Previous Chapter -- Next Chapter
1.4. Haniflar (Hunafa)
Shuningdek, mahalliy yahudiylar va masihiylar ta’sirida bo‘lgan boshqa bitta xudolik dinlar haqida ham dalillari mavjud, ammo biz aniq ayta olmaymiz. Bunday dinlarga ergashganlar sifatida tanilgan Haniflar (yoki Arab tilida, hunafa); ular imonlilar yoki sajda qiluvchilarning yagona jamoasini tashkil qilmadi yoki biron bir belgilangan ta’limotga rioya qilmadi, aksincha Haniflar noaniq o‘xshash e’tiqodga ega odamlarga nisbatan ishlatiladigan umumiy atama edi.
Ko‘zga ko‘ringan Haniflardan biri shoir Umayya ibn Abu-Salt edi. Umayyaning aytishicha, oxirat kunida Alloh Haniflar dinidan boshqa barcha dinlarni rad etadi. Islomiy manbalarda aytilishicha, Umayya Muhammad o‘z bashoratini e’lon qilishdan biroz oldin o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan; u haqida musulmonlar Muhammad haqida aytgan hikoyalarga juda o‘xshash hikoyalar, masalan, uni poklash uchun uning qalbini ochgan farishtalar va hayvonlar bilan gaplasha olish qobiliyati haqida hikoya qilinadi. Muhammad, Umayya va uning yozuvlari bilan tanish bo‘lgan va ehtimol undan ta’sirlangan; Qur’onning “Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir” (Қуръон 3:85) oyati ushbu xatboshining boshidagi Umayyaning so‘zlariga juda o‘xshaydi. Aytishlaricha, Umayya Muhammad bilan uchrashgan va uning xabarini rad etgan va bu Muhammadning "uning she’rlari ishondi, ammo yuragi ishonmadi" deb aytishiga majbur qilgan.
Yana Kuss ibn Said ismli bir voiz bo‘lib, uning notiqlik mahorati islomgacha bo‘lgan arablar tomonidan juda yuqori baholangan. Kuss Muhammad o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilishidan oldin vafot etgan, ammo Muhammad uning ta’limotlari bilan tanish edi. Kussning Muhammadga ta’siri haqida biz musulmon tarixchilari Ibn Hishom va Ibn Kasirdan ko‘proq bilib olamiz. Ibn Hishom Muhammad (hozirda u o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan) va uning izdoshlari, jumladan, Jarud ismli shoir o‘rtasidagi suhbatni hikoya qiladi:
Ibn Kasir hikoyasini davom ettiradi:
Qur’ondan xabardor bo‘lganlaringiz Kussning xutbasi va Qur’onning ba’zi qismlari o‘rtasidagi ritmik uslubda ham, haqiqiy iboralar jihatidan ham o‘xshashlik borligini bilishi mumkin. Biz, albatta, aytishimiz mumkinki, Muhammadning xabari rivojlanishida Kussning ta’siri bo‘lgan.
Boshqa Haniflar Islom bilan bir-biriga mos keladigan e’tiqodlarga ega edilar. Masalan, Zayd ibn Amr ismli bir kishi Qurayshlar (Muhammad qabilasi) dinini tanbeh berib, dedi: “Ey Quraysh, sizlardan mendan boshqa hech biringiz Ibrohimning diniga ergashmaysiz”. Zayd ovqatlanishini o‘zgartirdi; u o‘lik go‘sht, qon yoki but uchun so‘yilgan boshqa narsalarni emadi. U arablar orasida vahshiyona amalga oshirilgan go‘daklarni o‘ldirishga qarshi bo‘lib, butparastlikni qoralab, o‘z e’tiqodini targ‘ib qiluvchi ko‘plab she’rlar yozgan, masalan:
Agar ular siz aytganchalik ko‘p bo‘lsa,
Boshqa haniflar qonuniy hokimiyatga ega edilar, masalan, Islomdan oldin Arabistonning eng dono hukmdorlaridan hisoblangan Aktam bin Sayfiy. Uning ko‘plagan qarorlari Muhammad tomonidan qabul qilingan. Ma’lum qilinishicha, Aktam Abd al-Muttalib (Muhammadning bobosi) ning farzandlarini ko‘rib: “Agar Alloh buyuk davlat yaratmoqchi bo‘lsa, mana shu odamlarni tanlaydi, bu Allohning urug‘i, odamlarning urug‘i emas”, dedi.
Musulmonlarning fikricha, Haniflar arablar orasida keng tarqalgan butparastlikni rad etgan holda, ular Ibrohimning asl bir xudoligiga amal qilganlar va Ibrohim dinining ba’zi qismini yoki barchasini saqlab qolganlar. Islomgacha bo‘lgan Arabistonda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, yahudiy yoki masihiylarga nisbatan ishlatilmagan; ammo Qur’on bir marta masihiylar va yahudiylarga (Qur’on 98:5), bir marta musulmonlarga (Qur’on 22:31) va o‘n marta Ibrohimga nisbatan ushbu atamani ishlatib, bu yakkaxudolik dinlarini birlashtirishga harakat qiladi. Biroq, bu Muhammadning yagona e’tiqod tizimini (yuqorida aytganimizdek, bunday emas) tasvirlashdan ko‘ra, uning uzoq payg‘ambarlar qatorining oxirgisi bo‘lish haqidagi da’vosini qonuniylashtirishga qaratilgan orzu-istaklari natijasi, deb taxmin qilingan.