Previous Chapter -- Next Chapter
1.3. Masihiylar
Masihiylik Masih xochga mixlanganidan taxminan 2-3 asr o‘tgach Arabiston yarim oroliga ham etib kelgan. Darhaqiqat, Hosil bayramida arablar Quddusda bo‘lishgan (Havoriylar 2:11) va garchi masihiylik janubda tarqalish uchun ko‘proq vaqt talab qilgan bo‘lsa ham, ehtimol ular o‘sha paytda Shimoliy Arabistonga Xushxabarni olib kelishgan. Shubhasiz, Muhammad tug‘ilgan vaqtga kelib, yarim orolda turli e’tiqodlarga ega bo‘lgan bir necha xil masihiy jamoalari mavjud edi. Ularning ba’zilari jamiyatda yuqori obro‘ga ega bo‘lgan mahalliy arablar edi (masalan, janubdagi Najronning boy savdogarlar qabilasi), ammo Muhammad tug‘ilgan Makka va uning atrofidagi ko‘plab masihiylar Rim viloyatlaridan qochgan qullar yoki shimolga bo‘lgan Arab bosqinlari tomonidan qo‘lga olingan qullar (forslar, iordaniyaliklar, rimliklar va yunonlar), shuningdek oz sonli alohida tavba qilgan arablar edi. Masihiy guruhlar va shaxslar mintaqa va jamiyatda shu qadar keng tarqalgan ediki, har bir kishi, shu jumladan, Muhammad ham masihiylar bilan aloqada bo‘lgan va hech bo‘lmaganda ularning e’tiqodlari bilan tanishgan bo‘lishi kerak. Yahudiy xalqi Masihning birinchi kelishini intiqlik bilan kutishganidek, masihiylar ham ularni osmonga olib chiqib ketishi uchun Isoning qaytib kelishini intiqlik bilan kutishganini hamma bilar edi. Biroq, masihiylik e’tiqod doirasi juda keng edi va bid’at bilan cheklanib qolmadi; ushbu e’tiqodlarning Muhammad ta’limotiga ta’sirini biz keyingi bobda muhokama qilamiz. Hozircha ularning islomdan oldingi jamiyatning diniy fikriga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligini aytishning o‘zi kifoya.