Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 3 Growing resistance of Mecca towards Muhammad

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Previous book -- Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

3 - Makka Aholisining Muhammadga QARSHILIGINI Kuchayishi (616 – 619 yillar)

Makka aholisining qarshiligini o’sishi -- Muhammadning vahiy ko’rishi va osmonga ko’tarilishi.



3.01 -- Makka Aholisining Muhammadga QARSHILIGINI Kuchayishi -- (616 - 619 yillar)

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

3.02 -- Makka aholisining qarshiligini o’sishi (taxminan 616 yildan boshlab)

3.02.1 -- Umar ibn al’-Xattabning murojaati (taxminan 616 y.)

Amr ibn al’-As va Abdulloh ibn Rabi’a maqsadlariga erishmay Efiopiyadan qaytishgach, Hamza va Umar ibn al’-Hattob islomni qabul qilishdi. Umar ibn al’-Hattob kuchli va zabardast kishi bo’lganidan, u bilan hech kim urusholmas edi. Shunda Muhammadning ummatlari kurayshitlar bilan ochiq kurashish uchun o’zlarini yetarlcha kuchli deb his qildilar.

Abdulloh ibn Masud shunday dedi:”Umarni islomga o’tgunigacha biz Kaaba oldida toat-ibodat qilolmas edik. Umar* islomni qabul qilgach, u Kaabaning oldida toat-ibodat qilishga erishmagunigacha kurayshitlar bilan jang qildi, u bilan birga biz ham jang qildik”. Umarning murojaati Muhammadning ummatlari ko’chib ketishganidan keyin sodir bo’ldi.

* Keyinchalik ikkinchi halif bo’lgan Umar, havoriy Pavlus bilan solishtirish mumkin bo’lgan o’qimishli kishi bo’lgan. Muhammadning vafotidan keyin Umar va uning qo’shini islomni shimoliy Afrika va O’rta Osiyogacha tarqatishgan. Umar Quddusni zabt etgan va Masihiy markazlarni islom dini uchun o’zlashtirgan. Umar xalqlarni islomga so’z bilan emas, qilich bilan da’vat etgan musulmon elchisi bo’lgan!

Abd ar-Rahmon ibn al’-Xaris (Abu Hasmaning qizi bo’lgan onasining o’z og’zidan eshtgani bo’yicha) shunday degan:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytaman, biz Efiopiyaga ko’chib kelmoqchi edik. Umar ibn al’-Xattab kelganida Amir bizning qandaydir narsalarimizni olgani ketgan edi, Umar ibn al’-Xattab ko’p xudoli bo’lib, bizni ko’pincha haqoratlab xafa qilar edi. Umar ibn al’-Xattab ketmasdan oldimda turib:’Demak, Abdullohning onasi ketyabsizlarmi?’ – deb so’radi. Men:’Ha, Olloh bizni majburlab chiqarvormagunigacha biz Uning yerini tashlab chiqib ketishimiz kerak. Chunki sizlar bizni qiynadingizlar, xafa qildingizlar va haqoratladingizlar’ – deb javob berdim. O’shanda Umar ibn al’-Xattab:’Olloh sizlarga yor bo’lsin’ – dedida, chiqib ketdi. Men uning yuzida oldin hechqachon ko’rmagan afsuslanishni payqadim. U bizning ketishimizdan xavotirda edi. Amir qaytib kelganida, men unga shunday dedim:’Sen Umarni bizning ketayotganimizdan qanchalik xafa ekanligini ko’rsang edi’. Amir mendan:’Nahotki siz Umar islomni qabul qiladi deb o’ylaysiz’ – deb so’radi. Men:’Ha’ – deb javob berdim. Bunga Amir shunday dedi:’Siz hozir ko’rgan Umar, al’-Xattabning eshagidan oldinroq ham islomni qabul qilmaydi’. Amir Umarni islomga nisbatan qo’pol va bag’ri toshligini ko’rgani uchun Umarni islomni qabul qilishiga shubha bilan qarar edi”.

Umarning Islomni qabul qilishi quyidagicha sodir bo’lgan. Uning singlisi Fotima eri Said ibn Zayda ibn Amra ibn Nufayla bilan birga islomni qabul qiladilar, lekin ular buni Umardan qo’rqanlaridan pinxona qiladilar. Banu Adiy ibn Kaab qabilasidan bo’lgan Nuaym ibn Abdulloh an-Nahham ham islomni qabul qilib, qabilasidan qo’rqqanidan buni yashiradi. Habbab ibn al’-Arat Qur’on o’rgatish uchun Umarning singlisi oldiga keladi. Bir kuni as-Safa tepaligidagi uyda Muhammad qiriqqa yaqin erkak va ayollar to’plangan joyga Umar qilichini beliga bog’lab Muhammad bilan ko’rishgani bordi. Ularning orasida Umarning tog’asi Hamza, Abu Bakr, Ali va Efiopiyaga ketmasdan u bilan birga Makkada qolgan boshqalar ham bor edilar.

Nuaym ibn Abdulloh Umarni ko’rib, qayoqqa ketayotganini so’radi. Umar:”Men kurayshitlarni ahmoq deb e’lon qilgan, ularning imoniga shak keltirigan va ularning xudolarini haqoratlagan imonini sotgan Muhammadni o’ldirmoqchiman”. Bu gabga Nuaym shunday dedi:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytaman, sen barbod qilishga shoshilyabsan. Yoki sen agar Muhammadni o’ldirsang Abd Manafaning o’g’illari seni yer yuzida yurishga yo’l qo’yadi deb o’ylaysanmi? Nimaga sen uyinga qaytib o’zingnikilarni hal qilmaysan?” Umar:”Sen ‘o’zingnikilar’ deb kimni nazarda tutyabsan?” – deb so’radi. Nuaym shunday javob berdi:”Pochchang va amakivachchang Said ibn Amra va singling Fotimani nazrda tutyabman. Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, ular islomni qabul qilib, Muhammadga ergashyabdilar. Sen oldin ular bilan hal qil!” Bundan so’ng Umar pochchasini uyiga ketdi. U yerda 20 Ta Ha* surasi yozilgan kitobi bor Habbab ibn al’-Arat bor edi va u ularga bu surani o’qityotgan edi. Umarning ovozini eshitib Habbab yashirindi, Fotima esa kitobni kiyimining ichiga yashirdi. Lekin Umar uyga kelganda Habbab qanday kitobdan o’qiyotganini eshitgan edi. Umar kiriboq:”Bu yerda qanaqa aljirashlarni eshityabman?” – deb so’radi. Ular:”Sen hech narsa eshitmading” – deyishdi.

* Ayrim suralar harflardan boshlanadi, ayrim harflarning asl ma’nosi musulmonlarning o’zi uchun ham noma’lum. Shunday suralardan biri Ta Ha surasi.

U javoban: “Butunlay aminman! Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, sizlar Muhammadning izdoshi ekaningizni eshitdim” Shundan so’ng U pochchasini yuziga urdi, ularning o’rtasiga opasi turganda, u opasini ham urib jarohatladi. Shundan so’ng ikkalasi ham tan olib:“Ha, biz musulmon bo’ldik. Biz Ollohga va Uning elchisiga ishonamiz. Endi nimani to’g’ri deb bilsang shunday qil!” – deyishdi.

Umar opasini yuzidagi qonni ko’rib qilgan qilmishidan afsuslandi. U opasiga:“Sizlar o’qiyotgan kitobni menga ber, sizlarga Muhammad nima olib kelganini ko’rmoqchiman” – dedi. Umar esa oqishni va yozishni bilar edi. Fotima bunga javoban:”Sen kitobga zarar etkazasan deb qo’rqyabmiz” – dedi. U ularga unatib:“Qorqmanglar!” – dedi. Oqib bo’lgach qaytarib berishga o’z xudolari bilan ont ichib va’da berdi.

U e’tibor bergan bu so’zlar unga umid berdi va Fotima Umarga dedi:”Sen ko’p xudolisan, shuning uchun toza emassan. Kitobga faqat toza odamlar tega oladilar”. Umar turib tahorat qildi. Shundagina Fotima Umarga yozilgan Ta Ha kitobni berdi. Umar surani boshini o’qib qichqirgancha:”Qanday chiroyli baland parvoz so’zlar!” – dedi. O’shanda xonaga Habbab ham kirdi va dedi:”Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, Olloh payg’ambarning toat-ibodatlari tufayli seni tanlaganiga umid qilaman. Men kecha Muhammadning:’Olloh islomni Abu al’-Hakam ibn Hisham orqali yoki Umar ibn al’-Hattab orqali mustahkamla’ – deb ibodat qilayotganini eshitdim. Ey Umar Ollohga murojaat qil!” Umar bunga javoban:”Uning imonini qabul qilishim uchun meni Muhammadning oldiga olib bor” - dedi. Habbab:”Muhammad hozir do’stlari bilan birga as-Safa tepaligidagi uydadir” – dedi.

Umar qilichini bog’lab o’sha uy tomon yo’l oldi. U eshikni taqillatdi. Muhammadning bir ummati eshikning tirqishidan qaragan edi, qilichini bog’lab olgan Umarni ko’rib qo’rqib ketdida Muhammadning yoniga bu xabarni aytgani yugurdi. Shunda Hamza ibn Abd al’-Muttalib shunday dedi:”Ichkariga kirsin! Agar uning niyati yaxshilik bo’lsa, unda biz ham yaxshilik bilan javob beramiz. Agar u yomon maqsad bilan kelgan bo’lsa, biz uning boshini qilichi bilan olib tashlaymiz”. Muhammad Umarni kirgizdirishlarini buyurdi va o’rnida turib uni kirish joyida kutib olgani bordi. Muhammad Umarni kamaridan va yoqasidan ushlab, o’ziga tortib so’radi:”Hattab o’g’li seni bu yerga nima olib keldi? Olloh nomi bilan aytamanki, U senga falokat jo’natmagunigacha sen o’zinga tinchlik topasan”. Umar:”Ey Olloh elchisi, men Ollohga va Uning elchisiga va unga Ollohdan ochib berilgan narsalarning hammasiga ishonganimni tan olish uchun keldim” – dedi. Muhammad baland ovozda:”Olloh ulug’dir!” – dedi. Uydagi to’planganlarning hammasi Umarni musulmon bo’lganini tushunib yetdilar.

Keyin Muhammadning ummatlari Umar va Hamzaning islomni qabul qilganidan dalda olib, uylariga ketishdi. Chunki ularning ikkalasi Muhammadni himoya qilishini va dushmanlar oldida o’z huquqlarini himoya qilishlarini bilar edilar.

3.02.2 -- Umarning musulmonchilikdagi mustahkamligi

Abdulloh ibn Umarning qullikdan ozodlikka qo’yib yuborilgan quli Nafia, Ibn Umar haqida quyidagilarni menga aytib berdi:“Umar islomni qabul qilgach, u:‘Kurayshitlardan kim islom uruflarini yaxshi biladi?‘ – deb so’radi. Unga Jamil ibn Mamar al‘-Jumahi yaxshi biladi deb aytishdi. Ertasiga Umar Jamilni oldiga ketdi. Ibn Umar buni shunday aytib beradi:‘Men u nima qilishini ko’rish uchun Umarni orqasidan kuzatib bordim. Men kichkina bola bo’lmaganim uchun ko’rganlarimni yaxshi tushunar edim. Umar Jamilni yoniga kelgach unga:“Sen meni musulmon bo’lganimni va Muhammadning ummati bo’lganimni bilasanmi?“ – dedi. Jamil hech narsa demasdan to’nini yelkasiga tashladida kurayshitlar yig’ilgan muqaddas joyga ketdi. Men otam bilan Umarning orqasidan kuzatib bordik. Jamil baland ovozda baqirgancha:‘Al‘-Hattabning o’gli dinini sotibdi‘ – dedi. Umar esa uning orqasidanoq:‘U aldayabdi! Men musulmon bo’ldim va Ollohdan boshqa Xudo yo’qligi va Muhammad Uning quli va elhisi ekanligi haqida guvohlik aytyabman‘ – dedi“.

Kurayshitlar unga tashlanib quyosh tepalariga kelgunigacha urushdilar. Shunda Umar charchab o’tirdi. Kurayshitlar Umarning atrofiga yig’ildilar u ularga shunday dedi:”Nimani to’g’ri deb bilsalaring shuni qilinglar, lekin men Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, agar biz uch yuzta odam bo’lganimizda, bu joyni sizga yoki bizga tashlab ketishga to‘g’ri kelgunigacha uzoq urushgan bo’lar edik”. Ular shunday tortishib turishganida Yemen materialidan plash kiygan, rangli ko’ylakdagi bir keksa kurayshit ularning yoniga keldi. Ularni yoniga to’xtab, nima bo’layotganini so’radi. Unga Umar dinini sotibdi deyishdi. Shunda bu keksa kishi ularga:”Umarni o’z holiga qo’yinglar! U o’ziga imon tanlagan ekan, bundan sizlarga nima? Yoki siz Banu Adiy ibn Kaab o’zining dushmanini sizlarga beradi deb o’ylaysizmi?” – dedi. Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki ular undan yechib olingan keyimdek bo’ldilar.

Abd ar-Raxmon ibn Xaris xotinidan eshitganini yoki Umarning qaysidir bir uydagilaridan eshitgani bo’yicha menga quyidagilarni aytib berdi. Aytishicha Umar:“Men Muhammadga boshqalardan ham ko’ra ko’proq dushmanligimni angladim va bu haqida fikrladim. Men Muhammadni oldiga musulmon bo’lganimni aytgani borishga qaror qildim. Men bu kishi – Abu Jahl dedim va tongda uning uyiga borib eshikni taqillatdim.

Abu Jahl uydan chiqdida, baland ovozda:“Jiyanim xush kelibsan! Seni bu yerga nima olib keldi? – dedi. Men unga:‘Men sizning oldingizga musulmon bo’lganimni, Ollohga va uning elchisi Muhammadga ishonishimni va Muhammadning vahiysini haqiqat deb hisoblasimni aytgani keldim‘ – dedim. Shunda u:’Olloh seni xabaring bilan sharmanda qilsin!‘ – dedida, eshikni yopib kirib ketdi.“

3.02.3 -- Abu Tolibning darasida (g‘orida)

Muhammadning ummatlari Negusda xotirjamlik, xavfsizlik va himoya topganlarini, Umarni islomni qabul qilganini, Hamza ham Muhammad tarafiga o’tganini va ko’plab qabilalar orasida ham islomni tarqashini kurayshitlar ko’rib, ular bir joyga yig’ilishdi va Banu Hoshim qabilasi bilan nikoh qurmaslik haqidagi hujjatni tuzishga qaror qildilar. O’z roziligini tasdiqlash uchun bu hujjatni Kaabaning ichiga osib qo’ydilar.

Shunda Banu Hoshim qabilasi va al’-Muttalib qabilasi Abu Tolibning darasiga ko’chib bordilar. Faqat Abu Lahab ibn Abd al’-Uzza ibn Abd al’-Muttalib Hoshimning o’g’illaridan ajrab kurayshitlarni ma’qulladi. Husayn ibn Abdulloh bularni aytib berdi:”Abu Lahab qabilasini tashlab kurayshitlar bilan do’st bo’lganida, u Utba ibn Rabi’aning qizi Xindni uchratadi va unga:’Utbaning qizi, meni eshit, men al’-Latga va al’-Uzzelarga yordam bermaganmanmi, senga qarshi chiqqanlardan voz kecmaganmanmi?’ – dedi. U qiz unga javoban dedi:’Utbaning otasi, Olloh seni albatta mukofatlaydi. Abu Lahab bundan tashqari quyidagilarni aytgan deyishadi: ’Muhammad o’limdan keyin nimanidir va’da qilyabdi va buni borligiga menimcha o’zi ham ishonmayabdi. Meni qo’limga u nima sololadi?’ Keyin u qo’lariga pufladi va dedi:’Iloyim yo’q bo’lib ketinglar! Muhammad aytyotganidan hech narsa ko’rmayabman’ Shunda Olloh shunday vahiy berdi:’Abu Lahabning ikki qo’li yo’q bo’lsin’ (Masad surasi 111:1)

Musulmonlar bu darrada qiynalib ikki uch-yil yashadilar, ularning kurayshit do’stlari faqatgina yashirincha yordam berardilar. Bir kuni Hakim ibn Hizam ibn Huvaylida va uning quli ularga bug’doy olib ketishyotganida buni Abu Jahl ko’rib qoldi. Hakim Muhammad bilan birga bu darrada eri bilan birga yashayotgan Huvaylidaning qizi ammasiga bug’doy olib kelmoqchi bo’ldi. Abu Jahl unga mahkam yopishib olib baqirgancha:“Sen bug’doyni Hoshimning o’g’illariga olib bormoqchimisan? Olloh nomi bilan ont ichib aytaman, na sen yoki na sening ovqating bir qadam ham o’tmaydi; sen men bilan Makkaga borasan va men u yerda senlarni ikkalangni ham sharmanda qilaman!“ – dedi.

Shunda ularning yoniga Abu al‘-Bahtari ibn Hoshim keldi va so’radi:“Bu yerda nima bo’lyabdi?“ Abu Jahl:“Hakim Hoshimning qabilasiga bug’doy olib bormoqchi“ – deb javob berdi. Shunda Abu al‘-Bahtari:“Hakim olib bormoqchi bo’lgan bug’doy, uning ammasi Hokimnikida saqlayotgan bug’doydir va endi ammasi bug’doyni qaytarib olmoqchi. Sen Hakimga bu bugg’doyni shaxsiy xo’jayiniga olib borishini taqiqlaysanmi? Hakimni o’z holiga qo’y!“ Biroq Abu Jahl bunga rozi bo’lmadi va ish jangacha bordi. Abu al‘-Bahtari tuyaning jag‘i bilan Abu Jahlni jarohatladi. Bundan tashqari Abu al‘-Bahtari uni bir necha marta tepdi. Hamza ularga yaqin joyda turgan edi, shuning uchun hamma voqeani ko’rib guvohi bo’ldi. Bu urushganlarni xavotirga soldi, chunki Muammad buni eshitishi va bunga xursand bo’lishi mumkin edi.

3.02.4 -- Muhammadning amakisi Abu Lahab va uning xotini Umm Jamil

Olloh Muhammadni kurayshitlardan himoya qildi va Banu Hoshim, Banu al’-Muttalib va uning amakisi Muhammadni xafa qildirib qo’ymadilar, kurayshitlar Muhammadni yomonlab, unga qarshi bo’lishda davom etdilar. Shunda Qur’onda Muhammadga qarshi turganlarga qarshi va kurayshitlarga qarshi vahiylar paydo bo’la boshladi. Ularning bir qismi ismlari bilan eslatib o’tilgan, qolgan qismi esa kofirlarni umumiy soniga kirgizilgan. Birinchisiga Muhammadning amakisi Abu Lahab va uning xotini Harbaning qizi ‘o’tin ko’taruchi’ Umm Jamil. Umm Jamil Muhammadning yo’liga tikonli o’tin qoygani uchun shunday nomlangan. Shuning uchun Qur’onda shunday aytilgan: ”1 Abu Lahabning qo’llari qurisin (halok bo’lsin)! Halok bo’ldi ham. 2 Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi. 3 Yaqinda (u) olovda toplanajak. 4 Shuningdek o’tin tashuvchi xotini ham. 5 Bo’ynida puxta eshilgan arqoni ham bo’lur”* (Masad surasi 111:1-5).

* Bu surada Muhammad o’zining akasi Abu Lahabni lanatlayabdi va undan va uning xotinidan qasos olishni e’lon qilishi bu dushmanlarni marhamatlamasdan ularni lanatlash, ularni sevmasdan ularni yomon ko’radigan islom ruhini namunasidir. (Masad surasi 111:1-5).
Iso esa aksincha shunday o’rgatgan:”Dushmanlaringizni seving, ularga yaxshilik qiling, sizni lanatlaganlarni marhamatlang, sizlarni quvg’in qilganlar uchun ibodat qiling. Shunda Osmondagi Otangizni bolalari bo’lasizlar”. (Matto 5:44, Luqo 6:35)

Umm Jamil o’zi va eri haqdagi vahiyni bilganidan so’ng Muhammadning oldiga katta tosh bilan borgan, Muhammad bu paytda Kaabaning oldida Abu Bakr bilan o’tirgan edi. Umm Jamil Muhammadning oldiga kelganida, Olloh uni ko’r qilib qo’yadi va u Muhammadni ko’rmay qoladi. U Abu Bakirdan:”Qani do’sting? U mening ustimdan kulganini eshitdim. Olloh nomi bilan qasam ichib aytaman, agar men uni ko’rsam og’ziga shu toshlar bilan uraman!”

Umm Jamil ketganida Abu Bakr Muhammaddan:“Nima deb o’ylaysan, u seni ko’rdimi?“ – deb so’radi. Muhammad unga javoban:“U meni ko’rmadi: Olloh meni unga ko’rinmas qilib qo‘ydi“ – dedi.

3.02.5 -- Butlar ustidan kulishni taqiqlash

Bir kuni Abu Jahl Olloh elchisini uchratib qolib unga shunday deganini menga aytshdi:”Bizni xudolarimizni haqorat qilishni to’xtat, aks holda biz sen sajda qilayotgan xudoni haqoratlaymiz”. Shunda Olloh shunday vahiy bergan:” “Ollohdan o’zgaga sig’inadiganlarni so’kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan Ollohni so’kib yuboradilar…”(An’om surasi 6:108).” Muhammad shu ondayoq ularning xudosini haqorat qilishni to’xtatdi va hammani Ollohga ishonishga chaqirdi.*

* Bu yera biz Muhammadning diplomatic donoligini ko’ryabmiz. Muhammad o’zining xabarining ijobiy tarafini to’siqsiz tarqalish imkoniyatiga ega bo’lish uchun haqiqatning salbiy tomonini berkitgan.

3.02.6 -- Do’zaxda yonadiganlar haqida

Har safar Muhammad yig’ilishda Qur’onni o’qishni va kurayshitlarni oldingi xalqlarning taqdiri haqida ogohlantirib, ularni Ollohga ishonishga da’vat qilishni boshlaganida, an-Nodir ibn al’-Xaris kuchli fors shohlari bo’lgan Rustam va Isfandiyor haqidagi hikoyani aytar edi. Keyin an-Nodir ibn al’-Xaris:”Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, Muhammadning hikoyalari menikidan hech qanday yaxshi emasdir. Uning hikoyalari menikiga o’xshab eski kitoblardan olingan” – dedi.

Shunda Olloh bunday vahiy berdi: “5 Ular:”Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur”, dedilar. 6 Sen:”Uni osmonlaru yerdagi sirni bildiradigan Zot nazil qildi. Albatta, U mag’firatli va rahmli Zotdir”, degin” (Furqon surasi 25:5-6). 7 Har bir yolg’onchi gunohkorga halokat bo’lsin! 8 U o’ziga tilovat qilgan Ollohning tilovatlarini eshitadi-yu, xuddi eshitmagandek mutakabbirlik qilib turib oladi. Bas, unga alamli azob xushxabarini ber (Josiya surasi 45:7-8). 151 Ogoh bo’lingkim! Ular o’z uydirmalarida dedilar: 152 “Olloh tug’di”. Albatta ular yolg’onchidir.* (Vas-Saffot 37:151-152).

* Muhammad ko’p xudolikka qarshiligi bilan birga ilohiyot jangi ham musulmonlar va masihiylar orasida kuchaya boshladi. Masihiylar Xudoning O’g’liga ishonganlari uchun Muhammad ularni yolg’onchilar deb tasvirladi. Keyinroq Muhammad ularni lanatladi (Oli Imron surasi 3:61; Tavba surasi 9:29-30).

Bir kuni Muhammad Valid ibn al’-Mugir va boshqa kurayshitlar bilan Kaabani oldida o’tirgan edi. An-Nodir ibn al’-Haris kelib Muhammadning yoniga o’tirdi. Muhammad gapirganida an-Nodir qarshilik bildirdi. Muhammad uni jim bo’lishiga majbur qildi va Qur’ondagi quyidagi oyatni o’qidi: “98 Albatta, sizlar va Ollohdan o’zga ibodat qilgannarsalaringiz jahannam yoqilgisidirsiz. Sizlar unga kiruvchilarsiz. 99 Agar anavilar xudolar bo’lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar. 100 U yerda ularga ingrash bordir” (Anbiyo surasi 21:98-100).

Muhammad turishga ulgurmagan ham ediki, uning yoniga shahmit Abdulloh ibn az-Zibar kelib o’tirdi. Shunda Al’-Volid ibn al’-Mugira unga dedi:”Muhammad Ollohdan tashqari sajda qilgan boshqa hamma narsa do’zaxda yonib ketadi deyotganida An-Nadr bizni yonimizga o’tirishga arang ulgurdi”. Shunda Abdulloh:”Olloh nomi bilan ont ichamanki, agar men Muhammadni uchratsam, u bilan tortishaman. Muhammaddan so’ranglarchi Ollohdan boshqa narsaga ishonganlar, o’sha ishonilganlar bilan birga do’zaxga tashlanishi to’g’rimikin. Biz farishtalarga ishonamiz, Yahudilar Yezdraga*, masihiylar esa – Isoga ishonadilar”. Abdulohning gapi al’-Validga va boshqalarga yoqdi. U Muhammadning gapiga qarshi isbot topganiga ular xursand bo’ldilar. Muhammadga Abdulloh so’raganini yetgazishganida, Muhammad shunday dedi:”Ollohdan tashqari o’zlariga sajda qilishlarini xohlaganlar va ularga sajda qilyotganlarning hammasi birga do’zaxda yonadilar”.** Kurayshitlar ularga sajda qilishlarini xohlagan shaytonga (Tavagit) va butlarga sajda qilganlar. Shunda Olloh unga shunday vahiy berdi: “101 Albatta, Bizdan ularga yaxshilik ravo ko’rilganlar, ana o’shalar, undan uzoqlashganlardirlar. 101 Ular uning chisirlashini eshitmaslar. Ular o’z nafslari ichida abadiy qolguvchilardir” (Anbiyo surasi 21:101-102) – masalan Iso, Ezra, ravvinlar (o’qituvchi va buyuk kishilar) va ruhoniylar, Ollohga itoatda qazo qilganlar.

* Yahudiylar ba’zida Yezdrani yuqori xurmatlashganki atrofdagilarga Yahudiylar unga ishonishyotganday tuyular edilar.
** Musulmonlar uchun Masihga ishonish jirkanchdir (Vahiy 5:12). Do’zaxdagi abadiy qiynoq musulmonlar uchun Isoga ishongan masihiylar uchun ham tegishli deyishadi.

Ular farishtalarga, Ollohning qizlariga sajda qilyotganlarga bunday vahiy berilgan: “26 Ular:”Rohman farzand tutdi”, dedilar. U pokdir. Yo’q! Ikrom etilgan bandalaridir. 27 ular undan oldin so’z aytmaslar. Ular uning amri ila amal qilurlar” (Anbiyo surasi 21:26-27).

Isoga nisbatan quyidagi javob kelgan: “59 U faqat bir bandadir. Biz unga ne’mat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik… 61 Albatta U (Iso) qiyomat soati ilmi-belgisidir. Bas, siz u soat haqida hech shubha qilmang va Menga ergashing! Mana shu to’g’ri yo’ldir” (Zuxruf surasi 43:59 va 61). Bu soatning yetarlicha isboti Xudo Iso orqali qilgan mo’jizalari, Uning o’limdan tirilishi va kasallarni shifolashidir.* Shuning uchun ikkilanmang!

* Masih va Uning mo’jizalari Qur’onda Olloh hukmini belgisi va alomati hisoblanadi!

3.02.7 -- O’liklarning tirilishi haqida

Ubay ibn Xalaf va Ukba ibn Abu Muaitlar yaqin do’stlar bo’lishgan. Bir kuni Ubay do’sti Ukbani Muhammad bilan o’tirib uni tinglayotganini eshitib qoldi. Shunda Ubay Ukbaning oldiga borib:”Sen Muhammadning oldiga borib uni tinlaganingni eshitdim. Agar bu rost bo’lsa, qasam ichib aytamanki, sen uning yoniga borishni to’xtatmagunigacha va uning yuziga tupurmaguningacha sen bilan ko’rishmayman ham, gaplashmayman ham” – dedi. Ollohning dushmani Ukba – Muhammadning Ollohini lanatladi! – shunday qildi. Bunga nisbatan buyuk Ollohdan quyidagi vahiy keldi: “U kunda zolim ikki qo’lini tishlab:”Ey voh! Payg’ambar ila bir yo’lni tutganimda edi!”, der” (Furqon surasi 25:27).

Bir kuni Ubay eskirib ketgan suyak bilan Muhammadning oldiga kelib, undan bu suyak tirilishiga rostdan ham ishonishini so’radi. U suyakni qo’li bilan maydalab, kulini shamolga puflab tashladi. Muhammad Ubayga:”Ha, Olloh bu suyak va unga o’xshab qoladigan seni ham rostdan ham tiriltiradi va shunda Olloh seni do’zaxga tashlaydi” – dedi.*

* Yosin 36:78 surasini qarang

3.02.8 -- Muhammad va butparast kurayshitlar o’rtasidagi mojaro

Muhammad bir kuni Kaabaning atrofini aylanib o’tayotganida, kurayshitlarning xurmatli kishilari bo’lgan al’-Asad ibn al’-Muttalib, Valid ibn al’-Mugira, Umayya ibn Halaf va al’-As ibn Vaillar uning yo’lini to’sishdi. Ular:”Muhammad yaxshi biz sening xudoyinga ishonishga tayyormiz. Biz birgalikda duo qilishimiz uchun sen bizning xudolarimizga sajda qilasan. Agar sen sajda qilayotgan yaxshi bo’lsa, biz o’z ulushimizni olamiz. Agar biz sajda qilayotgan yaxshi bo’lsa, sen o’zingni ulushingni olasan” - deyishdi. Shunda Olloh bunday vahiy berdi: “1 Ayt:”Ey kofirlar!” 2 Men sizga ibodat qilgan narsalarga ibodat qilmasman” (Kofirun surasi 109:1-2).

3.02.9 -- Do’zaxdagi Zaqqum daraxti

Qur’onda imonsizlarni tahdid qilish uchun Zaqqum daraxti eslatib o’tiladi. Abu Jahl shunday degan:”Kurayshitlar, sizlarni Muhammad qo’rqitadigan Zaqqum daraxti nimaligini bilasizlarmi? U madinaning yog’li jiydasidir. Olloh nomi bilan ond ichamanki, agar biz shunday Zaqqumga ega bo’lganimizda, uning ta’mi bizga yoqqan bo’lar edi”. Shunda Olloh bunday vahiy berdi: “43 Albatta, Zaqqum daraxti. 44 Gunohkorlar taomidir. 45 U xuddi eritilgan ma’dandek qorinlarda qaynaydir. 46 Qaynoq suvning qaynashiga o’xshaydir” (Duxon surasi 44:43-46).* Abu Jahlning aytgani nato’g’ri.

* Vas-Saffot surasi 37:62 va Voqea surasi bilan taqqoslang.

3.02.10 -- Umm Maktumaning ko’r o’g’li

Bir kuni Muhammad Valid ibn Mugirani islomni qabul qilishga harakat qilish maqsadida suxbatlashyotganida Umm Maktubaning ko’r o’g’li yonlaridan o’tib qoldi. U ham Muhammad bilan gaplashib undan Qur’onni o’qib berishini so’radi. Biroq Muhammad islomni qabul qilmoqchi bo’lgan Valid bilan gaplashmoqchi bo’lgani uchun, ko’r bolaning savollari uning g’ashiga tegdi. Ko’zi ojiz Muhammaddan eshitishni juda ham xohlaganida, Muhammad jahli chiqib unga teskari qarab, uni tashlab ketdi.*

* Iso esa aksincha olomonni qoldirib, ko’zi ojiz odam tomon burildi va O’zining qudratli so’zlari bilan ko’rning ko’zlarini ochdi (Mark 10:46-52). Muhammad shifolash hokimyatiga ega emas edi. U kuchsizlarni emas, kuchli insonlarni o’ziga va islomga olib kelishga harakat qilgan. U xurmatli inson bilan gaplashish uchun ko’zi ojizni tashlab ketdi. Iso anglagan holda yordam berish uchun bechoralarning, nopoklarning, kasallarning, kuchsizlarning va gunohkorlarning oldiga borgan (Matto 11:25-30).
Abasa surasi 80:1-11 surasida Muhammad ko’rga nisbatan bunday munosabati uchun tanbeh eshitgani yozilgan!

3.02.11 -- Efiopiyadan qaytganlar haqida

Efiopiyadan ketgan Muhammadning ummatlari Makkaning aholisi islomni qabul qilganligi haqida eshitdilar. Biroq Makkaning yaqiniga kelganlarida bu nato’g’ri ekanini bildilar. Shuning uchun ular faqatgina yashirincha Makkaga kiroldilar. Ularning ba’zilari Muhammad Madinaga ko’chib o’tgunigacha shaharda qoldilar va Muhammad uchun Badradagi va Uhuddagi jangda jang qildilar. Boshqalar Makkada qolib Badradagi jangda va boshqa janglarda qatnashmadilar. Ba’zi birlari Makkada halok bo’ldilar. Umumiy Efiopiyadan 33 ta odam qaytdi.*

* Muhammad aholining qarshilik jangida kuchsizlik qilib, al’-Lat, al’-Uzzu va al’-Manatlarni Olloh bilan birga ma’budlar deb, hatto ularga ilohiy vahiyda qonuniy tan olganligini Ibn Hisham yashirgan (Najm surasi 53:19-21 va Xadj surasi 22:52-53) Muhammad bu oyatlarni keyinroq shayton shivirlangan deb rad qildi. Bundan tashqari “shayton she’rlari” yoki “shayton oyatlari” hozirgacha Qur’onda bor.
Efiopiyadan joy qidirib yurgan imonlilar Muhammad ko’p xudolikka qaysidir ma’noda ruxsat berganini eshitgach, ular o’zga yurtni tashlab, Makkaga qaytib keldilar. Biroq ular vatanlariga yetib kelganlarida, Muhammad yolg’on vahiydek dushmanlari bilan kelishuvni rad qildi. Muhammad shaytonni shivirlashi bilan Xudoning haqiqiy ovozidan ajiratolmadi. Bu degani Muhammadning bu tasdig’i Qur’ondagi boshqa oyatlarni shaytondanligi imkoniyati borligi savolini ochiq qoldiryabdi.

3.02.12 -- Osmanning jasurligi haqida

Osmanning o’zidan eshitgan bir kishi Salih ibn Ibrohim ibn Abd ar-Rahmon ibn Aufga aytib berganini menga aytib berdi:”Osman ibn Ma‘zun Muhammadning ummatlari qiyinalishyotganini ko’rib, o’zi esa qayerga borishni xohlasa al-Validning himoyasida yurar edi. Shunda Osman shunday dedi:’Olloh nomi bilan ont ichamanki, men budparastlarning himoyasida yurganimdan yuragim og’riyabdi, Muhammadning ummatlari esa har xil sinovlarga va Ollohga bo’lgan imonlari uchun nohaqliklarga uchrayabdilar’. Shunda Osman al-Validning yoniga borib dedi:’Sening himoyang o’zini oqladi. Biroq men undan endilikda voz kehaman’. Al-Valid Osmandan so’radi:’Jiyanim, lekin nimaga voz kechyabsan? Balki mening odamlarimdan kimdir seni kamsitdimi?’ Osman unga javoban:’Yo’q, lekin menga Ollohning himoyasi yetarlidir va men boshqa himoyaga muhtoj emasman’ – dedi. Al-Valid bunga javoban:’Unda Kaabaga boraylik men seni himoyamga olishimni u yerda aytganimdek, sen u yerda mening himoyamdan voz kechishingni aytasan’ – dedi. Shunda ular muqaddas joyga borishdi va Al-Valid dedi:’Osman men uni taqdim etgan himoyadan voz kechgani keldi’. Osman bunga shunday dedi:’Bu to’g’ri. Men Al-Validni sodiq va yaxshi himoyachi bo’lganini tan olaman, lekin men Ollohdan boshqa himoyachini xohlamayman. Shuning uchun men Al-Validni javobgarligidan ozod qilaman’”.

Bir kuni Labid ibn Rabia ibn Malik ibn Jafar ibn Kilab kurayshitlarga she’r o’qib berdi. U:”Ollohdan tashqari hamma narsa bekor” – deganida, u yerda turgan Osman:”Sen to’g’ri aytding!” – deb baqirdi. Labid:’Hamma rohat bir kuni tugaydi’ – deb davom etdi. Osman bunga javoban:’Sen yolg’on aytyabsan. Jannatdagi rohat hech qachon tugamaydi!’ Shunda Labid:’Ey kurayshitlar! Olloh nomi bilan ont ichimanki, yig’ilishingizda sizlardan hech kim haqoratlanmagan edi. Qachongacha sizlarning oralaringda bunday sodir bo’lishi mumkin? – dedi. Yig’ilishda qatnashyotgan bir kishi bunga javoban:’Bu odam aytyotganiga e’tibor qilma. U o’z imonidan kechgan bir ahmoqlarning biridir’ – dedi. Osman ham jim turishni xohlamadi va tortishishni boshlandi. Shunda u odam Osmanni ko’ziga urib ko’zini ko’kartirdi. Yaqinda turgan Al-Valid buni ko’rib, baqirgancha dedi:‘Jiyanim, Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, mening himoyamda bo’lganingda sening ko’zing shikassiz qolishi mumkin edi.‘ Osman bunga javoban dedi:‘Yo’q do’stim, Olloh nomi bilan qasam ichib aytamnanki, mening ko’zim Ollohni xizmatida ishtrok qilishni xohlaydi. Men sendan ham kuchli ota Abd Shamsning himoyasidaman‘. Al-Valid dedi:‘Jiyanim kel, agar xohlasang, men seni yana himoyamga olaman‘. Biroq Osman bu haqida eshitishni ham xohlamadi.

3.02.13 -- Abu Salom va uning himoyasi haqida

Abu Ishoq Ibn Yasar menga Salam ibn Umar ibn Abu Salam haqida aytib berdi. “Abu Salom Abu Tolibning himoyasiga turganida Banu Mahzum qabilasidan bir necha kishilar kelib Abu Tolibga deyishdi:’Sen bizga qarshi bo’lib akangning o’g’lini himoyasiga turib olding. Endi nimaga bizning bitta odamimizni himoyalayabsan?’ Bunga Abu Tolib dedi:’Abu Salom mening himoyamda va u mening singlimning o’g’lidir. Agar singlimning o’g’lini himoyalamasam, unda akamning o’g’lini himoyalamayman’. Shunda Abu lahab o’rnidan turib dedi:’Olloh nomi bilan aytamanki, sizlar bu qariya uchun ko’p narsa qildilaring. U o’zining yaqinlarini himoya qilgani uchun, doim unga tashlanasizlar. Uni o’z holiga qo’yinglar, yoki u o’z maqsadiga yetgunicha u bilan birga turaylik’. Ular javoban dedilar:’Ota Utba biz boshqa senga qarshi ish qilishni xohlamaymiz. Bu ularning do’sti bo’lib Muhammadga qarshi turishda ularni yoqlagan va shunday bo’lib qolgan”.

3.02.14 -- Abu Bakr haqida

Kurayshitlar birlashib Muhammadga va uning ummatlariga Makkada ko’p haqoratlar yog’dirganida solih Abu Bakr Muhammaddan ko’chishga ruxsat so’raganliga haqida Aishadan eshitganini Muhammad ibn Muslim menga aytib bergan edi. Muhammad Abu Bakrga ruxsat bergan va u ketgan. Biroq ikki kundan so’ng Abu Bakr yo’lda o’sha paytda Axabish qabilasining xo’jayini bo’lgan Banu al-Xaris ibn Abd Manata ibn Kinanning ukasi Ibn ad-Dugunnani uchratadi. Ibn ad-Dugunna Abu Bakrdan qayerga ketmoqchi bo’lganini so’radi. Abu Bakr:”Xalqim meni haydadi. Ular meni tahqirlab, siqib chiqarishdi”. “Nimaga bunday qilishdi” – so’radi ad-Dugunna:“Sen xalqingning bezagisanku, ularning tashvishlarida yordam berasan. Yaxshilik qilasan va yo’qolgan narsani qaytarasan. Orqanga qayt, men seni himoya qilaman!” Abu Bakr u bilan Makkaga qaytdi va Ibn Dugunna kurayshitlarga Abu Bakrni himoya qilishini va hech kim uni xafa qilmasligini aytdi. Shundan so’ng ular Abu Bakrni tinch qo’yishdi.

Yana Ayisha Abu Bakr o’zing uyining oldida Banu Jumayhning oralig’ida ibodat qiladigan joyi borligini aytgan. Abu Bakr ta’sirchan kishi bo’lgan va Qur’onni shunday o’qiganki, eshitgan odam yig’lagan. Yoshlar, qullar va ayollar – hamma turib uning o’qishini mazza qilib eshitishgan. Shuning uchun ba’zi kurayshitlar Ibn ad-Dugunnaga arz qilgani borib deganlar:”Sen bu odamni bizga zarar keltirish uchun himoyanga oldingmi? U ibodat qilganida va Qur’on o’qiganida chuqur ta’sirchan bo’ladi. Bundan tashqari u chiroyli va u bizni ayollarimizni, bolalarni va kuchsiz odamlarni yo’ldan urmasin deb oldini olyabmiz. Borib unga uydan chiqmaslikni buyur. Uyida nimani xohlasa shuni qilsin”.

Shunda Ibn ad-Dugunna Abu Bakrning oldiga borib dedi:“Sen xalqingning jahlini chiqargin deb, seni himoyamga olganim yo’q. Sen uying oldida ibodat qilishing ularni jahlini chiqaryabdi. Uyinga kirib nimani xohlasang, shuni qilgin!“ Abu Bakr unga javoban dedi:“Balki men sening himoyangdan voz kechib Ollohning himoyasidan qoniqarman?“ Ibn ad-Dugunna:“Nima ham derdim, himoyamdan voz kech!“ Shunda Abu Bakr:“Men seni meni himoyalash javobgarligidan ozod qilaman“ – dedi. Shunda ad-Dugunna bu haqida kurayshitlarga aytdi va Abu Bakr bilan qanday yo’l tutishni ularga topshirdi.

3.02.15 -- Hoshimning va al-Mutalibning avlodlari bilan kelishuvni (bitmni) qanday to’xtatilganligi (taxm. 619 y.)

Hoshimning va al-Mutalibning avlodlari kurayshitlar bilan bitm tuzib daraga ketishdi. Biroq bu bitmni buzish uchun ba’zi kurayshitlar yig’ilishdi. Naul ibn Hoshimning onasi tarafidan jiyani Hisham ibn Amr ibn Robiya eng g’ayratli edi. Shuning uchun u Banu Hoshim qabilasiga yon bosar edi. Hisham ibn Amr ibn Robiya yana o’zining avlodi orasida yaxshi xurmatga ega edi. Eshitimcha bir kuni u Hoshimning va al-Mutalibning avlodlari yashayotgan g’orning og’ziga kelgan. U o’zi bilan oziq-ovqat yuklangan tuyani olib kelib, jilovini yechdi, tuyani biqiniga urib yukni g’orga tushirdi. Boshqa safar u tuyaga kiyim yuklab yana huddi shunday qildi.

Hisham Zuheyra ibn Abu Umayyanikiga bordi, uning onai Atika, Abd al’-Mutallibning qizi bo’lgan. Hisham unga dedi:”Sening tog’alaring hech narsa sotib ololmasliklarini, harid qilolmasliklarini yoki turmush qurolmasliklarini bilib turib, senga ovqat yeyish, kiyinish va turmush qurish ko’nglinga sig’adimi? Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, agar ular Abu al-Hakam ibn Hishamning tog’alari bo’lganlarida va u sendan kutayotgan narsani sen ham undan xohlaganingda, u hech qachon bunga rozi bo’lmas edi”. Zuheyr bunga javoban dedi:”Holinga voy, Hisham! Men o’zim nima ham qilolar edim. Agar men yana kimnidir topolganimda, bu bitmni to’xtatishga urinib ko’rar edim”. Hisham bunga javoban dedi:”Men o’sha senga yordam beradigan ikkinchi odamman!” Shunda Zuheyr dedi:”Kel uchinchi odamni ham topamiz!” Hisham Mut’im ibn Adiyani oldiga borib dedi:”Sening ko’zing oldida Abd Manafaning ikkita o’g’llarining nasllari o’lib ketishini to’g’ri deb bilasanmi? Sen u ishda kurayshitlar bilan rozimisan? Olloh ismi bilan ont ichib aytamanki, agar sen bunga yo’l qo’ysang, tez orada kurayshitlar senga ham qarshi bo’lishini ko’rasan”. Mut’im:”Men nima qilay? Men yolg’iz bo’lsam” – dedi. Hisham bunga javoban:”Menda ikkinchi odam bor” – dedi. Mut’im:”Kim u” – dedi. Hisham:”Men o’zim” – dedi. Mut’im:”Unda uchinchi odamni qidir” – dedi. Hisham:”Uni allaqachon topdim” – dedi. Mut’im:”Kim u” – deb so’radi. Hisham:”Zuheyr ibn Abu Umayya” – dedi. Mut’im:”Unda to’rtinchi odamni top” – dedi. Shunda Hisham Abu al-Bahtarining oldiga borib, Mut’imga nima degan bo’lsa shuni aytdi. Abu al-Bahtari:”Menga bu ishda kimdir qo’llaydimi” – deb so’radi. Hisham unga Zuheyra va o’zi haqida aytib berdi. Abu al-Bahtari bunga javoban:”Endi to’rtinchi odamni top!” – dedi. Hisham Zamaa ibn al-Asvadnikiga borib u bilan uning yaqinlari va bitm tuzilganganlarning haq-huquqlari haqida gaplashdi. Zamaa shunday deb so’radi:”Sen menga taklif qilayotganing bo’yicha kim rozi?” Hisham unga boshqalar haqida aytib berdi va ular Makkaga yaqin tepaliklardan biri bo’lgan Hatm al-Hajunda kechasi uchrashishga kelishib olishdi. U yerda ular bitmni bekor qilish maqsadi bilan harakat qilish javobgarligini bir-birlarini oldida olishdi. Zuhayr bunday taklif bilan chiqishga birinchi qadam qo’ydi.

Ertasiga tongda odatdagiday kurayshitlar birga yig’ilishganida Zuheyr plashda chiqib Makkani yetti marta aylanib o’tdi. Keyin u to’planganlarga murojaat qilib dedi:”Ey Makka aholisi, biz yaxshi ovqatlanib, yaxshi kiyinganimizda Banu Hoshim qabilasi halok bo’layotgani va biz ular bilan munosabat qilmayotganimiz to’g’rimi? Olloh ismi bilan qasam ichib aytamanki, bizning xalqni bo’luvchi bu nohaq bitm bekor bo’lishiga erishmagunimgacha men tinchlanmayman”.

Muqaddas joyning chekkasida o’tirgan Abu Jahl bunga javoban dedi:”Sen yolg’on gapiryabsan. Bitm bekor qilinmaydi!” Shunda Zamaa ibn Asvad:”Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, sen buyuk yolg’onchisan. Bu bitm tuzilganda biz rozi bo’lmaganmiz” – dedi. Abu al-Bahtari unga javoban:”Zamaa to’g’ri aytyabdi, biz bu bilan rozi emasmiz va bunday bitmni qo’llamaymiz” – dedi. Al-Mut’im bunga qo’shimcha qilib:”Siz ikkalangiz to’g’ri aytyabsiz. Kim boshqacha aytsa – u yolg’onchidir. Biz Olloh oldida bu bitmdan va unga kiruvchi hamma narsadan voz kechamiz” – dedi.

Hisham ularni qo’llaganida Abu Jahl baqirganicha:“Bu ish kechasi hal qilingan va bu haqda boshqa joyda bu ishni pishirilgan!“ – dedi. Shunda al-Mut’im bitmni yirtish uchun turganida, uni qurtlar yeb bitirganini ko’rdi. Faqat ‘Sening noming bilan Olloh‘ degan so’zlar qolgan edi. Aytishlari bo’yicha xujjat keyinchalik qo’llari qurib qolgan Mansur ibn Ikrom tomonidan yozilgan bo’lgan.

3.02.16 -- Muhammad qanday Rakanni da’vat qilgani haqida

Abu Ishoq ibn Yasar menga aytib bergan:”Kurayshitlarning eng kuchli odami Rakana ibn Abd Yazid bir kuni Makkaning yaqinidagi g’orda Muhammad bilan yolg’iz qolib ketdi. Muhammad undan so’radi:’Rakana sen mening chaqiruvimga javob berishni xohlamasdan Ollohdan qo’rqmaysanmi?’ Rakana bunga javoban:’Agar sen to’g’ri gapni aytyotganingni balsam edi, senga ergashgan bo’lar edim’ – dedi. Muhammad:’Agar men seni yerga yiqitsam, men haqiqatni aytyotganimga ishonasanmi?’ – dedi. Rakana:’Ha’ – deb javob berdi. ‘Unda tur, kel urushamiz!’ – dedi Muhammad. Rakana turib Muhammad bilan kurashishni boshladi. Muhammad uni urganida u yerga yiqildi. Rakana Muhammad bilan kurashmoqchi bo’lganida, Muhammad uni yana yerga yiqitdi. Rakana:’Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, qanday qilib sen meni yerga yiqita olasan?’ – deb so’radi. Muhammad bunga javoban:’Ollohdan qo’rqib, mening imonimni qabul qilsang, men senga yana boshqa ajoyibotlarni ko’rsataman’ – dedi. ‘Qanday ajoyibotlar?’ ‘Men u daraxtni chaqiraman, va u mening oldimga keladi’. Rakana Muhammad buni qilishini undab turib oldi va Muhammad daraxtni chaqirdi. Daraxt Muhammad unga joyiga borishni aytmagunigacha Muhammadning oldiga kelib to’xtab turdi va buyruqni aytgach daraxt joyiga qaytdi. Rakana xalqini oldiga borib dedi:’Abd Manafaning o’g’illari, sizlar do’stlaringiz bilan yer yuzini hamma odamlarini sehrlab qo’yishlaring mumkin. Olloh nomi bilan aytamanki, men bundan kuchli sehrgarni ko’rmaganman’. Keyin u Muhammadni nima qilganini va nimani ko’rganini ularga aytib berdi”.*

* Agar bu voqea – haqiqat bo’lsa, unda Muhammad shayton kuchiga ega sehrgar bo’lmaganmikan degan savol tug’iladi.

3.02.17 -- Efiopiyadan bir guruh masihiylarning kelishi

Muhammad hali Makkada bo’lganida, Muhammad to’g’risida Efiopiyada eshitgan taxminan yigirmatta Masihiylar Muhammadning oldiga kelishdi. Ular uni ibodat joyidan topishdi va uning yoniga o’tirib, u bilan gaplashishdi va ko’p savollar berishdi. Bu paytda kurayshit erkaklari Kaabada o’zlarining yig’ilishida turishgan edi. Shundan so’ng masihiylar Olloh elchisidan nimani bilishni xohlaganlarini so’rab bo’lganlaridan so’ng, Muhammad ularni Ollohga bo’ysunishga chaqirdi va Qur’ondan bir nechta matnlar o’qib berdi. Qur’onni eshitgach uarning ko’zlaridan yosh oqdi. Ular shu ondayoq Ollohni qabul qildilar va ishondilar, Uni borligiga ishondilar va u haqida kitoblarida nima yozilgan bo’lsa o’shani his qildilar. Ular Muhammadning yonidan arang ketdilar. Ularning yo’lidan Abu Jahl ibn Hisham bir necha kurayshit erkaklari bilan birga chiqib qoldi. Ular masihiylarni yo’lini to’sib deyishdi:”Xudo sizlarning guruhingizni barbod qilsin! Sizlarning diningizdagilar sizlar u (Muhammad) haqida xabar olib kelishingiz uchun sizlarni jo’natgan. Sizlarchi uning yoniga o’tirishingiz bilanoq Muhammad haqida yaxshi bilmay, diningizni qoldirdingiz. Biz bundanda ahmoq guruhni ko’rmaganmiz!”

Boshqalar:”Bu guruh Vadi Nadjranadan (shimoliy Yemen) kelgan. Ularning aslida kimligini yolg’iz Xudo biladi!” – deyishdi. Bu guruhga nisbatan quyidagi oyatlar jo’natilgan: “52 U(Qur’on)dan oldin kitob berilganlar unga imon keltirarlar. 53 ularga tilovat qilgan choqda:”Biz unga imon keltirdik. Albatta, u Rabbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz undan oldin ham musulmon edik”, dedilar. (Ankabut surasi 28:52-53).

* Efiopiyada o’ziga joy qidirib yurgan musulmon xizmati o’zining ta’siriga ega edi. Ba’zi masihiylar islomni o’rganishgan va Muhammad bilan tanishish maqsadida uning yoniga borishgan. Masihiylar ichida ‘yarim haqiqatni’ va taqvadorlikning tashqi shaklini haqiqiy imon deb qabul qiladigan yumshoq va yuzaki imonlilar har doim bo’ladi. Biroq Xushxabar bizni hatto chuqur dindorlik ham bizni qutqara olmasligini o’rgatyabdi. Faqatgina Xudo qabul qiladigan Xudoning O’g’lini to’kkan qonigina odamga solihlik beradi (Rimliklarga 1:17). Boshqa dinlar Xudoga olib bormaydi. Ular o’z o’zini qonun bilan oqlamoqchi bo’lib adashib qoladilar.

3.02.18 -- “Olloh bunday odamlarga solihlik yo’lini berganmikin…?”

Bir kuni Muhammad Kaabaning oldida ba’zi nasli past ummatlarining qurshovida o’tirgan edi, ularning orasida Habbab, Ammar, Safvan ibn Umayyaning ozodlikka chiqarib yuborgan quli Abu Fukayha Yasar, ibn Muharris va Suhayblar edilar. Kurayshitlar o’zaro kesatib:”Ular ko’rib turganingizdek, Muhammadning do’stlaridirlar. Olloh bizning oramizda bunday odamlarga solihlik yo’lini va haqiqatni berdimikin? Agar Muhammadning vahisida birorta yaxshilik bo’lganida, bu odamlar o’zlarini bizdan ustun qo’ymas edilar. Olloh ularga bizning ustimizdan ustunliki bermas edi” – dedilar.

Shunda Olloh ularga shunday vahiy berdi: “Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmanga hech narsa yo’q. Sening hisobingdan ularning zimmasiga hech narsa yo’q. Ularni haydab, zolimlardan bo’lib qolma (An’om surasi 6:52).

3.02.19 -- Muhammad va Jobr ismli masihiy

Menga aytishlari bo’yicha Muhammad ko’pincha Banu al-Xodramining quli Jobr* isimli masihiyning hujrasi yonida Marva (Makkaning atrofidagi) tepaligida o’tirar ekan. Shuning uchun Jobr Muhammaddan ko’p vahiylarini o’rgangan. Shunda Qur’ondagi quyidagi oyat paydo bo’lgan: “Batahqiq, biz bilamizki, albatta, ular:”Unga faqat bashar ta’lim bermoqda, holos”, derlar. Ularning gumon qilayotgan tili ajamiydir. Bu esa ochiq oydin arab tilidadir (Nahl surasi 16:103).

* Qul Jobr – ismi bilan taniqli bo’lgan, Muhammad u bilan sotuvchilik stolida soatlab o’tirib undan Xushxabar haqida so’ragan bir masihiy edi. Muhammadga yomon munosabatda bo’lgan Makkaning aholisi Jobrning ustidan kulishgan va unga Muhammadni ilhomlantirgan va vahiysini bir qismini olgan Muhammadning ‘Muqaddas Ruhi’ deb atashgan.

3.02.20 -- Kavsar surasi qanday tushganligi haqida

Menga aytishlaricha, shahmit Al-as Vail Muhammad haqida quyidagilarni aytgan:”Uni tinch qo’ying! Uning merosho’ri yo’q! Bir necha yildan keyin u haqida hech kim eslamaydi va siz tinch yashaysiz”. Shunda Olloh bunday vahiy berdi: ”Albatta, Biz sizga Kavsarni ato etdik”* (Kavsar surasi 108:1) va u bu yer va undagi bor narsadan yaxshidir.

* Bu yerdagi arabcha so'z 'mo’l-ko’l' (al-Kausar) ‘buyuk, yuqoriga ko’tarilgan va mo’l-ko’l’ degan ma’noni beradi. Al-Kausar yana asaldan ham shirin ko’p irmoqli, tubi qimmat toshdan bo’lgan jannatdagi daryoni ismi hamdir.

3.03 -- Muhammadning vahiy ko’rishi va osmonga ko’tarilishi (taxm. 619 y)

3.03.1 -- Muhammadning tungi sayohati va uning osmonga ko’tarilishidagi ko’rgan vahiysi

Muhammad Makkadagi ulug’lash joyidan Quddusdagi ma’badga ko’tarilgan vaqtda kurayshitlar va Makkadagi boshqa qabilalar orasida islom tarqalishni boshlagan edi. Bu sayohat haqida Abdulloh ibn Masuddan, Abu Said al-Hudridan, Muhammadning xotini Aiahadan, Muavii ibn Abu Sufyanadan, Hasan ibn Abu al-Hassana al-Basridan, Ibn Shihaba al-Zuhridan, Katadidan, va boshqa rivoyat qoldiruvchilardan va Abu Tolibning qizi Umm Hanidan qoldirilgan rivoyatlar bor. Biz bu yerda har xil erkak va ayollarning aytganlarini umumiylashtirdik.

Bu safar Ulug’langan, Qudratli Ollohning buyrug’iga binoan vasvasa va sinov olib keldi. Bu tushunganlar uchun yo’llanma, imonlilar uchun boshqaruv, inoyat va tasdiqdir. Olloh buyruq berdi. Muhammad ko’tarilishi kerak edi, “Olloh o’z mo’jizalarini ko’rsatish uchun”(Al-Isro 17:1”u xohlagan hamma narsani qiladigan uning kuchini va hokimyatini Muhammad ko’rishi Unga ma’qul bo’ldi).

Abdulloh ibn Masud dedi:”Mahammadni ilgari payg’ambarlar yurgan ajoyib hayvon Burakka* olib keldilar va har qadamda uning tuyog’i Muhammadni uzoq-uzoqlarga olib ketar edi. Uning do’sti (Jabroil) unga o’tirishga yordam berdi va yo’lda kuzatib bordi. Muhammad osmon bilan yerni orasida mo’jiza ko’rdi. Oxirida u Quddusga keldi. U yerda u uchun yig’ilgan Ibrohimni, Musoni, Masihni va boshqa payg’ambarlarni ko’rdi va ular bilan birga ibodat qildi”**.

* Burak ismi chaqmoq va yoruqlik ma’nolarini beradi, islomda bu nom bilan payg’ambarlar mingan oq rangli minadigan hayvonni aytishadi (Al-Isro surasi 17:1). Burak eshshakdan kattaroq, va xachirdan kichikroq va uning ikkita qanoti bor deyishadi. Muhammad o’zining ko’tarilishida bu g’alati ajoyib hayvonga o’tirganida Jabroil va Mikoillar kuzatib borishgan (Ali Mansur: Sharhu Kitabi-t-Tadj).
** Islomda Ibrohim, Muso va Masih Muhammadgacha bo’lgan eng muhim payg’ambarlar xisoblanishadi. Isoni Ibrohim, Muso va Muhammad bilan birga qo’yib, musulmonlar Isoni boshqa payg’ambarlar pag'onasiga tushiradilar.
Aslida Muso va Ilyos payg’ambarlar Iso Rabbiyga tog’da ko’rinishgan, u yerda Isoning qiyofasi o’zgargan. Eski Ahdning bu ikkita nomoyondalari Iso dunyoni qutqarishi uchun xoch yo’lida Isoni qo’llashgan (Matto 17:3-4; Mark 9:4-5; Luqo 9:30-31).
Muhammadda qiyofani o’zgarishi sodir bo’lmagan. U hatto vahiy ko’rishi vaqtida yoki tungi tushida ham oddiy odamligicha qolgan.

Muhammadga uchta idish olib kelishdi. Birinchisida sut, ikkinchisida vino, uchinchisida suv bor edi. Muhammadning oldiga bu idishlarni qo’yishganida u:”Agar sen suv bor idishni olsang, unda sen xalqing bilan birga cho’kib ketasan. Agar sen vinoni olsang, unda sen xalqing bilan birga yo’ldan adashasan. Agar sen sutni tanlasang, unda sen xalqing bilan birga to’g’ri yo’ldan borasan” – degan ovozni eshitdi.

“Shuning uchun men sut bor idishni oldim” – dedi Muhammad – “sutdan ichdim va Jabroil menga:’Ey Muhammad, sen xalqing bilan birga to’g’ri yo’ldan borasan!’ – dedi”.

Muhammad bir kuni shunday deganini Al-Hasan menga aytib berdi:”Men muqaddas joyda uxlayotganimda, oldimga Jabroil keldi va meni oyog’i bilan turtdi. Men o’tirdim va hech narsani ko’rmadim. Shunda men yana yotdim. Jabroil meni yana oyog’i bilan turtdi. Men turib qarab hech narsani ko’rmadim va yana yotdim. U uchinchi marta meni oyog’i bilan turtdi va men o’tirganimda u meni yelkamdan ushadi. Men o’rnimdan turdim va u meni eshik oldiga olib bordi. U yerda eshshak va xachirga o’xshab ketadigan oq hayvon turgan edi – uning yonida qanotlar bor edi va ulardan orqa oyog’i chiqib turar edi, oldi oyog’i esa ko’rsa bo’ladigan uzun edi. Jabroil meni unga o’tqazdi va kuzatib bordi. U butun vaqt men bilan birga bo’ldi”.

Muhammadning shunday aytganini Katad menga aytib berdi:”Men hayvonni mingani oldiga kelganimda, u qaysarlik qildi. Shunda Jabroil uning suvlig’iga qo’lini qo’yib dedi:’Ey Burak, sen qilyotgan ishingdan uyalmaysanmi? Olloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, Muhammaddan boshqa birorta ham Ollohning kamtarroq quli senga minmagan’. Burak juda ham uyalib ketganidan, undan ter chiqib ketdi. Shunda Burak Muhammad o’tirgunicha to’g’ri turib turdi”.

Al-Hasan aytib bergan:”Muhammad Jabroilning kuzatuvida Quddusni sayohat qilgan. Muhammad u yerda Ibrohimni, Musoni, Masihni va boshqa payg’ambarlarni topgan. Muhammad ularning yoniga borib, ular bilan birga ibodat qildi. Keyin unga bittasida vino, ikkinchisida sut bor ikkita idish olib kelishdi. Muhammad suti bor idishni olib undan ichdi, vinoga esa tegmadi. Shunda Jabroil unga dedi:’Sen yaratilishingdan to’g’ri boshqarilgansan va xalqing to’g’ri yo’lni tanladi va vino sizlar uchun taqiqlangan’.

Keyin Muhammad Makkaga qaytdi va ertasiga ertalab kurayshitlarga nima bo’lganini aytib berdi. Ko’plab odamlar:’Olloh nomi bilam aytamizki, hammasi oydin! Karvonga bunday sayohat uchun ikki oy kerak bo’lsada, Muhammad bir kechada Suriyaga borib kelganini tasdiqlayabdi’”.

Shunda ko’p musulmonlar islomdan yana voz kechishdi. Boshqalari Abu Bakrning oldiga borib so’rashdi:”Kecha tunda Quddusda bo’lib kelganini tasdiqlayotgan do’sding to’g’risida nima deb o’ylaysan? U yerda u ibobat qilib Makkaga qaytib kelganmish”. Abu Bakr bunga javoban:”Sizlar u haqida yolg’on gapiryabsizlar”. Ular Abu Bakrga javoban:’U hozir Kaabaning oldida turib bu haqida o’zi aytib beryabdi’ – deyishdi. Abu Bakr ularga:’Olloh nomi bilan ont ichib aytamanki, agar u bu haqida o’zi aytyotgan bo’lsa, demak bu to’g’ri. Buni nima hayron bo’ladigan joyi bor? U menga kunduzi birda yoki kechasi yer yuziga vahiy tushadi desa, men unga ishonaman. Bu sizlar uchun ishonib bo’lmaydiganday tuyulsada, biroq bu mo’jizadan ham kattaroqdir’ – dedi.

Keyin Abu Bakr Muhammadning oldiga borib so’radi:’Ey Ollohning payg’ambari, sen odamlarga Quddusga borib kelganligingni aytganing rostmi?’ Muhammad:’Ha’ – deb javob berdi. Abu Bakr:’Shaharni menga tasvirlab berchi. Men u yerda bo’lganman’ – dedi. Muhammad Quddusni tasvirlay boshladi, har safar shaharning qaysidir qismini batafsil tasvirlaganida Abu Bakr:’Sen to’g’ri aytding! Sen Ollohning elchisi ekanliginga guvohlik beraman!’ – deb hayqirar edi. Tasvirlab bo’lgach Muhammad Abu Bakrga:’Abu Bakr sen eng haqiqatgo’ysan!’ – dedi. Shundan boshlab Abu Bakr Haqiqatgo’y nomi bilan taniqli bo’ldi.

Al-Hasan ham aytib bergan: ”Bu voqea sababli islomdan voz kechganlarga Ollohdan quyidagi vahiy keldi: ‘Biz senga:”…Biz senga ko’rsatgan narsalarni va Qur’onda la’natlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qo’rqitamiz. Bas, bu ular uchun kata tug’yondan boshqani ziyoda qilmas’” (Al-Isro 17:60).

Abu Bakrning ba’zi bir oila a’zolarining menga aytishicha, Aysha:”Sayohatga Muhammadning tanasi emas, balki ruhi borgan” – degan. Yoqub Ibn Utba ibn al-Mugira ibn al-Axnas menga Muaviyu ibn Abu Sufyana Muhammadning tungi sayohati haqida so’raganida:”Bu Ollohdan haqiqiy vahiy bo’lgan” – deb javob berishi kerak edi, deb aytib bergan.

Bundan keyin az-Zuhri, Said ibn al-Musayibdan eshitganini aytdi:”Muhammad o’zining ummatlariga o’sha tunda ko’rgan Ibrohimni, Musoni va Masihni tasvirlab berdi. Ibrohim haqida u:’Men shunday u menga va men unga o’xshaydigan boshqa odamni ko’rmaganman. Muso baland bo’yli, g’ayratli, jingalak sochli, Shanua qabilasiga o’xshab burgut burunli edi. Masih o’rta bo’yli chiroyli, sochi silliq va hozir yuvunib chiqqanday yuzi borlab turadigan erkak bo’lib ko’rindi. Uning sochlari quruq bo’lishiga qaramay, huddi sochidan suv oqayotganday tuyular edi’”.*

* Muhammad Isoni Yuhanno cho’mdiruvchi Iordan daryosida cho’mdirganligini eshitgani ko’rinib turibdi.
Iso balki bug’doy rang bo’lgan. Agar Iso bunday bo’lmaganida, unda boshqa yahudiylar qanday Undan qonunsiz tug’ilgan deb rad qilishgan.

3.03.2 -- Muhammadning ko’rinishi

Gufraning qullikdan ozodlikka chiqargan quli Umar Ibrohim ibn Muhammad ibn Aliya ibn Abu Tolibning so’zi bo’yicha Muhammadni quyidagicha tasvirlagan:”U baland ham, past ham bo’lmagan. U o’rta bo’yli bo’lgan. Uning sochlari unchalik jingalak ham, silliq ham bo’lmagan. Uning yuzlari juda ham semiz ham, ozg’in ham bo’lmagan. Uning yuzi anor rangli bo’lgan. Uning ko’zlari qora va kipriklari uzun bo’lgan. Boshi qattiq, yelkalari keng, ko’kragida oz-oz tuklari bo’lgan, qo’llari va oyoqlari semiz bo’lgan. Yurishi huddi tepadan pastga tushayotganday yengil bo’lgan, burilganida u butun tanasi bilan burilgan. Yurganida huddi suvda sirpanyotganday yengil yurgan va qaraganida u butunlay burilgan. Uning kuraklari orasida payg’ambarlik muhri bor edi.* Uning qo’llari ochiq bo’lib, juda ham saxiy kishi bo’lgan. U mard odam bo’lgan. Uning tili solih bo’lgan.** U himoya qilayotganlariga nisbatan vafodor, yumshoq bo’lgan va odamlar bilan juda do’stona munosabatda bo’lgan. Uni ko’rgan odamni titroq hissi qamrab olgan. Kim unga yaqinlashsa uni yaxshi ko’rib qolgan. Uni hamma:’Men shu paytgacha va bundan keyin bunday odamni ko’rmaganman’ – deb tasvirlashgan”.

* Payg’ambarlik muhrining shakli va rangi haqida har xil sharhlar bor. Ba’zida holni muhr deb hisoblashgan.
** Muhammad quyidagi holatlarda erkaklarga yolg’on gapirish huquqini bergan:a) jangda; b) ikki dushmanni yarashtirishda; c) erkaklar xotinlariga yolg’on gapirishlari, ayollar erlariga yolg’on garirishlari mumkin (At-Tirmizi, Kitob al-Birr, 26; Musnad Ahma ibn Hanbal 3:457).

3.03.3 -- Muhammadning osmonga ko’tarilishi va u yerda ko’rgan vahiysi

Abu Said al-Xudri Muhammadning shunday so’zlarini eshitganligini bir sodiq odamga aytib bergan:”Quddusda hamma ishlarimni tugatganimdan keyin, menga narvon olib kelishdi. Men bunaqa ajoyib narsani hech qachon ko’rmaganman. O’liklar tirilganida bu narvonga qaraydilar. Mening do’stim (Jabroil) menga bu narvondan osmondagi eshiklardan biri bo’lgan Qo’riqchi deb nomlangan eshikka ko’tarilishimga ruxsat berdi. U yerda Ismoil nomli farishta turgan edi. Uning qaramog’ida 12 mingta farishtalar bor edi, ularning har birida ham 12 mingta farishtalari bor edi.

Muhammad dedi:”Men yaqindagi osmonga kirganimda, hamma farishtalar meni yuzlarida tabassum va quvonch bilan menga omad tilab, meni kutib olishdi. Faqat bitta farishta menga omad tilamadi va kulmadi ham va norozidek ko’rinar edi. Shunda men Jabroildan nimaga u boshqa farishtalardek kulmayotganligini va xursand bo’lmayotganligini so’radim. Jabroil menga:’Agar u sengacha va sendan keyin birortasiga kulganida senga ham kulgan bo’lar edi. Bu farishta hech qachon kulmaydi. U do’zaxni qo’riqlovchidir - uning ismi Malikdir’ - dedi”. Shunda Ollohning xohishi bilan buyurishga hokimyat berilgan Jabroilga men:’Menga do’zaxning olovini ko’rsatishni buyurmaysanmi?’ – dedim. U rozi bo’lib Malikka aytdi. Shunda u qopqoqni ochdi va olov shunchalik ottilib chiqdiki, men hamma narsani yondirvoradi deb o’yladim. Shunda men Jabroildan olovni qaytarishini so’radim. Jabroil buyruq berdi va Malik ‘Qayt!’ – deb baqirdi. Olov qayerdan kelgan bo’lsa shu joyga qaytib ketdi va menga atrofni soya qoplaganday tuyildi. Malik qopqoqni yana yopib qo’ydi”.

Abu Saidning aytishicha Muhammad shunday degan:”Men yaqindagi osmonga kirganimda odamlarning ruhi berilgan odamni ko’rdim u o’tirgan edi. Bir jon uchun xursand bo’lib:’Yaxshi tanadan chiqqan mehribon ruh!’ – der edi. Boshqa jon uchun xafa bo’lib:’Fu, hunuk tanadan chiqqan hunuk jon!’ – der edi. Men Jabroildan:’Bu kim’ – deb so’radim. U menga:’U avlodlarining ruhi taqdim e’tilyotgan bobong Odam Atodir*. U imonlilar uchun xursand bo’lib:’Yaxshi tanadan chiqqan mehribon ruh!’ – deydi. Imonsizlar uchun u xafa bo’lib, jirkanib:’Hunuk tanadan chiqqan hunuk jon!’ – deydi”.

* Musulmonlarning tasavvurida Odam Ato musulmon bo’lgan deyishadi va uni imonlilar qatorida sanashadi. Bu tushuncha kelgusi nasl odamlarining ongida chalg’itish olib keladigan rivoyatga asoslangandir Shuning uchun Odam Ato Muhammadga qanday xurmat ko’rsatganligi haqidagi sanoqsiz rivoyatlar mavjuddir (qarang:al-Mavahib al-Laduniyya).

Keyin men tuya labli odamlarni ko’rdim, ular kaftlari kattaligida yonib turgan ko’p olovlarni ushlab turishar edi. Ular bu olovlarni og’izlariga solishar edi va bu olovlar ularning orqalaridan chiqar edi. Men Jabroildan:’Bular kimlar’ – deb so’radim. Jabroil menga:’Bu odamlar yetimlarga tegishli bo’lgan narsalarni ulardan tortib olib, adolatsizlik qilgan odamlardir’ – dedi.

“Keyin men oldin hech qachon ko’rmagan qorinli odamlarni ko’rdim. Ular tuya chanqoqligi bilan qiynalgandek qornilari bilan yerda sudralib yurishar. keyin qornilarini bosib olib va joylaridan turolmas edilar. Men Jabroildan:’Bular kimlar’ – deb so’radim. U:’Ular sutxo’rlar’ – deb javob berdi.”

Keyin men yonlarida yaxshi va yomon go’sht yotgan erkaklarni ko’rdim; ular yomonini yeb, yaxhisini tegishmadi. Jabroildan ularning kimligini so’radim. Jabroil:’Ular Olloh ruxsat bergan ayollarni tashlab, Olloh ruxsat bermagan ayollarga borgan erkaklardir’ – deb javob berdi”.

“Keyin men ko’kragidan osib qo’yilgan ayollarni ko’rdim. Men Jabroildan:’Kim bular?’ – deb so’radim. U menga:’Bular noqonuniy bolalar tuqqanlar. O’zini sharmanda qilib o’z eridan bola tu’gmagan ayollarga Ollohning qahri qattiqdir’.”

Abu Said al-Xudrining so’zlari bo’yicha Muhammad shunday aytgan:”Keyin Jabroil meni Ikkinchi osmonga olib chiqdi. Men u yerda ikkita jiyanlar* – Masih va Yuhanno (Cho’mdiruvchini) ko’rdim”.

* Muhammad masihiylardan Masih va Yuhanno Cho’mdiruvchi uzoq qarindosh bo’lganliklarini eshitgan (Luqo 1:36).
Muhammad Masihni va Yuhanoni ikkinchi osmonga joylashtirib ularni Ibrohim va Musodan past qildi. U hatto ularni Yusuf, Hano’h va Horundan pastga joylashtirdi. U butun kuchi bilan Masihni pasaytirishga va Odam Atoga o’xshatishga harakat qildi (Oli Imron surasi 3:59)..

“Keyin men uchinchi osmonga ko’tarildim. U yerda to’lin oyga o’xshagan bir odam bor edi. Men Jabroildan uning ismi nima deb so’raganimda, u:’U Yoqubning o’g’li akang Yusufdir’ – dedi”.

“Keyin u meni to’rtinchi osmongacha ko’tardi. Men u yerda yana bir kishini ko’rdim, Jabroil uni Idris (u o’lmas payg’ambar – Yeno’hdir) dedi, u haqida shunday yozilgan: ‘Va uni oliy maqomga ko’tardik’(Maryam surasi 19:57)”.

“Keyin u meni beshinchi osmongacha ko’tardi. U yerda uzun oq soqolli, oq sochli qariya kishi bor edi. Men hech qachon bunday kelishgan erkakni ko’rmaganman. Men jabroildan uning ismi kimligini so’rasam, u:’U Imronning o’g’li Haro’n va xalqining sevimli kishisidir’ - dedi”.

“Men keyingi ko’tarilgan oltinchi osmonda men Shanua qabilasidagi odamga o’xshagan qiyshiq burun, uzun bo’yli kishini ko’rdim. Men Jabroildan:’Kim u odam?’ – deb so’radim. U menga:’U Imronning o’g’li akang Musodir’ – dedi”.

Keyin u meni yettinchi osmonga ko’tardi. U yerda men juda ham menga o’xshaydigan kishini ko’rdim, u har kuni 70ta farishta o’tadigan jannat eshigining oldida taxtda o’tirar edi va u yerda tirilish kunigacha qoladi. Men Jabroildan:’Kim u odam?’ – deb so’radim. U menga:’U sening otang Ibrohimdir’ – dedi”.

“Keyin u meni jannatga olib bordi. Men u yerda qora tanli qizni (qul qiz) ko’rdim va u menga juda ham yoqib qoldi. Men undan u kimga tegishli* ekanligini so’radim va u menga Zayd ibn Harisga tegishli ekanligini aytdi va men Zaydga bu quvonchli xabarni yetkazdim”.

* Qiziq, ayolga kelganda Muhammad ayolning ismini so’ramasdan biroq uni kimga tegishli ekanligini so’ragan! Zayd Muhammadning boqib olgan o’g’li bo’lib, katta yoshdagi islomni qabul qilgan erkaklardan birinchisi bo’lgan.
Keyinroq Muhammad Zaydning xotini Zaynabni yuvinyotganini ko’rib qoladi, Zeyd xotini bilan ajiralganidan so’ng, Muhammad mahsus vahiyga asoslanib unga uylanadi (Ahzob surasi 33:35, 37, 50).

Abdulloh ibn Masudning aytishicha, har bir eshikda Jabroildan kimni olib kelganini so’rashgan. Jabroil Muhammadning ismini aytganida, undan Muhammad payg’ambar bo’lib jo’natilganmi deb so’rashar edi, Jabroil tasdiq javobini berganida ular:”Olloh unga uning do’stlaridan va akasidan salomlar jo’natsin!” – deb hayqirishar edi.

U yettinchi osmonga ko’tarilganidan keyin, Jabroil Muhammadni har kuni* ellik marta ibodatni bergan Rabbiyning** oldiga olib keldi.

* Muhammadning Olloh bilan uchrashuvining hosili najotga inoyat bo’lmagan. Bu uchrashuv Muhammadda chuqur afsuslanishni yoki tavbani paydo qilmadi va undan keyin Xudoning kelgusi hukmi haqidagi ogohlantirish bo’lmadi. Bu uchrashuvning yogona natijasi Muhammad qonunda yana tasdiqlandi va unga yanada ko’p ta’zim qilishlariga chaqirdi. Bu Olloh birinchi o’rinda Unga ta’zim qilish kerak bo’lgan qonunchi va qoziligi haqida guvohlik beryabdi. Olloh sevuvchi Ota emas va Isoga o’xshab Najotkor sifatida O’zini qurbonlikka bermaydi.
** Qur’onda va Hadisda Ollohni vahiyda tasvirlanmaydi. Ular Xudoning ajoyib ko’rinishini tan olishmaydi va xeruvim haqida hech narsa aytishmaydi. Muhammad Xudoning muqaddasligidan qo’rquvga tushmadi. Bu Muhammad aslida hech qachon Xudoni ko’rmaganligini va vahiy bilan aldanganligini aytadi. Islom Ollohni tasvirlashga ruxsat bermaydi, chunki Uni tasvirlab bo’lmaydi. Hech kim Uni kimligini va qandayligini bilmaydi. Islomda odam Xudoning suratida yaratilgan deb hisoblanmaydi, islomda odam Ollohning quli hisoblanadi. Olloh hech kim yetishga umid qilmaydigan yoki tushunib bo’lmaydigan uzoq, buyuk va noaniqdir.
Muqaddas Kitobda muqaddas va ajoyib Xudo haqida bir nechta ochiqliklar bor. Kim Xudoni ko’rgan bo’lsa chuqur qaltitiroq bosib o’likday yerga yiqilgan (Ishayo 6:1-8; Hizqiyol 1:4-2:1; Havoriylar 9:4; Vahiy 1:17; 4:1-3; 5:6-8).

Muhammad yana aytib berdi:”Orqaga qaytgach, sizlarning mehribon janoblaring Musoning oldiga kirdim, u mendan menga qancha ibodat berilganini so’radi. Men:’Kuniga ellikda’ – dedim. Shunda u menga:’Bunchalik ko’p ibodat qilish og’irdir, sening xalqing esa kuchsizdir. Xudoyingning oldiga borib sen va xalqing uchun ibodatni yengillashtirib berishini so’ragin’ – dedi. Men unga quloq soldim va ibodat o’ntaga kamaydi”.

“Biroq qiriqta ibodatni ham juda ko’p hisobladi va mendan yana osonlashtirib berishini so’rashga maslahat berdi. Yana o’nta ibodat kamaytirildi”.

“Biroq o’ttizta ibodatni ham juda ko’p hisobladi. Men juda ko’p qaytdim natijada ibodat kuniga faqat besh martaga qoldirildi”.*

* Muhammadning kechirim to’g’risidagi hikoyasi Ibrohimning Sado’m va G’amo’ra halqining qutilib qolishi uchun iltimos qilganligi to’g’risidagi voqeaning musulmoncha variantidir (Ibtido 18:16-33). Ibrohim bu shaharlarni saqlanib qolishi uchun solih odamlarning eng kam sonini so’radi va yovuz odamlarga rahm qilishini so’radi. Biroq Muhammadning holatida iltimos uning izdoshlarini najot topishi bilan bog’liq emas edi, aksincha diniy majburyatlarni yengillashtirishga tegishli edi. Muhammadning iltimosi natijasi gunohkorlarning kechirilish iltimosi emas, balki oson sajda uchun huddi o’sha mukofatni beriladigan qonun kelishuvi edi. Aks holda uning samoga bo’lgan sayohati vahiysidan hech qanday foyda bo’lmas edi.

“Muso menga yana qaytib borishimni maslahat berdi, biroq men unga:’Men necha marta yengillashtirishni so’radim, endi menga yana borish uyat. Imon bilan mukofatni kutib bu nomozlarni kuniga besh marta o’qigan odam, boshida bizga berilgan ellik martani mukofatini oladi’”.

* Muhammadning osmonga sayohati (al-miraj) deb ataluvchi sayohat islom ruhshunoslarining orasida ko’p tortishuvlar kelib chiqaradi. Ba’zi birlar Muhammad bu safarga tanasi bilan borgan deyishadi, boshqalar esa Ayshaning aytganiga binoan, Muhammad Quddusga ruhi bilan borib kelganidek, bu sayohat Muhammadning tushi bo’lgan deb hisoblashadi.

3.03.4 -- Masxaralovchilar musulmonlarga zarar yetkazishiga Olloh qanday yo’l qo’ymaganligi haqida

Odamlarning kulishlariga va haqoratlariga va Muhammadni yolg’onchi deyishlariga qaramasdan, u odamlarni Xudodan mukofat olishga o’qitar edi. Said ibn Rumman, Urva ibn az-Zubayraning so’zlariga asoslanib, eng yovuz masxaralaydigan beshta kuchli va xurmatli kishilarni menga aytib bergan: Banu Asaddan al-Asvad ibn al-Muttalib bo’lgan. Mening eshitishimcha, Muhammad uning yovuz masxaralarini bilib, ibodat qilib:”Olloh! Uni ko’r qilib qo’y va o’g’lini o’ldir!” – degan.*

* Bu so’zlardagi Muhammadning lanatlashida yana va yana islomdaqi ko’rnadigan qasos ruhi borligi seziladi. Iso esa ko’rlarni shifolagan va masxaraganlarni ogohlantirgan. Bu yerda Xushxabar bilan Qur’onning farqi borligi ko’rinyabdi.

Yazid ibn Rumman menga Urva ibn az-Zubayraning so’zlariga asoslanib aytib bergan:”Masxaralovchilar ibodat joyi atrofida aylanishganida, Jabroil Muhammadning oldiga keldi. Muhammad ularning oldida turdi. Al-Asvad ibn al-Muttalib o’tganida, Jabroil unga yashil bargni otdi va u ko’r bo’lib qoldi”.*

* Jabroil farishta islomda hukm qiluvchi farishta va Muhammadning qasos rejalarini bajargan yordamchisi bo’lib amal qiladi. Bu joyda Jabroil marhamatlaydigan va qutqaradigan Xudoning inoyat elchisi bo’lmayabdi. Qanday dahshat buzib ko’rsatishlik! Muhammad ruhiy qudrat va Xudoning farishtalarining ruhiy qudrati va buyukligi haqida hech qanday tushunchaga ega bo’lmagan.

“Keyin uning yonidan Al-Asvad ibn Abd Yagus o’tdi. U (Jabroil) uni ko’rsatganida Al-Asvad ibn Abd Yagusga suv chechak (istisqo) toshdi va u shundan o’ldi”.

“Keyingi bo’lib al-Valid ibn al-Mugira o’tdi. Jabroil u ko’p yillar tovonidagi yoriq tufayli qiynalgan tovonini ko’rsatdi. Bu yoriq yanada yomonlashib u o’shandan o’ldi. Uning ortidan al-As ibn Vail o’tdi. Jabroil uning oyig’ini tagini ko’rsardi. Bundan so’ng u eshshakda at-Taifga bordi. Eshshak tikonga totganida, tikon al-Asaning oyog’iga kirdi va u o’ldi. Oxirida al-Xaris ibn al-Tulatilla o’tdi va Jabroil uning boshini ko’rsatdi. Jabroil ko’rsatgan joy yiringlab ketdi va u o’ldi”.*

* Bu rivoyatlar Oli Imron 3:61 surasidagi Masihiylar Islomni qabul qilmaganlari uchun Ollohning lanatini ularga jo’natishni xohlaganidagi ibodat dueliga chaqirishdek qora magiyani ishlatishini ko’rsatyabdi.
Biroq Iso O’zining shogirdlariga dushmanlarining hamma gunoharini kechirishni, ularni marhamatlashni va ularga yaxshilik qilish kerakligini buyurgan (Matto 6:14-15). Masihning marhamati Ollohning lanatidan kuchlidir (Yuhanno 16:33; Rimliklarga 8:31-39).

3.03.5 -- Abu Tolib va Hadichalarning vafoti (taxm. 619y.)

Muhammadning uyida uni qiynagan kishilar Abu Lahab, al-Hakam ibn Abu al-As, Ukba ibn Abu Muit, Adiy ibn Hamra as-Sakafi va Ibn al-Asda al-Huzali edilar. Ular Muhammadning qo’shnilari edilar.

Bulardan faqat al-Hakam islomni qabul qilgan. Menga aytishlaricha ulardan biri Muhammad nomoz o’qiyotganida qo’yning ichki qilsmini uning ustiga tashlagan, boshqasi esa Muhammad uchun tayyorlanyotgan ovqatga qo’yning ichini tashlagan. Natijada Muhammad o’zining xavfsizligi uchun yopiq xonada nomoz o’qigan. Umar ibn Abdullohni menga aytishicha Muhammad bu chiqindilarni eshikka olib ciqqib:”Ey Abd Manafaning o’g’illari! Sizlar menga qanday ajoyib qo’shnichilik qildilaring!” – deb baqirdi. Keyin chiqindilarni tashlab yubordi.

Keyin shunday voqea sodir bo’ldi, Abu Tolib va Hadicha bir yilda vafot etdilar*. Muhammad bunday fojeadan qaddiq jabr chekdi. Chunki Hadicha Muhammadni islomda qo’llar edi va Abu Tolob esa Muhammadni o’zining qabilasidan himoya qilar edi. Ularning ikkalasi ham Madinaga ko’chishdan uch yil oldin qazo qildilar.

* Abu Tolib va Hadichaning vafotigacha Muhammad va u bilan birga islom uni himoya qilishga majbur bo’lgan qabilaning hisobiga ushlab turilgan edi. Qabilaning uni himoya qiluvchi nomzodlari bir yilda vafot etganlarida, Muhammad himoyasiz qoldi va qonunsiz deb e’lon qilindi. Islom arab qabilasining himoyasida o’sdi va mustahkamlandi.
Isoni Uning qabilasi himoya qilmadi. Uning xizmatini boshidayoq Isoning ukalari uni tashlab ketdilar. Iso muhojir bo’ldi, U Quddusga borib Xudoning qurbonlik qo’zisi bo’lib qurbon bo’lishga butunlay maqsadli qaror qilmagunigacha bir necha marta bir yurtdan ikkinchi yurtga o’tishiga to’g’ri keldi (Finikiya va Dekasil (Desitigradiya)) (Matto 12:46-50; Yuhanno 7:3-10).

Abu Tolibning vafotidan so’ng kurayshitlar Muhammad bilan shunday shavqatsiz munosabat qildilarki, Abu Tolibning tirikligida bunday munosabat qilmagan bo’lar edilar. Hatto ulardan biri Muhammadning boshiga tuproq sepdi. Uning bir qizi yig’lab Muhammadning boshini yuvmoqchi bo’ldi. Muhammad unga:”Aziz qizim, yig’lama. Olloh otangni asraydi!” – dedi. Bundan tashqari yana u:”Abu Tolib tirikligida kurayshitlar bunday qilolmadilar” – dedi.

3.04 -- TEST

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masih uchun keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Umar ibn al’-Hattob islomni qanday qabul qildi?
  2. Nimaga Kofirun surasi tushirilgan?
  3. Muhammad amakisi Abu Lahab bilan munosabati qanday edi? Uning natijasi Qur’onning qaysi surasida paydo bo’ldi?
  4. Muhammad jannat va do’zah haqida nima dedi?
  5. Ko’chishdan Efiopiyaga qaytgan Muhammadning ummatlari nima deyishdi?
  6. Banu Hoshim va Bonu al-Muttalib qabilalarining Muhammatga va uning ummatlariga qarshi bitimi nimaga bekor qilindi?
  7. Rakanani Muhammad islomga qanday olib keldi?
  8. Efiopiyadan Makkaga kelgan Masihiy guruh nima deyishdi?
  9. Jabr ismli Masihiy bilan Muhammad orasida qanday suxbat bo’ldi?
  10. Kavsar surasidagi eng muhim aytilgan so’z qaysi?
  11. Muhammadning yetti osmonga tungi sayohati hikoyasi to’g’risida nima bilasiz? Bu haqida nima o’ylaysiz?
  12. Muhammadni qanday tasvirlashgan?
  13. Masxaralovchilar musulmonlarga zaraz etkazishiga Olloh qanday yo’l qo’ymadi?
  14. Abu Tolib va Hadichaning vafotidan so’ng Muhahammad nimaga qiynaldi?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 12, 2021, at 04:49 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)