Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 01. Conversation -- 7 The Cross
This page in: -- Arabic? -- Cabuano? -- Chinese -- English -- French -- German? -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Russian -- Somali -- Telugu -- UZBEK -- Yoruba

Previous booklet -- Next booklet

01. Musulmonlar bilan Masih xaqida suhbat

7 - Musulmonlarga to’siq tosh - xochni qanday tushuntirish kerak

Iso Masihning najotini musulmonlarga qanday yetkazib berish mumkin?

Musulmonning Masihiy bo'lishiga to'sqinlik qiladigan uchinchi va oxirgi asosiy to'siq bu ularning Masih haqiqatan ham o'ldirilmaganiga, balki u faqat xochga mixlanganga o'xshab ko'rinishiga ishonishidir. Ushbu qarama-qarshi e'tiqodga qaramay, qanday qilib xochga mixlangan Xudoning O'g'li to'g'risidagi xushxabarni musulmon bilan bo'lishish mumkin? Eski Ahd, Yangi Ahd, chuqur fikrlash, Qur'on va sizning shaxsiy guvohligingiz asosida buning iloji borligi haqidagi takliflarimizni o'qib bilib oling.



7.01 -- Musulmonlarga to’siq tosh - xochni qanday tushuntirish kerak

Iso Masihning najotini musulmonlarga qanday yetkazib berish mumkin?

7.02 -- Islom tomonidan Masihning gunohdan oqlovchi o'limini rad etilishi

Masih va ularga berilgan najod haqida musulmon bilan suhbatlashadigan har bir kishi, musulmonni xushmuomalalik bilan savollarga javob berishni to'xtatgan va jimgina jilmayib qo'yadigan bir vaqtga etib boradi. Agar siz undan shubhalanishi sababi haqida so'rasangiz, quyidagilarni eshitishingiz mumkin:

● Siz masihiylar xomxayol orqasidan quvmoqdasiz! Siz shunchaki adashyapsiz! (Fotiha surasi 1:7). Maryamning o'g'li o'ldirilmagan va xochda o'lmagan (Niso surasi 4:157), aksincha, Alloh Uni o'ziga oldi (Oli Imron surasi 3:55; Niso surasi 4:158). Iso hech qachon xochga mixlanmagan!

● Boshqa musulmonlar Allohning adolatli ekanini ta'kidlaydilar. Shuning uchun U begunoh Masihni xochdagi azobdan qutqardi. Uning o'rniga uning xoin Yahudoni xochga mixlanishiga ruxsat berdi (Niso surasi 4:157). Hatto bugungi kunda ham musulmonlar bunday tasdiqning haqiqatligiga ishonadilar.

● Nima uchun Qur'onda Masihning xochga mixlanishini rad etishining sababini tushunishga harakat qilgan har bir kishi, yolg'onning otasi tomonidan saqlangan uchinchi dalilni topadi: qur'onga ko'ra, hech kim Allohning oldidagi hukmda boshqa bir kishining gunohlarini o'z zimmasiga olishga haqli emas (An’om surasi 6:154; Isro surasi 17:15; Fotir surasi 35:18; Zumar surasi 39:3; Najm surasi 53:38), shunga ko’ra har bir kishi o’zi uchun Muqaddasdan kechirim so’rashi kerak. Shunday qilib, islomda har qanday o’rin oluvchi qurbonlikning imkoniyatini yo'q qilinadi.

● Masihning xochga mixlanishiga qarshi qur'onning to'rtinchi dalili quyidagicha: gunohni kechirish uchun Alloh ha vositachiga, na qonli qurbonliklarga, na qo'ziga yoki na o'rinbosarga muhtoj emas. U mustaqil; kimni xohlasa -kechiradi va kim xohlasa - yo'ldan ozdiradi (An’om surasi 6:39; Ra’d surasi 13:27; Ibrohim surasi 14:4; Nahl surasi 16:93; Fotir surasi 35:8; 74:31). Agar Alloh kimnidir yo'ldan ozdirsa, bu odamga hech kim yordam bera olmaydi (Niso surasi 4:88, 145; A’rof surasi 7:178, 186; Ra’d surasi 13:33; Isro surasi 17:97; Kahf surasi 18:7; Zumar surasi 39:23, 36; G’ofir surasi 40:33; Sho’ro surasi 42:44, 46).

● Isoning oqlovchi o'limi zarurligiga qarshi jahannam ixtiro qilingan barcha dalillarining beshinchi dalili, eng oddiydir. Ko'pgina musulmonlar o'z harakatlari bilan oqlanishga erishishlari uchun o’zlarini etarlicha yaxshi deb hisoblashadi. Ularning yaxshi ishlari yomon ishlarini ketkazishiga ishonishadilar (Hud surasi 11:114). Agar ular o'z (shariat) qonunlarining barcha vazifalarini va buyruqlarini bajarishsa, ular najot topishga umid qiladilar. Shuning uchun ular Najotkorga ham, Xochga ham muhtoj emasligiga ishonishadi. Bu islomiy e'tiqod yahudiy farziyligining bevosita merosidir.

● Musulmonlar orasidagi diniy adolat, har bir inson hali bachadonda bo'lganida, Alloh har bir insonning taqdirini oldindan belgilab qo'yganligini va Allohning qarorini o'zgartirish mumkin emasligini aytadi. Ular faqat u haqida samoviy kitobda yozilgan narsa inson hayotida sodir bo'lishiga ishonishadi. Ular kimdir xochga borishi va boshqalar uchun qurbon bo'lishi haqidagi muhtojlikni ko’rmaydilar.

● Aksariyat musulmonlar bu dalillarning mavjudligini bilishmaydi. Biroq, islom madaniyatida bu barcha dalillarni umumlashtiradigan va Masihning xochi barcha musulmonlar uchun taqiq ekanligi to'g'risida yozilmagan qonun mavjud. Ular, xoch - bu barcha siyosiy va diniy "salibchilar" uchun pana bo'lib, islomiy davlatlarning kuchini va madaniyatini yo’q qilish istagi deb hisoblashadi.

Najotkorimizning xochiga bo'lgan nafrat, faqat mantiq bilan engib bo'lmaydigan, ommaviy qullikda chuqur ildiz otgan. Masihning xochining haqiqatini yoki ahamiyatini aql-zakovat yo’li bilan isbotlash foydasiz. Biz ular haqiqatni tushunishlari va unga ishonishlari uchun ibodat qilishimiz kerak. Bu Masihga qarshi ruhni Iso nomi bilan quvib chiqarish va Xudoning sevgisi orqali yengish kerak!

Agar siz xochga mixlanishni rad etish va barcha murakkab buzilishlar va yolg'onlarga, shu jumladan Najotkor Isoga nisbatan ommaviy nafratga e'tibor qaratsangiz, musulmonlariga Masih najotini olib kelish imkoniyatidan umidsizlikka tushishi mumkin. Biroq, Eski Ahdning va'dalarida najodga ilohiy tayyorgarlik ko'rgan va Yangi Ahdda uning ijrosini ko'zdan qochirmaydigan, Masihning xochga mixlanishiga ishora qiluvchi dunyoviy manbalarni va Qur'onning qarama-qarshi oyatlarini hisobga olgan holda, xotirjam va to'liq ishonch ila havoriy Pavlus bilan birgalikda guvohlik berishi mumkin:

“Biz imonimiz tufayli oqlanganimiz uchun Rabbimiz Iso Masih orqali Xudo bilan yarashib, tinchlikka ega bo‘ldik” (Rimliklarga 5:1)

Bu beshta haqiqat manbalari musulmonlar tomonidan o’ylab topilgan yettita rad etishdan ko'ra kuchliroqdir. Keling, hatto islom dunyosi ustidan xochda g'alaba qozongan Masihning g'alabasini e'lon qilaylik.

7.03 -- Eski Ahdda yozilgan Qutqaruvchining gunohdan oqlovchi qurbonligi haqidagi va'dasi

Ko'pgina musulmonlar sodir bo'layotgan narsalarning oldindan belgilanishiga ishonadilar. Tavrot, Zabur va Payg'ambarlarga ko'ra, va'da qilingan Qutqaruvchi bizning o'rnimizga xochda o'lishi kerakligini isbotlay oladigan har bir kishi, shu bilan birga, ularga Masihning hayotida ushbu bashoratlarning aniq bajarilishini ko'rsatib berishi, musulmonlarga Isoni xochda o'lganiga ishonishlariga yordam beradi. Musulmonlarga taqdir bo'yicha yondashuvni topish uchun Eski Ahdning 333 va'dasini va ularning Yangi Ahddagi bajarilishini o'rganishimiz kerak. Isoning O'zi shaytonni va shogirdlarining shubhalarini bir necha bor: “Yozilganki!” so'zlar bilan mag'lub etdi (Matto 4:4; Luqo 18:31; 21:22; 24:46; Yahanno 5:46 va boshqalar).

Muso mis ilonni ko'taradi
Iso Tavrotga ishora qilib, yahudiylarning diniy sudining (oliy kengashning) xudojo’y a’zosi Nikodimga O’zining xochdagi o'limi zarurligini va maqsadini tushuntirdi: Muso sahroda bronza ilonni xodaga mahkamlab, qanday yuqoriga ko‘targan bo‘lsa, Inson O‘g‘li ham xuddi shunday yuqoriga ko‘tarilishi kerak. Shu tariqa imonga kelgan har bir kishi U orqali abadiy hayotga ega bo‘ladi (Yahanno 3:14-15).

Ushbu misol orqali Iso Musoning Xudoning amriga binoan yasagan va xodaga mixlangan mis ilon haqida gapirdi. Bu "yovuzlik ramzi" ga qarab, xalq orasida ilon chaqganlarning har biri bir zumda ilon zaxridan shifo topdi.

Nima uchun Iso O'zini barcha yovuzlikning markazi deb hisoblangan ilon bilan taqqoslagan (Ibtido 3:1-15)? Bizga bo’lgan sevgisi tugfayli, Iso hamma gunohkorlarning gunohlarini O'ziga olib, barcha yovuzlikni O'z zimmasiga oldi, shu bilan birga, Havoriy Pavlus Korinfliklarga maktubida yozganidek, U muqaddas bo'lib qoldi: Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun gunohsiz bo‘lgan Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi (2 Korinfliklarga 5:21).

Iso, yovuz shayton tamonidan adashib qolganlar uchun, ularning o’rniga qabul qilingan Uning o’limidan boshqa hech qanday imkoniyat yo’qligini ta’kidladi. Biz bilan o’rin almashishi kerak edi va U barcha gunohkorlarning gunohlari uchun xochda azob chekishni xohladi.

Iso - Fisih Qo'zisi
Bizning Rabbimiz, Xudo tomonidan berilgan Fisih Qo'zisi sifatida O'zini namoyon qilish uchun, O’z shogirdlari bilan birgalikda an'anaviy Fisih bayramlariga rioya qildi. U O'z izdoshlariga Fisihning va'dalari Uning yaqinda bo’ladigan o'limi orqali amalga oshishini tushuntirib, qutlug’ kechlikning ahamiyatini kengaytirdi (Matto 26:26).

● Shuningdek, birinchi Fisih qo'zisini so’yilganidan so’ng, Xudoning g'azabi va hukmi ulardan o'tib ketishi uchun uning qonini Misrdagi isroil qullarining barcha uylari kesakisiga surtilgan, xuddi shunday, o'zini va oilasini Masihning Qoni bilan himoya qilgan har bir kishi Xudoning g'azabidan va hukmidan qutqaradi. Musulmonlar bu sir haqida juda noaniq tasavvurga ega, chunki o'ldirilgan hayvonlarning qoni ularni himoya qilishi mumkinligiga ishonishadi (Chiqish 12:7, 13, 22-23; Havoriylar 16:31).

● Yoqubning bolalari qullikdan chiqib ketishlari, kuchga ega bo’lishlari uchun Fisih qo'zisining olovda qovurilgan go'shtini o'z oilalari bilan birgalikda uyda eyishlari kerak edi. Xuddi shunday, Iso Masih, haqiqiy Fisih Qo'zisi, Unga ergashuvchilarda qolishni, gunoh va shaytonning qulligidan qochish uchun ularga kuch berishni istaydi (Chiqish 12:3-6, 8-11, 43-48; Matto 26:26; Yuhanno 6:35, 48-59).

● Qon to'kilmasdan kechirim yo'q (Levilar 17:11; Ibroniylarga 9:22), abadiy Fisih Qo'zisi Isoning maqsadi, Uning Qoni orqali oqlanish uchun o'zini ochgan, Uning Qurbonligiga ishongan va Uning Qonining kuchi uchun minnatdor bo'lganlarning gunohlaridan to'liq poklanish bo'lib qoladi (Ibroniylarga 10:14).

● Iso ular uchun to’kilgan qonini, O’zini abadiy jamoat bilan bog’lagan Ahd Qoni (Ibtido 24:4-8; Matto 26:27-28) deb atadi. Imon bilan bu Ahd Qoni bilan muhrlangan har bir kishi muqaddas bo'lishi kerak, chunki Xudo O'zi muqaddasdir (Levilar 11:44). U Iso sevganidek sevishi kerak (Yuhanno 13:34) va Xudo uni kechirganidek, hammani kechirishi kerak (Matto 6:12, 14-15).

Biz musulmonlarga Rabbimizning Kechligi, bu Eski Ahddagi Fisih bayramining ijrosi ekanligini tushunishlari uchun yordam berishimiz kerak. Xudoning Qo'zisiga ishongan har bir kishi barcha gunohlaridan tozalanadi va u o’zida Isoning hayotini ko’rsata oladi.

Zaburdagi azob-uqubatlar
Zabur 21 bob - Masihning xochdagi azoblarini tasvirlab beradigan batafsil bashoratdir. Ushbu oyatlar Dovud tomonidan miloddan1000 yil avval yozilgan. Uning bashorati va ularning amalga oshishi, ba’zi ilohiy maqsad va Isoni xochga mixlanishi uchun albatta zarurligini ko’rsatadi.

Ushbu zaburda Masihning xochdagi azoblari haqida o'ndan ortiq bashoratlar mavjud. Agr har bir inson bu oyatlarni Isoning xochdagi o'limi bilan solishtirsa, Xudoning Qo'zisini tushunishga va ishonishga olib boradigan ipni topishi mumkin:

Zabur 21Matto 27Mark 15Luqo 23Yahanno 19
7: odamlar hazar qilgan, xalqlar nafratlangan.33, 41-442936-37-
8a: Meni ko‘rgan har kim ustimdan kular33, 41-442936-37-
8b: Meni haqoratlab, bosh chayqab derlar3929--
9: Egangga ishon, O‘zi qutqarib olar, Egang sendan mamnun bo‘lsa, U najot berar43---
12: Menga madad berguvchi biron kimsa yo‘q4230-3137-
16: Tilim tanglayimga yopishib qoldi,---28
17a: Badkirdorlar to‘dasi qurshab olgandir41-4331-32--
17b: Qo‘lu oyoqlarimni ilma–teshik qiladi-243319:18, 20:20
18: Dushmanlarim ko‘zlarini chaqchaytirib, Yeb qo‘ygudek bo‘ladi--35-
19a: Kiyimlarimni o‘zaro ular bo‘lishgan35243423
19b: Libosim uchun qur’a tashlashgan3524-24
2: Ey Xudoyim! Nega meni tark etding?4631--

Ushbu Eski Ahddagi Rabbimiz Iso Masihning xochdagi o'limi haqidagi bashoratlarini o'rgangan har bir kishi quyidagilarni tushunadi:
● O'z xalqi Uni tan olmagan, aksincha nafratlanib va masxara qilganda, Isoning mehribon va nozik ruhi qanchalar azob chekdi! Yaqin Sharqda nafrat ko'pincha o'limdan ko'ra yomonroq deb hisoblanadi!

● O’lim azobida Uning tanasi og’riqdan parcha-parcha bo’lib ketgudek azoblandi, lekin U nola qilmadi.

● Xudo - Uning Otasi bizning gunohlarimiz tufayli Uni tark etganida, Uning Ruhi qanchalik qattiq azob chekdi! Biz Uning faryodini tushuna olmaymiz: “Ey Xudoyim! Nega meni tark etding?” (Zabur 21:2).

Xudo, O’zining yagona sevimli O'g'lini haqiqatdan ham tark etgani, ba'zi sharhlovchilar uchun aqlga sig’maydigandek ko'rinadi! Biroq, Iso yolg'on gapirmadi. U: “Meni tark etding!”- dedi.

Inson mantiqi norozilik bildiradi: agarda Xudo Uni tark etgan bo'lsa, bu Iso gunoh qilganining belgisi bo'lishi mumkin!

Muqaddas Kitob e'tiroz bildiradi: Gunohsiz bizning gunohlarimizni oldi. Butun dunyon gunohi og'ir yuk bo’lib Uning elkasiga tushdi. Xudo bizning gunohlarimiz tufayli Uni tark etdi.

Ba'zilar murosaga kelishga harakat qilib, Ota shunchaki O'g'lidan O’zining yuzini berkitib, bizning gunohlarimiz tufayli Unga hakam sifatida ko'ringan deyishadi.

Biroq, Muqaddas Kitob aytadi: U haqiqatdan ham Uni tark etdi! Muqaddas Uch Birlikning birligi buzildi. Bu esa jahannamni anglatadi! Bu esa oxirning boshlanishi va zulmatga yo'l. Matto va Mark Isoni xochdagi aytgan yettita so'zlaridan faqatgina bu so’zni bekorga eslatmadilar. Bu faryod jamoat uchun qoqintiradigan tosh bo'lib qolmoqda. Biroq, Isoning boshqa so'zlaridan ko’ra bu so'z ko'proq bizning najotimizni amalga oshganini ko’rsatadi.

Dastlab Iso e’tirof etdi: “Mening Xudoyim! Mening Xudoyim!” Yoqub Yavoq daryosida Xudo bilan jang qildi va Xudo uni tark etishni xohladi. Lekin Yoqub aybdor bo'lsa-da, Xudoni qo’yib yubormadi. U shunday dedi: «Meni duo qilmasang, ketkizmayman». Yoqub o'zining imoni bilan Xudo-hakamni yengib, Uning marhamatini oldi (Ibtido 32:23-32). Bundan ham yuqori darajadagi Iso Xudo-Hakamni qo’yib yubormadi. Otasi allaqachon Uni tark etgan bo'lsa-da, U O’z Otasini ushlab turardi. Lekin Unga ishonib, U Uni qo'yib yubormadi. Ibodatda U shunday deb hayqirdi: “Mening Xudoyim! Men Seni endi boshqa ko’rmasam ham, Sen mening Xudoyim bo'lib qolasan. Sen Mening izdoshlarimni qutqarmaguningcha Men Seni qo'yib yubormayman!” O'g'il O’z Otasining sevgisiga va sodiqligiga bo'lgan ishonchi orqali Xudo-Hakamni yengib chiqdi. Uning ishi – dunyoni engib chiqgan g'alabasidir (1 Yuhanno 5:4). Uning Qurbonligi bilan biz najotga ega bo’ldik! (Yuhanno 16:33).

Qudratli Xudo bilan kurashganidan so'ng, Yoqub yangi: Isroil! degan nomni oldi. Bu ism shuni bildiradi: u Xudo bilan olishdi va g'alaba qozondi. Iso – haqiqiy va asl Isroildir! U insoniyatni qutqarish uchun Xudo bilan olishdi va O’zining itoatkorligi bilan g'alaba qozondi! Otasi Undan uzoqda bo’lganida, tushkunlikka tushganda ham, U O’z Otasini mahkam ushlagan. Endi Otasini boshqa ko’rmayot bo’lsa ham U O’z o'limi vaqtida ibodat qildi: “Ota! Ruhimni Sening qo‘llaringga topshiryapman!” (Luqo 23:46).

Agar Eski Ahdning bu va'dalari haqida o'ylayotgan bo'lsangiz va Yangi Ahdda ularning bajarilishini ko'rish, Eski Ahd allaqachon Yangisini o’z ichiga olganini tushunishingiz mumkin.

Xudoning azob chekadigan quli
Ehtimol, Eski Ahddaning eng muhim va'dasi, Isoning o’rin oluvchi o'limi bilan bog'liq bo’lgan oqlovchi payg'ambar – bu Ishayoda ochib berilgan. Ushbu kitobning barcha o'quvchilariga ushbu vahiyning noyob matnini yoddan o'rganishlarini maslahat beramiz. Undan siz o’z joningiz uchun buyuk kuch va cheksiz tassali olasiz, shuningdek, hamda Islom tomonidan xochni rad etishiga qarshi to'la-to’kis javob topasiz:

Ha, dardlarimizni U O‘ziga oldi,
Og‘riqlarimizni U O‘z zimmasiga oldi.
Biz esa o‘yladik: “Uni Xudo urgan,
Alamdiyda, jabrlangan U!”
U esa bizning gunohlarimizni deb yarador bo‘ldi,
Bizning ayblarimiz tufayli ezildi.
Bizga tinchlik keltiradigan jazo Unga tushdi,
Uning yaralari bizga shifo berdi.
Hammamiz qo‘ylarday yo‘ldan adashdik,
Hammamiz o‘z yo‘limizdan ketdik.
Hammamizning ayblarimizni Egamiz Uning zimmasiga yukladi.

(Ishayo 53:4-6)

Bu uchta oyat butun bobning mag’zidir. Kasablanka shahridagi bir musulmon talabadan bu yozuvni o’z hamrohlariga o'qib berishni iltimos qilishdi, keyin ularga bu so'zlarda gapiradigan kishi haqida u nima deb o'ylashini, so'rashdi. Bir oz o'ylab, u javob berdi: “Agar bu hikoya haqiqat bo'lsa, ehtimol, u kishida buyuk sevgi bo’lgan!” Yosh musulmon Xushxabarning sirini angladi!

Nima uchun bu musulmon Isoning azob-uqubatlari va o'limining bu aniq ta'rifini rad etmadi? Buning sababi shundaki, u "xoch" va "Xudoning O'g'li" degan so'zlari bilan to’qnashmadi! Ular ushbu matnda yo'q. Shuning uchun u aslida xochda nima bo'lganini tushuna oldi. Ishayo 53 da, gunohkor odamlar o'rniga Xudoning hukmida azob chekgan va o’lgan Xudoning quli haqida gapiradi. Filippiliklarga 2:7 da ushbu guvohlikni, O'zini hamma uchun xizmatkor deb atagan Isoning so'zlari orqali tasdiqlaydi (Matto 10:28; 2 Korinfliklarga 8:9; Ibroniylarga 2:14, 17).

Ishayo 53 bob bizga va barcha musulmonlarga nima aytishi mumkin?
Iso bo’ysundi va bizning kasalliklarimizni, yovuzliklarimizni, gunohlarimizni, jinoyatlarimizni, xudbinligimizni O’ziga oldi va Xudoning hukmi oldida biz uchun belgilangan jazo uchun bardosh berdi. Xudoning O'zi bizning barcha gunohlarimizni Unga yukladi. Bizning bu gunohlarimiz uchun U kaltaklangan, azoblangan, yaralangan va oxir-oqibat qaqshatqich zarba berilgan va o'ldirilgan.

Buning evaziga U bizga Xudo bilan tinchlikni va bizning yaralarimizga shifoni berdi, chunki U ularni O’ziga olgan edi. Uning fidokorligi biz uchun amalga oshdi, u kafolatlangan va abadiy kuchda qoladi. Azoblangan Xudoning Qo'zisi ko'plagan avlodlarga ega bo'ladi va U Xudoning najot rejasini amalga oshiradi - shuningdek, musulmonlar va yahudiylar orasida ham. U ularning ko'plarini gunohlaridan qutqaradi va hatto eng kuchlilarini ham yengib chiqishiga qodir.

Agar siz Ishayoning barcha 53 bobini, birinchidan to o'n ikkinchi oyatlarni yodlab olsangiz, demak islomga qarshi kuchli qurolga ega bo'lasiz! Ushbu matn keng tarqatish, plakatlarda grafik jihatdan tasvirlab (xochsiz va "Xudoning O'g'li" so'zlarisiz) chop etish va h. k kerak. Shunday qilib, u Islomda Masihning xochga mixlanishining chuqur ildiz otgan rad etishini ichkaridan mag'lub qila oladi.

Eski Ahdning Masihning xochga mixlanishi haqida gapiradigan boshqa oyatlari
Tavrot, Zabur va bashoratli kitoblarda Isoning o'limi haqidagi boshqa va'dalar va bashoratlarni izlashda, bir nechta oyatlarni topishingiz va ularni Yangi Ahdda amalga oshganini ko’rishingiz mumkin.

Xudo Odam Ato va Momo Havoning yalang'ochligini yopish uchun jannatdagi hayvonlarning qonini to'kdi (Ibtido 3:21).

Momo Havoning O’g’li yalang oyog'i bilan ilonning boshini ezadi, ilon bo’lsa uni chaqadi (Ibtido 3:15, Vahiy 12:4, 5, 15-17).

Daraxtga osilgan har bir kishi Xudoning la'nati ostida! (Qonunlar 21:22, 23; Havoriylar 5:30).

Ular Unga sirka ichirdilar (Zabur 68:22; Matto 27:33-34; Yuhanno 19:29).

Men Ruhimni Sening qo’llaringga topshiryapman (Zabur 30:6; Luqo 23:46).

Ma'baddagi parda yirtilib ketdi (Chiqish 26:31-33; Matto 27:51).

Uning suyaklarining hech biri sinmagan (Chiqish 12:46; Yuhanno 19:33-34).

Ular Menga, Usha, nayza sanchilgan Odamga qarashdi (Zakariyo 12:10; Yuhanno 19:37; Vahiy 1:7).

Eski Ahddagi o'ttiz kumush tanga
So’nggi bashoratli kitobdan avvalgi kitobda, o’zining Rabbiysiga xiyonat qilganida Yahudoga to'langan o'ttizta kumush tanga haqida, mahsus eslatma bor (Matto 26:14-16).

Keyin men ularga shunday dedim: — Agar sizlar ish haqimni berishni lozim ko‘rsangiz beringlar, bo‘lmasa bermay qo‘yaveringlar. Shunda ular menga bor–yo‘g‘i o‘ttiz kumush tanga berdilar. Shundan keyin Egamiz menga: — Bu kumushni kulolga bergin, — dedi. Meni baholab, berilgan bu arzimas kumush tangalarni olib, Egamiz uyidagi kulolga berdim. (Zakariyo 11:12-13).

Bu oyatda Ahdning Xudosi, Egamiz shunday deydi: “O'ttiz kumush tangalar - bu ular Meni qanday baholashgan narx!” Iso Egamizmi? Ahd Xudosi Iso Masihda inson bo'ldimi?! (Ishayo 40:3-5; 60:1-2; Luqo 2:11 va boshqalar). O’ttiz kumush tangalar uchun Yahudoning Unga qilgan xiyonati, bu sodir bo’lishidan ancha oldin Zakariyoga ochilgan edi!

Eski Ahdning matnlarida va Yangi Ahdning tegishli oyatlarida Isoning xochdagi o'limi haqida guvohlik beruvchi abadiy haqiqat yashiringan. Haqiqatni bilishni istagan har bir kishi buni tushunishi mumkin. Muqaddas Kitobning oxirgi kitobidagi maxsus chaqiriq ham musulmonlar va yahudiylarga qaratilgan: “Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin!” (Vahiy 2:7 va boshqalar).

7.04 -- Yangi Ahdda Iso Masihni xochga mixlanishi

Afsuski, ko'plab musulmonlar Masihning azob-uqubatlari va Uning xochdagi o'limi haqidagi rivoyatlarni tarixiy haqiqat uchun qabul qilishdan qo’rqishadi. Ular o’ylanib, jilmayib qo’yadilar: bechora masihiylar! Ularda bizga nisbatan yaxshi niyat bor, lekin ular o'z tasavvurlari va o'z xom xayollari sahrosida yo'qolgan. Bitta Xudo o'rniga ular uchtta ko'rishadi va go’yoki ulardan biri xochga mixlanganini tasavvur qilishadi! Aksariyat musulmonlar Masihni xochga mixlanmaganligiga ishonishadi.

Biroq, hamma musulmonlar ham bunchalik tuban o’ylaymaydilar. Ba'zilar Isoning xochga mixlanishi haqidagi hikoyani tinglashga yoki ko'rishga tayyorlar. Ikki musulmon bir marta "Kampus Kruseyd" kompaniyasi tomonidan suratga olingan Isoning hayoti haqidagi filmni tomosha qildilar. Keyinroq, biri boshqasiga aytdi: "Nima uchun bizning shayxlarimiz Masih xochga mixlanmagan deb da'vo qiladilar? Men o'z ko'zilarim bilan Uni qanday qilib o’lguncha xochda osilib turganini ko'rdim!» Har qanday imkoniyatdan foydalanib, biz Masihning xochga mixlanishi haqidagi to'rtta hikoyadan birini ko'rsatadigan sahifalarni ochishimiz kerak va u o'zining baland ovozi bilan o'qib va bu so'zlar orqali Iso bilan uchrashishi uchun bu kitobni qiziqqan musulmonning qo'liga topshirishimiz kerak.

Iso O'zi haqida gapiradi:
Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan (Matto 18:11; 20:28; 26:63-64). To'rt Xushxabarda 80 marta Iso O'zini "Inson O'g'li" deb ataydi. Garchi U bu nom ostida dunyoning Xudosi va Hakami sifatida paydo bo'lgan bo'lsa-da, Doniyor 7:13-14 ga ko’ra, bir vaqtning o’zida, U O’zini kamtar xizmatkor timsoli sufatida ta'kidlaydi. Shunday qilib, U barcha madaniyatlarning standartlarini tubdan o'zgartirdi: birinchi o'zini oxirgi deb hisoblashi kerak, oxirgisiga esa birinchi bo'lishiga va'da qilingan. Eng katta egilib, eng kichik bo'ladi, jabrlanganni esa Xudoning sevgisi yuksaltiradi (Matto 20:26-27; 23:11-12; Mark 9:35; 10:44; Luqo 22:26-27).

Isoga ergashadigan har bir kishi xo’jayin emas, balki xizmatkor bo'ladi! Bu islomiy fikrlashga mutlaqo zid bo'lgan yangi fikrning yo'nalishidir. Bizning Xudoyimiz kamtar Xudo, lekin Alloh mag'rur (Hashr 59:23). Islomning yo’li doimo o'zini yuksaltiradi, Masih va Uning izdoshlarining yo’li doimo o'zini kamtar tutadi. Masihning xochi bizning fikrimizni o'zgartirishni talab qiladi, aks holda u biz uchun qoqinadigan tosh bo'ladi. Islomdagi terrorist o'z mamlakatini ozod qilish uchun o'z hayotini qurbon qilishga tayyor, ko'pincha o'zini "qutqaruvchi" (fida’i) deb ataydi. Masih - Xudo hukmidan, gunoh hukumronligidan, shaytonning hiyla – nayranglaridan va abadiy o'limdan Uni orqasidan ketayotganlarning hammasini ozodligi uchun O'z hayotini qurbon qilgan haqiqiy Qutqaruvchidir (faadi). Iso bizni ushlab turgan barcha yovuz kuchlardan bizning ozodligimizni sotib oldi. U, nafratning xizmatkori va shaytonning quli bo’lganlarning Qutqaruvchisidir. Masihning sevgisi va kamtarligi –Uning xochdagi o'limini tushunishning kalitidir.

Masihning azoblariga bo’lgan mutlaqo ehtiyoj
Xochda qarshi tanqidni aks ettiruvchi Xushxabarning ba'zi qismlari, shubha bilan yurgan musulmonlarga yordam berishi mumkin!

Butrusning (Matto 16:16) qat'iy guvohligidan so'ng, Iso O’z shogirdlari nomidan so'zga chiqganga hurmat bildirdi, lekin hukmronlik qilayotgan Qutqaruvchi haqidagi uning fikrini, aslida Xudoning azob chekuvchi quli tushunchaga olib kelishni xohladi, U Quddusga borishi, u yerda azob chekishi va o'lishi, so’ng uchinchi kuni tirilishi kerakligini unga ochib berdi (Matto 16:21).

Biroq, Butrus dahshatga tushdi. U Isoni tushkunlikka tushgan deb o'yladi va Unga dalda berishga qaror qildi: “Hazratim! Boshingizga aslo bunday kunlar kelmasin! (Matto 16:22). Iso unga qat’iy ravishda qaradi va javob berdi: “Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! — dedi. — Meni yo‘ldan urma! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini o‘ylayapsan” (Matto 16:23).

Qanday qilib bunday keskin o'zgarish Isoning Uning shogirdlari etakchisi bilan bo'lgan suhbatida yuz berishi mumkin? Butrus Isoning xochga mixlanishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilgan edi – asl maqsad, U shu uchun inson bo'ldi. Iso darhol yahshi niyatlarga to’lgan havoriyning so’zlaridan shaytonning ovozini ajiratdi, shayton u yerda butunlay mag’lubiyatga uchragan, Xudo O’g’lining xochidan ko’proq nafratlanadigan boshqa hech narsa yo’q.

Xuddi shu ayblov so'zlarini, Maryamning o'g'lini xochga mixlanishidan saqlab qolish uchun Allohga hamma narsani qilishga ruxsat berishga tayyor bo'lgan Muhammadga ham aytilishi mumkin.

Iso O’z shogirdlariga Uning kelishining sababi, muqarrar azoblarga duchor bo'lish va o'limni qabul qilish kerakligi haqida uch marta tushuntirdi (Matto 16:21; 17:22-23; 20:17-18). “Mana, biz Quddusga ketyapmiz. U yerda Inson O‘g‘li bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo‘liga tutib beriladi. Ular Inson O‘g‘lini o‘limga mahkum qiladilar. So‘ng g‘ayriyahudiylarga topshiradilar. G‘ayriyahudiylar Uni haqoratlaydilar, qamchilaydilar va xochga mixlaydilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi” (Matto 20:18-19)!

Iso Quddusga qanchalar yaqinlashgan sari, O’zining azoblanishi va o'limning, shu jumladan tirilishining barcha tafsilotlarini tushundi. U payg'ambardan ham buyuk bo’lgan. U tanadagi Xudoning Kalomi edi. U, Unga doimo barcha kelajakdagi voqealarni aniq ochib bergan, Samoviy Otasi bilan doimo aloqada bo'lib turardi.

Oddiy fikrlaydigan odam: “Agar Iso hamma bu narsani bilgan bo’lsa, nima uchun U chet elga qochib ketmadi, Muhammad Makkadan Madinaga ko’chgandek, ko'chib ketmadi? Nima uchun Iso yashirinmadi va qiyofasini o’zgartirmadi?”- deb e'tiroz bildirishi mumkin. Uni ilohiy ehtiyoj harakatlantirgan! Uning najot beruvchi o'limisiz insoniyat najodsiz qolishini U bilardi. U o'limigacha O’zining Samoviy Otasining irodasiga bo'ysundi! Musulmonlar uchun bu ilohiy iroda g'alati va yoqimsiz bo'lib tuyuladi!

Iso Getsemaniyada
Quddus devorlari ostidagi zaytun bog'ida ibodat qilib, Iso yaqinlashib kelayotgan o'limi uchun achchiq-achchiq yig'ladi va chuqur qayg'uga tushdi. Uning shogirdlari uxlab qoldilar va o’z ibodatlari bilan Unga yordam bera olmadilar. Biroq, U ibodat qildi: “Ey Otam, agar iloji bo‘lsa, bu azob kosasi Meni chetlab o‘tsin. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin” (Matto 26:39).

Inson–Iso Uning o'limida amalga oshishi kerak bo'lgan Xudoning hukmi haqidagi fikrdan titrab ketdi. Lekin Unda Xudoning O'g'li tanasining irodasini yengib, kamtarlik bilan Uni sevgan Zotning irodasiga bo'ysundi. Isoning xochi ko’ngil ochish sayli yoki o'yin-kulgi emas, balki jannat va do'zax o'rtasidagi jang edi. Iso O’z Otasining cheksiz irodasini qabul qilib, ikkinchi va uchinchi marta ibodat qildi: “Ey Otam! Agar bu azob kosasidan qutulishimning iloji bo‘lmasa, mayli, Men o‘sha kosadan ichaman. Sening xohishing bajo bo‘lsin” (Matto 26:42).

Isoning bu ibodatli kurashi "haqiqiy Islom" ni, ya'ni to'liq bo'ysunishni aniq ko’rsatdi. Hech kim Uni Otasining irodasiga bo’ysunishi uchun majburlamadi; Uni Otasining mukammal ruhiy etakchiligiga bo’lgan mustahkam sevgisi va ishonchi etakladi.

Shogirdlarning layoqatsizligi va Isoning sabr-toqati
Shogirdlar dunyoning eng yaxshi Muqaddas Kitob maktabidagi eng zo’r o'qituvchi ishtirokida, amaliy tayyorgarlik bilan ta’lim olishdi. Imtihon vaqti kelganida, Isoning hibsga olinishi vaqtida, ularning barchasi bu oxirgi imtihondan o’ta olishmadi. Ular tun zulmatida yashirinishdi! Butrus qilichi bilan oliy ruhoniyning qulining qulog'ini kesib tashladi va o’z Xo'jayini va Rabbiydan voz kechib, qasam ichdi (Matto 26:56, 69-75).

Iso qanday javob berdi? Qanday qilib U O’z sevganlarining xatosini tuzatdi? Xochga osilgan holda, U ular uchun ibodat qildi: “Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar” (Luqo 23:34). U dunyoni qutqarishni yolg'iz bajardi va nihoyat, azob-uqubatlarda, U xitob qilib: “Amalga oshdi!” - dedi. (Yuhanno 19:30).

O'sha paytda U qochib ketgan O’z shogirdlariga ham, hali ular bilmagan oqlanishni olib keldi. O’z o'limi bilan U butun dunyoni, shu jumladan yahudiylarni va musulmonlarni qutqardi. Iso musulmonlar yoki yahudiylar uchun yana o'lishga hojat yo'q! U hammani, shu jumladan Uni yomon ko'rganlarni ham sevgan va sevadi. U ularni kutmoqda.

"Yahudiylarning Shohi" haqiqatan ham vafot etganiga ishonch hosil qilishni istagan mas'ul rimlik askari, Uning qovurg'alarini nayza bilan teshdi, Isoni yuragiga urdi. Bu zarba Uni o'ldirish uchun etarli bo'ladi. Biroq, xochdagi azob allaqachon o'z maqsadiga erishdi. Nayza zarbasi faqat Isoning haqiqiy o'limining isboti bo'lib xizmat qildi. Qanday qilib Muhammad gapirish mumkin: “Ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun o‘xshatib qo‘yildi, xolos” (Niso 4:157)?

Iso o'liklardan tirilganida va O’zning ruhiy tanasida qo’rquvdan devor orqasiga yashiringan va qochib ketgan shogirdlarga ko’ringanida, U qochib ketganliklari uchun ularni koyimadi, balki: “Sizlarga tinchlik bo'lsin!” - deb salomlashdi (Yuhanno 20:19). Ular Uni tanimaganliklari uchun, U ularga teshilgan qo'llari va oyoqlaridagi yaralarni, shuningdek, biqinidagi yarani ko'rsatdi (Yuhanno 20:20). Shundan keyin ular endi tirik va ular orasida turgan, xochga mixlangan va dafn etilgan Isoni ko'rdilar!

Shundan keyin tirilgan Rabbiy yana Eski Ahddagi najot rejasi haqida ularga ta'lim bera boshladi. 40 kun davomida U Tavrot, Zabur va Payg'ambarlar kitoblaridan Masih O’z shon-shuhratiga kirish uchun azob chekishi kerakligi haqida aytilganlaridan keltirib berdi (Luqo 24:26:27). U Muqaddas Bitikni tushunish uchun ularning ongini ochdi va ularni ishontirdi: “Masih azob chekishi va uchinchi kuni o‘likdan tirilishi kerak, deb yozilgan.” (Luqo 24:46)

Isoning O'zi bizni musulmonlarga xizmat qilishning to'g'ri usuliga yo'naltiradi. Qachonki musulmon izlovchilar bir muncha vaqt qiziqish bildirgandan keyin ham, Iso haqidagi xabarni tushunmaydilar va Isoning birinchi shogirdlari singari Undan qochib ketishadi, shunday bo’lsa, bizning vazifamiz ularni qayta yug’ish va Iso shogirdlari bilan bo’lganidek, ular bilan Muqaddas Kitob darslarini qayta boshlashdan iboratdir!

Buyuk o’zgarish
Iso O'z havoriylarini xochda qurbon bo'lgan o'limi asosida Muqaddas Ruh bilan moylanishga tayyorlaganidan so’ng, shogirdlari Undan so'rashdi: "Rabbiy, Sen Masih kabi Xudoning Shohligini tiklaydigan vaqt emasmi?” Ularning maqsadi hali ham diniy-siyosiy shohlik edi! Ular Isoning ruhiy Shohligi haqidagi ta'limotlarini tushunmadilar. Tirilgan Rabbiyning o’zi tomonidan 40 kunlik maxsus ta’limdan so'ng ular yana imtihondan o'ta olishmadi. Ular hali ham dunyoviy fikrlashar edi. Biroq, ular Muqaddas Ruh kuchini qabul qilganlaridan so'ng, ularning dunyo qarashlari va va'zlari tubdan o'zgardi. Ular haqiqatni sevgi bilan etkazish uchun jasorat topdilar. Dahshatli olomonning oldiga kelib, jasorat bilan Rim askarlari-bosqinchilari Isoni, ularning Masihini xochga mixlaganlikda ularni aybdor deb atadilar (Havoriylar 2:23).

Hayratga tushgan yahudiy olomonni ularga nima deb javob berdi? - Hech narsa! Birorta ham so'z aytmadilar! Olomondan hech biri: “Jim bo’linglar! Ovozingizni o’chiring! Biz Uni o'ldirmadik, Uni xochga mixlamadik!”- deb qichqirmadi. Hamma jim edi. Yahudiylarning sukuti Isoning xochga mixlanishining tarixiy haqiqatining isbotidir. Agar ular bu xochda mixlanishdagi ayblarini rad etish uchun ozgina imkoniyatga ega bo'lsalar, ular birgalikda va baland ovoz bilan norozilik bildirishardi. Yo'q, hamma javoban jim qoldi. Axir ularning o'zlari: “Uni xochga mixlang, xochga mixlang!”- deb qichqirishdi (Matto 27:22-26; Yuhanno 19:15).

Butrus va Havoriylar tavba qilish chaqirig'ini bir necha bor takrorladilar va ma’badda cho’loq shifo topganidan keyin, ular xalq oldida, shuningdek, Oliy Kengash oldida Masihni xochga mixlanishning inkor etmaydigan haqiqati to'g'risida guvohlik berdilar.

Oliy ruhoniylar va qonun o’qituvchilarining hech biri ularning guvohliklarini inkor eta olmadilar, chunki ularning barchasi faol guvohlar sifatida turib, Isoning xochga mixlanishida ishtirok etdilar (Havoriylar 2:36; 3:13-15; 4:10’ 5:30; 7:52 va boshqalar).

Havoriylar kitobining ushbu yetti oyatidagi havoriylar guvohligining natijalarini tushunadigan va biladigan har bir kishi, yahudiylar bu so'zlar bilan qanchalik hayratda qolganlar, ular unda Isoning xochga mixlanishining aniq isbotini topadilar. Musulmonlar, agar haqiqatdan U aybdor bo'lmasa, hech kim oz’ini qotil deb atashlariga yo'l qo'ymasligini tushunadilar! Shunday qilib, bu yetti oyat Masihning xochga mixlanishi haqiqatini isbotlaydi.

Bundan tashqari, Havoriylarning Isoning xochga mixlanishi va Uning tirilishi haqida Xudoning buyuk g'alabasi sifatida faqat Muqaddas Ruh ularning yuragiga kelganidan keyin guvohlik berishlari mumkin ekanligini, tan olish kerak. Aks holda, ular nima bo'lganini tushunolmay, uzoq vaqt davomida jim turishardi.

Biz musulmonlarga guvohlik berganimizda, bizning tushuntirishlarimiz va ta'limotlarimiz Muqaddas Ruh ularning ongini yoritmaguncha juda oz foyda keltiradi, doktor Martin Lyuter yozganidek: “Men, inson Iso Masihga ishonishi yoki o'zining mantig'i yoki iroda kuchi bilan Unga kelishi mumkin emasligiga ishonaman, lekin Muqaddas Ruh meni Xushxabar orqali chaqirdi, O’z i’nomlari bilan yoritdi, meni tozaladi va U butun yer yuzidagi imonli-masihiylarni chaqirib va yig'ib va ularni yagona imonning to'g'ri yo'lida saqlaganidek, xuddi shu tarzda meni imonning to'g'ri yo'lida saqladi".

Musulmonlarning ongini tayyorlash va ochiq bo'lishi, ularning yuraklari Muqaddas Ruh tomonidan yangilanishi uchun ibodat muhum bo’lganidek, musulmon fikrlashi parchaga mos tushushi uchun maxsus tarzda tayyorlanish, bu ham tirilgan Najotkor haqidagi dono guvohligi kabi muhimdir.

7.05 -- Isoning xochga mixlanishi haqidagi ma'lumotlarning dunyoviy manbalari

Ko'p musulmonlar Muqaddas Kitob guvohligini tinglashni xohlamaydilar, chunki ularga Muqaddas Kitob buzilgan deb o’rgatilgan. Bunday adashganlar bilan suhbatda, ayniqsa ular ziyolilar bo'lsa, biz Masihning xochga mixlanishi haqidagi ma'lumotni masihiy ta'limotiga umuman yoki deyarli aloqasi bo'lmagan dunyoviy manbalardan topishga harakat qilishimiz kerak.

Ikki mashhur qadimgi tarixchilar Nosiralik Yusufning o'g'li Isoning o'limi haqida hikoya qilishgan. Ulardan biri – Tatsit, o’zining "Solnomalar" kitobida, boshqasi esa - Iosif Flaviyning "Yahudiylar urushi" kitobida. Yusuf VIII bo’lim 3:3 da, Pilatning oldida Isoning xochga mixlanishini batafsil bayon qiladi. Ikkala tarixiy ish ham butun dunyoda e'tirof etilgan va ochiqko’ngil musulmonga Iso Masih o'limining haqiqatini qayta ko'rib chiqishga yordam berishi mumkin.

Xuddi shu narsa Belgiyalik Talmudga ham tegishli. Bir paytlar Belgiyada masihiylar orasida, ular Isoni xochga mixlash ayblovi uchun javob berishga majbur bo’lgan yahudiylar yashar edilar. Ular Yusufning o'g'li Iso shunchaki vafot etganligini yozishdi. Talmuddagi bu yozuv, Isoni rad etishga qaror qilgan ortodoksal fidoyilar bilan zid keladi: Uning ismi unutilsin va xotiradan o'chirilsin. Endi bu narsa bizning xalqimiz orasida eslanmasin!”

Rimdagi Palladium yerto’lasida Iso haqidagi masxaraomuz rasm topildi. Devorda eshak boshli odam osilgan katta xoch chizilgan edi. Xochni tagida xochga Mixlanganga tiz cho’kib sajda qilayotga rim askari tasvirlangan edi, shu paytda boshqa rimlik askarlari uni ustidan masxara qilishardi. Ushbu karikatura Masihning xochga mixlanishi dunyoviy rimliklarga ma'lum bo'lganligini aniq ko'rsatib turibdi va rim askarlari o'z qo'llari bilan xochga Mixlaganga, Qutqaruvchiga ishonishni boshlaganliklari uchun, uni ochiqchasiga muhokama qilishdi.

Shuningdek, Isoning xochga mixlanishining tarixiyligini tasdiqlovchi boshqa ma'lumotlar ham mavjud bo'lib, bu har qanday musulmonning fikrini uyg'otishi mumkin. Misrda Gamal Abdul Nosir davrida marhum Papa Yuhanno XXIII Isoni o'ldirishdagi ayblovini zamonaviy yahudiylardan olib tashlashga harakat qildi. Ammo Misr Prezidenti bu bayonotga qattiq norozilik bilan munosabatda bo'lib, Papaga televizor va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali javob berdi: “Sizning rejangizni tushundik! Siz barcha yahudiylarni va Isroilni oqlashni xohlaysiz! Biz hech qachon bunga yo'l qo'ymaymiz! Masihni kim o'ldirganini biz bilamiz: Yahudiylar Uni xochga mixlashdi va boshqalar emas!” Musulmon yetakchilari, masihiy yepiskoplari, ruhoniylar, cho'ponlar va boshqa mas'uliyatli odamlar bunga javoban kulib qo'yishdi. Ko'rinib turibdi: Isroilni ayblash uchun Gamal Abdul Nosir Qur'onning noto'g'ri ekanligini tan olishga tayyor edi!

Shariat qonuniga ko'ra, Qohiradagi Al-Azhar universiteti huquqshunoslik fanlari o'qituvchilari yoki boshqa Islom markazlari norozilik bildirishlari va bir oy ichida Nosirning bayonotini to'g'rilashlari kerak edi, aks holda u qonuniy asosga ega bo'ladi. Biroq, olimlar diktatordan va shu bilan birga Isroilni oqlaishidan qo'rqishdi. Islom dinshunoslarining sukut saqlashlari muhim, shunday qilib, shariat tamoyillariga ko'ra, ular Masihning xochga mixlanishi haqida bilishlarini bilvosita tan oldilar. Shunga qaramay, ular buni ochiqchasiga tan olmadilar, chunki bu Qur'onning mashhur oyatiga zid bo'lar edi. Har qanday holatda, Isroilni hukm qilish uchun ular kamroq yovuzlikni tanladilar!

Bugungi kunda o'zlarini dindor yahudiylarning aqidaparastligidan ajratib, liberal va mo''tadil pozitsiyani egallagan yahudiylar Isroil davlatida yashaydilar. Ularning aksariyati bu buyuk yo’qotilgan birodarini o'z xalqiga qaytarish uchun Isoning hodisasini o'rganishga harakat qilishdi. Ular Baytlahmda Isoning tug'ilishini tasdiqladilar, biroq, bu Rim bosqinchi kuchlarining askari tomonidan zo'rlanganmi yoki yo'qmi deb shubha qilishdi. Ular Uning ta'limotlarini va mo"jizalarini muhokama qildilar. Ammo ular Uning o'limi haqida nima yozishgan? Ular Muhammad singari Uning xochga mixlanishini inkor qildilarmi? Bu qiyin savolga ularning javoblari qanday bo’ldi? Ular Isoning qatl qilinishini qonuniy xato deb atashdi! Ular Uning xochga mixlanganiga shubha qilmaydilar. Hamma yahudiylar, agar ular buni amalga oshirish uchun eng kichik imkoniyatga ega bo'lganlarida, faqat o’z tarixlaridagi 2000 yillik yukidan qutulish uchun bir ovozdan Isoning xochga mixlanishini inkor etar edilar. Lekin ular tarixiy dalillarni o'zgartirish mumkin emasligini va ular o'zlari uchun nima deyishni bilishadi.

7.06 -- Iso Masihning o'limiga yo’l beruvchi Qur'onning ba'zi oyatlari

Muhammadning Qur'ondagi Isoning o'limi haqidagi turli xil da’volarini o'rganishda, siz qarama-qarshiliklarni va uning xochga nisbatan ortib boriayotgan g’azabini topishingiz mumkin. U Uning o'limini sabr-toqatli bo’lib qabul qilinishi bilan boshlanadi va qarama-qarshilikka o’tadi, lekin uni birin-ketin rad etadi. Biroq, bu oyatlarda ba'zi-bir zaif bog'lanishlar mavjud, shuningdek, siz musulmonlarga beradigan guvohligingizga yordam berush uchun bu yerda bayon qilingan Isoning xochiga oid alohida ishoralar mavjud.

Payg'ambarlarni Isroil o'g'illari tomonidan qatl qilish hollari Qur'onda o'n marta tasvirlangan va ayblanadi (Baqara surasi 2:61, 87, 91; Oli Imron surasi 3:21, 112, 181, 183; Niso surasi 4:155, 157; Moida surasi 5:70). Ushbu havolalardan birida shunday deyilgan: “Iyso binni Maryamga hujjatlar berdik va uni Ruhul-quds (Jabroil) ila quvvatlantirdik. Har qachon bir Payg‘ambar sizlarga yoqmaydigan narsa (oyatlar) bilan kelsa, birovini yolg‘onchi deb, birovini o‘ldiraverasizlarmi?” (Baqara surasi 2:87)

وَآتَيْنَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ الْبَيِّنَاتِ وَأَيَّدْنَاهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ أَفَكُلَّمَا جَاءَكُمْ رَسُولٌ بِمَا لاَ تَهْوَى أَنْفُسُكُمُ اسْتَكْبَرْتُمْ فَفَرِيقاً كَذَّبْتُمْ وَفَرِيقاً تَقْتُلُونَ (سُورَةُ الْبَقَرَةِ 2 : 87)

Shunga o'xshash oyatlar Muhammad Madinada bo'lgan paytida yozilgan. U Eski Ahddagi payg'ambarlarning tez-tez qatl qilinishlarini inkor etmadi, balki yahudiylarga qarshi ayblov sifatida taqdim etdi. Biroq, u Maryamning o'g'lini ham toshbo'ron qilinishni tasavvur ham qila olmadi, garchi u Uni qatl etilgan payg'ambarlar bilan bevosita bog'lagan bo'lsa-da (Baqara surasi 2:87; Niso 4:157). Shunday qilib, Qur'onning mantiqiy ipi ham Isoning o'limining muqarrarligiga olib keladi.

Qur'ondagi Isoning o'limi
“Maryam surasida, Qur'onda masihiy guvohlik uchun deyarli qabul qilinishi mumkin bo'lgan maxsus oyat bor. Ushbu oyatda Iso hayotini bir jumla bilan umumlashtirib, O'zi haqida gapiradi: “Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlik-omonlik bo’lur" (Maryam surasi 19:33)

وَالسَّلاَمُ عَلَيَّ يَوْمَ وُلِدْتُ وَيَوْمَ أَمُوتُ وَيَوْمَ أُبْعَثُ حَيّاً (سُورَةُ مَرْيَمَ 19 : 33)

Muhammad Uning onasi Maryamni oqlash va o'g'lining noqonuniy emasligini ko'rsatish uchun Iso haqidagi bu vahiyni keltiradi. Uning tug'ilishi Allohning marhamati bilan amalga oshirildi. Bu yerda Xudo Kalomi va Masihdagi Uning Ruhining mujassamlanishi Qur'on zulmatida porlaydi (Oli Imron surasi 3:45; Niso surasi 4:171; Maryam surasi 19:20; Anbiyo 21:91; Tahrim 66:12 va boshqalar). Bu so'zlar Baytlahm dalalaridagi farishtalar qo'shig'ining aks-sadosi bo'lishi mumkin (Luqo 2:14).

Qur'onda Masih dunyoning eri (erkak) sifatida namoyon bo'ladi. U gunoh qilmadi (Maryam surasi 19:19), U yovuz odam emas edi (Maryam 19:32), U urushlarda, qotilliklarda yoki dushmanlik nutqlarida qatnashmagan. Masih musulmon so'zining tom ma'nodagi ma'nosi bo'lgan tinchlikparvar edi. U – yagona haqiqiy musulmon, dunyo Shahzodasidir.

Bu (Maryam surasi 19:33) oyatda, shuningdek, Masihning o'limi haqida aniq bir to’g’ridan-to’g‘ri tasdig‘ini ham o'z ichiga oladi. Bu so'zlar har doim musulmon sharhlovchilari uchun to'siq tosh bo'lib kelgan. Ular, shubhasiz, "Iso birinchi dunyoviy hayotda emas, balki faqat ikkinchi marta kelganidan keyin o'lishi kerak. U birinchi navbatda Dajjolni yo'q qilishi, keyin barcha cho'chqalarni o'ldirish va barcha xochlarni olib tashlash uchun qaytib keladi. Shundan so'ng u turmush quraqadi, bolalar ko’radi va barcha erkaklarni (shu jumladan masihiylarni) Islomga qaytaradi. Shundan keyingina o'ladi! Uning o'limi "oxirgi vaqtni bilish" bo'ladi (Zuxruf surasi 43:61). Madinada Muhammadning yoniga uni dafn etilgandan so'ng, qiyomat kuni Allohning o'zi paydo bo'ladi, Muhammadni va Masihni o'liklardan tiriltiradi va ularni dunyoni hukm qilishda ishtirok etishlari uchun ularnu taxtlarga ko'taradi" deb yozib, ularning ma'nosini buzdilar.

Grammatikani bilish bu chuvalgan to‘pni yechishga yordam beradi. 33 oyatida, uzoq kelajakda Masih o’z-o‘zini o'limiga olib boradigan "saufa" so'zi yo'q, ammo buning o‘rniga tug'ilish, o'lish va tirilishining mantiqiy ketma-ketligida yaqinda bo‘ladigan, tabiiy o’limi haqida gap boradi. Boshqa barcha talqinlar - bu faqat Iso o'limining haqiqatini yashiradigan yo’ldan ozdirish yoki yolg'ondir.

Maryam surasida bunga o’xshash, Isoni Yahyo darajasiga tushiradigan Yahyo suvga cho’mdiruvchi (Yahyo) haqida oyat bor. Bu yerda Allohning elchisi Jabroil shunday deydi: "Unga tug‘ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan (qiyomat) kunida ham tinchlik-omonlik bo’lur" (Maryam surasi 19:15).

وَسَلاَمٌ عَلَيْهِ يَوْمَ وُلِدَ وَيَوْمَ يَمُوتُ وَيَوْمَ يُبْعَثُ حَيّاً (سُورَةُ مَرْيَمَ 19 : 15)

Ma'lumki, Yuhanno boshidan judo qilingan va dafn etilgan. Bu voqea Iso to'g'risida aytilgan so'z bilan bir xil kontekstda tasvirlangan: dastlab tug'ilish, keyin o'lim va nihoyat tirilish. Biroq, Isoning holatida, sharhlovchilar Uning xochda o'lishi ehtimolini chiqarib tashlash uchun, ataylab bu tartibni buzishdi.

Ehtimol, Muhammad Iso va Yahyo haqida Iso ilohiy tabiatga ega emasligini ko'rsatish uchun birgalikda gapirgan bo'lishi mumkin. Ammo shunga qaramay, u Isoga o'zini samoviy "vahiy" sifatida taqdim etishiga ruxsat berdi, Yahyo esa faqat Jabroilni tanitdi. Qur'onda Iso Yahyodan yuqorida turadi. Maryamning o'g'li tanadagi Allohning ruhi va uning kalomi sifatida namoyon bo'ladi, Yahyo esa oddiy ota-onalardan tug'ilgan oddiy bola edi.

Qur'onga ko'ra, Iso gunohsiz yashagan (Oli Imron 3:45; Niso 4:171; Maryam 19:19 va boshqalar). Shuning uchun, u o'z xatti-harakatlari uchun o'lishiga hojat yo'q edi. Bu hamma odamlarning gunohlarini O'z zimmasiga olgan, hamda Yaratguvchi va dunyoni O'z o'limi bilan yarashtirib, ularning o'rniga o‘lganini talqin qilishga imkon beradi. Qur'onda Iso, uning o'limi kunida va unda Allohning tinchligi bo'lishini tasdiqlaydi!

Eng buyuk yolg'onchi
Muhammadning, Masihning o'limiga nisbatan salbiy munosabati qanday rivojlanishini ko'rsatuvchi yana bir oyatni Oli Imron surasidan topish mumkin:

“(Yahuydilar) makr qildilar. Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makkorroqdir. Alloh aytgan bu so‘zlarni eslang: «Yo Iso, albatta Men seni vafot qildirguvchi va O’z huzurimga ko‘targuvchiman”(Oli Imron surasi 3:54-55).

54 وَمَكَرُوا وَمَكَرَ اللَّهُ وَاللَّهُ خَيْرُ الْمَاكِرِينَ 55 إِذْ قَالَ اللَّهُ يَا عِيسَى إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ (سُورَةُ آلِ عِمْرَانَ 3 : 54 - 55)

Qur'onga ko'ra, yahudiylar ayyor bo’ishgan. Ular Isoni yashirincha o'ldirishga harakat qilishdi, lekin Alloh ularning o'ldirish rejasini oldindan ko’rgan edi. Biroq, Alloh ularning barchasidan ko'ra ayyorroq edi, U, Iso tinchgina o’lishiga ruxsat berdi, keyin Uni o’zining huzuriga, osmonga ko'tardi.

Qur'onning o'zi Allohga yozib qo’shayotgan bu "eng katta hiyla" nimani o’z ichiga oladi? U toshbo'ron qilinishi yoki xochga mixlanishi orqali bo’ladigan shafqatsiz o'limdan Masihni qutqardi! Shunday qilib, Muhammad yashirincha Masihning xochini, faqat u haqida gapirmasdan bekor qilishga urinib ko'rdi. Bu oyatning qolgan qismida bu "insoniy hiyla" bilan bog'liq uchta iboralar ajirab turadi.

Masihning xochini bekor qilish maqsadida Muhammad Allohni ayyorlarning eng kattasi deb atadi! Muqaddas Kitobda bu dahshatli ibora faqat "ilon"ga nisbatan qo'llaniladi (Ibtido 3:1)! Xoch bilan yuzma-yuz kelganda, Islom ruhi aslida kim bo’lganligi va bugungi kungacha kim ekanligini tan olish kerak edi! Xochning oldida, Alloh o'zini "barcha yolg'onchilarning eng kattasi" (hayr-ul-maakirin) deb oshkor qilishi kerak edi! Biz o'zimiz uchun, hamda musulmon - do'stlarimiz uchun ham Qur'onning ushbu tasdig’ining uzoq davom etadigan oqibatlarini tushunishimiz kerak. Efesliklarga 6:11-20da, Pavlus Masihning barcha xizmatkorlariga o'z kuchi va donoligi bilan jamoaviy iblislarning zanjirlarini yo'q qilishga urinmaslikni, lekin ibodatlar bilan, Xudoning barcha qurol-aslahalari va Muqaddas Ruhning kuchi bilan kiyingan holda xizmat qilishlarini buyuradi. Masihning Xochini har qanday ayyorlik bilan rad etilgan joyda, biz mantiqiy fikrlash doirasidan chiqib, yoviz ruhlar va iblislar olamiga kiramiz. Bizning yagona himoyamiz - Masihning Qoni (1 Yuhanno 1:5-2:2), bizning yagona kuchimiz esa - Uning Ruhidir (Havoriylar 1:18).

Ushbu matnda yana bir so'z bor – bu "mutavaffika". Alloh aytadi: “Men seni vafot qildirguvchiman”. Bu so'z bir necha ma'noga ega. Bu "mayin uyquga tushush" va "hayotning muvaffaqiyatli yakunlanishi" kabi kechinmalarini ifodalaydi. Muhammad bu ko’p ma’noli so'zni, masihiylarni ham, musulmonlarni ham qondirish uchun ishlatgan. Birinchisi uchun u vafot etdi, ikkinchisi uchun - yo'q. Ularning fikriga ko'ra, Iso azob-uqubatlarsiz osmonga olingan. Muhammad aqlli edi. U faqat ikkita emas, balki kerak bo'lganda uchta ma'noga ega bo'lgan so'zlar bilan ifodalagan va bu faqat bittagina so'zda edi!

Turk va Indoneziya tarjimalarida Qur'ondagi ushbu so'zning ekvivalenti sifatida "Men senga tinchlik bilan o'lishga ruxsat beraman" iborasi ishlatilgan, chunki bu ma'no bu so'zning ildiziga juda yaqin. Biroq, ba'zi boshqa tarjimalar Islomiy sharhlovchilarni mamnun qilmaslikdan qo'rqib, bu ifoda bilan qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Muhammad ko’p marotaba aytgan: "Urush - bu ayyorlik va yolg'ondir!" Masihiylar va yahudiylar bilan muzokaralari, shu jumladan, uning Muqaddas Urushi, yolg'on va hiyla-nayrang bilan to'lgan edi. Biz o'z fikrimizni o'zgartirishimiz va donolikka erishishimiz kerak! Islomda aytilgan hamma narsalar ham aytilganlarni anglatmaydi!

Muhammad, Masih o'limdan qutulganligini va xoch Allohning "murakkab ayyorligi" orqali bekor qilinganini e'lon qilganidan so'ng, u engil nafas olib va (Ibn Xisham tomonidan yozilgan Muhammadning tarjimai holiga ko'ra) shimoliy Yamandan Madinaga u bilan imon haqida muhokama qilish uchun kelgan masihiylar delegatsiyasini qondirishga harakat qildi. U, Allohga Isoni o’ziga olib ketishiga majbur qildi! Bu Qur'onda shov-shuvli fikrdir. Masih tirik! Muhammad o'lgan! Qur'onga ko'ra, Iso Alloh bilan yashaydi va u bilan gaplashadi (Oli Imron surasi 3:55; Niso surasi 4:158; Moida surasi 5:110-111, 116-118; Anbiyo surasi 21:28 va boshqalar). Biroq, Muhammad qaerdadir o'tish davrida (barzah) o'liklarning tirilishini va qiyomat kunini kutmoqda. Shuning uchun barcha musulmonlar uning ismini aytganda, har safar tinchlik topishi uchun ibodat qilishlariga to’g’ri keladi (Ahzob surasi 33:56).

Islomning orqasida turgan ruh, tirik va yaqinlashib kelayotgan Masihni tan oladi, buni musulmon e'tiqod tizimiga kiritishga qodir, lekin u hech qachon Uning Xochini va Ilohiyligini qabul qilmaydi! Shuning uchun, Pavlus va Yuhannoning ogohlantirishlari Islomga tegishli (Galatiyaliklarga 1:8-9; 1 Yuhanno 2:21-27; 4:1-5). Musulmonlar bilan har qanday missionerlik suhbati nafaqat ular bilan do'stlashish, balki ularning ushbu ommaviy qullikdan ozod bo'lishlari uchun ibodat qiishni ham o'z ichiga olishi kerak. Muhammad o'z izdoshlarini boshqa din vakillari va ayniqsa, masihiylar bilan har qanday do'stlikka qarshi ogohlantirganda, u nima qilayotganini bilar edi (Oli Imron surasi 3:28; Niso surasi 4:89; Anfol surasi 8:37; Mumtahana surasi 60:1, 9). Biz musulmonlar bilan aloqa qilishdan qo'rqmasligimiz kerak, chunki Masihning marhamati Muhammadning la'natidan kuchliroqdir (Matto 5:44-45; Oli Imron surasi 3:61; Tavba surasi 9:29 va boshqalar)!

Qur'onda "Engil uyquga tushish" ma'nosini o'z ichiga olgan maxsus so'z, Masihning o'limiga nisbatan va ikkinchi marotaba ishlatiladi (Moida surasi 5:117). U yerda Maryamning o'g'li osmonga ko'tarilganidan keyin shaxsiy suhbatda Allohga bevosita murojaat qiladi va Qodir Tangri Uni dam olishga ruxsat berganini va Uning shogirdlari uchun mas'uliyatni O'z zimmasiga olganini tasdiqlaydi. Masihning yengil o'limi Qur'onda ikki marta keltiriladi: birinchi marta – faqat kelasi zamondagi kelajakga yaqinlashayotganda, boshqa safar – Qur'onni o'qiyotgan kishi Masihning xochga mixlanmaganiga va zararsiz ravishda Alloh o'ziga ko’targaniga ishonch hosil qilishi uchun, allaqachon sodir bo’lgan, o’tgan zamonda!

Masihning xochga mixlanishini ochiq rad etish
Qur'onda Masihning xochga mixlanishini to'g'ridan-to'g'ri rad etuvchi yagona oyat (Niso surasi 4:156), Muhammadning Masihning o'limini rad etishining eng yuqori nuqtasidir. Agar ular Maryam o’g’lining xochga mixlanishi haqida kichik bir xatoga yo’l qo’yishga imkon bergan bo’lsalar, ushbu oyat barcha avvalgi “vahiylar”ni haqiqat emas deb e’lon qiladi va bekor qiladi. Shu bilan birga, Masihning azob-uqubatlarini inkor etish, bu shubhalar va qarama-qarshi talqinlarga joy qoldirish uchun noaniq tarzda aytilgan.

Niso surasida shunday o’qiymiz:

Yana kofirliklari va Maryam xususida ulug‘ bo‘hton qilganliklari sababli hamda Allohning payg‘ambari bo‘lgan al-Masih Iyso binni Maryamni «bizlar o‘ldirganmiz», degan so‘zlari sababli. Holbuki, ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun o‘xshatib qo‘yildi, xolos. Albatta, Iyso haqida talashib-tortishgan kimsalar uning haqida shubhada qolganlar. U haqda faqat gumonlarga beriladilar, xolos. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. Balki uni Alloh o‘z huzuriga ko‘targandir. Alloh qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir. (Niso surasi 4:157-158).

157 وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللَّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَكِنْ شُبِّهَ لَهُمْ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُوا فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِنْهُ مَا لَهُمْ بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلاَّ اتِّبَاعَ الظَّنِّ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِيناً 158 بَلْ رَفَعَهُ اللَّهُ إِلَيْهِ وَكَانَ اللَّهُ عَزِيزاً حَكِيماً (سُورَةُ النِّسَاءِ 4 : 157 - 158)

Ushbu matnda bir nechta hiylalar mavjud:

● Madinadagi yahudiylar Maryamning o'g'li haqiqiy Masih va Allohning elchisi ekanligini ochiqchasiga tan olishlari mumkin emas edi! Ular bokira Maryamdan Isoning tug'ilishiga ham, Uning timsoliga ham ishonishmadi. Ular Uni Masih sifatida rad etishdi, o’zlarini eng yuqori jin bo'lgan Baalzabulning tarafdorilar deb atashdi (Matto 12:22-24; Mark 3:22-27; Luqo 11:14-23). Qur'ondagi bu bayonot yahudiylardan kelgan emas, chunki ular Isoni Xudoning elchisi sifatida deb tan olishmagan, balki U to'g'risida mutlaqo jim bo'lishgan va Uning Ismini tilga olishmagan.

Shunga qaramay, ehtimol yahudiylar Muhammaddan ularni boshqa bezovta qilmasligini va ularni tahdid qilmasligini, aks holda ular Qur'onda yozilgan Masihni, Isoni o'ldirganlari singari uni ham shunday o'ldirishlari haqida ogohlantirishmoqchi bo’lishgandir. Ehtimol ular Masihning nomini kinoya va masxara bilan foydalanib Muhammadga tahdid qilishgan bo’lishlari mumkin.

● Yahudiylar, hamda Makkadagi savdogarlar ham Madinada Muhammadga bir necha marta tahdid qilishdi. Lekin u o'zini tinchlantirdi: “Alloh sodiq. U sodoqatli Isoni yahudiylarning qo'liga berishi mumkin emas. Aks holda, bu men bilan ham sodir bo'lar edi”. Allohning sadoqatini tasdiqlash va o'z xavfsizligi uchun u barcha tahdidlarini rad etdi va g'azab bilan e'tiroz bildirdi: “Ular Uni o'ldirmadilar! Ular Uni xochga mixlamadilar!”

● Biroq, Muhammad hech bir joyda Iso umuman o'ldirilmagan va xochga mixlanmagan deb aytmadi. U faqat Masih yahudiylar tomonidan xochga mixlanmaganini ta'kidladi! Ehtimol, yahudiylar odatda dushmanlarini xochga mixlashmagani, balki ularni toshbo'ron qilshganlarini eshitgan. Rim bosqinchilgi paytida ularda ham kimdirni o'ldirishga yoki o'limga hukm qilish huquqi yo'q edi. Shuning uchun Muhammad qaysidir ma'noda to'g'ri! Yahudiylar Isoni o'ldirmadilar va xochga mixlamadilar! Qur'onning bu ma'nodagi bayonoti to'g'ri va u bilan bo'lgan roziligimiz masihiylar va musulmonlar o'rtasidagi keskinlikni kamaytirishi mumkin.

Rimliklar minglab isyonkor qullarini va chet ellik jinoyatchilarni xochga mixlaganlarini butun dunyo biladi. Shuning uchun Qur'onning bu oyatlari aslida Isoning rimliklar tomonidan xochga mixlangani haqida mulohaza qilishga imkon beradi. Bugungi kunda masihiylikka ko'prik tashlamoqchi bo'lgan Liberal musulmonlar, sinkretchilar Qur'onning bunday talqin qilinishi mumkinligini ochiq tan olishadi.

● Muhammad, yahudiylarning ko'zlari oldida xochga mixlangan Masihning "o'xshashi" (shubbiha lahum) ekanini tushuntirish uchun noyob passiv shakldan foydalangan. U Masihning xochga mixlanishini tarixiy dalil sifatida rad etdi, lekin buning o'rniga U faqat "xochga mixlanganga o'xshar edi", deb aytdi.

Ehtimol, Muhammad Nil vodiysidagi masihiy mazhabi haqida eshitgan bo'lishi mumkin, u buyuk Xudoni barcha insoniy zaifliklarga ega bo'lgan inson bo'lishini tasavvur ham qila olmagan. Ular, Xudo insonga o’xshab tuyulgan, aslida esa tanada bo’lmagan deb ishonishardi. Ular, shuningdek, Masih haqiqiy Xudo sifatida o'lishi va hatto xochga mixlanishi mumkin edi, lekin bu faqat o’xshash tuyulgan deb o'rgatdilar! Ehtimol, Muhammad bu bid'atni eshitganida, u darhol o'zi uchun imkoniyat ko'rdi va xitob qildi: “Bechora masihiylar! Ular, Masih xochda ular uchun o'ldi deb o’ylashadi va ishonadi, lekin bu faqat ularga shunday tuyuldi. U hech qachon xochga mixlanmagan!” Muhammad bir necha marta nasroniy mazhablarining ta'siri ostida qolgan va aldangan.

Musulmon sharhlovchilari “bu faqat ularga shunday tuyuldi”ning sust shaklni talqin qilishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Quyidagi haqiqiy bo'lmagan hikoyalar bugungi kungacha ba'zi mamlakatlarda musulmonlar orasida mavjud:

- Ba’zilar shunday deyishadi: Rim askarlari Kirineyalik bo’lgan Simonni kaltaklagan va zaiflashgan Isoning o'rniga xochni ko'tarishga majburlashdi. Ular qatl qilish joyiga etib borganlarida, xato qilib Simonni Masih o'rniga xochga mixlashdi. Maryamning o'g'li esa u yerdan ozod bo’lib ketdi.

- Boshqalar aytadi: Alloh adolatli! U Yahudoning yuzini Isoga o'xshatdi, shuning uchun ular Yahudoni xochga mixladilar. Biroq, Yahudoga o'xshash qilingan Iso, beshikast va zararsiz u yerdan ketdi. Pravoslav masihiy buni eshitganida, u musulmonlarga qarshi chiqib dedi: “Sizningcha, xochning tagida turgan Isoning onasi Maryam xochda osilgan Yahudodan o’z o'g'lini ajrata olmadi deb o'ylaysizmi? Yoki Alloh bu va kelajak olamlarning barcha ayollaridan eng yaxshisini aldab qo'ygan (Oli Imron surasi 3:42) va uning o'g'li qochib ketgan paytda, xoinga bir necha soatlab motam tutish uchun uni shunday yo’ldan ozdirdi deb oylaysizmi?” Bu ham, boshqa fikr ham aqlga sig'maydi.

- Uchunchisi da’vo qiladi: Masih haqiqatdan ham xochga mixlangan. Keyin yer yuzida quyosh tutildi va ko’p odamlar jinlardan qo’rqib yashirinishdi. Shundan keyin hammani larzaga solgan kuchli zilzila yuz berdi, hatto rim askarlari ham boshpana qidirishdi. Hamma qochib ketganida, yolg’iz Masih Go'lgota xochiga osilib turardi, shuning uchun U xochdan tushdi va ahmadiy-musulmonlar aytganidek - u Kashmirga ketdi va u yerda tabiiy o'lim bilan o'ldi. Lekin Shrinagardagi Iso maqbarasida biz (muallif va boshqalar) o'z ko'zimiz bilan Iso, Maryamning o'g'li dafn etilmaganligi, aslida esa Kashmirdagi olijanob oilaning bobosi - Iso ismli musulmon shayx bo’lganligi va uning qabrini Iso Masihga Ahmadiylik mazhabidan berilganligi haqidagi yozuvni ko'rdik.

7.07 -- Gunohni tan olishdagi maxsus inoyat

Musulmonlarga Isoning xochga mixlanishining tarixiy haqiqat ekanligiga ishontirishga urinish, agarda ularning o'zlari izoh so'ramasalar, juda oz foyda keltiradi. Musulmonlar orasida bo’ladigan xizmatdagi eng katta muammo, bu ularning na Qutqaruvchiga, na Vositachiga, na Qutqaruvchi Qurbonligiga muhtoj emasliklariga ishonishdir. Ular chuqur gunohkorligini anglamaylar. Ular yomon ishlarini yaxshi ishlar bilan muvozanatlashi mumkinigiga ishonishadi (Nud surasi 11:114; Ankabut surasi 29:7; Fotir surasi 35:29-30). Ular O’rin almashuvchi yoki Qutqaruvchi kerak emas deb hisoblashar ekan, Masihning xochga mixlanishini ularga tushuntirish foydasiz. Ular o'zlarini o’zlari etarlicha yaxshi ekanliklariga aminlar!

Ular shunchalik adashgan va mahkum bo'lganliklarini tushunishlariga yordam berish, ba'zan xochda Masihning o'limi orqali oqlanishni olish mumkinligini tushuntirishdan ko'ra muhimroqdir. Avval ular Xudoning aralashuvisiz ularning hammasi do'zaxga borishlarini tushunishlari kerak!

Tavba sanolari ko'pincha bu haqiqatni ta'kidlashga yordam beradi (Zabur 6:2-10, 31:1-11, 37:2-23, 50:3-19 va boshqalar). Biz musulmonlarga ularning shakllanib etmagan ongi tavba qilish ruhiga to'lishi uchun, Zabur 50 chi sanoni yod olishni maslahat beramiz. Musulmonning imoni ko'pincha ongdan yurakga kirmaydi, aksincha, yurakdan ongga kiradi. Bu yashirin haqiqat.

Sobiq islomiy shayxdan radio orqali bir vaqtlar Qur'ondan parcha keltirganidek, hurmat bilan Zabur 50dan parcha keltirishni so'rashganida, to’satdan uning yonoqlaridan yoshlari oqdi. U nafaqat diqqat bilan, balki ushbu matnni ibodat bilan o'qidi va to'satdan o'zini gunohkor deb tan oldi. Zabur 50 – bu barchamiz uchun tavba qilish maktabidir. U bizga kim ekanligimizni ko'rsatadi. Bu so'zlar barcha mag’rur odamlar uchun ajoyib yo’l ko’rsatuvchi:

Zabur 50:3 Zabur 50 da gunohkor rahm-shafqat va inoyatni so'raydi. U hech qanday kechirim kutish huquqiga ega emasligini tushunadi. U Xudodan cheksiz inoyati bilan faqat xatolarini emas, balki uning barcha gunohlarini yo'q qilishni so'raydi.

Zabur 50:4 U o'zini tanada, jonda va ruhda bulg’anganini his qiladi va o'zining jirkanch gunohlaridan to'liq yuvib tashlashini so'raydi.

Zabur 50:5 U azob berayotgan o’zining katta gunohini og’riq bilan anglaydi. Muqaddas Ruh unga tinchlik bermaydi. U odatdagidek fikrlay olmaydi, tinchgina uxlamaydi!

Zabur 50:6 U tushundi: gunoh - bu Xudoga, Yaratguvchiga va Hakamga qarshi isyondir. U gunoh - bu faqat xato yoki noto'g'ri harakat emasligi, aksincha Xudoning qadr-qimmatini va muqaddasligini haqorat qilish ekanini tushundi. U e'tirof etdi: “Meni qanday hukm qilsang ham, Sen barhaqsan. Men juda aybdor bo'lib qoldim va barcha huquqlarimni yo'qotdim”.

Zabur 50:7 Men butunlay nopokman. Onam menga homilador bo'lganida, men gunohkor tanamni va ota-bobolarimning ruhini meros qilib oldim. Yoshligimdan beri men bulg’angan edim. Mening tanam, ruhim, yuragim, irodam – hammasi yovuzlikning tomirida.

Zabur 50:8 Xudoyim, Sen haqiqatni eshitishni istaysan. Men barcha yashirin gunohlarimni tan olaman. Siz menga aslida kim ekanligimni ko'rsatding.

Zabur 50:9 Agar issop yordam bersa, - qadimgi zamonlarda zararsizlantirish uchun ishlatilgan o'simlik, - ularni meni ichimga va tashqimga sepgin. Meni gunohlarimdan butunlay yuvgin va shunda men qordan oqroq bo'laman.

Zabur 50:10 Menga najot quvonchini qaytarib bergin, chunki mening umidsizligim - Sening oxirgi hukming emas. Sen mening mag'rurligimni yo'q qilding, agar imkon bo'lsa, borlig’imning tubida tasalli bergin.

Zabur 50:11 Mengan yashirma, faqat menga bir so'z aytgin. Mening barcha xatolarimni kechirgin, bekor qilgin va yo'q qilgin!

Zabur 50:12 Men umidsizman! Faqat yangi tug'ilish meni qutqarishi mumkin:

12 Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, Ichimda to‘g‘ri ruhni yangilagin.
13 Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma.
14 Najoting shodligini menga qaytargin, Itoat etishga menda istak uyg‘otgin.

Biz musulmonlarga o'zlarining gunohkorligini bu ko’rinishda yoki boshqacha ko’rinishda tushunishlariga yordam berish uchun Xudodan inoyat so'rashimiz kerak, huddi shundek, bizning o’zimiz ham ular bilan tavba qilishimiz kerak. Bu Zabur har qanday ibodat qiladigan odamni tavba qilishga olib kelishi mumkin, agar u faqatgina buzilgan ruh va kamtar yurak Xudoga ma'qul ekanini tushuna olsa.

Masihning ba'zi xizmatchilari xuddi shunday vaziyatlarda o'nta amrga, Odam Atoning qulashiga (Ibtiso 3:1-4, 16) va ayniqsa, mag’rur musulmonlarning mag'rurligini buzish uchun Ishayo 6:1-8 dagi vahiysiga murojaat qilishadi. Ishayo Xudoning muqaddasligini anglab etgach, olijanob ruhoniy va payg'ambar dahshatga tushib, xitob qildi: “Men shunday dedim: “Sho‘rim qursin! O‘ldim endi! O‘z ko‘zlarim bilan o‘sha Shohni, Sarvari Olamni ko‘rdim. Axir, men og‘zi nopok bir odamman, og‘zi nopok xalq orasida yashayman!” (Ishayo 6:5).

Biz Isodan ular sinishlar uchun, hurmattalab musulmonlar o'zlarini ochishlari va Xudovandning buyuk sevgisi va muqaddasligini tushunishlari va ular Undan rahm-shafqat so'rashishlarini so'rashimiz kerak. Gunohni tan olmasdan na tavba, na kechirim bo'lmaydi. Shuning uchun biz Xoch haqida gapirishdan oldin musulmonlarga gunohkorlikning ma'nosini tushuntirishimiz kerak. Biroq, bu tushuncha bizning Najotkorimizning inoyat in'omi bo’lib qolmoqda (Rimliklarga 2:4). U haqida ibodat qilishimiz kerak.

Barcha musulmonlar do'zaxga boradimi?
Qur'onda barcha musulmonlar do'zaxga borishlari kerakligini ta'kidlaydigan bir shafqatsiz oyat bor! Olov - ularning muqarrar taqdiridir. Maryam surasida Muhammad barcha musulmonlarni so'zlar bilan hayratda qoldiradi:

Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz.
(Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir.
So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz
(Maryam surasi 19:71-72)

71 وَإِنْ مِنْكُمْ إِلا َّ وَارِدُهَا كَانَ عَلَى رَبِّكَ حَتْماً مَقْضِيّاً 72 ثُمَّ نُنَجِّي الَّذِينَ اتَّقَوْا وَنَذَرُ الظَّالِمِينَ فِيهَا جِثِيّاً (سُورَةُ مَرْيَمَ 19 : 71 - 72)

Ba’zi xizmatchilar ushbu oyatlarni shok terapiyasi kabi harakat qilib, ba'zi musulmonlarni idrokli bo’lishga olib kelish mumkin deb hisoblashadi. Shunga qaramay, Iso allaqachon biz hukm va la'natdan xalos bo'lishimiz uchun bizning o'rnimizga Xudoning g'azabi do'zaxidan o'tgan payrtda, islomning muqarrar olovdan xalos bo'lishiga bo'lgan umidi esa islomiy shariat qonunlarini bajarilishiga bog’liqdir (Yuhanno 3:18-23; 5:24 va boshqalar). Uning sevgisi bizning xudbinligimizni, mag'rurligimizni va gunohimizni ochib beradi, shunda biz Uning najodini va abadiy hayotni minnatdorchilik bilan qabul qilishimiz mumkin.

7.08 -- Xudoning Qo’zisi

Iso gunohlarini va azob-uqubatlarini anglash uchun musulmonlarga inoyatini bergan paytda, biz ularga Xudoning Qo'zisini yagona yo'l sifatida ko'rsatishimiz kerak, chunki U dunyoning gunohlarini, shu jumladan, barcha musulmonlarning aybini O'z zimmasiga oldi (Yuhanno 1:29:34; 1 Yuhanno 2:1-2 va boshqalar).

Makkaga haj ziyoratidan keyin va barcha Islomiy mamlakatlarda bir vaqtning o'zida nishonlanadigan Adha bayramida, musulmonlar Allohning marhamatini ta’minlash uchun har bir oilada bittadan qo'zichoq, qo'y, qo'chqor yoki tuya so'yishadi. Biroq, ular na Eski Ahddagi hayvonlar qonining mohiyati, na Masihning qutqaruvchi qurbonligi, bu Xudo bilan yarashishning ramzi bo'lganligini bilishmaydi. Shuning uchun Eski Ahddagi gunoh uchun qurbonlik va kuydiriladigan qurbonliklar (Levilar 4:4, 14, 24, 33 va boshqalar) yoki buyuk poklanish kunidagi takani qo’yib yuborish (Levilar 16:6-10) haqidagi qonun ta'limoti ba'zi musulmonlarga yordam berishi mumkin. Shunday qilib, ular haqiqiy va muqaddas Xudoga yaqinlasha oladilar va Eski Ahd qurbonliklarining ma'nosini yaxshiroq tushunadilar.

Iso Rabbimizning kechligida shogirdlariga qanday qilib O'zini namoyon qilgan, bu Fisih Qo'zisi haqida o'ylash, Iso Masihning qurbonligi orqali Xudo bilan mukammal yarashishni amalga oshirishga olib kelishi mumkin.

Eski Ahdning "Xudoning quli" vahiysi, Xudoning Qo'zisini tan olish va ishonishga yordam beradigan Muqaddas Bitikning eng muhim joyi bo'lib qolmoqda: Ishayo 53:4-12. Eski Ahdning bu Xushxabari abadiy tasalli bo'ldi va haqiqatni izlayotgan ko'plarga vijdon azobning qiynog’idan qutulib, inoyat orqali oqlanishni tushunishga yordam berdi. Habashiston malikasi Kandakiya xazinachisining imoni, Xudoning Qo'zisi haqidagi Filipning guvohligiga javob sifatida tasdiq bo’ladi (Havoriylar 8:26-39).

Bundan tashqari, siz Qur'ondan Ibrohimga Xudoning amri, uning o'g'li Ishoqni qurbon qilmaslik haqidagi aks sadosidan ham foydalanishingiz mumkin. U yerda Alloh unga aytadi:

“Biz o‘rniga katta bir so‘yishni — qurbonliqni evaz qilib berdik” (Soffat 37:107)

وَفَدَيْنَاهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ (سُورَةُ الصَّافَّاتِ 37 : 107)

Bu qat'iy bayonot Muhammadning Qur'ondagi Alloh bilan yarashishni imkonsiz qilishga bo'lgan barcha urinishlarini rad etadi. Bu "vahiy" deb ataladigan qurbonlik orqali ilohiy yarashish imkoniyatini beradi! Ishoq bilan sodir bo’lgan qutqarilish, uning imoni yoki yaxshi ishlari tufayli emas, balki faqat inoyat orqali sodir bo'ldi! Biz musulmonlarga Qur'onning ushbu muhim oyatini tushunishlariga yordam berishimiz kerak, chunki u allaqachon qutqaruvchi qo'zini so'yishidan oldin olib kelgan "buyuk qurbonlik" haqida gapiradi. Bugungi kunga qadar musulmonlar Ishoqning qutqarilishiga xizmat qilgan yarashishning buyuk ilohiy qurbonligini kim yoki nima ekanligini bilishga harakat qilmoqdalar. Bu sir bizga ma'lum: Iso Masih - dunyoning gunohlarini O'zga oluvchi Xudoning haqiqiy Qo'zisidir. Shuningdek, U Ibrohimning barcha bolalarini ham qutqardi.

Ba'zi musulmonlar Ibrohim arablarga va musulmonlarga barakalarini etkazish uchun Ishoqni emas, Ismoilni qurbon qilmoqchi edi, deb e'tiroz bildirishlari mumkin (37:99-113). Ammo Qur'onda qurbon qilmoqchi bo'lgan Ibrohimning o'g'lining ismi tilga olinmagan. Tabari davriga qadar islomiy sharhlovchilar u aynan Ishoq ekanliklarini aytishgan. Keyinchalik esa ular o’z sharhlarida Ismoilga almashtirib oldilar.

Qaysar musulmonlar Qur'onda besh marta muhim tasdiqlashni yozilganligini aytib, bundan keyin ham e'tiroz bildiradilar (An’om surasi 6:164; Isro surasi 17:15; Fotir surasi 35:18; Zumar surasi 39:7; Najm surasi 53:38): Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas (An’om surasi 6:164).

وَلاَ تَزِرُ وَازِرةٌ وِزْرَ أُخْرَى (سُورَةُ الأَنْعَامِ 6 : 164)

Ushbu oyat bevosita shuni aytadiki, gunohga botgan hech kim boshqa kishining gunohini ko'tara olmaydi. Bunga javoban biz shuni ishlatishimiz mumkinki, Qur'on Masihning gunohsiz bo'lganligi haqida bir necha bor guvohlik beradi, bu nihoyat Uning osmonga ko'tarilishi paytida tasdiqlangan (Oli Imron surasi 3:44, 45; Niso surasi 4:158, 171; Matyam 19:19; Anbiyo surasi 21:91; Tahrim surasi 66:12 va boshqalar). Masihning muqaddasligi tufayli, o’rin olish o'limining imkoniyatiga qarshi chiqadigan Qur'onning barcha beshta oyatini, bining aksini isbotlash uchun ishlatish mumkin: “Gunohi bo’lmagan o’rib oluvchi kishi boshqaning aybdorligini ko’tarishi mumkin!”

Iso Masih va gunohkorlarni sevgani uchun O'zini qurbon qilishi – umidga ega bo’lmagan islomga yagona javobdir. Isoning ismi Uning xizmatining mohiyatini ochib beradi: “U O‘z xalqini gunohlardan qutqaradi” (Matto 1:21). Barcha gunohkorlar uchun Uning o'rin olish o'limi - musulmonlar uchun ham Xudoning javobdir. Xudo Uning nomidan ularga O'zining najotini beradi: “Dadil bo‘l, qizim, o‘g‘lim, gunohlaring kechirildi!” (Matto 9:2; Luqo 7:50 va boshqalar).

Muhammad shunday so'zlarni ayta olmaydi. U hech qachon musulmonlar uchun o'lish kerakligi haqida o'ylamagan. Uning o'limi behuda bo'lar edi, chunki Alloh unga bir necha marta o'z gunohlari uchun kechirim so'rashni buyurdi (G’ofir surasi 40:55; Muhammad surasi 47:19; Fath surasi 48:2; Nasr surasi 110:3).

7.09 -- Tajribaga asoslangan guvohlik

Masihning qutqaruvchi qurbonligi keltirilgach, Muqaddas Ruh tushib keldi. Havoriylar uni qabul qilib, ular Isoning o'limi orqali o’zlarining qutqarilganliklari haqida buyuk rashk bilan gapira boshladilar. Havoriy Butrus tan oldi: “Zotan, sizlar ota–bobolaringizdan o‘rgangan bema’ni turmush tarzingizdan kumush yoki oltinga o‘xshash o‘tkinchi narsalar evaziga emas, balki Masihning qimmatbaho qoni evaziga qutulgansizlar. Masih Xudoning benuqson qurbonlik Qo‘zisidir” (1Butrus 1:18-19)

Havoriy Yuhanno o’z xabarda buni tasdiqlaydi: “Bordi–yu, Xudo singari nurda yashasak, biz birodarlarimiz bilan uyg‘unlikda yashaymiz va Xudo O‘z O‘g‘li Isoning qoni orqali bizni har qanday gunohdan poklaydi. Agar gunohimiz yo‘q desak, o‘zimizni o‘zimiz aldagan bo‘lamiz va bizda haqiqat bo‘lmaydi. Bordi–yu, gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi” (1 Yuhanno 1:7-9).

Havoriy Pavlus yozadi: “Xoch haqidagi bu xabar halok bo‘layotganlarga telbalikday tuyuladi. Ammo biz, najot topayotganlar uchun esa u Xudoning qudratidir… Biz faqat xochga mixlangan Masih haqidagi xabarni yoymoqdamiz. Bu xabar yahudiylar uchun haqorat bo‘lsa, g‘ayriyahudiylar uchun telbalikdir. Biroq Xudo da’vat qilgan yahudiy va g‘ayriyahudiylar uchun Masih xochi Xudoning qudrati va hikmatidir” (1 Korinfliklarga 1:18, 23-24).

Islomdan so’ng masihiyikni qabul qilgan chu’pon Iskandar Jadid aytib berdi: “Yoshligimda otamning to'rtta xotini qo'lida va bitta tom ostida yashaydigan bizning to'rtta oilalarimiz o'rtasidagi janjallar tufayli men azob chekganman. Bir marta vahiyda Xudo menga tasalli berdi va men to'satdan Yuhanno nima haqida yozganini angladim: “Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin” (Yuhanno 3:16).

Hindistonda na o'qishni, na yozishni bilmagan va o'n ikki bolaga hayot keltirgan bir ona, uning musulmon eri masihiy bo'lganidan so'ng, uni suvga cho'mdirishlarini so'radi. Cho’pon uning suvga cho'mishiga shubha bilan qarardi, chunki u faqat erini rozi qilish uchun bunini qilmoqchi deb o'yladi. U ayoldan nima uchun musulmon bo’lgan ayol doimo suvga cho'mdirilishi haqida so'rashi sababini so'raganida, u ayol hayrat bilan: “Iso Masih xochda mening barcha gunohlarimni kechirdi va abadiy hayotni yuragimga joyladi” – deb javob berdi.

Sizning shaxsiy guvohligingiz qanday?
Muqaddas Kitob oyatlaridan qaysi biri, sizning nimaga ishonishingizni aniq ifodalaydi? Xochda siz uchun o'lgan Zot haqida nima deya olasiz? Bizning mamlakatimizda yashaydigan musulmonlarga aytadigan guvohligimiz haqida mulohaza yuritishimiz va ibodat qilishimiz kerak. Ularning soni doimiy ravishda o'sib bormoqda. Shunday qilib, sizning yuragingiz, ular qabul qilishlari mumkin bo’lgan, ular uchun allaqachon sodir bo'lgan najot xabarini etkazishga sizni undayapdimi?

7.10 -- Savolnoma

Hurmatli o’quvchi!

Agar siz ushbu risolani diqqat bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga osongina javob berishingiz mumkin. Ushbu seriyaning sakkiz risolasida berilgan barcha savollarning 90% ga kim to’g’ri javob bersa, bizning markazdan oladi

Kurslarni tugatganlik xaqida Sertifikat
Musulmonlar bilan suhbat o’tkazishga yordam beruvchi Iso Masih tog’risida

Masihga xizmat qilishda dalda sifatida.

  1. Nima uchun aksariyat musulmonlar Masihning xochga mixlanishi - shunchaki xom xayol deb ishonishadi?
  2. Nima uchun musulmonlar Masihning o'rniga Yahudo xochga mixlangan deb o'ylashadi?
  3. Qur'onda "hech kim boshqa odamlarning gunohlarini o’ziga ola olmaydi" iborasi qanchalik tez-tez takrorlanadi?
  4. Nima uchun musulmonlar Alloh xohlagan kishini va xohlagan vaqtda kechirishi mumkin va unga hech qanday o’rin oluvchi qurbonlik kerak emasligiga da'vo qiladilar?
  5. Nima uchun musulmonlarning yaxshi ishlari yomon ishlaridan ustun bo’lishiga bo’lgan umidlari behuda?
  6. Oldindan belgilash haqidagi Islomiy ta’lumoti, Masih orqali najot berilishiga qay darajada qarama-qarshi?
  7. Nima uchun Qur'on yoki shariatni bilishmasa ham, barcha musulmonlar uchun xoch "taqiq" bo'lib qolmoqda?
  8. Musulmonlar Xochga qarshi bo'lgan ruh bilan umumiy bog'langanliklari haqidagi haqiqatning ruhiy ahamiyati qanday?
  9. Nima uchun Iso najot uchun faqatgina xochdagi Uning o'limidan boshqa yo'l yo'qligini tushuntirish uchun Muso ko'tarilgan mis ilonga ishora qiladi? Xochga mixlangan Iso ilonga o'xshab har qanday yovuzlikning ramzi bo'lganmi?
  10. Fisih qo'zisi yahudiy qullarini Misrda nimadan qutqardi va nima uchun Iso bizning - Fisih Qo'zimiz? U bizni qanday katta xavf-xatarlardan himoya qildi va nega Uning tanasini eyishimiz kerak?
  11. Xushxabarga ko’ra, Zabur 21 sanosi bashoratlarining qanchasi Isoda amalga oshdi? Sizning fikringizcha, ushbu bashoratlarning qaysi biri musulmonlarni Masih haqiqatan ham xochga mixlanganligiga ishontira oladi?
  12. Nega Iso: «Ey Xudoyim, ey Xudoyim, nega Meni tark etding?» - deb ibodat qildi? Chindan ham Otasi Uni tark etdimi? Masihning xochga mixlanishi bilan Muqaddas Uch Birlikning birligi buzilganmi? Bu ibodat nimani anglatadi?
  13. Nima uchun Eski Ahddagi Ishayo 53:4-7 ning so'zlari eng ishonchli va'daga ega bo'lib, Iso - bizning o’rinbosarimiz ekanini batafsil tushuntirib beradi? Ushbu matnni yoddan bilasizmi?
  14. Zakariyo payg'ambarning vahiysidagi 30 kumush tanga nimani anglatadi va bu bashorat yangi Ahdda qanday amalga oshdi? Iso – Xudo, Egamiz Rabbiymi?
  15. Nima uchun Matto 20:28 da aytilgan haqiqat juda muhim va har qanday jamiyatda madaniyat va urf-odatlarni o'zgartirishga qodir?
  16. Nima uchun Iso yashirinmadi, qochib ketmadi va Quddusda nima kutayotganini aniq bilsa-da, Livan yoki Suriyaga ko'chib ketmadi?
  17. Getsemaniya bog'idagi Isoning birinchi va ikkinchi ibodatlari o'rtasida qanday muhim farq bor?
  18. Nima uchun Iso tirilgandan keyin yana Eski Ahd yozuvlari orqali ularga xudojo’y o'limlarining muqarrarligini ko'rsatish uchun, Uni tark etgan shogirdlarni yig'di?
  19. Qanday qilib Butrus va boshqa Havoriylar Muqaddas Ruhning kuchini qabul qilib, yahudiylarga qarshi chiqishdi? Havoriylarning takroriy ayblovlariga javoban yahudiylarning "sukunati" nimani anglatadi?
  20. Nimaga musulmonlar, ular uchun sodir bo'lgan Isoning xochini tarixiy haqiqiyligi va najodga o’z-o’zidan ishonishlari deyarli mumkin emas? Bu haqida biz Samoviy Otadan nima so'rashimiz kerak?
  21. Nimaga Tatsit va Josif Flaviyning Iso va Uning xochdagi o'limi haqidagi tarixiy guvohliklari musulmonlar uchun muhim?
  22. Rim Palladiumining yerto’lasida topilgan eshakning boshi bilan xochga osilgan odamning qadimiy qiyofasi (graffiti=yozuv) nima haqida dalolat beradi?
  23. Nima uchun Gamal Abdel Noser turli ommaviy axborot vositalarida musulmonlar Masihni xochga mixlaganlarning aslida kimligini bilishlarini tasdiqladi? Ushbu e'tirofning qonuniy xulosalari qanday?
  24. Zamonaviy yahudiy kitoblari Masihning xochga mixlanishi haqida nima deyishadi?
  25. Qur'on, yahudiylar tomonidan payg'ambarlarning o'ldirilishi haqida qanchalik ko’p gapiradi? Nima uchun Muhammad o'z mantig’iga qarama-qarshi chiqib, Masihning o'limini rad etdi?
  26. Maryam 19:33 surasidagi guvohlikka ko’ra, Masih O’z tug’ilishi va o’limi haqida nima deydi? Qur'onning ushbu muhim oyatida qanday Kalomiy ma’no bor?
  27. Siz, Masihning guvohligi (Maryam surasi 19:33) va Jabroilning Yahyo haqidagi so'zlari (Maryam surasi 19:15) o'rtasida qanday o'xshashliklar va farqlarni topishingiz mumkin?
  28. Nima uchun Masihning yengil o'limi haqidagi oyatlarda Allohni "makkorlarning eng kattasi" deb nomlangan? Bu ibora Muqaddas Kitobda qanday izohlangan?
  29. Yahudiylarga va Masihga nisbatan Allohning eng katta yolg’oni nima edi?
  30. Qanday qilib Muhammad bir vaqtning o'zida Masihning o'limini tasvirlaydigan bitta iborani ishlatib, ham masihiylarni, ham musulmonlarni mamnun qila oldi? Ushbu so'zning uchta mumkin bo'lgan ma'nolari qanday?
  31. Nima uchun Qur'on Allohga Masihning ko'tarilishini tasdiqlaydi, biroq ayni paytda Uning xochdagi o'limini inkor etadi?
  32. Islomning Masih tirik, Muhammad esa o’lgan degan tasdiq’i nimani anglatadi?
  33. Nima uchun Niso surasi 4:157 dagi yahudiylarning da'volari shubhali va noto'g'ri?
  34. Nimaga Muhammadning "ular uni o'ldirmadilar (va) uni xochga mixlamadilar" deya qat'iy rad etishi, bizga Maryamning o'g'li aslida xochga mixlanganini isbotlash uchun noyob imkoniyat beradi?
  35. Qanday qilib musulmon sharhlovchilar Masihning xochga mixlanmagan, balki xochga mixlanganga o'xshaganligi haqidagi Qur'onning da'vosini qanday izohlaydilar?
  36. Nima uchun ko'pincha musulmonlarga, agar uni o’zi bu dalillarni so’ramasa, Masihning xochining tarixiy ishonchliligini isbotlashga urinishlar foydasiz?
  37. Biz musulmonni yo’ldan ozgan va hukm qilingan gunohkor ekanligini tushunishiga qanday qilib yo'naltira olamiz?
  38. Qur'on qaerda barcha musulmonlar do'zaxga borishlar kerak deb da'vo qilgan?
  39. Qur'onning ta'rifidagi Ibrohimning o'g'lini Qodir Tangriga qurbon qilish haqidagi voqeasi, Ibrohimga murojaat qilgan Allohning so'zlari qanday qilib biz musulmonlarga Masihning o’rin oluvchi o'limining tabiatini tushuntirish uchun noyob imkoniyat beradi?
  40. Biz musulmonlarga Qur'onni tasdiqlashning to'liq qarama-qarshiligini qanday isbotlashimiz mumkin: “Og’irlikni (gunoh) ko’targan ruh, boshqaning og’irligini ko’tara olmaydi”?
  41. Xudo Qo'zisi bo’lgan Masih xochda o’lib, barcha musulmonlarning gunohlaridan oqlaganmi yoki Iso yana musulmonlar uchun boshqacha tarsda o’lishi kerakmi? Agar ularning qutqarilishi Xudo tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, unda nima uchun masihiylar musulmonlarga ularning samoviy huquqlari haqida gapirmaydilar?
  42. Sizning tajribangizga asoslanib, Masihning azob-uqubatlari va o'limi haqidagi qaysi xushxabar hikoyasi, ko’pincha musulmonlar tamonidan qabul qilinadi?

Yuqoridagi keltirilgan savollarga javob berish uchun kursning har bir qatnashuvchisiga mavjud bo’lgan qo’shimcha adabiyotlardan yoki ushbu xizmatda tajribaga ega bo’lgan ishonchli odamlarning yordamidan foydalanishga ruxsat beriladi. Sizlarning yozma javobingizni pochta yoki elektron pochta orqali to’liq manzilingiz ko’rsatilgan holda kutamiz. Biz sizlar uchun Barhayot Xudo, Rabbimiz Iso sizga gapirishi, sizlarni yoritishi, yonaltirishi, mustahkamlashi, qo’riqlashi va umringizning xar bir kuni davomida siz bilan bo’lishi uchun ibodat qilmoqdamiz!

Rabbingizdagi sizning xizmatchingiz

Abd al-Masih va uning Masihdagi birodarlari

Javoblaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

GRACE AND TRUTH
P.O.Box 1806
70708 Fellbach
GERMANY

yoki:

info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 30, 2021, at 10:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)