qilishlarini talab qildi. Bu shuni korsatadiki, Islom birinchi navbatda dinga emas, balki davlatchilikka asoslangan. Shialar Ali va uning ikki o’gilini uluglashni davom ettirdilar, ularni xudolarga tenglashtirdilar va o’zlarining shahsiy imomlar ierarxiyasini (oliy ruhoniylar unvon va toifalari) rivojlantirdilar - bir guruh uchun etti, boshqa guruh uchun o’n ikkita, ularga sozsiz itoat qilishadi. Ularning rahbarlari (Ayatollah) oxirgi imomdan togridan - togri Ilhom olganligini davo qilishadi. Shialar 14 dan 16 foiz jahon Islomini qamrab olishgan - 200 million kishi.

Shialardan tashqari, ko’plab boshqa musulmon mazhablar oqimlari, mavjud, marosim guruhlari, jamoalar, ahdlar va ittifoqlar ham bor, ular birlashishga tayyor emaslar, ammo ular o’zlarining mustaqillikgini astoidil saqlab kelishmoqda.

2.13 -- Islomlashtirishning uchinchi to’lqini

Yevropani islomlashtirishning birinchi ikki to’lqinlar katolik harbiy qoshinlari tufayli 1973 yilda muvaffaqiyatsizlika uchragandan so’ng (732 va 1683 yillat b.d.), neft narxining keskin osishidan keyin, uchinchi to’lqin boshladi. Neft ishlab chiqaruvchi Islomiy davlatlar nisbatan boyib ketdi. Sof foydaning malum bir foizini Islomni qayta tiklash uchun xayr ehson shaklida tolash kerakligi sababli, fundamental (mustahkam) musulmonlarning ko’plab g’oyalarini moliyalashtirish imkoniyati paydo bo’ldi. Musulmon birodarligi asoschisi Hasan Al-Banna shunday deb vaz qilgan: "ibodat qiladigan, ro’za tutadigan va din soligini tolaydigan musulmon - hali ham haqiqiy musulmon emas. Uning imoni faqat u yashaydigan davlatni shariyat boshqarganida mukammaldir". Uning musulmon birodarligi eng Islomiy mamlakatlarda faoliyat yuritadigan 50 ziyod guruhlarga sochilib tarqaldi. Ular Islomni o’zgartirishga va erkin islomiy davlatlarni shariyat hukumronligi ostidagi boshqaruviga olib kelishga harakat qilishmoqda.

Shu bilan bir vaqitda, musulmon fundamentalistlar barcha besh qitada Islomni tarqatish uchun astoidillik bilan rejalashtirilgan kampaniya boshladilar. Masjidlar qoziqorin kabi hamma joyda paydo bo’lmoqda. Sodadil masihiylar musulmonlarni ko’p madaniyatli jamiyatida kutib olishmoqda. Ular bugungi kunda protestant diniga ega bo’lgan mamlakatlarda hech qachon bu darajada ko’p musulmonlar yashamaganini tan olishni istamaydilar! Biz ularning muqaddas urushi ortasida yashaymiz va buni tushunmaymiz!

2.14 -- Qanday turdagi musulmonlarni biz uchratamiz?

Musulmonlar bir xil yashamaydilar va bir xil o’ylamaydilar. Ularning har biri mustaqil shaxs. Xar qanday tasniflash xato va y’olg’ondir. Musulmonning malum bir turi mavjud emas. Ularning har birida turli istedodlar, ananalar, talim va etiqodlar toplangan. Umuman, "musulmon" haqida gapirish no’tog’ri bo’lar edi. Musulmonlarni tushunishni istagan kishiga vaqt talab etadi. Biz qayerdan kelgan joyi, nimani oylay’otganidan y’oki his qilay’otganidan va uning muammolari nimadan iboratligini sorashimiz kerak. Barcha bir xil javoblar notogri. Musulmonlarning do’sti bo’lish uchun, ularni tushunish uchun sabr-toqat va vaqt kerak. Aksincha bo’lgani kabi, bu ham haqiqat. Oldindan tuzilgan fikrlar haqiqatga mos kelishi kerak. Musulmon biz uni hurmat qilganimizni va undan foydalanishga urinmasligimizni his qilishi va tushunishi kerak, balki uni qabul qilishi kerak. Xushxabar faqat o’zaro ishonch asosida Xudoning kuchi sifatida harakat qilishi mumkin. Doimiy ibodat bu xushxabarning bardavomiylik siridir.

Har bir Musulmon alohida shahs bo’lishi xaqiqat ekanligiga qaramay, ularni hali ham barcha baxonalarni hisobga olgan holda, turli xil musulmon guruhlari haqida gapirishga imkon beruvchi, bir biriga o’xshash jihatlarga ega bo’lgan bir necha toifaga bo’linish mumkin.

2.14.1 -- Konservativ y’oki fundamental, Allohdan qo’rqqan, musulmonlar

Qishloq joylarida, universitetlarda, masjidlarda va kasbiy faoliyatning har bir sohasida siz Quron va uning ananalariga muvofiq yashashni istagan musulmonlarni topishingiz mumkin. Ularning aksariyati Quronni Arab tilida to’liq y’oki qisman bo’laligida y’odlab olganlar. Ular "Quron kozoynaklarini" kiyib, ular orqali dunyoni qabul qilishadi. Ular uchun Quron madaniyati va shariat qonunidan boshqa qonunlar va boshqa xayot tarzi bundan mustasno. Sanam xizmatchilari, boshqa dinlar va har qanday butparastlik xizmatchilari nopok va Alloh tomonidan lanatlangan deb hisoblashadi. Oziq-ovqat taqiqlari o’z dunyosini cho’chqa istemolchilariga va toza odamlarga ajratadi. Bozorda goshtni sotib olish uchun, hayvonni so’yishdan oldin "Bismilloh" so’zi aytilmagan bo’lsa - konservativ musulmonlar uchun kufr, ularni majbur qilish hollari bundan mustasno. Keyin ular uchun bu qoydani buzilish bo’lmaydi.

O’zlarini dinga bagishlaganlar Quronni tanqidiy fikrlashga y’oki gapirishga qodir emaslar. Agar ular kamida bitta oyatni shubxaga solsalar, ularning dunyoqarashining butun binosi qulagan bo’lar edi. Shuning uchun, ular eng kichik kelishmovchilik yuzaga kelganda, imonlarining haqiqatini himoya qilishga majburdirlar. Quron ularning hayotidir. Siz ularga xushxabarni faqat Quron sozlari orqali tushuntirishingiz mumkin, ularni Xushxabarning mazmuni bilan to’ldirgan holda.

Ajablanarlisi shundaki, bu konservatorlar (qadimgilik tarafdori) orasida juda xam ko’p talabalar bor. O’z qishloqlaridan katta shaharlarga kelib, liberallarning erkin, gunohkor hayotini korishadi va o’z xalqidan or qiladilar. Shundan so’ng ular o’z madaniyatining ildizlariga qaytadilar va bundan oldin bolganlardan ko’ra o’taketgan mutaassib musulmonlarga aylanadilar. Ular o’z hayotlarining asosi bo’lgan narsani mustaxkamlashga va Quronning ko’p qirraliligini otaketgan mutaassiblik tarzida himoya qilishga harakat qilishadi.

Agar bunday asoschilar aqil - idrokli bo’lsa, ular o’z xalqini tinch y’oki zo’ravonlik bilan o’zgartirishga harakat qilishadi Bunday imonlilarning soni ko’payib borib erkin musulmonlarni o’ldirishga y’oki o’z mamlakatida islom tasirini kuchaytirish uchun zo’ravon gruhlarda ishtirok etishga tayy’or.

Musulmonlar o’rasida asoschilar soni mamlakatdan mamlakatga farq qiladi. U 15 dan 35 foizgacha etadi. O’z davlatlarida siyosiy saylovlarga ko’ra, ular faqat 10-20 foiz ovoz olishadi. Aksariyat musulmonlar qaty emas. Ammo Quron shariatni o’z islomiy davlatiga kiritishni buyuradi, ularga bu qanchaga tushishidan qatiy nazar!

2.14.2 -- Erkin musulmonlar

Masihiy mamlakatlarida bo’lgani kabi, Islomiy mamlakatlardagi musulmonlarning aksariyati erkin, faoliyatsiz va tinchlikparvar. Ko’p mehnat qilmasdan, ular oiylalarini saqlab qolish uchun etarli pul topishni istaydilar. Qolgani ularni qiziqtirmaydi. Ular muzlatgich, katta televizor va iloji bo’lsa, avtomobil y’oki mototsiklga ega bo’lishni o’rzu qiladi. Ko’pchilik uchun din ikkinchi darajali ahamiyatga ega y’oki biznesni amalga oshirish vositasidir.

Kundalik hayotda erkin musulmonlar o’zlarini taqvodor tutadi, chunki Islom madaniyatiga kora yashamaydigan kishi uzoq vaqt davomida sotaolmaydi y’oki sotib ololmaydi. Kopchilik o’z nutqida diniy iboralarni qo’llaydi, Islomni, shu jumladan uning urf-odatlarini ochiqchasiga himoya qiladi va umumiy qabul qilingan urf-odatlarni qollab-quvvatlaydi. Agar oilaning kamida bitta azosi Masihiy bolsa, unda hamma unga qarshi isyon kotaradi. Urug - aymoqlarning yaxshi nomi uchun yangi imonga kelgandan nafratlanadi, unga tahdid qilinadi y’oki chet elga yuboriladi. Hech qanday holatda Islomga bolgan omonat sodiqlikning hiydi ularning nomlariga dog’ tushurmasligi kerak. Qolganida esa, bunday urug’ aymoqlarning azolari kamdan-kam hollarda rasmiy namozga borishadi y’oki faqat u erda ularni korishlari uchun buni qilishadi. Ular Quronni u haqida fikirlash uchun deyarli ochmaydilar. Dinga nisbatan befarqlik kopchilik musulmonlarni egallab olgan. Bundaylar 50 dan 70 foiz aholi sonini tashkil qiladi, ular yashayotgan hududlar va mamlakatlarga bog’liq.

Bazan millatchilik va Islom birlashishi mumkin. Bunday holda, din milliy his - tuygularga o’t qo’yadi va aksincha. Biroq, Islom mamlakatda mustaqillikka erishgandan song, moddiy tomon hukmronlik qila boshlaydi. Ish, non va oila, dindan ko’ra muhimroq bo’lib qoladi.

Erkin musulmonlar Quron va urf-odatlardagi insonparvarlik g’oyalarini takidlaydilar. Oziq-ovqat taqiqlari, "muqaddas" urush (jihod), Qurondagi ay’ollarning huquqy o’rni y’oki shafqatsiz jazo choralari, etiborga olinmaydi, bunday qoidalar Muhammad davrida badaviylar uchun kerak bo’lgan. Bizning taraqqiyot davrimizda bu qonunlar eskirgan. Erkinchilar kesib tashlangan islom nuqtay nazari asosida yashaydi.

Aksariyat Islomiy hukumatlar ham xuddi shunday y’ol tutishadi. Ular masjid rahbarlariga shariatning shaxsiy vazifalariga rioya qilishni nazorat qilish huquqini beradi. "Muqaddas" urush y’oki qattiq jazo bilan bog’liq barcha savollar hukumatning qo’lida qolmoqda. Ular shariat va xalqaro inson huquqlari o'rtasida murosaga erishish va o’z mamlakatida asoschilarga qarshi turishga harakat qilmoqdalar. Misr va Jazoirdagi terroristik harakatlar butun shariatni bajarish uchun kurashdan boshqa narsa emas. Buni erkin musulmonlar o’z hukumatlarida har qanday y’ol bilan oldini olishga harakat qilmoqda.

2.14.3 -- Musulmon ay’ollar

Barcha musulmonlarning yarmi ay’ollardir. Musulmonlar haqida gapirganda, biz faqat erkaklar haqida o’ylamasligimiz kerak. Ay’ollar Islomda muhim ro’l o’ynaydi. Ular kopincha erlariga nisbatan oilada bolalarga koproq tasir korsatadi. Biroq Quronda aniq y’ozilgan:

Ahir og’il qizday emas (Al-Imron surasi 3:36).
وَلَيْسَ الذَّكَرُ كَالأُنْثَى (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 36)

Islomdagi bu hammaga malum haqiqat qonuniy kelib chiqishi bor. Quron deydi:

Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollar)dan (ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o'z oilasiga) o'z molmulklaridan sarf qilib turishlaridir. (An-Niso surasi 4:34).

الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَبِمَا أَنْفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ
(سُورَةُ النِّسَاءِ 4 : 34)

Sudda bir erkak musulmonning guvohligi ikki musulmon ay’olning (Al-Baqara surasi 2:282) guvohligiga teng deb hisoblanadi. Meros masalasida bir ay’ol erkak y’oki uning o’g’li olgan narsalarning yarmini oladi, opasi akasi olganini yarmini oladi y’oki qiz, bola olgan narsalarning yarmini oladi (Al-Niso surasi 4:11, 176). Qonunga kora, ay’ol kishi erkak kishi baholanadigan narsaning yarmida baholanadi.

Erkak kishi to’rtta xotinga ega bo’lishi mumkin (sura Al Nisa 4: 3) agar u barchasini bir xil sevsa. Biroq, bugungi kunda ko’pchilik erkaklar bir vaqtning o’zida to’rtta xotinni boqish uchun etarli pul to’pa olmagani uchun, bir hotinlik ustunlikga ega. Shunga qaramay, bir erkakning bir necha xotinlari bo’lgan oilada ular baxtsizlik va rashkdan azob chekishadi.

Islom oilasida erkak kishi o’z xotinini "talim berish" huquqiga ega. Agar u itoatsiz bo'lsa, u uni "tarbiyalashi " mumkin. Agar u ojarligini davom etirsa, u er - hotinlik majburiyatlaridan voz kechishi mumkin va agar u qaysarlikni davom ettirsa, unga bo’ysunmaguncha uni kaltaklash huquqiga ega (Al-Niso surasi 4:34). Biroq, uning suyaklarini sindirishga ruxsat berilmaydi.

Quronga ko’ra (Turkiya, Misr yoki Tunis qonunlariga, shuningdek, boshqa bir qator Islomiy davlatlarga kiritilmagan), erkak har qanday sababga kora xotini bilan ajrashish huquqiga ega. Uch-to’rt oylik sinov muddatidan keyin u yana unga uylanishi mumkin, u bilan ajrashishi va qayta-qayta uylanishi mumkin. U bilan uchinchi marta ajrashganidan so’ng, u birinchi navbatda boshqa odamga turmushga chiqishi kerak. Agar bu kishi uni qoyib yuborsa, uning birinchi eri yana unga uylanishi mumkin (Al-Bakara surasi 2:229-230). Bazi Islomiy mamlakatlarda ay’ollarning doimiy azob-uqubatlari biz tasavvur qila oladigan darajadanda chuqurroqdir. Ilohiy chaqiruvni kim eshitadi, musulmon ayollarga Xushxabarga asoslangan toliq kechirilishni va Muqaddas Ruh inomiga asoslangan ruhiy erkinlikni etkazishni?

Erkak masihiylar, qoydaga binoan, musulmon ay’ollar bilan yakkama - yakka gaplashmasliklari kerak, faqat o’zlarning xotinlari huzurida. Shunday qilib, Masihiy ay’ollar bu etiborsiz qoldirilayotgan ishni o’z zimmalariga olishlari zarur va Masih haqida musulmon ayollar va qizlar bilan gaplashishlari kerak, bu ularga o’z Najotkorlari bilan hayot tajribasi haqida guvohlik berib. Musulmon onalar farzandlarini tarbiyalashadi. Shuning uchun musulmon ay’ollarning, ayniqsa onalarning xushxabarlanishi har doim muhim ahamiyatga ega bo’lgan, har doim musulmonlarga xushxabar etkazishda. Ayollar uchun televizion dasturlar va Masihdagi onalar tomonidan y’ozilgan ay’ollar uchun kitoblar juda zarur. Otgan davirda musulmon ayollar va qizlarning 25 foizidan kamrogi maktabga borish imkoniga ega bolgan! Bugungi kunda malumot olgan qizlar va ay’ollar soni musulmon mamlakatlarida umumiy aholisining 40 dan 70 foizigacha. Sizlardan qay biringiz o’zi uchun bunda yangi imkoniyatni ko’rmoqda va uni Injil bilan bog’laydi?

Islomdagi ay’ollar bazan erkaklarga nisbatan ko’proq dindor va taqvodorroq. Tahmin qilishlaricha, Muhammadning aytgan, do’zaxni ko’rgan va uning aholisining 90% ayo’llar tashkil etishini, ular har doim ham erlariga boysunmaganlari uchun. Muhammad, shuningdek, jannatni ko’rganini davo qilgan. U erda faqat 10% ay’ollar bor edi, chunki juda kam sonli erkaklar xotinlarining xudojoy va har doim itoatkor ekanligiga guvohlik berishgan. Bunday kamsitish ay’ollarni islom qonunlarini erlariga qaraganda ehtiyotkorlik bilan bajarishga undaydi, erlariga nisbatan, jannatda ayollar uchun noyob joylardan birini olish umidida.

Musulmon ayollarga kim Iso nomi bilan rahm-shafqat qiladi va imon bilan bu va kelajakdagi dunyoda azoblarini engillashtiradigan yolni topishga harakat qiladi?

2.14.4 -- Yosh – musulmonlar

Hamma musulmonlarning yarmi hali 18 yoshga to'lmagan. Ba'zi Islomiy davlatlarda bu ko'rinmas chiziq 16 yoshga to'g'ri keladi. Yoshlar orasida xushxabarchi ish tajribasiga ega bo'lgan har bir kishi bu haqiqatni tinglashi kerak! Bolalar, o'smirlar va yoshlar kattalar dasturlaridan farqli dasturlarga muhtoj. Bu statistik haqiqat yana ibodatda mustahkam birlashishni talab qiladi. Missionerlik ishlarining ayrim strategiyalarini qayta ko'rib chiqishimiz va o'zgartirishimiz kerak.

Dunyo bo'ylab yoshlar futbol va avtopoygalarni yaxshi ko'radilar. Islom mamlakatlarida sayohat qilgan har bir kishi Bekkenbauer, Rummenigg va Shumaxer haqida g'ayrat bilan soralgan savollarni eshitadi. Bekker va Graf ham yosh musulmonlar orasida mashhur ismlar.

Bugungi kunda Islom yoshlari yozish va o'qishni o'rganishmoqda. Ular o'qish uchun qiziqarli narsalarni izlaydilar. Ular bilimga chanqoqdirlar. Ular hamma narsani o'rganmoqchi. Ular ilm-fanga ishonadilar va dunyoni yaxshi baho bilan qozonish mumkin deb o'ylashadi. Injil maktabining sirtqi kursini yoshlar uchun tushunarli tilda yozilgan risolalar, kitoblar va jurnallarni tarqatish orqali osongina tashkil etilishi mumkin. Qisqa vaqt ichida unda o'n minglab odamlar ishtirok etishlari mumkin.

Aksariyat yoshlar gunohlarning kechirimini izlamaydilar. Ular tavba qilish yoki imon haqida o'ylamaydilar. Ular hamma narsani o'rganishni xohlashadi: Iso, Pavlus va Yuhanno shuningdek Marks, Lenin va Mao kabi ular uchun qiziqarli. Bilimga bo'lgan bu tashnalik ochiq eshik bo'lib, u orqali biz katta to'siqsiz xushxabarni taklif qila olamiz. Bu bilim izlovchilarning ko'pchiligi Iso Masihning sevgisi, uning muloyimligi, kamtarligi va undan keladigan tinchlik bilan ta'sirlanadi.

Oliy o'quv yurtlari talabalari va o'quvchilarining ko'payib borayotgan soni kompyuterga ega yoki choy xonalarida yoki do'stlarining uyida Internetga kirish imkoniga ega. Ushbu ma'lumot manbasidan ko'plab axloqsizlik, musulmonlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar va mazhablararo guruhlar tomonidan taqdim etilgan aldamchi safsata mavjud. Biroq, yoshlar uchun foydali ma'naviy dasturlarni tuzuvchi kishi tez - orada o'z internet sahifalarida hatto yopiq Islomiy mamlakatlardan bolgan minglab mehmonlarni ko'radi. Injil va Islom o'rtasidagi holis taqqoslashlar, shuningdek, qiyin savollarga oqilona javoblar alohida talabga ega.

Ushbu turkumga shuningdek, mahalliy musiqalarning zamonaviy maqomlar uchun yaxshi masihiy qo'shiqlarini tayyorlashni ham o'z ichiga oladi. Zerikarli nemis xorallari yoki his tuygularga boy amerikalik jamoatlarning madhiyalari ko'plab yosh musulmonlarni jalb qilmaydi. Injil mahalliy besh yoki o'n ikki soniyali musiqa tizimida motadil marom ohanglar ko'rinishida namoyon bo'ladigan joyda, hatto Muqaddas Kitob bilan tanish bo'lmagan odamlar ham yangi qoshiqlarni kuylashni boshlaydi. Zamonaviylikka qaramay, Yaratguvchiga chuqur hurmat va butun dunyo Hukmdoridan qo'rqish islomda hali eskirgan emas.

Hech qachon musulmonlar orasida xushxabarlash imkoniyati bugungi kunda bo'lgani kabi katta bolmagan, chunki Islom tarafdorlari yosh avlodi o'qish, yozish va o'ylashni o'rganadi va ularning ko'pchiligi sport va texnologiya qahramonlariga g'ayrat bilan qarashadi. Buyuk sahro Rub al-Khal etagida yashovchi Hadramautdan bolga badaviy qiz, savolnomada unga qaysi musiqa yoqishiga shunday javob bergan "Shvetsiylik ABBA guruhining qo'shiqlari".

2.14.5 -- Xafa bo'lgan musulmonlar

Musulmonlarning zamonaviy avlodi o'ylashni o'rganishgani uchun uning madaniyati va dini haqida tanqidiy savollar berishni boshlagan. Islomning aniq zaifligi endi ulardan yashirilmagan.

Ba'zi g'azablangan musulmonlar: "nima uchun 250 million Arab harbiy qoshini oxirgi 50 yil ichida 5 million Isroil harbiy qoshinining askarlarini sindira olmadi? Bu erda biror nima noto'g'ri Biz bilan bir nima noto'g'ri!»

Boshqalar: "Islom atamasi bir necha ma'noga ega. Ulardan biri: tinchlikni yaratish! Nima uchun bizning dunyomizdagi urushlarning yarmi islomiy davlatlar bilan bog'liq? Nima uchun tinchlik va taraqqiyot emas, balki terrorizm, fuqarolik urushlari, qon to'kishni targib qilamiz?”.

Ba'zilar: "Neft ishlab chiqaruvchi Islomiy davlatlar er yuzidagi eng boy mamlakatlar qatoriga kiradi! Ammo 10 dan ortiq Islomiy davlatlar barcha mamlakatlarning eng kambag'allari va qashshoqlik darajasidan past. Nima uchun boy Islomiy davlatlar, kambag'al, muhtoj musulmonlarga yordam bermaydilar? Agar ular bir oz yordam berishsa, nega yordamning aksariyati hukumatning yuqori qismiga otib ketadi va faqat kichik bir qismigina qashoqlarga etib boradi?"

Saudiya Arabistondagi islomiy neft shayxining qolida ishlagan hindistonlik haydovchidan, ikki "muqaddas" joyning qo'riqchilaridan birida 11 yil xizmat qilib etiqodli musulmon bo'ldimi yoki yo'qmi deb so'raganlarida. Haydovchi xitob qildi: "Jim bo'ling! Islom haqida hech narsa eshitishni xohlamayman! Musulmonlar bilan hech qanday aloqa qilishni ham. Agar ular yolg'iz qolganlarida, qanday gapirishini, ichishini va yolg'iz qolganda nima qilishini bilganingizda edi, siz menga ishonmagan bolar edingiz". Uning kuzatuvlari asosida qanday xulosalar kelganini so'raganlarida, u shunday javob berdi: "Men baho berish uchun kommunizm va masihiylikni o'rganib chiqaman, ikki ta'limotning qaysi biri hayotim uchun eng yaxshi asosni taklif qilishini korib. Shunga men itoat qilaman".

Qohiradagi Al-Azhar universiteti bitiruvchisi musulmon Saudiya qabilalari orasida Arabcha talaffuzni yaxshilashni xohladi. U Riyod shahridagi universitetida Islom adabiyotini o'rgatdi. Ko'p talabalar unga qarshi turishdi, chunki u o'z ma'ruzalarida zamonaviy fikrlarni bayon etardi va uzun oq bo'yli liboslar o'rniga g'arbiy uslubdagi shim kiydi. Muxolifat oshganda, bir necha talabalar ma'ruzalar vaqtida unga mayda tosh otishni boshlashdi, u juda qatiq g'azablandi, darsxonadan yugurib chiqib, o'qituvchilar uchun belgilangan mehmonxonaga shoshdi, oz xonasiga kirib, Qur'onni oldi va asablarini tinchlantirish uchun suralarni baland ovoz bilan o'qishni boshladi. To'satdan u to'xtadi va kechroq shunday dedi: "O'sha vaqitda men bu kitob musulmonlarning ongini tohtatyotganini, ularning rivojlanishini kechiktirayotganini va axloqiy darajasini pasaytirayotganini anglab etdim". U Qur'onni oldida va g'azab bilan uni yirtib tashladi, keyin mehmonxonaga tegishli bolgan bog'ga shoshildi va "muqaddas" kitobning varoqlarini yoqib yubordi.

Eshiklarning ochilib yopilishini va suralarni baland ovoz bilan o'qilishini eshitgan bir necha o'qituvchilar uni tinchlantirish uchun shoshildilar. Biroq, tashqariga yugurib chiqib, muzlab qoldilar, Qur'onni kuyib borayotganini korib. Har bir inson bunday jinoyatni qilgan jinoyatchi darhol o'limga mahkum bolishini bilar edi. Hech kim bir so'z aytmadi. O'qituvchi o'z xonasiga kirib, pul va shahsini tasdiqlovchi xudjatini olib, taksiga qo'ng'iroq qilib chaqirdi va aeroportga ketdi, shu tariqa u o'lim tuzog'idan qochdi, bu qopqog' uning ustida yopilib qolishdan avval.

Bu odamlarning barchasini masihiylar bilan aloqasi yo'q edi. Ular islomning zaifligini, o'z mamlakatlarining orqada qolgan ifodasida kordilar va bu ruhning qulligidan qochishga harakat qilishdi. Tibbiyyot talabalar, malikalar, shayxlar va oddiy musulmonlar Qur'ondagi aniq qarama-qarshiliklarni tushunib bormoqdalar va hayotning eng yaxshi falsafasi haqidagi savollariga javob izlaydilar. Biz mazhablar to'riga tushishidan oldin, Xudo bizga bunday xafa bo'lgan musulmonlarni bizga yuborishi uchun ibodat qilishimiz kerak. Barcha musulmonlarning 5% oz dinidan mamnun emas va ularga tushuncha bera oladigan odamni izlaydilar.

2.14.6 -- Xudosizlar musulmonlar orasida

Televizion dasturlarning birida musulmon ekranining yulduzidan qaysi dinga tegishli ekanini so'raganlarida. U ikkilanmasdan javob berdi: "Dunyoning eng yaxshi dini - Islomga!" (Al Imron surasi 3:19, 110; Al-Fath 48: 28; al-suff 61:9; va x.k.).

So'ngra, undan Ollohning borligiga ishonadimi, deb so'raganlarida, u javob berdi: "Albatta, yo'q! Bunday e'tiqod qariyalarga xosdir o'limdan oldin va kichik bolalar uchun yaxshi, biz esa harakat qilayotgangan avlodga tegishli miz!" Muxbir undan agar kimdur islomga hujum qilsa, unga qanday munosabatda bo'lishini so'raganida, aktyor ikkilanmasdan javob berdi: "U holda men Kalashnikov avtomatini birinchi bo'lib olib, va uni himoya qilishni boshlardim". U hali ham o'zini musulmon deb hisoblagan bo'lsa-da, u Alloh borligiga ishonmas va ibodat qilmas edi! Islom nafaqat din, balki madaniyat, davlat va jamiyatdir.

Islom va masihiylik haqidagi ma'ruza vaqtida, yosh turk o'qituvchiga keskin ravishda e'tiroz bildirdi: Islom ma'ruzada, u haqida eshitganidan ko'ra ancha olijanob, mehribon, insoniy va zamonaviydir. Tinglovchilar oldida mikrofonda o'z nuqtai nazarini tushuntirib berishga taklif qilinganida, uning haqiqiy yuzi tez orada namoyon bo'ldi. Ma'ruzachi uni to'xtatib savol berdi: "Siz hayotingizda biron marta Qur'onni ochib, o'qiganmisiz?». "Yo'q" - javob berdi hayron bo'lgan yosh yigit. Masjidda ibodat qilishga qanchalik tez borib turishini so'ralganda, u hech qachon ibodat qilmaganini aytdi! Lekin bularning barchasi bilan birga u dinini qattiq himoya qilar edi. Islom, Qur'on va ibodatdan ham yuqori. Yosh yigit imonini yo'qotganniga kpo vaqt bolgan bolsada, zamonaviy yuksak axloqiy odamlardan biri bolib, lekin hali ham tushunib etmagan Islomni himoya qilae edi.

Bengal ginekologi, shifokor Nasrin, Qur'onni ayollarning ahvoliga nikoh va oilada o'smir qizlarni zo'rlanishiga nisbatan tahririy tartibga solishni talab qildi. U Shvetsiyaga qochishga majbur bo'ldi, chunki musulmon erkaklar o'z huquqlarini rashq bilan himoya qildilar va Qur'onni shubhaga solgani uchun! Bu shifokor ayol hali ham o'zini musulmon deb hisoblaydi, biroq ozining amaliy tajribasiga asoslanib, Qur'onning ilohiy ilhomiga bo'lgan ishonchini yo'qotgan.

Chet elda yashagan zamonaviy Islomiy siyosatchilar va oliy oquv yurtlar bitiruvchilari ko'pincha Islomga o'z atrofidagilarga nisbatan ko'proq tanqidiy munosabatda bo'lishadi. Ular ichki bo'sh hayotda yashaydi va Ollohga mutlaqo ishonchlarini yo'qotganlar. Biroq, ular o'z vatanlariga qaytganda, qarindoshlari uchun ibodatda ishtirok etadilar. Ular Ramazon oyida ro'za tutadilar va omabob ravishda diniy soliqlarni to'laydilar. Ichlarida ular kopdan beri islom qonunidan voz kechib, raketalar va koinot parvozlari davrida yangi ufqlarni qidirmoqdalar. Ularning mutaassib Islomni qabul qilinmasliglarining o'sib borishi, Sharq va G'arbda ajoyib yosh olimlar, texniklar va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar orqali mustahkamlanib, ular bu odamlarning ko'pchiligi musulmon emasligini, ammo olijanob hayot kechirayotganini bilib olishlarida.

Islom xudosizlari soni kop emas, 1 foiz atrofida, kommunizm tashkil etilgan mamlakatlarda ko'proq bo'lishi mumkin. Ularni Turkiyadagi jamiyatchilari singari, Muhammadga va uning islomiga gazetalar va kitoblarda ularning qatiy hujumlari orqali bilib olish mumkin.

2.14.7 -- Islom tasavvufchilari

Musulmonlarning ichki bo'shliqlari o'taketgan mutaassib asoslilik va yashirin xudosizlik o'rtasidagi tebrangich kabi chayqaladi. Bu qoniqmaslik, umidsizlik yaratadi va yangi ishonchli yo'llarni izlaydi. Bu yo'nalishlardan birini islomning tasavvufchilarida (ko'pincha sofiylar deb ataladi) ko'rish mumkin, bu Islomiy muftiylar va huquqshunoslarning rasmiyatchilik diniy e'tiqodidan nafrat bilan yuz o'girtiradi. Bu haqiqat izlayotganlar o'zlarini diniy tajribadan, masjidlarda tahlidchilik faoliyatidan, ularning belgilagan tahorat va namoz marosimlarining dahshatli takrorlanishlaridan ajratib qo'ydilar. U erda ular ruhi va jonnini qondiradigan hech narsa topa olmayabdilar. Ular rasmiy islomdan uzoqlashib, shulratlarga birlashib. Qur'onga asoslanib va islomiy bo'lmagan yozuvlardan shaxsiy dindorlik va taqvodorlikni yaratishga harakat qilmoqdalar.

Marokash, Sudan, Turkiya va Pokistonda turli uyushmalarda, "tariqas", sufistlarni topishingiz mumkin. Hatto Xitoy va Indoneziyada ham Islom tasavvufchilar va qonunchilar oqimlariga bo'lingan. Marokashda siz asosiy yo'llarning yonidagi tepaliklarda hurmatli tasavvufchilarning ohak bilan oqlangan qabirlarini ko'rishingiz mumkin. Ba'zan farzand kora olmayotgan ayollar, homilador bo'lish qobiliyatiga ega bo'lish uchun avliyoning qabriga qorinlarini surtadilar. Sudanda darvishlar Allohga bolgan ishtiyoqini va ruhiyatini korsatish uchun sakrab, bir oyoqda xakalak otib va qumga belanib chiqadilar.

Misrda so'fiylar ba'zan o'tirib yoki davrada turib olib Allohning ismini yoki uning atributlaridan (ajralmas hislat) birini: "UuA, UuA, UuA" (Arab tilida "U, U, U..." degan ma'noni anglatadi) buni ular cheksiz ravishda, ulardan biri hushini y'oqotmaguni qadar yoki o'zga tillarda gapirishni boshlamagunicha takrorlaydilar. Turkiyada bunday guruhlarning talabalaridan biri: "bizni ruhlarni chaqirishni va ularni bizning topshiriqlarni bajarish uchun qanday jo'natishni o'rgatishgan", dedi. Bir qiz shaytonning har juma kuni uning oldiga kelib turishini tan oldi. Do'stlari unga bu tush ekanini aytishga harakat qilishgan, lekin u ularga bolaligida jiddiy kasal bo'lib qolganini va otasi uni so'fy shayxining oldiga olib kelganini, u ruhlar ta'siri ostida uni shifolaganini tushuntirdi. Shundan beri, har hafta, shayton uning oldiga kelib bezovta qiladi.

Pokistonda bir guruh odamlar jamoaviy o'z fikir-xayollariga cho'mishni amalda qo'llashgan. Ulardan biri Masihiy bo'lganidan so'ng, yangi imonlining otasi adashgan o'g'lini islomga qaytarish uchun masjid boshlig'ini olib keldi. Lekin shayx imondan qaytganga jinsiy buzuqliklarni ayibdorning zimmasiga yuklaganida, otasi Qur'on ustozini uydan haydab yubordi, chunki bunday mey'orlardan og'ish uning oilasida yo'l qo'yilishi mumkin emas edi.

Indoneziyada induizm ko'plab afsungarlik amaliyotlari g'ayri tabiy kuchlarga asoslangan islom bilan shunchalar aralashib ketganki, hatto qishloq bayramlari vaqtida alohida guruhlar o'z ruhlarini havoda bir-biriga qarshi korinarli tarzda kurashishga ijozad beradi. Shu bilan birga, temir mixlarni va elektr lampalarini yutish juda keng tarqalgan bo'lib, ular ovqatlanish jarayonida "g'oyib bo'ladi". Erkaklar ovozlarini ayollardan va aksincha eshitishingiz mumkin.

So'fiylar Allohni ularda yashashga va ularni o'z xuzuri bilan to'ldirishiga majbur qilishga harakat qilishadi. Boshqalar esa hatto o'z o'zini bilish orqali, o'zlari Allohga kirishga harakat qilishadi. Uchinchilari esa, Allohning "orqasida" farishtalar va jinlar dunyosiga kirib borish maqsadiga ega, ular bu orqali yuqori darajadagi vasvasaga tushayotganini sezmaybdilar.

Islomdagi Alloh ijodidan cheksiz uzoqlikda bo'lgani uchun, halol musulmonlar diniy mashqlar orqali bu tubsizlik ustidan ko'prik qurishga harakat qilayotganiga hech kim hayron bo'lmasligi kerak. Afsuski, bu mashqlar orqali jinlarning ruhlari ularning bo'sh qalblariga kiradi. Islomda so'fiylar soni ortib bormoqda. Ba'zi mamlakatlarda ular islom aholisining 10 dan 20% gacha tashkil etadi, ular qaysi oqimga tegishli bo'lishiga qarab.

Ba'zi katolik ilohiyotchilari so'fiylar masihiylik va Islom o'rtasidagi eng yaxshi ko'prik deb da'vo qiladilar. Biroq, ular diniy moslangan tasavvufchilarning o'zlarining solihligiga ishonishlarini va tavba qilishga muhtoj emasligiga ishonishlarini hisobga olmaydilar. Xudoning xochga mixlangan O'g'li ular uchun xalaqit beruvchi tosh bo'lib qoladi. Ularning "mehribonligi" biz uchun bo'lgani kabi, ular uchun ham qilingan, Uning najodidan ajratib turadi.

2.14.8 -- Islomda ozod etuvchilar

Sofistlar haqida, ular xafa bo'lgan musulmonlarning orasida kabutarlar, deb aytish mumkin, va ular orasida musulmon terrorchilarni qirg'iy deb atash mumkin. Ular shikoyat qiladilar: "Barcha ibodatlar, ro'zalar va to'lovlar hech narsa bermaybdi. Biz o'zimiz biror nima qilishimiz kerak. Biz islomdan sharmandalikni yuvish va islom jamiyatida odilona shavqatsizlik orqali, adolatsizlik ustidan g'olib bo'lish uchun, o'z hayotimizni va qonimizni qurbon qilishimiz kerak!"

Musulmon birodarligining asoschisi Hasan Al-Banna, ibodat va ro'za Islomning to'liq hayotida yashash uchun etarli emasligini o'rgatgan. U Islom dushmanlarini o'ldirishga tayyor bo'lgunga qadar haqiqiy musulmon o'zining komplekslarini (bog'langan his-tuyg'ular) mag'lub qilishi kerakligini ta'kidladi. Qur'onda yuga yaqin amr musulmonlarni imonga itoatkorligini isbotlash uchun qurolli kurashda ishtirok etishga chorlaydi.

Misr hukumati tomonidan jiddiy ta'qib qilinayotgan musulmon birodarlar hozirgi vaqtda 50dan ortiq faol terroristik tashkilotlariga bo'linib ketgan. Ayatollah Homeyni, shialar tarafida bolib, "muqaddas" urush (jihod) mash'allini ko'tarib, o'z joniga qasd qilladigan shaxidlaridan iborat askarlarini har - hil mamlakatlarga yubordi, butun dunyoni vahimada ushlab turish uchun, xoch yurishlari vaqtida qotillar qilgani kabi.

Hizbulloh, Hamas, Al-jihod va boshqa guruhlar o'z izdoshlarini so'zsiz o'z joniga qasd qilish usullarini o'rgatdilar. Qur'on Allohning o'zi qalblariga islom imonini yozishini va ularga bunday vazifalarni bajarish uchun o'z ruhining kuchini beradi deb tasdiqlaydi (Al-Mujodala surasi 58:22). Bu Qur'onda Allohning ruhi orqali musulmonlarni qo'llab-quvvatlash haqida gapiradigan yagona oyat! "Muqaddas" urushlar shahidlariga jannatda joy va'da qilingan (Al-Baqara surasi 2:154; Al Imron 3:157-158, 161-171, 193-195; Al-Niso 4:74; Muhammad 47:4-6; va x.k.). Bu musulmonlarni o'z joniga qasd qilish xarakatlarida, terroristlar deyish adolatsiz bo'lar edi, chunki ular o'zlarini islomning g'alabasi uchun o'z hayotlarini qurbon qiluvchi xaloskorlar deb ko'rishadi. Ularga Islom dushmanlarini o'ldiray'otgan ular emas, balki ularning o'q uzushlari orqali Ollohning o'zi raqiblarini yo'q qilmoqda deyishadi (Al-Anfol surasi 8:17).

Ba'zi muhbirlar va insonparvarlar bu o'taketgan mutaassiblarni yo'qolgan islom ekstremistlarining kichik guruhi deb atashadi. Ular yanglishadilar! Bu xaloskorlar Qur'on va Allohning amrlarini harqanday holatlarda xam so'zma - so'z bajaruvchi yagona odamlardir (Al-Baqar surasi 2:191-193; Al-Anfol 8:39; Al-Tauba 9:5; va x.k.). Qur'on insonparvar va mehribon musulmonlarni qo'rqoq va xoinlar deb ataydi. Musulmon bo'lmaganlar bilan tinchlik faqat pul, qurol etishmovchiligi yoki noqulay vaziyatlar tufayli sulh sifatida qabul qilinadi.

O'tgan 50 yil ichida Isroilning ichkarisida va tashqarisida sodir bo'lgan "muqaddas" musulmon urushi kitoblar hajmini to'ldirishi mumkin. O'z joniga qasd qiluvchilar tomonidan samolyotlarni o'g'irlash, mehmonxonalardagi bombalar, tanklarni yakson qilish va doimiy tahdidlar - bu harakatning xususiyatlari.

Luxsordagi Qirollik qabrlari yaqinida shveytsariyalik sayohatchilar o'ldirilganda, bolaklarga chopib tashlangan, bundan oldin ayollar esa zo'rlangan, xaloskorlar deb ataluvchilar: "Allohu Akbar!" (Alloh buyukdir!) deb hayqirgan. Indoneziyada xuddi shunday hayqiriqlar, o'taketgan mutaassiblarning olomoni yuzlab cherkovlarga o't qo'yib, xitoylik qizlarni zo'rlashganda ham eshitilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Filippindagi Mindanao orolida musulmonlarning "ozodlik" urushlari vaqtida 50000 dan ortiq masihiylar o'ldirilgan. Shimoliy Nigeriyada masihiylar islom shariyati qonuniga bo'ysunishni istamagani uchun, xuddi shuncha yoki undan ko'proq odam halok bo'lgan.

Germaniya Federativ Respublikasida 32000 ta islomiy fundamentalistlari boshpana topdi, chunki ulardan kopchiligi erkin islomiy hukumatlari tomonidan ta'qib qilinmoqda. Ular Germaniya razvedka xizmatlarining doimiy nazorati ostida. Har qanday vaqtda 1972 yilgi Myunhindagi Olimpiya o'yinlarida sodir bo'lgan qirg'in sodir bo'lishi mumkin. Qur'onda Alloh barcha sodiq imonlilarni kofirlarga qarshi kurashish va islom dushmanlarini o'ldirishga chaqiradi (Al-Baqar surasi 2: 191-193; Al-Niso 4: 89,91; Al-Anfol 8: 39; al-Tauba 9:5 va x.k.), yahudiylar va masihiylar birinchi navbatda, hujum qilinishi kerak, tavbaga surasiga binoan (Al-Tauba surasi 9:28-29), chunki ular xaqiqiy Xudoga ishonmaydilar, shariatga amal qilmaydilar va noto'g'ri dinga tegishli! Qur'onga ko'ra, islom odatda vay'ron qiluvchi ruhdir.

2.15 -- Uzoq tarihni qisqa qilish uchun

Musulmonlarga Masihning Xushxabarini taklif qilmoqchi bo'lgan har bir kishi, barcha musulmonlar bir xil o'ylashi va ishonishlari xaqidagi fikridan voz kechishi kerak! Ularga xizmat qilishni istagan kishi birinchi navbatda ularni tinglashni, tug'ilib o'sgan joyi qaerdanligini va din, siyosat va ularning kelajagi haqida qanday fikrda ekanini so'rashni o'rganishi kerak.

Bunday suhbatlar uchun bilim va donolikka ega bo'lmagan kishi Isodan qalblari Xudoning Ruhi tomonidan tayyorlangan musulmonlarni kutib olish uchun yuborishi so'rashi kerak. Shu bilan birga, samimiy sevgi barcha odamlar uchun tushunarli bo'lgan eng yaxshi til bo'lib qolmoqda. Chet el fuqarolariga hukumat bilan muammolarini hal qilishda yordam beradigan kishi, shu vaqitning o'zida masihiylarni hurmat qilish va tushunishni o'rganishga yordam beradi.

Biz uchun begona Islom ruhidan qo'rqmasligimiz kerak, chunki Iso Masihning marhamati Muhammadning la'natidan kuchliroqdir. "Axir, ichingizdagi Ruh dunyodagi shaytondan ustundir" (1chi Yuhanno 4:4). Lekin biz ham tayyor bo'lmagan holda musulmonlar bilan suhbatlarga bormasligimiz kerak. Ushbu hizmatda ishtirok etishni istaganlar uchun kitoblar va o'quv kurslari bilan qo'lab quvatlovchi, bir qancha tashkilotlar mavjud.

Qadimgi va Yangi Ahdlarda turli xil musulmon guruhlari uchun kerakli javoblarni topishingiz mumkin, dunyoviy manbalarda, Qur'onda yoki o'z tajribangizdan foydalangan holda. Rabbiy sizga musulmon qalbiga eshikni ochib bersin va Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostida har bir inson uchun alohida to'g'ri so'zlarni o'z vaqtida bersin.

2.16 -- Sovolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Islomning paydo bo'lishiga qaysi uchta asosiy din yordam berdi?
  2. Arabiston yarim orolida, ayniqsa Yamanda yahudiylar va masihiylar o'rtasidagi munosabatlar qanday edi?
  3. Muhammad uchun Qur'on ifodasi "Kitob ahli" nimani anglatadi?
  4. Muhammad kimni birinchi musulmon deb hisoblagan?
  5. Nima uchun Muhammad, Musoni o'z namunasi sifatida hurmat qilgan, Maryamning kamtar o'g'li Masihni e'mas?
  6. Nima uchun Muhammad yahudiylarni musulmonlarning eng havfli dushmanlari deb e'lon qildi? Ularni qanday qilib engidi?
  7. Uchta asosiy xalqaro cherkovlardan qaysi biri Islomning shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi?
  8. Musulmonlarning ongida sobitqadam jamoat qanday suratni shakllantirdi va nima uchun uni "1375 yil azob chekkan jamoat" deb atash mumkin?
  9. Nima uchun ko'p musulmonlar katolik cherkovini jangovar cherkov deb hisoblashadi? Buni tarixiy voqealarni hisobga olgan holda qanday tushuntirib berish mumkin?
  10. Nima uchun protestant jamoatlari islomning shakllanishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmadi? Nima uchun masulmonlar hushhabarchi masihiylarga katta shubha bilan qarashadi?
  11. Bugungi kunda dunyoda qancha mustaqil masihiy jamoatlari mavjud va ular uchun umumiy maxraj nima?
  12. Masihiylik va Islom o'rtasidagi asosiy farq nimada?
  13. Sunniylar kim va islomdagi musulmonlarning qaysi foizi ushbu asosiy oqimning izdoshlari?
  14. Shialar kim va ular ta'limotining qancha izdoshlari bor?
  15. Musulmonlarni kengayishining uchinchi to'lqini qachon boshlandi? Uni harakatlantiruvchi kuch nima va uning maqsadi nimada?
  16. Nima uchun musulmonlar bir-biridan farq qiladi. Ularning his-tuyg'ularini, fikrlarini, e'tiqodlarini va harakatlarini qanday tushunishimiz mumkin?
  17. Mutaassib va asoslilik musulmonlarning asosiy belgilari qanday va barcha musulmonlarning qaysi qismi ularning asosiy qonun - qoydalariga amal qiladi?
  18. Nimaga asoslanib asoslilik musulmonlariga yaqinlashishimiz mumkin?
  19. Qancha musulmonlar e'rkin va ular qanday turmush tarziga amal qilishadi?
  20. Nima uchun asoslilik va e'rkin islomiy hukumatlar o'rtasida fuqarolik urushlariga olib boruvchi kuchli ziddiyatlar mavjud?
  21. Barcha musulmonlarning yarmi ayol ekanligi sababli, Rabbiyning xizmatchilari buni hisobga olgan holda qanday qarorga kelishlari kerak? Ular bilan aloqaga kim kirishi yahshiroq?
  22. Islomda ayollarning oldida turadigan asosiy muammolari qanday?
  23. Barcha musulmonlarning yarmi 18 y'oshga to'lmaganligini va ayrim islomiy mamlakatlarda - hatto 16 y'oshga yetmaganligini bilib, Rabbiyning xizmatkori qanday chaqiriqni eshitishi kerak?
  24. Musulmon dunyosida yoshlar va o'smirlarga qanday etishishimiz mumkin?
  25. Islomdan xafa bo'lgan besh foiz barcha musulmonlarning ahamiyatli haqiqati nimadan iborat? Ularning umidsizligining asosiy sabablari nimada? Bunday odamlarni qanday aniqlashimiz mumkin?
  26. Nima uchun odamlar xudosiz bo'lib va o'zlarini musulmon deb hisoblashlari mumkin? Islom dindan ortiqmi?
  27. 10 dan 20% gacha bo'lgan musulmonlar g'ay'ritabiy kuchlarga ishonuvchi bo'lib qolishining sabablari nima? Ular boshqa musulmonlardan qanday farq qiladi? Ular nimani topishga harakat qilmoqda?
  28. Islomda g'ay'ritabiy kuchlarga ishonuvchilarning ijobiy xususiyatlari va xizmatlari qanday? Ularga Najotkor deb Masihni qabul qilinishiga nima to'sqinlik qiladi?
  29. Nima uchun musulmon terroristlari o'zlarini "xaloskorlar" deb atashadi? Nimaga asoslanib faqat ular haqiqiy va sodiq musulmon ekanliklarini da'vo qilishlari mumkin?
  30. Bunday "xaloskorlar" nima kutadi, agar ular nobud bo'lsa, o'zlarini islom uchun qurbon qilib?
  31. Ushbu risolaning asosiy maqsadi nima?
  32. Nima uchun musulmonlar bilan suhbatlashishdan qo'rqmasligimiz kerak?
  33. Musulmonlar bilan suhbatlarimiz uchun foydali javoblarni olishimiz mumkin bo'lgan beshta manbani ayting?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 09:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)