KIRISH
Dunyo bo‘ylab ko‘pchiligimizning, biz qaerda yashashimiz va kelib chiqishimizdan qat’i nazar, musulmon qo‘shnilarimiz, hamkasblarimiz, do‘stlarimiz va tanishlarimiz bor. Ko‘p masihiylar singari, siz ham Islomni - u bilan bahslashishni imkoni bo‘lmagan 900 funtli gorilla deb o‘ylashingiz mumkin. Bu unday emas. Bu kitob siz uchun, siz o‘nlab yillar davomida masihiy bo‘lib, o‘z mahalliy jamoatingizda etakchilik mavqeiga ega bo‘lasizmi yoki hech qanday ilohiy ma’lumotga ega bo‘lmagan yangi imonli bo‘lishingizdan qat’i nazar – faqatgina yurak musulmonlarni Masihga jalb qilishni xohlaydi. Siz ko‘p o‘rganishingiz shart emas; sizga kerak bo‘lgan yagona narsa ushbu kitobda bayon qilinadigan bir nechta asosiy qoidalarni tushunishdir.
Biz Islom tarixi haqida qisqacha ma’lumot berishdan boshlaymiz, avval Muhammad o‘z xabarini keltirgan muhit haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun Islomgacha bo‘lgan Arabistonni ko‘rib chiqamiz va keyin Muhammad hayotiga o‘tamiz (1 Kitobcha). Ikkinchi bo‘limda Islomning asosiy e’tiqodlari va amaliyotlari, shu jumladan, ularning Muqaddas Kitob ta’limotlaridan tubdan farq qilishlari ko‘rsatilgan (2 Kitobcha). Uchinchi bo‘lim, musulmonlar Masih haqida qanday fikrda ekanliklari to‘g‘risida tushuncha beradi (3 Kitobcha). To‘rtinchi bo‘limda masihiylarning musulmonlarga xushxabar etkazishda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va masihiylikni ko‘rib chiqishda musulmonlar engib o‘tishlari kerak bo‘lgan muammolar ko‘rib chiqiladi, shuningdek, masihiylar uchun umumiy maslahatlar beriladi (4 Kitobcha). Beshinchi bo‘lim musulmonlarning xushxabarga nisbatan e’tirozlari va bular bilan qanday munosabatda bo‘lishga bag‘ishlangan (5 Kitobcha). Oxirgi bo‘limda yangi imonga kelgan musulmonlar Islomni tark etganlarida nimalarni boshdan kechirishlari haqida ma’lumot beradi va ular Masihga ergashish uchun ulkan qadam tashlaganlarida, jamoat ularni qo‘llab-quvvatlashi uchun mumkin bo‘lgan ba’zi amaliy usullarni taklif qiladi (6 Kitobcha).
E’tibor bering, Islomning ikkita asosiy tarmog‘i (Sunniylar va Shialar Islomi), shuningdek, bir nechta kichik guruhlari mavjud. Ushbu yo‘nalishlarning umumiy tamonlari juda ko‘p, ammo sezilarli farqlari ham mavjud. Men ikkita asosiy sababga ko‘ra Sunniylar Islomiga e’tibor qaratishni tanladim:
Shuni ham yodda tutish kerakki, sunniy musulmonlari bir xil asosiy ta’limotlarga tayansa-da, talqinlar va amaliyotlar har bir mintaqada va har bir kishida farq qiladi. Shuning uchun ham o‘zini musulmon deb ataydigan har bir kishi xuddi shunday bir hil narsaga ishonadi, deb o‘ylay olmaymiz - bu unday emas. Bu kitobdagi Islomiy ta’limotlar o‘zining nufuzli hujjatlarida, ya’ni Qur’on va Sunnatda (Muhammadning yozib olingan so‘zlari va harakatlari) bayon qilingan shaklda taqdim etilgan. Agar matnda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, men asosan Qur’oni Karim (al-Hiloliy va Xon tarjimasi) yoki Xalqaro Sahih Tarjimasidan iqtibos keltiraman, chunki bular Islomiy hokimiyatlar tomonidan eng ko‘p qabul qilingan. Shuningdek, men turli Hadislar to‘plamlaridan (Muhammadning so‘zlari) va bir-ikki joyda uning so‘zlari va harakatlarining kengroq to‘plamlaridan iqtibos keltiraman. Bu to‘plamlar matn turiga qarab turli nomlarga ega; Musulmonlar tomonidan eng ishonchli (yoki "haqiqiy") deb qabul qilinganlar Sahih deb nomlanadi, lekin men yana boshqa turdagi Hadislar to‘plamiga, Musnadga, shuningdek, Muhammadning so‘zlari va harakatlarining kengroq to‘plami bo‘lgan Sunanga murojaat qilaman. Ibn Kasir va Ibn Hishom tomonidan yozilgan Muhammadning (Sirasi) ikkita tarjimai holini eslatib o‘taman, ular yana Islomiy ta’limotini rivojlantirish uchun ishonchli manbalar hisoblanadi. Hadis va Siraning tarjimalari, agar boshqacha qilib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘zimniki.
Agar arabcha nomlarni tarjima qilish zarur bo‘lsa, men eng keng tarqalgan inglizcha imlodan olishga intildim, garchi u izchil yoki texnik jihatdan aniq tarjima sxemasiga amal qilmasa ham. Oddiy inglizcha variant bo‘lmagan joyda men o‘z tizimimdan foydalandim.
Nihoyat, shuni yodda tutingki, men musulmonlikdan kelgan masihiylarni hech qanday yorliq bilan ajratib qo‘yilmaslik kerakligiga, qattiq ishonaman. Biz Masihiylarmiz, Masihning qoni bilan do‘zaxdan qutqarilgan boshqa masihiylardan ko‘ra maxsusligimiz ko‘proq yoki kamroq, yaxshiroq yoki yomonroq emas. Doimiy ravishda bizga nafaqat imonlilar, balki tavba qilganlar sifatida murojaat qilinishi, hafa qiladigan va zararli tamonlari bo‘lishi mumkin. Biroq, bu kitobdagi munozaraning tabiati mendan biroz aniqroq bo‘lishni talab qiladi va shuning uchun men tavba qilgan musulmon atamasini ishlatishga moyilman. Boshqalar esa Musulmonlikdan Kelib Chiqgan Imonli kabi boshqa atamalarni afzal ko‘rishlari mumkin. Men shunchaki so‘rayman, agar ayniqsa zarur bo‘lmasa, siz Masihdagi bu birodarlar va opa-singillarni masihiylar yoki imonlilar yoki jamoangizdagilarni tasvirlash uchun qanday atamadan foydalansangiz, shunday murojaat qiling.