Home -- Uzbek -- 17-Understanding Islam -- 042 (Christ knows the unknown)
This page in: -- Arabic? -- Bengali -- Cebuano -- English -- French -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Kiswahili -- Malayalam -- Russian -- Somali -- Tamil -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba
Previous Chapter -- Next Chapter
17. Islomni Tushunish
UCHINCHI BO'LIM: MUSULMON MASIHNI TUSHUNISH
7 BOB: QUR'ONDAGI MASIHNING MO'JIZALARI
7.4. Masih noma'lum narsani biladi
Qur'onda Masih aytgan:
“sizlarga yeydigan va uylaringizda saqlaydigan narsalaringizni aytib berishga qodirman.” (Qur’on 3:49)
Qur'ondagi boshqa ko'p narsalar singari, biz ham sharhlovchilar tushuntirishi kerak bo'lgan to'liq bo'lmagan bayonotni olamiz. Bu, ehtimol, katta yoshli odam Masihning aytgani bo'lsa ham (u Isroil xalqiga murojaat qilganda), bir sharhlovchi Tabariy quyidagi voqeani aytib beradi:
“Iso maktabdagi bolalarga ularnig ota-onalari nima qilayotgani, nima saqlayotgani yoki nima yeyayotgani haqida gapirib berdi va u bolaga: "uyinga borsang, sening oilang uni yoki buni yashiradi va ular uni yoki buni yeyishapdi", dedi. Bola uyga kelib, yashirgan narsani so'radi va uni olguncha yig'ladi. Boladan "senga kim aytdi?" deb so'rashganda, u "Iso" deb javob berdi, keyin oila "bu sehrgar bilan o'ynama" deyishdi va bolalar u bilan o'ynashni to'xtatdilar. Bir kuni barcha bolalar bir uyga yig'ilib, birga o'ynashdi va "Iso ular bilan o'ynashga keldi. Unga: "bu yerda hech kim yo'q", deyishdi. U so'radi: "Uydan kelayotgan shovqin nima?" Ular unga: "Bu cho'chqalar", deyishdi. Iso: “Ha, bu shunday”, dedi va ularning hammasi cho‘chqaga aylanishdi.” (Tabariy, Qur'on Tafsiri 3:49).
Bu yerda biz Isoning faqat begunohlarni jazolash uchun mo'jizalar ko'rsatayotganini ko'ramiz.