Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.03 First Commandment: You Shall Have no Other Gods Before Me
This page in: -- Afrikaans -- Arabic? -- Armenian? -- Azeri? -- Bulgarian? -- Cebuano? -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Gujarati? -- Hebrew -- Indonesian -- Norwegian? -- Polish? -- Russian -- Serbian? -- Spanish? -- Tamil -- Turkish? -- UZBEK -- Yiddish? -- Yoruba

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.03 - Birinchi Amr: Boshqa xudolar bo’lmasin



“Mening ko’z o’ngimda sizlarning boshqa xudolaringiz bo’lmasin” (Chiqish20:3)


4.03.1 - Bugungi kunda butlarni ulug’lash

Agar biz sanoati rivojlangan davlatda yashasak yog’och, tosh yoki hatto oltindan qilingan butlarga sig’inyotganlarni uchratishimiz qiyin. Agar biz Osiyo yoki Afrikaga borsak ko’p butlarni haqiqatdan ham qo’rqib ulug’layotgan odamlarni guvohi bo’lishimiz mumkin.

‘Hind avialiniya’ jurnalida urush sanami Durga oltita qo’li bilan har qanday bosqinchini o’ldiryotgan rasm bor edi. Inson miyyasi Durga atrofida sochilib yotardi. Valiant buti urushdagidek unga yaqin kelgan o’g’zidan chiqayotgan olovli qamchidan kuyib ketardi. U dushmanlarini o’ldiryotganda kulardi.

Hindistonda Ganahati xudosini tasvirlaydigan fil haykalini ko’rasiz. Vaqti vaqti bilan hindlar xushbo’y gullarni uning oldiga qo’yadilar. Maxsus bayramlarda ikki yoki uch avlodlardan qolgan udumdek plastik filni gulchambarlar bezatadi. Olomon bu butlarni ko’cha bo’ylab olib borib dengizda uloqtiradilar bu bilan ular baliq ovi yaxshi bo’lishiga va har yilgi bo’ladigan toshqin hamma yoqni vayron qilishdan asrashiga umid qiladilar.

Bu muhim bayramda minglab mollar ma’badlarga olib boriladi va u yerda ularga mollar sog’lom bo’lishi uchun muqaddas hisoblangan suvni sepishadi. Keyin ularni shohini bag’ishlangan ma’nosida yaltiroq rangda bo’yashadi.

Agar biz Himalay tog’i yonidagi Ladak Vodiysiga tashrif buyursak yoki Butda shaharlarini sayohat qilsak katta kulib turgan oltin Butdani va sajda qilib hurmat ko’rsatyotgan odamlarni ko’ramiz. Odamlarning uchdan bir qismi hali ham butlarni ulug’laydilar va bu birinchi amrga rioya qilinmayotganlikni ko’rsatadi. Bu butlarni ulug’lovchilar haykal va yasalgan narsalarning kuchiga ishonadilar. Afrika va Indoneziyada ko’p odamlar hali ham shunday urflarning ruhiy qulligida yashaydilar. Qolganlari ajdodlarni ulug’laydilar. Agar ular Iso Masihga ishonishganda edi, har qanday ruhiy qo’rquvdan, butlarga sig’inishdan va follarga ishonishdan ozod bo’lgan bo’lardilar. Undan keyin ularga boshqa sehrgarli duolar yoki tasbehlar kerak bo’lmaydi va o’lik butlarni rad etadilar chunki har qanday yomon ruhning tasiridan himoyalanadilar.

Bizning osmondagi Otamiz har qanday qo’rquvdan, hatto eng kuchli hokimyatli jindan, sehrgarlikdan va jodugarlik tasiridan bizni qutqaradi. Rabbiy Isoga ishonuvchiga qarshi har qanday qorong’ulik kuchi nomidagi yozuv yoki aytilgan lanatilik Rabbimiz nomidan yo’q bo’lib ketadi. Unga ishonganlarga U buyuk qal’a tayyorlab qo’ygan.


4.03.2 - Hozirgi zamonaviy vaqtdagi butlar

Afsuski hozirgi paytda rivojlangan davlatlar ham moshina, televideniya va mashxurlik kabi butlarni ulug’lashga sho’ng’ib ketish yangi moda bo’ldi. Odamlar Xudoda yashashni o’rniga zamonaviy texnalogiyalarni avzal ko’ryapdilar. U moshinasiga chiqib asfalt ko’chalardan tez haydaydi. Moshina zamonaviy odam uchun but bo’lib qoldi. Ular moshinaga chiqib uning kuchi bilan o’zlari boshqaradilar. Isroilliklar oltin buzoqni atrofida raqsga tushganlaridek zamonaviy rivojlanish oxirgi nusxadagi moshina atrofida aylanmoqda. Moshina egasi moshinani asraydi va u uchun o’zini qurbon qiladi; tozalaydi, bo’yaydi va atrofdagi odamlardan ko’ra motorni guvullashini eshitadi. U qambag’allardan ko’ra moshinaga ko’p vaqt va pul sarflaydi. Odam zamonaviy tehnologiyaning quliga aylanyapdimi? Ko’p odamlar stadionlarda avto poygalarni atletik hodisalarni tomosha qiladilar. Lekin ibodatxonada o’tiruvchilar va ulug’lashga qatnashuvchilar oz kishini tashkil qiladi.

Iso bizni pulni sevmaslikni maxsus ogohlantirgan. U: ”Hech kim ikki xo’jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko’rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo’yib, boshqasini xo’rlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig’ina olmaysizlar” – degan (Matto 6:24). Pulni sevish bu shaytonning tomiridir. Sotsializm va kapitalizm bir xil maqsadga ega bo’lganlar. Kapitalistlar boy bo’lganda sotsialistlar boshqarish va zo’rlash orqali boy bo’lishni xohlaganlar. Odamlar oltin buzoq atrofida hatto bugun ham raqsga tushyabdilar. Aldanmang Xudo masxaralanmaydi. Hech kim ham Xudoga, ham pulga xizmat qilolmaydi. Iso kambag’al bo’ldi lekin hammani boqdi. U shogirdlarini boylikka qarshi jiddiy ogohlantirdi: ”Boylikka intilganlar vasvasa tuzog’iga ilinadilar, insonlarni baloyu halokatga yo’liqtiruvchi ko’p bemani va zararli havaslarga qurbon bo’ladilar” (1Timo’tiyga 6:9; Matto 6:9,19:24)

Hamma madaniyat va dinlar ustidan boshqaruvchi but bu bizning menligimiz. Har bir odam o’zini eng zo’r, eng chiroyli va eng muhim inson deb o’ylaydi. Bunday o’ylamagan taqdirda ham ixtiyorsiz ravishda shunday bo’lishini xohlaydi. Har bir odam o’zini dunyoning markazi deb o’ylaydi. Bir kuni uch yoshli qizdan so’rashibdi: ”Kim bo’lishni xohlaysan?”, qizcha: ”Haykal bo’lishni xohlayman” – deb javob beribdi. “Nimaga?” – deyishibdi. “Chunki hamma odam meni tomosha qiladi” – debdi qizcha. G’urur va o’zini sevish bizni qonimizda oqadi. Bu butunlay Isoning kamtarligiga qarshidir. Iso: ”Sizlar-ku bir-biringizdan tahsin-tasanno olishni yaxshi ko’rasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazavor bo’lishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham ishona olardingiz?”(Yuhanno 5:44). “Mening bo’yinturug’imga o’zingizni qo’shing va Mendan o’rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib jonlaringiz taskin topar. Chunki Men solgan bo’yinturuq yumshoq, Men bergan yuk yengildir” (Matto11:29-30). “Kim o’z jonini ayamoqchi bo’lsa, uni yo’qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo’qotsa jon topadi” (Matto 16:25). “Sen o’zing uchun katta rejalar tuzma” (Yeremiyo 45:5).


4.03.3 - Butga sajda qilishni yengish

Nimaga birinchi Amrda Xudodan boshqa butlarga sajda qilishni taqiqlanyapdi? Chunki Xudo yagona. Boshqa bu dunyoning mashxurliklari vaqtincha. Yagona Xudovand abadiy yashaydi. U bizni Unga shon-sharaf keltirishimiz uchun yaratgan. U butun koinotni markazidir. Biz tavba qilib Xudoga xursandchilik bilan xizmat qilishni boshlaganimizda, har kuni bizni menligimiz sinib borishi kerak bo’ladi. Biz o’zligimizni Xudoning xohshiga topshirishimiz kerak. Bankdagi hisobimiz, sog’ligimiz, yoki iste’dodimiz hayotimizning asosi bo’lmasligi kerak.

Ibrohim qonuniy voris, uzoq kutilgan o’gli Ishoqni juda yaxshi ko’rar edi. Keyin Xudovand qulini sinab ko’rdi. U Ibrohimga sevikli o’g’lini qurbon qilishini buyurdi. Ibrohim Yagona Xudoga sharaf keltirish uchun bajarish mumkin bo’lmaganday ko’ringan narsani qildi ya’ni o’g’lini qurbonlikka keltirishga tayyor edi. Ibrohim Xudo va’da bergan o’g’lini oxirgi soniyalarda so’ymoqchi bo’lib turganda Xudo uni to’xtatdi va qo’chqorni qurbonlik uchun berdi. Bu vaziyatda Xudo Ibrohimdan U uchun o’z o’g’lidan ajirashishga ham tayyorligidan faxrlandi.

Biz Xudo va bizni o’rtamizda katta yoki kichik butlar yo’qligini vaqti-vaqti bilan o’zimizni tekshirib turishimiz kerak. Ular kitoblar, taqinchoqlar, rasmlar, estaliklar, qiziqarli mashg’ulotlar, odatlar, pul, uy va xakazolar bo’lishi mumkin. Hatto ba’zida odamlar yuragimizni egallashi mumkin.

Butni ulug’lash vasvasasi boshliqlarini ko’klarga ko’tarishdir. Butun odamlar yuraklari Napalion, Otaturk, Gitler va boshqalar tomonidan egallab olingan. Lekin ularning kitoblari va xotiralari ular o’lgandan so’ng kuydirilib yo’q qilingan. Payg’ambar Yeremiyo xalqni odamlarga bo’lgan telba muhabbat yoki insoniy yordam kutishga qarshi ogohlantirib: ”Umidini insonga bog’lagan, foniy badanni kuchiga ishongan, yuragi Egamizdan uzoqlashgan odam la’natidir” – degan (Yeremiyo 17:5).

Odamlar kino yulduzlarini va sport g’oliblarini o’zlariga but qilib oladilar. Odamlar stadiondagi telba ommaning muhitiga kirib konsertga maftun bo’ladilar. Biz bu yerda ehtiyot bo’lishimiz kerak. Biz gunoh qilyotgan odamga xizmat qilishimiz yoki hurmat qilishimiz kerak demayapmiz. Lekin bu ruhiy xiyonat bo’lib Xudodan ko’ra inson holatini sevish va ishonishdir. Xudo biz bilan abadiy Ahd bilan bog’lanmadimi? Iso odamlarni: ”yovuz va buzilgan avlod” – deb aytgan so’ziga ajablanmasa ham bo’ladi. Chunki ular butun yuraklari bilan sevmaydilar, chuqur hurmat qilmaydilar yoki faqat Unga ishonmaydilar.

Butga ishonish bugungi kinda har xil ko’rinishlarda bo’lib Xudodan chekinishga olib kelyapdi. Rabbiy rashkchi Xudo va faqat U bizni yuragimizga ega bo’lishni xohlaydi. U bizni sevgimiz va itoatkorligimizni qandaydir bir qismidan qoniqmaydi. U bizga butunlay va abadiy ega bo’lishni xohlaydi. Shuning uchun qadimgi va zamonaviy butlar bizning hayotimizdan yo’qolishi kerak va javobgarligimizni yana osmondagi Otamiz tomon yangilashimiz kerak. O’zingizdan hayotingizda qanday butlar yashiringanini so’rab ko’ring va ularni butunlay abadiy yo’q bo’lishi uchun nima qilishingiz kerak?


4.03.4 - Masihiylarning imonlari birinchi amrga qarshimi?

Yahudiylar va Musulmonlar Masihiylarni O’n Ilohiy Amrni talqinlashlari bu qarashga to’g’ri kelmasligiga rozilar. Ular Masihiylarning qarashlari bilan birinchi Amrni buzyotganlikda ayblaydilar. Ular: ”Siz Masihiylar aslida imonsizsizlar, chunki siz birinchi va buyuk Amrni buzyapsizlar. Sizlar: ”uchta xudolar bor ulardan biri xochda o’lgan” – deb kufrlik qilyapsizlar.” – deb tortishadilar. Yahudiylar va Musulmonlar Masihiylarni muqaddas Uch Birlikka ishonganliklari uchun kufrlikda ayblaydilar.

Isoni O’zi bunday ayblovlarga qanday javob bergan? Iso bunday zolim odamlarni hujumiga har kuni duch kelgan. Iso Xudo bilan birligini aniq qilib Yuhanno 10:30 da: ”Men va Otam - birmiz” – deb tushuntirgan. U hech qachon: ”Men va Otam - ikkitamiz” – demagan aksincha “birmiz” – degan! Keyin U yana aytgan: ”Men Otamda, Otam esa Menda”. Xibsga olishlaridan oldin U shogirdlari uchun: ”Biz bir bo’lganimizdek, ular ham bir bo’lishsin” (Yuhanno 17:22) – deb ibodat qildi. Bu so’zlar muqaddas Uch Birlik haqida guvohlik beryapdi. Bu yerda ko’plik shakli birlik ma’nosida tushuniladi. Iso Otasi bilan mukammal birlikdaligini isbot qildi. Bu haqiqat matematik tushuncha emas. “Hech kim Muqaddas Ruh ilhomisiz Isoni Rabbim deb ayta olmaydi” (1Korinfiliklarga 12:3). Bu abadiy ruhiy haqiqat. Agar biz Xudoning Ruhiga ochiq bo’lmasak ruhiy haqiqatlarni tushunolmaymiz.

Iso aytgan: ”Kim Meni sevsa, Mening so’zimga aml qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz Uning huzuriga kelib, o’zimizga maskan yaratamiz” (Yuhanno 14:23). Iso izdoshlariga Muqaddas Ruh ularda maskan topishiga va’da bergan. Shu bilan birga Iso Osmondagi Otasi bilan mukammal birlikda bo’lib izdoshlarini yuragida yashashini aniq aytgan.

Masihiylar ajiralgan Xudolarga ishonmaydilar, aksincha O’zini Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhda ochib bergan Xudoga isxonadilar. Biz Uch Birlikni tan olib birinchi Amrni buzmaymiz, buning o’rniga amal qilgan bo’lamiz. Iso Masihning o’limi orqali Xudo Ruhini qalbimizga kirgani Xudo bilan yarashuv natijasidir. Sodiq Muqaddas Ruh biz Xudoni Otamiz deb chaqirishga va Uning Otalik Nomini muqaddaslashga quvvatlantiradi. Biz tengdaniga ham Isoga isxonamiz va ham Uni yuragimiz bilan sevamiz chunki: ”Bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudo sevgisiga to’lib toshadi” (Rimliklarga 5:5). Biz Muqaddas Ruhdan qaytadan tug’ilmagan har bir insonga muqaddas Uch birlik tushunchasi yashirin ekanligini va ajoyib haqiqatni qidirmasligini tushunishimiz kerak.

Aslida Qur’on Masihiylar ishonadigan Uch birlikka qarshi emas. U hamma Masihiy jamotlar qarshi bo’lib kurashyotgan Uch Birlikni sekta qilib olganlarga qarshi. Qur’on ota, ona va o’g’il Uch birligi bilan qarshi kurashadi (Moida surasi 5:116). Yana Qur’on Maryamni o’g’li Iso Xudoligiga (Moida surasi 5:17,72), yoki yagona uchlikni uchtaligiga (Moida surasi 5:73) qarshidir. Muqaddas Kitobdagi muqaddas Uch Birlikni yaxshiroq aniq tushunchasi Xudo birlikda, abadiy yagona va Uch Birlikdagi Ota Kalomi (Iso Masih) orqali gaplashadi va Muqaddas Ruhi orqali ishlaydi. Biz biologik ona va o’g’il ya’ni Maryamni o’g’li Masih Xudodir, Uch Birlik tushunchalarini rad etamiz. Biz Ota Xudo, O’g’il Xudo va Muqaddas Ruh Xudoni bitta yagona Xudo deb tan olamiz.


4.03.5 - Eski Ahd Uch Birlik haqida nima deydi?

Eski Ahdda muqaddas Uch Birlik to’g’risida ajoyib dalillar bor. Hatto buni Qur’on ham rad etolmaydi.

Zabur 2:7,12da Iso tug’ilmasdan ming yil oldin Xudoni Iso haqida ochig’lik berganini o’qiymiz: ”Sen Mening sevikli O’g’limsan. Seni bugun tavallud ettirdim”. U yana odamlarni ogohlantirib: “Uni O’g’lini e’zozlang, toki qahri kelmasin. Uning g’azabi o’t olsa tezda, unda nobut bo’lasiz o’z yo’lingizda. Iqbollidir barcha Undan panoh topganlar” – degan.

Iso tug’ilishidan 700 yil oldin Ishayo 7:14 da: ”Endi Rabbiyning O’zi sizlarga nishona beradi: ana, qiz homilador bo'ladi, u o’g’il tug’adi va Uning Ismini Immanuil (ma’nosi - ‘Xudo biz bilan’) qo’yadilar” – deyilgan.

Ishayo 9:6 katta va’dani o’z ichiga qamrab olgan: ”Mana biz uchun bola tug’ildi, O’g’il bizga berildi. Hukmronlik Uning zimmasidadir, Nomi Ajoyib maslahatchi, Qudratli Xudo, Abadiy Ota, Tinchlik Shahzodasidir”. Bu Eski Ahddagi ilohiy so’zlar Isoning Xudoligi va Ota bilan mukammal birligi haqida guvohlik beryapdi.

1Shohliklar 7:12-14ga binoan Dovudga ‘undan tug’iladigan’ o’g’illardan biri Xudoning O’g’li bo’lishi va’da qilingan. Shundan beri Masih yoki Dovud O’g’li nomi Xudoning O’gli degan ma’noni beradi.

Zabur 109:1 da:”Egamiz hazratimga aytmoqda:”Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o’ng tomonimda o’tirgin” deyilgan. Qandaydir hazrat bormi? Yo’q, hech qachon! Bu oyat Xudoning mukammal birligi Ota, O’g’il va Muqaddas ruhni bildiradi. Xudo boshidan: “O’z suratimizday, O’zimizga oxshagan insonni yarataylik“ (Ibtido 1:26) – deb ko’plik shaklida gaplashgan.

Bu guvohliklar bizga Xudoning Muqaddas Uch Birligi Masihiylarni o’ylab topgan uydirmasi emasligini ko’rsatadi. To’g’risi Xudo Masih tug’ilmasidan ming yil oldin bu narsalarni ochib bergan. Kim Xudoning ochig’ligiga qarshi chiqoladi?


4.03.6 - Isoni Xudoligiga Qur’ondagi dalil va misollar

Nafaqat Eski Ahddagi Besh kitob, Zabur va payg’ambarlar muqaddas Xudoning Uch Birligi: Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh haqida guvohlik beradilar balki Qur’on ham Masihiylar guvoligini tasdiqlaydi. Agar har bir Musulmon Qur’onni ochiq zehn bilan o’qisa Iso bokira qiz Maryamdan tug’ilganligi haqidagi oyatlarga amin bo’ladi. Iso erkak kishining kashfisiz Ollohning So’zidan paydo bo’ldi. Olloh Bokira Maryamga Ruhini pufladi va Iso tug’ildi (Anbiyo 21:91 va Taxrim 66:12 suralari).

Ayniqsa Ol-i Imron 3:45, Niso 4:171 and Maryam 19:43 suralarida Iso Olloh So’zidan yaralib jonlantirilganligi aytilgan. Bu Islom suralari Muqaddas Kitobdagi Yuhanno 1:14 to’g’ri keladi: ”Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uni ulug’vorligini ko’rdik”.

Baqara 2:87 va Moida 5:110 suralarida Iso Masih Muqaddas Ruh orqali loydan yasalgan qushni puflab tiriltirishga qodirli aytilgan. U Ollohning va’dasi bilan ko’rlarni tuzatgan, maxovlarni sog’aytirgan va o’liklarni tiriltirgan. Bu Olloh, Masih va Muqaddas Ruh orasidagi uyg’unlik harakati Qur’onda yoritib berilgan. Nimaga Musulmonlar Xudo va Uning Masihiga qarshilar?

Maryam surasi 19:21 da biz: ”Biz U bolani bizdan odamlar uchun rahmat-marhamat belgisi qilamiz” – o’qiymiz. Olloh Qur’onda ko’plikda Masihni Marhamatdan Rahmat deyilyotganiga hayron qoldiradi. Bu bilan Uning nomi ilohiy mohiyatga ega.

Eski Ahdda va Qur’ondagi juda ko’p dalillar Uch Birlikni tasdiqlaydi. Biz Ishayo 6:3da farishtalarning: ”Muqaddas, muqaddas, muqaddas Sarvari Olam! Uning ulug’vorligi butun olamni to’ldiradi” – deb Ulug’vor Xudovandni ulug’lashlaridan ruxlanamiz. Muqaddas so’zini uch marta qaytarilishi, Ota muqaddas, O’g’il muqaddas va Muqaddas Ruh muqaddasligini ko’rsatadi va ular bir butun muqaddaslikdir.


4.03.7 - Masihiylar Isoni Xudoligiga isxonadilar

Havoriylar Isoni bir ovozdan Xudoligiga guvohlik berishlari oshirib yuborish yoki ko’pirtirish bo’lmagan. O’lim xavfiga qaramasdan Pavel: ”Ko’rinmas Xudoning surati Masihdir, U butun borliqning to’ng’ichidir” – deb e’lon qilgan. Yuhanno: ”Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uning ulug’vorligini ko’rdik; Otasi huzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to’lgan yagona O’g’ilning ulug’vorligini ko’rdik” (Yuhanno 1:14) – deb tan olgan. Havoriy Butrus: ”Sen yagona Xudoning O’g’li – Masihsan!” (Matto 16:16) – deb guvohlik berdi. Nisaye vakili Masihiylar imonini: ”Masih Xudoning Xudosi, nurning nuri, asl Xudoning Xudosi, Ota bilan bo’shliq yaratish uchun yaralmagan” – deb sharhlagan.

Musulmonlar va Yahudiylar o’zlarining qattiq ta’limotlari bilan Xudoning Qudratini cheklab qo’yadilar. Xudoning vahiysini O’zidan boshqa kim ham rad eta oladi? Kimni Qudratli Xudo O’g’liga ega bo’lishiga va Uni o’limi bilan dunyoni qutqarishiga to’sqinlik qilishga haqqi bor? Xudo ozoddir! Iso yaratilishdan oldin bor bo’lgan. Iso odamlarni Xudo bilan yarashtirish va samoviy tinchlikni qayta tiklash uchun odam qiyofasiga kirgan. Iso dunyoni qutqarish uchun inson qiyofasiga kirgan. U gunohsiz bo’lgani uchun dunyoni gunohini O’ziga oldi. Yahyo cho’mdiruvchi o’zini ilohiy xizmatida: ”Qaranglar mana dunyoning gunohini O’ziga oluvchi Xudoning qurbonlik Qo’zisi!” – degan. Buni natijasida gunohlarimiz kechirilgandan keyin biz Xudoning farzandi bo’lib qabul qilindik va Xudoni osmondagi Otamiz deb chaqiramiz.

Masih buyuk najotni faqatgina Masihiylarga emas hamma inson uchun bergan. Uning najoti Hindlar, Butdalar, Yahudiylar, Musulmonlar va dinsizlar uchundir. Xudo Unga butunlay ishongan va Uni Xudo va Najotkor deb qabul qilgan har bir kishiga abadiy hayot beradi. O’g’il bizni Otaga, Ota esa bizni O’g’ilga yetaklaydi. Ota O’zini Isoni Iordan daryosida suvga cho’mganda: ”Bu Mening sevikli O’g’limdir, Undan mamnunman” – deb ochib bergan. Kim osmondan keladigan ovozni to’xtata olar ekan?


4.03.8 - Birinchi amrni maqsadi nima?

Birinchi amrning maqsadi oddiy bo’lib Xudoni sevishdir. Muso amridagi eng muhim imtiyoz bu: ”Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan seving” (Ikkinchi Qonun 6:5) – degan. Biz Xudoni sevib U bilan uyg’unlikda yashashimiz yoki Uni yomon ko’rib Uning xohshiga qarshi bo’lishimiz mumkin. Agar biz Xudoni sevsak, U haqida o’ylaymiz, Uni eshitamiz, Uni mamnun qiladigan ishlar qilamiz, U uchun yashaymiz va kelin o’zini kuyovini kutib uni xatini qayta va qayta o’qigandek biz ham Uni so’zlarini o’qib Uni kutishimiz kerak. Lekin kim o’zini mag’rurligida va kichkina butlariga ishonishda qattiq turib olsa, Xudoni haqiqiy xohishiga orqasini o’girib Uning to’g’ri va aniq So’zlarini esidan chiqarsa bunday odam o’zini bag’ri toshligi bilan yiqilib Xudoni g’azabiga uchraydi.

Masihni sevganlar Xudoning Ruhiga ham ochiq. Ular hamma gunohlariga kechirim oladilar va Muqaddas Ruhni kuchida yuradilar. Ular har kuni Ota nomiga ibodat qilib hayotlari va uylari bilan muqaddas bo’lib boradilar va Otalari surati tomon o’zgaradilar. Agar biz haqiqatdan ham Xudoni sevsak, U tomon burilib Uni Inoyatini qabul qilamiz. Har kuni vijdonimizni tozalanishini amalda bajaramiz, erkin Xudo bolalari bo’lib yashaymiz va Uning ruhiy xizmatida ishtrok etamiz. Kim haqiqatdan ham Xudoni sevib, but va sanamlaridan voz kechib yangi ahdda mahkam tursa, imonimiz va hayotimiz yashirin mavzusi shunday ochiladi: “Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan bir tan bo’lib yashaydi, Xudo ham uning vujudida yashaydi” (1 Yuhanno 4:16).

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)