Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map?


Afrikaans
عربي
বাংলা
Dan (Mande)
Bahasa Indones.
Cebuano
Deutsch
English-1
English-2
Español
Français
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
മലയാളം
O‘zbek
Peul
Português
Русский
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Yorùbá
中文



Home (Old)
Content (Old)


Indonesian (Old)
English (Old)
German (Old)
Russian (Old)\\

Home -- Uzbek -- 17-Understanding Islam -- 006 (Hanifs (Hunafā'))
This page in: -- Arabic? -- Bengali -- Cebuano -- English -- French -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Kiswahili -- Malayalam -- Russian -- Somali -- Tamil -- Telugu -- Ukrainian -- UZBEK -- Yoruba

Previous Chapter -- Next Chapter

17. Islomni Tushunish
BIRINCHI BO‘LIM: ISLOMNING KELIB CHIQISHINI TUShUNISh
1 BOB: ISLOMDAN OLDINGI MINTAQA

1.4. Haniflar (Hunafa)


Shuningdek, mahalliy yahudiylar va masihiylar ta’sirida bo‘lgan boshqa bitta xudolik dinlar haqida ham dalillari mavjud, ammo biz aniq ayta olmaymiz. Bunday dinlarga ergashganlar sifatida tanilgan Haniflar (yoki Arab tilida, hunafa); ular imonlilar yoki sajda qiluvchilarning yagona jamoasini tashkil qilmadi yoki biron bir belgilangan ta’limotga rioya qilmadi, aksincha Haniflar noaniq o‘xshash e’tiqodga ega odamlarga nisbatan ishlatiladigan umumiy atama edi.

Ko‘zga ko‘ringan Haniflardan biri shoir Umayya ibn Abu-Salt edi. Umayyaning aytishicha, oxirat kunida Alloh Haniflar dinidan boshqa barcha dinlarni rad etadi. Islomiy manbalarda aytilishicha, Umayya Muhammad o‘z bashoratini e’lon qilishdan biroz oldin o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan; u haqida musulmonlar Muhammad haqida aytgan hikoyalarga juda o‘xshash hikoyalar, masalan, uni poklash uchun uning qalbini ochgan farishtalar va hayvonlar bilan gaplasha olish qobiliyati haqida hikoya qilinadi. Muhammad, Umayya va uning yozuvlari bilan tanish bo‘lgan va ehtimol undan ta’sirlangan; Qur’onning “Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir” (Қуръон 3:85) oyati ushbu xatboshining boshidagi Umayyaning so‘zlariga juda o‘xshaydi. Aytishlaricha, Umayya Muhammad bilan uchrashgan va uning xabarini rad etgan va bu Muhammadning "uning she’rlari ishondi, ammo yuragi ishonmadi" deb aytishiga majbur qilgan.

Yana Kuss ibn Said ismli bir voiz bo‘lib, uning notiqlik mahorati islomgacha bo‘lgan arablar tomonidan juda yuqori baholangan. Kuss Muhammad o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilishidan oldin vafot etgan, ammo Muhammad uning ta’limotlari bilan tanish edi. Kussning Muhammadga ta’siri haqida biz musulmon tarixchilari Ibn Hishom va Ibn Kasirdan ko‘proq bilib olamiz. Ibn Hishom Muhammad (hozirda u o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan) va uning izdoshlari, jumladan, Jarud ismli shoir o‘rtasidagi suhbatni hikoya qiladi:

Muhammad so‘radi: 'Sizlardan birontangiz Kuss bin Saidni bilasizlarmi?' Jarud javob berdi: 'Albatta, Ey Allohning Rasuli. Uni hammamiz bilamiz. Men u haqida ko‘p narsalarni bilaman, chunki men doimo uning yo‘lidan yuraman.' Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) javob berdilar: Suq Ukaz vaqtida Kuss ibn Saidning tuya ustida: "Yashayotgan kishi o‘ladi, o‘lgan kishi esa chuqur pushaymonlik sezadi. Sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan hamma narsa sodir bo‘ladi", deb aytgan hutbasini men hech hayolimdan chiqolmayman. U men eslay olmaydigan g‘alati va ajoyib notiqlik bilan ajralib turadigan boshqa so‘zlarni aytdi." (Ibn Hishom, Sira).

Ibn Kasir hikoyasini davom ettiradi:

“Muhammad Kussning xutbasini eshitib, unga: “Zulm qiluvchi va zolim, pul yig‘ib, uni bir chetga qo‘yib: “Men sizning oliy Rabbingizman” degan kimsa qani?” deydi. Ular sizdan boy emasmidi, sizdan uzoqroq yashamadilarmi? Nam tuproq ularni shafqatsizlarcha ezib, takabburlik bilan parchalab tashladi. Mana! Ularning suyaklari parchalanmoqda. Ularning uylari vayron qilingan, ularda bo‘rilar yashaydi. Muhammad aytdi: "Alloh uning ruhiga rahm qilsin; Kuss men bilan Iso o‘rtamizdagi payg‘ambar edi."' (Ibn Kasirning “al-Bidoya val-Nihoya”sida Quss ibn Sa’daning “Tarjamati”).

Qur’ondan xabardor bo‘lganlaringiz Kussning xutbasi va Qur’onning ba’zi qismlari o‘rtasidagi ritmik uslubda ham, haqiqiy iboralar jihatidan ham o‘xshashlik borligini bilishi mumkin. Biz, albatta, aytishimiz mumkinki, Muhammadning xabari rivojlanishida Kussning ta’siri bo‘lgan.

Boshqa Haniflar Islom bilan bir-biriga mos keladigan e’tiqodlarga ega edilar. Masalan, Zayd ibn Amr ismli bir kishi Qurayshlar (Muhammad qabilasi) dinini tanbeh berib, dedi: “Ey Quraysh, sizlardan mendan boshqa hech biringiz Ibrohimning diniga ergashmaysiz”. Zayd ovqatlanishini o‘zgartirdi; u o‘lik go‘sht, qon yoki but uchun so‘yilgan boshqa narsalarni emadi. U arablar orasida vahshiyona amalga oshirilgan go‘daklarni o‘ldirishga qarshi bo‘lib, butparastlikni qoralab, o‘z e’tiqodini targ‘ib qiluvchi ko‘plab she’rlar yozgan, masalan:

“Bir xudoga sig‘inamanmi, mingtasiga sig‘inamanmi?
Agar ular siz aytganchalik ko‘p bo‘lsa,
men har bir ruhiy kuchli odam qilganidek, al-Lot va al-Uzzodan voz kechaman.
Men al-Uzzoga va uning ikki qiziga sajda qilmayman…,
garchi u mening aqlim kam bo‘lgan paytlarda u bizning Rabbimiz bo‘lgan bo‘lsa ham, men sajda qilmayman.”

Boshqa haniflar qonuniy hokimiyatga ega edilar, masalan, Islomdan oldin Arabistonning eng dono hukmdorlaridan hisoblangan Aktam bin Sayfiy. Uning ko‘plagan qarorlari Muhammad tomonidan qabul qilingan. Ma’lum qilinishicha, Aktam Abd al-Muttalib (Muhammadning bobosi) ning farzandlarini ko‘rib: “Agar Alloh buyuk davlat yaratmoqchi bo‘lsa, mana shu odamlarni tanlaydi, bu Allohning urug‘i, odamlarning urug‘i emas”, dedi.

Musulmonlarning fikricha, Haniflar arablar orasida keng tarqalgan butparastlikni rad etgan holda, ular Ibrohimning asl bir xudoligiga amal qilganlar va Ibrohim dinining ba’zi qismini yoki barchasini saqlab qolganlar. Islomgacha bo‘lgan Arabistonda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, yahudiy yoki masihiylarga nisbatan ishlatilmagan; ammo Qur’on bir marta masihiylar va yahudiylarga (Qur’on 98:5), bir marta musulmonlarga (Qur’on 22:31) va o‘n marta Ibrohimga nisbatan ushbu atamani ishlatib, bu yakkaxudolik dinlarini birlashtirishga harakat qiladi. Biroq, bu Muhammadning yagona e’tiqod tizimini (yuqorida aytganimizdek, bunday emas) tasvirlashdan ko‘ra, uning uzoq payg‘ambarlar qatorining oxirgisi bo‘lish haqidagi da’vosini qonuniylashtirishga qaratilgan orzu-istaklari natijasi, deb taxmin qilingan.

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on May 03, 2026, at 01:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)