Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 17-Understanding Islam -- 075 (Has the Qur'an been perfectly preserved?)
This page in: -- Arabic? -- Bengali -- Cebuano -- English -- French -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Kiswahili -- Malayalam -- Russian -- Somali -- Tamil -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous Chapter -- Next Chapter

17. Islomni Tushunish
BESHINCHI BO'LIM: MUSULMONLARNING XUSHXABARGA QARSHI E'TIROZLARINI TUSHUNISH
13 BOB: MUSULMONLARNING MASIHIYLIKKA E'TIROZLARI
13.1. Qur'onni saqlanishiga va Muqaddas Kitobning asl nusxasini buzilishiga ishonish.

13.1.5. Qur'on mukammal saqlanib qolganmi?


Qur'onning mukammal saqlanishi musulmon manbalarining o'zlari tomonidan rad etilgan yana bir yolg'on bayonotdir. Ko'pgina Islomiy manbalarda biz Qur'onning asl nusxasi yo'qolganini ko'ramiz. Masalan, Qurtubiy Qur’on tafsirida shunday yozadi:

“Oisha aytadi: “Ahzob surasi Payg‘ambarimiz hayotligida 200 ta oyat bo‘lgan, lekin Qur'on yig'ilganda biz faqat hozirgi Qur'onda topiladigan miqdorni topdik (bu 73 oyat)." (Qurtubiy, Qur'onning Ahzob surasi sharhi).

Muslim quyidagi hadisda Qur’onni o‘zgarganiga yana bir misol keltiradi:

“Umar ibn Xattob Rasulullohning minbarlariga o‘tirib: “Albatta, Alloh Muhammadni haq ila yubordi va unga Kitob nozil qildi va Unga nozil qilingan narsaga toshbo'ron qilish oyati ham kiritilgan edi." Biz uni o'qib chiqdik, xotiramizda saqladik va tushundik. Rasululloh o'limga qadar (oilali zinokor erkak va zinokor ayolni) toshbo'ron qilish jazosini tayinladi va bundan keyin biz ham toshbo'ron qilish jazosini bergiladik, Vaqt o'tishi bilan odamlar (bu haqda unutishlari mumkin) va shunday: Biz Allohning kitobida toshbo'ron qilish jazosini topa olmaymiz va shu tariqa Alloh buyurgan bu vazifadan voz kechib, adashamiz, deyishlaridan qo'rqaman. Toshbo'ron qilish, bu Allohning kitobida zino qilgan oilali erkak va ayol uchun dalillar yoki homiladorlik bo'lsa yoki (aybiga) iqror bo'lsa, farz qilingandir" (Sahih Muslim).

Qur'onning uchinchi o'zgarishi haqida Ibn Moja rivoyat qilgan hujjatli dalillar ham bor, u Muhammadning xotini Oishaning shunday deganini rivoyat qiladi:

"Toshbo'ron qilish va kattalarni emizish haqidagi oyat o'n marta nozil bo'lgan va qog'oz mening yostig'im ostida edi. Rasululloh vafot etganida, biz uning o'limi bilan ovora edik, bir xonaki qo'y kirib kelib, uni yebdi.” (Sunan Ibn Moja)

Bu Qur'onni mukammal saqlanishi haqidagi da'vosiga musulmonlarning aksariyati ishonadigan, ammo Islom manbalari tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan, yana bir yolg'on da'vo ekanligini ko'rsatadigan ko'plagan manbalardan uchtasidir.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on May 05, 2026, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)