Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- 04. Sira -- 6 Muhammad's Battle of Badr

This page in: -- Chinese -- English -- French -- German -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- UZBEK

Previous book -- Next book

04. IBN XISHAMNING “SIRA”SIGA BINOAN MUHAMMADNING HAYOTI

6 - Muhammad Va Badradagi JANG -- (624 yillar)

Badrdagi jang va uning oqibati (624 yil 15 martdan boshlab)


6.02 -- Badrdagi jang va uning oqibati (624 yil 15 martdan boshlab)

6.01 -- Muhammad Va Badradagi JANG -- (624 yillar)

Ibn Ishoq Muhammadning sharhiga asosan (767 yilda o’lgan) Abd al’-Malik Ibn Xisham (834 yilda o’lgan) bosib chiqardi.

Arab tilidagi asl tilidanIngliz tiliga Alfred Guillam tarjima qilgan.

Abdul’masih va Salam Falaklar ma’lumotlarni to’plashgan

6.02 -- Badrdagi jang va uning oqibati (624 yil 15 martdan boshlab)

6.02.1 -- Badrdagi bo‘ladigan jangacha, qanday ishlar bo‘lgan*

Bir kuni Muxammad, Abu Sufiyon ibn Xarbni Qurayshitning ko‘p yuklarni olib kelayotgan katta karvon bilan Suriyadan qaytib kelayotganini eshitdi. Ular bilan o‘ttiz-qirq odamlar birga edilar. Muhammad, Abu So‘fiyon Suriyadan qaytayotganini eshitib, u musulmonlilarni chaqirib, dedi: “Qurayshitning karvoni ko‘plagan mollari bilan bu tamonga kelayapdi. Ularga hujum qilinglar! Balki, Alloh ularni sizlarga o‘lja qilib beradi!”** Halq yig‘ildi. Ba’zilar tez kelishdi, ba’zilari esa Muhammadni urishga ruhsat berishiga ishonishmagan edilar. Abu So‘fiyon Xijozga yaqinlashganida, har bir o‘tgan otliqdan tashvishlanib so‘rab, ma’lumot yig‘di va ohiri bildiki, Muhammad o‘zining tarafdoshlarini unga qarshi chiqishiga chaqirganini bilib qoldi. So‘ngra Abu So‘fiyon yana ham ehtiyotkor bo‘lib, Makkadagi aholiga o‘z mollarini himoya qilishlari, Muhammad va uning sheriklari karvonga xujum qilishmoqchi bo‘layotganini aytish uchun elchi qilib Damdon ibn Amr al-G‘afarni Makkaga yubordi. Damdon zudlik bilan Makkaga jo‘nadi.

* “Badr” Madinadan 110 km janubiy-g‘arbda, Qizil dengiz yaqinida joylashgan.
** Butrus buning aksi quyidagilarni aytdi: “Iso hamma yoqqa borib, yaxshi ishlar qildi, iblisning hukumronligidan azob chekkanlarni shifoladi, chunki Xudo U bilan edi. Biz hammamiz uning qilgan ishlariga guvohmiz...”(Havoriylar 10:38-39).

6.02.2 -- Abd al-Muttalibning qizini tushi

Menga bir solih odam aytib berdi, Ikrimning eshitishicha, Ibn Abbos va Yazid ibn Rumman eshitishgan, Urva ibn az-Zuxayrining aytganini: “Damdomni Makkaga kelishidan uch kun oldin, Abu al-Muttalibning qizi, uni qo‘rquvga soladigan tush ko‘rgan. U ukasiga odam jo‘natib, o‘z halkiga kelayotgan falokat haqidagi dahshatli tush ko‘rganligini etkazdi. U bu haqida hech kimga og‘iz ochma sligini iltimos qildi. Abbos undan aynan qanday tush ko‘rganligi haqida so‘raganda, u shunday javob berdi: “Men tuya minib bu tarafga kelayotgan otlikni ko‘rdim. U vodiyga kelib to‘htadi va baland ovozda baqirdi: ”Kofirlar, uch kundan so‘ng o‘z o‘limingizni qarshilash uchun bu yoqqa chiqinglar!” Keyin odamlar uni atrofiga yig‘ilib, sajda qilish uchun unga ergashishdi. Qochonki odamlar uni atrofiga yig‘ilganida, uning tuyasi Muqaddas uyning tomiga ko‘tarildi. So‘ngra u yana baqirdi: “Kofirlar, uch kundan so‘ng o‘z o‘limingizni qarshilash uchun bu yoqqa chiqinglar!” Keyin, tuya u bilan birgalikda Abu Kubais tog‘ining tepasida turib, u yana o‘sha chaqirig‘ini takrorladi. So‘ngra tosh oldi va tog‘dan uni tashladi. Tosh, tosh bo‘laklarga bo‘lindi va har bir xonadonga bir bo‘lakdan tushdi.

Abbos: “Allohga qasam ichamanki, bu vahiydir! Sen buni sir tutgin va hech kimga aytmagin!”- dedi. Abbos uning oldidan chiqanidan so‘ng, o‘z do‘sti Valid ibn Utba ibn Rabia bilan uchrashdi. Unga tushni aytib berdi va uni sir saqlashini so‘radi. Biroq Valid otasiga aytib berdi va tez orada butun Makka bu haqida bildi va barcha Qurayshitlar gapirishib yurishdi.

“Keyin men ibodatxonaga atrofni aylanib o‘tish uchun bordim” dedi Abbos. U erda Abu Jaxl Qurayshitlar bilan birgalikda Atikani tushi haqida muhokama qilib o‘tirgan edi. Abu Jaxl meni ko‘rishi bilan, u menga: “Ey Fadlning otasi. Muqaddas joyni aylanib chiqaningizdan so‘ng, bizni oldimizga keling!”- dedi. Men aylanib chiqanimdan so‘ng, Abu Jaxlni yoniga o‘tirdim va u menga: ”Ey Abd al-Muttalibning o‘g‘illari! Sizlarning orangizda qachondan buyon bu payg‘ambar ayol paydo bo‘ldi?”- dedi. Men undan nima haqida gapirayotgani so‘radim va u menga javob berdi dedi: “Men Atikaning vahiysi haqida gapiryapman”. Men unga: ”U nima ko‘rdi”- deb javob berdim. So‘ng u davom etdi: ”Ey Abd al-Muttalibning o‘g‘illari! Nahot sizlarning erkaklaringiz payg‘ambar bo‘lishi etarli emasmi? Hatto ayollaringiz ham payg‘ambar bo‘lishi kerakmi?! ”Atikaning vahiysi bo‘yicha, uch kundan so‘ng biz qurollanishiga chaqirilishimizni takidladi. Ho‘sh, uch kun kutishimiz kerak. Agar uning so‘zlari tasdiqlansa, bu yaxshi, agar bo‘lmasa, sizlar arablarni orasida eng yolg‘onchi oila deb hujjat tayyorlaymiz”.“Allohga qasam ichamanki, - deb davom etdi Abbos - men unga hech qanday zarar etkazmadim, men faqat Atikani vahiy ko‘rganini inkor qildim. Men uning oldidan ketganim so‘ng, barcha Abd al-Muttalib oilasining ayollari mening oldiga kelishib, “Sen bu yovuz odamni o‘z qavmingga hujum qilishga ruxsat berding! Endi ayollarni bahona qilib oladi, siz esa hech ham g‘azabsiz tinglaysiz!” Ha, men unga hech qanday zarar etkazmadim. Ammo Xudoga qasam ichaman, men uning yo‘lida turaman, agar u yana bir bor buni qayta takrorlasa, men sizlarni xotirjamigingiz uchun, uni hal qilaman!” Atika tushi ko‘rgannini uchunchi kunisi erta tongda, Abu Jaxldan zavq olmaganim uchun, o‘z-o‘zimdan g‘azablanib turdim. Men muqaddas joyga bordim. Uni ko‘rgach, darhol u menga shunday narsalar aytishini umid qildim va shu bilan unga hujum qilishimga sabab bo‘lar edi. U o‘ziga xos xususiyatlarga ega, o‘tkir til va hushyor ko‘zli odam edi.

To‘satdan u ma’badning eshigi oldiga yugurdi. Men “Unga nima bo‘ldi? Xudo uni la’nati qilsin! Yoki meni so‘kadi deb qo‘rqdimikin?”- deb o‘yladim. Biroq, men eshitmagan Damdanning ovozini u eshitgan ekan. U odam vodiyning tubida edi, u cho‘loq tuyada o‘tirar edi. Uning kiyimlari yirtilgan bo‘lib, u kuchi boricha baqirib: Qurayshitlar! Karvonlar! Karvonlar! Muhammad va uning sheriklari, Abu So‘fyon bilan bo‘lgan sizning mol-mulkingizga hujum qilmoqdalar. Sizlar ularni qo‘lga ololmaysizlar deb qo‘rqaman. Yordam bering! Yordam bering!”

Shu sababli men u xaqida va o‘zim haqimda unitdim. Odamlar zudlik bilan qurolanib ”Nahotki Muhammad va uning do‘stlari, huddi bu ham al-Xadramiyning karvonlaridek bo‘ladi deb o‘ylayotgan bo‘lsa? Yo‘q! Xudoga qasam beramanki, bu butunlay boshqacha bo‘ladi!” Jangarilarni ikkita jangovor guruhlar, jangga tayyor edi. Guruhlarning biri yo‘lga chiqdi, ikkinchisi esa o‘zlari uchun elchilarni bordilar. Qurayshitlar hammasi jo‘nash uchun yig‘ilishdi, Abu Lahobdan boshqa hech kim qolmadi. Abu Lahob o‘z o‘rniga, al-Asa ibn Hishomni yubordi, unga to‘rt ming dinor qarzi bor bo‘lganligi va bu qarzni to‘lashga qodir emasligi sababli, o‘zining qarz beruvchisini o‘rniga jangga borishiga to‘g‘ri keldi. Umayya ibn Xalaf ham qolishni istadi. U qari, semiz va og‘ir vazmli odam edi. Uqba ibn Abu Muayt hushbo‘y tutatqi turgan ko‘mir bilan otashkurakni oldi va masjidda o‘z qabilasidagi ikkita sardorlarining o‘rtasida o‘tiragan o‘sha kishini oldiga borib: ”Ey Ali, Ali, bu hushbo‘y tutatqini oling, chunki sizning joyingiz ayollar orasida“ - dedi. Umayya ”Alloh so‘zlaring bilan seni sharmanda qilsin!”- deb javob berdi. U qurollanib, boshqalar bilan urushga ketdi.

6.02.3 -- Muhammad o‘z Madinasini tark etadi

Muhammad, Ramazon oyining bir necha kechasidan so‘ng( 9oy), o‘zining sheriklari bilan Madinadan chiqdi.* U, Amrani toat-ibodatlarni olib borish uchun qoldirdi. Lekin u Rafga kelganlarida,* Abu Lubobni Madinaga yubordi va shaharni boshqarishni tayin etdi. U bayroqni ( oq) Musab ibn Umayraga topshirdi. Muhammadning oldida ikkita bayroq ko‘tarilib borar edi: Birinchisi Ukab deb ataluvchi, Ali ibn Abu Tolibning qo‘lida edi, ikkinchisi Madinalik Muslimning qo‘lida edi. O‘sha paytda Muhammadning bir nechta tuyalari bor edi, shuning uchun u bilan sheriklari galma-gal minishar edi. U, Ali, ibn Abu Marsad bilan almashishar edi, Hamza esa Zayd ibn Horis, Kabsha va Anaslar bilan almashar edi, Muhammadning ozod etilganlar; Abu Bakir, Umar va Abd ar-Rahmon ibn Avf bilan o‘zaro almashishar edilar. Muhammad Banu Mazinning akasi Qays ibn Sa’shiga asosiy orqani topshirdi.

* 83 ta muxojir va Madinadan 231 ta musulmonlar yana bir hujum qilishga borishganing sabablari Baqara surasi 2:217.
** Rayxa, Madina va Makkani yarim yo‘lida joylashgan.

Muhammad Makkadan Madinaga qarab yo‘l oldi. Safaraning oldiga borgach, ikki tog‘ning o‘rtasidagi qishloq nima ekanligini so‘radi. Ulardan biri “Muhri” (ahlat berish), ikkinchisi “Muslih ”(yaxshilik berish) deyiladi. Shu erlik aholi yashovchilarning ismlarini so‘rashganda, ularning ismlar, Banu an-Nar (olov o‘g‘ilari) va Banu Xuroq (O‘g‘illar o‘g‘illari) va bu ikkalasi Banu Gifarni avlodidan kelib chiqanni ma’lum bo‘ldi. Muhammad, ularning ismlarida axmoqona yomonlik alomatini ko‘rdi va ularni orasida qolishni istamadi. Ularni qoldirib, Safaraning o‘ng tamonidagi axolidan o‘tib, Zafiran vodiysining o‘ng tamoniga qarab yo‘l oldilar va o‘sha erda qoldilar.

Qurayshitlar o‘z karvonlarini ximoya qilish uchun lager qilganini eshitdi. Bu xabarni o‘z odamlari bilan bo‘lishdi va ulardan maslahat so‘radi. Eng avvalo rostgo‘y Abu Bakr birinchi bo‘lib turib, o‘z fikrini gapirdi. Uning orqasidan Umar yaxshi fikrini aytdi, so‘ngra al- Mikdod ibn Amr so‘zladi. Oxirgisi dedi: “Allohning ilhomiga ergashing! Biz siz bilan. Allohga qasam ichamizki, Isroil o‘g‘illari Musoga deganidek, biz bunday aytmaymiz: ...” Qani sen va sening Xudovanding birgalikda jang qilinglar, biz bu erda o‘tiramiz” (Moida surasi 5:24). Biz: ”Xudoyingiz bilan boring va birga jang qiling! Seni haqiqadan yuborganing nomi bilan qasam ichamizki, biz sen bilar birgalikda jang qilamiz! Agar sen bizni (yaman erlari) Birk al-Gumadga olib borishni istasan, biz sen bilan boramiz va u erga kelguninggacha kutamiz!” Muhammad bu so‘zlar uchun minnatdorchilik bildirdi va duo qildi.

Shundan so‘ng u: ”Ey odamlar, menga maslahat beringlar dedi”. U Madina aholisi ko‘pligi uchun murojat qildi, chunki ular unga o‘lpon to‘lashar edi. Ular “sen bizni yurtimizga kemagunigacha senni himoya qilishga majbur emasmiz, bizning oldimizga keganingdan so‘ng, biz o‘z otalarimiz va xotinlarimizni himoya qilgandek himoya qildik”- deyishdi. Bu so‘zlar orqali Madinadan tashqarida qarshi chiqadigan dushmanlarga qarshi emas, Madinani ichida unga qarshi chiqadigan dushmanlardan himoya qilishga majburliklaridan qo‘rqdi. Muhammad buni aytganida, Sa’d ibn Muoz unga javob berib: “Ey Allohning yuborgani, menimcha bizning fikrimizni eshitishni xoxlaysan?” Muhammad: ” Ha ”- deb javob berdi. Shunda Sa’d: ”Biz senga ishonamiz. Biz ishonchimizga loyiqsan deb hisoblaymiz. Sen bizga haqiqatni ochib berding deb tan olamiz. Senga itoat qilishga tantanali qasamyod qildik. Qanday xohlasang, shunday yo‘l tutgin, biz sen bilan. Seni haqiqatdan yuborganni nomi bilan qasam ichib, agar sen shu daryodan biz bilan o‘tmoqchi bo‘lsang, biz senga ergashamiz va hech kim buni rad qilmaydi. Biz ertaga dushmanlarni oldiga olib borishinga qarshi emasmiz. Biz urishda qattiq turamiz va jangda sodiqlimiz. Ehtimol Alloh seni xursand qiladigan narsani, sen, bizda ko‘rishingni xohlaydi. Allohning marhamati bilan bizlarni olg‘a boshla!” Muhammad bu so‘zlarni eshitib xursand bo‘ldi. U xursand bo‘lib shunday dedi: ”Yaxshi xabarni qabul qiling. Alloh ikki jamoatdan birini va’da qildi. Allohga qasamki, ularni jasadlari oldimda yotganini ko‘rmoqdaman!”*

* Isoda esa dushmanlarini engish uchun o‘n minglab farishtalarni chaqirish imkoni bor edi, lekin U ularni yo‘q qilishni xohlamadi, aksincha Xudoning abadiy g‘azabidan qutqarish uchun ularning o‘rninga O‘zi o‘limga bordi ( Matto 26:53).

So‘ngra Zafiranni tark etib, as-Safir orqali junab ketdi. Dobba erlaridan o‘tib, o‘ng tamonidan Hannani tark etdi. Bu tog‘ kabi katta qumli tepalik edi. So‘ng Badr maydoniga uzoq bo‘lmagan joyga to‘htadi. U erdan u sherigi bilan birga chiqib ketdi va Muhammad ibn Habbon menga menga aytgani bo‘yicha, ular keksa badaviyni uchratishdi va undan Qurayshitlar va musulmonlar haqida so‘rashdi. Keksa odam: ”Menga qaysi guruhga tegishli ekanligingizni aytmasangiz, men sizga biror narsa aytmayman ”- dedi.

Muhammad : “Avval siz bizga habar bering, keyin siz bilmoqchi bo‘lgan narsani aytib beramiz”- dedi. ”Agar shunday bo‘lsa, bilingki Muhammad falon kuni lager tashkil qilgan va bugun falonchi joyda bo‘lishlari kerak, agar menga to‘g‘ri aytishgan bo‘lsalar”- dedi. Keksa odam Muhammad lageri joylashgan erni nomini aytdi. “Yana shuni eshitdimki, Qurayshitlar manashu kuni yo‘lga otlanishdi, agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, ular xozir manashu joyda joylashgan”- dedi. Keksa odam Qurayshitlarni lageri joylashgan erni nomini aytdi. Bularni aytib bo‘lgandan so‘ng yana so‘radi: ”Sizlar kimdansizlar?” Muhammad: ”Bizlar Maodanmiz (Suvdan)”- dedi va uni tashlab ketishdi.*

* Va’da berganiga qaramay Muhammad keksa badaviyga haqiqatni aytmadi va muqaddas urushga ayyorlik va yolg‘onlik bilan foydalanishga yo‘l qo‘ydi.

Muhammad o‘zining izdoshlarining oldiga qaytib bordi. Kech kirgach Aliya, Az-Zubayr va Sa’d ibn Abu Vaqqosni Badr suviga, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun yubordi. U erda ular Yazid ibn Rumman menga Urva ibn Zubayrning so‘zlarini aytishicha, Qurayshitlar uchun sug‘oriladigan joyni topib, uni orasida Aslam, Banu al-Hajjoj va Arid Abu Yashar, Banu al-As Saidning xizmatkorlari bor edi. Ularni Muhammadning oldiga keltirishdi. So‘ngra nomoz o‘qib bo‘lib, ularga savol berishdi. Ular: “Qurayshitlar bizlarni suv olib kelishimiz uchun jo‘natishdi”- deyishdi. Bu ma’lumot ularni qoniqtirmadi, chunki ularni Abu So‘fiyonning xizmatkorlari bo‘lsa kerak deb umid qilishgan edi. Ular: ”Biz, Abu So‘fiyonning odamlarimiz” deb tan olishgunga qadar, ularni urishdi va kaltaklashdi. Shunda ularni tinch ko‘yishdi.

Nomoz o‘quvchilar bilan ibodat qilib bo‘lib, Muhammad: ”Sizlar bu odamlar haqiqatni gapirganida kaltakladingiz va ular yolg‘on gapirganida ularni tinch qo‘ydinglar. Allohga qasamki, ular Qurayshlarning xizmatkorlari ekanini rost aytdilar ”.

6.02.4 -- “Qurayshliklar haqida xabar bering!”

Ular: ”Ular, uzoqda ko‘rinayotgan qirdan tashqarida, qumlik tepalikda, u “ Akankal” deb ataladi ”- deyishdi. Muhammad so‘radi: ”Ular qanchalik kuchli?”- ” Ular ko‘pchilik”. –“ Ularni soni qancha?”- “ Biz bilmaymiz”. “Har kuni nechta tuya so‘yishadi?”- “ tahminan to‘qqiz yoki o‘nta ”. – “ O‘shanda ular tahminan to‘qqiz yuz yoki mingtacha odam”.

Basbas ibn Amr va Adiy ibn Abu Zabba Badrga etib kelishdi va tuyalarini suvdan uzoq bo‘lmagan bir tepalikka to‘htatishdi. U erdan bir mesh olib, suv olishni boshlashdilar. So‘ng ular Majdi ibn Amr al-Juhaniy va qudig‘ini hali tark etmagan mahalliy ikkita qizlarni ko‘rdilar. Ulardan biri boshqasiga: ”Agar karvon ertaga yoki indinga etib kelsa, ular bilan birga ishlayman, keyin esa senga qarzimni beraman”- dedi. Majdi: ”Siz to‘g‘ri gapirdingiz”- dedi va ularni yarashtirdi. Bu suhbatni eshitgan Adiy va Basbas Muhammadni oldiga qaytib, eshitganlarini unga aytib berishdi. Shu orada Abu So‘fiyon suvni oldiga ehtiyotkorlik bilan yaqinlashib, karvonni olib bordi va Majdidan biror kimni ko‘rmagingmi deb so‘radi. Majdi javob berib: ”Men hech qanday narsani ko‘rmadim, men faqat tepalikda ikkita suvoriylarni to‘xtab, meshga suv to‘ldirishgani va yana yo‘lda davom etishganini ko‘rdim”. Abu So‘fiyon ular to‘htagan joyga bordi va tuyalarni nushqutlarini tekshirdi. Nushqutni ichidan hurmo urug‘ini topgach, u: ”Allohga qasamki, bu Madinaliklarni ozuqasi!”- dedi. U darhol o‘z yo‘ldoshlari oldiga shoshilib qaytdi. U karvonni yo‘lda olib, qirg‘oq bo‘ylab yurdi, Badr esa ulardan chap tamonida edi. U tezda o‘z yo‘lida davom etdi.

6.02.5 -- Abu So‘fiyon Qurayshliklarga nima deydi?

Abu So‘fiyon o‘z karvonini muvaffaqiyatli etkazib olib borgach, Qurayshitlarga shu so‘zlar bilan elchi yubordi: ”Siz karvoningizni, odamlarni va mollaringizni himoya qilish uchun chiqdingiz! Endi esa Alloh ularni qutqardi, endi sizlar uylaringizga qaytasiz!” – dedi. Abu Jahl esa shunday javob berdi: ”Biz qaytmaymiz! Biz Badrga borishni istaymiz (u erda har yili arablar tashkil qiladigan yarmarka bo‘lardi) va u erda uch kun turib, hayvonlarni so‘yib, xalq esa mo‘lchilikda eydilar, sharob ichadilar va ayollarni qo‘shiqlarini tinglaydilar. Arablar esa bizni guruhimiz va birligimiz haqida eshitadilar va kelajakda bizdan qo‘rqadilar. Kelinglar qarargoh quraylik!”

6.02.6 -- Udvadagi Qurayshit qarorgohi

Qurayshitlar olg‘a harakatlanishdi va Akankal vodiysining orqa tamoniga to‘htashdi. Vodiy chashmasi, Badr bilan Akankal tepaligi oralig‘ida joylashgan. Badr quduqlari Madina yaqinidagi Yal’al vodiysi tomonida edi. Alloh yomg‘ir yubordi va vodiyning qumi ho‘l bo‘lib qoldi, bu esa Muhammad va uning izdoshlarini harakatlanishidan to‘htata olmadi. Biroq, Qurayshitlar qarargohiga shunchalik ko‘p yomg‘ir yog‘di, ular olg‘a harakat qila olmadilar. Shuning uchun Muhammad Qurayshitlardan oldin suvga chiqib oldi va keyingi quduqga etganda u to‘htadi. Al-Xubob ibn al-Munzir ibn al-Jamuh Muhammaddan ilohiy vahiy orqali (agar shunday bo‘lsa, buni o‘zgartirish mumkin emas edi) yoki harbiy ayyorlik uchun o‘zining fikri bilan shu qarargohni tanlagaganini so‘radi. Muhammad al-Xabobga faqat o‘z fikrlari bilan tanlaganini aytganida, bu turish uchun mos manzil emasligini aytdi. So‘ng u shunday dedi: ”Keling dushmanlarga yaqin joylashgan sug‘orish joylariga boraylik va u erga qarargoh quraylik. Keyin quduqlarni ko‘mib tashlaymiz, atrofimizga suv omborlari quramiz va suv bilan ularni to‘ldiramiz.* So‘ngra dushmanga qarshi jang boshlaymiz va bizda suv bo‘ladi, lekin ular bunga ega bo‘lmaydi”. Muhammad: ”Yaxshi maslahat!”-dedi. U zudlik bilan o‘rnidan turdi va xalqini bilan dushmanlariga yaqin joydagi quduqlarga borishdi. U, u erda qarargoh tashkil qilgandan so‘ng, manba atrofiga suv omborlarini qazish, uni suv bilan to‘ldirish va hamma idishlarga ichimlik suvini tortib olish buyurdi. Qolgan quduqlarni esa ko‘mib (yaroqsiz holga keltirib) tashlashni buyurdi.

* Musulmon islohotchilari Jaloliddin al-Afg‘oniy, Muhammad Abdo va erkin fikrlash tarafdorlari uchun bu ish musulmonlar Muhammadning er yuzidaga ishlarida ergashishlari shart emasligini tasdiqlashadi.

Tong otganda Qurayshitlar harakatlanishni boshlashdi. Shunda Muhammad ularni Akankal tepaligidan vodiyga tushganini ko‘rib, ibodat qilishni boshladi: “Ey Allohim! Mana Qurayshitlar manmanlikva mag‘rurlik bilan kelyapdi. Ular sizga qarshi jang qiladilar va sizni elchingizni yolg‘onchi deyishdi. Ey Allohim, sen menga g‘alaba va’da qilgansan. Bugun tongda ularni yakson qilib tashla!” Dushmanlar to‘plangach, Umayr ibn Vahb al-Jumohini Muhammadni izdoshlarining sonini bergilash uchun yubordilar. U o‘z tuyasida ularni qarorgohini aylanib chiqdi, o‘zinikilarni oldiga qaytib bordi va dedi: ”Ular tahminan 300 kishi. Ehtimol biroq ko‘proq yoki ozroq bo‘lishi mumkin. Biroq kuting! Ularni pistirmada yoki ko‘makka keluvchi bioro kimlar bor-yo‘qligini bilib olaman!” U butun vodiyni uzoq burchagigacha aylanib chiqdi. Ularni oldiga qaytgach, u so‘zladi: “Men hech narsa ko‘rmadim. Ey Qurayshitlar, bilinglarki vasvasa halokatga olib boradi va Madina tuyalari ularga to‘satdan o‘lim keltiradi. Bu odamlar na qo‘rg‘onsiz, na boshpanasiz, qilichdan boshqa hech narsasi yo‘q. Allohga qasamki, ulardan birortasi o‘ldirilmasdan, sizlardan kimdir o‘ldiriladi. Agar ular o‘zlari qanchalik bo‘lsa, sizlarni ko‘pchilikni o‘ldirsa, bu xayotda bizga qanday hursandchilik bo‘ladi? Lekin sizlar bu haqida o‘z fikringizni bildiring!”

6.02.7 -- Mahzumit al-Asvadning o‘ldirilishi

Al Asvad ibn Abd al-Asad, mahzumid, janjalkash va yovuz odam bo‘lib, oldinga chikib: ”Allohning guvohlarini chaqiraman, men sening bu suvingdan ichaman, yoki buzib tashlayman, yoki bundan oldin o‘laman”- dedi. Shunda u oldinga chiqdi, Hamza (Muhammadni) safni tark etdi va ular jang boshlashdi. U suv havzasiga borgunga qadar, Hamza uning oyog‘iga urdi va oyog‘ini yarmini kesib tashladi. U orqasi bilan yiqildi va uni tarafdoshlari tomonga esa qon otilib chiqardi. So‘ngra u sudiralib suv havzasiga keldi va qasamini bajarish uchun suvga sakrab tushdi. Hamza uning orqasidan keldi va uni suv havzasida o‘ldirdi.*

* Bunday yakkama-yakka bo‘ladigan jang Masihdan 600 yil keyin bedaviylar orasida keng tarqalgan; Ular Masihdan 1000 yil oldingi Dovud va Goliyot o‘rtasidagi jangga o‘xshar edi.( Shohlar 17:1-54).

6.02.8 -- Utba yakkama-yakka jangga chaqiradi

So‘ng Utba ibn Rabia uning orqasidan chiqdi, uning ukasi Shayba va uning o‘g‘li Valid ham safdan chiqib, yakkama-yakka jangga chaqirishdi. Ularga qarshi uchta yordamchilardan chiqishdi: al-Horisning o‘g‘illari Auf va Mo‘avvaz va uchtasidan biri bo‘lgan ba’zilarni gapi bo‘yicha Abdulloh ibn Ravoh. Qurayshitlar ulardan: “Sizlar kimsiz”- deganlarida, “Biz yordamchilardanmiz”- deb javob berishdi. Shunda ular: ”Bizni sizlar bilan hech qanday ishimiz yo‘q”- dedilar. Qurayshitlardan biri: ”Ey Muhammad! Qani,sizning qabilangizdan bizning kuchimizga munosib odamlar chiqsin! ”- dedi.

Shunda Muhammad, Hamza, Ali va Ubayd ibn al-Harisni chaqirdi. Ular Qurayshitlarga ismlarini e’lon qilishganda, ular: ”Ular sharafli jangchilar, kuchlari ham bizlarniki bilan teng”- deyishdi. Ular orasidagilarni yoshidan eng yoshi kattasi Ubayd, Utba bilan jang qildi, Hamza ,Shayba bilan, Ali esa Valid bilan jang qildilar. Hamza va Ali darhol o‘z raqiblarini o‘ldirishdi. Ubayd va Utba zarbalarni almashtirib, bir-birlaridan jiddiy jarohat olishdi. So‘ngra Hamza bilan Ali qilichlari bilan Utbaga hujum qilib, uni o‘ldirishdi, keyin o‘z sheriklarini o‘zlarinikilar oldiga olib ketishdi.*

* Muhammad badaviylarning ba’zi urf-odatlarini islomga ko‘chirdi, nafaqat islomgacha bo‘lgan e’tiqodini, hamda jang tartib qoidalarni ham ko‘chirgan. Maqtovli so‘zlar, ikki tamonning bir-birlariga masharalari esa keyingi qurolli to‘qnashuvga “ Kirish marosimi” bo‘lib xizmat qildi.

6.02.9 -- Jang

Keyin jangchilar oldinga chiqishdi va har ikki tamon bir-birlariga yaqinlashishdi. Muhammad o‘z izdoshlariga buyrug‘ bergunga qadar hujum qilishni taqiqladi; dushmanlar ularga yaqinlasha boshlagach, Muhammad o‘q bilan ularni yo‘q qilishni buyurdi. U o‘zi va Abu Bakr bilan birga chodirda o‘tirdi. Badrdagi bu to‘qnashuv, juma kuni ertalab, Ramazon oyining 17 kuni (9 oy) sodir bo‘ldi. O‘sha kuni Muhammad saf tortgan jangchilarini qo‘lini o‘q bilan to‘ldirdi. Qachonki Bani Adiya ibn an-Najjorning ittfoqchisi bo‘lgan, Savad ibn G‘aziyya o‘z safidan oldinlab ketganida, uning oldidan o‘tib ketayotgan Muhammad, uni o‘q bilan itardi va unga: ”Ey Savad, safga tur”- dedi. U unga javob aytdi: ”Siz menga qattiq og‘riq berdingiz! Agar Alloh sizni haqiqat va adolat qilib yuborgan bo‘lsa, unda menga tovon to‘lang! ”Muhammad o‘zini ko‘ksini ochdi va dedi: “Mana senga tovoning uchun jazo”- dedi. Lekin Savad uni quchoqlab, ko‘ksidan o‘pdi. Muhammad undan so‘radi: ”Nega bunday qilyapsan?” U javob berib: ”Ey Alloh yuborgani, bizni nima kutayotganini ko‘rasan. Biz ohirgi marta birga bo‘layotganimiz uchun, tanam bilan senning tanangga tegishini xoxlayman”- dedi. Shunda yuborilgan elchi, u uchun duo qildi va marhamatladi.

6.02.10 -- Muhammad yordam berish uchun Allohga ibodat qildi

Muhammad o‘z jangchilarining saflarini tartibga keltirgach, Abu Bakr bilan chodirga qaytib kirdi. Keyin, u Xudosiga va’da bergan yordamni berishi uchun ibodat qila boshladi. U: “Yo Alloh! Agar bugun bu odamlar guruhi halok bo‘lsalar, ular endi sizga sajda qilmaydilar! ” Abu Bakr dedi: ”Ey Allohning payg‘ambari! Sen etarlicha o‘z Xudoyingni chaqirding. U albatta o‘z va’dasini amalga oshiradi!” Muhammad chodirda bo‘lganda, u juda qattiq qaltiradi. U uyg‘onib, Abu Bakrga: “Yaxshi xabarni qabul qiling! Allohdan yordam keldi. Jabroil otini yuganini oldi. Uning oyoqlar alaqachon changga belandi“.*

* Iso Getsimaniyada O‘zi og‘ir iztirob paytida titirab ibodat qilar edi. Osmondan bir farishta Unga kuch ato etdi, toki U butun insoniyat uchun Xudoning qahr kosasini icha olishi uchun (Luqo 22:41-43). Muhammadga kuch ato etgan Jabroil ismli bir farishta, musulmonlarning oldida borib, ularni jangga etakladi. Bu tinchlik Ruhi emas, urush ruhi edi.

Umar ibn al-Xattobning ozod etgan kuli, Mihjaanni bitta o‘q o‘ldirdi. U o‘lgan musulmonlarni birinchisi bo‘ldi. So‘ngra bir o‘q, suv havzasidan suv ichayotgan Xaris ibn Surakini o‘ldirdi.

6.02.11 -- Muhammad o‘z odamlarini jangga borishga ruhlantirdi

So‘ngra Muhammad odamlarni oldiga chiqdi va ularini ruhantirishni boshladi. U: “Muhammadga qudrat beruvchining nomi bilan qasamyod qilaman! Bugun dushman bilan jang qilib va Allohning sevgisi uchun kurashgan va o‘lishi mumkin bo‘lgan, ammo jannatga tushmay qolmaydigan kishi yo‘q”. Banu Salamning ukasi Umar ibn Humom qo‘lida xurmoni ushlab, ularni eb turardi. “Bah! Bah!”**Siz aytmoqchisizki, men va jannataning o‘rtasida faqatgina shu odamlarning qo‘lida o‘lish turibdi ekanda? So‘ng xurmosini tashlab, o‘z qilichini chiqardi va o‘ldirilgunicha jang boshladi.

* Musulmonlarning shahidligi, butunlay gunohlardan ozod bo‘lishning yagona ishonchli yo‘li hisoblanadi. Shahidlar o‘sha vaqtning o‘zida abadiy bog‘larga tushishadi deb hisoblashadi. Gunohni yuvadigan, shafqat keltiradigan va boshqalarni o‘rnini bosuvchi qurbonliklar islomga begona emas. Islom faqat muqaddas jang uchun o‘zini qurbon qilishni tan oladi. Musulmonlar, o‘zini qurbon qilish ularni qutqarmasligini bilishmaydi, chunki har bir odam gunohkor va faqat inoyat orqali qutqarilishi mumkin. Faqatgina Isoning qoni hamma gunohlarni tozalaydi. O‘z qonini to‘kish, hatto muqaddas urush foydasizdir. Musulmonlarning shahidlik uchun bugungi kundagi chaqirig‘lari o‘z-o‘zini aldashga asoslangan va bu bir necha yuz yillardan beri davom etmoqda.
** ” Bah! Bah!”- bu ajabanish va hayratlanishga chaqiriq.

Auf ibn al-Haris, Muhammaddan Allohga qanday hursandchilik keltirish mumkinligini so‘radi. U javob berdi: “Dushmanga sovutsiz jang qiling ”. Auf darhol sovutini echib tashlab, o‘z qilichini olida va o‘ldirilguncha jang qilishga ketdi.*

* Muhammad kaltabinlik bilan o‘z odamlarni hayotini xavfga qo‘yib, musulmonlarni muqaddas jangda o‘lim topishlari, Allohni xursand qilishini ularga o‘rgatdi.

6.02.12 -- Muhammad imonsizlarga qum otadi

Keyin Muhammad bir xovuch qum oldi, Qurayshitlarga o‘girilib, qumni otdi, ”Sizning yuzlaringiz badbashara bo‘lsin!”- deb baqirdi.* So‘ng, odamlarini dushmanga hujum qilishni va ularni yakson qilishga buyruq berdi. Ularning oqsoqollaridan ba’zilarini Alloh o‘ldirdi, ba’zilarini esa asrga olishga ruxsat berdi. Ularni asrga olibkelinganda, Muhammad chodirning ichida edi. Sa’d ibn Muoz bir guruh yordamchilari bilan chodirning oldida turib, qilichlarini beliga bog‘lab, Muhammadni himoya qilar edilar, toki dushmanlar unga hujum qilmasin deb. Sa’dni, odamlarning qilayotgan ishlaridan noroziligini ko‘rib, Muhammad unga yaqinlashib: ”Bizni odamlarning qilayotgan ishlaridan norozisan shekili?”-dedi. Sa’d javob berdi: ”Albatta, ey Allohning elchisi! Bu Allohning butparastlarga bergan birinchi mag‘lubyatidir. Men ularni hammasini o‘ldirilishini, tirik qolmaganini ko‘rmoqchiman”.

* Muhammad, Makkada, dushmanlari orasida, sehirgarlar va bashoratchilarning obro‘siga ega edi. Bu erda Muhammad ularga o‘zining qora sehirgarlik namunasini ko‘rsatdi.

6.02.13 -- Muhammad ba’zi butparastlarni o‘ldirishni man qildi

Muhammad o‘z sahobalariga: ”Bilaman, Hoshimning ba’zi o‘g‘illari va ba’zilar majburligidan jangga otlanishdi va bizlar bilan o‘zlarining irodalarga qarshi jang qildilar. Shuning uchun ham sizlar, Banu Hoshim, Abu al-Baxtariy ibn Hishomdan yoki amakim Abbosdan hech kim o‘ldirimanglar, chunki u ham o‘z irodasiga qarshi urushga bordi”.* So‘ng Abu Huzayf: ”Demak, biz o‘z otalarimiz, o‘g‘illarimiz, aka-ukalarimiz va yaqinlarimizni o‘ldiramiz, al-Abbosni bo‘lsa tirik qoldiramizmi? – dedi. Allohga qasamki, agar men uni uchratib qolsam, unga qilichni sanchib olaman!“ Muhammad buni eshitib dedi: ”Ey Hafsa ota! – Muhammad uni birinchi marta bu ism bilan chaqirdi. Nahotki Alloh elchisining amakisini yuzini chopib tashlaysizmi?”- deb so‘radi. Umar: ”Ruxsat bering, bu ikkiyuzlamachi Abu Huzayfning kallasini olib tashlay”- dedi. Abu Huzayf keyin dedi: ”Man o‘sha aytgan so‘zim uchun, endi o‘zimni xavfsizman deb hisoblamayman, men endi qachonki shahidlarcha o‘lib, aybimni yuvmagunumcha qo‘rquv bilan yashayman.” Haqiqatan ham u Yamom jangida shahidlarcha o‘ldi.

* Muhammad oilaviy siyosat olib borgan va qonli urushlarda o‘z qarindoshlarini himoya qilgan. Islomda qon-qarindoshlik qonunlari, diniy amallardan ko‘ra juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Muhammad Abu ibn al-Baxtariya rahm qilishni xohladi, chunki u hali Makkada bo‘lganida, al-Baxtariy uni himoya qildi va uni hech ranjitmadi. Banu Hoshim va Muttolibni quvg‘in qilishdan bosh tortganlarning orasida bo‘lgan edi. Al Mujazzar ibn Ziyod al-Balaviy uni uchratib, dedi: ”Muhammad seni o‘ldirishimizni man qildi”. Baxtariy: ”Meni sherigimnichi”- dedi. Abu al-Baxtariy bilan Zuxayr ibn Haris ibn Asadning qizi Mulayxani o‘g‘li Junada Makkadan birga jo‘nagan edi: u tuyaning ustida, Batariyning orqasida o‘tirgan edi (Junada Banu Leysdan edi). Al-Mujazzar javob berib: ”Muhammad biz yolg‘iz o‘zingga shafqat qilishimizni buyurgan, seni sherigingni esa tirik qoldirmayman”- “Agar shunday bo‘lsa,”- deb javob berdi u, “yaxshisi men u bilan birga o‘lay, shunda Makkaning ayollari men o‘z hayotimni saqlab qolish uchun sherigimga hiyonat qilganim haqida gapirmaydilar”. Keyin u shu she’rni aytdi:

“ Erkin ayolning o‘g‘li
Do‘stiga hiyonat qilmaydi
Yaxshisi, u o‘ladi
Yoki yo‘lda uning xavfsizligi uchun g‘amho‘rlik qiladi.”

Shunda al-Mujazzar u bilan olishdi va uni o‘ldirdi.

6.02.14 -- Umay ibn Xalafning o‘limi

Abd al-Rahmon ibn Auf shunday dedi: ”Badrdagi jang kuni men Umayni yonginasidan o‘tib qoldim, u o‘z o‘g‘li Alining qo‘lini ushlab turar edi. Men jang paytida topib olgan sovutimni olib yurgan edim. Meni ko‘rgach: ”Ey Abd Amr!”- deb baqirdi. Ammo men unga javob bermadim. Keyin yana u: ”Ey Abd Amr!”- deb baqirdi. Men so‘radim: ” Senga nima kerak?”. U : ”Meni asir qilib olishni xohlaysanmi? Axir men sen uchun bu sovutdan ham ko‘proq turaman”-dedi. Men: ”Allohga qasamki, albatta!”- dedim. Men sovutni tashlab, uni va o‘g‘lini qo‘liga oldim. Men Umay bilan uning o‘g‘lini o‘rtasida ketayotganimda u menda, bizlardan qaysi birimizning ko‘ksimizda tuyaqushning pati bor deb so‘radi. Men unga javob berib: ”Hamza”- dedim. Shunda u: ”Bu o‘sha, u bizga shunday qilgandi”- dedi. Men asirlarni olib ketdim. So‘ngra, Makkada Umay islomdan kechishga uchun qiynoqga solgan Bilol kelib qoldi. U uni issiq qum ustiga beli bilan yotishiga majbur qilib, uning ko‘kragiga og‘ir tosh ko‘ydi va aytdiki, qachonki Muhammadga ishonishdan voz kechmaguncha shunday holatda qolasan dedi. Lekin Bilol qat’iy turib: U yagona, yagona!” Uni ko‘ra olmagach, Bilol baqirdi: ”Sen Umayya ibn Xalof, kofirlarning lashkarboshisan”. Agar sen tirik qolsang, unda men o‘zim o‘laman. Shunda men: ”Ey Bilol! Sen meni asirlarimga hujum qilmoqchimisan?”- deb so‘radim. U: ”Agarda u tirik qolsa, unda men o‘la qolay!” Men: ”Ey qora ayolning o‘g‘li, meni eshityapsanmi?”-dedim. Shunda Bilol baland ovozda baqirdi: ”Ey Allohning jangchisi! Bu Umay, kofirlarning boshlig‘i! Agar uni tirik qoldirilsa, unda men o‘zim o‘laman!” Keyin hamma odamlar bizni o‘rab oldilar, biz odamlarning doirasi ichida qoldik, men esa Umayni himoya qildim. Bir kishi uning o‘g‘lini qilichi bilan urdi va oyog‘ini kesib tashladi. O‘g‘li yiqildi, Umay esa shunchalik baqirdiki, men bunday ovozni hech qachon eshitmaganman. Keyin unga: ”O‘zingni qutqar! Allohga qasamki, men endi senga yordam bera olmayman”- dedim. So‘ng, odamlar qilichlari bilan ularni ikkisini ham chopib tashlashdi. Shunda men: ”Alloh Bilolga rahm qilsin! Meni hamma sovutlarim yo‘qoldi va endi esa meni asirlarimdan mahrum qildi!”- dedim.

6.02.15 -- Abu Jaxl ibn Hishomning o‘limi

Abu Jaxl o‘sha kuni jang qildi va quydagi she’rini aytdi:

”To‘htovsiz jang men uchun qimmatbaho
Ikki yoshli yosh tuyadan ko‘ra
Bu uchun onam meni tug‘ib berdi."

Muhammad dushmanlarini hayratda qoldirib, u Abu Jaxlni o‘liklar orasidan topishni buyurdi. Buni Salam o‘g‘illiring akasi, Muoz ibn Amr birinchi bo‘lib bildi. U aytdi: ”Men, chakalakda yashiringan odamlar: ”Abu al-Hakimga hech kim teng kelmaydi”- deb Abu Jaxlga aytishdi”. Men buni eshitishim bilan, “bu ishni men bajarishim kerak”, deb o‘yladim. U tamon bordim, unga etib borgach, unga hujum qilib, zarba berdim va oyog‘ini tizzasidan pastini kesib tashladim. Allohga qasamki, u shunchalik tez uchdiki, xuddi xurmoga tosh bilan urganda danagidek uchgandek. Keyin, uning o‘g‘li Ikrom kelib elkamga qattiq urdi va qo‘limni kesib tashladi, u bitta bo‘lak et bo‘lib osilib qolgan edi. So‘ngra, jangda to‘palon boshlandi, men undan uzoqroqda edim. Qo‘limni orqamga bog‘lab, kun bo‘yi kurashishni davom etirdim. Qachonki og‘riqga chidab bo‘lmaganda, oyog‘imga qo‘limni qo‘yib, uni butunlay uzib tashladim.

So‘ngra, Muavviz ibn Afra, cho‘loq Abu Jaxlga yaqinlashdi va uni shunday urdiki, uni qattiq jarohatladi. Ammo unda hali ham hayotining uchquni qolgan edi. Muavvaz uni o‘ldirguncha kurashdi. Muhammad, Abu Jaxlni o‘liklarni orasidan topishni buyurganida, Abdulloh ibn Masud uni oldiga bordi va uni tanidi va men eshitganman Muhammad aytgan edi: ”Agar uni tanimasangiz, uni yoshlikdan qolgan tizzasida jarohat izidan bilsa bo‘ladi. Biz ikkalamiz ham hali bola bo‘lganimizda, men undan bir oz kichkina edim va Abdulloh ibn Judaanning ziyofatida biz birga urishganmiz. Men uni itarib yubodim. U tizzasi bilan yiqilgan va jarohatlangan, shu tizzasida bir umrga anashu chandiq qolgan”. Abdulloh uni topganda, u o‘lar xolatda edi. Oyog‘ini uni tamog‘iga qadab, Abu Jaxlni o‘ldirdi, chunki Makkada u Abdullohni tutib olib qiynagan va u bilan shafqatsiz munosabat qilgan edi.

Abdulloh unga: ”Alloh seni sharmanda qildi, ey Allohning dushmani”- dedi. U javob berib: ”Qanday qilib u meni sharmanda qildi? Sen o‘ldirganlardan, men yaxshirog‘iman. Menga aytchi, bugun kimga taqdir kulib boqadi?”- dedi. Abdulloh javob berdi: ”Allohga va uning elchisiga!”

Ibn Masudning aytishicha, Abu Jaxl aytdi: ”Sen ko‘klarga yuksalasan, arzimas qo‘ylaring chuponi!” Shunda, men uni boshini kesib, Muhammadga keltirdim va dedim: ”Ey Allohning elchisi! Mana Allohning dushmani Abu Jaxlning boshi!” Muhammad ajablanib: ”Allohga qasamki, bundan boshqa ilohiy narsa yo‘q!”( Muhammad shunday qasam ichgan). Men unga: ”Ha, bundan boshqa ilohiy narsa yo‘q”- dedim. So‘ng, uni kallasini Allohning elchisining qo‘llariga qo‘ydim va u Allohni ulug‘ladi.*

* Muhammad va Isoning o‘rtasida qanday katta farq bor, u hochda turib O‘z dushmanlari uchun ibodat qilgan: ”Ey Ota! Ularni kechirgin, chunki ular nima qilayotganini bilmaydilar” (Luqo 23:34). Muhammad qasd qilgan dushmani, Abu Jaxlning boshini oldiga qo‘yganda, Allohni ulug‘ladi. Buning aksi, Iso bizni dushmanlarni sevishga, ularni hurmat qilishga va ular uchun ibodat qilishga o‘rgatdi. Azoblanayotgan Stefan o‘layotib, Isoning Ruhida ibodat qildi: ”Xudoyim! Bu gunohni ularga yuklamagin”( Havoriylar 7:60), garchi uni aybsiz toshbo‘ron qilgan bo‘lsalar ham.

6.02.16 -- Imonsizlardek quduqga tashlashdi

Muhammad o‘lganlarni jasadlarini quduqga tashlashni buyurdi. Faqatgina Umay ibn Halafning jasadini er va toshga ko‘mildi, chunki u jasadi sovutni ichida shishib ketgan edi va undan sovutni tortib chiqarib bo‘lmasdi. U erda uni yolg‘iz qoldirishdi. Hamma jasadlarni quduqga tashlab bo‘lingach, Muhammad: ”Ey quduqdagi odamlar! Sizning Xudoyingizni siz uchun va’dasi bajarildimi? Men amin bo‘ldimki, mening Xudoyim haqqoniy!”- dedi. Sahobalar unga deyishdi: ”Ey Allohning elchisi! Nahotki ancha oldin terib qo‘yilgan odamlar bilan gaplashyapsan?”* Muhammad javob berib: ”Endi ular o‘z Xudosining va’dasi- haq ekanini bilib oldilar”- dedi.

* Muhammadning dushmanlariga bo‘lgan nafrati ular o‘lganda ham to‘htamadi. U dushmanlarini sevishni va kechirishni bilmas edi. Muhammadning nafratli so‘zlari dushmanlarni o‘limgacha va ularing qabrlarigacha taqib qildi.

O‘sha kuni Muhammad: ”Ey quduqdagi odamlar! Sizlar o‘z payg‘ambaringiz uchun yomon qarindosh bo‘lgansiz. Boshqalar meni haq deb e’lon qilgan vaqtlarda, sizlar meni yolg‘onchiga chiqardingiz. Boshqalar meni qabul qilganda, sizlar meni haydab yubordingiz. Boshqalar meni himoya qilgan paytda, sizlar men bilan jang qildingiz”- dedi.

Muhammad quduqga tashlash haqidagi buyrug‘idan keyin, Utbani quduqni oldiga sudrab kelishganida, Muhammad uning o‘g‘li Abu Xusayfa juda g‘amgin va tashvishlanayotganini payqadi. U unga: ”Menimcha, otangni o‘limidan keyin yuragingda biror narsa yotgandir”- shunga o‘xshash so‘zlar aytdi. Abu Xuzayfa javob berib: ”Allohga qasamki, yo‘q, Ey Allohning elchisi! Menda otamning o‘limiga qarshi biror bir narsa yo‘q. Ammo men uni aqlli va olijanob deb bilar edim. Bu, uni Islomga olib keladi deb umid qilgan edim. Endi esa unga nima bo‘lganini ko‘rib, imonsiz bo‘lib o‘lmaydi degan butun umidni yo‘qotdim va bu meni xafa qildi”. Muhammad uni duo qildi va yaxshi so‘zlar aytdi.

6.02.17 -- Badrdagi asrlar va o‘lja haqida

Muhammad barcha olingan o‘ljalarni bir joyga yig‘ishni buyurdi va bu masalada kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. Olingan o‘ljani o‘zlariga olib qolishni xohlashgan edi. Dushmanni kuzatganlar va ular bilan jang qilganlar: ”Agar biz bo‘lmaganimizda, sizlar bunday o‘lja yig‘olmas edingiz! Biz dushmanni sizlardan chalg‘itib turdik!”-deyishdi. Dushmanning xujumidan qo‘rqib, Muhammadni himoya qilganlar: ”Sizlar bizdan ortig‘iga loyiq emassiz. Alloh bizni orqaga qo‘ygan paytda, dushmanlarga qarshi kurashmoqchi bo‘ldik. Biz keyin hech kim himoya qilmagan o‘ljalarni yig‘moqchi bo‘ldik, ammo payg‘ambarga dushmanlar hujum qilishidan qo‘rqdik, shuning uchun biz u bilan birga qoldik. Shunday ekan sizlarning o‘lja uchun haqingiz biznikidan ko‘p emas”- deyishdi.*

* Muqaddas urushda o‘lja ustidan kelishmovchilik to‘htamadi. Shuning uchun Muhammad barcha o‘ljalarni to‘plashni buyurdi va keyin uni o‘z ihtiyori bilan bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Muhammad barcha o‘ljani unga berishni buyurdi. Keyin asrga olingan butparastlar bilan Madinaga qaytib keldi. Ularni orasida Ukba ibn Abu Muayt va Nadr ibn al-Haris bor edi. U o‘zi bilan o‘ljani oldi va uni Abdulloh ibn Kaabuga ishondi. Muhammad, as-Safraning tor davonidan o‘tdi va keyin tor davon va an Nazihning o‘rtasida joylashgan Sayra (Do‘zah) nomli qumli tepalikdagi lagerni buzib tashladi. O‘sha erda o‘ljalarni teng taqsimlab berdi. U erdan Rauhga jo‘nab ketdi, u erda uni ishonuvchilar uni kutib olishdi va g‘alaba bilan tabriklashdi.

6.02.18 -- Nodir va Ukbani o‘ldirilishi

Muhammad as-Safrada bo‘lganda, Aliga Nodir ibn al-Xorisni o‘ldirishni buyurdi va Irk az-Zabiyaga kelishganda esa, Ukba, ibn Abu Muaytni o‘ldirildi. Uni Banu al-Ajlanlik Abdulloh ibn Salam asr qilgan edi.*

* Muhammad o‘zining asosiy dushmanlarini qatl qilishni buyurdi. Uning qo‘lida juda ko‘p qonlar bo‘lgan. Iso esa butunlay buning aksini qildi- Malhusning qulog‘ini shifoladi. U hech kimni shogirdlaring qo‘lida azob chekishiga yo‘l qo‘ymadi. (Yuhanno 18:10)

Qatl to‘g‘risidaga buyruqni eshitib, Uqba so‘radi: ”Ey Muhammad, ularni bolalari haqida kim g‘amho‘rlik qiladi?”. Muhammad: ”Jahannam!”- dedi. Akba, Asim ibn Sobitni o‘ldirdi. Bu erda Muhammad, Farva ibn Amr al-Bayadi hurmo va sut to‘ldirilgan idishlari bilan ozod qilingan Abu Xindni uchratdi. U Badrdagi janglarda ishtirok etmadi, lekin keyingi barcha urishlarda ishtirok ishtirok etdi. U Muhammadni tosh yo‘nuvchisi edi, Muhammad u haqida aytgan: ”Abu Xind-yordamchilarning biri; ular bilan nikoh orqali qarindoshlik munosabatilarni qilishingiz mumkin”. Ular shunday qildilar. Keyin Muhammad yana otlandi ,Madinaga bordi, asirardan bir kun oldin keldi. Asirlarni Madinaga olib kelishganda, Muhammadning xotini Zama qizi Saida, Banu Afraning uyida qarindoshlari Auf va Moavvaz uchun yig‘lashyotgan edi. Avval Muhammad xotinlariga choyshab kiyishni buyurgan edi. Saida shunday dedi:”To‘satdan yig‘layotganlarni ovozini eshitdim ”Asirlarni olib kelishyapdi! ”. Men Muhammad burgan uyga qaytdim. Xonaning burchagida Suhayl ibn Amr buynigacha, qo‘llari arqon bilan bog‘langan xolatda turardi. Uni bunday xolatda ko‘rib, men o‘zimni to‘xtatolmay qoldim va baqirvordim:” Ey ota Yazid! Sen o‘zqo‘llaring bilan yaxshilik qilding, sen olijanob odam bo‘lib o‘lishing kerak!”. Keyin men uydan Muhammadning ovozini eshib,“ Alloh va uning elchisiga qarshi norozilik bildirmoqchimisan?” Men unga: ” Ey Allohning elchisi, seni yuborgan haqni nomiga qasamki, ikkala qo‘li bo‘yniga bog‘langan Abu Yazidni ko‘rganimda o‘zimni ushlab turolmadim ”.

Muhammad asirlar bilan kelganda, ularni sahobalariga tarqatib berdi, ularga yaxshi munosabatda bo‘lishlarini aytdi. Asirlarning orasida Abu Aziz ibn Umayr bor edi. Yordamchilardan biri uni asirga olganda, Musaab uning oldiga kelib:” Uni qattiq bog‘la! Uning onasi boy. Balki u uchun pul to‘lab qaytarib olar”- dedi. So‘ngra uning onasi Qurayshit uchun eng katta to‘lov deb so‘radi va unga 4000 dirham deyishdi. U shu narhni yubordi va uni sotib oldi.

6.02.19 -- Makkaga mag‘lubiyat haqidaga xabar qanday keldi

Qurayshliklarni mag‘lubiyati haqidaga xabarni Makkaga birinchi bo‘lib Haysu man ibn Abdulloh al-Xusay olib keldi. Undan so‘rashdi: ” Senda qanday xabar bor?” U: ”Uqba, Shayba, Abu al-Hakim, Umay, Zama, Nubayh, Munabbih va Abu al-Bahtar – hammasi o‘ldirildi!”- dedi. Keyin Qurayshitlarni mashhur odamlarini, Safva ibn Umayni aytilganida, ibodatxonada o‘tirgan dedi: ”Allohga qasamki, agar u odam aqldan ozmagan bo‘lsa, undan u va men haqimda so‘rang!”. Ular so‘rashdi: ”Safva ibn Umayya bilan nima bo‘ldi?” U aytdi: ”U xozir ibodatxonada o‘tiribdi, ammo otasi va akasini qanday o‘ldirishganini ko‘rdim”. Abu Lahob Badrdagi urishga bormadi, lekin u erga al-Asi ibn Hoshimni ishonchli odami deb yuborgan edi. Qolganlarning hammasi ham shunday qilgan edilar. Qurayshitlarning mag‘lubiyatini bilganida, u o‘z aybini tan oldi va uyaldi.

6.02.20 -- Abu al-As ibn Rabiyaning asirga olinishi

Mahbuslar orasida Abu al-As ibn Rabia, Muhammadning kuyovi, qizi Zaynabning eri bor edi. Yuqori tabaqadagi ba’zi kishilar, uni badavlat savdogar va halol odam deb hisoblashar edi. Uning onasi Hala deb atalar edi, Huvaylidning qizi edi. Hadicha unga xola bo‘lgan. Hadisa Muhammaddan, u Zaynabga uylanishini so‘radi, u unga qarshilik ko‘rsatmadi (u elchi bo‘lishidan oldin), u qizi Zaynibni unga berdi va Hadicha uni o‘g‘il o‘rnida ko‘rar edi. Alloh unga marhamati bilan payg‘ambarlik xizmatini berganida, Hadicha unga imon keltirdi. Uning qizlari ham uni etiqodiga ishonishdi va Islomni tan olishdi. Abu al-As, butparastlarning tarafdoshi bo‘lib qoldi, xuddi Utba ibn Abu Lahobdek, Muhammad, qizi Ruqiyani yoki Um Kulsumni unga turmushga bergan edi. Qurayshitlarga Allohning topshirig‘i bilan bordi va dushmanlariga qarshi so‘zga chiqdi, ular deyishdi: ”Siz Muhammadni tashvishlardan ozod qildingiz, unga qizlarini qaytarib beringlar, u ular uchun g‘amho‘rlik qilishga majbur bo‘lsin”. Birinchi bo‘lib, ular Abu al-Asga borishdi va unga: ”Xotining bilan ajirash va seni biz Qurayshitlarning barcha qizilaridan sen xoxlaganingga uylantirib ko‘yamiz!”- deyishdi. U javob berdi dedi: ”Allohga qasamki, men o‘z xotinim bilan ajirashmayman va uni o‘rniga boshqaga olmayman”. So‘ngra Utbaga ham huddi shu so‘zlarni aytishdi va u javob berib dedi: ”Agar meni Aban ibn Saidning qiziga yoki Said ibn al-Asning qiziga uylasanglar, shunda men Muhammadning qizi bilan ajirashaman”. Uni Saidning qiziga uylab qo‘yishdi, bundan oldin Muhammadning qizi bilan ajirashdi. Alloh bu bilan xotinini, uning xukumronligidan ozod qildi, bu unga sharaf edi, eriga esa sharmandalik edi. U esa Osman ibn Affanning xotini bo‘ldi. Muhammadning Makkada biror narsa qilish uchun ruxsat berish yoki taqiqlashga huquqi yo‘q edi. Unga bu narsalarni boshdan kechirmoqga to‘g‘ri keldi va uni qizi Zaynab Islomicha eri bilan ajirashmadi, garchi undan qizini olib ketishga huquqi bo‘lmasada. Shuning uchun u bo‘lajak musulmon bo‘lib ular bilan qoldi, garchi u butparast bo‘lsa ham, to Muhammadga ko‘chib ketgunga qadar. Qurayshitlar Badrga urishga borishganda, u ham ularning orasida edi. U erda u asirga olindi va Muhammad bilan Madinada qoldi.

Makka ahli o‘zlarining odamlarini asirlarni sotib olish uchun Madinaga odam yuborishganda, Zaynab ham eri Abu al-As uchun tovon puli jo‘natdi. U to‘y kuni Hadicha sovg‘a qilgan marjonini yubordi. Buni ko‘rib Muhammad ta’sirlanda va dedi: ”Agar istasangiz unga asirlikdagi erini va uni sotib olish uchun bergan hamma narsasini qaytarib beringlar”. Uning sahobalari rozi bo‘lishdi va unga erini va u yuborgan narsalarini barisini qaytarib berishdi.

6.02.21 -- Zaynab Madinaga boradi

Muhammad Abu al-Asdan va’da oldi yoki u o‘z ihtiyori bilan ( bu aniq emas, chunki bularni hech biri haqida aytilmagan) Zaynabni Madinaga ketishi uchun va’da berdi. Bu aniq ma’lumki, Abu al-As ozod bo‘lganidan keyin, Muhammad o‘zining yordamchilaridan biri Zayd ibn Harisni darhol jo‘natdi va dedi: ”Yajaj vodiysiga borasan va to Zaynab kelgunga qadar kutasan. So‘ngra unga hamrohlik qilasan va mening oldimga olib kelasan”.

Ular yo‘lga chiqishdi. Bu tahminan Badrdagi jangdan bir oy o‘tgandi. Abu al-As etib kelgandan so‘ng, Zaynabga otasini oldiga ketishga buyurdi va u tezda safarga tayyorgarlikka kirishdi. Abdulloh ibn Abu Bakr menga aytib berdi, Zaynab shunday degan: ”Makkaga, otam oldiga ketishga tayyorgarlik ko‘rganimda, Utbaning qizi Xind uchrab qolib, dedi: ”Ey Muhammadning qizi! Eshitdim , sen otangni oldiga ketmoqchi ekansan”. “Menda bunday niyat yo‘q”.“ Ikkiyuzlamachilik qilma, singiljon. Agar senga safar uchun oltin yoki biror nima kerak bo‘lsa menga aytgin. Men senga beraman. Men haqimda yomon o‘ylama, ayollar birga bo‘lganda o‘z-aro boshqacha his qilamiz, erkaksiz”. Garchi u menga aytgan gaplari chindan ham xohlagandek, haqiqatdek ko‘rinsada, bar-bir men undan qo‘rqdim va uni taklifini rad etdim. Hamma kerakli narsalarni ammalab o‘zim oldim.

Zaynab yo‘lga tayyor bo‘lganda, qaynog‘asi Kinan ibn Robia unga bir tuya olib keldi. Zaynab taxtiravonga o‘tirdi, u esa kamonni va o‘qdonni olib, tushdan uni tuyada shahardan olib chiqib ketdi. Qurayshitlar bu haqida xabar topib, uni orqaga qaytarish uchun shahar tashqarisiga chiqishdi. Unga Zu Tuvada etib olishdi. Unga birinchi etib olgan Habbar ibn al-Asvad ibn Muttolib edi. U, uning oldida nayzani silkitib, uni qo‘rqitdi va uni bolasi tushib qoldi. Uni qaynog‘asi tiz cho‘kib, o‘qni u tomonga burib, dedi: ”Allohga qasamki, kimda-kim unga yaqinlashsa, unga o‘qni uzaman!” Shunda odamlar orqaga chekindilar.

Keyin Abu So‘fiyon boshqa taniqli Qurayshitlar bilan kelishdi va deyishdi: ”O‘qingni ol, sen bilan gaplashib olishimiz uchun!” Shunda u o‘qini ulardan burdi, Abu So‘fiyon uni oldiga kelib dedi: ”Sen noma’qul ish qilding. Sen hammaning ko‘z o‘ngida ochiqchasiga chiqib ketding. Biz Muhammaddan qanday baxtsizlik va azob chekanimizni yaxshi bilasan. Agar sen bizdan ochiqchasiga uning qizini olib ketsang, odamlar o‘ylashi mumkin, demak biz kasitilganmiz, mag‘lubiyatimizga ko‘nikadilar va endi biz kuchsizligimiz va nochorligimizni boshdan kechirmog‘imiz kerak. Shuning uchun bu gap so‘zlar xalq orasida bosilguncha, bu ayolni qaytarib olib bor. Biz uni otasidan ushlab qolmoqchi emasmiz va bu uchun bizda hech qanday sabab yo‘q. Mayli, odamlar biz uni qaytarib olib kelishdi deb aytsinlar, so‘ngra sen yashirincha uni otasiga olib borib berasan”. Kinan rozi bo‘ldi va gap so‘zlar bosilguncha bir necha tun qoldi. Keyin u, uni tunda shaxardan olib ketda va uni Muhammadga olib borish uchun Zaydu ibn Haris va hamrohiga topshirdi.

Bir kuni Muhammad urushga guruh jo‘natdi va dedi: ”Agar siz Hubbar yoki u bilan birga Zaynabni quvlaganlarni ushlab olsangiz, ularni olovda yondiring!” Erta bilan u, ularga, buyurug‘ini bekor qilganini etkazish uchun odam yubordi, faqatgina yagona Allohda odamlarni yoqish xuquqi bor edi. Ular bu odamlarni “faqat” o‘ldirishlari kerak edi.

6.02.22 -- Abu al-As ibn Rabiani murojaati

Abu al-As, Muhammadning kuyovi Makkada qoldi. Islom tufayli u o‘z xotinidan ajiradi, toki Makkani bosib olgunga qadar Madinada qolgandi. Bir kuni u pullarini va boshqalarning pulini olib, Suriyaga savdo-sotiq uchun jo‘nadi, Qurayshitlar unga juda ham ishonar edilar. Orqaga qaytayotganda uni yo‘lidan Muhammad yuborgan guruh kutib oldi va undan hamma narsani olib qo‘yishdi. Uni o‘zi qochib qutuldi. Shundan so‘ng guruh Madinaga qaytdi, Abu al-As tunda xotini Zaynabning oldiga keldi va uni himoya qilishni yolvordi, u uni o‘zining ximoyasiga oldi. U o‘zining mollarini qaytarib olish uchun keldi.

Muhammad ertalabki nomozini o‘qib bo‘ldi va: ”Alloh buyukroq!” xitob qildi, Zaynab xotinlar o‘tirgan eridan baqirdi: ”Ey odamlar, bilasizlarmi, men Abu al-Asni o‘z himoyamga oldim”. Nomoz tugatgach, Muhammad yig‘ilganlarga qaradi va so‘radi: ”Ey odamlar, men eshitgan narsalarni, sizlar ham eshitdinglarmi?”

Ular uning savolliga tasdiqlovchi javob berishdi, u davom etib: ”Muhammadning joni qo‘lida bo‘lga kimsa nomidan qasam ichaman, hali eshitmagan, faqat sizlar va men eshitgan bu narsa haqida hech nima bilmagan edim. Shubhasiz, hatto eng kichigi ham xohlagan odamini ximoyasiga olishi mumkin”. U qizining oldiga bordi va unga dedi: ”Unga xurmat bilan munosabatda bo‘l, lekin sen u bilan yaqin munosabatga kirish mumkin emas!” Keyin Muhammad, Abu al-Asning mollarini qo‘lga kiritganlarga odam yuborib, buyurib dedi: ”Sizlar bilasizki, bu odam bizga qanchalik yaqin kishi. Agar istasangiz, biz uchun qo‘lga olingan mollarni unga bering. Agarda istamasangiz, bu Alloh sizlarga bergan, siz loyiq bo‘lgan o‘ljadir”. Ular hamma narsalarni unga qaytarib berishga tayyorliklarini aytishdi va hamma narsalarni unga qaytarib berishdi: hatto chelaklar, katta bo‘lmagan terili idishlar, yuvinish uchun idish va tayoq, sayoxat chog‘ida bog‘lanadigan sumkalar; oxir-oqibatda hech narsa yo‘qolmadi. U hamma narsani Makkaga olib keldi va Qurayshitlarga va boshqalarga, qarzdor bo‘lganlarga berdi. Keyin u, kimdir undan noroziligini so‘radi. Ular javob berishdi: ”Yo‘q, Alloh seni mukofatlasin! Sen biz bilan sodiq va olijanob bo‘lding”. Shunda u dedi: ”Allohdan boshqa Xudolar yo‘q, Muhammad uning quli va elchisi deb tan olaman.” Ular bilan bo‘lganimda, sizlar men haqimda nima o‘ylaysizlar deb qo‘rqiganim uchungina islomga e’tibor bermadim, huddi mol-mulkingizni o‘zimniki qilib o‘zlashtirishim uchun qilgandek. Endi esa, Alloh sizlarning narsalaringizni berib, men bundan qutuldim va islomni qabul qildim”. Shundan so‘ng u Makkani tark etib, Muhammadning oldiga ketdi.

6.02.23 -- Umayra ibn Vaxbning murojaati

Badrdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Umayr ibn Vaxb al-Jumaxi, Safvon ibn Umay bilan o‘tirdi. Umayr Qurayshitlarning shaytonchalaridan* va Muhammad va Makkadagi uning izdoshlarini, har kimdan ko‘ra ko‘proq taqib qilganlardan biri edi. Uning o‘g‘li Vaxb, Badrda asrga olindi. U mag‘lubiyati va quduqga tashlanganlarni taqdiri haqida gapirdi. Safvon dedi: ”Allohga qasamki, bunday yo‘qotishdan keyin, yashashni qizig‘i qolmadi!”. Umayr javob berib: ”Siz to‘g‘ri aytdingiz, Allohga qasam ichaman. Agarda men qarzdor bo‘lmaganimda, qarzni qaytarib bera olmaydigan va oilam bo‘lmaganida, mensiz yo‘q bo‘lib ketadigan, unda men Muhammadga borar edim va uni o‘ldirardim. Buning uchun yaxshi sabab bo‘lar edi, chunki o‘g‘lim Madinada, asirga olingan”. Safvan bu imkonyatdan foydalandi va dedi: ”Men seni qarzlaringni to‘lashni o‘z zimmamga olaman. Sening oilang menikilar bilan yashaydi. Ular tirikliklarida, ularga g‘amxo‘rlik qilaman. Ular mening mulkimdan hech narsada zoriqmaydilar”. Umayr javob berdi: ”Nima xaqida gaplashganimizni sir saqla!” Safvan bu xaqida hech kimga aytmadi. Umayr qilichini o‘tkirlashni va zaxar surtishni buyurdi.

* Muhammadga qarshi eng qattiy va yovuz dushmanlarni “Qurayshit shaytonlari” deb atalgan. Bu iborani Xomeynlar birinchi o‘ylab topishmagan. U faqat Muhammadning izidan yurgan ( Baqara surasi 2:14)

Umar, boshqa musulmonlar bilan Badrdaga jang, Allohning raxmati va dushmanning mag‘lubiyati haqida suhbatlashayotganda, birdan masjid eshigi oldida qilichi bilan kutib turgan Umayrni ko‘rdi: Umar dedi: ”Bu it va Allohning dushmani, Umayr ibn Vaxb, ehtimol qasd qilmoqchi. U Badr jangida adovatni alangalatdi va o‘zing yovuz basharasini ko‘rsatgan edi”. Shunda Umar Muhammadning oldiga borib, Umayrning kelgani haqida xabar berdi. Muhammad dedi: ”Uni oldimga keltiringlar!” Umar, Umayrning qilich bilan birga bog‘lab va Muhammadga olib keldi, u bilan birga bo‘lgan yordamchilariga esa: ”Muhammadning oldiga boringlar! Uning yonida o‘tiring va uni bu yovuz odamdan saqlang. Men unga ishonmayman”-dedi.

Qilichi bilan bog‘langan Umayrni Muhammadni oldiga olib kelishganda, Muhammad: ”Qo‘yib yubor”- dedi. Umayrni unga yaqinlashishiga ruxsat berdi. Umayr unga “xayrli tong” tiladi. Bu butparastlik davrida umumiy salomlashish edi. Muhammad dedi: ”Alloh bizga eng yaxshi salomlashishni berdi. Biz jannat ahli “ Salom”* deymiz”. – “Allohga qasamki, men hali yangiman”. – “Nima uchun kelding?” – “Meni asirga olingan o‘g‘limga yaxshi munosabatda bo‘lishingni so‘rayman”. – “Sening bo‘yningda osilgan qilichga nima ehtiyoj bor?” – “Uni Alloh lanatlasin! Axir u menga yordam berdimi?” – “Menga rostini ayt! Nima uchun kelding?” – “Ilgari aytganimdek, faqat bitta maqsad uchun keldim”. – “Noto‘g‘ri! Sen Safvan bilan birga ibodatxonada o‘tirdinglar. Quduqga tashlangan odamlar haqida gaplashdinglar. Sen agar qarzing va oilang ushlab turmaganida, shunda sen meni o‘ldirish uchun qasam ichding”. Safvan seni qarzingni uzishni va oilang uchun g‘amxo‘rlik qilishni o‘z bo‘yniga oldi, toki sen meni o‘ldirishing uchun. Lekin Alloh, seni o‘z niyatingni amalga oshira olmaydigan qilib ko‘ydi”. Shunda Umayr dedi: ”Guvohlik beraman, sen Allohning rasulisan!. Biz seni, osmondan olib borgan vahiying uchun yolg‘onchi deb o‘yladik. Safvan bilan gaplashgan vaqtimizda, biz bilan hech kim yo‘q edi. Faqat Alloh bu xabarni senga etkazishi mumkin! Bunday yo‘l bilan meni Islomga olib kelgan Allohga xamdlar bo‘lsin!” So‘ngra, u chin dildan e’tiqodni tan oldi va Muhammad, o‘sha erda bo‘lganlarga aytdi: ”Birodaringizga imondan ta’lim bering. U Quronni o‘qisin va uning o‘g‘lini ozod qilib, qo‘yib boringlar”. Ular o‘sha vaqtning o‘zida buyuruqni bajarishdi. Shunda Umayr dedi: ”Ey Allohning rasuli! Men Ilohiy nurni o‘chirmoqchi bo‘ldim. Men musulmonlarga ko‘p yomonlik qildim. Makkaga qaytishimga ruxsat bering. Makka ahlini Allohga, uning rasuliga va Islomga davvat qilaman. Balki, Alloh ularni haq yo‘lga boshlasin, aks holda men ilgari sening izdoshlaring bilan jang qilganimdek, imon uchun ular bilan jang qilaman”. Muhammad unga ruxsat berdi va u Makkaga qaytdi. Umayr ketganidan so‘ng, Safvan esa dedi: ”Bir necha kundan keyin, Badr jangini unitadigan xabarni kuting!” U barcha karvonlardan Umayr haqida surishtirdi, ohiri shuni eshitdiki, Umayr Islomni qabul qildi. Shunda u hech qachon u bilan gaplashmasligi va unga hech qanday yaxshilik qilmaslika qasam ichdi. Umayr, Makka ahlini Isomga davvat etdi va uni eshitmaganlar uchun ashaddiy dushman bo‘ldi. U orqali ko‘pchilik Islomni tan oldi.

* A’rof surasi 7:46, Yunus surasi 10:10 i Ahzob surasi 33:44, hamda Qur’onning boshqa oyatlariga ko‘ra, islomiycha salomlashish “Assalomu alekum” jannatdan kelib chikgan.

6.02.24 -- Sakkizinchi ”O‘ljalar” surasidagi vahiy xaqida (Al-Anfol)

Badrdagi jangdan so‘ng Alloh “O‘ljalar”* surasini nozil qildi. O‘ljani bo‘lish uchun ko‘p tortishuvlardan keyin, quymdagi oyat nozil bo‘ldi: “Cizdan o‘ljalar haqida so‘rashadi. Siz: ”O‘ljalar Alloh va uning payg‘ambarnikidir, bas, agar mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqinglar, oralaringni o‘ylarnglar, Allohga va uning payg‘ambariga itoat qilinglar” deb ayting (O‘ljalar surasi 8:1). Shunday deyishadiki, Ubad ibn al-Samitning O‘ljalar surasi haqida shunday aytadi: ”Bu Badrda jangga qatnashga, o‘z-aro kelishishga kela olmaganlar, bizlarga berildi”. Shuning uchun Alloh bizni qalbimizdagi yomon extirosni olib tashlab, hammamizga tengdan taqsimlab berish uchun, o‘ljani Allohning payg‘ambariga berdi. Shuning uchun bizlar xudojo‘y, Allohga va Uni payg‘ambariga va tinchligiga itoatkor bo‘ldik!

* O‘ljalarga ega bo‘lish, Islomiy bosib olish xarakating kuchiga aylandi. Xuddi shunday, Muhammad badaviylarning urf odatlari qonunlashtirdi va muqaddas jangda xujum qilish, talonchilik va xoinlik qotiligini keltirdi.

6.02.25 -- Badr jangidagi qatnashgan musulmonlarning ismlari

Banu Hoshimdan: Muhammad, Allohning payg‘ambari; Hamza, Allohning va uning payg‘ambarining sheri; Ali ibn Abu Tolib( keyinchalik to‘rtinchi halifa bo‘lgan); Zayd ibn Xorisa, kalbid; Anas va Abu Kabsha, Muhammadning ozod etganlari( Anas efiopiyalik, Abu Kashba - eronlik); Abu Marsad Kannaz ibn Zins va uning o‘g‘li Marsad, Hamzaning ittfoqchilari; Ubayda ibn al-Xoris va uning akasi Tufayl ibn Xuseyn; Mistah, Auf deb atalgan; Ibn Usas ibn Abbad ibn al-Muttalib – hammasi 12 kishi.

Banu Abu Shamsdan: Osmmon ibn Affan (keyinchalik uchinchi halifa bo‘ldi), Muhammadning qizi Ruqiya bilan qoldi va Muhammad unga ham o‘ljadan ulush berdi. U o‘z mukofotini Muhammaddan so‘raganda, Muhammad javob berdi: ”Sening jannatda ham mukofoting bo‘ladi”. Yana: Abu Huzayfa ibn Utba va uning ozodlikga etgangan quli Salim (Abu Huzayfani Mishham deb atashardi, Salim esa Subaytning ozod qiluvchisi, Jaaraning qizi, o‘shanda Abu Xuzayfani o‘g‘lidek qabul qilgan. Boshqalarni aytishicha, Subayta Abu Xazayfaning xotini yoki Salim, Abu Huzayfaning ozod qilgan quli). Subayx, Abu al-As ibn Umayyaning ozodlikka qo‘yib yurganni, Muhammad bilan bormoqchi bo‘lgan, lekin kasal bo‘lib qolgan edi. U o‘z tuyasini Abu Salam ibn Abd al-Asadga qarzga berib turgan. Subayx keyingi urushlarda ishtirok etdi.

Banu Abd Shamning ittfoqdoshlari quydagicha: Abdulloh ibn Jaxsh, Ukkash ibn Mixsan, Shuja ibn Vaxb va uning akasi Uqba, Yazid ibn Rukaysh, Abu Sinan ibn Mixsan, akasi Ukkash va uning o‘g‘li Sinan, Muhriz ibn Naul, Rabia ibn Aksam.

Abu Bakrning ittfoqdoshlari: Sakf ibn Amr va og‘a-inisi Malik va Mudlij, Banu Hadj; Sulaymon o‘g‘illiri sulolasidan; va Abu Mahshi, ularni ittfoqdoshlaridan biri bo‘lgan - hammasi 16 erkakar (Abu Mahshi, Taiy qabilasidan; uni Suvayd ibn Mahshi deb atashgan).

Banu Naufaldan ishtirok etganlar: Utba ibn Gazvan va uning ozod etilgan quli Xabbab.

Banu Asaddan: Zubayr ibn al-Avvam, Hatib ibn Abu Balta va uni ozod etilgan quli Saad (Abu Baltvni Amr deb atashib, laxmid bo‘lgan, Saad kalbid bo‘lgan).

Banu Abd ad-Dardan: Musab ibn Umayr va Suvaybid ibn Saad.

Banu Zuxradan: Abl ar-Raxmon ibn Auf va Saad ibn Abu Baqqos o‘zining akasi Umayr bilan. Ularning izdoshlarining soni: Al-Maqdod ibn Amr, Abdulloh ibn Masud ibn Rabia, Karadan (Kara- uning laqabi. Ular kamonchi bo‘lgan va ular haqida shunday deyilgan: ”Kara ichiga kirishni istganlar, maqsadga erishdi”). Zu al-Shimalayn ibn Abd Amr (Uning ismi Umayr, lekin Zu al-Shimalayn, asl ma’nosi ”ikkita chap qo‘lga ega”, chunki u hamma narsani chap qo‘lida qilardi) va Habbab ibn Aratt - hammasi bo‘lib 8 erkak. (Habbab Banu Tamimdan, ularning avlodlarini Kufadan topsa bo‘ladi; boshqalarni aytishi bo‘yicha Huzadan bo‘lgan).

Banu Tamimdan: Abu Bakr (keyinchalik birinchi xalifa bo‘ldi) va ozod etilgan quli Bilol ibn Rixab, Amir ibn Furayra (u qora tanli bo‘lib, Abu Bakrga sotilgan qul, Banu Asaddan tug‘ilgan) va Suxayb ibn Sinan, Namir ibn Kasitdan (Boshqalarning aytishicha, Suxayb, Abdulloh ibn Judaanning ozod etilgan quli. Ular aytgan, u yunon, ba’zilari Namirning avlodidanligini tasdiqlashgan, yunonlarga asirlikka tushgan va sotib yuborilgan. Muhammad aytishicha, Suxayb yunonlarga ketgan), Talixa ibn Ubaydulloh. U Suriyadan bo‘lgan va Badrdagi jangdan so‘ng qaytgan (Muhammad bilan gaplashdi, nafaqat o‘ljadan unga ulush bergan, u kelajakda sovg‘a mukofot olishiga amin bo‘ldi)- hammasi bo‘lib 5 kishi.

Banu Maxzumdan: Abu Salam Abdulloh ibn Abd al-Asad, Shammas ibn Osman, ak-Arkam ibn Abu al-Arkam, Abd Manaf ibn Asad Abu Jundub, Ammar ibn Yasir (Madshijdan ausidi edi) va Muattib ibn Auf, Ayxama deb atashardi- hammasi bo‘lib 5 kishi. Banu Adiy ibn Kaabdan: Omar ibn al-Hattob (keyinchalik ikkinchi xalifa bo‘ldi), uning akasi Zayd va uning ozod etgan quli Mixja, Badrdagi birinchi musulmon, yoy bilan o‘ldirilgan (Akksaning o‘g‘li), Amr ibn Surak o‘zining akasi Abdulloh va ularning ittfoqdoshi Vaqid ibn Abdulloh, Hauli va Malik ibn Hauli (Banu Idjl ibn Lujaymdan), Amir ibn Rabia, Anza ibn Valyadan, Amir Akil, Halid va Idjas, Bukayrning o‘g‘illari, Banu Saad ibn Laysadan, ittfoqdoshlari Banu Adiy. Yana: Said ibn Zaid, Badrdagi jangdan so‘ng kelib, Muhammaddan, O‘ljadan ulush oldi va kelajakda mukofot olishiga amin bo‘lagan- jami 14 kishi.

Banu Jumaxdan: Osman ibn Mazun o‘g‘illi Saibom va akalari Qudamoy va Abdallahom va Mamar ibn al-Haris- jami 5 kishi.

Banu Saxm ibn Amrdan: Hunays ibn Huzafa.

Banu Amir ibn Luaydan: Abu Sabra ibn Abu Ruxm, Abdulloh ibn Maxram, Abdulloh ibn Suxayl, otasi bilan yo‘lga chiqgan, Badrda Muhammadga o‘tib, u tarafda jang qilgan. Umayr ibn Auf, ozod qilingan quli Suxayl va Saad ibn Xavl, ozod qilingan quli Banu Amir (Yamanlik)- jami 5 kishi.

Banu Al-Haris ibn Fixrdan: Abu Ubayda Amir ibn al-Jarrax, Amr ibn al-Haris, Suxayl ibn Vaxb akasi Safvan bilan, Baidning o‘g‘illiri va Amr ibn Abu Sarx- jami 5 kishi.

Barcha ko‘chib keltirilganlarning soni: (Makkadan ko‘chirilganlar va Badrda bo‘lganlar, Muhammad o‘ljadan bir qismini bergan va kelajakda mukofot olishga amin bo‘lganlar) 83 kishi bo‘lishgan. (Boshqa ko‘plab olimlar ularga Vaxba ibn Saad va Hatib ibn Amr, Banu Amir ibn Luaydan va Iyyada Abu Zuxayr, Bunu al-Xaris ibn Fixrdan deb hisoblashadi).

Badrdagi Madinaliklar yordamchi, autistlar quyidagicha:

Banu Abd al-Ashshaldan: Saad ibn Muaz, Amr ibn Muaz, Haris ibn Aus, Haris ibn Anas.

Banu Ubayd ibn Kaabdan: Saad ibn Zayd, Salam ibn Salaam, Abbad ibn Bishr, Salam ibn Sabit, Raafi ibn Yazid va Haris ibn Xazam, Banu Auf ittfoqdoshlardan. Muhammad ibn Maslum va Salam ibn Aslam, Banu Harisning ikkita ittfoqdoshi Abu al-Xaysam va Ubayd ibn al-Tayyixan (boshqalarning aytishicha, Atiq ibn al-Tayyixan) va Abdulloh ibn Saxl (Banu Zaurning akasi, boshqalarni aytishicha- hasanayd) – jami 15 kishi.

Banu Savaad ibn Kaabdan, laqab bo‘yicha Zafr: Katada ibn al-Numon va Ubayd ibn Aus – 2 kishi. (Oxirgi Mukarrin deb nomlashdi, chunki u to‘rtta asirga bog‘langan edi. O‘sha kuni u Akil ibn Abu Tolibni asirga oldi).

Banu Abd ibn Razoxdan: Nasr ibn al-Haris, Muattab ibn Abdulloh ibn Tarik, ittfoqdoshlardan biri Balidan edi – jami 3 kishi.

Banu Haris ibn al-Harisdan: Masud ibn Saad (boshqalaring aytishicha, ibn Abd Saad), Abu Abs ibn Jabr va ularning ittfoqchisi: Abu Burda Hani ibn Niyyar, Balidan – jami 3 kishi.

Banu Dubayi ibn Zayddan: Asim ibn Sobit, Kays Abu al-Aklah ibn Isma, Muattib ibn Kushayr, Abu Mulayl ibn al-Azar va Saxl ibn Hunayf – jami 5 kishi.

Banu Umayya ibn Zayd ibn Malikdan: Mubashshir ibn Abd al-Munzir akasi Rifa bilan, Saad ibn Ubayd, Uvaym ibn Said, Raafi ibn Unjuda, o‘sha Ibn Xishamning roziligi bilan uning onasining ismi bilan yurgan, Ubayd ibn Abu Ubayd va Saalaba ibn Xatib. Abu Lahob va Haris ibn Xatib Muhammad bilan bilan birga yo‘lga otlandilar, lekin u ularni orqaga Madinaga qaytarib yubordi va oqibatda Madiniga bosh qilib qo‘ydi. Ularning ikkalasi ham o‘ljadan ulush olishdi – ularng jami 9 kishi edi (Muhammad Ruhidan, Xatib ibn Amrom bilan birga yubordi, Lubabni ismi Bashir edi).

Banu Ubayd ibn Zayd ibn Malikdan: Unays ibn Kutad; ularning Balidan ittfoqdoshlari: Maan ibn Adiy, Sabit ibn Akram, Abdulloh ibn Salam, Zayd ibn Aslam va Rabi ibn Rafi. Asim ibn Adiy ham Muhammad bilan yo‘lga chiqgan edi, biroq Muhammad uni qaytarib yubordi va unga o‘ljadan ulush berdi – jami 7 kishi.

Banu Saalaba ibn Amr ibn Aufdan: Abdulloh ibn Jubayr, Asim ibn Kays, Abu Dayyax ibn Sobit, Abu Hanna (u, Abu Daayaxning akasi bo‘lgan; boshqalarning aytishicha, uni Abu Xabba deyishgan), Salim ibn Umayr, al-Haris ibn al-Numan, Xavvat ibn Jubayr, Muhammaddan Badrda qatnashuvchilar sifatida o‘ljadan ulish olgan – jami 7 kishi edi.

Banu Jaxjab ibn Kulfa ibn Aufdan: Munzir ibn Muhammad; va ularning ittfoqdoshlari Banu Unayfdan: Abu Ukayl ibn Abdulloh – 2 kishi; boshqalarga ko‘ra: Taim ibn Trash va Kasmil ibn Faran.

Banu Ganm ibn al-Salmdan: Saad ibn Xaysama, Munzir ibn Kudam va Malik ibn Kudam, Haris ibn Arfadja va Tamim, ozod etilgan qullardan biri – 5 kishi. ( U, Saad ibn Xaysamaning ozod etgan quli).

Banu Muaviyya ibn Malikdan: Jabr ibn Atik va Muzaynning ozod etgan qullaridan biri Malik ibn Numayl va Balining ozod etgan qullaridan yana biri Numon ibn Asar – 3 kishi.

Badrda jami bo‘lib Muhammad bilan 61 ausitlar, ularning o‘ljadan ulush olganlar va kelajakda mukofot oluvchilar sanog‘ida bo‘lganlar.

Shuningdek Badrda, Madinadan bo‘lgan yordamchilar sonida Xazrajitlar bo‘lgan:

Banu Imir al-Kays ibn Malikdan (Banu al-Haris ibn al-Xazrajdan): Xarija ibn Zayd, Saad ibn Rabi, Abdulloh ibn Ravax va Hallad ibn Suvayd – 4 kishi.

Banu Zayd ibn Malikdan: Bashir va Simak ibn Saad – 2 kishi.

Banu Adiy ibn Kaab ibn Hazrajdan: Subay ibn Kays va Abbad ibn Kays va Abdulloh ibn Abs – 3 kishi.

Banu Axmar ibn Harisdan: Yazid ibn al-Haris, ibn Fushum deb nomlangan – 1 kishi. (Fusxum onasini ismi, Banu al-Kain ibn Jisrga tegishlidir).

Banu Jusham ibn al-Haris va Zayd ibn al-Haris, - ikki egizak og‘a-inidan: Hubayb ibn Isaf, Abdulloh ibn Zayd va uning akasi Xurays ibn Zayd, yana taxminga ko‘ra Sufiyon ibn Bishr – 4 kishi.

Banu Jidardan: Tamim ibn Yaar, Abdulloh ibn Umayr, Zayd ibn al-Muzayyin va Abdulloh ibn Urfut – 4 kishi.

Banu al-Abjar ibn Aufdan, Banu Xudrdan: Abdulloh ibn Rabiya – 1 kishi.

Banu Auf ibn al-Xazrajdan, Banu al-Xublax deb atalmish Banu ibn Ubayd ibn Malikdan: Abdulloh ibn Abdulloh ibn Ubay, Ibn Shalul deb tanilgan, Ubays onasi bo‘lgan, yana Aus ibn Xail – 2 kishi.

Banu Jaz ibn Adiy ibn Maalikdan: Zayd ibn Vadia, Uqba ibn Vaxb, Banu Abdulloh ibn Gatafanning ozod etilgan qulidan biri, Rifaa ibn Amr, Amir ibn Salam, Yamandan ozod etilgan qullardan biri (boshkalarga ko‘ra, u Amr ibn Salamdan, Balidan, Kudaadan), Abu Xumayda Maabad ibn Abbad (Ubad) va Aamir ibn al-Bukayr, ozod etilgan quli (boshqalar aytishicha, Aamir ibn al-Ukayr yoki Aasim ibn al-Ukayr) – 6 kishi.

Banu Saalim ibn Aufdan (Banu al-Adjlan ibn Zayddan), Naufal ibn Abdulloh – 1 kishi.

Banu Asram ibn Fixrdan: Ubada ibn as-Samit va uning akasi Aus ibn as-Samit – 2 kishi.

Banu Daad ibn Fixrdan: An-Nuuman ibn Malik, Kaykalem deb atalgan – 1 kishi.

Banu Kuryuush (yoki Kuryuus) ibn Ganmdan: Sabit ibn Xazzal – 1 kishi.

Banu Mardaxax ibn Ganmdan: Malik ibn ad-Duxshum – 1 kishi.

Banu Lavzan ibn Saalimdan: Rabia ibn Iyyas o‘zining akasi Varaka ibn Iyyasom va ozod etilgan quli Amr (boshqalarni aytishicha, Rabianing akasi bo‘lgan ham) – 3 kishi.

Qo‘shimcha: Bali va Banu Udaynadan ittfoqdoshlari (onasining ism Udayno, otasining ismi Amr ibn Umar): Al-Mujazzar ibn Ziaad (uni Abdulloh deb atashgan), Ubada ibn al-Xashxaash, Naxxab ibn Saalaba (boshqalarga ko‘ra, Baxxaas) va Abdulloh ibn Saalaba; ba’zilarga ko‘ra, Utba ibn Rabia, Badrda ishtirok etgan, Baxrdan ozod etilgan quli va ittfoqchilardan biri ( boshqalarga ko‘ra, Utba ibn Baxz va u Banu Sulaymdan bo‘lgan) – jami 5 kishi.

Banu Saaida ibn Kaabdan (Banu Saalaba ibn al-Xazrajdan): Abu Dujana Simaak ibn Xarasha (yoki ibn Aus ibn Xarasha) va al-Munzir ibn Amr – 2 kishi.

Banu al-Banu ibn Amrdan: Abu Usayd Maalik ibn Rabia va Malik ibn Masud – 2 kishi.

Banu Tariif ibn al-Xazrajdan: Abu Rabbixi ibn Xakk – 1 kishi. Ularning ittfoqdoshlari Juxaynidan: Kaab ibn Xamaar (yoki ibn Jammaz,u Gubshandan edi), Amrning o‘g‘ilari Damra, Ziyad va Basbas (boshqalarga so‘zlariga ko‘ra, Damra va Ziyat, Bishraning o‘g‘illari bo‘lgan) va Balidan Abdulloh ibn Aamir – jami 5 kishi.

Banu Xaraamdan (Banu Salamaning avlodidan): Xiraash ibn as-Sassax, al-Xubab ibn al-Munzir, Umayr ibn al-Xumam, Tamim (Xirashaning ozod etgan quli), Abdulloh ibn Amr, Muaaz ibn Amr, Muavviz ibn Amr, Xallaad ibn Amr, Utba ibn Aamir, Xabib ibn Asvad ( ulardan biri ozod bo‘lgan qullardan), Sabit ibn Saalaba va Umayr ibn al-Xaaris – jami 12 kishi.

Banu Ubayd ibn Adiydan (Banu Xansa ibn Sinin ibn Ubayddan): Bishr ibn al-Baraa, at-Tufayl ibn Maalik, at-Tufayl ibn an-Nuumaan, Sinaan ibn Saifiy, Abdulloh ibn al-Jadd, Utba ibn Abdulloh, Jabbar ibn Saxr, Xaarija va Abdulloh ibn Xumayr (Banu Duxmaanning ikkita ittfoqdoshlar) – 9 kishi.

Banu Xunaas ibn Sinaandan: Yaziid ibn al-Munzir va Maakil ibn al-Munzir, Abdulloh ibn an-Nuumaan, ad-Daxxaak ibn Xaarisa, Savaad ibn Zurayk (boshqalarning so‘ziga ko‘ra, ibn Rizn), Maabad ibn Kays va Abdulloh ibn Kays – 7 kishi.

Banu Nuuman ibn Sinan ibn Ubayddan: Abdulloh ibn Abd Mannaf, Jaabir ibn Abdulloh, Hulayda ibn Kays va Nuumaan ibn Yaasar (ozod etilgan qullardan biri) – 4 kishi.

Banu Savvad ibn Ganmdan (Banu Xadida ibn Amrdan): Abu al-Munzir Yazid ibn Amir, Sulaym ibn Amr, Kutba ibn Aamir va Antara ibn Amr (Sulaymaning ozod etgan qullaridan) – 4 kishi.

Banu Adiy ibn Naabiy ibn Amrdan: Abs ibn Aamir, Saalaba ibn Ganama, Abu al-Yasar (Kaab ibn Amr), Saxl ibn Kays, Amr ibn Talk, Muaaz ibn Jabal – 6 kishi. (Ibn Isxoq tasdiqlaydiki: Muaaz ibn Jabal, Abdulloh ibn Unays va Salaba ibn Ganama barchasi Banu Savaadning a’zolari edi va Banu Salimaning butlarini buzishgan, lekin Muaaz ibn Jabal, ibn Isxoqning tasdiqlashiga qaramay, Banu Savaadga emas, Banu Adiyga qarashli bo‘lgan).

Banu Muhallad ibn Aamir ibn Zuraykdan (boshqalarning so‘zlariga ko‘ra, ibn al-Azrak): Kays ibn Muxsan (boshqalarning so‘ziga ko‘ra, ibn Xisn), Abu Xalid ibn Kays, Jubayr ibn Iyaas, Abu Ubada Saad ibn Osman akasi Ukboy ibn Osman bilan, Zakvan ibn Abd Kays va Masuud ibn Xalada – 7 kishi.

Banu Xaalid ibn Amir ibn Zuraykdan: Abbaad ibn Kays – 1 kishi.

Banu Xalada ibn Amir ibn Zuraykdan: Asaad ibn Yaziid, al-Fakih ibn Bishr (boshqalarning so‘ziga ko‘ra, ibn Busr), Muaaz ibn Maais, akasi Aaid ibn Maais va Masuud ibn Saad – 5 kishi.

Banu al-Ajlan ibn Amrdan: Rifaa ibn Raafi va uning akalari Xallad ibn Raafi va Ubayd ibn Zayd – 3 kishi.

Banu Bayaada ibn Amrdan: Ziyaad ibn Labiid, Farva ibn Amr, Xaalid ibn Kays, Rujayla ibn Saalaba (boshqalarning so‘ziga ko‘ra, uni Ruxayla deb atalgan), Attiyya ibn Nuvayra va Xulayva ibn Adiy (aytishlaricha, Ulayfa deb atalgan) – 6 kishi.

Banu Xabib ibn Abd Xaarisadan: Raafi ibn Mualla – 1 kishi.

Banu an-Najardan (bu Taimallax bo‘lib, Banu Saalaba ibn Abd Aufdan): Abu Ayyub Xaalid ibn Yaziid – 1 kishi.

Banu Usayra ibn Abd Aufdan: Saabit ibn Hallid – 1 kishi.

Banu Amr ibn Abd Aufdan: Umaara ibn Xazm va Suraaka ibn Kaab – 2 kishi.

Banu Ubayd ibn Saalaba ibn Ganmdan: Xaarisa ibn an-Nuuman va Sulaym ibn Kays – 2 kishi.

Banu Aaiz ibn Saalaba ibn Ganmdan (boshqalarni tasdiqlashicha, Aabid deb atalgan): Suxayl ibn Raafi va Adiy ibn az-Zakba (Juxaynning ittfoqdoshlaridan biri) – 2 kishi.

Banu Zayd ibn Saalabadan: Masuud ibn Aus, Abu Xuzayma ibn Aus va Raafi ibn al-Xaaris – 3 kishi.

Banu Savaad ibn Malikdan: Auf, Muaviz va Muaaz, Al-Haris va Afraaning o‘g‘illari, an-Nuuman ibn Amr (ibn Xishamning aytishicha, Nuaymaan deb atalgan), Aamir ibn Muxallad, Abdulloh ibn Kays, Ussayma (Ashjining ittfoqdoshi), Vadiia ibn Xamr (Juxayning ittfoqdoshi), Sabit ibn Amr. (Ba’zilarni aytishicha, al-Haris ibn Afraning ozod etilgan quli, Abu al-Hamraa ham Badrdagi jangda ishtirok etgan) – jami 10 kishi.

Banu Aamir ibn Maalikdan (Banu Atiik ibn Amr ibn Mabzuuldan): Saalaba ibn Amr, Saxl ibn Atiik, al-Haaris ibn as-Sammax, Rauxda qolgan, lekin Muhammad unga o‘ljadan ulush bergan – 3 kishi.

Banu Amr ibn Maalikdan, Xudaylining sobiq o‘g‘lilari (Maalika ibn Zaydallaxning qizlaridan): Ubayy ibn Kaab va Anas ibn Muaaz – 2 kishi.

Banu Adiy ibn Amr ibn Malikdan (Malaxa o‘g‘li): Aus ibn Saabit, Abu Sheyx Ubayy ibn Saabit (Xaasan ibn Saabitning akasi) va Abu Talxa Zayd ibn Saxl – 3 kishi.

Banu Adiy ibn an-Najaardan (Banu Adiy ibn Ganmdan): Xaarisa ibn Suraaka, Amr ibn Saalaba (Abu Xakiim deb atalgan), Saliit ibn Kays, Abu Saliit (u Usayra ibn Amr edi), Amr Abu Xaarija ibn Kays, Saabit ibn Xansaa, Aamir ibn Umaiyya, Muxriz ibn Aamir, Savaad ibn Gaziyya (boshqalar so‘zi bilan, Savvaad deb nomlangan va Balidan ittfoqdoshlar bo‘lgan) – 8 kishi.

Banu Xaraam ibn Jundubdan: Abu Zayd Kays ibn Sakan, Abu al-Avar ibn al-Haaris ibn Zaalim (boshqalarga ko‘ra, Abu al-Avar Haaris ibn Zaalim), Sulaym ibn Milhaan va Xaram ibn Milhaan – 4 kishi.

Banu Maazin ibn an-Najjardan (Banu Auf ibn Mabzuuldan): Kays ibn Abu Saasaax (Amr deb atalgan), Abdulloh ibn Kaab va Ussayma (ittfoqdoshlari Banu Asaddan) – 3 kishi.

Banu Xansaa ibn Mabzuuldan: Umayr ibn Aamir va Suraaka ibn Amr – 2 kishi.

Banu Saalaba ibn Maazindan: Kays ibn Muhallad – 1 kishi.

Banu Diinaar ibn an-Najaardan (Banu Masuud ibn Abd al-Ashxaldan): an-Nuumaan ibn Abd Amr, akasi Daxxaak, onasi tamonidan akasi Sulaym ibn al-Haaris, Jaabir ibn Xaalid va Saad ibn Suxayl – 5 kishi.

Banu Kays ibn Maalikdan: Kaab ibn Zayd va yaqin ittfoqdoshi Bujayr ibn Abu Bujayr – 2 kishi.

Jami bo‘lib Badrda Muhammad bilan 170 xazrajitlar bo‘lgan edi.

Badrda kurashgan barcha musulmonlarning soni, Muhammad o‘ljadan ulush bergan va kelajakda mukofot va’da qilganlarni qo‘shganda 314 kishi bo‘lgan; ulardan ko‘chmanchilar (Makkadan), 61 ausitlar (Madinadan yordamchilar) va 170 xazrajitlar (Madinadan yordamchilar).

6.02.26 -- Badr jangida o‘lgan musulmonlarning ismlari

Qurayshitliklardan (Makkadan), Badrda 6 musulmon o‘ldi:

Banu Abd al-Muttalibdan: Ubayda ibn al Haaris, Utba ibn Rabia o‘ldirgan, u uning oyog‘ini kesib tashlada va Safraada o‘ldi.

Banu Zuxra ibn Kilaabdan: Umayr ibn Abu Vakkoos (ibn Xishamni gapiga ko‘ra, Saad ukasi) va Zu ash-Shimaalayn ibn Abd Amr (ittfoqdoshlari Xuzaaxdan).

Banu Adiy ibn Kaabdan: Aakil ibn al-Bukayr (ittfoqdoshlar Banu Saad ibn Laysdan) va Mixja (Omar ibn al-Xattaabning ozod etgan kuli).

Banu al-Haris ibn Fixrdan: Safvaan ibn Bayda.

Yordamchilardan (Madinadan), 8 musulmonlar o‘lgan:

Banu Amr ibn Aufdan: Saad ibn Xaysama va Mubashshir ibn Abd al-Muxzir.

Banu al-Haaris ibn al-Xazrajdan: Yaziid ibn al-Haaris, Fus-Xum deb atalgan.

Banu Salamadan (Banu Xaraam qabilasidan): Umayr ibn al-Xumaam.

Banu Xabib ibn Abu Haarisdan: Raafi ibn al-Mualla.

Banu an-Najardan: Xaarisa ibn Suraak.

Banu Ganmdan: Auf va Muavviz, Haaris ibn Rafaa ibn Savaad va xotini Afraaning o‘g‘illari.

* Eslatma: Biz Badrdagi jangda o‘lgan, qo‘shimcha ro‘yxatdagi Makkadan 50 ko‘pxudoliklarning tushirib qoldirdik: Banu Abd Shamsdan (12 kishi), Banu Naufaldan (2 kishi), Banu Asaddan (5 kishi), Banu ad-Daardan (2 kishi), Banu Taym ibn Murradan (2 kishi), Banu Maxzuumdan (17 kishi), Banu Saxmdan(5 kishi), Banu Jumaxdan (3 kishi) va Banu Aamirdan (2 kishi). -- Hamda, Makkalik ko‘pxudoliklar, Badr jangida 43 asirga olinganlarning ro‘yxati tushirib qoldirildi. -- Nihoyat, Badrdagi g‘alabadan so‘ng musulmonlar kuylab o‘qigan, 37 varoqlik she’rlar tushirib qoldirildi.

Madinaga qaytib kelgach, Muhammad u erda faqat etti kecha qoldi. Keyin Banu Sulaymga qarshi yurishga davom etdi va ularning quduqlaridan biri al-Qudr deb nomlangan quduqga etdi. Dushmanlardan hech kimni kutmasdan, u erda u uch kecha qoldi va Madinaga qaytdi. U shavvalning qolgan qismini (10 chi oy) va Zualkaada oyida (11chi oy) Madinada qoldi. Bu vaqtdan juda ko‘p Qurayshitlar to‘lov to‘lanib ozod etildi.*

* Qo‘lga olingan Qurayishitlarning ozod etilishi, daromadli bo‘ldi. Shunday qilib, Muhammad muqaddas urushda garovga olish odatini xuquqiy qoidaga aylantirdi.

6.02.27 -- As-Savikning yurishi (may-iyun 624 y.)

Zualxija oyi (12 oy) Abu So‘fiyon ibn Xarb (Makkadan) Al-Savik xarbiy yurishga jo‘nadi. O‘sha yili imonsizlar ziyoratgoxga xokimlik qilishdi. Muhammad ibn Jafarning va boshqa ishonchli odamarni aytishicha, yordamchilarning orasida eng bilimdoni bo‘lgan Abdulloh ibn Kaabadan eshitlaricha, shunday bo‘lgan: Abu So‘fiyon Badrdan ko‘chib kelganlar bilan Makkaga etib kelishgach, Muhammadga xujum qilmagungacha, boshiga suv tekizmasligi uchun qasam ichdi. Qasamini bajarish uchun, ulovlangan 200 ta Qurayishitlar bilan yo‘lga chiqdi. Baland tekisliklardan o‘tib, Kanatning oldiga etib bordi, Madinadan bir o‘tadigan masofada, Sayd tog‘ida lager qurdi.

Tunda Banu an-Nadirni (Madinadaga yahudiy qabilasi) uyiga keldi va Hujaya ibn Axtabning eshigini taqilatdi. Shunchalik qo‘rquv keldiki, u eshikni ochmadi. Shunda u, Banu an-Nadirning boshliq va hazinachisi bo‘lgan Sallam ibn Mishkamga bordi va ichkariga kirishni so‘radi. Saalam uni ichkariga qo‘ydi, to‘yg‘azdi, ichirdi va Madina bo‘layotgan ishlarni so‘zlab berdi. Tun oxirilab qolganda Abu So‘fiyon o‘z yo‘ldoshlarining oldiga qaytdi. O‘z odamlaridan ba’zilarini Urayd degan joyga jo‘natdi va xurmoli daraxtzorlarni ba’zilarini yoqib yuborishdi va dalada bo‘lgan yordamchilardan birini va ittfoqdoshini o‘ldirishdi. So‘ng ular orqaga qaytib kelishdi.

Ularning xujumi haqida xabar tarqalganda, Muhammad ularni Karkarat al-Kudragacha quvib bordi. Biroq ularga eta olmadi va Muhammad Madinaga qaytdi. Orqaga qaytayotganda, Qurayshitlar qochishga qulay bo‘lishi uchun tashlab ketishgan qoplarni topishdi. Muhammad ular bilan qaytib kelganda, musulmonlar unda so‘radi: ”Bu biz uchun muqaddas urush deb hisoblashni xohlaysizmi?” U javob berdi: ”Ha”. Muhammad, Abu Lubabu Bashira ibn Abl al-Munzirni Madinaga bosh qilib tayinladi. Bu urush Al-Savik (un) deb ataldi, chunki imonsizlar yuklaridan ko‘p unlarni tashlab ketishdi va bu un mo‘minlarga nasib qildi.

6.02.28 -- Zu Amr (624 yil, iyul), al-Furuada va Baxranda (oktyabr va noyabr 624 yil.)

As-Savik jangidan so‘ng, Muhammad zulhijja (12 oy) oyning qolgan qismi, Madinada bo‘ldi. Keyin Gatafan qabilasiga qarshi jang qilish uchun, Najdga yurish qildi. Bu yurish, Zu Amrda jangi deb ataldi. Bu vaqtda Madinaning boshi qilib, Usman ibn Affonni qo‘ydi. U Nejddada to‘liq sofar oyi (2chi oy) o‘tkazdi. Dushmanlardan hech kimni uchratmay, u Madinaga qaytdi. U to‘liq Rabiul avval (3chi oy) oyda Madinada qoldi.

So‘ngra, Ibn Umm Maktumni Madinaga bosh qilib tayinladi va yana Quryishitlarga qarshi chiqdi. Makkadan ko‘ra Madinaga yaqin joylashgan, Al-Furua aholisi tarafdagi Buhran* va Xijaze buloqlariga etib bordi. U rabiul avval (4chi oy) oy va jumadi Jumodul avval (5chi oy) oy o‘sha erda bo‘ldi va dushmanlaridan hech kimni uchratmay, u yana Madinaga qaytib bordi.**

* ”Buxran” Madinadan 170 km janubiy-sharqda joylashgan.
** Pavlus shunday deb yozgan: “ Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan tinch-totuv xayot kechiringlar” (Rimliklarga 12:18).

6.02.29 -- Madinadagi Banu Kaynuka* yahudiy qabilasini qamal qilinishi (aprel 624 yil)

O‘sha paytda Banu Kaynukga qarshi yurish uyushtirildi. Bu shunday bo‘ldi: Muhammad Banu Kaynukning bazorida ularni to‘plab, ularga dedi: ”Ey yahudiylarning yig‘ini! Qurayshitlarning qulab tushirgan Allohning jazosidan qo‘rqinglar, musulmon bo‘linglar! Sizlar bilasizlar, men – Allohdan yuborilgan payg‘ambarman. Ushbu ma’lumotni siz o‘z Muqaddas Kitobingizdan topasiz va bu borada sirli bilimingiz bor”.

* Banu Kaynuk, Madinadagi yahudiy qabilasi edi.

Shunda ular: ”Ey Muhammad! Sen bizni, o‘z xalqing kabi deb o‘ylaysan. O‘zingni aldaman. Sen jang qila olmaydigan xalqni topding va shuning uchun sen ularni nobud qilish imkoniga ega bo‘lding. Ammo, Xudoga qasamki, agar biz sen bilan jang qilsak, biz qanday odam ekanligimizni ko‘rasan!”

Al-Asim menga aytishicha, Badr va Uxud janglari orasidagi tanaffus paytida, Banu Kaynuk, Muhammad bilan shartnomani buzib, jang qilgan birinchi yahudiy edi.

Abdulloh ibn Jafar, Banu Kaynuk bilan qanday to‘qnashuvini tarifladi: ”Bir arab ayol Banu Kaynuk bazorida sut sotdi va yahudiy zargar dukonida o‘tirdi. Yahudiylar uning yuzini ochishini talab qilishdi, lekin u rad etdi. Shunda yahudiy zargar bildirmay uning kiyimi chetini orqasiga bog‘lab qo‘ydi va u o‘rnidan turganida, kiyimining orqa tamonni ochilib qoldi. Yahudiylar uning ustidan kulishdi va u baqirdi. Musulmonlarning biri yahudiy zargarga tashlandi va uni o‘ldirdi. Keyin yahudiylar musulmonga xujum qilib, uni o‘ldirdilar. Musulmonlar boshqa musulmonlarni tezda yordamga chaqirdi, ular bilan Banu Kaynuk o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Muhammad ular taslim bo‘lmagungacha, ularni qamalga qildi”.*

* Madinadagi birinchi fuqarolik urushiga oid bu voqea, aslida, ziddiyatlar sababli sun’iy ravishda yaratilganini ko‘rsatadi. Badr urushidagi o‘lja Muhammad jangchilarini qo‘llab-quvvatlashga etarli emas edi. Endi yahudiylarning boyligi uning qo‘lida edi, u o‘z ko‘chib kelgan xalqga etarlicha tovon to‘lab va yordam berishi mumkin edi.

Alloh ularni Muhammadning hokimyatiga bergandan so‘ng, Abdulloh ibn Ubayy unga yaqinlashdi va Muhammaddan, uning himoyasidagi odamlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishini so‘radi, chunki Kaynukliklar xazrajitlar bilan ittfoqchilar edi. Muhammad undan yuz o‘girdi. Shunda Abdulloh Muhammadning kiyimidan ushladi. Muhammad: “Qo‘yib yubor”- deb xitob qildi. U juda g‘azablanib, yuzi qizarib ketdi. Ammo Abdulloh: ”Meni himoyamdagi odamlari bilan, xushmuomilalik qilmaguningcha, seni qo‘yib yubormayman - deb qasam ichdi. Ular 700 kishi, ularda 300 ta sovutlilar, meni qizildan va qoralardan* himoya qiladi. Bir tongda, hammasini so‘yib bo‘lmaydi. Zero, Allohga qasam ichamanki, bundan mening taqdirim o‘zgaradi”. Shunda Muhammad javob berdi: ”Men ularni senga beraman!”

* Qizil va qora, bu erda arablar va forslar yoki boshqa insonlarni nazarda tutilgan. Ba’zi lug‘atshunoslarga ko‘ra, bu tarif faqatgina beduinlarga taalluqli (Muhit al-Arab lug‘ati). Boshqalar takidlashicha, qizillar-suvoriylar va qoralar-badaviylardir.

15 kun davom etgan qamal vaqtida, Bashir ibn Abd al-Munzir Madinaga boshliq edi.

Abu Isxoq ibn Yasar quyidagilarni dedi: Banu Kaynuk, Muhammad bilan jang qilganda, Abdulloh ibn Ubayy ularning taraflarini oldi. Ubayd ibn as-Samit, Banu Auf qabilasidan edi, Abdulloh kabi, yahudiylarning ittfoqdoshi edi. U Muhammadning oldiga borib, Muhammadning foydasiga, ularni rad qildi. Allohning va uning yuborganing oldida, o‘z ittfoqdoshlarini rad qildi. U: ”Ey Allohning rasuli! Men Allohni, uning payg‘ambarini va mo‘minlarni ximoyachilarim deb qabul qilaman va bu kofirlar bilan qilgan shartnomadan va do‘stlikdan voz kechaman!”- dedi. Quydagi oyatlar, Moida (Trapeza) surasida u va Abdulloh xaqida: “51. Ey iymon keltirganlar! Yahudiy va nasroniylarlarni o‘zingizga do‘st tutmang. Ular bir-birlari bilan do‘stdirlar. Sizlardandan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas. 52. Siz dillarida maraz bo‘lgan (Abdulloh taqdirni burilishidan qo‘rqishini aytdi) kimsalar: ”Bizga (mo‘minlarga) biron balo etishidan qo‘rqamiz”, degan xollarda (kofirlar) tamonga shoshayotganlarini ko‘rasizlar. Shoyad Alloh g‘alaba bersa yoki O‘z huzuridan biron ishni keltirib, ular icharida yashirgan narsalarga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar” (Moida surasi 51-52oyatlar)*

* Musulmonlar va Muqaddas kitob ahli (yahudiylar va nasroniylar) o‘rtasidagi janjal chuqurlashdi, chunki ular Muhammadning payg‘ambarligini qabul qila olmadilar. Bu bo‘linish bir necha oyatlarda mustaxkamlangan, xozirgi kunda barcha musulmonlar uchun ilohiy amr deb hisoblanadi.(Moida surasi 5:82).

6.02.30 -- Zayid ibn Harisning al-Qaradga ketishi (noyabr 624y)

Bunda, Zayd ibn Harisning Nejddagi suv manbalaridan biri bo‘lgan Karadga ketishi haqida xikoya qilinadi. U erda u Qurayshit karvoninga hujum qildi. Ularning orasida Abu So‘fiyon ibn Xarb ham bor edi. Badr urishidan so‘ng Kurayshitlar Suriyadagi odatiy yo‘ldan yurishga qo‘rqib qoldi. Shuning uchun ular Iroq orqali o‘tadigan yo‘ldan yurishni boshladilar. Bir kuni shu yo‘ldan katta savdogar karvonni borar edi va ular orasida Abu So‘fiyon bor edi. Ular ko‘plab kumishlar - ularning savdosi uchun muhim narsani olib ketishayotgan edi. Ular yo‘lni ko‘rsatish uchun Banu Bakrdan bo‘lgan Furot ibn Xayyanni yollashgan edi. Muhammad Zaydni suvga, ularga xujum qilish yubordi. Zayd barcha mollarni oldi va hatto chorva xayqonlarini olib ketdi. Biroq odamlar qochishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘ng Zayd o‘ljani Muhammad olib keldi.*

* Iso uchun yo‘l tayyorlagan Yahyo: ”Qo‘rqitish va talonchilik bilan odamlardan pul talab qilmanglar, hech kimni aldamang.....”(luqo3:14 Shraqona tarjima). Havoriy Pavlus dedi: ” Men hech kimning kumushi yoki oltini, yo kiyimiga ko‘z olaytirmadim” (Havoriylar 20:33); va Iso ularga: ”Olmoqdan ko‘ra, bermoq marhamat keltiradi”(Havoriylar20:35).

6.02.31 -- Madina yaqinida yahudiy Kaba ibn al-Ashrafning o‘ldirilishi (624 yil, avgust va sentyabr)

Abdulloh ibn al-Mugisning aytishicha, Kaab ibn al-Ashraf haqidagi xikoya shunday bo‘lgan: ”Qurayshitning mag‘lubiyatidan keyin, Zayd ibn Xoris vaAbduloh ibn Ruvoh, Muhammadning elchilari sifatida (birinchisi shaxarning quyi qismidan, ikkinchisi tepa qismidan), mo‘minlarga g‘alaba haqida aytib berish uchun Madinaga kelishdi. Shunda Kaab (bu odam, Banu Nubhan avlodidan bo‘lib, Tay qabilasidan; uning onasi Banu an-Nadirdan* edi) dedi: ”Bu haqiqatmi? Naxotki, Abdulloh va Zayt sanab o‘tgan odamlarni, Muhammad haqiqattan xam o‘ldirishi kerakmidi? Ular arablarning mashhur kishilari, sardorlardir. Allohga qasamki, agar Muhammad bu odamlarni yuq qilib tashlagan bo‘lsa, er yuzida yashagandan ko‘ra, er tagida yaxshiroqdir”

* Banu an-Nadir, Madinadagi boshqa yahudiy qabilasi edi. Kaabning onasi bu qabiladan bo‘lgan uchun, uni yahudiylarning sardori deb hisoblashgan. Uning Makkaga tashrifini, dushman bilan til biriktirishda va arablar ximoya shartnomasini buzgandek qabul qilishdi.

Allohning dushmani bu haqiqat ekanligiga ishonch hosil qilganida, u Makkaga jo‘nadi, u Muttalib ibn Abu Vado ibn Abu Dabir al-Sahminikiga to‘xtadi, uning xotini, Abu al-Ays ibn Umayyaning qizi Atika sharaf bilan qabul qildi. Kaab, Makka ahlini Muhammadga qarshi qo‘zg‘atib, Badrda quduqga tashlangan Qurayshitlarga yig‘lab, she’r o‘qib boshladi:

Badr tegirmonida yanchilgan jangchilar
Ko‘p ko‘z yosh to‘kilishi kerak bunday falokatga!
Buyuk sardorlar quduqda o‘ldirilgan,
Ular hech qachon unitilmasin!
Va shohlar o‘sha erda qolishdi,
Qancha haqiqiy, mashhur, sharafli
U erda o‘limni qabul qilishdi!
U erda och odamlarning himoyachilari o‘ldirilgan,
Yorqin yuldizlar ostida, sahiy exsonchilar yiqildi,
Og‘ir yukni ko‘targanlar,
Xalqning mehribon hokimlari,
O‘ljadan bir qismiga erishganlar,
Gapirishimga, ba’zi odamlarni g‘azabi ruxsat beradi,
Tovon (Kaab) ibn al-Ashraf tasdiqlanmagan.
Bu haqiqat.
Agar ular o‘ldirilgan vaqtda, er yuzi yorilgan bo‘lganda,
Va u erda yashovchilarini yutib yuborar edi!
Toki yaralar bilan azoblaylik
Bu baxtsizlikni keltirgan kishi,
Yoki abadiy yashab, kar va ko‘r bo‘lsin,
Abadiy xaqoratlangan qo‘rquvda!

Keyin Kaab Madinaga qaytib keldi, musulmon odamlarni haqorat qila boshladi va ayollar bilan shahvoniy munosabatda bo‘ldi. Shunda Muhammad: ”Kim meni ibn al-Ashrafdan tinchlik beradi?”*- deb so‘radi. Banu al-Ashxal qabilasidan Muhammad ibn Maslama unga: ”Ey Allohning rasuli! Men uni o‘ldiraman!”-dedi. Muhammad javob berib: ”Agar qila olsang, buni bajar!”. Shunda Muhammad ibn Maslama uch kun hech nima emadi va ichmadi. Muhammad buni bilgach, uni chaqirtirib, nimaga u ebmay va ichmayotgani so‘radi. U javob berib: ”Men senga so‘z berdimku, lekin buni amalga oshirishim mumkinmi, bilmayman”. - “Demak, buni qilishga xarakat qil!”- “Ba’zida yolg‘on gapirishimizga kerak”. – “Kerak bo‘lgan so‘zni gapir. Sen uchun ruxsat!”**

* Bu odatiy savol bilan Muhammad o‘zining izdoshlariga dushmanlarini xoinlik bilan o‘ldirishga chaqirdi.
** Musulmonlar muqaddas urushda yolg‘on gapirishlari mumkin.Ko‘p hollarda Muhammad shu qatorda yolg‘onni qo‘llab-quvvatladi, shu bilan boshqalarni yolg‘on gapirishga tashviqot qildi. Biroq Iso haqiqatdir. U O‘z shogirdlariga Haqiqat Ruhini berdi, hatto eng og‘ir vaziyatda ham ularni haqiqat bilan olib boradi.

Muhammad ibn Salam bilan birga Banu Ashxalning avlodidan Abu Nail Silkan ibn Salam, Kaabning sutli akasi va Haris ibn Aus naslidan Abu Abs ibn Jabr ham bor edilar. Boshida ular Silvanni, Allohning dushmani Kaabning oldiga yubordilar va u bilan bir muddat gaplashib, unga ba’zi bir she’larini o‘qidida, unga dedi: ”Bu odamning kelishi, bizga katta baxtsizlik keltirdi.Badaviylar bizning dushmanlarimiz bo‘ldi va ular hammasi o‘z o‘qlarini bizga yo‘naltirdi. Bizni oilalarimiz o‘lib va biz qashshoqlikdan azob chekishimiz uchun, yo‘llarini bizdan bo‘lib tashladilar”.*

* Bu so‘zlar to‘liq ikkiyuzlamachlik bilan aytilgan bo‘lib, Muhammadning dushmaning sirlarini oshkor qilish uchun majbur qilishdir.

Kaab javob berib: ”Men al-Ashrafning o‘g‘li va Allohga qasamki, men senga ilgari aytganman, bu ishning oxiri shunday tugaydi”.

Shunda, Silkan davom etdi: ”Bizga o‘z mahsulotlaringni sotishingni istayman. Biz senga garov beramiz va sen bilan shartnoma tuzamiz. Bu bilan bizga katta yordam berasan”.Kaab so‘radi: ”Sizlar bolalaringizni garovga berishni xohlaysizmi?”. Salkan javob berdi: ”Sen bizni sharmanda qilmoqchisan. Menda huddi shunday o‘ylaydigan ba’zi do‘stlarim bor. Men ularni oldinga olib kelaman. Oziq-ovqatlardan ularga sotib, sahovatli bo‘lgin. Biz senga garovni to‘liq qoplaydigan miqdorda qurol-yaroq beramiz”.

Kaab qurolni qadrlar edi va shuning uchun: ”Xo‘p, menga garovga qurol beringlar”- deb rozi bo‘ldi.

Silkan bu suhbat haqida do‘stlariga aytib berdi va ularni qurol bilan kelishga chaqirdi. Ular Muhammadnikida to‘plandilar. Keyin Muhammad ular bilan birga Baki Garkadgacha bordi. U erda ularga: ”Alloh nomi bilan boringlar! Alloh sizlar bilan birga bo‘lsin!”- dedi. So‘ng Muhammad o‘z uyiga qaytdi. Oydin kecha edi va ular Kaabning qal’asiga keldilar.

Silkan eshikni taqillatdi. Yaqinda uylangan Kaab, yopinchig‘i bilan irg‘ib turdi. Ammo uning xotini yopinchig‘ni boshqa tarafidan mahkam ushladi va dedi: ”Sen jangchisan, jangchilar bunday vaqtda uydan chiqmaydilar”. Kaab javob berib: ”Bu Silkan. Agar uxlayotganimni bilganda, u meni uyg‘otmagan bo‘lar edi!” Xotini unga: ”Allohga qasamki, uning ovozidan qandaydir noxushlikni his qilyapman”- dedi. Lekin Kaab javob berdi: ”Agarda bu odamni urushga chaqirsam, u men bilan birga boradi”. So‘ng Kaab ularni oldiga tushdi va ular bir oz gaplashishdi. Keyin ular so‘radi: ”Biz bilan birga Ajuz darasiga borishni xohlaysizmi? Bu kechaning qolgan qismini o‘sha erda gaplashamiz”. U rozi bo‘ldi va ular birga ketishdi. Bir oz vaqt o‘tkach, Silkan qo‘lini Kaabning sochiga uzatdi, qo‘lini hidladi va dedi: ”Men hech qachon bunday yoqimli hidni sezmaganman”. Ko‘p o‘tmay yana huddi shu narsani takrorladi va Kaab hushyorlikni butunlay yo‘qotdi. Bir ozdan ko‘proq vaqt o‘tgach, yana Kaabning sochidan tutib: ”Allohning dushmanini o‘ldiringlar!”- deb qichqirdi. Ular qilich bilan uni chopishdi, lekin uni o‘ldira olmadilar.

Muhammad ibn Maslama shunday dedi: ”Buni ko‘rgach, men qilichim oldida ko‘tarib yurgan xanjarimni esladim. Men uning qorniga xanjarim bilan shunday qattik urdimki, uni bu yog‘idan ikkinchi yog‘iga teshib o‘tdi”. Allohning dushmani shunday xitob qildiki, barcha qal’alar chiroqlarini yoqib yuborishdi. Keyin u yiqildi. Xaris ibn Aus bizning qilichimizni biridan boshi yoki oyog‘i bilan yaralandi. Keyin biz Banu Umayy ibn Zaydnikiga qaytdik, so‘ng Banu Kurayznikiga, so‘ngra Buasga qaytib, Urayd maydonidagi cho‘qqiga chiqdik. Xaris ibn Aus qon yo‘qotishdan zaiflashdi, bizdan orqada qoldi. Bizga etib olguncha, biz uni kutib turdik. Keyin kechani oxirida biz uni Muhammadning oldiga olib bordik, u o‘sh vaqt namoz* o‘qiyotgan edi. Biz unga salom berdik va Allohning dushmanining o‘limi haqida xabar berdik. Muhammad do‘stimizning yarasiga tupurdi, keyin uyimizga, oilamiz oldiga qaytdik.

* Muhammad bu qotillikni nomozi bilan qo‘llab-quvvatladi. Iso O‘zining dushmanlariga bo‘lgan sevgisida Malxusning qulog‘ini tuzatdi. (Luqo 22:50-51).

Ertalab yahudiylar bu qotillik tufayli qo‘rqishdi. Hech kim o‘z hayotiga ishonmas edi. Kaab ibn Malik shunday she’r to‘qidi:

Kaab o‘lik xolda yotibdi.
Uning o‘limi Banu Nadirga bo‘ysundi.
Biz unga kuchli qilich bilan hujum qildik
Muhammadning amri bilan.
U er tungi sukunatda
Birodar Kaab unga yuborildi.
U uni aldadi, o‘z hiylasi bilan yakson qildi.
Maxmud – sodiq va jasoratli er.

Hasan ibn Sabit, Sallam ibn al-Hukaik va Kaabning o‘limi haqidagi shunday qo‘shiq kuyladi:

Sen uchratgan janglarni Alloh muborak qilsin
Ey, al-Ashrafning o‘g‘li va Hukaikning o‘g‘li!
Ular tunda senga qarshi mag‘rurlikda qarshi chiqishdi
Yalang‘ochlangan qilichlar bilan,
Tez-tez uchraydigan yovvoyi sherdek,
Sening uyinga hali etib borishmadi.
Ular o‘tkir qilichidan o‘limni tatib qo‘rishingga berishdi,
Payg‘ambarini to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashiga bo‘ysinib
Va bircha baxtsizlikdan nafratlanib.

6.02.32 -- Muhayyislar va Xuvayyislarning tarihi

Bir kuni Muhammad dedi: ”Sizlarga tashlangan har bir yahudiyni o‘ldiringlar!”.* So‘ng Muxayyis ibn Aus, unga kiyim va boshqa narsalari sotgan yahudiy savdogari Ibn Sunaynga hujum qildi va uni o‘ldirdi. O‘sha paytda hali musulmon bo‘lmagan uning katta akasi Xuvayyis, uni ayblab dedi: ”Sen Allohning dushmanisan. Uning mulki tufayli sening tanang qanchalar yog‘ga ega bo‘lsada, sen u odamni o‘ldirding!” Muxayyis javob berdi : ”Allohga qasamki, agar menga seni o‘ldirishga amr berganda, men bo‘ysinayotgan insonning amri bilan buni qilardim”. Shunda Xuvayyis dedi: ”Agar shunday bo‘lsa, men xoziroq islomni qabul qilaman!” U davom etdi: ”Agar Muhammad senga amr bersa, rostdan meni o‘ldirasanmi?” Shunda uning ukasi tasdiqovchi javob berib, xayqirib: ”Allohga qasamki, din, bu shunday ajoyib din- insonni qobilyatli qiladi!”** Shunda u islomga kirdi. Bu hikoyani menga Muxayyisning qizidan ergashgan, Banu Xarisni ozod etgan quli aytib berdi. Bu xikoyani unga otasini o‘zi aytib bergan edi.

* Qanday dahshatli buyruq! Qanday dahshatli so‘zlar! Hatto bugun ham 1400 yildan so‘ng, bu buyruqlarni musulmonlar qichqiriqlar bilan amalga oshiryapdi.
** O‘sha vaqtga qadar arablar orasida eng muqaddas qonun, qarindoshlik aloqalari va qabilani ximoyasi edi. Agar kishi o‘z qavmini tark etsa yoki unga xujum qilsa, avvalgidan yaxshiroq, kuchliroq va yuqoriroq boshqa qabilaga qabul qilinishi kerak edi.

Muxayyis shunday she’rlar yozdi:

Agar onamning o‘g‘li meni ayiblasa,
Menga uni o‘ldirishga amr beriladi,
Uni qilichim bila urganimda,
Yaltiroq va o‘tkir, toza va porloq,
Qilichda uning miyasi osilib turadi.
Seni o‘ldirish menga ozor bermaydi,
Agar uning amri bilan buni qilsam.
Bosra va Mag‘ribning o‘rtasidagi (Yaman va Suriya o‘rtasidagi)
hamma narsa bizga tegishli.

Abu Ubayda Madinadan menga Abu Umar xaqida aytib berdi: ”Qachonki Muhammad, Banu Kurayzni ( Madinadagi yahudiy qabilasi) mag‘lub qilganida, u, xazrajitlarga qarshi ausitlarning ittfoqchisi bo‘lgan, 400 erkakga qarshi chiqishga va ularni boshini kesib tashlashga amr berdi”.* Xazrajitlar xursandchilik bilan bu amrni bajargan, ausitlar norozi ko‘rindilar. Muhammad, ular bilan va Banu Kurayz bilan ittfoqdoshligi uchun, ular norozi deb o‘yladi. Shunda u, Banu Kurayzdan qolgan 12 kishini ausitlarga berdi, ikki ausit erkaklari bir yahudiyni o‘ldirishga buyurdi. Biri uni ursa, ikkinchisi uni tinchitish kerak edi. Bu o‘n ikkitani ichida Banu Kurayzning eng faxrli kishilaridan biri, Kaab ibn Yahudo bo‘lgan edi. Uni Muxayyis va Abu Burda ibn Nazar o‘ldirishlari kerak edi.

* Muxammadning bu buyrug‘i – 400 dushmanning boshini kesish bajarish – ommaviy qirg‘in qilish buyrug‘i edi.

Muxayyis uni urishi kerak edi, Abu Burda tugatish kerak edi. Muxayyis uni qilichi bilan urdi, lekin boshini kesmadi. So‘ng Abu Burda uni tugatdi. O‘sha paytda mo‘min bo‘lmagan Xuvayyis, akasiga dedi: ”Sen Kaabni o‘ldirding, Allohga qasam ichamanki, badaningdagi yog‘laring- uni boyligidan bo‘lgan. Sen razil odamsan”. Muxayyis javob berdi: “Men uni o‘ldirishimga amr bergan, agarda seni boshing menda talab qilsa ham, unga bo‘ysungan bo‘lar edim”. Xuvayyis bu so‘zlardan hayratda qoldi va uni oldidan ketdi. Keyinchalik, u kechasida uyg‘onib, ukasining so‘zlaridan xayron qolganini haqida aytishgan. Tongda u: ”Alloxga qasamki, bu haqiqiy imondir!”*- deb baqirdi. Keyin Muhammadning oldiga borda va musulmon bo‘ldi.

* Muqaddas sevgi keltirmaydigan imon,- o‘likdir. (Yoqub 2:19-20). Masih hech qachon O‘z izdoshlariga, O‘z dushmanlarini o‘ldirishga buyruq bermagan. U, ularni sevishga va ularni marhamatlashni buyurgan.

Qurayshitlar uchinchi yil Shavvol (10chi oy) oyida, Uhud jangida, Muhammadga qarshi jang qildilar.

6.03 -- TEST

Aziz kitobhon,
Agar siz kursning bu qismini e’tibor bilan o’rgangan bo’lsangiz, quyidagi savollarga qiynalmay javob berasiz. Agar siz bu 11 kursning 90% ga to’g’ri javob bersangiz, bizning markaz Masihga keyingi xizmatlarga rag’batlantirish maqsadida, bu kursni tugatganligingiz to’g’risida guvohnoma beradi.

Mustahkamlash kurslari
Muqaddas Kitob nurida Muhammad hayotini o’rganish

- Masih uchun kelajakdagi xizmatda dalda sifatida.

  1. Badr jangi qanday sodir bo‘ldi?
  2. Abu So‘fiyon, uning karvoniga qarish xujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganini eshitganida, qanday javob berdi?
  3. Badr jangida Muhammadni qo‘llab-quvvatlagan Jabroil farishtaga nisbatan, Getsimaniya bog‘ida Isoni quvvatlantirgan farishta nimada farq qiladi?
  4. Nima uchun Muhammad Badr jangida asirga olingan, ko‘plagan ko‘pxudoliklarni o‘ldirishni man qildi?
  5. Muhammad, Abu Jaxdlning o‘ldirilishiga qanday javob berdi?
  6. Badrda g‘alaba qozonilganda, Muhammad va musulmonlar qanday imtiyozga ega bo‘ldilar?
  7. Musulmonlarga O‘ljalar surasida (8 chi sura) qanday muhim qoidalar berildi?
  8. Badr jangida qancha musulmonlar o‘ldi? Qancha ko‘pxudoliklar o‘lgan?
  9. Nima uchun Muhammad Madinadagi yahudiylarning Kaynuka qabilasini qurshab oldi? Muhammad bilan yahudiylarning o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yakun topdi?
  10. Kaab ibn al-Ashraf kim edi va nima qildi? Nimaga musulmonlar uni Madinada o‘ldirishdi?

Bu test savollariga javob bergan har bir kishida xohlagan kitobdan foydalanishga va tanish olimlarga savol berishga huquqi bor. Biz sizning yozma javoblaringizni kutamiz. To’liq manzilingizni yoki E-mailingizni yozishni unutmang. Sizni chaqirishi, jo’natishi, boshqarishi, mustahkamlashi va sizni himoyalashi uchun va Rabbimiz hayotingizni oxhirigacha siz bilan birga bo’lishi uchun biz tirik Rabbimiz Isoga siz uchun ibodat qilamiz!

Masihga xizmatda biz siz bilan birgamiz,
Abd al-Masih va Salam Falaki.

Javoblarni quyidagi pochta manziliga jo’nating:

GRACE AND TRUTH
POBox 1806
70708 Fellbach
Germany

Yoki quyidagi elektron pochtaga jo’natining:
info@grace-and-truth.net

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on July 12, 2021, at 04:51 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)