Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 6 Unity of the Trinity
This page in: -- Arabic? -- Cabuano? -- Chinese -- English -- French -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Russian -- Somali -- Telugu -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet -- Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

6 - Muqaddas Uch Birlik sirini biz qanday tushuntirishimiz kerak

Musulmonning Masihiy bo'lishiga to'sqinli qiladigan ikkinchi asosiy dogmatik sabab narsa - bu ularning masihiylarning uchta xudoga ishonishiga ishonishidir. Qur'on bu haqda tom ma'noda nimani o'rgatadi? Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning qanday tushunmovchiliklari Islomga kirib keldi? Qanday qilib musulmonga O'g'li Iso Masih orqali Ota Xudoga ochilishiga yordam bera olasiz? Bu savollar yana Eski Ahd, Yangi Ahd, sog'lom fikr, Qur'on va sizning shaxsiy guvohligingiz asosida ko'rib chiqiladi.



6.01 -- Muqaddas Uch Birlik sirini biz qanday tushuntirishimiz kerak

Masih haqida musulmonlar bilan suhbatlashishga harakat qilgan kishi, tez orada ular bizning Ota Xudoga, O'g'ilga va Muqaddas Ruhga bo'lgan imonimizni kechirib bo'lmaydigan gunoh deb hisoblashlarini bilib oladi. Islom etiqodining e'tirofi (shahad) quyidagilarni tasdiqlaydi: “Chunki yagona Ilohdan boshqa biron iloh yo‘qdir”. Kim O'g'ilni yoki Muqaddas Ruhni Yaratguvchi bilan tenglashtirsa, u Allohga va uning barcha farishtalariga dushmandir (Baqara surasi 2:97-98; Moida surasi 5:73).

6.02 -- Islomda Muqaddas Uch Birlikni rad etilishi

Muqaddas Uch Birlik ta'limotiga nisbatan Islomning muxolifati juda ko'p qirrali. Uning oldi ko’rinishning ortida nima yashiringan?

Muhammad masihiylarga chaqiriq berdi: «uchta», demangiz! To‘xtangiz, shunda o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur (Niso surasi 4:171). "Allohning onasi yo'q va u Allohdan o'g'il tug'magan” (Moida surasi 5:116). “Hech kim insonni Xudo o’rnida qabul qilish huquqiga ega emas” (Oli Imron 3:64; Tavba surasi 9:31). “Alloh Masih emas” (Moida surasi 5:17,72; Tavba surasi 9:31). Masih va Uning onasi o’zlarini xudolar qilib ko’rsatsalar, ularni yo’q qilish Qodir Tangri uchun bu arzimagan narsa (Moida surasi 5:17).

6.03 -- Iso Masihning ilohiyligini rad etilishi

Qur'on 17 marta ketma-ket Iso Masih Xudoning O'g'li ekanligini inkor etadi (Tavba surasi 9:30 va boshqalar). Ha, Iso Maryamning o'g'li (23 marta), lekin Xudoning O'g'li emas. U Odam Ato kabi yaratilgan ijod (Oli Imron surasi 3:59). Alloh amr qildi: “Bo’lsin!”- va U paydo bo’ldi (Baqara surasi 2:117; Oli Imron 3:47, 59; Maryam surasi 19:35). Bu fikr Qur'onning boshqa joyga qarama-qarshidir, u yerda Alloh aytadi: “Biz O’z tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga (Maryamga) pufladik” va shunday qilib, unda Iso yaratildi (Anbiyo surasi 21:91; Tahrim 66:12). Islom haqiqatdan ham, bokira Maryamdan Masih tug'ilishiga ishonadi, biroq, masihiy e'tiqodidan farqli o'laroq, U ayolda yaratilgan, lekin hech qachon Allohdan homila bo'lmagan va Allohdan tug'ilmagan.

Qur’on Masih haqida Allohning quli sifatida (Oli Imron surasi 3:172; Maryam surasi 19:30), uning elchisi sifatida (Baqara surasi 2:87; Oli Imron surasi 3:49,53; Niso 4:157,171; Moida 5:75; An’om 6:61) va uning payg'ambari sifatida (Maryam 19:30) gapiradi. U o'zini Allohga bo'ysundirgan (Moida surasi 5:52,171; Tavba surasi 9:31), Elohimaga ibodat qilgan (Allahumma; Moida surasi 5:114) va Alloh unga turli buyruqlarni beradigan, uning Xudosi deb e'tirof etadi (Oli Imron 3:51; Moida 5:72,114,117; Maryam 19:36; Sho’ro 42:13; Zuxruf 43:64 suralari).

Qur'onda taxminan 50 oyatda Iso O'zining ilohiyligindan mahrum bo’lyapdi. Shunday qilib, Havoriy Yuhannoning ogohlantirishi va ta'riflashi islomga tegishlidir (1 Yuhanno 2:13-25; 4:1-5).

6.04 -- Muqaddas Ruhning ilohiyligini rad etilishi

Biz shuni tushunishimiz kerakki, Qur'on nafaqat Rabbimiz Iso Masihning ilohiyligini rad etadi, biroq Muqaddas Ruhni Xudo sifatida emas, balki yaratilish sifatida taqdim etadi. Alloh, albatta, "bizning" ruhimiz haqida gapiradi (Maryam 19:17; Anbiyo 21:91; Tahrim 66:12) yoki "mening" ruhim haqida (Sod surasi 38:72; Hijr 15:29), lekin har ikkala holatda ilohiy ruh emas, balki yaratilgan ruh deb tasvirlangan. Islomda Alloh har doim bitta bo'lgani uchun, mustaqil ilohiy Ruh mavjud bo’lishi mumkin emas va u hech qachon ikki yoki uch shaxsda bo'lishi mumkin emas.

Islom an'analari birlashtirilganda, o’zining Xudosidan Zakariyoga, Maryamga, Isoga va Muhammadga vahiy etkazgan Jabroil (farishta Jabroil), Allohdan bo’lgan ruhdir (Baqara surasi 2:97-98; Tahrim 66:4). U mo"jizalarni bajarish uchun Isoni mustahkamlagan "muqaddas ruh" deb ataladi (Baqara surasi 2:87,253; Moida surasi 5:110; Nahl 16:102). Islomda bu ruh Allohning amrlariga bo'ysunadigan (Qadr surasi 97:4; Isro surasi 17:85; Sho’ro surasi 42:52) va ularni sodiqlik bilan bajaruvchi (Shu’aro surasi 26:193) qul bo'lib qoladi. Musulmonlar uni aslida kim ekanligini bilmasa-da, ular tomonidan u yuksak hurmatga sazovordir.

6.05 -- Islom dinida nima etishmayapti?

Ruhan fikrlaydigan kishi, bu qisqa kirishdan so'ng, musulmonlar bilan bo'lgan suhbatlarimiz uchun muhim bo'lgan asosiy printsiplarni ko'rishi mumkin: Islomda Ota yo’q, Og’il yo’q va Muqaddas Ruh yo’q! (Ixlos surasi 112:1-4).

U yerda, Sevuchi Ota va qalblarning Cho’poni sifatidagi Xudo xaqidagi ta’limot yo’q, Qudratli Xudo bilan shaxsiy aloqa yo’q, gunohlar kechirilganligiga ichonch yo’q, Muqaddas Uch Birlikni bilishning imkoniyati ham yo’q (1 Korinfliklarga 12:3; Rimliklarga 8:8-10,15-16 va boshqalar.). U yerda Ruhning samaralari haqida ham yo’q (Galatiyaliklar 5:16-26) va abadiy hayotga tirik umid yo'q (Yuhanno 11:25-26). Muqaddas Ruh yo'q joyda, ruhiy fikrlash ham, masihiy hayot ham yo'q.

Shuning uchun, musulmonlarga xushxabarni etkazish uchun qilayotgan harakatlarimizdan tashqari, Iso Masih O'z Ruhi orqali ayrim odamlarning qalbini tayyorlashi, ularga rahm-shafqat ko'rsatib, Uning So’zini tinglab, tushunib va bajarishi uchun bizning doimiy shafoat ibodatimiz juda zarur. Agar Muqaddas Ruh Xushxabar orqali uni yuragini samoviy nur bilan yoritmasa, Ota-Xudo va Masih sirini bilish uchun hech kim Muqaddas Uch Birlik sirini musulmonga tushuntira olmaydi.

Musulmonlarga xushxabarni tushuntirishni istagan kishi uchun, ularni Muqaddas Uch Birlikni inkor etishi va dajjol ruhi Xudo haqidagi sog'lom ta'limotga qarshi bo'lgan narsalar bilan o’zi aldanishiga yo'l qo'ymaslikgi muhimdir. Masihning sevgisi Islomdagi ommaviy aldovdan ko'ra kuchliroqdir. Musulmon kishiga Muqaddas Uch Birlikning mavjudligini tushuntirish uchun mos dalillarni qidiruvchilar uchun, quyidagi beshta boshlang'ich nuqtadan foydalanishlari mumkin:

6.06 -- Muqaddas Uch Birlik haqida Eski Ahdning guvohligi

Tavrotda va payg’ambarlar kitoblarida haqiqiy Xudo bir vaqtning o’zida uchta shaxsda bitta ekanligi haqida ko’plab ko’rsatmalar mavjud. Eski Ahdning Muqaddas Uch Birlik haqidagi ta'limoti musulmonlar uchun, masihiylar paydo bo'lishidan oldin ham uch shaxsda mavjud bo'lgani abadiy Xudoning dalilidir.

Muqaddas Kitobning birinchi so'zlari Muqaddas Uch Birlik haqida dalolat beradi:

Ibtido 1:1-3: “Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi. Yer shaklsiz va bo‘m–bo‘sh bo‘lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi. Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi”.

Muqaddas kitobga kirishda biz Xudo haqida, Uning Ruhi va Uning Kalomi haqida o'qiymiz. Xushxabarchi Yuhanno, Xudoning O’zi mujassam bo’lgan So’z, Iso orqali koinotni yaratgani haqida guvohlik beradi (Yuhanno 1:1-4).

Bu so’zlar bizni Xudodan Uning Ruhi ayrim musulmonlarni, oilalarni, qishloqlarni, shaharlarni va mamlakatlarni ustida yurishini so’rashga, Xudo aytgan paytda ularning qalblari va onglarini tayorlashi haqida so’rashga dalda beradi: “Yorug‘lik bo‘lsin!” deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi!”.

Ibtido 1:26 da Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin”.

Xudo (Elohim) bu yerda ko'plikda (biz) deb O'zi haqida gapiradi va bu Xudoning Uch Birligining mumkinligini anglatadi. Musulmonlar va yahudiylar bu yerda ko'plikdagi hurmat shaklida gap ketayotgani haqida gapirishadi. Muhammad bu oyatni Vodi Najranlik (shimoliy Yaman) masihiy vakillarning biridan eshitib hayratda qoldiki, uning Qur’onida Alloh hamisha ko’plik shaklida aytila boshladi.

Elohim, ibroniycha "Xudo" so'zi ko'plik shaklida turadi. “El”- kuch, qudrat va qal’a degan ma’noni anglatadi (Matto 26:64), “him”- "ular" degan ma'noni anglatadi, shunday qilib, Elohim so'zini "ko'plikdagi kuch" deb ham o'qilishi mumkin. Islomdagi Alloh so’zi ham shunga mos ravishda tushunilishi mumkin, shunday qilib “al-el-hu” so’zi “Kuch bu u” deb o’qilishi mumkin (faqat birlik shaxsida)! Biroq, Muqaddas Kitob Xudosi Ko'plikdagi Birlik sifatida belgilanishi mumkin. Muhammad Elohim iborasini arabcha lahchaga qabul qildi va uni Qur'onning muhim oyatlarida Allohumma sifatida besh marta foydalanadi (Oli Imron surasi 3:26; Moida surasi 5:114; Anfol surasi 8:32; Yunus 10:10; Zumar 39:46). U uchun, Eski Ahddagi Xudoning ismlari, shubhasiz ibodatlar kalitidir, ular orqali ibodatlarga javob olish mumkin.

Biz Ibtido 18:1-3 da, uch odam Ibrohimning oldiga kelganini o’qiymiz. Lekin u ularga birlik shaxsda "Hazratim!» deb murojaat qiladi.

Sahro 6:24-27 da Horunning duosi yozilgan. Bu yerda uch marta Marhamatlovchni "Egam" deb ataladi. Ko'pgina jamoatlar Otaning barakasi, O'g'ilning barakasi va Muqaddas Ruhning barakasini "bitta" Xudoning barakasi deb bilishadi.

Zabur 2:1-4 da, biz Xudoga va Uning Moylanganiga (Masih) qarshi insoniyatning qo'zg'oloni haqida o'qiymiz. Qodir Tangri ularga kulib qo'ydi va faqat bitta so'z aytdi: “Sen Mening O‘g‘limsan, bugun Men Senga Ota bo‘ldim!” (Zabur 2:7). Bu vahiy Iso Masihning tug'ilishidan ming yil oldin berilgan. Bu vaqt boshlanishidan oldin, O'g'il Otasidan ruhiy kelib chiqishini ko'rsatadi. Bu ruhiy tug'ilish Maryamdan jismoniy tug'ilishi bilan aralashmasligi kerak. Iso inson bo'lishdan ancha oldin mavjud edi. U abadiy Xudodan abadiy Xudo! (Yuhanno 1:14; Filippiliklarga 2:6-7).

Ishayo 9: 6 Muqaddas Uch Birlik namunasi sifatida porlaydi: Mana biz uchun bola tug‘ildi, O‘g‘il bizga berildi. Hukmronlik Uning zimmasidadir, Nomi Ajoyib Maslahatchi, qudratli Xudo, Abadiy Ota, Tinchlik Shahzodasidir.

Bu oyatlar bizga va'da qilingan O'g'il nafaqat Ajoyib, Maslahatchi va Qudratli Xudo ekanligini ko'rsatadi, lekin Unda abadiy Ota insonga aylandi. Qachon yangi tug'ilgan chaqaloq bir vaqtning o’zida ota ham bo’la oladi? Bu noyob vahiy Masihning tug'ilishidan yetti yuz yil oldin berilgan edi. Bu oyat haqiqiy Xudoning abadiy tabiatining eng muhim dalilidir.

Zabur 109:1 ning haqiqati momaqaldiroq kabi jaranglaydi, “Egamiz aytmoqda Rabbimga: “Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha, Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirgin”.

Ilk jamoat bu oyatni Masihning osmonga ko'tarilishi va taxtda joy egallashi bilan bog'laydi (Matto 26:64; Havoriylar 2:25,34; 1 Korinfiliklarga 15:25; Filippiliklarga 2:8-9; Ibroniylarga 10:12-13). O'g'li O’z Otasi bilan Uning taxtga o'tirdi (Vahiy 3:21). Har Ikkalasi ham to'la birlikda koinotni boshqaradi. Otasi O'g'liga, U orqali insoniyatning mukammal qutqarganidan so'ng, barcha Uning dushmanlarni "Uni oyoqlari tagida" qo'yadi! Bu va'da dajjolning barcha kuchlari ustidan Xudoyimizning g'alabasi bilan tugaydigan ruhiy jangi haqida gapiradi.

Musulmonlar bilan suhbatlashgan maslahatchi, ularga Iso Masih haqida Eski Ahdning va'dalarini o'qib, Uning Otasi bilan birligi haqida gapirib berishi kerak. Axir, xolisona fikirlaydigan musulmonning nazarida ushbu va’dalar Yangi Ahdda bajarilishi “majburiy”dir. Agar Qur'onda Alloh biror narsa gapirsa, bu sodir bo'ladi. Agar u biror narsa va'da qilsa, bu albatta amalga oshadi. Uning vahiyini amalga oshishiga hech kim to'sqinlik qila olmaydi. Shu sababli, Eski Ahdning 333 ta va'dalari, ularning amalga oshishi Yangi Ahdda aniq aks ettirilganligi, ko'p musulmonlar uchun Muqaddas Uch Birlikning bevosita ko’rsatilishidir. Bunday va’dalar va ularni bajarilishini musulmonlar bilan birga o’qish va yodlash muhimdir.

6.07 -- Muqaddas Uch Birlik haqida Yangi Ahdning guvohligi

Barcha to'rtta Xushxabar, Havoriylarning faoliyati va Vahiyning boshidan oxirigacha Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning birligi haqidagi fikr yuritadi. Yangi Ahdni tinglashga tayyor bo'lgan musulmonlar bilan kim uchrashsa, u birinchi navbatda Uch Birlikning birligiga e'tibor qaratsin. Musulmonlar va yahudiylar Xudoni "yagona" deb tushunadilar. Ba'zi masihiylar uchta Xudoga ko'proq e'tibor berishadi. Ular tavba qilib va Muqaddas Uch Birlikni buyuk xudojo'ylik siri sifatida doimiy ravishda tushuntirishni o'rganib, Ibrohim avlodlari bilan birlashishlari kerak.

Matto 1:23 da: “Qiz homilador bo‘ladi, u o‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Immanuil deb qo‘yishadi.”

Emmanuel - Muqaddas kitobdagi Isoning 250 ismlaridan biri. U haqiqiy Xudo va ayni paytda haqiqiy inson. Isoda Xudo biz bilan birga bo’ladi. Ishayoning 7:14 dagi ushbu va'dasi va uning amalga oshishi bizga katta yordam berishi mumkin.

Iso suvga cho‘mdirildi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Iso O‘z ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qo‘nganini ko‘rdi. Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman”, degan ovoz keldi (Matto 3:16-17).

Iso Masihning suvga cho'mishi haqidagi habarlar (Matto 3:16-17; Mark 1:9-11; Luqo 3:21-22; Yuhanno 1:31-34; 5:37-38) musulmonlar uchun hayratlanarli haqiqatni o'z ichiga oladi: osmondan ovoz eshitildi! Musulmonlar bu voqeani yuqoridan to'g'ridan-to'g'ri kelgan vahiy sifatida tushunishlari mumkin. Qodir Tangrini: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman” deb aytishiga kim xalaqit bera oladi. Xizmat qilish vakolatini beruvchi Muqaddas Ruh avval Muqaddas Ruhdan tug'ilgan Kishiga tushdi. Yahyo cho'mdiruvchining e'tirozlariga qaramay, Iso endi Iordan daryosida suvga cho'mdi. Iso gunohsiz edi va O'z O’zidan suvga cho'mishga muhtoj emas edi. Lekin U Xudo Qo'zisi kabi jim bo'lib, O'z xizmatining boshidanoq gunohlarimizni O'z zimmasiga oldi.

● Shuning uchun Yuhanno xitob qildi: “Ana, Xudoning Qo‘zisi! U dunyoni gunohdan poklaydi!” (Yuhanno 1:29)
● Shuning uchun, Muqaddas Ruh kaptar shaklida Unga tushdi va Unda qoldi
● Shuning uchun Otasi guvohlik berdi: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman!”

Isoning suvga cho'mishi Muqaddas Uch Birlikni tushunish uchun masihiylikning markaziy matnidir. Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh insoniyatni qutqarish uchun Isoning xizmatining boshidan birgalikda harakat qilishdi.

Matto 12:18 da, U tanlagan va sevgan va Unga ma’qul bo’lgan Xudoning o’g’loni haqida gapiradi. U xalqlar orasida hukmni e'lon qilish uchun O'zining Ruhini Uning ustiga qo'yadi. Ishayo 11:1-5 matnining amalga oshishi Xudo, Uning Quli va Uning Ruhi Iso Masihning shaxsida uzviy bog'liqligini ko'rsatadi. U yer yuzida o'z irodasini bajarmadi, lekin u har doim Muqaddas Uch Birlik kengashida qaror qilingan narsalar bilan birga bo’ldi.

Luqo 4:18-19: “Egamizning Ruhi meni qamradi. Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun Egam meni tanladi. Zindondagilarga erkin bo‘lasiz, deb aytmoq uchun, Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, Asirlarni ozod qilmoq uchun, Egamning marhamat yilini ma’lum etmoq uchun Egam meni yubordi.”

Luqo 4:18 da Iso Masih O’zini tanishtiradi: “Egamizni Ruhi meni qamradi...!” Bu qisqacha ta’riflash Muqaddas Uch Birlikni ko'rsatadi, chunki Xudo, Uning Ruhi va Iso birdir. Iso bu sirni izohlab, shunday dedi: “Egam meni tanladi”. Masih so'zi Mashiah, Moylangan degan ma'noni anglatadi.

Nima uchun bu moylanish yuz berdi? “Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq va … Zindondagilarga erkin bo‘lasiz deb aytmoq!” uchun. Yangi Ahdni moylanishini qabul qilgan masihiydan tashqari (2 Korinfliklarga 1:21; 1 Yuhanno 2:20,27), kim ham Isoning bu guvohligini takrorlashi mumkin. Agar Xudoning Ruhi unda bo'lsa va u Xudoning topshirig'ini bajarishga turtki bersa, masihiy Muqaddas Ruh bilan moylangan bo'ladi (Ishayo 61:1-2; Rimliklarga 8:10-16).

“Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman. Omin.” (Matto 28:18-20).

Isoning bu buyuk elchilik amri bilan biz Masihga ergashishga qaror qilgan har bir kishi Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho'mishi kerakli haqida o'qiymiz. Nima uchun bu buyruq "ismlarga" deb yozilmagan, chunki bu Uchtasi ham bir va bizning Xudoyimiz "Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh" ismi bilan ataladi.

Yuhanno 10:30: Yuhanno Xushxabarida biz yaxshi cho'ponning ajoyib guvohligini o'qiymiz: “Men va Otam “ikkita”?! Yo’q bunday emas, zero “birmiz!” Masih bittani aytganida, nima uchun biz har doim ikkitasi haqida va'z qilamiz? Bu bilim musulmonlar va yahudiylar orasida xushxabarchilarning tavbasini talab qiladi. Ota va O'g'il ikkita emas, balki bittadir! Biz buni qayta ko'rib chiqishimiz va nafaqat pragmatik, nazariyalarda, balki ruhiy voqelik nuqtai nazardan, sharqona izlovchilar va imonlilarning tushunishlariga moslashtirib o'ylashni o'rganishimiz kerak!

Yuhanno 14:9-11: Iso O'zi haqidagi (Yuhanno 14:9-11) to'g'ridan-to'g'ri guvohligini o'qiymiz: “Meni ko‘rgan odam Otani ko‘rgan bo‘ladi!” Iso, Ibtido 1:27 ning amalga oshishi, O’zining shakl va ko'rinishda Ota bilan bir ekanligi haqida guvohlik beradi. Bundan tashqari, U O'z so'zlarini va'z qilmasligini, lekin Unda yashayotgan Otasi nafaqat Unga gapiradi, balki U aytganini ham bajo keltiradi. Iso Otada va Ota Unda. Bu Ularning mohiyati va ruhda birligini anglatadi.

Yuhanno 14:23 da Iso deydi: “Kim Meni sevsa, Mening so‘zimga amal qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz uning oldiga kelib, u bilan birga yashaymiz”.

Iso bu yerda O’zining izdoshlariga Muqaddas Ruhning yashashi haqida gapiradi. Ushbu matnda Muqaddas Ruh nafaqat Otasi va O'g'li bilan yaqin birlikda, biroq, U shaxsiy Ruh, ya'ni Ilohiy Shaxs ekanligini ko'rsatadi.

Kelayotgan Yupatuvchi (Paracletos) haqidagi va'dalarda biz Ota va O'g'ilning Muqaddas Ruhdagi birligining o'nta ko'rsatmalarini o'qiymiz (Yuhanno 14:26; 15:26; 16:13-15). Bundan tashqari, Ruh O'zini va Uning in’omlarini olib yuruvchilarni ulug'lamaydi, balki faqat Isoni ulug'laydi. Shuningdek, Iso ham O'zini ulug'lamaydi, balki har doim Otasini ulug'laydi. Bizning Xudoyimiz yumshoq ko‘ngil va kamtarin Xudo! (Matto 11:28-30). Shuning uchun, Muqaddas Uch Birlikda isyon xavfi yo'q. Hech kim O'zini yuksaltirmaydi, balki har doim Boshqasini ulug'laydi! Shuning uchun Otasi O'g'liga osmon va yerdagi barcha hokimiyatni berdi; va shuningdek, Iso jamoatni barpo etish uchun Muqaddas Ruhga vakolat berdi. Ilohiy sevgining kamtarligi Muqaddas Uch Birlikning sirlaridan biridir. Agar biz Unga xarakterimizni o'zgartirishga va U singari bizni kamtar qilishiga ruxsat bersak, biz Xudoyimizni tushunishimiz mumkin. Bu Alloh va uning izdoshlarining mag'rurligiga zid keladi (Hashr surasi 59:23).

Yuhanno 17:21-23: O’zining oliy ruhoniylik ibodatida, Iso O’z Otasidan O’zining izdoshlari haqida so’radi: “…toki Biz bir bo‘lganimizdek, ular ham bir bo‘lishsin. Men ulardaman, Sen esa Mendasan. Shunday ekan, ular mukammal birlikda bo‘lsinlar…”. Muqaddas Uch Birlikdagi bu suhbatda Iso O'zining sirini ochib beradi: Biz bir bo‘lganimizdek! Bu ruhiy haqiqat bizni yahudiylar va musulmonlar bilan ajratadigan sababdir! Ota va O'g'ilning Muqaddas Ruhdagi ruhiy birligi imonimizning yadrosidir. Albatta, bu birlik bizdan oldingi narsadek oqilona g'oyaga o'xshamasligi kerak, lekin uni, bizni o'ziga jalb qilmoqchi bo'lgan katta magnit bilan solishtirish mumkin. Xudoning sevgisi jozibador kuchdir.

Iso Otasidan, U va Otasi bir bo’lgani kabi, U bizda va Ota Unda bo’lganidek biz ham bir bo’lishimizni so’radi. Muqaddas Uch Birlik tushunarsiz aqida emas, balki inoyat orqali bizni ilohiy mohiyatiga qo'shadigan ruhiy haqiqatdir. Biz "Masihning tanasi" deb nomlanganmiz (Rimliklarga 12:4-5; 1 Korinfliklarga 12:27; Efesliklarga 4:4,25), shuningdek, Muqaddas Ruhning "ma'badi" (1 Korinfliklarga 3:16 va boshqalar) va biz Muqaddas Uch Birlikida, Masihida (2 Korinfliklarga 5:17; Yuhanno 15:4) Xudoga (1 Yuhanno 4:16) kirish va yashash huquqiga egamiz. Bu marhamatli huquq uchun biz Undan qanchalik minnatdormiz!

Yangi Ahd Muqaddas Uch Birlikning siriga ishora qiladi. Kim uni sinchiklab o’qishni, tushunishni va tushuntirishni xohlasa, o'qishi va o'ylash uchun quyidagi Yozuvlarni olishi mumkin: Yuhanno 17:1-3; 20:21-23; Havoriylar 1:4-5; 2:32-36; 1 Korinfliklarga 2:10 va hakazo; 2 Korinfliklarga 5:19; 13:13; Galatiyaliklarga 4:4-6; Kolosaliklarga 2:9-10; Ibroniylarga 9:14; Vahiy 7:10; 21:22-23; 22:3-4 va boshqalar. Biz Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning birligi haqida gapiradigan bu oyatlarni nafaqat aql bilan, balki ibodat va hurmat bilan o'qishimiz kerak. Faqat Muqaddas Ruh bizni Muqaddas Uch Birlikning sirini ma’lum qilishi mumkin. Bu sir faqatgina unga bag’ishlanmagan insonga zerikarli nazariya kabi ko'rinishi mumkin. Biz uchun, bu biz hayron bo’lib to'xtab qolmaydigan va boshalarga quvonch bilan aytadigan haqiqatdir.

6.08 -- Dunyoviy manbalarda Uch Birlikning mumkinligiga ishora

Muqaddas Uch Birlikning mavjudligi har qanday insoniy tushunchadan ustundir. Bu ilohiy sirni faqat ruhiy tushunish mumkin. Ko'plagan musulmonlar ruhiy fikrlay olmaydilar, chunki Islomda Muqaddas Ruh mavjud emas. Uning Xushxabarini qabul qilmaganlarning barchasiga Iso masallar bilan gapirdi. Shunday qilib, Muqaddas Kitobga itoat qilmagan musulmonlarga Muqaddas Uch Birlikning sirini tushuntirishni istagan kishi, kundalik hayotdangi ko'plab misollardan foydalanish mumkin. O'rta maktab o'quvchilari va universitet talabalari bizdan bu misollarni eshitishdan xursand bo'lishadi.

Quyosh — bu 1,5 million kilometrlik diametrli olovli shardir. 150 million kilometr masofaga qaramay, ba'zi nurlar yerga etib boradi va unga nur, issiqlik va hayot beradi. Barcha uch hodisa: quyosh, nur va issiqlik, ajralmas birlikni hosil qiladi.

Elektr — generatori tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. Elektr toki, o'z navbatida, yorug'lik, issiqlik yoki mexanik energiyaga aylanishi mumkin. Bu uchtasi: generator, elektr quvvati va uning harakati bir butundir!

Suv — boshqa barcha elementlar singari, uchta holatda ham bo'lishi mumkin: suv kabi, muz kabi va bug 'kabi, lekin shunga qaramay, bir xil element bo'lib qoladi.

Bo’shliq — uchta o'lchovga ega: uzunlik, kenglik va balandlik. Agar ushbu uchta o'lchovlardan biri bo'lmasa, bu joy endi bo'sh joy emas, balki faqat tekislik bo'ladi.

Inson — tana, ruh va jonga ega. Agar ulardan biri kasal bo'lib qolsa, boshqalari azoblanadi. Agar uchdasidan biri yo'qolsa, boshqalar ham mavjud bo'lmaydi.

Oila — odatda ota, ona va bolalardan iborat. Ular bir butun. Ularni ajratish g'ayritabiiy va og'riqli.

Ko'z — ko'p qismlardan iborat: odatda biz oq ko'zli olma, rangli kamlarak rang parda va ko’z qarachig’iga ajratamiz. Lekin ular hammasi birgalikda bir ko'zni tashkil qiladi. Agar bu qismlardan biri bo'lmasa, kishi yoki ko'rish qobiliyati zaif, yoki ko'r bo'lishi mumkin.

Tuxum — qobiq, oqsil va sarig'dan tashkil topgan butun mo'jizadir. Undan hayot - yoki qovurilgan tuxum paydo bo’ladi!

Oq nur — yorug'ligi prizma orqali etti rangga aylanishi mumkin. Oq rang kamalakning barcha ranglarini o'z ichiga oladi va murakkab rangdir.

Uchburchak — uni uch tomoni va uchta burchagi bor, lekin baribir geometrik birlikga ega.

Matematika Uch Birlikni tasdiqlaydi. Agar jamlasak: bir qo’shuv bir, qo’shuv bir, keyin uchga ega bo’lamiz. Lekin, agar birni birga ko’paytirib, yana birga ko’paytirsak, bunda faqat birga ega bo’lamiz. Kim Otani, O'g'ilni va Muqaddas Ruhni Bir-Biri bilan yaqin deb hisoblasa, u kishi alohida Shaxslarni ko'radi va agar kim Ularni Bir-Birida deb hisoblasa, u faqat bitta Shaxsni ko’radi.

Xamir, bu Non pishirish uchun matematik vazifani tushuntiradi: un, tuz va suv bir-birining yonida bo’lganida hali non emas. Ammo agar ushbu masalliqlarni bir-biri bilan aralashtirib, xamir qorilsa va keyin pishirilsa, bitta non olinadi. Shunday qilib, Muqaddas Uch Birlikda, hech bir Shaxs mustaqil ravishda mavjud emas, lekin Hammasi Bir-Birida va Bir-Biri bilan birlikda yashaydi.

Bitta xushxabarchi Afrikadagi kulbasi somondan bo’lgan bo’lgan qishloqga tashrif buyurdi. Qozonda, ochiq olovda bir ayol oilasi uchun kechki ovqat tayyorladi. Mehmon unga qozon turgan uchta toshdan birini olib tashlashni taklif qildi. "Yo'q" deb ayol e'tiroz bildirdi. “Qarang, agar men bir toshni olib tashlasam, qozon to’ntariladi va barcha ichidagi narsalar olovga to’kiladi”- dedi xushxabarchi. “Uch Birliksiz siz ovqat pishira olmaysiz. Agar siz bir elementni olib tashlasangiz, butun hayotingiz halokatga uchraydi va olovga tushadi!” Shunday qilib, u o'zining atrofidan olib, oddiy so'zlar bilan unga Uch Birlikni tushuntirdi.

Kundalik hayotdan olingan bu ko'rsatmalar Uch Birlikning dalillari emas! Imonni isbotlab bo'lmaydi. Agar biz o’z imonimizni isbotlay olsak, bu endi imon emas. Shuning uchun, bu misollarning barchasi faqat izlovchiga ruhiy haqiqatni ko’rsatadigan va imonning aniq sirini ochib beradigan ko'rsatmalardir.

Barcha oldingi misollar, ba'zi tafsilotlar bir umumiy tushuncha ostida birlashtirilganligi bilan o'xshashdir. Rivojlanmagan tillar va madaniyatlar dialektik fikrlash bilan xos emas. Lekin Muqaddas Ruh yangi fikrlashga yordam berishi mumkin, bu tabiiy odam uchun ba'zan ahmaqona yoki mantiqsiz ko'rinadi. Biz osmonda Iso Otasi bilan bir taxtda o'tirganiga ishonamiz, lekin ayni paytda U qalbimizda yashaydi. Musulmon uchun bu aqlga sig'maydi: yoki U osmonda yoki yurakda, lekin bu yerdagina emas va bir vaqtning o’zida U yerda ham.

Biz inoyat orqali oqlangan gunohkorlarmiz, deymiz. Musulmon javob berishi mumkin: yoki sen gunohkorsan, yoki oqlangansan, lekin sen oqlangan gunohkor bo’la olmaysan! Muqaddas Ruh Isoning izdoshlariga ruhiy mantiqni o'rgatadi, buni musulmon oddiygina tushunolmaydi. Ularning ichki dunyosini o'ylash odatda ruhiy mantiqdan butunlay farq qiladi. Shuning uchun, biz guvohlik bilan sabr-toqatni o'rganishimiz kerak. Ilgari, ruhiy dalillar biz uchun begona va haqiqatga zid bo'lib tuyulardi. Musulmonlarni tarbiyalash uchun ibodat ham guvohlik kabi muhimdir.

Biz musulmonlar bilan bo'lgan suhbatlarimizda "Uch Birlik" yoki "Uchlik" so'zi Muqaddas Kitobda uchramasligini unutmasligimiz kerak! Shuning uchun biz Uchbirlik uchun emas, balki Xudoning Birligi uchun kurashishimiz kerak! Muqaddas Kitobning barcha kitoblarida Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh sifatida Xudoning mohiyati haqida hikoya qilinadi, huddi shunday Iso Muqaddas Ruhda Otasi bilan abadiy mavjudligiga urg'u beradi.

"Uchlik" iborasi ham ingliz va arab tillarida lingvistik xatodir. Shuningdek, Muqaddas Ktobda "Uch Birlik" so'zi ham yo'q! Masih va uning havoriylari Uch Birlikdagi Xudoni ochib berishdi. Ular hech qachon uchta turli Xudo haqida gapirishmagan. Uchta shaxsdagi yagona Xudo haqidagi ta'limot Muqaddas Kitobga asoslangan qutqaruvchi imonning asosidir.

6.09 -- Qur'onda Muqaddas Uch Birlikning ko'rsatmalari

Ko'pgina musulmonlar Muqaddas Kitobning ta'limotiga quloq solishga tayyor emaslar, chunki ular uni buzib ko’rsatilgan deb hisoblashadi. Mantiq va ilm-fan sohasidagi javoblar ko'pincha universitetlarda yuqori sinf o'quvchilari va universitet talabalar uchun qiziqarli. Musulmonlarning aksariyati Qur'on va islom an'analaridan o'z savollariga javob eshitishni istaydilar. Bunday jiddiy insonlar uchun Qur'onda Muqaddas Uch Birlikning ko'rsatmalarini izlash muhimdir.

Suhbatga kirish uchun Qur’ondan olingan parchadan foydalanish mumkin, chunki Qur'onning 60 foizi Mishna yoki Talmudning nusxalari orqali Muhammadga og'zaki etkazilgan Eski Ahd so'zlari va fikrlaridan iborat. Qur'on tarkibining sakkiz foizi Xushxabar kitoblaridan yoki masihiy mazhablarining afsonaviy rivoyatlaridan tasvirlangan voqealarni og'zaki bayon qilishdan tashkil topadi. Shunday qilib, biz yahudiy va masihiylarning arablashtirilgan va islomiylashtirilgan guvohliklarini Qur'ondan olish huquqiga egamiz, chunki ular Muqaddas Kitob manbalarida kelib chiqqan. Lekin ularni yana haqiqiy ruhiy mazmun bilan to'ldirilishi kerak. Qur'ondagi ko'plab oyatlar va tushunchalar arab tilida turli xil o'qish va talqin qilish imkonini beradi. Shuning uchun, ularga asl Kalomiy ma'noni qo’yish orqali ularni jonlantirish yaxshi.

Muqaddas Uch Birlik haqida gapiradigan bo'lsak, biz Qur'onda Uchbirlik Xudosining haqiqatini taxmin qilishga imkon beradigan besh guruh oyatlarni topamiz:

Maryamning o’glini homila bo’lishi
Anbiyo 21:91 va Tahrim 66:12 suralari Allohning so'zlari haqida gapirishadi:
“Biz O’z tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga pufladik!”

فَنَفَخْنَا فِيهَا مِنْ رُوحِنَا (سُورَةُ الأَنْبِيَاءِ 21 : 91

Bu orqali Masih Maryamda yaratilgan. Alloh ko'plikda gapiradi, bu ko'plik belgisidir. U shunday deydi: “Biz ozimizdan, bizning ruhimizdan unga pufladik!” Albatta, Alloh Maryam uchun farishta Jabroilga puflamadi, farishta Jabroil ham unga o’z ruhini puflamadi, lekin bundan ham ko’poq, bu yerda Alloh o’zining ruhini unga pufladi, deb yozilgan. Ushbu oyatlardan birining aniq ifodasi tasdiqlaydiki, Alloh o'z ruhidan to'g'ridan-to'g'ri Maryamga pufladi; ikkinchisi esa, u o’z ruhini uni qorniga puflaganini aytadi!

Qur'onning bu guvohliklari Allohdan biologik homilador bo’lish haqida musulmon noto’g’ri talqin qilishini butunlay yo'q qiladi. Bu yerda Allohning ruhi orqali Masihning tug'ilishi (homila bo’lishi) haqida gap boradi. Har uchalasi: Alloh, uning ruhi va Masih o’zlarini bir butunlikda namoyon qiladi!

Islom sharhlovchilari bu oyatlarni boshqacha tushuntirishga harakat qilishadi va Iso Maryamda Alloh ruhi va uning kalomi bilan yaratilganligini tasdiqlashadi. Lekin bu haqida bu oyatlarda to'liq yozilmagan! Ushbu noto’g’ri tushunchalar Iso Masihning ilohiyligini rad qilish uchun o'zboshimchalik bilan Qur'onda kiritilgan.

Alloh ruh orqali Masihga yordam beradi
Qur'onda, u o'zining ajoyib mo"jizalarini bajarishi uchun, Alloh Masihni "muqaddas ruh orqali" qo'llab-quvvatlagani haqida gapiradigan uchta oyat bor. Bu oyatlarga ko'ra, Masih ko'rlarni ko'zini ochdi, moxovlarni so'zi bilan davoladi va o'liklarni tiriltirdi (Moida surasi 5:110). Umuman olganda, Qur’on Islomga ko'ra, u o'zidan emas, balki har safar Alloh yuborgan ruh yordami bilan Masih bajargan o'nta mo"jizasini haqida xabar beradi. Bu yerda Alloh, uning ruhi va Masih ham birlikda birgalikda ishlaydi.

Biroq, musulmon sharhlovchilari ta'kidlashadi: Masih o'zidan hech qanday mo"jiza qila olmadi, shuning uchun Alloh uning ishlarini uchun uni mustahkamlashga Jabroilni yubordi. Ular Masihning kamtarligini tushunishmaydilar: “O‘g‘il O‘zidan–O‘zi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan ko‘rgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, O‘g‘il ham xuddi shularni qiladi” (Yuhanno 5:19-23). Agar, kimdir musulmondan: "Kim o'liklarni tiriltirishga qodir?"- deb so'rasa, u "faqat Alloh!” degan javobni oladi. Agar kimdir undan yana: “Siz bu bilan Masihni Alloh deb aytmoqchimisiz?”- deb so'rasa, keyin u g'azab bilan salbiy javob beradi! Biroq, Qur'onda Alloh, uning ruhi va Masih haqiqiy amaldagi birlikgini ifodalaydigan haqiqat bo’lib qolmoqda.

Masih-haqiqiy oyatullah
Qur'onda Masihning tug'ilishi haqidagi xushxabar Allohning Masih haqidagi maxsus xabarini o'z ichiga oladi:
“Biz u odamlar uchun oyat-mo‘‘jiza va O’z tomonimizdan bo‘lgan rahmat-marhamat qilurmiz” (Maryam surasi 5:21).

وَلِنَجْعَلَهُ آيَةً لِلنَّاسِ وَرَحْمَةً مِنَّا (سُورَةُ مَرْيَمَ 19 : 21)

Arabcha "mo’’jiza" so'zi oyatun kabi eshitiladi, agar uni Alloh so’zi bilan birga o'qisangiz, bu "oyatullah", ya'ni "Allohning noyob mo"jizasi" degan ma'noni anglatadi. Masih, bu Alloh odamlar uchun alomat sifatida qo'ygan yagona odam- oyatullahdir. Ibtido 1:27 va Yuhanno 14:9 oyatlaridagi ajoyib oyatlar Unda yaqqol ko'rindi.

Keyin Alloh, Masih "Bizdan" bo’lgan rahm-shafqat ekanligini aytadi. U o'zi haqida ko'plikda gapiradi. Bu Afrikadagi ko'plab Qur'on o'qituvchilarini maxsus fikrlashga undadi, chunki bitta suradan tashqari barcha suralar: "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan!" so'zlari bilan boshlanadi. Islomda haqiqatni izlovchilar quyidagicha xulosaga kelishdi: barchaga Mehribon (Rahmon) – Ota Xudo, Rahm qiluvchi (Rahim) - Muqaddas Ruh va Marhamat (al-Rahmat) - Maryam o’g’li Isoda nisbatan gavdalantirilgan. Uchchalasi ham teng mohiyatga ega.

Muhammad bu talqinga ehtiyotkorlik bilan qalampirni sepib yuborib, Allohga va hamda o'ziga shunday aytishi ruxsat berdi: “darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat qilib yubordik” (Anbiyo surasi 21:107).

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلاَّ رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ (سُورَةُ الأَنْبِيَاءِ 21 : 107)

Muhammadning hayotida Allohning marhamati nima edi? U diniy davlat uchun asos sifatida yangi qonun - shariatni berdi. Biroq, Allohning qonuni hech bir musulmonni qutqarmaydi, balki yaxshi ishlarda adolatlini talab qiladigan har bir kishini hukm qiladi. Iso O'z mo"jizalarida Allohning rahm-shafqatiga ishonch bilan ishora qildi: U kelganlarning barchasini davoladi, odamlarni o'liklardan tiriltirdi va bu dunyoga tinchlik ruhni olib keldi. Bu yerda Marhamatlining mathamati to’liq rahm-shafqat bilan dunyoga kelgani namoyon bo’lyapdi.

Masih - Allohning kalomi va Undan kelgan Ruh
Muhammad Yuhanno Xushxabarining guvohligidan foydalanib, Iso, bu tanada bo’lgan Xudoning Kalomi ekanligi haqida ko'p marta ishlatgan (Oli Imron surasi 3:39,45,64; Niso surasi 4:171; Maryam 19:34). Bu oyatlarda u Masihning kuchini Xudo Kalomining qudrati bilan tenglashtiradi. Qur'onning so'zlariga ko'ra, Masihda Xudo Kalomining ijodiy, shifo beruvchi, kechirimli, taskin beruvchi va yangilanadigan kuchi aniq harakat qilgan. Masih nafaqat Xudoning Kalomini etkazgan, balki ular uchun Shaxs bo'lgan. Qur'onga ko'ra, Masih gunohsiz qoldi, chunki Uning so'zlari va ishlari o'rtasida hech qanday farq yo'q edi. Unda Allohning irodasi va ruhi namoyon bo'ldi, shunday qilib, agar Allohning vahiysi ilohiy bo'lsa, unda Masih Allohning kalomi kabi ilohiy.

Qur'onda ko'p marotaba Masih oddiy tug'ilgan odam emasligi, balki inson bo'lgan Allohning ruhi haqida aytadi. Musulmonlarning aytishicha, Maryamning o'g'li inson bo'lgan yer yuzida yuruvchi ruh bo'lib, o'limidan keyin o’zining manbasiga, Allohga qaytib ketdi (Oli Imron3:49, 55; Niso 4:158,171; Anbiyo 21:91;Tahrim 66:12). Bunday tushunchalarga ega bo'lgan islom Muqaddas Uch Birlikning sirini tushunishga yaqin. Sharhlovchilar bu haqiqatni boshqacha talqin qilishga harakat qilishadi va Masihni Allohning so'zi bilan "yaratilgan" va ruhi bilan yaratilgan deb atashadi. Biroq, Qur'onda bu yozilmagan, bunday tushunish faqat uni o'qishga ataylab kiritilgan.

Qur'onda Uch Birlik haqida suhbat
Musulmonlarning kitobida Iso Masihning o'ziga xosligi haqida ajoyib ko'rsatmalar mavjud: Alloh Maryam o'g'lini o'limidan so’ng O'zining ulug'vorligida ko'tardi (Oli Imron surasi 3:55; Niso surasi 4:158). Qur'onga ko'ra, Masih bugun Alloh bilan yashaydi.

Bir suhbatda (Moida surasi 5:116-117), Alloh Masihdan, u odamlarga uni va uni onasini Allohning yonida ikkita xudo sifatida qabul qilish kerakligini o’rgatganmisan deb so’raydi. Bu muhim savolga Qur'onga ko’ra Masihning javobi aniq salbiy edi. Arab yarim orolidagi ba'zi masihiy mazhabi barcha jamoatlar tomonidan rad etilgan shubhali uch birlikni o'rgatdi. Ehtimol, Muhammad bu mazhab va u Uch Birlikning noto’g’ri tushunchasi haqida eshitgan bo'lishi mumkin. O'shandan beri musulmonlar, masihiylarni Alloh Maryam bilan yotib, undan o'g'il tug'gan deya ishonishadi deb o’ylashadi. Ular bunday kufrni haqli ravishda rad etadilar. Shuningdek, biz ham Muhammad bu bid'atni rad etganligi haq deb tasdiqlaymiz! Bunday Uch Birlik mavjud emas! Bu masala bo'yicha kelishuv musulmonlik va masihiylik o'rtasidagi keskinlikning qandaydir bir qismini olib tashlaydi! Biz ularga biologik emas, balki Xudodan, Uning Ruhidan va Uning So’zidan iborat ruhiy Uch Birlikda ishonishimizni tushuntirishimiz kerak (Yuhanno 1:1-14).

Alloh va Masih o'rtasidagi Qur'onda tasvirlangan ushbu muloqotning keyingi bosqichida, Masihga qarshi noto'g'ri tushunchalar bilan bir qatorda, ajoyib so'zlar paydo bo'ladi, Masih avval o’z shogirdlariga guvoh bo'lgani kabi, Masih yuksalishidan keyin, Alloh yetim shogirdlarga guvoh bo'lgan. Bu yerda Alloh va Masih bir xil unvon va ismga ega. Bu, yana Qur'ondagi Masihning ilohiyligini ta'kidlaydi!

Shubhasiz, Qur'on yordamida biz hech kimga xushxabar ayta olmaymiz. Musulmonlar kitobida hech qanday najot yo'q! Biz Qur'onning ilohiy ilhomiga ishonmaymiz. Lekin, biz bu sochilgan musulmonlar kitobidan va u yerdagi masihiy guvohliklarning parchalarini aniqlashimiz mumkin. Biz ularni olib, tozalaymiz va Xushxabarda kerakli joylarga mozayka kabi joylashtiramiz. Fundamentalistlar faqat Qur'ondan olingan so'zlardan boshqa hech qanday dalillarni eshitishni xohlamaydilar. Shuning uchun biz ularga o'z tillarida xushxabarni etkazamiz. Lekin, agar biz ularni aniq bilmasak, Qur'ondan matn parchalarni keltirmaslik yaxshiroqdir.

6.10 -- Masih izdoshlarining Muqaddas Uch Birlik haqida guvohligi

Havoriylar, o'z-o'ziga aniq bo'lgan narsa kabi, Muqaddas Uch Birlikning siri haqida gapirishdi.

Butrus yozadi: Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin! U bizga behad rahm– shafqat ko‘rsatib, yangi hayot berdi. Iso Masih o‘likdan tirilib, barhayot bo‘lgani uchun endi bizning umidimiz bor… (1 Butrus 1:3-10; 5:10).

Yuhanno yozadi: Xudo har birimizga O‘z Ruhini bergan. Shundan bilamizki, Xudo biz bilan va biz Xudo bilan birga yashamoqdamiz. Otamiz Xudo O‘z O‘g‘lini dunyoning Najotkori qilib yuborganini biz ko‘rdik va bu haqda guvohlik beryapmiz. Isoni Xudoning O‘g‘li deb tan olgan har bir odam Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga yashaydi (1 Yuhanno 4:13-16; 5:12,20).

Pavlus yozadi: U hamma insonlarning najot topishlarini va haqiqatni bilib olishlarini istaydi. Zero, hammamizga ma’lumki, Xudo yagonadir, Xudo bilan insonlar orasidagi Vositachi ham yagonadir. Bu Vositachi Iso Masihdir. U O‘zi inson edi. Va butun insoniyatni qutqarish uchun O‘z jonini fido qildi (1 Timo’tiy 2:4-6; 1Korinfliklarga 8:6; 2 Korinfliklarga 3:17-18).

Havoriylarning guvohliklari ilhomlantiradi. Bu bizning hayotimizdagi Muqaddas Uch Birlikning haqiqati haqida gapiradi.

Livandan bir cho’pon Fors ko'rfazida joylashgan Qatardagi o'g'linikiga tashrif buyurdi. U dasturhon atrofida hozir bo'lganlar bilan ibodat qildi, keyin bir musulmon mehmon unga yaqinlashdi va unda xudojo'y odamni ko'rganini aytdi va shuning uchun uni Allohning inoyatining to'liqligini olish uchun musulmon bo'lishni tavsiya qildi.

Cho’pon unga javob berdi: "Agar men ega bo’lganimdan ko'proq narsani taklif qila olsangiz, men sizning taklifingiz haqida o'ylab ko’raman!”

Musulmon savol bilan javob berdi: “Biz ega bo’lmagan qanday narsaga, siz ega bo’lgansiz?”

Cho’pon unga javob berdi: "Alloh mening Otam, U men haqimda g'amxo'rlik qiladi, meni biladi va meni sevadi. Masih - Xudoning Qo'zisidir, U barcha gunohlarimni olib, meni Xudo bilan yarashtirdi. Men endi hukmga bormayman va do'zaxga tushmayman, chunki U meni Xudo oldida solih qildi. Masih mening gunohkor yuragimni tozalaganidan beri Xudoning Ruhi menda yashaydi. Men samoviy Otam bilan to'g'ridan-to'g'ri ibodatim bilan gaplashaman va U menga bergan abadiy hayot uchun Unga rahmat aytaman. Men o'lmayman, biroq yashayman, Rabbim o'liklardan tirilgani kabi, tirilaman” (Yuhanno 11:25-26). Shundan qilib, cho’pon oddiy so'zlar bilan uning hayotida Muqaddas Uch Birlikning haqiqati haqida guvohlik berganidan keyin musulmon o’ylansirab chiqib ketdi.

Shu ma'noda biz musulmonlar orasida xizmat qilish uchun chaqirilgan barcha odamlarni qutlaymiz va Xudo sizni Muhammadning barcha izdoshlari bilan oqilona suhbatga yo'naltirishini so'raymiz.

Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Xudoning
mehr–muhabbati va Muqaddas Ruhning
hamrohligi hammangizga yor bo‘lsin!
(2 Korinfliklarga 13:13)

6.11 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Islom e’tiqodining (Shahad) birinchi yarmi nimani anglatadi?
  2. Muhammad Muqaddas Uch Birlikni qanday qilib rad etdi?
  3. Allohning o'g'li yo'qligini Qur'onda qancha ko’p o'qiymiz? 1 Yuhanno 2:18-25 vaziyatida bu rad etish qanday ko'rinadi?
  4. Nima uchun islomda Iso Xudoning O'g'li emas, balki Maryamning o'g'li deb ataladi?
  5. Nima uchun Qur'on Masih Allohning quli va unga bo'ysunadi deb da'vo qiladi?
  6. Nima uchun Islomda Muqaddas Ruh bo'lishi mumkin emas? Bu musulmonlarning ruhiy hayoti uchun nimani anglatadi?
  7. Nima uchun Qur'onda Allohni hech qachon Ota deb almashrib qabul qilish mumkin emas?
  8. Islomning Xudo haqidagi ta'limotida, nima yo'q?
  9. Muqaddas Kitobning birinchi uchta oyati Xudoning Uch Birligi haqida nima deydi? Bu oyatlar musulmonlar orasida bizning xizmatimiz uchun qanday ahamiyatga ega?
  10. Nima uchun Xudo Eski Ahdda ba'zan O'z haqida “Biz” (ya'ni, ko'plikda) deb aytadi? Ibronicha “Elohim" so'zi nimani anglatadi?
  11. Horunning duosini qanday tushuntirish mumkin (Sahroda 6:24-27) va Ishayo 6:3 dagi seraflarning jo’shqin hayqirishlari Uch Birlikdagi Xudoning e'tirofi sifatidami?
  12. Zabur 2:1–7 bizga Uch Birlik haqida nimani o’rgatadi?
  13. Nima uchun Ishayo 9:6 Uch Birlikdagi Xudoning birligi haqidagi noyob guvohlikdir?
  14. Nima uchun Zabur 109:1 har bir yahudiy va musulmonga chaqiriq beradi?
  15. Musulmonlar va yahudiylar uchun Eski Ahdning va'dalari qanday ahamiyatga ega?
  16. Isoning ismlaridan biri “Emmanuil” nimani anglatadi? Payg'ambarlarning qaerida bu haqda eslatilgan?
  17. Iordandagi Iso Masihning suvga cho'mishi Muqaddas Uch Birlikning noyob vahiysi bilan birga edi. Isoni suvga cho'mdirilishdagi Xudoning qisqa guvohligi musulmonlar uchun nimani anglatadi? Agar, Qodir Xudo O'g'illi bo’lish, Uhga ega bo'lishni xohlasa, Unga kim to'sqinlik qila oladi?
  18. Iso Nosiradagi ma’badda o'zining "Masih" degan unvonini qanday izohlagan? Qanday qilib bu vahiy Muqaddas Uch Birlik tushunchasini ta'kidlaydi?
  19. Siz Isoning qaysi buyuk topshirig'idan Muqaddas Uch Birlikga ishora topdingiz?
  20. Nima uchun Iso: "Men va Otam - ikkita" demadi? Nima uchun bizning suhbatlarimizdan musulmonlar tushunadiki, huddi biz ikki xil alohida Xudolar haqida gapiramiz?
  21. Yuhanno 14:9-11 Muqaddas Uch Birlik sirini nima deydi?
  22. Qanday qilib va nima uchun Muqaddas Ruh O'g'lini ulug'laydi va O'g'il ham har doim Otasini ulug'laydi?
  23. Yuhanno 14:23 da Iso Muqaddas Uch Birlik haqida nima deydi?
  24. Yuhanno 17:21-23 da Iso Uch Birlik to'g'risida qanday muhim tushunchani ochib berdi?
  25. Nima uchun Muqaddas Kitob Xudosi qachonki esga olinganda, "Uch Birlik" iborasi ingliz tilida lingvistik xatodir? Nima uchun "Uch Birlikdagi Xudo" iborasi Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning mohiyatini yaxshiroq tushuntiradi? Musulmonlar bilan suhbatlashganimizda nimaga urg’u berishimiz kerak?
  26. Qanday qilib quyosh, uning nurlari va issiqligi Xudoning Uch Birligini tasvirlaydi?
  27. Generator, elektr quvvati va isitgichlarda, shomolatgichlarda, sovutgichlarda yoki kompyuterlardagi uning harakati Xudo Uch Birligini qanday tasvirlaydi?
  28. Uch xil holatdagi suv, uch o'lchamdagi bo’shliq va ruh, jon va tanaga ega bo'lgan odam, ular uchtasi bittada jamuljamligidan misoldir. Ular Xudoning Uch Birligini qanday tasvirlaydilar?
  29. Ko'z, tuxum va uchburchak Uch Birlikni qanday qilib izohlaydi?
  30. 1+1+1 va 1*1*1 o’rtasidagi farq nimada? Un, suv va xamirturushdan tashkil topgan xamir qanday qilib non bo'ladi?
  31. Nima uchun kundalik hayotdan bu ko'rsatmalar Uch Birlikning "dalillari" emas? Nima uchun masihiylar dialektik fikrlash bilan ajralib turadi va qarama-qarshi ruhiy haqiqatlarni tushunish uchun musulmonlarga nima kerak?
  32. Muhammad, Maryamda bo'ladigan Masihni qanday tasavvur qildi? Musulmonlar bilan suhbatda bu fikr bizga qanday yordam bera oladi?
  33. "Masih Alloh ruhidan" qo'llab-quvvatlanishi, Alloh, uning ruhi va Masihning "faol birligini" qanday qilib izohlaydi?

Qur'on, Masih Oyatulloh sifatida Alloh tomonidan taqdim etilgan yagona shaxs ekanligini qanday tushuntiradi? Ushbu Qur'on oyati Afrikadagi ba'zi Qur'on o'qituvchilari, tinglovchilarni Muqaddas Uch Birlikning haqiqatiga olib chiqishida qanday yordam berdi?

  1. Qur'onning Masih “Allohdan kelgan so’z” yoki “uning so’zi” timsoli haqidagi ifodasi, musulmon bilan suhbatda bizga qanday yordam beradi?
  2. Qur'onning, Masih "Allohning mavjud ruhi" ekani haqidagi ifodasi, musulmonlarga Maryam o'g'lining abadiy va ilohiy mohiyatini tushuntirishga qanday yordam beradi?
  3. U osmonga ko'tarilganidan keyin, Qur’onda Alloh bilan Masih o'rtasidagi muloqot nimani o'z ichiga oladi? Qur'onda qanday uch birlik tushunchasi Muhammad rad etdi va bu yerda musulmonlar bilan qaerda kelishishimiz mumkin? Qanday qilib ushbu kelishuv biz uchun musulmonlarga "ruhiy" Uch Birlikni ko'rsatish imkoniyatini beradi?
  4. Muqaddas Uch Birlikni musulmonlarga tushuntirish uchun asosiy shart nima?
  5. Sizning fikringizcha, Masih havoriylarining qaysi guvohliklari Muqaddas Uch Birlikni eng yaxshi tarzda izohlaydi?
  6. Muqaddas Kitobdan Uch Birlik haqida aytilgan joylarni yozing.

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

Iso shunday dedi:
Egamizning Ruhi meni qamradi.
Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun
Egam meni tanladi.
Zindondagilarga erkin bo‘lasiz, deb aytmoq uchun,
Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun,
Asirlarni ozod qilmoq uchun,
Egamning marhamat yilini ma'lum etmoq uchun.
(Luqo 4:18-19a)

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)